BOZOR KON’YUNKTURASINI TADQIQ TADBIQ BASHORAT
QILISH
Reja:
1. Bozor kon’yunkturasi haqida tushuncha.
2. Bozor kon’yunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko’rsatkichlari
hamda baholash uslublari.
3. Kon’yunkturani bashorat qilish.
4. Bozor kon’yunkturasini bashorat qilish uslublari.
7.1.
Bozor kon’yunkturasi haqida tushuncha
Bozor kon’yunkturasi – bu ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir hududda talab
bilan taklif o’rtasidagi nisbatdir.
Marketing sharoitini va bozorni tekshirish iqtisodiy, demografik, ijtimoiy,
tabiiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlarni tahlil va bashoratni taxmin qiladi.
Hozirgi kunda deyarli hamma yirik firmalar xususiy kon’yunktura xizmatlariga
egadirlar, ular o’zining faoliyat doirasida jahon va milliy masshtabda
kon’yunkturani rivojlanishini kuzatishadi. Iqtisodiy kon’yunktura bu omillar va
qayta ishlash sharoitlarining rivojlanishi va o’zaro aloqadorlikda talab, taklif, narx
omillari asosida bozordagi bir ko’rinishdir. Bu ko’rsatilgan aniqlik o’z ichida
kon’yunktura tushunchasining barcha amaliy sifatlarini o’zida mujassamlashtiradi.
Birinchidan, unda iqtisodiy kon’yunktura predmeti ko’rsatilgan, ya’ni bozor,
ayirboshlash sohasidagi kon’yunkturani avval olib borilayotgan ishlar bilan
bog’laydi.
Ikkinchidan, kon’yunkturani faqat ayirboshlash sohasidagini emas, balki
butun ishlab chiqarish jarayonini, ya’ni (ishlab chiqarish, taqsimlash, muomala,
iste’mol, bular ayirboshlash prizmasi orqali aniqlanadi) o’z ichiga qamrab oladi.
Uchinchidan, kon’yunktura dinamik o’sish davrlarida ko’riladi.
To’rtinchidan, kon’yunktura ishlab chiqarish jarayoni aniq tarixiy sharoitlari
bilan bog’liq, har bir ishlash jarayonining yangi bosqichi uchun omillarning va
kon’yunkturani rivojlanishining sharoitlarining mosligi o’ziga xosdir.
Beshinchidan, uning ko’rinishining asosiy shakli talab, taklif, va narx
dinamikasining nisbatidir. Bir so’z bilan aytganda, ayni shu omillar bozorning
holatini va dinamikasini aniqlashda markaziy bo’g’in bo’lib hisoblanadi.
Kon’yunktura tadqiqotining 2 ta ob’ektiga ko’ra - ya’ni iqtisodiy kon’yunktura
tushunchasidagi xo’jalik va tovar bozori, 2 mustaqil tarkibiy qismga ajratiladi
1) umumxo’jalik kon’yunkturasi
2) tovar bozori kon’yunkturasi.
Umumxo’jalik kon’yunkturani strukturaviy birlik deb, shunga qaramasdan
tovar bozorlarining va ko’plab o’zaro munosabatlar kon’yunkturasini yig’indisi deb
qarash mumkin. Tovar kon’yunkturasi umumxo’jalik kon’yunkturasini tashkil
etadi, umumxo’jalik kon’yunkturasi esa tovar bozorlari kon’yunkturasini keltirib
chiqarida. SHuning uchun ham umumxo’jalik kon’yunkturani uni tashkil yetuvchi
tovar kon’yunkturalarini xususiyatlarining arifmetik summasi deb hisoblab
bo’lmaydi. Tovar bozorlari kon’yunkturasini umumxo’jalik kon’yunkturasini
elementi sifatida birlashuvi, bir butun kabi tovar kon’yunkturasini tashkil
yetuvchilarga mavjud bo’lmagan yangi sifatni beradi. SHunday qilib, uning butun
qismi va bo’g’inlarining belgilari o’zaro ta’sirchanligi va o’zaro aloqadorligi
shakllarining fe’l - atvorini, umumxo’jalik va tovar kon’yunkturasini rivojlanishni
aniqlaydi.
7.2. Bozor kon’yunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko’rsatkichlari
hamda baholash uslublari
Har davrda bozor kon’yunkturasi qaysi tovar chiqarishni ko’paytirish, qaysi
tovarga talabning kamayishi haqida aniq ma’lumotlar beradi. Bu ma’lumotlar
ishlab chiqarish uchun ham savdo firmasi uchun ham zarurdir. Bozor
kon’yunkturasi bozorda muvozanatni mavjudligi yoki bo’zilganligi bilan
xarakterlanadi. SHunga ko’ra bozor kon’yunkturasi ijobiy va salbiy, qulay va
noqulay bo’lishi mumkin.
Bozor kon’yunkturasi ayrim tovar ishlab chiqaruvchilar miqyosiga va sotib
oluvchilarning xarid qobiliyatiga bog’liqdir, narx- navoga, modaning o’zgarishiga
qarab har xil bo’ladi. Bozorning kelajakdagi holatini ishlab chiqarishning
texnikaviy ahvoli, unga sarflangan qo’shimcha resurslar, ularning qaytarib berish
muddatlari, tovar zahiralari dinamikasi, eksport va import, shuningdek narx -
navodagi o’zgarishlar yo’nalishiga qarab aniqlash mumkin. Bu bilan tovar taklifi
o’rganiladi.
Uzoq muddatli o’sish imkoniyalarini aniqlash va kon’yunktura tahlili bir -biri
bilan bog’liq va u bir-birini to’ldira boradi.
Sifatli tahlil qilish uchun to’plangan ma’lumotlarni 3 ta guruhga bo’linadi:
-o’tgan davr kon’yunktura ma’lumotlari;
-tadqiq qilinayotgan davr kon’yunktura ma’lumotlari;
-kelgusidagi kon’yunkturaga ta’sir yetuvchi ma’lumotlar.
Umumxo’jalik kon’yunkturaning tahlilini izlanishni maqsadiga ko’ra ikkita
yo’l olib borish mumkin:
1.
Agar ma’lum bir vaqtning ichida kon’yunkturaning rivojlanish
tendentsiyalari va sur’atlarini bilib olish masalasi qo’yilgan bo’lsa, u holda
kon’yunktura tahlili shu vaqtning ichida uning dinamikasini o’rganish yo’li bilan
olib boriladi,
2.
Agar eng oxirgi sanaga kon’yunktura holatini aniqlash masalasi
qo’yilgan bo’lsa, u holda iqtisodiy tsiklning fazasini va faza ichidagi misol
tariqasidagi joyini aniqlash yo’li bilan olib boriladi. SHuni e’tiborga olish kerakki,
kon’yunktura tahlili va uzoq tendentsiyalarning rivojlanishini aniqlash o’zora
bog’liq va bir - birini to’ldiradi.
Kon’yunktura tahlili jamiyatning xo’jalik xyotining qiyinligini hisobga
olmagan holda u yoki bu qarashlarni tasdiklaydigan o’zboshimchalik bilan
tanlangan omillar va statistiktik ma’lumotlarga yendoshib emas,balki bir-biriga
qarama-qarshi hodisalarning yig’indisiga yendashish kerak.Kon’yunktura
tahlilining shakli bu kon’yunktura sharhi va ma’lumotnomasidir.
Mahsulotni ishlab chiqarishni belgilanganligiga qarab,mahsulotni absolyut
birligi
ulchovlarida
ishlab
chiqarib,
ishlab
chiqarish
davrini
davomiyligi,iste’molchilar doirasi tezroq yoki sekinroq kon’yunkturani
o’zgarishini aks ettiradi.
Ba’zi tarmoqlar,masalan kora metallurgiya,xavo va suv transporti,kurilish
belgilangan iste’molchilar uchun oldindan buyurtma qilish tizimi bo’yicha
ishlaydilar.Boshqalar esa, ya’ni avtomobil , radioelektron va shu kabilar qisqa
muddat ichida ishlab chiqariladi va bozorda noma’lum iste’molchilarga sotiladi.
Uzoq muddatli tovarlarni ishlab chiqarishni qisqarishi yoki o’z ishi natijasida
ishlab chiqarish kon’yunkturasini yaxshilash yoki yomonlash aniq ko’rsatkichi
bo’lib hisoblanmaydi. CHunki katta buyurtma portfelining kattaligi yoki shunday
tarmoqlarda uning yo’qligi mahsulot ishlab chiqarish dinamikasining iqtisodiy
tsiklning dinamikasidan rad etadi.
7.3. Kon’yunkturani bashorat qilish
Ayrim tovar bozor kon’yunkturasini o’rganishdan maqsad to’g’ri bashorat
qilish va o’zgarishlarning oldindan aytib berishdan iboratdir. Umuman bashorat -
bu ob’ekt ahvolining kelajagi haqida, fikrlari va rejalarini ruyobga chiqarish
yo’llari va muddatlaridir. Bashorat insonning o’rganish va amaliy faoliyatida
yo’llangan ob’ekti bo’lib, jarayonlar, ko’rinishlar, hodisalar bo’lishi mumkin.
Bashorat qilish bu- ob’ektning kelajagini tahlil qilish va bu kelajakni qanday
bo’lishini ko’ra bilishdir. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning bashorat imkoniyatlari
eng avval sabab va hodisa bog’lanishlarining tabiat xarakterlari orqali aniqlanadi.
Oldindan aytib berish, bashorat qilish faqat umumiy xossalar va qonuniylikka ega
bo’lgan sabab va xulosalar aniq bo’lgan jarayonlarga bog’liqdir.
Bashoratning maqsadi va xizmati ratsional yechimlar qabul qilish uchun
muqobil iqtisodiy rivojlanish va uning ijtimoiy-iqtisodiy natijalarini ko’ra bilishdir.
Bashorat qilish umumiy rejalashtirishni va boshqarishni rivojlantirish uchun
samarali qurol bo’lib xizmat qiladi. Jahon bozori rivojlanish kelajagini aniq ko’ra
bilish uning imkoniyatlarini va ehtiyojlarini aniqlash uchun davlat miqyosida qaysi
sohalarini o’sishi va yeffektivligini aniqlash va radikal o’zgarishlarini va ilmiy
ishlab chiqarishni baholashga imkoniyat beradi.
Kon’yunkturani bashorat qilishda kon’yunktura rivojlanishi umumiy
tendentsiya baholaridan boshlash kerak. Buning uchun esa kelajak kon’yunkturani
zamonaviy kon’yunkturadan ajratish uchun hamma narsani e’tiborga olishi kerak.