CHIROYLI YOZUV MALAKASINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI
Yuklangan vaqt
2024-08-29
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
57,0 KB
CHIROYLI YOZUV MALAKASINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI
Reja:
1. Husnixaga o’rgatishning maqsad va vazifalari.
2. Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish metodikasi pedagogik fan.
3. Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish metodikasining boshqa fanlar
bilan aloqasi.
Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4.
Tayanch iboralar: Yozuv, husnixat, savodxonlik, og’zaki nutq, yozish
jarayoni, ongli o’qish va yozish, yozuv daftarlari, matnlar sifati,
topshiriqlar xususiyati, aqliy faoliyat, tez va bexato yozish, harf shakllari,
harflarni bog’lash, so’z qatorlari, daftar chiziqlari, kichik va bosh harf,
imloviy xatolar, xatolarning oldini olish yo’llari, yozuv tezligi, o’xshash
harflar, bir va ikki chiziqli darflar, didaktik qoidalar (yoshga xos
xususiyatlar, tushunarlilik, onglilik), tovush, xattaxta, avtoruchka, to’g’ri
o’tirish qoidalari, yozuv qiyaligi, harf unsurlari, barmoq va qo’l
muskullari, genetic usul.
1. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga chiroyli yozuvni o’rgatish
savodxonlikning poydevori hisoblanadi. Boshlang’ich sinfda o’qitishdan
maqsad o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini ravon qilish hamda ularni
har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalash bilan bir qatorda, ularni
go’zallikka intiluvchi, uni yurakdan his
qila
oladigan
go’zallikni
yaratishga intiladigan kishilar qilib voyaga yetkazishni nazarda tutadi.
Husnixatga
o’qitishdan
asosiy
maqsad
kichik
yoshdagi
o’quvchilarga yozishdek murakkab jarayonni o’rgatish orqali, ularning
chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirishdan iboratdir. O’quv fani sifatida
husnixatning oldiga bir qator vazifalar qo’yiladi.
Bu vazifalar ko’p qirralai bo’lib o’quvchilarni aqliy rivojlanishga,
ularning atrof - muhit haqidagi bilimlarni kengaytirishga axloqiy va estetik
didlarini tarbiyalashga, ongli o’qish va yozish malakalarni hamda yozuv
daftar bilan ishlash ko’nikmalarini hamda yozuv daftar bilan ishlash
ko’nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
Bu vazifalarnining barchasi o’zaro bog’liq holda amalga oshiriladi.
Ularni hal qilish zaruriy yozuv malakalarini egallashga darslikda berilgan
o’quvchilar saviyasiga mos nazariy va amaliy material uyg’unlashtirilib,
o’zlashtirish ustida ishlashni maqsadga muvofiq uyushtirish, shuningdek,
matnlar sifatini topshiriqlar xususiyatini va bolalar aqliy faoliyatining o’ziga
xos tomonlarini belgilaydigan qator uslubiy shart – sharoitlarga bog’liq.
Bola kamolotining shakllanishi ko’p jihatdan chiroyli yozuvga bog’liq.
Chiroyli yozish orqali bolalar boshqa fanlarni muvaffaqiyatli o’zlashtirish
imkoniga ega bo’ladilar.
Inson hayotida yozuv muhim o’rin tutadi, chunki u har kuni turli – tuman
qog’ozlar va hujjatlardan foydalanai. Bularning hammasi chiroyli va bexato
yozishni taqozo etadi. Ammo qisqa muddat ichida o’quvchilarda chiroyli, tez
va bexato yozish malakalarini o’stirish mumkin, buning uchun bir necha
yillik
mehnat talab etiladi. Chiroyli yozuvga o’rgatish uchun bolalarning maktabga
qadam qo’ygan kunlardan boshlab izchil mashqlar olib boorish zarur.
Husnixat malakasini shakllantirish uchun birinchi navbatda harflarning
shaklini to’g’ri tasavvur etishga, bir xil qiyalikda yozishga so’zlarda harflarni
to’g’ri joylashtirishga o’rgatiladi. Daftar chiziqlari birin ketin almashuvi
davomida harflarning qiyaligini va ular orasidagi masofani to’g’ri saqlash,
kichik va bosh harflarning nisbatini to’g’ri chamalab yozishga o’rgatish juda
muhimdir. Husnixat darslarida ma’lum guruhga oid harflarni yozishga
o’rgatish o’quvchilarda uchraydigan ayrim xatolarning oldini olish va
tuzatish ustida ish olib borish lozim. Yozuv tezligi oshishi bilan ayrim bir-
biriga o’xshash harflarni shaklini bo’zib yozish hollari uchraganda esa, ularni
qayta mashq qildirish kerak. Chiroyli yozuvga o’rgatishda daftardan to’g’ri
foydalanishga e’tibor berish zaryr. Ikki chiziqli daftardan bir chiziqli
daftarga o’tganda o’quvchilar oldiga qatorvazifalar qo’yadi. Chiroyli
yozuvga o’rgatish umumiy didaktik qoidalar bilan birga, yozuv malakasini
shakllantiruvchi o’ziga xosqoidalarini ham o’z ichiga oladi.
Umumiy didaktik qoidalar takroriylik, ko’rgazmalilik, yosh va o’ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish, tushunarlilik, onglilik husnixat metodikasining
maqad va vazifalarini amalga oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Yozuvga - husnixatga o’rgatishning vazifasi harfni, so’z va gapni
kitobdan va xattaxtadan to’g’ri, husnixat qoidalariga rioya qilib ko’chirib
yozish, yozganlarni tekshira olish va yo’l qo’ygan kamchilik va xatolarini
o’qituvchi rahbarligida yoki o’zi tuzata olishi kerak.
Har bir o’quvchi u yoki bu harfni tushunib yozishi, harflarning bir-
biriga nisbatini, balandligini qiyaligini avtoruchkani ushlash va to’g’ri
o’tirish qoidalarini yaxshi bilishi lozim. Chiroyli yozuv malakalarini
o’stirishda eng birinchi qoida bu ozodalik talablari va yozuvning qiyaligini
to’g’ri saqlashga eslatish so’ngra harf va harf elementlari orasidagi masofani
chamalab yozish qoidalari singdirib boriladi. Bu qoidalar kyenchalik
takomillashtiradi. Har bir yozuv mashqi aniq maqsad asosida oson,
tushunarli olib borilishi kerak. Buning uchun chiroyli yozuvga, o’rgatishning
turli usullaridan foydalanish lozim. Bolalarning yozuv malakalarini hosil
qilishga ularning yosh va o’ziga xos xususiyatlari: barmoq va qo’l
muskullarini harakat tezligi, markaziy nerv sistemasi tomonidan nerv
muskullarining boshqarilishi hisobga olinishi lozim. Chiroyli yozuv
darslarida harflarning shakli haqida mashq o’tkazilganda oddiydan
murakkabga tomon boriladi, chunki alifbodagi barcha harflar yozilish
shakliga ko’ra guruhlarga ajratiladi. Birinchi guruhda yozilish shakli oson,
keyingi guruhlarda yozilish shakli murakkab bo’lgan harflar kiritiladi.
Bunday usulda darsni tashkil etish Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish
metodikasida genetik usul deb ataladi.
O’qituvchi birinchi navbatda har bir o’quvchiga partada to’g’ri o’tirish
qoidalarini erinmay tushuntirish va mashq qildirish darkor. Keyinchalik
o’quvchi ruchkani qanday ushlash, daftar tutish holati hamda harflarni
yozayotganligini: sekin yoki tez yozishni kuzatib borishi lozim.
Husnixat malakasini shakllantirishni faqat boshlang’ich sinflarda emas,
balki yuqori sinflarda takomillashtirib borishi zarur.
2. Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish metodikasi pedagogik fan.
Inson o’z fikrini boshqa kishilarga og’zaki va yozma shaklda yetkazishi mumkin.
Nutqning bu shaklining o’xshash va farqlash tomonlari mavjud bo’’lib ular o’z
o’rnida afzalliklarga ega. Og’zaki nutq tovush chiqarib aytiladi va eshitilish uchun
mo’ljallanadi. U kishilarning nutq jarayoni vaqtidagi aloqa vositasi bo’lib xizmat
qiladi. Yozma nutq esa tosh, yog’och, teri, metall, qog’oz kabilarga ko’rish asosida
idrok qilinadigan doimiy belgilar orqali yozib qo’yiladi. Yozuv kishilarning o’zaro
fikr almashishi va bilimlarni egallashning qudratli vositasi hisoblanadi. Yozma
nutq avlodlarni bir-biriga bog’laydi, uzoq saqlanadi. Yozuv tufayli kishi fikri,
insoniyat qo’lga kiritgan bilimlar avloddan-avlodga yetib boradi, abadiy yashaydi.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni husnixatga o’rgatish extiyoji
yuqoridagi talablar asosida yuzaga keladi. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni
husnixat bilan yozishga o’rgatish metodikasi ularda aniq , chiroyli va tez yozish
imkonini hosil qilishi lozim. Bu kabi vazifalarni amalga oshirish uchun dastur
mazmunini va uning talablarini o’qitish usullarini yozuviga o’rgatishning
gigeyenik shartlarini, o’quvchilarning yozuvidagi individual kamchiliklarini tahlil
qilish sabablarini aniqlash va tuzatish usullarini ishlab chiqish zarur.
Demak yozuv kishi hayotida pedagogik va ijtimoiy ahamiyatga ega.
Yuqoridagi talab asosida yozishga o’rganishi boshlang’ich sinflardan boshlanadi.
1-4-sinf o’quvchilarini chiroyli yozishga o’rgatish uchun o’qtuvchining o’zi
husnixat bilan yozishi, shu bilan birga o’quvchilarni chiroyli yozishga o’rgata
olishi kerak.
Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish metodikasi fani amaliy fan bo’lib
u chiroyli yozishga o’rgatish bilan bir qatorda o’qitish tarbiyalash, vazifalarini
bajaradi.
Pedagogika oliy o’quv yurtlarida o’qitiladigan Chiroyli yozuv malakasini
shakllantirish metodikasi fanining maqsadi:
1.
Talabalarga husnixat metodikasidan nazariy ma’lumot berish.
2.
Talabalarni-bo’lg’usi
o’qituvchilarni
husnixat
talablari
asosida
yozishga o’rgatish.
3.
Boshlang’ich ta’limida o’quvchilarni husnixatga o’rgatishning metod
va usullari bilan qurollantirish.
Boshqa fanlar kabi chiroyli yozuv malakasini shakllantirish metodikasining
o’z predmeti bor. Bu fanning predmeti ta’lim berish jarayonida chiroyli yozuvni
egallash, grafik jihatdan to’g’ri chiroyli yozishga o’rgatish hisoblanadi.
Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish metodikasi fani o’z oldiga
quyidagi vazifalarni qo’yadi:
- talabalarga chiroyli yozuv haqida nazariy bilim berish;
- o’z dastxatlari ustida ishlash yuzasidan malakalar xosil qilish;
- boshlang’ich sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish, va tashkil
etishga o’rgatish;
- boshlang’ich sinflar uchun husnixat materiallarini tanlay olish
tamoyillari bilan tanishtirish.
Birinchidan husnixat bilan yozish o’quvchilardan mehnat madaniyatini
tarbiyalaydi. Topshiriqlarni toza, aniq va madaniyat bilan bajarish ko’nikmasini
hosil qiladi.
Ikkinchidan dastxatga pala-partish va be’etibor munosabatda bo’lish
o’quvchilarning imloviy savodsizligini keltirib chiqaradi. Natijada o’quvchilar
qiladigan ishlariga o’ylab o’tirmay bajaraveradilar, o’z hato kamchiliklarini ham
o’ylab ko’rmaydigan bo’lib qoladilar.
Uchinchidan husnixat bilan to’g’ri yozish ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lib
turli rasmiy hujjatlarni yuritishda kishilar unga ehtiyoj sezadi. Husnixat bilan
yozilmagan, to’ldirilmagan hujjatlarni o’qishga kitobxonning ko’p vaqt sarflashiga
to’g’ri keladi. Vaholanki, maktabda har kuni o’qituvchi 30 talab o’quvchlar
daftarini tekshiradi. Agar o’qib bo’lmaydigan qilib yozgan bo’lsa o’qituvchining