DAVLAT HOKIMIYATINING TASHKIL ETILISHI. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI
Yuklangan vaqt
2025-03-18
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
114
Faytl hajmi
117,7 KB
A
H
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI. O‘ZBEKISTON
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.
3. Moliya, pul va bank tizimi.
4. Mudofaa va xavfsizlik.
1. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI
Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi bu – qonun chiqaruvchi
hokimiyat
Sharhlanayotgan ushbu moddada Oliy Majlis tavsifi, uning huquqiy maqomi, asosiy
funksiyasi, tarkibi va vakolat muddati xususida fikr yuritilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi davlatdagi oliy vakillik organi hisoblanib,
unda xalq tomonidan saylangan deputatlar faoliyat olib boradilar.
Oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi boshqa vakillik organlari
(viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari, mahalla oqsoqollari)dan vakolat jihatidan
ustun hisoblanadi. “Vakillik” tushunchasining yana bir oʻziga xos jihati – u
xalqning, davlatning ishonchli kishilari mazmunini oʻzida mujassam etadi. Buni biz
Konstitutsiyaning 10-moddasida: “Oʻzbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan
Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin”, – deya aks ettirilgan
normada koʻrishimiz mumkin.
91-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik
organi boʻlib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata)
va Senatdan (yuqori palata) iborat.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati
vakolat muddati – besh yil.
Oliy Majlis mamlakat miqyosida yagona qonun chiqarish vakolatiga ega organ
hisoblanadi. Bizga maʼlumki, qonun jamiyatdagi muhim ijtimoiy munosabatlarni
tartibga solish uchun qabul qilanadi va normativ-huquqiy hujjatlar oʻrtasida yuridik
kuchi jihatidan eng yuqori oʻrinda turadi. Shunday normativ-huquqiy hujjatni qabul
qilish vakolati faqat Oliy Majlisga tegishli. Oliy Majlisdan boshqa birorta davlat
organi yoki mansabdor shaxs (jumladan, Vazirlar Mahkamasi, Prezident va h.k.)
qonun qabul qilishga, mavjud qonunlarni bekor qilish yoki oʻzgartirishga haqli
emas. Shu bilan bir qatorda, Oliy Majlisni davlat hayotiga oid barcha faoliyatda
yagona va ustun organ emasligini ham qayd etish lozim. U oʻz faoliyati
doirasidagina harakat qiladi. Ijro va sud hokimiyati ishlariga aralashmasligi va ularni
oʻrnini bosmasligi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (quyi palata) va
Senatdan (yuqori palata) iborat. Oʻzbekiston Respublikasida 2002-yil 27-yanvarda
oʻtkazilgan umumxalq referendumi yakunlariga asosan Oliy Majlis tomonidan
“Referendum yakunlari va davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari
toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi,
“Oʻzbekiston Respublikasi Senati toʻgʻrisida”gi hamda “Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlar qabul
qilindi va ikki palatali parlamentning faoliyatiga huquqiy asos yaratildi.
Ushbu normani sharhlashda xorij tajribasiga biroz toʻxtalib oʻtish maqsadga
muvofiqdir. Jahonning bir qator davlatlarida faoliyat olib borayotgan ikki palatali
parlamentlarda palatalar oʻziga xos nomga ega. Misol uchun, Avstriya
parlamentidagi ikki palata – Milliy kengash va Federal kengash; Germaniya
Federativ Respublikasi parlamentidagi palatalar – Bundesrat va Bundestag;
Yaponiya parlamentidagi palatalar – Vakillar palatasi va Maslahatchilar palatasi;
Italiya parlamentidagi palatalar – Deputatlar palatasi va Senat; Kanada
parlamentidagi palatalar – Senat va Jamoalar palatasi; Rossiya Federativ
Respublikasi parlamentidagi palatalar – Davlat dumasi va Federatsiya Kengashi;
Ispaniya parlamentida – Deputatlar kongressi va Senat; Shveysariya parlamentidagi
ikki palata esa – Milliy kengash va Kantonlar kengashi deya nomlanadi.
Oliy Majlisning har bir palatasini nomlashda dunyoning rivojlangan davlatlari
parlamentarizmi tajribasini oʻzbekona ruh, oʻziga xoslik, sharqona mentalitet, milliy
hamda umuminsoniy qadriyatlar bilan uygʻunlashtirgan holda yagona xulosaga
kelindi hamda Quyi palata – “Qonunchilik palatasi” va yuqori palata – “Senat” deya
nomlandi.
Konstitutsiyaga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasi va Senati vakolat muddati besh yil ekanligi qayd etilgan. Ushbu muddat
Parlament va uning samarali faoliyati, siyosiy maydonda oʻz soʻzini aytishi, oʻzini
har tomonlama namoyon etishi uchun yetarli muddat hisoblanadi. Bu muddat
davomida deputatlar zarur tajriba toʻplaydilar, davriy saylovlar esa saylovchilarning
manfaatlarini inobatga olgan parlament tarkibini yangilash imkonini beradi.
Ayrim davlatlarda, misol uchun Ispaniyada Parlamentning har ikki palatasi uchun
vakolat muddati toʻrt yil belgilangan. Qozogʻistonda Senat deputatlari (yuqori
palata) vakolat muddati olti yil, Majlis deputatlari (quyi palata) vakolat muddati besh
yil. Ikki palataning vakolat muddatini bir xil muddatda belgilash, bir vaqtda
saylovlar oʻtkazish, bir vaqtda ish faoliyatini boshlash va faoliyatini yakunlash
maqsadga muvofiqdir. Shularni inobatga olsak, Oʻzbekiston Respublikasida har ikki
palataning vakolat muddati besh yil belgilanganligi oqilona muddatdir.
92-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi
boʻlib, Senat aʼzolaridan (senatorlardan) iborat.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzolari Qoraqalpogʻiston
Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat
hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoʻshma majlislarida
mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan Qoraqalpogʻiston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda – toʻrt kishidan
saylanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining toʻqqiz nafar
aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat
faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda
alohida xizmat koʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar orasidan Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Saylov kuni yigirma besh yoshga toʻlgan hamda kamida besh yil Oʻzbekiston
Respublikasi hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati,
shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosi boʻlishi
mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qoʻyiladigan talablar qonun bilan
belgilanadi.
Ayni bir shaxs bir paytning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi deputati va Senati aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati bir
vaqtning oʻzida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining,
viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining
deputati boʻlishi mumkin emas.
Ushbu moddada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tarkibi, yaʼni
Qonunchilik palatasi va Senati hamda ularni shakllantirish tartibi bilan bogʻliq
masala oʻz aksini topgan.
Qonunchilik palatasi Oliy Majlisning quyi palatasi hisoblanib, u hududiy saylov
okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz yigirma
deputatdan iborat tarkibda faoliyat yuritadi..
Mustaqilligimizning dastlabki yillarida mamlakatimiz parlamenti oldida oʻta muhim
masala – umumeʼtirof etilgan xalqaro huquq tamoyillari va normalariga toʻliq mos
keladigan demokratik saylov tizimini shakllantirish vazifasi turgan edi.
2019-yil 22-dekabr kuni Mamlakatimizda katta siyosiy jarayon - Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovi boʻlib oʻtdi.
2019-yil 22-dekabrda boʻlgan saylovlarda jami 13 963 627 nafar saylovchi ishtirok
etdi va bu saylovchilar umumiy sonining 67,8 foizini tashkil qildi.
Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 25-dekabrdagi qaroriga muvofiq
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi
25 ta saylov okruglarida birinchi turda gʻoliblar aniqlanmaganligi uchun, yaʼni
ushbu saylov okruglaridan nomzodlari koʻrsatilgan beshta siyosiy partiya
nomzodlarining birortasi ham ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 50
foizidan koʻp ovozini olaolmaganligi sababli ushbu saylov okruglarida ovoz
berishda ishtirok etgan saylovchilarning eng koʻp ovozlarini olgan ikki nafardan
nomzodlar oʻrtasida takroriy ovoz berishni oʻtkazish 2020-yil 5-yanvar kuniga
belgilandi. 5-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasiga saylov oʻtkazuvchi 25 ta saylov okruglaridagi 1 730 ta saylov
uchastkasida takroriy ovoz berish boʻlib oʻtdi.
Ushbu saylov uchastkalarida 3 million 147 ming 79 nafar fuqarolar Saylovchilarning
yagona elektron roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, ulardan 1 million 978 ming 48 nafari
takroriy ovoz berishda ishtirok etdi. Demak, Saylovchilarning yagona elektron
roʻyxatiga kiritilgan fuqarolarning 62,8 foizi takroriy ovoz berishda ishtirok etdi.
Shuni alohida aytib oʻtish lozim, Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 59-
moddasiga muvofiq takroriy ovoz berishda saylovchilarning ishtirok etishi foizi
hisobga olinmasada, biroq bu jarayonda ham 62,8 foiz saylovchilarning ishtirok
etganligi, fuqarolarimizning siyosiy huquqiy madaniyati yuksalib, ularning
yangilanayotgan
Oʻzbekistonda
yangitdan
shakllantirilayotgan
parlament
saylovlariga befarq emas ekanliklarini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan
keng qamrovli, odilona va insonparvar siyosatni qoʻllab-quvvatlashlarining yana bir
bor isboti boʻldi.
Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga
nisbatan koʻproq olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.
Takroriy ovoz berish jarayonini deputatlikka nomzodlar koʻrsatgan siyosiy
partiyalardan hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan jami besh
mingdan ortiq kuzatuvchilar kuzatib bordi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy
saylov
komissiyasi
tomonidan
akkreditatsiyadan
oʻtkazilgan
mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalarining vakillari hamda hududiy
saylov komissiyalaridan akkreditatsiyadan oʻtgan mahalliy jurnalistlar saylovlar
jarayonini faol yoritib bordilar.
2019-yil 25-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 125 ta saylov
okruglaridan nomzodlar Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan deb topilib,
roʻyxatga olingan edi. Bular:
– Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik
partiyasidan 42 nafar;
– Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 34 nafar;
– Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan 20 nafar;
– Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan 18 nafar;
– Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan 11 nafar deputatga Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi deputati maqomi berilgan edi.
2020-yil 5-yanvar kuni boʻlib oʻtgan takroriy ovoz berish natijalari boʻyicha
Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazuvchi 25 ta okrug saylov
komissiyalarining takroriy ovoz berish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalari va
qarorlariga asosan:
– Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik
partiyasining 15 nafardan 11 nafari;
– Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 11 nafardan 2 nafari;
– Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining 9 nafardan 4 nafari;
– Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 10 nafardan 4 nafari hamda
– Oʻzbekiston Ekologik partiyasining 5 nafardan 4 nafari Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylandilar.
Markaziy saylov komissiyasi hozir boʻlib oʻtgan yigʻilishida ushbu deputatlarni
roʻyxatga olish haqida qaror qabul qildi. Shunday qilib, Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi toʻliq shakillantirildi.
Dastlabki hamda takroriy ovoz berish natijasida, yaʼni saylovlarning umumiy
yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida
siyosiy partiyalar quyidagicha deputatlik oʻrinlariga ega boʻldilar:
1. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik
partiyasi 53 ta deputatlik oʻrni;
2. Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 36 ta deputatlik oʻrni;
3. Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi 24 ta deputatlik oʻrni;
4. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi 22 ta deputatlik oʻrni;
5. Oʻzbekiston Ekologik partiyasi 15 ta deputatlik oʻrnini egallashdi.
Oʻzbekiston
Respublikasi
Qonunchilik
palatasiga
saylangan
150
nafar
deputatlarning 48 nafari yoki 32 foizini xotin qizlar, 39 nafarini yoki 26 foizini oldin
ham Qonunchilik palatasi deputati boʻlganlar tashkil etadi.
Deputatlarning 9 nafari yoki 6 foizi 30 yoshgacha, 97 nafari yoki 65 foizi 30 yoshdan
50 yoshgacha boʻlganlar hamda 44 nafari yoki 29 foizi 50 yoshdan katta yoshdagilar.
Eng yosh deputat
26 yoshda. Eng yoshi ulugʻ deputat 71 yoshda.
Oʻzbek millatiga mansub deputatlar 130 nafar yoki 87,0%ni, boshqa millat vakillari
– 20 nafar yoki 13%ni tashkil qiladi. Ulardan qoraqalpoq va rus millatiga mansublar
5 nafardan, qozoq va tojik millatiga mansublar 3 nafardan, koreys millatiga
mansublar 2 nafarni hamda 1 nafardan turkman va qirgʻiz millatiga mansub
deputatlar tashkil qiladi.
Mutaxassisligi va ixtisosligi boʻyicha deputatlrning 32 nafari yoki 21,3 foizi fan-
taʼlim sohasi vakillari, 23 nafari yoki 15,3 foizi bank, moliya va iqtisod sohasi
vakillari, 21 nafari yoki 14 foizi huquqshunoslar, 21 nafari yoki 14 foizi jamoatchilik
va nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari, 12 nafari yoki 8 foizi qishloq xoʻjaligi
sohasi mutaxassislari, 9 nafari yoki 6 foizi tibbiyot sohasi vakillari, 9 nafari yoki 6
foizi qurilish, kommunikatsiya, transport va aloqa sohasi vakillari, 6 nafari yoki 4
foizi OAV vakillari, 7 nafari yoki 5 fozi tadbirkorlar hamda 10 nafari yoki 6,7 foizi
boshqa soha vakillari sanaladi.
2019-yil 10-dekabr kuni yangi tahrirda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-
moddasida Bosh vazir nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga saylovda eng koʻp deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiya
yoki teng miqdordagi eng koʻp deputatlik oʻrinlarini qoʻlga kiritgan bir necha
siyosiy partiya tomonidan taklif etilishi belgilangan. Ushbu qonunga muvofiq Bosh
vazir nomzodini koʻrsatish huquqiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati —
Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi ega boʻldi..
Xulosa oʻrnida, mamlakatimiz saylov tizimi xalqaro huquqning umum eʼtirof
qoidalari, rivojlangan demokratik davlatlarning bu boradagi ilgʻor tajribasi va
xalqimizning milliy mentalitetini inobatga olgan holda shakllantirilgan boʻlib,
fuqarolarga davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda oʻz vakillari orqali erkin
hamda ixtiyoriy ishtirok etish uchun teng sharoitlarni kafolatlaydi..
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi
hisoblanib, yuz nafar Senat aʼzolaridan (senatorlardan) iborat tarkibda faoliyat olib
boradi. Senat hududiy manfaatlar va hududiy muvozanatni taʼminlash, ularni
uygʻunlashtirish maqsadida tashkil etiladi. Senatni shakllantirishning oʻziga xos
mexanizmi ishlab chiqilib, u quyidagicha ifodalanadi: Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Senati aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi,
viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining
tegishli qoʻshma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yoʻli
bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng
miqdorda – 4 kishidan saylanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
9 nafar aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va
jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda
alohida xizmat koʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Senatorlarni saylash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi,
viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining
tegishli qoʻshma majlislari chaqiriladi. Qoʻshma majlisni chaqirish va senatorlarni
saylash toʻgʻrisidagi Nizom Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ishlab
chiqiladi va tasdiqlanadi. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov
toʻgʻrisida”gi qonunga asosan, ovoz berish natijalariga koʻra boshqa nomzodlarga
nisbatan koʻproq ovoz olgan Senat aʼzoligiga nomzodlar, basharti davlat hokimiyati
vakillik organlarining majlisida ishtirok etayotgan deputatlardan 50 foizidan ortigʻi
ularni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, saylangan deb hisoblanadi.
Demak, Qoraqalpogʻiston Respublikasi olti nafar, oʻn ikkita viloyatlarning har biri
olti nafardan va Toshkent shahridan olti nafar senator saylandi.
Xalq orasida yuksak obroʻga ega boʻlgan fuqarolarning senator sifatida Prezident
tomonidan tayinlanishi birinchidan, oliy vakillik organining xalq oldidagi nufuzini
yuksaltirsa, ikkinchidan, davlat uchun, xalq uchun, mamlakat uchun, Vatan uchun
xizmat qilgan fuqarolarning mehnatini ijobiy baholashning alohida koʻrinishi
sifatida izohlanadi. Davlat rahbari tomonidan bildirilgan ishonch oʻz navbatida
ularga katta masʼuliyat yuklaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil
24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarini tayinlash
toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan, oʻn olti nafar senator tayinlandi va bugungi kunda
ular oʻz faoliyatini davom ettirmoqda. Demak, jami yuz nafar senator Oliy Majlis
Senatida faoliyat olib boradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzoligiga va Qonunchilik palatasi
deputatligiga nomzodlarga qoʻyiladigan talablarning huquqiy asoslari yangi
tahrirdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga saylovlar toʻgʻrisida”gi
qonunning turli moddalarida oʻz ifodasini topgan. Ular quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga
saylanish huquqiga saylov kuni yigirma besh yoshga toʻlgan hamda kamida besh yil
Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan fuqarolar egadirlar;
Jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib
chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, maʼlumoti, mashgʻulotining turi va
xususiyatidan qatʼi nazar barcha fuqarolarimiz teng saylov huquqiga, yaʼni saylash
va saylanish huquqiga egadirlar. Qonundagi cheklovlar bundan mustasno;
Deputatlikka nomzod siyosiy partiya aʼzosi yoki partiyasiz ham boʻlishi
mumkin. Deputatlikka nomzodlar koʻrsatish huquqiga, amaldagi qonunda
belgilanganidek, siyosiy partiyalar va bevosita fuqarolar egadirlar;
Bir shaxs faqat bitta saylov okrugidan deputatlikka nomzod qilib
koʻrsatilishi mumkin;
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda
deputatlikka nomzodlar saylovoldi tashviqotini amalga oshirishda ommaviy axborot
vositalaridan foydalanishda teng huquqqa egadirlar;
Deputatlikka nomzod mahalliy hokimiyat organlari va jamoat
tashkilotlari, shuningdek, fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan amaldagi
qonunda belgilangan tartibda huquqiy munosabatlarini oʻrnatishi, yaʼni saylovchilar
bilan uchrashuvlar oʻtkazishni tashkil etishda, zarur maʼlumot va axborot
materiallari olish, yigʻilishlar oʻtkazish uchun jihozlangan binolar ajratilishi
masalalarida zikr etilgan idora va muassasalarga murojaat etishi va ular
deputatlarning qonuniy talablarini oʻz vaqtida ijro etishlari shart;
Deputatlikka nomzodlarning tegishli kasbiy mahoratga ega ekanligini
belgilovchi hamda saylovchilarning ishonchini qozonib, saylovdagi gʻalabasini
taʼminlashning yana bir omili bu deputatlikka nomzodlar tomonidan oʻz saylov
dasturlarini mamlakatimizdagi ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini
qay darajada qamrab olib, saylovchilarga yetkaza bilishidadir. Shu oʻrinda taʼkidlab
oʻtish joizki, deputatlikka nomzodlarning dasturlari davlatning suvereniteti, hududiy
yaxlitligi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan boʻlmasligi, xalqning sogʻligʻi va
maʼnaviyatiga tajovuz qilmasligi, ularda urush, milliy, irqiy va diniy adovat
targʻiboti, konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishga, fuqarolarning
konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini kamsituvchi xatti-harakatlarga daʼvat
boʻlmasligi kerak;
Deputatlikka nomzod Oʻzbekistondagi qonunchilik tizimidan nafaqat
xabardor boʻlishi, balki ushbu qonun hujjatlarini kelajakda takomillashtirish
borasida ham muayyan tasavvurga ega boʻlishi lozim. Ayniqsa, Konstitutsiya va
saylov, mehnat, oila, ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonunlar, jinoiy va
maʼmuriy Kodekslar talablari deputatlikka nomzod shaxslar uchun saylov
jarayonlarida doimiy dasturulamal vazifasini bajarishi kerak;
Yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov
toʻgʻrisida”gi qonunning 25-moddasida deputatlikka nomzodlarga qoʻyiladigan
talablar oʻz ifodasini topgan boʻlib, unda “sodir etilgan jinoyati uchun sudlanganlik
holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar” deputatlikka
nomzod boʻla olmasligi qayd etilgan.
Demak, sudlanganligi olib tashlangan fuqarolar nafaqat saylash, balki saylanish
huquqidan ham toʻliq foydalanishi uchun huquqiy asoslar mavjud.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, viloyat, tuman, shahar davlat
hokimiyati vakillik organining saylov kuni yigirma besh yoshga toʻlgan hamda
kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan deputati
Senat aʼzoligiga saylanish uchun nomzod boʻlishi mumkin (Yangi tahrirdagi
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi qonunning 53-
moddasi).
Saylovda ishtirok etish uchun quyidagi shaxslar deputatlikka nomzod sifatida
roʻyxatga olinmaydilar:
Sodir etilgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki
sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;
Saylov kuniga qadar soʻnggi besh yil mobaynida Oʻzbekiston
Respublikasi hududida muqim yashamagan fuqarolar;
Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlarining harbiy xizmatchilari,
Milliy xavfsizlik xizmati, boshqa harbiylashtirilgan boʻlinmalarning xodimlari;
Diniy tashkilot va birlashmalarning professional xizmatchilari.
Shu bilan birga, amaldagi qonunda belgilanganidek, sud tomonidan muomalaga
layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum
etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda
qatnashmaydilar.
Ayni bir shaxs bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi deputati va Senati aʼzosi boʻlishi mumkin emas. Bu norma
tizimli muvozanatni mustahkamlash uchun qayd etilgan. Chunki har ikki palata oʻz
funksiyasiga ega va bir vaqtning oʻzida bir shaxs ikki funksiyani amalga oshirish
imkoniyatiga ega emas.
93-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va
Senatining birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga
oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
2) Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy
qonunlarini, qonunlarini
qabul qilish, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
3) xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish;
4) Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish toʻgʻrisida va uni
oʻtkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;
5) Oʻzbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishlarini
belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;
6) Oʻzbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud
hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash;
7) Oʻzbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish
va ularning Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni
tasdiqlash;
8) bojxona, valyuta va kredit ishlarini qonun yoʻli bilan tartibga solish;
9) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan
Oʻzbekiston
Respublikasining Davlat byudjetini qabul qilish, unga oʻzgartirish va
qoʻshimchalar kiritish;
10) Oʻzbekiston Respublikasi davlat qarzining eng yuqori miqdorini belgilash;
11) soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni joriy qilish;
12) Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy
tuzilishi
masalalarini qonun yoʻli bilan tartibga solish, chegaralarini oʻzgartirish;
13) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini
hamda chegaralarini oʻzgartirish;
14) davlat mukofotlari va unvonlarini taʼsis etish;
15) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish;
16) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha
vakilini va uning oʻrinbosarini saylash;
17) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasiga
hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan
shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tugʻilganda urush holati eʼlon
qilish toʻgʻrisidagi farmonini tasdiqlash;
18) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik
eʼlon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki
tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash;
19) Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi
har yilgi milliy maʼruzani eshitish;
20) parlament tekshiruvini oʻtkazish;
21) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni
amalga oshirish.
Palatalarning
birgalikdagi
vakolatlariga
kiradigan
masalalar,
qoida
tariqasida, avval Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasida, soʻngra Senatida koʻrib chiqiladi.
Davlat va jamiyat hayotiga oid eng muhim masalalar Oliy Majlisning har ikki
palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi va hal etiladi. Ushbu sharhlanayotgan moddada
aynan shunday masalalar, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari oʻz aksini topgan. Ular:
1) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga oʻzgartish va
qoʻshimchalar kiritish masalasi mamlakatimiz hayotida nechogʻlik muhim
masalalardan biri ekanligi barchamizga maʼlum. Zero, Konstitutsiya davlatning
asosiy xususiyatlarini ifodalovchi bosh qonundir. Unda mamlakat hayotiga oid eng
asosiy, fundamental huquqiy normalar oʻz aksini topgan va shuningdek, boshqa
huquqiy normalarning yaratilishi konstitutsiyaviy normalar talablaridan kelib
chiqadi hamda ularga zid boʻlmasligi lozim. Konstitutsiya asosiy qonun sifatida
mamlakatdagi turli ijtimoiy munosabatlar va ularni tartibga solish uchun birlamchi
huquqiy asos sifatida xizmat qiladi. Asosiy qonunda davlatga tegishli eng muhim
masalalar oʻz ifodasini topganligi, uning ahamiyatini yanada yuksaltiradi. Ayni
vaqtda u mamlakatdagi hayot tarzini belgilab beradi. Konstitutsiyani qabul qilish,
unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda fuqarolar, jamiyat va davlat
manfaatlarini uygʻunlashtirishning eng maqbul yoʻnalishini topish lozimligini
inobatga olsak, ushbu masala nechogʻlik muhimligi oydinlashadi va ularni hal
etishda har ikkala palataning ishtiroki talab etiladi.
2) Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlari hamda boshqa
qonunlarini qabul qilish, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish masalasi ham,
avvalgi normada sharhlanganidek, muhim ahamiyatga ega boʻlganligi uchun Senat
va Qonunchilik palatasining birgalikdagi vakolatlari qatoridan oʻrin olgan. Agar
Konstitutsiya yuridik kuchi jihatidan eng yuqori oʻrinda joylashgan boʻlsa, undan
soʻng konstitutsiyaviy qonunlar va joriy qonunlar ketma-ketlikda joylashadi.
Konstitutsiyaviy qonunlar ham, joriy qonunlar ham Konstitutsiya talablaridan kelib
chiqadi va ular ham mamlakat hayotidagi ustuvor masalalarni tartibga soladi.
Albatta, ularni qabul qilish, oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish masalasini har ikki
palataning birgalikdagi vakolatlari jumlasiga kiritilganligi maqsadga toʻla
muvofiqdir.
3) Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish toʻgʻrisida va uni
oʻtkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish. Referendum – bu umumxalq
tomonidan ovoz berish orqali qaror qabul qilish uslubidir. Unda, albatta, mamlakat
hayotiga oid eng muhim masalalar hal etiladi. Referendum orqali mamlakat hayotida
tub burilish yasash yoki xalq turmush tarzini tubdan oʻzgartirish mumkin. Bunday
masalalarni hal etish “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”1gi
qonun bilan tartibga solinadi. Demak, respublika hayotiga oid bunday muhim
tadbirni oʻtkazish va uni oʻtkazish sanasini belgilashdek masala har ikki palata
tomonidan koʻrib chiqilishi va qaror qabul qilinishi talab etiladi.
4) Oʻzbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishlarini
belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish. Davlatning ichki va tashqi
siyosati hamda u qabul qilayotgan strategik dasturlar mamlakatning oʻz hududi va
dunyo hamjamiyatidagi nufuzini ifoda etadi. Uni qay tarzda yoʻlga qoʻyish orqali
mamlakatning ertangi kuni, kelajagi belgilanadi. Bu, tushunarliki, bir mansabdor
shaxs yoki bitta davlat organi tomonidan bajariladigan ish emas. Shundan kelib
chiqqan holda, ushbu masala ham har ikki palata vakolatlari doirasiga kiritilgan.
5) Oʻzbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati
organlarining tizimi va vakolatlarini belgilash. Hokimiyatning bu uch tarmogʻi
mamlakatdagi boshqaruv usulining oʻziga xos jihati hisoblanadi. Haqiqiy
demokratik usul boʻlmish Oʻzbekiston Respublikasidagi hokimiyat boʻlinishi
prinsipining yorqin ifodasi hisoblangan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud
hokimiyati tizimini va bu tizim vakolatlarini belgilash davlat hayotiga oid yana bir
muhim masala hisoblanadi. Hokimiyatlararo vakolatlarning teng taqsimlanishi
yetakchi mezon – ijtimoiy adolat prinsipining amaliy ifodasi hisoblanadi. Shu
sababli bu masala ham har ikki palata tomonidan koʻrib chiqiladi.
6) Oʻzbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va
ularning Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni
tasdiqlash. Ushbu masala ham davlat uchun eng ahamiyatli masalalardan biridir. Bu
orqali mamlakat tarkibi, chegarasi, hududi, aholisi soni oʻzgarishi mumkin. Misol
uchun, Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻz xalqining umumiy referendumi asosida
Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidan ajralib chiqishni istasa (Konstitutsiyaning 74-
moddasi), ushbu masala ikki palata tomonidan koʻrib chiqiladi;
Sharhlanayotgan moddaning yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi bandlarida qayd
etilgan: boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yoʻli bilan tartibga solish; Oʻzbekiston
1 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi. 1992. №1.
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
taqdimiga
binoan
Oʻzbekiston
Respublikasining Davlat byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish;
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni joriy qilish kabi masalalar davlat byudjeti,
davlatning iqtisodiy asoslari bilan bogʻliq.
Byudjet – tegishli yil uchun Oʻzbekistonning davlat daromadlari va xarajatlarini
roʻyxatga olish boʻlib, unda xazinaga tushadigan mablagʻ tushumlarining manbalari
va summasi, shuningdek, bu mablagʻlar sarflanadigan maqsadlar koʻrsatiladi.
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar davlat byudjetiga kelib tushadigan asosiy
mablagʻ tushumlaridir. Boj, kredit va valyuta bilan bogʻliq masalalar ham
iqtisodning asosini tashkil etadi. Mamlakatning iqtisodi uning buguni, ertasi va
kelajagini belgilab beradi. Shuning uchun bu masalalar Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari
tarkibiga kiritilgan.
Oʻninchi va oʻn birinchi bandlarda oʻz aksini topgan: Oʻzbekiston Respublikasining
maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yoʻli bilan tartibga solish,
chegaralarini oʻzgartirish va tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish,
ularning nomini hamda chegaralarini oʻzgartirish masalalari oltinchi banddagi kabi
mamlakat hududi, aholisi, chegaralari, hududiy birliklarni tashkil etish yoki tugatish
hamda ularni nomlash bilan bogʻliq boʻlganligi uchun ular ham har ikki palata
tomonidan koʻrib chiqilishi va hal etilishi maqsadga muvofiqdir.
7) Davlat mukofotlari va unvonlarini taʼsis etish. Davlat mukofotlari va unvonlari
toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar 1995-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi2 va 1996-yil 26-apreldagi “Oʻzbekiston
Respublikasining faxriy unvonlarini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi3 qonunlarda oʻz aksini
topgan. Ushbu qonunlarga asosan, davlat mukofotlari va unvonlari Oliy Majlis
tomonidan taʼsis etiladi. Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasida “Mehnat
shuhrati”, “Shon-sharaf”, “Mustaqillik”, “Doʻstlik”, “Oʻzbekiston Qahramoni”,
2 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi. 1995. №12.
3 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi. 1996. №5-6.
“Jasorat”, “Shuhrat”, “Amir Temur”, “Jaloliddin Manguberdi” va boshqa bir qator
orden va medallar taʼsis etildi.
Sharhlanayotgan moddaning oʻn uchinchi, oʻn sakkizinchi va oʻn toʻqqizinchi
bandlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan chiqarilgan farmonlarni
tasdiqlash bilan bogʻliq masalalar oʻz ifodasini topgan. Ular:
-
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat
qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruv organlarini tuzish hamda tugatish
toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash (13-band);
-
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respub-
likasiga hujum qilinganida yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan
tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tugʻilganda urush holati
eʼlon qilish toʻgʻrisidagi farmonini tasdiqlash (18-band);
-
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman
safarbarlik eʼlon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish
yoki tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash (19-band)dan iborat. Ushbu
masalalar ham umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgani uchun har ikki palataning
birgalikdagi vakolatlari qatoriga kiritilgan.
8) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish. Oʻzbekiston
Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Respublika miqyosida Oliy Majlisga,
Prezidentlikka, Mahalliy vakillik organlariga saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish
maqsadida tuziladi. U rais va kamida oʻn toʻrtta aʼzodan iborat tarkibda tuziladi va
faoliyat yuritadi. Markaziy saylov komissiyasining faoliyati va boshqa turdagi
vakolatlari 1999-yildagi “Markaziy saylov komissiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston
Respublikasi qonunida belgilangan.
9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan, Oʻzbekiston
Respublikasi Bosh vaziri nomzodlarini koʻrib chiqish va tasdiqlash. Ushbu oʻrinda
demokratik davlatga xos yana bir xususiyat oʻz ifodasini topgan. Bu lavozimga
nomzodlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash masalasining Oliy Majlis palatalarining
vakolatlari qatoridan joy olishi eng maqbul yechim hisoblanadi.
10) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili va
uning oʻrinbosarini saylash. Ombudsman mamlakat hududi miqyosida fuqarolarning
huquqlarini taʼminlashning kafilidir. Inson huquqlari boʻyicha vakil va uning
faoliyati 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida” qonun4 bilan tartibga
solinadi. Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakilini saylash tartibi 2003-yil
29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi qonunning 23-moddasi va “Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi qonunning 19-
moddasida oʻz ifodasini topgan. Ularga asosan, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalarining majlislarida koʻrib chiqilganidan keyin ushbu masala
yuzasidan qabul qilingan uzil-kesil qaror qonunda belgilangan tartibda Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentiga yuboriladi”.
11) Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqish.
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi mamlakat miqyosidagi iqtisodiy-ijtimoiy,
maʼnaviy-maʼrifiy, siyosiy va boshqa sohalarga oid eng muhim masalalar,
yoʻnalishlar boʻyicha oʻz faoliyatini olib boradi.
12) Xalqaro shartnomalarni maʼqullash va shartnomada ishtirok etishni toʻxtatish
haqida bir tomonlama qaror qabul qilish. Xalqaro shartnoma va boshqa xalqaro
hujjatlarda (konvensiya, deklaratsiya, paktlar va h.k.) nafaqat Oʻzbekiston
Respublikasi, balki umumjahon manfaatlari mujassam. Aynan bu hujjatlarga
qoʻshilish yoki ulardan chiqishda oʻzbek xalqi manfaatlarini umumjahon
manfaatlari orasida himoya qilish talab etiladi. Bu, oʻz navbatida, mamlakat uchun,
uning dunyo hamjamiyatidagi nufuzi, obroʻ-eʼtibori va albatta, kelajagi uchun oʻta
muhim masaladir. Xalqaro shartnoma yoki bitimlarni davlat boshligʻi sifatida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki hukumat boshligʻi imzolaydi, lekin ularni
maʼqullash va shartnomada ishtirok etishni toʻxtatish haqida bir tomonlama qaror
qabul qilish har ikki palataning birgalikdagi vakolatlari jumlasiga kiradi.
4 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 1997. №4-5.
Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval
Qonunchilik palatasida, soʻngra Senatda koʻrib chiqiladi. Misol uchun 2007-yil 28-
fevralda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan “Davlat boshqaruvini
yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda
siyosiy
partiyalarning
rolini
kuchaytirish
toʻgʻrisida”gi
Oʻzbekiston
Respublikasining konstitutsiyaviy qonuni 2007-yil 29-martda Senat tomonidan
maʼqullangan va hokazo.
94-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
mutlaq vakolatlari
quyidagilardan iborat:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ijro etilishi ustidan nazoratni
amalga oshirish;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqish;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston
Respublikasi Bosh vaziri nomzodini koʻrib chiqish va maʼqullash;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakatni ijtimoiy- iqtisodiy
jihatdan rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan, shuningdek
Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan
hisobotlarini eshitish;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzodlarni koʻrib chiqish va
maʼqullash;
6) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari boʻyicha har yilgi maʼruzasini
eshitish;
7) davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament soʻrovini yuborish
va
parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish;
8) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va
uning oʻrinbosarlarini, qoʻmitalarning raislari va ularning oʻrinbosarlarini
saylash;
9)
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini
daxlsizlik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish;
10) oʻz faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bogʻliq
masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
11) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan,
shuningdek davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar
qabul qilish;
12) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni
amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi oʻzini oʻzi
tarqatib yuborish toʻgʻrisida deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki
qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qilishi mumkin.
Mamlakatning xavfsizligi, barqaror rivojlanishi asoslariga salbiy taʼsir koʻrsatishga
qodir boʻlgan, inson huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga
tahdid soladigan faktlar va voqealarni oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma qarori bilan
parlament tekshiruvi oʻtkazilishi mumkin.
(Ikkinchi qism) Parlament tekshiruvini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari orasidan tenglik
asosida maxsus komissiya tuzilib, u oʻz faoliyatini qonunga muvofiq amalga
oshiradi.
Parlament nazorati demokratik davlatning muhim instituti boʻlganligi sababli, 2016-
yilda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan.
Qonun doirasida amalga oshirilgan qator ishlar oʻz ijobiy natijalari berib,
hayotimizning dolzarb muammolar yechilishining sababchi boʻlmoqda.
Ushbu
ijobiy
amaliyotni
davom
ettirish
maqsadida
yangilanayotgan
Konstitutsiyamizga quyidagi oʻzgartishlar kiritildi:
- endilikda parlament nazoratini amalga oshirish chogʻida Hisob palatasi va Vazirlar
Mahkamasi aʼzolarining hisobotlari ham eshitiladi hamda yoʻl qoʻyilgan
kamchiliklar yuzasidan tegishli choralar koʻriladi. Bunda muhim narsa shuki,
Vazirlar Mahkamasi aʼzosining hisobotini eshitish yakunlariga koʻra Qonunchilik
palatasi uni isteʼfoga chiqarish toʻgʻrisidagi taklifni Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritishga haqli boʻldi.
Bu degani, oʻz vakolatlarni lozim darajada bajarmagan (xalq noroziligiga sababchi
boʻlgan) vazir yoki Agentlik, qoʻmita rahbarining masalasi xalq tomonidan
saylangan deputatlar ham koʻrib chiqilishiga yoʻl qoʻyilmoqda.
Oliy majlis palatalariga birgalikda tekshiruv huquqiga ega boʻlgan maxsus
komissiya tuzish vakolati berildi.
Amaldagi qonunchilikka (“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi qonun) muvofiq
jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daxl qiluvchi, mamlakat xavfsizligi
asoslariga, uning barqaror rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan
muayyan faktlarni yoki voqealarni oʻrganish maqsadida Oliy Majlis palatalarining
qoʻshma qarori bilan parlament tekshiruvlari oʻtkazilishi mumkin. Ammo parlament
tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha amaldagi tartibda bir qator kamchiliklar mavjud edi.
Ana shu boʻshliqlarni bartaraf etish maqsadida Konstitutsiyaga yangi norma
kiritilmoqda. Maqsad — parlament tekshiruvi instituti maqomini mustahkamlash,
nufuzini oshirish, ayrim boʻshliqlarni toʻldirish.
Oliy majlis palatalari vakolatlarini kengaytirish, ularga jamiyat hayotiga taʼsir
koʻrsatadigan eng dolzarb masalalarni oʻrganish maqsadida tergov oʻtkazish
vakolati berilishi, xalq orqasidan saylangan vakillarga qoʻshimcha imkoniyatlar
taqdim etilishi davlatda yanada demokratik boshqaruv kuchayishiga asos
hisoblanadi.
Tekshiruv oʻtkazish uchun inson huquq va erkinliklariga, davlatimizning barqaror
rivojlanishi, uning xavfsizligiga aloqador tahdidlar yuzaga kelganda fakt va
voqeliklarni xolis tekshirilishida ikkala palataning teng miqdordagi deputatlaridan
iborat komissiya tuzildi.
Komissiyaning faoliyati, vakolati va tergov olib borish tartibi va yakuni boʻyicha
koʻriladigan choralar qonun bilan belgilandi.
Parlament nazorati demokratik davlatning muhim instituti boʻlganligi sababli, 2016-
yilda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan.
Qonun doirasida amalga oshirilgan qator ishlar oʻz ijobiy natijalari berib,
hayotimizning dolzarb muammolar yechilishining sababchi boʻlmoqda.
Ushbu
ijobiy
amaliyotni
davom
ettirish
maqsadida
yangilanayotgan
Konstitutsiyamizga quyidagi oʻzgartishlar kiritildi:
- endilikda parlament nazoratini amalga oshirish chogʻida Hisob palatasi va Vazirlar
Mahkamasi aʼzolarining hisobotlari ham eshitiladi hamda yoʻl qoʻyilgan
kamchiliklar yuzasidan tegishli choralar koʻriladi. Bunda muhim narsa shuki,
Vazirlar Mahkamasi aʼzosining hisobotini eshitish yakunlariga koʻra Qonunchilik
palatasi uni isteʼfoga chiqarish toʻgʻrisidagi taklifni Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritishga haqli boʻladi.
Bu degani, oʻz vakolatlarni lozim darajada bajarmagan (xalq noroziligiga sababchi
boʻlgan) vazir yoki Agentlik, qoʻmita rahbarining masalasi xalq tomonidan
saylangan deputatlar ham koʻrib chiqilishiga yoʻl qoʻyilmoqda.
Oliy majlis palatalariga birgalikda tekshiruv huquqiga ega boʻlgan maxsus
komissiya tuzish vakolati beriladi.
Amaldagi qonunchilikka (“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi qonun) muvofiq
jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daxl qiluvchi, mamlakat xavfsizligi
asoslariga, uning barqaror rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan
muayyan faktlarni yoki voqealarni oʻrganish maqsadida Oliy Majlis palatalarining
qoʻshma qarori bilan parlament tekshiruvlari oʻtkazilishi mumkin. Ammo parlament
tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha amaldagi tartibda bir qator kamchiliklar mavjud edi.
Ana shu boʻshliqlarni bartaraf etish maqsadida Konstitutsiyaga yangi norma
kiritilmoqda. Maqsad — parlament tekshiruvi instituti maqomini mustahkamlash,
nufuzini oshirish, ayrim boʻshliqlarni toʻldirish.
Oliy majlis palatalari vakolatlarini kengaytirish, ularga jamiyat hayotiga taʼsir
koʻrsatadigan eng dolzarb masalalarni oʻrganish maqsadida tergov oʻtkazish
vakolati berilishi, xalq orqasidan saylangan vakillarga qoʻshimcha imkoniyatlar
taqdim etilishi davlatda yanada demokratik boshqaruv kuchayishiga asos
hisoblanadi.
Tekshiruv oʻtkazish uchun inson huquq va erkinliklariga, davlatimizning barqaror
rivojlanishi, uning xavfsizligiga aloqador tahdidlar yuzaga kelganda fakt va
voqeliklarni xolis tekshirilishida ikkala palataning teng miqdordagi deputatlaridan
iborat komissiya tuziladi.
Komissiyaning faoliyati, vakolati va tergov olib borish tartibi va yakuni boʻyicha
koʻriladigan choralar qonun bilan belgilanadi.
Parlament tekshiruvi samaradorligini oshirish, ushbu tekshiruvni oʻtkazishga
parlament ikkala palatasining jalb etilishi va ishtirokini taʼminlash maqsadida
parlament tekshiruvlari faqat qoʻshma shaklda oʻtkazilishi nazarda tutilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari va senatorlariga ahamiyati yuqori
boʻlgan masalalarda tekshiruvni amalga oshirish vakolati berilishi jamoatchilik
nazorati bilan uzviy bogʻliq boʻlgan yangicha yondashuvli kuchli mexanizmni
yuzaga keltiradi.
Mazkur norma orqali jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daxl qiluvchi,
mamlakat xavfsizligi asoslariga, uning barqaror rivojlanishiga salbiy taʼsir
koʻrsatishi mumkin boʻlgan muayyan faktlar yoki voqealar yuzasidan tekshiruvlar
oʻtkazish mumkin boʻladi.
95-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq
vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini, Oliy sudini, Sudyalar oliy kengashini,
respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbarini va respublika
monopoliyaga qarshi organining rahbarini saylash;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston
Respublikasi Bosh prokurori va
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi
raisi lavozimlariga nomzodlarni koʻrib chiqish hamda maʼqullash;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taklif etilgan Oʻzbekiston
Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga nomzod yuzasidan
maslahatlashuvlar oʻtkazish;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston
Respublikasining chet davlatlardagi
va xalqaro tashkilotlar huzuridagi
diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarini tayinlash va ularni
lavozimidan ozod etish;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston
Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va uni
lavozimidan ozod etish;
6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklarni va boshqa respublika
ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzish hamda tugatish toʻgʻrisidagi
farmonlarini tasdiqlash;
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya
toʻgʻrisidagi hujjatlarni qabul qilish;
8) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining,
Oʻzbekiston
Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;
9) Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar
huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining oʻz
faoliyati masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitish;
10) davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament soʻrovini yuborish
va parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish;
11) mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga oʻz faoliyatini
amalga oshirishda koʻmaklashish;
12) mahalliy davlat hokimiyati vakillik
organlarining
qarorlarini,
ular
qonunchilik normalariga muvofiq boʻlmagan taqdirda, bekor qilish;
13) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini
va uning oʻrinbosarlarini, qoʻmitalarning raislari va ularning oʻrinbosarlarini
saylash;
14) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosini daxlsizlik huquqidan
mahrum etish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish;
15) oʻz faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bogʻliq
masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
16) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan,
shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul
qilish;
17) Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining qonunlarni qabul qilishga doir vakolatlarini bajarish, bundan
Konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonunlar mustasno;
18) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni
amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati oʻzini oʻzi tarqatib yuborish
toʻgʻrisida senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat
koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ham, amaldagi qonun hujjatlariga
asosan, oʻzining mutlaq vakolatlariga ega. Senatning mutlaq vakolatlarini
sharhlashda, ularning mazmuni va ijro usuliga koʻra tasniflab olamiz.
Birinchi guruh – Senatning ichki faoliyatini tartibga solish va oʻzi mustaqil hal
etadigan vakolatlari:
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning
oʻrinbosarlarini, qoʻmitalarning raislari va ularning oʻrinbosarlarini saylash
(sharhlanayotgan moddaning 1-bandi). Oliy Majlis Senatining Raisi Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan saylanadi. Senat Raisini saylash
tartibi toʻgʻrisida 86-moddaning sharhida batafsil toʻxtalamiz.
Senat Raisi oʻrinbosarlarining huquqiy maqomi 2002-yil 12-dekabrdagi
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi konstitutsiyaviy
qonunning 15-moddasida ifodalangan boʻlsa, ularni saylash tartibi 2003-yil 29-
avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
reglamenti toʻgʻrisida”gi qonunning 4-moddasida oʻz aksini topgan. Unga asosan,
Senat Raisining oʻrinbosarlari Senat aʼzolari orasidan yashirin ovoz berish orqali
senatorlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Senat vakolat muddatiga
saylanadi. Senat Raisining oʻrinbosarligiga nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan senatorlar orasidan taqdim etiladi. Senatorlar orasidan
saylangan Senat Raisining oʻrinbosarlaridan biri Qoraqalpogʻiston Respublikasining
vakili boʻladi. Ushbu masala boʻyicha qaror qabul qilinadi, qarorlarni Senat
majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
Senat qoʻmitalari raislari va ularning oʻrinbosarlari faoliyati hamda ularni saylash
tartibiga oid huquqiy normalar 2002-yil 12-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi konstitutsiyaviy qonunning 17-moddasida va
2003-yil 29 avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Senatining reglamenti toʻgʻrisida”gi qonunning 7-moddasida oʻz aksini topgan.
Unda qayd etilishicha, Senat tomonidan senatorlar orasidan palataning vakolatlari
muddatiga rais, uning oʻrinbosari va aʼzolardan iborat tarkibda qoʻmitalar tuziladi.
Senat Raisi va uning oʻrinbosarlari Senatning qoʻmitalari tarkibiga saylanishi
mumkin emas.
Senatda reglament, byudjet va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari, tashkiliy-
maʼmuriy masalalar, qonunchilik va sud-huquq masalalari, mudofaa va xavfsizlik
masalalari, tashqi siyosat masalalari qoʻmitalari tuzilishi shart. Senatda boshqa
qoʻmitalar ham tuzilishi mumkin. Senat qoʻmitalarining umumiy soni, qoida
tariqasida, sakkiztadan oshmasligi kerak.
Senat qoʻmitasining raisi, uning oʻrinbosari va qoʻmita aʼzolari palata majlisida
Senat Raisining taqdimiga binoan senatorlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi
bilan saylanadi.
Senat qoʻmitasining raisi, uning oʻrinbosari, shuningdek, qoʻmita aʼzolari
saylangani toʻgʻrisida Senat qarorlar qabul qiladi.
Hozirda samarali faoliyat olib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Senatida oltita qoʻmita mavjud. Ular:
1) Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi;
2) Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi;
3) Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi;
4) Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi;
5) Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi;
6) Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi.
- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Senat aʼzosini
daxlsizlik huquqidan
mahrum etish toʻgʻrisidagi
masalalarni hal etish
(sharhlanayotgan moddaning 11-bandi). Senatorlar ham daxlsizlik huquqidan
foydalanadilar. Albatta, biror senator jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortilishi
lozim boʻlsa, u toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Senatga
maʼlum qiladi va ushbu masala Senat majlisida koʻrib chiqilib, muhokama etilib,
haqiqatdan ham senator faoliyatida jinoiy yoki maʼmuriy koʻrinishdagi
huquqbuzarlik mavjud deb topilsa, javobgarlikka tortilishi mumkin.
- Oʻz faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bogʻliq
masalalar yuzasidan qarorlarni qabul qilish (sharhlanayotgan moddaning 13-bandi).
Xuddi Qonunchilik palatasi kabi Senat ham oʻz faoliyatini tashkil etish va tartibga
solish yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Misol uchun, Senat qoʻmitalarini tuzishga
oid, Senatning komissiyalarini tuzishga oid, Senat Raisi va uning oʻrinbosarlarini
saylashga oid va h.k. masalalarda Senat qarorlar qabul qiladi.
- Siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan,
shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish
(sharhlanayotgan moddaning 14-bandi). Senat ijtimoiy hayotning bir qator oʻziga
tegishli boʻlgan masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Misol uchun,
mamlakatning ichki siyosatiga doir masalalar: xavfsizlikni taʼminlash, ikki bozorni
tartibga solish, amnistiya aktini eʼlon qilish, markaziy saylov komissiyasini tuzish
va h.k.larga oid hamda davlatning tashqi siyosatiga doir masalalar: boshqa davlatlar
bilan turli yoʻnalishlar hamkorlik qilish, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash
va h.k.lar boʻyicha qarorlar qabul qilishi mumkin.
Ikkinchi guruh – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimiga binoan turli
lavozimlarga saylash, tayinlash va lavozimidan ozod etish bilan bogʻliq vakolatlari:
-
Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining taqdimiga
binoan
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudini, Oliy sudini, Oliy xoʻjalik
sudini saylash;
-
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga
binoan
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisini,
Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash hamda lavozimidan ozod etish,
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini
tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish.
Senatning ushbu yoʻnalishdagi vakolatlarini biz “Senatning kadrlar masalasiga oid
vakolatlari” deb atashimiz mumkin. Chunki yuqoridagi barcha vakolatlar
Oʻzbekiston Respublikasida turli soha kadrlarini muayyan lavozimlarga saylash,
tayinlash hamda lavozimidan ozod etish bilan bogʻliq. Aynan Senat tomonidan
mamlakatning muhim muassasalari rahbarlarining saylanishi yoki tayinlanishi va
lavozimidan ozod etilishi yuqori palataning davlat apparatidagi mavqeini
yuksaltiradi. Bu, ayni vaqtda, demokratiyaning muhim koʻrsatgichlaridan biri
hisoblanadi.
Uchinchi guruh – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mansabdor shaxslarni
turli lavozimlarga tayinlashga oid farmonlarini tasdiqlash bilan bogʻliq vakolatlari:
-
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi
Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlarini, Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlash
hamda lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash.
Ushbu guruhda davlat uchun oʻta muhim ahamiyat kasb etuvchi lavozimlarga
mansabdor shaxslarni tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish boʻyicha
Prezidentning farmonlarini tasdiqlash bilan bogʻliq Senatning mutlaq vakolatlari oʻz
aksini topgan.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz vakolat doirasida farmon, qaror
va farmoyishlar chiqaradi. Koʻplab bunday mustaqil qabul qilingan normativ-
huquqiy hujjatlar boshqa organ tomonidan tasdiqlanmaydi. Ayrim, oʻta muhim
ahamiyatga ega boʻlganlarigina, boshqa organ tasdigʻiga kiritiladi. Bu guruhda
aynan shunday masalalar xususida fikr yuritilmoqda.
Bizga maʼlum, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari
mamlakatda qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazorat olib boruvchi
organga rahbarlik qiladi.
Milliy xavfsizlik xizmati raisi esa mamlakatning hududiy yaxlitligi, tinchligi,
fuqarolarimizning tinch va osuda hayoti uchun masʼul boʻlgan tizimga rahbarlikni
amalga oshiradi.
Yuqoridagi ikki davlat organining respublika uchun ahamiyati beqiyos. Bu, ushbu
lavozimlarga kadrlarni joylashtirish masalasining ham nechogʻlik muhimligini
anglatadi. Albatta, ushbu masala yuzasidan chiqarilgan Prezident farmonlari Senat
tasdigʻiga kiritilishi lozim.
Toʻrtinchi guruh – Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy hayotidagi muhim masalalarni
hal etishga oid vakolatlari:
-
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining taqdimiga
binoan
amnistiya toʻgʻrisidagi hujjatlarni qabul qilish.
Ushbu guruhda, mamlakat hayotiga oid muhim masalalarni Senat tomonidan hal
etiladigan turlari xususida soʻz boradi. Ulardan biri – Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya toʻgʻrisidagi hujjatlarni qabul qilishdir.
Ushbu masala, yaʼni amnistiya aktlarini qabul qilish muqaddam (Parlament ikki
palatali tizimga oʻtgunga qadar) faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan hal etilardi. Qonunchilikning takomillashuvi ushbu vakolatni Senatning
mutlaq vakolatlari sirasiga qoʻshdi.
Maʼlumki, amnistiya – jinoyat sodir etgan shaxslarni toʻla yoxud qisman ozod qilish
yoki ilgari sud tayinlagan jazoni oʻtagan shaxslarning sudlanganligini olib
tashlashdan iborat faoliyatdir. Amnistiya akti normativ xususiyatga ega, yaʼni
amnistiya aktida koʻrsatilgan shartlarga javob beruvchi barcha shaxslarga nisbatan
joriy etiladi. Amnistiya eʼlon qilinishi bilan tergovda boʻlgan ishlar yoki tergovi
tugagan, ammo hali sud tomonidan koʻrib chiqilmagan ishlar ham yurituvdan
toʻxtatiladi. Jazoni oʻtayotgan shaxslar uni oʻtashdan ozod qilinadilar yoki jazo
muddati qisqartiriladi. Agar ayblanuvchi ishning amnistiya boʻyicha toʻxtatilishiga
eʼtiroz bildirsa, ushbu ishning tergovi va sudini yuritish davom ettiriladi. Sud
ayblanuvchini aybdor deb topsa, ish amnistiya aktida koʻrsatilgan asoslarga koʻra
toʻxtatiladi.
Bu mamlakatimizda hukm surayotgan insonparvarlik tamoyilining nafaqat nazariy,
balki amaliy ifodasidir. Bunday davlat ahamiyatiga molik masalada Oliy Majlis
Senati faol ishtirok etishi lozim.
Beshinchi guruhga davlat hayotiga oid muhim masalalar: Oʻzbekiston
Respublikasi Bosh prokurorining, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
raisining, Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish kabi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mutlaq vakolatlari kiradi.
Respublika Bosh prokurori har yili bir marta prokuratura faoliyati toʻgʻrisida hisobot
beradi. Unda mamlakatda qonunga amal qilish borasidagi muammolar, korrupsiya
va jinoyatchilikning darajasi, dinamikasi, uning oldini olish masalalari,
fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash va h.k. masalalar xususida Senatga hisobot
taqdim etadi. Ushbu hisobotni eshitish va muhokama qilish, tegishli xulosaga kelish,
muayyan chora-tadbirlarni belgilash Senatning vakolatidir.
Xuddi shuningdek, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining, Markaziy
bank boshqaruvi raisining hisobotlari ham davlatning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari
bilan uzviy bogʻliq. Shundan kelib chiqqan holda ushbu vakolatlar Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga berilgan.
96-modda. Vakolat muddati tugagach, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tegishincha yangi chaqiriq
Qonunchilik palatasi va Senati ish boshlaguniga qadar oʻz faoliyatini davom
ettirib turadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining
birinchi majlislari tegishincha Qonunchilik palatasiga saylovdan keyin ikki
oydan kechiktirmay va Senat tarkib topganidan keyin bir oydan kechiktirmay
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi majlislari
sessiyalar davrida oʻtkaziladi. Sessiyalar, qoida tariqasida, sentyabrning
birinchi ish kunidan boshlab kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar
oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati majlislari zaruratga qarab,
lekin yiliga kamida uch marta oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislari, agar ular
ishida barcha deputatlar, senatorlar umumiy sonining kamida yarmi ishtirok
etayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilishda barcha deputatlar, senatorlar
umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati
majlislarida, shuningdek ularning organlari majlislarida Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining aʼzolari,
Respublika Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi raislari, Bosh
prokurori, Markaziy banki boshqaruvining raisi ishtirok etishlari mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va uning
organlari majlislarida Senat Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senati va uning organlari majlislarida Qonunchilik palatasi Spikeri ishtirok
etishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati
alohida-alohida majlis oʻtkazadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining
qoʻshma majlislari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining,
ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan nutq soʻzlaganda,
chet davlatlarning rahbarlari nutq soʻzlaganda oʻtkaziladi. Palatalarning
kelishuviga binoan qoʻshma majlislar boshqa masalalar yuzasidan ham
oʻtkazilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining har ikki palatasi vakolat muddati
tugagach, yangi chaqiriq Qonunchilik palatasi va Senati oʻz ishini boshlaguniga
qadar avvalgi faoliyatini davom ettirib turadi. Ushbu faoliyatning bunday tartibga
solinishidan koʻzlangan maqsad – qonun chiqaruvchi organ faoliyatidagi
uzluksizlikni taʼminlashdan iboratdir. Yaʼni vakolat muddati tugagan va yangi
tashkil etilgan Oliy Majlis oʻrtasida uzilish boʻlishi yoki muayyan muddat qonun
chiqaruvchi organ ishlamasdan qolishi yoxud umuman mavjud boʻlmasligining
oldini olishdir.
Ushbu masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2002-yil 12-
dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasi toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
toʻgʻrisida”gi konstitutsiyaviy qonunlarning 5-moddasida oʻz aksini topgan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birinchi majlislari aynan shu
Qonunchilik palatasiga boʻlib oʻtgan saylovdan keyin ikki oydan kechiktirmay va
Senat tarkib topganidan keyin bir oydan kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasi
tomonidan chaqiriladi.
Ushbu norma yanada tushunarli boʻlishi uchun bugungi kunda oʻz faoliyatini olib
borayotgan Oliy Majlis palatalarining birinchi majlislari chaqirilgan sanani esga
olish darkor. 2004-yilning 15-sentyabrida Markaziy saylov komissiyasining
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar
Kengashlariga saylov boʻyicha saylov kompaniyasi boshlanishini eʼlon qilish
toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra, ikki palatali parlamentga saylov
2004-yilning 26-dekabr kuniga belgilandi va yuqori saviyada oʻtkazildi.
2005-yilning 17-20-yanvar kunlari Oʻzbekiston Respublikasi hududiy birliklarida,
yaʼni 12 ta viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasida Oliy Majlis
Senati aʼzolarining saylovi boʻyicha tegishli davlat hokimiyati vakillik organlarining
majlislari boʻlib oʻtdi va unda 84 nafar senator saylandi.
2005-yilning 24-yanvarida 16 nafar Senat aʼzolarini tayinlash boʻyicha Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining Farmoni eʼlon qilindi.
2005-yilning 28-yanvarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi – ikki palatali
parlament shaklida ilk majlisini oʻtkazdi. Demak, 2004-yil 26-dekabrda saylov
boʻlib oʻtgan boʻlsa, 2005-yil 28-yanvardagi ilk majlis ikki oydan kechiktirilmasdan
va 2005-yil 17-20-yanvar hamda 2005-yilning 24-yanvarida Senat tarkibi
shakllantirilgan boʻlsa, 2005-yil 28-yanvarida bir oydan kechiktirilmasdan
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqirildi.
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi majlislari sessiyalar davrida oʻtkaziladi.
Sessiyalar, qoida tariqasida, sentyabrning birinchi ish kunidan boshlab, kelgusi
yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar oʻtkaziladi. Mamlakatimizda parlament bir
palatali tizimda faoliyat olib borgan vaqtlarda bunday norma mavjud emas edi.
Chunki deputatlar professional darajada, doimiy faoliyat olib bormas, ular oʻz
faoliyatlari bilan shugʻullanar, zaruratga qarab chaqirilar edi. Bugungi Oliy Majlis
Qonunchilik palatasining 120 ta deputati doimiy ravishda, faqat qonunchilik
faoliyati bilan shugʻullanadilar. Ikki palatali parlamentning afzalligi ham shunda
namoyon boʻlmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi yil davomida oʻz
faoliyatini davom ettirib, majlislar oʻtkazadi. Ular sentyabr oyining birinchi ish
kunidan boshlab kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar sessiyalarini
oʻtkazishi mumkinligi koʻzda tutilgan. Demak, xulosa qilsak, yilning avgust oyida
sessiyalar oʻtkazilmaydi.
Oliy Majlisning Senati majlislari zaruratga qarab, lekin yiliga kamida uch marta
oʻtkaziladi. Senat bir yilda kamida uch marta yigʻilish oʻtkazadi. Senat
yigʻilishlarida muayyan muddat davomida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul
qilingan qonunlar muhokama qilinadi va kun tartibida belgilangan boshqa masalalar
koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislari, agar ular ishida
barcha deputatlar, senatorlar umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etayotgan
boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. Demak, palatalar majlislari vakolatli boʻlishi uchun
Qonunchilik palatasidan kamida 60 nafar, Senatdan kamida 50 nafar deputatlar va
senatorlar ishtirok etishi shart.
Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilishda barcha deputatlar, senatorlar umumiy
sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi zarur. Bizga maʼlum,
konstitutsiyaviy qonunlar qonunchilik tizimida oʻz yuridik kuchi jihatidan joriy
qonunlarga nisbatan yuqori mavqega ega. Shundan kelib chiqqan holda, ularni qabul
qilish uchun barcha deputatlar va senatorlar sonining kamida uchdan ikki qismi,
yaʼni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining kamida 80 nafari, Senatning
kamida 66 ta aʼzosi ishtirok etishi shart.
Demokratiyaning muhim tamoyillaridan biri – oshkoralikdir. Huquqiy demokratik
davlat barpo etish yoʻlida olgʻa intilayotgan Oʻzbekiston Respublikasida qonun
chiqaruvchi organ – Oliy Majlis oʻz majlislarini oshkoralik tamoyili asosida olib
boradi. Shuning uchun har ikki palataning majlislarida, shuningdek, ularning
organlari majlislarida mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim oʻrin tutadigan
quyidagi davlat organlarining vakillari va mansabdor shaxslar ishtirok etishi
mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti;
Bosh vazir;
Vazirlar Mahkamasining aʼzolari;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi
raislari;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi.
Shuningdek, Qonunchilik palatasi va uning organlari majlislarida Senat Raisi, Senat
va uning organlari majlislarida Qonunchilik palatasi Spikeri ishtirok etishi mumkin.
Bu har ikki palata oʻrtasidagi hamkorlikni taʼminlash barobarida ishning samarasini
oshirishi shubhasiz.
Bundan tashqari, Qonunchilik palatasi va Senat majlislarida, shuningdek, ularning
organlari majlislarida qoʻyilgan masalalarning tegishliligiga qarab turli davlat
organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlari, diplomatik vakolatxonalar vakillari,
davlatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalarining
vakillari va mustaqil ekspertlari taklif etiladi.
Qonunchilik palatasi va Senat alohida-alohida majlis oʻtkazadilar. Albatta, har ikki
palataning mustaqil hal etadigan vakolatlari mavjud. Ularni amalga oshirish uchun
Qonunchilik palatasi va Senat alohida majlis oʻtkazib, tegishli masalalarni mustaqil
hal etadi.
Ayrim hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va
Senati qoʻshma majlislar oʻtkazishi mumkin. Ikki palataning qoʻshma majlisi
quyidagi hollarda oʻtkaziladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qabul qilganda.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga asosan, Prezident
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yigʻilishida qasamyod qabul qilgan paytdan
boshlab oʻz lavozimiga kirishgan va oʻz faoliyatini boshlagan hisoblanadi. Yangi
saylangan Prezidentning qasamyod qabul qilish jarayonida Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisi
oʻtkaziladi. Bu, oʻz navbatida, davlatning oliy vakillik organida davlat rahbari
sifatida oʻz ishini boshlayotgan Prezidentning kelgusi faoliyati uchun yana bir
masʼuliyatni anglatadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan nutq
soʻzlaganda.
Maʼlumki,
muayyan
davrlarda
mamlakat
ijtimoiy-iqtisodiy
hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan
Parlamentda davlat rahbari nutq soʻzlaydi. Bunday maʼruzalarda davlat ahamiyatiga
molik eng muhim masalalar asosiy mavzu boʻladi. Ulardan oʻz vaqtida xabardor
boʻlish, mamlakat hayotidagi yutuq va kamchiliklar xususidagi yangiliklarni bilib
borish Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolarining faoliyatida
katta rol oʻynaydi. Shuning uchun, bunday hollarda har ikki palataning qoʻshma
majlisi oʻtkazilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida chet davlatlarning rahbarlari
nutq soʻzlaganda. Biror xorijiy mamlakat rahbari Oʻzbekistonga tashrif buyurib,
davlatimiz yoki oʻz davlati yoxud har ikki hamkor mamlakatning turli yoʻnalishdagi
istiqboli, kelgusi rejalari xususida nutq soʻzlagan vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi va Senatining qoʻshma majlisi chaqirilishi maqsadga muvofiqdir.
Mamlakat hayotiga oid muhim masalalar yuzasidan har ikki palataning kelishuviga
koʻra qoʻshma majlislar tashkil etilishi mumkin.
97-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va
Senati oʻz vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining
qarorlari Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senat aʼzolari umumiy
sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, ushbu Konstitutsiyada nazarda
tutilgan hollar bundan mustasno.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati oʻz
vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan qonun qabul qilish talab etilmaydigan
masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Qonunchilik palatasi tomonidan qarorlarni qabul qilish tartibi 2003-yil 29-avgustda
qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Reglamenti toʻgʻrisida”gi qonunning 19-moddasida oʻz aksini topgan. Unga asosan:
Qonunchilik palatasi qonunlar qabul qilinishi talab etilmaydigan masalalar
yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Qaror loyihasi Qonunchilik palatasiga
kiritilayotganda unga qisqacha tushuntirish xati va boshqa zarur materiallar ilova
qilinadi. Palata Spikeri Qonunchilik palatasi qarorining loyihasini dastlabki tarzda
koʻrib chiqish uchun masʼul qoʻmita va muddat belgilaydi. Qonunchilik palatasi
Kengashi masʼul qoʻmita vakilining axborotini eshitib, qaror loyihasini Qonunchilik
palatasi majlisining kun tartibiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va
maʼruzachini belgilaydi. Qonunchilik palatasi majlisida masʼul qoʻmita vakilining
axboroti eshitiladi va muhokama natijalari yuzasidan deputatlar umumiy sonining
koʻpchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasi qarori qabul qilinadi. Agar ovoz berish
yakunlariga koʻra qaror loyihasini qabul qilish toʻgʻrisidagi taklif zarur miqdorda
ovoz toʻplamagan boʻlsa, taklif rad etilgan hisoblanadi.
Qonunchilik palatasining Senat bilan birgalikdagi vakolatlariga kiritilgan masala
yuzasidan qabul qilingan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh
kun ichida, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, Senatga
yuboriladi.
Senat tomonidan qarorlarni qabul qilish tartibi 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi
qonunning 15-moddasida oʻz aksini topgan. Unda qayd etilishicha, Senat qonunlar
qabul qilinishi talab etilmaydigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Qaror loyihasi Senatga kiritilayotganda unga qisqacha tushuntirish xati va boshqa
zarur materiallar ilova qilinadi.
Senat Raisi Senat qarorining loyihasini dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun masʼul
qoʻmita va muddat belgilaydi. Senat Kengashi masʼul qoʻmita vakilining axborotini
eshitib, qaror loyihasini Senat majlisining kun tartibiga kiritish toʻgʻrisida qaror
qabul qiladi va maʼruzachini belgilaydi. Senat majlisida masʼul qoʻmita vakilining
axboroti eshitiladi va muhokama natijalari yuzasidan senatorlar umumiy sonining
koʻpchilik ovozi bilan Senat qarori qabul qilinadi. Agar ovoz berish yakunlariga
koʻra qaror loyihasini qabul qilish toʻgʻrisidagi taklif zarur miqdorda ovoz
toʻplamagan boʻlsa, taklif rad etilgan hisoblanadi.
Senatning Qonunchilik palatasi bilan birgalikdagi vakolatlariga kiritilgan masala
yuzasidan qabul qilingan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh
kun ichida, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa,
Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
Sharhlanayotgan moddaning ikkinchi qismida: “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qarorlari Qonunchilik palatasi deputatlari
yoki Senat aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, ushbu
Konstitutsiyada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” degan “havolaki
norma”ni koʻrishimiz mumkin. Unda qonunning boshqa moddalariga havola
etilmoqda.
Unga asosan, Qonunchilik palatasi yoki Senatning qarorlari palatalar aʼzolari
umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinishi, yaʼni yuqori palataning 50
nafardan ortiq va quyi palataning 60 nafardan ortiq aʼzolari ovozi bilan qabul
qilinadi.
Havolaki normada “...ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan hollar bundan
mustasno” – degan jumlani uchratamiz. Unda Konstitutsiyaning qaysi moddasi
nazarda tutilmoqda?
Bunga javobni Konstitutsiyaning 85-86-moddalaridan topish mumkin. Aynan 85-
moddada Qonunchilik palatasi Spikerini muddatidan oldin chaqirib olish masalasi
va 86-moddada Senat Raisini muddatidan ilgari chaqirib olish tartibi belgilangan.
Bu ikki holatda ham Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan qabul qilinadigan
qarorlar sharhlanayotgan moddada belgilangan tartibda emas, balki boshqacharoq
tartibda xal etiladi.
Qonunchilik palatasi Spikerini ham, Senat Raisini ham muddatidan ilgari chaqirib
olish uchun har ikki palatalar aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki
qismining ovozi bilan qaror qabul qilishlari lozim.
1. Qonunchilik tashabbusi huquqiga qaysi davlat tashkilotlari ega?
98-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti, davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpogʻiston
Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ega. Oʻzbekiston
Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Bosh prokurori ham oʻz
vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar boʻyicha qonunchilik tashabbusi
huquqiga egadir.
Qonunchilik tashabbusi huquqi qonun loyihasini qonunchilik tashabbusi
huquqi subyektlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega boʻlgan, yuz ming nafardan
kam boʻlmagan fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili
(ombudsman), Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli.
Qonun loyihalarini, qonunchilik takliflarini kiritish va koʻrib chiqish tartibi
qonun bilan belgilanadi.
Ushbu moddani sharhlashda birinchi navbatda, “Qonunchilik tashabbusi huquqi”
iborasiga eʼtiborni qaratishimiz lozim. Ushbu alohida turdagi huquqning ahamiyati,
subyektlari va ularning faoliyati hamda bu huquqning amalga oshirish jarayoni
oʻziga xos xususiyatga ega. Aynan qonun chiqarish jarayonining birinchi bosqichi –
qonunchilik tashabbusini amalga oshirish orqali amalga oshiriladi.
Qonunni yaratish jarayoni, yaʼni qonun chiqaruvchi organ doirasidagi bevosita
faoliyat qonunchilik tashabbusi koʻrsatilishidan boshlanadi. Qonunchilik tashabbusi
borasidagi huquqiy muammolarning magʻzini anglab yetish uchun uning quyidagi
muhim jihatlarini puxta mushohada etish talab qilinadi:
1) qonunchilik tashabbusi huquqining mohiyati;
2) qonunchilik tashabbusi amalga oshirilishi natijasida yuzaga keladigan huquqiy
munosabatning mazmuni;
3) qonunchilik tashabbusi huquqining subyektlari doirasi hamda ularga xos
xususiyatlar va boshqalar.
Mamlakatimiz Asosiy qonunida qonun chiqarish jarayonining alohida bosqichi
hisoblanmish qonunchilik tashabbusi huquqi oʻzining yuridik ifodasini topgan.
Eʼtirof etish lozimki, qonunchilik tashabbusi Oliy Majlisda emas, balki faqat
Qonunchilik palatasida roʻyobga chiqariladi.
Qonunchilik tashabbusi huquqining oʻzi nima? U kimlarga tegishli? Qonun
chiqarish jarayonidagi eng muhim bosqich hisoblangan qonunchilik tashabbusini
amalga oshirish toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlish uchun, birinchi navbatda, uning
mohiyatiga eʼtibor qaratish oʻrinli. Qonunchilik tashabbusini amalga oshirish
“qonunchilik tashabbusi huquqi” orqali amalda oʻz ifodasini topadi. “Qonunchilik
tashabbusi huquqi deganda, Konstitutsiyada belgilangan davlat organlari,
tashkilotlar va shaxslarning qonun chiqaruvchi organga qonunchilikka oid taklif
yoki qonun loyihasini taqdim etishdan iborat subyektiv huquqi tushuniladi”5.
Demak, qonunchilik tashabbusi huquqiga Konstitutsiyada belgilangan davlat
organlari va mansabdor shaxslargina ega boʻladilar. Bu subyektlar oʻz huquqlaridan
foydalangan holga qonun chiqarish jarayonida ishtirok etishlari mumkin. Ular
5 Odilqoriyev X.T., Tulteev I.T. Ikki palatali parlament. –T., 2005, 100-bet.
qonunchilik tashabbusi huquqini qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiradilar.
Qonunchilik tashabbusi huquqi orqali Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun
loyihalari bir qator talablarni oʻzida aks ettirgan hujjatlar bilan birga yuboriladi.
Masalan, davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini koʻpaytirish,
shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti moddalari boʻyicha
oʻzgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi. Ushbu xulosaning muhimligi
shunda namoyon boʻladiki, qonunning qabul qilinishi davlatning bugungi iqtisodiy
salohiyati, iqtisodiy hayoti, byudjetdagi mablagʻlari va ularning taqsimlanishi bilan
adekvat boʻlishi lozim. Aynan ushbu jihat Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi
toʻgʻrisidagi
qonunning
27-moddasidagi
quyidagi
qoida
bilan
yanada
aniqlashtirilgan: «Davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini
koʻpaytirish, shuningdek byudjet moddalari boʻyicha oʻzgartishlarni nazarda
tutuvchi qonunlarning loyihalari faqat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-
masining ijobiy xulosasi boʻlgan taqdirda kiritilishi mumkin» (27-moddaning 2-
qismi).
Bu qoida shundan dalolat beradiki, bu yoʻnalishdagi qonun loyihalari, birinchi
navbatda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladi va uning davlat iqtisodiy
asoslariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beriladi. Hozirgi kunda “Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi qonunning 27-
modda 2-qismi bu konstitutsiyaviy normaga toʻldiruvchi qoida sifatida amal
qilmoqda.
Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlgan subyektlarning qonun loyihasini
parlamentga kiritishi va uni koʻrib chiqish tartibi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi qonunda belgilab
berilgan. Xususan, mazkur Reglamentning 12-moddasida quyidagi qoidalar bayon
etilgan:
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi huquqiga ega
boʻlgan subyektlar kiritadilar.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritishda quyidagilar taqdim etilishi
kerak:
1) qonun loyihasiga uning konsepsiyasi bayon qilingan holdagi tushuntirish xati;
2) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi, shuningdek qonun loyihasi
kiritilishi bilan bogʻliq qonunlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi
qonun loyihasi;
3) oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi yoki
qabul qilinishi lozim boʻlgan qonun osti hujjatlarining roʻyxati;
4) moddiy xarajatlarni talab qiladigan qonun loyihalari uchun moliyaviy-iqtisodiy
asoslar;
5) davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini koʻpaytirish,
shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti moddalari boʻyicha
oʻzgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi.
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilinguniga
qadar qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqining subyekti loyiha
matnini oʻzgartirish yoki oʻzi kiritgan qonun loyihasini qaytarib olish huquqiga ega.
Ikki palatali parlament sharoitida qonunchilik tashabbusining mazmuni muayyan
tarzda oʻzgaradi. Yaʼni, 1995-yil 5-mayda qabul qilingan Oliy Majlis (bir palatali
parlament) Reglamentining 79-moddasida: “Qonunchilik tashabbusi huquqi
Oʻzbekistonning yangi qonunlari loyihalarini, amaldagi qonunlarini oʻzgartirish
toʻgʻrisidagi loyihalarni, yangi qonunlarni qabul qilish yoki amaldagi qonunlariga
oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida takliflarni (qonun chiqarish takliflari) kiritish
shaklida amalga oshiriladi»6, – deyilgan edi. Taʼkidlash joizki, bunda qonunchilik
tashabbusi ikki shaklda – ham tayyor loyiha shaklida, ham qonunchilikka oid taklif
shaklida amalga oshirilardi. Qonunchilik palatasining 2003-yil 29-avgustda qabul
qilingan Reglamenti belgilagan tartibga koʻra, qonunchilik tashabbusi faqat tayyor
qonun loyihasini mazkur palataga kiritish orqali amalga oshiriladi.
6 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi. – 1995. – № 9. – 24-m.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga qonunchilik
taklifi bilan murojaat etish huquqi hech kim uchun cheklanmagan. Shunday taklif
kiritilgan taqdirda esa, qonun loyihalari qonun chiqarish tashabbusi huquqiga ega
boʻlgan yuqorida koʻrsatilgan idoralar va shaxslar orqali kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Ombudsmani ushbu huquq subyekti
hisoblanadi. Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)
toʻgʻrisidagi qonunning 5-moddasida: “Vakil Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining deputati boʻlib, qonunchilik tashabbusi huquqiga egadir”7, – deyilgan.
Solishtirib koʻrilganida, Konstitutsiyaning 98-moddasida Ombudsman qonunchilik
tashabbusi huquqining subyekti sifatida zikr etilmaganligi koʻzga tashlanadi.
Shundan kelib chiqib, Ombudsmanning mazkur huquqqa egaligi toʻgʻrisidagi
qoidani Konstitutsiyaga kiritish lozimligi haqida ham fikrlar bildirilmoqda.
Bizningcha,
Konstitutsiya
bilan
ushbu
qonun
oʻrtasida
ziddiyat
yoʻq.
Konstitutsiyaning
98-moddasida
Oʻzbekiston
Respublikasi
Qonunchilik
palatasining deputatlari qonunchilik tashab busini roʻyobga chiqara olishlari yozib
qoʻyilgan. Ombudsman parlamentning deputati hisoblanadi. Demak, mantiqan
Ombudsman ham Qonunchilik palatasi huzuridagi qonunchilik tashabbusi
huquqidan foydalana oladi. Ombudsman toʻgʻrisidagi qonunning 5-moddasida ham
uning parlament deputati ekanligi eʼtirof etilib, soʻngra qonunchilik tashabbusi
huquqi borligi qayd etilgan. Shu sababli Konstitutsiyaga qoʻshimcha kiritishga
ehtiyoj yoʻq.
99-modda. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat
tomonidan maʼqullanib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
imzolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy manbalarda eʼlon
qilingach, yuridik kuchga ega boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan
qabul qilingan qonun qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kundan
kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi.
7 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi. – 1997. – № 4–5. – 102-m.
Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan oltmish
kun ichida koʻrib chiqiladi va maʼqullangan taqdirda, imzolanishi va eʼlon
qilinishi
uchun
Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidentiga
oʻn
kundan
kechiktirmay yuboriladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qonunni maʼqullash
yoki rad etish toʻgʻrisida oltmish kun ichida qaror qabul qilmasa, Qonunchilik
palatasi tomonidan qonun imzolanishi va eʼlon qilinishi uchun Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti qonunni oltmish kun ichida
imzolaydi va eʼlon qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga qaytariladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan
qonunni qayta koʻrib chiqishda Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy
sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qonunni yana
maʼqullasa, qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul
qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va eʼlon qilinishi uchun Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentiga Qonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun
yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni
bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari
orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin. Palatalar
kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun odatdagi tartibda koʻrib
chiqilishi kerak.
Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti qonunni oʻz eʼtirozlari bilan
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli.
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda tegishincha Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati
aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi
bilan maʼqullansa, qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan oʻn
toʻrt kun ichida imzolanishi va eʼlon qilinishi kerak.
Qonunlarning va boshqa normativ- huquqiy hujjatlarning eʼlon qilinishi ular
qoʻllanilishining majburiy shartidir.
Sharhlanayotgan moddada Oliy Majlisning asosiy faoliyati – qonunlarni qabul qilish
jarayoni tartibi toʻgʻrisidagi eng mufassal normalar oʻz ifodasini topgan. Ular:
Qonunning yuridik kuchga ega boʻlishi;
Qonunchilik palatasi tomonidan qonunlarning qabul qilinishi;
Senat tomonidan qonunlarning maʼqullanishi;
Prezident tomonidan imzolanishi;
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonunning Senat yoki
Prezident tomonidan rad etilishi va uning qayta koʻrib chiqilishi hamda Qonunchilik
palatasi tomonidan qabul qilingan qonun Senat tomonidan rad etilganda, uni quyi
palataning oʻzida koʻrib chiqish tartibi;
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun Senat tomonidan rad
etilganda, uni qayta koʻrib chiqish uchun har ikki palata oʻrtasida kelishuv
komissiyasini tuzish tartibi va h.k.
1. Avvalo, qonunning “yuridik kuchga ega boʻlishi” hamda “qonunni amalga
kiritilishi” tushunchalariga izoh berib oʻtish lozim. Yuqoridagi ikki tushuncha
yuzaki qaraganda bir maʼnoni anglatadigandek koʻrinsa-da, ularni birgalikda
qoʻllanishi maqsadga muvofiqdir. Zero, qonunning yuridik kuchi u amal qila
boshlagandan soʻngra namoyon boʻladi. Demak, “yuridik kuchga ega boʻlishi”
jumlasini qayd etishdan oldin “amalga kiritilishi”ni ham aytib oʻtish lozim.
Konstitutsiyada qonun yuridik kuchga ega boʻlishining faqat bitta muhim sharti
koʻrsatilgan. U – qonunni matbuotda eʼlon qilinishi hisoblanadi.
2. Qonunchilik palatasi tomonidan qonunni muhokama qilish va qabul qilish tartibi
2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi qonunning 12-15-moddalarida
va “Oʻzbekiston Respulikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”
konstitutsiyaviy qonunning 29-moddasida oʻz ifodasini topgan.
Qonunchilik palatasi Reglamentining 15-moddasiga asosan, palata qonun
loyihasini, qoida tariqasida, uch oʻqishda koʻrib chiqadi. Qonun loyihasini
Qonunchilik palatasi majlislarida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida mazkur
qonun loyihasini qabul qilish zarurati, qonun loyihasining konsepsiyasi, uning
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi,
shuningdek, qonunni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar va moliyalash
manbalari toʻgʻrisidagi masala muhokama qilinadi.
Qonunchilik palatasi muhokama natijalari boʻyicha qonun loyihasini maromiga
yetkazish va keyingi oʻqishda koʻrib chiqish uchun palataga kiritish muddatini
belgilagan holda uni birinchi oʻqishda qabul qilish yoki qonun loyihasini rad etish
toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Qonunchilik palatasi muhokamasiga qonun
loyihasining muqobil variantlari kiritilgan taqdirda ular bir vaqtda koʻrib chiqilishi
kerak. Qonunchilik palatasi deputatlarining qaror qabul qilish uchun talab
qilinadigan eng koʻp miqdordagi ovozini toʻplagan qonun loyihasi birinchi oʻqishda
qabul qilingan hisoblanadi. Qonun loyihasining qolgan variantlari Qonunchilik
palatasi tomonidan rad etilgan hisoblanadi.
Masʼul qoʻmita qonun loyihasini ikkinchi oʻqishga tayyorlash chogʻida tushgan
takliflarni umumlashtiradi. Masʼul qoʻmita tomonidan asosli deb topilgan takliflar
qonun loyihasining matniga kiritiladi. Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi
tomonidan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida masʼul qoʻmita maʼqullagan
takliflar ham, maʼqullamagan takliflar ham, muhokama qilinadi. Qonun loyihasi
boʻyicha ovoz berish moddama-modda oʻtkaziladi. Qonunchilik palatasi muhokama
natijalari boʻyicha qonun loyihasini maromiga yetkazish va keyingi oʻqishda koʻrib
chiqish uchun palataga kiritish muddatini belgilagan holda uni ikkinchi oʻqishda
qabul qilish yoxud qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Uchinchi oʻqishda qonun loyihasi muhokama qilinmasdan toʻlaligicha ovozga
qoʻyiladi. Qonun loyihasi birinchi yoki ikkinchi oʻqishda qabul qilingan taqdirda,
masʼul qoʻmitaning taklifiga binoan qonunni keyingi oʻqish tartib-taomillarini
istisno etgan holda qabul qilish toʻgʻrisidagi masala ovozga qoʻyilishi mumkin.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan palata deputatlari umumiy sonining
koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan
qonun oʻn kun ichida Senatga koʻrib chiqish uchun yuboriladi. Senatga qonun bilan
birgalikda qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish chogʻida taqdim etilgan
materiallar yuboriladi.
3. Qonunchilik palatasi tomonidan yuborilgan qonunlarni Senatda koʻrib chiqilishi
tartibi 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi qonunning 11-moddasida oʻz aksini topgan
boʻlib, unga asosan, Senatga kelib tushgan qonun roʻyxatga olinadi va Senat Raisi
tomonidan
qonunni
koʻrib
chiqadigan
hamda
uning
yuzasidan
xulosa
tayyorlaydigan qoʻmitaga topshiriladi.
Masʼul qoʻmitaning xulosasida qonunni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisidagi
tavsiya ifodalangan baho boʻlishi kerak. Qonunni rad etish zarurligi toʻgʻrisidagi
xulosada masʼul qoʻmitaning qonunni rad etish zarur deb hisoblashining vajlari
bayon etilishi lozim. Masʼul qoʻmitaning xulosasi Senat Kengashiga taqdim etiladi,
Kengash qonunni Senat majlisining kun tartibi loyihasiga kiritish-kiritmaslik
toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Senat majlisida qonunni koʻrib chiqish maʼruzachining masʼul qoʻmita xulosasini
oʻqib eshittirishidan boshlanadi. Koʻrib chiqilayotgan qonun yuzasidan uning
muhokamasi tartibida senatorlar soʻzga chiqishlari mumkin. Senat tomonidan
maʼqullangan qonun imzolanish va eʼlon qilinishi uchun Senat qarori bilan
birgalikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Senatning qonunni rad etish toʻgʻrisidagi qarorida rad etish vajlari koʻrsatilishi
kerak. Unda bir vaqtning oʻzida qonunga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish
zarurligi toʻgʻrisidagi, shuningdek, kelishuv komissiyasi tuzish haqidagi takliflar
bayon etilishi mumkin. Senatning qonunni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisidagi
qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Qonunchilik
palatasiga yuboriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan maʼqullangan
qonun imzolanishi va eʼlon qilinishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga
oʻn kun ichida yuboriladi. Prezident Konstitutsiyada belgilangan vakolatidan kelib
chiqqan holda qonunni imzolaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
qonun oʻttiz kun ichida imzolanadi. Ushbu muddatning oʻttiz kun sifatida
belgilanishida mamlakat rahbari tomonidan qonunni oʻqib, oʻrganib chiqishi uchun
lozim boʻlgan vaqt eʼtiborga olingan. Chunki Prezident qonunni imzolashdan
tashqari davlat boshqaruviga oid boshqa vazifalarni ham oʻz vaqtida bajarishi
lozimligi inobatga olingan.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul
qilingan qonun Senati tomonidan rad etilishi mumkin. Senat oliy vakillik organining
yuqori palatasi sifatida bunday huquqqa ega. Faqat, qonun nima sababdan
qaytarilayotgani asoslab berilishi lozim. Rad etish vajlari toʻliq koʻrsatilishi kerak.
Senatning Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonunni rad etish
toʻgʻrisidagi qarorida qonunning nima sababdan qaytarilayotganligi bilan
birgalikda, unga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi toʻgʻrisida, shuningdek,
kelishuv komissiyasini tuzish haqidagi takliflari bayon etilishi lozim. Senatning rad
etish toʻgʻrisidagi qarori oʻn kun ichida Qonunchilik palatasiga yuborilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Qonunchilik palatasi tomonidan qabul
qilingan qonunni rad etishi mumkin. Bu Prezidentning veto huquqidir. Prezident
davlat rahbari sifatida mamlakat ijtimoiy hayoti uchun maqbul deb topmagan
qonunni rad etishi mumkin.
Senat tomonidan rad etilgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
eʼtirozlar bilan qaytarilgan qonun Qonunchilik palatasi tomonidan bir oylik
muddatda qayta koʻrib chiqilishi kerak.
Masʼul qoʻmita Senat tomonidan rad etilgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonun yuzasidan xulosa beradi. Masʼul
qoʻmitaning xulosasi olinganidan keyin qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan
qayta koʻrib chiqish masalasi belgilangan tartibda Qonunchilik palatasi majlisining
kun tartibiga kiritiladi.
Agar Qonunchilik palatasi Senat tomonidan rad etilgan qonunni Qonunchilik
palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi
bilan yana maʼqullasa, qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan
qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va eʼlon qilinishi uchun Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunni qayta koʻrib
chiqishda Qonunchilik palatasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
- qonunni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mulohazalari va takliflarini
inobatga olgan holda qabul qilish;
- qonunni bundan buyon koʻrib chiqmaslik;
- qonunni avvalgi qabul qilingan tahririda maʼqullash.
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda Qonunchilik palatasi deputatlari
umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan
maʼqullansa, Senatga maʼqullash uchun yuboriladi.
6. Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat
yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi
deputatlari va Senat aʼzolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi
mumkin.
Qonunchilik palatasida kelishuv komissiyasini tuzish toʻgʻrisidagi tashabbus
Qonunchilik palatasi Spikeridan, shuningdek, fraksiyalar va deputatlar guruhlaridan
chiqishi mumkin. Kelishuv komissiyasi tarkibiga nomzodlar yuzasidan Qonunchilik
palatasi Spikeri va Senat Raisi tomonidan oʻzaro maslahatlashuvlar oʻtkaziladi.
Kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan koʻrsatilgan tarkibi uning
majlisida tasdiqlanadi. Kelishuv komissiyasining har bir palatadan saylangan
aʼzolari oʻz tarkibidan koʻpchilik ovoz bilan komissiyaning hamraislarini
saylaydilar.
Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida
Senatning
har
bir
eʼtirozini
alohida-alohida
koʻrib
chiqadi.
Kelishuv
komissiyasining qarorlari kelishuv komissiyasi tarkibiga kirgan Qonunchilik
palatasi deputatlari va senatorlarning alohida-alohida ovoz berishi orqali qabul
qilinadi. Qaror, agar komissiyaning har bir palatadan saylangan aʼzolarining
koʻpchiligi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan hisoblanadi. Kelishuv
komissiyasi oʻz ishining natijalari yuzasidan kelishmovchiliklarni bartaraf etish
boʻyicha takliflarni oʻz ichiga olgan xulosa qabul qiladi. Xulosaga qonunga doir
oʻzgartishlar va qoʻshimchalar loyihasining matni ilova qilinadi. Xulosa
Qonunchilik palatasi va Senatdan saylangan kelishuv komissiyasining hamraislari
tomonidan imzolanib, tegishincha Qonunchilik palatasi va Senatga topshiriladi.
Kelishuv komissiyasining takliflari qabul qilingan taqdirda Qonunchilik palatasi
tomonidan qayta koʻrib chiqilishi kerak. Qonunni qayta koʻrib chiqishda kelishuv
komissiyasining bayonnomasida mavjud boʻlgan takliflargina muhokama qilinadi.
Kelishuv komissiyasining loaqal bitta taklifi rad etilgan taqdirda Qonunchilik
palatasi kelishuv komissiyasiga yangi takliflarni taqdim etish uchun palata
tomonidan maʼqullangan tuzatishlarni inobatga olgan holda ishni davom ettirishni
taklif qilishi mumkin.
Qonunchilik palatasi qonunni kelishuv komissiyasining tahririda qabul qilsa, u
maʼqullash uchun Senatga yuboriladi. Agar kelishuv komissiyasining qonun
boʻyicha ishlari yakunlariga koʻra kelishuvga erishilmasa, qonun Senat tomonidan
rad etilgan qonun sifatida qayta koʻrib chiqilishi kerak.
Qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning matbuotda eʼlon qilinishi
ular qoʻllanilishining majburiy shartidir. Oʻzbekiston qonunlari imzolanganidan
keyin uzogʻi bilan bir hafta ichida rasman eʼlon qilinadi. Agar hujjatning oʻzida
boshqa qoida belgilanmagan boʻlsa, rasmiy eʼlon qilinganidan soʻng oʻn kun
oʻtgach, butun Oʻzbekiston hududida bir vaqtning oʻzida kuchga kiradi.
Qonunlarning
toʻliq
matni
“Oʻzbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisining
axborotnomasi”, “Xalq soʻzi”, “Narodnoye slovo” gazetalarida chop etiladi. Mazkur
nashrlar qonunning birinchi rasman eʼlon qilinishi hisoblanadi. Matbuotda eʼlon
qilingan qonun (agar uni kuchga kiritish toʻgʻrisidagi qarorda boshqacha muddat
nazarda tutilmagan boʻlsa) shu vaqtdan boshlab yuridik kuchga ega boʻladi.
Yangi qabul qilingan qonunlar haqida televideniyening axborot koʻrsatuvlari orqali
xabar beriladi.
100-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
oʻz tarkibidan Qonunchilik palatasining Spikeri va uning oʻrinbosarlarini
saylaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va
uning oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining
koʻpchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi.
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri boʻlishi mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va
uning oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasi
deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan koʻprogʻining ovozi bilan
qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari
chaqirib olinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri:
1) Qonunchilik palatasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
2) Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga
umumiy rahbarlik qiladi;
3) Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va komissiyalarining faoliyatini
muvofiqlashtirib boradi;
4) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi
qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;
5) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro
parlament tashkilotlari ishi bilan bogʻliq Qonunchilik palatasi guruhlarining
faoliyatiga rahbarlik qiladi;
6) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, boshqa davlat organlari,
chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarda
Qonunchilik palatasi nomidan ish koʻradi;
7) Qonunchilik palatasi qarorlarini imzolaydi;
8) ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa
vakolatlarni amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi Spikeri farmoyishlar chiqaradi.
Maʼlumki, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi 120 deputatdan iborat tarkibda oʻz
faoliyatini amalga oshiradi. Bu, oʻz navbatida, deputatlar orasidan boshqaruvchi va
uning oʻrinbosarlari saylanishini talab etadi. Shundan kelib chiqqan holda
Qonunchilik palatasida “Spiker” lavozimi taʼsis etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi har ikki palatasi rahbarini nomlashda
dunyo huquqiy tajribasi hamda umuminsoniy qadriyatlarga suyangan holda ish olib
borildi va natijada Qonunchilik palatasi boshqaruvchisi – “Spiker”, Senat rahbari –
“Rais” deya nomlandi.
Qonunchilik palatasi Spikerini saylash tartibi quyidagicha:
Yangi faoliyatini boshlagan Qonunchilik palatasida Spiker saylangunga qadar uning
majlislariga Markaziy saylov komissiyasining Raisi rahbarlik qiladi. Qonunchilik
palatasining birinchi majlisi Qonunchilik palatasi Spikerini saylashdan boshlanadi.
Oqsoqollar kengashining tarkibi toʻgʻrisidagi taklifni Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining Raisi kiritadi. Oqsoqollar kengashi tarkibiga:
Markaziy saylov komissiyasining Raisi; deputatlik faoliyatida katta tajribaga ega
boʻlgan, yoshi eng ulugʻ deputatlar; nomzodlari Qonunchilik palatasiga saylangan
siyosiy partiyalar deputatlarining vakillari; Qonunchilik palatasiga saylovchilar
tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlarning vakillari kiritiladi.
Oqsoqollar kengashining tarkibi toʻgʻrisidagi qaror Qonunchilik palatasi deputatlari
umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Oqsoqollar kengashi
Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzodlarni, qoida tariqasida, eng koʻp
deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiyalar yoki saylovchilar tashabbuskor
guruhlaridan saylangan deputatlar orasidan koʻrsatadi.
Nomzod, agar u yashirin ovoz berish natijasida Qonunchilik palatasi deputatlari
umumiy sonining yarmidan koʻp ovozini olgan boʻlsa, Qonunchilik palatasining
Spikeri etib saylangan hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11 apreldagi "Davlat boshqaruvini yangilash
va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy
partiyalarning rolini kuchaytirish toʻgʻrisida"gi konstitutsiyaviy qonun qabul
qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda
qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Reglamenti toʻgʻrisida"gi qonunga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Bunda, Qonunchilik palatasida tuzilgan fraksiya oʻz vakili Qonunchilik palatasi
Spikerining oʻrinbosari lavozimlaridan birini egallashida kafolatli huquqqa ega
ekanligi inobatga olinadi.
Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali
deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining
vakolati muddatiga saylanadi.
Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarini saylash uchun fraksiya, qoida
tariqasida, oʻz fraksiyasi rahbarining nomzodini kiritadi.
Fraksiyadan taqdim etilgan nomzod Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari
lavozimiga saylanmagan taqdirda, fraksiya oʻz fraksiyasi aʼzolari orasidan boshqa
nomzodni taqdim etish huquqiga ega.
Qonunchilik palatasi Spikeri va uning oʻrinbosarlari saylanganligi toʻgʻrisida
qarorlar qabul qilinadi, qarorlarni palata majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
Qonunchilik palatasi Spikeri yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasi
deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan koʻprogʻining ovozi bilan qabul
qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari lavozimidan ozod
qilinishi mumkin.
Qonunchilik palatasi Spikeri va uning oʻrinbosarlari quyidagi hollarda muddatidan
ilgari lavozimidan ozod qilinishi mumkin:
Oʻzining lavozimdan ozod qilishni soʻrab murojaat etgan arizasiga
asosan. Oʻz ixtiyori yoki boshqa subyektiv sabablarga koʻra faoliyatini davom
ettirishni xohlamagan Qonunchilik palatasi Spikeri va uning oʻrinbosarlari ariza
orqali murojaat qilishlari mumkin. Ariza koʻrib chiqilib, qanoatlantiriladi.
Sogʻligi yomonlashganligi (kasalligi) tufayli. Qonunchilik palatasi
Spikeri va uning oʻrinbosarlari kasalligi tufayli, maxsus tibbiyot boʻlimining
xulosasiga asosan muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
Oʻz vazifasini lozim darajada bajarmaganligi uchun. Qonunchilik
palatasi Spikeri va uning oʻrinbosarlari oʻzlarining xizmat vazifalarini lozim
darajada bajarmaganliklari uchun, oʻz xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan
yondoshganliklari uchun muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid normativ-huquqiy hujjat
chiqarganliklari uchun. Ushbu holatda muayyan manfaat boʻlishi mumkin. Harakat
qasddan, oldindan bilib turib, amalga oshirilgan boʻlishi lozim.
Maʼmuriy huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etgan holatlarda. Qachonki,
sud ularni aybdor deb topsa.
Qonunchilik palatasi Spikerini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish
toʻgʻrisidagi masala Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida
uchdan bir qismidan iborat Qonunchilik palatasi deputatlari guruhining taklifiga
binoan palata tomonidan koʻrib chiqiladi.
Qonunchilik palatasi Spikerini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida
qaror qabul qilinadi, qarorni palata majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri quyidagi
vakolatlarga ega:
1) Qonunchilik palatasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi.
Qonunchilik palatasi bir yilda kamida uch marta oʻz majlislarini oʻtkazadi. Uning
chaqirilish sanasi, koʻriladigan masalalar tartibi qonunchilik palatasi Spikeri
tomonidan belgilanadi. Belgilangan muddatda Spiker tomonidan majlislar
chaqiriladi.
Qonunchilik palatasi majlislariga Spiker raislik qiladi. U kun tartibidagi masalalar
boʻyicha tegishli qoʻmita aʼzolari yoki boshqa oʻz fikrini bildiruvchi ishtirokchilarga
navbatma-navbat soʻz beradi.
2) Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga
umumiy rahbarlik qiladi. Quyi palataning navbatdagi yoki navbatdan tashqari
majlislarida koʻriladigan masalalar Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan tegishli
qoʻmitalarga taqdim etiladi. Ularni tayyorlashga umumiy rahbarlik Spikerning
vakolatiga tegishli.
3)
Qonunchilik
palatasi
qoʻmitalari
va
komissiyalarining
faoliyatini
muvofiqlashtirib boradi. Qonunchilik palatasida mavjud turli qoʻmitalar faoliyatini
uygʻunlashtiradi, ularni qonunlarni puxta, aniq va sifatli tarzda ishlab chiqishga
yoʻnaltiradi.
Qonunchilik palatasi tarkibida
turli
masalalar
boʻyicha
tashkil
etilgan
komissiyalarning asosiy faoliyat yoʻnalishini belgilaydi va ular tomonidan amalga
oshirilayotgan tadbirlarni baholaydi, ulardagi kamchilik va nuqsonlarni bartaraf
etish choralarini koʻradi.
4) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi qarorlarining
ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi. Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar
hamda qonunchilik palatasi tomonidan chiqarilgan va amalga kiritilgan qarorlarning
ijroiya hokimiyat organlari va fuqarolar tomonidan qay daraja amalga joriy
etilayotganligi ustidan nazoratni tashkil etadi. Olingan natijalarga asoslanib, tegishli
xulosa chiqaradi va istiqbolli rejalarni belgilaydi.
5) Parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro parlament
tashkilotlari ishi bilan bogʻliq Qonunchilik palatasi guruhlarining faoliyatiga
rahbarlik qiladi. Oliy Majlis faoliyatida parlamentlararo aloqalar muhim oʻrin
egallaydi. Ushbu faoliyat orqali turli mamlakatlar qonun chiqaruvchi organlari
tajriba almashadilar va oʻz amaliyotlarini boyitadilar. Shunday tadbirlar bilan
bogʻliq Qonunchilik palatasi guruhlariga rahbarlik Spiker tomonidan amalga
oshiriladi. Misol uchun biror davlatning parlament vakillari Oʻzbekistonga tashrif
buyursa, Spiker ular bilan uchrashadi, hamkorlik qiladi va h.k.
6) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, boshqa davlat organlari, chet
davlatlar, xalqaro va oʻzga tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarda Qonunchilik
palatasi nomidan ish koʻradi. Qonunchilik palatasi ijtimoiy hayotning turli
masalalari yuzasidan Oliy Majlis Senati, davlat organlari, xorijiy davlatlar, xalqaro
tashkilotlar bilan huquqiy munosabatlarda ishtirok etadi. Ushbu hamkorlik
natijalarida tuzilgan bitimlar, shartnomalar va boshqa hujjatlar Spiker tomonidan
imzolanadi. Yuqoridagi tuzilmalar bilan oʻrnatilgan hamkorlikda Spiker
Qonunchilik palatasi nomidan ish olib boradi.
7) Qonunchilik palatasi qarorlarini imzolaydi. Qonunchilik palatasi oʻzining
vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan, shuningdek, palataning ichki faoliyatini
tashkil etish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Qabul qilingan qarorlar
Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan imzolanadi.
8) Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga
oshiradi.
Bu
vakolatlar
Qonunchilik
palatasi
Spikerining
vakolatlari
sharhlanayotgan moddada ixchamlashtirilgan (8 ta) tartibda berilgan. Bularga
qoʻshimcha vakolatlarning yana bir nechasini sanashimiz mumkin. Misol uchun,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisidagi
konstitutsiyaviy
qonunning
14-moddasida
Qonunchilik
palatasi
Spikeri
vakolatlarining 14 tasi koʻrsatilgan. Umuman normativ-huquqiy hujjatlarda qanday
vakolatlar koʻzda tutilgan boʻlsa, Qonunchilik palatasi Spikeri barchasidan
foydalanishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri
farmoyishlar chiqaradi. Maʼlumki, vakolatli davlat organlari yoki mansabdor
shaxslar tomonidan chiqariladigan normativ-huquqiy hujjatlar mazmuniga koʻra
tasniflanadi. Ular: qonun, qaror, farmoyish, buyruq, koʻrsatma shaklida boʻlishi
mumkin. Qonunchilik palatasi Spikeri oʻz faoliyatida belgilangan vakolatlardan
kelib chiqqan holda farmoyishlar chiqarishi mumkin. Masalan, Spiker Qonunchilik
palatasi matbuot organlari bosh muharrirlarini tayinlashi va ularni lavozimidan ozod
qilishi mumkin. Bu masala Qonunchilik palatasi Spikerining farmoyishi asosida
amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining
oʻrinbosarlari Qonunchilik palatasi Spikerining topshirigʻiga binoan uning
vazifalarini bajaradi va Qonunchilik palatasi Spikeri yoʻqligida yoki oʻz vazifalarini
amalga oshirish mumkin boʻlmagan hollarda uning vazifasini bajarib turadi.
Masalan, Qonunchilik palatasi Spikeri kasal boʻlib, davolanayotgan yoki xizmat
safari bilan xorijiy davlatlarga ketgan vaqtlarda uning oʻrinbosarlari uning
vakolatlari doirasida faoliyat olib boradilar.
101-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati oʻz tarkibidan
Senat Raisi va uning oʻrinbosarlarini saylaydi. Senat Raisi Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan saylanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi oʻrinbosarlaridan biri
Qoraqalpogʻiston Respublikasining vakili boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi va uning oʻrinbosarlari
yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan
Senat vakolati muddatiga saylanadi.
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining Raisi boʻlishi mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi va uning oʻrinbosarlari
yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan
koʻprogʻining ovozi bilan qabul qilingan Senat qaroriga binoan muddatidan
ilgari chaqirib olinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi:
1)
Senat majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
2)
Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy
rahbarlik qiladi;
3)
Senat qoʻmitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib
boradi;
4)
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Senat qarorlarining ijrosi
ustidan nazoratni tashkil etadi;
5)
parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro
parlament tashkilotlari ishi bilan bogʻliq Senat guruhlarining faoliyatiga
rahbarlik qiladi;
6)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, boshqa
davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro
munosabatlarda Senat nomidan ish koʻradi;
7)
Senat qarorlarini imzolaydi;
8)
ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi farmoyishlar
chiqaradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga Senat Raisi rahbarlik qiladi.
Yangi oʻz ishini boshlagan Senatning birinchi majlisi Senat Raisini saylashdan
boshlanadi. Senat Raisligiga va uning oʻrinbosarligiga nomzodlar Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan senatorlar orasidan taqdim etiladi. Senat tarkibi
shakllantirilgandan (saylangan va tayinlangandan) soʻng, aynan shu tarkib orasidan
Senat Raisi va uning oʻrinbosarligiga nomzodlar Prezident tomonidan koʻrsatiladi.
Nomzod, agar u yashirin ovoz berish natijasida senatorlar umumiy sonining
yarmidan koʻpi ovozini olgan boʻlsa, Senat Raisi yoki uning oʻrinbosari etib
saylangan hisoblanadi. Demak, Rais yoki oʻrinbosarlikka saylanish uchun
nomzodga 50 nafardan ortiq senatorlar ovoz berishlari lozim. Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi va uning oʻrinbosarlari Senat vakolati
muddatiga, yaʼni besh yilga saylanadi.
Senatorlar
orasidan
saylanadigan Senat
Raisining
oʻrinbosarlaridan biri
Qoraqalpogʻiston Respublikasining vakili boʻladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi
suverenitetini hurmat qilgan holda Senat Raisining oʻrinbosarlaridan biri
Qoraqalpogʻiston vakili boʻlishi koʻzda tutilgan. Senat Raisi va uning oʻrinbosarlari
saylanganligi toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinadi, qarorlarni Senat majlisida raislik
qiluvchi imzolaydi.
Senat Raisi yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining uchdan ikki
qismidan koʻprogʻining ovozi bilan qabul qilingan Senat qaroriga binoan
muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilinishi mumkin. Senat Raisining
oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining koʻpchilik
ovozi bilan qabul qilingan Senat qaroriga binoan muddatidan ilgari lavozimidan
ozod qilinishi mumkin. Qonunchilik palatasi Spikeri va uning oʻrinbosarlarini
muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish asoslari Senat Raisi hamda uning
oʻrinbosarlariga ham tegishlidir. Senat Raisini yoki uning oʻrinbosarlarini
muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining taqdimiga yoki senatorlar umumiy sonining kamida
uchdan bir qismining taklifiga binoan Senat tomonidan koʻrib chiqiladi. Senat
Raisini yoki uning oʻrinbosarlarini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish
toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi, qarorni Senat majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi quyidagi vakolatlarga ega:
1) Senat majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi.Senatning navbatdagi majlisi
Senat Raisi tomonidan chaqiriladi. Senat majlislarida Senat raisi rahbarlik qiladi.
Majlisni ochib beradi va unda qanday masalalar koʻrilishini eʼlon qiladi. Ushbu
masalalar yuzasidan soʻzga chiqish, fikr bildirish ketma-ketligini taʼminlaydi. Senat
majlisini boshqaradi va h.
2) Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik
qiladi. Senatning navbatdagi majlisiga qanday masalalar kiritilishi oldindan
tayyorlanadi. Unga Senat Raisi umumiy rahbarlik qiladi. Misol uchun, Senatning
2007-yil 10-apreldagi majlisiga “Homiylik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi
qonuni kiritildi, deb olsak, qonunning matni, uning avvalgi va soʻnggi tahriri, kerakli
hujjatlar tayyorlanishiga Senat Raisi rahbarlik qiladi.
3) Senat qoʻmitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Senat
qoʻmitalariga masalalarni tegishliligiga qarab yuboradi va ularning bajarilishini
nazorat qiladi. Senat qoʻmitalari oʻrtasidagi hamkorlikni tashkillashtiradi. Senatda
tashkil etiladigan komissiyalar faoliyatini kuzatib boradi. Barcha qoʻmitalarning bir
maromda faoliyat olib borishini taʼminlaydi.
4) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Senat qarorlarining ijrosi ustidan
nazoratni tashkil etadi. Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar hamda Oliy
Majlis Senati tomonidan chiqarilgan va amalga kiritilgan qarorlarning ijroiya
hokimiyat organlari va fuqarolar tomonidan qay daraja amalga joriy etilayotganligi
ustidan nazoratni tashkil etadi. Senat tomonidan tashkil etilgan komissiya yoki
maxsus guruh mamlakat hududi boʻylab, joylarga chiqib qonunlar ijrosini kuzatishi
mumkin. Olingan natijalarga asoslanib, tegishli xulosa chiqaradi va istiqbolli
rejalarni belgilaydi.
5) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro parlament
tashkilotlari ishi bilan bogʻliq Senat guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Qonun chiqaruvchi organ faoliyatida parlamentlararo aloqalar muhim oʻrin
egallaydi. U tizimni takomillashtirishga xizmat qiladi. Ushbu faoliyat orqali turli
mamlakatlar qonun chiqaruvchi organlari tajriba almashadilar va oʻz amaliyotlarini
boyitadilar. Senatning xalqaro hamkorlik guruhlariga rahbarlik Senat Raisi
tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, xorijiy davlatlardan parlamentlararo
hamkorlik uchun tashrif buyurgan delegatsiya vakillari bilan uchrashadi, ular bilan
qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan fikr almashadi va hamkorlik guruhlari
faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi.
6) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, boshqa davlat
organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro
munosabatlarda Senat nomidan ish koʻradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senati ijtimoiy hayotning turli masalalari yuzasidan Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi, davlat organlari, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan
huquqiy munosabatlarda ishtirok etadi. Ushbu hamkorlik natijalarida tuzilgan
bitimlar, shartnomalar va boshqa hujjatlar Senat Raisi tomonidan imzolanadi.
Yuqoridagi tuzilmalar bilan oʻrnatilgan hamkorlikda Senat Raisi Senat nomidan ish
olib boradi.
7) Senat qarorlarini imzolaydi. Senatning turli masalalar yuzasidan qabul qilgan
qarorlari Senat Raisi tomonidan imzolanadi. Masalan, Senat majlisining kun tartibi
palata qarori bilan tasdiqlanadi. Bunday qarorlarni Senat Raisi imzolaydi.
8) Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga
oshiradi. Senat Raisi, yuqorida sanab oʻtilganlarga qoʻshimcha ravishda, boshqa
qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi farmoyishlar chiqaradi.
Senat Raisi oʻz vakolati doirasida farmoyish chiqarishga haqli. Farmoyishda Senat
faoliyatiga tegishli masalalar oʻz aksini topishi mumkin. Misol - Senat majlisini
chaqirish toʻgʻrisida va hokazo.
102-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
qonun loyihalarini tayyorlash ishini olib borish, Qonunchilik palatasi
muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish va
tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda Qonunchilik palatasi
tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun oʻz
vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan qoʻmitalarni
saylaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Senat muhokamasiga
kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish va tayyorlash,
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda Senat tomonidan qabul
qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun oʻz vakolatlari
muddatiga senatorlar orasidan qoʻmitalarni saylaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati,
zarurat boʻlgan taqdirda, muayyan vazifalarni bajarish uchun deputatlar,
senatorlar orasidan komissiyalar tuzadi.
103-modda. Mamlakatning xavfsizligi, barqaror rivojlanishi asoslariga salbiy
taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan, inson huquqlari va erkinliklariga, jamiyat
va davlat manfaatlariga tahdid soladigan faktlar va voqealarni oʻrganish
maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va
Senatining qoʻshma qarori bilan parlament tekshiruvi oʻtkazilishi mumkin.
Parlament tekshiruvini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari orasidan tenglik
asosida maxsus komissiya tuzilib, u oʻz faoliyatini qonunga muvofiq amalga
oshiradi.
Qonunchilik palatasi qoʻmitalari ijtimoiy hayotning muhim jabhalari, muayyan
ixtisosliklariga koʻra tashkil etiladi. Tashkil etilgan qoʻmita oʻz istisosligi, oʻz
sohasiga tegishli masalalarni mutaxassislar sifatida xal etadilar. Qonunchilik
palatasida qoʻmitalarni tashkil etish tartibi 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti
toʻgʻrisida”gi qonunning 7-moddasida oʻz ifodasini topgan boʻlib, unga asosan:
Qonunchilik palatasi tomonidan uning deputatlari orasidan palataning vakolatlari
muddatiga rais, uning oʻrinbosari va aʼzolardan iborat tarkibda qoʻmitalar tuziladi.
Qonunchilik palatasi Spikeri va uning oʻrinbosarlari Qonunchilik palatasi
qoʻmitalarining tarkibiga saylanishi mumkin emas.
Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining umumiy soni, qoida tariqasida, oʻntadan
oshmasligi kerak. Qoʻmita raisi, uning oʻrinbosari va qoʻmita aʼzolari lavozimlari
deputatlarning qaysi partiyaga yoki guruhga mansubligini hamda saylovda
saylovchilarning qancha ovozini olganligini inobatga olgan holda yaxlit (umumiy)
qarori bilan belgilanadi. Qoʻmita raisi, uning oʻrinbosari va qoʻmita aʼzolari
lavozimlariga
nomzodlar
koʻrsatish
yuzasidan
takliflarni
deputatlar
birlashmalarining rahbarlari oʻzaro kelishgan holda kiritadilar. Qonunchilik palatasi
qoʻmitasining raisi, uning oʻrinbosari va qoʻmita aʼzolari palata majlisida
Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan saylanadi.
Qonunchilik palatasi qoʻmitasining raisi, uning oʻrinbosari, shuningdek, qoʻmita
aʼzolari saylangani toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi qarorlar qabul qiladi.
Xuddi shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatida qoʻmitalar
tashkil etiladi. Senat qoʻmitalarini tashkil etish tartibi 2003-yil 29-avgustda qabul
qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti
toʻgʻrisida”gi qonunning 7-moddasida koʻrsatilgan. Unga asosan, Senat tomonidan
senatorlar orasidan palataning vakolatlari muddatiga rais, uning oʻrinbosari va
aʼzolardan iborat tarkibda qoʻmitalar tuziladi. Senat Raisi va uning oʻrinbosarlari
Senatning qoʻmitalari tarkibiga saylanishi mumkin emas.
Senatda reglament, byudjet va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari, tashkiliy-
maʼmuriy masalalar, qonunchilik va sud-huquq masalalari, mudofaa va xavfsizlik
masalalari, tashqi siyosat masalalari qoʻmitalari tuzilishi shart. Senatda boshqa
qoʻmitalar ham tuzilishi mumkin. Senat qoʻmitalarining umumiy soni, qoida
tariqasida, sakkiztadan oshmasligi kerak.
Senat qoʻmitasining raisi, uning oʻrinbosari va qoʻmita aʼzolari palata majlisida
Senat Raisining taqdimiga binoan senatorlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi
bilan saylanadi. Senat qoʻmitasining raisi, uning oʻrinbosari, shuningdek, qoʻmita
aʼzolari saylangani toʻgʻrisida Senat qarorlar qabul qiladi.
Bugungi kunda yuqori palata – Senatda ham Qonunchilik palatasidagi kabi oltita
qoʻmita oʻz faoliyatini yuritmoqda. Senat tarkibidagi qoʻmitalar muayyan
ixtisosliklar boʻyicha tashkil etilgan. Qoʻmitalarning asosiy vazifasi – oʻz sohalariga
tegishli qonunlarni qabul qilish, umumdavlat miqyosida oʻz ixtisosliklari
yoʻnalishidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikrlar bildirish, oʻz
yoʻnalishida parlament nazoratini amalga oshirish va boshqa funksiyalar
hisoblanadi.
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatida qoʻmitalarni tashkil etishdan
maqsad ijtimoiy hayotning barcha sohalarini bir maromda rivojlanishini taʼminlash
orqali mamlakatda farovon turmush sharoitini joriy etishdir.
Qoʻmitalar raislari va ularning oʻrinbosarlari oʻzlariga tegishli qoʻmitalar faoliyatini
tashkillashtirish, muvofiqlashtirish maqsadida saylanadi. Qoʻmita majlislarini
qoʻmita raisi boshqaradi. Qoʻmita raisi oʻz faoliyatini amalga oshira olmaydigan
holatlarda ularning ishini qoʻmita raisi oʻrinbosarlari bajarib turadilar.
Qonunchilik palatasi va Senat, zarurat boʻlgan taqdirda, muayyan vazifalarni
bajarish uchun deputatlar, senatorlar orasidan komissiyalar tuzadi.
Komissiyalar, Qonunchilik palatasi va Senatning oʻz majlislarida deputatlar va
senatorlar orasidan, komissiya raisi va aʼzolari, zarurat boʻlganda esa, komissiya
raisining oʻrinbosarlaridan iborat tarkibda tuziladi. Har ikki palata komissiya
tuzilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Komissiya oʻz zimmasiga yuklatilgan
vazifalar bajarilganidan soʻng, qaysi muddatga tuzilgan boʻlsa, shu muddat
oʻtganidan keyin yoki qaysi palata tomonidan tuzilgan boʻlsa, oʻsha palataning
qaroriga asosan muddatidan ilgari oʻz faoliyatini tugatishi mumkin.
Bunday komissiyalarga misol sifatida, mamlakatimizda 2005-yilning 13-14-may
kunlari Andijon viloyatida sodir etilgan mudhish voqealar tafsilotini oʻrganish,
baholash maqsadida Qonunchilik palatasi tomonidan tuzilgan komissiyani eslash
mumkin. Mazkur komissiya terrorchilik harakatlari yuzasidan voqealar sodir
boʻlgan joylarda tekshiruv, suhbatlar, kuzatishlar tashkil etdi. Tekshiruv natijasida
voqealar tafsilotiga oid maʼlumotlar toʻplandi va amalga oshirilgan qoʻporuvchilik
harakatlariga xolis baho berildi, jamoatchilikka maʼlum qilindi.
104-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
deputatlariga va Senati aʼzolariga ularning deputatlik yoki senatorlik faoliyati
bilan bogʻliq xarajatlar belgilangan tartibda qoplanadi.
Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senatda doimiy asosda ishlovchi Senat
aʼzolari oʻz vakolatlari davrida ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari
haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishlari mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati
va Senati aʼzosi daxlsizlik huquqidan foydalanadilar. Ular tegishincha
Qonunchilik palatasi yoki Senatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi,
ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazo
choralariga tortilishi mumkin emas.
1. Qonunchilik palatasi deputatlariga va Senat aʼzolariga ularning deputatlik va
senatorlik faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni belgilash tartibi qonunlarda oʻz
ifodasini topgan. Unga asosan, Oliy Majlisning har ikki palatasi faoliyatini
moliyalashtirish davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Xarajatlar
smetasi Quyi palatada Spiker tomonidan, Yuqori palatada Senat Raisi tomonidan
tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda
Senati aʼzolarining quyidagi vakolatlari oʻz ifodasini topgan.
Ularga ish faoliyatlari bilan bogʻliq harajatlar uchun har oyda eng kam oylik ish
haqining besh baravari miqdorida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi
solinmaydigan mablagʻ toʻlanadi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Senati aʼzolariga Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi va Senatining binosida idora mebeli, zaruriy texnika vositalari va devonxona
ashyolari bilan jihozlangan alohida xizmat xonasi (yoki xizmat xonasida ish joyi)
beriladi.
Ular Oʻzbekiston Respublikasi hududida havo, temir yoʻl, avtomobil yoʻlovchilar
transportida (taksi va shahar yoʻlovchilar transporti bundan mustasno) tekin yurish
huquqidan foydalanadilar. Shu bilan birga, ular aeroportlar va aerovokzallar, temir
yoʻl vokzallari hamda stansiyalarining rasmiy shaxslar va delegatsiyalar uchun
moʻljallangan zallaridan tekin foydalanish huquqiga ega. Ular oʻz guvohnomalarini
koʻrsatganidan keyin temir yoʻl vokzallari va stansiyalarining chipta sotadigan
kassalari, fuqaro aviatsiya agentligi yoki aeroportlar ularga poyezdning yotoqli yoki
yumshoq oʻrindiqli vagonidan, samolyot salonidan navbatsiz joy berishlari shart8.
Qonunchilik palatasi deputatlari va Senatda doimiy asosda ishlovchi Senat
aʼzolariga, agar ular Toshkent shahrida turar-joyga ega boʻlmasa, bergan arizalariga
binoan vakolatlari amal qiladigan muddatga oila aʼzolari bilan yashash uchun
Toshkent shahrida xizmat turar joyi beriladi9.
2. Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senatda doimiy asosda ishlovchi Senat
aʼzolari oʻz faoliyatlari davomida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq
toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanmasliklari lozim.
Ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining
konstitutsiyaviy huquqlari tarkibiga kirganligi bois, ushbu huquqdan foydalanish
Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolariga ham tegishli. Ular oʻz
faoliyatlari davomida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishlari mumkin.
3. Qonunchilik palatasi deputati va Senat aʼzosi daxlsizlik huquqidan foydalanadi.
Ular tegishincha Qonunchilik palatasi yoki Senatning roziligisiz jinoiy
javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida
beriladigan maʼmuriy jazo choralariga tortilishi mumkin emas.
8 Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi
toʻgʻrisida”gi qonun.
9 Oʻsha manba.
Deputat daxlsizligi huquqi jinoiy va maʼmuriy qonunchilik sohasiga tadbiq etiladi.
Buning asosiy mazmuni deputatning biror faoliyati davlat organlariga yoqmasa, uni
ushbu organlarning taʼqibidan himoyalashdan iborat. Xalq saylab qoʻygan shaxs
sifatida deputat alohida muhofaza qilinadi.
Oliy Majlis mustaqil faoliyat koʻrsatishining muhim kafolati – Qonunchilik palatasi
deputatlari va Senat aʼzolarining daxlsizligidir. Uning asosiy mazmuni oliy vakillik
organi aʼzolarini asossiz jinoiy taʼqibdan ozod qilishdir. Bu ularni davlat organlari
yoki jismoniy shaxslar tomonidan bir meʼyorda ishlashiga toʻsqinlik qilish yoki
cheklash, asossiz taʼqibdan himoya qilish imkonini beradi.
Deputatlarning daxlsizlik koʻlami quyidagilardan iborat. Ular:
- hibsga olinishi;
- ushlanishi;
- olib keltirilishi;
- shaxsiy koʻzdan kechirilishi mumkin emas.
Ushbu daxlsizlik Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolarining
uy-joyi, shaxsiy va xizmat transporti, shuningdek, ularga tegishli buyumlarga ham
tatbiq etiladi.
Qonunchilik palatasi deputatini javobgarlikka tortish masalasi aynan shu palataning
roziligi bilan, senatorni javobgarlikka tortish esa, Senat ruxsati bilan faqat
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan amalga oshiriladi va jinoiy ish
Bosh prokuror tomonidan qoʻzgʻatiladi.
2. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING PREZIDENTI
105-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshligʻidir va
davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda
hamkorligini taʼminlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Davlat hokimiyatining tashkil
etilishi” deb nomlangan beshinchi boʻlimida davlat hokimiyati organlarini
shakllantirish, uning faoliyatidagi asosiy qoidalar hamda davlat hokimiyati
vakolatlari bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ijtimoiy munosabatlar huquqiy jihatdan
mustahkamlangan. Ushbu boʻlimning oʻn toʻqqizinchi bobi tegishli moddalari bilan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy maqomini belgilab beradi. Shu
jihatdan mazkur sharhlanayotgan 89-modda davlat hokimiyati tizimida markaziy
oʻrinni egallagan, mamlakat siyosiy tizimining oʻzagi hisoblangan Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti lavozimining mazmuni va uning asosiy vazifasini oʻzida
ifodalaganligi bilan ajralib turadi.
Davlat boshligʻi – muayyan mamlakatda davlat hokimiyatining yagonaligini
belgilovchi omil, millat birligining timsoli hamda davlat ramzi boʻlib, mamlakat
ichki va tashqi siyosatida uning vakili sifatida namoyon boʻladi.
Davlat boshligʻi instituti davlat hokimiyati organlari tizimida tarixan shakllanishiga,
rivojlanishiga hamda davlat organlari tizimidagi oʻrniga koʻra ham birlamchi
ahamiyat kasb etadi. Insoniyat tarixida ijtimoiy boshqaruvning ilk koʻrinishlari
paydo boʻlgan davrdan boshlab shu kungacha ham mamlakatni davlat boshligʻisiz
tasavvur etib boʻlmaydi.
Bugungi kunda davlat boshligʻining huquqiy maqomi, uning davlat hokimiyati
organlari tizimida tutgan oʻrni davlat boshqaruv shakliga koʻra tavsiflanadi. Davlat
boshqaruv shaklining ikki koʻrinishi mavjud.
Birinchisi – monarxiya davlat boshqaruv shakli boʻlib, bunda davlat boshligʻi
monarx, yaʼni qirol, podsho, imperator, amir deb nomlanadi. Monarx davlat
boshligʻi lavozimini meros huquqi asosida, avloddan- avlodga oʻtishi orqali
egallaydi.
Davlat boshqaruv shaklining ikkinchi koʻrinishi respublika deb nomlanadi. Bunda
davlat boshligʻi – Prezident saylab qoʻyiladigan organ sifatida namoyon boʻladi.
Baʼzi bir respublikalarda davlat boshligʻi vakolatlarining kollegial organ yoki
boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshirish belgilab qoʻyilgan.
Monarxiya davlat boshqaruvi asosan arab mamlakatlari hamda Gʻarbiy
Yevropaning ayrim davlatlarida saqlanib qolgan. Ularda ham davlat boshligʻi –
monarxning huquqiy holati turlicha.
“Prezident” soʻzi lotin tilidan olingan boʻlib, uning imloviy maʼnosi “oldinda
oʻtiruvchi” demakdir.
Respublika davlat boshligʻi shakliga ega davlatlar dunyo hamjamiyatida katta
qismni tashkil etadi. Davlat boshligʻining davlat hokimiyati tizimida tutgan oʻrni,
vakolatlarining koʻlami uning hokimiyatga kelish, yaʼni saylanish usuliga bogʻliq.
Prezident parlament tomonidan saylansa, davlat boshligʻining davlat boshqaruvidagi
oʻrni katta ahamiyat kasb etmaydi, balki hukumat boshligʻi davlat tizimida asosiy
rol oʻynaydi. Prezident bevosita xalq tomonidan saylab qoʻyiladigan davlatlarda
davlat boshligʻi xalqdan vakolat olgan organ sifatida davlat boshqaruvida keng
vakolatlarga ega boʻlib, amalda davlat hokimiyat organlari tizimida birlamchi organ,
mamlakatning siyosiy namoyandasi hisoblanadi.
Davlat hokimiyati markaziy organlarining soʻnggi toʻxtami, qarori albatta, davlat
boshligʻi ruxsati, roziligi yoki uning nomi bilan ommaviy ravishda eʼlon qilinadi.
Davlat nomidan, xalq nomidan ish yuritish davlat boshligʻining birlamchi vakolati
hisoblanadi.
Davlat boshligʻining faoliyati serqirra boʻlib, mamlakat ijtimoiy hayotining biror
sohasi uning nazaridan chetda boʻlishi mumkin emas. Buning uchun uning vakolat
doirasiga bir nazar solishning oʻzi kifoya qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasida Prezidentlik institutining vujudga kelishi, shakllanishi
va rivojlanishi juda ham murakkab tarixiy davrga toʻgʻri keldi, toʻgʻrirogʻi, shunday
davrdagi ogʻir va murakkab sinovga duch kelgan oʻzbek xalqi, milliy
davlatchiligimizning kelajagini, uning mustaqilligini mamlakatda Prezidentlik
lavozimini joriy etish zarurati bilan bogʻladi. Bunday qaror mamlakatning ijtimoiy-
siyosiy, tarixiy burilishi pallasida davlat, millat, xalq taqdirini belgilashda dadil
qaror qabul qilib, jurʼat bilan oqilona fikrlab, butun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olib
faoliyat yurituvchi organ – davlat boshligʻi lavozimining oʻrnatilishi bilan bevosita
bogʻliq.
Mamlakatimizda Prezident lavozimi Oliy Kengash tomonidan 1990-yilning 24-
martida “Oʻzbekiston SSR Prezidenti lavozimini taʼsis etish va Oʻzbekiston SSR
Konstitutsiyasi (Asosiy qonuni)ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
toʻgʻrisida”gi qonun bilan joriy etildi. Bu esa Oʻzbekistonning suverenitetga ega
boʻlishida, uning ichki va tashqi siyosatini belgilashda dadil siyosiy qaror boʻldi.
Ushbu siyosiy qarorning qabul qilinishi oʻta qaltis vaziyatga – “qizil imperiya”
komida, ustiga-ustak “sotsializm” gʻoyasi sarobga aylangan mamlakatda siyosiy-
iqtisodiy, ijtimoiy-maʼnaviy tang ahvol paydo boʻlib, shunda ham “markaz”
ittifoqdosh respublikalarga zoʻr berib zulm oʻtkazayotgan bir pallaga toʻgʻri keldi.
Agar sobitqadamlik boʻlmasa, jurʼat yetmasa millatning taqdiri qanday boʻlishi
respublikamiz rahbariga ayon edi. Shu sharoitda Oʻzbekiston ittifoqdosh
respublikalar ichida birinchi boʻlib Prezident lavozimini oʻrnatdi, birinchi boʻlib oʻz
Prezidenti – davlat boshligʻini sayladi. Mustaqillik davrining ilk kunlaridan
mamlakat hayotining barcha sohalarida tub burilishlar qilish, islohotlar izchilligini,
siyosiy tizimning barqarorligini taʼminlash ehtiyoji davlat boshligʻi, ayni paytda, ijro
hokimiyatini ham boshqarishini, uning faoliyatiga rahbarlik qilishini taqozosi etdi,
desak yanglishmaymiz. Oʻtish davri, yaʼni sobiq totalitar tuzumning asoratlaridan
qutilish, mohiyatan yangi davlatchilik asoslarini yaratish, jamiyat ijtimoiy hayotini
tubdan yangilash davrida butun ijro hokimiyati faoliyatiga rahbarlik Oʻzbekiston
Respublikasida Prezident – davlat boshligʻi zimmasiga yuklatildi.
Oʻzbekiston Respublikasi milliy davlatchiligi mustahkam asoslarining qaror topishi,
jamiyat iqtisodiy farovonligining ortishi, xalqimizning barqaror iqtisodiy, siyosiy,
maʼnaviy-maʼrifiy yutuqlarga erishishi konstitutsiyaviy islohotlarni yanada yuqori
bosqichga koʻtardi.
2002-yil 27-yanvarda oʻtkazilgan umumxalq referendumi natijalariga koʻra hamda
uning asosida qabul qilingan 2003-yil 24-apreldagi qonunga muvofiq,
Konstitutsiyaning qator boblariga, jumladan, XIX bobning 89 moddasiga kiritilgan
tuzatish va qoʻshimchalarga binoan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar
Mahkamasi Raisi” deyilgan qoida olib tashlandi. Bunga asosan Vazirlar Mahkamasi
faoliyatiga rahbarlik qilish, u tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar va ijrosini
taʼminlash Bosh Vazir zimmasiga yuklatildi. Yaʼni oʻtish davrining ogʻir
sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan mamlakatimiz siyosiy tizimidagi islohotlar
iqtisodiy islohotlar bilan chambarchas bogʻliq holda kechdi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-aprelda “Davlat boshqaruvini yangilash
va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy
partiyalarning rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi konstitutsiyaviy qonuni hamda
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga (89-moddasiga,
93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga) tuzatishlar kiritish
toʻgʻrisida”gi qonunining qabul qilinishi munosabati bilan davlat boshligʻi ijro
etuvchi hokimiyat boshligʻi deyilgan norma olib tashlandi.
2008-yil 1-yanvardan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasida Prezidentning huquqiy
maqomi yangi mazmun kasb etib, uning zimmasiga davlat hokimiyati organlarining
kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini taʼminlash masʼuliyati
yuklatildi.
Davlat boshligʻi – Prezidentning bunday huquqiy maqomga ega boʻlishi
konstitutsiyaviy islohotlarning izchilligi, mamlakatni modernizatsiya qilish, jamiyat
siyosiy hayotini yanada liberallashtirish, davlat hokimiyatini tashkil etish va uning
faoliyatida siyosiy partiyalarning alohida va muhim oʻrni va ahamiyatining sezilarli
darajada oʻsayotganligi bilan izohlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hokimiyat boʻlinish prinsipiga asosan tashkil
qilingan boʻgʻinlar tarkibiga kirmaydi, balki, Konstitutsiyada mustahkamlangan
vakolatlari asosida har uch mustaqil boʻgʻin faoliyati natijasida davlat
hokimiyatining maqsadi va mazmuni yagonaligini taʼminlash funksiyasini bajaradi.
Davlat boshligʻining davlat organlari tizimidagi yetakchilik oʻrni, uning davlat
hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini taʼminlash, ularning
hamkorlik qilishlariga shart-sharoit yaratish vazifasida toʻliq namoyon boʻladi.
Mazkur funksiyani amalga oshirish orqali davlat mexanizmining bir maromda
ishlashiga, davlat organlarining oʻzaro hamjihatlikda faoliyat yuritishiga erishiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yangi vakolatlari mazmunini tahlil qilsak,
unda davlat hokimiyatining mavjud boʻlishi, shakllanishi, amalga oshirilishi jamiyat
maqsadlarini, manfaatlar mushtarakligini taʼminlashdan iborat ekanligi ayon
boʻladi. Ana shu maqsadlarni roʻyobga chiqarish hamda manfaatlar mushtarakligini
taʼminlashda
huquqiy
asoslarning
mavjudligi
Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidentining oʻz vazifasini toʻliq amalga oshirishiga xizmat qiladi. Bugungi
kunda Rossiya Federatsiyasi, Fransiya davlatlari prezidentlarining davlat hokimiyati
tizimida, yaʼni hokimiyat organlarining kelishgan holda hamkorlik bilan faoliyat
yuritishini taʼminlash funksiyasi ularning huquqiy holatida namoyon boʻladi.
106-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga oʻttiz besh
yoshdan kichik boʻlmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha
kamida 10 yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston
Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki
muddatdan ortiq Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti boʻlishi mumkin
emas.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasining
fuqarolari tomonidan umumiy, teng va toʻgʻridan- toʻgʻri saylov huquqi
asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan yetti yil muddatga saylanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentini saylash tartibi qonun bilan
belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat boshligʻi boʻlganligi sababli, ushbu
lavozimni egallash uchun nomzodga konstitutsiya darajasida talablar qoʻyilishi
tabiiy hol. Chunki davlat boshligʻining hokimiyat organlari tizimidagi oʻrni beqiyos
boʻlib, davlat va xalq taqdiri, jamiyatning rivojlanishi, mamlakatdagi tinchlik,
totuvlik hamda toʻkin-sochinlik ushbu lavozimdagi shaxsning faoliyati darajasiga
bevosita bogʻliq. Shunday ekan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini
egallash uchun faqat Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari xaqli boʻlib, ushbu
fuqarolarning yoshi oʻttiz beshdan kichik boʻlmaslik talabi aynan uning hayotiy
tajribaga ega, oq-qorani tanigan, xalq orasida oʻzining isteʼdodini koʻrsata olgan,
huquq, siyosat, iqtisod, diplomatik yoʻnalishlarni yaxshi oʻzlashtirgan shaxs boʻlib
yetishishiga zamin tayyorlay oladigan muayyan davrni taqozo etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat tilini yaxshi bilishi lozim deyilgan qoida
umummilliy qadriyatimizdan kelib chiqib belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasida
davlat tili oʻzbek tili boʻlganligi, davlatning oʻz rasmiy tilining mavjudligi ham
mustaqil davlat belgilaridan biri ekanligi, milliy tilni bilgan shaxs shu xalqning urf-
odatini, qadriyatlarini himoya qila oladigan asl xalq farzandi boʻlishi ushbu
talabning mutlaqo haqqoniyligini koʻrsatadi.
Saylovga qadar Oʻzbekiston hududida 10 yil muqim yashashlik talabi Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzodning davlat va jamiyat oldidagi
muammolarni his qila olishi, jamiyat hayoti, turmush tarziga oqilona yondasha bilish
kabi holatlarning kafili boʻlib xizmat qiladi. 10 yil davomida muqim yashaganlik
talabining mavjudligi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga
nomzodning shu davr ichida chet elda vaqtinchalik boʻlganligini nazarda tutmay,
balki muayyan muddat xorijda doimiy yashaganlik holatining ehtimoliga ishoradir.
Bu qoida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning xorijiy davlatlarda
muayyan vaqt doimiy yashaganligi tufayli oʻsha davlat taʼsiriga tushib qolganlik
ehtimolining oldini olishni maqsad qilib qoʻyadi.
Prezidentlikka nomzod, fuqarolikka qanday asoslarga koʻra ega boʻlganligidan qatʼi
nazar, fuqarolik hamma uchun teng deyilgan Konstitutsiyada mustahkamlangan
qoidaga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishining oʻzi yetarlidir.
Hatto eng demokratik davlat taʼrifiga daʼvogarlik qiluvchi AQSHda ham davlat
rahbarligiga nomzod tugʻilishiga koʻra AQSH fuqarosi boʻlishi va bunda faqat
AQSH hududida tugʻilganligi asos qilib qoʻyilgan. Boshqacha aytganda, AQSHda
prezidentlikka nomzod uchun qoʻyilgan talab AQSHning barcha fuqarolarini ham
tengligini kafolatlay olmaydi.
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti boʻlishi mumkin emas, deb oʻrnatilgan qoidaning mazmuni, bir shaxsning
ketma-ket faqat ikki muddat davomida hokimiyat tepasida boʻlishi mumkinligini
bildiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston xalqi tomonidan saylanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xalq tomonidan bevosita saylanadi deyilganda,
saylash huquqiga ega boʻlgan saylovchilar nazarda tutilmoqda. Prezident lavozimiga
oʻtkaziladigan saylovlar umumiy, teng, toʻgʻridan-toʻgʻri hamda erkin saylov
prinsiplari asosida oʻtkazilib, unda yashirin ovoz berish qonun bilan kafolatlangan.
Prezident saylovini oʻtkazish “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
toʻgʻrisida”gi qonun bilan huquqiy tartibga solingan. Ushbu qonunda Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazish bilan bogʻliq barcha munosabatlar oʻz
aksini topgan.
Mazkur
normada
Prezident
vakolat
muddatining
yetti
yil
qilib
belgilanishida, birinchidan, Prezidentning oʻz oldiga qoʻyilgan barcha davlat
vazifalarini bajarishi va oʻzi ilgari surgan dasturni hayotga tatbiq etishi,
ikkinchidan, Prezident parlament, hukumat va sud organlaridan vakolat muddatiga
koʻra maʼlum masofada ajralib turishi va ayni vaqtda, hokimiyatning barcha
tizimlariga, siyosiy partiya va ijtimoiy harakatlarga nisbatan xolisona boʻlish kabi
omillarning ahamiyati katta. Italiya, Turkiya, Suriya kabi respublikalarda ham
Prezidentning vakolat muddati yetti yil boʻlib, ushbu muddat bejiz belgilanmagan,
albatta.
Bugungi kunda mustaqil davlat barpo etish borasidagi amaliyot koʻrsatib turganidek,
Oʻzbekiston oʻzining barqaror konstitutsiyaviy tuzumiga ega boʻlishi uchun oʻn
yilga yaqin muddatni qamrab olgan oʻtish davridek masʼuliyatli sinovni boshidan
kechirdi. Bir tuzumdan undan tamomila farq qiluvchi ikkinchi tuzumga oʻtish,
ayniqsa, mohiyatan eksperiment boʻlgan, insoniyat boshiga katta kulfatlar keltirgan
tuzumdan, qadriyatlarimizni qayta tiklash evaziga erishilayotgan, taraqqiyparvar
tuzumga oʻtish oson kechmadi, albatta. Shunday davrlar uchun moʻljallab qabul
qilingan tarixiy islohotlar va dasturlarni bajarish oʻnlab yillarni talab qilishiga eng
yangi tariximiz yorqin guvohlik bermoqda.
107-modda. Prezident oʻz vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq
toʻlanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati boʻlishi,
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin emas.
Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi.
Ushbu modda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy maqomiga tegishli
baʼzi qoidalarni oʻzida mujassam etadi. Prezident oʻz vazifasini bajarib turgan
vaqtda, yaʼni vakolat muddati davrida boshqa haq toʻlanadigan lavozimni egallashi
mumkin emas, deyilgan qoidaning mazmuni, birinchidan, xaq toʻlanadigan
lavozimni egallashi bilan oʻsha lavozim qaysidir idoraga tegishli boʻlganligi sababli
unga maʼmuriy boshqaruv yuzasidan taʼsir etish imkoniyati yuzaga kelishini oldini
olish, ikkinchidan, mehnatga haq toʻlash barobarida moddiy manfaatdorlik
masalasida yuzaga kelish ehtimoli boʻlgan kelishmovchiliklarni bartaraf etishni
anglatsa, uchinchidan, davlat boshligʻi vazifalari koʻlamining kengligini nazarda
tutsak, ushbu qoida uning faoliyat samaradorligini oshirishini bildiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vakillik organining deputati boʻlishi mumkin
emasligi Konstitutsiyamizda mustahkamlangan “hokimiyat boʻlinishi” prinsipining
talabi, uni hayotga tatbiq etilishining yana bir koʻrinishidir. Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti umumxalq saylovi orqali hokimiyat vakolatiga ega boʻlib,
oliy vakillikni amalga oshiradi, u butun xalq oldida hisobdordir. Vakillik organi
deputati esa, avvalo, oʻzi mandat olgan muayyan hududiy birlik saylovchilari hamda
siyosiy partiyalar yoki saylovchilarning tashabbuskor guruhlari taʼsirida faoliyat
yuritadi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat organlari
faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning oʻzaro hamkorlik qilishini taʼminlash
funksiyasining mazmuni, uning deputatlik mandatiga ham egalik qilishi
mumkinligini mantiqqa zid boʻlishini koʻrsatadi.
Davlat boshligʻining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmasligi konstitutsiyaviy
qoida sifatida bejiz mustahkamlanmagan. Davlat iqtisodiyoti bilan bevosita
shugʻullanadigan shaxsning oʻz shaxsiy manfaati yuzasidan tadbirkorlik faoliyati
bilan band boʻlishi, albatta, mumkin emas. Iqtisodiy sohani boshqarish mexanizmiga
ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti faqat xalq va davlat manfaatlariga
xizmat qilishi, oʻz vakolatlarini vijdonan bajarishi lozim. Buning uchun davlat
boshligʻiga qonunda belgilangan tartibda mehnat haqi beriladi. Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining vakolatlari ham mazmunan uning tadbirkorlik bilan
shugʻullanishiga izn bermaydi.
2003-yil 25-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
faoliyatining asosiy kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunda Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining faoliyati bilan bogʻliq moddiy- ijtimoiy taʼminot masalalari huquqiy
mustahkamlangan.
Bundan tashqari, Prezident shaxsining daxlsizligi qoidasiga asosan, uning daxlsizlik
va immunitetga egaligi mazkur qonunda koʻrsatib oʻtilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz vazifasini egallab turgan davrda ham,
isteʼfoga chiqqanidan soʻng ham butun hayoti mobaynida daxlsizlik va immunitetga
ega boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi eks-
Prezidentining davlat muhofazasi va xavfsizligini taʼminlashda huquqiy
kafolatlarning mavjudligi, davlat va jamiyat tinchligi hamda osoyishtaligining ham
kafolati hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi eks-Prezidenti Prezidentlik lavozimida boʻlgan davrdagi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlarini bajarish bilan bogʻliq harakatlari
uchun jinoiy va boshqa xil javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
108-modda. Prezident Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yigʻilishida
quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab oʻz lavozimiga kirishgan
hisoblanadi:
"Oʻzbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning
Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari
va erkinliklariga kafolat berishga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod
qilaman".
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti umumxalq saylovidan soʻng, Markaziy saylov
komissiyasi tomonidan saylov natijalari rasmiy tarzda eʼlon qilingan kundan
eʼtiboran kechi bilan ikki oy ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qasamyodini qabul qilishi bilan bogʻliq tantanali marosimni oʻtkazish uchun Oliy
Majlis palatalarining qoʻshma majlisi chaqiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qabul qilgan paytdan boshlab oʻz
lavozimiga kirishgan hisoblanadi yaʼni shu vaqtdan boshlab Konstitutsiya va
qonunlarda mustahkamlangan vakolatlarga toʻliq egalik qiladi, davlat boshligʻi
sifatidagi masʼuliyatni oʻz zimmasiga oladi.
Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidenti
qasamyodi
matnining
bevosita
Konstitutsiyadan oʻrin olganligi ushbu qasamyod qabul qilinishining naqadar keng
ahamiyat kasb etishini koʻrsatadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining vakolatlari.
109-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti:
1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Oʻzbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining, Oʻzbekiston Respublikasi
suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligining kafilidir, milliy-davlat
tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-
tadbirlar koʻradi;
2) mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi
nomidan ish koʻradi;
3) muzokaralar olib boradi hamda Oʻzbekiston Respublikasining shartnoma
va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga,
bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini
taʼminlaydi;
4) oʻz huzurida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik hamda boshqa
vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;
5) Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar
huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalarining rahbarlarini
tayinlash uchun nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senatiga taqdim etadi;
6) Oʻzbekiston Respublikasi xalqiga hamda Oliy Majlisiga mamlakat ichki va
tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan
murojaat qilish huquqiga ega;
7) vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzadi
hamda tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdigʻiga kiritadi;
8) Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;
9) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasi maʼqullaganidan keyin lavozimga tayinlaydi va ularni lavozimidan
ozod etadi;
10) qoʻmitalar, agentliklar va boshqa respublika davlat organlari rahbarlarini
qonunchilikka muvofiq lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
11) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorini, Oʻzbekiston Respublikasi
Hisob palatasi raisini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
maʼqullaganidan keyin lavozimga tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod etadi;
12)
Oʻzbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisining
Senati
bilan
maslahatlashuvlardan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik
xizmati raisini lavozimga tayinlaydi va uni lavozimidan ozod etadi;
13) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi,
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tarkiblariga nomzodlarni,
shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi,
respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbari va respublika
monopoliyaga qarshi organining rahbari lavozimlariga nomzodlarni taqdim
etadi;
14) Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan
viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislarini va rais oʻrinbosarlarini,
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod
etadi;
15) viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlaydi hamda
lavozimidan ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki hokim shaʼni
va qadr- qimmatiga dogʻ tushiradigan xatti- harakat sodir etgan tuman va
shahar hokimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz qarori bilan
lavozimidan ozod etishgahaqli;
16) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va hokimlarning
hujjatlarini toʻxtatadi, bekor qiladi; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli;
17) Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va eʼlon qiladi;
qonunni oʻz eʼtirozlari bilan takroran muhokama qilish va ovozga qoʻyish
uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli;
18) Oʻzbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini
mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish
zaruriyati tugʻilganda urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon
qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalarining tasdigʻiga kiritadi;
19) alohida hollarda (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat,
tabiiy ofat, epidemiyalar)
fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashni koʻzlab,
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida
favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdigʻiga kiritadi.
Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi;
20) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondoni
hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qoʻmondonlarini tayinlaydi va
lavozimidan ozod etadi, oliy harbiy unvonlar beradi;
21) Oʻzbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorligʻi bilan
mukofotlaydi, Oʻzbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini
beradi;
22) Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga
oid masalalarni hal etadi;
23) amnistiya toʻgʻrisidagi hujjatlarni qabul qilish haqida Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnomalar kiritadi va Oʻzbekiston
Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi;
24) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashini
tuzadi va unga boshchilik qiladi, oʻz vakolatlari amalga oshirilishini taʼminlash
maqsadida
Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Administratsiyasini,
shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat-
kengash organlarini va boshqa organlarni shakllantiradi;
25) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni
amalga oshiradi.
Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti oʻz vakolatlarini bajarishni davlat
organlariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlarini mazmunan oʻrganish uchun
davlat hokimiyati toʻgʻrisida kengroq tushuncha va tasavvurga ega boʻlishlik talab
etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat hokimiyati tizimidagi oʻrni,
huquqiy
maqomi
aynan
ushbu
organning
konstitutsiya
va
qonunlarda
mustahkamlangan vakolatlari doirasi bilan izohlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti vakolati – uning funksiya va vazifalarini amalga oshirish vositasidan
toʻliq foydalanish huquqi boʻlib, uning mazmunida yuksak masʼuliyat, burch va
majburiyat ham oʻz aksini topadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlarini koʻrib chiqish ijtimoiy
sohalar boʻyicha davlat boshligʻining funksiyalarini tahlil qilish bilan chambarchas
bogʻliq.
Avvalo, xalq va davlat nomidan vakillik funksiyalarini amalga oshirishi davlat
boshligʻining xalqaro munosabatlarda siyosiy namoyanda sifatida tanilishiga xizmat
qiladi. Ushbu funksiya orqali millat va davlatning qiyofasi, uning obroʻsi, dunyo
hamjamiyatidagi oʻrniga baho berish imkoniyati yuzaga keladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mustaqillikning ilk yillarida dunyo
hamjamiyatiga Oʻzbekistonni tanitish borasidagi saʼy-harakati orqali, yaʼni vakillik
funksiyasiga daxldor vakolatlaridan samarali foydalanganligi uchun xalqaro
hamjamiyat tez fursatda mamlakatimizni nafaqat tanidi, balki Oʻzbekiston bilan
tenglik asosida har tomonlama hamkorlik qila boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining vakillik funksiyasiga doir vakolatlari sirasiga mamlakat ichkarisida
va xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston nomidan ish koʻrish, muzokoralar olib
borish hamda Oʻzbekiston Respublikasining shartnoma va bitimlarini imzolash,
respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilgan
majburiyatlariga rioya etilishini taʼminlash, oʻz huzurida akkreditatsiyadan oʻtgan
diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qilish,
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini
tayinlash uchun nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga
taqdim etish vakolatlari kiradi hamda ushbu vakolatlardan samarali foydalanish
nafaqat davlat boshligʻini mohir siyosatchi sifatida dunyoga tanitadi, ayni paytda,
xalqimiz, davlatimiz siyosatini mazmunan namoyon boʻlishiga xizmat qiladi.
Xalqaro xamjamiyat darajasida munosabatga kirishish, xorijiy davlatlar va xalqaro
tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish, shartnoma va bitimlar tuzish, ular asosida
vujudga kelgan huquqlardan foydalanish, yuzaga kelgan majburiyatlarning
bajarilishini taʼminlashga oid harakatlarni amalga oshirish, ayniqsa, chet
davlatlarning diplomatik vakillari bilan siyosiy munosabatda boʻlish, davlatimiz
nomidan diplomatik xodimlarni tanlash va tayinlash masalalari oʻta nozik davlat-
huquqiy faoliyat hisoblanadi.
Xorijiy davlat diplomatik vakilining ishonch qogʻozlarini qabul qilar ekan, davlat
boshligʻi uni oʻsha davlatning vakolatli vakili sifatida tan olishi akkreditatsiya
atamasi bilan izohlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshqaruvidagi asosiy vakolatlari
turkumiga mamlakat xavfsizligi, uning mudofaa qudratini taʼminlash, harbiy sohani
boshqarish bilan bogʻliq vakolatlarini kiritishimiz mumkin. Chunonchi, Oʻzbekiston
Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish,