BOZOR MUNOSABATLARI TIZIMIDA PUL MUOMALASI VA UNING AMAL QILISH QONUNIYATLARI. PULGA BO‘LGAN TALAB VA PUL TAKLIFI
Yuklangan vaqt
2024-08-30
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
44,0 KB
BOZOR MUNOSABATLARI TIZIMIDA PUL MUOMALASI VA
UNING AMAL QILISH QONUNIYATLARI. PULGA BO‘LGAN
TALAB VA PUL TAKLIFI
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul mablag‘lari to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi,
tovarlar va xizmatlarni ayirboshlash jarayonida resurslar uchun to‘lovlarni amalga
oshirishda, ish haqi hamda boshqa majburiyatlarni to‘lashda pul qo‘ldan qo‘lga
o‘tib, aylanib turadi. Pulning o‘z vazifalarini bajarish jarayonidagi to‘xtovsiz
harakati pul muomalasi deyiladi.
Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy
ravishda mustahkamlab qo‘yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi.
Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
1)
milliy pul birligi (so‘m, dollar, iena, funt sterling, marka va h.k.);
2)
naqd pul muomalasida qonuniy to‘lov vositasi sifatida amal qiluvchi
qog‘oz, tanga va kredit pullar tizimi;
3)
pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga
chiqarish tizimi;
4)
pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul
muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd
pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to‘lov
talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi pul
agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud bo‘lgan pul massasi naqd va kredit
pullarni qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.
Pul muomalasi o‘ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Uning qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini
aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir.
Muomalani ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagi omillarga
bog‘liq:
1.
Muayyan davrda (masalan, bir yil davomida) sotilishi va sotib
olinishi lozim bo‘lgan tovarlar summasi. Tovarlar va xizmatlar qancha ko‘p
bo‘lsa, ularning narxi qancha baland bo‘lsa, ularni sotish va sotib olish uchun
shuncha ko‘p pul miqdori talab qilinadi.
2.
Pul birligining aylanish tezligi. Pul bir xil bo‘lmagan tezlik bilan
aylanadi.
Bu ko‘p omillarga, jumladan sotilayotgan tovarlar turiga, ularning xaridorgirligiga
bog‘liq bo‘ladi. Pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul
miqdori shuncha kam bo‘ladi.
3.
Kreditning rivojlanganlik darajasi, puldan to‘lov vositasi sifatida
foydalanish. Ko‘pincha tovarlar qarzga (kreditga) sotiladi va ularning haqi
kelishuvga muvofiq keyingi davrlarda to‘lanadi. Demak, muomala uchun zarur
bo‘lgan pul miqdori kredit miqdoriga muvofiq kamroq bo‘ladi. Ikkinchi tomondan,
bu davrda ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to‘lash vaqti boshlanadi. Bu pul
miqdoriga ehtiyojni ko‘paytiradi. Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala
uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Pm Тb ХАkt Хt
,
bu yerda:
Pm - muayyan davrda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori;
Tb - sotilishi lozim bo‘lgan tovarlar va xizmatlar summasi (tovarlar miqdori ×
narxi);
Xk - kreditga sotilgan tovarlar summasi;
Xt – kreditga berilgan tovarlar va xizmatlarning to‘lash muddati kelgan qismi
hamda boshqa to‘lovlar summasi; At - pulning aylanish tezligi.
Masalan sotilgan tovarlar summasi 100 mln. so‘mni, kreditga sotilgan tovarlar
– 20 mln. so‘mni, ilgari kreditga sotilib, ayni paytda to‘lash muddati kelgan tovarlar
va boshqa to‘lovlar – 40 mln. so‘mni tashkil qilib, pulning aylanish tezligi 6 marta
bo‘lsa, u holda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori 20 mln. so‘mga teng
bo‘ladi. Ya’ni:
Pm
20 mln . so'm.
Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori pul muomalasi qonunini miqdoran
ifodalaydi. Chunki muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga nisbatan
muomalaga kam pul chiqarilsa, ko‘pgina xo‘jaliklarda pul etishmasligi, normal
holatda xo‘jalik yuritib bo‘lmay qolish holati yuz beradi. Yoki, aksincha,
muomalada bo‘lgan pul miqdori sotilayotgan tovarlar va xizmatlar summasiga
nisbatan oshib ketishi va buning natijasida tovarlar bilan ta’minlanmagan pulning
paydo bo‘lishi uning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiyani bildiradi.
Pul miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olib, pul muomalasining
quyidagi qonuniga ta’rif berish mumkin: boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda,
muayyan davrda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori sotishga
chiqariladigan tovarlar summasiga to‘g‘ri mutanosib, pulning aylanish
tezligiga teskari mutanosibdir. Bunda sotishga chiqariladigan tovarlar summasi
ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmiga va ularning narxiga
bog‘liq bo‘ladi. Albatta bunda narx haqida gap ketganda AQSh iqtisodchisi
I.Fisher ko‘rsatganidek, hamma tovarlarning o‘rtacha narxi olinmaydi. Chunki
samolyot narxi bilan ruchka narxining o‘rtachasini olib bo‘lmaydi. Shuning uchun
har bir turdagi tovarning bozor narxida sotilgan summalari yig‘indisi olinadi.
Ta’kidlash lozimki, pulning hamma tizimlari uchun pul muomalasi qonuni umumiy
bo‘lib, shu bilan birga oltin va qog‘oz pul muomalasi qonunlarining o‘ziga xos
xususiyatlari va bir-biridan farqlari mavjud. Masalan,
1) oltin pul muomalada bo‘lganda:
a)
ortiqcha oltin pul xazinaga jalb qilinib, zaxirada to‘planib boradi,
zarur
bo‘lganda muomalaga yoki har xil bezaklar uchun foydalanishga chiqariladi;
b)
tovarlar hajmi ko‘payib, muomala uchun qo‘shimcha pul zarur
bo‘lganda xazinadagi oltin pullar muomalaga kiritiladi. Shu yo‘l bilan muomala
uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdori o‘z-o‘zidan tartiblanadi.
2) Muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdori tovarlar qiymatining
miqdoriga to‘g‘ri mutanosiblikda, oltinning o‘z qiymatiga nisbatan esa teskari
mutanosiblikda o‘zgaradi:
a)
oltin pul qiymati va tovarlar hajmi o‘zgarmagan taqdirda tovarlar
qiymati
qancha past bo‘lsa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori ham shuncha kam
bo‘ladi. Agar tovarlar qiymati o‘zgarmasa, pulning miqdori tovarlar hajmining
ortishiga qarab unga mutanosib ravishda ko‘payadi;
b)
agar tovarlar hajmi va qiymati o‘zgarmaydi, deb faraz qilsak,
muomaladagi oltin pul miqdori oltinning o‘z qiymatiga qarab o‘zgaradi, ya’ni
uning qiymati oshsa, pul miqdori kamayadi, qiymati pasaysa, pul miqdori
ko‘payadi.
Qog‘oz pul muomalasi qonunlari oltin pul muomalasidan farq qilib, uni
quyidagicha ifodalash mumkin:
-
qog‘oz pul qancha miqdorda chiqarilmasin, unda belgilangan qiymat miqdori
muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdorining qiymatiga teng
bo‘ladi;
-
qog‘oz pulning har bir birligida belgilangan qiymat miqdori muomala uchun
zarur bo‘lgan oltin pul qiymatining muomalaga chiqarilgan qog‘oz pul miqdori
nisbatiga mos keladi.
Qog‘oz pul tizimi amal qilib turgan davrdan buyon o‘tgan real iqtisodiy hayot
shuni ko‘rsatadiki, oltin pul muomaladan chiqarilgan va qog‘oz pullarning oltin pul
bilan aloqasini yo‘qotishga rasman urinilgan bo‘lsada, uning nominal qiymat
belgisi sifatidagi harakatida oltin pul bilan bo‘lgan aloqasi hozirgacha obyektiv
ravishda saqlanib qolgan. Faqat u modifikatsiyalashib, murakkablashib
bormoqdaki, natijada uni mantiqiy mushohada qilish orqali tushunish ancha
qiyinlashadi. Shuning uchun ham qog‘oz pullar har bir davlatning maxsus qonuni
bilan muomalaga chiqariladi. Bu qonunda pulning belgisi, birliklari, miqyoslari va
chet el valyutalari bilan rasmiy almashuv tartibi o‘rnatiladi. Ammo uning qiymat
belgisi sifatida qancha qiymatga ega ekanligini hech qanday davlat qonuni bilan
o‘rnatib bo‘lmaydi, u faqat obyektiv iqtisodiy qonun – pul muomalasi qonuni
asosida o‘rnatiladi va amal qiladi1.
Milliy iqtisodiyotda davlatning, tijorat banklari va boshqa moliyaviy
muassasalarning majburiyatlari pul sifatida foydalanadi. Pul operatsiyalarining
1 Yusupov R.A. Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida milliy valyuta barqarorligini ta'minlashning nazariy asoslari.
I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissеrtatsiya avtorеfеrati. T., 2001, 12-13-b.
asosiy ko‘pchilik qismi naqd pulsiz, cheklar va unga tenglashtirilgan moliyaviy
aktivlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli muomalada bo‘lgan pul
miqdorini hisoblash uchun M1 ...Mn pul agregatlari yoki tarkibiy qismi
tushunchasidan foydalaniladi. Barcha pul agregatlari yig‘indisi yalpi pul
massasi yoki yalpi pul taklifini tashkil qiladi.
Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi (tarkib)lar asosida
hisoblanadi (22.1-jadval):
M0 – muomaladagi naqd (qog‘oz va metall) pullar.
M1 = M0 + aholining joriy hisob varaqlaridagi pul qoldiqlari, korxonalarning
hisob varaqlaridagi pul mablag‘lari, banklardagi talab qilib olish mumkin bo‘lgan
pul omonatlari.
M2 = M1 + tijorat banklaridagi muddatli omonatlar va jamg‘arma hisob
varaqlaridagi pullar, ixtisoslashtirilgan moliyaviy muassasalardagi depozitlar va
boshqa aktivlar. Mazkur agregat tarkibiga kiruvchi pul mablag‘larini bevosita bir
shaxsdan boshqa biriga o‘tkazish hamda ayirboshlash bitimlarida foydalanish
mumkin emas. Ular asosan jamg‘arish vositasi vazifasini bajaradilar.
M3 = M2 + bank sertifikatlari + aniq maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat
zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.
22.1-
jadval. Pul agregatlari dinamikasi (mlrd. so‘m)2
Sana
Keng
ma’nodagi
pul
massasi
(M2)*
jumladan:
Milliy
valyutadagi
pul massasi
shundan:
Chet el
valyuta-
sidagi
depozitlar
milliy
valyuta
ekvivalentida
Pul
massasi
(M1)**
shundan:
Milliy
valyutadagi
boshqa
depozitlar
Muomaladagi
naqd pullar
(M0)
Milliy
valyutadagi
talab qilib
olinguncha
depozitlar
2 http://cbu.uz/uzc/statistics/dks/2020/01/183259/ - O‘zbеkiston Rеspublikasi Markaziy banki ma'lumotlari
1
2=3+8
3=4+7
4=5+6
5
6
7
8
01.02.2013 23 669
18 137
12 589
5 766
6 823
5 548
5 532
01.01.2014 28 376
22 594
15 870
7 424
8 447
6 723
5 782
01.01.2015 32 698
26 862
19 818
9 058
10 760
7 045
5 836
01.01.2016 40 642
34 576
23 644 10 655
12 989
10 932
6 067
01.01.2017 50 227
41 470
27 955 13 209
14 746
13 515
8 758
01.01.2018 70 816
45 117
33 142 19 449
13 694
11 974
25 699
01.01.2019 80 165
54 896
38 593 22 164
16 429
16 303
25 269
01.01.2020 91 266
62 786
42 670 24 246
18 424
20 116
28 480
Bundan ko‘rinadiki, pul massasining har bir alohida agregati o‘zining
likvidligi darajasiga ko‘ra farqlanadi. Likvidlik – bu turli aktivlarning o‘z
qiymatini yo‘qotmasdan (ya’ni eng kam xarajatlar asosida) tezlik bilan naqd
pulga aylana olish qobiliyatidir. Metall (tanga) va qog‘oz pullar eng yuqori
likvidlikka ega bo‘ladi. Mijoz o‘zi istagan vaqtida olishi mumkin bo‘lgan bank
hisob varaqalaridagi pul omonatlari ham likvidli hisoblanadi. Pul massasi tarkibiga
to‘lov vositasi vazifasini bajarish layoqati pastroq bo‘lgan aktivlar qo‘shilib borishi
bilan, ularning likvidlik darajasi ham pasayib boradi. Naqd pullar rivojlangan bozor
iqtisodiyoti mamlakatlarida umumiy pul massasining 9-10 foizini, bozor
iqtisodiyotiga o‘tayotgan mustaqil hamdo‘stlik davlatlarida 35–40 foizni tashkil
qiladi.
Pul bozori – bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining turli
darajalarida pul mablag‘lariga bo‘lgan talab va pul taklifining o‘zaro nisbatini
ifodalovchi mexanizm.
Pul taklifi – bu bozorda pul sifatida muomalada bo‘lgan turli-tuman moliyaviy
mablag‘lar, ya’ni pul agregatlari yig‘indisi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar
strategiyasining Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan qismida “ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan
instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish,
shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini
bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash”3
kuzda tutilgan.
Tijorat banklari o‘z ixtiyorlarida bo‘lgan aktivlari hisobiga yangi pullarni
hosil qilishlari, ya’ni ularni bank krediti sifatida mijozlariga berishlari mumkin.
To‘g‘ri, ularning bu faoliyatlari Markaziy bank tomonidan o‘rnatiluvchi majburiy
zaxira me’yorlari orqali cheklanadi. Ya’ni, tijorat banki o‘zining joriy xarajatlarini
qoplashi hamda mijozlar tomonidan kreditlar qaytarilmasligi xavfining oldini olish
maqsadida ma’lum miqdordagi pul mablag‘larini zaxira sifatida saqlashi lozim.
Aktivlarning qolgan qismi esa muomalaga chiqarilib, u ma’lum muddatdan so‘ng
yana bankka qaytishi hamda majburiy zaxira me’yoridan ortiqcha qismi yana
muomalaga chiqarilishi mumkin. To‘xtovsiz ravishda takrorlanuvchi bu jarayon
pul taklifi multiplikatori yoki bank multiplikatori deyiladi.
Pul taklifi multiplikatori – bu bankdagi pul depozitlari qo‘shimcha
ravishda o‘sgan hajmining majburiy zaxiralar qo‘shimcha hajmiga nisbati
bo‘lib, pul mablag‘larining bir birlikka ko‘payishi iqtisodiyotdagi pul
taklifining qanchaga o‘sishini ko‘rsatadi:
MRs m 1r ,
3 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni
m
ёки
bu yerda:
m – pul taklifi multiplikatori koeffitsienti;
Ms – bankdagi pul depozitlarining qo‘shimcha ravishda o‘sgan
hajmi; R – majburiy zaxiralar qo‘shimcha hajmi; r – majburiy
zaxiraning foizdagi me’yori.
Masalan, Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan majburiy zaxira me’yori
20%ni tashkil etsin. Agar tijorat bank aktivi 100 mln. so‘m deb olsak, u holda pul
taklifi multiplikatori 5 ga teng bo‘ladi (100 mln. so‘m/20 mln. so‘m). Bu esa tijorat
banki 500 mln. so‘m hajmida (100 mln. so‘m x 5) yangi pullarni muomalaga
chiqarish imkoniga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Pulga talab ikki qismdan iborat bo‘lishi mumkin: ayirboshlash uchun zarur
bo‘lgan pulga bo‘lgan talab hamda aktivlar sotib olish uchun zarur bo‘lgan pulga
talab.
Ayirboshlash uchun zarur bo‘lgan pulga bo‘lgan talab aholining kundalik
shaxsiy ehtiyojlari, korxonalarning ish haqi to‘lash, material, yoqilg‘i va shu
kabilarni sotib olish uchun kerak bo‘lgan pul miqdorini ifodalaydi. Ayirboshlash
uchun zarur bo‘lgan pul miqdori biz yuqorida ko‘rsatgan formula bilan aniqlanadi.
Ushbu formulaga asosan aholi va korxonalarga ikki holda ayirboshlash uchun
ko‘proq pul talab qilinadi: narxlar o‘sganda va ishlab chiqarish hajmi ko‘payganda.
Kishilar o‘zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda, masalan,
korporatsiya aksiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari shaklida ushlab
turishlari mumkin. Demak, aktivlar tomonidan, ya’ni investitsiyalar uchun pulga
talab ham mavjud bo‘ladi.
Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda
o‘zgaradi. Foiz stavkasi past bo‘lsa, kishilar ko‘proq miqdordagi naqd pulga egalik
qilishni afzal ko‘radi. Aksincha, foiz yuqori bo‘lganda pulni ushlab turish foydasiz
va aktivlar shaklidagi pul miqdori ko‘payadi. Shunday qilib, pulga bo‘lgan umumiy
talab aktivlar tomonidan pulga bo‘lgan talab va ayirboshlash uchun pulga bo‘lgan
talabning miqdori bilan aniqlanadi.