Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish usullari

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

18

File size

Fayl hajmi

683,7 KB


Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish usullari
Reja:
1. Chiroyli yozuv malakasini shakllantirishning fiziologik asoslari.
2. Jismoniy mashq lahzalarini tashkil etish.
3. Alifbegacha bo’lgan davrda tayyorgarlik mashqlarini tashkil etish.
4. Alifbe davrida yozuv texnikasini o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari.
Logotip
Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish usullari Reja: 1. Chiroyli yozuv malakasini shakllantirishning fiziologik asoslari. 2. Jismoniy mashq lahzalarini tashkil etish. 3. Alifbegacha bo’lgan davrda tayyorgarlik mashqlarini tashkil etish. 4. Alifbe davrida yozuv texnikasini o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari.
Alifbegacha bo’lgan davrda tayyorgarlik mashqlarini tashkil etish.
Boshlang’ich  sinflarda  harflarning  shaklini  to’g’ri  yozishga  o’rgatish
o’qituvchidan ham, o’quvchilardan ham ko’p mehnat talab etadi. O’quvchi
har bir harfning tuzilishini, yozilishini ko’rishi va tasavvur hosil qila olishi
lozim.  O’qituvchi  esa  o’quvchilar  tomonidan  yo’l  qo’yilgan  xato  va
kamchiliklarni aniqlashi va uni tuzatish yo’llarini belgilashi kerak.
O’quvchilar tomonidan ham, o’qituvchi tomonidan ham har bir harf aniq
yozilishiga erishish, buning uchun ko’p mashq qilish kerak bo’ladi. Dastlab
yozish  sur’ati  sekin  bo’ladi,  keyinchalik  o’quvchilar  harflarning  yozilish
shaklini yaxshi o’zlashtirib olganlaridan so’ng yozuvning tezligi ortib boradi.
Harflarning shaklini tushuntirishda dastlab doskaga yozib ko’rsatish juda
muhimdir. Buning uchun o’qituvchining o’zi yaxshi yoza oladigan bo’lishi
kerak. Agar o’qituvchi bir harfni bir safar boshqa shaklda, ikkinchi safar yana
bir shaklda yozib ko’rsatsa, o’quvchilar ikkilanib qoladilar va xatoga yo’l
qo’yadilar.
O’quvchi to’g’ri yoki noto’g’ri yozilgan harflarni bir-biridan ajrata olishi,
ulardagi asosiy kamchiliklar nimadan iborat ekanligini ko’rsata olishi lozim.
Shuning  uchun  ham  o’quvchilarda  harfning  shaklini  analitik  ko’rish
malakasini o’stirish talab etiladi. Analitik ko’rish malakasi faqat to’g’ri va
noto’g’ri yozilgan harflarni solishtirish orqali o’stirib boriladi.
O’qituvchi o’rgatmoqchi bo’lgan harfning shaklini va yozilish tartibini
doskada ko’rsatib bergandan so’ng o’quvchilarga 2-3 qator mustaqil yozishga
ruxsat  etishi  mumkin.  Bu  vaqt  ichida  o’qituvchi  sinfni  aylanib,
o’quvchilarning  yozuvini  tekshirib  chiqishi  va  xato  yozayotgan
o’quvchilarning yozuvlaridan bittasini namuna uchun tanlab olib, doskada
o’quvchi qanday xato yozgan bo’lsa, o’qituvchi ham shunday shaklda yozib
ko’rsatadi.
Agar o’quvchilar o’z o’rtoqlarining yo’l qo’ygan xatosini ko’rsalar, shu
ondayoq qo’l ko’tarib, uni tuzatishga harakat qiladilar. Agar o’quvchi harfni
juda  ham  noto’g’ri  yozgan  bo’lsa,  o’quvchilar  taajjublanadilar  va  unga
tanqidiy nazar bilan qaraydilar. Shunday tanqidiy munosabatning o’zi ko’p
Logotip
Alifbegacha bo’lgan davrda tayyorgarlik mashqlarini tashkil etish. Boshlang’ich sinflarda harflarning shaklini to’g’ri yozishga o’rgatish o’qituvchidan ham, o’quvchilardan ham ko’p mehnat talab etadi. O’quvchi har bir harfning tuzilishini, yozilishini ko’rishi va tasavvur hosil qila olishi lozim. O’qituvchi esa o’quvchilar tomonidan yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni aniqlashi va uni tuzatish yo’llarini belgilashi kerak. O’quvchilar tomonidan ham, o’qituvchi tomonidan ham har bir harf aniq yozilishiga erishish, buning uchun ko’p mashq qilish kerak bo’ladi. Dastlab yozish sur’ati sekin bo’ladi, keyinchalik o’quvchilar harflarning yozilish shaklini yaxshi o’zlashtirib olganlaridan so’ng yozuvning tezligi ortib boradi. Harflarning shaklini tushuntirishda dastlab doskaga yozib ko’rsatish juda muhimdir. Buning uchun o’qituvchining o’zi yaxshi yoza oladigan bo’lishi kerak. Agar o’qituvchi bir harfni bir safar boshqa shaklda, ikkinchi safar yana bir shaklda yozib ko’rsatsa, o’quvchilar ikkilanib qoladilar va xatoga yo’l qo’yadilar. O’quvchi to’g’ri yoki noto’g’ri yozilgan harflarni bir-biridan ajrata olishi, ulardagi asosiy kamchiliklar nimadan iborat ekanligini ko’rsata olishi lozim. Shuning uchun ham o’quvchilarda harfning shaklini analitik ko’rish malakasini o’stirish talab etiladi. Analitik ko’rish malakasi faqat to’g’ri va noto’g’ri yozilgan harflarni solishtirish orqali o’stirib boriladi. O’qituvchi o’rgatmoqchi bo’lgan harfning shaklini va yozilish tartibini doskada ko’rsatib bergandan so’ng o’quvchilarga 2-3 qator mustaqil yozishga ruxsat etishi mumkin. Bu vaqt ichida o’qituvchi sinfni aylanib, o’quvchilarning yozuvini tekshirib chiqishi va xato yozayotgan o’quvchilarning yozuvlaridan bittasini namuna uchun tanlab olib, doskada o’quvchi qanday xato yozgan bo’lsa, o’qituvchi ham shunday shaklda yozib ko’rsatadi. Agar o’quvchilar o’z o’rtoqlarining yo’l qo’ygan xatosini ko’rsalar, shu ondayoq qo’l ko’tarib, uni tuzatishga harakat qiladilar. Agar o’quvchi harfni juda ham noto’g’ri yozgan bo’lsa, o’quvchilar taajjublanadilar va unga tanqidiy nazar bilan qaraydilar. Shunday tanqidiy munosabatning o’zi ko’p
xatolarning oldini olishga yordam beradi. Bunday noto’g’ri yozilgan harflarni
doskada yozib ko’rsatish orqali tahlil qilish maqsadga muvofiqdir, chunki uni
hamma o’quvchilar kuzatib turadilar. Masalan, qoidaga mos qilib yozilgan
kichik  «m»  harfi  bilan  noto’g’ri  yozilgan  kichik  «m»  harfini  doskada
quyidagicha yonma-yon ko’rsatish mumkin.
Kichik «m» harfini yozishda yo’l qo’yilgan asosiy kamchilik nimadan
iborat  ekanligini  o’qituvchi  o’quvchilardan  so’raydi.  O’quvchilar  javob
beradilar. (Uchinchi osti ilmoqli tayoqcha shaklidagi elementi ikkinchi kichik
tayoqcha shaklidagi elementdan kichik bo’lib qolgan). Aslida esa ular barobar
bo’lishi kerak edi.
Shundan so’ng o’qituvchi yana shunga o’xshash ikkinchi bir xatoga yo’l
qo’yib yozilgan kichik «m» harfini ko’rsatishi mumkin.
O’quvchilar darrov uning ham xatosini aytib beradilar. (Birinchi boshlash
elementi  uzun  bo’lib  ketgan.)  Harflardagi  kamchiliklar  tahlil  qilib
bo’lingandan so’ng doskadagi noto’g’ri yozilgan harflarni o’chirib tashlab,
to’g’ri yozish qoidalari eslatib o’tiladi va yuqoridagi kabi kamchiliklarga yo’l
qo’ymaslik  uqtiriladi.  Bunday  to’g’ri  va  noto’g’ri  yozilgan  harflarni
taqqoslash orqali o’quvchilar shunday xulosaga keladilar: to’g’ri yozilayotgan
harflarning elementlari bir xil qiyalikda bo’lishi hamda ular orasidagi masofa
bir xilda saqlanishini bilib oladilar.
Qoida  bo’yicha  o’quvchilar  harflarni  elementlarga  ajratib  yozmasalar
ham, har bir harfning qanday elementlardan tuzilganini, yozayotganda peroni
qaysi tomonga harakat qildirishni, qayerda burilish bo’lishini, qaysi elementi
qanday qiyalikda yozilishini yaxshi bilishlari kerak. Bu esa o’quvchilarga
harflarning shaklini yana ham chuqurroq o’zlashtirib olishga katta yordam
beradi.
I sinfda yozuv mashqlarini tashkil etish birmuncha murakkab bo’lib, bir
necha xil vazifani o’z ichiga oladi: bolalar o’qituvchining so’zini tinglaydilar,
doskaga yozgan harf va so’zlarni ko’rib boradilar, ayrim matnlarni ko’chirib
yozadilar, so’z va bo’g’inlarni tahlil qiladilar va hokazo.
Har  bir  yozuv  mashg’ulotini  boshlashdan  oldin  hamda  butun  dars
jarayonida  ham  o’quvchilarga  to’g’ri  o’tirish  qoidalarini  eslatib  turish
Logotip
xatolarning oldini olishga yordam beradi. Bunday noto’g’ri yozilgan harflarni doskada yozib ko’rsatish orqali tahlil qilish maqsadga muvofiqdir, chunki uni hamma o’quvchilar kuzatib turadilar. Masalan, qoidaga mos qilib yozilgan kichik «m» harfi bilan noto’g’ri yozilgan kichik «m» harfini doskada quyidagicha yonma-yon ko’rsatish mumkin. Kichik «m» harfini yozishda yo’l qo’yilgan asosiy kamchilik nimadan iborat ekanligini o’qituvchi o’quvchilardan so’raydi. O’quvchilar javob beradilar. (Uchinchi osti ilmoqli tayoqcha shaklidagi elementi ikkinchi kichik tayoqcha shaklidagi elementdan kichik bo’lib qolgan). Aslida esa ular barobar bo’lishi kerak edi. Shundan so’ng o’qituvchi yana shunga o’xshash ikkinchi bir xatoga yo’l qo’yib yozilgan kichik «m» harfini ko’rsatishi mumkin. O’quvchilar darrov uning ham xatosini aytib beradilar. (Birinchi boshlash elementi uzun bo’lib ketgan.) Harflardagi kamchiliklar tahlil qilib bo’lingandan so’ng doskadagi noto’g’ri yozilgan harflarni o’chirib tashlab, to’g’ri yozish qoidalari eslatib o’tiladi va yuqoridagi kabi kamchiliklarga yo’l qo’ymaslik uqtiriladi. Bunday to’g’ri va noto’g’ri yozilgan harflarni taqqoslash orqali o’quvchilar shunday xulosaga keladilar: to’g’ri yozilayotgan harflarning elementlari bir xil qiyalikda bo’lishi hamda ular orasidagi masofa bir xilda saqlanishini bilib oladilar. Qoida bo’yicha o’quvchilar harflarni elementlarga ajratib yozmasalar ham, har bir harfning qanday elementlardan tuzilganini, yozayotganda peroni qaysi tomonga harakat qildirishni, qayerda burilish bo’lishini, qaysi elementi qanday qiyalikda yozilishini yaxshi bilishlari kerak. Bu esa o’quvchilarga harflarning shaklini yana ham chuqurroq o’zlashtirib olishga katta yordam beradi. I sinfda yozuv mashqlarini tashkil etish birmuncha murakkab bo’lib, bir necha xil vazifani o’z ichiga oladi: bolalar o’qituvchining so’zini tinglaydilar, doskaga yozgan harf va so’zlarni ko’rib boradilar, ayrim matnlarni ko’chirib yozadilar, so’z va bo’g’inlarni tahlil qiladilar va hokazo. Har bir yozuv mashg’ulotini boshlashdan oldin hamda butun dars jarayonida ham o’quvchilarga to’g’ri o’tirish qoidalarini eslatib turish
maqsadga muvofiqdir. Bu masalani oson hal etishning yana bir yo’li sinfga
to’g’ri o’tirish qoidalari ko’rsatilgan plakatlarni osib qo’yishdir.
O’quvchilarda  chiroyli,  aniq  va  toza  yozishga  qiziqish  va  muhabbat
uyg’otish uchun birinchi navbatda o’qituvchining o’zi chiroyli yozishi lozim.
I sinfda o’qish darslarida o’quvchilar tovush hamda bosma harflar bilan
tanishtirilsa, tovush va harflarni analiz va sintez qilish orqali ularning nutqi
o’stiriladi. Shu kabi yozuv darsining ham ayrim spetsifik xususiyati bor.
Masalan, agar o’quvchilar o’qish darsida «Alifbe» kitobidagi tayyor bosma
harflardan foydalansalar, yozuv darsida bu narsa ko’rinmaydi. Har bir harf va
uning elementini o’quvchining o’zi namunaga qarab yozadi.
Shuning uchun ham bu sinfda yozuvga o’rgatish o’z navbatida quyidagi
kabi qator tushunchalarni bilishni talab etadi: baland-past, bir xil, keng-tor,
yaqin-uzoq, yuqoriga, pastga, o’rta (oraliq), uzunroq-kaltaroq, teng, teng
bo’lmagan masofa, to’g’ri-qiya, chapga-o’ngga.
O’qituvchi yozuv malakasiga o’rgatishga boshlashdan oldin o’quvchilar
bilan yuqoridagi ko’rsatib o’tilgan tushunchalar ustida ish olib borishi lozim.
Bu o’quvchilarga harflarning shaklini uning harakatini yaxshi tushunishlariga
katta yordam beradi.
I  sinfda  yozuv  mashqlari  uchun  berilgan  alifbegacha  bo’lgan  davrni
birmuncha uzaytirish mumkin. (»Alifbe» kitobida esa bu davr uchun 6-7 kun
berilgan). Ammo bu davrda yozuv darsi bilan o’qish darsi o’rtasida birmuncha
farq  bo’lishi  mumkin,  bundan  cho’chimaslik  kerak,  chunki  bu  vaqtda
o’quvchilar so’z va harflarni o’tilgan materiallar asosida yozib o’rganadilar.
Keyinchalik esa o’qish bilan yozuv darsi bir-biri bilan uzviy bog’langan holda
davom etadi.
O’qishning birinchi haftalaridagi tayyorgarlik mashqlari asosan og’zaki
nutqni o’stirishga qaratiladi. Ammo butun dars davomida og’zaki nutq bilan
shug’ullanish  bolalarni  zeriktirib  qo’yishi  mumkin.  Shuning  uchun  bu
darslarning ma’lum qismini og’zaki nutqini o’stirishga, ma’lum qismini esa
yozuv mashqlari uchun sarflash kerak. Bu davrda husnixatga oid tayyorgarlik
mashqlarini tashkil etishning ahamiyati katta.
Logotip
maqsadga muvofiqdir. Bu masalani oson hal etishning yana bir yo’li sinfga to’g’ri o’tirish qoidalari ko’rsatilgan plakatlarni osib qo’yishdir. O’quvchilarda chiroyli, aniq va toza yozishga qiziqish va muhabbat uyg’otish uchun birinchi navbatda o’qituvchining o’zi chiroyli yozishi lozim. I sinfda o’qish darslarida o’quvchilar tovush hamda bosma harflar bilan tanishtirilsa, tovush va harflarni analiz va sintez qilish orqali ularning nutqi o’stiriladi. Shu kabi yozuv darsining ham ayrim spetsifik xususiyati bor. Masalan, agar o’quvchilar o’qish darsida «Alifbe» kitobidagi tayyor bosma harflardan foydalansalar, yozuv darsida bu narsa ko’rinmaydi. Har bir harf va uning elementini o’quvchining o’zi namunaga qarab yozadi. Shuning uchun ham bu sinfda yozuvga o’rgatish o’z navbatida quyidagi kabi qator tushunchalarni bilishni talab etadi: baland-past, bir xil, keng-tor, yaqin-uzoq, yuqoriga, pastga, o’rta (oraliq), uzunroq-kaltaroq, teng, teng bo’lmagan masofa, to’g’ri-qiya, chapga-o’ngga. O’qituvchi yozuv malakasiga o’rgatishga boshlashdan oldin o’quvchilar bilan yuqoridagi ko’rsatib o’tilgan tushunchalar ustida ish olib borishi lozim. Bu o’quvchilarga harflarning shaklini uning harakatini yaxshi tushunishlariga katta yordam beradi. I sinfda yozuv mashqlari uchun berilgan alifbegacha bo’lgan davrni birmuncha uzaytirish mumkin. (»Alifbe» kitobida esa bu davr uchun 6-7 kun berilgan). Ammo bu davrda yozuv darsi bilan o’qish darsi o’rtasida birmuncha farq bo’lishi mumkin, bundan cho’chimaslik kerak, chunki bu vaqtda o’quvchilar so’z va harflarni o’tilgan materiallar asosida yozib o’rganadilar. Keyinchalik esa o’qish bilan yozuv darsi bir-biri bilan uzviy bog’langan holda davom etadi. O’qishning birinchi haftalaridagi tayyorgarlik mashqlari asosan og’zaki nutqni o’stirishga qaratiladi. Ammo butun dars davomida og’zaki nutq bilan shug’ullanish bolalarni zeriktirib qo’yishi mumkin. Shuning uchun bu darslarning ma’lum qismini og’zaki nutqini o’stirishga, ma’lum qismini esa yozuv mashqlari uchun sarflash kerak. Bu davrda husnixatga oid tayyorgarlik mashqlarini tashkil etishning ahamiyati katta.
I sinf o’quvchilari bilan tayyorgarlik mashqlarini to’g’ri olib borish uchun 
quyidagi vazifalarni amalga oshirish kerak.
1.Partada to’g’ri  o’tirishga, avtoruchkani  to’g’ri  ushlashga  va daftarni
to’g’ri tutishga o’rgatish.
2.O’quvchilarning husnixatga qiziqishlarini o’stirish.
3.Bolalarning  taqqoslash  va  chamalash  qobiliyatlarini  o’stiruvchi
mashqlarni bajartirish.
4.Qo’l va barmoq muskullarining harakatini o’stirish.
Tayyorgarlik  mashqlarini  bajarish  uchun  o’quvchilarni  qora  va  rangli
qalamlar  hamda yozuv daftari  bilan ta’minlash lozim. O’qituvchining bu
davrda rangli bo’rlardan foydalanishi yaxshi samaralar beradi.
Tayyorgarlik davrida o’tkaziladigan mashqlarni ma’lum guruhlarga bo’lib,
avval  sodda,  keyin  murakkabroq  mashqlarni  bajarish  lozim.  Mashqlarni
quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
Birinchi guruh mashqlar
Darsning maqsadi. O’quvchilarni daftarning chiziqlari bilan tanishtirish 
va nuqtalarni ko’z bilan chamalab qo’yishga o’rgatish.
Birinchi  vazifa.  O’quvchilarga  barobar  masofada  nuqtalar  qo’yishni
o’rgatish.
IkkinchI vazifa. O’quvchilarga «barobar masofa», «yaqin», «uzoq» kabi
tushunchalarni o’rgatish.
Uchinchi vazifa. O’quvchilarni daftarning qiya holati bilan tanishtirish.
Bolalarga oldin daftarni tik, keyin esa qiya qilib qo’yish topshiriladi. So’ngra
daftarning qiya va tik holatlari qiyos qilib ko’rsatiladi  hamda yozuvning
qiyaligi daftarga taalluqli ekanligi bolalarga tushuntiriladi.
To’rtinchi vazifa. O’quvchilarning qalam ushlashlari tekshirib chiqiladi
va qizil rangli qalam bilan bir qator nuqta qo’yib chiqish topshiriladi.
Logotip
I sinf o’quvchilari bilan tayyorgarlik mashqlarini to’g’ri olib borish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish kerak. 1.Partada to’g’ri o’tirishga, avtoruchkani to’g’ri ushlashga va daftarni to’g’ri tutishga o’rgatish. 2.O’quvchilarning husnixatga qiziqishlarini o’stirish. 3.Bolalarning taqqoslash va chamalash qobiliyatlarini o’stiruvchi mashqlarni bajartirish. 4.Qo’l va barmoq muskullarining harakatini o’stirish. Tayyorgarlik mashqlarini bajarish uchun o’quvchilarni qora va rangli qalamlar hamda yozuv daftari bilan ta’minlash lozim. O’qituvchining bu davrda rangli bo’rlardan foydalanishi yaxshi samaralar beradi. Tayyorgarlik davrida o’tkaziladigan mashqlarni ma’lum guruhlarga bo’lib, avval sodda, keyin murakkabroq mashqlarni bajarish lozim. Mashqlarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: Birinchi guruh mashqlar Darsning maqsadi. O’quvchilarni daftarning chiziqlari bilan tanishtirish va nuqtalarni ko’z bilan chamalab qo’yishga o’rgatish. Birinchi vazifa. O’quvchilarga barobar masofada nuqtalar qo’yishni o’rgatish. IkkinchI vazifa. O’quvchilarga «barobar masofa», «yaqin», «uzoq» kabi tushunchalarni o’rgatish. Uchinchi vazifa. O’quvchilarni daftarning qiya holati bilan tanishtirish. Bolalarga oldin daftarni tik, keyin esa qiya qilib qo’yish topshiriladi. So’ngra daftarning qiya va tik holatlari qiyos qilib ko’rsatiladi hamda yozuvning qiyaligi daftarga taalluqli ekanligi bolalarga tushuntiriladi. To’rtinchi vazifa. O’quvchilarning qalam ushlashlari tekshirib chiqiladi va qizil rangli qalam bilan bir qator nuqta qo’yib chiqish topshiriladi.
Ikkinchi guruh mashqlar
Darsning  maqsadi.  Chiziqlarning  qiya  shaklda  yozilishini  ko’rsatish
hamda chiziqlar orasidagi masofani to’g’ri topishga o’rgatish.
Birinchi  vazifa.  Kichik  harflar  yoziladigan  chiziqlar  orasiga  qiya
tayoqchalar chizishni mashq qildirish.
O’qituvchi  bu  mashqni  doskada  namuna  tarzida  ko’rsatib,  beradi.
O’quvchilar  esa  qizil  rangli  qalam  bilan  qiya  tayoqchalarni  chizadilar.
O’quvchilar bir qator yozib bo’lganlaridan so’ng ular tekshirib chiqiladi va
tahlil qilinadi. (Tayoqchalarning bo’yi va qiyaligi, ular orasidagi masofa bir
xilmi?)  Yozilgan  tayoqchalarning  bir  xilligini  tekshirish  uchun  ularning
o’rtasiga ko’k rangdagi qalam bilan nuqtalar qo’ydiriladi.
Agar nuqtalar barobar masofada bo’lsa, o’quvchi vazifani to’g’ri bajargan,
nuqtalar barobar masofada bo’lmasa, o’quvchi xatoga yo’l qo’ygan bo’ladi.
Xatoga yo’l qo’ygan o’quvchilarga shu mashqni qayta bajartirish lozim.
Uchinchi guruh mashqlar
Darsning  maqsadi.  O’quvchilarga  «baland»,  «yuqori»  va  «past»
tushunchalarni anglatish. Chiziqlar orasini to’g’ri topishga o’ragatish.
Birinchi  vazifa.  Har  xil  balandlikdagi  qiya  tayoqchalarni  yozdirish.
O’qituvchi doskada daftarning yuqori chizig’idan pastki chizig’igacha uzun
tayoqchalar tushirishni, tayoqchalarning teng o’rtasini topib, nuqta qo’yishni
aytadi;  uzun  tayoqchaning  yarmidan,  ya’ni  nuqta  qo’yilgan  eridan  uning
yoniga  kichik  qiya  tayoqcha  chizishni  topshiradi.  Uzun  tayoqchalarning
o’rtasiga qo’yilgan kichik tayoqcha gorizontal chiziq bilan bog’lanadi.
Logotip
Ikkinchi guruh mashqlar Darsning maqsadi. Chiziqlarning qiya shaklda yozilishini ko’rsatish hamda chiziqlar orasidagi masofani to’g’ri topishga o’rgatish. Birinchi vazifa. Kichik harflar yoziladigan chiziqlar orasiga qiya tayoqchalar chizishni mashq qildirish. O’qituvchi bu mashqni doskada namuna tarzida ko’rsatib, beradi. O’quvchilar esa qizil rangli qalam bilan qiya tayoqchalarni chizadilar. O’quvchilar bir qator yozib bo’lganlaridan so’ng ular tekshirib chiqiladi va tahlil qilinadi. (Tayoqchalarning bo’yi va qiyaligi, ular orasidagi masofa bir xilmi?) Yozilgan tayoqchalarning bir xilligini tekshirish uchun ularning o’rtasiga ko’k rangdagi qalam bilan nuqtalar qo’ydiriladi. Agar nuqtalar barobar masofada bo’lsa, o’quvchi vazifani to’g’ri bajargan, nuqtalar barobar masofada bo’lmasa, o’quvchi xatoga yo’l qo’ygan bo’ladi. Xatoga yo’l qo’ygan o’quvchilarga shu mashqni qayta bajartirish lozim. Uchinchi guruh mashqlar Darsning maqsadi. O’quvchilarga «baland», «yuqori» va «past» tushunchalarni anglatish. Chiziqlar orasini to’g’ri topishga o’ragatish. Birinchi vazifa. Har xil balandlikdagi qiya tayoqchalarni yozdirish. O’qituvchi doskada daftarning yuqori chizig’idan pastki chizig’igacha uzun tayoqchalar tushirishni, tayoqchalarning teng o’rtasini topib, nuqta qo’yishni aytadi; uzun tayoqchaning yarmidan, ya’ni nuqta qo’yilgan eridan uning yoniga kichik qiya tayoqcha chizishni topshiradi. Uzun tayoqchalarning o’rtasiga qo’yilgan kichik tayoqcha gorizontal chiziq bilan bog’lanadi.
Doskada tayoqchalarning baland va pastligi taqqoslab ko’rsatib beriladi.
Shundan so’ng o’quvchilar vazifani bajarishga kirishadi.
To’rtinchi guruh mashqlar
Darsning  maqsadi.  Har  xil  shaklga  va  qiyaliklarga  ega  bo’lgan
chiziqlarning unsurlarini yozishga o’rgatish.
Birinchi vazifa. Uzun tayoqcha unsurini bir necha bo’laklarga bo’lib,
ularning orasidagi masofani bir xilda saqlashga o’rgatish. (Bu chiziqlar jigar
rang qalam bilan chizdiriladi).
Ikkinchi vazifa. Tayoqchalarning baland-pastligi, oralaridagi masofaning
tengligi  tekshirilib  chiqilgandan  so’ng  zangori  rang  qalam  bilan  har  xil
qiyalikka ega bo’lgan kichik chiziqchalar chiziladi. Natijada archa daraxti
shakliga o’xshash chiziqlar hosil bo’ladi.
O’quvchilar bu mashqni bajarish orqali oraliq masofalarni chamalashga va
qiyaliklarni to’g’ri saqlashga o’rganadilar.
Beshinchi guruh mashqlar
Darsning  maqsadi. O’quvchilarga  «keng»  va  «tor»  tushunchasini
anglatish;  osti  ilmoqli  kichik  tayoqcha  shaklidagi  elementni  yozishga
o’rgatish.
Birinchi vazifa. Osti ilmoqli kichik tayoqcha elementini har xil rangli
qalamda bajarish. Masalan, 3 ta tayoqcha qizil rangda, 3 ta tayoqcha ko’k
rangda bajarilsa, o’quvchilarning qiziqishlari ortadi.
Logotip
Doskada tayoqchalarning baland va pastligi taqqoslab ko’rsatib beriladi. Shundan so’ng o’quvchilar vazifani bajarishga kirishadi. To’rtinchi guruh mashqlar Darsning maqsadi. Har xil shaklga va qiyaliklarga ega bo’lgan chiziqlarning unsurlarini yozishga o’rgatish. Birinchi vazifa. Uzun tayoqcha unsurini bir necha bo’laklarga bo’lib, ularning orasidagi masofani bir xilda saqlashga o’rgatish. (Bu chiziqlar jigar rang qalam bilan chizdiriladi). Ikkinchi vazifa. Tayoqchalarning baland-pastligi, oralaridagi masofaning tengligi tekshirilib chiqilgandan so’ng zangori rang qalam bilan har xil qiyalikka ega bo’lgan kichik chiziqchalar chiziladi. Natijada archa daraxti shakliga o’xshash chiziqlar hosil bo’ladi. O’quvchilar bu mashqni bajarish orqali oraliq masofalarni chamalashga va qiyaliklarni to’g’ri saqlashga o’rganadilar. Beshinchi guruh mashqlar Darsning maqsadi. O’quvchilarga «keng» va «tor» tushunchasini anglatish; osti ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi elementni yozishga o’rgatish. Birinchi vazifa. Osti ilmoqli kichik tayoqcha elementini har xil rangli qalamda bajarish. Masalan, 3 ta tayoqcha qizil rangda, 3 ta tayoqcha ko’k rangda bajarilsa, o’quvchilarning qiziqishlari ortadi.
Ikkinchi vazifa. O’tkir burchak hosil qilib yozilgan element bilan osti
ilmoqli kichik tayoqcha elementlarini qiyos qilib ko’rsatish. (Osti ilmoqli
tayoqcha elementining to’g’ri yozilishi ko’rsatib o’tiladi, chunki bu element
kichik  harflarning  yozilishida  ko’p  uchraydi.)  O’quvchilarga  bu  qoidalar
tushuntirilgandan so’ng bir qator oralatib, bitta kichik to’g’ri tayoqcha va bitta
osti ilmoqli kichik tayoqcha elementi yozdiriladi.
Oltinchi guruh mashqlar.
Darsning maqsadi. Cho’zinchoq doira shaklini yozishga o’rgatish.
Birinchi vazifa. Cho’zinchoq doira shakli bilan tanishtirish hamda uni aylana
bilan qiyos qilib ko’rsatish .
O’qituvchi doskada aylana va uning yoniga cho’zinchoq doira shaklini
yozib, ularni solishtirib ko’rsatadi;
 Ularning  bir-biridan  farqini  tushuntiradi:  aylana  -  bu  koptok  yoki
tarvuzga, cho’zinchoq doira esa olxo’ri yoki qovun shakliga o’xshaydi. So’ng
o’qituvchi  cho’zinchoq  doirani  tik  va  qiya  holatda  yozib  ko’rsatadi.
O’quvchilar  uni  solishtirib  ko’radilar:  biri  tik  holatda,  ikkinchi  esa  bir
tomonga qiya qilib yozilgan.
 O’qituvchi cho’zinchoq doira shaklidagi bu elementni bir tomonga qiya
qilib yozish shart ekanligini ta’kidlaydi. O’quvchilar uning yozilishini bir
necha marta havoda bajaradilar, so’ngra yozishga ruxsat etiladi. O’qituvchi
cho’zinchoq doiraning balandligini ham tayoqcha bilan barobar yozilishini
eslatadi. O’quvchilar bir qatorga bitta kichik tayoqcha va bitta cho’zinchoq
doira shaklini almashtirib yozadilar. 
Logotip
Ikkinchi vazifa. O’tkir burchak hosil qilib yozilgan element bilan osti ilmoqli kichik tayoqcha elementlarini qiyos qilib ko’rsatish. (Osti ilmoqli tayoqcha elementining to’g’ri yozilishi ko’rsatib o’tiladi, chunki bu element kichik harflarning yozilishida ko’p uchraydi.) O’quvchilarga bu qoidalar tushuntirilgandan so’ng bir qator oralatib, bitta kichik to’g’ri tayoqcha va bitta osti ilmoqli kichik tayoqcha elementi yozdiriladi. Oltinchi guruh mashqlar. Darsning maqsadi. Cho’zinchoq doira shaklini yozishga o’rgatish. Birinchi vazifa. Cho’zinchoq doira shakli bilan tanishtirish hamda uni aylana bilan qiyos qilib ko’rsatish . O’qituvchi doskada aylana va uning yoniga cho’zinchoq doira shaklini yozib, ularni solishtirib ko’rsatadi; Ularning bir-biridan farqini tushuntiradi: aylana - bu koptok yoki tarvuzga, cho’zinchoq doira esa olxo’ri yoki qovun shakliga o’xshaydi. So’ng o’qituvchi cho’zinchoq doirani tik va qiya holatda yozib ko’rsatadi. O’quvchilar uni solishtirib ko’radilar: biri tik holatda, ikkinchi esa bir tomonga qiya qilib yozilgan. O’qituvchi cho’zinchoq doira shaklidagi bu elementni bir tomonga qiya qilib yozish shart ekanligini ta’kidlaydi. O’quvchilar uning yozilishini bir necha marta havoda bajaradilar, so’ngra yozishga ruxsat etiladi. O’qituvchi cho’zinchoq doiraning balandligini ham tayoqcha bilan barobar yozilishini eslatadi. O’quvchilar bir qatorga bitta kichik tayoqcha va bitta cho’zinchoq doira shaklini almashtirib yozadilar.
Cho’zinchoq doira shaklining orasiga qo’yilgan bu kichik tayoqchalar
uning qiyaligini saqlab yozishga yordam beradi.
Yettinchi guruh mashqlar
Darsning  maqsadi. Kichik  harf  elementlarining  qo’shib  yozilishini
hamda ularning orasidagi masofani to’g’ri saqlashga o’rgatish.
Birinchi vazifa. Osti ilmoqli kichik tayoqcha elementini mashq qildirish
hamda ularni bir-biriga qo’shib yozishga o’rgatish.
Bu  vazifaning  to’g’ri  yoki  noto’g’ri  bajarilganini  mashqni  bajarib
bo’lgandan so’ng ikkita element o’rtasidagi bo’shliqqa boshqa rangli qalam
bilan nuqta qo’ydirish orqali ham bilish mumkin.
Agar o’quvchi vazifani to’g’ri bajargan bo’lsa, nuqta harf elementlari
orasiga to’g’ri joylashadi, aksincha, noto’g’ri bajarilgan bo’lsa, nuqta uchun
joy topilmaydi.  Bunday usul  bilan vazifani tekshirish ularda uchraydigan
xatoning oldini olishning birdan-bir to’g’ri yo’lidir.
 
 
Sakkizinchi guruh mashqlar
Darsning  maqsadi.
 «Uzunchoq»  va  «kaltaroq»  tushunchasini
anglatish.
Birinchi vazifa. Ikki xil uzunlikdagi yotiq va tik tayoqcha elementlarini
yozib ko’rsatish. 
Bu  vazifa  ham  rangli  qalam  bilan  bajariladi.  O’quvchilar  bu
tayoqchalarning qaysi biri uzun, qaysi biri qisqa ekanini solishtirib ko’radilar.
Logotip
Cho’zinchoq doira shaklining orasiga qo’yilgan bu kichik tayoqchalar uning qiyaligini saqlab yozishga yordam beradi. Yettinchi guruh mashqlar Darsning maqsadi. Kichik harf elementlarining qo’shib yozilishini hamda ularning orasidagi masofani to’g’ri saqlashga o’rgatish. Birinchi vazifa. Osti ilmoqli kichik tayoqcha elementini mashq qildirish hamda ularni bir-biriga qo’shib yozishga o’rgatish. Bu vazifaning to’g’ri yoki noto’g’ri bajarilganini mashqni bajarib bo’lgandan so’ng ikkita element o’rtasidagi bo’shliqqa boshqa rangli qalam bilan nuqta qo’ydirish orqali ham bilish mumkin. Agar o’quvchi vazifani to’g’ri bajargan bo’lsa, nuqta harf elementlari orasiga to’g’ri joylashadi, aksincha, noto’g’ri bajarilgan bo’lsa, nuqta uchun joy topilmaydi. Bunday usul bilan vazifani tekshirish ularda uchraydigan xatoning oldini olishning birdan-bir to’g’ri yo’lidir. Sakkizinchi guruh mashqlar Darsning maqsadi. «Uzunchoq» va «kaltaroq» tushunchasini anglatish. Birinchi vazifa. Ikki xil uzunlikdagi yotiq va tik tayoqcha elementlarini yozib ko’rsatish. Bu vazifa ham rangli qalam bilan bajariladi. O’quvchilar bu tayoqchalarning qaysi biri uzun, qaysi biri qisqa ekanini solishtirib ko’radilar.
To’qqizinchi guruh mashqlar
Darsning  maqsadi.  Harf  elementlarini  bir  qatorga  to’g’ri
joylashtirishga o’rgatish.
Birinchi vazifa. O’quvchilarga bir qator cho’zinchoq doira shaklini
yozib mashq qildirish.
Ikkinchi vazifa. O’quvchilarga zangori qalam bilan cho’zinchoq doira
ichiga bir xil masofada kichik tayoqcha chizib chiqish topshiriladi. Har bir
tayoqcha  bargning  o’rta  qismi,  ya’ni  uning  tomirlari  vazifasini  bajaradi.
Bargning ham kichik tayoqcha, bu esa bargning bandi hisoblanadi 
Tayyorgarlik mashqlarini bunday tashkil etish o’quvchilarni avtoruchka
bilan yozishga tayyorlashda katta rol o’ynaydi. Ammo tayyorgarlik davrida
o’quvchilar yozuvga taalluqli bo’lgan hamma malakalarni to’liq hosil qildilar
deb  bo’lmaydi.  Shuning  uchun  ayrim  tayyorgarlik  mashqlarini  harflarini
o’rgatish  davrida  ham  olib  borish  mumkin,  masalan,  kichik  u harfini
yozdirishga  o’rgatishda  uning  ikkinchi  osti  tugunchakli  elementining
bog’lanishida qiynalishlari mumkin. 
Yuqorida ko’rsatilgan tayyorgarlik mashqlari qat’iy bo’lmay o’qituvchi
o’quvchilarning  kuchiga  qarab  bir  oz  soddalashtirishi  yoki,  aksincha,
murakkabroq qilib olishi mumkin.
Ayrim  mashqlarda harf  elementlari nuqtalar bilan qo’shib berilgan:
bunday ishlar o’quvchilarning chamalash qobiliyatlarini o’stirishga yordam
beradi. 
Sinfda husnixat mashqlari o’qituvchi tomonidan doskada yozib ham
ko’rsatiladi.
 Alifbe  davrida  yozuv  texnikasini  o’rgatishning  o’ziga  xos
xususiyatlari.
O’quvchilar tayyorgarlik davrida ayrim mashqlarni bajargan bo’lishlariga
qaramay,  o’qituvchi  navbatdagi  darsni  e’lon  qilish  bilan  birga  yozuv
asboblarini  qayta  tekshirib  chiqishi  lozim.  Shu  bilan  birga,  quyidagi
vazifalarni bajarishni maqsad qilib qo’yishi lozim:
1. Barmoq va qo’l muskullari harakatini o’stiruvchi gimnastik mashqlar
o’tkazish.
Logotip
To’qqizinchi guruh mashqlar Darsning maqsadi. Harf elementlarini bir qatorga to’g’ri joylashtirishga o’rgatish. Birinchi vazifa. O’quvchilarga bir qator cho’zinchoq doira shaklini yozib mashq qildirish. Ikkinchi vazifa. O’quvchilarga zangori qalam bilan cho’zinchoq doira ichiga bir xil masofada kichik tayoqcha chizib chiqish topshiriladi. Har bir tayoqcha bargning o’rta qismi, ya’ni uning tomirlari vazifasini bajaradi. Bargning ham kichik tayoqcha, bu esa bargning bandi hisoblanadi Tayyorgarlik mashqlarini bunday tashkil etish o’quvchilarni avtoruchka bilan yozishga tayyorlashda katta rol o’ynaydi. Ammo tayyorgarlik davrida o’quvchilar yozuvga taalluqli bo’lgan hamma malakalarni to’liq hosil qildilar deb bo’lmaydi. Shuning uchun ayrim tayyorgarlik mashqlarini harflarini o’rgatish davrida ham olib borish mumkin, masalan, kichik u harfini yozdirishga o’rgatishda uning ikkinchi osti tugunchakli elementining bog’lanishida qiynalishlari mumkin. Yuqorida ko’rsatilgan tayyorgarlik mashqlari qat’iy bo’lmay o’qituvchi o’quvchilarning kuchiga qarab bir oz soddalashtirishi yoki, aksincha, murakkabroq qilib olishi mumkin. Ayrim mashqlarda harf elementlari nuqtalar bilan qo’shib berilgan: bunday ishlar o’quvchilarning chamalash qobiliyatlarini o’stirishga yordam beradi. Sinfda husnixat mashqlari o’qituvchi tomonidan doskada yozib ham ko’rsatiladi. Alifbe davrida yozuv texnikasini o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari. O’quvchilar tayyorgarlik davrida ayrim mashqlarni bajargan bo’lishlariga qaramay, o’qituvchi navbatdagi darsni e’lon qilish bilan birga yozuv asboblarini qayta tekshirib chiqishi lozim. Shu bilan birga, quyidagi vazifalarni bajarishni maqsad qilib qo’yishi lozim: 1. Barmoq va qo’l muskullari harakatini o’stiruvchi gimnastik mashqlar o’tkazish.
2. Doskaga mashqni yozib ko’rsatish va asosiy e’tiborni nimaga jalb
etishni  tushuntirish.  (Ayrim  o’quvchilar  harfni  qanday  yozishni  so’zlab
berishlari ham mumkin)
3. Daftardan foydalanishni, yozuvni qayerdan boshlashni tushuntirish.
4. Partada to’g’ri o’tirish, ruchkani to’g’ri ushlash, daftarni to’g’ri tutish
qoidalarini eslatib o’tish.
5. Har bir qatorga nechta harf yozishni tushuntirish, o’quvchilarning
yozuvini muntazam kuzatib borish.
6. Ishning birinchi qismi tugallangandan so’ng (o’qituvchining savoliga
qarab) bajargan yozuvlarini doskadagi namuna bilan solishtirib ko’rishga va
yo’l qo’ygan xatolarini topishga o’rgatish.
7.  Vazifani  qayta  tushuntirish  orqali  o’quvchilardagi  kamchiliklarni
yo’qotish.
8. Jismoniy mashq daqiqalari o’tkazish. (Jismoniy mashq daqiqalarini
o’tkazish uchun mashqlar namunasi 1 bobda berilgan.)
9. Yangi mashqni tushuntirish, dasrlikning qaysi beti, qachon va necha
qator yozish kerakligini belgilab qo’yish.
10. Ko’z bilan daftar orasidagi masofani to’g’ri saqlashga o’rgatish.
11.  Har  bir  mashqni  bajarishda  uni  tahlil  qilish,  zarur  bo’lsa,
qo’shimcha ko’rsatmalar berish.
12. O’quvchilarga bajariladigan vazifalarni aniq ko’rsatish.
Bu  davrda  o’quvchilarni  asta-sekin  «husnixat»  daftaridan  to’g’ri
foydalanishga  o’rgatib  borish  zarur.  O’qituvchining  ko’rsatmasiga  binoan
o’quvchi daftardan zarur mashqni topishi va bajarishi lozim. Alifbegacha
bo’lgan davrdan boshlab harf va uning elementlarini  bir  xil  balandlikda,
qiyalikda va qalinlikda yozishga qaratish talab etiladi.
Ko’chirib yozish mashqlari uchun esa ayrim harf elementlari emas,
balki alohida guruhlar beriladi.
Alifbegacha bo’lgan davrda bu talablarning amalga oshirilishi alifbe
davrida darsni yanad samaraliroq olib borish uchun imkoniyat yaratadi.
Alifbe  davrida  o’quvchilar  nutq  tovushlari  bilan  tanishadilar,  so’z
tuzishga, so’z va gaplarni o’qishga hamda ayrim elementlar, harflar, o’tilgan
Logotip
2. Doskaga mashqni yozib ko’rsatish va asosiy e’tiborni nimaga jalb etishni tushuntirish. (Ayrim o’quvchilar harfni qanday yozishni so’zlab berishlari ham mumkin) 3. Daftardan foydalanishni, yozuvni qayerdan boshlashni tushuntirish. 4. Partada to’g’ri o’tirish, ruchkani to’g’ri ushlash, daftarni to’g’ri tutish qoidalarini eslatib o’tish. 5. Har bir qatorga nechta harf yozishni tushuntirish, o’quvchilarning yozuvini muntazam kuzatib borish. 6. Ishning birinchi qismi tugallangandan so’ng (o’qituvchining savoliga qarab) bajargan yozuvlarini doskadagi namuna bilan solishtirib ko’rishga va yo’l qo’ygan xatolarini topishga o’rgatish. 7. Vazifani qayta tushuntirish orqali o’quvchilardagi kamchiliklarni yo’qotish. 8. Jismoniy mashq daqiqalari o’tkazish. (Jismoniy mashq daqiqalarini o’tkazish uchun mashqlar namunasi 1 bobda berilgan.) 9. Yangi mashqni tushuntirish, dasrlikning qaysi beti, qachon va necha qator yozish kerakligini belgilab qo’yish. 10. Ko’z bilan daftar orasidagi masofani to’g’ri saqlashga o’rgatish. 11. Har bir mashqni bajarishda uni tahlil qilish, zarur bo’lsa, qo’shimcha ko’rsatmalar berish. 12. O’quvchilarga bajariladigan vazifalarni aniq ko’rsatish. Bu davrda o’quvchilarni asta-sekin «husnixat» daftaridan to’g’ri foydalanishga o’rgatib borish zarur. O’qituvchining ko’rsatmasiga binoan o’quvchi daftardan zarur mashqni topishi va bajarishi lozim. Alifbegacha bo’lgan davrdan boshlab harf va uning elementlarini bir xil balandlikda, qiyalikda va qalinlikda yozishga qaratish talab etiladi. Ko’chirib yozish mashqlari uchun esa ayrim harf elementlari emas, balki alohida guruhlar beriladi. Alifbegacha bo’lgan davrda bu talablarning amalga oshirilishi alifbe davrida darsni yanad samaraliroq olib borish uchun imkoniyat yaratadi. Alifbe davrida o’quvchilar nutq tovushlari bilan tanishadilar, so’z tuzishga, so’z va gaplarni o’qishga hamda ayrim elementlar, harflar, o’tilgan
harflar  ishtirokida  so’z  va  gaplar  yozish  ham  o’rgatiladi.  Alifbe  davrida
bolalarni yozishga o’rgatish juda muhimdir. Bu davrda o’quvchilarga harf va
uning  elementlari  «Alifbe»  daftarida  ko’rsatilgan  tartibda  o’rgatiladi.
O’quvchilarga vaqt-vaqti  bilan yozuv gigiyenasi  qoidalarini  eslatib  turish
lozim.
Alifbe davrida bajariladigan asosiy grafik ishlar quyidagilardan iborat:
1. Kichik va bosh harflarni alifbe tartibida yozish.
2. Harflarni bo’g’in va so’zlarda qo’shib yozish.
3. Qo’l harakatini uzmay yozishga o’rgatish.
4. Harflarning qiyaligini va enini to’g’ri saqlashga o’rgatish.
O’quvchilar tomonidan harflarning shaklini yozishda ularning yozuvini
ko’zdan kechirib chiqish, ayrim harflarning elementini noto’g’ri yozayotgan
o’quvchilarga  shu  elementning  to’g’ri  yozilishini  ko’rsatib  berish  lozim.
O’quvchilarda  bu  davrda  harflarni  to’liq  yozmaslik,  harflarni  almashtirib
yozish kabi xatolar uchraydi. Alifbe davrida (va o’quv yilining 2 yarmida
ham)  o’quvilarning yozayotgan matnlarini  uch xil  yo’l bilan tahlil qilish
mumkin:
a) so’z tarkibini aniqlash;
b) so’zning ma’nosini aniqlash;
c) mashqlarning grafik tasviri ustida ishlash.
Shularning  hammasini  hisobga  olgan  holda  «Husnixat»  daftaridagi
mashqlarni joylanishi «Alifbe» kitobi asosida berilgan. 
Alifbe  davrida  o’quvchilarni  bo’g’inlab  yozishga,  keyinroq  esa
so’zlarni bir butun qilib yozishga o’rgatish lozim. 
Ayrim o’quvchilar so’zlarni harflarni alohida-alohida yozishga harakat
qiladilar, bunga aslo yo’l qo’ymaslik lozim, chunki harflarni alohida-alohida
yozish natijasida ayrim harflarni tushirib qoldiradilar va almashtirib yozadilar.
Bu davrda o’quvchilarni yoddan yozishga ham o’rgatish lozim. Buning uchun
quyidagi kabi topshiriqlarni berib borish lozim: matnni o’qib, yozilishiga qara,
doskaga qaramay yoz, o’qi, namuna bilan solishtirib ko’r. 
Alifbe davrining oxirida ko’pchilik o’quvchilarda yozuv malakasi hosil
bo’ladi,  ammo  bu  bilan  qanoatlanmasdan  yozuvga  o’rgatish  malakasini
Logotip
harflar ishtirokida so’z va gaplar yozish ham o’rgatiladi. Alifbe davrida bolalarni yozishga o’rgatish juda muhimdir. Bu davrda o’quvchilarga harf va uning elementlari «Alifbe» daftarida ko’rsatilgan tartibda o’rgatiladi. O’quvchilarga vaqt-vaqti bilan yozuv gigiyenasi qoidalarini eslatib turish lozim. Alifbe davrida bajariladigan asosiy grafik ishlar quyidagilardan iborat: 1. Kichik va bosh harflarni alifbe tartibida yozish. 2. Harflarni bo’g’in va so’zlarda qo’shib yozish. 3. Qo’l harakatini uzmay yozishga o’rgatish. 4. Harflarning qiyaligini va enini to’g’ri saqlashga o’rgatish. O’quvchilar tomonidan harflarning shaklini yozishda ularning yozuvini ko’zdan kechirib chiqish, ayrim harflarning elementini noto’g’ri yozayotgan o’quvchilarga shu elementning to’g’ri yozilishini ko’rsatib berish lozim. O’quvchilarda bu davrda harflarni to’liq yozmaslik, harflarni almashtirib yozish kabi xatolar uchraydi. Alifbe davrida (va o’quv yilining 2 yarmida ham) o’quvilarning yozayotgan matnlarini uch xil yo’l bilan tahlil qilish mumkin: a) so’z tarkibini aniqlash; b) so’zning ma’nosini aniqlash; c) mashqlarning grafik tasviri ustida ishlash. Shularning hammasini hisobga olgan holda «Husnixat» daftaridagi mashqlarni joylanishi «Alifbe» kitobi asosida berilgan. Alifbe davrida o’quvchilarni bo’g’inlab yozishga, keyinroq esa so’zlarni bir butun qilib yozishga o’rgatish lozim. Ayrim o’quvchilar so’zlarni harflarni alohida-alohida yozishga harakat qiladilar, bunga aslo yo’l qo’ymaslik lozim, chunki harflarni alohida-alohida yozish natijasida ayrim harflarni tushirib qoldiradilar va almashtirib yozadilar. Bu davrda o’quvchilarni yoddan yozishga ham o’rgatish lozim. Buning uchun quyidagi kabi topshiriqlarni berib borish lozim: matnni o’qib, yozilishiga qara, doskaga qaramay yoz, o’qi, namuna bilan solishtirib ko’r. Alifbe davrining oxirida ko’pchilik o’quvchilarda yozuv malakasi hosil bo’ladi, ammo bu bilan qanoatlanmasdan yozuvga o’rgatish malakasini