BUXORO-NAVOIY TURISTIK MINTAQASI
Reja:
1.
Buxoro: Shaharlar malikasi. Buxoro-Navoiy turistik mintaqasining
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni.
2.
Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari.
3.
Mintaqaning turistik resurslari salohiyati.
4.
Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari.
1.Buxoro: Shaharlar malikasi. Buxoro-Navoiy turistik mintaqasining
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni.
Buxoro turistik rayoni respublikamizning asosiy turizm markazlaridan
hisoblanadi. Bu rayonga Buxoro va Navoiy viloyatlari kiradi. Turistik
resurslarga eng boy shahar bu Buxoro shahridir. Shahar o’zining 170 tadan
ortiq bebaho, takrorlanmas tarixiy arxitektura yodgorliklari bilan jahonga
mashhur. Hozirgi kunda shaharning umumiy maydoni 710 gektardan ortiq
bo’lib borgan sari go’zallashib bormoqda va sayyohlar oqimining
ko’payishiga imkoniyat keng ochilmoqda.
Minorai Kalon Buxoro shahrining ko’rkidir. U Markaziy Osiyodagi
mashhur arxitektura yodgorliklarining eng balandi (46.5 metr) salobatli va
chiroyli minorasi bo’lib, hisoblanadi. Minorai Kalon yaqin atrofida Kalon
masjidi va Mir Arab madrasasi kabi arxitektura yodgorlik ansambli (Poy
Kalon) joylashgan. U XVI asrga kelib qaytadan ta’mirlandi. Masjid binosida
208 ta ustunlar bo’lib, umumiy maydoni bir gektardan ortadi. Bu masjid
Markaziy Osiyodagi eng yirik inshoatlardan biri hisoblanib, Samarqanddagi
Bibixonim masjididan keyin ikkinchi o’rinda turadi.
Mir Arab madrasasi 1536 yilda qurilgan bo’lib, Kalon masjidi bilan birga
tutashib ketgan. Madrasa markaziy qismida Ubaydullaxon qabri, uning bosh
qismida esa Mir Arab qabri joylashgan. Hozirgi kunda Mir Arab madrasasi
hududida Buxoro diniy bilim yurti faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Shaharda xorijiy sayyohlar diqqatga sazovar joylardan yana biri-bu
Ulug’bek madrasasidir. U 1417 yilda qurilgan. Bu madrasa buyuk astronom
olim Mirzo Ulug’bek nomi bilan chambarchas bog’liq. Shaharda musulmon
olamidagi eng ajoyib tarixiy yodgorliklaridan biri Ismoil Samoniy maqbarasi
bo’lib hisoblanadi. U shu kunga qadar juda yaxshi saqlanib, bizga yetib
kelgan tarixiy obidalardan biridir. Bu bino o’rta asrning ilk davri
me’morchiligining eng yaxshi yutuqlarini o’zida mujassamlashtirgan
inshshotdir.
Shaharda yana bir qator turistik obyektlar borki, ular qatoriga
Madorixon madrasasi (1566-1567 yillar), Abdullaxon madrasasi (1588-1590),
Xo’ja Zayniddin xonaqasi (shayx Zayniddin qabri), Chashma Ayub mavzoleyi
(1330-1385 yillar), Abdulazizxon madrasasi (1652 yil), Chor Minor madrasasi
(1807 yil), Kulba Ko’kaldosh madrasasi (1568-1569 yillar), Nodir Devonbegi
madrasasi (1622 yil), Sayfiddin Buxarzi mavzoleyi (XV-XVI asrlar), Buyon
Kulixon mavzoleyi (1358 yil), Magohi Attoriy masjidi (XII asr), Toki
Zargaron zargarlik bozori rastlari (XVI asr), Toki Telpak Furushon bosh
kiyim (do’ppi) bozori (XVI asr), Toki Sarrafon mayda-chuydalar (attorlik)
bozori (XVI asr), Magoki – Attaron masjidi (XII asr), Labi havuz ansambli
(XVI-XVII asrlar), Ko’kaldosh madrassasi (1622 yil) ni kiritish mumkin.
Shu manzilgohlardan biri Buxoro xonining yozgi qarorgohi Sitorai Moxi-
Xosadir. Bu qarorgoh Buxoro shahrining shimoliy-sharqiy qismida 4 km
uzoqlikda joylashgan yozgi bog’ saroy XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
barpo etilgan. Moxi-Xosa saroyi Sharqona va Yevropa uslubida qurilgan
inshoat bo’lib hisoblanadi. Ikkinchi muhim turistik obyekt-bu Bahovuddin
Naqshbandiy majmuasi bo’lib, u shahardan chamasi 15 km uzoqlikda
joylashgan. Bu majmua XVI asrda qurilgan. Shahar atrofidagi muhim tarixiy
yodgorliklaridan Chor Bakr, Namozgoh masjidi, Varaxshon saroyi
joylashgan.
2.Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari.
Shuni ta’kidlash joizki, Buxoro Markaziy Osiyoning boshqa
shaharlaridan farqli o’laroq u o’zida takrorlanmas qadimiy sharqona shahar
tuzilishi qiyofasini hanuzgacha saqlab kelmoqda. U O’rta Osiyo
me’morchiligining ming yillik tarixini o’zida aks ettirgan chinakam
yilnomadir. Shahardagi har bir tarixiy yodgorlik va obidalar o’z sukunatida
olis o’tmish sirlarini saqlab qolgan. Buxoro shahri haqiqatda “Muzey shahar”
maqomiga ega bo’lib, u diqqatga sazovar tarixiy yodgorliklar va obidalarga
juda boy hisoblanadi. Buxoroi sharifga tashrif buyuruvchi har bir xorijiy
sayyoh o’zini sayyohatini birinchi bo’lib, shaharning eng muhim tarixiy
yodgorliklaridan biri Ark-qa’lasidan boshlaydi.
Ark-qa’la 2000 yillik tarixga ega. U sayyohlar qadami o’zilmaydigan
turistik obyekt bo’lib hisoblanadi. Hozirgi kunda mavjud bo’lgan qurilish
obyektlari XVII asr oxiri va XX asr boshlarida qurilgan. Ark-qa’la
shaharning g’arbiy qismida qad ko’targan. Uning umumiy maydoni 3,16
gektar bo’lib, devorlarning uzunligi 790 metrdan ortadi. Ark-qa’la hududida
juda katta binolar majmuasi joylashgan bo’lib, ulardan biri Childuxtaron
masjidi hanuzgacha saqlanib qolgan. Qa’lada sayyohlarning e’tiborini jalb
qiladigan yana bir narsa-bu qadimgi zindondir. Hozirgi Ark-qa’la hududida
Buxoro viloyati tarixiy o’lkashunoslik muzeyi joylashgan. Qa’laning sharqiy
qismi esa arxeologik yodgorlik sifatida saqlanib kelinmoqda.
Turistik rayondagi muhim xorijiy turistik obyektlar qatoriga Qizilqum
cho’lini kiritish mumkin.U eng katta hududni egallab, viloyat turistik
yo’nalishidagi eng uzoq masofali (450 km) marshrut hisoblanadi. Bu marshrut
Qizilqum cho’li va Amudaryo qirg’oqlari bo’ylab o’tadi. Uni avtomobil
vositasida sayr qilib o’tish o’zgacha zavq beradi.
Qizilqumda o’simlik va hayvonat dunyosini asl holida saqlab qolish
maqsadida Buxoro viloyati hududida Qizilqum davlat qo’riqxonasi (1971 yil)
tashkil etilgan. Viloyat hududida noyob ekzotik, yovvoyi hayvonlarni
ko’paytiradigan «Jayron» ekomarkazi Qorako’l. Qoraqir-maydoni 300
kv.km; Dengizko’l Vardanzi Davlat tabiat yodgorliklari kabi maskanlar
ekoturizm yanada rivojlantirishga juda katta imkoniyatlar yaratadi. Mazkur
sayyohlik obyektlaridan biri Kogon va Qoraulbozor tumanlari hududida
joylashgan.
3.Mintaqaning turistik resurslari salohiyati.
Buxoro turistik rayoni resurslari salohiyati ham juda keng masalan: Ark,
bolo – Hovuz majmuasi, Ismoil Somoniy maqbarasi, Chashmai – Ayub,
Abdulloxon madrasasi, Modari – Xon madrsasi, Masjidi Baland, Gavkushon
majmuasi, Zayniddin Hoji xonaqosi, Poyi – Kalon majmuasi, Labi – Hovuz
majmuasi, Ko’kaldosh madrasasi, Nodir Devonbegi xonaqosi, Ulug’bek
madrasasi, Abdulazizxon madrasasi, Bolohovuz masjidi, Sayfiddin Boharziy
maqbarasi, Bayonqulixon maqbarasi, Fayzobod xonaqosi, Chorminor
madrasasi, Buxoro amirining Sitorai Mohi – xosa yozgi saroyi, Chor – Bakr
majmuasi.«Jayron» ekomarkazi bo’lib u, noyob olachipor jayronlarni maxsus
o’rchitidigan ilmiy dargoh bo’lib hisoblanadi. Bu obyekt viloyat turizmida
yangi marshrutlar ro’yxatini kiritish lozim bo’ladi.
Navoiy turistik mintaqasi o’zining ajoyib tabiat manzaralari, tarixiy
arxitektura yodgorliklari bilan kishilarni maftun etadi. 1975 yilda tashkil
etilgan va maydoni 17,8 ming ga bo’lgan Nurota tog’ yong’oqzor - meva
qo’riqxonasi mavjud. Bu qo’riqxonaga "Ekosan" qoshidagi "Ekosantur"
firmasi tomonidan ko’plab marshrutlar uyushtirilgan. Oqtog’ning janubiy
yon bag’rida joylashgan shamol tasirida tebranib turuvchi bahaybat xarsang
toshli «Samjigumon», «Koriz qoldiqlari» kabi tabiat yodgorligi ekoturizmning
mo’him obyektlaridan bo’lib hisoblanadi.
Nurota tog’ oldida joylashgan "Chashma bo’log’i" ko’p asrlardan buyon
Nurota shahri va uning atrofidagi qishloqlarni suv bilan taminlash bilan bir
qatorda diniy ziyoratgohdir. Buloq yakinida "Chilistun" masjidi, Madrasa,
Abul Xasan Nuriy maqbarasi va qalasi joylashgan Chashmadagi baliqlar
ilohiy hisoblanadi. Baliqdan taralayotan nur inson nigohini lol qoldiradi.
Qoratog’ tizmasiniig janubiy yon bag’rida «Sarmish darasi»dagi
qoyalarda avlodlarimizning hayoti va madaniyatini aks ettiruvchi lavhalar,
rasmlar ishlangan.
Janubiy Nurota tizmasida uzunligi 110 m, absolyut balandligi 1060 m,
maydoni 163 m2 keladigan "Maydon karst g’ori", Shimoliy Nurota
tizmasidagi uzunligi 130 m, absolyut balandligi 1100 m. maydoni 70 m2
keladigan «Xonaixudo karst g’or»da speleoturizmni rivojlantirish mumnin.
Bulardan tashkari, XI asrda bunyod etilgan va XVIII asr boshlarigacha
turgan "Rabot Malik karvonsaroyi» sayyohlarning tuxtash joyi, shuningdek
savdogarlarning savdo qilish joyi bo’lgan. Rabot Malik yonida ming yillik
tarixga ega bo’lan madaniyat yodgorligi - sardoba uchraydi. Yer ichiga 12 m.
botirilan sardobada butun yoz buyi muzdek va toza suv saqlangan.
4.Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari.
Butun dunyoda va Respublikamizda bo`lgani kabi Navoiy viloyatida
ham turizmning hudud iqtisodiyotiga ta'siri oshib bormoqda. Bunda
albatta turizm faoliyati bilan shug`ullanuvchi firmalar, tashkilotlar,
sayyohlik agentlarining o`rni beqiyos. Turistik xizmatni taqdim etuvchi
tashkilotlar soni yildan-yilga oshib bormoqda.
Mamlakatimizda hozirgi kunda ham asosiy turistik tashkilot bo'lib
«Uzbekturizm» Milliy kompaniyasi faoliyat ko'rsatmoqda. Uning
tashkiliy tuzilmasida 17 ta korxona va 3 sho'ba korxonalar mavjud.
Navoiy viloyati ham mavjud korxona va shubalar doirasida ish ko’radi.
Turizmdan
tushayotgan
daromadlarning
aksariyat
qismi
mamlakatimizdagi kirib kelayotgan xorijiy mehmonlar hisobiga to`g`ri
keladi.
Demak, mamlakatimizdagi kabi viloyatimizda ham turizmdan
olinayotgan daromadlarni oshirish uchun qabul qilish turizimga jo`natish
turizmidan kura ko`proq e'tibor berish kerakki, bu tarmoqning
rivojlantirilishiga sarflanadigan harajatlar tezroq muddatlarda o`zlarini
qoplash imkonini beradi.
Shunga e'tibor berish lozimki, xorijiy turistlarning o`lkamizga
sarflayotgan mablag`larining o`sishi yangi xizmat turlarining ko'rsatilish
hisobiga yuz berayotgani yo`q. 1997 yilda narxlar arzonlashtirilishi
viloyatimizga keluvchi mehmonlar sonining sezilarli darajada o'sishiga
olib keldi.
Tarixiy yodgorliklarni asli holida qanday bo’lgan bo’lsa huddi
shunday qilib, milliy va sharqona dizayn uslublaridan foydalanib
ta'mirlash kerak. Chunki qadimiy obidalarga boruvchilarni aynan uning
qurilish arxitekturasi, bezaklari, ganj va naqshlarning tuzilishi qiziqtirishi
tabiiy hol. Shuningdek, arxeologiya topilmalari, tarixiy buyum va ashyolarni
muzey eksponatlari qatoriga qo`yish, zarur hollarda har bir turistik
rayonlarda o'sha yerda yashovchi xalqning urf-odatlari, udumlarini, xayot
tarzini madaniyatini ifodalovchi maxsus ko`rgazma zallarini tashkil etish,
turistlar xordiq chiqarishi uchun trenajyor zallari, suv havzalari va boshqa
sport inshootlarini qurish, turli yangidan-yangi xiyobon, bog`lar tashkil etish
masalalari turizm tarmog`i oldida turgan ustivor vazifalar qatoridan o`rin
olmog`i lozim. Shular qatorida Respublika miqyosida turistlar oqimini
muntazam urganib borish va kelajagi bor turistik hudud, obida va
maskanlarni topish,yangi noan'anaviy ishlab chiqarish hamda ularning
amaldagi tadbirini ta'minlash kabi masalalarni o'z ichiga oladigan;
shuningdek dunyo miqyosidagi iqtisodiy globallashuv talablaridan kelib
chiqadigan va uning tamoyillarini inobatga oladigan, turizmda marketing
usullarini shakllantirishga ko`maklashadigan axborot-texnologiya va ularga
mos kommunikatsiya tizimlarini o'zida mujassamlashtirgan turizmning
global axborot tarmog`ini yaratish ham asosiy vazifalar qatoriga kiradi.
Viloyatining tarixiy -meymoriy obidalari va muzeylarning tahlili
Nurota chashmasi yodgorliklari Nurota me'moriy obidalari ulug` ajdodlarimiz
tomonidan bunyod etilgan millotdan
avvalgi me`morsozlik bilimlari va
amaliyotining qadimiy boy va noyob
namunalaridan hisoblanadi. X asrlardayoq
bu yerda jome' masjidi, ko’plab rabotlar
va muqaddas ziyoratgohlar mavjud
bo’lgan. Akademiklar Yahyo G’ulomov va
Ahmadali Asqarovlarning yozishlaricha
“Chashma” sohilidagi madaniy qatlam yoshi 40 ming yilga teng.
Hududda hozirga qadar saqlanib qolgan qadimiy binolardan biri panjvaqt
masjid-xonaqosidir. U XVI asrda tiklangan bo’lib, keyin bir necha bor
kengaytirilgan. Uning ikki tomonida XIX asrning o’rtalarida masjidga taqab
qurilgan ayvonlar joylashgan. Ikkinchi bino 16 ta ustun asosiga qurilgan
bo`lsa ham aholi tomonidan “Chilustun” ya`ni “Qirq ustun”, deb ataydigan
jome' masjididir. Bino tomi 25 ta kichik gumbaz bilan qoplangan. Masjid XVI
asrda qurilgan, lekin uning eski qismidagi tosh poydevor saqlanib qolgan.
Peshtoqidagi yozuvning guvohlik berishicha 1321/1903-1904 yillarda masjidda
tubdan ta'mirlash ishlari o’tkazilgan.
Nurota shahridagi “Chashma” me’moriy majmuasini sayyohlik markaziga
aylantirish va mazkur qadamjoga tashrif buyuruvchi sayyohlarga servis
xizmati ko’rsatilishini takomillashtirish bo’yicha ham diqqatga sazavor ishlar
amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda kompleksda joylashgan “Chil ustun”, “Ko’k gumbaz” va
“Domalla” tarixiy masjidlari, ziyoratgoh hovlisi zamonaviy talablar asosida
ta’mirlanib, obodonlashtirilgan.
Avtoturargoh ajratilgan. Majmua ichkarisida Nurota tarixiga oid
O’lkashunoslik muzeyi qaytadan ta’mirlanib, zarur eksponantlar bilan
qo’shimcha jihozlangan.
Nurota
tumanidagi
qadimiy
hunarmandchilik
mahsulotlari
ko’rgazma-savdo muzeyini tashkil etish
borasida joy ajratilib, qurilish ishlari
davom ettirilmoqda.
Kompleksga kiraverishda o’ng
tomonda hunarmandchilik mahsulotlari
va yengil oziq-ovqatlar savdo rastalari
tashkil etilgan.
Kompleksga
kiraverishdagi
maydonda qadimiy xalq og’zaki ijodi va
folklor ashula va raqs tomoshalari namoyish etilish maqsadida 2012 yil mart-
noyabr oylarida “Nurjahon” folklor dastasining tomoshalari grafigi ishlab
chiqildi.
Shuningdek, kompleksda xorijiy sayyohlarga xizmat ko’rsatish sifatini
oshirish maqsadida mazkur kompleksda viloyat “Sayohat va ekskursiyalar
byurosi” DKning hududiy markazini ochish masalasida ishlar boshlandi.
Mazkur majmuaga sayyohlarga sifatli ovqatlanish xizmati ko’rsatilishini
tashkil etish borasida tumanda milliy usulda jihozlangan 2 ta hovli belgilanib,
xorijiy sayyohlarni sifatli ovqatlantirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar
yaratildi.
Nurota chashmasi suvining tarkibi, aholi etnografiyasi va hayot tarzi,
foydali qazilmalari va arxeologiyasi bilan qiziqqan olimlar tomonidan 1912
yilda ilmiy – tadqiqot ishlari o’tkazilib, tahlil qilingan. Chashma suvida
asosan shirmohi baliqlari yashashi ham suvning o’ta tozaligidan dalolatdir.
O’z davrining taniqli olimlari tomonidan Chashma suvi tarkibida 8 ta
elementning mavjudligi aniqlagan. Bular xlor, sulfat, kaliy, kaltsiy, magniy,
kremniy, karbonat va natriylardir. 2011 yilda ushbu ilmiy – tadqiqot ishlari
qayta davom ettirilib, 1 litr suv tarkibida 21 ta mikroelement borligi
isbotlangan. Hozirgi kunda xalqimizning azaliy an’analaridan keng
foydalanib, hashar yo`li bilan ko`hna Nurota yodgorliklari hududi zamonaviy
arxitektura va shaharsozlik tajribalari asosida tubdan qayta qurildi. Natijada
ko`hna obidalar asl holida qaytadan bunyod etildi. Chashma ariqlari, sohil
bo`yidagi bog`lar, yo`laklar va favvoralar qadimiy va zamonaviy uyg`unlik
ko`rinishlarini o`zida aks ettirilishi bilan birgalikda yangicha navqironlik
chiroyi bilan minglab ziyoratchi va sayyohlaning sevimli maskanlaridan
biriga aylanib ulgurdi.
Qosim shayx azizon honaqohi (xvi asr)
XVI asrda Karmana bekligi
ma'naviy hayotida o’chmas iz qoldirgan Qosim Shayx Azizonning hayoti va
faoliyati ezgu va xayrli ishlarga qaratilgan edi. Buxoro hukmdori Abdullaxon
II hazrat Qosim Shayxga bo’lgan ixlosi yuzasidan 1558 yilda Karmanada
xonaqoh barpo ettirgan. Ushbu bunyodkorlik ishlarida Qosim Shayxning
o`zlari ham qatnashgan va homiylik ko`rsatgan.
Xonaqoh taxminan o’n yil davomida qurilgan. Uning uch (shimol, janub
va g’arb) tomoni kungurador qilib qurilgan va bezatilgan
Xonaqohning eni va bo’yi 25 metr o’lchamda bo’lib, ichida jami 6ta
xona, o’rtada katta markaziy xona, qibla tarafda mehrob o’rnatilgan.
Xonaqohning 4 burchagida taxminan 6x6 metr o’lchamdagi hujralar, sharq
tomonida esa, 6x4 metr o’lchamdagi chillaxonaga qurilgan. Har bir xonaning
tepa qismi gumbaz shaklida bo`lib, binoning ichi ganchkorlik asosida naqsh
bilan bezatilgan, o’rtada yerdan balandligi 12 metr bo’lgan katta gumbaz va
to’rt tomonida balandligi 8 metr bo’lgan gumbazlar mavjud. Xonaqoh
devorining qalinligi 80 santimetr. Binoning tashqi ko’rinishidagi baland
minora ustiga qurilgan gumbaz ajralib turadi. Minora bino tomidan taxminan
9 metr ko’tarilgan bo’lib, ichki va tashqi gumbazlar oralig`ida bo’shliq joy
qoldirilgan. Bu bo`shliq havo yo’llari bo’lib, issiq va sovuq vaqtlarda bir xil
mo`tadil haroratni saqlash uchun qiladi. Gumbaz tashqi tomonining tepa
qismi moviy koshinlar bilan qoplangan. Undan pastda niliy rang bilan Kufiy
usulida Qur'on oyatlaridan namunalar yozilgan. Xonaqohning sharqiy
tomonida Qosim Shayx sag’anasi bor. Sag’ana marmar va Abdullaxon g’ishti
bilan tiklangan, ayrim joylarda Qur'oni Karim oyatlari bitilgan. 1910-1911
yillarda Buxoro amiri Amir Abdulahadxonning vafotidan so`ng uning og`li
Sayid Olimxon qabrini Qosim Shayx dahmasi yoniga unga monand qilib
qurdirgan. Ikkinchi honaqoh Qosim Shayx honaqohidan 300 yil keyinroq
qurilgan bo’lsada yaxlit bir-biriga monand ulkan bir yodgorlik majmuasi
tashkil qilingan.
2001 yilda ushbu majmua to’la ta'mirlandi va bugungi kunda Navoiy
viloyatidagi eng tarixiy va obod madaniy meros ob’ektlaridan biri sifatida
qadrlanib, avaylab asralmoqda va foydalanilmoqda.
Raboti malik karvonsaroyi (XI asr) Raboti
Malik karvonsaroyi Karmana-Buxoro yo’li
bo’yi oralig`ida, XI asrning 70 yillarida
qoraxoniylardan biri Shamsulmulk Nasr ibn
Ibrohim tomonidan qurilgan bo’lib, XII
asrning birinchi choragida Arslonxon
Muhammad ibn Sulaymon (1102-1130 y.)
tomonidan qayta ta'mirlangan.
Raboti Malik 90x90 metr o’lchamdagi keng chorsi hovli, to’rtala tomoni
pishiq g’ishtdan baland qilib qurilgan ikki qavatli mehmonxonalardan iborat
bo’lgan. Kirish darvozasining ikkala tomonida xonalar mavjud bo’lib, bular
karvonsaroy xo’jayini va qorovullariga tegishli bo’lgan. Karvonsaroy ichida
maishiy sohalarga doir xizmatlar faoliyat ko`rsatgan. Jumladan,
mehmonxona, oshxona, sartaroshxona, omborxona, masjid, tosh hammom va
boshqalar. Karvonsaroyga suv Sardobadan sopol quvurlar orqali keltirilgan.
Sardoba va Karvonsaroy orasi 50 metrni tashkil etadi.
1999-2000 yillarda karvonsaroyning poydevori konservatsiyalandi.
Uning poydevori 1 metr balandlikda pishiq g’ishtdan qaytadan terildi, kirish
darvozasi peshtoqlari va devorlari ta'mirlandi, old devorlarining asl holini
ko’rsatish uchun 3,5 metr balandlikda qaytadan tiklandi.
Raboti malik sardobasi (xi asr) Raboti Malik karvonsaroyidan 120 metr
oraliqda janubiy-g`arb tomonda ichimlik suv manbai bo`lgan sardoba
joylashgan. Uning – diametri 13 metrli, gumbaz ostidagi karvonsaroyga
zamondosh bo’lgan Sardoba qurilgan. Sardoba hovuzining aylana devori
yerdan 12 metr chuqurlikka qadar pishiq g’ishtdan qurilgan bo’lib, unda
muzday toza suv butun yoz bo’yi saqlangan. XVI asrdagi mualliflardan biri
Raboti
Malik
sardobasining
suvini
Makkadagi laziz Zam-zam
suviga qiyoslaydi. Sardoba
karvonsaroy kabi yolg’iz
yo’lovchilar uchun ham
butun boshli karvonlar
uchun ham qo’nalg’a
hisoblangan. Karvonsaroy
o’zining dastlabki vazifasi
bilan XVIII asrgacha xizmat qilib kelgan.
Unda Amir Temur va uning avlodlari, Buxoroda hukmronlik qilgan
sulolalarning xonlari, elchilar, savdo karvonlari va sayyohlar qo’nib o’tgan.
Hofizi Abro’ning ma'lumotiga ko’ra, Ulug’bek 1420 yilda ushbu
mintaqalarda to’xtab 40 kun ov qilgan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida bu
yerda Rabot nomi bilan ma'lum qishloq ham shakllangan. 2004 yilda Sardoba
qayta ta'mirlanib, atrofi devor bilan o’raldi.
Turizm sohasida Raboti Malik karvonsaroyi va sardobasi dunyo
sayyohlarining e`tiborini tortmoqda.
Deggaron me`moriy yodgorligi (xi asr) Karmana shahridan 30 km g’arbdagi
Xazora qishlog’ida joylashgan yodgorlik Movarounnahrdagi eng qadimgi
masjidlardan biridir.
Uning qurilish davri XI asr boshlariga tegishli bo`lib, murakkab va
noyob loyiha asosida bunyod etilganligi bilan qimmatlidir.
Ushbu yodgorlikdan azaldan masjin sifatida foydalanib kelinmoqda.
Masjidning va qishloqning nomi qadimda shu yerda yashagan aholining
asosiy mashg`uloti o`tga chidamli qozon tayyorlashidan olingan.
Masjid kvadrat shaklda 17x17 metr o’lchamdagi binodan iborat bo’lib,
pastdan balandgacha qalinligi 1 metr bo’lgan 15 paxsa urilib, har paxsaning
orasiga bir qator pishiq g’isht terilgan.
Binoning ichki qismida kubsimon, o’rta qismida diametri 1,28 metr
keladigan 4ta pishiq g’ishtin ustun bo’lib, ularning orasiga katta ravoqlar,
tepasiga ikkitadan kichik ravoq joylashtirilgan.
Gumbaz ushbu ustunlar ustidan chiqarilgan
va 12 burchak bezak hosil qiladigan
ravoqlar ustiga ko’tarilgan. Binoning
shimoliy, janubiy va g’arbiy tomonlarida
xushbichim g’ishtin sharafalar mavjud.
Masjidning kunchiqar tomonidagi eni 3,14
metr, uzunligi 17 metr bo’lgan uch eshikli
kirish qismi keyinchalik pishiq g’ishtdan
qurilganligi ko’rinib turibdi. O`ng tomonidagi ikkita sharafa qolgan
tomonlarga o`rnatilgan 6 ta sharafalardan farq qilib devor ustidan
ko’tarilgan. 3 tomonidagi 6 ta sharafaning hech narsaga tegmay tepadan
pastga osilib turishi holatida qurilganligi bir mo’jizaga o’xshaydi. Kirish
qismining me'morchilik uslubi XIV asrga xos bo`lib, bu yerdagi g’ishtlar
Raboti Malik va Sardoba XIV asrda qayta ta'mirlanganda ishlatilgan
g’ishtlar bilan bir xildir ya`ni shu davrda Deggaron me`moray obidasida ham
qurilish ta`mirlash bajarilganligidan darak beradi. Movarounnahrda yagona
bo’lgan ushbu obida 2006 yilda qayta ta'mirlanib, hozirgi kunda bu yodgorlik
majmuasi butun musulmon olamiga mashhur ziyoratgohga aylantirilgan.
Shuningdek, majmua hududida keng ko`lamli obodonlashtirish ishlari
bajarilib, Mavlono Orif Deggaroniy tarixiy muzeyi tashkil etildi.
Mirsaid bahrom maqbarasi (xi asr) Mir Said Bahrom haqida Abu
Tohirxo’ja Samarqandiyning “Samariya” asarida yozilgan ma'lumotlarga
ko’ra u zukko, bilimli, karomatli shaxs sifatida mahalliy xalqning katta
hurmat e'tiboriga sazovor bo’lgan zot edi.
Mirsaid Bahrom vafotidan keyin uning dahmasi ustiga maqbara
bunyod etilgan. Maqbara X-XI asrlarga xos bo’lib, Respublika muhofazasiga
olingan noyob yodgorliklar sirasiga kiradi. Maqbara bir gumbazli, 6x5,5 metr
o’lchamda to’rtburchak shaklida qurilgan. Yodgorlik bir necha bor
ta'mirlanib dastlabki ko’rinishini yo’qotgan. Uning bosh fasadi 6x6 metr
kvadrat shaklida bo’lib, juda ustalik bilan bezatilgan, g’ishtni turli usulda
terilib, har xil geometrik shakldagi naqsh bezaklari, timsollar va Kufiy
usulidagi bitiklar bilan boyitilgan. Maqbaraning janubiy tomonida 1,1x2 metr
o’lchamda darcha o`rnatilgan. Uning tepa qismida yarim oy shaklidagi
kungurador, panjarali tuynuk ochilgan.
Maqbara eshigining o’ng tomonida Mirsaid Bahrom sag`anasi
o`rnatilgan bo`lib, uning eni bir metr bo’yi 2,5 metr, balandligi 70
santimetrdan iborat. Sag’ananing yon tomonlariga arabiy yozuvda oyatlar
bitilgan. Maqbaraning 4 burchagida ustki qismi ganchkorlik usulida
bezatilgan 4 ta botiq ravoq ishlangan bo`lib, 4 tomonida ham yoyiq ravoqlar
bor. Ravoqlarning eni bir metr va balandligi 3 metr. Maqbaraning ustki
qismida 8 burchakli poygumbaz bo’lib, uning ustiga pishiq g`ishtdan gumbaz
ko’tarilgan.
Hozirgi davrda bu tarixiy majmua atrofida Karmana tumanining madaniyat
va istirohat bog’i barpo etilgan va Karmana aholisining an`anaviy Navro’z va
hosil bayramlari ayni shu ko`rkam va so`lim istirohat bog’ida o’tkazilishi
an`anaga aylanib bormoqda.
Respublikamizdagi noyob madaniy meros obyektlaridan biri sifatida
Mirsaid Bahrom maqbarasi Buyuk ipak yo`li bo`yidagi transchegaraviy
madaniyat yodgorliklari nominatsiyasi bo`yicha YUNESKOning ro`yxatiga
kiritilishi uchun me`yoriy hujjatlari taqdim etilgan.
Yodgorlik hozirgi kunda to`la qayta ta`mirlanib asl holidagi ko`rinishini
kasb etgan. Shuningdek, maqbaraning sharqiy tomonida qadimda bunyod
etilgan bo`lib, keyinchalik buzilib ketgan masjid qayta tiklangan va hozirda
ziyoratgoh sifatida foydalanilmoqda.
Oqmasjid yodgorligi (xiv asr) Oqmasjid tarixiy-me'moriy yodgorligi Xatirchi
tumanining Bog’chakalon qishlog`ida 1360-1390 yillarda hazrat Said ota
tomonidan bunyod etilgan. Oqmasjid o’z davrida o’ta mohirlik bilan qurilgan
bo’lib, usti gumbaz, yon tomonlari esa o’ymakor ustunli ayvonlardan iborat
bo`lgan.
Sohibqiron Amir Temur zamonida ilm-ma'rifat yuksak darajada rivoj
topganligi tarixdan yaxshi ma'lum. Ayni o’sha davrlarda Bog’chakalonda
ham ko’plab masjid va madrasalar bunyod etilgan. XIX asrgacha bu hududda
yettita masjid bo’lgan. Ularda savod chiqargan yoshlar tahsilni davom ettirish
uchun Buxoro madrasalariga yuborilgan. Ammo, sho’rolar davriga kelib,
hududdagi bu obidalarning boshiga ham og’ir kunlar tusha boshladi: asrlar
davomida savlat to’kib turgan yettita masjidning oltitasi buzib tashlangan.
Faqatgina “Oqmasjid” me`moriy yodgorligi saqlanib qolingan.
Buyuk ipak yo’li bo`yida joylashgan ushbu jannatmonand maskanga
qadimda ham olis o’lkalardan savdogarlar-u sayyohlar tez-tez kelib
turishgan.
Yodgorlik bunyodkori Hazrat Said ota asli Xorazmlik bo’lib, 14 yoshida
tahsil olish uchun Buxoroyi Sharifga kelgan va 20 yil davomida madrasada
tahsil olgan. So’ngra aholiga ilm-u ma'rifat tarqatish uchun ushbu hududga
yuborilgan.
Sayid otaning hayoti va faoliyati bilan bog’liq bo`lgan qiziqarli va ibratli
hikoyalar ko’p. Ularning aksariyati xalq ichida tildan-tilga o’tib kelayapti.
Tarixnavis Salohiddin Toshkandiyning “Temurnoma” asarida
keltirilishicha, Sayid otaga qarshi aytilgan bo’hton va fitnalarga ishongan
hukmdorlar hijriy 760 yilda ulug’ avliyoning ko’zlarini ko’r qilishadi. Ammo,
mo`jiza sharofati bilan Sayid otaning ko’zlari qayta ochiladi. Bundan
hayratga tushgan hukmdor unga otalarcha munosabatda bo’la boshlaydi va
har bir ishini uning maslahati bilan amalga oshiradi.
Prezidentimiz tashabbusi va viloyat mahalliy hokimligi rahbariyatining
sa'y-harakati bilan ushbu qadamjo Respublikamizdagi barcha azaliy
qadriyatlarimizning asoslaridan biri bo`lgan noyob me`moriy yodgorligi
sifatida 2003 yilda qaytadan ta`mirlanib, xalqimizga taqdim etildi, Hazrat
Sayid ota sag`anasi va dahmasi qayta qurildi, atrofi obodonlashtirildi va
fuqarolarning serqatnov maskanlaridan biriga aylantirilib, yosh avlodni
milliy mafkuraviy g`oyalar ruhida tarbiyalash yo`lida unumli va samarali
foydalanilmoqda.
Djaraquduq” Tosho`rmoni Navoiy viloyatining Qizilqum sahrosi noyob va
qimmatli yer osti qazilma boyliklari xazinasi ekani bilan bir qatorda yuzlab
mo`jizaviy hodisa va joylarning makoni hamdir. Shulardan biri Uchquduq
tumanining 130 km g`arbida joylashgan Mingbuloq botig`idagi Djaraquduq
darasidir. Ushbu darada sayyoramizda yagona hisoblangan toshga aylanib
qolgan (o`simliklar, hayvon suyaklari va baliq tishlari) tabiat namunalari
mavjud. Mazkur hududni O`zbekiston Respublikasi Geologiya va
minerologiya ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari va xorijiy olimlar
hamkorligida 8 yil davomida ilmiy tadqiqot ekspozitsiyalari uyushtirilib,
chuqur ilmiy o`rganish ishlari olib borildi. O`rganishlar natijasida Qizilqum
sahrosi o`rnida bundan 100 million yil avval Tetiz dengizi bo`lganligi
shuningdek, dengizga xos bo`lgan suv osti boyliklari va dengiz sohili o`rmon
va to`qayzorlar shu yerga yashaydigan o`simlik va hayvonot dunyosi
boyliklari to`g`risida ko`plab ilmiy asoslarga ega bo`lindi. Bular o`txo`r va
go`shtxo`r dinozavrlar, timsohlar, baliqlar va boshqa dengiz jonivorlari, suv
osti marjon qoyalari g`aroyibotlari dengiz sohilidagi ninabargli daraxtzorlar,
mevali daraxtzorlar, saksovullar va to`qayzorlarning toshga aylanib bugungi
kungacha saqlanib qolgan noyob namunalaridan iborat. Ushbu qimmatli
topilmalarga asoslanib, mazkur hudud tabiati haqida tasavvurga ega bo`lish
imkonini beradi. Eng muhihmi yurtimizning yuz million yil muqaddam
mavjud bo`lgan tabiati to`grisida boy bilimga ega bo`lish mumkin. Hududdagi
mo`tadil iqlim, boy ozuqa, qulay muhit hosildor dalalar bo`lganligi sababli bu
yerlarada o`zgacha boy tabiat to`g`risida ilmiy ma`lumotlarga ega bo`lamiz.
Ushbu kolleksiya tarkibidan joy olgan eksponatlar yuqorida keltirilgan
namunalardan tashkil topgan.
Tabiat boyliklarini toshga aylanib qolish sabablarini dunyo olimlari
tomonidan turlicha izohlashadilar.
Shulardan biri Tetiz dengizi tubidan otilib chiqqan vulqon oqibatida
tabiatning bir qismi toshga aylangan desalar yana boshqa bir guruh olimlar
koinotdan o`zga jism «meteorid» Tetiz dengiziga kelib to`qnashganligi
oqibatida portlash sababli hududdagi tabiatning bir qismi toshga aylanib
qolganligi to`g`risidagifikrdadir
Navoiy viloyati muzeylari tahlili. Navoiy viloyatida 12 ta davlat, 7 ta soha,
3 jamoatchilik va 27 ta maktab muzeylari mavjud bo’lib, viloyat bo’yicha
jami 49 ta muzey faoliyat ko’rsatmoqda. (2-jadval)
Bu muzeylarning barchasinberilgan maqomiga qarab o’zining o’rniga
va o’ziga xos xususiyatlariga ega. Viloyatda bu muzeylar joylashgan o’rniga
qarab sayyohlarga, mehmonlarga va soha vakillariga ham xizmat qilib
kelmoqda. Shu bilan bir qatorda viloyatga tashrif buyurayotgan chet ellik
turistlar va mahalliy turistlarga ham xizmat qilib kelmoqda.
O’zbekiston Mustaqilligining ilk kunlaridan boshlab, muzeylarni
rivojlantirish ishiga hukumatimiz tomonidan juda katta e’tibor berilmoqda.
Jumladan; 1998-yilning yanvarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to’g’risida” gi
Farmoni, 2008-yilning sentabrida O’zbekiston Respublikasining “Muzeylar
to’g’risida” gi Qonuni ishlab chiqildi. 2012-yilning aprelida Vazirlar
Mahkamasining “Muzeylar to’g’risidagi Qonunni ro’yobga chiqarish uchun
zarur bo’lgan normativ - huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qarori
qabul qilindi.
Navoiy viloyati o’lkashunoslik muzeylari.
2-jadval
№
Viloyatimizda mavjud muzeylar
Yillari
1
Хatirchi tuman tarixiy-o’lkashunoslik
muzeyi
1974-yil 11-may
2
Тomdi tuman tarixiy-o’lkashunoslik muzeyi
1978-yil 7-dekabr
3
Qililtepa tuman tarixiy-o’lkashunoslik
muzeyi
1985-yil 15-yanvar
4
Vilot tarixiy-o’lkashunoslik muzeyi
1992-yil 30-dekabr
5
J.Balimanov me’morial muzeyi
1993- yil 23 -dekabr
7
Konimex tarixiy-o’lkashunoslik muzeyi
1997-yil 30- aprel
8
Qosim – Shayx majmua muzeyi
2002 -yil 8 -aprel
9
Nurota tuman tabaiiy – me’moriy majmua
muzeyi
2003 -yil 11-aprel
10
Zarafshon sh. Qizilqumni o’zlashtirish tarixi
2003 -yil22-sentabr
11
Sarmishsoy tabiiy-arxeologik majmua
muzeyi qo’riqxonasi
2004-yil 23-sentabr
12
Mavlono Orif Deggaroniy tarixiy muzeyi
2007-yil 29-may
Shularga asosan, so’nggi yillarda, Navoiy viloyati hokimligining,
viloyatimiz muzeylari faoliyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash
to’g’risida, o’nga yaqin qarorlar qabul qilindi. Mazkur qarorlar ijrosini
ta’minlash yuzasidan joylarda, sohaga doir keng ko’lamli ishlar, izchil amalga
oshirilmoqda.
Viloyat hokimining 2011 yil 10 noyabrdagi 06-01/266 sonli yig’ilish
bayoni va 2011 yil 29 noyabrdagi 03-01/512 sonli “Davlat muzeylarining
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va faoliyatini rivojlantirish ” chora-
tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan bir qancha ijobiy ishlar amalga
oshirilmoqda.
Viloyat muzeylar faoliyatini ilmiy tadqiqotimiz vazifasi va maqsadi
doirasida o’rganishimiz natijasida quyidagilarni aniqladik.
Navoiy shahrida jami 6 ta muzey mavjud bo’lib, shundan 5 ta soha va 1
ta maktab muzeylari faoliyat ko’rsatyapti, bular; Navoiy Kon-Metallurgiya
kombinati muzeyi, Navoiyazot OAJ “Mehnat shuhrati” muzeyi, Qizilqum
sement OAJ muzeyi, Navoiy viloyat prokuraturasi muzeyi, Navoiy viloyati
Ichki ishlar tizimi muzeylari va 12 sonli umumta’lim maktabining Ekologiya
muzeylari.
Viloyat hokimligining sayi harakatlari bilan NKMK muzeyining mavjud
kamchiliklarni bartaraf etish va faoliyatini rivojlantirish maqsadida, o’quv
markazi binosidan “Farhod” madaniyat saroyiga ko’chirilgan. Keng va
yorug’ tomosha zallari va zamonaviy talablarga javob beradigan vetrina va
jixozlar bilan ta’minlangan. Eksponatlarni saqlash, hujjatlashtirish, ish
yuritish, ekspozitsiyani namoyish etish ishlari, zamonaviy muzeyshunoslik
talablariga javob beradigan holatga keltirilgan. Albatta bu masalalar ijobiy
echimini kutmoqda bu masala yuzasidan tegishli tashkilot va masullar
maqsadli rejalarni ishlab chiqib mavjud kamchiliklarni bartaraf etishlari
kerak.
Navoiyazot OAJ “Mehnat shuxrati” muzeyida esa ko’rsatib o’tilgan
kamchiliklar tuzatilmagan. Zamonaviy texnika vositalari va maxsus
vetrinalar bilan jixozlanmagan. Muzey ekspozitsiyasi boytilib, yangilanib
borilmagan. Ayniqsa mustaqillik yillarida, kimyo sanoatida erishilayotgan
yutuklarimiz keng yoritilmagan. Korxonaga ishga kiruvchi yoshlarimizni,
institut va kollej bitiruvchilarini kimyo sohasiga qiziqtirish, targ’ibot qilish
ishlari rejali tashkil etilmagan. Eksponatlarni davlat ro’yxatiga kiritish ishlari
oxiriga yetkazilmagan.
Qizilqumsement OAJ tarixiy muzeyida ham shunga o’xshash
kamchiliklar mavjud bo’lib o’z yechimini kutmoqda. Eksponatlarni davlat
ro’yxatiga kiritish ishlari o’z xoliga tashlab quyilgan.
Karmana tumanda 3ta davlat va 6 ta maktab muzeylari faoliyat
yuritadi. Bular, Viloyat tarixiy-o’lkashunoslik muzeiy, “Qosim shayx”
majmua muzeiyi vaMavlono Orif Deggaroniy tarixiy muzeylari hamda 1-2-3-
6-8-22- umum ta’lim maktablarining muzeylaridir.
Viloyat hokimligining 2011 yil 29 noyabrdagi 03-01/512 sonli “Davlat
muzeylarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va faoliyatini
rivojlantirish ” chora-tadbirlar dasturiga asosan viloyat muzeyi va uning
filiallariga maxalliy byudjet mablag’lari hisobidan quyidagi ishlar amalga
oshirilgan ekan. Jumladan: dasturga yangi eksponatlar sotib olish uchun 15
mln so’m, ta’mirlash ishlari 44 mln so’m, Jixozlash ishlariga 66,5 mln so’m
mablag’i ajratilishi rejalashtirigan ekan va bu ishlar bosqichma bosqich o’z
echimini topmoqda.
Navoiy viloyati mehmonxonalarining qisqacha tahlili .Navoiy viloyatida
hozirgi kunda mehmonlalga 20 ga yaqin mehmonxona va 2 ta tur fermalar
xizmat qilib kelmoqda. Ular hududlar buyicha quyidagicha joylashgan.
Navoiy shahrida 8 ta mehmonxona va 1 ta tur ferma mavjud ular quyidagilar
“Gulmira -K ” mehmonxonasi Navoiy shahar Reshyotnik 2 “B” ko’chada
joylashgan 28 o’rinli bo’lib “4” yulduzli hisoblanadi, ”Navoiy Plaza”
mehmonxonasi Navoiy shahar Navoiy ko’chasida joylashgan 70 o’rinli bo’lib,
“4” yulduzli hisoblanadi,”Grand -M” mehmonxonasi Navoiy shahar Xalqlar
Do’stligi 77a ko’chasida joylashgan, 40 o’rinli bo’lib “4” yulduzli hisoblanadi.
“Turkiston Navoiy” mehmonxonasi Navoiy shahar Xalqlar Do’stligi ko’chasi
73 uyda joylashgan, 128 o’rinli bo;lib, “3” yulduzli hisoblanadi. “Kamilla”
Trayding servis mehmonxonasi Navoiy shahar Oxunboboyev ko’chasi 2-1-2
joylashgan. 40 o’rinli bo’lib, “3” yulduzli hisoblanadi.
“Uchquduq” Motel ham Navoiy shahrida joylashgan. 20 o’rinli bo’lib “3”
yulduzli hisoblanadi. “Yoshlik”xususiy ferma mehmonxonasi Navoiy shahar
Xalqlar Do’stligi ko’chasi 138 “B” uyda joylashgan 83 o’rinli bo’lib “2”
yulduzli hisoblanadi. “Texno Plaza” majmuasida joylashgan mehmonxona
Navoiy shahar G’alaba 17 B da bunyod etilgan 18 o’rinli ushbu
mehmonxonalar bugungi kunda kelayotgan mehmonlarga yuqori darajada
xizmat ko’rsatib kelmoqda.
“Sputnik Navoiy” bosh manzili Matvinka 16/14 da joylashgan bo’lib 120 ta
o’rin va 17 ta yurtadan iborat , “Qizilqum safari” tur fermasi Kanimex
tumani Saribel qishloq fuqorolar yig’ilishi joylashgan 66 ta o’rin 11 ta
yurtadan iborat.Qolgan 5 ta mehmonxona va 1 tur fermalar tumanlarda
joylashgan. “ Zarafshon Grant Omad Beznes” mehmonxonasi Karmana
tumani Malikrabod qo’rg’onida joylashgan, 92 o’rinli bo’lib,“4” yulduzli
hisoblanadi. “Parvoz” mehmonxonasi Karmana tumani Malikrabod
qo’rg’onida joylashgan, 40 o’rinli bo’lib, “3” yulduzli hisoblanadi. “Registon”
Usta Istam xususiy korxonasining mehmonxonasi Karmana tumani Karmana
shahri Karmana ko’chasi 19 A uyda joylashgan, 50 o’ringa ega va “Ipak Yuli”
mehmonxonasi xam Karmana tumanida joylashgan. Sentob Tagi Jar
mehmonxonasi 16 o’ringa ega bo’lib Nurota tumani Sentob qishloq fuqorolar
yig’ini hududida joylashgan. SENTOBISTON 15 o’ringaega bo’lib u ham
Sentob qishloq fuqorolar yig’ini hududida joylashgan.
Navoiy viloyatida turizm sohasini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash,
turizm infratuzilmasini takomillashtirish bo’yicha 2011-2015 yillarga
mo’ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturiga muvofiq viloyat
hududlarida mehmonxonalar qurish prognozi
Viloyat
hududlari
bo’yicha
(mehmonxona
va dam olish
zonalari)
Umumiy
soni
2011-
2015 yy.
Shu jumladan
2011 yil
2012 yil
2013 yil
2014 yil
2015 yil
26
5
9
4
5
3
3.2. Turizm infrastrukturasini rivojlantirishning iqtisodiy-ijtimoiy
muammolari va viloyatda xizmat ko’rsatish soxalarini rivojlantirish.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida va bozor munosabatlari rivojlanishi
natijasida Navoiy viloyatida turizm sohasini rivojlantirish uchun qulay
shart-sharoitlar yuzaga kelayotganligi turizmning viloyat iqtisodiyotiga
yanada integratsiyalanishini mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyat
kasb etmoqda. Jahon iqtisodiyoti tajribasidan ma'lumki turizm mamlakat
xazinasi uchun zarur bo`lgan valyuta tushumini ta'minlash, yangi ish
joylarini vujudga keltirish va shu bilan birga aholining turmush darajasini
ko'tarish uchun xizmat qiladi. Viloyatning geografik o`rni nihoyatda qulay,
ajoyib tabiiy iqlim sharoitiga ega ekanligidan tashqari, uning insoniyat
taraqqiyotidagi o`rni ham beqiyos. Navoiy viloyatida ham Samarqand,
Buxoro, Xiva shaharlari kabi nodir tarixiv arxitektura yodgorliklariga,
shirin-shakar mevalar, xilma-xil taomlar, ajoyib milliy an'ana, urf-odatga
ega bo`lgan mehmon do`st aholisiga ega. Bularning barchasi chet ellik
turistlar e'tiborini o`ziga tortadi va kishilarni lol qoldiradi.
Navoiy viloyatida keyingi yillarda ajoyib inshootlar, madaniy dam
olish
maskanlari, ziyoratgohlar vujudga keldi. So`nggi yillarda
respublikamizda boks, o'zbek milliy kurashi, tennis bo'yicha jahon
miqyosida ulkan turnirlar tashkil qilinmoqda, bu tadbirlar esa ko'pgina
xorijiy mamlakatlardan turistlarning kelishiga zamin bo`lmoqda. Tez-tez
o`tkazib turiladigan milliy o'yinlarimiz festivali, Universiada, Barkamol
avlod sport o’yinlarining hududiybosqichlarining o’tkazilishi yaxshi kutib
olinadi. 2012 yilda Umid nihollari sport musobaqalarining final bosqichi
ayniqsa qiziqarli o`tdi. Bu esa viloyatga halqaro Respublika miqyosida
mehmonlarning kelib ketishi, turizmni rivojlantirishda bu omillarni ham
nazardan chetda qoldirmaslik lozim.
Turizmdan yuqori daromad olayotg an Yevropa mamlakatlarida turistik
faoliyatning ayrim yo`nalishlari davlat tomonidan to'g`ridan-tog`ri yoki
bilvosita siyosiy-rasmiy boshqarilib aniq maqsadga yo'naltirib turiladi.
Bilvosita boshqaruv esa xalqaro turistik tashkilotlarni soliqdan ozod etish
yoki to'lov miqdorlarini kamaytirish, ularga imtiyozli kreditlar yoki bir
qancha yengilliklar berish orqali
amalga oshiriladi. Masalan
respublikamizda 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan '`Soliq kodeksida"
Uzbekistonda turistik faoliyat bilan shug`ullanuvchi turistik firmalar ish
boshlagan kundan boshlab 3 yil mobaynida soliq to`lashdan ozod etilishi
belgilab qo`yilgan.
Milliy, tarixiy va diniy qadamjolarning ko'pligi;
Xalqimizning mehmondo'stligi va milliy an'analarimizning boyligi;
Viloyatimizning rang-barang tabiati, o'simlik va hayvonot olamining
xilma-xilligi, boy rekreatsion resurslarning borligi;
Avtomobil, temir yo`1, xalqaro havo yo'llarining yetarli darajadagi
infratuzilmaga ega ekanligi, Respublikaning Yevrosiyo materigining
markazida (o'tmishda esa Buyuk Ipak yo'li chorraxasida) joylashganligi
kabilar kiradi. Bu omillar albatta turizmning rivojlanishiga ijobiy ta'sir
ko`rsatib kelmoqda.
Navoiy viloyatining infratuzilmasini o’rganishda avval viloyat haqidagi
umumiy ma’lumotlar bilan tanishish zarur. Navoiy viloyat dastlab 20.04.1982
yilda tashkil topib, 1988 yilgacha shu maqomda mavjud bo’lgan. So’nggi
marta esa u 27 yanvar 1992 yilda qayta tiklangan. Maydoni 111,0 ming kv. km
yoki respublika hududining yaqin 1/4 qismiga teng. Aholi soni esa 904,2 ming
kishi (mamlakat aholisining 3,0 foizi). Hududiga ko’ra viloyat
Qoraqolpog’iston Respublikasidan keyingi ikkinchi, aholi soni jihatidan esa
faqat Sirdaryo viloyatidan oldinda, ya’ni oxiridan ikkinchi..Viloyatning ichki
ma’muriy tuzilishi ham uncha murakkab emas; U yerda 8 ta qishlok
tumanlari mavjud, xolos.
Eng kichik tuman - Karmana va eng katta tuman - Uchquduq o’rta-
sidagi tafovut 49,1 martaga barobar. Konimex tumanining joylanishi ham
o’zgacha: tuman markazi asosiy hududdan ajralgan holda o’rnashgan,
tumanning qolgan qismini eksklav hisoblash mumkin.
Qishloq tumanlari orasida Karmana va Nurota respublikamizda
birinchilar qatorida tashkil etilgan ushbu toifadagi ma’muriy birliklarga
kiradi. Navoiy viloyati tashkil etilgunga qadar janubiy hududlar - Qiziltepa,
Karmana, Navbahor tumanlari Buxoro viloyati, Хatirchi, Nurota Samarqand
viloyati tarkibida bo’lgan. Bir vaktlar Uchquduq va Тomdi tumanlari
Qoraqalpog’iston Respublikasi tasarrufiga kirgan.
Navoiy viloyati respublikamiz hududiy mehnat taqsimotida asosan tog-
kon sanoati, xususan rangli metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari sanoati
hamda qishloq xo’jaligida go’sht-jun chorvachiligiga ixtisoslashgan. Uning
hissasiga respublika yalpi ichki mahsulotining 5,4, sanoat ishlab
chiqarishining 11,2 qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 4,2, investitsiya
hajmining 70, chakana savdo aylanmasining 3,6, pullik xizmatlarning 2,8 foizi
to’g’ri keladi. Eksportda viloyat ulushi 4,2, importda 3,8 foizga teng.
Viloyatning geografik o’rni va resurs salohiyati. Navoiy viloyati
mamlakatimizning markaziy va shimoliy qismida joylashgan. U katta
masofada Qozog’iston Respublikasi bilan chegaradosh. Shuningdek, viloyat