DAVLAT MUZEY FONDI. MUZEY FONDLARINI TO'LDIRISH (Muzey fondi tushunchasi, Muzey ashyolarini o'rganish uslubiyati, Muzey ashyolariga ilmiy pasportlar qo'yish)
Yuklangan vaqt
2024-04-20
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
27,6 KB
Ilmiybaza.uz
DAVLAT MUZEY FONDI. MUZEY FONDLARINI TO'LDIRISH
Reja:
1.
Muzey fondi tushunchasi.
2.
Muzey fondlarini ilmiy asosda tashkillashtirish.
3.
Fond ishlarining asosiy yo'nalishlari.
4.
Muzey ashyolarini o'rganish uslubiyati.
5.
Muzey fondlarini to'ldirish.
6.
Muzey ashyolariga ilmiy pasportlar qo'yish.
Ilmiybaza.uz
Muzey faoliyati muzey fondlari orqali amalga oshiriladi. Muzey funktsiyasi
bajarilishining muvafaqiyatli bo'lishi, muzey kadrlarining bilim manbalari va
emosional va madaniy qadriyatlarni, yaxshi bilishga va tashkil etishga bog'liq ya'ni
muzey predmetlarining o'ziga xosligi va ularning tarixiy jarayonlarni aks ettirishini
to'g'ri tushuna olish va tashkillashtira olishga bog'liq. Muzey fondlarini saqlash,
tadqiq etish va ilmiy, tarbiyaviy ishlarda ulardan to'g'ri foydalanish kerak bo'ladi.
Fondlar orqali o'gmish, bugun va kelajakni bog'lash mumkin. Fond ishlarida boshqa
yirik davlatlarda bo'lgani kabi tarixiylik, ilmiylik, xolislik uslubiyatlari asosiy
o'rinni egallaydi. Tarixiylik printsipi orqali muzey ashyolari jamiyatning tarixiy
rivojlanishining
jonsiz
guvohi va
natijasi sifatida
o'rganiladi.
Tarixiy
qonuniyatlarga alohida
e'tibor beriladi.
Tarix yo'nalishidagi muzeylar fondlariga muzey ashyolari, ijtimoiy — iqtisodiy
jarayonlarning hujjatlari, ichki va tashqi siyosat, madaniyat tarixiga oid materiallar
kiradi.
Muzey fondlari arxiv va kutubxona fondlaridan farq qilib tarixiy jarayonlarni
kompleks
hujjatlashtiradi.1)
moddiy.
2)
tasviriy.
3)
yozma.
4)
fonoyozuv,kinofilm.(manbalar)
Muzey uchun nafaqat semantik informasiya, balki e'tibor jalb qilish, ya'ni
attraktiv jihati hamda to'lqinlantira olish (hayajonlantirish) — ya'ni ekspressiv jixati
ham bo'lishi kerak.
Muzey fondlarini ilmiy tashkillashtirish.
Muzey fondlari predmetlarning murakkab kompleksi bo'lib ularning ijtimoiy
ahamiyati bir —biridan farqlanadi. Muzey faoliyatida ham ularning roli bir —
biridan farqlanadi. Muzey fondlarini ilmiy asosda tartibga solish kerak bo'ladi.
Ularning:
1.
— dan muzey ashyosi ekanligiga;
2.
—dan ilmiy yordamchi ashyo ekanligiga e'tibor beriladi.
Ilmiybaza.uz
Fondlarni ilmiy tashkillashtirish boshqa tomondan ham katta ahamiyatga
egadir.
Fond predmetlari o'zaro qarindoshlik belgilari bilan farqlanadi. Ular materiallar
turi, tuzilishi, mavzusi, syujeti (yozma, tasviriy manbalar, kinohujjat va
fonoyozuvlar) joyi, vujudga kelgan vaqti, avtori alohida shaxsga tegishliligi bilan
bir —biriga yaqin bo'ladi. Fondlarni ilmiy tashkillashtirishda informasiya qimmati
(uning sifati, hajmi) ga ham e'tibor
beriladi.
Bir yoki bir necha belgisining o'xshashligi, ilmiyligi, badiiyligining bir — biriga
yaqinligidan tashkil topgan predmetlar muzey kollektsiyalari deyiladi. Masalan
ularga o'zbek va g'arbiy Evropa matolari, Sharq qurollari, qishloq xo'jalik qurollari
va boshqalar misol bo'la oladi. Kollektsiyaning muzeyga xosligi uni son va sifatdan
to'laligiga bog'liq. Kollektsiya shuningdek o'zaro tarixiy jarayonlarning u yoki bu
jihatini hujjatlashtirishga ham bog'liq. Masalan g'arbiy Evropa matolari va Sharq
qurollari O'zbekistonning chet el bilan olib boradigan aloqalarini aks ettirishi kerak.
Bir kollektsiyadagi jarayonlar boshqa kollektsiyadagi mazmunni to'ldirishi kerak.
Fondlarni ilmiy tashkillashtirish ikkita masalani echadi.
Birinchidan, predmetlarning fan va madaniyat uchun ahamiyatini ko'rsatadi, alohida
muzey ishini yuritishda va predmetlarning yuridik jihatlarini tashkillashtirishda
kerak bo'ladi;
Ikkinchidan, predmetlarni saqlash, tadqiq qilish, ulardan foydalanish kabi jihatlarini
o'rganadi.
Muzey fondlari: muzey predmetlari fondi va ilmiy — yordam fondiga bo'linadi.
Muzeyda saqlanadigan barcha predmetlar asosiy fond deyiladi.
Muzey fondlari 2 ga bo'linadi:
5.
Muzey ashyolari fondi.
6.
Ilmiy — yordam fondlari.
Muzey ashyolari fondi:
Asosiy fond va almashuv fondiga bo'llnadi.
Ilmiybaza.uz
a) asosiy fond: kollektsion va dublet fondiga bo'linadi;
Kollektsion fond: yirik va tipik predmetlariga bo'linadi.
Dublet fondiga yirik va tipik predmetlar kiradi.
b) almashuv fondiga: noyo'nalish predmetlari va ortiqcha
dublet nusxa fondlari kiradi. Noyo'nalish fondida ham yirik va
tipik predmetlar fondi kiradi o'zaro bir —biriga yaqin
predmetlar va ularni chuqur o'rganishga maksimal yo'nalish bera
olish, o'rganish, to'ldirish, saqlash, foydalanish muzey fondlari
strukturasi deyiladi.
1.
Aniq asosda bo'linadi. Masalan shisha predmetlarni bir
vaqtning o'zida ham materiali, ham rangiga qarab bo'lib
bo'lmaydi.
2.
Manbalarni turiga qarab bo'lib bo'lmaydi.
3.
Fondlarga bo'lishda ular bir —biridan farq qilishi kerak.
Misol uchun rasm solingan piyola bir vaqtda ham moddiy,
ham tasviriy manbaga kirmasligi kerak.
4.
Misol uchun qurollar sovuq va portlovchi qurollarga bo'lib
uning aniq tiplari bo'linmaydi.
Moddiy, tasviriy, yozma manbalarga fonoyozuv va kinohujjatlarga qarab
bo'linadi.
Mustaqillik yillarida O'zbekiston muzeylarida to'xtovsiz davom etgan
yig'uv faoliyati tufayli numizmatik, harbiy — tarixiy, etnografik, zoologik,
botanika va badiiy xarakterga ega bo'lgan katta miqdordagi asl muzey
ashyolari to'plandi. Yig'ilgan muzey materiallaridan fanda foydalanish uchun
dastavval ularni muzey xodimlarining o'zlari o'rganib chiqishlari taqozo
qilinadi, chunki har bir yodgorlikning haqiqiyligi va ilmiy manba sifatidagi
ahamiyatini belgilovchi aniq ilmiy pasporti bo'lishi lozim.
Barcha mamlakatlarda bo'lgani singari, O'zbekistonda ham muzey
fondlarini to'ldirish va ularning ilmiy bo'lishiga katta e'tibor beriladi.
Ilmiybaza.uz
To'ldirishning xususiyatlari uning rejali va maqsad sari yo'naltirilgan
bo'lishida ko'rinadi. Ilmiy ekspedisiyalar tashkil qilish tabiat va turmushni
rejali ilmiy tekshirishning yagona yo'lidir. Ekspedisiya — lar to'xtovsiz
ravishda yangi materiaalar topib turmasa, muzeylarning ilmiy faoliyatini zarur
darajaga ko'tarish qiyin. Kam o'rganilgan noxiyalarda ish yuritadigan va
malakali ilmiy mutaxassislarga ega bo'lgan ekspedisiyalar ayniqsa yaxshi
samaraga erishadilar. Bunday ekspedisiyalar o'tkazishdan oldin muzey
fondlaridagi materiallar bilan batafsil tanishilib, adabiyotlar o'rganiladi,
boshqa muassasalar: fanlar akademiyasi, qo'shni respublikalar akademiyalari
ilmiy — tadqiqot institutlariga o'xshash obro'li muassasalar bilan zarur
koordinasiyalar amalga oshiriladi. Ekspedisiyalar institut va muzey
xodimlarining
birgalikda
ishtirok
etishi
uchun
zarur
ko'nikmalarni
rivojlantiradi, eksponatlarni puxta tanlash va ularga ilmiy yondoshishni
o'rgatadi, o'zaro hamkorlik tajribasini hosil qiladi. Ekspedisiya - yig'uv ishi
muzey tomonidan bir necha yilga mo'ljallab oldindan puxta rejalashtiriladi.
Bunday ish rejalari ekspozisiya vazifalari, ilmiy tadqiqot va eng avvalo,
fondlar ahvolini hisobga olish bilan uzviy bog'liq holda tuziladi. Har bir
ekspedisiya oldidan u bajarishi lozim bo'lgan ishlarning ilmiy rejasini aks
ettiruvchi yig'uv ro'yxat — jadvali tuziladi. Etnografiya kollektsiyalarini
komplektlashda har bir eksponat ro'yxatdan o'tkazilib tekshirilayotgan xalq
yoki elat tarixi hamda turmush tarzi bilan uzviy bog'liq holda, muayyan
vaziyatda o'rganiladi. Har bir etnografik mavzu yoki hodisa (turar joy, kiyim
- kechak, kasb —kor, oila va boshqalar) dala sharoiti jarayonida tarixan
o'rganiladi.
Materialni qat'iy ilmiy asosda tanlash yig'uv —to'plov ishining majburiy
shartidir. Dala sharoitida eksponat haqida: predmet va uning ayrim qismlari
nomlari
(tayyorlagan
odam
tilidagi
mahalliy
nomi),
nima
uchun
tayyorlanganligi va foydalanganligi, joylashgan rayoni, tayyorlangan vaqti
singari barcha ma'lumotlar to'planadi. Demak, dala sharoitida kollektsiya
to'plash ilmiy — tadqiqot ishlari bilan chambarchas bog'liqdir.
Ilmiybaza.uz
Dala sharoitida yig'uv ishining asosiy shakli bevosita kuzatish, axborot
beruvchilar bilan suxbatlar o'tkazish va materialni ekspedision lavha, kundalik
fotosurat sifatida ro'yxatga olishdan iborat. Axborot beruvchi yoki uning
joylardagi yordamchilari tomonidan to'ldirilgan anketadan yordamchi usul
sifatida foydalaniladi.
Muzey kollektsiyalarini to'plash — ilmiy izlanish samarasidir. Buyumni
majmuaga qo'yish uchun inventar kitobiga yozish kerak. Ammo oldin uning
nimaligini aniqlash, mazmunini bilish, xdqiqiyligiga ishonch hosil qilish, unga
to'liq nom berish lozim. Muzey fondlarida shunday buyumlar borki, ularni
aniqlash va o'rganish uchun yillab vaqt sarflanadi. Shuning uchun ko'pincha
muzey buyumlarini o'rganuvchi fanni "buyumshunoslik" deb ataydilar.
Buyumni inventar kitobiga yozishdan oldin uning muallifini, materiali va
texnikasini, mazmuni, ahvoli va qaerdan kelganligini bilish lozim.
Navbatdagi bosqich — ilmiy pasportlarni to'ldirishdir. Bunda buyumlar
haqidagi ma'lumotlar kengaytirilib, tarixiy sharhlar beriladi. Namuna uchun bir
necha ilmiy pasportni keltiramiz. Buyumning nomi - chopon. Inventar nomeri
322, qayd qilish kitobi nomeri 3-1. Bo'lim nomeri 111. Saqlanadigan joyi -34 —
yashik. ^
Tasviri. Qumrang ip gazlamali erkaklar to'ni, hunarmandchilik maxsuloti.
Asosi va arqog'i ikki ipdan eshilgan gazlamadan iborat. Choponning etagi, bari
va englari yo'l — yo'l qizil matodan, yoqalari oq hoshiyali havorang chitdan
tikilgan. Yoqasining cheti, etaklari va engining uchi binafsharang ipak jiyakdan
iborat. Eng ichiga ham ana shunday jiyakning parchasi tikilgan. Orqa etagi, bari
va eng qaytarmasi binafsharang ipak hamda qora ip bilan baxyalangan. Baxya
yirik yirik qavilgan. Chopon qo'lda tikilgan. Yoqasi mashina usulida fabrika
ipida baxyalangan.
O'lchami: uzunligi 1,38, engi - 0,72, qaytrmasi - 0,32, etagi - 1,95 sm.
Saqlanish darajasi: yangi.
Ilmiybaza.uz
Olingan joyi va vaqti: O'rta Osiyo muzeyi topshirig'iga muvofiq
M.F.Gavrilov tomonidan tuzilgan predmetlar ro'yxati. To'ldirilgan vaqti:
8.11.31 y. Tuzuvchii: M.Bekjonova.
Buyumning nomi — chinni tovoq.
Tasviri: shakli tsilindirsimon, qirrasi yuqoriga qarab bo'rtgan. Oq fonga
rangli emal bilan gul solingan. Yuqori qismi zangori naqshlar bilan bezatilgan.
Ikki yonida ushlagich uchun ikki o'yiq bor. Satxi qovoq hosili yig'ish
manzarasini aks ettiruvchi bezaklar bilan qoplangan; birinchi manzarada 3,
boshqasida 4 dehqon shakli, ular ustida uchayotgan kapalaklar. Quyi qirrasida
zangori shakllar mavjud. Tovoq qopqog'ining ustida it shakli va janr manzarasi
aks etgan. Ikkinchi tovoq ham huddi birinchisiga o'xshaydi, lekin undagi janr
manzaralari yaltiroq tasvirda berilgan.
Har ikkala tovoq ham bir hil hajmda: balandligi 143, diametri 165, chuqurlik
diametri 130 mm.
Qopqoqlar hajmi har xil: birinchisining diametri 183 mm, balandligi 50 mm;
ikkinchisiniki esa 180 mm, balandligi 50 mm. Tagida sulolaning qizil markalari
(Daouguan 1821-1851 yillar).
Saqlanish darajasi: yaxshi.
Olingan Josi va vaqti: Toshkent, Murodovdan 40 so'mga sotib olingan.
Ma'lumotlar manbai: adabiyot materiallari va ko'p yillik shaxsiy
kuzatauvlar. Eslatma: Evropa bozorlariga chiqariladigan mahsulotlarning
xarakterli namunasi.
To'ldirilgan vaqti: 10.03.1973 y. Tuzuvchi prof.G.N.Chabrov.
Ilmiy pasportlar yozish — ilmiy kataloglarni nashrga tayyorlashning asosiy
zaminidir. Bu — muzey ekspozisiyasida predmetlarni ilmiy asosda namoyish
qilish hamda etnografiya, san'atshunoslik, arxeologiya bo'yicha tadqiqot olib
boruvchilar uchun izoh xizmatini o'taydi.
Umuman muzey fondlarini komplektlash muzey faoliyatining asosiy
ko'rinishlaridan biri hisoblanadi. Bu ish tez yoki sust sur'atlarda butun muzey
faoliyati jarayonida davom etadi.
Ilmiybaza.uz
Zamonaviy muzeyshunoslikda fondlarni komplekt — lashga muzeyning
funktsiyasi bo'lgan sosial axborotlarni to'plash, jamiyat taraqqiyotini
hujjatlashtirishning usuli sifatida qaraladi. Bu amal qilayotgan sosial muhitdan
turli davrga oid va turli maqsadlarga qaratilgan predmetlarni tanlab va ajratib,
ularni muzey predmeti sifatida muzey to'plamiga kiritish yo'li bilan olib boriladi.
Topib olingan muzey predmetlari muzey to'plamining yadrosini — muzey
fondi predmetini hosil qiladi, va muzeyning butun faoliyatining fundamentiga
aylanadi. Bu fondning asosiy qismi mangu saqlashga mo'ljallab tuziladi.
Komplektlash jarayonida predmetlarning muzey uchun qimmati
aniqlana boshlaydi. Buning uchun predmetlarning o'z axborotlari
va predmet amal qilgan muxitdan predmet haqida olingan yordamchi
axborotlar o'rganiladi. Bu predmetlar, yo'ldosh, davrdosh axborotlar, ularning
hayotiy aloqalarini, ular ortida turgan insonlarning o'zaro munosabatlarini
to'laroq ochishga yordam beradi.
Masalan, kumush samovar o'zining ko'rinishi bilan uning nima maqsadga
mo'ljallanganligi, yasalgan vaqti va joyi haqida guvohlik beradi, lekin uning
amal qilish tarixi haqida, uning aynan qaysi oilaga tegishli ekanligi haqida
maxsus jalb qilingan qo'shimcha manbalar ma'lumot beradi.
Yo'ldosh axborotlar avvaldan qayd qilingan bo'lishi mumkin (biografik
ma'lumotnoma, gazeta qirqimi); shuningdek, komplektlash paytida olinishi mumkin
(tanlab olingan milliy kiyimning kiyilish usulini qayd qilish maqsadida suratga olish);
yoki olingan materialni o'rganish jarayonida qayd qilinishi mumkin (tanlab olingan
predmetaing an'anaviy joylashishi haqida xikoya qiluvchi dehqon chaylasi intererining
maketi).
Yo'ldosh axborotlarni tashib yuruvchi va muzey predmeti qimmatiga ega bo'lmagan
predmetlar, yordamchi — ilmiy materiallar fondini to'ldiradi. Yo'ldosh axborotlarning
bir qismi og'zaki formada tushadi (predmetlar egalarining, guvohlarning, avlodlarning
ma'lumoglari va u kechiktirmasdan maxsus formadagi xujjatda yozma ravishda qayd
qilinadi.)
Ilmiybaza.uz
Aytilganlardan xulosa qilib muzey fondlarini komplektlashga quyidagicha ta'rif berish
mumkin.
Fondlarni komplektlash — muzey faoliyatining asosiy ko'rinishlaridan biri, jamiyat
rivojini xujjatlashtirish jarayonining muxim .zvenosidir. U o'tmishga va hozirgi kunga
tegishli bo'lgan haqqoniy predmetlarni ajratib olish, ularni muzey predmetiga,
davrining hujjatiga, mangu asrashga mo'ljallangan muzey yodgorligiga aylantirish
orqali amalga oshiriladi.