DAVLAT VA JAMIYAT QURILISHI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Yuklangan vaqt
2024-07-25
Yuklab olishlar soni
5
Sahifalar soni
29
Faytl hajmi
87,6 KB
DAVLAT VA JAMIYAT QURILISHI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
REJA:
1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya
qilish.
2. Davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish.
3. O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi.
4. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligini oshirish.
1. Demokratik
islohotlarni
chuqurlashtirish
va
mamlakatni
modernizatsiya qilish.
Mamlakatimizda demokratlashtirish jarayonlari samaradorligi va sifatini
tubdan yaxshilash, fuqarolarning erkinliklari, huquqlari, munosib turmush tarzi va
manfaatlarini ta’minlash, bunda davlat idoralari mas’uliyatini kuchaytirish, xalq
bilan ochiq muloqotlarni yo‘lga qo‘yishda yangi samarador vositalar va usullarni
joriy etish, “Inson manfaatlari-barcha narsadan ustun” shiori ostida ish olib borish
hisoblanadi. Prezident Sh.Mirziyoev davlat va boshqaruv organlari, huquqni
muhofaza qiluvchi tashkilot mutasaddilari faoliyatiga nisbatan ta’kidlaganlaridek,
“Biz keyingi paytda odamlar bilan muloqot qilishni unutib qo‘ydik. Ularning ichiga
kirib, ochiq va samimiy gaplashish, dardini eshitish bizning faoliyatimizda, afsuski,
oxirgi o‘ringa tushib qoldi”1.
1 Мирзиёев Ш.М. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 24 йиллигига
бағишланган тантанали маросимдаги нутқ. Ҳалқ сўзи, 8 декабрь, 2016 йил.
Davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash va davlat xizmatlari
ko‘rsatish tizimini takomillashtirish uchun elektron portallar va ma’lumotlar
bazalari yaratildi.
Xususan, ruxsat beruvchi hujjatlar va litsenziya olishni soddalashtirish uchun
www.license.gov.uz, «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari
ko‘rsatishni ta’minlash uchun birdarcha.uz veb-saytlari yaratildi.
Shu bilan birga, so‘nggi yilda amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlarning
ob’ektiv tahlili, davlat boshqaruvi organlari faoliyati, aholi bilan ochiq va to‘g‘ridan-
to‘g‘ri muloqot natijalari mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli hal etishga
ehtiyoj vujudga kelganligini ko‘rsatdi.
Bu, birinchi navbatda, quyidagi holatlarga taalluqlidir:
bir qator idoralarning vazifalari deklarativ xususiyatga egaligi va ularni amalga
oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari yetarli emasligi;
faqat holatlarni qayd etish va statistikani to‘plashdan iborat bo‘lib qolgan
faoliyatni baholashning samarasiz tizimi va bu ko‘pchilik hollarda joylardagi
ishlarning haqqoniy holatini aks ettirmaydi;
hududlarni rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va aholining eng muhim
muammolarini hal qilishda mahalliy hokimiyat organlari rolining pasayishiga olib
keluvchi davlat funksiyalarining haddan tashqari markazlashtirilganligi va
boshqalar
Ushbu
kamchiliklar
iqtisodiyot
tarmoqlari
va
ijtimoiy
sohani
modernizatsiyalash, hududlarni har tomonlama rivojlantirish, aholining hayot
darajasi va farovonligini yuksaltirish bo‘yicha davlat siyosatini muvaffaqiyatli
amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda.
Bu
borada davlat
rahbari
tomonidan
qabul qilingan
«O‘zbekiston
Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi
Farmon 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda muhim
qadam hisoblanadi hamda mohiyatiga ko‘ra O‘zbekistonning davlat va jamiyat
qurilishida yangi sahifani ochib beradi.
Mamlakatimizda davlat hokimiyati sub’ektlari
Prezidentlik instituti va uning shakllanishi. Prezident so‘zi lotincha bo‘lib,
“oldinda o‘tiruvchi” degan ma’noni bildiradi. O‘zbekiston tarixida prezidentlik
boshqaruvi birinchi bor 1990 yil 24 martda ta’sis etildi va O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentligiga Islom Karimov saylandi. 1991 yil 18 noyabrda “O‘zbekiston
Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Bu qonunga 1997 yil 26
dekabr va 1999 yil 19 avgustda hamda 2003 yil 24 aprelda, 2007 yil 11 aprelda
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Mustaqillik yillarida prezidentlik instituti to‘la
shakllandi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi 19-bobining 89-moddasiga ko‘ra,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati
organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov 2005 yil 28
yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining
qo‘shma majlisidagi “Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va
yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir” mavzusidagi ma’ruzasida
davlat qurilishi va boshqaruv sohasidagi eng muhim vazifa bo‘lgan mamlakat
Parlamentining roli va ta’sirini kuchaytirish, hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud
tarmoqlari o‘rtasida yanada mutanosib va barqaror muvozanatga erishish yo‘llarini
belgilab berdi.
93-moddaning 15-bandi quyidagicha tahrir qilindi: “15) viloyatlar
hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda
lavozimidan ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-
qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini
Prezident o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli”.
102-moddaning ikkinchi qismi quydagicha tahrir etildi: “Viloyat va Toshkent
shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq
tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi”. Ushbu qonun 2008 yil 1 yanvaridan
kuchga kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilgari egallab turgan Vazirlar
Mahkamasi Raisi lavozimining tugatilishi davlat hokimiyati va boshqaruvini
liberallashtirish va demokratlashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Demak, mustaqillik yillarida mamlakatimizda prezidentlik instituti shakllanib,
u yanada takomillashdi, uning huquqiy negizlari mustahkamlandi.
Mamlakat Prezidenti turli sabablarga ko‘ra, o‘z vazifasini bajara olmaydigan
holat yuzaga kelgan taqdirda noaniqlik, ushbu moddani turlicha talqin etishga yo‘l
qo‘ymaslik maqsadida uning yangi tahririni quyidagi mazmunda bayon etish taklif
qilindi: “Mamlakatning amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan
holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida,
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga to‘liq muvofiq
holda, mamlakat Prezidenti saylovi o‘tkaziladi”.
Prezidentlik instituti faoliyatining shakllanish davri
Davlat boshlig‘i va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat
yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi.
Fuqarolarning huquq va erkinliklari, Konstitutsiya va qonunlar kafili.
1990 yil 24 mart – Prezident lavozimi joriy etildi.
1991 yil 18 noyabrda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi va unga 1997 yil 26 dekabrda, 1999 yil 19
avgustda , 2003 yil 24 aprelda,2007 yil 11 aprelda o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritildi.
1991 yil 29 dekabr –O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti
saylandi.
1995 yil 26 mart – I.A.Karimovning vakolatlarini 1997 yildan 2000 yilga
qadar uzaytirish bo‘yicha referendum o‘tkazildi.
2000 yil 9 yanvar – Prezident saylovida I.A.Karimovning (91.9
foiz)g‘alabasi.
2002 yil 22 yanvarda o‘tkazilgan referendum yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining vakolat muddati 5 yildan 7 yil qilib o‘zgaritirildi.
2007 yil 23 dekabrda Prezident saylovida to‘rtta nomzod ichidan I.A.
Karimov g‘alaba qozondi (88.1 foiz).
Mamlakat Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni (93-moddaning 20-
bandi).
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini tuzadi (93-moddaning
24- bandi).
Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan Prezident umrbod Senat
a’zosi lavozimini egallaydi.
Davlat
hokimiyati
va
boshqaruvini
demokratlashtirish
sohasida
mamlakatimizda ikki palatali parlamentning barpo etilishi natijasida Prezident vakolat
muddatining o‘zgartirilishi va unga tegishli ayrim vakolatlarning Senat va Bosh vazirga
o‘tkazildi.
2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan mamlakat Prezidenti
bir vaqtning o‘zida ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i ekanini belgilaydigan norma
chiqarib tashlandi, davlat boshqaruvida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirishga
oid, ya’ni Oliy Majlis Qonuchilik palatasidagi siyosiy partiya fraksiyalariga
hukumat dasturlariga yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmagan taqdirda o‘zini
muxolifat deb e’lon qilishi huquqiy jihatdan mustahkamlandi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda boshqaruv sohasini markazlashtirishni
cheklash, bu boradagi vazifalarning bir qismini respublika darajasidan viloyat,
tuman va shahar miqyosiga o‘tkazishda mahalla tizimini shakllantirish masalalariga
katta ahamiyat qaratildi. Bu esa O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti
tomonidan e’tirof etilgan, markaziy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlarini
borgan sari mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘tkazib borish lozimligi
xususidagi g‘oyaning amaldagi tasdig‘idir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shu kungacha bo‘lgan holat
Prezidentimizning muhim
takliflari
93-moddaning 8-bandi: 8) Ijro
etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va
unga rahbarlik qiladi; respublika oliy
hokimyat va boshqaruv organlarining
bahamjihat
ishlashini
ta’minlaydi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda
davlat
boshqaruvining
boshqa
organlarini tuzadi va tugatadi, shu
masalalarga
doir
farmonlarni
keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga
kiritadi.
93-moddaning
8-bandi:
8)
Respublika
oliy
hokimiyati
va
boshqaruv organlarining bahamjihat
ishlashini
ta’minlaydi;
vazirliklar,
davlat
qo‘mitalari
hamda
davlat
boshqaruvining
boshqa
organlarini
tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir
farmonlarni keyinchalik O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining palatalari
tasdig‘iga kiritadi.
93-moddaning
12-bandi:
12)
O‘zbekiston
Respublikasi
Bosh
prokurori va uning o‘rinbosarlarini
tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod
qiladi, keyinchalik bu masalalarni
O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi.
93-moddaning
12-bandi:
12)
O‘zbekiston
Respublikasi
Bosh
prokurori,
Hisob
palatasi
raisini
tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod
qiladi,
keyinchalik
bu
masalalarni
O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi.
93- moddaning 15-bandi: 15)
viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent
shahar hokimini qonunga muvofiq
tayinlaydi hamda lavozimidan ozod
etadi.
Konstitutsiyani,
qonunlarni
buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-
qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-
93-moddaning
15-bandi:
15)
O‘zbekiston
Respublikasi
Bosh
vazirining
taqdimiga
binoan
viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent
shahar hokimini qonunga muvofiq
tayinlaydi hamda lavozimidan ozod
etadi.
Konstitutsiyani,
qonunlarni
harakat sodir etgan tuman va shahar
hokimlarini Prezident o‘z qarori bilan
lavozimidan ozod etishga haqli.
buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-
qimmatiga dog‘ tushuradigan xatti-
harakat sodir etgan tuman va shahar
hokimlarini Prezident o‘z qarori bilan
lavozimidan ozod etishga haqli.
93-moddaning
16-bandi:
16)
Respublika
davlat
boshqaruv
organlarining,
shuningdek
hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini
to‘xtatadi, bekor qiladi.
93-moddaning
16-andi:
16)
Respublika
davlat
boshqaruv
organlarining,
shuningdek
hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini
to‘xtatadi, bekor qiladi. O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
majlislarida raislik qilishga haqli.
96-modda.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
betobligi
sababli o‘z vazifasini bajara olmasligi
O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisining palatalari qo‘shma qaroriga
ko‘ra tuzilgan davlat tibbiy komisiyasi
xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda o‘n
kun
muddat
ichida
palatalarning
qo‘shma
favqulodda
yig‘ilishida
deputatlar, senatorlar orasidan uch
oyigacha
bo‘lgan
muddatga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
vazifasini
vaqtincha
bajaruvchi
saylanadi. Bu holda uch oy muddat
ichida
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentligiga
umumxalq
saylovi
o‘tkazilishi shart.
96-modda.
Mamlakatning
amaldagi Prezidenti o‘z vakolatlarini
bajara olmaydigan holatlarda uning
vazifa
va
vakolatlarini
vaqtincha
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi,
bunda uch oy ichida “O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
saylovi
to‘g‘risida”gi Qonunga to‘liq muvofiq
holda mamlakat Prezidenti saylovi
o‘tkaziladi.
Qonun chiqaruvchi hokimiyat (Parlament). Oliy qonun chiqaruvchi
hokimiyat har bir davlatda o‘ziga xos xususiyatga ega va turlicha ataladi (masalan,
AQShda – Kongress, Shvesiyada - Riksdag, Xitoy Xalq Respublikasida – Xalq
vakillari umumxitoy majlisi). O‘zbekistonda bunday hokimiyat Oliy Majlis deb
nomlanadi.
O‘zbekistonda Oliy Majlis ayni paytda hokimiyatning qonun chiqaruvchi va
vakillik organi hisoblanadi, uning tarkibidagi deputatlar xalq mafaatlarini
ifodalaydi. Oliy Majlis 5 yil muddatga saylanadi. 25 yoshga yetgan O‘zbekiston
fuqarolari saylanish huquqiga ega.
2010 yil 12 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi va Senatining qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi
Prezidenti Islom Karimov “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida
ma’ruza qildi. Ushbu ma’ruzada o‘ta dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan muhim
vazifalarni hal etishda davlat hokimiyati tarmoqlarini, xususan, parlamentni yanada
rivojlantirish
va
mustahkamlash,
siyosiy
partiyalarning
rolini
oshirish,
mamlakatimiz sud-huquq tizimini, saylov qonunchiligini takomillashtirish,
fuqarolik jamiyati institutlarini, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish,
shuningdek, demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni
liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonunchilik tashabbuslari ilgari surildi.
1. Siyosiy sohada:
1) siyosiy hayotning barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini
erkinlashtirish;
2) ko‘ppartiyaviylik muhitini ta’minlash;
3) nodavlat tuzilmalarni, fuqarolik jamiyatini qaror toptirish;
4) fikrlar xilma-xilligiga erishish. Ommaviy axborot vositalarini tom ma’noda
“to‘rtinchi hokimiyat” darajasiga ko‘tarish;
5) inson huquq va erkinliklarini, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni
qaror toptirish;
2. Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida:
1) hokimiyat organlarining konstitutsiyaviy asosda bo‘linishini ta’minlash;
2) ma’muriy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini
oshirish;
3) kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, yangilash tizimini takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan
keyingi o‘tgan o‘n yil davomida, ya’ni 2000 yildan keyingi davrda boshqaruv
sohasini markazlashtirishni cheklash, bu boradagi vazifalarning bir qismini
respublika darajasidan viloyat, tuman va shahar miqyosiga o‘tkazish, O‘zbekistonda
mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning noyob shakli bo‘lgan mahalla tizimini
shakllantirish masalasiga katta ahamiyat qaratildi.
Aslida parlament fransuzcha “parler”- gapirmoq so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib,
rasmiy so‘zlashish joyi ma’nosini anglatadi. Parlament davlatning oliy vakillik
organi hisoblanadi va qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Ma’lumki,
demokratik mamlakatlarning aksariyatida parlament ikki palatalidir. XX asarning
so‘nggi o‘n yilligida ikki palatali parlamentlar soni 45 tadan 75 taga ko‘paydi.
Hozirgi zamonda ikki palatali tizim parlamentarizm taraqqiyotining asosiy
tendensiyasiga aylandi.
1990-1994 yillarda mamlakatimiz parlamenti Oliy Kengash nomi bilan atalib,
bir palatali, 150 deputatdan iborat edi. 1995-2004 yillarda parlament Oliy Majlis
nomi bilan atalib, bir palatali va uning 250 deputati mavjud edi.
Mustaqillik yillarida xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga
60 deputat, tuman va shahar Kengashlariga esa 30 nafar deputat saylanishi yo‘lga
qo‘yildi.
2005-2009 yillarda Oliy Majlis ikki palatali parlament bo‘lib, uning quyi
Qonunchilik palatasi 120 deputat, Senat (yuqori palatasi) esa 100 senatordan tashkil
topdi, jami 220 deputatdan iborat bo‘lib keldi.
Oliy Majlisning 2001 yil 6 dekabrda qabul qilgan O‘zbekiston Respublikasi
referendumini o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra, 2002 yil 27 yanvarda
referendum o‘tkazildi. Shu asosdagi “Referendum yakunlari hamda davlat
hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy
Qonunning qabul qilinishi qonun chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning
huquqiy asoslarini belgilab berdi.
2002 yil 12 dekabrda Oliy Majlisning 10-sessiyasi xalqimizning xohish irodasi
bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida” va
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi
Konstitutsiyaviy Qonunlar hamda ularni amalga oshirish to‘g‘risida qarorlar qabul
qildi. Shuningdek, 2003 yil 24 aprelda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi. Dunyoning
rivojlangan mamlakatlarida to‘plangan parlamentarizm tajribasi, O‘zbekiston
xalqining qadriyatlari va mentalitetini hisobga olgan holda, ishlab chiqilgan ushbu
qonunlar ikki palatali parlamentimiz vakolatlarini va faoliyatining tashkiliy
shakllarini aniq belgilab berdi.
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida xalqaro huquq andozalari va ilg‘or xorijiy
davlatlar talablariga mos yangi saylov qonunchiligi yaratildi. O‘zbekistonda saylov
qonunchiligi, ya’ni parlament 4 bosqichdan iborat taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi:
Birinchi bosqich. Konstitutsiyamiz qabul qilingunga qadar davr bo‘lib, bu
davrda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti saylovi va Referendum
to‘g‘risidagi bir qator qonunlar qabul qilindi.
Ikkinchi bosqich. Konstitutsiyamiz qabul qilingandan to 1997 yilgacha davom
etdi. Bu davrda milliy saylov tizimi shakllantirildi.
Uchinchi bosqich. 1997 yildan to 2003 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga
oladi. Bu bosqichda amaldagi saylov qonunlariga ayrim o‘zgartishlar kiritildi.
Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi.
“Mahalla” arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, “joy” degan ma’noni anglatadi.
Tarixchi olim Narshaxiy “Buxoro tarixi” asarida bundan 1100 yil ilgari mahalla
xalqning boshqaruvi ekanini yozgan edi. “Mahalla” atamasiga Mahmud Koshg‘ariy
“Devonu lug‘atit- turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarlarida ham izoh
berilgan. Qadimda mahalla nafaqat ijtimoiy, balki, ma’muriy-hududiy tuzilma
tarzida ham e’tirof etilgan. Alisher Navoiyning “Hayratul-abror” (“Yaxshi
kishilarning hayratlanishi”) asarida quyidagi band uchraydi: Shaharlar otini mahalot
etib, Bo‘ldi chu yuz shahar Hiri ot etib. Mahallaning “joy” degan mazmuni
yuqoridagi tashbehdan ko‘rinib turibdiki, o‘rta asrlarda Hiri deb atalgan Hirot shahri
yuzta kichik “shaharcha” - mahallalardan tashkil topgan ekan.
Mahalla deganimizda, avvalambor, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan
va rivojlantiradigan, shu bilan birga, kelajak avlodlar qanday bo‘lib yetishishiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘i, hayot maktabini tasavvur etamiz.
Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish demokratik tamoyillar asosidagi
boshqaruvdir. Uning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
1) mazkur organlarning fuqarolar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylanishi;
2) mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqaruvning nisbatan
mustaqilligi; 1985 yil 15 oktyabrda Yevropa Ittifoqi tomonidan qabul qilingan
“Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish to‘g‘risidagi Yevropa xartiyasi”ning 3-moddasida
bu tushuncha quyidagicha ifodalangan: “Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish deganda,
mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘z mas’ulligida, mahalliy aholi
manfaatlari asosida, qonunlar doirasida uning davlat ishlarining aksariyat qismini
boshqarishi va uni real uddalay olish qobiliyatiga aytiladi.
Konstitutsiyaviy asosdan kelib chiqib, 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi (yangi tahriri)
Qonunning 1-moddasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tushunchasi
quyidagicha ta’riflandi: “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi – fuqarolarning
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan,
ularning o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan,
shuningdek, milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va
an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal
qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir”. Qo‘rinib turibdiki, mamlakatimizda
o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimi tushunchasi va uning huquqiy maqomi
rivojlantirildi va ular ilg‘or demokratik mamlakatlardagi huquqiy mezonlar
darajasida ifodalana boshlandi.
AQSh ijtimoiy-siyosiy hayotida ham munitsipalitetlar muhim o‘rin egallaydi.
Munitsipal maktablar, shifoxonalar, kutubxonalar, sanitariya ishlari, suv bilan
ta’minlash, parklar, yong‘inga qarshi xizmatlarni boshqarish asosan munitsipal
kengashlar
tasarrufidadir.
Ayrim
mamlakatlarda
(masalan,
Germaniyada)
kengashlar o‘z vakolatlarini ijroiya organlariga berish huquqiga ham ega.
Sobiq SSSR davrida mahallaning mazmuni va vazifalari butunlay
soxtalashtirilgan edi. Bu davrda mahallalar o‘zining huquqiy maqomini yo‘qotdi.
Ularning asosiy faoliyati sobiq kommunistik partiyaning mahalliy tashkilotlarini
qo‘llab-quvvatlashdan, shuningdek, sho‘raviy odatlarni targ‘ib qilish, oilalardagi
marosimlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda kommunistik partiyaning “ko‘z va
qulog‘i” bo‘lib turish kabi vazifalardan iborat bo‘lib keldi. Bu davrda qadimdan
ma’naviyat, ta’lim va tarbiya masalalarini hal etib kelgan mahallalarning o‘rni
deyarli yo‘qqa chiqarildi.
Mahalliy
o‘zini
o‘zi
boshqarishning
demokratik
tamoyillari
quyidagilardan iborat:
1. Demokratiya, oshkoralik, fikrlar xilma-xilligi tamoyili.
2. Vorislik tamoyili.
3. Ijtimoiy munosabatlarni demokratlashtirish.
4. Yuksak ma’naviyat tamoyili.
5. Mahalla xavfsizligini ta’minlash tamoyili.
6. Fuqaro yig‘ini raisi (oqsoqoli) va maslahatchilarining o‘z mas’uliyatini his
qilish tamoyili.
7. Ijtimoiy himoya, ijtimoiy adolat, ijtimoiy kafolat tamoyili (jamoatchilik va
o‘zaro yordam).
8. Kengash, mashvarat (maslahatlashish) tamoyili.
9. Insonparvarlik.
10. Mustaqillik va h.k.
Bunday boshqaruv tamoyillari sifat va miqdor ko‘rsatkichlari orqali amalga
oshiriladi.
Sobiq sho‘ro davrida ma’muriy-buyruqbozlik tizimi quyidagi tamoyillarga
asoslangan edi:
1. Byurokratlarcha markazlashuv.
2. Nomenklatura (yuqoridan ro‘yxat asosida tayinlash) boshqaruvi.
3. O‘ziga o‘zi xizmat qilish, shaxsiy manfaatlarni ustun qo‘yish.
4. Buyruqbozlik (majburlash, dahshatli qarorlar chiqarish).
5. Demokratiyani tan olmaslik.
6. Rasmiyatchilik (qog‘ozbozlik).
7. Mahdudlik (maxfiy ma’lumotlar asosida boshqarish).
8. Konservatizm va h.k.
Halq bilan muloqot bu - fuqarolarning va yuridik shaxslarning murojaatlari
bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga
qo‘yishning yangi samarali mexanizmlari va usullarini joriy etish, barcha darajadagi
davlat hokimiyati organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berishi tizimini
amaliyotga joriy etish, shu asosda xalqning davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini
mustahkamlashga qaratilgan boshqaruvning yangi shaklidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2016 yil 17 dekabrdagi
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturini ishlab chiqish va
amalga oshirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida F-4760-son farmoyishida
aynan joylarda “xalq qabulxonalari”ni tashkil etish, talab etiladigan davlat
xizmatlarini aholiga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha bir idora orqali ko‘rsatish
tizimini yanada takomillashtirish, “Adolat-qonun ustuvorligida” tamoyilini jamiyat
hayotida keng qaror toptirish, oila institutini mustahkamlash, sog‘lom va barkamol
avlodni tarbiyalash, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish va
modernizatsiyalash va iqtisodiyotning barqaror sur’atlar bilan o‘sishini ta’minlash
kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi2.
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasiga
muvofiq,
O‘zbekiston
Respublikasining Prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston
2Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Халқ билан мулоқот ва инсон манфаатлари йили” давлат
дастурини ишлаб чиқиш ва амалга оширишнинг ташкилий чора-тадбирлари тўғрисидаги Ф-4760-сон
Фармойиши. Т.: 2016 йил 17 декабрь. // http://lex.uz/docs/3121798.
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga
oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega,
mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi
nomidan ish ko‘radi.
2002 yil 4 aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Referendum yakunlari
hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi
Konstitutsiyaviy
qonunning
qabul
qilinishi
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasinining beshinchi bo‘limi XVIII, XIX, XX va XXIII-boblariga
demokratik o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi sabab bo‘ldi. Unga muvofiq,
Prezident vakolatlarining bir qismi, birinchi navbatda, davlat boshqaruvi organlari
vakillarini tayinlash va tasdiqlash kabi masalalar Oliy Majlisning Senatiga
o‘tkazildi. 89-moddaning “O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti ayni vaqtda
Vazirlar Mahkamasining raisi hisoblanadi”, degan 2-xatboshisi olib tashlandi.
.
Umuman, hozirgi kunda mazkur islohotlarning mantiqiy davomi sifatida
islohotlar chuqurlashtirilmokda. Oliy Majlis vakolatlari tartibida Bosh vazirga
nisbatan ishonchsizlik votumi (lot. erk, ixtiyor, hoxish) bildirish huquqi berildi.
Vazirlar Mahkamasi vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish
huquqi Prezident vakolati doirasidan chiqarildi.
Saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘riniga ega bo‘lgan siyosiy partiya taqdim
etgan Bosh vazir nomzodining Parlament tomonidan ko‘rib chiqilishi va
tasdiqlanishi haqidagi konstitutsiyaviy tartib belgilanib, hukumatga nisbatan
ishonchsizlik votumi (saylovchi tashkilot vakillarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul
qilingan qarorlar) instituti joriy qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda
Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ko‘shma majlisi
muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi
masala kiritilishi, Oliy Majlis palatalari qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish bo‘yicha
qaror qabul qilishi, bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun
tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqishi borasidagi kiritilgan takliflar ushbu
yo‘nalishdagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Vazirlar Mahkamasi
vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan Bosh vazirning qaror qabul qilishi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimiga nomzodlar Bosh vazir tomonidan taqdim
etilishi Vazirlar Mahkamasi va Bosh vazir vakolatlarini yanada mustahkamlab,
uning mas’uliyatini kuchaytirdi.
O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini
rivojlantirish
konsepsiyasining
ishlab
chiqilishi,
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli
Farmonining qabul qilinishi yaqin istiqbolda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy va ma’naviy-g‘oyaviy sohalarida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan dasturiy
mo‘ljallarni belgilab berdi. Bu mustaqil taraqqiyot yo‘limizni aniq maqsadlar orqali
ifoda etadi hamda demokratik qadriyatlarni yanada chuqurroq hayotimizga singib,
demokratik fuqarolik jamiyatini qaror topishiga xizmat qiladi.
2. Davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbuslari
bilan 2003 yil 9 dekabrda “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini
takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-3358-son Farmoni qabul qilinib, unda jamiyat
hayotining barcha sohalarini erkinlashtirish va isloh qilishning hozirgi bosqichi
talablariga muvofiq iqtisodiyotni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish,
davlat tuzilmalarining hokimiyat vakolatlarini qisqartirish, davlat va xo‘jalik
boshqaruvi vazifalarini aniq chegaralab qo‘yish, shuningdek respublika davlat
boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida: “Vazirliklar,
davlat qo‘mitalari, qo‘mitalar, agentliklar, shuningdek ular huzurida va O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladigan davlat boshqaruvi
tuzilmalari respublika davlat boshqaruvi organlari jumlasiga kiradi”3 deb belgilab
berildi. Ushbu jarayon O‘zbekistonda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini
zamonaviy talablar asosida isloh etishni ilk modernizatsiyalashgan usulini boshlab
berdi.
Bugun davlat boshqaruvi tushunchasiga zamonaviy yondashuv deb
qaralayotgan “modernizatsiyalash strategiyasi” eng avvalo davlat hokimiyati
organlari tizimida “institutsional o‘zgarish” vositalaridan keng foydalanadigan
konsepsiya sifatida e’tirof etiladi. Bunda eng asosiy e’tibor davlat hokimiyati
organlari faoliyatini belgilashda:
-vakolat va vazifalarning tashkiliy-huquqiy asoslarini qayta takomillashtirish;
-xizmatchi kadrlar va moddiy resurslarni hisobga olgan holda optimallashtirish;
-strategik rejalashtirishning innovatsion shakllarini joriy etish;
-byurokratiyadan xoli qilish, faoliyatning shaffofligini oshirish;
-davlat hokimiyati organlari ish samaradorligini o‘lchash indikatorlarini
qo‘llash kabi talablar mazkur konsepsiyaning asosiy belgilari sifatida baholanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 89-moddasida “O‘zbekiston
Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining
kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi”, degan qoida
mustahkamlab qo‘yilgan. Shuningdek, mamlakat va jamiyat taraqqiyotining har
qanday bosqichida, Prezidentlik instituti hokimiyat tarmoqlarining o‘zaro
kelishilgan holda faoliyat yuritishini ta’minlovchi institut sifatida o‘zini
namoyon etadi.
Prezidentning hokimiyatlar bo‘linishi sharoitidagi hokimiyat tarmoqlarining
o‘zaro mutanosib ishlashini ta’minlashga qaratilgan faoliyatining konstitutsiyaviy
asosi 93-moddaning 8-bandida mustahkamlangan bo‘lib, unga binoan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti “Respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining
bahamjihat ishlashini ta’minlaydi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda davlat
boshqaruvining
boshqa
organlarini
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
3Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2003 й., 11-12-сон, 178-модда.
Mahkamasining taqdimiga binoan tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir
farmonlarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari
tasdig‘iga kiritadi”4. Mazkur jihat bugungi kunda bir qator MDH mamlakatlari
davlat hokimiyatini tashkil etish amaliyoti tajribasida ham davlat boshlig‘i-
Prezidentning hech bir hokimiyat tarmog‘iga mansub bo‘lmasdan, balki
ularning o‘zaro bahamjihat ishlashini ta’minlovchi institut sifatida faoliyat
yuritishi qonun hujjatlarida isbotlangan. Xususan, Rossiya Federatsiyasi
Konstitutsiyasining 80-moddasi 2-bandida mustahkamlanishicha, Rossiya
Federatsiyasi Prezidenti davlat hokimiyati organlarining muvofiqlashgan
tarzda faoliyat olib borishini va o‘zaro harakat qilishini ta’minlaydi5.
Tojikiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida Prezident davlat
organlarining muvofiqlashgan tarzda faoliyat olib borishini va o‘zaro harakat
qilishining kafili ekanligi belgilab qo‘yilgan6.
2014
yil
16
apreldagi
O‘RQ-366-son
“O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)”gi Qonun tiyib turish va
manfaatlar muvozanati tizimini ta’minlash jarayonini yanada yuqori bosqichga olib
chiqdi. Xususan, mazkur qonun bilan jamoatchilik va parlament nazorati
institutlarini joriy etish uchun konstitutsiyaviy asos yaratildi, ijro etuvchi
hokimiyatning vakillik organlari oldidagi mas’uliyati yanada oshirildi. O‘zbekiston
Respublikasining davlat mexanizmini samarali tartibini o‘rnatish jarayonida ijro
etuvchi apparatning o‘rniga alohida e’tibor qaratildi.
Ijro etuvchi apparat bu-respublika Hukumati faoliyatini tashkiliy va axborot-
tahliliy jihatdan ta’minlashni, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini,
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini tayyorlaydi,
4Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. -Т.: Ўзбекистон, 2017. 93-модда. (93-модданинг биринчи
қисми 8-банди Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 16 апрелдаги ЎРҚ-366-сонли Қонуни таҳририда-ЎР
ҚҲТ, 2014 й., 16-сон, 176-модда).
5См. Конституция Российской Федерации. -М.: Юрлит, 2008.
6Тожикистон Конституцияси. -Душанбе: Ирфон, 2006.
ularni amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda
tizimli ravishda ijroni nazorat qiladi7.
Ijro etuvchi apparatning tuzilmasiga Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi va
uning o‘rinbosari, Ijro etuvchi apparatning tarkibiy bo‘linmalari-mamlakat
iqtisodiyotining muhim komplekslari, tarmoqlar va sohalari bo‘yicha axborot-tahlil
departamentlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining kotibiyati, O‘zbekiston
Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarlarining apparatlari, Ijro etuvchi apparat
boshqaruvchisi va o‘rinbosarining kotibiyatlari, Huquqiy ekspertiza va xalqaro
shartnomalar boshqarmasi, funksional bo‘limlar kiradi.
Demokratik
islohotlarni
yanada
chuqurlashtirish
va
mamlakatni
modernizatsiya qilish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirish jarayonida hokimiyat
tarmoqlari vakolatlari va nazorat funksiyalarini kuchaytirish nihoyatda muhim
ahamiyatga ega. Bu borada boshqaruv apparatini demokratlashtirish
quyidagilarni anglatadi:
-hokimiyatni markazdan soqit qilish-boshqaruv tizimida quyi pog‘onada
turadigan hokimiyat organlari vakolatlarini kengaytirish;
-hokimiyat vakolatini berish-davlat boshqaruvi vazifalarining bir qismini
fuqarolik jamiyati institutlari va tashkilotlariga o‘tkazish;
-hokimiyatni
demokratlashtirish-boshqaruv
organlari
faoliyati
ustidan
jamoatchilik nazoratini kuchaytirish8.
Davlat idoralari davlat hokimiyatini ijro etish va davlat boshqaruv vazifalarini
amalga oshirish uchun tashkil qilinadi. Bunda davlat-boshqaruv faoliyatining
ijtimoiy maqsadi sifatida quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan:
-me’yoriy hujjatlar, insonlarning xatti-harakat qoidalarini qabul qilish bilan
bog‘liq muvofiqlashtirish vazifasi;
-huquq-tartibot, qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlaydigan tashkilotchilik
vazifasi;
7“Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Ижро этувчи аппарати тўғрисида” Низом. 3-
банди.Вазирлар Маҳкамасининг 2008 йил 2 майдаги 81-сон қарорига 2-илова.
8Хутинаев И.Д. Децентрализация государственной власти как элемент теории институционализации //
Социология власти. – 2005. - № 6.С.83-84.
-fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, ularning huquq va erkinliklarini himoya
qilishdan iborat muhofaza vazifasi9.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100-moddasida qayd
etilganidek, mahalliy hokimiyat idoralari vakolatiga quyidagilar kiradi:
-qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash;
-hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish masalalari;
-mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar,
yig‘imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish;
-mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish;
-atrof-muhitni muhofaza qilish;
-fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;
-normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa
vakolatlarni amalga oshirish.
Yuqoridagi fikrlardan shu narsa aniq bo‘ladiki, O‘zbekistonda davlat organlari
tizimi deganda uning markaz, viloyatlar, tuman va shaharlardagi vakillik idoralari
hamda mahalliy davlat hokimiyat organlarining yaxlitligi tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning “Hududlarning jadal
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishini
ta’minlashga
doir
ustuvor
chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi 2017 yil 8 avgustdagi PQ-3182-son qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga asosan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
bo‘yicha yangicha tizim-sektorlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Unga ko‘ra,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlari tegishlicha
Qoraqolpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent
shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq
xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 4 ta sektorlarga bo‘lindi10.
9Раҳмонов А. “Ўзбекистон Республикасида давлат бошқаруви”. Т., “Академия” 2006 й. Б. 25-26.
10Йил сарҳисоби. 2017 йил-шиддатли ислоҳотлар йили. -Т.: “Адолат”, 2017. -96 б.
Hududlar va tumanlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
bo‘yicha sektorlar ishini tashkil etish “mahalla-tuman (shahar)-viloyat-
respublika” sxemasiga muvofiq faoliyatini tashkil etilishi mazkur qarorda
belgilab qo‘yildi. Ushbu jarayon:
- davlat boshqaruvi organlarining vazifalari, funksiyalari va vakolatlari, ularni
amalga oshirish mexanizmlari hamda javobgarlik sohasini aniqlashtirish,
muvofiqlashtirish hamda strategik rejalashtirish jarayonlarini markazlashtirishdan
chiqarish va takomillashtirishga;
- davlat boshqaruvi organlari faoliyatini tashkil etishning institutsional,
moliyaviy asoslarini takomillashtirish, davlat xizmatlarining sifati va ulardan
foydalanish imkoniyatini oshirish, shu jumladan, ularning elektron shaklda taqdim
etilishini to‘laqonli ta’minlashga o‘tish, “Elektron hukumat” tizimini yanada
rivojlantirishga;
- iqtisodiyot tarmoqlarini davlat tomonidan tartibga solish samaradorligini
oshirish va xo‘jalik boshqaruvi organlari maqomini qayta ko‘rib chiqishga;
- mahalliy davlat hokimiyati organlarini tashkil etish va faoliyatini
takomillashtirishga;
- professional davlat xizmatining samarali tizimini shakllantirish, davlat
boshqaruvi organlari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali
mexanizmlarini joriy etishga xizmat qiladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari apparati faoliyatini amalga oshirish,
ya’ni
uning
asosiy
maqsadlari
tizimiga
xizmat
qilish
roli-vazifalarga
ajratilganligidadir. Shu bois, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
doirasida qabul qilinishi nazarda tutilgan, “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, shuningdek, davlat boshqaruvi tizimini tartibga
soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari tarkibi mazmunini samarali amalga oshirilishini ta’min etuvchi majburiy
vazifalar o‘zining aniq ifodasini topadi.