BUDJET TAQCHILLIGI VA DAVLAT QARZLARI

Yuklangan vaqt

2024-08-31

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

5

Faytl hajmi

65,7 KB


 
 
 
 
 
 
BUDJET TAQCHILLIGI VA DAVLAT QARZLARI 
  
Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo‘lishini taqozo 
qiladi. 
Lekin 
ko‘pchilik 
hollarda 
davlat 
budjeti 
xarajatlarining 
daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida budjet taqchilligi 
ro‘y beradi. Bu holning sabablari ko‘p bo‘lib, ularning ichida davlatning jamiyat 
hayotining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o‘sib borishi, uning iqtisodiy va 
ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o‘rin tutadi. Budjet taqchilligining 
o‘sishi yoki kamayishi mutlaq miqdorda va uning yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga 
nisbatida aniq namoyon bo‘ladi.   
Keyingi yillarda jahon iqtisodiyotidagi ayrim o‘zgarishlarning vujudga 
kelishiga qaramasdan, budjet profitsitini saqlab qolishga erishilmoqda. Xususan,  
2019 yilda maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan chora-tadbirlar natijasida budjet 
xarajatlari uning daromadlaridan ortish -0,5 foiz darajasida bo‘ldi (21.1-rasm).      
BUDJET TAQCHILLIGI VA DAVLAT QARZLARI Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo‘lishini taqozo qiladi. Lekin ko‘pchilik hollarda davlat budjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida budjet taqchilligi ro‘y beradi. Bu holning sabablari ko‘p bo‘lib, ularning ichida davlatning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o‘sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o‘rin tutadi. Budjet taqchilligining o‘sishi yoki kamayishi mutlaq miqdorda va uning yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga nisbatida aniq namoyon bo‘ladi. Keyingi yillarda jahon iqtisodiyotidagi ayrim o‘zgarishlarning vujudga kelishiga qaramasdan, budjet profitsitini saqlab qolishga erishilmoqda. Xususan, 2019 yilda maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan chora-tadbirlar natijasida budjet xarajatlari uning daromadlaridan ortish -0,5 foiz darajasida bo‘ldi (21.1-rasm).
 
 
 
21.1-rasm. Davlat budjeti ko‘rsatkichlari holati, foizda1.  
Umuman olganda, davlat budjeti sohasidagi bunday natijalarni qo‘lga 
kiritishda mamlakatimiz iqtisodiyotini bosqichma-bosqich o‘zgartirish va  
erkinlashtirish, ilgari davlat zimmasida bo‘lgan bir qancha vazifalarning xususiy 
sektorga o‘tkazish orqali davlat budjeti xarajatlarini optimallashtirish, yangi sanoat 
yo‘nalishlarining rivojlantirilishi hamda xususiy sektor moliyaviy holatining 
mustahkamlanishi, shuningdek, uning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushining 
ortishi kabi omillar sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.   
Budjet 
taqchilligining 
o‘zgarishi 
xo‘jalik 
kon’yunkturasidagi 
joriy 
tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va yuksalishlarni ham aks ettiradi, 
inqirozlar davrida davlat budjet mablag‘lari hisobidan iqtisodiyotning ma’lum 
sektorlarini moliyaviy ta’minlab turishga, umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 
tarmoqlarda investitsiyalar hajmini saqlab turishga majbur bo‘ladi. O‘rnatilgan 
                                           
1 Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi ma'lumotlari asosida hisoblandi.  
, 3 
0 
, 4 
0 
4 
, 
0 
, 
0 3 
2 
0 , 
0 , 1 
, 
0 1 
0 , 1 
0 , 1 
- 5 
0 , 
6 
, 
-0 
5 
, 
-0 
4 
-0 , 
3 
, 
-0 
, 2 
-0 
, 
-0 1 
0 
1 
, 
0 
2 
, 
0 
3 
, 
0 
0 4 
, 
5 
, 
0 
201 0 
201 1 
201 2 
201 3 
201 4 
201 5 
201 6 
201 7 
201 8 
201 9 
  
21.1-rasm. Davlat budjeti ko‘rsatkichlari holati, foizda1. Umuman olganda, davlat budjeti sohasidagi bunday natijalarni qo‘lga kiritishda mamlakatimiz iqtisodiyotini bosqichma-bosqich o‘zgartirish va erkinlashtirish, ilgari davlat zimmasida bo‘lgan bir qancha vazifalarning xususiy sektorga o‘tkazish orqali davlat budjeti xarajatlarini optimallashtirish, yangi sanoat yo‘nalishlarining rivojlantirilishi hamda xususiy sektor moliyaviy holatining mustahkamlanishi, shuningdek, uning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushining ortishi kabi omillar sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Budjet taqchilligining o‘zgarishi xo‘jalik kon’yunkturasidagi joriy tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va yuksalishlarni ham aks ettiradi, inqirozlar davrida davlat budjet mablag‘lari hisobidan iqtisodiyotning ma’lum sektorlarini moliyaviy ta’minlab turishga, umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan tarmoqlarda investitsiyalar hajmini saqlab turishga majbur bo‘ladi. O‘rnatilgan 1 Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi ma'lumotlari asosida hisoblandi. , 3 0 , 4 0 4 , 0 , 0 3 2 0 , 0 , 1 , 0 1 0 , 1 0 , 1 - 5 0 , 6 , -0 5 , -0 4 -0 , 3 , -0 , 2 -0 , -0 1 0 1 , 0 2 , 0 3 , 0 0 4 , 5 , 0 201 0 201 1 201 2 201 3 201 4 201 5 201 6 201 7 201 8 201 9
 
 
xalqaro standartlarga ko‘ra budjet taqchilligi YaIMning 2% darajasidan oshmasligi 
lozim. Budjet taqchilligi, asosan, davlat qarzi hisobiga qoplanadi.  
Davlat qarzi ichki va tashqi qarzlardan iborat bo‘ladi. Davlat ichki qarzi – bu 
davlatning mamlakat ichida zayomlar va boshqa qimmatli qog‘ozlarini 
chiqarish, turli nobudjet fondlari (sug‘urta fondi, ishsizlik bo‘yicha 
sug‘urtalash fondi, pensiya fondi)dan qarz olish ko‘rinishidagi qarzlari.    
Budjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash)ning muhim ko‘rinishlaridan 
biri davlat krediti hisoblanadi. Davlat krediti – davlat qarz oluvchi yoki kreditor 
sifatida maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar  
yig‘indisi.  
Moliyaviy resurslarni davlat tomonidan qarzga olishning asosiy shakli – bu 
davlat qarz majburiyatlari (zayomlari)ni chiqarish hisoblanadi. Ularni joylashtirish 
jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha 
bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb qiladi.  
Davlat o‘z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki 
ularni Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin. Bunda bank muomalaga 
pulning tovar hajmining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha miqdorini 
chiqaradi. Mazkur holda, davlat budjetini moliyalashtirish pul muomalasiga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri inflyasion ta’sir ko‘rsatadi. Pul massasining o‘sishi jamiyat 
haqiqiy boyligining ko‘payishi bilan birga bormaydi.  
Davlat qarzlarining to‘xtovsiz ko‘payib borishi, milliy daromadni foiz 
to‘lovlari shaklida tobora ko‘proq qayta taqsimlanishga olib keladi.  
Katta budjet taqchilligi va davlat majburiyatlari bo‘yicha foiz to‘lovlari o‘sish 
sharoitida davlat qarzlarini to‘lash vaqtini imkon darajada cho‘zishga harakat 
qiladi. Buning uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Jumladan davlat 
o‘zining qisqa muddatli majburiyatlarini o‘rta va uzoq muddatli zayomlarga 
xalqaro standartlarga ko‘ra budjet taqchilligi YaIMning 2% darajasidan oshmasligi lozim. Budjet taqchilligi, asosan, davlat qarzi hisobiga qoplanadi. Davlat qarzi ichki va tashqi qarzlardan iborat bo‘ladi. Davlat ichki qarzi – bu davlatning mamlakat ichida zayomlar va boshqa qimmatli qog‘ozlarini chiqarish, turli nobudjet fondlari (sug‘urta fondi, ishsizlik bo‘yicha sug‘urtalash fondi, pensiya fondi)dan qarz olish ko‘rinishidagi qarzlari. Budjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash)ning muhim ko‘rinishlaridan biri davlat krediti hisoblanadi. Davlat krediti – davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi. Moliyaviy resurslarni davlat tomonidan qarzga olishning asosiy shakli – bu davlat qarz majburiyatlari (zayomlari)ni chiqarish hisoblanadi. Ularni joylashtirish jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb qiladi. Davlat o‘z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki ularni Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin. Bunda bank muomalaga pulning tovar hajmining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha miqdorini chiqaradi. Mazkur holda, davlat budjetini moliyalashtirish pul muomalasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri inflyasion ta’sir ko‘rsatadi. Pul massasining o‘sishi jamiyat haqiqiy boyligining ko‘payishi bilan birga bormaydi. Davlat qarzlarining to‘xtovsiz ko‘payib borishi, milliy daromadni foiz to‘lovlari shaklida tobora ko‘proq qayta taqsimlanishga olib keladi. Katta budjet taqchilligi va davlat majburiyatlari bo‘yicha foiz to‘lovlari o‘sish sharoitida davlat qarzlarini to‘lash vaqtini imkon darajada cho‘zishga harakat qiladi. Buning uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Jumladan davlat o‘zining qisqa muddatli majburiyatlarini o‘rta va uzoq muddatli zayomlarga