DARYODAGI MAKSIMAL SUV SARFINI ANIQLASH (Daryolardagi maksimal suv sarfi, Daryolardagi maksimal suv sarfini analitik aniqlash usuli)
Yuklangan vaqt
2024-04-28
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
30,6 KB
Ilmiybaza.uz
DARYODAGI MAKSIMAL SUV SARFINI ANIQLASH
Reja:
1. Daryolardagi maksimal suv sarfi.
2. Daryolardagi maksimal suv sarfini analitik aniqlash usuli.
Tayanch so‘z va iboralar: oqar suv, suv oqimi, suv yig‘gich,toshqin,quvur,
ko‘prik, suv sathi, muzlik, qor erishi, maksimal tezlik, yuvilish, mintaqa, yo‘l
tarmog‘i,maksimal sarf, analitik usul, inshoot.
Ilmiybaza.uz
Ko‘prikli o‘tish joyining inshootlari suv oqimi bilan o‘zaro ta’sirlashadi va
suv bosish, oqar suv bilan tagidan yuvilish va yuvilib ketish hamda shovush bilan
shikastlanish xavfi ostida buladi. Inshootlarning shikastlanish xavfining darajasi
barcha boshqa teng sharoitlarda yildan-yilga o‘zgarib turadigan toshqin balandligi
bilan belgilanadi. Ko‘prikli o‘tish joylari o‘z vazifasini uzoq muddatli xizmati
davrida (odatda yuz yillardan ortiq) bajarib turishi zarur. Bu vaqt mobaynida
daryoda faqat kichik toshqinlargina emas, balki ayni suv o’rnida qayd etilgan
toshqindan kuchli katta toshqinlar ham bo‘lib turishi mumkin.
O‘tish joyining inshootlari to‘g‘ri loyihalangan va qurilgan, ya’ni hamma vaqt
turg‘un bo‘lishi va butun xizmat qilish vaqti davomida ulardan normal foydalanish
mumkin bo‘lishi uchun inshoot o‘lchamlari va konstruksiyalarini hisoblash
ehtimoliy toshqinlar balandligini aniqlashga asoslanishi kerak.
Har qaysi toshqin bir nechta kursatkichlari bilan tavsiflanadi:
maksimal sarfi Qtax;
suvning eng baland sathi belgisi Ntax;
oqimning maksimal tezligi;
toshqin davomiyligi va hokazo.
Birlamchi ko‘rsatkich suv sarfidir, u ko‘prikli o‘tish joyi joylashgan yerdan
tashqarida suv yig‘gichda suv oqib kelishi jarayonida hosil bo‘ladi. Shuning uchun
ko‘prikli o‘tish joyi inshootlari uchun xavfli bo‘lgan toshqinlarni bashoratlash
daryodagi maksimal suv sarfini bashorat qilishga va keyin gidrometrik egri
chiziqlar bo‘yicha ikkilamchi tavsiflarni aniqlashdan iborat bo‘lishi mumkin.
Hozirgi vaqtda daryolarning maksimal suv sarfini bashorat qilish, odatda,
daryo suv oqimining ko‘prikli o‘tish joyini qurishdan oldingi davrdagi rejimi
to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar asosida bajariladi. Bashorat qilish daryo oqimi
tavsiflarining o‘zgaruvchanligi to‘g‘risidagi quyidagi tasavvurlarga tayanadi:
oqimning yillik (sikli) davri qonuniyatli bo’lib, yil fasllari
almashinuvini va daryoning suv bilan ta’minlanish turini aks ettiradi;
Ilmiybaza.uz
oqimning fazaviy-bir turlik tavsiflarining har yilgi o‘zgarishlari,
masalan maksimal sarflarning yoki bahorgi toshrnlar oqimi hajmining
o‘zgarishi katta sonlar qonuniga bo‘ysindirilgan, ya’ni bu tavsiflarning
o’rtacha qiymatlari turg’un bo’lib, kuzatishlar davr yilligiga bog‘liq emas;
erkin daryolar oqimining o‘zgarishi qonuniyatlari davomiyligi bir
necha yuz yillarga teng bo‘lgan (ya’ni ko‘prikli o‘tish joyi inshootlarining
xizmat qilish muddatidan ortib ketadi) davrlarda nisbatan barqaror bo‘ladi,
chunki shu vaqt ichida iqlimda va daryo hovzasining tuproq qatlamida katta
o‘zgarishlar yuz bera olmaydi. Shuning uchun oqimning oldingi davr
ma’lumotlari bo‘yicha aniqlangan o‘zgarish qonuniyatlarini keyingi davrlar
uchun ham amal qiladi, deb hisoblash mumkin;
oqim tavsiflarining qiymatlari har qaysi ayni yil uchun tasodifiy
qiymatlardir va shuning uchun ularni paydo bo‘lish muddatlari bo‘yicha
bashorat qilib bo‘lmaydi. Faqat oqim tavsiflari ehtimoliy bashorat qilinishi,
jumladan toshqinlarning maksimal sarflarini bashorat qilish mumkin. Bunda
katta toshqin bo‘lish ehtimoli kam bo‘lishiga qaramasdan, u boshqa kichik
toshqinlar singari, ko‘prik qurilganidan keyin yaqin yillar ichida bo‘lib o‘tishi
mumkin.
Uzoq vaqt davrlari uchun maksimal sarflarning o‘rtacha kiymatlarini va ularning
o‘zgarish qonuniyatlarini belgilash (aniqlash) uchun ko‘prikli o‘tish joyini
loyihalash davridan oldingi davrda daryo rejimini kuzatishlar bo‘yicha olingan
statistik ma’lumotlardan foydalaniladi.
Bu ma’lumotlarni tanlab olishga katta e’tibor berilishi kerak. Fazaviy-turli xil
sarflarni birlashtirish yaramaydi. Masalan, agar daryoda qor erishidan ham, jala
yog‘ishidan ham toshqin bo‘lsa, u holda bahorgi toshqinni bashorat qilishda yomg‘ir
toshqinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan, hatto ular erish suvlari toshqinidan ortib
ketgan yillardagi jala toshqini ma’lumotlaridan ham foydalanish mumkin emas.
Maksimal oqimning haqiqiy manzarasini buzib ko‘rsatuvchi dimlanish, muz
tiqinlari va shu kabi tabiiy omillarning ta’sirini istisno qilish uchun har qaysi yildagi
oqim sharoitlarini sinchiklab tahlil etish zarur. Suv sathini o‘lchash postlarida
Ilmiybaza.uz
(kuzatish joyi) suv sathi o‘lchanadi, keyin sarf egri chizig‘i bo‘yicha har qaysi sath
uchun sarfning ma’lum qiymatlari yozib qo‘yiladi. Biroq, sarf egri chizigi faqat
erkin oqim sharoitlari uchun to‘g‘ri bo‘lib, undan foydalanishdan oldin suv sathi
yuqorida aytib o‘tilgan hodisalar ta’sirida qanchalik buzib ko‘rsatilganini aniqlash
kerak.
Oshish ehtimoli faqat bir yil uchun tegishli bo‘lmasdan, balki vaqtning uzoq
muddatli davriga ham tegishli bo‘ladi. Bu holda oshish ehtimolini takrorlik bilan,
ya’ni shu davr uchun oshish hollari soni bilan bir xil deb qarash mumkin. Masalan,
agar bir yilda bir marta yuz beradigan bahorgi toshqin maksimal sarfining oshish
ehtimolini har qaysi yilda 0,02 ga teng bo‘lsa, u ayni bir vaqtda shuni bildiradiki,
bunday maksimal sarf yana katta sarflar bilan oshadi: o‘rtacha 50 yilda bir marta;
100 yilda 2 marta va h;. Uzoq muddat ichida sarfning oshishi taxminan to‘g‘ridir.
Maromida foydalanish sharoitlari buziliishning takrorlik me’yorlari, ya’ni
yuk tashishlar va avtomobil hamda avtopoezdlar harakat tezligining cheklanish
me’yorlari va inshootlarning shikastlanish xavfi yuz berishi takrorligini me’yorlari
ko‘priklarni loyihalash texnik shartlari bilan belgilanadi. 7.1-jadvalda avtomobil
yo‘llari, shahar ko‘chalari va shaxar yo‘llari uchun ma’lumotlar berilgan.
7.1-jadval
Inshootlar
Yo‘llarning toifasi
Hisobiy toshqinlarning
maksimal sarflarining
oshish ehtimoli, %
Katta va o‘rtacha
ko‘priklar
I…III, IIIp va shahar
ko‘chalari va yo‘llari
1*
Shuning o‘zi
IV,IVaV,Ic,Iic
2*
Kichik ko‘priklar va
quvurlar
I
1**
Shuning o‘zi
II,III,IIIa, shahar
ko‘chalari va yo‘llari
2**
Shuning o‘zi
IY, IYu va ichki xo‘jalik
yo‘llari
3**