Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansabdor shaxslarning hatti-xarakat (qaror)lari ustidan berilgan shikoyatlar va arizalar bo'yicha ishlarni yuritish.
Yuklangan vaqt
2025-09-03
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
23
Faytl hajmi
124,7 KB
MAVZU:
Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek
mansabdor shaxslarning hatti-xarakat (qaror)lari
ustidan berilgan shikoyatlar va arizalar bo'yicha
ishlarni yuritish.
REJA
1.Davlat organlari va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan
shikoyatlarni ko‘rib hal etishning umumiy tavsifi
2.Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan berilgan
shikoyatlar ho‘yicha ish yuritish
3.Saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rish muddati va
tartibi
4.Notarial harakatlar yoki bunday harakatlami bajarishni rad etganlik ustidan shikoyat berish tartibi
5.Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organining muayyan harakatlarni bajarishni rad etish
yoki noto‘g‘ri bajarganligi ustidan sudga shikoyat qilish va ishni ko‘rish tartibi
6.Prokurorning huquqiy hujjatni g‘ayriqonuniy deb topish haqidagi arizasi bo‘yicha ishlar
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga ko‘ra, har hir shaxsga o‘z huquq va
erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat
birlashmalarining g'ayriqonuniy xatti- harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlandi.
Shuningdek, fuqarolarning sud himoyasida bo‘lish huquqi, «Fuqarolik va siyosiy huquqlar
to‘g‘risida»gi Xalqaro paktning 14-moddasida va «lnson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya
qilish to‘g‘risida»gi Yevropa Konvensiyasining 6-moddasi 1-qismida ham mustahkamlangan1 2.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, Fuqarolik
protsessual kodeksining 1-moddasida ham har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali
himoya qilish, davlat organlarining, mansabdor shaxslar- ning, jamoat birlashmalarining
g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Har qanday
manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatini himoya qilish uchun qonunda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli.
Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy
emas. Mazkur tamoyilning bir qator qonun hujjatlarida
mustahkamlanishi davlatimiz tomonidan fuqarolaming
buzilgan huquq yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlarini himoya qilishning eng samarali tizimi joriy
etilganidan dalolat beradi.
Umumiy qoida bo‘yicha, idoralar va mansabdor
shaxslaming xatti-harakatlari (qarorlari)ga beriladigan
shikoyatlar asosan ma'muriy tartibda ish yuritish
qoidasiga amal qilgan holda ko‘riladi'.
Fuqarolik protsessual kodeksining 264-moddasiga ko‘ra, davlat
organlari va boshqa organlar, shuningdek, mansabdor
shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan
shikoyatlar bo‘yicha ishlarga quyidagilar kiradi:
1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzuvchi xatti-
harakatlar va qarorlar ustidan berilgan shikoyatlar;
2) notariusning, fuqarolik holati aktlarini qayd qilish organ-
larining harakatlami bajarishni rad etganligi yoxud ulami
noto‘g‘ri bajarganligi ustidan berilgan shikoyatlar;
3) prokurorning huquqiy aktni g‘ayriqonuniy deb topish
to‘g‘- risidagi arizasi bo'yicha ishlar.
0‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 1998-yil 19-maydagi «Fuqarolarning huquqlari va
erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlarva qarorlar ustidan keltirilgan shikoyatlami sudlarda ko'rish
amaliyoti to‘g‘risida»gi qarorida ko'rsatilishicha, «Fuqaro- larning huquqlari va erkinliklarini buzadigan
xatti-xarakat-lar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida»gi Qcmunning 2-moddasiga
muvofiq, davlat organ-lari, korxonalar, muassasalar, 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
«Davlat boji stavkalari haqida qarori. tashkilotlar, jamoat hirlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi bosh-
qarish organlari va mansabdor shaxslarning quyidagi:
fuqaroning huquqlari va erkinliklari buzilishiga sababchi bo’lgan;
fuqaroning o‘z huquqlari va erkinliklarini ro'yobga chiqarishga monelik tug'dirgan;
fuqaro zimmasiga qonunga xilof ravishda qandaydir majburiyat yuklatilishiga sababchi bo‘lgan
kollegial yoki yakka tartibdagi xatti- harakatlar (qarorlar) ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Yakka tartibdagi, ham umumiy xususiyatga ega bo'lgan har qanday qarorlar ustidan yuqorida
ko'rsatilgan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
Jumladan, tegishli organlaming pasportdagi millat haqidagi yozuvni o'zgartirishni, chet elga
chiqishga ruxsat berishni rad etgan- ligi, davlat organlarining va fuqarolaming o'zini o‘zi
boshqarish organlarining ma'muriy hudud tashqarisiga tovarlar va mahsulotlami olib chiqishni
cheklash to‘g‘risidagi, qo‘shimcha boj va yig‘imlar belgilash to‘g‘risidagi qarorlari, ma'muriy
jazoga tortish vakolatiga ega boMmagan shaxsning jarima solish va boshqa ma'muriy jazolarga
tortish haqidagi qarori va hokazolar sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Shuningdek, jamoat tashkilotlari va birlashmalari, uy-joy qurilish kooperativlari, hissadorlik
jamiyatlari, kasaba uyushmasi tashkilotlari va shu kabilarning umumiy majlislari hamda ularning
boshqamv organlari va mansabdor shaxslaming qarorlari ham sudga shikoyat qilinishi mumkin'.
0‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 269-
moddasiga muvofiq, fuqaro o‘zining huquqlari va erkinliklarini
buzadigan xatti-harakatlar (qarorlar) ustidan bevosita sudga yoki
bo‘ysunuv tartibida yuqori oiganga, mansabdor shaxsga murojaat
qilishga haqli.
Bo‘ysunuv tartibidagi yuqori organ va mansabdor shaxslar shikoyatni bir
oy muddat ichida ko‘rib chiqishi shart. Agar fuqaro- ning shikoyatiga
rad javobi berilsa yoki u shikoyat bergan kunidan e'tiboran, bir oy ichida
javob olmasa, shikoyat bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Harbiy xizmatchi o'zining huquqlari va erkinliklarini buzayotgan harbiy
boshqaruv oiganlari va harbiy mansabdor shaxslaming xatti- harakatlari
(qarorlari) ustidan ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda harbiy
sudga shikoyat bilan murojaat qilishga haqli'.
0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 270-moddasi va
O'zbekiston Respublikasi «Fuqarolaming huquqlari va erkinliklarini buzadigan
xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida»gi
Qonunning 6-moddasiga ko‘ra, sudga shikoyat bilan murojaat qilish uchun
quyidagi muddatlar belgilanadi:
fuqaro o‘z huquqlari
va erkinliklari
buzilganligidan xabar
topgan kundan
boshlab uch oy;
fuqaro yuqori turuvchi
organ, mansabdor
shaxsning shiko- yatni
qanoatlantirishni rad
etish haqidagi yozma
bildirishini olgan
kundan boshlab bir
oy;
agar fuqaro o‘z
shikoyatiga yozma
javob olmagan
bo‘lsa, shikoyat
berganidan keyin bir
oy muddat o‘tgan
kundan boshlab bir
oy.
Shikoyat berishning uzrli sabablarga ko'ra, o‘tkazib
yuborilgan muddati sud tomonidan tiklanishi mumkin.
Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-
harakatlar, qarorlar ustidan keltirilgan shikoyatlar sud tomonidan
qabul qilinganidan so‘ng, Fuqarolik protsessual kodeksining 268-
moddasiga ko‘ra, sudya quyidagi harakatlarni bajaradi:
1) tegishli organlar va mansabdor
shaxslardan zarur hujjatlarni talab qilib
oladi;
2) fuqaroning iltimosi yoki o'zining
tashabbusi bilan shikoyat qilingan xatti-
harakat (qaror)ning ijrosini to‘xtatish
masalasini hal etadi.
Sudning hal qiluv qarori tegishli organ yoki
mansabdor shaxsga, shuningdek, fuqaroga hal qiluv
qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin o‘n kundan
kechiktirmay yuboriladi.
Hal qiluv qarorining ijrosi haqida hal qiluv qarori
olingan kundan e'tiboran, bir oydan kechiktirmay
sud va fuqaroga ma’lum qilinishi lozim. Hal qiluv
qarori ijro etilmagan taqdirda sud qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan choralami qo'llaydi (FPKning 271-
moddasi).
Saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan beriladigan shikoyatlar ma'muriy-
huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar turkumiga kirsa-da, 0‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik protsessual kodeksining 272-moddasiga ko‘ra, saylov komissiyalarining xatti-harakatlari
(qarorlari) ustidan heriladigan shikoyatlar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rib
chiqiladi.
Fuqarolar saylovchilar ro‘yxatidagi noto‘g‘riliklar ustidan (masalan, familiyasi, ismi va otasining
ismi noto‘g‘ri yozilganligi, ro‘yxatga kiritilmaslik, ro‘yxatdan chiqarilganlik va h.k.) ham sudga
shikoyat qilish mumkin. 0‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari
to‘g‘risida»gi Qonuni 10-mod- dasiga ko‘ra, «Saylovchi saylovchilar ro'yxatidagi xato va
noaniqlar to‘g‘risida saylov komissiyasiga arz qilish huquqiga ega. Uchastka saylov komissiyasi
yigirma to‘rt soat ichida bunday arizani ko‘rib chiqishi hamda xatoni tuzatishi yoki arizachiga
uning asosli tarzda rad etilganligi to‘g‘risidagi ma'lumotnomani berishi shart».
Fuqarolik protsessual qonunchiligiga ko‘ra, ushbu toifadagi
ishlar sud tomonidan eng qisqa muddatda, ya'ni saylov
komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan
shikoyat sud tomonidan shikoyat berilgan kundan e'tiboran,
uch kundan kechiktirmay ko'rib chiqilishi, agar saylovga olti
kundan kam vaqt qolgan bo‘lsa, darhol ko'rib chiqilishi lozim
(FPKning 272-moddasi).
Ushbu ishlar sud tomonidan arizachi va tegishli saylov komis-
siyasining vakili, prokuror, agar shikoyat arizachiga emas,
balki boshqa fuqaroga daxldor bo‘lsa, o‘sha shaxsni ham
chaqirgan holda ko‘rib chiqiladi. Bu shaxslarning kelmasligi
ishni ko‘rib chiqishga to'sqinlik qilmaydi. Mazkur ishlar
bo‘yicha sudning hal qiluv qarori chiqarilishi bilan darhol
tegishli saylov komissiyasiga va arizachiga topshiriladi.
Notariuslar tomonidan notarial harakatlar noto‘g‘ri bajaril- ganida, kechiktirilganida yoki notarial
harakatni amalga oshirish rad etilganida manfaatdor shaxs bu to‘g‘risida 0‘zbekiston Respub-
likasining «Notariat to‘g‘risida»gi Qonuni va Fuqarolik protsessual kodeksiga muvofiq sudga
shikoyat qilish huquqiga ega.
Mazkur turdagi ishlar bo'yicha shikoyat fuqaroning xohishiga ko‘ra, bevosita sudga yoki bo‘ysunuv
tartibida yuqori tumvchi organga, ya'ni adliya boshqarmalariga murojaat qilishga haqli.
Ushbu turdagi ishlar bo'yicha 0‘zbekiston Respublikasining «Notariat to‘g‘risida»gi Qonuni 39-
moddasi va Fuqarolik protsessual kodeksining 273-moddasiga muvofiq, amalga oshirilgan notarial
harakatni, notarial harakatni kechiktirish yoki notarial harakatni amalga oshirishni rad etish
to‘g‘risidagi qarorni noto‘g‘ri deb hisob- lagan manfaatdor shaxs bu xususda notarial idora turgan
joydagi sudga shikoyat qilishga haqlidir.
Mansabdor shaxslar tomonidan vasiyatnomalar va ishonch qog‘ozlari noto‘g‘ri
tasdiqlanganligi yoki ularni tasdiqlash rad etilganligi haqidagi shikoyatlar tegishli kasalxona,
boshqa statsionar davolash-profilaktika muassasasi, sanatoriy, qariyalar va nogironlar uyi,
ekspeditsiya, gospital, harbiy davolash muassasasi, harbiy qism, qo‘shilma, harbiy o‘quv yurti,
jazoni ijro etish joyi o'rnash- gan hududdagi sudga beriladi.
Notarial harakat noto‘g‘ri bajarilganligi yoki uni bajarish rad etilganligi haqidagi shikoyatlar
notarial harakat noto‘g‘ri bajaril- ganligi yoki bunday harakatni bajarish rad etilganligi
arizachiga ma'lum bolgan kundan e’tiboran, yigirma kunlik muddatda beriladi.
Fuqarolik holati aktlarini qayd etish organining muayyan harakatlarni bajarishni rad etish
yoki noto‘g‘ri bajat^anligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi deganda, har bir shaxsning
o'zining huquqi va erkinliklarini buzgan davlat organlari, mansabdor shaxslar ustidan
bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organ yoki mansabdor shaxsga yoxud bevosita sudga
qonunda belgilangan tartibda va muddatda shaxsan o‘zi yoki vakili orqali buzilgan huquq
va manfaatini tiklab olishini talab qilish huquqiga aytiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 201-moddasi va Fuqarolik kodeksining 38-
moddasida ko‘rsatilishicha, fuqarolik holati dalolatnomalari yozish organlari fuqarolar
hayotidagi tug‘ilish, o‘lim, nikoh tuzish, nikohdan ajralish kabi voqea hamda faktlarni belgilab
beradi. Ushbu qonunlarda ko‘rsatilishicha, manfaatdor shaxslar o‘rtasida nizo bo‘lsa yoki
fuqarolik holati hujiatlarini yozish organi yozuvni tuzatish yoki o‘zgartirishni rad etsa, fuqarolik
holati hujjatlaridagi yozuvlarda jiddiy tafovutlar bo‘lsa, nizo sud tomonidan hal qilinadi.