C vitaminning sifat reaksiyalari
Vitamin C (Askorbat kislota). Odam, maymunlar va dengiz cho’chqalari
organizmida askarbat kislota sintez qilinmaydi, Shu sababli ular C vitaminni tayyor
holda oziq ovqatlar bilan iste’mol qilinadi. Oziq-ovqat tarkibida C vitaminga boy
bo’lgan mahsulotlar etishmasa odam va ba’zi hayvonlarda singa (lavsha) kasalligi
paydo bo’ladi. Milklar qon oqishiga, teri osti qon to’planish hollariga olib keladi.
Vitamin C organizmga qabul qilinmasa, o’lim holatiga olib keladi. Vitamin C
organizmni antioksidantlik qobiliyatini oshiradi.
Askorbat kislota tirik organizmlarda boradigan oksidlanish-qaytarilish
reaksiyalarida vodorodni ko’chiruvchi oraliq modda bo’lib xizmat qiladi.
Vitamin C na’matak, olxo’ri, apelsin, limon, ukrop va boshqa o’simliklarda
ko’p uchraydi. Katta odamning sutkalik ehtiyoji 0,2-1 g. dir.
Metilen ko’ki bilan reksiyasi. Askorbat kislotasi metilen ko’kini rangsiz
birikmagacha qaytaradi (leykoformasiga), o’zi oksidlanib, degidroaskorbat kislotani
hosil qiladi.
Reaktivlar: 1. Metilen ko’kining 0,01% li eritmasi. 2. Natriy karbonatning
5% li eritmasi. 3. Kartoshka yoki karam sharbati.
Ishning borishi. Probirkaga yangi tayyorlangan kartoshka yoki karam
sharbatidan 1-2 ml solib, 1-2 tomchi metilen ko’ki eritmasi hamda 2-3 tomchi natriy
karbonat eritmasidan qo’shib qizdiriladi. Natijada ko’k rang intensivligi kamayadi.
Kaliy ferrisianid K3Fe(CN)6 bilan reaksiyasi. Askorbat kislotasi
oksidlanib, kaliy ferrisianid K3Fe(CN)6 ni to kaliy ferrosianid K4Fe(CN)6 gacha
qaytaradi va uch valentli temir ioni bilan kislotali sharoitda temir-(III)-
geksosianoferroat Fe[Fe(CN)6]3 ni, ya’ni, Berlin zangorisini hosil qiladi.
Reaktivlar: 1. Kartoshka yoki karam sharbati. 2. Kaliy ferrisinidning 5%
li eritmasi. 3. Kaliy ishqorining 5% li eritmasi. 4. Temir (III) xloridning 1% li
eritmasi.
Ishning borishi. Probirkaga 1ml kartoshka yoki karam sharbatidan, 2
tomchi kaliy ishqori va shuncha miqdorda kaliy ferrisianid eritmasidan solib
chayqatiladi. So’ngra 6-8 tomchi 10% li xlorid kislotasi va 1-2 tomchi temir-(III)-
xloridning eritmasidan qo’shiladi, natijada ko’k yoki ko’k-yashil cho’kma Berlin
zangorisini hosil qiladi.
Oziqa mahsulotlarida C vitamining miqdorini aniqlash
C – vitamin hayvon va odam ratsionining eng muhim tarkibiy qismi
hisoblanadi. Quyida o’simlik mahsulotlarida C-vitaminining miqdori ko’rsatilgan
(mg,%).
Ukrop 135 Limon 40
Karam 30 Yangi kartoshka 35
Ko’k piyoz 60 Sabzi 5
Qora smorodina 300 Namatak(mevasida) 3000
Oziqa mahsulotlarida askorbat kislotasining miqdorini aniqlash uchun
suyultirilgan kislotalarda C vitamini ekstraksiya qilinadi(kislotali sharoitga
chidamlidir).
So’ngra
2,6-dixlorfenolindofenolning
eritmasidan
olib
titirlanadi.Ekstrakt tarkibida askorbat kislotasi bo’lsa 2.6- dixlorfenolindofenolni
qaytaradi.
Ekstraktdagi hamma askorbat kislotalar oksidlanib bo’lgandan keyin 2,6-
dixlorfenolindofenol qaytarila olmaydi va eritma qizil rangga bo’yaladi (ya’ni,
natriy neytal sharoitda 2,6- dixlorfenolindofenol ko’k rangga, kislotali sharoitda esa
qizil rangga ega). Titirlash uchun ketgan 2.6-dixlorfenolindofenolning miqdorini va
uning normalligini aniqlab, mahsulotdagi askorbat kislotasining miqdori
hisoblanadi.
Kerakli asboblar: mikrobyuretka, 25 va 100 mlli kolbalar, 1 va 10 ml li
pipetkalar, xovoncha, tarozi, voronka; filtr qog’ozi.
Kartoshka tarkibida C vitaminini aniqlash. 5g kartoshka xovonchada 16
ml xlorid kislotasidan qo’shib eziladi. Xovonchada hosil bo’lgan syuqlik kolbaga
solinadi va filtrlanadi. Filtrat 2,6-dixlorfenolindofenol eritmasi bilan pushti rang
hosil bo’lguncha titrlanadi. 100 g kartoshka tarkibidagi C vitamin miqdori quyidagi
formula bilan hisoblanadi.
𝑥 = 0.088 ∙ α ∙ 100
5
Bu yerda: X-100 g mahsulotdagi C- vitamin miqdori, mg: 0,088-askorbat
kislotasiningmiqdori bo’lib, bu 1 ml 2,6- dixlorfenolindofenol eritmasiga to’g’ri
keladi, mg; α- titirlash uchun sarf bo’lgan dixlorfenolindofenol eritmasining
hajmi; 3-titrlash uchun olingan ekstrakt miqdori
Kraxmaldagi C vitamining miqdorini aniqlash. 2g karam hovonchada
10 ml sirka kislotasi bilan eziladi, hosil bo’lgan ekstrakt filtrlanadi. Filtratdan 3 ml
olib kolbaga solinadi va 2,6-dixlorfenolindofenol eritmasi bilan pushti rang hosil
bo’lguncha titrlanadi. 100 g karam tarkibidagi C vitaminning miqdori (X) quyidagi
formula bilan aniqlanadi:
𝑥 = 0.088 ∙ α ∙ 10 ∙ 100
3
Bu yerda: 10- sirka kislotali ekstraktning hajmi;
α – titrlash uchun sarf bo’lgan, 2,6 dixlorfenolindofenol eritmasining hajmi;
3- titrlash uchun olingan ekstrakt miqdori.