CHET EL BOLALAR ADABIYOTI. FRANSIYA BOLALAR ADABIYOTI (Fransiya bolalar adabiyoti va uning shakllanish tamoyillari, Sharl Perroning bolalar zavq oladigan ertaklariga xos xususiyatlar haqida)
Yuklangan vaqt
2024-05-17
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
20,3 KB
Ilmiybaza.uz
CHET EL BOLALAR ADABIYOTI. FRANSIYA BOLALAR ADABIYOTI
Reja:
1. Fransiya bolalar adabiyoti va uning shakllanish tamoyillari.
2. Sharl Perroning bolalar zavq oladigan ertaklariga xos xususiyatlar haqida.
Ilmiybaza.uz
Chet el bolalar adabiyotining an’analari. Chet el bolalar adabiyoti jahon
adabiyoti sifatida ularning xalq og‘zaki ijodi, eng qadimgi adabiy yodgorliklari, mif
va afsonalar, qo‘shiqlar bilan chambarchas bog‘liqligi, bunday ijod namunalarining
axloqiy-tarbiyaviy mohiyati, didaktik tamoyillari hamda jahon xalqlari bolalariga
bag‘ishlangan asarlarning tasniflanishi, ularning taraqqiyot tamoyillari, janrlar rang-
barangligi yuzasidan tushuncha bеrishni ko‘zda tutadi.
Jahon bolalar adabiyoti, dastlab, didaktik adadbiyot namunasi sifatida XVII - XVIII
asrlarda paydo bo‘lgan. So‘ngra, bu adabiyot o‘zining betakror ko‘rinishlari orqali
dunyoga
tanildi.
Barcha
xalqlar
bolalar
ijodkorlari,
eng
avvalo,
o‘z
mamlakatlarining xalq og‘zaki ijodiga murojaat qilgani umumiy hodisadir. Masalan,
Sharl Perro kichik kitobxonlarga dastavval, folklordan oziqlangan va badiiy sayqal
berilgan eng yaxshi adabiy ertaklarni taqdim etdi.
XIX asr romantiklarining faoliyati keng kitobxonlar ommasiga xalq og‘zaki ijodi va
har bir xalqning milliy-adabiy manbaalarini ochib berdi. Jumladan, bu bolalar
adabiyotining rivojlanishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatib, aka-uka Grimmlar, H. K.
Andersen va boshqa ko‘pgina ijodkorlarning adabiy hamda xalq ertaklari to‘plamlari
paydo bo‘lishiga turtki bo‘ldi. Natijada, kichik kitobxonlar endilikda ham kitob, ham
o‘z tengqurlari hayoti aks ettirilgan badiiy tasvirlarni qo‘liga ola boshlagan.
Binobarin, bolalar adabiyoti “katta” adabiyotning mustaqil tarmog‘iga aylanishida
bu jarayon muhim omil hisoblanadi.
Romantizm insonning ruhiy rivojlanishdagi o‘z-o‘zini anglash davri – bolalikda
kashf etilishini ochib berdi. Romantiklar asarlarida bolalik insonning o‘zidagi
bebaho ichki olam sifatida, shuningdek, teran mohiyati va ajoyibotlari bilan
kattalarni ham o‘ziga rom etuvchi davr tarzida talqin qilinadi. Kattalik esa xuddi eng
samimiy va bolalarcha beg‘uborlik tark etilgan davr sifatida yoritiladi. Shuni tan
olish kerakki, romantizm nafaqat bolalikni kashf etdi, balki uni eng sof
mukammallik namunasi hamda mehr-shafqat timsoli sifatida insonga meros qilib
qoldirdi.
Ilmiybaza.uz
Realistik tamoyillarning rivojlanishi, ruhiyatshunoslikning chuqurlashishi bilan
bolalar adabiyotida keng qamrovli, ko‘p qirrali bolalik obrazi mustahkamlandi.
Bunda yozuvchilar insoniyat rivojlanishining ibtidosini, yosh inson xarakterining
tub-tubiga yetib, bola ichki dunyosining murakkabliklariga asta-sekinlik bilan kirib
borib, uning mutanosiblikda va ziddiyatlarda, hayotning yorqin hamda qorong‘u
g`am - qayg‘uli onlarining kurashlarida shaxs sifatida shakllanishini ochib berishdi.
Eng yaxshi yozuvchilar ijodini aniqlovchi asosiy vosita – bu bolalikka ishonch,
ulg‘ayib kelayotgan insonga hurmat, unda rivojlanishning bor imkoniyatlarini,
sarchashmalarini hamda asosiy omillarini ko‘ra olish qobiliyatining borligidir.
XX asr o‘zining keskin ijtimoiy muammolari, o‘tkir ziddiyatlari, siyosiy qarashlari
bilan bolalar adabiyotini ham o‘zgartirib yubordi. Dunyoning dahshatlari kichik
kitobxon asari sahifalariga kirib bordi. Ularning qahramonlari – ijtimoiy jonzotlar,
ular o‘z hollaricha insonga nisbatan qilingan vahshiylikka qarshi borishadi,
o‘zlarining
do‘stlikka,
muhabbatga
bo‘lgan
huquqlarini
talab
qilishadi
hamdakattalarni ularning tushunishlariga chaqirishadi. Zamon muammolari nafaqat
realistik asarlarga, balki ertaklarga ham singiy boshladi. Ular janriy xususiyatlaridan
ozgina chekingan bo‘lsalar-da, hamon yaxshilik yovuzlik ustidan g‘alaba
qozonishiga umid bog‘lashadi va shu yo‘lda tinimsiz ma’naviy kurashlar olib
borishadi.
Ilmiy - texnika taraqqiyoti asri butun yer yuzidagi inson jamiyatiga yashash uchun
kata hayotiy zarurat – Yerda hayotni saqlab qolish kabi muammoni tug‘dirdi.
Shuning uchun zamonaviy bolalar adabiyotida ekologik muammolar, atrofimizni
o‘rab turgan olam, hayvonot va o‘simliklar dunyosi haqidagi kitoblar salmoqli o‘rin
egallaydi. Barcha mamlakatlarning naturalist (tabiat haqida yozadigan) yozuvchilari
– bolalarda tabiatga hamda barcha jonzotlarga nisbatan ehtiyotkorona munosabat va
ularga nisbatan muhabbat ruhini tarbiyalash vazifasini o‘z oldilariga maqsad qilib
qo‘yishgan.
Chet el bolalar adabiyoti bugungi kunda o‘zining janriy va tematik xususiyatlari
jihatidan turli-tuman, o‘ziga xos tarzda shakllanib ulgurdi. Unga dunyoning eng
Ilmiybaza.uz
taniqli yozuvchilari o‘z iste’dodlarini va faoliyatlarini bag‘ishlashgan. Chunki ular
insoniyat kelajagi o‘sib borayotgan avlod qo‘lida ekanligini yaxshi anglashadi...
Eng asosiysi, yosh inson adabiyot yordamida, fransuz shoiri Polya Elyuara ta’biri
bilan aytganda, o‘zining dunyoqarashida “bir kishi ufqidan barcha kishilar ufqiga”
ko‘tarila oldi.
Binobarin, hozirgi zamon chet el bolalar adabiyoti quyidagi omillar ta’sirida
maydonga keldi, deyish mumkin:
– Folklor asarlari hamda klassik yozuvchilarning avval kattalarga mo‘ljallangan,
ammo vaqt o‘tishi bilan bolalar kitobxonligi doirasiga kirib, kichik kitobxonga
so‘zlab berish uchun hikoya tarzida qayta ishlangan asarlari (qadimgi yunon
afsonalari, D. Defo, D. Svift, M. Servantesning romanlari).
– Bolalar kitobxonligi doirasiga qisqartmalarsiz va qayta ishlanmasdan kirgan
folklor hamda mumtoz asarlar (folklordagi erkalamalar, topishmoqlar, allalar,
shuningdek, V. Skott, Ch. Dikkens va boshqalarning asarlari).
– Bevosita bolalarga mo‘ljallangan asarlar.
Binobarin, ayrim ijodkorlar va ularning asarlari endilikda bolalar kitobxonligi
mulkiga aylanib ulgurdi.
1697-yilda Fransiyada “Mening onajonim Gusinaning ertaklari” deb
nomlangan kitob nashrdan chiqdi. Aslida ertakni o‘sha davrdagi mashhur shoir,
fransuz akademiyasining a’zosi Sharl Perro (1625 – 1703) yozgan bo‘lsa-da, uning
muallifi P.Dermenkur deb hisoblanardi. Ko‘p kitoblar muallifi Sharl Perro ismi
sharifini “jiddiy bo‘lmagan” ertaklar ostiga qo‘yishni o‘ziga lozim ko‘rmay, uni
o‘g‘lining ismi sharifi bilan imzolagan edi. Lekin aynan shu sehrli ertaklar jahon
adabiyotining oltin fondiga kirib, yozuvchiga shon-shuhrat keltirdi. Perroning
ertaklari ko‘p marotaba boshqa tillarga tarjima qilingan va nashrdan chiqqan.
Ertakningrus tilidagi tarjimasi I.S.Turgenevga mansub.
Perro o‘z ertaklarining so‘zboshisida ertak janrining asosida yotgan jiddiy hamda
kulgili va g‘alati narsalarni uyg‘unlashib ketishiga ishora qilib: “...bu umuman,
bekorchilik emas, balki o‘zida foydali pand-nasihatni mujassamlashtirgan...
hikoyaning sho‘x, o‘ynoqi tuzilishini esa faqatgina o‘quvchi aqliga ko‘proq yoqimli
Ilmiybaza.uz
tarzda ta’sir qilish, shu bilan birga unga ham o‘rgatib, ham xushnud qilishi
uchundir...”degan edi. Bolalikning ilk davridan boshlab bizga “Qizil shapkacha”,
“Jimjimaloq bola”, “Zolushka”, “Etikli Mushukcha”, “Uyqudagi malika”, “Ko‘k
Soqol” kabi ertaklar ma’lum. Bir xil ertaklarning qahramonlari odamxo‘r
maxluqdan yoki, zolim bo‘ridan o‘zlarinio‘zlari qutqargan bolalardir.Bu odatga
ko‘ra, Bibliyadagi yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytarganIosifni esga soladi.
Jimjimaloq bola shu kabidir; muallif ertakning oxirida yozishicha, o‘zining
yaqinlariga yaxshilik qiladi va o‘zining butun oilasini – ham otasini, ham og‘alarini
ta’minlaydi. Zolushka ham xuddi shundaylardan, u qanchalar go‘zal bo‘lsa,
shunchalar oqko‘ngil hamdir; u o‘gay opalarinio‘zi bilan saroyga olib ketadi. Perro
ertaklarida yaxshilik va haqiqat g‘alaba qozonadi hamda qahramonlarga sehrgar
personajlar, Zolushka yoki Etikli mushukchada etikdo‘zning kichik o‘g‘lini
cho‘qintirgan onasi - oqko‘ngil Feya yordam beradi. Bo‘ri, mushuk inson tilida
so‘zlashadi, bu folklorning bir ko‘rinishi bo‘lib, muallif xalq ijodining boy
an’analariga tayanadi hamda o‘ziga xos mualliflik janrini yaratadi. “Qizil
shapkacha” ertagida tipik folklor asos namoyon bo‘ladi: bu qizil Shapkachaning
buvisiga etayotgan narsasi (“pirojok nesu da gorshochek masla”), savollaridagi
hamda buvisining kiyimiga kiyinib olgan bo‘rining javoblaridagi takrorlash va
parallelliklarda ko‘zga tashlanadi. Perroning boshqa ertaklarida birinchi
o‘rinniromantik sevgi tarixi egallagan. Qahramon qator sinovlardan o‘tib, o‘zining
mukofotini oladi: yaxshilikyomonlikni ustidan g‘alaba qozonadi, ya’ni xuddi
“Uyqudagi malika” yoki “Ko‘k Soqol” ertaklaridagi kabi. Sharl Perro ertaklari
qahramonlarining nomlari allaqachon turdosh otlarga aylanib ulgurgan. Zolushka
yoki Ko‘k Soqol tarixlari har xil ko‘rinishlarda ko‘p marta jahon adabiyotida qayta-
qayta ishlangan va sahnalashtirilgan.
XVII asr oxiri Sharl Perro ertaklarining yaratilishi bilan belgilanadi va uning
ertaklari fransuz adabiy ertaklarining eng zo‘r hamda yorqin namunalari sifatida
e’tirof etiladi. Fransiyada XVIII asr esa ertaklarning oltin asri hisoblanadi.
Uyg‘onish davrida talaygina shoir va yozuvchilar bu universal janrga ko‘p murojaat
qilgan va uning estetik imkoniyatlaridan foydalanib, dolzarb mavzular bilan boyitib
Ilmiybaza.uz
borishgan. Masalan, Valter falsafiy ertaklar yozgan. Sharqning “Ming bir kecha”
ertaklari fransuz tiliga tarjima qilingach, sharqona ertaklarga o‘xshatishlar paydo
bo‘ldi. Ammo, shu XVIII asrning o‘zidayoq ertaklarning urf bo‘lishi ancha pasaydi.
Ilgari bolalarga mo‘ljallangan maxsus adabiyot yo‘qligi uchun kichkintoylar
kattalarning asarlarini o‘qishar edi. Keyingi asrlarda esa Sharl Perroning
qisqartirilgan ertaklaridan aynan bolalar uchun namunalar tayyorlangan. Ulardan
shafqatsizlik, erkinlik, badiiy o‘yinlar olib tashlanib, anchayin soddalashtirilgan.
Bilim, ko‘nikma va malakani rivojlantirishga yo‘naltiruvchi savollar:
1. “Chippolino” va uning muallifi haqida nimalarni bilasiz? “Yangi yil archalari”,
“Osmondagi tort”, “Jip televizorda”, “Jelsomino yolg‘onchilar mamlakatida” nomli
novellalarda qanday mavzu-g‘oya ilgari surilgan?
2. “Fantaziya grammatikasi” qanday asar?
3. “Doktor Voyjonim” qissasidagi timsollarni izohlang?
4. “Ahmoq sichqoncha” asarining muallifi va g`oyasi haqida ma’lumot bering.
Adabiyotlar:
1.Jumaboyev M. O‘zbek bolalar adabiyoti. -T.: O‘qituvchi, 2002. -290 b.
2. Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti. -T.: O‘qituvchi, 2011.- 260 b.
3. Safarov O., Barakayev R., Jamilova B. Bolalar adabiyoti. -Buxoro.:
Durdona,2019.- 420 b.