BUXGALTERIYA HISOBIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Yuklangan vaqt
2025-09-10
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
15
Faytl hajmi
37,7 KB
BUXGALTERIYA HISOBIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISH
1.1. Zamonaviy axborot texnologiyalarning yangi avlodlari va ulardan iqtisodiyot
sohasida foydalanish imkoniyatlari.
1.2. Buxgalteriya hisobida dasturiy ta’minot vositalaridan foydalanish.
1.3. Hisob hujjatlarini elektron hujjat tarzida tuzish va taqdim etish.
Bobga doir normativ-huquqiy hujjatlar
№
Hujjatning nomi
Qabul
qilingan
sana
Adliya vazirligida
ro‘yxatga olingan sana
va raqam
1
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi
08.12.1992
-
2
O‘zbekiston
Respublikasining
“Buxgalteriya
hisobi
to‘g‘risida”gi Qonuni
13.04.2016
-
3
O‘zbekiston
Respublikasining
“Elektron
hujjat
aylanishi
to‘g‘risida”gi Qonuni
29.04.2004
-
4
O‘zbekiston
Respublikasining
“Elektron
raqamli
imzo
to‘g‘risida”gi Qonuni
11.12.2003
-
5
O‘zbekiston
Resrublikasi
Prezidentining
“Zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini yanada joriy
etish va rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori
21.03.2012,
PQ-1730
6
Buxgalteriya hisobida hujjatlar va
hujjatlar aylanuvi to‘g‘risidagi
Nizom
14.01.2004
y.,
1297-son
1.1.Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning yangi avlodlari
va ulardan iqtisodiyot sohasida foydalanish imkoniyatlari.
“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da makroiqtisodiy barqarorlikni
yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolishga
alohida
e’tibor
qaratilgan1.
Barqaror
iqtisodiy
o‘sishning
ta’minlanishi
iqtisodiyotning boshqa sohalari kabi bank-moliya, buxgalteriya hisobi va auditorlik
faoliyatining rivojlantirilishi, xalqaro amaliyotda e’tirof etilayotgan ilm-fanning eng
so‘ngi yutuqlarini joriy qilinishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunday
innovatsiyalar qatorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish
alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, mamlakatlarning global iqtisodiy integratsiya
jarayonida munosib o‘rin egallashlari uchun o‘sha mamlakatda jamiyatning
axborotlashish dajarajasi eng asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Axborotlashgan
jamiyatning asosini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining infratuzilmasini
shakllantirish tashkil etadi va u mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardosh bo‘lishi
uchun platforma vazifasini o‘taydi.
Bugun
mamlakatimizda
kichik
biznes
va
xususiy
tadbirkorlikni
rivojlantirishga davlat siyosati darajasida e’tibor berilmoqda, ularning faoliyati har
jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ta’kidlash joizki, “...raqamli iqtisodiyotga faol
o‘tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘ladi”2.
Shuningdek,
iqtisodiyotda
zamonaviy
axborot-kommuniaksiya
texnologiyalari joriy etish milliy iqtisodiyotimizga kirib keladigan investitsiyalar
ko‘lamini va xalqaro moliya bozorlariga chiqish imkoniyatlarini oshirish maqsadida
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
24.02.2020
yildagi
“Moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 07.02.2017 йилдаги “Ўзбекистон Республикасини янада
ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги ПФ-4947-сонли Фармони. www.lex.uz.
2 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси
(24.01.2020). https://president.uz/uz/lists/view/3324
to‘g‘risida”gi PQ-4611-sonli Qarorida3 belgilab berilgan ustuvor vazifalarni amalga
oshirishga xizmat qiladi.
Milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor
vazifalarni bajarish buxgalteriya hisobini tashkil qilish va uni amalga oshirishga o‘z
ta’sirini o‘tkazmoqda. Natijada korxona hisobchisi bugun moliyaviy holatni to‘liq
ochib beradigan barcha usul va uslublarni egallashishini zamonning o‘zi taqozo
etmoqda. Bundan tashqari qimmatli qog‘ozlar bilan ishlash ko‘nikmasi va
investitsiyalarni jalb qilishning potensial asoslari tahlil qila olish qobiliyai talab
qilinmoqda. Qisqacha aytganda, korxona hisobchisi bugungi kunda moliyaviy
tahlilchi bo‘lishi kerak.
Yangiga sharoitning talablariga moslashish birinchi navbatda katta hajmdagi
ma’lumotlarni qisqa vaqt ichida qayta ishlab, joriy faoliyatda foydalanish uchun
iste’molga tayyor holatga olib kelishni nazarda tutadi. Bunda ma’lumotlarning hajmi
korxonaning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, uning tarkibi, faoliyat turi va
ko‘lamiga bog‘liq bo‘ladi.
Odatda korxona boshqaruvi ishlab chiqarishni rejalashtirish, unga
tayyorgarlik ko‘rish, rivojlantirish, ishlab chiqarish ta’minoti, marketing masalalari,
mahsulotlarni sotish, barcha bosqchilarning buxgalteriya hisobini yuritish va kadrlar
masalasi bilan ishlashdan iborat zanjir bilan bog‘liq masalalarni hal qilishi kerak. Bu
vazifalar axbort-kommunikatsiya texnologiyalarida vazifaviy tizimlar deb ham
yuritiladi. Bu zanjir vazifalarini hal qilishda ham buxgalteriya hisobi katta
ahamiyatga ega. Chunki xalqaro xisob-kitoblar bankiga ko‘ra, buxgalteriya hisobi
o‘zida barcha axborotlarning 60 foizini jamlaydi.
Vazifaviy tizimlarning har biri belgilangan vazifalardan kelib chiqib, o‘z
tarkibiy tuzilishiga ega bo‘ladi. Masalan, marketing bosqichi potensial bozorlarni
topish, mavjud raqobatchilarni o‘rganish, xom ashyo yetkazib beruvchilarning
holati, xaridorlar segmenti kabi bir qancha vazifalar yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
3 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 24.02.2020 йилдаги “Молиявий ҳисоботнинг халқаро
стандартларига ўтиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-4611-сонли Қарори. www.lex.uz
Axborto-kommunikatsiya
texnologiyalari
yordamida
ushbu
zanjirga
birlashtirilgan vazifaviy tizimlarning hisoblash ishlari amalga oshiriladi. Tizimlar
majmuasi tasdiqlangan sintetik schyotlarni yuritish, birlamchi va yig‘ma hujjatlar,
hisoblash algoritmlarining o‘zaro aloqalari hamda uslubiy materiallari va me’yoriy
hujjatlari bilan ta’riflanadi.
Buxgalteriya hisobining axborot tizimlari an’anaviy ravishda vazifalarning
quyidagi majmualarini o‘z ichiga oladi: asosiy vositalar hisobi, moddiy boyliklar
hisobi, mehnat va ish haqi (maosh) hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy
hisoblash operatsiyalarining hisobi, ishlab chiqish harajatlari hisobi, yig‘ma hisob
va hisobotlarni tuzish. Korxonaning sifatan bir turli resurslari haqidagi axborotlarga
ega sifatida vazifalar majmuasini ajratishni mo‘ljallash an’anaviy ravishda hisobni
qo‘lda olib borishdayoq vujudga kelgan, keyin esa hisoblash axborotlarining
hisoblash markazida markazlashtirilgan holda ishlab chiqishda o‘z qo‘llani-shini
topgan.
ShKlar bazasida avtomatlashtirilgan ish joylarining tashkil qilinishi,
korxonalarda mahalliy hisoblash tarmoqlarini yaratish, axborot bazasini tashkil
qilish va iqtisodiy vazifalar mazjmuasini shakllantirishda yangi talablarni ilgari
surdi.
Ma’lumotlarning
taqsimlangan
bazalari
tizimini
yaratish,
turli
foydalanuvchilar o‘rtasida axborotlarni almashtirish, kompyuterda boshlang‘ich
hujjatlarni avtomatik shakllantirishning imkoniyatlari paydo bo‘ldi.
Bunday sharoitlarda turli vazifaviy tizimchalar majmualari o‘rtasidagi aniq
chegaralar buzila boshladi, bu ilk navbatda buxgalteriya hisobining axborot bazasida
namoyon bo‘ldi.
Boshqaruv
masalalarining
vazifalararo
majmualari
vujudga
keldi.
Buxgalteriya hisobi bo‘yicha dasturiy vositalarning yangi versiyalar hisobning turli
uchastkalari majmualari axborotlarini birlashtiradi. Misol uchun, mehnat va ish haqi
hisobining namunaviy loyihalarida bir vaqtda fondlarga to‘lovlar bo‘yicha to‘lov
hujjatlari (daromad solig‘ini to‘lash, nafaka jamg‘armasiga ajratmalar, tibbiyot
sug‘urtasi,
bandlik
jamg‘armasiga
qo‘shib
hisoblash
bo‘yicha
to‘lov
topshiriqnomalari) bo‘yicha to‘lov hujjatlarini ko‘chirib berish ko‘zda tutilgan,
bunday mashina dasturini bajarilishi hisob vazifalarining ikkita majmuasini mehnat
va ish haqining hisobi hamda moliyaviy hisoblash operatsiyalarini birlashtiradi.
Moddiy boyliklar hisobi tayyorlash mahsulotlarining hisobi va boshqalar bo‘yicha
vazifalar majmuasida ham xuddi shunga o‘xshash misollarni keltirish mumkin.
Vazifalararo majmuani tashkil qilish «materiallar» dasturi misolida ham
ko‘rib chiqilishi mumkin. Uning asosini korxonaning mahalliy hisoblash tarmog‘i
sharoitlarida faoliyat yurituvchi yagona ma’lumotlar bazasi tashkil qiladi. Moddiy
boyliklarning mavjudligi va harakatini hisobga olish jarayonlarida uchta bo‘lim:
omborlar, hisobxona, moddiy-texnik ta’minot bo‘limi mutaxassislari faoliyat qiladi.
Dasturiy majmua o‘z ichiga uch qism: omborchi (ombor) moduli, hisobxona moduli,
moddiy-texnik ta’minot bo‘limi modulini oladi.
Omborchining dasturiy moduli ombor kartotekasini olib borilishini:
hisobchining ma’lumotli qismida moddiy boyliklar harakati bo‘yicha hujjat-larni
buxgalteriya hisobi to‘ldirilishini, materiallarning harakati bo‘yicha operatsiyalar
nazoratini, materiallar harakati miqdoriy va summasi aks ettirilishi hisobini,
moliyaviy hisoblashlarni ta’minlaydi. Moddiy-texnik ta’minot iqtisodchisi moddiy
boyliklarning harakati bo‘yicha hujjatlarni shakllantirishni olib boradi.
Savdo tashkilotlari uchun dasturiy mahsulotlar buxgalteriya hisobini
marketing operatsiyalari majmuida ko‘pvazifaviy ishlab chiqilishini ko‘zda tutadi.
Masalan, «ombor» moduli ombordagi tovarlar harakatini olib borishga, xaridlar
kitobini tuzishga, schyotlarni yozib borishga provodkalarni avtomatik shakllantirish
va ularni hisobchiga topshirishga, narx varaqalarni avtomatik shakllantirishga,
do‘konning savdo zalida o‘rnatilgan kassa apparatlari bilan hamkorlikda ishlashni
ta’minlashga imkon beradi.
Buxgalteriya hisobi majmualari murakkab ichki va tashqi aloqalarga ega.
Ichki aloqalar buxgalteriya hisobining ayrim vazifalari, majmualari va
uchastkalarining axborotli o‘zaro hamkorliklarini; tashqi aloqalar — boshqaruvning
o‘zga vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa bo‘linmalari hamda tashqi tashkilotlar
bilan o‘zaro aloqalarni bildiradi.
Hisob vazifalari majmualarining o‘zaro bog‘lanishi buxgalteriya hisobi
uslubiyotining o‘ziga, schyotlarni olib borish va provodkalarni bajarish tizimiga
kiritilgan, bu yerda har bir xo‘jalik operatsiyasi ikki marta: bittasi schyotning
kreditida va boshqasi debetida aks ettiriladi. Hisob vazifalari majmuasining
axborotli aloqasi mashina dasturining asosiga kiritilgan ishlab chiqarishning uch
pallasini farqlashga imkon beradi. Birinchi pallada birlamchi hisob, birlamchi
hujjatlarni tuzish, ularni ishlab chiqarish va hisobning har bir uchastkasi bo‘yicha
tahliliy hisobning qaydnomalari tuzilishi bajariladi (masalan, ish haqi hisobi
bo‘yicha hisoblash to‘lov hujjatlari, qo‘shib hisoblangan va ushlab qolingan ish
haqining to‘plamlari va boshqalar tuziladi). Qayta o‘zgartirishning barcha
operatsiyalari hisobning aniq uchastkasining ADP yoki buxgalteriya hisobining
yagona moduliga qurilgan moduli asosida bajariladi.
Ishlab chiqishning ikkinchi pallasi provodkalarni tuzish, ularni tahli-liy va
sintetik hisobning turli registrlari, schyotlarning tartib raqamlari bo‘yicha qayd
daftari ordenlariga joylashtirishdan iborat bo‘ladi. Kompyu-terli ishlab chiqish har
bir uchastka yechimini tugashi bo‘yicha provodkani shakllantirib, bu jarayonlarni
to‘liq avtomatlashtirishga imkon beradi.
Ishlab chiqishning uchinchi pallasi yig‘ma sintetik hisobni: asosiy kitobning
schyotlari bo‘yicha hisobot saldo qaydnomalari va moliyaviy hisobotning
shakllarini tuzishdan iborat bo‘ladi, bu «Provodka-Asosiy kitob-Balans» mashina
dasturining asosiy moduli tomonidan ta’minlanadi.
Buxgalteriya hisobi majmualari o‘rtasida hisobxona hisoblash tarmog‘ini
tashkil qilish asosiga olingan axborotli aloqalar mavjud. Hisobning asosiy vositalari
hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiya-larining hisobi,
moddiy bo‘lim boyliklari hisobi, mehnat va ish haqi hisobi kabi uchastkalari uchun
dastlabki axborotlarni shakllantirish, qoidaga ko‘ra, boshlang‘ich hisobiga va
boshlang‘ich hujjatlarda xo‘jalik operatsiyalarini aqs ettirish hisobiga sodir bo‘ladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va kiruvchi axborotlarning yig‘ma hisobi bo‘yicha
vazifalar uchun hisob vazifalarining boshqa majmualarini yechishning natijalari
asos bo‘lib xizmat qiladilar. Ishlab chiqarish xarajatlarining hisobi bo‘yicha axborot
bazasini shakllantirish alohida e’tiborga loyiq, bu o‘rinda oldinroq asosiy vositalar,
materiallar, mehnat, ish haqi va tayyor mahsulotlar hisobi bo‘yicha vazifalarni
yechishdan olingan yakuniy ma’lumotlar asosiy manba bo‘ladi.
1.2.Buxgalteriya hisobida dasturiy ta’minot vositalaridan foydalanish.
Buxgalteriya hisobi vazifasini yechishning dasturiy ta’minlanishi ishlab
chiqarishning ko‘rib chiqilgan pallalarining hisob vazifalarini integratsiyalash
hamda tashqi aloqalarning mavjudligini hisobga olish bilan ko‘riladi.
Buxgalteriya hisobining tashkilotlar bilan axborotli aloqasiga alohida to‘xtash
zarur. Asosan bu aloqa me’yoriy va uslubiy materiallarni olish, hamda yig‘ma
moliyaviy hisobotni manfaatdor tashkilot — yuqori ma’muriy idoralar, soliq
qo‘mitasi, statistika idoralari, moliyaviy tashkilotlar va boshqa-larga berishdan
iboratdir. ShKda olingan buxgalteriya hisobotlari-ning shakllarini yuqori idoralarga
taqdim etish qonunlashtirilgan. Bu tashkilotlarga axborotlarni magnitli manbalar va
aloqa kanallari bo‘yicha topshirish haqidagi masalalar hal qilinmoqda.
Banklar bilan aloqa uchun «Mijoz-Bank» tizimi bo‘yicha axborotlarni
maishnalararo almashtirish ko‘zda tutilmoqda.
Tashkilotning hisob-kitob schyotiga xizmat ko‘rsatuvchi bank hisob-kitob
schyotlarini tezkor boshqarish bo‘yicha xizmatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri taklif kiladi.
«Mijoz-Bank» dasturi to‘lov topshiriqnomalarni yaratish, ularni bankka modem
bo‘yicha uzatish, ShKda hisob-kitob raqamlaridan ko‘chirmalar olishga imkon
beradi. Bunday axborotlarning himoyalanishini ta’minlash uchun elektron imzodan
(usiz uzatilayotgan hujjatlar haqiqiy emas) hamda axborotlarni shifrlashning maxsus
tizimidan foydalaniladi. Tizim g‘oyatda qulay, vaqtni tejaydi va turli mijozlardan
nullarni hisob-kitob raqamiga kelishi haqida axborotlarni olishga imkon beradi va
shu tariqa ularga xizmat ko‘rsatishni tezlashtiradi. Bundan tashqari «Mijoz-Bank»
tizimi to‘lovlarni amalga oshirish uchun bankka borishdan tashkilotni ozod qiladi.
Hisobxona ichidagi va tashqarisidagi turli bo‘linmalarda vujudga keluvchi
ko‘plab boshlang‘ich hujjatlarning katta hajmi hamda me’yoriy ma’lumotnomaviy
hujjatlardan keng foydalanish bilan ta’riflanuvchi buxgalteriya hisobi axborot
ta’minlanishining ba’zi xususiyatlari haqida to‘xtab o‘tamiz.
Barcha xo‘jalik operatsiyalari boshlang‘ich buxgalteriya hujjati — xo‘jalik
operatsiyasi sodir bo‘lganligi haqidagi to‘liq va ishonchli yozma guvohnomada qayd
etiladi. Hujjat yuridik kuchga ega. Ularni shakllantirish va qo‘llash bo‘yicha
umumiy uslubiy rahbarlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat
statistika qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Ular hujjatlar haqidagi qoidalarni
nashr qiladi, boshlang‘ich hujjatlarning namunaviy shakllarini ishlab chiqadi,
yo‘riqnomaviy va uslubiy materiallarni nashr etadi.
Namunaviy buxgalteriya hujjatlari sohalararo va sohaviyga bo‘linadi.
Sohalararo hujjatlar barcha korxona va tashkilotlarda qo‘llanish uchun yagona
bo‘ladi. Ularga asosiy vositalarning hisobi bo‘yicha hujjatlar, kassa va to‘lov
hujjatlari, hisob beruvchi shaxslar bilan hisob-kitoblar uchun hujjatlar kiradi. Kichik
korxonalarda buxgalteriya hisobini olib borish va yagona hisob registrlarini qo‘llash
bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Sohaviy shakllar tavsiyanomaviy xarakterga ega. Ular asosida har bir soha
ushbu soha hisobining o‘ziga xosligini e’tiborga olgan holda o‘z hujjat-larining
shakllarini ishlab chiqishlari mumkin. Hujjatlarning sohaviy shakllari mehnat va ish
haqi hisobi, materiallar hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi uchastkalarida qo‘llaniladi.
Barcha birlamchi buxgalteriya hujjatlari DTS, hujjatlarning bir shaklga
keltirilgan tizimlari talablarini hisobga olish bilan ishlab chiqiladi va kompyuterli
ishlab chiqarish tomonidan qo‘yiladigan talablarni aks ettiradi.
Buxgalteriya hisobining hujjatlari turli belgilari bo‘yicha tasniflanadi:
• belgilanishi bo‘yicha — farmoyish beradigan, ijroiya (oqlaydigan), hisobli
rasmiylashtiruvchi, murakkab;
• xo‘jalik operatsiyalari mazmuni bo‘yicha — moddiy, pulli hisoblash;
• aks ettirgan operatsiyalarning hajmi bo‘yicha — yagona (birlamchi) yoki
yig‘ma;
• foydalanish usuli bo‘yicha — bir martali va jamlovchi;
• hisobga oladigan o‘rinlarning soni bo‘yicha — bir qatorli va ko‘p qatorli;
• tizilish joyi bo‘yicha — ichki va tashqi;
• to‘ldirish usuli bo‘yicha — qo‘lda, hisobni avtomatlashtirish vositalari
yordamida.