DASTLABKI ILMIY TADQIQOT YOZISH (Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlari, Kirish, asosiy qism, xulosa, adabiyotlar, perefraza (havola, iqtibos, sitata, abzats)
Yuklangan vaqt
2024-04-07
Yuklab olishlar soni
5
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
24,2 KB
DASTLABKI ILMIY TADQIQOT YOZISH
REJA:
1.Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlari.
2.Kirish, asosiy qism, xulosa, adabiyotlar, perefraza (havola, iqtibos, sitata,
abzats)
Tayanch so‘zar: perefraza (havola, iqtibos, sitata, abzats), alloma,
mutafakkir, ijodkor, ulug‘, ajdod, tarix, ijod, meros, ma’naviyat, ma’rifat, xotira,
asar, g‘azal, qomusiy,buyuk
Mavzuning qisqacha bayoni
Dastlabki ilmiy tadqiqot haqida ma’lumot
Kirishning samaradorligi maqsadni va ma’lumotning qo‘llanilish ko‘lamini
kitobxonga tushuntiradi. Xulosa sarlavhada berilgan ixtiyoriy savolga javobni va
asosiy punktlarning yakunini o‘zida aks ettirishi lozim. O‘qish faoliyatida, odatda,
kirish ham, xulosa ham, asosiy qismdan so‘ng yoziladi.
Kirish va asosiy qism
Kirish, odatda, vazifaning umumiy hajmining 10%ini tashkil qiladi. Shu
sababli, 2000 ta so‘zdan iborat esselarda kirish 200 ta so‘zdan iborat bo‘lishi lozim.
Kirishga aniq bir na’muna mavjud emas, chunki ko‘p narsa siz olib
borayotgan va davom etayotgan ishning turiga bog‘liq. Lekin quyidagilar uning
umumiy xususiyati:
a) Kerak bo‘lsa kalit so‘zlar ta’rifining berilishi.
b) Kerak bo‘ladigan axborot.
c) Bu mavzu haqidagi boshqa mualliflarning ishlaridan namuna.
d) Ishning maqsad va vazifalari.
e) Sizning tadqiqot uslubingiz.
f) Siz tomoningizdan belgilanadigan biror-bir chegaralar.
g) Ishingizning rejasi.
Esselarni boshlash, asosan, imtihonlarda juda qiyin bo‘ladi, ikkilanish esa
qimmatli vaqtiningizni behuda sarflanishiga sabab bo‘ladi. Birinchi gaplar umumiy
bo‘lishi lozim, ammo kitobxonning mavzuga diqqatini qaratishi uchun noaniqroq
bo‘lishi lozim.
O‘rganish bilimlarga asoslangan zamonaviy iqtisodiyotning muhim ajralmas
qismi hisoblanadi. Hisoblash mashinalari va texnologiyaning taraqqiyoti
natijasida, internet bilimlar almashishning muhim vositasiga aylandi.
a) Uzun maqolalar alohida adabiyotlar sharhiga ega bo‘lgan bir paytda, qisqa
esselar uchun bu mavzu haqida tanish bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa
o‘z ishini oqlaydigan ilmiy tadqiqotlarda bo‘shliqlar yaratishi mumkin:
Ko‘plab tadqiqodchilar (Veb va Kirstin, 2003; Honiga va boshqalar, 2006)
sog‘liqni saqlash va biznesda elektron ta’limni baholashgan, ammo hozirgacha oliy
ta’lim muassasalarida talabalarning bunday ta’lim tizimiga yetarlicha e’tibor
berilmagan.
b) Kitobxon siz nimani tushuntirmoqchiligingizni anglashi uchun o‘z
tadqiqotingiz maqsadini aniq shakllantiring:
Bu tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalaridagi elektron ta’lim tizimi
bo‘yicha o‘qiyotgan talabalarning tajribalarini o‘rganish edi.
c) Uslub – bu siz qo‘ygan maqsadga erishishni ko‘rsatuvchi jarayondir:
Avvalo, bir necha tadqiqotlar olib borildi, keyin esa 200 ta talabaning elektron
ta’lim tizimidagi tajribalarini o‘rganish uchun so‘rov o‘tkazildi.
d) Siz esseingizning har bir aspekti bilan alohida ish ko‘ra olmaysiz, shuning
uchun o‘z ishingizni chegaralashingiz lozim:
Shu narsa aniqki, bu tadqiqot ma’lum bir chegaralar bilan cheklandi, asosan,
talabani tanlash, bu farmatsevtika va qishloq xo‘jaligidagi talabalar bilan
cheklangan.
e) Kitobxonga sizning munozaralaringizni tushuntirish uchun ishingizning
tarkibiy tuzilishini tushunishingiz lozim:
Ish quyidagicha shakllangan. Birinchi bo‘lim, asosan, talabalarning tajribasi
borasida chegaralarga e’tibor qaratilgan tadqiqotlarning tahlilini o‘z ichiga oladi.
Ikkinchisi esa so‘rovning metodologiyasi bilan natijalarning tahlilini o‘zida
mujassamlashtiradi va oxirgisi elektron ta’lim dasturlarini olib borishning
oqibatlarini qamrab oladi.
Barcha talabalarga ko‘chirmachilik (plagiat) ning ma’nosini tushunish va o‘z
ishlarida buning oldini qanday olishni o‘rganish muhimdir.
Talabalar duch keladigan asosiy qiyinchilik shundaki:
a. Sitata berish orqali fanda eng muhim huquqlarni o‘qiganligini ko‘rsatish.
b. Bu g‘oyalarni shaxsi fikri orqali bayon etish va o‘zining xulosalarini berish.
Quyida nega talabalar ko‘chirmachilikdan qochishi kerakligiga bir necha
sabablar berilgan:
- akademik jamiyat qoidalarini tushunishini ko‘rsatish;
- boshqalar ishini ko‘chirish rivojlanishga yordam bermasligi;
- ko‘chirmachilik o‘qituvchi va kompyuter dasturlari orqali tezda aniqlanishi;
- ko‘chirmachilik kursdan yiqilish va hatto oliy o‘quv yurtidan haydalishga
olib kelishi mumkin.
Agar siz kimningdir ishidan yordam olsangiz, uni ko‘rsatishingiz kerak, siz
bundan to‘g‘ri foydalanib bajargansiz. Buni amalga oshirishning 2 xil yo‘li bor:
- Qisqacha mazmun;
(Smit zamonaviy davlatlar hokimyatni o‘z qo‘lida turli xil yo‘llar bilan ushlab
turganini ta’kidlab o‘tdi. )
- Qo‘shtirnoq usuli.
(Smitning fikricha, “Maqsad shuki davlat panada turishi emas, yangi
hokimyat ko‘rinishlarini rivojlantirish”)
Bu sitatalar asosiy matn oxiridagi quyidagi tavsilotlarni o‘z ichiga olgan
havolalar ro‘yxatiga bog‘langan.
Ko‘chirmachilik (plagiat) darajalari. Garchi ko‘chirmachilik asosan
birovning ishini ko‘chirishni anglatsa ham, buni aniqlash har doim ham oson emas.
1.Paragrafni
ko‘chirish,
ammo
bir
necha
so‘zlarni
o‘zgartirish va sitata berish;
2.Sitatasiz web saytdan ko‘chirib
olish;
3. Ikkita paragrafni kursdoshingizning essesidan sitatasiz
ko‘chirish;
4.Manba ko‘rsatib daftardan chizma olish;