BUYRAK VA SIYDIK AJRATUV YO‘LLARI KASALLIKLARI BILAN
KASALLANGAN BEMORLARNI PARVARISHI VA ULARNING
NAZORATI
Nefrologiya (yunoncha nephros-buyrak, logos-ta`limot) buyrak kasalligining
etiologiyasi, patogenezi va kasallikning klinik kechishi, diagnostikasi, davolash va
oldini olish usullarini ishlab chiqadigan ichki kasalliklar bo`limi. Urologiya
(yunoncha uron-siydik, logos – ta`limot ) siydik tizimining jarrohlik kasalliklarini
o`rganuvchi yo`nalish.
Buyrak va siydik kasalligi bilan og`rigan bemorlarni kuzatish va davolash
ikki yo'nalishda olib borish kerak.
Kuzatuv va parvarishning umumiy chora-tadbirlari turli organlar va tizimlar
kasalliklari bilan bir vaqtda, zarur g'amxo'rlik qilish chora-tadbirlari: Bemorning
umumiy holati monitoringi, harorti, puls va qon bosimini aniqlash, bemorni
shaxsiy gigiena bilan ta'minlash va boshqalar kiradi.
Maxsus parvarish - siydik ayiruv tizimi kasalliklarining belgilari
kuzatiladigan bemorlarga yordam berish uchun mo'ljallangan parvarish - bel
sohasida og'riq, shish, siyish buzilishi, arterial gipertenziya va boshqalar.
Buyrak kasalligi va siydik yo'llallari bilan og`rigan bemorlarni kuzatish
ehtiyotkorlik va muntazam parvarishlash talab qiladi. Qachonki bemorning: siydik
rangi o'zgarishi, qon bosimining ortishi, dispeptik buzilishlar sodir bo’lganda,
umumiy ahvoli yomonlashganda darhol shifokorga xabar berish kerak.
Buyraklar asosiy vazifasi – siydik, suvda erigan tuz, metabolizm
mahsulotlarini ajratish (xususan, protein metabolizm mahsulotlari - "azot-qoldig`i
bo'ladi"). Bundan tashqari, , buyraklar oqsillar, uglevodlar va yog'lar almashinuv
jarayonlarida, gemodinamikada tartibga solishda ishtirok etadigan biologik faol
moddalar (eritropoietin, renin, prostaglandinlar va boshqalar) ishlab chiqaradi.
Har 5-10 minutda buyraklar orqali tanamizdagi barcha qon oqib o'tadi.
Sutkada buyraklarda 1000 litr gacha qon aylanadi. Buyrakdagi siydik doimiy asta-
sekinlik bilan siydik pufagida to`planadi. Keng ma'noda, "diurez" so’zi siydik
shakllanishi va siydik ajratish nazarda tutladi, lekin u ko'pincha siydik chiqishi
miqdorini tavsiflash uchun ishlatiladi (grekcha diureo - siydik ajratmoq). Katta
yoshli odamlarda siydik ajratish kundalik miqdori odatda, qabul qilingan
suyuqlikning 50-80%ini tashkil qiladi, ya’ni 1000 dan 2000 ml orasida o'zgarib
turadi.Suyuqlikning qolgan hajmi teri orqali (300-400 ml / kuniga)o`pka orqali
( 300-400mlgacha, jismoniy yuk paytida 500 mlgacha,) ajraladi. Ichaklar orqali
100 mlgacha suyuqlik ajraladi. Jismoniy og`ir ish bajarganda va issiq havoda
haddan tashqari terlash, qayt qilish, ich ketishi paytida siydik chiqishi kamayadi va,
aksincha:ko;p suyuqlik qabul qilinganda siydik ajralishi ko’payadi. Buyrak va
siydik yo'llari kasalliklari bilan og`rigan bemorlarda turli hil shikoyotlar
kuzatiladi. Bunda bel sohasida shish, dizuriya, og'riq, qon bosimini oshishi kabi
eng keng tarqalgan alomatlar kuzatiladi.
Siydik va uning xususiyatlari
Buyrakning asosiy vazifasi — siydik hosil qilish. Siydik va siyishni
tekshirish buyraklar holati va ularning faoliyatini baholabgina qolmay, balki
boshqa qator a’zolar va sistemalarning buzilishi (jigar kasalliklari, moddalar
almashinuvi buzilishlari va boshkalar) kabida fikr yuritishga xam imkon beradi.
Siydikning umumiy miqdori. Bir sutkada odam 1,5-2 l siydik ajratishi
mumkin. Atrof-muxitning yuqori xaroratida ko’p ter ajralganda ter bilan suv chiqib
ketishi oqibatida siydikning miqdori kamayadi. Uyqu vaqtida, ayniqsa odam
chuqur uxlayotgan vaqtlarda, siydik hosil bo’lishi keskin kamayadi. Kechqurungi
siydik kunduzgidan ko’ra to’qroq va suyuqroq bo’ladi. Ovqatdan so’ng suv va
ovqat tuzlari ichakda surilishi oqibatida siydik hosil qilinishi oshadi va odatda
ko’p miqdorda suyuk bo’lmagan siydik ajralib chiqadi. Siydik miqdori ko’p
suyukdik ichganda ko’payadi va kuyuk ovqatlanishda Xamda ich ketganda
kamayadi.
Siydikning rangi pigmentlarga bog’lik bo’lib, odatda och sariq rangdan
qizgish-sariq ranggacha o’zgarib turadi. quyuq siydik achchiqchoy rangida
bo’ladi.
Siydik chiqarish yo`lining patalogiyalari. Diurezda o`zgarishlar.
Bu buyrak va siydik yo`llarida uchraydiga eng ko`p belgilrdn biri
poliuriya.Bunda siydiq miqdori 2000 ml dan oshishi. Bu qachon bo`ladi.
Suyuqlikni bir sutkalik normadan ko`p ichilganda, xomiladorlik va kuchli stress
xolatlarida kuzatiladi. Yana bir turi shuki transudat va ekssudat xolatlarida, qandli
diabetda va doimiy bo`lgan siydik kasalliklarida. Poliuriyada doimiy ravishda
chanqoqlik va suvga tashnalik kuchli bo`ladi.
Oligouriyada esa siydikni normal xolatga nisbatan kam ajratish. Uning
miqdori 500 ml ni tashkil etadi. Bu quydagi xolatlar kuzatiladi: ko`p terlash,
fizikaviy og`ir mehnatlar, qattiq charchoqlar, o`tkir va surunkali nefritlarda.
Umumiy xolatlarda: yurak yetishmovchligida, kuyganda shok xolatiga tushganda,
buyraklar zaxarlanganda. Qo`rqish xolatlarida siydik ajralmaydi. Qorin va
ichaklarni bosganda xam siydik ajralmaydi.
Ishuriya ( yun. ischo-to`xtash, yoki to`sqinlik qilish, uron- siydik ). Bunda
siydik pufagi to`lganda ham uni tashqariga chiqara olmaslik kuzatiladi. Ishuriya bu
- siydik yo`lining torayishi. Bu xolat bo`lganda 1-navbatda siydik pufagini
bo`shatish lozim. Bunday xolatlarni bemorlarda qo`llash un kasalning atrofida
xuddi kranda suv oqb turganidek yoki ckoynakda suvni tomchilatb qoyiladi. Yana
bir yo`li shuki bunda iliq kuydirmaydigan qilib iliq suvli baloncha qoyiladi. Agarda
bularning xech qaysisi yordam bermasa bemorga kateter ulab qo’yiladi.
Nekturiya. Bunda siydik ajratish kunduzgiga nisbatan kechasi ko`payadi.
Bundau xolatlar qariyalarda va qandsiz diabetka chalingan bemorlarda kelb
chiqadi.
Enurez. Bu kasallik turi asosan qariyalarda ko`p uchraydi, siydikni tutib tura
olmaslik.
Dizuriya. Bunda siydik yo`llarining umumiy kasalliklari, qattiq og`riq,
qiynalib siyish xolatlari. Bu qaysi xolatlarda bo`ladi: sistit, uretrit, piyelo nefrit
va buyrak tuberkulyozida.
Stranguriya. Bunda siydik ajratish tomchilab bo`ladi. Bunga asosiy sabab
organizmning shish hisobiga. Bu buyrak kassalikgi chiqarish yo`llarida kasallangan
bemorlar uzoq vaqt davollanmasligi natijasida kelib chiqadi. Bu shishlar yuz va
oyoqlarda kuzatiladi.
Beldagi og`riqlar. Buyrak va siydik chiqarish yo`llari bilan kasalangan
bemorlarda uchraydi. Asosan buyrak kasalligida. Buyrak shishganda bu paytlarda
kamdan kam lekin tez tez bo`ladi. Ko`p holatlarda buyrak va bel og`rishi qon
bosimi ko`tarilishiga sabab bo`ladi. Beldagi og`riq ko`p hollarda siydik yollari
qovuqlar va jinsiy a`zolar bilan birga bir vaqtda og`riq bo`ladi.
Bunday hollarda shifokor kelguniga qadar iliq suvli vanna yoki grelka
qo`yiladi. Vannalar qabul qilishda harorat 38-39C dan oshmasligi lozim.
Davomiyligi 10-20 minutdan oshmasligi kerak virach ko`rsatmasiga binoan qabul
qilish kerak.
Arterial gipertenziya. Buyrak kassaligi bilan ogrigan kasallarda qon bosimi
ko`tarilishi kechadi. Bunda hechqanday qon bosimi oshishiga ta`sir ko`rsatuvchi
omillar bo`lmaydi. Buyrak to`liq davolanmaguncha qon bosimi tushmaydi. Bu
holatni davolash uchun doctor nazoratiga 2-3 martta borip qon bosimini o`lchatib
turish kerak va bu kasalga davolash bir yo`la buyrak bilan baravar ketadi.
O`tkir buyrak yetishmovchiligi
bu– nefrotoksik zaharlanishdan,
buyraklardan siydik o`tishi buzilishi natijasida, sho`k holatlaridan kelib chiqadi.
O`tkir buyrak yetishmovchiligi bemorda holatni umumoiy og`irlashuvi hotiraning
buzilishi yurak tomir faoliyatining yetishmovchiligi qayt qilish kabilar kuzatiladi
va bunda siydik chiqara olmaslik bilan kechadi. Qator holatlarda U B Y o`lim
bilan tugaydi. U B Y virach ko`rsatmasiga binoan gemodinamik qo`llaniladi shu
bilan birga oshqozonni yuvish, ham shokka qarshi muolajalar qo`llaniladi.
Surunkali buyrak yetishmovchiligi: SBY - uzoq davom etgan surunkali
buyrak kasalligidan kelib chiqadi. Shuningdek buyrak faoliyatining kansentratsion
- ajratib chiqish funksiyasiing buzilishi natijasida kelib chiqadi. Bemorga nihoyatda
qattiq parhez belgilanib ovqatlanish ratsionida oqsillarning sutkalik 30-40 gramm
gacha cheklanadi, og`ir hollarda 20-25 gramgacha tuz esa 2-3 gramm.
Kasallik ko`ngil aynishi qusish, qorinda og`riq ham anoreksiya kabi holatlar
bilan kechadi. Bunday holatlarda vrachlar tomnidan bemor holatiga qarab
oshqozonni yuvish, 2% li Natriy karbonat bilan klizma qilinish buyuriladi.
Davolashning radikal usuli buyrak ko`chirib o`tkazishdir.
BUYRAK HAMDA SIYDIK CHIQARISH YO’LLARI
KASALLIKLARIDA BEMORLARNI PARVARISH QILISH
Bu kasalliklarda eng avvalo bemorning suyuqlik qabul qilishi hamda siydik
chiqarish normasini kontroll qilish lozim. Hamshiralar bemorning sutkalik
siydigini millimetrigacha aniq hisoblab yozib borishi kerak.
Bemoqrning sutkalik suyuqlik ichishini hisoblaganda faqat ichgan suyuq
ovqati choy sharbatgina emas balki qabul qilayotgan suyuq dorilari kapilnitsalar
ham hisobga olinadi. Sutkalik doza kasalning 1 sutkada ichgan suyuqligi hamda
yig`ilgan siydik miqdori bilan taqqoslanadi.
Agar ichilgan suyuqlikdan siydik kam chiqsa salbiy baravar yoki siydik
ko`proq chiqsa ijobiy hisoblanadi.
Siydikdagi moddalarni miqdorini aniqlash
1 ml sikdikdagi moddalar miqdorini Nechiporenko usulida aniqlash.
3 soatlik siydik yig`ilib, katakchalari moddalar Ambyurje usulida tahlil
etiladi
1 sutkalik yig`ilgan siydik asosida katakchali moddalar hisoblanadi.
Kakoviskiy Adissa usulida.
Buyraklarning siydik yo`llarining yuqumli bakteriyalar tekshiruvdan
o`tkaziladi.
Siydik chiqarish yo`llari bilan kasallangan bemor palatasi yaxshi isitilgan
bo`lishi shart. Chunki sovuq xonada, ayniqsa oyoqlar sovqoyganda siydik chiqarish
ko`payadi. Bunday kasallar tagiga kilyonka solish zarur. Siydikni tutib turolmagan
bemorlarni taxorat qildirib bolalar kremini surish kerak.
Siydik tahlili
Siydikni tahli etish faqat buyrak va siydik yo`llari kasalligida emas balki
barcha kasalliklarda muhim o`rin tutadi. Siydik tahlili usullari. Umumiy tahlil:
siydikning rangi, tiniqligi, hidi, suyuq quyuqligi aniqlanadi. Siydik quyqasini
mikroskopda ko`riladi va bunda eritrositlar, leykositlar, trambositlar va tuzlar
aniqlanadi. Kimyoviy tahlil asosida oqsil, glukoza, bilirubin hamda minerallar
aniqlanadi.
Kasallarni tekshiruvga tayyorlash
Hamshira bemorga siydik tahlilini tushuntirishi kerak. Siydik topshirishdan
avval bemor sovunlab tahorat olishi kerak. Siydikni tahlilga topshirishda bemor
ertalabki siydikning oldini unitazga tushurib keyingisini idishga 150-200 ml olishi
kerak. Analiz idishi sovunlab yuvilishi va yaxshilab quritilgan bo`lishi shart.
Analizlar 1 soatdan ortiq turmasligi va laboratoriyaga yuborilishi shart. Umumiy
siydik tahlili uchun 150-200 ml; Nechiporenko usulidagi tahlil uchun 5-10 ml;
Ambyurje usulidagi tahlil uchun 0.5 l; Kakovskiy Addis usulida tahlil uchun bemor
kechki 10 da unitazga siyib kechasi siydik ajratmasligi kerak, so`ng ertalab soat
8:00da 0.5-1 l siydik topshirishi kerak. Zimneyskiy usuli uchun ertalab 6 da
unitazga siyib so’ng har 3 soatlik siydikni alohida alohida qilib yig`iladi,har bir
idish normasi va vaqti ifodalanadi.
Siydikning bakterialogik tahlili
Bemor ertalab kaliy permanganat bilan tahorat qilib 10-15 ml siydikni olib
topshiradi.
Sutkalik siydik.
Ertalab soat 8:00 da unitazga siyib qolgan siydikni sutka davomida 3 litrli
bankaga yig`iladi. Agar glukoza yoki oqsilga tekshirilayotgan bo`lsa shu 3 litrli
siydikdan
100-150 mlni olib hamshira laboratoriyaga yuboradi.
Buyrak siydik yo`llari rentgen tahlili
Retrograf urografiya siydik katetori orqali yuborilib tekshiriladi. Bunga
bemorni tayyorlash shart emas. Bu tekshiruv usulida anomaliyalar, har hil yaralar,
o`smalar aniqlanadi. Rentgen orqali tekshirish uchun bemor 2 3 kun oldin parhez
qilishi lozim. Kaloriyali hamda qorinni dam qiluvchi taomlar iste’mol qilmasligi
kerak. Non, kartoshka, dukkakli ovqatlar, sut, sabzavot va mevalar iste’mol
qilmasligi shart. Tekshiruvdan 12-18 soat oldin suyuqlik ichish man etiladi. 2 soat
oldin tozalovchi klizma och qoringa qilinadi.
Siydik rangining o’zgarishi
Tinikligi: normal siydik tinik bo’ladi; turib qolganda unda hech kanday
diagnostik ahamiyatga ega bo’lmagan xiralanish paydo bo’ladi. Tiniq, xiraroq,
xira, sutsimon siydik ajratiladi.
Siydik hidi muhim ahamiyatga ega emas, qandli diabetda paydo bo’ladigan
kimyoviy moddalarning ko’p miqdorda ekanligini ko’rsatuvchi meva hidi bundan
mustasno. Bir kecha-kunduzda ajratiladigan siydik miqdori (bir sutkali diurez)ni
aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Siydik ajratish tizimi kasalliklarining asosiy belgilari
Siydik rangi
Mumkin
bo’lgan
sabablar
Nima qilish zarur
Pushti, qizil yoki
xira siydik
Oziq-ovqat
bo’yagichlari,
siydik
ajratish
sistemasida
yallig’lanish tufayli qon,
infeksiyalar, shishlar
Bo’yoqlardan voz
keching va shifokorga
murojaat qiling
To’qsariqyoki
qizg’ish -sariq
Surgitarkibigakiruvc
hibo’yovchimoddalar
(rovoch,
sano),
suyuklikko’pyo’qotish,
ichketish,
kuchliterlash,
qusishnatijasidasiydikquyu
qroqbo’lishimumkin
Odatdagi
ichish
tartibi. Surgi moddalari
organizmdan 24 soatdan
keyin chiqariladi
To’q
jigarrang,
tiniq siydik
Najasrangsizlangan,
ko’zoqlarisarg’ayganbo’lsa
,
busariqkasalligining
(yuqumligepatit) belgisidir
Zudlik bilan analiz
topshirib,
shifokorga
murojaat qiling
Yashil yoki moviy
Oziq-ovqat bo’yoq
moddalari
Ovqat bo’yoqlari
zararsiz
Buyrak shishlari kuchli rivojlanib, ba’zan yuzdan boshlanadi, so’ngra
badan va oyoq-qo’llarni qoplaydi, ba’zida bo’shliqlarning istisnosi yuzaga keladi.
Shish atrofidagi teri och rangda bo’ladi. Shishlar boshqa siydik belgilari bilan birga
kuzatiladi.
Arterial bosimning ko’tarilishi. Buyrak kasalliklari arterial bosimning
ko’tarilishi kuchli bosh og’riqlar bilan kechadi.
Siydik tarkibining o’zgarishi.Siydikda oqsil, qon aralashmalari (quyqa,
chuvalchangsimon ko’rinishda bo’ladi, ba’zida siydik go’sht yuvindisi rangida)
paydo bo’lishi bilan bog’liq. Siydik yo’llarining yallig’lanish kasalliklari siydikda
yiring (leykositlar) paydo bo’lishi bilan kechadi.
Siydik ajratish ritmining o’zgarishi. kechki vaqtlarda siydik ajralishining
ko’payishi buyrak funksiyasi buzilganidan dalolat beradi. Buyrakda almashinuv
mahsulotlari ajralishi buzilganda organizmning azot almashinuvi mahsulotlaridan
zaharlanish vujudga keladi va buyrak yetishmovchiligi shu tarzda namoyon
bo’ladi. Me’da-ichak yo’li orqali azotli chiqindilarning ajratilishi me’da va
ichakning shilliq qavati zararlanishiga olib keladi, qusish, ich ketish yuzaga keladi.
Muolaja. Siydikni tekshirish uchun yig’ish
Ko’p hollarda tekshirish uchun siydik ertalab, uyqudan so’ng darhol olinadi.
Tahlil uchun siydikni yig’ishdan avval bemor siydik chiqarish yo’llarini iliq suv
bilan yuvishi lozim. Siydik yig’adigan idishni yaxshilab yuvish, idishda sovun
qoldiqlari bo’lmasligi lozim, chunki ular analizni buzishi mumkin. Siydik
yig’ilganidan 1 soat so’ng laboratoriyaga olib borish zarur. Umumiy klinik tahlil
uchun bemor ertalabki siydikdan 100— 200 ml yig’ishi zarur. Siydikning dastlabki
bir necha millilitri tahlil uchun olinmaydi. Siydik olishdan oldin harakat va ichish
rejimi o’zgarmaydi. Maxsus tahlillar uchun siydik yig’ishning maxsus usullari
mavjud.
Bajarilishi:
1. Bemorning ertalabki (soat 6) siydigini to’kib tashlang — u hisobga
olinmaydi.
2. Bir sutka mobaynida bemor ajratgan siydikni yig’ing va hajmini o’lchang,
ma’lumotlarni kuzatuv kundaligiga yozib boring (ertalab soat 6 gacha).
Baholash: bir kecha-kunduzdagi siydik miqdori bemor bir kecha-kunduzda
iste’mol qilgan suyuqlikning 70-80 foizini tashkil qilishi zarur; kunduzgi va
kechqurungi porsiyalar ajratiladi: ko’pincha kunduzi barcha siydikning 2/3 qismi
ajralib chiqadi, yurak yetishmovchiligida tungi diurez ustun turadi.
Muolaja. O’ziga o’zi xizmat ko’rsatish cheklanganda,o’rinda bemorning
tagini yuvish (tashqi jinsiy a’zolarini parvarish qilish)
Ko’rsatmalar: gigienik muolaja.
Tayyorgarlik: bemorga ushbu muolajaning zarurligini tushuntiring, xatto
ruhiy qiyinchiliklarda ham.
Jihozlar: parda, suv uchun idish, tuvak salfetka, qo’lqop.
Bemorning holati: klyonkada chalqancha yotish, oyoqlar orasi ochiq,
tizzalari bukilgan, tagiga tuvak qo’yiladi.
Bajarilishi (erkaklarda):
1. Qo’lqopni kiying.
2. Extiyotlik bilan bemorning jinsiy olatining boshchasini oching.
3. Salfetka yoki qo’lqopni iliq suv bilan ho’llab, siqing va jinsiy olatning
boshchasini arting.
4. Ko’zachadan chot sohasiga suv quyib, salfetka bilan orqa chiqaruv teshigi
yo’nalishi bo’yicha harakatlar qiling.
5. Jinsiy a’zo va moyak xaltachasining terisini artib, yaxshilab quriting.
6. Klyonka, tuvakni olib tashlang, qulqopni yeching, pardani oling.
Bajarilishi (ayollarda):
1. Qo’lqopni kiying.
2. Bemorning yon tomoniga turib, bir qo’lingizda ko’zada suv, ikkinchi
qo’lingizda salfetkali qisqich ushlab, suvni jinsiy a’zolarga quying; salfetka bilan
jinsiy a’zolar yo’nalishi bo’yicha orqa chiqaruv teshigi tomon harakatlantiring,
salfetkani har bir harakatdan so’ng almashtiring.
3. Quruq salfetka bilan shu yo’nalishda quriting.
4. Klyonka, tuvakni olib tashlang, qo’lqopni yeching, pardani olib tashlang.
Buyrak va siydik ajratish faoliyati bilan bog’liq muommolar
Buyrak funksiyasining o’zgarishi qonni filtrlash va organizmni
chiqindilardan tozalash vazifasi buzilishiga olib kelishi mumkin. Chiqindilar
to’planishi shishlar paydo bo’lishi, bir qator muhim a’zolarning buzilishi bilan
bog’liq. Siydik ajratish sistemasi funksiyasi buzilishi ko’p uchraydi va ko’p
hollarda infeksiya tomonidan qo’zg'atiladi, bu qovuq ichida yoki atrofida
yallig’lanishga olib keladi; infeksiya ko’pincha siydik ajratish sistemasi a’zolariga
siydik chiqarish kanali orqali kiradi.
Muolaja. Erkaklarning qovug’ini kateterlash
Ko’rsatmalar: siydikning tutilib qolishi, qovuqni yuvish, qovuqqa dorivor
preparatlarni kiritish.
Tayyorgarlik: muolaja ancha ruhiy kiyinchiliklarni tug’dirishi sababli
bemorga muolajaning mohiyatini tushuntiring.
Jihozlar: qo’lqop, sterillangan yumshoq kateter, qisqich, antiseptik eritma
(0,02 foizli furasilin eritmasi), paxtali tamponlar, lotok — siydikdon, sterillangan
glitserin (vazelin moyi).
Bemorning holati: chalqanchasiga yotib, oyoqlar orasi ochiq, tizzalar
bukilgan.
Bajarilishi:
1. Qo’lqopni kiying.
2. Chap qo’lning V, IV barmoqlari bilan jinsiy olatning boshchasini oching,
I va II barmoqlar bilan siydik chiqarish kanalining tashqi teshigini oching.
3. Antiseptik eritmada ho’llangan paxtali tampon bilan siydik chiqarish
kanali atrofini tozalang.
4. Uchi glitserin bilan artilgan kateterni yon teshikdan 5—6 sm masofada
qisqich bilan mahkam ushlab olib, kateterning ikkinchi uchini shu qo’lning IV va
V barmoqlari bilan ushlang.
5. Kateterni siydik chiqarish kanaliga extiyotlik bilan kiriting. Kateter
kiritilgan vaqtda to’siq va noxush his paydo bo’lsa, bemorga tinchlanishni va bo’sh
yotishni maslahat bering.
6. Siydik paydo bo’lgandan so’ng kateterning tashqi uchini lotokka tushiring.
7. Siydik chiqarilgandan (yoki siydik chiqarish kanalida boshqa muolaja
o’tkazilgandan) so’ng kateterni kanaldan chiqarib oling.
8. Lotokni olib tashlang, qo’lqopni yeching, qo’lingizni yuving, bemorni
yotqizib, ustini yopib qo’ying.
9. Kateterni sterillang.
Muolaja. Ayollarning qovug‘ini kateterlash
Ko’rsatmalar: siydik tutilib qolishi, qovuqni yuvish, qovuqqa dorivor
preparatlar kiritish.
Tayyorgarlik: muolaja ancha ruhiy qiyinchiliklar tug’dirishi sababli bemorga
muolajaning mohiyatini tushuntiring.