Byudjetning moliyaviy huquqiy asoslari
Reja:
1. Byudjet tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati.
2. Byudjet tuzilishi.
3. Byudjetning tasnifi: mazmuni va tuzilishi.
4. Byudjet sahosida vakillik va ijro hokimiyati davlat organlarining vakolatlari.
1. Byudjet tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati.
Davlat o‘z vazifalarini bajarish jarayonida bir qator xarajatlar qilishi
zarur. Bu xarajatlar, eng awalo, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun
turli tarmoqlarga investitsiya qilish uchun mo‘ljallangan, aholining turmush
darajasini ko‘tarishga mo`ljallangan ijtimoiy vazifalarni bajarishga ajratilgan,
davlatni boshqarish, mudofaani ta’minlash kabi aniq maqsadlarga qaratilgan,
rejalashtirilgan xarajatlardan iborat bo`ladi. Bu umumdavlat xarajatlari
byudjet orqali moliyalashtiriladij Davlat byudjetining iqtisodiy tushunchasi,
umumjamiyat miqyosida markazlashgan va davlat ishtirokida to‘plangan va
sarflanadigan moliyaviy resurslarni anglatadi.
Umuman. byudjet inglizcha so‘z bo‘lib, davlat. korxona. muassasa va ayrim
shaxslaning ma’lum muddatda oldindan belgilab qo‘yiladigan kirim-chiqim.
ya’ni daromad va xarajatlari majmuini ifodalaydi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida byudjet davlat byudjetiga va mahalliy
byudjetlarga bo‘linishi nazarda tutilgan.
2013-yil 26-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasining 360- HP sonli qonuni
bilan «O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi» qabul qilindi. Mazkur Kodeks
byudjet munosabatlarini tashkil etish va tartibga solishni huquqiy manbasi
hisoblanadi. Ushbu Kodeks 2014-yil 1-yanvardan kuchga kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 1-moddasiga asosan
O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish,
ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag‘ jalb
qilish va byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi
munosabatlarni tartibga soladi.
Kodeksning 2-moddasiga muvofiq byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu
Kodeks va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining boshqa qonun hujjatlarida
ko‘rsatilgan normalari ushbu Kodeksga muvofiq bo‘lishi kerak.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston
Respublikasining byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan
boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksining 3- moddasiga asosan
mazkur Kodeksda quyidagi asosiy tushunchalar qo’laniladi:
Byudjetdan ajratiladigan mablag`lar - O‘zbekiston Respublikasining Davlat
byudjetidan va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlaridan byudjet tashkilotlari
hamda byudjet mablag'lari oluvchilar uchun nazarda tutiladigan pul mablag‘lari;
Byudjet
mablag‘larini
taqsimlovchi
-
o‘z
tasarrufida
O‘zbekiston
Respublikasining respublika byudjetidan mablag1 oladigan tashkilotlarga ega
bo‘lgan yuridik shaxs, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining respublika
byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkiloti yoki byudjet mablag’lari
oluvchi;
Byudjet sohasidagi vakolatlar - byudjet jarayoni ishtirokchilarining byudjet
munosabatlari sohasidagi vakolatlari;
Byudjet ssudasi - qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan quyi
turuvchi byudjetga, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalariga, rezident-yuridik
shaxsga ajratiladigan pul mablag‘lari;
Byudjet so‘rovi - kelgusi davr uchun byudjetdan ajratiladigan mablag‘lami
olishga bo‘lgan ehtiyojni asoslashni nazarda tutuvchi hujjat;
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari - qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan manbalar hisobidan byudjet tashkiloti tasarrufiga kelib
tushadigan mablag‘lar;
Byudjet tizimi byudjetlari - O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti,
davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan
tashqari jamg‘armalari;
Byudjetlararo transfertlar - O‘zbekiston Respublikasining respublika
byudjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent
shahar mahalliy byudjetlariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga hamda buning
aksicha o‘tkaziladigan, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika
byudjetidan, viloyatlaming viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar
byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga hamda buning aksicha
o‘tkaziladigan mablag‘lar;
Davlat byudjeti profitsiti - muayyan davrda O‘zbekiston Respublikasining
Davlat byudjeti daromadlarining uning xarajatlaridan oshib ketishi;
Davlat byudjeti taqchilligi - muayyan davrda O‘zbekiston Respublikasining
Davlat byudjeti xarajatlarining uning daromadlaridan oshib ketishi;
Davlat moliyaviy nazorati - byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi
ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida moliyaviy nazorat obyektlarining
buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarini o‘rganish
hamda taqqoslash;
Davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish - aktivlami jalb etish, bu bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi -
rezidentlaming kreditlarini (qarzlarini) to‘lashga kafil sifatidagi majburiyatlari
yuzaga kelishi;
Davlat xaridlari - byudjet tizimi byudjetlarining mablag‘lari hisobidan
amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlari;
Davlat qarzi – O’zbekiston Respublikasining ichki va tashqi mablagMami
jalb qilish natijasida vujudga kelgan majburiyatlari;
Daromadlar va xarajatlar smetasi - byudjet tashkilotlari byudjetdan
tashqari jamg‘armalarining tegishli yil choragi yoki moliya yili uchun kutilayotgan
tushumlari va xarajatlari aks ettiriladigan hujjat;
Dotatsiya - byudjet tizimi byudjetlariga ulaming o‘z daromadlari etishmagan
taqdirda daromadlar bilan xarajatlar o‘rtasidagi farqni qoplash uchun qaytarmaslik
sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari;
Jamlanma xarajatlar smetasi - byudjet mablag1 larini taqsimlovchi tomonidan
o‘z tasarrufidagi byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilaming
xarajatlar smetalari asosida tuziladigan xarajatlar smetasi;
Moliya yili - birinchi yanvardan o‘ttiz birinchi dekabr kuni oxirigacha bo‘lgan
vaqmi o‘z ichiga oluvchi davr;
Moliyaviy majburiyatlar - byudjet tashkilotlarida va byudjet mablag‘lari
oluvchilarda ularga pul mablag‘larini o‘tkazish majburiyatini yuklovchi hujjatlar,
shu jumladan ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar;
Moliyaviy nazorat obyektlari - O‘zbekiston Respublikasining respublika
byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlari, byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar, byudjet tashkilotlari
va byudjet mablag’lari oluvchilar, davlat maqsadli jamg‘armalari va byudjet
tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari;
Subvensiya - muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori turuvchi
byudjetdan quyi turuvchi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul
mablag’lari;
Subsidiya - tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va
ulami realizatsiya qilishni moliyalashtirish yoki birgalikda moliyalashtirish yoxud
maqsadli xarajatlaming o‘mini qisman qoplash uchun byudjet tizimi byudjetlari
hisobidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan pul mablag‘lari;
Tartibga soluvchi daromadlar - byudjet tizimi byudjetlari o‘rtasida
ajratmalar normativlari belgilanadigan umiundavlat soliqlari va boshqa majburiy
to‘lovlar, shuningdek soliq bo‘lmagan to‘lovlar. Soliq bo‘lmagan to‘lovlarga
byudjet tizimi byudjetlariga kelib tushadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar
bo‘lmagan to‘lovlar kiradi;
Xarajatlar moddasi byudjet tizimi byudjetlari xarajatlarini iqtisodiy yo‘nalishi
va to‘lovlaming aniq turlari bo'yicha belgilovchi byudjet tasnifining bir qismi;
Xarajatlar smetasi - byudjet tashkiloti yoki byudjet mablag‘lari oluvchi
tomonidan moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan, uning uchun nazarda
tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag'lar xarajatlar moddalari bo‘yicha aks
ettiriladigan hujjat;
Shtat jadvali - doimiy xodimlar lavozimlari va bo‘sh o‘rinlar nomlarining
soni va lavozim maoshlarining miqdorlari ko‘rsatilgan ro‘yxatni o‘z ichiga
oladigan, byudjet tashkiloti tomonidan tuziladigan hujjat;
Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari - O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining axborot tizimida ochiladigan, byudjet tizimi byudjetlari ijrosi bilan
bog‘liq operatsiyalami aks ettirish uchun mo‘ljallangan tahliliy hisob registrlari;
Yuridik majburiyatlar - tuzilgan shartnomalar, shuningdek tegishli davlat
hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlari asosida byudjet tashkilotlarida va
byudjetdan mablag1 oluvchilarda yuzaga keladigan majburiyatlar;
O‘tkazib beriladigan daromadlar - tegishli ma’muriy - hududiy birlikda
shakllanadigan va yuqori turuvchi byudjetga o‘tkaziladigan, ular qaerda
shakllangan bo‘lsa, keyinchalik o‘sha ma’muriy-hududiy birlik byudjetiga
o‘tkazib beriladigan daromadlar;
2. Byudjet tuzilishi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti (Davlat byudjeti) -
davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun
mo‘ljallangan markazlashdrilgan pul jamg‘armasi;
G‘aznachilik bo‘linmalari - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
G‘aznachiligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri
bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmalari, tumanlar va shaharlar bo'yicha G‘aznachilik
bo‘linmalari;
G‘aznachilik memorial orderi - mablag‘lami bir shaxsiy g'azna
hisobvarag‘idan boshqa shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazish uchun
foydalaniladigan to‘lov hujjati;
Hududiy moliya organlari - Qoraqalpog‘iston Respublikasining Moliya
vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari,
tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari.
Kodeksning 4-moddasiga muvofiq davlat fiinksiyalarini amalga oshirish uchun
belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko‘ra tashkil etilgan,
Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan saqlab turiladigan notijorat tashkilot byudjet
tashkilotidir.
Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish shartlari va ulaming byudjet hisobini
yuritish tartibi byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Kodeksning 5 - moddasiga asosan davlat byudjetidan va davlat maqsadli
jamg‘armalari byudjetlaridan mablag‘lar oladigan yuridik yoki jismoniy shaxs
byudjet mablag‘lari oluvchidir.
Byudjet mablag‘lari oluvchi byudjet tashkiloti maqomiga ega bo‘la olmaydi.
Byudjet mablag‘lari oluvchini Davlat byudjeti va davlat maqsadli
jamg‘armalari byudjetlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish shartlari byudjet
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Kodeksning 6-moddasiga muvofiq byudjet tizimi tushunchasi
- byudjet tizimi barcha darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg‘armalari
byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari, byudjet
tizimi byudjetlarini tuzish va tashkil etish prinsiplari, ular o‘rtasida byudjet
jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar yig‘indisini o‘zida
ifodalaydi. Moliya yili uchun byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish,
ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish O‘zbekiston Respublikasining
milliy valyutasi - so‘mda amalga oshiriladi.
3. Byudjetning tasnifi: mazmuni va tuzilishi.
Har bir mamlakatda o‘zlarining milliy qonunchiligiga asosan turli darajadagi
byudjetlar mavjud bo‘lib, unda byudjet mablag‘i oluvchilar yig‘indisini,
byudjetlerni tashkil etish va tuzish prinsiplari ifodalangan bo‘ladi. Byudjet
jarayonida ishtirok etuvchilar, ya’ni byudjetlar va byudjet mablag'lari oluvchilari
o‘rtasida vujudga keladigan byudjetga oid huquqiy munosabatlar majmuiga
byudjet tizimi deyiladi. Soddaroq qilib tushuntirilganda byudjet tizimi deyilganda
mamlakatdagi mavjud byudjetlar (to‘plami) majmui tushuniladi.
Byudjet tizimi mamlakat byudjet tuzilishining tarkibiy qismi hisoblanadi va
uning ma’lum bir qismini o‘zida ifoda etadi. Shu asosda byudjet tizimi turli
darajadagi byudjetlerning o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan byudjet
bo‘g‘inlarining yig‘indisidan iboratdir. Shunga muvofiq mamlakatning byudjet
tizimi jamiyatning siyosiy tuzilishiga, davlatning iqtisodiy tizimiga va uning
ma’muriy- hududiy bo‘linishiga bevosita bog‘liq holda rivojlanib boradi.
Har qanday davlatning byudjet tizimi ikki yoki uch bo‘g‘inli bo‘lishi mumkin.
Unitar davlatlar deb yuritiladigan mamlakatlarda byudjet tizimi ikki bo‘g‘indan
(markaziy va mahalliy byudjetlar) iborat bo‘ladi. Federativ davlatlar deb
yuritiladigan mamlakatlarda esa uch bo‘g‘indan (markaziy byudjet, federatsiya
a’zolari byudjetlari va mahalliy byudjetlardan) iborat bo‘lishi mumkin.
Har bir mamlakat byudjet tizimi ma’lum bir prinsiplarga asoslanadi. Bunday
prinsiplarga quyidagilami kiritish mumkin:
- byudjet tizimining yagonaligi;
- byudjet tizimining darajalari o‘rtasida daromadlar va xarajatlaming
chegaralanganligi;
- byudjetlerning mustaqilligi;
- davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari byudjetlari, byudjetlar,
daromadlar va xarajatlaming to‘liqaks etishi;
- byudjetlerning balansligi;
- byudjet mablag‘lari dan foydalanishning samaradorligi va tejamkorligi;
- byudjet xarajatlarining qoplashning umumiyligi;
- oshkoralik;
- byudjetning haqqoniyligi;
- byudjet mablag‘larining manzililigi va maqsadli xarakterligi.
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksnig 7-moddasiga asosan byudjet
tizimi quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
byudjet tizimining yagonaligi;
byudjet tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy- hududiy tuzilishiga
muvofiqligi;
byudjet tizimi byudjetlarining balansliligi va o‘zaro bog‘liqligi;
byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini
rejalashtirish;
byudjet
tizimi
byudjetlari
mablag‘laridan
foydalanishning
aniq
yo‘naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati;
byudjet tizimi byudjetlarining mustaqilligi; byudjet tizimi byudjetlari
mablag‘laridan foydalanishning natijadorligi;
kassaning yagonaligi;
byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi; ochiqlik.
Kodeksning 8-moddasiga binoan byudjet tizimining yagonaligi byudjet
hujjatlari va byudjet hisobotlarining shakllari, byudjet tasnifi yagona bo‘lishi
hamda byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish
hamda ijro etish, byudjet hisobini yuritish va byudjet hisobotini tuzishning yagona
tartibini nazarda tutishi lozim.
Kodeksning 9-moddasiga asosan byudjet tizimi O‘zbekiston Respublikasining
ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq bo‘lishi lozim.
Kodeksning 10-moddasiga asosan byudjet tizimi byudjetlerning balansliligi va
o‘zaro bog‘lig‘ligi prinsipi - byudjet tizimi byudjetlarida nazarda tutilgan
xarajatlar hajmi ulaming daromadlari va taqchillikni qoplash manbalari
yig‘indisining hajmiga muvofiq bo‘lishi kerak.
Byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda byudjetlerning mablag‘lari
mazkur byudjetlerning balansliligini ta’minlash uchvm ular o‘rtasida qayta
taqsimlanishi mumkin.
Kodeksning 11-moddasiga asosan byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini
prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish prinsipi byudjet tizimi byudjetlarini
tuzishda byudjet tasnifiga muvofiq, daromadlar ulaming aniq manbalari bo‘yicha
prognoz qilinadi, xarajatlar esa yo‘nalishlar bo‘yicha rejalashtiriladi.
Byudjet tizimi byudjetlarining mablagiari muayyan byudjet tashkilotlari va
Kodeksning 12-moddasiga asosan byudjet tizimi
byudjetlari mablag‘laridan foydalanishning aniq yo‘naltirilganligi va maqsadlilik
xususiyati prinsipi - byudjet mablag‘lari oluvchilarga ushbu mablag‘lardan
belgilangan maqsadlami moliyalashtirishda foydalanish uchun ajratiladi.
Kodeksning 13 -moddasiga muvofiq byudjet tizimi byudjetlari mustaqildir.
Kodeksning
14-moddasiga
asosan
byudjet
tizimi
byudjetlari
mablag‘laridan foydalanishning natijadorligi prinsipi - byudjet jarayoni
ishtirokchilari byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda o‘zlariga berilgan
vakolatlar doirasida byudjet tizimi byudjetlarining belgilangan hajmdagi mablag1
lari dan foydalangan holda natijaga erishish zaruriyatidan kelib chiqadi.
Kodeksning 18-moddasiga muvofiq byudjet tasnifi tushunchasi - byudjet
tasnifi byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlari, shuningdek davlat
byudjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruhlashdan iborat bo‘lib, byudjet
tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish va ijro etishni tizimlashtirish uchun
foydalaniladi.
Byudjet tizimi byudjetlari mablaglarining manbalari va darajalari tasnifi kelib
tushayotgan daromadlaming tegishli mablag‘lar manbalariga va ushbu byudjetlar
darajalariga mansubligini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
Daromadlaming turi bo‘lim, paragraf va daromad tipidan iboratdir.
Daromadlar bo'limi daromadlami ulami olish manbalari bo‘yicha kodlashdan
iborat bo'ladi.
Daromadlar paragrafi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlami, shuningdek soliq
bo‘lmagan to‘lovlami ulami undirish bazasi bo‘yicha kodlashdan iborat bo‘ladi.
Daromad tipi byudjet tizimi byudjetlari daromadining aniq turidan iborat
bo‘ladi.
Tashkiliy tasnif kelib tushayotgan daromadlaming ana shu daromadlami
ma’muriy jihatdan idora qiluvchi tegishli organga mansubligini identifikatsiyalash
maqsadida qo‘llaniladi.
Hududiy tasnif kelib tushayotgan daromadlaming ushbu daromadlar
shakllantirilayotgan yoxud o‘tkazib berilayotgan tegishli
ma’muriy-hududiy
birlikka
manr.ubligmi
identifikatsiyalash
maqsadida
qo‘llaniladi.
Byudjet tasnifi xalqaro tastiif tizimlariga muvofiq ishlab chiqiladi va
0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Kodeksning 22-moddasiga asosan byudjet tizimi byudjetlari xarajatlarining
tasuifining tuziimasi quyidagilardan iborat:
byudjet tizimi byudjetlari mablagiarining manbalari va darajalari tasnifi;
vazifa jihatidan tasnif; tashkiliy tasnif; iqtisodiy
tasnif; hududiy tasnif.
Byudjet tizimi byudjetlari mablag*larining manbalari va darajalari tasnifi
amalga oshirilayotgan xarajatlaming tegishli mablag1 lar manbalari va byudjetlar
darajalariga mansubligini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
Xarajatlaming vazifa jihatidan tasnifi davlat fimksiyalarini bajarish uchun
mablag4lar yo‘nalishini aks ettiruvchi xarajatlami guruhlashdir.
Xarajatlaming tashkiliy tasnifi byudjet tizimi byudjetlarining mablag‘larini
taqsimlovchilar bo‘yicha kodlashdan iborat bo‘ladi.
Xarajatlaming iqtisodiy tasnifi xarajatlami iqtisodiy yo‘nalishiga ko‘ra
kodlashdan iborat bo‘ladi.
Hududiy
tasnif
byudjet
tashkilotlarining
va
byudjet
mablag‘lari
oluvchilaming
tegishli
ma’muriy-hududiy
birlikka
mansubligini
aniqlash
maqsadida qo‘llaniladi.
Kodeksning 23-moddasiga asosan byudjet tizimi byudjetlarining iqtisodiy
belgilar bo‘yicha xarajatlari quyidagi xarajatlar guruhlarini o‘z ichiga oladi:
birinchi guruh - ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya
to‘lovlari va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam;
ikkinchi guruh - ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar; uchinchi guruh - kapital
qo'yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq yo‘naltirilgan
ro‘yxatlarga muvofiq);
to‘rtinchi guruh - boshqa xarajatlar.
Xarajatlar guruhlari bo‘yicha aniq moddalar byudjet tasnifiga muvofiq
belgilanadi.
Byudjetning qavsi daraiada ekanligidan qat’iv nazar unga uch jihatdan
vondashish mumkin: iqtisodiy kategoriyasi sifatida; moddiv ma’noda; huquqiy
kategoriva sifatida.
Iqtisodiy kategoriya sifatida byudjet - turli byudjet fondlarini shakllantirish,
taqsimlash, foydalanish paytida yuzaga keluvchi va ro‘yobga chiquvchi iqtisodiy
munosabatlardir.
Moddiy ma’noda byudjet - tegishli darajadagi davlat va mahalliy hokimiyat
idoralari faoliyatini ta’minlovchi, ular oldiga qo‘yilgan siyosiy, iqtisodiy ijtimoiy
vazifalami bajarish imkonini beruvchi markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondidan
iboratdir. Davlat tomonidan rejalashtirilgan tadbirlami byudjet hisobidan
moliyaviy ta’minlash deganda byudjeming aynan ana shu moddiy ma’nosi ko‘zda
tutiladi.
Huquqiy
kategoriya
sifatida
byudjet
tegishli
hudud
doirasida
markazlashtirilgan pul mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash, foydalanishga
qaratilgan va tegishli davlat yoki mahalliy hokimiyat idorasi tomonidan
tasdiqlangan asosiy moliyaviy reja, yuridik me’yorlardan iboratdir.
Belgilangan tartibda kobrib ehiqilgan va tasdiqlangan Byudjet asosiy
davlat yoki mahalliy moliyaviy reiasiga. davlat huiiatiga avlanadi. Byudjet
asosiy moliyaviy reia sifatida quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi: Byudjet
universal moliyaviy reja sifatida tegishli hududning iqtisodiy va ijtimoiy
taraqqiyotining barcha sohalari va yo‘nalishlarini qamrab oladi; byudjet boshqa
turdagi moliyaviy rejalarga nisbatan muvofiqlashtiruvchi vazifasini bajaradi.
Xususan, korxonalaming moliyaviy rejalarida byudjetga to'lanishi lozim
bo'ladigan majburiy to‘lovlar va byudjet hisobidan olinishi mumkin bo‘lgan
mablag‘lar ko‘rsatiladi, davlat byudjeti hisobida turuvchi korxonalar esa o‘zlari
byudjet hisobidan oladigan daromadlarini byudjet xarajatlari hisobidan oladilar.
markazlashtirilean pul таЫавЧап fondini vuiudea keltirish, taqsimlash va
fovdalanishea oid asosiy moliyaviy reia bo‘lib, и teeishli davlat yoki mahalliy idora
tomonidan ishlab chiqiladiean hamda tasdialanadiean yuridik huiiatdan iborat.
Byudjet huquqi va byudjetga oid huquqiy munosabatlar - davlatning
ijtimoiy-iqtisodiy taraaqivotinine ta ’minlashda byudjetdan foydalanish maxsus
mezonlar vis ‘indisi maviud bo ‘lishini taaozo etadi. Bunday yuridik mezonlar
moliva huauainine mustaqil bo ‘limini tashkil etadi. Byudjet huquqi moliyaviy
tizimnine tarkibiv bo 'Iasi sifatida Byudjetni vuiudsa keltirish. taqsimlash hamda
foydalanish vuzasidan vuiudsa keluvchi iitimoiv munosabatlami tartibea soladi. Shu
sababli O'zbekiston Respublikasi byudjet huquai desanda O'zbekiston hududida
Byudjetni shakllantirish. taqsimlash va foydalanish vuzasidan molivaviv-huquqiv
mezonlar vis‘indisi nazarda tutiladi.
Byudjet
huquqi
mazmuni
auvidaeilar
tashkil
etadi:
O‘zbekiston
Respublikasining byudjeti tuzilishi va byudjet tizimlari sohasidagi munosabatlari;
O‘zbekiston Respublikasining byudjeti va mahalliy byudjet daromadlar va
xarajatlar tuzilishini, ulaming turli byudjet bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlanishi
sohasidagi munosabatlar; O‘zbekiston Respublikasining byudjeti va mahalliy
byudjetlar vakolatlari doirasini belgilashga oid munosabatlar; byudjet jarayoni
bilan bog‘liq munosabatlar; byudjet ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga
oshirish bilan bog‘liq munosabatlar.
Yaqorida sanab o‘tilsan ijtimoiy munosabatlar Byudjet huquqi mezonlari
bilan tartibsa solinishi natiiasida Byudjetsa oid huquqiv munosabatlarea avlanadi.
Boshqa moliyaviy munosabatlardan farqli ravishda bunday huquqiv munosabatlar
Byudjet faoliyati natiiasida vuiudea keladi
Birinchi guruhga O‘zbekiston Respublikasi idoralari, viloyat, tuman, shahar
hokimiyatlari kiradi.
Ikkinchi guruhga hukumat, viloyat, shahar, tuman ma’muriyati, moliyaviy
idoralar tizimi (Moliya vazirligi, Moliya boshqarmalari, bank tizimilari, soliq
idoralari) kiradi.
Uchinchi guruhga davlat va munitsipial korxonalar, muassasalar va davlat
byudjeti hisobidan mablag4 bilan ta’minlanadigan boshqa tuzilmalar kiradi.
Byudjet huauai mezonlari moddiv-hugupiv yoki protsessual bo4ishi mumkin.
Moddiv-huauaiv mezonlar Byudjet tuzilishi, tizimlari, daromad va xarajatlar tarkibi
va boshqalarni belgilaydi. Protsessual mezonlar esa Byudjet jarayoninu unine qabul
qilinishi va ijro etilishi tartiblarini belgilaydi
O`zbekiston Respublikasi byudjet tuzilishi tushunchasi deganda, Byudjet
tizimlarini tashkil etish va uning tuzilish uoidalari ko‘zda tutiladi. Har qandav
davlatning Byudjet tuzilishi uning davlat va ma’muriy-hududiv tuzilishiga ko‘ra
belgilanadi. Shu tufayli federativ. konfederativ yoki unitar davlatlarda u o‘ziga
xos xususivatga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston
Respublikasining
byudjet
tuzilishi
uning
tarkibida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi borligi, viloyatlarga, respublikaga bo‘ysunuvchi
shaharlarga bo‘linganligi bilan belgilanadi. Ushbu holat hisobga olingani holda
O‘zbekiston Respublikasi byudjeti tizimi quyidagilardan tashkil topadi.
Byudjet jarayonining huquqiy munosabat sifatida o‘rganish, tahlil qilish,
toqqaslash asosida tegishli xulosalar chiqarish davlatning eng muhim vazifalaridan
biri hisoblanadi. Byudjetning daromad qismini mablag4lar bilan ta’minlash hozirgi
zamon davlatlarining oldida turgan dolzarb - muammoli masalalardan hisoblanadi.
Byudjet jarayonining oldiga davlatning ijtimoiy va iqtisodiy faoliyatiga doir
bo'lgan quyidagi muhim vazifalar qo'yiladi:
- Tartibga
solinadigan,
bosqichma-bosqich
qonunchilikka
muvofiq
rivojlanadigan bozor iqtisodiyoti vositasida taraqqiyotga erishish maqsadida
barcha moddiy va moliyaviy rezervlami qidirib topish;
- Alohida soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar, yig'imlar bo‘yicha, shuningdek
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlamshning
kelajakdagi
bashoratlari
va
davlatning
maqsadlari dasturlariga muvofiq byudjet daromadlari va ulaming umumiy hajmini
aniqlash;
- Maqsadga mo'ljallanganligi bo'yicha, shuningdek davlat byudjetida ko‘zda
tutilgan umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan barcha strategik tadbirlami uzliksiz
va muntazam ravishda moliyalashtirish ehtiyojini e’tiborga olgan holda byudjet
xarajatlari va ulaming umumiy hajmini qonun hujjatlariga muvofiq o‘matish;
- Miliiy iqtisodiyotdagi infiyasion tendensiyalar va pul-kredit tizini barqaror
ishlashini ta’minlashga qaratilgan va milliy pul birligining barqarorligini
ta’minlashga yo‘naltirilgan moliyaviy barqarorlashtirishning umumdavlat dastunni
byudjet bilan muvofiqlashtirish;
- Iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo'lgan manbalar hisobidan byudjet
defitsitiga barham berish yoki uning qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlami
ishlab chiqish va uning ijrosini ta’minlash;
- Iqtisodiy mintaqalar, hududiy mintaqalar, xo‘jalik sohalari va byudjetlar
o‘rtasida davlat daromadlarining manbalarini qayta taqsimlash yo‘li bilan turli
darajadagi byudjetlarni balanslashtirish maqsadida byudjet qonunchiligiga
muvofiq tartibga solishni amalga oshirish;
- Mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlaming
samarali yakunlanishiga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlaming balansligi va
proporsional-ligini ta’minlash nazarda tutgan istiqbolh-byudjetli rejalashtirishning
rolini oshirish;
- Qonun hujjatlariga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq
majburiyatlarini bajarilishiga doir moliyaviy faoliyatlari ustidan nazoratni ta’min-
lash;
- Zamonaviy
elektron
hisoblash
texnikalarining
yangi
yutuqlaridan
foydalanilgan holda moliyaviy hisob-kitoblaming avtomatlashtirilgan tizimi orqali
byudjetlarni
tuzish
va
ijrosini
ta’minlashga
byudjet
jarayonlaprini
avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanishni takomillashtirish va boshqalar.
3. Byudjet jarayoni bosqichlari va ishtirokchilarining vazifalari
Byudjet loyihasini tuzish (ishlab chiqish) ko‘rib chiqish (muhokama qilish)
qabul qilish (tasdiqlash) va tasdiqlangan byudjetni ijrosini ta’minlash, uning ijro
etilishini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tasdiqlash, shu bilan birga Davlat
byudjeti
tuzilmasiga
kiruvchi
byudjetlar
o‘rtasidagi
o‘zaro
huquqiy
munosabatlaming qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinishiga vakolatli bo‘lgan
davlat hokimiyati va mahalliy o‘zinni boshqarish organlari hamda byudjet jarayoni
ishtirokchilarining faoliyatiga byudjet jarayoni deyiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksining 3- moddasida byudjet
jarayoniga oid tushunchalar berilgan:
- Byudjet jarayoni - byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‘rib
chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, ulaming ijrosini nazorat qilish,
byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlami tayyorlash va
tasdiqlash, shuningdek ular o‘rtasidagi o'zaro munosabatlar jarayoni;
- Byudjet jarayoni ishtirokchilari - davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari,
davlat moliyaviy nazorat organlari, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari
oluvchilar;
- byudjet
mablaglarini
taqsimlovchi
-
o‘z
tasarrufida
O‘zbekiston
Respublikasining respublika byudjetidan mablag‘ oladigan tashkilotlarga ega
bo‘lgan yuridik shaxs, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining respublika
byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkiloti yoki byudjet mablag‘lari
oluvchi;
Byudjet sohasidagi vakolatlar - byudjet jarayoni ishtirokchilarining byudjet
munosabatlari sohasidagi vakolatlari;
- Davlat byudjeti profitsiti - muayyan davrda O‘zbekiston Respublikasining
Davlat byudjeti daromadlarining uning xarajatlaridan oshib ketishi;
- Davlat byudjeti taqchilligi - muayyan davrda O‘zbekiston Respublikasining
Davlat byudjeti xarajatlarining uning daromadlaridan oshib ketishi;
- Davlat moliyaviy nazorati - byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi
ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida moliyaviy nazorat obyektlarining
buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarini o‘rganish
hamda taqqoslash.
Barcha darajadagi byudjetlarning o'ziga xos xususiyati shundaki. ular
shakllanishining aynan bir bosqichiari doimiy ravishda yangilanib turadi va byudjet
doimiy ijro etilib boriladi.
Byudjetlarni shakllantirishning asosiy qoidalari O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida,
«O‘zbekiston
Respublikasining
davlat
mustaqilligi
to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi,
«Mahalliy davlat hokimiyati idoralari to‘g‘risida»gi Qonunlarda va boshqa
qonuniy hujjatlarda belgilab Respublikasi, mahalliy davlat idoralari o‘z byudjetini
shakllantirish va ijro etishiga oid bo`lgan me’yoriy hujjatlami qabul qiladilar.
Byudjet jarayoni qonunlar bilan tartibga solingan faoliyatdan iborat bo‘lib, bu
faoliyat davlat va mahalliy byudjetlarni tarkib toptirish hamda ijro etilishini
ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi byudjet iarayonining barcha bosqichlari uch yildan
ortig` davrni o‘z ichiga oladi. Tasdiqlangan byudjet esa byudjet yili deb atalib. l-
yanvardan 31-dekabrgacha bo'lgan bir joriy yildan iborat bo‘ladi.
Byudjet jarayoni bulardan tashqari bu sohadagi vakolatlarni taqsimlash
paytida davlat vakillik hamda ijroiya idoralari o‘rtasida hokimiyat vakolatlarining
chegaralanganligi asos qilib olinadi. Shunga ko‘ra byudjetlerni tayyorlash va ijro
etish ijroiya idoralar zimmasiga yuklangan bo‘lib, byudjetllarni muhokama qilish
va tasdiqlash vakillik qonunchilik idoralari vakolatiga kiritiladi.
Byudjet jarayonini barcha boqichlariga xos yana bir xususiyat Byudjet
ko‘rsatkichlarining ixtisoslashtirilganligi, va’ni daromadlarni o'z manbalariga ko'ra,
xarajatlarni esa maqsadli yo'nalishlarga ко‘ra tizimlarga bo`linganligidir.
Byudjet
jarayoni
tamoyillaridan
bo‘lgan
Byudjet
ko‘rsatkichlari
ixtisoslashtirilganligi Byudjet tasnifi. ya’ni daromadlar va xarajatlarni muayyan
o‘xshash belgilariga ko‘ra tizimlarga solinishida ko‘zga tashlanadi Byudjet tasnifi
bu haqidagi maxsus huquqiy hujjatga ko'ra rasmiylashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi byudjet qonunchiligiga ko‘ra iqtisodiy funksional,
idoraviy va aralash byudjet tasniflari qo‘llaniladi.
Byudjet tasnifining amalga oshirilishi muhim tashkiliy va huquqiy
ahamiyatga ega. Chunki uning vositasida byudjetni ijro etish soddalashadi va
osonlashadi, byudjet jarayoni ustidan nazorat qilishda qulaylik tug‘iladi.
Byudjetlarni tayyorlash, ko‘rib chiqish va tasdiqlashning asosiy qoidalari:
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq markaziy va mahalliy davlat
hokimiyati idoralarining barcha bo‘g‘inlari o‘z byudjetlarini tayyorlash va tashkil
etishda mustaqil bo‘lsalarda, byudjet loyihasini tayyorlash, ko‘rib chiqish,
tasdiqlash, qabul qilish va ijro etish masalalarini tartibga soluvchi protsessual
huquqiy qoidalar, barcha byudjet bo‘g‘inlari uchun umumiy bo‘lgan tartiblar
belgilab qo‘yilgan.
Bunday umumiy qoidalar O‘zbekiston Byudjet qonunchiligi bilan
beleilangan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
byudjetlar muayyan hudud ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbolini belgilash
ko‘rsatkichlari hamda dasturlariga muvofiq ravishda amalga oshirilib, byudjet
loyihasi tayyorlanguniga qadar davlat hamda ma’muriy-hududiy birliklar
taraqqiyoti rejalari, tahminlari ishlab chiqilad;
Ular
asosida
hokimiyatning ijroiya
idoralari tegishli
Byudjetning
daromadlari: xarajatlari, jamlama byudjet, quyi hududiy idoralarining minimal
byudjet ko‘rsatkichlari to‘g‘risida hokimiyatning vakillik idoralariga takliflar
hamda axborotlar taqdim etadilar. Bunday axborotlaming taqdim etilishi
muddatlari va tartiblari qonunchilik yo‘li bilan belgilab qo‘yiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli hokimiyatlarning
ijroiya va vakillik idoralariga belgilab qo‘yilgan muddatlarda keyingi yil
byudjetining o‘ziga xos xususiyatlari, byudjet loyihasi hisob-kitoblari. Ijtimoiy va
moliyaviy me’yorlar haqida xabarlar yuboradi.
4. Byudjet sahosida vakillik va ijro hokimiyati davlat organlarining
vakolatlari.
Byudjet jarayonlarini tashkil etish va uning ijrosini ta’minlashga qaratilgan
byudjetga oid huquqiy munosabatlarni amalga oshirishda byudjet prinsiplariga
rioya qilinishi byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanishga zamin
yaratadi.
hisobvarag‘iga
kiritiladi
va
ularning
xarajatlarini
to‘lash
ushbu
hisobvaraqdan amalga oshiriladi. Kassaning yagonolik prinsipi byujet huquqiy
munosabatlarini tartibga solishda amaldagi yagona huquqiy bazaga tayanadi.
Kassaning yagonalik prinsipi yagona byudjet klassifikatsiyasiga asoslanadi,
mamlakatning konsolidatsiyalashtirilgan byudjetini tuzishda zarur bo`lgan statistik
va byudjet ma’lumotlari uchun byudjet hujjatlari shakllari va pul tizimining
yagonaligi orqali o‘zining mazmun-mohiyatini ifodalaydi.
Mustaqillik prinsipi - byudjet jarayonining amalga oshirishda byudjet
jarayon ishtirokchilari uchun mustaqil bo‘lganligi bilan belgilanadi. Bunda byudjet
jarayoni ishtirokchilari daromadlaming tartibga soluvchi huquqiy me’yorlaridan
foydalanish yo‘nalishlarini mustaqil ravishda aniqlash huquqiga ega bo'ladilar.
Balans metodi prinsipi - byudjet daromadlari va xarajatlari o‘rtasida to‘g‘ri
nisbatlar o‘rnatishiga xizmat qiladi. Balans metodiga rioya qilinishi byudjetning
barqarorligini ta’minlashga olib keladi va bunda xo‘jalik sohalari o‘rtasida
mablag‘lami taqsimlashda zaruriy proporsiyalarni ta’minlashi lozim bo‘ladi. Bu
metodning muhim byudjet xarajatlarining daromadlarga muvofiqligini ta’minlash
orqali moliyaviy rezervlarni yaratishni talab etadi. Bu prinsip davlat moliyaviy
siyosatining bosh maqsadi hisoblanadi va byudjet taqchiligini oldini olishga
xizmat qiladi.
Kodeksning 16-moddasiga binoan byudjet jarayoni ishtirokchilarining
javobgarligi prinsipi byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi prinsipi
byudjet jarayonining har bir ishtirokchisi byudjet jarayonining har bir bosqichida
o`z harakatlari uchun javobgar bo‘lishidan iboratdir. Byudjet jarayoni
ishtirokchilarilarining javobgarligi qonun hujjatlarida belgilangan bo‘ladi. Byudjet
jarayoni har bir ishtirokchilari byudjet jarayonining har bir bosqichida ularning
zimmalariga qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarni belgilangan tartibda
amalga oshirmagan taqdirda byudjet ishtirokchilarining javobgarligi yuzaga
keladi.
Kodeksning 17-moddasiga muvofiq ochiqlik prinsipi: - davlat byudjetini
va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini
ko‘rib chiqish hamda qabul qilish tartib-taomillarining jamiyat va ommaviy
axborot vositalari uchun ochiqligini; tasdiqlangan Davlat byudjeti va davlat
maqsadli jamg‘armalari byudjetlari to‘g‘risidagi axborotning ommaviy axborot
vositalarida va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida
e’lon qilinishini (chop etilishini);
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari ijrosining
borishi to‘g‘risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida chop etilishini,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida
joylashtirilishi va yangilab borilishini anglatadi.
Umumiy qoidaga muvofiq byudjet jarayoni ishtirokchilari quyidagilar
hisoblanadi:
- Mamlakat Prezidenti va qonunchilik (vakilik) hokimiyat organlari;
- Ijroiya hokimiyat organlari (mamlakat subyektlarining yuqori mansabdor
shaxslari, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rahbarlari, moliya organlari,
byudjet daromadlarini undirish bilan shug‘ullanadigan organlar va boshqa
vakolatli organlar);
- Pul-kredit tizimini tartibga solish organlari;
- Davlat va mahalliy nazorat organlari;
- Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalari;
- Byudjet mablag‘larini Bosh taqsimlovchilar, taqsimlovchilar va boshqalar.
“O‘zbekiston Respublikasining Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunining
3-moddasida parlament nazorati subyektlari quyidagilardan iborat ekanligi
belgilab qo‘yilgan:
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati;
- Qonunchilik palatasining, Senatning qo'mitalari, komissiyalari;
- Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fiaksiyalari, deputatlar guruhlari;
- Senat a’zolari;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili
(ombudsman).
Ushbu Qonunning 4-moddasiga asosan quyidagilar: davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalarining (bundan buyon matnda Oliy Majlis palatalari deb yuritiladi)
va ular organlarining qarorlarini, davlat dasturlarini ijro etish, shuningdek o‘z
zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalami amalga oshirish bo‘yicha
faoliyati parlament nazorati obyektidir.
Mazkur moddaning ikkinchi qismi bilan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga
oshiruvchi organlaming, surishtiruv va tergov organlarining, sudlarning ish
yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarni, shuningdek ijro ishi yuritish hamda
notarial ish yuritishning muayyan materiallarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq
faoliyat parlament nazoratining obyekti bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan.
Parlament nazorati shakllari “O‘zbekiston Respublikasining Parlament
nazorati to‘g‘risida”gi qonunining 5-moddasiga asosan quyidagilardan iborat:
- navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini, davlat
maqsadli jamg‘armalarining byudjetlarini hamda soliq va byudjet siyosatining
asosiy yo‘nalishlarini qabul qilish, shuningdek Davlat byudjeti ijrosining borishini
ko‘rib chiqish;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma’ruzasini ko‘rib
chiqish;
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy - iqtisodiy
rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitish;
- Qonunchilik palatasi, Senat majlislarida hukumat a’zolarining o‘z
faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish;
- O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitish;
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish;
- O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining
hisobotini eshitish;
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini
eshitish;
- parlament so‘rovi;
- Qonunchilik palatasi deputatining, Senat a’zosining so‘rovi;
- Qonunchilik palatasi, Senat qo‘mitalari tomonidan davlat hokimiyati va