DAVLAT BOSHQARUV SOXALARINI MA`MURIY-HUQUQIY TARTIBGA SOLISH
Yuklangan vaqt
2025-09-07
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
28
Faytl hajmi
46,1 KB
DAVLAT BOSHQARUV SOXALARINI MA`MURIY-HUQUQIY
TARTIBGA SOLISH
· Iqtisodiyot sohasini boshqaruvchi davlat organlari tizimi qanday?
· O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish vazirligining iqtisodiyot sohasini tartibga solishdagi o‘rni qanday?
Iqtisodiyot sohasini maʼmuriy-huquqiy tartibga solishda O‘zbekiston
Respublikasi Iqtisodiy
taraqqiyot
va
kambag‘allikni
qisqartirish
vazirligi muhim
o‘rin
tutadi.
Mazkur
vazirlik O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2020 yil 26 martdagi PQ-4653-son qarori1ga ko‘ra tashkil etilgan.
Tavsiya etiladi!
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2020
yil
26
martdagi
PQ-4653-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va
kambag‘allikni
qisqartirish
vazirligi tarkibida
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
viloyatlar
va
Toshkent
shahar iqtisodiy
taraqqiyot
va
kambag‘allikni
qisqartirish bosh boshqarmalari tashkil qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
Faoliyatining
huquqiy asosi
Faoliyatini tashkil etish
Hayʼat
2020 yil 26 martdagi
“O‘zbekiston
Respublikasi
iqtisodiy
taraqqiyot
va
kambag‘allikni
qisqartirish
vazirligi
hamda
uning
tizim
tashkilotlari
faoliyatini
tashkil
etish
to‘g‘risida”gi qarori
bilan tasdiqlangan
O‘zbekiston
Respublikasi
iqtisodiy
taraqqiyot
va
kambag‘allikni
qisqartirish
vazirligi to‘g‘risidagi
Nizom
Iqtisodiyot
va
sanoat
vazirligiga
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
tomonidan
lavozimga
tasdiqlanadigan
va
lavozimidan
ozod
etiladigan vazir boshchilik
qiladi.
Vazirlikda
vazir
(hayʼat
raisi),
uning
o‘rinbosarlari
(lavozimiga
ko‘ra),
shuningdek
Vazirlik
faoliyatining
asosiy
yo‘nalishlarini
muvofiqlashtiruvchi
tarkibiy
bo‘linmalari
rahbarlaridan
iborat
tarkibda hayʼat tashkil
etiladi.
Hayʼatning aʼzolari
soni va shaxsiy tarkibi
vazirning
taqdimnomasiga binoan
O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
tomonidan tasdiqlanadi.
· O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining iqtisodiyot sohasini
tartibga solishdagi vazifalari qanday?
Transport vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1
fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi transport
vaziri O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimiga ko‘ra O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadi va lavozimdan ozod
etiladi.
O‘zbekiston
Respublikasi
transport
vaziri
o‘rinbosarlari
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Vazirlik huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori, Temir yo‘llarda yuk va
yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Yo‘l-qurilish
ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi
transport vaziri taqdimiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga
tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Vazirlik huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining, Fuqaro aviatsiyasi
agentligi direktorining, Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini
nazorat qilish inspeksiyasi hamda Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish
inspeksiyasi boshliqlarining o‘rinbosarlari ularning rahbarlari taqdimiga ko‘ra
O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va
lavozimdan ozod etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi transport vaziri va uning
o‘rinbosari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri bilan kelishilgan holda lavozimga
tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Viloyatlar va Toshkent shahar transport
boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari – viloyatlar va Toshkent shahar
hokimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri bilan kelishilgan
holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
Faoliyatining
huquqiy asosi
Faoliyatini tashkil etish
Hayʼat
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2019 yil 1 fevraldagi
“O‘zbekiston
Respublikasi
Transport
vazirligi
faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida”gi qarori
Transport
vazirligiga
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
tomonidan
lavozimga tasdiqlanadigan va
lavozimidan
ozod
etiladigan vazir boshchilik
qiladi.
Vazirlikda
vazir
(hayʼat
raisi),
uning
o‘rinbosarlari (lavozimiga
ko‘ra), shuningdek Vazirlik
faoliyatining
asosiy
yo‘nalishlarini
muvofiqlashtiruvchi
tarkibiy
bo‘linmalari
rahbarlaridan
iborat
tarkibda
hayʼat
tashkil
etiladi.
Hayʼatning
aʼzolari
soni va shaxsiy tarkibi
vazirning taqdimnomasiga
binoan
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
tomonidan
tasdiqlanadi.
· O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasini iqtisodiyot
sohasini tartibga solishdagi vakolatlarini yoritib bering?
O‘zbekiston
Respublikasi
Davlat
statistika
qo‘mitasining
asosiy
vazifalari quyidagilardan iborat:
- statistika sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish,
statistikani tashkil etishning samarali tizimini taʼminlash;
- davlat statistikasi sohasida faoliyatni muvofiqlashtirish va funksional
tartibga solish;
- xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan yagona statistika metodologiyasini
hamda davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy
etish;
- ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari to‘g‘risidagi
statistika axborotlarini yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umumlashtirish,
tahlil qilish va eʼlon qilish;
- davlat organlarini va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini,
yuridik shaxslarni, davlat muassasalarini va xalqaro tashkilotlarni, shuningdek
jamoatchilikni statistika axborotlari bilan belgilangan tartibda taʼminlash;
- Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish, statistika
ishlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy-statistik klassifikatorlar tizimini
ishlab chiqish, joriy etish va yuritish.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi
Faoliyatining
huquqiy asosi
Faoliyatini tashkil etish
Hayʼat
“O‘zbekiston
Respublikasi
Davlat
statistika
qo‘mitasi
faoliyatini
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining Qarori
31.07.2017
yildagi
PQ-3165-son
O‘zbekiston Respublikasi
Davlat statistika qo‘mitasiga
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
tomonidan
lavozimga tasdiqlanadigan va
lavozimidan
ozod
etiladigan rais boshchilik
qiladi.
Raisning
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
tomonidan
lavozimiga
tayinlanadigan va lavozimdan
ozod qilinadigan uch nafar
o‘rinbosarlari,
shu
jumladan bir nafar birinchi
o‘rinbosari bo‘ladi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Davlat
statistika qo‘mitasida Rais
(hayʼat
raisi),
uning
o‘rinbosarlari
(lavozimiga
ko‘ra),
shuningdek
O‘zbekiston
Respublikasi
Davlat statistika qo‘mitasi
faoliyatining
asosiy
yo‘nalishlarini
muvofiqlashtiruvchi tarkibiy
bo‘linmalari
rahbarlaridan
iborat tarkibda hayʼat tashkil
etiladi.
Hayʼatning
aʼzolari
soni
va
shaxsiy
tarkibi
O‘zbekiston
Respublikasi
Davlat statistika qo‘mitasi
Raisining
taqdimnomasiga
binoan
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
tomonidan
tasdiqlanadi.
· O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat
zaxiralarini boshqarish qo‘mitasining iqtisodiyot sohasini tartibga solishdagi
vakolatlari qanday?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini
boshqarish qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda davlat
strategik zaxirasida moddiy boyliklar to‘planishi, yangilanishi, almashtirilishi,
chiqarilishining yillik hajmlarini aniqlash;
- davlat strategik va safarbarlik zaxiralari shakllantirilishini, shu jumladan
ularning to‘planishi, saqlanishi va yangilanishini taʼminlash;
- vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik
birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar tomonidan davlat strategik va safarbarlik
zaxiralari shakllantirilishi (to‘planishi, yangilanishi, almashtirilishi, chiqarilishi),
shuningdek qarz olingan tovarlar va mahsulotlarning sifatli va miqdoriy saqlanishi
va o‘z vaqtida qaytarilishi taʼminlanishi bo‘yicha topshiriqlar bajarilishini doimiy
nazorat qilish;
- davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkor
foydalanishga doimiy tayyorlikni taʼminlash.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat
zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi
Faoliyatining huquqiy
asosi
Faoliyatini
tashkil etish
Hayʼat
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining
2004
yil
9
martdagi
113-sonli
qarori bilan
tasdiqlangan O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Davlat
Qo‘mitaga
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti
tomonidan
lavozimga
tayinlanadigan
va
lavozimidan
ozod
etiladigan
rais
boshchilik qiladi.
Qo‘mita raisining
bir nafar o‘rinbosari
Qo‘mitada rais (hayʼat
raisi), uning o‘rinbosari,
shuningdek
Qo‘mita
faoliyatining
asosiy
yo‘nalishlarini
muvofiqlashtiruvchi
tarkibiy
bo‘linmalari
rahbarlaridan
iborat
tarkibda
hayʼat
tashkil
etiladi.
zaxiralarini
boshqarish
qo‘mitasi to‘g‘risida
NIZOM
bo‘ladi
belgilangan
tartibda
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi tomonidan
lavozimiga
tayinlanadigan
va
lavozimidan
ozod
qilinadigan.
Qo‘mita
raisi
mehnatga haq to‘lash,
tibbiy
va
maishiy
xizmat ko‘rsatish shart-
sharoitlariga
ko‘ra
vazirning
birinchi
o‘rinbosariga,
rais
o‘rinbosari esa vazir
o‘rinbosariga
tenglashtiriladi.
Hayʼatning
aʼzolari
soni va shaxsiy tarkibi
Qo‘mita
raisining
taqdimnomasiga
binoan
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
tomonidan tasdiqlanadi.
Energetika sohasini maʼmuriy-huquqiy tartibga solish qanday?
Energetika sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi maxsus organ bu
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hisoblanadi. Ushbu vazirlik
O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1
fevraldagi PQ-4142-son qarori bilan tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining
TASHKILIY TUZILMASI
· Qishloq va suv xo‘jaligi sohasini maʼmuriy tartibga solish qanday?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq
xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 17
apreldagi PQ-3671-sonli hamda “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi
faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 17 apreldagi PQ-3672-
sonli qarorlariga muvofiq, Suv xo‘jaligi vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi
tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasining qishloq xo‘jaligi vaziri quyidagilar uchun
shaxsan javobgardir:
- O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, normativ-huquqiy
hujjatlar talablarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi;
- Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil
etish, Vazirlik faoliyatini rejalashtirish, shuningdek, uning faoliyati bilan bog‘liq
prognoz ko‘rsatkichlariga erishilishini so‘zsiz taʼminlash;
- qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi va qishloq xo‘jaligi sohasidagi muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha
dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni
samarali amalga oshirish;
- kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, Vazirlik xodimlarini qayta
tayyorlash va malakasi oshirilishini tashkil etish, ular samarali faoliyat ko‘rsatishlari
uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mehnat intizomini va qonun hujjatlari
talablarini qo‘pol ravishda buzgan xodimlarga nisbatan intizomiy va boshqa turdagi
javobgarlik choralarini ko‘rish;
- xorijiy mamlakatlarning qishloq xo‘jaligi idoralari va xalqaro tashkilotlar
bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilg‘or tajribani tizimli o‘rganish va joriy qilish;
- qishloq xo‘jaligi tashkilotlari va muassasalari faoliyatining ochiqligini
taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha
ishlarni samarali tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni
yo‘lga qo‘yish, fuqarolar shaxsiy qabulini tizimli ravishda o‘tkazib borish.
2017 yil 11 may O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston
Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi
farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining
asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari quyidagilar belgilandi:
– o‘rmon boyliklarini har tomonlama kengaytirish va ulardan oqilona
foydalanishga qaratilgan o‘rmon xo‘jaligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish;
– o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar
ishlab chiqish va ularga rioya etilishini amaliy nazorat qilish;
– o‘rmon fondi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni samarali
boshqarishni tashkil etish, o‘rmon barpo etish, ularni qayta tiklash, qo‘riqlash,
muhofaza qilish, o‘rmonlardan oqilona va tejamli foydalanish;
– respublikamizda o‘rmonlarni tiklash va ihota o‘rmonlarini ko‘paytirish
chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, tog‘ yonbag‘irlari, jarliklar va
tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish ishlari bajarilishini
tashkil qilish;
– o‘rmon fondini, fauna va florasini o‘rganish hamda ularning qatʼiy hisobini
yuritish, o‘rmon xo‘jaligini yuritish amaliyotiga fan yutuqlari va ilg‘or tajribani joriy
etish;
– o‘rmonlarni yong‘inlardan, zararkunanda va kasalliklardan, noqonuniy
daraxt kesishdan va boshqa o‘rmon qonunchiligi buzilishlaridan muhofaza qilish;
– manzarali o‘simliklar ko‘chatlari va urug‘larini sertifikatlash va
standartlashtirishning yagona tizimini ishlab chiqish hamda joriy qilishni tashkil
etish;
– o‘rmon xo‘jaliklarida bir-biriga bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik faoliyatini
kengaytirish va rivojlantirish, ko‘chat yetishtirish, dorivor o‘simliklar to‘plash,
asalarichilik, baliqchilik, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hamda ularni
chuqur qayta ishlash, xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etish;
– tarmoqqa xalqaro moliya institutlari grantlarini jalb etish va ekologik
turizmni keng ko‘lamda rivojlantirish;
– o‘rmon xo‘jaligi sohasida o‘rta maxsus va oliy maʼlumotli mutaxassislar
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.
2004 yil 8 iyunda donning sifatini, saqlanishini, don va uni qayta ishlash
mahsulotlaridan oqilona foydalanilishini nazorat qilish darajasini oshirish
maqsadida
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
269-sonli
qarori1 qabul qilinib, unga ko‘ra quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasining asosiy vazifalari etib belgilandi:
– don yetishtirish, donni qabul qilish va qayta ishlash korxonalarida don va
donni qayta ishlash mahsulotlarining davlat resurslaridan belgilangan maqsadda
oqilona foydalanilishini, ularning sifatli saqlanishi hamda nobud bo‘lishini
qisqartirish taʼminlanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
– don va donni qayta ishlash mahsulotlariga normativ-texnik hujjatlar hamda
texnik shartlar talablariga, shuningdek qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va
eksport-import operatsiyalarida ularning sifatini sinash metodlariga rioya qilinishini
muntazam nazorat qilib borish;
– don yetishtiruvchilarga va donni saqlash hamda qayta ishlash
korxonalariga donni o‘rib-yig‘ib olish, tozalash, quritish, ishlov berish, qabul qilish,
saqlash va qayta ishlashga oid normativ-hujjatlarni, ilg‘or texnologiyalarni joriy
etish masalalari bo‘yicha uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish.
Davlat don inspeksiyasi tizimiga hududiy bo‘linmalar, markaziy va mintaqaviy
laboratoriyalar kiradi. Hududiy bo‘linmalar, markaziy va mintaqaviy laboratoriyalar
mahalliy
davlat
hokimiyati
organlaridan
mustaqildir
va
bevosita
«O‘zdavdoninspeksiya”ga hisob berishadi.
· Qurilish sohasini boshqaruvchi davlat organlari tizimi qanday?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi “Qurilish
sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF–5392-son Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat
arxitektura va qurilish qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish
vazirligi tashkil etildi.
Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari etib belgilandi:
- shaharsozlik va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar sohasida
yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni olib borish, mehnat unumdorligini oshirish,
qurilish-montaj ishlari qiymatini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanishni
taʼminlaydigan energiya samarador va energiya tejaydigan innovatsion loyiha va
qarorlarni qurilish faoliyatiga joriy etish;
- respublika
hududida
aholini
joylashtirishning
bosh
sxemasini,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar
hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini va boshqa
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish, ularning
amalga oshirilishi ustidan monitoring yuritish;
- shaharsozlik sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha
takliflar tayyorlash, arxitektura-qurilish faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli
va o‘rta muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;
- loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv
tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish va hududiy tarmoqlarini kengaytirish,
yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qo‘llaniladigan va eksperimental loyihalarni
va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, shaharsozlik hujjatlarini
ekspertiza qilish;
- shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini
yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish norma va qoidalarini ishlab
chiqishni muvofiqlashtirish, loyihalash, qurilish, qurilish materiallari va
buyumlarini ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish ishlarini amalga oshirish;
- arxitektura, loyihalash va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash,
ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida o‘quv jarayonining darajasi va sifatini
tubdan yaxshilash, qurilish sohasida, jumladan chet eldagi yetakchi ilmiy-tadqiqot
muassasalarida loyihachilar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini
oshirishga ko‘maklashish.
· Xo‘jalik-xizmat ko‘rsatish kompleksi boshqarish tizimi qanday?
Xo‘jalik-xizmat ko‘rsatish komleksiga quyidagi sohalar qiradi:
1. Transport sohasi:
a) temir yo‘l tansporti;
b) avtomobil va suv transporti;
v) shahar yo‘lovchi transporti;
g) havo transporti.
2. Aloqa sohasini boshqarish;
3. Kommunal xizmat ko‘rsatish.
O‘zbekiston Respublikasida temir yo‘l transporti sohasidagi munosabatlar
O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 15 aprelda qabul qilingan “Temir yo‘l
transporti to‘g‘risida” gi Qonuniga binoan tartibga solinadi. Shuningdek, temir yo‘l
transporti xizmatlaridan foydalanish chog‘ida temir yo‘l transporti korxonalari bilan
yuk jo‘natuvchilar, yukni oluvchilar, yo‘lovchilar, boshqa yuridik va jismoniy
shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tasdiqlaydigan Temir yo‘l ustavi bilan ham belgilanadi. Temir yo‘l transportida
yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashishni tashkil etish tartibi davlat temir
yo‘l transportini boshqarish organi tomonidan tasdiqlanadigan yuklar, yo‘lovchilar,
bagaj va yuk bagajini tashish qoidalari, shuningdek boshqa normativ hujjatlar bilan
belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 3 avgustdagi 366-
sonli “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishni
tashkil etishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi qaroriga1 ko‘ra “O‘zbekiston
temir yo‘llari” aksionerlik kompaniyasi:
– yuklarni hamda yo‘lovchilarni tashish hajmlarini xalq, xo‘jaligi va
respublika aholisining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, davlat buyurtmalari
shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan shartnomalar va kontraktlar asosida mustaqil
ravishda belgilaydi va amalga oshiradi;
– to‘la tijorat hisob-kitobi va o‘zini o‘zi mablag‘ bilan taʼ-minlash
sharoitlarida ishlaydi, ishlab chiqarish-xo‘jalik va moliyaviy faoliyatga oid
masalalarni mustaqil ravishda hal qiladi sug‘urta, zahira va boshqa fondlarni tashkil
etadi;
– O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yo‘l bo‘limlari,
birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarga oid ilgari tuzilgan shartnomalar va
majburiyatlar bo‘yicha O‘rta Osiyo temir yo‘lining huquqiy vorisi hisoblanadi;
– xalqaro temir yo‘llarda va aralash temir yo‘l aloqalarida yo‘lovchilar
hamda yuklarni tashishni tashkil etishda xorijiy temir yo‘llar oldida “O‘zbekiston
temir yo‘llari” deb nomlangan yuridik shaxs sifatida ish yuritadi;
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
– “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi rais va
uning 5 nafar o‘rinbosaridan, shu jumladan 1 nafar bosh menejer – bosh
muhandisdan va raisning 1 nafar birinchi o‘rinbosaridan iborat bo‘ladi. Rais va
uning o‘rinbosarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Tarkibda 11
kishidan
iborat
bo‘lgan
Kompaniya
kengashi “O‘zbekiston
temir
yo‘llari” aksiyadorlik kompaniyasining yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 2 martdagi Farmoniga
binoan kompaniya tarkibidagi poyezdlar harakati xavfsizligi bo‘yicha bosh
taftishchi apparat kompaniya tarkibidan chiqarilib, uning negizida mustaqil
O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini
nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“O‘zdavtemiryo‘lnazorat”) tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti to‘g‘risida” gi 1998 yil
29 avgustdagi Qonuniga binoan avtomobil transporti faoliyatini davlat tomonidan
tartibga solish sertifikatlash, litsenziyalash, soliq solish, ijtimoiy ahamiyatga ega
bo‘lgan tashishlar uchun tariflarni shakllantirish, yagona ilmiy texnika siyosatini
o‘tkazish yo‘li bilan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa
shakllarda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 martdagi PQ–3589-sonli
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, O‘zbekiston avtomobil
transporti agentligi etib qayta nomlandi.
Quyidagilar “O‘zavtotrans” agentligining asosiy vazifalari va faoliyatining
yo‘nalishlari etib belgilansin:
- avtomobil transporti obʼektlari va yo‘lovchilar xavfsizligini taʼminlovchi
istiqbolli axborot-kommunikatsion texnologiyalarini va innovatsion yondashuvlarni
keng qo‘llagan holda yangi boshqaruv tizimlarini joriy etib, avtomobil transporti
sohasida yagona texnika siyosatini yuritish;
- avtomobil
tashuvlarida
normativ-huquqiy
va
metodik
bazani
takomillashtirish, avtomobil transporti tashishlar xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha
muammolari yuzasidan xalqaro normalar, ilmiy-tekshiruv, loyiha-konstruktorlik,
texnologik ishlarni inobatga olgan holda texnik tartibga solish sohasida normativ
hujjatlarning yagona maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish va shakllantirish;
- iqtisodiyot tarmoqlari va aholining tashishlarga bo‘lgan ehtiyojlarini
hamda avtomobil transporti xavfsizligini taʼminlash choralarini inobatga olgan
holda, qishloq aholi punktlarini shaharlar, viloyat va tuman markazlarini bog‘lovchi
yangi yo‘nalishlarni ochish, avtomobil transportini rivojlantirish bo‘yicha kompleks
dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha keng ko‘lamli xizmatlar
ko‘rsatish uchun sharoit yaratish, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini keng qo‘llab, avtovokzallar va avtostansiyalar faoliyatini
markazlashgan holda boshqarish va muvofiqlashtirish tizimini joriy etish;
- avtovokzallar va avtostansiyalar hamda mahalliy davlat hokimiyati
organlari qaramog‘ida bo‘lgan umumiy foydalanishdagi yo‘lovchilar tashish
yo‘nalishlaridagi to‘xtash bekatlarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va
taʼmirlashni tashkil etish;
- tashish
jarayonlari, qatnov
jadvallariga
rioya
etilishi,
yo‘llarda
harakatlanish tezligi monitoringi, harakat yo‘nalishi sxemasiga rioya etilishi hamda
aholiga real vaqt tarzidagi maʼlumotlar xizmatining keng ko‘lamli ro‘yxati taqdim
etilishi yuzasidan markazlashgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorati tizimini joriy
etish;
- tashuv yo‘nalishlarini tender asosida joylashtirish, yo‘lovchi tashishlari
sifati va xavfsizligini oshirish, tenderlar tashkilotchilari ishini muvofiqlashtirish
mexanizmlarini joriy etish yo‘li bilan avtomobil transporti xizmatlari bozorida bozor
munosabatlari va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar
yaratish;
- xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan faol muloqot qilish orqali
avtomobil transporti sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy
davlatlarning vakolatli organlari bilan kelishgan holda, yangi muntazam xalqaro
avtobus yo‘nalishlarini ochish hamda xalqaro avtomobil tashuvlari sohasidagi
xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash, bu
sohadagi amaldagi shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish va yangilarini tuzish, xalqaro
yuk tashuvlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar blankalarini o‘zaro
ayirboshlash;
- avtomobil transportida yo‘lovchi va yuklarni tashish faoliyatini
litsenziyalash, avtomobil transportida yo‘lovchi va yuklarni tashish qoidalariga amal
qilish, avtomobilda tashuvlar xavfsizligini taʼminlash talablariga, og‘irlik va gabarit
ko‘rsatkichlariga hamda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlariga rioya
etilishini nazorat qilish;
- O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan,
O‘zbekiston Respublikasi hududida avtomobilda xalqaro tashuvlarni amalga
oshirish shartlariga rioya etilishini nazorat qilish (O‘zbekiston Respublikasining
Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari bundan mustasno);
- avtomobil transportida, eng avvalo transport xavfsizligini taʼminlash
masalalari bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tizimli tashkil
etish;
- “O‘zavtotrans”
agentligiga
yuklangan
vazifalar
va
faoliyat
yo‘nalishlarining sifatli hamda to‘laqonli bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik
“O‘zavtotrans” agentligi boshlig‘i zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 3 oktabrdan kuchga kirgan “Avtomobil
yo‘llari to‘g‘risida” gi qonuniga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq avtomobil
yo‘llarini boshqarish amalga oshiriladi. Ushbu Qonunning maqsadi avtomobil
yo‘llarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, saqlash va ulardan
foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Avtomobil yo‘llari va sunʼiy inshootlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan
foydalanish ishlariga kompleks yondashish asosida yo‘l xo‘jaligini boshqarishning
samarali tizimini shakllantirish, ularni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, bu
borada loyihalashtirish va yo‘l-qurilish ishlari sifatini oshirish imkonini beradigan
to‘laqonli
buyurtmachi
xizmatini
yaratish
maqsadida 2017
yil
14
fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l xo‘jaligini boshqarish
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni
qabul qilindi. Farmonda tugatilayotgan Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish
davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (“O‘zavtoyo‘l” DAK) negizida O‘zbekiston
Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasini tashkil etish nazarda tutildi.
O‘zbekiston
Respublikasida
aloqa
sohasini
boshqarish
O‘zbekiston
Respublikasining 1992 yil 13 yanvarda qabul qilingan “Aloqa to‘g‘risida” Qonuniga
muvofiq amalga oshirilib, ushbu qonun aloqa tarmoqlarini tashkil qilishning
umumiy huquqiy, iqtisodiy asoslarini, aloqa shohobchalarini barpo etish va ulardan
foydalanishda, aloqa xizmati ko‘rsatishda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar
korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning va fuqarolarning aloqa vositalariga egalik
qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish va boshqarish sohasidagi huquqlari
va vazifalarini, shuningdek berilgan huquqlarni buzganlik va vazifalarini
bajarmaganlik uchun javobgarlik choralarini belgilaydi.
Aloqa sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan, shuningdek u vakolat bergan idora-O‘zbekiston
Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat
qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik asosida
ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish va undan foydalanish tizimini yanada
takomillashtirish, ko‘p xonadonli uylarni saqlash qoidalariga rioya etilishini texnik
nazorat qilish bo‘yicha samarali tizimni shakllantirish, aholiga sifatli uy-joy
kommunal xizmatlari ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, shuningdek, uy-joy
mulkdorlari shirkatlarining barqaror faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida 2017
yil 18 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy kommunal
xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat
ko‘rsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
· Taʼlim sohasini boshqaruvchi davlat organlari tizimi qanday?
O‘zbekiston Respublikasi “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonunning 25-moddasiga
binoan O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi taʼlim tizimini
boshqarishda umumiy vakolatga ega.
Shuningdek,
Qonunning
27-moddasida
mahalliy
davlat
hokimiyati
organlarining ham vakolatlari berilgan bo‘lib, unga ko‘ra mahalliy davlat hokimiyati
organlari taʼlim muassasalari faoliyatining mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligini taʼminlaydilar; taʼlim muassasalarini
tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar, (respublika tasarrufida bo‘lgan
muassasalar bundan mustasno), ularning ustavlarini ro‘yxatga oladilar; o‘z
hududlaridagi taʼlim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash miqdorlarini va
imtiyozlarni belgilaydilar; taʼlim sifati va darajasiga, shuningdek pedagog
xodimlarning kasb faoliyatiga bo‘lgan davlat talablariga rioya etilishini
taʼminlaydilar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga
oshiradilar.
Taʼlim muassasasini uning rahbari boshqaradi. Taʼlim muassasalarida qonun
hujjatlariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadigan jamoat boshqaruvi organlari tashkil
etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida taʼlimni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat
berilgan davlat organlari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
taʼlim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi faoliyat
yuritadi. O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
va
o‘rta
maxsus
taʼlim
vazirligi respublikada oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga rahbarlik qiluvchi
davlat boshqaruv organi hisoblanadi. 2004 yil 20 iyulda O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim
vazirligi faoliyatini takomillatirish to‘g‘risida”gi 341-sonli Qarori1 qabul qilindi.
Ushbu qarorga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oliy taʼlim muassasalarining kadrlar tayyorlash,
professor-o‘qituvchilar malakasining talab etiladigan darajasini taʼminlash,
o‘qitishning innovatsiya usullarini joriy etish, moliyaviy resurslardan samarali
foydalanish hamda talaba yoshlar o‘rtasida tarbiyaviy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni
tashkil etish masalalaridagi faoliyati ustidan nazorat bo‘shashtirib yuborilganligini,
bu mutaxassislar tayyorlash sifatiga salbiy taʼsir ko‘rsatayotganligini qayd etadi.
Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob
beradi.
Vazirlik tizimiga O‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oliy va o‘rta
maxsus taʼlim, kab-hunar taʼlimini rivojlantirish markazi, idoraviy mansub oliy
o‘quv yurtlari kiradi.
Vazirlik faoliyatini tashkil etish vazirlikka qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan vazir boshchilik
qiladi.
Vazirning besh nafar o‘rinbosari, shu jumladan ikki nafar birinchi o‘rinbosari
bo‘ladi, ulardan biri Vazirlikning O‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori
hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi xalq taʼlimi davlat
boshqaruv organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasiga hisob beradi. Vazirlik tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq
taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq
taʼlimi boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) xalq taʼlimi bo‘limlari hamda idoraviy
mansub boshqa muassalar, korxonalar va tashkilotlar kiradi.
Vazirlik faoliyatini tashkil etish - Vazirlikni qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan vazir boshqaradi.
Vazirning uch nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
Maktabgacha taʼlim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”
2017
yil
30
sentyabrdagi
PF–5198-sonli Farmoni bilan tashkil etildi.
Davlat test markazi. Respublikada abituriyentlarning oliy o‘quv yurtlariga
sifatli qabul qilinishini taʼminlash, mutaxassislarni, shuningdek taʼlimning barcha
turlari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini tayyorlash sifatini, respublika taʼlim
muassasalarida test va reyting ballarining xolisonaligini nazorat qilish O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan amalga
oshiriladi. Davlat test markazi davlat boshqaruv organi hisoblanadi. Markaz o‘z
faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
2004 yil 24 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Test
markazi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan qarori qabul qilindi1 va ushbu
qarorda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test
markazining asosiy vazifalari belgilab o‘tildi.
· Sog‘liqni saqlash sohasini boshqaruvchi davlat organlari tizimi va
ularning vazifalari qanday?
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sog‘liqni saqlash
davlat boshqaruvi markaziy organi hisoblanadi va u o‘z faoliyatida O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi. Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘z
ishini respublikaning davlat boshqaruvi boshqa organlari, Qoraqalpogg‘iston
Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar ijro etuvchi organlari va jamoat
tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshiradi.
Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan lavozimiga
tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan, keyinchalik O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga tasdiqlash uchun taqdim etiladigan Vazir boshchilik
qiladi. Vazir Vazirlikka yuklangan vazifalar bajarilishi va uning o‘z funksiyalarini
amalga oshirishi uchun shaxsan javob beradi. Vazirning O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod
etiladigan birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari bo‘ladi.
Sohadagi davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash
vazirligining Nazorat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat
inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida tashkil etiladi
va bevosita O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziriga bo‘ysunadi. Uning
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida
hududiy bo‘linmalari bo‘ladi, ular boshqaruvning vertikal tizimiga ega bo‘ladilar va
o‘z faoliyatida bevosita Nazorat inspeksiyasi boshlig‘iga bo‘ysunadilar.