DAVLAT BYUDJETI VA DAVLAT MAQSADLI JAMG’ARMALARI BYUDJETI DAROMADLARI IJROSI HISOBI
Yuklangan vaqt
2024-03-10
Yuklab olishlar soni
14
Sahifalar soni
34
Faytl hajmi
96,8 KB
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTET
DAVLAT BYUDJETI VA DAVLAT MAQSADLI JAMG’ARMALARI
BYUDJETI DAROMADLARI IJROSI HISOBI
TOSHKENT – 2023
1
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjeti
daromadlari ijrosi hisobi.
Reja:
Kirish
1. Davlat byudjeti.
2. Davlat byudjetining daromad va xarajatlari
3. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari daromadlarini ijro etish tartibi.
4. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari daromadlari ijrosi hisobini maqsadi
hamda vazifalari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
KIRISH.
2
Byudjet tizimida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar natijasida
Davlat byudjeti ijrosini amalga oshirishning mukammal me’yoriy huquqiy hamda
tashkiliy asosi yaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi,
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining
“Byudjet
muassasalarini
mablag‘
bilan
ta’minlashni
takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori, “Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘
oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va
ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, “Byudjet tashkilotlarida
buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat
byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy
hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalar” va boshqa
shu kabi me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Davlat byudjeti ijrosining ushbu me’yoriy
hujjatlar doirasida amalga oshirilishi byudjet daromadlari va xarajatlari o‘zaro
muvofiqligini ta’minlab kelmoqda.
“Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy
uyjoylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng
imkoniyatlar yaratish – bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz
mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir. Shu borada nafaqat
eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik yurituvchi
subyektlarda ham o‘rtacha ish haqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy
nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich ko‘paytirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi” -
deydilar Prezidentimiz Sh. M. Mirziyayev o‘z ma’ruzalarida.
Byudjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish, byudjet taqchilligini
oldini olish dolzarb masalalardan biri sanaladi. “Albatta, Davlat byudjeti o‘lchovsiz
emas, mablag‘larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun va oqilona ishlatishni
ta’minlash zarur. Bu – hammaga ravshan va rad etib bo‘lmaydigan haqiqat” – deydi
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o‘z nutqlarida .
Byudjet tashkilotlari byudjet mablag‘larining asosiy iste’molchisi hisoblanib,
Davlat byudjeti xarajatlarini tashkil etadi va xarajatlar smetasi asosida byudjetdan
moliyalashtiriladi. Shuningdek, byudjet tashkiloti qonunchilikka muvofiq
3
byudjetdan tashqari mablag‘lar yuzasidan tashkil bo‘lish manbalari va foydalanish
yo‘nalishlari ko‘rsatilgan holda byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalar
doirasida xarajatlarni amalga oshiradi. Oxirgi yillarda davlat moliyasini isloh qilish
loyihasini amalga oshirish doirasida so‘nggi natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish
tamoyillarining joriy qilinishi, o‘rta muddatli byudjet istiqbollarini belgilash
siyosatining ilgari surilishi, davlat byudjetining g‘azna ijrosiga o‘tilishi hamda
byudjet siyosatidagi boshqa
o‘zgarishlarning amalga
oshirilishi
byudjet
tashkilotlarida o‘z xarajatlarini aniqlash va smetalarni ishlab chiqish, byudjetdan
tashqari mablag‘larni safarbar qilish tartiblarini takomillashtirishni talab etmoqda.
Byudjetdan
mablag‘larni
taqdim
etishning
metodlari
byudjetdan
moliyalashtirishning muhim elementi bo‘lib hisoblanadi. Ularning yordamida
moliya organlari byudjetda ko‘zda tutilgan tadbirlarni pul mablag‘lari bilan
ta’minlaydi, pul mablag‘laridan foydalanishda yuqoriroq natijalarga erishish uchun
mablag‘larni qayta o‘zgartirib taqdim etishni amalga oshiradi, moliyaviy resurslarni
taqsimlashda tarkib topayotgan proportsiyalarni tartibga soladi.
Davlat tomonidan moddiy ishlab chiqarish sohasi va uy-joy-kommunal
xo‘jaligiga qilinadigan xarajatlar mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish
xarajatlariga kiradi. Bunda byudjet mablag‘lari vazirliklar, idoralar va korxonalarga
ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha xarajatlarga (kapital quyilmalarga), oddiy
takror ishlab chiqarishni ta’minlashga (subsidiyalar, dotatsiyalar va transfertlar),
operatsion xarajatlarga va boshqa xarajatlarga beriladi.
Mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlari vazirliklar, idoralar va
korxonalar bo‘yicha rejalashtiriladi hamda bir vaqtning o‘zida ma’lum maqsadlarga
mo‘ljallanganligi bo‘yicha ko‘zda tutiladi. Bunda byudjet mablag‘larining asosiy
qismi iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga, ya’ni sanoat, energetika, qishloq
xo‘jaligi va transportga yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 4-moddasida byudjet
tashkilotlariga quyidagicha ta’rif berilgan: “Byudjet tashkiloti – davlat
funktsiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati
organlarining qaroriga ko‘ra tashkil etilgan, davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan
4
saqlab turiladigan notijorat tashkilot”.
Davlat byudjeti hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy
islohotlarni chuqurlashtirish, byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash
mexanizmini takomillashtirish, byudjet mablag‘laridan samarali va aniq foydalanish
maqsadida
1999
yil
3
sentyabrda
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining 414-son Qarori qabul qilindi. Mazkur Qaror 2000 yil 1 yanvardan
boshlab byudjet tashkilotlari xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlashning yangi
tartibini belgilab berdi.
Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish shartlari va ularning byudjet hisobini
yuritish tartibi byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Davlat
byudjetidan va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlaridan mablag‘lar oladigan
yuridik yoki jismoniy shaxs byudjet mablag‘lari oluvchidir. Byudjet mablag‘lari
oluvchi byudjet tashkiloti maqomiga ega bo‘la olmaydi.
5
1, Davlat byudjeti.
Davlat byudjeti - Davlat pul mablag’larining (shu jumladan, Davlat maqsadli
jamg’armalari mablag’larining) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda
daromadlar manbaalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili
mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va
miqdori nazarda tutiladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti tuzilmasi o’z
ichiga Respublika byudjetini, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy
byudjetlarni o’z ichiga oladi. Byudjet ijrosi jarayonida belgilangan tartibda byudjet
daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar byudjet tasnifi bo’yicha amalga oshiriladi.
Byudjet ijrosi jarayoni haqida axborotlar byudjet hisobini tashkil etish va yuritish
orqali shakllantiriladi.
Byudjet g`azna ijrosi hisobi - bu byudjet g`azna ijrosi jarayoni buxgalteriya
hisobi bo’lib, Davlat byudjeti, Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari
jamg’armalari byudjeti ijrosi jarayonida hisobga olinadigan moliyaviy, nomoliyaviy
hamda moliyaviy majburiyatlar xolati bo’yicha pul o’lchovida axborotlarni yig’ish,
ro’yxatga olishning tartiblashtirilgan tizimidir.
Byudjet g`azna ijrosi hisobini yuritishdan maqsad foydalanuvchilarga byudjet
ijrosi jarayoni bo’yicha to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni
shakllantirib berishdan iborat.
Byudjet g`azna ijrosi hisobining predmeti bu byudjet g`azna ijrosi jarayonida
byudjet mablag’lari va ularni manbaalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar
majmuasidir.
Byudjet g`azna ijrosi hisobining obektlari bo’lib, byudjet g`azna ijrosi
jarayonida byudjet daromadlari va xarajatlari, byudjet pul mablag’lari, byudjet
ssudalari, hisoblashuv bo’yicha mablag’lar, aylanma kassa mablag’lari, byudjet
tashkilotlarining xarajatlari, moliyaviy aktivlar, majburiyatlari va moliyaviy
natijalari hisoblanadi.
Byudjet mablag‘larini taqsimlovchi — o‘z tasarrufida O‘zbekiston
Respublikasining respublika byudjetidan mablag‘ oladigan tashkilotlarga ega
6
bo‘lgan yuridik shaxs, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining respublika
byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkiloti yoki byudjet mablag‘lari
oluvchidir.
Byudjet tashkilotlarining faoliyatini yuritishi, ularni moliyalashtirish
masalalarib shuningdek ularni byudjetdan tashqari mablag‘larini shakllantirishb
rasmiylashtirish bilan bog‘liq tashkiliy huquqiy asos quyidagi me’yoriy xujjatlar
bilan tartibga solinadi.
1.
Kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan
byudjet transfertlari shaklida;
2.
Rezident yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan byudjet
ssudalari shaklida;
3.
Davlat maqsadli jamg’armalariga beriladigan byudjet dotatsiyalari va
byudjet ssudalari shaklida;
4.
Davlat qarzini qaytarish va
unga hizmat ko’rsatish bo’yicha
to’lovlar shaklida;
5.
Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.
Davlat byudjeti pul mablag’lari harakati va hisobi O’zbekiston Respublikasi
moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’limlari tomonidan yuritiladi.
Byudjet ssudasi - yuqori byudjetdan quyi byudjetga yohud respublika
byudjetidan rezident yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan
ajratiladigan mablag’dir. Byudjet ssudasi byudjet ijrosi jarayonida yuzaga keladigan
daromadlar bo’yicha kassa uzilishlarini qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi
byudjetga ajratiladi.
Davlat byudjet tasdiqlangandan so’ng davlat va mahalliy soliqlar va
daromadlar to’g’risida, ma’muriy-hududiy bo’linishdagi, korxonalar, tashkilotlar va
ho’jalik
birlashmalarining
bo’ysunishidagi
o’zgarishlar,
turli
xildagi
bo’ysunishidagi qurilish ob’ektlari o’rtasida kapital qo’yilmalar limitlarini qaytadan
taqsimlanishdagi o’zgarishlar bo’yicha qabul qilingan yangi qonunlar, O’zbekiston
Respublikasi Hukumatining qarorlari qabul qilinishi natijasida alohida olingan
byudjetlarga o’zgarishlar kiritilgan hollarda byudjet ijrosi jarayonida byudjetlar
7
o’rtasida o’zaro hisoblashuvlar amalga oshiriladi.
Byudjet g’azna ijrosi jarayoni natijasi bo’yicha aylanma kassa mablag’lari
qoldig’i shakllantiriladi. Aylanma kassa mablag’lari bo’yicha me’yor belgilanadi.
Aylanma kassa mablag’i me’yori - moliya yilida respublika byudjeti
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar hisobvaraqlarida
turishi mumkin bo’lgan pul mablag’larining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan
eng kam miqdoridir.
Byudjet tashkilotlari faoliyati xarajatlari byudjet mablag’lari hisobiga
moliyalanadi. Shu bilan birgalikda byudjetdan tashqari mablag’lar manbalari
bo’yicha shakllantiriladi. Byudjet tashkilotlari xarajatlari smeta doirasida xarajatlar
iqtisodiy tasnifi bo’yicha byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar hisobiga amalga
oshiriladi.1
Byudjet tashkilotlarining moliyaviy aktivlari ya’ni pul mablag’lari
G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda
byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha alohida yuritiladi.
Byudjet tashkilotlari smetalar ijrosi jarayonida belgilangan vazifani bajarish
bo’yicha jismoniy va yuridik shaxslar bilan hisoblashuvlarni amalga oshiradi va ular
bo’yicha majburiyatlar yuzaga keladi.
Byudjet tashkilotlari joriy yilga moliyaviy natijalarni mablag’larni
shakllanishi manbaalari bo’yicha shakllantiradi va yakuniy moliyaviy natijani
aniqlaydi.
Byudjet g’azna ijrosi hisobini tashkil etish moliya organlari va byudjet
tashkilotlarini rahbarlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Byudjet g’azna ijrosi hisobining
uslubiy asoslarini byudjet
g’azna
ijrosi buxgalteriya hisobiga oid qabul qilingan qonuniy xujjatlar tashkil etadi. (1.2-
chizma).
1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat
organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni. 2017 yil 24 may
8
1.
Byudjet g’azna ijrosi hisobini bevosita va bilvosita
tashkil etishini tartibga soluvchi qonunlar va qonuniy
xujjatlar (O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari)
2.
Byudjet g’azna ijrosi hisobini tashkil etishini bazaviy
tamoyillarini umumlashtiruvchi me’yoriy xujjatlar
(yo’riqnomalar, nizomlar)
3.
Byudjet g’azna ijrosi xisobini alohida ob’ektlari
hisobini yuritish mexanizmi, hususiyatlarini aks ettiruvchi
hujjatlar (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
uslubiy ko’rsatmalari, tavsiyalari)
4.
Byudjet g’azna ijrosi hisobini tashkiliy, texnik va
uslubiy jihatlarini mujassamlashtirgan ishchi xujjatlar
Davlat byudjeti har yili mamlakat Oliy Majlisining sessiyasida ko‘rib
chiqiladi va tasdiqlanadi. Davlat budjctida milliy daromadning katta qismi
markazlashtiriladi. U taqsimlanadi va ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa
9
ijtimoiy ehtiyojlami qondirish uchun yo‘naltiriladi. Bulaming hammasi davlat
byudjeti daromadlari o ‘z vaqtida to‘la kelib tushishini va byudjet mablagMarining
maqsadli sarflanishini taqozo qiladi. Buni to‘g‘ri tashkil qilingan davlat byudjeti
ijrosi jarayonining buxgalteriya hisobigina ta’minlashi mumkin. Byudjet hisobi
davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobidir. Byudjet hisobi davlat byudjeti
ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan hamma operatsiyalarni qamrab oladi va m azkur ijro
jarayonida byudjetning holatini tavsiflashni ta’minlaydi. Byudjet hisobi orqali xalq
x o ‘jaligi hamma tarmoqlarining davlat byudjeti bilan o‘zaro aloqasi aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobi vositasida bank muassasalaridagi hisobvaraqlarda byudjetning
pul m ablag‘lari, daromadlari va xarajatlari, hisob-kitoblardagi m ablag‘lar, byudjet
ijrosi jarayonida tashkil qilinadigan fondlar va zaxiralar hamda byudjet
tashkilotlarining moddiy qiymatliklari aks ettiriladi. Byudjetning daromadlari,
xarajatlari va pul mablagMari, byudjet ijrosi jarayonida ularning harakati hamda
byudjetdan moliyalashtiriluvchi tashkilotlarning moddiy qiym atliklari byudjet
hisobining bevosita obyektlari hisoblanadi. Mahalliy byudjetlami, respublika
byudjetini va mamlakatning, umuman davlat byudjetini daromadlar va xarajatlar
bo‘yicha rejasining bajarilishini o‘z vaqtida, toMa va aniq qayd qilishni ta’minlash
byudjet hisobining vazifasi hisoblanadi. Byudjet ijrosi jarayoni-davlat byudjeti ijrosi
buxgalteriya hisobining predmetidir. Davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobi
yordamida mamlakat barcha mustaqil byudjetlarining ijrosi hisobi va byudjet
tashkilotlari xarajatlari smetalari ijrosining hisobi amalga oshiriladi.
10
2. Davlat byudjetining daromad va xarajatlari
Byudjetning daromadlari va xarajatlari byudjet hisobining asosiy obyektlari
bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham ulaming byudjet ijrosi jarayonining ayrim
bosqichlaridagi hisobi muhim ahamiyatga ega. Davlat byudjeti daromadlari
iqtisodiy mazmuni bo‘yicha:
1) yuridik shaxslardan tushgan mablag‘lar;
2) jismoniy shaxslardan tushgan mablagMarga boMinadi.
Davlat byudjeti daromadlari byudjetga tushish tavsifi bo‘yicha:
1) soliqlar sifatidagi tushumlar;
2) nosoliq tushumlarga bo‘linadi.
Davlat byudjeti daromadlari ulaming hisoblanish va kelib tushish davrlari bo‘yicha:
1) hisoblangan daromadlar;
2) kassa daromadlariga boMinadi. Davlat byudjetining hisoblangan darom
adlari. Byudjetning kassa organiga kelib tushguniga qadar davlat soliq hamda
moliya organlari tomonidan hisoblanishi kerak boMgan daromadlar davlat b u d jetin
in g hisoblangan d arom adlari, deb ataladi. Davlat soliq va m oliya organlarida
hisoblangan daromadlarning faqat tezkor hisobi olib boriladi. Davlat byudjetining
kassa daromadlari. Byudjetning bankdagi schyotlariga haqiqatda kelib tushgan
daromadlar davlat byudjetining kassa darom adlari, deb ataladi. Kassa daromadlari
byudjetning daromad qismining bajarilish darajasini belgilaydi. Shuning uchun ham
byudjet daromadlarining tushumida faqat kassa daromadlari bo‘yicha baho beriladi.
D avlat byudjetining kassa xarajatlari. Byudjetning bankdagi schyotlaridan
byudjetda ko‘zda tutilgan xarajatlargagina mablag‘ beriladi. Byudjet mablag‘ari
naqd pul sifatida hamda pulsiz hisob-kitoblar yoki bilan berilishi mumkin.
Byudjetning bankdagi schyotlaridan bank muassasalari tomonidan berilgan
summalar davlat byudjetining kassa xarajatlari, deb ataladi. Davlat byudjetining
haqiqiy x arajatlari. Byudjet mablag'lari hisobidan haqiqatda qilingan xarajatlar
summasi hamda hisoblangan yoki haqiqatda qilingan, ammo hali to‘lanmagan
xarajatlar davlat byudjetining haqiqiy xarajatlari deb ataladi. Byudjetning haqiqiy
xarajatlari moliya organlarida hisobga olinmaydi. Haqiqiy xarajatlar hisobi faqat bu
11
xarajatlarning paydo bo‘lish joylaridagina, ya’ni byudjet tashkilotlarida va xo‘jalik
yurituvchi subycktlarda olib boriladi. Moliya organlari kassa xarajatlari haqidagi
ma’lumotlarni bank muassasalaridan, haqiqiy xarajatlar haqidagi ma’lumotlarni esa
byudjet tashkilotlaridan va xo'jalik yurituvchi subyektlardan oladi. Hisoblangan va
kassa daromadlar, kassa va haqiqiy xarajatlar byudjet ijrosi jarayonining turli
bosqichlarini tavsiflaydi. Moliya organlari byudjet ijrosini kassa daromadlari va
xarajatlarida qayd etadi.
Davlat byudjeti ijrosida qatnashuvchi barcha organlarda davlat byudjetining
daromadlari va xarajatlarini hisobga olish asosida byudjet tasnifi yotadi. Byudjet
tasnifi davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish
maqsadida byudjet ma’lumotlarini bir tizimga solish uchun foydalanish va u byudjet
ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan
qiyoslanishini ta ’minlash maqsadida davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar
daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish
manbalarini guruhlash hisoblanadi. Byudjet tasnifi hamma byudjetlami bir yagona
davlat byudjetiga jamlash imkoniyatini yaratadigan asosiy tashkiliy funksiyani
amalga oshirishuvchi hujjatgina bo‘lib qolmay, u katta iqtisodiy ahamiyatga ham
egadir. Tasnifda davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari bir xil alomatlari bo‘yicha
guruhlanadi va ular boMinmalar deb yuritiladi. Bo‘limlar, paragraflar, boblar va
moddalar byudjet tasnifi bo‘linmalari hisoblanadi. Byudjet tasnifi qonunchilikda
belgilangan tartibda 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab
chiqiladi va tasdiqlanadi. Turli darajadagi byudjetlar yagona byudjet tasnifi k o
‘rsatkichlari doirasida shakllantiriladi va ijro etiladi, ya’ni tasnif obyektlariga
berilgan guruhlashtirish kodlari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar guruhlanadi.
Byudjet tasnifi:
1) byudjet daromadlari;
2) byudjet xarajatlarining vazifa jihatidan;
3) byudjet xarajatlarining tashkiliy;
4) byudjet xarajatlarining iqtisodiy;
5) davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasniflarini o‘z
12
ichiga oladi.
Davlat byudjeti daromadlarining tasnifi deganda qonun hujjatlariga muvofiq
davlat byudjeti daromadlarining turlari va manbalari bo‘yicha guruhlashtirish
tushuniladi. Davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi deganda davlat
boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, boshqa
byudjet tashkilotlari tomonidan ijro ctiladigan asosiy vazifalar bo‘yicha davlat
byudjeti xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi. Davlat byudjeti xarajatlarining
tashkiliy tasnifi deganda budjctdan ajratiladigan m ablaglar ulami bevosita
oluvchilar o‘rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va
tadbirlar turlari bo‘yicha davlat byudjeti xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi.
Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi deganda to ‘lovlaming iqtisodiy
vazifasi va turlari bo‘yicha davlat byudjeti xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi.
Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi deganda Davlat
byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalarini moliyalashtirishning ichki va
tashqi manbalari bo‘yicha guruhlashtirish tushuniladi. Byudjet taqchilligi deganda
muayyan davrda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan ortiq boMganligi
tushuniladi.
3. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari daromadlarini ijro etish
tartibi.
Davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobi mamlakatdagi mavjud bo‘lgan
byudjet tuzilmasi asosida amalga oshiriladi. Mamlakatning davlat byudjeti ijrosining
buxgalteriya hisobi bevosita moliya organlari, bank muassasalari va byudjet
tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakatning davlat byudjeti ijrosining
hisobi ustidan umumiy uslubiy rahbarlik 0‘zbckiston Respublikasi Moliya
vazirligiga yuklatilgan. Moliya organlarining byudjet ijrosining buxgaltcriya
hisobini olib borishdagi funksiyalari keyingi bobda yoritiladi. Mamlakat davlat
byudjetining kassa ijrosi bank muassasalariga yuklatilgan. Ular respublika
byudjetining kassa daromadlari va kassa xarajatlarini hamda mahalliy byudjetlar
mablag‘larining hisobini olib boradi, respublika byudjetining kassa ijrosi bo‘yicha
13
hisobotlami tuzadi, respublika byudjeti daromadlari va xarajatlarining analitik
hisobini olib boradi. Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetalari ijrosining buxgalteriya
hisobini amalga oshiradi va bu smetalar ijrosi to‘g ‘risida hisobotlami tuzadi.
Byudjet daromadlari va xarajatlari bo‘yicha rejaning bajarilishi haqida ma’lumotlar
bilan ta’minlash moliya organiari byudjet hisobining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu
m a’lumotlar asosida byudjet ijrosi jarayoni ustidan nazorat qilish va tezkor rahbarlik
amalga oshiriladi. Bu maqsadlar uchun moliya organiari byudjet daromadlari va
xarajatlari, bank muassasalaridagi byudjetning pul mablag‘lari, byudjet bo‘yicha
ochilgan kreditlar va berilgan mablagMar, byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-
kitoblar, ssudalar va boshqalar hisobini yuritadi. Moliya organiari, shuningdek, bank
muassasalari tomonidan umumdavlat daromadlari va soliqlarining alohida olingan
byudjetlar bo‘yicha to‘g ‘ri taqsimlanishi, byudjet bo‘yicha tayinlanishiga qarab
byudjet mablag‘larini tasarruf qiluvchilar tomonidan foydalanilishi ustidan
nazoratni amalga oshiradi hamda byudjet mablag‘ larining butligini ta’minlaydi.
Moliya organiari byudjet ijrosi to‘g ‘risidagi oylik, chorak va yillik hisobotlami
tuzadi va byudjet ijrosi natijalarini aniqlaydi. Moliya organiari o‘zlari ijro etayotgan
byudjetlar ijrosining buxgalteriya hisobini bevosita amalga oshiradi. 0 ‘zbekiston
Respublikasi M oliya vazirligi respublika byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini
amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston
Respublikasi byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi. Viloyatlar,
shaharlar va tumanlar moliya organlari viloyatlar, shaharlar, tumanlar byudjetlari
ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi. Moliya organlari muayyan m
a’muriy-hududiy birlikdagi barcha boshqa byudjetlar ijrosining buxgalteriya
hisobini tashkil qiladi. Moliya organlari byudjet tashkilotlarining hisob va
hisobotlarini tekshiradi va ularga tegishli ko‘rsatmalar beradi. Har bir moliya organi
o‘zi ijro etayotgan byudjetning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni va muayyan ma’muriy-
hududiy birlik byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi yig‘ma hisobotni tuzadi. Davlat byudjeti
ijrosining buxgalteriya hisobi bo‘yicha moliya organlarining vazifalariga:
1) byudjet daromadlari buxgalteriya hisobini yuritish va bank muassasalariga
kelib tushgan daromadlaming byudjetlar o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlanishi ustidan
14
nazoratni olib borish;
2) bank muassasalarida saqlanilayotgan byudjetning naqd pulían buxgalteriya
hisobini yuritish;
3) byudjet ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan turli operatsiyalar (byudjetlar
o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar, byudjetlarga ssudalar berish va byudjetlardan
ssudalar olish bo‘yicha operatsiyalar va boshqalar) buxgalteriya hisobini yuritish;
4) byudjetlarda tashkil qilinadigan fondlar va zaxiralar buxgalteriya hisobini
yuritish; 5) o‘zlari ijro etayotgan byudjetlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlami tuzish;
6) quyi moliya organlarida va byudjet mablag‘larini tasarruf qiluvchilarda
buxgalteriya hisobining yuritilishi, hisobotning tuzilishi va uslubi ustidan nazorat
qilish;
7)
buxgalteriya
hisobi
va
hisobotini
markazlashtirish
va
mexanizatsiyalashtirish bo'yicha tadbirlaming amalga oshirilishi ustidan nazorat
qilish kiradi. Yuqorida ko'rsatilgan vazifalar 0‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligida uning davlat byudjeti bosh boshqarmasiga, boshqa moliya organlarida
esa moliya organining bosh buxgalteri boshqaradigan buxgalteriyaga yuklatilgan.
Respublika byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini 0‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi davlat byudjeti bosh boshqarmasi Davlat byudjeti ijrosi va hisobi
bolimi yuritadi. Mahalliy byudjetlar ijrosining buxgalteriya hisobini tegishli moliya
organlarining buxgalteriya xizmatlari yuritadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligini davlat byudjeti ijrosining hisobi bo‘yicha funksiyalari bo‘lib quyidagilar
hisoblanadi:
1) mamlakatning davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qilish
va uning ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzishga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;
2) byudjet ijrosining buxgalteriya hisobi va byudjet ijrosi to‘g‘risida
hisobotlar tuzish bo‘yicha moliya organlari, byudjet tashkilotlari va boshqalar uchun
yo‘riqnomalar va uslubiy ko‘rsatmalami ishlab chiqish;
3)
joriy
buxgalteriya
hisobining
schyotlar
rejasini
va
schyotlar
korrespondensiyalarini, buxgalteriya registrlari va boshlang‘ich hujjatlar shakllarini,
hujjatlar aylanishi tartibini, hisobotlaming hajmlari va shakllarini belgilash;
15
4) respublika byudjeti ijrosini bevosita amalga oshirish;
5) rcspublika byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish;
6) mamlakatning davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish.
Bundan tashqari, 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat byudjeti
bosh boshqarmasi davlat byudjeti ijrosi va hisobi bo'limi mahalliy moliya
organlarida byudjet ijrosining buxgalteriya hisobi tashkil qilinishi ustidan bevosita
rahbarlikni amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi,
viloyatlar, shaharlar va tumanlar moliya organlarining funksiyalari quyidagilardan
iborat: 2
1) o‘zlari ijro etayotgan byudjetlaming hisobini bevosita yuritish va bu
byudjetlar ijrosi to‘g‘risida hisobotlar tuzish;
2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar, turnan byudjeti ijrosi
to‘g‘risida yig‘ma hisobotlami tuzish.
Mahalliy moliya organlari tegishli byudjetlar daromadlarini va xarajatlarini,
ulaming pul mablag‘larini, fondlarini, ssudalami, byudjetlar o‘rtasidagi hisob-
kitoblami, boshqa byudjetlarga berilgan va ulardan olingan mablag‘larni va byudjet
ijrosi natijalarini hisobga oladi hamda ular tomonidan moliyalashtirilayotgan
byudjet tashkilotlarida hisob va hisobotni tashkil qilinishini tekshiradi. Mahalliy
moliya organlari respublika byudjetini kassa ijrosining hisobi bo‘yicha va
moliyalashtirishga doir operatsiyalami banklar tomonidan bajarilishini nazorat
qiladi. Mahalliy moliya organlari mahalliy byudjetlaming daromadlari va
xarajatlarini analitik hisobini olib boradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va
mahalliy byudjetlar ijrosining buxgalteriya hisobi 0‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan yo‘riqnoma asosida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkcnt shahar
moliya boshqarmalari, shaharlar va tumanlar moliya bo‘limlari tomonidan olib
boriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar kassa ijrosi
0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va 0‘zbekiston Respublikasi Moliya
2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat
organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni. 2017 yil 24 may
16
vazirligining
«
0‘zbekiston
Respublikasi
davlat
byudjeti
kassa
ijrosi
bo‘yichayo‘riqnoma»siga
muvofiq
amalga
oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar, shaharlar va tumanlar byudjetlari
hisobvaraqlaridagi hamda bu byudjetlardan moliyalashtirilayotgan tashkilotlaming
hisobvaraqlaridagi byudjet mablag‘larining qoldig‘i to‘g‘risidagi m a’lumotni
«0‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti kassa ijrosi bo‘yicha yo‘riqnoma»da
belgilangan tartibda va muddatlarda 0‘zbekiston Respublikasi bank muassasalari
tegishli moliya organlariga taqdim etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va
mahalliy byudjetlardan kapital qo‘yilmalami moliyalashtirish 0‘zbekiston
Respublikasi bank muassasalarida ochilgan hisobvaraqlar orqali bu masala bo‘yicha
0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining amaldagi me’yoriy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 0‘zbekiston
Respublikasi tijorat banklari va 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
muassasalari belgilangan shaklda kapital qo‘yilmalami moiiyalashtirish bo‘yicha
davriy va yillik hisobotni belgilangan tartibda va muddatlarda tcgishli moliya
organlariga taqdim etadi.
Davlat budjeti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1) respublika byudjeti;
2) QoraqaIpog‘iston Rcspublikasining byudjeti va mahalliy byudjetlar.
Davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli fondlari ham jamlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog'iston Respublikasining
respublika byudjetini hamda respublikaga (Qoraqalpog‘iston) bo‘ysunuvchi
tumanlar va shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Viloyatning byudjeti viloyat
byudjetini, viloyat tarkibiga kiruvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o ‘z ichiga
oladi. Tumanlarga bolinadigan shahar byudjeti shahar byudjetini va shahar tarkibiga
kiruvchi tumanlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Tumanga bo‘ysunadigan shaharlari
bo‘lgan tumanning byudjeti tuman byudjeti va tuman tarkibiga kiruvchi shaharlar
byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Demak, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti o‘z
ichiga respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy
byudjetlarni oladi. Bundan tashqari Davlat byudjeti tarkibida Respublika yo‘l fondi,
17
0‘zbekiston Respublikasi Davlat mol-mulki qo‘mitasining maxsus hisobvarag‘i, Ish
bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat fondi hamda 0‘zbekiston Respublikasi
budjtdan tashqari Pensiya fondi mablaglari jamlanadi. Davlat byudjetiga kclib
tushgan mablaglarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida kirim qilinishini ta’minlash maqsadida
0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 23402 «Respublika byudjetining
mablag'lari» hisobvarag‘i Markaziy bankning Toshkent shahar va hududiy Bosh
boshqarmalarining Hisob-kitob kassa markazlarida hamda tijorat banklarida byudjet
daromadlari tasnifiga asosan ochiladi.
Davlat byudjetining buxgalteri hisobi, byudjetga daromadlar tushumi ustidan,
har bir soliq to‘lovchi tomonidan byudjetga to’lovlami o‘tkazishi ustidan tizimli
nazoratni ta’minlash vazifasini bajaradi. Byudjet daromadlari asosan bank
muassasalariga tushadi. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanib, moliya
organlari bank muassasalari tomonidan daromadlar tushumlarini respublika byudjeti
va mahalliy byudjetlarga to‘g‘ri o‘tkazayotganligini kuzatib boradi. Yil boshiga
qadar moliya organlari bank muassasalariga har bir turnan yoki shahar bo‘yicha
xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tashkilotlaming ro‘yxati va ulardan undiriladigan
to'lovlar ro‘yxati, bu to‘lovlar qaysi byudjetga va byudjet tasnifining qaysi
boMimiga to‘lovlar o‘tkazilishi kerakligi to‘g‘risida xabar beradi. Bir vaqtning
o'zida bank muassasalariga har yili umumdavlat soliqlari va daromadlarining
taqsimlanish hajmlari va bu soliq va daromadlardan mahalliy byudjetlarga
qilinadigan ajratmalar hajmlari haqida xabar beradi. Moliya organlarida byudjet
daromadlarining buxgalteriya hisobini moliya organining buxgalteriya xizmati olib
boradi, ulaming tezkor hisobini esa soliq organlari olib boradi. Moliya organining
buxgalteriya xizmati faqat mazkur byudjetning daromadlarinigina hisobga olib
boradi. Moliya organi funksiyalariga barcha daromadlaming, qaysi byudjetga kclib
tushishidan qat’iy nazar, hisoblanishi, kelib tushishi, hisobga o‘tkazilishi va
qaytarilishini hisobga olish kiradi. Soliq organi daromadlar turlari bo‘yicha shaxsiy
schyotlar olib boradi, byudjetga tushgan daromadlaming tezkor ma’lumotlarini
aniqlaydi. Byudjet daromadlari turli hujjatlarga asosan byudjet tasnifi bo‘yicha
hisobga olinadi. To‘lov hujjatlari tushgan daromadlaming turlari va ulaming
18
to‘lovchilarini aniqlash imkonini beradi. Mahalliy byudjet mablag'lari depozit
hisobvarag'i bo‘yicha bank muassasasining ko‘chimiasiga ilova qilingan to‘lov
hujjatlari, mazkur byudjet daromadlarining buxgalteriya hisobi uchun asosiy hujjat
bo‘lib xizmat qiladi. Mahalliy moliya organi faqat mazkur byudjetga tushgan
daromadlarinigina emas, balki respublika byudjetiga o‘tkaziluvchi daromadlami
ham nazorat qiladi. Shuning uchun bank muassasasi unga qaysi byudjetga
tushishidan qat’iy nazar barcha daromadlar hisobvaraqlari bo'yicha ko‘chirmalami
ham mahalliy moliya organlariga jo ‘natadi.3
4. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari daromadlari ijrosi hisobini
maqsadi hamda vazifalari.
Mahalliy byudjet mablaglari depozit hisobvaraglardan ko‘chirmani bank
muassasasi moliya organiga har kuni, rcspublika budjctining hisobvarag i ko
chirmalarini esa—har hafta yoki undan uzoqroq muddat oralig‘ida va har oyning 1-
kuniga jo ‘natishga majburdir. Moliya organining budjcti bo‘yicha buxgaltcriya
xizmati bank muassasasining mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’idan
olgan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini uning ma’lumotlarini unga ilova qilingan
hujjatlar ma’lumotlari bilan solishtirish yo’li orqali tckshiradi. So‘ng, daromad
turlari bo‘yicha hujjatlami guruhlab, mahalliy byudjet mablag’lari depozit
hisobvarag’iga
tushgan
daromadlar
to‘g‘risida
ma’lumotnomani
tuzadi.
Ma’lumotnoma har kuni tuziladi. Daromadlar unga byudjet tasnifining har bir
bo’linmasi bo‘yicha umumiy summalarda yoziladi. Ma’lumotnoma asosida
memorial-order tuziladi va sintetik hisob schyotlari bo‘yicha «Boshjurnal» kitobiga
va analitik hisobning schyotiari bo'yicha «Daromadlar” kitobiga yoziladi. Bundan
so‘ng to’lov hujjatlarining ikkinchi nusxalari tcgishli soliq organlariga daromadlar
va soliqlar to’lovchilar bilan hisob kitoblar hisobida qayd qilish uchun beriladi.
Respublika byudjetining shaxsiy hisobvarag’laridan ko‘chirma to’lov hujjatining
ikkinchi nusxasi bilan moliya organiga kelib tushadi, so‘ng to’lovchilaning shaxsiy
3 www.mf.uz (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sayti);
19
schyotlarida qayd qilish uchun tcgishli soliq organiga yuboriladi. O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining oylik hisoboti 0‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligida respublika byudjeti daromadlarining buxgalteriya hisobi uchun asos
bo’lib xizmat qiladi.
Byudjet tashkilotining xarajatlar smetasining ijrosi bo‘yicha balansi bir tom
onli yoki ikki tomonli shakldagi jadval ko‘rinishida taqdim etilishi m um kin.
Jadvalning bir qism ida mablag‘laming turlari yoki joylanishi va foydalanish
bo‘yicha qayd qilinsa, boshqa qismida csa byudjet tashkilotining mablag‘lari ulam
ing tashkil etilish manbalari bo‘yicha qayd qilinadi. Buxgalteriya balansi
mablag‘larining turlari, joylanishi va foydalanish bo‘yicha qayd qilinadigan qismi
buxgaltcriya balansining aktivi deb ataladi. Mablaglar, ularning tashkil topish
manbalari bo‘yicha qayd qilinadigan balansning boshqa qismi buxgaltcriya
balansining passivi deb ataladi.
Byudjet tashkiloti balansining tuzilishi xo‘jalik yurituvchi subyektning
balansi tuzilishidan jiddiy ravishda farq qiladi. Byudjet tashkilotlari o‘z
faoliyatlarini amalga oshirish uchun kerakli m ablag‘larni byudjetdan oladi, shuning
uchun ham ular o‘zlarining aylanma mablag‘lariga ega bo‘lmaydi va bankdan
ssudalar ololmaydi.
Byudjet tashkilotining balansida «Nizom fondi» subschyoti yo‘q. Balansning
aktividagi «Asosiy vositalar» schyotidagi ma’lumotlarga balansning passividagi
«Asosiy vositalardagi fond» va «Asosiy vositalam ing eskirishi» subschyotlaridagi
ma’lumotlarga to‘g‘ri keladi, balansning aktividagi «Kam baholi va tez eskiruvchi
buyumlar» subschyotiga esa balansning passividagi «Kam baholi va tez eskiruvchi
buyumlardagi fond» subschyotidagi ma’lumotlarga to‘g‘ri keladi. Barcha moddiy
qiymatliklar, pul mablag‘lari va hisob-kitoblardagi mablag‘lar balans passividagi
umumiy qoida bo‘yicha byudjetdan moliyalashtirish va maxsus mablag‘larning
daromadlari hamda qisman kreditorlik qarzlari bilan qoplanadi. Byudjet
tashkilotining buxgalteriya balansining xususiyatlari xo‘ja lik yurituvchi
subyektlarga nisbatan shulardan iboratdir. Byudjet tashkilotining buxgalteriya
balansi byudjetdan moliyalashtiriladigan xarajatlar smetasini ijrosi, maxsus
20
mablag‘larning smetalari ijrosi va boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar bilan
operatsiyalarni qayd qiladi. Byudjet tashkilotining xarajatlar smetalarini ijrosi
bo‘yicha buxgalteriya balansining aktivi va passivi quyidagi bo'limlardan iboratdir:
Aktiv:
I. Asosiy vositalar.
II. Material zaxiralari.
III. Kam baholi va tez cskiruvchi buyumlar.
IV. Ishlab chiqarishga va boshqa maqsadlarga qilingan xarajatlar.
V. Pul mablag‘lari.
VI. Hisob-kitoblar.
VII. Xarajatlar.
VIII.Zararlar.
IX. Kapital qo‘yilmalarga qilingan xarajatlar.
Passiv:
I. Moliyalashtirish.
II. Maqsadli yo‘nalishlar b o ‘yicha m ablag‘lar va fondlar.
III. Hisob-kitoblar.
IV. Daromadlar va sotish.
V. Kapital qurilishni moliyalashtirish.
Byudjet tashkilotining xarajatlar smetalarini ijrosi bo‘yicha balansini aktivida:
byudjet tashkilotiga tegishli bo‘lgan asosiy vositalar, shu jumladan, ijaraga
berilganlari ham; moddiy zaxiralar (omborga kelib tushganlari ham, yo‘lda
bo‘lganlari ham); byudjet tashkilotining bankdagi hisobvaraqlaridagi va kassadagi
pul mablagiari; hisobdor shaxslar va debitorlar bilan hisobkitoblar; byudjet
tashkilotini saqlashga qilingan xarajatlar; byudjet tashkiloti tarkibiga kiruvchi
nizomga ega boim agan xo‘jaliklam ing ishlab chiqarish xarajatlari va zararlari va
boshqalar haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. Byudjet tashkilotining xarajatlar
smetalarini ijrosi b o ‘yicha balansini passivida: byudjetdan moliyalashtirish;
maxsus darom adlar; asosiy vositalardagi fond; kam baholi va tez eskiruvchi buyum
lardagi fond; ish haqi bo‘yicha ishchi va xizmatchilar bilan tugallanm agan
21
hisobkitoblar; krcditorlar bilan hisob-kitoblar; byudjet tashkiloti tarkibiga kiruvchi
nizomga ega bo‘lmagan yordamchi xo‘jaliklam ing daromadlari va foydalari va
boshqalar haqidagi m a’lumotlar keltiriladi. Byudjet tashkilotining xarajatlar
smetasining ijrosi bo‘yicha balansi shunday tuzish kerakki, m a’lum sanaga
xarajatlar smetasining ijrosi jarayoni holati ko‘rinib turadigan bo‘lsin.
U byudjet tashkilotining mavjud pul mablag‘larini, moddiy zaxiralarini,
xarajatlarini va hisob-kitoblarini va bu mablag’larning manbalarini, ya’ni,
byudjetdan moliyalashtirish miqdorini va boshqa manbalami, to‘la qayd qiladi.
Byudjet tashkilotining operatsiyalarini joriy buxgalteriya hisobi 0 ‘zbekiston
Respublikasi M oliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan schyotlar rejasi (ro‘yxati)
belgilangan tizimi bo‘yicha olib boriladi.
Operatsiyalar boshlang‘ich hujjatlarda qayd qilinadi, keyin hujjatlardagi
yozuvlar subschyotlar bo‘yicha tarqatiladi va buxgalteriya balansida um um
lashtiriladi. Schyotlar rejasi (ro'yxati) byudjet tashkilotining operatsiyalarini joriy
buxgalteriya hisobi uchun tayinlangan va ma’lum tartibda raqamlangan buxgalteriya
hisobining birinchi tartibli va ikkinchi tartibli schyotlarining tizimga solingan ro
‘yxatidir. Byudjet tashkilotlari uchun subschyotlarning yagona rejasi o‘rnatilgan.
Mablag‘lar bir turdagi schyotlar rejasida o‘xshash guruhlarga birlashtirilgan
alohida-alohida olingan subschyotlarda hisobga olinadi. Schyotlar birinchi tartibli
schyotlarga (sintetik schyotlarga) va ikkinchi tartibli schyotlarga (subschyotlarga)
bo‘linadi.
Byudjet tashkilotlarida operatsiyalaming sintetik hisobi ikkinchi tartibli
schyotlar bo‘yicha olib boriladi, shuning uchun ham joriy hisobda odatda
subschyotning uch xonali raqami qo‘llaniladi. Agar birinchi tartibli schyot ikkinchi
tartibli schyotlarga (subschyotlarga) bolinmagan bo‘lsa, u holda ularning ikki xonali
raqamiga nol qo-‘shib qo‘llaniladi. Joriy buxgalteriya hisobida schyotlar ro‘yxatida
belgilangan raqamlanishlarga va nomlariga muvofiq mazkur byudjet tashkilotiga
kcrak bo‘lgan subschyotlar aniqlanadi va shu subschyotlargina ochiladi va
qo‘llaniladi. Byudjet tashkilotlarining yagona schyotlar ro‘yxati tartib yo ‘sin
usuliga xos ravishda raqamlangan. Buning mazmuni shuni bildiradiki, bo‘limlar rim
22
raqamlari bilan raqamlanadi, schyotlar esa arab raqamlari bilan raqamlanadi.