Daryolar gidrokimyosi

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

7

File size

Fayl hajmi

67,9 KB


Daryolar gidrokimyosi
Daryolar  suvining  kimyoviy  tarkibi,  minerallashuv  darajasi  va
gidrokimyoviy rejimi ularning quyidagi xususiyatlari bilan belgilanadi:
1) daryo o‘zanida suv massalarining tez almashinishi va natijada ularning
o‘zandagi tog‘ jinslari bilan qisqa vaqt oralig‘ida ta’sirlashuvi;
2) daryo suvlarining er po‘stining yuza qatlamlarida shakllanishi;
3) daryolar suv rejimining ob-havo va iqlim sharoitlari bilan chambarchas
bog‘liqligi;
4) daryo suvlarining atmosfera bilan uzluksiz ta’sirlashuvda bo‘lishi;
5)  daryo  suvlariga  o‘simlik  va  tirik  organizmlarning  doimiy  ta’siri  va
boshqalar.
Daryolar suvining gidrokimyoviy rejimi unda erigan asosiy ionlar, jumladan
gidrokarbonat (NSO3'), karbonat (CO3''), sulfat (SO4''), xlor (Cl') anionlari hamda
kalsiy  (Sa''),  natriy  (Na'),  magniy  (Mg''),  kaliy  (K')  kationlari  miqdori  bilan
xarakterlanadi. 
Daryolar suvining kimyoviy tarkibi va minerallashuvi, yuqorida qayd etilganlar bilan bir qatorda, ularning to‘yinish manbalari bilan
ham chambarchas bog‘liqdir. Ko‘proq er osti suvlari hisobiga to‘yinadigan daryolar suvida erigan moddalar ko‘p bo‘lsa, ya’ni ular yuqori
darajada minerallashgan bo‘lsa, yomg‘ir, qor, muzliklar suvlari hisobiga to‘yinadigan daryolar esa, aksincha, kam minerallashgan bo‘ladi.
Umuman olganda, daryolarda suv almashuvining boshqa suv havzalari, masalan, okeanlar, dengizlar va ko‘llarga nisbatan tez borishi, ularning
kam darajada minerallashuviga sabab bo‘ladi.
Daryolarning to‘yinish manbalari va suv rejimi davrlariga bog‘liq holda,
ularning suvi tarkibidagi asosiy ionlar orasidagi nisbatlar yil davomida o‘zgarib
turadi. Deyarli barcha daryolarda toshqin va to‘linsuv davrlarida NSO3' anionlari va
Ca'' kationlari miqdori nisbatan ko‘p bo‘lsa, kam suvli davrlarda esa SO4'', Cl'
anionlari va Na' kationlarining miqdori ortadi.
Ayrim  daryolar  suvining  kimyoviy  tarkibi  yil  fasllariga  mos  ravishda
o‘zgarib turadi. Natijada ayni bir daryo, suvining kimyoviy tarkibi bo‘yicha, yil
Logotip
Daryolar gidrokimyosi Daryolar suvining kimyoviy tarkibi, minerallashuv darajasi va gidrokimyoviy rejimi ularning quyidagi xususiyatlari bilan belgilanadi: 1) daryo o‘zanida suv massalarining tez almashinishi va natijada ularning o‘zandagi tog‘ jinslari bilan qisqa vaqt oralig‘ida ta’sirlashuvi; 2) daryo suvlarining er po‘stining yuza qatlamlarida shakllanishi; 3) daryolar suv rejimining ob-havo va iqlim sharoitlari bilan chambarchas bog‘liqligi; 4) daryo suvlarining atmosfera bilan uzluksiz ta’sirlashuvda bo‘lishi; 5) daryo suvlariga o‘simlik va tirik organizmlarning doimiy ta’siri va boshqalar. Daryolar suvining gidrokimyoviy rejimi unda erigan asosiy ionlar, jumladan gidrokarbonat (NSO3'), karbonat (CO3''), sulfat (SO4''), xlor (Cl') anionlari hamda kalsiy (Sa''), natriy (Na'), magniy (Mg''), kaliy (K') kationlari miqdori bilan xarakterlanadi. Daryolar suvining kimyoviy tarkibi va minerallashuvi, yuqorida qayd etilganlar bilan bir qatorda, ularning to‘yinish manbalari bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Ko‘proq er osti suvlari hisobiga to‘yinadigan daryolar suvida erigan moddalar ko‘p bo‘lsa, ya’ni ular yuqori darajada minerallashgan bo‘lsa, yomg‘ir, qor, muzliklar suvlari hisobiga to‘yinadigan daryolar esa, aksincha, kam minerallashgan bo‘ladi. Umuman olganda, daryolarda suv almashuvining boshqa suv havzalari, masalan, okeanlar, dengizlar va ko‘llarga nisbatan tez borishi, ularning kam darajada minerallashuviga sabab bo‘ladi. Daryolarning to‘yinish manbalari va suv rejimi davrlariga bog‘liq holda, ularning suvi tarkibidagi asosiy ionlar orasidagi nisbatlar yil davomida o‘zgarib turadi. Deyarli barcha daryolarda toshqin va to‘linsuv davrlarida NSO3' anionlari va Ca'' kationlari miqdori nisbatan ko‘p bo‘lsa, kam suvli davrlarda esa SO4'', Cl' anionlari va Na' kationlarining miqdori ortadi. Ayrim daryolar suvining kimyoviy tarkibi yil fasllariga mos ravishda o‘zgarib turadi. Natijada ayni bir daryo, suvining kimyoviy tarkibi bo‘yicha, yil
davomida turli  sinflarga  mansub  bo‘lishi  mumkin. Bunday  o‘zgarish  ularning
to‘yinish manbalarining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Masalan, Amudaryo yozda,
ya’ni iyul  avgust oylarida asosan muzlik suvlari hisobiga to‘yinadi. SHu sababli
daryo yozda gidrokarbonatli sinfga mansub bo‘lsa, qishda (dekabr  fevral) xloridli
sinfga,  qolgan  vaqtlarda  esa  sulfatli  sinfga  tegishli  bo‘ladi.  SHunga  o‘xshash
misollarni  ko‘plab  keltirish  mumkin:  Er  yuzidagi  yirik  daryolardan  biri
hisoblangan Lena daryosi to‘linsuv davrida gidrokarbonatli sinfga tegishli bo‘lsa,
qishda esa xloridli sinfga kiradi.
Daryolar suvining minerallashuv darajasi  unda erigan moddalar miqdori
bilan aniqlanadi. Daryo suvining  minerallashuvi deb, uning bir litrida mavjud
bo‘lgan gramm yoki milligram hisobidagi erigan moddalar miqdoriga aytiladi.
 Tabiiy suvlar, shu jumladan daryolar, minerallashuv darajasi, ya’ni ularning
suvi tarkibida erigan moddalar miqdoriga bog‘liq holda O.A.Alyokin tomonidan
quyidagi to‘rtta guruhga ajratilgan:
1) kam minerallashgan suvlar (200 mg/l dan kichik);
2) o‘rtacha minerallashgan suvlar (200 ÷ 500 mg/l);
3) yuqori darajada minerallashgan suvlar (500 ÷ 1000 mg/l);
4) o‘ta minerallashgan suvlar (1000 mg/l dan katta).
Er  yuzidagi  daryolar  suvining  minerallashuvi  ular  suv  to‘playdigan
havzalarning  namlik  darajasi  bilan  ham  bog‘liqdir.  Nam  iqlimli  hududlardagi
daryolar  suvining minerallashuvi  juda  kichik bo‘ladi. Masalan,  nam  iqlimli
hududdagi  Amazonka daryosi suvining minerallashuvi atigi  35÷50 mg/l  atrofida
o‘zgaradi.  Aksincha,  qurg‘oqchil  hududlarda  daryolar  suvining  minerallashuvi
keskin ortadi. Masalan, O‘rta Osiyo yoki Qozog‘iston daryolarida, ayniqsa ularning
quyi oqimlarida minerallashuv darajasi 1000 mg/l atrofida yoki undan ham katta
bo‘ladi.
Daryolar suvining eng kam minerallashuvi ko‘p suvli toshqin va to‘linsuv
davrlaridagi  oylarda  kuzatilsa,  yuqori  darajadagi  minerallashuv  esa  kam  suvli
davrlarga to‘g‘ri keladi.  Masalan, CHirchiq daryosining G‘azalkent gidrologik
postida 1986 yilda qayd etilgan o‘rtacha oylik suv sarflari va daryo suvining
minerallashuvi haqidagi ma’lumotlar fikrimizning yorqin dalilidir (2.1 - rasm).
Logotip
davomida turli sinflarga mansub bo‘lishi mumkin. Bunday o‘zgarish ularning to‘yinish manbalarining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Masalan, Amudaryo yozda, ya’ni iyul avgust oylarida asosan muzlik suvlari hisobiga to‘yinadi. SHu sababli daryo yozda gidrokarbonatli sinfga mansub bo‘lsa, qishda (dekabr fevral) xloridli sinfga, qolgan vaqtlarda esa sulfatli sinfga tegishli bo‘ladi. SHunga o‘xshash misollarni ko‘plab keltirish mumkin: Er yuzidagi yirik daryolardan biri hisoblangan Lena daryosi to‘linsuv davrida gidrokarbonatli sinfga tegishli bo‘lsa, qishda esa xloridli sinfga kiradi. Daryolar suvining minerallashuv darajasi unda erigan moddalar miqdori bilan aniqlanadi. Daryo suvining minerallashuvi deb, uning bir litrida mavjud bo‘lgan gramm yoki milligram hisobidagi erigan moddalar miqdoriga aytiladi. Tabiiy suvlar, shu jumladan daryolar, minerallashuv darajasi, ya’ni ularning suvi tarkibida erigan moddalar miqdoriga bog‘liq holda O.A.Alyokin tomonidan quyidagi to‘rtta guruhga ajratilgan: 1) kam minerallashgan suvlar (200 mg/l dan kichik); 2) o‘rtacha minerallashgan suvlar (200 ÷ 500 mg/l); 3) yuqori darajada minerallashgan suvlar (500 ÷ 1000 mg/l); 4) o‘ta minerallashgan suvlar (1000 mg/l dan katta). Er yuzidagi daryolar suvining minerallashuvi ular suv to‘playdigan havzalarning namlik darajasi bilan ham bog‘liqdir. Nam iqlimli hududlardagi daryolar suvining minerallashuvi juda kichik bo‘ladi. Masalan, nam iqlimli hududdagi Amazonka daryosi suvining minerallashuvi atigi 35÷50 mg/l atrofida o‘zgaradi. Aksincha, qurg‘oqchil hududlarda daryolar suvining minerallashuvi keskin ortadi. Masalan, O‘rta Osiyo yoki Qozog‘iston daryolarida, ayniqsa ularning quyi oqimlarida minerallashuv darajasi 1000 mg/l atrofida yoki undan ham katta bo‘ladi. Daryolar suvining eng kam minerallashuvi ko‘p suvli toshqin va to‘linsuv davrlaridagi oylarda kuzatilsa, yuqori darajadagi minerallashuv esa kam suvli davrlarga to‘g‘ri keladi. Masalan, CHirchiq daryosining G‘azalkent gidrologik postida 1986 yilda qayd etilgan o‘rtacha oylik suv sarflari va daryo suvining minerallashuvi haqidagi ma’lumotlar fikrimizning yorqin dalilidir (2.1 - rasm).
0
50
100
150
200
250
300
350
400
450
500
I
II
III
IV
V
VI
VII
VIII
IX
X
XII
XII
 Q, м
з/с
0
50
100
150
200
250
300
350
∑U, мг/л 
Q
∑U 
CHirchiq daryosi o‘rtacha oylik suv sarflari (Q) va minerallashuv darajasining
(U) o‘zgarishi (G‘azalkent gidrologik posti, 1986 y.)
SHunga o‘xshash holatlarni boshqa daryolar misolida ham keltirish mumkin.
Masalan, Sirdaryo oqimining tabiiy holati o‘zgarmagan yillarda (To‘xtag‘ul suv
ombori ishga tushgunga qadar) Kal qishlog‘i yaqinida to‘linsuv davrida uning
minerallashuvi 300÷500 mg/l ga teng bo‘lsa, kam suvli davrda esa 500÷800 mg/l
oralig‘ida bo‘lgan.
Daryolar suvining minerallashuvi ularning quyi  oqimi  tomon ortib boradi.
Masalan, 1987 – 2000 yillarda Sirdaryoning Kal qishlog‘i yaqinida o‘rtacha ko‘p
yillik minerallashuv darajasi  693 mg/l bo‘lsa, Bekobod yaqinida 1152 mg/l ni
tashkil  etgan.  SHu  yillarda  Amudaryo  suvining  minerallashuvi  Termiz  shahri
yaqinida o‘rtacha  617 mg/l ga teng bo‘lgan bo‘lsa, Tuyamo‘yinda esa 907 mg/l
gacha ortgan.
Hozirgi  kunda  O‘rta  Osiyo,  jumladan  O‘zbekiston  daryolarining
gidrokimyoviy rejimi antropogen omillar ta’sirida keskin o‘zgargan. Buning asosiy
sabablari ekin maydonlarida hosil bo‘lgan oqava suvlarning, shuningdek, yirik
shaharlar,  aholi  punktlari  va  sanoat  korxonalarida  ishlatilgan  suvlarning  to-
zalanmay, bevosita daryolarga oqizilishi bilan bog‘liqdir. 
Kuzatish
ma’lumotlariga ko‘ra, Sirdaryo suvi minerallashuvining o‘sishi sobiq Ittifoq davrida,
aniqrog‘i o‘tgan asrning 50yillaridan boshlangan. Natijada, 60-yillarda daryo suvining
minerallashuv darajasi Kal qishlog‘i yaqinida tabiiy holatdagiga nisbatan 1,8 marta,
Logotip
0 50 100 150 200 250 300 350 400 450 500 I II III IV V VI VII VIII IX X XII XII Q, м з/с 0 50 100 150 200 250 300 350 ∑U, мг/л Q ∑U CHirchiq daryosi o‘rtacha oylik suv sarflari (Q) va minerallashuv darajasining (U) o‘zgarishi (G‘azalkent gidrologik posti, 1986 y.) SHunga o‘xshash holatlarni boshqa daryolar misolida ham keltirish mumkin. Masalan, Sirdaryo oqimining tabiiy holati o‘zgarmagan yillarda (To‘xtag‘ul suv ombori ishga tushgunga qadar) Kal qishlog‘i yaqinida to‘linsuv davrida uning minerallashuvi 300÷500 mg/l ga teng bo‘lsa, kam suvli davrda esa 500÷800 mg/l oralig‘ida bo‘lgan. Daryolar suvining minerallashuvi ularning quyi oqimi tomon ortib boradi. Masalan, 1987 – 2000 yillarda Sirdaryoning Kal qishlog‘i yaqinida o‘rtacha ko‘p yillik minerallashuv darajasi 693 mg/l bo‘lsa, Bekobod yaqinida 1152 mg/l ni tashkil etgan. SHu yillarda Amudaryo suvining minerallashuvi Termiz shahri yaqinida o‘rtacha 617 mg/l ga teng bo‘lgan bo‘lsa, Tuyamo‘yinda esa 907 mg/l gacha ortgan. Hozirgi kunda O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston daryolarining gidrokimyoviy rejimi antropogen omillar ta’sirida keskin o‘zgargan. Buning asosiy sabablari ekin maydonlarida hosil bo‘lgan oqava suvlarning, shuningdek, yirik shaharlar, aholi punktlari va sanoat korxonalarida ishlatilgan suvlarning to- zalanmay, bevosita daryolarga oqizilishi bilan bog‘liqdir. Kuzatish ma’lumotlariga ko‘ra, Sirdaryo suvi minerallashuvining o‘sishi sobiq Ittifoq davrida, aniqrog‘i o‘tgan asrning 50yillaridan boshlangan. Natijada, 60-yillarda daryo suvining minerallashuv darajasi Kal qishlog‘i yaqinida tabiiy holatdagiga nisbatan 1,8 marta,
70-yillarda esa 2,3 marta ortgan. Xuddi shu daryoda, uning quyi qismida, Kazalinsk
shahri yaqinida erigan moddalar miqdori 1974 yilda 1953 yildagiga nisbatan 3,1
marta, nisbatan kam suvli hisoblangan 1975 yilda esa 5,1 marta ortgan.
Amudaryo  havzasidagi  daryolar  suvi  minerallashuv  darajasining  ortishi
Surxondaryoda 60yillardan, Zarafshon daryosi va Amudaryoning o‘zida  60yillarning
oxirlaridan sezilarli bo‘la boshlagan (2.2-rasm). Keyingi yillarda daryolar suvining
minerallashuvi ularning quyi oqimi tomon ortib borgan. Natijada ko‘pgina daryolar,
jumladan,  Amudaryo,  Sirdaryo,  CHirchiq,  Ohangaron,  Zarafshon,  Qashqadaryo,
Surxondaryo  suvidan  ularning  quyi  qismida  ichimlik  suvi  sifatida  foydalanish
mumkin bo‘lmay qolgan. 
0
200
400
600
800
1000
1200
1400
1600
1990
1992
1994
1996
1998
2000
2002
2004
2006
2008
2010
Термиз
Туямўйин
Саманбой
Amudaryo suvi minerallashuvining yillararo o‘zgarishi
Mazkur  holatlarni  hisobga  olib,  mamlakatimiz  mustaqilligining  dastlabki
yillaridanoq aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor
qaratilgan.  Bu  borada  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning
maxsus  farmonlari  chiqarilgan  va  shu  asosida  barcha  viloyatlar  miqyosida
muammoning echimiga qaratilgan rejalar, chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqilgan.
Daryolar suvida ham ma’lum miqdorda organik va noorganik moddalar
ionlimolekulyar yoki kolloid holatda uchraydi. Ularning ma’lum bir hududdan
ma’lum vaqt davomida daryolar suvi bilan oqizilib ketgan miqdori  erigan mod-
dalar oqimini tashkil etadi. Erigan moddalar oqimining eng katta qismi ionli
oqimga tegishlidir.
Logotip
70-yillarda esa 2,3 marta ortgan. Xuddi shu daryoda, uning quyi qismida, Kazalinsk shahri yaqinida erigan moddalar miqdori 1974 yilda 1953 yildagiga nisbatan 3,1 marta, nisbatan kam suvli hisoblangan 1975 yilda esa 5,1 marta ortgan. Amudaryo havzasidagi daryolar suvi minerallashuv darajasining ortishi Surxondaryoda 60yillardan, Zarafshon daryosi va Amudaryoning o‘zida 60yillarning oxirlaridan sezilarli bo‘la boshlagan (2.2-rasm). Keyingi yillarda daryolar suvining minerallashuvi ularning quyi oqimi tomon ortib borgan. Natijada ko‘pgina daryolar, jumladan, Amudaryo, Sirdaryo, CHirchiq, Ohangaron, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo suvidan ularning quyi qismida ichimlik suvi sifatida foydalanish mumkin bo‘lmay qolgan. 0 200 400 600 800 1000 1200 1400 1600 1990 1992 1994 1996 1998 2000 2002 2004 2006 2008 2010 Термиз Туямўйин Саманбой Amudaryo suvi minerallashuvining yillararo o‘zgarishi Mazkur holatlarni hisobga olib, mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridanoq aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning maxsus farmonlari chiqarilgan va shu asosida barcha viloyatlar miqyosida muammoning echimiga qaratilgan rejalar, chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqilgan. Daryolar suvida ham ma’lum miqdorda organik va noorganik moddalar ionlimolekulyar yoki kolloid holatda uchraydi. Ularning ma’lum bir hududdan ma’lum vaqt davomida daryolar suvi bilan oqizilib ketgan miqdori erigan mod- dalar oqimini tashkil etadi. Erigan moddalar oqimining eng katta qismi ionli oqimga tegishlidir.