Davlat xizmati
Reja:
Davlat xizmati tushunchasi va huquqiy tabiati
Davlat xizmatiga oid Qonunchilik holati tahlili
Davlat xizmatiga kirish, o'tash va chiqish asoslari
Davlat xizmatiga oid nizolarni ko'rib chiqishning o'ziga xos xususiyatlari
Davlatimiz tanlagan taraqqiyot yo'li – demokratik huquqiy davlat va fuqarolik
jamiyat qurishdir. Davlatning taraqqiy etishi eng avvalo davlat xizmatini to'g'ri
tashkil etishga bog'liqdir. Huquqshunos olim E.V.Oxotskiy aytganidek, "Davlat
qanday bo'lsa, davlat xizmati va davlat xizmatchilari ham shunday bo'ladi" yoki
"Davlat xizmatchilari, ularning intilishi va qiziqishlari qanday bo'lsa, davlat ham
shunday bo'ladi". Chunki davlat xizmatini o'tash jarayoni tabiatan davlat
xizmatchilari tarkibining sifatiga va professionallik darajasiga bog'liqdir.
Davlat xizmati deganda, davlat tashkilotlari organlari, birlashma, korxona,
muassasalar xizmatchilarining davlat funktsiyalari va vazifalarini amalga oshirishga
yo'naltirilgan hamda haq to'lanadigan mehnat faoliyatini tushunish mumkin.
Yodda tuting!
Davlat xizmati bu davlat organlari va tashkilotlarida ma’lum bir
mansabni egallab turgan shaxs tomonidan ommaviy manfaatlar yo‘lida
davlat vazifa va funksiyalarini ma’lum bir haq evaziga amalga
oshiriladigan professional faoliyatdir
Davlat xizmati tushunchasi keng maʼnoda davlat organlari tomonidan
boshqaruvning kadrlar funksiyasini amalga oshirish bo‘lib, u davlat organlari
apparatida doimiy yoki vaqtincha mansabni egallab turgan hamda davlat budjetidan
mablag‘ bilan taʼminlanuvchi barcha shaxslarning faoliyatidir.
Davlat xizmatining quyidagi xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin:
davlat xizmati davlat xizmatchisining davlat oldida turgan vazifa va funksiyalarini
amalga oshirishga qaratilgan professional faoliyatidir;
ushbu faoliyatni olib borish jarayonida davlat organlarining kompetensiyasi amalga
oshiriladi;
bu faoliyat davlat organlarining funksiyalanishini taʼminlashga qaratilgandir;
bunday faoliyat mansab majburiyatlarining ijro etilishini taʼminlaydi.
Davlat xizmati jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarning bir necha
o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz:
birinchidan, bu munosabatlar davlat-huquqiy munosabatlar bo‘lib hisoblanadi, yaʼni
davlat-xizmat munosabatlari ommaviy huquq (davlat, maʼmuriy) meʼyorlari bilan
tartibga solinadi va ko‘pgina holatlarda xususiy-huquqiy tartibga colinishdan
xolidir;
ikkinchidan, davlat-xizmat munosabatlari alohida huquqiy munosabatlar bo‘lib,
davlat xizmatchilarining maqomiga bog‘liqdir;
uchinchidan, davlat-xizmat munosabatalari – davlat xizmatchilarining ishonch,
xizmat va sadoqat munosabatlaridir;
to‘rtinchidan, davlat-xizmat munosabatlari – davlat hokimiyat munosabatlaridir;
beshinchidan, davlat-xizmat munosabatlari – davlat lavozimini boshqarish bilan
bog‘liq, yaʼni davlat xizmatchisi davlatning funksiyalarini amalga oshirib, maʼlum
bir davlat vazifalarini bajaradi.
Davlat fuqarolik xizmati – davlat organlari va tashkilotlarida ommaviy
manfaatlar yo‘lida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining haq
to‘lanadigan kasbiy faoliyati;
Davlat lavozimi – davlat vazifa va funksiyalarini bajarish uchun
belgilangan doiradagi xizmat vazifa va majburiyatlariga ega davlat
organlari va tashkilotlardagi lavozim;
Davlat organi – davlat funksiyalarini bajarish uchun davlat-hokimiyat
vakolatlariga ega O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga asosan
Davlat
xizmatining
maqsadi-O‘zbekiston
Respublikasida
davlat
xizmatining asosiy maqsadi - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari
bilan belgilangan tamoyillar va boshqa holatlarga asoslanib, davlat funksiyalarini
amalga oshirish, uning vazifalarini bajarish, jamiyat va fuqarolarning ehtiyojlarini
taʼminlashdan iboratdir.
Davlat xizmatiga oid qonunchilik holati tahlili
Davlat xizmatiga oid qonunchilik taxlili shuni ko‘rsatadigi, ushbu sohani
tartibga solishda birinchi navbatda Asosiy qonun O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining bir qator normalarida fundamental tamoyillar belgilangan.
Xususan Konstitutsiyaning sud hokimiyati, mahalliy davlat hokimiyat
organlari, mudofaa va prokuraturga oid moddalarida davlat xizmatining mazkur
prinsipial normalar asosida tashkil etilishi va rivojlanishini belgilab bergan. Davlat
xizmatini huquqiy taritibiga solishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
asosida qabul qilingan joriy qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlar ham katta
ahamiyatga egadir. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi,
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston
Respublikasi Prezideti va Hukumati qabul qilgan hujjatlar, mahalliy davlat
hokimiyati organlarining o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari, markaziy ijro
organlar tomonidan qabul qilingan hujjatlari kiradi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat xizmati faoliyati samaradorligini
oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5843-sonli Farmoni hamda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4472-sonli Qarorining
qabul qilinishi davlat fuqarolik xizmatini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy
asoslarini belgilab berdi.
Shu bilan birga davlat xizmati va davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish ular
o‘rtasidagi asosiy farqlar shu bilan birga maxsus davlat xizmatini tartibga soluvchi
qonunchilik xam aloxida ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 8-avgust kuni qabul qilingan “Davlat
fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi (qabul qilingan kundan boshlab uch oydan so‘ng
kuchga kiradi) Qonun muxim ahamiyatga ega bo‘lib, taqriban 32 yil mobaynida
mamlakatimizda mavjud bo‘lgan biroq huquqiy jixatdan tartibga solinmagan
qonunchilik asosi xisoblanadi.
Mazkur qonunda uning qo‘llanish sohasi va eng muhimi davlat fuqarolik
xizmatchilarining toiflari, majburiyatlari va huquqlari qayd etilgan.
Jumladan, davlat fuqarolik xizmati bu davlat xizmatining bir turi bo‘lib,
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining davlat fuqarolik xizmati lavozimlaridagi
davlat organlari vakolatlari amalga oshirilishini taʼminlashga doir haq to‘lanadigan
kasbiy faoliyatini ifodalashi belgilab berilmoqda. Shuningdek, davlat fuqarolik
xizmatchisining kasbiy kompetensiyasi - davlat organining vakolatlarini lozim
darajada amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilimlar, malakalar va ko‘nikmalar
majmui; davlat fuqarolik xizmati lavozimi-davlat organining vakolatlarini amalga
oshirish uchun Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat ryestriga kiritilgan
lavozim va malaka talablari-davlat fuqarolik xizmatining muayyan malaka darajasi
berilishi va (yoki) davlat fuqarolik xizmatining muayyan lavozimini egallash uchun
talabgor bo‘layotgan nomzodlarga nisbatan davlat organi tomonidan belgilanadigan,
ish tajribasiga va kasbiy kompetensiyasiga doir talablar.
Yodda tuting!
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi davlat fuqarolik xizmati lavozimiga
tayinlangan paytdan eʼtiboran davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomiga
ega bo‘ladi va davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati tugatilishi munosabati bilan
uni yo‘qotadi.
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga taalluqli davlat
fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha
huquqlar, majburiyatlar va cheklovlar alohida qonunchilik bilan belgilanadi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi bu davlat fuqarolik xizmati lavozimida o‘z
faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi davlat
fuqarolik xizmatchisidir.
Shu bilan birga davlat fuqarolik xizmatchilariga qo‘yilgan cheklovlar ham
aniq belgilab berilgan bo‘lib, undan chetga chiqish javobgarikka sabab bo‘lishi xam
belgilanmoqda.
Shuni nazarda tutish lozimki bu cheklovlarning baʼzilari qonun normasiga
aylangunga qadar ham mavjud bo‘lgan. Masalan, Vazirlar Mahkamasining
06.03.1992 yildagi 103-sonli «Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan
mansabdor shaxslarning ro‘yxati to‘g‘risida»gi Qarorida belgilab qo‘yilgan
bo‘lsada, amalda aksariyat davlat xokimiyati organlari mansabdor shaxslarining
tadbirkorlik faoliyati bilan bevosita bo‘lmasada bilvosita shug‘ullanishini guvohi
bo‘lishimiz mumkin.
Bundan tashqari, maxsus davlat xizmati organlari ham mavjud bo‘lib, ushbu
davlat organlarida xizmatni o‘tash alohida tartibga solinishi va davlat xizmati yoki
davlat fuqarolik xizmatidan farqlanishini ham nazarda tutadi.
Davlat xokimiy vakolatining maʼlum bir vazifa va funksiyalarini amalga
oshiruvchi davlat organlari xisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasini
«Prokuratura to‘g‘risida”gi va «Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 5438-sonli Farmon, DXXni «O‘zbekiston
davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun, Mudofaa sohasini «O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolarining xarbiy xizmatni o‘tash xaqida”gi 4447-sonli Qaror,
Bojxona sohasida «Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonun va qonun osti
xujjati, Sudlarda «Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun va qonun osti xujjati, Soliq, Qutqaruv
xizmati va Favqulotda xizmat xaqidagi qonun va boshqa normativ hujjatlar bilan
ularda xizmatni o‘tash tartibga solinadi.
Davlat xizmatiga kirish, o‘tash va chiqish asoslari
Davlat xizmati huquqiy institutida davlat xizmatini o‘tash asosiy element
bo‘lib hisoblanadi. Bu davlat-xizmat munosabatlarining yuzaga kelishi bilan, yaʼni
xizmatchining tegishli mansabni egallashi, mansab bo‘yicha harakatlanishi,
xizmatchilarning attestatsiyasi, ular faoliyatini rag‘batlantirish va ularning
javobgarligi hamda davlat xizmat munosabatlarining tugashi bilan bekor bo‘luvchi
jarayondir. Demak, davlat xizmatiga qabul qilish davlat xizmatini o‘tash
jarayonining birinchi bosqichidir.
Qonunchikka ko‘ra, davlat xizmatiga kirish huquqiga, umumiy qoida
bo‘yicha davlat tilini biladigan, professional taʼlimga ega bo‘lgan, davlat xizmatiga
qo‘yilgan talablarga javob bera oladigan O‘zbekiston Respublikasining maʼlum
yoshga to‘lgan fuqarolari egadir. Davlat fuqarolik xizmatiga davlat tilini biladigan,
davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash uchun tegishli malaka talablariga va
boshqa talablarga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul
qilinadi. Chet el mutaxassislari va ekspertlari davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini
qonunchilikda belgilangan tartibda egallashi mumkin. Chet el mutaxassislari va
ekspertlarining xizmatni o‘tash tartibi hamda shartlari tegishli shartnoma asosida
belgilanadi.
Quyidagilar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkin emas:
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar, agar davlat fuqarolik xizmati
lavozimiga doir malaka talablarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa;
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan
deb topilgan shaxslar;
sudning qarori bilan muayyan muddatga davlat fuqarolik xizmati
lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilingan shaxslar;
korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb
topilgan shaxslar;
og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati
tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar;
tibbiy xulosaga asosan sog‘lig‘ining holati davlat fuqarolik xizmati
lavozimini egallash imkonini bermaydigan shaxslar;
Davlat xizmatiga ishga kirishida, shuningdek uni o‘tash jarayonida maʼlum
bir, masalan, millati, tili, jinsi, kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, eʼtiqodi va boshqa
belgilarga qarab cheklovlarning qo‘yilishi mumkin emas.
Quyidagilar davlat xizmatiga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad
etish, deb hisoblanadi:
1) jinsi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati, dinga bo‘lgan
munosabati kabi jihatlariga qarab ishga qabul qilmaslik;
2) taklif qilingan shaxslarni ishga qabul qilmaslik;
3) ish beruvchi, qonunga muvofiq, mehnat shartnomasini tuzishi shart bo‘lgan
shaxslarni (belgilangan kvota hisobidan ishga yuborilgan nogironlar, o‘n sakkiz
yoshga to‘lmagan shaxslar, homilador ayollar va uch yoshgacha bolasi bor ayollarni
– ularning homiladorligi yoki yosh bolasi borligini vaj qilib) ishga qabul qilmaslik;
4) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollar.
Davlat xizmatini o‘tashning asosiy belgisi - bu davlat lavozimini egallashdir.
Davlat lavozimini egallash fuqaroning mansab huquqlari, majburiyatlari, cheklovlar
va huquqiy javobgarlikning subʼektiga aylanganidan dalolat beradi. Fuqarolar davlat
xizmatiga tayinlash, saylov yoki tanlov yo‘li bilan qabul qilinadilar. Davlat
lavozimlarini egallashda qonunchilikda o‘rnatilgan hollarda baʼzi bir cheklovlar
o‘rnatilishi mumkin.
Masalan, o‘zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh
bo‘lgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-
xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va
farzandlari) aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishi, agar ularning birga
xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning
nazorati ostida bo‘ladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashga, bundan
qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa
faoliyat bilan shug‘ullanishga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida hamda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan
mustasno;
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga;
tadbirkorlik faoliyati subʼektlarini tashkil etishga, ularning muassisi
(ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati subʼektida tashkiliy-boshqaruv,
maʼmuriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishga, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining
erkin muomalada bo‘lgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida
egalik qilish hollari mustasno;
o‘zi xizmat qilayotgan davlat organi nazorati ostidagi yoki u bilan aloqalar
va manfaatlarga ega bo‘lgan tashkilotlardagi ulushlarni, paylarni va aksiyalarni
bevosita yoki vakillar orqali olishga;
o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini
ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki
sovg‘alar olishga;
chet davlat fuqaroligini olishga;
qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki
afzalliklardan o‘z xizmat mavqei bilan bog‘liq holda foydalanishga;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va
ularga ega bo‘lishga, ko‘chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga,
bundan chet davlatda taʼlim olish, stajirovka o‘tash va tibbiy xizmatlardan
foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik
xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno;
o‘zining
vakolatlarini
siyosiy
partiyalarning,
boshqa
jamoat
birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirishga.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxs davlat fuqarolik
xizmatiga qabul qilingandan so‘ng tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib turish tartibi
qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan haq
to‘lanadigan faoliyat turlari ro‘yxati korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat
fuqarolik xizmati bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan belgilanadi.
Davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish hamda ularning xizmat
pog‘onalari bo‘yicha ko‘tarilishi uchun meritokratiya, yaʼni kasbga oid
sifatlari va alohida xizmatlarini odilona va obʼektiv baholash asosida eng
munosib va qobiliyatli shaxslarga teng imkoniyatlar yaratish tamoyili
qo‘llaniladi.
Davlat-xizmat huquqiy munosabatlarining yuzaga kelishida ikki asosiy
huquqiy hujjatni: birinchidan, mehnat shartnomasi; ikkinchidan, fuqaroni davlat
xizmatidagi davlat mansabiga tayinlash to‘g‘risidagi buyruqni farqlay olish lozim.
Davlat xizmatiga qabul qilish buyruq bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq uchun esa
mehnat shartnomasi asos bo‘ladi. Xodimni alohida lavozimlarga tayinlanayotganda
boshqa normativ-huquqiy hujjat, masalan, qaror, farmon asos bo‘ladi.
Fuqaroning davlat xizmatiga kirishda mehnat shartnomasi tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga binoan mehnat shartnomasi xodim
bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni
ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat
to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar
asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir. Mehnat shartnomasini tuzish
haqidagi kelishuvdan oldin qo‘shimcha holatlar (tanlovdan o‘tish, lavozimga
saylanish va boshqalar) bo‘lishi mumkin. Xodim o‘rindoshlik asosida ishlash
to‘g‘risida, basharti bu qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan bo‘lsa, mehnat
shartnomalari tuzishi mumkin.
Mehnat shartnomasi yozma shaklda, ikki nushada tuziladi. Mehnat
shartnomasining shakli O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan
tartibda tasdiqlanadigan namunaviy shartnomani hisobga olgan holda ishlab
chiqiladi.
Mehnat shartnomalari: nomuayyan muddatga; besh yildan ortiq bo‘lmagan
muayyan muddatga; muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‘ljallab tuzilishi mumkin.
Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa,
mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.
Ko‘pgina davlat organlariga, jumladan, davlatning alohida funksiyalari va
vazifalarini bajaradigan maxsus organlarga dastlabki ishga qabul qilinayotgan
jarayonning yana bir muhim va ramziy belgisi davlat xizmatchisining qasamyodidir.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan normativ-huquqiy hujjatlar davlat xizmatchisining
davlat oldidagi huquq va majburiyatlarini, javobgarligini yuridik tomondan
mustahkamlasa, qasamyod esa davlat xizmatchisining o‘z davlati, xalqi,
Konstitutsiyasiga sodiq bo‘lishi, Konstitutsiya va qonunlarga qatʼiy rioya etishi,
mavjburiyatlarini to‘la va qonuniy bajarishi hamda xizmat davomida baʼzi bir xatti-
harakatlardan o‘zini tiyishini kafolatlaydi.
Shu bilan birga davlat xizmatchilari xizmatni o‘tash, xarakatlanish yoki
rotatsiya qilinishi jarayonida attestatsiyadan xam o‘tkaziladi.
Davlat xizmatini o‘tash jarayonida davlat xizmatchilarini attestatsiyadan
o‘tkazish muhim iqtisodiy va siyosiy ahamiyatlarga egadir. Attestatsiya qoidalarini
ishlab chiqish va o‘tkazish tartibi hamda xizmat bo‘yicha harakatlanish bevosita
bog‘liq bo‘lgan jarayonlardir. Davlat xizmatini o‘tashda davlat xizmatchilarining
attestatsiyasidan o‘tkazish huquqiy instituti katta ahamiyatga egadir. Mazkur
huquqiy institut O‘zbekiston Respublikasining turli qonun hujjatlari bilan tartibga
solinadi. Davlat xizmatchilarini attestatsiyadan o‘tkazishning huquqi asoslari
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, shuningdek har bir davlat organini
xizmato‘tash tartibi to‘g‘risidagi hamda attestaatsiyadan o‘tkazish haqidagi
nizolardi belgilanadi.
Xukukshunos olim Yu.N.Starilovning fikricha, davlat xizmatchilarini
attestatsiyadan o‘tkazish - davlat xizmatchisining professional tayyorgarlik
darajasini va egallagan davlat mansabi talablariga loyiqligini tekshirish, shuningdek
davlat xizmatchisiga malaka razryad berish masalasini hal etish maqsadida
o‘tkaziladi. Demak, qonun chiqaruvchi tomonidan attestatsiyaning ikki asosiy
vazifasi belgilab qo‘yilgan: birinchidan, xizmatchining egallagan mansabiga
loyiqligini belgilash (yaʼni professional tayyorgarlik darajasini aniqlash);
ikkinchidan, malaka razryadini berish1.
Davlat organlarida davlat xizmatchilarni attestatsiyadan o‘tkazish, asosan,
o‘z ichki nizomlari bilan tartibga solinadi. Attestatsiya o‘tkazish usullari davlat
1 Старилов Ю.Н. Служебное право. – М.: БЕК, 1996. – С.398-413.
organi
tomonidn
belgilanadi.
Jumladan,
suhbat,
test
yoki
tegishli
hujjatlarnitekshirish usullari orali ham amalga oshiriladi.
Attestatsiya natijalariga ko‘ra attestatsiya komissiyasi davlat organi rahbariga:
davlat xizmatchisini yuqori mansabga ko‘tarish; navbatdagi malaka darajasini
berish; xizmatning maxsus sharoitlari (mushkulligi, ishning maxsus tartibi va
h.k.lar) uchun qo‘shimcha haqni o‘zgartirish; yuqori mansabga ko‘tarish uchun
zahiraga kiritish kabi asoslantirilgan tavsiyalarni berishi mumkin.
Attestatsiya natijalariga ko‘ra davlat xizmatchilariga quyidagi uch turdagi baho
berilishi mumkin:
birinchidan, egallagan davlat mansabiga loyiqligi;
ikkinchidan,
xizmat
faoliyati
yuzasidan
attestatsiya
komissiyasi
ko‘rsatmalarini bajargan taqdirda, egallagan mansabiga loyiqligi;
uchinchidan, egallagan davlat mansabiga loyiq emasligi.
Agar davlat xizmatchisi egallab turgan davlat mansabiga noloyiq deb topilgan
bo‘lsa, u malakasini oshirishga yoki qayta tayyorlanishga yoxud boshqa davlat
mansabiga o‘tkazilishi mumkin.
Korrupsiya va boshqa suiisteʼmolchiliklarning paydo bo‘lishiga yo‘l
qo‘ymaslik va oldini olish, xodimning shaxsiy va ishchanlik fazilatlarini, uning
faoliyati samaradorligini tizimli o‘rganish, shuningdek, soliq organlari faoliyatining
turli yo‘nalishlarida bilim va tajribaga ega kadrlar zaxirasini shakllantirish
maqsadida xodimlar rotatsiya qilinadi. Davlat xizmatchisini rotatsiyasi tegishli
davlat organlarining xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomlar bilan belgilanadi.
Davlat
xizmatchilarining
rotatsiyasi
davlat
xizmati
samaradorligini
oshirish
va
korrupsiyaga
qarshi
kurashish
maqsadida
davlat
xizmatchisini
boshqa
davlat
lavozimiga
o‘tkazish yoki boshqa davlat organi va tashkilotining davlat lavozimiga
o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Rotatsiya
davlat
fuqarolik
xizmatchicining
malaka
martabasi
va darajasiga muvofiq lavozimlar bo‘yicha amalga oshiriladi.