DAVLAT KUCH-QUDRATI VA GEOSIYOSAT

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

9

File size

Fayl hajmi

23,0 KB


DAVLAT KUCH-QUDRATI VA GEOSIYOSAT
Reja: 
1. Siyosat va geografiya fani o’rtasidagi aloqadorlik
2. Fridrix Ratsel va geosiyosat 
3. Geosiyosatning fan sifatida shakllanishida R.Chellen va K.Xausxofer 
ishlarining ahamiyati
4. X.Makinder va A.Mexenning geosiyosiy qarashlari
5. N. Spaykmen va klassik “Atlantizm”
Geosiyosiy tahlilning muhim elememti davlatning kuch-qudrati hisoblanadi.
Davlatning kuch-qudrati deganda ikki narsa tushuniladi: birinchidan, davlatning
o’z maqsadiga boshqa davlat siyosatiga tashqi siyosat orqali ta’sir ko’rsatish yo’li
bilan  erishishi;  ikkinchidan,  uning  o’z  manfaatlarini  o’zining  imkoniyatlari
vositasida himoya qila olish imkoniyatlari tushuniladi.
Har  qanday  davlatning  kuch-qudratini  quyidagi  omillar  belgilab  beradi:
davlatning geografik o’rni; tabiiy resurslar; sanoat salohiyati; qurolli kuchlarning
miqdor  va  sifat  ko’rsatkichlari;  inson  resurslari;  milliy  xususiyat;  milliy
ma’naviyati; diplomatiya sifati; davlat boshqaruvi darajasi.
Davlatni  kuch-qudratini  aniqlab  beruvchi  bunday  yondashuv  atributli
yondashuv deb  ataladi.  Chunki  mazkur  yondashuvda  asosiy  e’tibor  kuch-
qudratning eng muhim jihatlarini o’rganishga qaratiladi.
Qadimdan kuchli hisoblangan davlatlar nisbatan bo’sh (kuchsiz) davlatlarni
bo’ysundira olmaganligi gaqida juda ko’p misollar mavjud. Masalan, milotdan
avvalgi  V  asrda  benihoya  qudratli  Fors  davlati  yarim  asrlik  urush  natijasida
erksevar Yunon shaharlari-polislari tomonidan nag’lub qilingan. XX asrning ikki
Logotip
DAVLAT KUCH-QUDRATI VA GEOSIYOSAT Reja: 1. Siyosat va geografiya fani o’rtasidagi aloqadorlik 2. Fridrix Ratsel va geosiyosat 3. Geosiyosatning fan sifatida shakllanishida R.Chellen va K.Xausxofer ishlarining ahamiyati 4. X.Makinder va A.Mexenning geosiyosiy qarashlari 5. N. Spaykmen va klassik “Atlantizm” Geosiyosiy tahlilning muhim elememti davlatning kuch-qudrati hisoblanadi. Davlatning kuch-qudrati deganda ikki narsa tushuniladi: birinchidan, davlatning o’z maqsadiga boshqa davlat siyosatiga tashqi siyosat orqali ta’sir ko’rsatish yo’li bilan erishishi; ikkinchidan, uning o’z manfaatlarini o’zining imkoniyatlari vositasida himoya qila olish imkoniyatlari tushuniladi. Har qanday davlatning kuch-qudratini quyidagi omillar belgilab beradi: davlatning geografik o’rni; tabiiy resurslar; sanoat salohiyati; qurolli kuchlarning miqdor va sifat ko’rsatkichlari; inson resurslari; milliy xususiyat; milliy ma’naviyati; diplomatiya sifati; davlat boshqaruvi darajasi. Davlatni kuch-qudratini aniqlab beruvchi bunday yondashuv atributli yondashuv deb ataladi. Chunki mazkur yondashuvda asosiy e’tibor kuch- qudratning eng muhim jihatlarini o’rganishga qaratiladi. Qadimdan kuchli hisoblangan davlatlar nisbatan bo’sh (kuchsiz) davlatlarni bo’ysundira olmaganligi gaqida juda ko’p misollar mavjud. Masalan, milotdan avvalgi V asrda benihoya qudratli Fors davlati yarim asrlik urush natijasida erksevar Yunon shaharlari-polislari tomonidan nag’lub qilingan. XX asrning ikki
buyuk davlati – AQSH va sobiq Ittifoq ham maqsadiga erisha olmadi. AQSH
Vyetnam urushida, sobiq Ittifoq qurolli kuchlari Afg’onistonda mag’lub bo’ldi.
Shu  munosabat  bilan  hozirgi  geosiyosat  nazariyasi  davlatlar  o’rtasidagi
kuchlar nisbatini baholash masalasiga e’tibor bermoqda. Ushbu muammo xalqaro
hamjamiyatda kuchlar muvozanatini aniqlash bilan bog’langan.
Geosiyosiy raqobat gorizontal (yuzalama) va vertikal (bo’ylama) xususiyatga
ega. Gorizontal raqobat quruqlik va dengiz yuzasida vujudga kelib, suvdagi va
quruqlikdagi  raqobatga  bo’linadi.  XX  asrning  60-90-yillari  va  hozirgi  paytda
harbiy havo kuchlarining kuchayishi bilan vertikal raqobat ham vujudga keldi.
Raqobat cheklangan xususiyatga ham ega bo’lishi mumkin. Bunday raqobat
cheklangan hududda vujudga kelishi va chuqurlashishi mumkin. Masalan, Kuba,
Yaqin Sharq bunga misol bo’la oladi.
Raqobatda  geosiyosiy  yo’nalishlar  muhim  vazifani  bajaradi.  Ular  juda
muhim  quruqlik,  dengiz  va  havo  yo’llari  hamda  komunikatsiyalar  bilab
bog’langandir. Mazkur yo’nalishlarga neft va neft mahsulotlarini Yaqin Sharqdan
Yevropa va AQSHga yetkazib beruvchi asosiy yo’llar va quvurlar kiradi.
Geosiyosiy yo’nalishlar jahon geosiyosiy xaritasini shakllantiruvchi, unda
mintaqalarni birlashtiruvchi vosita rolini bajaradi. Shu vaqtning o’zida davlatlar
hamda ularning o’zaro aloqadorligi va ta’sirini tartibga solib turadi.
Shunday qilib, geosiyosiy yo’nalishlar (chiziqlar) – bu geosiyosiy makonni
tashkil etuvchi jarayonlarning elementlaridir. Geosiyosiy makon (siyosiy makon)
deyilganda davlay yoki davlatlar ittifoqi tomonidan nazorat qilib turiladigan makon
tushuniladi.
1. Siyosat va geografiya fani o’rtasidagi aloqadorlik
Qadimgi davrlardanoq olimlar geografik muhitning inson siyosiy hayotiga
ta’sirini o’rganishga qiziqqanlar. Arastu o’zining “Siyosat” deb nomlangan asarida
quyidagi  fikrni  aytib  o’tgan:  “Iqlimi  sovuq  bo’lgan  mamlakatlarda  istiqomat
qiluvchi kishilar dovyurak bo’lishadi, ammo ularda xayoliy orzular va ixtirolar
qilishga moyillik yo’q. Shuning uchun ham ular boshqa xalqlarga nisbatan ko’proq
vaqt ozodlikni saqlab turishadi, biroq o’z qo’shinlariga boshchilik qilish va ularni
Logotip
buyuk davlati – AQSH va sobiq Ittifoq ham maqsadiga erisha olmadi. AQSH Vyetnam urushida, sobiq Ittifoq qurolli kuchlari Afg’onistonda mag’lub bo’ldi. Shu munosabat bilan hozirgi geosiyosat nazariyasi davlatlar o’rtasidagi kuchlar nisbatini baholash masalasiga e’tibor bermoqda. Ushbu muammo xalqaro hamjamiyatda kuchlar muvozanatini aniqlash bilan bog’langan. Geosiyosiy raqobat gorizontal (yuzalama) va vertikal (bo’ylama) xususiyatga ega. Gorizontal raqobat quruqlik va dengiz yuzasida vujudga kelib, suvdagi va quruqlikdagi raqobatga bo’linadi. XX asrning 60-90-yillari va hozirgi paytda harbiy havo kuchlarining kuchayishi bilan vertikal raqobat ham vujudga keldi. Raqobat cheklangan xususiyatga ham ega bo’lishi mumkin. Bunday raqobat cheklangan hududda vujudga kelishi va chuqurlashishi mumkin. Masalan, Kuba, Yaqin Sharq bunga misol bo’la oladi. Raqobatda geosiyosiy yo’nalishlar muhim vazifani bajaradi. Ular juda muhim quruqlik, dengiz va havo yo’llari hamda komunikatsiyalar bilab bog’langandir. Mazkur yo’nalishlarga neft va neft mahsulotlarini Yaqin Sharqdan Yevropa va AQSHga yetkazib beruvchi asosiy yo’llar va quvurlar kiradi. Geosiyosiy yo’nalishlar jahon geosiyosiy xaritasini shakllantiruvchi, unda mintaqalarni birlashtiruvchi vosita rolini bajaradi. Shu vaqtning o’zida davlatlar hamda ularning o’zaro aloqadorligi va ta’sirini tartibga solib turadi. Shunday qilib, geosiyosiy yo’nalishlar (chiziqlar) – bu geosiyosiy makonni tashkil etuvchi jarayonlarning elementlaridir. Geosiyosiy makon (siyosiy makon) deyilganda davlay yoki davlatlar ittifoqi tomonidan nazorat qilib turiladigan makon tushuniladi. 1. Siyosat va geografiya fani o’rtasidagi aloqadorlik Qadimgi davrlardanoq olimlar geografik muhitning inson siyosiy hayotiga ta’sirini o’rganishga qiziqqanlar. Arastu o’zining “Siyosat” deb nomlangan asarida quyidagi fikrni aytib o’tgan: “Iqlimi sovuq bo’lgan mamlakatlarda istiqomat qiluvchi kishilar dovyurak bo’lishadi, ammo ularda xayoliy orzular va ixtirolar qilishga moyillik yo’q. Shuning uchun ham ular boshqa xalqlarga nisbatan ko’proq vaqt ozodlikni saqlab turishadi, biroq o’z qo’shinlariga boshchilik qilish va ularni
boshqarish qobiliyatiga ega emas, ular siyosiy rahbarlikka muhtojdirlar. Janubiy
xalqlar,  aksincha,  chuqur  o’ylaydigan  va  qiyin  holatlardan  chiqib  ketishga
ustadirlar. Ammo ular g’ayratli emaslar. Shuning uchun ham qullik va tobelik
ularga xos “tabiiy holatdir”. Oraliq mintaqalarda istiqomat qiluvchi yunonlar esa
o’zlarida Shimol hamda Janub xalqlariga xos bo’lgan eng yaxshi xislatlarni jo
qilganlar”.
Bunday siyosiy nazariyada geografik determinizm an’analariga yo’l ochib
berilgan edi. Mazkur yondashuv Jan Boden tomonidan rivojlantirildi. U insonning
rivojlanishiga geografik muhit xalq xarakteri va ruhiyati orqali ta’sir ko’rsatadi,
degan xulosaga kelgan. Uning fikricha, inson hayoti uchun eng qulay va yaxshi
sharoitlar  mo’tadil  mintaqada,  40–50°  shimoliy  kengliklar  oralig’ida  mavjud.
Aynan  mana  shu  hududlarda  qudratli  davlatlar  vujudga  kelganligini  ko’rsatib
o’tadi. Jan Boden mustaqil davlatlarning kuch-qudrati va taraqqiyoti ularni o’rab
turgan tabiiy sharoitning ta’siriga bevosita bog’liq, deb hisoblagan.
Sh. Monteske ijtimoiy hayot shakllarining rivojlanishida iqlim hal qiluvchi
ahamiyatga  ega,  deb  hisoblagan  hamda  mamlakat  qonunlari  uning  geografik
sharoitlariga mos bo’lishi zarurligini asoslab bergan. 
Geografik  determinizm  (lotincha  “determino”  –  aniqlayman)  g’oyasiga
binoan  mamlikatning  geografik  joylashishi  va  tabiiy  sharoiti  belgilab  beradi.
Geografik  determinizm  g’oyasi  vakillarining  fikricha,  kishilik  jamiyatining
rivojlanishini geografik sharoitning xususiyatlari belgilab beradi. Masalan, Ritter
dunyoni  ikki  qismga  bo’ladi  –  suvlik  (okeanlar)  va  quruqlikka.  U  quruqlik
Shimoliy yarimsharda, suvlik esa Janubiy yarimsharda asosiy maydonni tashkil
qilishini  ta’kidlaydi.  Shimolda  joylashgan  quruqlikni  “Eski  dunyo”  (Yevropa,
Osiyo) va “Yangi dunyo” (Shimoliy va Janubiy Amerika)ga bo’ladi.
Uning fikricha, “Eski dunyo” ga’rbdan katta masofaga cho’zilganligi sababli
iqlimiy jihatdan bir xillikka ega. “Yangi dunyo” esa shimoldan janubga tomon
katta masofaga cho’zilganligi tufayli iqlimiy farqlari juda katta. Mazkur iqlimiy
farqlar Ritterning fikricha, mintaqada istiqomat qiluvchi xalqlar xarakteriga katta
ta’sir ko’rsatadi. 
2. Fridrix Ratsel va geosiyosat 
Logotip
boshqarish qobiliyatiga ega emas, ular siyosiy rahbarlikka muhtojdirlar. Janubiy xalqlar, aksincha, chuqur o’ylaydigan va qiyin holatlardan chiqib ketishga ustadirlar. Ammo ular g’ayratli emaslar. Shuning uchun ham qullik va tobelik ularga xos “tabiiy holatdir”. Oraliq mintaqalarda istiqomat qiluvchi yunonlar esa o’zlarida Shimol hamda Janub xalqlariga xos bo’lgan eng yaxshi xislatlarni jo qilganlar”. Bunday siyosiy nazariyada geografik determinizm an’analariga yo’l ochib berilgan edi. Mazkur yondashuv Jan Boden tomonidan rivojlantirildi. U insonning rivojlanishiga geografik muhit xalq xarakteri va ruhiyati orqali ta’sir ko’rsatadi, degan xulosaga kelgan. Uning fikricha, inson hayoti uchun eng qulay va yaxshi sharoitlar mo’tadil mintaqada, 40–50° shimoliy kengliklar oralig’ida mavjud. Aynan mana shu hududlarda qudratli davlatlar vujudga kelganligini ko’rsatib o’tadi. Jan Boden mustaqil davlatlarning kuch-qudrati va taraqqiyoti ularni o’rab turgan tabiiy sharoitning ta’siriga bevosita bog’liq, deb hisoblagan. Sh. Monteske ijtimoiy hayot shakllarining rivojlanishida iqlim hal qiluvchi ahamiyatga ega, deb hisoblagan hamda mamlakat qonunlari uning geografik sharoitlariga mos bo’lishi zarurligini asoslab bergan. Geografik determinizm (lotincha “determino” – aniqlayman) g’oyasiga binoan mamlikatning geografik joylashishi va tabiiy sharoiti belgilab beradi. Geografik determinizm g’oyasi vakillarining fikricha, kishilik jamiyatining rivojlanishini geografik sharoitning xususiyatlari belgilab beradi. Masalan, Ritter dunyoni ikki qismga bo’ladi – suvlik (okeanlar) va quruqlikka. U quruqlik Shimoliy yarimsharda, suvlik esa Janubiy yarimsharda asosiy maydonni tashkil qilishini ta’kidlaydi. Shimolda joylashgan quruqlikni “Eski dunyo” (Yevropa, Osiyo) va “Yangi dunyo” (Shimoliy va Janubiy Amerika)ga bo’ladi. Uning fikricha, “Eski dunyo” ga’rbdan katta masofaga cho’zilganligi sababli iqlimiy jihatdan bir xillikka ega. “Yangi dunyo” esa shimoldan janubga tomon katta masofaga cho’zilganligi tufayli iqlimiy farqlari juda katta. Mazkur iqlimiy farqlar Ritterning fikricha, mintaqada istiqomat qiluvchi xalqlar xarakteriga katta ta’sir ko’rsatadi. 2. Fridrix Ratsel va geosiyosat
XIX asrning ikkinchi yarmida nemis olimi  Fridrix Ratsel (1844 – 1904)
birinchi bo’lib dunyoga geosiyosiy nigohning (qarashning) asosiy yo’nalishlarini
ishlab chiqdi. Uning fikricha, makon – siyosiy resurs, taraqqiyot omili bo’lib
hisoblanadi. Ratsel o’zining asosiy geosiyosiy g’oyalarini “Antropogeografiya” va
“Siyosiy geografiya” nomli asarlarida yoritib beradi. Uning fikricha, mamlakatning
mustaqil davlat sifatida “oyoqqa” turishida tarixiy taraqqiyot nazariyasi geografik
sharoitning ahamiyatini hisobga olmagan. Shuning uchun ham u davlat tashqi va
ichki siyosatning geografik sharoitga bog’liq ekanligini isbotlash bo’yicha muhim
ilmiy ishlar olib bordi.
F. Ratsel  davlatning asosiy  xususiyatlari  qatoriga quyidagilarni  kiritgan:
mamlakat hududining kattaligi; geografik o’rni va chegaralari; o’simlik dunyosi;
boshqa hududlarga bo’lgan munosabati.
F.  Ratsel  tomonidan  geosiyosat  sohasida  juda  muhim  bo’lgan  quyidagi
qonuniyatlar ishlab chiqilgan:
- davlat makoni (madaniyat rivojlangan sari kengayib, o’sib boradi);
-  davlat  siyosati  (g’oyalar,  savdo,  diniy  targ’ibot  va  boshqalarning
rivojlanishi bilan bir paytda amalga oshadi);
- davlatning taraqqiyoti va kengayishi kichik davlatlarni qo’shib olish va
bosib olish hisobiga amalga oshadi;
- davlat chegarasi uning o’sishini ta’minlashi, qudrati yoki zaif tomonlari
o’zgarishining asosiy sbabchisi bo’lishi mumkin;
-  davlat  rivojlanishi  davomida  o’zini  o’rab  turgan  eng  muhim  tabiat
elementlari – qirg’oq chiziqlari, daryo vodiylari, tog’lar, tekisliklar va resurslarga
boy mintaqalarni qo’shib olishga doimo harakat qiladi;
- sodda (kuchsiz) davlatlarga hududini kengaytirish haqidagi dastlabki turtki
tashqaridan, yuqori darajali madaniyat markazlaridan keladi. 
Davlatlar vujudga keladi, o’sadi, taraqqiy etadi, vaqti-soati kelganda tirik
jonzotlar kabi barham topadi. 
Davlatning kengayishi yoki torayishi uning ichki hayotida ro’y beradigan
jarayonlar bilan bog’liq bo’ladi. F. Ratsel katta davlatlarda geografik ekspansiya
(bosib  olishga  intilish)ga  moyillik  mavjudligini  va  bu  xususiyat  asta-sekin
Logotip
XIX asrning ikkinchi yarmida nemis olimi Fridrix Ratsel (1844 – 1904) birinchi bo’lib dunyoga geosiyosiy nigohning (qarashning) asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqdi. Uning fikricha, makon – siyosiy resurs, taraqqiyot omili bo’lib hisoblanadi. Ratsel o’zining asosiy geosiyosiy g’oyalarini “Antropogeografiya” va “Siyosiy geografiya” nomli asarlarida yoritib beradi. Uning fikricha, mamlakatning mustaqil davlat sifatida “oyoqqa” turishida tarixiy taraqqiyot nazariyasi geografik sharoitning ahamiyatini hisobga olmagan. Shuning uchun ham u davlat tashqi va ichki siyosatning geografik sharoitga bog’liq ekanligini isbotlash bo’yicha muhim ilmiy ishlar olib bordi. F. Ratsel davlatning asosiy xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritgan: mamlakat hududining kattaligi; geografik o’rni va chegaralari; o’simlik dunyosi; boshqa hududlarga bo’lgan munosabati. F. Ratsel tomonidan geosiyosat sohasida juda muhim bo’lgan quyidagi qonuniyatlar ishlab chiqilgan: - davlat makoni (madaniyat rivojlangan sari kengayib, o’sib boradi); - davlat siyosati (g’oyalar, savdo, diniy targ’ibot va boshqalarning rivojlanishi bilan bir paytda amalga oshadi); - davlatning taraqqiyoti va kengayishi kichik davlatlarni qo’shib olish va bosib olish hisobiga amalga oshadi; - davlat chegarasi uning o’sishini ta’minlashi, qudrati yoki zaif tomonlari o’zgarishining asosiy sbabchisi bo’lishi mumkin; - davlat rivojlanishi davomida o’zini o’rab turgan eng muhim tabiat elementlari – qirg’oq chiziqlari, daryo vodiylari, tog’lar, tekisliklar va resurslarga boy mintaqalarni qo’shib olishga doimo harakat qiladi; - sodda (kuchsiz) davlatlarga hududini kengaytirish haqidagi dastlabki turtki tashqaridan, yuqori darajali madaniyat markazlaridan keladi. Davlatlar vujudga keladi, o’sadi, taraqqiy etadi, vaqti-soati kelganda tirik jonzotlar kabi barham topadi. Davlatning kengayishi yoki torayishi uning ichki hayotida ro’y beradigan jarayonlar bilan bog’liq bo’ladi. F. Ratsel katta davlatlarda geografik ekspansiya (bosib olishga intilish)ga moyillik mavjudligini va bu xususiyat asta-sekin
sayyoraviy (plnetalar) miqyosda kengayib borishini aniqlagan. Bundan tashqari, u
har bir xalq va davlat o’zining hududiy taraqqiyot konsepsiyasiga ega ekanligini
asoslab berdi.
F. Ratsel tadqiqotlarining asosiy va eng muhim jihatlaridan biri – uning
“Geografik  makon  siyosiy  kuch  sifatida geosiyosatning  asosini  tashkil  etadi”,
degan xulosasidir.
3. Geosiyosatning fan sifatida shakllanishida R.Chellen va K.Xausxofer
ishlarining ahamiyati
Geosiyosat fanining rivojlanishiga  R.Chellen va  K.Xausxofer  juda katta
hissa qo’shgan.
R.Chellen  birinchi  bo’lib  davlat  inson  kabi  sezuvchi,  his  qiluvchi  va
o’ylovchi mavjudoddir, degan fikrni aytgan. Davlat Yer yuzasida o’zining kuchiga
bog’liq holda mavjuddir. U kurash holatida bo’lib, tirik mavjudodlarga o’xshab
so’ladi va halok bo’ladi, deb ta’kidlaydi R.Chellen.
Yashash  uchun  kurash,  R.Chellen  fikriga  ko’ra,  har  qanday  davlat
organizmining  mohiyatini  tashkil  etadi.  Urush  geografik  makonni  egallash
maqsadida olib borilayotgan ushbu kurashning aniq bir shaklidir.
Kuch-qudrat davlatni ushlab turish va qo’llab-quvvatlash bo’yicha qonunga
nisbatan  muhimroq  asosdir.  Chunki  qonunning  o’zi  faqat  kuch  orqali  ushlab
turiladi. Qonun davlatga ma’naviy-axloqiy elementlarni olib kirsa, kuch-qudrat
uning faoliyatini ta’minlaydi, deb ta’kidlaydi. R.Chellen davlat o’z nomi bilan
maqsaddir, u fuqarolari faravonligini yaxshilashga xizmat qiluvchi organism emas,
degan xulosaga kelgan.
K.Xausxofer  (1896-1946)  jahonda  birinchi  geosiyosatchilar  maktabining
asoschisi va tashkilotchisi hisoblanadi. Uning ilmiy izlanishlari “hayotiy makon”
kategoriyasiga katta e’tibor berilgan. 
“Hayotiy makon” tushunchasi (kategoriyasi) ning shakllanishida F. Maltus
ishlari va g’oyalari muhim o’rin tutadi. F. Maltus aholi o’sishi biologik qonunlar
asosida geometrik progressiya bo’yicha, ozuq-ovqat mahsulotlari esa arifmetik
progressiya bo’yicha o’sadi, degan g’oyani olg’a surgan. Shuning uchun aholining
ko’payishi  oziq-ovqat  mahsulotlarining  ko’payishiga  nisbatan  tezroq  bo’ladi.
Logotip
sayyoraviy (plnetalar) miqyosda kengayib borishini aniqlagan. Bundan tashqari, u har bir xalq va davlat o’zining hududiy taraqqiyot konsepsiyasiga ega ekanligini asoslab berdi. F. Ratsel tadqiqotlarining asosiy va eng muhim jihatlaridan biri – uning “Geografik makon siyosiy kuch sifatida geosiyosatning asosini tashkil etadi”, degan xulosasidir. 3. Geosiyosatning fan sifatida shakllanishida R.Chellen va K.Xausxofer ishlarining ahamiyati Geosiyosat fanining rivojlanishiga R.Chellen va K.Xausxofer juda katta hissa qo’shgan. R.Chellen birinchi bo’lib davlat inson kabi sezuvchi, his qiluvchi va o’ylovchi mavjudoddir, degan fikrni aytgan. Davlat Yer yuzasida o’zining kuchiga bog’liq holda mavjuddir. U kurash holatida bo’lib, tirik mavjudodlarga o’xshab so’ladi va halok bo’ladi, deb ta’kidlaydi R.Chellen. Yashash uchun kurash, R.Chellen fikriga ko’ra, har qanday davlat organizmining mohiyatini tashkil etadi. Urush geografik makonni egallash maqsadida olib borilayotgan ushbu kurashning aniq bir shaklidir. Kuch-qudrat davlatni ushlab turish va qo’llab-quvvatlash bo’yicha qonunga nisbatan muhimroq asosdir. Chunki qonunning o’zi faqat kuch orqali ushlab turiladi. Qonun davlatga ma’naviy-axloqiy elementlarni olib kirsa, kuch-qudrat uning faoliyatini ta’minlaydi, deb ta’kidlaydi. R.Chellen davlat o’z nomi bilan maqsaddir, u fuqarolari faravonligini yaxshilashga xizmat qiluvchi organism emas, degan xulosaga kelgan. K.Xausxofer (1896-1946) jahonda birinchi geosiyosatchilar maktabining asoschisi va tashkilotchisi hisoblanadi. Uning ilmiy izlanishlari “hayotiy makon” kategoriyasiga katta e’tibor berilgan. “Hayotiy makon” tushunchasi (kategoriyasi) ning shakllanishida F. Maltus ishlari va g’oyalari muhim o’rin tutadi. F. Maltus aholi o’sishi biologik qonunlar asosida geometrik progressiya bo’yicha, ozuq-ovqat mahsulotlari esa arifmetik progressiya bo’yicha o’sadi, degan g’oyani olg’a surgan. Shuning uchun aholining ko’payishi oziq-ovqat mahsulotlarining ko’payishiga nisbatan tezroq bo’ladi.
Demak, u aholisi eng zich va eng ko’p mamlakat – Germaniyada urushlarning
oldini olib bo’lmaydi, shunday sharoitda tirik qolish uchun “Hayotiy makon”ni
kengaytirish zarur, degan xulosaga kelgan.
K.Xausxofer boshqa milliy g’oya tarafdorlari kabi, nemis davlatining kuch-
qudratini kuchaytirishga harakat qildi. Bu maqsadga esa o’z-o’zidan, mamlakat
industrial qudrati va madaniyatini ko’tarmasdan geosiyosiy ekspansiya qilmasdan
erishish mumkin emas edi. Germaniyaning Yevropa qoq markazida joylashganligi
uni tabiiy holda g’arbiy dengiz mamlakatlari – Angliya, Fransiya va kelajakda
AQSHga qarshi qilib qo’ymoqda edi.
Shuning uchun ham Germaniyaning “Atlantika mamlakatlari” bilan siyosiy
ittifoq tuzishi xomxayol hisoblanar edi. Bunda Fransiya va Angliyaning hududiy
e’tirozlari ham muhim o’rin egalladi.
Mana shunday fikr-mulohazalar K.Xausxofer geosiyosiy qarashlarining asosi
bo’lib xizmat qildi.
Katta davlatlarning kichik davlatlar oldidagi yutuqli jihatlari to’g’risidagi
Ratsel g’oyasini o’ziga asos qilib olib, K.Xausxofer Germaniyaning qo’shni kichik
davlatlar ustidan hech qanday gap-so’zsiz hukumronlik qilishini mutloq haqiqat
deb, Germaniyaning iqtisodiy jihatdan Rossiyani o’ziga tobe qilib olishini esa
asosiy vazifalardan biri deb hisoblardi.
4. X.Makinder va A.Mexenning geosiyosiy qarashlari
Geosiyosiy g’oyalarning rivojlanishida ikki yo’nalish muhim o’rin egallaydi.
Birinchi yo’nalish Angliya-Amerika yo’nalishi deb ataladi. Mazkur yo’nalishda
asosiy e’tibor dunyoviy (global) geostrategik konsepsiyalar tuzishga qaratiladi.
Mazkur konsepsiyada dengiz va quruqlik hududlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar
va aloqalar, ularning tarkibi va imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Ikkinchi  yo’nalish  –  kontinental  (quruqlik)  yo’nalishi  deb  ataladi.  XX
asrning 40-50-yillarida Germaniya va Fransiya o’zining eng yuqori darajadagi
rivojlanihs  nuqtasiga  yetdi.  Mazkur  yo’nalish  Yevropa-sentrizm,  regional
(mintaqaviylik) xususiyatlari bilan ajralib turadi va Yevropa davlatlari ichidagi
integratsiya muammolarini o’rganishga alohida e’tibor beradi.
Logotip
Demak, u aholisi eng zich va eng ko’p mamlakat – Germaniyada urushlarning oldini olib bo’lmaydi, shunday sharoitda tirik qolish uchun “Hayotiy makon”ni kengaytirish zarur, degan xulosaga kelgan. K.Xausxofer boshqa milliy g’oya tarafdorlari kabi, nemis davlatining kuch- qudratini kuchaytirishga harakat qildi. Bu maqsadga esa o’z-o’zidan, mamlakat industrial qudrati va madaniyatini ko’tarmasdan geosiyosiy ekspansiya qilmasdan erishish mumkin emas edi. Germaniyaning Yevropa qoq markazida joylashganligi uni tabiiy holda g’arbiy dengiz mamlakatlari – Angliya, Fransiya va kelajakda AQSHga qarshi qilib qo’ymoqda edi. Shuning uchun ham Germaniyaning “Atlantika mamlakatlari” bilan siyosiy ittifoq tuzishi xomxayol hisoblanar edi. Bunda Fransiya va Angliyaning hududiy e’tirozlari ham muhim o’rin egalladi. Mana shunday fikr-mulohazalar K.Xausxofer geosiyosiy qarashlarining asosi bo’lib xizmat qildi. Katta davlatlarning kichik davlatlar oldidagi yutuqli jihatlari to’g’risidagi Ratsel g’oyasini o’ziga asos qilib olib, K.Xausxofer Germaniyaning qo’shni kichik davlatlar ustidan hech qanday gap-so’zsiz hukumronlik qilishini mutloq haqiqat deb, Germaniyaning iqtisodiy jihatdan Rossiyani o’ziga tobe qilib olishini esa asosiy vazifalardan biri deb hisoblardi. 4. X.Makinder va A.Mexenning geosiyosiy qarashlari Geosiyosiy g’oyalarning rivojlanishida ikki yo’nalish muhim o’rin egallaydi. Birinchi yo’nalish Angliya-Amerika yo’nalishi deb ataladi. Mazkur yo’nalishda asosiy e’tibor dunyoviy (global) geostrategik konsepsiyalar tuzishga qaratiladi. Mazkur konsepsiyada dengiz va quruqlik hududlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va aloqalar, ularning tarkibi va imkoniyatlari tahlil qilinadi. Ikkinchi yo’nalish – kontinental (quruqlik) yo’nalishi deb ataladi. XX asrning 40-50-yillarida Germaniya va Fransiya o’zining eng yuqori darajadagi rivojlanihs nuqtasiga yetdi. Mazkur yo’nalish Yevropa-sentrizm, regional (mintaqaviylik) xususiyatlari bilan ajralib turadi va Yevropa davlatlari ichidagi integratsiya muammolarini o’rganishga alohida e’tibor beradi.