BUXORO AMIRLIGINI DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMI VA MA’MURIY TUZILISHI
Yuklangan vaqt
2024-03-10
Yuklab olishlar soni
7
Sahifalar soni
59
Faytl hajmi
52,4 KB
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
KURS ISHI
BUXORO AMIRLIGINI DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMI VA
MA’MURIY TUZILISHI
Toshkent-2023
Mundarija
Kirish....................................................................................................................3
I.BOB. Buxoro amirligining davlat boshqaruv tizimi.....................................7
1.1. Buxoro amirligidagi davlat muassasalari.......................................................7
1.2. Buxoro amirligidagi mansab va unvonlar....................................................14
II.BOB. Buxoro amirligining ma’muriy tuzilishi...........................................23
2.1.Amirlikning ma’muriy-hududiy tuzilishi............................................ .........23
2.2.Buxor amirligida yer egaligi munosabatlari................................................26
Xulosa.................................................................................................................28
Foydalanilgan adabiyotlar................................................................................30
Kirish
Kurs ishi mavzuning dolzarbligi. Bugun, biz talabalarning oldida o’ta muhim vazifa
turibdi, u ham bo’lsa tariximizni kelajak avlodga haqqoniy tarix sifatida
yetkazish.Buxoro amirligini boshqaruv tizmini o’rganish taxlil qilish, qanday mamuriy
boshqaruv tizmi borligioni o’rganish edi. Amirlik mamuriy tuzilishi tuzmini o’rganish
mamuriy tuzmi qanday bo’lanini o’rganish. Prezident I.A.Karimov aytganidek
―Hammamiz shu tuproqning suvini ichganmiz, non tuzini yeganmiz. Hammamiz
o’zimizni o’zbek sanaymiz. O’zligimizdan faxrlanamiz, g’ururlanamiz. ...qadim
ajdodlarimiz hayotining asosini o’troq madaniyat tashkiletganmi yo ko’chmanchi?
O’zbek xalqining shakllanishida qanday elatlar ta’siri bo’lgan .1degan og’ir savollarni
qo’yib, unga javob topishga undaydi
Mavzuning o’rganilish darajasi.Buxoro davlatining siyosiy tizimi, idora etish tartib-
qoidalari, davlat ramzlari unvon va mansablarining joriy etilishi ko’p olimlar
dizdeatzzni tortgan. Professor A. A. Semonov2 va olima A. B. Vildanova3 Mirzo Badi’
Devonning «Majma’ ul-arqom” asari asosida yuqoridagi masalalarni qisman tahlil
silganlar. Lekin Mirzo Badi’ asari uzbek tiliga ugirilmagan va uning ma’lumotlari keng
o’quvchilar uchun noma’lum qolmoqda4.
Buning ustiga haligacha tarixiy tadqiqotlar jarayoniga Buxoro tarixchilari maktabining
asarlari, jumladan, qozi Xomzzd Baqoho’ja o’g’li, Mir Muxammad Siddiq ibni
amirMuzaffar «Xashmat”, Muxammad Sharif ibn qozi Abdushukur qozi kalon Sadri
Ziyolarning muhim va tarixiy ma’lumotlar bilan boy bulgan asarlari tadqiqotlarga jalb
etilmagan. Ayniqsa Buxoroning oxirgi qozikaloni Sadri Ziyoning(1867- 1932) va
Hashmatning ilmiy-adabiy meroslari bizni qizitirayotgan masalalarni yechishga
1 Каримов И.А.Тарихий хотрасиз келажак йўқ.Т.: ―Шарқ‖.1998.12-13-бетлар.
2.Semonov A. A. Buxarskiy traktat chinax zvaniyax ob obazannostax ix nositeley srenevekovoy Buxare. //
ovetskoe vostokovedenie, t. V. 1948.-e. 137-153.
3Vildanova A. B. Podlinnik buxarskogo traktata chipax zvaniyax. // Pismennыe pamatniki Vostoka. Yejegodnik,
1968. M.. 1970.
4Mirza Badi’ Divan. ajma’ ul-arkom (Faksimile rukopisi. Vvedenie, perevod primechaniie) A. B. Vildanovoy.
M.: Nauka, 1981.
yaqindan yordam beradi. Sadri Ziyo tomonidan yozilgan asarlardan «Zikri salatanati
podshohoni Mangit dar Movarounnahr” (Movarounnahrda hukm surgan mang’it
podsholarining zikri), «Ruznoma” (Kundalik), «Fufist” ning ma’lumotlar chegaralari
va imkoniyatlari kengdir5.
Asrimizning 80-yillarida Muxammad Ali ibni Muxammad Sayyid Baljuvoniy
qalamiga mansub «Tarixi nofei” (Foy- dali tarix) nomli asari topilgan edi. Bu manba
Tojikiston FA akademigi Ahror Muxtorov say’i-harakati bilan 1994 yili arab xatida
nashr etildi.6 «Tarixi nofei” Buxoro amirligi tarixiga oid muhim manba bulib, unda
mangitlar sulolasi davrida Buxoro mamlakatining boiщaruv tartibi, ma’muriy tizimi,
ichki nizomi, amal va mansablarning joriy etilishi va boshqa masalalar keng
yoritilgan.7
Buxoro davlatida XIX-XX asrning boshlaridagi davlat boshqaruv tizimi, ma’muriy
bulinishi, unvon, mansablar va egalarining vazifalarini tadqiq etish hozir uz
dolzarbligini yo’qotmagan. Yuqorida tilga olingan manbalar asosida shu masalalarni
imkon kqadar yoritish mumkindir.Ongimizdagi o’tmishdan qolgan sarqitlarni tozalash,
qalbimizni poklash va ruhimizni tetik qilish naqadar muhim ekanini I.Karimov qator
asarlarida muhim muammo sifatida ko’taradi. «Biz fidoiy vatanparvarlarga tayanamiz»
(1993), «O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat va mafkura» (1993),
―O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida‖(2011) kabiasarlarini ko’rsatish
mumkin. Olimlar sovet davrini tadqiq qilganlarida o’sha davrda ilgari surilgan soxta
g’oyalarga, soxtalashtirilgan tarix o’rniga yangi fikr mulohazalarni ilgari surishi shu
kungacha yechilmagan ―savollarga javob topishlari kerak degan vazifani ilgari suradi.
I. Karimov ―Tarixiy xotirasiz kelajak yo’k‖ asarida bu masalaga yondashuvning
5 Sadri Ziyo merosini ’U’zbekistonda urganish yayu4N yillarda boshlandi. Kar.: Vohidov Shodmon, Ericmov
AftondiL Le fihrist (catalogue) de la bibliothe“que de Sadr-I Ziya: une image de la vie intellectuelle dans le
Mavarannahr ifm XIX - de“but XX sie“cles) // Cahiers ’ Asie Centrale. № 7.1999. p. 141-173; Yana karang:
Xolikova P. Rossiya-Buxoro tarix chora^ashda. Toshkent: Ukituvchi, 2005.
6Muxammad Ali ibn Muxammad ayid Baljuvoni. «Tarix-i nofei”. Dush anbe, 1994. 120-bet.
7Voxidov Sh. «Tarix-i nofei” Buxoro amirligi tarixiga oid muxim manba. //Uzbekistonda ijtimoiy fanlar. 1997. №
№ 9-10-11; Yana ode.; uxammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeii.(Tojik tilidan tarjima, suzbosh va izoxlar
mualliflari .Voxidov, Z.Choriyev). Toshkent: Akademiya, 2001. -94 b.
ilmiy-metodologik asosini bayon etib quyidagilarni yozadi; bunga javob bitta:
―bizning ajdodlarimiz, xalqimiz, qadim-qadimdan o’troq yashagan.
Shuni ta’kidlash lozimki, eski tuzum inqirozga duchor bo’lib, sobiq ittifoq
porakandalikka yuz tutgan bir paytda mamlakatimizda tobora keskin siyosiy ijtimoiy
vaziyat, o’zligimizni anglash va toptalgan milliy g’ururimizni tiklashga qaratilgan
intilish kuchayib borganligini ko’pgina asarlarda ko’ramiz.8 Mustaqillik davrida chop
etilgan N.Jo’raev asarlarida yangicha qarash, va yangicha tahlil namoyon bo’lgan.9
XVIII asr ikkinchi yarmi – XIX asr birinchi yarmida Buxoro amirligining siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayoti tarixiga oid qator
Manbalar mavjud. Ular orasida Abdurahmon Tolening «Tarixi Abulfayzxoniy»,
Muhammad Vafo Karminagiyning «Tuhfayi xoniy», Mirzo Abdulazim Somiyning
«Tarixi salotini mang1 itiya», «Tuhfayi shohiy», Mirzo Salimbekning «Tarixi
Salimiy», Ahmad Donishning «RisolTarixi amironi mang1 it» kabi asarlar katta
ahamiyat kasb etadi. Buxoro amirligidagi davlat boshqaruvi masaJasi ayniqsa, Mirza
Badidevonning «Majma al-arqam» nomli asarida o‘z ifodasini topganligini alohida
qayd etish darkor.
A.A. Semyonov, B.Iskandarov, O.Suxareva, L. Yepifanova, R.G.Muqminova,
G.A.Agzamova, G.Ostonova, Sh.Vohidov, A .Ziyo, R. Xoliqova va boshqalar o‘z
tadqiqotlarida yuqorida ko'tarilgan mavzuning ko‘p!ab jihattarini ochib berishga
muvaffaq bo’lgan.
8Қаранг: Каримов И.А.Ўзбекистон мустақиллика эришиш остонасида. Т.: Ўзбекистон. 2011; Каримов
И.А. Истиқлол йўли:муаммолар ва режалар. 1 том. –Т.: Ўзбекистон.1993; Каримов И.А. Элни Ватан
манфаати бирлаштиради. 1 том ; Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиѐсат, мафкура.-
Т.:Ўзбекистон, 1996: Каримов И.А. Ўзбекистоннинг 16 йиллик мустақил тараққиѐт йўли.
Т.:Ўзбекистон..2007:Тухлиев Н. Ўзбекистон иқтисодиѐти. - Т.: "Ўзбекистан", 1992; Эргашев К.
Ўзбекистонда халқ таълими ривожи тарихи. - Т.: "Ўқитувчи". 1998.Ўзбекистон миллий энциклопедияси
Т.12жилд; Ўзбекистоининг янги тарихи. Учинчи китоб.Мустақил Ўзбекистон тарихи.-Т.: "Шарк".2000-
2001; Азизхужаев А. Чин ўзбек иши. - Т.: Академия, 2003;Бобобеков Ҳ. Фарғона фожиалари кундалиги
‖Фан ва турмуш‖. 1990, N 5:
9 Жўраев Н. Тарих фалсафаси. Т.: ―Маънавият‖ 1999: Тафакурдаги эврилиш.Т.: ―Шарқ‖,2001;
Янгиланишлар, концепциялар; яратилиш, эволюцияси, амалиѐти. Т.: ―Маънавият‖.2002:
Kurs ishining maqsadi. Buxoro amirligida mamuriy boshqaruvini o’rganish
mamuriy-hududiy tuzilishini o’rhanish, tahlil qilish.Amirlikda qancha boshqaruv
tizmini borligini aniqlash ular nima vazifani qilganini tahlil qiulish. Amirlik hududini
o’rganish qancha tumanga bo’linganligi qishloq ovilarni o’rganish.
Davriy (xronologik) chegaralanishi: Buxoro amirligini davriy chegarasi XVII-XX
boshlarigach bo’lgan davrda birma bir o’rganib chiqish. Dastlab mamuriy boshqaruvini
o’rganish, keyingis amirlik mamuriy hududiy tuzilishini manba saosid ketma ket
o’rganish.
Ishning hajmi.Kurs ishiga kirish , 2 ta bob, 4 ta reja, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar
ro’yxatidan tashqari, 29 bet.
1.BOB. Buxoro amirligining davlat boshqaruv tizimi
XVI asrning oxirida (aniqrog’i 1599y.) Shayboniylar o’rniga (Shiban-
Siban, Juchiyning o’g’li-Chinginzxonning nevarasinomidan 10 ) ashtarxoniylar
yoki joniylar sulolasi taxtga keladi XVII asrda O’rta Osiyoning asosiy qismi Balx
viloyati bilan birga ashtarxoniylar qo’lida edi. XVII asr davomida bu o’zbek
sulolalarining davlati inqirozga duch kelib XVIII asrning birinchi yarmida,
Ubaydullohon davridan tashqari Joniy sulolasiga mansub xonlarning xokimiyati
Buxuro xududlaridan chiqmadi. Bu sulolaning xukumronligi XVIII asrning
oxirgacha davom etagan bo’lsada , aslida sh asrning yarmidan boshlab ularning
namoyandalari nomidan xon bo’lganlar.
Buxoro davlatida XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab mang’itlar
sulolasining namoyandalari hukumronlik qilgan. Bu sulolaning asoschisi
Raximbiy bilan ibn Hakimbiy ibn Xudayorxon bo’ldi. Raximbiy ashtarxoniy
Abulfayiz o’limidan so’ng o’g’illari Abdullo va Abdulmo’minga otaliq
qiladi(1749y.), keyin 1756 yili sayyidlar va xo’jalar va ruxoniylar tarafidan
Buxoroda xon qilib ko’tarilgan bo’lsa ham, o’zini “noib ul-hukumat”-hokim
o’rinbosari deb bilgan. Rahimbiy Abulfayizxon qiziga uylanganedi. 1172 xijriy
yili 14 rajabda (1758y.) Raximbiy o’lgandan so’ng o’rniga amakisi Doniyol otaliq
xukumatni qo’lga kiritadi. U xonlikka davo qilmay avval Fozil to’rani, keyin
Abulg’oziy(1758-1784yy.) degan kimsani xon qilib o’zini ularga noib qiladi.
Uning o’g’li Shohmurod 1785 yili Buxoroda “amir (ul-mo’minin)” unvoni bilan
taxtga ko’tariladi. U amakisining xotini Abulfayizxon qiziga uylanib, keyin
chingiziylarga qo’shiladi. Amir Shohmurod vafotidaan kiyin amir Haydar, amir
Husayin, amir Umar, amir Nasrulloh, amir Muzaffar, amir Abdulahad, amir
Olimxon Buxoro amirligida hukumronlik qiladi. Oxirgi amir Olimxon 1920
10Bartold V.V. Dvenadsat leksiy po istorii tureskix narodov Sredney Azii. // Soch. 5. ., 1968. S. 134.
yilsentabrda taxtdan tushiriladi va u 1944 yilning 29 aprelidaa olamdan o’tadi.
Qabri Qobul shaxrining “Shuhadoyi solihin”11 qabristonida.
1.1 Buxoro amirligidagi davlat muassasalari
Markaziy boshqaruv. Buxoro amirligi davlat boshqaruvi asrlar davomida
shakllangan davlatchilik an’analariga suyangan holda amalga oshirildi. Ilgarigi
davrlarda bo‘lgani kabi mang‘itlar sulolasi davrida ham davlat boshqaruvi tizimi ikki
bo‘g‘in: markaziy va mahalliy boshqaruv tizimidan iborat edi. Bu tizimlar musulmon
davlatlariga xos murakkab boshqaruv tarmoqlariga ega bo‘lgan hamda, asosan, amir,
saroy amaldorlari, o‘zbek urug‘lari va qabila boshliqlari, ulamolar, harbiy
boshliqlardan tashkil topgan. Amirlikdagi markaziy hokimiyat amir boshchiligidagi
saroy a’yonlari qo‘lida bo‘lsa, mahalliy boshqaruv viloyatlar (bekliklar) hokimlari –
beklar qo‘lida edi. Mang’tlar sulolasining uchinchi vakili amir Shmurod (1785-
1801)amirlik unvonini qabul qilgan 12 Mang‘itlar sulolasi hukmronligi davrida
Buxoroning davlat boshqaruvi tizimida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirilmadi. Garchi
oliy hukmdor endi amir unvoni bilan mamlakatni boshqargan bo‘lsa-da, Buxoro
amirligi ham o‘z tizimi, qonun-qoidalari, boshqaruv tartiblari va butun mohiyati bilan
Movarounnahrdagi o‘rta asr musulmon davlatlari, xususan, shayboniylar va
ashtarxoniylar sulolalari davlat tizimidan aytarli farq qilmasdi. Davlat mutlaq qonun
chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatga ega bo‘lgan amir tomonidan boshqarilar edi.
Markaziy boshqaruv to‘laligicha dargohda mujassamlashib, devonlar tizimi o‘z
ahamiyatini yo‘qotib bordi. Devonlar zimmasiga yuklangan ijroiya vazifalari
to‘g‘ridan to‘g‘ri saroydagi biror-bir lavozim egasi yoki muayyan arbob faoliyatida
mujassamlashdi. Bu esa, o‘z navbatida, har bir mansab va lavozimning davlat
boshqaruvidagi ahamiyati oshib borgani va ular egalari davlat boshqaruvining
markaziy figuralaridan biriga aylanib borganini anglatadi. Buxoro amirligida oliy
harbiy-ma’muriy amaldorlar, mahalliy boshqaruvdagi asosiy mansabdorlar mang‘it
11Xotirahon Amir Olimxon.(Amir Olimxon xotiralari). Dushanbe adib 1992, 3- bet.
12Қаранг: Семенов А.А. Очерк устройства центрального административного управления Бухарского
ханства позднейщего времени // Материалы по истории таджиков и узбеков Средней Аз
urug‘iga mansub bo‘lgan kishilardan tayinlangan. Shu bilan birga, bu davrda
mang‘itlarga va boshqa o‘zbek urug‘lariga mansub bo‘lmagan kishilarning ham davlat
boshqaruvida yuqori amallarni egallash holati ko‘zga tashlanadi.
Buxoro amirligida markaziy boshqaruv quyidagi asosiy idoralar orqali
amalga oshirilar edi:
AMIR – DAVLAT BOSHLIG‘I
Qo‘shbegi – amirlikning bosh vaziri
Otaliq – mang‘it amirlarining tayanchi
Devonbegi – moliya idorasi rahbari
Lashkar to‘pchiboshisi – harbiy vazir
Buxoro amiri hokimiyati cheklanmagan bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida diniy va
dunyoviy hokimiyat boshlig‘i edi. Shu bilan birga, amir – davlatning oliy bosh
qo‘mondoni, amirlik yerlarining oliy egasi hisoblangan. Mang‘itlar sulolasining
uchinchi vakili bo‘lmish Shohmurod amirlik unvonini qabul qilgan. Amirlik unvoni
ilgari, asosan,qo‘shin boshliqlari va joylardagi turli harbiy vakillarga berilgan bo‘lsa,
Muhammad Rahimbiy davriga kelib amir unvoniga ega bo‘lgan birorta mansabdor
shaxs qolmagan. Ushbu unvon ilgari amalda bo‘lgan amirbeklik unvonidan farqli
o‘laroq, xalifalik maqomi – «amir ul-mo‘minin»sifatida13 talqin etilgan. Amir davlatni
mansabdor shaxslar, ya’ni amir xizmatchilari orqali boshqarar edi. Ushbu mansabdor
shaxslar davlatning boshqaruv apparatini tashkil etgan. Buxoro amirlari o‘z
shajaralarini
Muhammad
payg‘ambardan
boshlaganliklari
sababli
ularning
unvonlariga «sayid» so‘zi qo‘shib aytilgan. Amir yonida doimiy ravishda uning
shaxsiy yozishmalarini olib boruvchi ikki nafar kotibi bo‘lgan.
13 Қаранг: Ханыков Н. Описание Бухарского ханства. – СПб.: “Типография Императорской Академии
Наук”, 1843. – С.188.
MUNSHIY(arabcha –kotib) • barcha ishlar bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalarni yozib
borgan va amirga kelgan axborotlarga, ma’lumotlarga hamda ma’muriy vakillardan va
alohida shaxslardan kelgan iltimosnomalarga, shikoyatlarga javob berish bilan
mashg‘ulot bo‘lgan.
MUSHRIF (arabcha – boshqaruvchi) • amirning shaxsiy kotiblaridan biri sifatida
saroydagi sarpo berish, qurol-yarog‘ va shu kabilarni tarqatish haqidagi ko‘rsatmalarni
rasmiylashtirib borgan.
Amir tomonidan yuqorida zikr etilgan iltimosnoma, shikoyatlar va boshqa xatlarga
berilgan yozma javob – muboraknoma deb atalgan. Davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan
siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, diniy va boshqa masalalar Buxorodagi bosh qarorgoh –
Arkda ko‘rib chiqilgan hamda hal etilgan. Bosh qarorgoh hisoblangan Arkda amir va
uning oilasidan tashqari ayrim saroy amaldorlari o‘z oilalari va xizmatkorlari bilan
yashaganlar. Zaruratga qarab mamlakat poytaxtida amir boshchiligida davlat kengashi
chaqirilib turilgan. An’anaga ko‘ra, lavozimlariga qarab 5 dan 20 nafargacha amaldor
a’zo bo‘lgan bu kengashda mamlakat hayotiga doir eng muhim masalalar ko‘rib
chiqilgan. Viloyat hokimlari – beklar amir tomonidan asosan mang‘it urug‘i
vakillaridan tayinlangan. Amir, o‘z navbatida, hududiy tuzilmalardan doimiy
xabarnomalar olib turgan. Amirlikdagi barcha viloyatlar beklari va qozilari chopar
navkarlar orqali amir huzuriga yozma axborotnomalar yuborib turganlar. Ularga amir
nomidan tegishli tartibda muboraknomalar jo‘natilgan.
Qo‘shbegi – oliy hukmdordan keyin 14 ikkinchi shaxs hisoblangan. Mazkur
mansab ilgaridan mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, XVII asrga kelib «otaliq» unvoniga
nisbatan uning ahamiyati va vakolat doirasi ancha toraygan. XVIII asrning o‘rtalariga
kelib qo‘shbegi mansabi yetakchi o‘ringa chiqib, u davlat apparatining asosiy bo‘g‘ini
sifatida barcha
14 Қаранг: Семенов А..А. Бухарский трактат о чинах и званиях и об обязанностях носителей их
средневековой Бухаре // Советское востоковедение.. – М.: 1948. Т.V – С.148.
Boshqaruvning asosiy funksiyalarini o‘z qo‘lida to‘play borgan.
QO’SHBEGI markaziy davlat boshqaruvini15 amalga oshirgan;
-amirning shaxsiy muhrini saqlagan;
-amirlikning moliya ishlarini16 boshqargan;
-boshqa davlatlar bilan tashqi aloqalarni nazorat qilgan;
-chetdan keladigan molmulkdan olinadigan bojni nazorat qilgan.
Maqomi darajasidan bosh vazirga teng keladigan bu mansab egasi mamlakat
boshqaruvi, moliya, soliq, xazina, poytaxtdagi ahvol bilan bog‘liq eng muhim
masalalarni nazorat qilgan. Qo‘shbegi lavozimiga davlatning tajribali, ishbilarmon,
siyosatdon kishilaridan tayinlanib, nomzod avval devonbegi mansabida faoliyat
yuritgan bo‘lishi lozim bo‘lgan. Turklardagi ulug‘ vazir yoki Yevropadagi davlat
kansleri singari, qo‘shbegi amirning eng yaqin maslahatchisi va ishonchli kishisi
bo‘lgan.Buxoro amirligida savdo-sotiqdan olinuvchi barcha bojxona to‘lovlari
boshqaruvi ham qo‘shbegi qo‘lida bo‘lishi bilan bir qatorda, u yer solig‘ini yig‘ish va
yer-mulklarni berishni ham nazorat qilgan.
Bulardan tashqari unga amir saroyi xavfsizligini nazorat qilish vazifasi ham
yuklatilgan. Aynan mana shuning uchun ham amir shahardan boshqa joyga ketgan
paytda u saroy darvozaxonasining unga maxsus qurilgan joyida amir shaharga
qaytguncha kutib o‘tirishga majbur bo‘lgan. Har kuni kechqurun shaharning kechasi
qulflanadigan darvozasi kaliti qo‘shbegiga olib kelib berilgan va ertasiga ertalab esa
kalitlar yana darvozabonlar boshlig‘iga qaytarilgan. Shuningdek, qo‘shbegi Buxoro
shahar hokimi bo‘lish bilan birga, barcha beklarning oliy boshlig‘i ham edi. Unga
barcha viloyatlar bo‘ysungan. Uning mahkamasidan markaziy hokimiyatning
ko‘rsatmalari va qarorlari chiqib turgan. Qo‘shbegi barcha ishlarni bevosita amirning
15 Сагдуллаев А., Мавлонов Ў. Ўзбекистонда давлат бошқаруви тарихи. – Тошкент: Академия, 2006. –
Б.126.
16 Kunits J. Dawn of Samarqand. The rebirth of Central Asia. – New York: Covici Friede, 1935. – Р.23.
roziligi bilan qilgan va har kuni qilingan va qilinayotgan ishlar to‘g‘risida amirga
yozma yoki og‘zaki axborot bergan.
Otaliq – amirlik markaziy boshqaruvida o‘ziga xos vakolatga ega bo‘lgan, mang‘it
hukmdorlarining tayanchi hisoblangan va ularning hurmatiga sazovor bo‘lgan mansab
egasi. Bu unvon mang‘itlar davriga kelib otaliqqa olingan shaxsning maslahatchisi va
ishonchli kishisi, harbiy va ma’muriy ishlardagi asosiy vakiliga aylandi. U, asosan,
shahzodalar tarbiyasiga ma’sul bo‘lgan. Unga Buxoro shahri va Samarqanddan
Qorako‘lgacha bo‘lgan hududlarda suv taqsimotini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan.
Otaliq Shohrud kanali mirobligi vazifasini ham bajargan. Buxoro amirligida ahamiyati
bo‘yicha uchinchi pog‘onada moliya idorasi turgan, ushbu davlat idorasini oliy
moliyaviy amallardan biri sanalmish devonbegi boshqarib, u davlat boshqaruv tizimida
ikkinchi17 mansabdor shaxs hisoblangan. Devonbegi davlatda o‘ziga xos moliya vaziri
maqomiga ega bo‘lgan. U davlat xazinasi, zakot (xorijiy mamlakatlardan keladigan
mol-mulklardan tashqari) hamda soliqlarga nisbatan umumiy davlat boshqaruvini
amalga oshirgan. Devonbegini odatda quyi qo‘shbegi (qo‘shbegiyi poyon) deb ham
ataganlar. Uning bunday atalishiga sabab, bosh vazir – qo‘shbegi arkda o‘tirib, faoliyat
yuritgan bo‘lsa, asosan, zakot yig‘ish bilan bog‘liq ishlarga mutassaddi bo‘lgan
devonbegi qarorgohi arkdan pastda joylashgan. Shu boisdan aholi orasida qo‘shbegi
bosh qo‘shbegi, moliya vaziri esa quyi qo‘shbegi deb atalgan. Uning zimmasiga,
shuningdek, Qorako‘ldagi suv ta’minoti ham yuklangan edi.
Amirning ikki xazinasi bo‘lib, uni bo‘lish quyidagi tamoyilga asosan amalga
oshirilardi: ya’ni birinchi xazina,asosiy xazina, sarf qilinmaydigan hamda daxlsiz
sanalib, ikkinchisi xazina esa xarajatlar manbayi hisoblangan. Amir an’anaga ko‘ra
faqatgina otasi yoki bobosi tomonidan qoldirilgan daromadlarni sarf etib, o‘zining
foydasini saqlab qo‘yardi.
17 Ўзбекистон тарихи: давлат ва жамият тараққиѐти / Сагдуллаев.А., Аминов Б., Мавлонов Ў., Норқулов
Н.
– Тошкент: Академия, 2000. – Б.199
Amirlikda markaziy idoralardan biri mudofaa va harbiy masalalar bilan
shug‘ullanuvchi vazirlik bo‘lib, ushbu idora bevosita lashkar to‘pchiboshisi (harbiy
vazir) tomonidan boshqarilgan. To‘pchi qismlar boshlig‘i mavqeyining bu darajada
oshishi bu davrdagi harbiy harakatlarda eng zamonaviy qurol – to‘plarni ishlata
biladigan to‘pchilarning ahamiyatidan kelib chiqadi. Lashkar to‘pchiboshisi davlatdagi
barcha otliq va piyoda askarlardan tashkil topgan qo‘shinni boshqargan. U mahalliy
hududlarni harbiy masalalarda amalda yordam beruvchi maxsus vakillari orqali nazorat
qilgan.
Mahalliy boshqaruv. Amir yoki uning vakolati doirasida tayinlangan mansabdor
shaxslar, ya’ni amirning joylardagi vakili, mahalliy boshqaruvchilar hamda beklar
davlatning mahalliy boshqaruv organlari hisoblangan. Beklar yuqori tabaqa
vakillaridan bo‘lib, asosan yirik yer egalari orasidan tayinlangan. Qoida bo‘yicha
mansablar qarindoshlik asosida berilgan, ammo shuni alohida ta’kidlash joizki, oddiy
fuqaro ham bek bo‘lishi yoki, aksincha, bek oddiy fuqaroga aylanib qolishi
mumkinligi, o‘z navbatida, beklik boshqaruvi mas’uliyatli vazifa ekanligidan dalolat
beradi. Mahalliy boshqaruvni amalga oshirgan beklar ko‘p hollarda boshqaruv
masalasida markaziy boshqaruv tartibini joriy etishga harakat qilar edilar. Shuning
uchun amirlikning ayrim hududlarida vaqti-vaqti bilan mavjud hokimiyatni tan
olmaslik holatlari kuzatiladi.
Buxoro amirligida viloyatlar (bekliklar) huquqiy maqomi bo‘yicha Bir-biridan farq
qilgan. Ayrim viloyatlar quyidagi sabablar tufayli keng imtiyozlarga ega bo‘lgan:
Umuman olganda, bekliklarning maqomi ularning davlat va jamiyatga keltiradigan
foydasi miqdoriga bog‘liq bo‘lgan. Beklar asosan rentadan daromad olganlar, chunki
ular amirdan hech qanday moyana haqi olmaganlar, o‘z navbatida, ular aholidan soliq
va boshqa majburiy to‘lovlarni yig‘ish ishlariga bosh-qosh bo‘lganlar. Samarqand
viloyati- amirlikdagi boshqa viloyatlarga nisbatan nufuzliligi uchun,Qarshi viloyati -
ko‘pincha davlat boshlig‘i merosxo‘ri hokimligi bo‘lgani sababli, Chorjo‘y viloyati -
urug‘ davomchilari tomonidan boshqarilgani tufayli
Buxoro viloyati - qo‘shbegining o‘zi tomonidan boshqarilgani uchun o’z o’rnida
beklar amirning amaldorlari sanalib, amir tomonidan farmon asosida tayinlanganlar
hamda amirga hududiy birliklar bo‘yicha iqtisodiy, Ijtimoiy va siyosiy masalalar
yuzasidan hisob berib turganlar. Yuqoridagi xususiyati bilan beklar ilgarigi, ya’ni
xonlik davridagi bek-amir lavozimidan keskin farq qiladi. Beklik mansabi Buxoro
amirligi tomonidan belgilab qo‘yilgan «Unvonlar ro‘yxati» 18 bo‘yicha mansablik
unvoni tizimida 9 (to‘qqiz) darajadagi unvonlar toifasiga kirgan.
18 2 Kunits J. Dawn of Samarqand. The rebirth of Central Asia. – New York: Covici Friede, 1935. – Р.22.
1.2.BUXORO AMIRLIGIDA MANSAB VA UNVONLAR
Tarixchi olimlar Shodmon Vohidov va Rahbar Xoliqovalarning qayd etishicha,
Mirzo Badi Devon o‘zining «Majma ul-arqom» asarining oxirida Buxoro amirligidagi
unvon va mansablar haqida eng mufassal ma’lumot bergan. Mazkur asar 1798-yili
yozilgan bo‘lib, unda keltirilgan unvon, mansablar haqidagi amallar amirlikning oxirgi
kunlarigacha ba’zi o‘zgarishlar bilan mavjud edi. «Majma ul-arqom»19 ma’lumotiga
qaraganda, eng oliy mansab qozilar amali bo‘lgan. Ulardan oliy darajada Shayx ul-
islom (diniy unvonlardan biri bo‘lib, diniy ishlarni boshqargan va nazorat qilgan),
keyin qozi ul-quzzot, uchinchisi qozi askar (harbiy masalalar va harbiy jinoyatlarni
ko‘rib hal qiluvchi mansabdor) va to‘rtinchisi20 viloyat qozisi bo‘lgan.
Mafkuraviy munosabatlarda, ma’naviy hayotda, hukmdor sulola va oliy hukmdor
turish-turmushiga ta’siri jihatidan nihoyatda katta mavqega ega bo‘lgan, munozarali
masalalarda qozilar murojaat etadigan yuqori mansab egalari bo‘lgan Shayx ul-
islomlar zimmasiga fuqarolarning ziddiyatli masalalarini hal etish, ularning arz-dodiga
quloq tutish, aholini yaxshi ishlarga undash, yomonlikdan qaytarish kabi vazifalar
kirardi.
Ma’muriy-boshqaruv tizimining ajralmas qismlaridan biri fuqarolarning arz va
shikoyatlari, talab va iltimoslari asosida shariat qonunlariga suyangan holda sudlov
ishlarini amalga oshirishdan iborat edi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun mas’ul
etilgan shaxslar qozilar edi. Mang‘itlar sulolasi davrida qozilik tizimini isloh qilishga
yo‘naltirilgan ba’zi harakatlar ham amalga oshirildi. Shu martabalarning keyingi
ikkinchi pog‘onasida muftiy(lar) turgan. Uning yuqori darajasi a’lam (davlatda fiqhiy
masalalar bo‘yicha fatvo chiqaruvchi shaxs) unvoni bo‘lib, sohibi yurish (muftiy askar)
lashkar tortishlar vaqtida fatvo berardi. Aholini shariat ta’qiqlagan harakatlardan tiyilib
turishiga va yaxshilikka oid harakatlarni qilishiga undash bilan shug‘ullangan muhtasib
19 Қаранг: Wheeler G. Modern history of Soviet Central Asia. – London: Weiden feld and Nicolson, 1964. –
P.43.
20 Ҳолиқова Р. Марказий давлат бошқаруви тарихига бир назар // Мулоқот. – Тошкент: 2004. - № 4. – Б.42
uchinchi darajada turardi. U sayidlar avlodidan bo‘lishi lozim edi. Viloyatlarda esa
sayid bo‘lmagan olimni ham muhtasiblikka tayinlardilar. To‘rtinchi – mudarris bir
umrga berilib, ta’lim bilan mashg‘ul bo‘lmasa ham xazinadan maosh olardi. Ushbu
mansab egalariga amirlikda katta e’tibor berilgan bo‘lib, ularning asosiy vazifasi
talabalarga ilm berish va ularni shariat yo‘li asosida tarbiyalash bo‘lgan. Shuni
ta’kidlash joizki, bo‘lajak qozilar, beklar va boshqa mansabdor shaxslar ularning
tarbiyasini va ilmini olishi shart bo‘lgan. Ma’muriy-boshqaruv tizimida qozilar bilan
bir qatorda muftiylar ham katta rol o‘ynaganlar. Muftiylik lavozimini egallagan
shaxslar qozilar kabi shariat asoslari va musulmon qonunshunosligi bo‘yicha keng
qamrovli bilimga ega bo‘lishlari lozim edi. Odatda, muftiylar turli munozarali
masalalar bo‘yicha shariat, hadislar asosida «fatvo» va «rivoyatlar» tuzganlar. Qozilar
munozara olib borayotgan tomonlar vakillariga bunday «fatvo» va «rivoyatlarni»
ko‘rsatganlar, muftiylar ularga o‘z muhrlarini bosganlaridagina o‘z hukmlarini
chiqarganlar.
Muftiylarga XIX asrda quyidagicha ta’rif berilgan: «... muftiy ikkinchi darajali
ruhoniy amaldordir. U qozi kalonga yordamchi sifatida, arz va iltimosnomalar bo‘yicha
Qur’ondan dalillar chiqaradi va kim haq, kim nohaqligidan guvohlik bildiradi; hukm
chiqarish qozi kalonga tegishlidir».
Muftiylarni tayinlash huquqi poytaxt shahar Buxoroning qozi kaloniga berilgan
edi. Muftiylar ichida ham o‘ziga xos tabaqalanish mavjud bo‘lib, ularning yuqori
toifasi a’lam deb atalgan. A’lamlar ham ikkiga bo‘linib, ularning kattasi oxund,
keyingisi a’lam deb atalgan. XIX asrning 20-yillarida qayd etilishicha, Buxoro qozi
kaloni ixtiyorida ikki nafar muftiy bo‘lib, ular muhr bosish uchun haq olganlar. Boshqa
viloyatlar qozilari huzurida esa bir nafardan muftiy bo‘lgan.
Bundan tashqari yana to‘rt mansab mavjud bo‘lganki, ularni amir bevosita sayidlik
obro‘-e’tiboriga ega bo‘lganlarga in’om etgan.
Uchinchi darajali unvonlar olimlar, sayidlar, o‘zbek va mahalliy zodagonlar loyiq
deb topilgan amaldorlarga berilardi. Ular maxsus tayinlov asosida faoliyat
yuritmasdan, balki ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar ushbu mansablarga har qanday
shaxs tayinlanishi mumkin bo‘lgan.
Birinchisi mir asad. Ulamolardan yoki sayidlardan bo‘lardi. Buxoro rabotining
ichki muhtasibligi bir farsaxgacha (bir farsax 6–8 km) uning zimmasida edi.
Ikkinchisi fayzi. Olim yoki sayid bo‘lgan kishiga berilardi. Buxoro rabotining tashqi
muhtasibligi bir farsax masofagacha uning zimmasida edi.
Uchinchisi sadr. Buxoro rabotining bir farsaxlik hududining ichkarisidagi vaqflar
hisob-kitobi uning qo‘lida edi.
To‘rtinchisi sudur. Shu rabotning tashqarisidagi vaqflarning hisob-kitobi uning vazifasi
edi. Bu amaldorlarning shaxsiy muhrlari va mahkamalari bo‘lgan.
Amirlikda rasman uchta diniy unvon – o‘rog‘, sudur va sadr mavjud bo‘lgan.
Manbalarga ko‘ra, madrasani tugatgan shaxs mulla, qozi, rais amallarini egallashi
mumkin bo‘lgan. Yuqoridagi amallarda bir necha yil ishlaganidan so‘ng shariat
huquqlari sohasida to‘plagan bilim va tajribalari asosida bunday shaxslarga dastlab
o‘rog‘, keyin sudur va so‘ngra sadr unvonlari berilgan. Eng oxirgi diniy unvoni bo‘lgan
shaxslar qozikalon, muftiy, a’lam, oxun kabi diniy amallarni egallashi mumkin
bo‘lgan.
To‘rtinchi xizmat pog‘onasi – darajada qalam ahli turardi. Amirlik markaziy
boshqaruvida davlat boshlig‘ining tashkiliy-ijrochilik ishlarini olib boruvchi bo‘limi
mavjud bo‘lib, unda quyidagi to‘rt asosiy mansabdor shaxs o‘ziga belgilangan
vakolatni amalga oshirar edilar:
-Birinchisi devoni kalon • Amir daftarining amini –saqlovchisi. Tanho, bilg‘uva
hujjatlarga javobgar amaldor.
-Ikkinchisi mushrif • Amir beradigan in’om, hadyalar, ehson va iltifotlarni maxsus
daftarlarda yozib borardi.
-Uchinchisi daftardor • Tanhodor va Suyurg‘ol egalarini ishdan olishva amalga qo‘yish
tartibini nazorat qilardi.
-To‘rtinchisi tanobchi devon • Bahorgi va kuzgi ekinlardan tushadigan xiroj,
kirimchiqim va xarajat ishlarini olib borardi.
Amirning kundalik ish yuritish masalalari bilan mashg‘ul bo‘lgan mansablar:
Parvonachi - amir farmoniga binoan uning yorliqlarini umarolar va zodagonlarga
yetkazardi. Arabxona jamoasining rahbarligi ham uning zimmasida edi.
Dodxoh - Mazlumlar arz-dodlarini amirga yetkazib javobini qaytarardi. Amir ijozati
bilan ba’zan o‘zi ham arizalarni ko‘rib chiqardi.
Amirning yaqinlariga beriladigan amal va mansablar:
Ko‘kaldosh - (asli ko‘krakdosh) Amirning eng yaqin kishilaridan bo‘lib, uning
dushmanlari, do‘stlari va xayrixohlaridan xabardor bo‘lib turardi.
Katta qushbegi - Ovchilar, ovchilik asboblari, qushlar va itlaridan xabardor bo‘lib
turadigan amaldor.
Katta inoq - Umaro, shogirdpeshalar va boshqalarga amir suhbatiga musharraf
bo‘lgan yoki bo‘lmaganlari haqida xabar berardi.
Katta xoja - Saroy mahramlarining kattasi. Amir harami eshigining posboni. Haramga
lozim bo‘lgan oziq-ovqat va kiyimkechaklarni yetkazib bergan.
Amir amri bilan otda saroyga kelishlari mumkin bo‘lgan amal va mansablar:
Kichik inoq - Amir muhrlari saqlanadigan sandiqchaga posbonlik qilardi. Elchilarning
arizalari avval kichik inoq qo‘liga berilardi. U xatni ochib amir ijozati bilan ovoz
chiqarib o‘qish uchun munshiyga berardi.
Katta mehtar - U musulmonlar ushr (dahyak)laridan ¼, g‘ayrimusulmonlardan
ushrlarining yarmini, harbiylar ushrlarini nahdina, g‘axsha va boshqa topilgan narsalar
bilan hisob-kitob qilib olar edi.
Devoni sarkor - U davlat mulklari, tegirmonlari, do‘konlari hisob-kitob ishlarini
bajarib, amir haramiga tegishli xarajatlarini berardi. Ko‘rinish kunidagi oziq -ovqatlar,
sarpolar xarajatini ham u berar edi.
Dasturxonchi - Amir dasturxoniga javobgar bo‘lib, go‘shtni dasturxonga maydalab
berib, mahramlarga boshchilik qilardi
Bakovuli kalon (m.-f.)-katta bakovul amir oshxonasi va uning xodimlarining boshligi.
Somjon tumanining mirobligi ham uning qo’lida edi.
Urogi xurd (kichik uroq;, t.-f.)-amirlar va azush rikob (uzangi) mulozimlari va
xizmatkorlari ustidan nazorat qilish uning vazifasi edi.
Kafshbardor (poyafzal ko’taruvchi, f.), asobardor (asa kutaruvchi, ar.f.),
chehraoqasi (f.-t.), jilovdorlar (t.-f.) xizmatkorlar q1atoriga kirardilar.Eshikoqoqsi,
chigatoybegi, tuqsabo va miroxuri kalon-katta miroxur saroyga otga minib kelishlari
mumkin bulsa ham lekin amir huzurida maxsus urinlari yus edi. Eshikog’osi-amir
saroyining posbonligi va muhofazati hamda Shofirkon tumanining hukumati va
mirobligi uning zimmasida edi.
Chigatoybegi (m.-t.)-chigatoy jamoasining boshligi va Mirobod tumanining mirobligi
ham uning qulida edi.
Tuqsabo (m.-t.)-amir dasturxoni ustiga idish-tovoqlarni tartib bilan quyib, amirga
sharbat, ayron va yaxob quyib be- rardi. Amir majlisining dasturxonini nazorat qilardi.
Davlat boshqaruvida boshqa bir qator mansablar ham mavjud bo‘lib, ular asosiy vazifa
bilan birga qo‘shimcha vakolatlarga ham ega bo‘lgan. Masalan, to‘qsabo amir majlisi
dasturxonini nazorat qilish bilan birga, xarqonrud tumanining hokimligi va mirobligi
ham uning qo‘lida edi. Shu bilan birga to‘qsabo harbiy harakatlar chog‘ida amir
bayrog‘ini ko‘tarib yurgan. Eshikog‘aboshi esa davlat boshlig‘i o‘z saroyida bo‘lgan
vaqtda uni qo‘riqlash bilan bir qatorda Shofirkon tumanini boshqarish va bu
hududlarda suv taqsimotini nazorat qilgan. Miroxur amir otxonasida ishni tashkil etish
bilan birga Komi Abu Muslim tumani mirobligi va obodonlashtirish masalasi bilan
shug‘ullanar edi. Yana uchta mansab mavjud bo‘lib, ushbu mansablar harbiy ma’muriy
xarakterga ega edi. Ular saroyga piyoda kirib kelardilar. Martabalari kichik inoq
darajasiga yaqin edi. Ulardan birinchisi, qo‘rchiboshi deb atalib, amir miltig‘i va
boshqa quroli sozligi uchun javobgar bo‘lgan. U surb (qo‘rg‘oshin), borut
zaxiralarining tayyorlanishiga javob berardi. Udaychi esa harbiy harakatlar jarayonida
naqibning ko‘rsatmasiga binoan navkarlar va qo‘shinning taqsimlanishi va
joylashuvini kuzatish vazifasini bajargan. Qorovulbegi – soqchilar va qorovullar
boshlig‘i sanalib, davlatning asosiy ichki va tashqi xavfsizligi masalalarini nazorat
qilib turgan.
Amirlikda shig‘ovul, miroxo‘rboshi, mirshab kabi amallar bo‘lib, ular ham o‘ziga
xos ravishda tegishli vazifalarni ado etganlar. Masalan, shig‘ovul – davlat vakillari21
va elchilarni qabul qilib, ularning faoliyatini nazorat qilish bilan shug‘ullangan.
Miroxo‘rboshi 22 – hukmdorga tegishli bo‘lgan otlarga yem-xashak yetkazish
masalasini tashkil qilib, nazorat ostiga olgan. Mirshab esa shaharni qo‘riqlash vazifani
bajargan. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, markaziy boshqaruvda o‘sha davrda
o‘zga davlatlarda amalda mavjud bo‘lmagan tartib, ya’ni harbiy yig‘inlar paytida
mahalliy boshqaruv vakillari markaziy boshqaruvda bevosita ishtirok etganlar.
Chunonchi, chandavul, qorovul, yo‘lchi va josus kabi.
21 Қаранг: Holdsworth M. Turkestan in the nineteenth century. A brief History of Khanates of…. – Oxford:
1959. - P.9.
22 Қаранг: Логофет Д.И. Бухарское ханство под русским протекторатом. – СПб.: Березовский, 1911. –
С.233
II.BOB. Buxoro amirligining ma’muriy tuzilishi
2.1. BUXORO AMIRLIGINING MA’MURIY-HUDUDIY TUZILISHI
Tarixiy manba va adabiyotlarda Buxoro amirligining XVIII asr o‘rtalari – XIX asr
birinchi yarmidagi ma’muriy-hududiy tuzilishi haqida mufassal ma’lumot deyarli
uchramaydi. Uning poytaxti, oldingi sulolalar davridagidek, sharqda eng mashhur
shahar sifatida e’tirof etilgan Buxoro shahri edi. Amirlik ma’muriy-hududiy jihatdan
viloyat (beklik) va tumanlarga bo‘lingan bo‘lib, har bir viloyat, o‘z navbatida
amlokdorliklarga bo‘lingan va bek tomonidan tayinlanadigan, lavozimidan ozod
etiladigan amlokdor tomonidan boshqarilgan. amlokdorliklar esa bir necha
qishloqlardan tashkil topgan, ularni qishloqning yoshi ulug‘ va tajribali oqsoqollari
boshqargan.
Buxoro mamlakati 28 viloyat (bogot)ga bulinar edi. Eng katta viloyatlarga amirning
uzi hokimlarni tayinlardi. Bu viloyatlarga Nurota, Qorakul, Chorjo’y, Karshi, Kelif,
Shahrisabz, Yakkabog, Kitob, Xuzor, Sorategin, Boysun, Hisor, Deppov, furgon,
Baljuvon,Kulob, Qo’ubodiyon,Darvoz,Rushon,Samarkand,Miyonkol, Farob,Urmetan
va Maschohlar kirar edi. Valiahdga qarashli mulk Qarshi hisoblanar edi. Amir
Abdulahadxon davrida (1885-1910 yy.) quyidagilar viloyatlarda hokim bulgan:
Xisorda Abdulmuminxon Abbosiy o’g’li, Baljuvonda Rahmonqulixon devonbegi,
Xuzorda Akramxon tura, Chiroschida Umarxon Akramxon tura ugli, Boysunda
Abdulali inoq ibni Sherali inoq, Shahrisabzda Turobqul devonbegi, Kitob hokimi
Avliyoqul devonbegi, Qarshida To’raho’ja sadr, Xatirchida Abdurhmon inoq,
Chorjuyda Mirzo Nizomuddin Urganjiy, Karmanada Mirzo Rahmatulloh dodxoh,
Nurotada Iskandarbek23. «Tarix-i nofey” ma’lumotiga Karaganda, alohida viloyatlarga
tobe bulgan shahar va nohiyalar ham bulgan. Masalan, Muminobod Kulobga;
23 Muxammad arif ibn Abdush ukur-Sadri Ziyo. Zikri salatanati podsh oxini mangit dar ovaraunnaxr. //
K^lezma. z.F bu Ray^on Beruniy nomidagi arkshunoslik instituti xazinasi № 2241, 101*. var.
Xovaling va Qungirot Baljuvonga; Dushanbe va Qoratog’ Hisor hokimiga, Romitan,
Haydarobod, Ba- hovaddin, Xuja Buston, Xuja Ubon, Xuja Orif, Vobkent va Zandana
Buxoro shahriga tobe bulgan ekan.
X asrning boshlarida amir shaxsan viloyatlarga hokim (bek, voliy), qozi va raisni
tayinlardi.« ajma’ ul-arom” ma’lumotiga Qaraganda, amirlik yana uyidagi ma’muriy-
hududiy bulaklarga bulinar edi, chunki bu tartibda xiroj, zakot va solislarni olish ^ulay
bulgan. 100 ming tanobdan iborat sugorildigan yertum anga, 50 ming tanobdan iborat
razora (minglik)ga, 25 ming tanob sugoriladigan yer nimxazoraga, 10-15ming tanob
yer biror bir anhor (ariq)ning obxuri (sugoriladigan)ga, 400 tanobga ega bulgan mulk
qariya va 300 tanobli yerni mazra’a (ekinzor) deb atardilar24.
Shunday qilib, Buxoro mamlakati 27 viloyat va 11 tumanlardan iborat edi.25 Hamma
tumanlar (tumanot) Buxoro shazfi atrofida joylashgan bulib, ulardan ikkitasi Shimli
Rud va Janubi Rud 1915-yilga kelib tuman nomini oldilar. 26 Buxoro shahridan
oqayotgan Shahrudning shimoli va sharqida joylashgan bu tumanlarning ma’muriy
markazi yo’q edi. Mazkur tmanlarning aholisi Buxoro sadr raisiga soliqlarni to’lardilar.
Qolgan tumanlarda ma’muriy va moliya hokimiyati qozikalon itoatida bulgan shu
tumanlar qozilarning qo’lida edi. Aksar tumanlar aholi yashaydigan eng katta
mahallalar nomi bilan ham atalgan edi. Masalan, G’ijdivon - Xarqonrud, Komot -
Vobkand, Simjon-Romitan nomlari bilan ham tilga olingan, manbalarda qayd
qilingan. 1916-yil ma’lumotlariga Karaganda har bir tumanda 120 dan 340 tagacha
aholi manzillari bulgan. Buxoro amirliginirg viloyatlari Zarafshon, Qanshadaryo,
Surxondaryo va Amudaryo sohillari va vohalarida joylashgan edi. Viloyatlar ma’muriy
markazlari nomi bilan atalardi. Eng katta viloyatlar mamlakat-ning sharqida
joylashgan edi. 1914-1916 yil ruyxatlariga qaraganda Baljuvovda 1420 aholi punktlari,
Xisorda-1200, Qorateginda - 700, Kulobda - 635 aholi Yashaydigan joylar bulgan.
24 Mirzo Badi Divon. Majmuo ul-Arqom 18 bet
25 Qar O’z MDA F.I -1261-tasnif 51-yig’ma jild
26 Tamkin bduraxm on Buxoriy. atoli’ al-foxira va matolib at-tarixa. // Kulozma. fondi № 8245. 207 6 - 208*
varak
Turkman viloyatlari 100 dan 500 ta aholi punktlaridan iborat bulib, tumanlar hududiga
teng kelardi. Aholi yashash joylari sonining ko‘pligiga qarab sharqiy viloyatlar yuqori
mavqega ega bo‘lgan. Buxoro amirligida viloyatlar va tumanlar ma’muriy-hududiy
jihatdan turli xil shaklda bo‘lingan. Shu bilan birga, u yoki bu tuman va viloyatning
hududi amlokdorlik, mavze, guzar va masjid deb atalgan. Har bir mavze masjid deb
nomlangan o‘ndan ortiq hududiy birliklardan iborat bo‘lgan. Mavze qishloq yoki
masjid kabi nomlangan hududiy birliklarga nisbatan katta birlikni tashkil etgan.
Amirlikdan mustaqil bo‘lishga intilgan hududlar, qo‘shni xonliklar bilan hudud
talashishlar, yurishlar natijasida Buxoro amirligining siyosiy xaritasi tez-tez o‘zgarib
turgan. Sulolaning birinchi vakili Muhammad Rahimbiy o‘z hukmronligini davlat
uchun muhim bo‘lgan mustaqil yoki yarim mustaqil holatga kelib qolgan ma’muriy-
hududiy birliklarni qayta birlashtirishdan boshlagan. U Hisor va Shahrisabz
bekliklarini amirlik tasarrufiga to‘liq o‘tkazgan.
Aksar qismi qishloqlar-dan iborat amlokparga bulinar edi. Ayni vazrgda ba’zi tuman
va viloyatlar mavzelardan iborat bulgan. Kup holatlarda esa tu- man yoki viloyat ham
amlok va mavze, ham guzar va masjidlardan tashkil topgan. Olimlar xulosalariga
qaraganda, mahalliy ma’muriyat namoyandalari mavzeni qishloq; va masjidlardan
kattaroq hududiy bulinma hisoblardilar. Karki viloyati mavzelarga bulinsa ham, ular
uz navbatida bekchalarga tahsim bulgan.Nurato guzarlarga. ular esa qishloqlardan
iborat bulgan. Qarotegin rabova (rahaba, ya’ni suv, sugorish yuli degan suzdan Sh.V.),
rabova esa mavze va qishloqzordan iborat bulgan.Pomir viloyatlaridagi Rushon va
Shugnon ma’muriy nohiyalari oqsoqollik deyilgan.Aholi yashaydigan joylar
hujjatlarda uchta atama-qishloq mavze. deha (deh, dehcha, dehot) orqali
qayd qilingan.
Markaziy hokimiyatga bo‘ysunmasdan, mustaqil siyosat olib borishga intilgan Hisor,
Shahrisabz, O‘ratepa, Xo‘jand, Panjikent, Qorategin, Darvoz, Rushon, Shug‘non27 va
27 Қаранг: Хумулий. Тарихи Хумулий: Қўлѐзма Ўз ФА ШИ, инв. № 37/VI
boshqa hududlar isyon ko‘tarib, ma’muriy birlik tarkibidan chiqishga harakat qilganlar.
Masalan, Doniyolbiy hukmronligi davrida Buxorodan bir qator viloyatlar ajralib
chiqdi. O‘ratepa va Xo‘jand hukmdorlari Jizzax, Xatirchi, Kattaqo‘rg‘on, Samarqandni
ishg‘ol etib, hattoki Buxoroni ham bosib olmoqchi edilar. Uzoq urushlardan so‘ng
Xo‘jand va O‘ratepa yerlari ozod etildi. Amir Haydar hukmronligi davrida Buxoro
amirligiga uning asosiy hududi – Zarafshon vodiysi va Qashqadaryo vohasidan
tashqari hozirgi Turkmanistonning sharqiy qismi, Shohmurodning yurishlari natijasida
qo‘lga kiritilgan Marv shahri, hozirgi Afg‘onistonning bir qismi, shu bilan birga hozirgi
Tojikistonning qator tumanlari – Hisor, Xo‘jand, O‘ratepa, Panjikent va Zarafshonning
yuqori tomonlaridagi kichik tog‘li o‘lkalar ham qarashli edi. Shuningdek, Buxoroning
shimoli-sharqida joylashgan Turkiston shahri ham uning qozoq tumanlari bilan
birgalikda amirlikka tegishli edi. Buxoro amirligi tarkibiga kiradigan ko‘plab viloyatlar
yarim tobe mulklar ko‘rinishida bo‘lib, iqtisodiy va siyosiy jihatdan markaz bilan o‘ta
kuchsiz aloqada bo‘lgan. Ayniqsa, cheksiz qumliklar ortida joylashgan Murg‘ob vohasi
amirlik bilan kuchsiz aloqada edi. Amir Nasrullo hokimiyatni qo‘lga olgandan keyin
Shahrisabz, Kitob hokimliklari o‘zlarini mustaqil deb e’lon qilgan edilar. Boshqa bir
qancha viloyatlar ham amirga faqat rasman bo‘ysunishgan. 1840-yilda amir Nasrullo
Xo‘jand va O‘ratepani Qo‘qon xonidan tortib olib28 , Shahrisabz, Kitob, Yakkabog‘
viloyatlarini ham o‘ziga bo‘ysundirdi. Amir Nasrullo Shahrisabz viloyatini
bo‘ysundirish uchun 32 marta yurish qilib, 1856-yildagina o‘z maqsadiga erishdi.
Amirlik hududi eng kengaygan Amir Nasrullo hukmronligi davrida, Buxoro tarkibida,
asosan, 30 ta viloyat (beklik) bor edi. Ular Qarshi, G‘uzor, Chiroqchi, Kitob,
Shahrisabz, Yakkabog‘, Boysun, Denov, Sherobod, Hisor, Qorategin, Darvoz,
Baljuvon, Shug‘non, Rushon, Ko‘lob, Qo‘rg‘ontepa, Qo‘badiyon, Kalif, Karki,
Burdalik, Qalaqli, Narazm, Chorjo‘y, Karmana, Ziyovuddin, Nurota, Xatirchi, Urgut
va Samarqand viloyatlaridir. Ulardan tashqari bu davrda Jizzax, O‘ratepa, Toshkent,
Turkiston va boshqa qo‘shni hududlar ham amirlik tarkibiga vaqtincha kiritilgandi.
28 Қаранг: Муҳаммад Шариф. Тож ут-таворих: Қўлѐзма Ўз ФА ШИ, инв. № 9265
Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, XIX asrning birinchi yarmida Buxoro amirligida
2 million atrofida aholi istiqomat qilardi. Aholining katta qismi amirlikning sersuv
vohalarida yashar, jazirama issiq, suvsizlik hukmronlik qiluvchi Qizilqum sahrolari va
cho‘llari deyarli kimsasiz yastanib yotardi. Samarqand, Qarshi, Shahrisabz, Kitob,
G‘uzor, Termiz, Sherobod, Hisor, Dushanbe, Ko‘lob va boshqalar amirlikning yirik
shaharlari va aholi markazlari edi.
Zarafshon vodiysida – 300–350 ming; Qashqadaryo vohasida – 500
ming;Surxondaryo vohasida – 200 ming; Sharqiy Buxoroda – 500 ming aholi29 yashar
edi. Amirlikning yirik shaharlari: Buxoroda – 60 ming, Samarqandda –50 mingga
yaqin aholi istiqomat qilardi. Aholi etnik jihatdan ko‘pgina qavm va urug‘lardan iborat
bo‘lib, ularning katta qismi o‘zbeklar edi. Buxoro amirligi aholisining etnik tarkibi
xilma-xil edi. Vardonze, Samarqand, Qarshi30 atroflarida yashab, amirlik bozorlariga
qora va kulrang qorako‘l yetkazib bergan arablaraholining uncha katta bo‘lmagan
qismini tashkil qilgan. Amir Haydar tomonidan to‘rt ming marvlik oilaning Samarqand
atrofiga ko‘chirilishi bilan soni ortgan forslar, turkmanlar; dasht yerlari va
mamlakatning shimolida, shuningdek, Zarafshon vodiysida yashagan qoraqalpoqlar;
shimoli-sharqdayashagan Kichik va O‘rta juz qozoqlari vakillari ham aholining
muayyan qismini tashkil qilgan. Mamlakatda «Buxoro yahudiylari», Samarqand va
Qorako‘l atrofida yashagan lo‘lilar, shuningdek, bu yerga turli maqsadlarda kelib, qolib
ketgan ruslar, tatarlar, afg‘onlar, hindlar, qalmiqlarni ham uchratish mumkin edi.
Poytaxt shaharda yahudiylarning 800 oilasi yashagan.
29 Мирза Абдал Азим Сами. Тарихи Салатини-и мангитийа (История мангытских государей). / Пред.
Л.М.Епифановой. – М.: Вост. литер., 1962. – С.47.
30 Қаранг: Мухамеджанов А.Р. Населенные пункты Бухарского эмирата (конец XIX– нач. XX вв.) –
Ташкент: Университет, 2001. – С.4.
2.2. BUXORO AMIRLIGIDA YER EGALIGI MUNOSABATLARI
O‘rta Osiyoda yer egaligi tartibi, asosan, shariat tartib-qoidalariga asoslangan.
Buxoro amirligida esa shariat normalari mahalliy urf-odat, an’analar bilan aralashib
ketgan. Yerga egalik qilish, undan foydalanishga ruxsat berish davlat boshlig‘i – amir
ixtiyorida bo‘lib, bekliklarda ushbu vakolatni viloyat hokimlari – beklar amalga
oshirganlar. Shu bilan bir qatorda, yerga nisbatan davlatning egaligi va uning davlat
boshlig‘i tomonidan taqsimlanishi, o‘z navbatida, xususiy yer egaligini inkor etmagan.
Buxoro amirligida yerlar, asosan, uch qismga: davlat (bu amlok yerlar deb ham
atalgan), xususiy (mulk), vaqf yerlari (mulki vaqf)ga bo‘lingan. M.A.Abdurayimov o‘z
tadqiqotlarida Buxoro amirligidagi yerlarni quyidagi guruhlarga ajratgan: Ekiladigan
yer maydonlarining asosiy qismini davlat yerlari tashkil qilgan. Amir eng katta yer
egasi hisoblangan. Davlat yerlarini rasman sotish, hadya etish hamda vaqfga berish
ta’qiqlangan bo‘lsa-da, bunga doim ham amal qilinmagan. Davlat yerlari bo‘sh yotgan
yerlar (qamishzorlar, toshloq, to‘qayzor, tog‘oldi)ni o‘zlashtirish hisobiga ko‘paytirib
turilgan. Bunday yerlarni o‘zlashtirgan shaxslar bir necha yil soliqlardan ozod etilib,
keyin belgilangan tartibda soliq to‘laganlar. Undan tashqari davlat yerlari hukmdor
oldida katta gunoh qilgan yirik yer egallaridan musodara qilingan yerlar hisobiga
hamda merosxo‘ri bo‘lmasdan vafot etgan shaxslarning yerlari davlat ixtiyoriga o‘tishi
hisobidan ham ko‘paygan. Davlat yerlari soliqlarni «xiroj» tariqasida yer rentasini
to‘lagan dehqonlarga foydalanish uchun berilgan. Ular bu yerlardan foydalanganliklari
uchun davlatga belgilangan tartibda soliq to‘lashgan.
Davlat yerlarining boshqa bir qismi hukmron sulola a’zolariga, yirik davlat
mansabdorlariga davlat oldidagi xizmatlari evaziga suyurg‘ol shaklida in’om etilgan.
Lekin mang‘itlar hukmronligi davrida suyurg‘ol egalari ashtarxoniylar davridagidek
mavqedan mahrum etildi. Suyurg‘ol egasi davlat xazinasiga xiroj to‘lashi hamda oliy
hukmdorning chaqirig‘iga ko‘ra zarur holatlarda o‘z qora cherigi bilan harbiy
yurishlarda ishtirok etishi lozim edi. Amir Nasrullo davridan boshlab yer egaligining
tanho shakli tarqaldi. Nasrullo o‘ziga bo‘ysunmagan amaldorlar va urug‘
oqsoqollarining yerlarini musodara qilib, bunday yerlarni vaqtincha egalik qilish
huquqi bilan o‘z tarafdorlariga hadya (tanho) qilgan. Tanhodor yerga emas,
mansabining darajasiga qarab shu yerdan olinadigan soliqning ma’lum qismiga egalik
qilardi. Eng kichik tanho yeri 36–60 tanobni tashkil etgan. Xazinaga eng ko‘p soliq
ham ana shu yerlardan tusha boshladi. Davlat rasmiy sur’atda yerning oliy darajadagi
egasi hisoblansa-da, XIX asrga kelib amlok yerlarining o‘zi ham turli sabablarga ko‘ra
xususiy shaxslar qo‘liga o‘tib borganligi kuzatiladi.
Mulk yerlariga egalik qilish quyidagi huquqiy asoslarda vujudga kelgan: yerlar
amir tomonidan taqdim etilganda; tashlandiq yerlarni o‘zlashtirishdan; amlok
yerlarining ma’lum bir qismini ushbu yer egasiga egalik qilish huquqi saqlanib
qolinishi sharti bilan mulk yeri tariqasida ajratish huquqi bilan. Yer-mulk egaligining
bir qismi davlat xizmati bilan bog‘liq bo‘lmagan. Bunday yerlar, asosan, amirlikda
asrlar osha yashab kelayotgan arablar jamoasiga qarashli bo‘lgan. Bu yer egaligi shakli
qo‘zg‘almas mulk hisoblangan hamda hech qanday cheklanishlarsiz meros qilib
qoldirish
mumkin
bo‘lgan.
Mulk
yerlaridan
olinadigan
soliqlar
haqida
tadqiqotchilarning turli fikrlari mavjud. Buxoro amirligida mulk yerlarining uch turi
mavjud bo‘lgan: mulki xurri xolis – mulk yerlarining eng mukammal shakli bo‘lib, bu
turdagi yerlar barcha soliq va yig‘imlardan ozod etilgan; mulki xiroj – yer egalari
tomonidan xiroj solig‘i to‘lanadigan yerga nisbatan mulk shakli31; mulki ushr – ushr
solig‘i to‘lanadigan yer turi. Bunda olingan hosilning o‘ndan bir (1/10) qismi
miqdorida soliq undirilgan.32
31 1 Қаранг: Мирза Бади-Диван. Мажма ал-аркам. – М.: Наука, 1981. – С.94
32 2 Қаранг: “Туркестанские ведомости”. 1908. 27 мая
Mulki xurri xolis davlat xizmati bilan bog‘liq edi. Bunday yerlar urushlarda jasorat
ko‘rsatgan yoki hukmdorning alohida topshiriqlarini bajarishda namuna ko‘rsatgan
shaxslarga berish natijasida vujudga kelgan. Bunday yerga ega bo‘lgan shaxslarga
maxsus yorliqlar berilgan. Buxoro amirligida faqatgina mulki xurri xolis
yerlaridangina soliq olinmas, qolgan barcha yer egaligi shakllaridan soliq olingan.
Yirik xususiy yer egalari bevosita xo‘jalik yuritishmasdan, o‘z yerlarini chorakorlik va
mardikorlik asosida ijaraga berishgan. Amirlikda dehqon ahli foydalanayotgan
yerlarga nisbatan mulki xiroj atamasi ishlatilgan. Bunday yerlardan rasman hosilning
uchdan biri miqdorida soliq belgilangan bo‘lsa-da, amirlikning har bir hududida
o‘rnatilgan va belgilangan tartib hamda urf-odatlarga ko‘ra, soliq miqdori hosilning
uchdan biridan to beshdan birigacha bo‘lgan.
Vaqf yerlari – bu masjid, mozor, xonaqoh, maktabxona, madrasa va maqbaralar33
uchun ajratilgan yerlar edi. Vaqf yerlari asosan diniy muassasalarga yer maydonlarini
meros qoldirish hamda xayr-ehson qilish natijasida vujudga kelgan bo‘lib, u yer
egaligining alohida shaklini tashkil etgan. Masjid, madrasa, qabristonlarning asosiy
sarf-xarajatlari, shuningdek, talaba, mudarris hamda mutavallilarga beriladigan nafaqa
va maoshlar vaqf yerlaridan olinadigan daromad hisobidan qoplanar edi. Vaqf mulkini
mutavalli tasarruf etishi belgilab qo‘yilgan. Mutavalli, asosan, vaqf egalari
avlodlaridan tayinlangan bo‘lib, u vaqf hujjatlariga asoslanib foydani taqsimlab
chiqqan. Amirlikda vaqf yerlarini sotish, bunday yerlardan soliq olish taqiqlangan
bo‘lsa-da, manbalar va hujjatlar bunga amal qilinmaganini ko‘rsatadi.
Amirlikda vaqf yerlari Xiva va Qo‘qon xonliklari kabi ruhoniylarning davlat va
jamiyatdagi rolini iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamlagan. Mamlakatda vaqf
mulklarining turli shakllari mavjud bo‘lib, o‘z yerini chegaralangan shartlarda vaqf
mulkiga topshirgan shaxslarga bir vaqtning o‘zida vaqf yeri uning manfaatiga xizmat
qilish imkonini berardi. Yerlarning vaqfga aylanishi har xil shartlarda amalga
33 Қаранг: Мухамеджанов А.Р. Населенные пункты Бухарского эмирата (конец XIX– нач. XX вв.) –
Ташкент: Университет, 2001. – С.5
oshirilgan. Masalan, ba’zi hollarda o‘z mulkini vaqfga qo‘ygan shaxs umrining
oxirigacha ushbu mulkdan foydalanish huquqini saqlab qolishi mumkin edi. Ushbu
mulkdan olinadigan daromadlar o‘rnatilgan vaqf tartibi bo‘yicha vaqfga topshiruvchi
shaxsning vafotidan keyin amalga oshirilgan. Vaqf yerlari orasida «xususiy vaqflar»
(«oilaviy vaqflar») alohida o‘rin tutgan. Buxoro amirligida bunday shakldagi vaqf
mulklari «vaqfi avlod» deb nom olgan. Vaqfi avlod yerlari meros tariqasida o‘z
avlodiga, ya’ni keyinchalik ham bir urug‘ning a’zolariga meros tariqasida qolib
keladigan yer toifasiga kirgan. Vaqfi avlod mulklarini tashkil qilgan shaxslar o‘z
merosxo‘rlariga vaqfdan keladigan daromadlarning u yoki bu qismiga masjid yoki
madrasalar qurishni vasiyat qilib qoldirganlar.
XULOSA
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki amirlik hayotini o’rganar ekanmiz. Amirlik
mamuriy boshqaruvi boshqa xonliklardan tubdan farq qilgan. Juda ko’p boshqaruv
tizmiga ega bolganligi va bu tizmda boshqaruvning har bir jixatiga etibor qaratilishi
o’rganuvchini o’ziga jalb qiladi. Boshqaruvda mahali tizmga ham alohid etibor
qaratilganligi ham amirlik boshqaruv tiozmining bir belgisi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Agzamova G.A. O‘zbekiston shaharlari XVI – XIX asrning o‘rtalarida. T.: Adabiyot
uchqunlari, 2017. 74–168-b.
2.Begnayev D. XIX asrning birinchi yarmida Buxoro amirligining Rossiya bilan savdo
aloqalari // ToshDU xabarlari. 1998. 2-son. 36–39-b.
3.Eshov B.J., Odilov A.A. O‘zbekiston tarixi. II kitob (XVI asr o‘rtalaridan – XIX asr
ikkinchi yarmigacha). Oliy o‘quv yurtlari tarix fakultetlari talabalari uchun Darslik. –
T.: Donishmand ziyosi, 2020. 251–268-b
4. Oblomurodov N., Tolipov F. O‘zbekistonda soliqlar tarixi. – T.: Iqtisodmoliya, 2009.
77–99-b.
5.Ochildiyev F.B. XVIII asrning Ikkinchi yarmi – XIX asrning birinchi
yarmida Buxoro – Rossiya o‘rtasida olib borilgan savdo aloqalari // O‘zMU xabarlari.
2018. ½-son. 52–55-b.
6.Po‘latov X. Shaharsozlik tarixi: o‘quv Qo‘llanma. – T.: Fan va texnologiya, 2008.
205–225-b.
7.Sagdullayev A., Aminov B., Mavlonov O‘., Norqulov N. O‘zbekiston Tarixi: davlat
va jamiyat taraqqiyoti. I qism. – T.: Akademiya, 2000. 198–214-b.
8.Sagdullayev A., Mavlonov O‘. O‘zbekistonda davlat boshqaruvi tarixi (qadimgi
davrlardan XIX asr o‘rtalariga qadar). – T.: Akademiya, 2006. 122–124-b.
9.Sultonov O‘. Muboraknoma Buxoro amirligi devoni ichki yozishmalar Hujjati
sifatida // «O‘zbek davlatchiligi tizimida dargoh va devonlar» nomli ilmiyamaliy
konferensiya (2018-yil 18-may, Toshkent) materiallari. –T.: Akademnashr, 2019. 137–
146-b.
10.To‘rayev H. Buxoro tarixi: o‘quv Qo‘llanma. – Buxoro: Durdona, 2020. 201–207-
b.
11.To‘rayeva G.B., Yunusova B.B. Buxoro amirligida ichki savdo va tangapul
muomalasi // O‘zR FA Arxeologiya Institutida 2013-yil 27–28-martda o‘tkazilgan
«O‘zbekiston tarixining dolzarb muammolari yosh tadqiqotchilar
talqinida» nomli yosh olimlar respublika Konferensiyasi materiallari. – Samarqand,
2013. 180–184-b.