CHOR ROSSIYASINING O’RTA OSIYO XONLIKLARINI BOSIB OLINISHIGA OID TADQIQOTLAR
Yuklangan vaqt
2024-03-10
Yuklab olishlar soni
10
Sahifalar soni
34
Faytl hajmi
52,6 KB
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
KURS ISHI
CHOR ROSSIYASINING O’RTA OSIYO XONLIKLARINI BOSIB
OLINISHIGA OID TADQIQOTLAR
Toshkent-2023
REJA:
Kirish…………….....................................................................................................4
I-BOB. CHOR ROSSIYASI O’RTA OSIYONI BOSIB OLISHI DAVRI
TARIXSHUNOSLIGI.........................................................................................5-14
1.1. Turkistonni Rossiya tomonidan bosib olinishining umumjahon tarixiy
jarayonidagi o’rni...................................................................................................5-7
1.2. 50-80-yillardagi tadqiqotlarda Turkistonni Rossiyaga “qo’shib olinishi”
iborasining ishlatilishi...............................................................................….......8-14
II-BOB. O’RTA OSIYO HAQIDA SOVET VA MUSTAQILLIK DAVRI
TARIXSHUNOSLIGI........................................................................................15-23
2.1.Rasmiy hujjatlar va ushbu davr to’g’risidagi adabiyotlar............................13-20
2.2. Turkistonni Rossiya tomonidan bosib olinishi tarixini xolisona o’rganilib,
tadqiq etilishi.....……… …………………………………………………........21-23
Xulosa................................................................................................................24-25
Foydalanilgan adabiyotlar.......................................................................................26
KIRISh
Kurs ishining dolzarbligi. Istiqlolimiz sharofati tufayli yosh avlodni
tarbiyalashdek muhim ishlarni avlodni tarbiyalashdek, g‘oyaviy-mafkuraviy
dunyoqarashlarini shakllantirish ya’ni har tomonlama yetuk, barkamol shaxs qilib
tarbiyalashdek muhim va sharafli vazifalarni bajarishda xonliklar davrida yaratilgan
manbalarni haqqoniy o’rganish bosh maqsad qilib olindi.
XX asrdagi o’zbek xalqi hayotida eng muhim voqea shubhasiz davlat
mustaqilligini qo’lga kiritish bo’ldi. Xalqning asriy orzusi ushalib, mustaqillik
tufayli o’z e’tiqodi, urf-odatlari, qadriyatlari , tili o’z faxriy o’rniga qaytdi.
Mamlakat rivojlanishining o’zbek xalqiga xos bo’lgan xususiyat, urf-odat,
an’analarini hisobga olgan holda o’ziga xos taraqqiyot yo’lini tanlashi, boy
madaniyat, bebaho ma’naviyati, e’tiqodini e’zozlash xalq manfaatlari va istiqboliga
qaratilgan milliy mafkurani targ’ib etish, Vatan tarixini xolisona o’rganish va tadqiq
qilishni zaruriy qilib qo’ydi.
Birinchi Prezident I.A.Karimovning xalq va mamlakat taqdiridagi tarixning
o’rni hamda ahamiyati, uning millat hayotida milliy g’urur, o’tmishdan faxrlanish,
o’zligini o’rganishdagi o’rni va vazifasiga , barkamol avlod ta’lim-tarbiyasidagi
vatanparvarlik ruhini singdirishdagi tamomila yangicha yondashuv zaruriyati
xususidagi “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” risolasida ta’kidlaganidek: “ Xaqqoniy
tarixni bilmasdan turib , o’zlikni anglash mumkin emas”1.
Tarixni xolisona, haqqoniy, milliy istiqlol g’oyasi vatanparvarlik ruhi
asosida yoritish tarixchilar oldida turgan bosh vazifadir.Shu o’rinda respublika
tarixchilari oldida turgan sharafli vazifalardan biri – tariximizning eng dolzarb, kam
o’rganilgan qismlarini qayta o’rganib, uni xalqimizga yangitdan taqdim etishdir.
Shu bois ham, so’nggi yillarda O’zbekiston tarixining qator dolzarb
masalalarini o’rganishda aniq va haqqoniy tarixiy yondashuv masalasi muhim bo’lib
bormoqda. Zero, birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Har qaysi xalq milliy
qadriyatlarni, o’z maqsad-muammolari, shu bilan birga, umumbashariy taraqqiyot
1 Karimov.I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T.:Sharq,1998, 29-b.
yutuqlari asosida rivojlantirib, ma’naviy dunyosini yuksaltirib borishga intilarekan,
bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi2.
Ayniqsa, o’zbek davlatchiligi, uning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini chuqur
o’rganish va tahlil qilish tarixiy manbalardagi ma’lumotlarni ilmiy muomalaga
kiritish dolzarb vazifalardan biridir.
Shunday dolzarb masalalardan biri, O’zbekiston tarixini buzib ko’rsatilgan,
not’g’ri talqin etilgan muammolaridan biri Turkistonni chorizm tomonidan bosib
olinishi tarixshunosligidir.
Chunonchi, Turkistonni Rossiya tomonidan bosib olinishi tarixi sovet
tarixshunosligida not’g’ri talqin etilib, soxtalashtirildi. Mustaqillik davrigacha
yaaratilgan tadqiqotlarda “qo’shib olinishi” atamasi ishlatib kelindi.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi.
Mazkur muammoning ba’zi jihatlari tarixchi olimlar tomonidan tadqiq
etilgan bo’lsada, mustaqillik yoritilmagan.
Bu davr tarixshunosligi shartli ravishda uch davrga bo’limiz mumkin:
Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davri: M.Terentev, K.Abaza,
N.N.Xalfin ;
Sovet
davri:
B.F.G’afurov,
E.B.Bekmaxonov,
H.Z.Ziyoyev,
B.D.Jamgerchinov, A.K.Qarriev;
Mustaqillik davri: Isxakov F., M.Hasaniy, Saidqulov. T kabi olimlar bu davr
tarixshunoslikni yoritishga harakat qilishgan.
Shuning uchun ham Turkistondagi chor ma’muriyatining rasmiy
hujjatlarini, mahalliy amaldorlarning yozishmalarini , Turkistonda ma’muriy
xizmatda bo’lgan yohud istiqomat qilgan rus olimlarining ilmiy asarlari va memuar
yodgorliklarini, mahalliy ziyolilarning , yozuvchi va shoirlarning asarlarini tanqidiy
va qiyosiy o’rganish muhim ahamiyatga ega.
Shunday qilib, Rossiya tomonidan Turkistonni istilo qilinishi XIX asrning
60-yillaridayoq, ayniqsa 70-80- yillarida rus matbuoti publisistikasida qizg’in
muhokama qilingan dolzarb muammolardan biriga aylangandi.
2 Karimov.I.A. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. T: Ma’naviyat. 2008, 97-b.
Ba’zi adabiyotlarda chorizmning butun Markaziy Osiyodagi bosqinchilik
siyosati bilan bog’liq bolgan nihoyatda katta bir davr- Rossiyaning O’rta Osiyoga
bosqinchilik yurishiga tayyorgarlik koo’ra boshlagan 50-yillardan tortib, toki 1985-
yilgacha bo’lgan davr tadqiq etilgan. Bu davrda “ bosib olindi” , “milliy zulm”, “
mustamlakachilik” va boshqa shu kabi tushunchalar , baholar “qo’shildi”, “qo’shib
olindi”, “qo’shilishning progressiv oqibatlari” iboralari bilan almashtirildi.
Nihoyat, O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingina tariximizdagi
bunday “oq dog’lar” tozalanib, tarixiy haqiqat qaror topdi.Milliy istiqlol
mafkurasiga tayangan holda ilmiy, yaxlit va xolisona baho berilgan tadqiqotlar
o’zbek tarixchi olimlarimiz tomonidan yaratildi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari:
Ishning asosiy maqsadi sifatida Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi
davridagi taqiqotlarning xususiyatlarini, mazkur mavzuning sovet tarixshunosligida
soxtalashtirilishi va mustaqillik yillarida Rossiya istibdodini tarixiy jihatdan
xolisona tadqiq etilishi tarixchini chinakam ilmiy yondashuvlar asosida yoritish
belgilangan.
Shunga ko’ra hal etilishi lozim bo’lgan quyidagi vazifalar belgilandi:
Turkistonni Rossiya tomonidan bosib olinishing umujahaon tarixiy
jarayonidagi o’rnini tasniflash;
Mustamlakachilik davridagi rasmiy adabiyotlarda chorizm manfaatlarini bir
yoqlama himoya qilinishini yoritish;
Sovet tarixshunosligida istilo etilish jarayoning o’ta soxtalashtirilishi va
siyosiylashtirilishini tahlil qilish;
Mustaqillik davrida Turkistonni istilo etilishi tarixini yangicha yondashuvlar
asosida tadqiq etilishi jarayonini bayon qilish.
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslarini o’zbek xalqi tarixi, uning
milliy davlatchiligi, ma’naviyati va milliy qadriyatlariga taalluqli bo’lgan
mulohazalar tashkil etadi.
Mavzuni yoritishda tarixiy tadqiqotlarda doimo yetakchi o’rinda turgan
ilmiylik, tarixiylik, xolislik, haqqoniylik, umuminsoniylik, uzviylik, voqea-
hodisalarga tarixiy-tadrijiy munosabat nuqtayi nazaridan yondashish va qiyosiy
tahlil uslubiga tayanildi.
Kurs ishining tuzilishi.
Mazkur kurs ishi kirish, 2-bob, xulosa, adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan
iborat.
I-BOB. CHOR ROSSIYASI O’RTA OSIYONI BOSIB OLISH
DAVRI TARIXSHUNOSLIGI.
1.1 Turkistonni Rossiya tomonidan bosib olinishining umumjahon tarixiy
jarayonidagi o’rni.
Rossiya ko’p millatli davlat sifatida yuzaga kelishida XIX asr muhim o’rin
tutadi. Bu yuz yillik harbiy-siyosiy, xalqaro ahamiyatga molik voqealarga boy
bo’lib, imperiyaning hududi Kavkazorti, O’rta Osiyo, Sibir, Uzoq Sharqning yangi
o’zlashtirilgan maydonlari hisobiga xuddi shu davrgacha ancha kengaydi.
Rossiyaning Kavkazortida va O’rta Osiyoda o’z hukmronligini o’rnatishidagi
tafovut shundan iboratki, Kavkaz istilosining oxirgi asrning birinchi chorgiga, O’rta
Osiyoniki esa oxirgi choragiga to’g’ri keladi.
Mustaqillika erishganimizdan so’ng barcha sohalar qatori ilm-fan
madaniyat, san’at va tariximiz ham o’zining asl qiyofasini tikladi. Ko’p asrlik
tariximiz o’zining mazmun-mohiyatini haqqoniy aks eta boshladi. Milliy
madaniyatimiz ajralmas qismi hisoblangan urf –odat an’analarimiz va buyuk
ajdodlarimiz nomi oqlandi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti
I.A.Karimov ta’kidlaganidek “ O’tmishi buyuk xalqni yengib bo’lmas ekan,
demak biz xalqimizni haqqoniy tariximiz bilan qurollantirishimiz
kerak”degan fikri ahamiyatlidir O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.
Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 17-fevral kuni qabul qilingan “Harakatlar
Strategiyasi” to’g’risidagi maxsus farmonning to’rtinchi ustuvor yo’nalishida
ham aynan ilm-fan, madaniyatni rivojlantirishga oid maxsus boblar ajratilgan.
Prezdentimiz Sh.Mirziyoyev aytganlaridek “ Xalq tarixi unitilmaydi, u urf-odat,
an’analarda xalqning kundalik turmushida saqlanib qoladi” shunday ekan,
xalqimizning haqqoniy tarixini yoritish muhimdir. Shu o’rinda Rossiya
imperiyasing O’rta Osiyoda yuritgan mustamlakachilik siyosati ham alohida
masaladir XIX asr oxirlariga kelganda Rossiya Yevropadagi eng yirik
davlatlardan biri bo‘lib qoldi. Uning territoriyasi (taxminan 16 mln.kv.km)
shimolda Barens dengizidan tortib, januda Kavkaz va Qora dengizgacha, g‘arbda
Boltiq dengizidan tortib, sharqda Tinch okengacha bo‘lgan yerlarni o‘z ichiga olgan
edi. Rossiya xalqlari o‘zlarining mehnati va qahramonona kurashi bilan qudratli
davlat barpo qildilar, ilgari hech kim yashamagan ko‘p yerlarni o‘zlashtirdilar,
jahon tarixi va madaniyatiga buyuk hissa qo‘shdilar. Rossiya territoriyasida iqlim
sharoiti juda xilma-xildir.
Mamlakat Yevropa qismining shimolida hamda Sibirda sovuq qutb iqlimi
hukum suradi, ya’ni qish qattiq va uzoq vaqt davom etadi, yoz esa juda qisqa bo‘ladi.
Rossiyaning o‘rta mintaqasida iqlim mo‘tadil bo‘lib, janubiy rayonlarda esa iliqdir.
Rossiyada o‘rmonlar, daryo va ko‘llar juda ko‘p. Janubda bepoyon cho‘l-adirlar
cho‘zilib ketgan bo‘lib, bu yerlarda aholi kam yashaydi. Rossiyaning aholisi XIX
asr davomida ko‘paya borib, 11 million kishidan 36 million kishiga yetdi. Rossiya
aholisining yer jihatidan Yevropadagi yirik mamlakatlardan biribo’lib qoldi. Bu
vaqtda Fransiyada 27 million kishi, Angliyada esa mustamlakalarni
hisoblamaganda) 16,4 million kishi yashardi. Lekin Rossiyada aholining zichligi
juda kam bo‘lib, 1 kv. km ga 1,25 kishi to‘g‘ri kelardi.
Rossiya –ko‘p millatli davlat. Uning tarkibiga turli xalqlar (ruslar,
ukrainlar, beloruslar, polyaklar,finlar, litvaliklar, chuvashlar, marilar,
mordvalar, buryatlar, yoqutlar, evenklar va boshqa ko‘pgina xalqlar) kirgan bo‘lib,
ular ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida turar edilar. Aholining asosiy qismi
ruslardan iborat bo‘lib, ular butun aholiga nisbatan 60-70 foizini tashkil etar edi . 70-
yillarda rus hukumati bilan ingliz hukumati o‘rtasida O‘rta Osiyodagi ta’sir
doiralarini aniqlash uchun muzokaralar boshlandi va 1873-yili bitim tuzish bilan
yakunlandi. Bunga muvofiq, Rossiya Afg‘onistonni o‘z ta’siridan tashqari deb
topdi. Angliya esa Xivani da’vo qilmaydigan bo‘ldi. Bu bitim O‘rta Osiyodagi
kurashni vaqtincha susaytirdi, ammo Qo‘qon xonligining Rossiyaga qo‘shib
olinishi inglizlar siyosatini faollashtirib yubordi va rus-ingliz munosabatlarining
keskinlashuviga olib keldi. Bu narsa, chunonchi, 1878-yilda boshlangan ingliz-
afg‘on urushida va “Sharq inqirozi” davomida Angliyaning Rossiyaga nisbatan
dushmanlik siyosatini olib borganligida na-moyon bo‘ldi. 1881-yil 9-dekabrda
Tehronda fors-turkman chegarasi to‘g‘risidagi maxfiy bitim imzolanib, bunda
Rossiya tarkibiga yangidan kiritilgan hudud chegaralari aniqlandi. Bu hududlar
hozirda Turkmaniston va Eron chegaralari bo‘lib hisoblanadi. Shu yili Rossiya va
Xitoyning Turkiston general-gubernatorligi va Xitoy o‘rtasida chegara chizig‘ini
o‘tkazish bo‘yicha shartnoma imzolandi. 1884-yili Rossiya Marini egallab,
Kushkaga chiqdi.
1885-yil 26-martda Kushkada afg‘on harbiy qismlari mag‘lubayatga
uchradi. Rossiya Kushkani bosib olib, asosiy punkt –Hirot va Qandahorni qo‘lga
kiritdi. Shundan so‘ng Angliya va Rossiya o‘rtasidagi Afg‘onistonning taqdiri
va uning chegarasini belgilash masalasi kun tartibiga qo‘yildi. 1885-1887-yillarda
bu masala rus-ingliz komissiyasi tomonidan hal etildi. 1891-yili Rossiyaning
tasarrufiga kirgan O‘rta Osiyo hududi va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegara Pomirdan
o‘tkazildi. Bu bitim O‘rta Osiyo masalasi bilan bog‘liq Angliya va Rossiya
o‘rtasidagi kelishmovchilikni tugatdi. Lekin shunga qaramasdan ziddiyatlar,
manfaatlar to‘qnashuvi saqlanib qoldi. O‘rta Osiyodagi o‘zaro manfaatlarni tartibga
solish va munosabatlardagi “sovuqlikni” yo‘qotish maqsadida Rossiya va Angliya
bu yerdagi o‘z ta’sir doiralarini bo‘lib olishga qaratilgan konvensiyani imzoladilar.
Chunki bu paytda ikkala davlat uchun ham Yevropada Germaniya xavf
tug‘dirayotgan edi. Shu bois, Rossiya va Angliya O‘rta Osiyo masalasini
vaqtinchalik
to‘xtatib,
kuchayib
borayotgan
Germaniya
davlati
bilan
siyosatmaydonida kurash boshladilar3.
Rossiyaning ikki boshli burgut tasviri tushirilgan mudhish
mustamlakachilik bayrog‘i Boltiq buylaridan Kavkaz cho‘qqilarigacha, Ukraina
dashtlaridan O‘rta Osiyo kengliklari va Uzoq, Sharq tizmalari qadar hilpirab
turdi. Polsho Rossiyasi Polsha, Finlyandiya, Kavkazorti, Boshqirdiston, Sibir va
qalmoqtar yurtini mustamlaka asoratiga solgan salobatli va shafqatsiz imperiya
edi.
Sankg-Peterburg hukmron doiralari Buyuk Britaniyaning Hindistondagi
va Fransiyaning Tunis hamda Jazoirdagi mustamlaka tartiblarini, tajribalarini
o‘rgangan holda o‘zlarining ulardan tubdan farkli, aynan ruscha
mustamlakachilik tizimlarini yaratdilar. Uni Turkistonda zo‘ravonlik yo‘li bilan
amalga oshirdilar. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyodagi tartiblari Polsha,
Finlandiya va Kavkazdagidan ham tafovutli xususiyatga ega edi. Bu xususiyat
mahalliy xalqlarga mutlaqo ishonmaslik, ularga bepisandlarcha qarash kabi
shovinistik ruh va kayfiyatlardan iborat edi. Bu harbiy-komendantlik
3 Abdurahimova N. Стоновлени и особенности экономической политики России в Туркистане. T.:2008.78-b.
boshqaruvi mashinasining ruli o‘taketgan makkor, razil, O‘rta Osiyo xalklarining
ashaddiy dushmanlari qo‘liga topshirilgan edi.
Rossiya imperiyasi tashqi siyosatida o‘z chegaralarini sharqqa tomon
kengaytirish uchun dastlab Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari bilan
har tomonlama aloqala o‘rnatishga harakat qildi. Bunda, eng avvalo xonliklar
to‘g‘risida ko‘proq ma’lumotlar to‘plash maqsadida o‘z elchilarini bu yerlarga
jo‘natdi. Pyotr I hukmronligi davridayoq Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy
boshchiligidagi harbiy ekspeditsiya jo‘natilgan edi. Ammo bu ekspeditsiya
muvaffaqiyatsizlikka uchragandan so‘ng podsho hukumati harbiy istehkomlar
qurishga kirishdi. 1718-yilda Irtish daryosi sohilida shunday istehkomlardan
yettitasi qurib bitkazildi.
O‘rta Osiyo davlatlariga harbiy sohada yordam berish va ularga Rossiya
iperiyasiga qarshi harbiy ittifoq tuzish taklifi bilan Buxoroga kclgan Angliyaning
Ost-Indiya kompaniyasi vakillari Ch. Stoddart va A. Konnoli 1842-yilda amir
tomonidan qatl qilindi. Bunga javoban Angliya hukumati Buxoroga qarshi
Afg‘oniston bilan sulh tuzib, ularni qurollantiradi. Shundan keyin, Afg‘oniston
Buxoro amirligi hududining bir qismini bosib oldi. Natijada 1855-yilda
o‘zbeklar va tojiklar yashay-digan Amudaryoning janubiy sohilidagi hududlar
Afg‘oniston viloyatiga aylantirildi4. Chegara hududlarida yashaydigan Rossiya
imperiyasi fuqarolari bo‘lgan aholiga talonchilik va bosqinchilik qilib turuvchi
guruhlarning hujumlarini bartaraf etish podsho hukumatining O‘rta Osiyodagi
harbiy yurishlarini boshlashiga bahona bo‘ldi. Bundan tashqari, to‘qimachilik
sanoati uchun xomashyo bo‘lgan paxtaning yetishmasligi O‘rta Osiyoni bosib
olishga bo‘lgan harakatlarini tezlashtirdi. Bu davrda AQShda shimol va janub
o‘rtasida boshlangan fuqarolar urushi (1861-1865) tufayli Rossiyaning
to‘qimachilik sanoati uchun paxta xomashyosiga taqchillik vujudga keldi. XIX
asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyo xonliklari o‘rtasidagi uzoq vaqt davom etgan
4 Nuriddinov E, Golovanov A. O’zbekistonning mustaqillik davri tarixini o’rganish. O’zbekiston tarixi.2003.45-49-
b.
o‘zaro urushlar ularning iqtisodiy va harbiy jihatdan zaiflashib ketishiga olib koldi.
Shunday vaziyat oxir-oqibat xonliklarning istilyo qilinishlarini osonlashtirdi.
Shunday qilib, XIX asrning o‘rtalariga kelib xonliklar o‘rtasidagi o‘zaro
urushlar, ichki nizo va ziddiyatlar, davlat boshqaruvining uzoqni ko‘zlab ichki va
tashqi siyosat olib bormaganliklaridan ahvolga tushib qoldi. Shunday vaziyatda
Rossiya imperiyasi hukumati o‘zining siyosiy, iqtisodiy va geopolitik
manfaatlarini ko‘zlab O‘rta Osiyoga harbiy mustamlakachilik harakatlarini
boshlaydi.
O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olnishi to‘rt
bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich 1847 -1865-yillarda Rossiya
imperiyasi tomonidan Qo‘qon xonligining shimoliy-g‘arbiy viloyatdan va
Toshkent shahri istilo qilindi. Istilo etilgan hududlarda Orenburg general-
gubernatorligi tarkibiga kiruvchi Turkiston viloyati tashkil etildi. Ikkinchi
bosqich 1865-1868-yillari qamrab olgan bo‘lib, bunda Qo‘qon xonligi va
Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlari amalga oshirildi. Uchinchi
bosqich –1873 -1879-yillar davomida Xiva va Qo‘qon xonligi yerlarini bosib
olishdan iborat bo‘ldi. To‘rtinchi bosqich -1880-1885-yillarda turkmanlarning
bo‘ysundirilishi edi.
Shunday qilib, 1864 -1885-yilarda 20 yildan ortiq vaqt davomida Rossiya
imperyasining uzoq davom etgan harbiy tayyorgarligi natijasida bosqinchilik
urushlari olib borildi. O‘rta Osiyo xonliklari hududining katta qismini
(1583255kv. km) bosib olinib, mustamlakaga aylantirildi. Rossiya
mustamlakachilik tizimining uchinchi xususiyati mintaqada rus aholisining
ma’lum bir foizini joylashtirish edi. Markaziy Rossiyadan ochlik va yersizlikdan
qochgan rus dehqonlarini ko‘chirib kcltira boshladilar. Ammo shaharlarda rus
aholisini shakllantirish siyosati ahamiyatga ega edi. XIX asrning ikkinchi
yarmida Toshkent shahri rus aholisi hisobiga shitob bilan kengayib bordi. Bu
aholining katta qismi iste’foga chiqqandan keyin shaharda yashash uchun
qolgan askarlar, davlat boshqaruvi amaldorlari, Rossiya armiyasi ofitserlari, Rossiya
firmalari xizmatkorlari, jazo manziliga jo‘natilgan jarimaga tortilgan xizmatchilar,
xizmatdan bo‘shatib yuborilgan ofitserlar edi. Anhor shaharni qoq ikki qismga
ajratgandi: Eski shaharda mahalliy aholi. Yangi shaharda esa rus aholisi yashardi.
Shaharning bu ikki qismi o‘z iqtisodiy va ma’naviy hayotini boshdan kechirar bir-
biri bilan kamdan-kam aralashigan holda yashalar edi. Rossiya fransuz
mustamlakachilaridan o‘rgangan, bu tizim “plantatsion model" deb yuritilar edi. Bu
tizimga ko‘ra Turkiston aholisining bir qismi etnik ruslardan iborat bo‘lishi, ular
asosan shaharlarlardayashashi, shahar qishloq ustidan hukmron bo‘lishi kerak
edi.
Turkiston o‘lkasining 14 % aholisi shaharlarda yashardi5. O‘rta Osiyoni
bosib olish maqsadida Pyotr I zamonidayoq Qozog‘istonning zabt etilgan
hududlarida harbiy qafalar va istehkomlar qurila boshlangan edi. 1717-yilda
Omsk, 1718-yilda Semipalatinsk, 1720-yilda Ust-Kamenogorsk, 1742-yilda
Orenburg qal’alari quriladi. Faqat XVIII asrning o‘zida Chor ma’murlari yovuz
niyat bilan hozirgi Qozog‘iston hududlarida 46 ta katta va 96 ta kichik harbiy qal’a
va istehkomlar qurganlar.
XVIII asrning boshlarida har uchala Juzning qozoqlari qalmiq
(jungar)larning doimiy bosqini ostida og‘ir ahvolga tushib qoladi. 1723-yilda ro‘y
bergan og‘ir ocharchilik qozoqlarning o‘z mustaqilliklarini saqlab qolishlarini xavf
ostiga solib qo‘yadi. Oqibatda katta Juz jungarlarga siyosiy qaram bo‘lib qoladi.
O‘rta Juz Buxoroga ko‘chib borib Buxoro xonligiga, Kichik Juzning bir qismi esa
Xiva xonligiga tobe bo‘ladi. Bunday og‘ir vaziyat Katta va Kichik Juzning xoni
Abulxayrxonni o‘z hokimiyatini saqlab qolish va qalmiqlar xataridan saqlanish
ilinjida chor hokimiyati bilan yaqinlashuvga majbur etadi. Ana shu tariqa 1731-
yilda Kichik Juz, 1731-1740-yillarda esa Katta Juz qozoqlarining aksariyati
rus davlatining tobeligiga o‘tadi6. Bu Pyotr I orzu-armonlarining ro‘yobga
chiqishining boshlanishi edi.
Qozoqlarning rus fuqaroligini qabul qilishlari chor mustamlakachi
ma’murlarining Turkiston yerlarini egallash borasidagi bosqinchilik harakatlariga
5 Tarix shohidligi va saboqlari. T.:Sharq.2001.121-b.
6 O’sha asar.123-b.
qulay shart-sharoitlar yaratadi. Biroq Yevropadagi davlatlar o‘rtasidagi
vaziyatning tobora taranglashib va chigallashib borishi, rus-turk urushi (1806-
1812), rus-shved urushi (1808-1809), rus-fors urushi (1805-1813) va nihoyat
Napoleonga qarshi 1805-1812-yillardagi to‘qnashuv va urush, qolaversa, chor
samoderjaviyasiga qarshi dekabristlar nomini olgan dvoryanlar qo‘zg‘oloni va
uni bostirish chor hukumatining Turkistonga nisbatan bosqinchilik siyosatini
ma’lum muddatga ortga cho‘zilishiga sababchi bo‘ladi.
Biroq 1830-yillardan ma’lum darajadaYevropadagi janjalli voqealardan
qo‘li bo‘shagan chor hukumati yana o‘zining ayg‘oqchilik va yovuzlik niyatlarini
O‘rta Osiyo hududlariga qaratadi. 1839-1840-yillarda podsho Nikolay I ning
homiyligi va fatvosi bilan Orenburg harbiy gubernatori V. A. Perovskiy katta
qo‘shin bilan Xivani bosib olish niyatida yo‘lga chiqadi. Maqtanchoq va
bosartusarini bilmaydigan Perovskiy qo‘shini tarkibida 2 ta zambarak, 40 arava,
5325 askar, 10 ming tuya bor edi. Ammo og‘ir obi-havo sharoiti, yoqilg‘ining
yo‘qligi, oziq-ovqat tanqisligi, kiyim-kechaklarning yaroqsizligi natijasida
Perovskiy qo‘shinlari yo‘l-yo‘lakay katta talofatlar berib Xivaga yurishni to‘xtatib
orqaga qaytadi. 1855-1857-yillardagi Qrim urushi munosabati bilan chor ma’murlari
O‘rta Osiyoni zabt etish bo‘yicha katta miqiyosdagi harbiy harakatlarni olib
borolmaydilar.
Qrim urushidagi mag‘lubiyat O‘rta Osiyoning Rossiya uchun siyosiy va
strategik jihatdan qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Rossiya o‘rta
Osiyo uchun olib boriladigan raqobatli kurashda Buyuk Britaniya qirolligini
nafaqat siyosiy-iqtisodiy va strategik jihatdan balki harbiy jihatdan ham
mag‘lubiyatga uchratish va Qrim urushidagi mag‘lubiyat tufayli xalqaro
maydonda bo‘shashib qolgan obro‘sini tiklashi ham mumkin edi. Chunki hind
xalqining butun mamlakatni qoplab olgan va inglizlar tomonidan zo‘rlik bilan
bostirilgan 1857-yilgi qo‘zg‘oloni Buyuk Britaniyaning Hindistondagi mavqeyi
uncha mustahkam emasligini ko‘rsatdi. Shu boisdan Rossiya hukmron doiralari
o‘rtasida O‘rta Osiyo muammosini tezroq hal qilishga chorlovchi xat, da’vat va
takliflar 1860-yillarda tez-tez ko‘zga tashlanadigan bo‘lib qoldi. Jumladan,
Orenburg general-gubernatori Katenin tashqi ishlar vaziriga yozgan xatida “O‘rta
Osiyo mulkiga hukm-ronligimizni o‘rnatishimiz uchun albatta Turkiston va
Toshkentni egallashimiz shart” deb ko‘rsatdi. Uning fikricha, Toshkentni qo‘lga
kiritish Buxoro mulklariga qurolli kuchlar bilan borish uchun albatta zarurdir7
.
Chimkentda bir kecha-kunduz qattiq jang bo‘ladi. Muhammad Solih
o‘zining “Tarixi jadidayi Toshkand” asrida yozishicha: “So‘ngra to‘rt tomondan
askarlar otdan tushdi va karnay sadolari ostida rus askarlariga qarshi hujumga
o‘tiladi. Himoyachilar 2-3 ming qadam yugurgach, dushmanning to‘p va
miltiqlaridan yomg‘irdek yog‘ilgan o‘qlar ostida qoldilar”. Oqibatda 12 ming kishi
halok bo‘ladi va yaralanadi8. Ammo general Chernyayev boshchiligida chor
qo‘shinlari urushni davom ettira olmay Turkistonga qaytishga majbur bo‘ladi. Jinay
degan joyda bo‘lgan jangda ham vatanparvarlarning qo‘li baland kela-di. Vatan
himoyachilari Iqon qal’asi uchun bo‘lgan jangda ham g‘alabaga erishadilar.
Alimqul boshchiligida yurt himoyachilari urushni davom ettirish maqsadida
tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda Buxoro amiri Muzaffarxonning Qo‘qonga
hujum qilganligi to‘g‘risida xabar oladi. Natijada lashkarboshi Alimqul qo‘shinning
katta bir qismini Chimkentda qoldirib o‘zi Qo‘qonga qaytishga majbur bo‘ladi.
Albatta bu hol dushmanga qo‘l keladi va Chernyayev 1864-yil 21-sentabrda
Chimkentni jang bilan egallaydi. Shahar mudofaachilaridan ko‘p kishi qirib
tashlanadi9. Shu paytga qadar ikki yo‘nalishda mustaqil harakat qilib kelgan chor
armiyasining ikki qo‘shini Chimkent shahrida tutashadi. Istilyo qilingan yerlar
hisobiga 1865-yilda Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Turkiston viloyati
tashkil etiladi; uning tepasiga general Chernyayev qo‘yiladi.
1877-yilda Toshkentda shahar Nizomi joriy etilgan, unga muvofiq shahar
boshqaruvi Dumaga o‘tgan edi. Duma a’zolarining 1/3 qismi shaharning “Osiyo”
bo‘lagidan 2/3 qismi esa “yangi” Toshkent aholisi tomonidan saylangan edi.
Natijada shaharning 80 ming mahalliy aholisidan bo‘ldi. Shahar xo‘jaligini
7 Boboyev H.va boshq. O’zbek davlatchiligi tarixi. (II kitob) T.2009.256-b.
8 O’zbekistonning yangi tarixi: 1 kitob. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakasi davrida, T.Sharq,2000.178-b.
9 Boboyev H.va boshq. O’zbek davlatchiligi tarixi. (II kitob) T.2009.34-b.
yuritishga oid barcha ishlar ana shu Duma qo‘liga o‘tdi. Duma ustidan rahbarlik
qiluvchi shahar boshlig‘ini gneral-gubernator taqdimiga ko‘ra Harbiy vazirning o‘zi
tasdiqlar edi. 1886-yil 12-iyulda imperator Aleksandr III tasdiqlagan Turkiston
o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi yangi Nizom arzimas o‘zgarishlar bilan 1917-
yilga qadar amal qildi. Nizom to‘rtta asosiy bo‘limdan iborat bo‘lgan: o‘lkaning
ma’muriy tuzilishi, sud tuzilishi, yer tuzilishi soliqlar va yig‘imlar. Bu "nizom"
general-gubernatorlik hududiy birliklari nomlarini o‘zgartirishni va ularni bundan
buyog‘iga ham birxillashtirib borishni nazarda tutar edi. Bu Rossiya
mustamlakachiligi “plantasion modeli"ning real natijasi edi.
Rus aholisi mustamlakachiligi apparatining jonli kuchini tashkil etgan.
Chorizm armiyasi rus aholisining o‘lkada hukumron mavqe kafolati edi.
Turkiston gineral-gubernatorlari tomonidan vaqti-vaqti bilan taqdim etilgan
hisobotlar Turkiston tarixini o’rganishda muhim tarixiy manba sanaladi. Mazkur
hisobotlar Turkistonning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini
boshqarishga doir masalalarni o’z ichigan olgan.Hisobotlar mustamlaka davridagi
Turkiston hayoti haqida ko’plab ma’lumotlar beradi. 1885-1913-yillarda Sirdaryo
viloyati, 1888-1910-yillarda Samarqand viloyati, 1888-1913-yillarda Farg’ona
viloyati haqidagi hisobotlar ana shunday manbalardir10.
Rus sharqshunoslari tomonidan Rossiyani milliy o’lkalari xalqlarini milliy-
ma’naviy boyliklarini sinchiklab o’rganish V.V.Bartold o’zining “Musulmon
madaniyati”, “Ulug’bek va uning zamoni”, “Mir Alisher siyosiy hayoti”, “Shoir
Nizomiy maqbarasi”asarlari orqali Markaziy Osiyo xaqlari tarixi va madaniyatining
Rossiya tarkibiga kirguncha va qo’shib olingandan keyingi ahvolini ko’rsatib
berdi11.
10 Tolibov R.Muhim tarixiy manbalar.//Moziydan sado.2008.91-b.
11 O’sha asar.92-b.
1.2. 50-80-yillardagi tadqiqotlarda Turkistonni Rossiyaga “qo’shib
olinishi” iborasining ishlatilishi.
Imperiyani
boshqargan
kommunistik
partiya
rahbarlari
Turkiston
xalqlarining boy o’tmish tarixini atroflicha o’rganishga, xolis tadqiq etishga, targ’ib-
tashviq qilishga yo’l qo’ymadilar. Ular ayniqsa rus bosqiniga qarshi olib borilgan
kurashlar ahamiyatini kamsitishga va xaspo’shlashga qattiq urindilar.Bu xol ayniqsa
XX asr 50-yillarida yaqqol ko’zga tashlandi.
O’lkaning “urushib olinishi” iborasining o’rniga “qo’shib olinishi” degan
so’zlar ishlatildi. Ularga go’yo Rossiya tufayli Turkistonni tinchlik o’rnatilgan va
o’lkada ijobiy o’zgarishlar ro’y berganligi, aks holda qattiq inqiroz va qoloqlik sodir
bo’lishi mumkinligi haqida jar solindi. Shu tariqa, Rossiya davlatining ayovsiz
mustamlakachilik siyosati va milliy zulmini emas, balki “ijobiy o’zgarishlar va
yutuqlar”ni targ’ib etish asosiy vazifaga aylantirildi.
Bunday qarashlar O’bekiston tarixiga bag’ishlangan barcha katta-kichik
ishlarda ko’zga tashlandi. Bosqinchilik, zo’ravonlik, minglab kishilarning yostig’ini
quritish, talon-tarij va vayronagarchiliklar hisobiga sodir bo’lgan “obyektiv
o’zgarishlar” ning boridan ko’ra yo’g’i ming marotaba afzal edi. O’lkaning urushib
olinishining tom ma’nodagi oqibatlari shundan iborat bo’ldiki, mustaqillik va
ozodlik barbod qilinib, mustamlakachilik tizimi va milliy zulm o’rnatildi, xolos.
Shuni unutmaslik kerakki, faqat mustaqil milliy davlat doirasidagina chinakam
taraqqiyotga erishish mumkin.
Tarixni soxtalashtirish yo’lining tanlanishi, shuningdek, uning mustabid
tuzumga qaramligining yanada kuchayishi munosabati bilan “rus bo’lmagan
xalqlarning Rossiyaga qo’shib olinishi” muammosini o’rganishga ko’rsatma berdi.
Natijada, tarix fanida “qo’shib olish-mutlaqo jaholat” degan tushunchaning o’rniga
“qoshib olish-qisman jaholat” degan yangicha yondashuv joriy etildi12.
Buning oqibatida 30-yillar oxiri 40-yillarda biz o’rganayotgan muammo
yuzasidan aytarli darajada jiddiy tadqiqotlar yaratilmadi.
50-yillarning boshlarida tarix muammolarini o’rganishga konyunkturaviy
munosabatlar yuqorida tilga olingan tushunchalarning yanada kengroq talqin
qilinishiga va mazmuni taxminan quyidagicha bo’lgan, “chorizmning mutamlakachi
bo’lishiga qaramay, rus bo’lmagan xaqlarning Rossiya qo’shib olinishi progressiv
fakt bo’lgan edi”, degan navbatdagi soxta fikrning qaror topishiga olib keldi.
1957-1959-yillar Toshkentda O’rta Osiyoning Rossiyaga qo’shilishining
“progressiv ahamiyatiga” bag’ishlab o’tkazilgan sharqshunoslarning Butun ittifoq
konferensiya va Birlashgan ilmiy sessiya materiallari yo’naltiruvchi ahamiyat kasb
12 Ahmadjonov G’.Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyoda. T;2003.140-b.
etdi. Zero, ushbu anjumanlarda fikrlarning rang-barangligiga qaramay, umumiy
xulosa yagona edi, ya’ni barcha ma’ruzalarda “qo’shib olishning O’rta Osiyo va
Qozog’iston uchun progressiv ahamiyatga ega bo’lgan” ligini ta’kidlashga urg’u
berilgan. Ushbu muammo yuzasidan O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’istonda
yozilgan barcha ilmiy maqolalar ham ana shu uzandan tashqariga chiqa olmasdi.
Ularning bari “ qoshib olish” degan sarlavha ostida nashr etilar va shu bilan
g’yo chorizmning umumiy istibdod va Sharqdagi mustamlakachilik siyosatini yo rad
etish uchun yoki ko’rib, ko’rmaslikka olish uchun harakat qildirlar, shu orqali milliy
ongni zaharlashga hamda xaqlning sovet istibdodi haqida biron xulosa chiqarish
uchun o’rin qoldirmaslikka harakat qilinar edi.
Xullas
kalom,
B.F.G’afurov,
E.B.Bekmaxonov,
H.Z.Ziyoyev,
B.D.Jamgerchinov, A.K.Qarriev kabi olimlarning sovet davrida yozilgan eng yaxshi
fundamental asarlari ham avval belgilangan, partiya ko’rsatmasiga mos keladigan
xulosalardan xoli emas yoki ularning nomi ichki mundarijasiga to’g’ri kelmaydi.
Shu bois XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshida chorizm O’rta Osiyo va
Qozog’istonda yuritgan siyosatning bosqinchilik va mustamlakachilik mohiyatiga
ega ekanligini ko’rsatish, buning uchun tarixnavislik materiallarini qayta o’rganish,
qayta anglash va qaytadan baholash zarur edi.
1990-yil 7-9 iyun kunlari Toshkentda bo’lib o’tgan “Chorizmning O’rta
Osiyodagi bosqinchilik va mustamlakachilik siyosati” mavzusidagi mintaqaviy
ilmiy-nazariy konferensiyadan so’ng bir qadam bo’lsada olg’a siljish ro’y berdi. Bu
g’oyaviy nazariy asos bir yildan sal ko’proq vaqt o’tishi bilan O’rta Osiyo
respublikari va Qozog’istonda o’zining amaliy tasdig’ini topdi. Ya’ni bu
mustamlaka o’lkalar chinakam siyosiy- iqtisodiy mustaqillikka erishdilar.
Konferensiyada 8 ta ilmiy ma’ruza va 20 ga yaqin chiqishlar tinglangan.
So’zga chiqqanlar va faol qatnashganlar orasida qo’shni respublikalar akademiklari
M.A.Annanesipov,
Q.Quziboev,
S.Kamolov,
Tojigiston
muxbir
a’zosi
A.M.Muxtorov, A.Sodiqov, Q.J.Xonazarov kabilar bor edilar. Asosiy ma’ruzalarda
H.Z.Ziyoyevning “O’zbek xonliklarining chorizm tominidan bosib olinishi”,
A.M.Muxtorovning “1866-yilgi harbiy ekspansiya”, V.X.Shalekenovning “Chor
Rossiyasi tomonidan Xiva xonligining bosib olinishi”, J.Jakibbekovning
“Qizg’izistonning Rossiya qo’shib olinishin tarixnavisligidagi munozarali masalari
to’g’risida”, N.A.Abduraximovaning “XIX asrning 60-70-yillarida chorizmning
Turkistondagi ma’muriy siyosati”, X.N.Bobobekovning “1873-1876-yillarda
Po’latxon isyoni” kabi chiqishlari diqqatga loyiqdir.
Jumladan, H.Z.Ziyoyev o’zbek xonliklarining bosib olinishi chor Rossiyasi
hukmron doiralarida zo’r mamnuniyat bilan kutib olinganligini ta’kidlab, moliya
ministri Vishnegradskiy O’rta Osiyoda bosib olingan yerlarni “rus tojidagi eng a’lo
marvarid” deb aytganligini ko’rsatib o’tadi. H.Z.Ziyoyev o’z ma’ruzasidan shunday
xulosa chiqaradi: mazkur muammoni talqin etishda “qo’shib olish” atamasini
qo’llash nojoiz, zero , hamma narsani o’z nomi bilan atash va bu jarayonni ham
“bosib olish” deb aytaverish kerak. O’sha vaqtda ToshDUning SSSR xaqlari tarixi
kafedrasi mudiri bo’lgan N.A.Abdurahimovaning chiqishi ham H.Z.Ziyoyevning
fikrlariga hamohanf edi13.
Falsafa fanlari doktori , professor Q.J.Xonazarovning chiqishi ham e’tiborga
loyiq. U ham O’rta Osiyo kuch va qurol yordamida bosib olinganligini ta’kidlab,
Rossiyaga ixtiyoriy qo’shilik epizodik xususiyatga ega bo’lib, faqat ayrim qabilalar
va aholi punktlari uchun xosligini ko’rsatdi. Shu boisdan, ozodlik uchun chiqishlar
va isyonlarni bostirishda chor armiyasi ko’rsatgan zolimliklarni yashirishning hojati
yo’q. Rossiyaning Turkistondagi siyosati mustamlakachilik xususiyatiga ega va rus
publisistikasida “toshkentlik janoblar” atamasining paydo bo’lishi tasodifiy emas. U
mazkur o’lkada ruslar beshafqat mustamlaka siyosati o’tkazganligidan dalolat
beradi.
13 Abdurahimova N. Колониялная система власти в Туркистане вовторой воловини 1913.T.1999.4-C.
II-BOB. O’RTA OSIYO HAQIDA RUS TARIXSHUNOSLIGI.
2.1.Rasmiy hujjatlar va ushbu davr to’g’risidagi adabiyotlar.
Rus sharqshunosligi o’zining g’oyat katta ilmiy faoliyati bilan mahalliy
tarixchilikka shubhasiz katta ta’sir ko’rsatdi. Rus sharqshunoslari O’rta Osiyo tarixi
yuzasidan jiddiy tadqiqot ishlari olib borish bilan birga, bu ishga erli tarixchi
havaskorlarni ham jalb qilish, ular bilan hamkorlikda ish olib borishga hdrakat qildi.
Turkistonga kelgan sharqshunoslar mahalliy tarixchi va xdvaskorlar o’rtasida yurib
va yashab, O’rta Osiyo tarixi xdqida muhim ma’lumotlar va asarlarni to’pladilar va
shu haqda tushuntirish ishlari olib bordilar. Toshkentlik tarixchi Muhammad Solih
qoraxo’ja o’g’li o’zining «Tarixi jadidai Toshkand» degan asarida Iskandar to’ra
ismli bir rus olimining uyiga kelgani, u bilan suhbatlashgani va O’rta Osiyo tarixiga
oid ko’p savollar berib, bahslashgani hdqida yozadi. Iskandar to’ra aslida Aleksandr
Kun bo’lib, mahalliy xalq qadimdan Aleksandr ismini Iskandar deb atashadi. Faqat
A. Kunning emas, balki O’rta Osiyoga kelgan barcha sharqshunoslarning xam xalq
orasida yurib tarixga oid savollar berishy, ayrim masalalar yuzasidan bahslashishlari
hamda ularga yo’l-yo’riqlar ko’rsatishlari, shubhasiz, erli xalqlar o’rtasida tarixga
qiziqish hissini oshirdi. Bunday bahslashuvlar, savol-javoblar mahalliy xalq
o’rtasida «diniy tus berilgan» arxeologik yodgorliklar va tarixiy hodisalarni
aniqlashga, ularning sirini ochishga yordam berdi14.
Usha vaqtda nashr qilingan «Turkiston viloyatining gazeti», «Turkestanskie
vedomosti» va boshqa gazeta sahifalaridagi mahalliy tarchxchi va havaskorlar
tomonidpn yozilgan yodnomalar, yodgorliklar haqidagi kichik-kichik xabarlar va
maqolalar, arxeologik kollektsiyalar rus sharqshunoslarining mahalliy tarixchilikka
samarali ta’sir ko’rsatganligini va erli xalq orasida ham tarixga qiziqish avj
olganligini ko’rsatadi. Rus sharqshunosligi bu tuyg’u va intilishlarni qizg’in qarshi
olib, qo’llab-quvvatlaganligi Turkiston tarixchiligining rivojlanishi uchun yangi
sahifa ochib berdi.
Sattorxon Abdug’afforov ham rus sharqshunosligining bevosita ta’siri ostida
tarixchilar qatoridan o’rin olgan. U 1876 yili Peterburgda chaqirilgan III xalqaro
sharqshunoslar s’ezdiga A. Kun, Jo’rabek, toshkentlik Muhammadqulov, Abdulla
Niyozov va Buxorolik Musajon Saidjonovlar bilan birga Turkiston vakili bo’lib
qatnashadi. U Turkistonga ruslarning kelishi bilan o’lkaga rus fani ham kirib
kelganligini ta’kidlab, bu orqali Turkiston dunyo fanidan yanada ko’proq
bahramand bo’lishiga ishonch bildirdi. O’ o’zining bu nutqi bilan s’ezd
qatnashchilarining diqqatiga sazovor bo’ldi. Rus tilini qunt bilan o’rgangan
Sattorxon rus tilida «Rossiyaning istilosiga qadar Qo’qon xonligining ichki ahvoli
haqida qisqacha ocherk» nomli asarini yozib, «Turkestanskie vedomosti»
14 Saidqulov T. O’rta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavhalar (1-qism). T:O’qituvchi.1993.130-b.
gazetasining 1892 yil 26, 36- sonida va 1893 yil 61- sonida bostirdi. Asarda Qo’qon
xonligining ma’muriy bo’linishi, boshqaruv idoralari, shahar va qishloqdagi
amaldorlar, ularning huquqlari, hokim va beklarning mehnatkash xalqqa nisbatan
tutgan siyosati, gunohkorlarga beriladigan jazolar, qo’shinning tuzilishi,
shuningdek, sinfiy kurashlar, ya’ni Xo’jand va o’ratepada xonlikka qarshi
ko’tarilgan qo’zg’olonlar, Toshkent hokimi Mirzaahmadga qarshi xalq qo’zg’oloni
va uning qo’zg’olonchilar talabiga rozi bo’lishi, Qo’qon xonligining chor Rossiyasi
tarafidan bosib olinishi kabi masalalar yoritilgan. Mahalliy o’zbek tarixchisining rus
tilida shunday bir tarixiy asar bilan maydonga chiqishi rus sharqshunosligining
bevosita katta ta’sirini ko’rsatadi. Bu asar rus sharqshunosligi uchun ham katta
axamiyatga ega edi.
Rus sharqshunoslari, jumladan, N.I.Veselovskiy rahbarligida Akrom polvon
Asqarov kabi xavaskor tarixchi va arxeologlar etishib chiqdi. Akrom Asqarov
Toshkentning Rossiya tomonidan bosib olinganiga qadar Qo’qon qo’shinida
nog’orachi edi. Toshkent bosib olingach, u 1870 yillarda Toshkentda tashkil
qilingan ko’rgazmalarda faol qatnashdi. SHarqshunoslar ta’sirida Turkistondagi
yodgorliklarga qiziqib qoladi. O’zining havaskorligi va qizyquvchanligi bilan bora-
bora Turkistondagi fan ahliga tanila boshlaydi. Akrom Asqarov 1884 yilda
arxeologiyaga oid qazish ishlari o’tkazish maqsadida Turkistonga kelgan professor
N. I. Veselovskiyga yoqib qoladi, yordamchi sifatida u bilan birga Buxoroda,
Farg’ona vodiysida va boshqa joylarda o’tkazilgan arxeologiyaga oid tadqiqotlarda
qatnashadi, tez fursatda arxeologiya bilimini o’zlashtirib oladi15. SHuning uchun
xdm u N. I. Veselovskiyning «tez fursatda arxeologiyaga oid ishlarni o’zlashtirib
oldi» degan yuksak bahosiga sazovor bo’lib arxeologiya sohasida mahdlliy xalq
orasidan etishib chiqqan birdan-bir fan arbobi amaliyotchi bilimdon sifatida tanildi.
Akrom Asqarov N. I. Veselovskiydan Turkistondagi arxeologiyaga oid
yodgorliklarning qaysi biri muhim va qaysi biri ustida ish olib borish zarurligini
so’raganda, u unga ma’lum ko’rsatmalar berib turdi. N. I. Veselovskiy Turkistondan
ketgandan keyin Akrom Asqarov bir necha yil mustaqil ravishda arxeologiyaga oid
15 Majid Hasaniy.Turkiston bosqini.T.:Nur, 1992.230-b.
tadqiqot ishlari olib bordi. Uning faoliyati xdqida mahalliy va markaziy matbuotda
hech narsa yozilmagan bo’lsa-da, ammo uning to’plagan boy va qimmatli
arxeologiyaga oid ashyolar to’plami o’sha yillar davomida nihoyatda samarali va
keng ko’lamda ish olib borilganidan dalolat beradi. Akrom Asqarov 1891 yilda vafot
etgach, uning boy arxeologiyaga oid ashyolar to’plami juda ehdiyotlik bilan
Peterburgga olib ketilib, hozir ham Davlat ermitajida saqlanmoqda.
Vasiliy Aleksandrovich Daudov asli fors (eronlik) bo’lib, 1653 yili Qozonda
xristianlikni qabul qilgan, Rossiya davlatining xizmatiga kirgan, ham stolnik va
voyevoda lavozimida xizmat qilgan. Muhammad Yusuf esa asli musulmon (tatar).
U ham ruslarning xizmatida bo’lgan. Avvalo shuni alohida aytib o’tish kerakki, har
ikkala elchi - V.A.Daudov va M.Yu.Qosimov Buxorogacha birga borishgan
bo’lsalarda, elchilar mahkamasidan alohida-alohida topshiriq olganga o’xshaydilar,
chunki V.A.Daudov va M.Yu.Qosimovga berilgan yo’riqnoma (nakaz) bizgacha
yetib kelmagan. U 1800 yilgacha Rossiya tashqi ishlar mahkamasining arxivida
saqlanar edi. 1806 yili o’tkazilgan tekshirish paytida u turgan joyidan topilmagan.
Shu sababdan V.A.Daudov va M.Yu.Qosimov qanday vazifalarni ado etganliklarini
aniq bilmaymiz.
Buni V.A.Daudovning elchilik mahkamasidan olgan yo’riqnomasi
(nakaz)dan taxminan bilib olish mumkin16. Ular quyidagilar: 1. Buxoro va Xiva
xonliklarining Moskva hukumati bilan diplomatik aloqalarini rivojlantirishga
xohishi bormi-yo’qmi, shuni aniqdash; 2. Xonliklarda yashab turgan rus asirlarini
ozod qilish; 3. Ikki davlat, Rossiya, Xiva va Buxoro xonliklari o’rtasidagi savdo va
elchilik karvonlarining xavfsizligini ta’minlash uchun Kaspiy dengizining kun
chiqish tarafida, dengiz sohilidagi Saratosh tepaligida kemalar to’xtaydigan
bandargoh qurishga Xiva xonining roziligini olish; 4. Amudaryoning boshi va
o’zani, daryo sohilida istiqomat qilib turgan xalqlar, ularning mashg’uloti va
turmush tarzi haqida ma’lumot to’plash; 5. Buxorodan Hindistonga olib boradigan
yo’llar, Hindiston hukumatining Rossiya bilan savdo va diplomatok aloqalarini
16 Ziyoyev H.Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash.T.:Sharq.1998.182-b.