1
“BUXORO XONLIGI”
Mavzusida 1 soatlik
DARS ISHLANMASI
Mavzu: Buxoro xonligi.
Darsning ta’limiy maqsadi: o’quvhilarda Buxoro xonligi mavzusi haqida
bilim,ko’nikma va malakalarni hosil qilish
Darsning tarbiyaviy maqsadi:1.O’quvchilarni o’z ustilarida mustaqil ishlashga
o’rgatish.2.Komil insoniylik ,Vatanparvarlik ,Vatanga sodiqlik ruhida
tarbiyalash.3.Ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy va madaniy meroslarni ko’z
qorachig’iday asrab avaylashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: 1.O’quvchilarni darsga oldindan tayorgarliklarini xis
qildirish.2.Tarix faniga qiziqishlarini dars davomida turli musobaqalar
uyushtirish yo’li bilan oshirib boorish.3.Past o’zlash tiruvchi o’quvchilar
bilan darsning oxirgi daqiqalarda shug’ullanish.
Darsning turi: yangi tushuncha va bilimlarni tashkil qilish.
Dars usuli: Zamonaviy,aqliy hujum.
Dars
jihozi:
darslik,
dars
ishlanma,
ko’rgazmali
qurollar,
tarqatma
va
didaktikmatiriallar va dunyoning siyosiy haritasi.
Texnik vositalar: telivizor , DVD va ko’rgazmalar yozilgan disklar.
Darsning blok-chizmasi
Dars bosqichlari
Vaqt
Usullar
1 Tashkiliy qism
3 daqiqa
2 O'tilganlarni takrorlash
7 daqiqa
3 Yangi mavzu ustida ishlash
17 daqiqa
4 Yangi mavzuni mustahkamlash
15 daqiqa
5 Uyga vazifa
3 daqiqa
2
Darsning borishi:
a. Tashkiliy qism
b. Savol-javob
c. Yakunlash va baholash
I.Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash,
II.Ma’naviy-siyosiy daqiqa:dunyo xabarlari va yurtimiz voqiyalari.
III.O’tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamlash.
1. Shayxulislom — ?
2. Mubayyin -?
3. Rojalar—?
IV.Yangi mavzu bayoni:
Shayboniyxon halok bo’lgach, uning o’rniga amakisi Ko’chkunchixon taxtgao’tirdi.
Ko’chkunchixondan so’ng taxtga o’g’li Abu Said (1530—1533) o’tirdi. Undan keyin
esa hukmdorlik Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning o’g’li Ubaydullaxon
(1533—1540) qo’liga o’tdi. Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan Buxoroga
ko’chirtirdi. Ubaydullaxon Buxoroga otameros mulk deb qarar edi, chunki
Shayboniyxon
hayotligidayoq
Buxoro
hokimligini
ukasi
Mahmud
Sulton
(Ubaydullaxonning otasi)ga bergan edi. Shu tariqa, shayboniylarning Movarounnahrda
tashkil etgan davlati endilikda rasmiy ravishda Buxoro xonligi deb ataladigan bo’ldi.
Ubaydullaxonning tariximizdagi xizmatlari katta. Avvalo, u Ismoil Safaviy va
qizilboshlilar (Ular 12 shia imomi sharafiga 12 qizil yo’llik matodan salla o’rab
yurishgan)ning hujumlarini bartaraf etib, Movarounnahrni ularning harbiysiyosiy
tazyiqlaridan saqlab qoldi. Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning markaz
sifatidagi nufuzi har tomonlama o’sdi.
Ubaydullaxon o’z davlatining chegarasini Shayboniyxon davridagi sarhadlarda qayta
tiklashga harakat qildi. U Hirotni ishg’ol etgan qizilboshlilarni bir necha marta
3
magiubiyatga uchratgan edi. Ayni paytda, u mamlakat ichkarisidagi o’zaro kurash va
tarqoqlikka barham berdi.
Ubaydullaxon vafot etgach, ichki ziddiyatlar yana kuchaydi. Hokimiyat uchun qattiq
kurashlar boshlandi. Shayboniyxon avlodlarining har birida 10—12 nafardan o’g’il
bolib, ularning har biri tojtaxtga da'vogar edilar. Ularning har biri o’z otamerosi bo’lgan
hududlarda o’z qo’shiniga bosh bolib, mustaqillikka intilar, o’zini oliy hukmdor deb his
etar hamda imkoni bolsa, xonlik taxtini egallash ishtiyoqida edilar.
Ubaydullaxondan so’ng shayboniylar sulolasi vakillari o’rtasida o’zaro nizolar avjiga
chiqdi. Buning oqibatida Abdullaxon I ning qisqa hukmronligi (1540—1541) dan so’ng
mamlakatda qo’shhokimiyatchilik vujudga keldi. Ya'ni bir davlatda ikki hukmdor paydo
bo’ldi.
Biri
—
Ubaydullaxonning
o’g’li
Abdulazizxon
Buxoroda,
ikkinchisi
—
Ko’chkunchixonning o’gli Abdulatifxon Samarqandda hukmdorlik qila boshldilar.
Mamlakat bir necha mustaqil hokimliklarga bolinib ketdi. Biroq qachondir, kimdir bu
holatga chek qo’yishi kerak edi.
Mamlakatdagi parokandalikka chek qo’yish uchun markaziy hokimiyatni yana
tiklash va kuchaytirish zarur edi. Bu zaruriyatni qonli urushlarsiz amalga oshirib
bo’lmas edi. Ana shunday sharoitda kurash maydoniga Miyonqol hukmdori Iskandar
Sultonning o’g’li Abdullaxon II (1534-1598) chiqdi. Iskandarxon xonadoga Buxoro
yaqinidagi Jo’ybor qishlog’ida istiqomat qiluvchi, g’oyatda katta nufuzga ega bo’lgan
shayx Muhammad Islom (1493— 1563)ning ixlosi baland bo’lganligi Abdullaxonga bu
kurashda juda katta madad bo’ldi. Muhammad Islom va uning avlodlari o’zlarining
kelib chiqishini ota tomondan Muhammad payg’ambar
avlodlariga, ona tomondan csa Chingizxon va Jo’jiga ular
edilar. Aslzodalik va tasavvuf tariqadagi mavqeyiga ko’ra,
Jo’ybor shayxlari somoniylar davridan boshlaboq davlat
ishlarida muhim mansablarni egallab kelar edilar. XVI
asrning
ikkinchi
yarmida
Shayx
Muhammad
Islom,
keyinchalik uning o’g’li Shayx Abubakr Sa’d Buxoroda