CHIGIT, DON, KARTOSHKA VA KO‘CHAT EKISH MASHINALARI EKISH MASHINALARINING TURLARI VAZIFASI, TUZILISHI VA TEXNOLOGIK ISH JARAYONLARI
Yuklangan vaqt
2024-05-15
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
442,5 KB
6
CHIGIT, DON, KARTOSHKA VA KO‘CHAT EKISH MASHINALARI
EKISH MASHINALARINING TURLARI VAZIFASI, TUZILISHI VA
TEXNOLOGIK ISH JARAYONLARI
Ishni bajarish tartibi:
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda eng muhim
tadbirlardan biri urug‘ va ko‘chat ekish ishlarini belgilangan muddatlarda va
maqbul chuqurlikka sifatli qilib ekishdan iborat.
Chigit ekish mashinalarining asosiy vazifasi urug‘larni belgilangan miqdorda
va chuqurlikka sifatli qilib ekishdan iborat.
Ekinlar urug‘larini ekish ishlari seyalkalar yordamida amalga oshiriladi.
Seyalkalar universal va maxsus turlarga bo‘linadi. Universal seyalkalar turli xil
qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘ini (chigit, makka va oq jo‘xori urug‘lari) ekish
uchun qo‘llaniladi. Maxsus seyalkalar esa bir, ba’zan fizik-mexanik xususiyatlari,
ekish me’yori bir-biriga yakin ikki-uch xil ekinlar urug‘ini ekishda ishlatiladi.
Ekish usuliga ko‘ra chigit ekish seyalkalari qatorlab, uyalab, donalab, qo‘sh
qatorlab, plenka ostiga ekuvchi turlarga bo‘linadi.
Tukli va tuksiz chigitlarni 90 va 60 sm qator oralariga uyalab, punktirlab va
uzliksiz ekishda pnevmatik seyalkalardan foydalaniladi. Bu seyalkalar chigitni
belgilangan mikdorda, ekish sxemasida va chuqurlikda urug‘larni teng taqsimlab,
dalaga bir tekis ekishga mo‘ljallangan.
Агротехник талаблар:туксизлантирилган ёки қобиқланган пахта
чигитини уялаб экишда экиш аниқлиги, камида 90%; туксизлантирилган
пахта чигитнидоналаб экишда 1 метрга тушадиган уруғ сони 11-14 дона;
намланган тукли чигитларни қаторлаб экишда 1 метрга тушадиган чигит
сони 30-50 дона; экилаётган уруғ турига қараб уруғларни кўмилиш
чуқурлиги 3-8 см; кўмилиш чуқурлигининг ўртача квадратик четланиши,
кўпи билан
1 см; ҳақиқий ва белгиланган экиш меъёрлари орасидаги
рухсат этилган фарқ: туксизлантирилган пахта чигити учун, кўпи билан
10%; тукли пахта чигити учун, кўпи билан 15%; асосий қатор ораларининг
б
б
ф
б
6
O‘zbekiston sharoitida chigit to‘rt qatorli SMX-4 pnevmatik va SChX-4
mexanik hamda sakkiz qatorli Keys-1200 pnevmatik seyalkalar bilan ekiladi.
SChX-4 chigit seyalkasi (8.1-rasm) rama 1, ekish apparati 4, iz ko‘rsatgich
(markyor) 7 lar, sirpanuvchi ekkich 4 uyalovchi apparati bilan, ko‘mgich 5 va
tuproq shabbalagich 6 dan iborat.
Tukli chigitni ekish texnologik jarayoni(8.2-rasm) quyidagicha amalga
oshiriladi. Ekish agregati oldinga qarab xarakatlanganda seyalkaning yuruvchi
g‘ildiragi 1 bilan bog‘langan zanjirli uzatma 3 va yulduzchali uzatma 10 orqali
xarakat g‘altaksimon miqdorlagich 6 va to‘dalagich 12 uzatiladi.
8.1-rasm. Chigit ekish seyalkasining
umumiy tuzilishi: 1-rama; 2-bunker; 3-
urug‘ o‘tkazgich; 4-ekish apparati;5-
ko‘mgich; 6-shabbalagich; 7-iz
ko‘rsatich
G‘altaksimon miqdorlagich o‘z navbatida bunkerdagi 4 chigitni talab etilgan
miqdorda urug‘ o‘tkazgichga 8 tashlaydi. So‘ngra urug‘ o‘tkazgich urug‘ni
to‘dalagichga 12 yetkazib beradi, to‘dalagich o‘z navbatida urug‘larni 3-4 dona
qilib to‘dalaydi va sirpang‘ichli ekkich 13 ochgan egat tubiga tashlaydi. Botiruvchi
g‘ildirak 14 chigitni egat ostiga qadaydi va ko‘mgich 15 yordamida tuproq bilan
ko‘madi hamda shabbaligich 16 bilan tuproq ustidan shabbalanadi.
6
8.2-rasm. Seyalkaning texnologikish
jarayoni:1-zanjirliharakat uzatmasi; 2-
val, 3-zanjirli uzatma,4-bunker,5-
to‘zitkich, 6-miqdorlagich, 8-urug‘
o‘tkazgich, 9-yurituvchi g‘ildirak,10 -
konussimon shesternya,11-teles-kopik
val, 12-to‘dalagich,13-sirpang‘ichli
ekkich,14-botiruvchi g‘ildirakcha,15-
ko‘mgich, 16-shabbalagich.
Seyalkalarni ishga tayyorlash va sozlash. SChX-4, SXU-4, SMX-4
rusumli seyalkalarning ekish apparatlariga tukli chigitlardan ma’lum miqdorda
solib, yer sharoitiga qarab har bir metrga 30 dan 50 donagacha tushadigan qilib
sozlash kerak.
Buning uchun seyalka ko‘tarib qo‘yiladi va uning g‘ildiraklari aylantirilib,
ekish apparatlariga xarakat beriladi hamda 1metrga tushayotgan chigit miqdori
aniqlanadi. Agar sarf qilinadigan urug‘ miqdori belgilangan miqdordan ortiq
bo‘lsa,
g‘altaksimon
miqdorlagichdagi
tirqishni
toraytirish,
kam
bo‘lsa
kengaytirish kerak.
Chigit uyalab ekilganda uyalar orasidagi masofa uyalovchi apparatni
xarakatga keltiruvchi valdagi tishli yulduzchalar va to‘dalovchi disk parraklari
sonini o‘zgartirish orqali sozlanadi.Chigitniko‘mish chuqurligi sirpang‘ich 5 ni
ko‘tarib-tushurish yo‘li bilan 3-8 sm atrofida sozlanadi(8.3a-rasm). Yer obi-tobida
bo‘lsa,chigitni 4-5 sm chuqurlikka ko‘mib ketadigan qilib sozlash maqsadga
muvofiq.
8.3-rasm. Seyalkani sozlash: 1-
katta yulduzcha; 2-kichik yulduzcha; 3-
taranglovchi qurilma; 4- taranglovchi
prujina; 6-sirpang‘ich.
6
a) b)
Seyalka ekkichi va tuproq zichlagichning yerga bosimi seksiyalardagi
taranglovchi prujinalar 4 (8.3b-rasm) yordamida sozlanadi. Bu bosim dinamometr
bilan o‘lchanganda 300-350 N kuchga teng bo‘lishi kerak.
Qator orasi kengligiga qarab iztortgichlar (markyor) uzunligi tanlanadi. Agar
qator oralari 60 sm bo‘lsa, u vaqtda oxirgi ekkich tumshug‘idan iztortgich
diskigacha bo‘lgan masofa 150 sm, qator oralari 90 sm bo‘lganda esa 225 sm
bo‘lishi kerak. Bu masofa iztortgich diskini uning o‘qi bo‘ylab siljitish orqali
rostlanadi.
Chigitni ko‘mish chuqurligi belgilangan ko‘rsatkichlardan
1sm dan ortiq
farq qilmasligi va ekish aniqligi 90%dan kam bo‘lmasligi, yondosh qatorlarning
orasini belgilangan miqdordan o‘zgarishi
, asosiy qatorlarniki esa 2 sm dan
oshmasligi darkor.
O‘g‘it solgich bilan chigit ekkich orasidagi masofa 8-10 sm dan oshmasligi
zarur, bunda o‘g‘it solgichlari chigit ekkichlariga nisbatan 3-5 sm chuqurroqda
yurishi lozim.
Ekinlar urug‘ini maqbul ko‘mish chuqurligi deb shunday chuqurlikka
aytiladiki, bunda urug‘larni o‘sib chiqishi uchun eng qulay tuproq-iqlim sharoiti
(issiqlik, havo va suv rejimi, tuproqning donadorligi) yaratiladi va uning miqdori
ko‘p yillik tajribalar asosida belgilanadi.
Qishloq xo‘jaligida o‘simliklar urug‘ini ekishda yoppasiga sochish, qatorlab,
lentasimon, chuqurchali qatorlab va uyalab ekish usullari qo‘llaniladi.
Yoppasiga sochish usulida urug‘lar qo‘lda yoki traktor va samolyotlarga
o‘rnatilgan seyalka-moslamalar bilan ekiladi.
Qatorlab ekishda urug‘lar to‘xtovsiz oqim bilan bir xil oraliqdagi
qatorlarga bir xil chuqurlikda ekiladi va tuproq bilan ko‘miladi.
Lentasimon usulda urug‘lar bir necha tor qatorlar guruhlanib ekiladi, ikki
guruh lentalar orasi esa qator hosil qilib ekiladi.
Chuqurchali qatorlab ekishda urug‘lar bir-biridan bir xil uzoqlikda
qatorlab joylashtirilgan chuqurchalarga bir necha dona urug‘lar ekiladi.
6
Uyalab ekish usulida urug‘larni bir necha chuqurchalardan iborat bo‘lgan
maydonchalarga ekiladi.
Baland va pakana bo‘yli daraxtlar urug‘larini ekish usullari ularning
quyidagi xususiyatlariga qarab tanlanadi:
ekinlarning o‘sish balandligi, ularni parvarishlash xossalari (suvli va lalmi
maydonlarga, pushta yoki egatga ekish) hamda sug‘orish usullari (yoppasiga, qator
oralab, tomchilab, yer ostidan sug‘orish) kabi xususiyatlari hisobga olinadi.
Urug‘larni
ekishga
qo‘yiladigan
agrotexnik
talablar:
urug‘lar
qatorlarning uzunligi bo‘yicha bir tekis va bir xil chuqurlikka ko‘milishi; qatorlar
berilgan kenglikda to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida bo‘lishi; qator oralari ularga ishlov
beruvchi kultivatorlarning qamrash kengligiga mos bo‘lishi kerak. Shu
bilan
birga ekish ishlarini belgilangan muddatlarda bajarilishiga alohida ahamiyat
beriladi.
2.Qishloq
xo‘jaligida
qo‘llaniladigan
seyalkalar
quyidagi
asosiy
qismlardan iborat bo‘lib, ular urug‘ yashigi, ekish apparati, urug‘ o‘tkazgich,
ekkich, rama, yurish g‘ildiraklari, ko‘tarish-tushirish mexanizmi, iz ko‘rsatgich
(marker), ko‘mgich, tirma, g‘altaklardan tashkil topgan.
O‘simliklar va daraxtlar urug‘larining fizik-mexanik xossalari, ularning
o‘ziga xos hususiyatlarini hisobga olgan holda turli turdagi mashinalar, ya’ni,
universal urug‘ ekkich SLU-5-20, ko‘chatzorlarda daraxt urug‘ini ekkich Litva-25,
qipiq aralashtirib urug‘ ekkich SPN-3, danakli urug‘lar ekkich ShSG-1, saksavul
va cherkez urug‘ini ekkich PPS-0,4 rusumli
Yekadigan apparatlarni ish holatiga keltirish ariqni kesuvchi to‘da
joylashgan yulduzchalar yordamida amalga oshiriladi. Shleyf esa urug‘larni
tuproq bilan ko‘mishga ishlatiladi.
Saksovul
va
cherkez
urug‘larini
ekuvchi
PPS-0,4,
PPS-0,4M
moslamalari urug‘larni qatorlab ekish va bir vaqtning o‘zida tuproqni
tayyorlash uchun xizmat qiladi. Moslamadan ilgariroq tayyorlab qo‘yilgan
tuproqda mustaqil ravishda foydalanish ham mumkin.
6
Moslama (2.11-rasm) quyidagi qismlardan iborat. Moslama ramasiga 1
maxsus qopqoq 3 yopilgan urug‘ soladigan bunker 2 o‘rnatilgan bo‘lib,
uning ostki qismida ketma-ket o‘rnatilgan lentasimon ekuvchi apparat 4 va
urug‘ o‘tkazgich 8 joylashgan. Ramaning 1 orqa qismiga tuproq yuzasiga
ekilgan urug‘larni ekkichlar yordamida ekiladi.
2.11-rasm. Saksovul urug‘ini ekish moslamasining tuzilishi:
1- rama; 2-bunker; 3-qopqoq; 4-yekish apparati; 5-xarakat uzatish
mexanizmi; 6-zinapoya; 7-g‘ildirak; 8-urug‘ o‘tkazgich; 9-dastak; 10-
ilmoq; 11-tirma; 12- shabbalagich
Yekish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi. Traktorga osilgan
moslama ishchi holatga tushirilib, bukeriga urug‘ solinadi.
So‘ngra traktor oldinga xarakatlanganda moslama g‘ildiragidan 7
xarakat uzatuvchi mexanizm 5 orqali ekish apparatining 4 lentasimon
ekkichiga xarakat uzatiladi. Shu bilan birga barabanli ekkich me’yorlangan
urug‘ni urug‘ o‘tkazgich 8 orqali tuproq ustiga sochib ketadi. Ketma-ket
joylashgan tirma 11 urug‘ni tuproqqa aralashtiradi, shabbaligich 12 esa uni
ustidan shabbalab ketadi.
Tog‘ qiyaliklariga urug‘ ekuvchi ShSG-1 moslamasi qiyaliklari 12°
gacha bo‘lgan toshloq maydonlarda Qishloq ihotazorlarini barpo etish uchun
ishlatiladi.
Moslama (2.12-rasm) quyidagi qismlardan tuzilgan bo‘lib, qazuvchi pichoq
1 va hildiraklar 9 ramaga 2 mahkamlangan , shu bilan birga sharnirli rama 5 ham
asosiy ramaga 2 biriktirilgan. Kichik ag‘dargich 4, chana 6 va ekish seyalkasi 8
6
sharnirli ramaga 5 mahkamlangan bo‘lib, u seyalkani buraydigan mexanizm 7
bilan jihozlangan.
Moslama chuqurcha qazib tuproqni tayyorlaydi va bir vaqtning o‘zida
mikroterrasalarning asosini (tubini) tayyorlaydi va danakli daraxtlarning
urug‘larini qatorchalarga (chuqurchalarga) ekadi.
Ushbu moslama toshloq, buta va daraxtlarning ildizi bo‘lgan
tuproqlarda ishlashi mumkin. Agregat harakatlanganda pichoq 1 chuqur
yo‘lak–mikroterrasa qaziydi hamda mikroterrasaning tubini (asosini)
shakllantiradi. ekish seyalkasi 8 yumshatilgan joyga urug‘larni ekadi. Agar
moslama tuproqdagi to‘siqlarga duch kelganda pichoq 1 chuqurlashadi va
tosh va daraxt ildizini yer yuzasiga chiqarib tashlaydi.
2.12-rasm. Qiyaliklarga urug‘ ekish ShSG-1 moslamasining tuzilishi:
1- pichoq; 2 –rama; 3-himoya prujinasi; 4- kichik ag‘dargich; 5-sharnirli
rama; 6- chana; 7-seyalkani burdigan mexanizm; 8-yekish seyalkasi; 9-g‘ildirak.
So‘ngra bu to‘siqlar kichik ag‘dargich 4 yoki chana 6 bilan uchrashgan
taqdirda tuproq ular seyalkani yuqoriga ko‘taradi, to‘siqdan o‘tgach seyalka
avtomatik
ravishda
prujina
yordamida
yana
chuqurlashadi
va
bu
chuqurchalarga daraxtlar urug‘ini ekadi. Pichoq bilan ochilgan va
yumshatilgan chuqurcha-mikroterrasaning tubini (asosi) kengligi 100 sm.
gacha bo‘lishi mumkin.
6
Nazorat savollari:
1. Ekinlar urug‘ini maqbul ko‘mish chuqurligi qanday asoslanadi? Unga ta’sir
etuvchi omillarni tushuntiring.
2. Ekinlar urug‘ini ekish usullari ularning qaysi xususiyatlariga qarab tanlanadi?
3. Ekin ekishning maqbul muddatlari qaysi omillarga bog‘liq? Urug‘ ekish ishlariga
qanday agrotexnik talablar qo‘yiladi?
4. Saksovul urug‘ini ekuvchi seyalka qaysi turdagi ekish apparati o‘rnatilgan?
5. Qiyaliklarga urug‘ ekish moslamasi bir vaqtdv qaysi ishlarni bajaradi?