Davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

15

File size

Fayl hajmi

50,6 KB


Davlat byudjeti
Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi.
2. Davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati.
3. Davlat byudjeti daromadlari va harajatlari.
1-savol bayoni. Byudjet tuzilishi deganda byudjet tizimi tarkibida uni tashkil
etuvchi  elementlar  (byudjet  turlari,  bo‘g‘inlari)ni  ajratish  va  ular  o‘rtasidagi
munosabatlarni  aniqlash  imkoniyatini  beradigan  tashkiliy-huquqiy  tuzilishi
tushuniladi. Sodda qilib aytadigan bo‘lsak, byudjet tuzilishi byudjet tizimi qurilishi
hamda byudjet jarayonini tashkil etishning asosiy tamoyillarini anglatadi.
Byudjet tuzilishi davlatning (ma’muriy-hududiy) tuzilishi bilan belgilanadi.
Mamlakatning ma’muriy-hududiy bo‘linishi byudjet tizimlari bo‘g‘inlari sonini
belgilaydi,  har  bir  darajadagi  davlat  hokimiyati  organiga  tegishli  byudjet
konstitutsiyaviy  yo‘l  bilan  biriktirilgan  bo‘ladi.  Mamlakatlarning  davlat
tuzilishidagi,  hokimiyat  turli  darajalarining  byudjet  huquqlaridagi  farqlar  turli
shakldagi va modeldagi byudjet tizimlarini mavjudligini belgilaydi. Davlatning
byudjet  tuzilishi  turli  darajadagi  byudjetlarning  turlarini,  har  bir  byudjet
bo‘g‘inining  tayinlanishini,  turli  pog‘onadagi  byudjetlar  o‘rtasida  daromad  va
harajatlarning  taqsimlanishini,  ularning  amal  qilish  tamoyillarini,  markaziy
hukumat  va mahalliy hokimiyat  organlarining byudjet  tizimini  boshqarishdagi
vakolatlarini belgilab beruvchi yuridik me’yorlarga asoslanadi. Bundan shu fikr
kelib  chiqadiki,  “byudjet  tuzilishi”  tushunchasi  mazmun  jihatidan  “byudjet
Logotip
Davlat byudjeti Reja: 1. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi. 2. Davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati. 3. Davlat byudjeti daromadlari va harajatlari. 1-savol bayoni. Byudjet tuzilishi deganda byudjet tizimi tarkibida uni tashkil etuvchi elementlar (byudjet turlari, bo‘g‘inlari)ni ajratish va ular o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash imkoniyatini beradigan tashkiliy-huquqiy tuzilishi tushuniladi. Sodda qilib aytadigan bo‘lsak, byudjet tuzilishi byudjet tizimi qurilishi hamda byudjet jarayonini tashkil etishning asosiy tamoyillarini anglatadi. Byudjet tuzilishi davlatning (ma’muriy-hududiy) tuzilishi bilan belgilanadi. Mamlakatning ma’muriy-hududiy bo‘linishi byudjet tizimlari bo‘g‘inlari sonini belgilaydi, har bir darajadagi davlat hokimiyati organiga tegishli byudjet konstitutsiyaviy yo‘l bilan biriktirilgan bo‘ladi. Mamlakatlarning davlat tuzilishidagi, hokimiyat turli darajalarining byudjet huquqlaridagi farqlar turli shakldagi va modeldagi byudjet tizimlarini mavjudligini belgilaydi. Davlatning byudjet tuzilishi turli darajadagi byudjetlarning turlarini, har bir byudjet bo‘g‘inining tayinlanishini, turli pog‘onadagi byudjetlar o‘rtasida daromad va harajatlarning taqsimlanishini, ularning amal qilish tamoyillarini, markaziy hukumat va mahalliy hokimiyat organlarining byudjet tizimini boshqarishdagi vakolatlarini belgilab beruvchi yuridik me’yorlarga asoslanadi. Bundan shu fikr kelib chiqadiki, “byudjet tuzilishi” tushunchasi mazmun jihatidan “byudjet
tizimi”dan kengroq tushunchani anglatadi. Byudjet tizimi esa mamlakatda amal
qiluvchi barcha darajadaga byudjetlar yig‘indisini bildiradi.
Demak, byudjet tuzilishi mamlakatning davlat byudjeti va byudjet tizimini,
uning  bo‘g‘inlari  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlarni  tashkil  qilish  shakllarini,
byudjet  tasnifini,  byudjet  tizimiga  kiradigan  barcha  darajadagi  byudjetlar
faoliyatining  huquqiy  asoslarini,  byudjetlar  tarkibi  va  tuzilmasini,  byudjet
mablag‘larini shakllantirish va sarflashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab
beradi. Rus iqtisodchilari tomonidan ham aynan har bir mamlakat o‘zining davlat
tuzilishi  hamda  ma’muriy-hududiy  bo‘linishi  bilan  belgilanadigan  byudjet
qurilishiga ega bo‘lishini ta’kidlashgan1. 
Demak,  byudjet  tuzilishining  qanday  bo‘lishi  mamlakatning  ma’muriy-
hududiy tuzilishiga, amalda bo‘lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga va hukumat
organlarining vakolatlari taqsimotiga bog‘liq bo‘ladi. Markaziy hukumat bilan
mamlakatning  ma’muriy-hududiy  tuzilmalari  (shtatlar,  provinsiyalar,  oblast
(viloyat)lar,  o‘lkalar  kabi)  o‘rtasida  hokimiyat  vakolatlarining  taqsimlanishiga
ko‘ra barcha davlatlar unitar va federativ (federativ davlatlarda davlat qurilishining
ikki  shakli  –  federativ  va  konfederativ  davlat  qurilishi  mavjud)  davlatlarga
bo‘linadi. 
Unitar  (yagona)  davlat –  bu  tarkibidagi  ma’muriy-hududiy  birliklar
(tuzilmalar)  o‘z  davlatchiligiga  yoki  muxtoriyatiga  ega  bo‘lmaydigan  davlat
tuzilishidir. Mamlakatda yagona konstitutsiya, hamma uchun umumiy bo‘lgan
huquq  tizimi  va  yagona  hokimiyat  organlari,  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  siyosiy
jarayonlarni markazlashtirilgan boshqarish tizimi amal qiladi. Unitar davlatlarda
ikki pog‘onali byudjet tizimi amal qiladi:
-
davlat byudjeti (bu bo‘g‘in turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi, masalan,
markaziy byudjet, respublika byudjeti, hukumat byudjeti kabi);
-
mahalliy byudjetlar.
Unitar  davlatlarga  Qozog‘iston,  Yaponiya,  Shvesiya,  Fransiya,  Polsha,
O‘zbekiston kabi davlatlar kiradi.
1 Byudjetnaya sistema Rossiyskoy Federatsii: uchebnik / pod obsh. red. Yu. S. Dolganovovoy, N. A. Istominoy. –
Yekaterinburg: Izd-vo Ural. un-ta, 2019. –  s. 39.
Logotip
tizimi”dan kengroq tushunchani anglatadi. Byudjet tizimi esa mamlakatda amal qiluvchi barcha darajadaga byudjetlar yig‘indisini bildiradi. Demak, byudjet tuzilishi mamlakatning davlat byudjeti va byudjet tizimini, uning bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tashkil qilish shakllarini, byudjet tasnifini, byudjet tizimiga kiradigan barcha darajadagi byudjetlar faoliyatining huquqiy asoslarini, byudjetlar tarkibi va tuzilmasini, byudjet mablag‘larini shakllantirish va sarflashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab beradi. Rus iqtisodchilari tomonidan ham aynan har bir mamlakat o‘zining davlat tuzilishi hamda ma’muriy-hududiy bo‘linishi bilan belgilanadigan byudjet qurilishiga ega bo‘lishini ta’kidlashgan1. Demak, byudjet tuzilishining qanday bo‘lishi mamlakatning ma’muriy- hududiy tuzilishiga, amalda bo‘lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga va hukumat organlarining vakolatlari taqsimotiga bog‘liq bo‘ladi. Markaziy hukumat bilan mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilmalari (shtatlar, provinsiyalar, oblast (viloyat)lar, o‘lkalar kabi) o‘rtasida hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishiga ko‘ra barcha davlatlar unitar va federativ (federativ davlatlarda davlat qurilishining ikki shakli – federativ va konfederativ davlat qurilishi mavjud) davlatlarga bo‘linadi. Unitar (yagona) davlat – bu tarkibidagi ma’muriy-hududiy birliklar (tuzilmalar) o‘z davlatchiligiga yoki muxtoriyatiga ega bo‘lmaydigan davlat tuzilishidir. Mamlakatda yagona konstitutsiya, hamma uchun umumiy bo‘lgan huquq tizimi va yagona hokimiyat organlari, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlarni markazlashtirilgan boshqarish tizimi amal qiladi. Unitar davlatlarda ikki pog‘onali byudjet tizimi amal qiladi: - davlat byudjeti (bu bo‘g‘in turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi, masalan, markaziy byudjet, respublika byudjeti, hukumat byudjeti kabi); - mahalliy byudjetlar. Unitar davlatlarga Qozog‘iston, Yaponiya, Shvesiya, Fransiya, Polsha, O‘zbekiston kabi davlatlar kiradi. 1 Byudjetnaya sistema Rossiyskoy Federatsii: uchebnik / pod obsh. red. Yu. S. Dolganovovoy, N. A. Istominoy. – Yekaterinburg: Izd-vo Ural. un-ta, 2019. – s. 39.
Federativ asosda tarkib topgan davlatlarda uch pog‘onali byudjet tizimi amal
qiladi: 
-
federal byudjet (turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi, masalan: davlat
byudjeti, markaziy byudjet, federal byudjet);
-
federatsiya sub’ekt(a’zo)larining byudjetlari;
-
mahalliy (munitsipal) byudjetlar.
Federativ  davlatlarga  Rossiya  Federatsiyasi,  Germaniya  Federativ
Respublikasi, AQSH, Kanada, Meksika, Avstriya kabi davlatlar kiradi.
Jahon amaliyotida davlat qurilishining shakllariga mos ravishda bir qancha
byudjet tuzilishi modellari amal qiladi:
-
markazlashmagan model;
-
markazlashgan model;
-
aralash model.
Byudjet tuzilishining markazlashmagan modelida markaziy va mahalliy
byudjetlar avtonom (mustaqil) bo‘lib, ularning har biri o‘z harajatlarini to‘liq
qoplay oladigan daromad manbalariga ega bo‘ladi.
Markazlashgan  model barcha  darajadagi  byudjetlarni  yagona  davlat
byudjetida birlashtirishni nazarda tutadi, bunda markaziy byudjet barcha mahalliy
byudjetlar uchun (daromadlilik darajasini) tartibga soluvchi vazifani bajaradi.
Byudjet  tuzilishining  aralash  modeli barcha  darajadagi  byudjetlarni
yagona davlat byudjetida birlashtirishni nazarda tutadi, lekin bunda har bir yuqori
turuvchi  byudjet  quyi  byudjetlarning  daromadlilik  darajasini  tartibga  solish
vazifasini bajargani holda, har bir mahalliy byudjetning ham o‘z harajatlarini
qoplashga mo‘ljallangan o‘z daromad manbalari mavjud bo‘ladi.
Federatsiya  a’zolarining  mavqeidan  kelib  chiqib  byudjet  qurilishi
modeli ikkiga ajratiladi:
-
Simmetrik (federatsiya a’zolarining tengligi kuzatiladi, AQSH, Germaniya);
-
Assimetrik (federatsiya a’zolarining 6 xil mavqei kuzatiladi, Rossiya).
Byudjet qurilishiga demokratlashtirish va markazlashtirishning ta’siri nuqtai
nazaridan ham ikki turi farqlanadi:
Logotip
Federativ asosda tarkib topgan davlatlarda uch pog‘onali byudjet tizimi amal qiladi: - federal byudjet (turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi, masalan: davlat byudjeti, markaziy byudjet, federal byudjet); - federatsiya sub’ekt(a’zo)larining byudjetlari; - mahalliy (munitsipal) byudjetlar. Federativ davlatlarga Rossiya Federatsiyasi, Germaniya Federativ Respublikasi, AQSH, Kanada, Meksika, Avstriya kabi davlatlar kiradi. Jahon amaliyotida davlat qurilishining shakllariga mos ravishda bir qancha byudjet tuzilishi modellari amal qiladi: - markazlashmagan model; - markazlashgan model; - aralash model. Byudjet tuzilishining markazlashmagan modelida markaziy va mahalliy byudjetlar avtonom (mustaqil) bo‘lib, ularning har biri o‘z harajatlarini to‘liq qoplay oladigan daromad manbalariga ega bo‘ladi. Markazlashgan model barcha darajadagi byudjetlarni yagona davlat byudjetida birlashtirishni nazarda tutadi, bunda markaziy byudjet barcha mahalliy byudjetlar uchun (daromadlilik darajasini) tartibga soluvchi vazifani bajaradi. Byudjet tuzilishining aralash modeli barcha darajadagi byudjetlarni yagona davlat byudjetida birlashtirishni nazarda tutadi, lekin bunda har bir yuqori turuvchi byudjet quyi byudjetlarning daromadlilik darajasini tartibga solish vazifasini bajargani holda, har bir mahalliy byudjetning ham o‘z harajatlarini qoplashga mo‘ljallangan o‘z daromad manbalari mavjud bo‘ladi. Federatsiya a’zolarining mavqeidan kelib chiqib byudjet qurilishi modeli ikkiga ajratiladi: - Simmetrik (federatsiya a’zolarining tengligi kuzatiladi, AQSH, Germaniya); - Assimetrik (federatsiya a’zolarining 6 xil mavqei kuzatiladi, Rossiya). Byudjet qurilishiga demokratlashtirish va markazlashtirishning ta’siri nuqtai nazaridan ham ikki turi farqlanadi:
-
Liberal-demokratik  model  (Rossiya).  Ushbu  model  mustaqillik  tamoyili
asosida amalga oshiriladi;
-
Ma’muriy-jamoaviy  model  (sobiq  ittifoq  mamlakatlari).  Ushbu  model
yagonalik va markazlashtirish tamoyillari asosida amalga oshirilgan.
Mustaqillik darajasiga ko‘ra byudjet qurilishi amerika va g‘arbiy-yevropa
tipida bo‘lishi  mumkin.  Amerika  tipidagi  byudjet  qurilishida  quyi  darajada
(ikkinchi va uchinchi darajada)gi byudjetlar avtonomligi bilan, g‘arbiy-yevropa
tipidagi  modelda esa  federal  byudjet  hududiy  taraqqiyotni  tartibga  keltirishda
yuqori darajadagi ishtiroki bilan ajralib turadi.
O‘zbekistonning byudjet tuzilishi modeli markazlashtirilgan bo‘lib, byudjet
tizimi ikki darajaga ega. Birinchi darajaga O‘zbekiston Respublikasi respublika
byudjeti, ikkinchisiga esa – Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy
byudjetlar kiradi. Bunda respublika byudjeti byudjet tizimining asosiy darajasi
hisoblanadi, Qoraqalpog‘iston  Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning
yig‘indisi  O‘zbekiston  byudjet  tizimining  ikkinchi  darajasini  tashkil  etadi.
O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti umumdavlat soliqlari va majburiy
to‘lovlari hisobiga shakllantiriladi va umumdavlat ahamiyatiga molik tadbirlarni
moliyalashtirishga ishlatiladi.
O‘zbekiston  Respublikasi  Byudjet  Kodeksining  3-moddasiga  asosan,
byudjet tizimi byudjetlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, davlat
maqsadli  jamg‘armalari  byudjetlari  va  byudjet  tashkilotlarining  byudjetdan
tashqari jamg‘armalaridan iborat (2.1-chizma). 
Ўзбекистон Республикаси бюджет тизими
Бюджет тизими 
бюджетларини ташкил 
этиш принциплари, 
бюджет жараёнида юзага 
келадиган ўзаро 
муносабатлар
Бюджет ташкилотларининг 
бюджетдан ташқари 
мақсадли жамғармалари
Давлат мақсадли 
жамғармалари бюджетлари
Давлат бюджети
Logotip
- Liberal-demokratik model (Rossiya). Ushbu model mustaqillik tamoyili asosida amalga oshiriladi; - Ma’muriy-jamoaviy model (sobiq ittifoq mamlakatlari). Ushbu model yagonalik va markazlashtirish tamoyillari asosida amalga oshirilgan. Mustaqillik darajasiga ko‘ra byudjet qurilishi amerika va g‘arbiy-yevropa tipida bo‘lishi mumkin. Amerika tipidagi byudjet qurilishida quyi darajada (ikkinchi va uchinchi darajada)gi byudjetlar avtonomligi bilan, g‘arbiy-yevropa tipidagi modelda esa federal byudjet hududiy taraqqiyotni tartibga keltirishda yuqori darajadagi ishtiroki bilan ajralib turadi. O‘zbekistonning byudjet tuzilishi modeli markazlashtirilgan bo‘lib, byudjet tizimi ikki darajaga ega. Birinchi darajaga O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti, ikkinchisiga esa – Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar kiradi. Bunda respublika byudjeti byudjet tizimining asosiy darajasi hisoblanadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning yig‘indisi O‘zbekiston byudjet tizimining ikkinchi darajasini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti umumdavlat soliqlari va majburiy to‘lovlari hisobiga shakllantiriladi va umumdavlat ahamiyatiga molik tadbirlarni moliyalashtirishga ishlatiladi. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 3-moddasiga asosan, byudjet tizimi byudjetlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalaridan iborat (2.1-chizma). Ўзбекистон Республикаси бюджет тизими Бюджет тизими бюджетларини ташкил этиш принциплари, бюджет жараёнида юзага келадиган ўзаро муносабатлар Бюджет ташкилотларининг бюджетдан ташқари мақсадли жамғармалари Давлат мақсадли жамғармалари бюджетлари Давлат бюджети
2.1-chizma. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimining tuzilishi
Keng  ma’noda  byudjet  tizimi –  iqtisodiy  munosabatlarga  asoslangan,
davlat qurilishining shakliga mos ravishda tuzilgan, huquq normalari bilan tartibga
solinadigan markaziy va mahalliy byudjetlar yig‘indisidan, shuningdek, har bir
byudjet  bo‘g‘iniga  tegishli  bo‘lgan  soliq  va  yig‘imlar  yig‘indisidan,  harajat
vakolatlari hamda byudjetlararo transfertlar yig‘indisidan iboratdir. Tor ma’noda
byudjet  tizimi mamlakatda  amal  qiluvchi  barcha  darajadagi  byudjetlar
yig‘indisidir.
Biz  yuqorida  hokimiyatning  markaziy  va  ma’muriy-hududiy  birliklar
o‘rtasida  taqsimlanishi  darajasiga  ko‘ra  barcha  davlatlar  unitar,  federativ  va
konfederativ  davlatlarga  bo‘linishi,  ularning  hususiyatlarini  ta’kidlab  o‘tdik.
Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi unitar davlatdir. 
Unitar  davlat  sifatida  O‘zbekiston  Respublikasi  byudjet  tizimi  ikki
bo‘g‘indan – respublika byudjeti va mahalliy byudjetlardan tashkil topadi. Bu
byudjetlar  mamlakatimizdagi  davlat  byudjeti  amal  qilishining  tashkiliy  shakli
bo‘lib  xizmat  qiladi.  Davlat  byudjeti  o‘z  ichida  respublika  byudjetini,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetini va keng tarmoqli mahalliy byudjetlarni
birlashtiradi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Byudjet  Kodeksining  “Byudjet  tizimi
tushunchasi  va  prinsiplari”  deb  nomlangan  2-bobining  6-moddasida  byudjet
tizimiga quyidagicha ta’rif berilgan: 
“Byudjet tizimi barcha darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg‘armalari
byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari, byudjet
Logotip
2.1-chizma. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimining tuzilishi Keng ma’noda byudjet tizimi – iqtisodiy munosabatlarga asoslangan, davlat qurilishining shakliga mos ravishda tuzilgan, huquq normalari bilan tartibga solinadigan markaziy va mahalliy byudjetlar yig‘indisidan, shuningdek, har bir byudjet bo‘g‘iniga tegishli bo‘lgan soliq va yig‘imlar yig‘indisidan, harajat vakolatlari hamda byudjetlararo transfertlar yig‘indisidan iboratdir. Tor ma’noda byudjet tizimi mamlakatda amal qiluvchi barcha darajadagi byudjetlar yig‘indisidir. Biz yuqorida hokimiyatning markaziy va ma’muriy-hududiy birliklar o‘rtasida taqsimlanishi darajasiga ko‘ra barcha davlatlar unitar, federativ va konfederativ davlatlarga bo‘linishi, ularning hususiyatlarini ta’kidlab o‘tdik. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi unitar davlatdir. Unitar davlat sifatida O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi ikki bo‘g‘indan – respublika byudjeti va mahalliy byudjetlardan tashkil topadi. Bu byudjetlar mamlakatimizdagi davlat byudjeti amal qilishining tashkiliy shakli bo‘lib xizmat qiladi. Davlat byudjeti o‘z ichida respublika byudjetini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetini va keng tarmoqli mahalliy byudjetlarni birlashtiradi. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining “Byudjet tizimi tushunchasi va prinsiplari” deb nomlangan 2-bobining 6-moddasida byudjet tizimiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Byudjet tizimi barcha darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari, byudjet
tizimi  byudjetlarini  tuzish  va  tashkil  etish  prinsiplari,  ular  o‘rtasida  byudjet
jarayoni  mobaynida  yuzaga  keladigan  o‘zaro  munosabatlar  yig‘indisini  o‘zida
ifodalaydi. Moliya yili uchun byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish,
ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish O‘zbekiston Respublikasining
milliy valyutasi – so‘mda amalga oshiriladi”2.
Bugungi kunda davlat byudjetida davlatning byudjetdan tashqari maqsadli
fondlari  ham  konsolidatsiyalashadi  (jamlanadi),  ular  davlat  byudjeti  bilan
birgalikda jamlanma byudjetni (konsolidatsiyalashgan byudjet) tashkil qiladi. 
2-savol bayoni. Jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmasining shakllanishi va
rivojlanishida tarixiy taraqqiyotning har bir bosqichida muayyan siyosat doirasida
amalga oshiriladigan davlat tomonidan tartiblash muhim rol o‘ynaydi. Davlatning
o‘z vazifa va funksiyalarini bajarishiga, o‘z iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga
oshirishiga imkon beradigan qurol, dastaklardan biri ham bu davlat byudjetidir.
Byudjet – bu davlat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari vazifalari va
funksiyalarini  moliyaviy  ta’minlash  uchun  mo‘ljallangan  pul  mablag‘lari
jamg‘armalarini to‘plash va sarflash shaklidir.
Bozor munosabatlari va iqtisodiyotni erkinlashtirishning hozirgi sharoitida
makro  va  mikro  darajadagi  moliyaviy  resurslar  oqimlarining  barqaror
mexanizmlarini shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy resurslar
oqimlarini mukammallashtirish iqtisodiyot rivojlanishining o‘zaro nisbiyligini va
tengligini  ta’minlaydi,  iqtisodiyoning  turli  sektorlari  va  sohalarini  rivojlanishi
hamda  samarali  ishlashini  ta’minlaydi  hamda  byudjet  daromadlari  va
harajatlarining tengligini ta’minlaydi.
Byudjet munosabatlari – bu jamiyat iqtisodiy tizimining ajralmas qismidir,
uning amal qilishi davlat tomonidan unga tegishli funksiyalarni bajarishi uchun
zaruriy moddiy-moliyaviy bazani shakllantirish bilan ob’ektiv ravishda aniqlanadi.
Davlat byudjeti davlatning asosiy (bosh) moliyaviy rejasi sifatida davlat
iqtisodiy imkoniyatlarining moliyaviy asoslarini tashkil etadi. 
2 O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 52-I-son.
6-modda.
Logotip
tizimi byudjetlarini tuzish va tashkil etish prinsiplari, ular o‘rtasida byudjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar yig‘indisini o‘zida ifodalaydi. Moliya yili uchun byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so‘mda amalga oshiriladi”2. Bugungi kunda davlat byudjetida davlatning byudjetdan tashqari maqsadli fondlari ham konsolidatsiyalashadi (jamlanadi), ular davlat byudjeti bilan birgalikda jamlanma byudjetni (konsolidatsiyalashgan byudjet) tashkil qiladi. 2-savol bayoni. Jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmasining shakllanishi va rivojlanishida tarixiy taraqqiyotning har bir bosqichida muayyan siyosat doirasida amalga oshiriladigan davlat tomonidan tartiblash muhim rol o‘ynaydi. Davlatning o‘z vazifa va funksiyalarini bajarishiga, o‘z iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishiga imkon beradigan qurol, dastaklardan biri ham bu davlat byudjetidir. Byudjet – bu davlat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari vazifalari va funksiyalarini moliyaviy ta’minlash uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari jamg‘armalarini to‘plash va sarflash shaklidir. Bozor munosabatlari va iqtisodiyotni erkinlashtirishning hozirgi sharoitida makro va mikro darajadagi moliyaviy resurslar oqimlarining barqaror mexanizmlarini shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy resurslar oqimlarini mukammallashtirish iqtisodiyot rivojlanishining o‘zaro nisbiyligini va tengligini ta’minlaydi, iqtisodiyoning turli sektorlari va sohalarini rivojlanishi hamda samarali ishlashini ta’minlaydi hamda byudjet daromadlari va harajatlarining tengligini ta’minlaydi. Byudjet munosabatlari – bu jamiyat iqtisodiy tizimining ajralmas qismidir, uning amal qilishi davlat tomonidan unga tegishli funksiyalarni bajarishi uchun zaruriy moddiy-moliyaviy bazani shakllantirish bilan ob’ektiv ravishda aniqlanadi. Davlat byudjeti davlatning asosiy (bosh) moliyaviy rejasi sifatida davlat iqtisodiy imkoniyatlarining moliyaviy asoslarini tashkil etadi. 2 O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 52-I-son. 6-modda.
Demak,  bir  tomondan  byudjetning  paydo  bo‘lishi  davlatlarning  paydo
bo‘lishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, aynan bozor iqtisodiyoti
sharoitida jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy sohalaridagi davlat islohotlarini amalga
oshirishning  asosiy  instrumenti  sifatidagi  byudjetning  sifat  belgilariga  aniqlik
kiritiladi. 
Byudjet – murakkab iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Chunki, uning moddiy
asosini kengaytirilgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni tashkil qiladi.
Byudjet  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  markazlashtirilgan  pul  mablag‘lari
fondini  shakllantirish,  rejali  taqsimlash  hamda  foydalanish  jarayonida  yuzaga
keladigan iqtisodiy (pul) munosabatlari yig‘indisini anglatadi.
Iqtisodiy  kategoriya  sifatida  byudjet  quyidagi  xususiyatlarga  ega  (1.1-
chizma):
1.1-chizma. 
Tarixiylik xususiyati – byudjet kategoriya sifatida tarixan shakllangan, turli
davlatlarda  o‘ziga  xos  yaratilish  xususiyatlariga  ega  va  bu  holat  zamonaviy
sharoitlarda ham namoyon bo‘lmoqda.
Rejalilik xususiyati – byudjet amal qilishining asosiy xususiyati uning rejali
harakterga ega ekanligidadir.
Бюджет
Муддатлилик
Тарихийлик
Режалилик
Ҳуқуқий 
характерга 
эгалиги
Logotip
Demak, bir tomondan byudjetning paydo bo‘lishi davlatlarning paydo bo‘lishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, aynan bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy sohalaridagi davlat islohotlarini amalga oshirishning asosiy instrumenti sifatidagi byudjetning sifat belgilariga aniqlik kiritiladi. Byudjet – murakkab iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Chunki, uning moddiy asosini kengaytirilgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni tashkil qiladi. Byudjet iqtisodiy kategoriya sifatida markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondini shakllantirish, rejali taqsimlash hamda foydalanish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy (pul) munosabatlari yig‘indisini anglatadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida byudjet quyidagi xususiyatlarga ega (1.1- chizma): 1.1-chizma. Tarixiylik xususiyati – byudjet kategoriya sifatida tarixan shakllangan, turli davlatlarda o‘ziga xos yaratilish xususiyatlariga ega va bu holat zamonaviy sharoitlarda ham namoyon bo‘lmoqda. Rejalilik xususiyati – byudjet amal qilishining asosiy xususiyati uning rejali harakterga ega ekanligidadir. Бюджет Муддатлилик Тарихийлик Режалилик Ҳуқуқий характерга эгалиги
Huquqiy harakterga egaligi xususiyati – byudjet me’yoriy hujjat sifatida
qonuniy kuchga ega ekanligini anglatadi.
Muddatlilik xususiyati – byudjet belgilangan muddat uchun tuziladi va ijro
etiladi.
Demak, iqtisodiy kategoriya sifatida davlat byudjeti – davlat bilan yuridik va
jismoniy shaxslar o‘rtasida mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulotni, uning
faol qismi bo‘lgan milliy daromadni (qisman milliy boylikni) qayta taqsimlash
bo‘yicha kelib chiqadigan pul munosabatlari tizimini anglatib, uning natijasida
iqtisodiyotni,  ijtimoiy-madaniy  sohalarni,  mudofaa  va  davlat  boshqaruvi
ehtiyojlarini moliyalashtirishga mo‘ljallangan pul fondi –  davlat byudjeti tashkil
topadi va belgilangan maqsadlar uchun ishlatiladi.
3-savol  bayoni.  Byudjet  fondini  shakllantirishda  ikki  xil  tushunchadan
foydalaniladi: 
1) byudjetga to‘lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar);
2) davlat byudjetining daromadlari.
Bu tushunchalar bir xil ma’noni anglatadi. Chunki ularning ikkalasi ham
davlat va mablag‘ to‘lovchilar o‘rtasida vujudga keladigan bir xildagi taqsimlash
munosabatlarini ifoda etadi. Bu yerda faqat ma’no jihatidan emas, balki miqdoriy
jihatdan  ham  bir  xillikka  erishilgan.  Zero,  ularning  har  ikkalasi  ham  milliy
daromadning yagona qismiga tegishlidir. Biroq bu tushunchalarning ikkiyoq-lamalik
harakterga egaligini ham unutmaslik lozim.
Davlat byudjetiga to‘lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar), eng
avvalo,  to‘lovchilarning  harajatlaridan  iborat  bo‘lib,  ularning  daromadlaridan
chegirilsada, bir vaqtning o‘zida ular davlat byudjetida davlatning daromadlari
sifatida  gavdalanadi.  Ana  shundan  taqsimlash  munosabatlariga  kirishgan
ishtirokchilar (tomonlar) o‘rtasidagi manfaatlarda ba’zi bir farqli jihatlar vujudga
keladi. Davlat byudjetning daromadlarini oshirishdan manfaatdor bo‘lsa, bu narsa u
yoki  bu  darajada  to‘lovchilarning  (yuridik 
va  jismoniy  shaxslarning)
manfaatdorligini (qiziquvchanligini) pasaytiradi.
Logotip
Huquqiy harakterga egaligi xususiyati – byudjet me’yoriy hujjat sifatida qonuniy kuchga ega ekanligini anglatadi. Muddatlilik xususiyati – byudjet belgilangan muddat uchun tuziladi va ijro etiladi. Demak, iqtisodiy kategoriya sifatida davlat byudjeti – davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulotni, uning faol qismi bo‘lgan milliy daromadni (qisman milliy boylikni) qayta taqsimlash bo‘yicha kelib chiqadigan pul munosabatlari tizimini anglatib, uning natijasida iqtisodiyotni, ijtimoiy-madaniy sohalarni, mudofaa va davlat boshqaruvi ehtiyojlarini moliyalashtirishga mo‘ljallangan pul fondi – davlat byudjeti tashkil topadi va belgilangan maqsadlar uchun ishlatiladi. 3-savol bayoni. Byudjet fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan foydalaniladi: 1) byudjetga to‘lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar); 2) davlat byudjetining daromadlari. Bu tushunchalar bir xil ma’noni anglatadi. Chunki ularning ikkalasi ham davlat va mablag‘ to‘lovchilar o‘rtasida vujudga keladigan bir xildagi taqsimlash munosabatlarini ifoda etadi. Bu yerda faqat ma’no jihatidan emas, balki miqdoriy jihatdan ham bir xillikka erishilgan. Zero, ularning har ikkalasi ham milliy daromadning yagona qismiga tegishlidir. Biroq bu tushunchalarning ikkiyoq-lamalik harakterga egaligini ham unutmaslik lozim. Davlat byudjetiga to‘lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar), eng avvalo, to‘lovchilarning harajatlaridan iborat bo‘lib, ularning daromadlaridan chegirilsada, bir vaqtning o‘zida ular davlat byudjetida davlatning daromadlari sifatida gavdalanadi. Ana shundan taqsimlash munosabatlariga kirishgan ishtirokchilar (tomonlar) o‘rtasidagi manfaatlarda ba’zi bir farqli jihatlar vujudga keladi. Davlat byudjetning daromadlarini oshirishdan manfaatdor bo‘lsa, bu narsa u yoki bu darajada to‘lovchilarning (yuridik va jismoniy shaxslarning) manfaatdorligini (qiziquvchanligini) pasaytiradi.
Shunday qilib, “byudjetga to‘lovlar” va “davlat byudjetining daromadlari”
tushunchalari yuqorida ko‘rsatilgan umumiylikka ega bo‘lsalar-da, bir vaqtning
o‘zida, ular o‘rtasida ob’ektiv farqlar ham mavjud. Byudjetga to‘lovlar xo‘jalik
yurituvchi  sub’ektlar  yoki  to‘lovchilar  moliyasining  tarkibiy  elementlaridan
hisoblanadi va boshqa taqsimlash munosabatlari bilan o‘zaro organik bog‘liqlikda
ko‘riladi;  davlat  byudjetida  ular  daromadlar  shaklini  oladi  va  byudjetning
sub’ektlar  (xo‘jaliklar)  bilan  byudjet  munosabatlari  keng  sohalarining  boshqa
elementlari bilan o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilinadi. Bu holda, taqsimlanayotgan
milliy daromadning yagona qismi  ikki xil iqtisodiy mazmun kasb etadi va moliya
tizimining turli bo‘linmalarida turlicha ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Davlat byudjetining daromadlari o‘zining yaxlitligi (yagona-ligi, birligi) bilan
farqlanadi va ular yagona maqsadga – ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat
qiladi. Undirish metodlari, to‘lovchilarning tarkibi, to‘lash muddatlari va hokazolarda
katta  farqlanishlar bo‘lishiga  qaramasdan,  ularning  barchasi  davlat  pul  fondini
shakllantirish bo‘yicha davlat va to‘lovchilar o‘rtasida vujudga kel-gan taqsimlash
munosabatlarini  tashuvchilar  (ifodalovchilar)dir.  Bu  o‘z navbatida,  mablag‘larni
to‘lovchilar bilan davlat o‘rtasidagi munosabatlarning barchasi orasidan moliyaviy
(byudjet) kategoriyaning bir ko‘rinishi sifatida alohida munosabatlarni ajratib olishga
asos yaratib beradi. Agar moliya iqtisodiy kategoriya sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa,
byudjet bu kategoriyaning tarkibiy qismi, ko‘rinishlaridan biridir. O‘z navbatida,
byudjet o‘ziga tegishli bo‘lgan  (byudjetli) kategoriyalarni vujudga keltiradi. Ular
davlat  byudjeti 
deb  nomlangan  kategoriyaga  nisbatan  ma’lum 
darajada
bo‘ysunuvchanlik harakteriga ega bo‘lib, uning tarkibiy qismlari sifatida maydonga
chiqadi.  Ana  shunday  byudjet  kategoriyalaridan  biri  davlat  byudjetining
daromadlaridir.
Davlat byudjeti daromadlarining byudjet kategoriyalarining ko‘rinishlaridan
biri sifatida ajratilishi ularning umumiy iqtisodiy asoslari va harakterli belgilarini
yaxshiroq tushunishga imkon yaratadi. Byudjet daromadlari davlatning sub’ektlar
(xo‘jaliklar  va  aholi)  bilan  o‘zaro  munosabatlarining  aniq  chegaralangan,
aniqlangan qismini ifoda etadi. Bu munosabatlar xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan,
Logotip
Shunday qilib, “byudjetga to‘lovlar” va “davlat byudjetining daromadlari” tushunchalari yuqorida ko‘rsatilgan umumiylikka ega bo‘lsalar-da, bir vaqtning o‘zida, ular o‘rtasida ob’ektiv farqlar ham mavjud. Byudjetga to‘lovlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar yoki to‘lovchilar moliyasining tarkibiy elementlaridan hisoblanadi va boshqa taqsimlash munosabatlari bilan o‘zaro organik bog‘liqlikda ko‘riladi; davlat byudjetida ular daromadlar shaklini oladi va byudjetning sub’ektlar (xo‘jaliklar) bilan byudjet munosabatlari keng sohalarining boshqa elementlari bilan o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilinadi. Bu holda, taqsimlanayotgan milliy daromadning yagona qismi ikki xil iqtisodiy mazmun kasb etadi va moliya tizimining turli bo‘linmalarida turlicha ko‘rinishga ega bo‘ladi. Davlat byudjetining daromadlari o‘zining yaxlitligi (yagona-ligi, birligi) bilan farqlanadi va ular yagona maqsadga – ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi. Undirish metodlari, to‘lovchilarning tarkibi, to‘lash muddatlari va hokazolarda katta farqlanishlar bo‘lishiga qaramasdan, ularning barchasi davlat pul fondini shakllantirish bo‘yicha davlat va to‘lovchilar o‘rtasida vujudga kel-gan taqsimlash munosabatlarini tashuvchilar (ifodalovchilar)dir. Bu o‘z navbatida, mablag‘larni to‘lovchilar bilan davlat o‘rtasidagi munosabatlarning barchasi orasidan moliyaviy (byudjet) kategoriyaning bir ko‘rinishi sifatida alohida munosabatlarni ajratib olishga asos yaratib beradi. Agar moliya iqtisodiy kategoriya sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa, byudjet bu kategoriyaning tarkibiy qismi, ko‘rinishlaridan biridir. O‘z navbatida, byudjet o‘ziga tegishli bo‘lgan (byudjetli) kategoriyalarni vujudga keltiradi. Ular davlat byudjeti deb nomlangan kategoriyaga nisbatan ma’lum darajada bo‘ysunuvchanlik harakteriga ega bo‘lib, uning tarkibiy qismlari sifatida maydonga chiqadi. Ana shunday byudjet kategoriyalaridan biri davlat byudjetining daromadlaridir. Davlat byudjeti daromadlarining byudjet kategoriyalarining ko‘rinishlaridan biri sifatida ajratilishi ularning umumiy iqtisodiy asoslari va harakterli belgilarini yaxshiroq tushunishga imkon yaratadi. Byudjet daromadlari davlatning sub’ektlar (xo‘jaliklar va aholi) bilan o‘zaro munosabatlarining aniq chegaralangan, aniqlangan qismini ifoda etadi. Bu munosabatlar xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan,
ular umumiy belgilarga ega va  umumlashtirilgan, abstrakt holda ishlab chiqarish
(byudjet) munosabatlarining alohida elementi sifatida maydonga chiqadi.  Byudjet
daromadlari o‘zlarining iqtisodiy tabiatiga ko‘ra ob’ektiv bo‘lib, ular  davlatning
sub’ektlar  (xo‘jaliklar  va  aholi)  bilan  barqaror  aloqalarini  ifodalaydi.  Ularning
ob’ektiv zarurligi davlatning o‘ziga xos funksiyalarga ega bo‘lgan mavjudligi bilan
belgilanadi. 
Keng  ma’noda  daromadlar  moliya  fanining  emas,  balki  iqtisod  ilmining
kategoriyasi hisoblanadi. Ular taqsimlash ob’ekti (masalan, korxonaning yalpi yoki
sof daromadi) yoki taqsimlash natijasi (masalan, aholining oxirgi daromadlari)
bo‘lishi  mumkin.  Davlat byudjeti daromadlarining farqlanuvchi belgisi shundan
iboratki, ular taqsimlash natijasi (byudjetga to‘lovlar) va yanada taqsimlash ob’ekti
(byudjet ichidagi fondlarni shakllantirish va moliyalashtirish) sifatida maydonga
chiqadi.  Demak,  davlat  byudjetining  daromadlari  aniq  ifodalangan   byudjet
kategoriyasi bo‘lib, ularni shakllantirish va ulardan foydalanish taqsimlashning
byudjet mexanizmi orqali amalga oshiriladi. 
Davlat  byudjeti  daromadlarining  turli  ko‘rinishlarini  (qo‘shilgan qiymat
solig‘i, aksizlar, daromad solig‘i va boshqalar)  byudjet kategoriyalarining navbatdagi
ko‘rinishlari sifatida talqin qilish uchun asoslar yetarli emas. Chunki mazmuniga ko‘ra
iqtisodiy  kategoriyalar  ob’ektiv  bo‘lib,  ular  iqtisodiy  qonunlarning  harakatini
ifodalasa, ularning namoyon bo‘lish shakli esa, ma’lum darajada, sub’ektiv bo‘lishi
mumkin. Shuning uchun ham daromadlarning har bir ko‘rinishiga tegishli bo‘lgan
xususiyatlar  ob’ektiv  harakatdagi  (amaldagi)  iqtisodiy  kategoriyaning  –  davlat
byudjeti daromadlarining  namoyon bo‘lish, ifodalanish shaklidir. Bu xulosaning
to‘g‘riligini ko‘p yillik amaliyot ham tasdiqlaydi. 
Davlat bor ekan, davlat byudjetiga to‘lovlar ham mavjud bo‘la-di. Lekin
byudjetga to‘lovlarning shakli ma’lum bir bosqichda jamiyatning oldiga qo‘yilgan
vazifalarga muvofiq ravishda o‘zgarib boradi. Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir
bosqichida byudjetga to‘lovlarning u yoki bu turi hal qiluvchi rol o‘ynashi, vaqt
o‘tishi  bilan   esa  ular  o‘z  ahamiyatini  yo‘qotib,  boshqa  to‘lovlar  bilan
almashtirilishi  mumkin. Bu esa, o‘z navbatida,  davlat  byudjeti  daromadlari
Logotip
ular umumiy belgilarga ega va umumlashtirilgan, abstrakt holda ishlab chiqarish (byudjet) munosabatlarining alohida elementi sifatida maydonga chiqadi. Byudjet daromadlari o‘zlarining iqtisodiy tabiatiga ko‘ra ob’ektiv bo‘lib, ular davlatning sub’ektlar (xo‘jaliklar va aholi) bilan barqaror aloqalarini ifodalaydi. Ularning ob’ektiv zarurligi davlatning o‘ziga xos funksiyalarga ega bo‘lgan mavjudligi bilan belgilanadi. Keng ma’noda daromadlar moliya fanining emas, balki iqtisod ilmining kategoriyasi hisoblanadi. Ular taqsimlash ob’ekti (masalan, korxonaning yalpi yoki sof daromadi) yoki taqsimlash natijasi (masalan, aholining oxirgi daromadlari) bo‘lishi mumkin. Davlat byudjeti daromadlarining farqlanuvchi belgisi shundan iboratki, ular taqsimlash natijasi (byudjetga to‘lovlar) va yanada taqsimlash ob’ekti (byudjet ichidagi fondlarni shakllantirish va moliyalashtirish) sifatida maydonga chiqadi. Demak, davlat byudjetining daromadlari aniq ifodalangan byudjet kategoriyasi bo‘lib, ularni shakllantirish va ulardan foydalanish taqsimlashning byudjet mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Davlat byudjeti daromadlarining turli ko‘rinishlarini (qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, daromad solig‘i va boshqalar) byudjet kategoriyalarining navbatdagi ko‘rinishlari sifatida talqin qilish uchun asoslar yetarli emas. Chunki mazmuniga ko‘ra iqtisodiy kategoriyalar ob’ektiv bo‘lib, ular iqtisodiy qonunlarning harakatini ifodalasa, ularning namoyon bo‘lish shakli esa, ma’lum darajada, sub’ektiv bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham daromadlarning har bir ko‘rinishiga tegishli bo‘lgan xususiyatlar ob’ektiv harakatdagi (amaldagi) iqtisodiy kategoriyaning – davlat byudjeti daromadlarining namoyon bo‘lish, ifodalanish shaklidir. Bu xulosaning to‘g‘riligini ko‘p yillik amaliyot ham tasdiqlaydi. Davlat bor ekan, davlat byudjetiga to‘lovlar ham mavjud bo‘la-di. Lekin byudjetga to‘lovlarning shakli ma’lum bir bosqichda jamiyatning oldiga qo‘yilgan vazifalarga muvofiq ravishda o‘zgarib boradi. Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida byudjetga to‘lovlarning u yoki bu turi hal qiluvchi rol o‘ynashi, vaqt o‘tishi bilan esa ular o‘z ahamiyatini yo‘qotib, boshqa to‘lovlar bilan almashtirilishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, davlat byudjeti daromadlari