CHORIZMNING TURKISTONNI RUSLASHTIRISH SIYOSATI VA UNING OQIBATLARI
Yuklangan vaqt
2024-04-27
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
32,8 KB
Ilmiybaza.uz
CHORIZMNING TURKISTONNI RUSLASHTIRISH SIYOSATI VA
UNING OQIBATLARI
Tahlillarga ko’ra, XVI asr boshidan, Temur va temuriylar saltanati
inqirozidan keyin boshlangan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy turg’unlik natijasida
Turkiston XVIII-XIX asrlarga kelib dunyoning ko’pgina mamlakatlaridan orqada
qolayotganligi sezilayotgandi. Bunga quyidagilar sabab bo’lmoqda edi:Birinchidan,
asrlar davomida bir butun bo’lib kelgan mamlakatning, bir iqtisodiy va madaniy
makonda yashab kelgan xalqning uchga bo’linib ketishi, xonliklar o’rtasidagi
to’htovsiz urushlar, har bir xonlik ichidagi boshboshdoqlik va hokimiyat uchun
o’zaro tinimsiz davom etgan ichki nizo va yurushlar butun mamlakatni xonavayron
qildi. Bu jarayon guruhbozlikni keltirib chiqardi, qabilalarning etnik aralashuviga,
bir xalq bo’lib qovushishiga, jipslashishga halaqit berdi. Davlat darajasida ham,
viloyatlar darajasida ham yagona xalq, yagona Vatan tushunchasining qadri anglab
olinmadi.Ikkinchidan, aholi xon va beklarning, turli lavozimdagi mansabdorlarning
zo’ravonligidan,
o’zboshimchaligidan,
mansabni
suiste’mol
qilishidan,
g’ayriqonuniy soliq va jarimalaridan himoya qilinmadi.Uchinchidan, asosiy boylik
bo’lgan yerga mulkchilikning eski usuli bir necha asrlardan beri o’zgarmadi.
Xonliklarda oliy hukmdor yerning birdan-bir egasi bo’lib, yer ishlovchilarga –
dehqonlarga ijara tarzida hatlab biriktirilgan edi. Dehqon yer egasi emas, yerda
olinadigan hosilning egasi edi, holos. Shu bois dehqon yerni asrab – avaylashga,
uning unumdorligini oshirishga intilmadi.To’rtinchidan, xonliklarda sanoat rivojiga
e’tibor bo’lmadi. Oltingugurt, rangli metallar, marmar, toshko’mir, neft kabi tabiiy
boyliklarga serob konlar bo’lsada, ularni qazib olish, tog’-kon ishlarini
Ilmiybaza.uz
rivojlantirish, kemasozlikni yo’lga qo’yish masalalari hal qilinmadi.Beshinchidan,
tovar-pul munosabatlari rivojlantirilmadi. Daromaddan, iste’mol va qo’shin
harajatlari zo’rg’a kopanlar, kapitalga aylanmasdi. Pul, oltin-kumush xon va
amaldorlarning xazina to’plash manbai bo’lib qolgan edi.Oltinchidan, xonliklarning
savdo munosabatlarida hamon ayirboshlash usuli davom etardi. O’rta Osiyo jahon
bozoridan
ajralib qolgani
ustiga
bu
yerda
ichki bozor
ham
tashkil
topmadi.Yettinchidan, eng muhimi, XIX asr ikkinchi yarmida O’rta Osiyo
hududidagi xonliklarda o’z millati, xalqi va Vatani istiqboli uchun qayg’uradigan,
odamlarni bir g’oya va bir ezgu maqsad yo’lida birlashtira oladigan hamda ortidan
ergashtira oladigan yo’lboshchi ham topilmadi.Turkiston xonliklari uchun bo’lgan
ana shunday og’ir sharoitda dunyoning bosqinchi davlatlari, xususan Rossiya va
Angliya o’lkamizga ko’z olaytira boshladi. Aslida Rossiya Turkistonni bosib olish
rejasining amalga oshishiga XVI asr o’rtasida Ivan Grozniy zamonidayoq Qozon
(1552), Astraxon (1556) va Sibir (1581-1590) xonliklari qo’lga kiritilganidan keyin
kirishgandi. Ana shu maqsadda 1558-1559 yillarda Antoni Jenkinsonning Buxoroda
bo’lishi, XVII asrda Rossiyadan Buxoro va Xivaga 9 marta elchilarning kelishi
jarayonida esa xonliklarning iqtisodiy va harbiy ahvoli o’rganilishi amalga
oshirilgandi. Imperator Pyotr I davrida xonliklarning g’arbiy, shimoliy va sharqiy
chegaralarida harbiy istehkomlar qurish maqsadida harbiy ekspeditsiyalar
yuborilishi amalga oshirilgandi. XVIII asrda Rus davlati qozoqlarining Kichik juz,
O’rta juz va Katta juz hududlarini qo’lga kiritgandan keyin o’zbek xonliklarining
bosib olinishida qulayliklar yaratish uchun 46 ta katta va 96 ta kichikrok harbiy qal’a
va istehkomlar quriladi va ularga o’zining harbiy qismlarini joylashtiradi.Lekin
Rossiyaning bu harakati Angliya manfaatlariga zid edi. Chunki Angliya o’z
tasarrufidagi Hindiston va Afg’oniston orqali O’rta Osiyo davlatlari bilan savdo-
sotiq qilardi. U rus savdogarlarini bu hududlardan siqib chiqarishga intilardi hamda
ruslarning chegaralari Afg’onistongacha yetib borishini xoxlamasdi. Inglizlar
rejasiga ko’ra xonliklar ikkala mustamlakachi davlat o’rtasidagi «betaraf maydon»
bo’lishi zarur edi. Undan tashqari Angliya O’rta Osiyo xonliklarining bu davrdagi
kuchsizlanayotganligidan foydalanib, Rossiyaning harbiy bosqini boshlanishi
Ilmiybaza.uz
mumkinligini ham e’tibordan chetda qoldirmayotgandi.Rossiya va Angliya o’zaro
munosabatlarini yahshilash va raqobatchilikni yumshatish uchun 1856 yilning 19
martida o’zaro bitim tuzdi. Rus general–leytenanti Hrulevning fikricha, bu bitim
o’zaro munosabatlarni o’zgartirmadi, chunki u mahalliy savdo va hukmronlik qilish
masalalarini o’z ichiga olmagandi. 1858 yil martida Angliya parlamenti Hindistonni
o’z mustamlakasiga aylantirish va Turkistonda savdo aloqalarini kengaytirish
maqsadida mahsus qo’mita ta’sis etdi. Natijada Turkistonda rus-ingliz raqobatchiligi
yil sayin kuchayib bordi. Angliya o’z diplomatlari, sayyohlari va ayg’oqchilari
vositasida Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarini Rossiyaga qarshi ittifoqqa
uyushtirishga harakat qildi. Angliya bunda Turkiya hamkorligidan ham
foydalanmoqchi bo’ldi. Lekin bu urinishlar natija bermadi.O’rta Osiyoda ruslar va
inglizlar o’rtasida raqobatchilikning keskinlashuvi harbiy to’qnashuvga olib kelishi
mumkin edi. Lekin 1869 yilda har ikkala davlat o’rtasida muzokaralar boshlanishi
bunga yo’l ko’ymadi. Natijada ikkala davlat o’rtasida betaraf davlatlar bo’lishi
zarur, degan xulosaga kelindi. Rossiya uchun bu Afg’oniston bo’lishi mumkin edi.
Angliya esa Afg’oniston va O’rta Osiyo bo’lishini xoxlardi. Natijada masala ochiq
qoldirildi. Chorizm o’zining mustamlakachilik siyosatini davom ettiradi. Bu
inglizlarning noroziligiga sabab bo’ladi. Shu bois Buyuk Britaniya vakili Forsayt
1873 yilda Toshkentga kelib, general-gubernator Kaufman bilan uchrashadi va u
Qo’qon xonligining butunlay Rossiya tomonidan bosib olinishiga rozilik bildiradi.
Buxoro amirligining esa Rossiya tasarrufida mustaqil qolishligiga kelishildi.
Natijada amirlikning batamom bosib olinishi kechiktirildi.Turkistonning chor
Rossiyasi tomonidan bosib olinishi inglizlarning Turkiston uchun qiziqish
harakatlarining kuchayishi chor Rossiyasini ko’proq tashvishga soldi. U xonliklarga
bevosita chegaradosh bo’lganligidan foydalanib harbiy harakatlarni boshlab
yubordi. Orenburg general-gubernatori V. A. Perovskiy 1834 yilda Kaspiy dengizi
qirg’og’idagi
Mang’ishloqda
harbiy
istehkom
qurib,
unga
Novo
–
Aleksandrovskoye deb nom berdi. 1845 yilda Orenburg va Yoyiq, 1847 yilda
Sirdaryoning Orol dengiziga quyilish joyida Rayim harbiy istehkomlarini qurdi.
Perovskiy qo’shinlari 1853 yilda Qo’qon xonligiga qarashli Oq masjid (hozirgi Qizil
Ilmiybaza.uz
O’rda) ni bosib oldi. Xonliklarning shimoliy-sharqiy tomonidagi G’arbiy Sibir
general-gubernatori G. Gosford 1847 yilda Yettisuvdagi Ulutov yakinida ikkita
harbiy istehkom, Olmati yonidagi Verniy istehkomini kurib harbiy kuchlarni
joylashtirdi. 1860 yilda Qo’qon xonligiga qarashli To’qmoq va Pishpakni egalladi.
1864 yil mayida Chernyayev otryadi Avliyo otani bo’ysundiradi. Qisqasi, 1847-
1864 yillarda rus qo’shinlari Qo’qon xonligining hozirgi Qozog’iston va
Qirg’iziston hududlaridagi joylarini egallab oladi.Endi navbat Qo’qon xonligining
tayanch shaharlari hisoblangan Turkiston va Chimkent uchun harakatlar boshlanib
ketadi. Qo’qondan sarkarda Alimqulning qarshiligiga qaramasdan 1864 yil 12
iyulida Turkiston egallanadi. 1864 yil sentyabrining boshlarida esa Chimkentni ham
egallashga muvaffaq bo’ladi.Chernyayev 1864-1865 yil kishida harbiy tayyorgarlik
ko’rib, Sibir va Orenburgdan qo’shimcha qurol-yarog’, yangi batalonlar, sapyorlar
rotalari oldi. Mahalliy aholi orasidan Chernyayev foydasi ishlovchi sotqinlar ham
topildi. 1865 yil bahoridan Chernyayev Toshkentga yangi hujum boshladi.
Chernyayev 28 aprelda Chirchiq yoqasidagi Niyazbek qal’asini egallab, Toshkentni
suv bilan ta’minlovchi Kaykovuz anhoriga Chirchiqdan suv chiqarib beruvchi
to’g’on buzib tashlanadi. Shu orada lashkarboshi Alimqul ham Toshkentga yetib
keldi. 9 may kuni Solar arig’i yaqinida bo’lgan katta jangda Alimqul yarador bo’lib,
halok bo’ldi. Nihoyat shaharliklar qarshiligi sindirildi, 15 iyun kuni Toshkent zabt
etildi. Chernyayev 1866 yil yanvarida Jizzaxga hujum qiladi va mag’lubiyatga
uchraydi. O’zboshimchaligi uchun Chernyayev Rossiya markaziga chaqirilib,
o’rniga general Romanovskiy yuboriladi. U Orenburgdan yordam olib Buxoro
amirligiga yurish boshlaydi. 1866 yil mayida Yerjarda bo’lgan jangda amir Muzaffar
qo’shinlari yengiladi va Jizzaxga qochadi. Romanovskiy harakatni Ho’jand tomon
yo’naltiradi va uni 19-22 may kunlari uni qo’lga kiritadi. 1866 yil avgustida
Orenburgdan general-gubernator Krijanovskiy Toshkentga kelib, Romanovskiy
bilan birgalikda Buxoro amirligini tor-mor qilishni kelishadi. 1866 yil oktyabrida
O’ratepa viloyati, Zomin qal’asini bosib oladi. Endi Jizzax uchun jang boshlanadi.
Jizzax balandligi 4 metr, eni 3 metrlik ikki qavat devor bilan o’rab olingan qal’a edi.
Shaharda 10 ming himoyachi ham bor bo’lgan. Shaharga kiradigan darvozalar ham
Ilmiybaza.uz
tuproq bilan to’ldirilgandi. Lekin 11-18 oktyabr kunlari bo’lgan jang bosqinchilari
foydasiga hal bo’ldi va shahar egallandi. Shundan keyin imperator Aleksandr II
1867 yil 14 iyulda 1865 yilda tuzilgan Turkiston viloyatini Turkiston general–
gubernatorligiga aylantirish, Turkiston harbiy okrugini tuzish to’g’risida farmon
berdi.
General–gubernator va okrug qo’mondoni etib general–ad’yutant K. P. Fon
Kaufman tayinlandi. U Buxoro amirligini bosib olishni tezlashtirib 1868 yil 1-2 may
kunlari Samarqand uchun Zarafshon yonidagi Cho’ponotada kattik janglar olib borib
uni egalladi. Kaufman Zirabuloqda amir qo’shinlari bilan urishayotgan bir paytda
Qarshi, Shahrisabz va Kitob beklari Jo’rabek va Bobobek hamda amirning o’g’li
Abdumalik To’ra 27 may kuni Samarqandga qo’shin bilan yetib kelib Samarqandda
ko’tarilgan qo’zg’olonga qo’shildilar. Ular Kaufman Samarqandda qoldirgan
polkovnik Nazarov va mayor Shtemko boshliq harbiy qismlar bilan 8 kun jang qilib,
ularning 500 kishidan iborat armiyasidan 275 tasini halok va yarador qiladi. Bundan
habar topgan Kaufman zudlik bilan Zirabuloqdan Samarqandga kelib 8 iyun kuni
Samarqand aholisi qirg’in qildi.Chorasiz qolgan amir Muzaffar 1868 yil 23 iyunda
Kaufman bilan sulh tuzishga majbur bo’ldi va Rossiyaning vassaliga aylandi.
Shunga ko’ra, Buxoro amirligi mustaqilligini yo’qotish bilan birga barcha
Samarqand, Kattaqo’rg’on va Zarafshon daryosining yuqori qismidan ham ajraldi.
Yana 500 ming oltin to’lash va xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil aloqalar qilmaslik
majburiyatini ham oldi. Amirlikdan tortib olingan hududlarda 1868 yilda Zarafshon
okrugi tuzilib, unga general mayor Abramov boshliq etib tayinlandi. Amirning bu
harakatlari xalqning yuqori tabaqasi noroziligiga va unga qarshi harakatlar
boshlanishiga sabab bo’ldi. Ayniqsa Shahrisabz va Qarshida kuchli norozilik bo’ldi.
Muzaffarning to’ng’ich o’g’li Abdumalik To’ra, erksevar beklar Jo’rabek, Bobobek
va Sulton Sodiklar birgalikda ozodlik kurashini boshlab yubordilar. Ular dastlab
Muzaffarga qarshi urushib Shahrisabzni va Qarshini egalladilar. So’ngra Karmana
va Chiroqchi ham ular qo’liga o’tdi. Muzaffar 1868 yil kuzida Kaufmandan yordam
so’radi. Bunga javoban dastlab Abramov boshliq harbiy qismlar yuborildi. Kuchlar
teng bo’lmaganligidan Abdumalik va Sulton Sodiq xon huzuriga yordam so’rab
Ilmiybaza.uz
bordi. Ular keyin Afg’oniston tomon bordi. U yerdan yordam ololmagach
Hudoyorxon huzuriga bordi. Bu yerdan Qashqarga Yoqubbek huzuriga keldi va shu
yerda panoh topib, 1909 yilda vafot qiladi. Ko’rinadiki, amir Muzaffar
bosqinchilarga qarshi emas, Kaufman yordamida o’z vatandoshlariga qarshi urushga
kirishadi, 1870 yil avgustida ularni dushman – bosqinchi kuchlari yordamida yengib,
o’z taxtini saqlab qoladi. Shahrisabz va Kitob bekliklari ham amirlik tarkibida
qoladi. Chor Rossiyasi Buxoro amirligi va Qo’qon xonligi yerlaridan tarkib topgan
Turkiston general-gubernatorligini O’rta Osiyoni bosib olishdagi tayanch markaziga
aylantirgach, Xiva xonligini bosib olishga kirishadi. Ular bu ishga Bekovich-
Cherkasskiy ekspeditsiyasining halokati va 1839 yilda Perovskiy harbiy yurishining
barbod bo’lganligini e’tiborga olib, 1872 yil oxirlarida Orenburg general-
gubernatori, Kavkazdagi podsho noibi va Turkiston general-gubernatori harbiy vazir
ishtirokida Peterburgdagi mahfiy kengashda Xiva xonligini bosib olishga kelishildi.
Bunga ko’ra, Turkiston general-gubernatorligi sharqdan, Orenburg general-
gubernatorligi harbiy qismlari shimoliy-g’arbdan harakat qilishlari zarur edi. Xiva
xoni Muhammad Rahim bundan xabardor bo’lgani holda Angliyadan yordam
so’ragandi. Lekin Angliya Rossiya bilan ochik to’qnashuvdan havfsiradi. Demak
xonlik faqat o’zining ichki imkoniyatlariga qarab ish tutishga majbur bo’ldi.
Kaufman 1873 yil bahorida 12 mingdan ortiq zobit va askar, 56 ta to’p-zambaraklar
bilan Xiva xonligiga qarshi harakat boshladi. Ayni paytda, Xivaga qarshi Orenburg,
Mang’ishloq, Krasnovodsk, shuningdek, Kavkaz okrugi qo’shinlari ham harbiy
yurishni boshlagan edi. Umumiy qo’mondonlik Kaufman zimmasiga yuklatilgandi.
Amudaryo bo’ylarida qirg’inbarot janglar bo’ldi. 1873 yil 18 may kuni Kaufman
harbiy qismlari Amudaryodan o’tib Hazoraspni egallaydi, Qo’ng’irot va Ho’jayli
shaharlari, Mang’it qal’asi zabt etiladi. Istilochi qo’shinlar Xivaga yaqinlashib
qolganda Muhammad Rahim poytaxtni tashlab chiqadi va Izmiksho’r yaqinidagi bir
turkman ovuliga yashirinadi. Kaufman shaharni zabt etadi va 1873 yil 12 avgustida
Xivaga yaqin Gandimiyon qishlog’ida Kaufman bilan Muhammad Rahimxon
shartnoma imzolaydi. Bunga ko’ra Xiva Rossiyaning vassaliga aylantiriladi,
Amudaryo quyi oqimining o’ng tomoni Rossiya tarkibiga kiritiladi, 2 mln 200 ming
Ilmiybaza.uz
so’m tovon to’lash kelishiladi.Kaufman Xiva xonligini tugatgach, Qo’qon xonligini
tugatishga kirishdi. U Qo’qon xonligidan bosib olingan yerlarni Rossiya tarkibiga
kirganligini qonunlashtirish uchun polkovnik Shaufusni Hudoyorxon huzuriga
yubordi va xon 1868 yil 13 fevralda shartnomaga muhr bosdi. Unga ko’ra, rus
savdogarlariga katta imtiyoz berildi, mahalliy savdogarlar esa o’z general –
gubernatorligida faoliyat ko’rsatadigan qilib belgilandi. Umuman shartnoma
Qo’qon xonligini og’ir ahvolga solib ko’ydi. Xonlik tashqi olamdan mahrum bo’ldi,
Rossiyaning qaram o’lkasiga aylandi. Bu shartnomadan qoniqmagan kuchlar
Hudoyorxonga qarshi bo’la boshladi. Buning ustiga xon hudud qisqarganligini
ro’kach qilib, xazinani to’ldirish uchun yangi soliqlar joriy qildi, o’zini
bosqinchilarga yaqin tutdi, Qo’qon va Rossiyani bir davlat deb hisoblaydigan bo’ldi.
Bu vaziyat xonlikda Hudoyorxonga qarshi xalq qo’zg’olonini keltirib chiqardi.
Qo’zg’olonchilarning bir qismiga 1873 yilda mullo Ishoq boshchilik qildi. Bu
qo’zg’olonni tinch yo’l bilan bostirishga Abdurahmon Oftobachi harakat qilib
ko’rdi. Lekin uni Hudoyorxon qo’llab-quvvatlamadi. Natijada g’alayon qurolli
qo’zg’olonga aylandi va Hudoyorxonni tahtdan mahrum etish harakati boshlandi.
Buning uchun xonlar avlodlaridan kerak edi. Lekin rozilik bildirgan shaxs bo’lmadi.
Shundan keyin qo’zg’olon boshlig’i Mullo Ishok Hasan o’g’li o’zini Qo’qon xoni
Olimxonning nabirasi Po’latxon deb e’lon qiladi. Xonlikda Hudoyorxonning
o’g’illari Nasriddinbek va Aminbek, ukasi Sulton Murod, nevarasi Nazarbek,
Sherali dodhoh, Abdurahmon Oftobachi va boshqalar ham bosh ko’taradilar. Ular
ham Chor Rossiyasiga, ham Hudoyorxonga qarshi kurash boshladilar. Xalq ham
qo’zg’olonchilarga ergashdi va 1873 yildan butun vodiyda qo’zg’olon
boshlandi.Hudoyorxon qo’zg’olonni bostirishga ojizlik qilib, Toshkentga qochib
ketadi. Kaufman Hudoyorxonning 40 ta aravadagi boyliklarini musodara qilib,
o’zini Orenburga surgun qiladi. Xon u yerdan qochib hajga ketadi va hayoti ayanchli
yakun topadi. Hudoyorxon qochib ketgach, qo’zg’olonchi kuchlarning bir qismi
Nasriddinxonni hokimiyatga ko’tarishni hohlasa, boshqa qismi Po’latxonni taxtga
o’tkazishni taklif qilardi. Natijada ziddiyat yanada kuchaydi. Kaufman ana shu ichki
kelishmovchiliklardan ustamonlik bilan foydalanib, 1875 yil avgustida Qo’qon