BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA UNGA O`TISH YO`LLARI

Yuklangan vaqt

2025-09-09

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

25,4 KB


 
 
 
 
BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA UNGA O`TISH YO`LLARI 
 
 
Reja: 
1. 
Bozor iqtisodiyoti tizimining mazmuni.  
2. 
Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va kamchiliklari. 
3. 
O'zbekistonda iqtisodiy islohotlar va ularning bosqichlari.  
 
         Bozor iqtisodiyoti bu erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot bo'lib resurslarga xususiy 
mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va 
uyg'unlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi. 
          Bozor iqtisodiyoti - tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda 
iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. 
Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud bo'lgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. 
Bozor iqtisodiyotining asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xo'jalik 
emas, balki tovar xo'jaligi hukmron bo'ladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga 
ega bo'ladi, ya'ni ular bozorda oldi-sotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyotiga barter emas, 
balki tovar ayirboshlash, ya'ni oldi-sotdi yuritish xos. Shu bois natural iste'mol o'rniga tovar 
iste'moli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, ya'ni erkinlik, mulkiy erkinlik 
va xo'jalik yuritish erkinligiga asoslanadi. 
Bozor iqtisodiyotida yakka tartibda, o'z mulki va mablag'iga tayangan holda, korporativ, 
sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga ko'tarib ish 
yuritish usullari mavjud bo'ladi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati 
asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy sub'yektlar alohidalashganidan ular manfaati 
to'qnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo bo'ladi.  
Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini ta'minlovchi 
mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iqtisodiy usullariga tayanadi. Bozor 
mexanizmi iqtisodiy rag'batlantirish mexanizmi bo'lib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga 
Logotip
BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA UNGA O`TISH YO`LLARI Reja: 1. Bozor iqtisodiyoti tizimining mazmuni. 2. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va kamchiliklari. 3. O'zbekistonda iqtisodiy islohotlar va ularning bosqichlari. Bozor iqtisodiyoti bu erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot bo'lib resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uyg'unlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi. Bozor iqtisodiyoti - tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud bo'lgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyotining asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xo'jalik emas, balki tovar xo'jaligi hukmron bo'ladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega bo'ladi, ya'ni ular bozorda oldi-sotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyotiga barter emas, balki tovar ayirboshlash, ya'ni oldi-sotdi yuritish xos. Shu bois natural iste'mol o'rniga tovar iste'moli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, ya'ni erkinlik, mulkiy erkinlik va xo'jalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Bozor iqtisodiyotida yakka tartibda, o'z mulki va mablag'iga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga ko'tarib ish yuritish usullari mavjud bo'ladi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy sub'yektlar alohidalashganidan ular manfaati to'qnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo bo'ladi. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini ta'minlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iqtisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy rag'batlantirish mexanizmi bo'lib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga
intilish tovar va xizmatlarni ko'plab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Bozor 
iqtisodiyotida pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar 
vositasiga aylanadi.   
      Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi bo'lmagan, tovarlar mo'lko'lligi ta'minlanadigan 
iqtisodiyotdir.  
          Hozirgi Bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot bo'lib, unga quyidagi belgilar xos: 
mulkiy xilma-xillik, tartiblanadigan iqtisodiyot, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, madaniy va 
xalol raqobat, kuchli hamkorlik aloqalari, iqtisodiy tangliklarning qisqa davrda va yengil kechishi, 
ommaviy farovonlik, ijtimoiy tabaqalanishning chuqur bo'lmasligi, o'ziga to'q va farovon 
yashovchi o'rtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, ijtimoiy muvozanatning saqlanishi va 
fuqaroviy to'qnashuvlarga o'rin qolmasligi va boshqa. Bu belgilar hozirgi Bozor iqtisodiyotini 
harakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti shu bilan cheklanmaydi.  
         Iqtisodiy tizim – bu  iqtisodiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va 
iste'mol jarayonida paydo bo'ladigan asosiy iqtisodiy munosabatlarning shakl va mazmunini 
belgilab beradigan, mamlakatda tarixan paydo bo'lgan yoki joriy etilgan, amal qiladigan 
tamoyillar, qoidalar, qonun yo'li bilan mustahkamlangan normalar majmui. 
        Iqtisodiy tizim doirasida iqtisodiyot sub'yektlari, ishlab chiqarish omillari o'zaro 
munosabatga kirishadilar va bu munosabatlar ma'lum qonun- qoidalarga binoan boshqariladi. 
Iqtisodiy tizim faoliyati mulk, pul va pul tizimi, davlat va nodavlat tashkilotlari, korxona, soliq, 
daromad, reja, foyda kabi bir qator vositalar yordamida tashkil qilinadi. 
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari uchun xos bo‘lib, u turli 
mamlakatlarda har xil darajada va o‘ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. 
Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko'plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi 
davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko‘pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga 
aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy 
evolyusiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi. 
Xususiy mulkchilikning paydo bolishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi bozor 
iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo‘lishing umumiy sharti hisoblanadi. Xususiy 
mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo‘jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab 
chiqarishning mavjud bo‘lishi o‘z-o‘zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va 
iste’molning bozorga oid xususiyatini ko‘zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor 
iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. 
Logotip
intilish tovar va xizmatlarni ko'plab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Bozor iqtisodiyotida pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi bo'lmagan, tovarlar mo'lko'lligi ta'minlanadigan iqtisodiyotdir. Hozirgi Bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot bo'lib, unga quyidagi belgilar xos: mulkiy xilma-xillik, tartiblanadigan iqtisodiyot, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, madaniy va xalol raqobat, kuchli hamkorlik aloqalari, iqtisodiy tangliklarning qisqa davrda va yengil kechishi, ommaviy farovonlik, ijtimoiy tabaqalanishning chuqur bo'lmasligi, o'ziga to'q va farovon yashovchi o'rtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, ijtimoiy muvozanatning saqlanishi va fuqaroviy to'qnashuvlarga o'rin qolmasligi va boshqa. Bu belgilar hozirgi Bozor iqtisodiyotini harakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti shu bilan cheklanmaydi. Iqtisodiy tizim – bu iqtisodiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste'mol jarayonida paydo bo'ladigan asosiy iqtisodiy munosabatlarning shakl va mazmunini belgilab beradigan, mamlakatda tarixan paydo bo'lgan yoki joriy etilgan, amal qiladigan tamoyillar, qoidalar, qonun yo'li bilan mustahkamlangan normalar majmui. Iqtisodiy tizim doirasida iqtisodiyot sub'yektlari, ishlab chiqarish omillari o'zaro munosabatga kirishadilar va bu munosabatlar ma'lum qonun- qoidalarga binoan boshqariladi. Iqtisodiy tizim faoliyati mulk, pul va pul tizimi, davlat va nodavlat tashkilotlari, korxona, soliq, daromad, reja, foyda kabi bir qator vositalar yordamida tashkil qilinadi. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari uchun xos bo‘lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o‘ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko'plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko‘pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi. Xususiy mulkchilikning paydo bolishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo‘lishing umumiy sharti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo‘jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo‘lishi o‘z-o‘zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko‘zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi, asosan, to‘rtta tarkibiy qismdan 
iborat boiadi: narx, talab, taklif, raqobat. 
Narxlar nisbati o‘zgarib turadi, shuning uchun narx ishlab chiqaruvchi uchun ishlab chiqarish 
hajmining o‘zgarishi zarurligini aniqlashda yoki ko‘rsatkich bo`lib xizmat qiladi. Talab va taklif 
hamda raqobatchilik muhitidagi o‘zgarishlar o‘z navbatida, narxlardagi o'zgarishlarni keltirib 
chiqaradi. 
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat: 
- 
turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo’lishi va unda xususiy mulkchilikning 
ustuvorligi; 
- 
 tadbirkorlik va tanlov erkinligi; 
- 
 raqobat kurashming mavjudligi; 
- 
 davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi; 
- 
korxona va firmalaming ichki va tashqi shart-sharoitlar o‘zgarishlariga moslashuvchanligi. 
- 
Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning barcha bosqichlari uchun umumiydir. Lekin bozor 
iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap borganda bu iqtisodiyotning tarixan tarkib 
topgan ikki turini bir-biridan farq qilish zarur. Uning birinchi ko‘rinishi uzoq vaqt davomida 
shakllanib, g‘arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi. U 
iqtisodiy adabiyotlarda klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb nom oldi.  
Uning asosiy  belgilari: 
a) iqdisodiy faoliyat yuritishning xususiy mulkchilikka asoslanganligi;  
b) kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashligi;  
v) tadbirkorlar, ishchilar, tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning shaxsan erkinligi;  
g) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun kurashlari;  
d) iqlisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari asosida tartiblanishi;  
e) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining 
kuchayishi;  
j) bozor harakatlarining stixiyali amalga oshirilishi, noma’lum bozor uchun ishlash. 
 Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko‘rinishi hozirgi zamon rivojlangan iqtisodiyoti deb atalib, 
XIX asrning oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal qiladi.  
Uning asosiy belgilari: 
a)iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatini yuritishning turli mulkchilik shakllari, ya’ni xususiy, 
davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanganligi; 
Logotip
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi, asosan, to‘rtta tarkibiy qismdan iborat boiadi: narx, talab, taklif, raqobat. Narxlar nisbati o‘zgarib turadi, shuning uchun narx ishlab chiqaruvchi uchun ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi zarurligini aniqlashda yoki ko‘rsatkich bo`lib xizmat qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o‘zgarishlar o‘z navbatida, narxlardagi o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat: - turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo’lishi va unda xususiy mulkchilikning ustuvorligi; - tadbirkorlik va tanlov erkinligi; - raqobat kurashming mavjudligi; - davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi; - korxona va firmalaming ichki va tashqi shart-sharoitlar o‘zgarishlariga moslashuvchanligi. - Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning barcha bosqichlari uchun umumiydir. Lekin bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap borganda bu iqtisodiyotning tarixan tarkib topgan ikki turini bir-biridan farq qilish zarur. Uning birinchi ko‘rinishi uzoq vaqt davomida shakllanib, g‘arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi. U iqtisodiy adabiyotlarda klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb nom oldi. Uning asosiy belgilari: a) iqdisodiy faoliyat yuritishning xususiy mulkchilikka asoslanganligi; b) kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashligi; v) tadbirkorlar, ishchilar, tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning shaxsan erkinligi; g) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun kurashlari; d) iqlisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari asosida tartiblanishi; e) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishi; j) bozor harakatlarining stixiyali amalga oshirilishi, noma’lum bozor uchun ishlash. Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko‘rinishi hozirgi zamon rivojlangan iqtisodiyoti deb atalib, XIX asrning oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal qiladi. Uning asosiy belgilari: a)iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatini yuritishning turli mulkchilik shakllari, ya’ni xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanganligi;
    b)kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning bir qismi yirik 
monopoliyalar va davlat qo‘lida to‘planib, milliy va xalqaro miqyosda umumlashganligi; 
v) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-texnika taraqqiyoti 
va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli 
sohalar va tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlami tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini 
bajaradi; 
g) xo‘jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes rejasi, prognozlash, 
turli xil dasturlar asosida ishlash, buyurtmalarni bajarish, marketing tizimi orqali boshqarish va 
boshqalar); 
d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy kishilarga tegishli turli 
xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug'urta fondlarining vujudga kelishi. 
Ijtimoiy xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo’lini tanlagan har qanday 
mamlakat mazkur iqtisodiy tizimning qanday amal qilishini mukammal bilishi muhim 
hisoblanadi. Buning uchun, eng avvalo, harqanday iqtisodiy tizimning umumiy muammolarini 
ifodalovchi quyidagi savollarga javob topish kerak bo’ladi: 
1) qanday mahsulot va xizmatlarni, qancha miqdorda ishlab chiqaarish zarur? 
2) ushbu mahsulol va xizmatlarni qanday texnika va texnologiya vositasida ishlab chiqariladi? 
3) bu mahsulot va xizmatlarni kim uchun ishlab chiqariladi? 
Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va miqdorini aniqlashda iste’molchi talabi alohida, muhim 
rol o‘ynashini ta’kidlash lozim. Iste’molchilaming tovarlami sotib olish maqsadida pul 
daromadlarini sarflashga tayyorliklari bozor talabi sifatida namoyon boiadi. Agar bunday talab 
hajmi ahamiyatli darajaga yetsa, korxona ushbu mahsulotni ishlab chiqarishga rag‘bat sezadi, 
ya’ni iste’molchi talabining ko’payishi, bu mahsulotni ishlab chiqaruvchi tarmoq uchun iqtisodiy 
foyda keltiradi. Iste’molchi talabining qisqarishi esa tarmoq ishlab chiqarish hajmining 
qisqarishiga olib keladi. Qisqasi, bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchining talabi qanday 
mahsulot turlarini ishlab chiqarish masalasini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, nima 
ishlab chiqarish zarurligini belgilash ko’p darajada resurslami yetkazib beruvchilarga ham bog’liq. 
Bozor iqtisodiyoti o‘zgaruvchan bo’ladi: u iste’molchilar, ishlab chiqarish texnologiyasi, 
iqtisodiy resurslar tarkibi o‘zgarishiga muvofiq holda o‘zgaradi. Ayni paytda resurslami 
taqsimlashning ancha samarali hisoblangan tizimi vaqt o‘tishi bilan istc’molchi didining 
o‘zgarishi, ishlab chiqarish yangi texnologiyasining yaratilishi va taklif qilingan resurslar 
tarkibining qayta o’zgarishi oqibatida eskirishi va samarasiz bo’lib qolishi mumkin. 
Logotip
b)kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning bir qismi yirik monopoliyalar va davlat qo‘lida to‘planib, milliy va xalqaro miqyosda umumlashganligi; v) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlami tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi; g) xo‘jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes rejasi, prognozlash, turli xil dasturlar asosida ishlash, buyurtmalarni bajarish, marketing tizimi orqali boshqarish va boshqalar); d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug'urta fondlarining vujudga kelishi. Ijtimoiy xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo’lini tanlagan har qanday mamlakat mazkur iqtisodiy tizimning qanday amal qilishini mukammal bilishi muhim hisoblanadi. Buning uchun, eng avvalo, harqanday iqtisodiy tizimning umumiy muammolarini ifodalovchi quyidagi savollarga javob topish kerak bo’ladi: 1) qanday mahsulot va xizmatlarni, qancha miqdorda ishlab chiqaarish zarur? 2) ushbu mahsulol va xizmatlarni qanday texnika va texnologiya vositasida ishlab chiqariladi? 3) bu mahsulot va xizmatlarni kim uchun ishlab chiqariladi? Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va miqdorini aniqlashda iste’molchi talabi alohida, muhim rol o‘ynashini ta’kidlash lozim. Iste’molchilaming tovarlami sotib olish maqsadida pul daromadlarini sarflashga tayyorliklari bozor talabi sifatida namoyon boiadi. Agar bunday talab hajmi ahamiyatli darajaga yetsa, korxona ushbu mahsulotni ishlab chiqarishga rag‘bat sezadi, ya’ni iste’molchi talabining ko’payishi, bu mahsulotni ishlab chiqaruvchi tarmoq uchun iqtisodiy foyda keltiradi. Iste’molchi talabining qisqarishi esa tarmoq ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Qisqasi, bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchining talabi qanday mahsulot turlarini ishlab chiqarish masalasini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, nima ishlab chiqarish zarurligini belgilash ko’p darajada resurslami yetkazib beruvchilarga ham bog’liq. Bozor iqtisodiyoti o‘zgaruvchan bo’ladi: u iste’molchilar, ishlab chiqarish texnologiyasi, iqtisodiy resurslar tarkibi o‘zgarishiga muvofiq holda o‘zgaradi. Ayni paytda resurslami taqsimlashning ancha samarali hisoblangan tizimi vaqt o‘tishi bilan istc’molchi didining o‘zgarishi, ishlab chiqarish yangi texnologiyasining yaratilishi va taklif qilingan resurslar tarkibining qayta o’zgarishi oqibatida eskirishi va samarasiz bo’lib qolishi mumkin.