CHOLG’U MUSIQASI.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

4

File size

Fayl hajmi

17,0 KB


CHOLG’U MUSIQASI.
 Reja:
1.XX asrda cholg’u musiqasining rivojlanishi .
2.O’zbek kompozitorlarining simfonik asarlari. 
3.O’zbek xalq cholg’u asboblari orkestri uchun yaratilgan asarlar.
 1.XX asrda cholg’u musiqasining rivojlanishi. Agar o’zbek kuylarini
simfonik moslashning ilk tajribalari 20-yillarning boshlariga to’g’ri kelsa, 30-
yillarning birinchi yarmida xilma-xil janrlar doirasini o’ziga olgan qator asarlar
yaratildi. Ularni yozgan mualliflarning aksariyati, o’zbek xalq musiqasi kuylari
materiallarida asarlar ijod qilgan, Moskva xamda Leningrad kompozitorlaridir.
Bular  V.  Deshevovning  “Samarqand  syuitasi”,  M.  Ippolitov-Ivanovning
“O’zbekistonning musiqali manzaralari”, S. Vasilenkoning “ Sovet sharqi” (bu
asarlarning qismlaridan biri O’zbekistonga bag’ishlangan), V. Zolotarevning
“O’zbek  rapsodiyasi”  va  boshqalardir.  M.  Ippolitov-Ivanovning  syuitasidan
tashqari,  eslatilgan  asarlar  respublika  musiqali  hayotida  ahamiyatli  o’rin
egallamadi (ular deyarli ijro etilmadi ham). Bu ilk tajribalarning ahamiyati
shundaki, ular o’zbek kuylarining simfonik qayta ishlanishini boshlab berdi,
o’zbek xalq kuylarini keng madaniy aloqalar maydoniga olib chiqdi.
 2.O’zbek  kompozitorlarining  simfonik  asarlari. O’sha  paytlarda
Toshkent va Moskva musiqa o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan yosh o’zbek
kompozitorlari ham, o’z kuchlarini simfonik janrda sinab ko’rdilar. Muxtor
Ashrafiy  “Qurilish”  marshi,  Mutal  Burxonov  “  O’zbekiston  qizi”  syuitasi,
Manas Leviev “Nurxon” poemasini yaratdi. (Bu asarlar partiturasi saqlanib
qolmagan). 
Logotip
CHOLG’U MUSIQASI. Reja: 1.XX asrda cholg’u musiqasining rivojlanishi . 2.O’zbek kompozitorlarining simfonik asarlari. 3.O’zbek xalq cholg’u asboblari orkestri uchun yaratilgan asarlar. 1.XX asrda cholg’u musiqasining rivojlanishi. Agar o’zbek kuylarini simfonik moslashning ilk tajribalari 20-yillarning boshlariga to’g’ri kelsa, 30- yillarning birinchi yarmida xilma-xil janrlar doirasini o’ziga olgan qator asarlar yaratildi. Ularni yozgan mualliflarning aksariyati, o’zbek xalq musiqasi kuylari materiallarida asarlar ijod qilgan, Moskva xamda Leningrad kompozitorlaridir. Bular V. Deshevovning “Samarqand syuitasi”, M. Ippolitov-Ivanovning “O’zbekistonning musiqali manzaralari”, S. Vasilenkoning “ Sovet sharqi” (bu asarlarning qismlaridan biri O’zbekistonga bag’ishlangan), V. Zolotarevning “O’zbek rapsodiyasi” va boshqalardir. M. Ippolitov-Ivanovning syuitasidan tashqari, eslatilgan asarlar respublika musiqali hayotida ahamiyatli o’rin egallamadi (ular deyarli ijro etilmadi ham). Bu ilk tajribalarning ahamiyati shundaki, ular o’zbek kuylarining simfonik qayta ishlanishini boshlab berdi, o’zbek xalq kuylarini keng madaniy aloqalar maydoniga olib chiqdi. 2.O’zbek kompozitorlarining simfonik asarlari. O’sha paytlarda Toshkent va Moskva musiqa o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan yosh o’zbek kompozitorlari ham, o’z kuchlarini simfonik janrda sinab ko’rdilar. Muxtor Ashrafiy “Qurilish” marshi, Mutal Burxonov “ O’zbekiston qizi” syuitasi, Manas Leviev “Nurxon” poemasini yaratdi. (Bu asarlar partiturasi saqlanib qolmagan).
 30-yillarning ikkinchi yarmi, simfonik musiqa sohasida yangi voqealar
bilan nishonlandi. Bu yillarda respublikada o’z hayotini O’zbekiston san’ati
bilan mustahkam bog’lagan A.F. Kozlovskiy va Georgiy Mushel ish boshladi. 
 1937-yilda  Kozlovskiyning  dasturli,  farg’onacha  syuitasi  –“Lola”
maydonga  keldi.  Asarning  har  bir  qismi  hayotning  an’anaviy  tiklanish
bayramiga bag’ishlangan, muayyan tasviriy fikrni aks ettirdi: birinchi qism--
“Lolachilarni yig’ish va bozor maydonida kuzatish”, ikkinchi qism-- “ Farg’ona
bog’larida tun”, uchinchi qism-- “ Lolachilarning qaytishi. Lola sayli”. 
 Fikrning barcha “manzaraliligiga” qaramay, “Lola” musiqasi dinamikali
bo’lib,  aniq  shaklga  ega.  Nur  singdirilgan,  quvnoq  bayram  kunining  to’la
jarayoni  bilan to’lgan birinchi qismdan - “sonata shaklida yozilgan” janub
kechasi timsolini yaratuvchi, o’ziga xos noktyurn, xushbo’y hid tarqatuvchi
bog’lar, to’la noaniq shitirlagan ovoz, o’tkinchi soyalar tasvirlanadi. Syuita
xotimasi birinchi qism yo’nalishini davom ettiradi: unda yana yangidan bayram
sadolari paydo bo’ladi, uning musiqasi to’la dabdabali va harakatchandir. 
 Final mavzusi Farg’ona vodiysida tarqalgan tojik xalq qo’shig’idan olingan.
Uning harakatli sur’ati, jonli xarakteri syuitaning bu qismi mazmuniga juda mos
tushgan. 
 Final  rivojining  dinamik  chizig’i,  kulminatsiya  eng  yuqori  nuqtaga
chiqadigan joy -- kodaga olib keladi. “ Umumiy shodiyona o’zining apogeyiga
etadi”—final kodasidagi niyatini kompozitorning o’zi ana shunday ta’riflagan
edi.
 “Lola”  da  Rimskiy-Korsakov  simfonizmi  an’analari,  tabiat  va  xalq
turmushi  hodisalarini  gavdalantirishda,  uning  uchun  xarakterli  bo’lgan
manzaralar  bayoni  konkretligi,  original  tarzda  singdiriladi.  Kozlovskiy
syuitasidagi juda ko’p narsalar “Ispan kaprichchiosi” ning bayram shukuhliligi
va shod-xurramligini yoki “Shahrizoda” ning yanada go’zalroq jilvalarini esga
soladi. “Shahrizoda” bilan “Lola” ni dasturli simfoniya belgilarini beradigan
keng musiqali mavzular ham yaqinlashtiradi.
 Shuningdek “Lola” ning partiturasi frantsuz ipressionistlari ko’proq Ravel,
qisman  Debyussi  (  syuitasining  ikkinchi  qismi)  merosidan  ijodiy
foydalanilganligi to’g’risida guvohlik beradi.
Logotip
30-yillarning ikkinchi yarmi, simfonik musiqa sohasida yangi voqealar bilan nishonlandi. Bu yillarda respublikada o’z hayotini O’zbekiston san’ati bilan mustahkam bog’lagan A.F. Kozlovskiy va Georgiy Mushel ish boshladi. 1937-yilda Kozlovskiyning dasturli, farg’onacha syuitasi –“Lola” maydonga keldi. Asarning har bir qismi hayotning an’anaviy tiklanish bayramiga bag’ishlangan, muayyan tasviriy fikrni aks ettirdi: birinchi qism-- “Lolachilarni yig’ish va bozor maydonida kuzatish”, ikkinchi qism-- “ Farg’ona bog’larida tun”, uchinchi qism-- “ Lolachilarning qaytishi. Lola sayli”. Fikrning barcha “manzaraliligiga” qaramay, “Lola” musiqasi dinamikali bo’lib, aniq shaklga ega. Nur singdirilgan, quvnoq bayram kunining to’la jarayoni bilan to’lgan birinchi qismdan - “sonata shaklida yozilgan” janub kechasi timsolini yaratuvchi, o’ziga xos noktyurn, xushbo’y hid tarqatuvchi bog’lar, to’la noaniq shitirlagan ovoz, o’tkinchi soyalar tasvirlanadi. Syuita xotimasi birinchi qism yo’nalishini davom ettiradi: unda yana yangidan bayram sadolari paydo bo’ladi, uning musiqasi to’la dabdabali va harakatchandir. Final mavzusi Farg’ona vodiysida tarqalgan tojik xalq qo’shig’idan olingan. Uning harakatli sur’ati, jonli xarakteri syuitaning bu qismi mazmuniga juda mos tushgan. Final rivojining dinamik chizig’i, kulminatsiya eng yuqori nuqtaga chiqadigan joy -- kodaga olib keladi. “ Umumiy shodiyona o’zining apogeyiga etadi”—final kodasidagi niyatini kompozitorning o’zi ana shunday ta’riflagan edi. “Lola” da Rimskiy-Korsakov simfonizmi an’analari, tabiat va xalq turmushi hodisalarini gavdalantirishda, uning uchun xarakterli bo’lgan manzaralar bayoni konkretligi, original tarzda singdiriladi. Kozlovskiy syuitasidagi juda ko’p narsalar “Ispan kaprichchiosi” ning bayram shukuhliligi va shod-xurramligini yoki “Shahrizoda” ning yanada go’zalroq jilvalarini esga soladi. “Shahrizoda” bilan “Lola” ni dasturli simfoniya belgilarini beradigan keng musiqali mavzular ham yaqinlashtiradi. Shuningdek “Lola” ning partiturasi frantsuz ipressionistlari ko’proq Ravel, qisman Debyussi ( syuitasining ikkinchi qismi) merosidan ijodiy foydalanilganligi to’g’risida guvohlik beradi.