DARSNI TASHKIL ETISH: AMALIYOT VA NAZARIYA BIRLIGI (DARS KONSPEKTI, DARS ISHLANMALARINING YOZILISH TARTIBLARI)
Yuklangan vaqt
2024-05-18
Yuklab olishlar soni
5
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
32,6 KB
ilmiybaza.uz
DARSNI TASHKIL ETISH: AMALIYOT VA NAZARIYA BIRLIGI (DARS
KONSPEKTI, DARS ISHLANMALARINING YOZILISH TARTIBLARI)
Reja:
1. Dars - ta’limni tashkil etish asosiy shakli.
2. Bilimlarni mustaxkamlash vositalari
ilmiybaza.uz
Dars - ta’limni tashkil etish asosiy shakli. Dars ta’lim jarayonining yaxlitligi
nuqtai nazaridan ta’limning asosiy tashkiliy usuli hisoblanadi. Unda sinf-dars
tizimining xususiyatlari aks etadi, unda o’quvchilarni ommaviy qamrab olish,
tashkiliy tartib va o’quv ishlarining muntazamligi ta’minlanadi. Dars iqtisodiy
jihatdan foydalidir. O’quvchilar hamda sinf jamoasining individual xususiyatlarini
bilishi o’qituvchi uchun har bir o’quvchi faoliyatiga rag’batlantiruvchi ta’sir
ko’rsatishga imkon beradi. Dars doirasida ommaviy, guruhli va individual ta’lim
shakllarini birlashtirish imkoniyati uning rad etib bo’lmaydigan ustunligi
hisoblanadi.
Dars bevosita o’qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida
muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli
sanaladi. Darsda har bir o’quvchi xususiyatlarini hisobga olish, barcha
o’quvchilarning mashg’ulot jarayonida o’rganilayotgan fan asoslarini egallab
olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy-axloqiy sifatlarini
tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratiladi.
Dars ta’limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi o’ziga xos belgilarga ega,
chunonchi: o’quvchilarning doimiy guruhi, o’quvchilar faoliyatiga ularning har biri
xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish, o’rganilayotgan fan asoslarini
bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning faqat mazmunini emas, balki o’z
xususiyatini ham aks ettiradi).
Darsning tuzilishi oddiy va ancha murakkab bo’lishi mumkin. Bu o’quv
materialining mazmuni, darsning didaktik maqsadi, o’quvchilar va jamoa sifatida
sinfning xususiyatlariga bog’liq..
Zamonaviy didaktikada dars quyidagi turlari ajratib ko’rsatilgan:
ilmiybaza.uz
aralash darslar;
yangi ma’lumotlar, aniq hodisalar bilan tanishish bo’yicha yoki
umumlashtirishlarni anglab yetish va o’zlashtirish maqsadiga ega darslar;
bilimlarini mustahkamlash va takrorlash darslari;
o’rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish asosiy maqsadiga ega
darslar;
malaka va ko’nikmalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari;
bilimlarni tekshirish va tekshirish ishlarini o’rganish darsi;
o’z tuzilishi bo’yicha oddiy bo’lgan, ya’ni bitta asosiy didaktik maqsadga ega
bo’lgan dars turlari (o’rta va katta sinflarda qo’llash uchun mos keladi).
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar yoshlarini hisobga olib o’quv ishlari turli
xillaridan foydalanishga, yangi bilimlarni berishni avval ilgari o’rganilganni
mustahkamlash, takrorlash bilan birga olib borishga to’g’ri keladi. Hatto tekshirish
darslari ham bu yerda ko’pincha ishlar boshqa turlarini o’z ichiga oladi: materialni
og’zaki yetkazish. qiziharli hikoyani o’qish. Darsning aynan mana shu turi aralash
(kombinatsiyalashgan), yoki murakkab tuzilishli deb ataladi. Kombinatsiyalashgan
darsning taxminiy tuzilishi: uy vazifalarini tekshirish va o’quvchilar bilan savol-
javob, yangi materialni o’rganish, o’zlashtirishini dastlabki tekshirish, mashq
misollari davomida yangi bilimlarini mustahkamlash, ilgari o’rganilganlarni suhbat
ko’rinishida takrorlash, o’quvchilar bilimlarini tekshirish va baholash, uyga vazifa
berish.
O’quvchilarning yangi materiallar bilan tanishish darsi yoki yangi bilimlarni
berish (o’rganish) darsi nisbatan keng doiradagi savollarni o’z ichiga olgan va uni
o’rganishga ko’p vaqtini talab qiluvchi, o’quvchilarga tanish bo’lmagan yangi
material uning mazmuni bo’lgan ta’lim jarayoni. Bunday darslarda uning mazmuni,
aniq maqsadi va o’quvchilarning mustaqil ish bajarishga tayyorgarliklariga harab
ba’zi hollarda yangi materialni o’zi bayon etadi. Boshqa hollarda esa – o’qituvchi
rahbarligi ostida o’quvchilarning mustaqil ishlari olib boriladi, uchinchi holda –
unisi ham bunisidan ham foydalaniladi. YAngi material bilan tanishish darsining
ilmiybaza.uz
tuzilishi: yangi materialni o’rganish uchun asos bo’lgan avvalgi materialni
takrorlash. o’qituvchining yangi materialni va darslik bilan ishlashni tushuntirishi,
bilimlarni tushunishlarini tekshirish va dastlabki mustahkamlash, uyga vazifa berish.
Bilimlarni mustaxkamlash vositalari
Bilimlarni mustahkamlash darslarida o’quv ishining asosiy mazmuni ilgari
o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkam o’zlashtirish maqsadida ularni ikkinchi bor
tushunib olish hisoblanadi.
O’quvchilar o’z bilimlarini yangi manbalar bo’yicha anglab oladilar va
chuqurlashtiradilar yoki ularga ma’lum bo’lgan qoidaga yangi masalalar yechadilar,
ilgari olgan bilimlarini og’zaki va yozma takrorlaydilar yoki ilgari o’rganganlarini
yanada chuqurroq va mustahkam o’zlashtirish maqsadida ulardan alohida masalalar
bo’yicha axborot beradilar. Tuzilishi bo’yicha bunday darslar quyidagi
bosqichlardan o’tishni ko’zda tutadi: uy vazifasini tekshirish, og’zaki va yozma
mashqlarni bajarish, topshiriqni bajarishni tekshirish, uyga vazifa berish.
Ko’nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari bilimlarni
mustahkamlash darslari bilan bog’liqdir. Bu jarayon bir necha maxsus darslar
jarayonida amalga oshiriladi. Boshqa darslarda yangi mavzularni o’rganishda
davom ettiriladi. SHu bilan birga avvaliga mashqni bajarish ishlari bolalar
tomonidan o’qituvchi yordamida va ular topshiriqni qanday tushunganlarini daslab
jiddiy tekshirish bilan bajarilsa, keyinchalik esa qayerda qanday qoida qo’llanilishini
o’quvchilarning o’zlari belgilaydilar. Ular turli vaziyatlarda malaka va
ko’nikmalarini qo’llash, shu jumladan, hayotiy amaliyotida qo’llashni o’zlashtirib
olishlari kerak.
Umumlashtiruvchi darslari (bilimlarini umumlashtirish va tizimlashtirishlar)
ilgari o’tilgan materialdan eng muhim savollari qayta takrorlanadigan va
tizimlashtiriladigan, o’quvchilar bilimlarida mavjud kamchiliklari to’ldiriladigan va
o’rganilayotgan kursning muhim g’oyalari ochib beriladigan darslar hisoblanadi.
Umumlashtiruvchi darslar mavzu, bo’lim va o’quv kurslarining yakunida