DAVLATNING IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH (Davlatning milliy iqtisodiy xavfsizligi va uning tarkibiy elementlari, Davlat iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir etuvchi tahdidlar va omillar)

Yuklangan vaqt

2024-05-22

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

17

Faytl hajmi

43,5 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
DAVLATNING IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH 
 
Reja: 
Davlatning milliy iqtisodiy xavfsizligi va uning tarkibiy elementlari 
Davlat iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir etuvchi tahdidlar va omillar 
 
 
 
18.1. 
Davlatning milliy iqtisodiy xavfsizligi va uning tarkibiy elementlari 
Davlatning iqtisodiy xavfsizligi - mamlakat iqtisodiyotining har qanday noxush 
vaziyatlarda ham jamiyatning uzluksiz va barqaror rivojlanishini, uning iqtisodiy va 
ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlashga qodir bo‘lgan hamda ichki va tashqi 
tahdidlardan himoyalanganlik holatidir. Davlatning iqtisodiy xavfsizligi uning 
milliy manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan ishonchli tarzda himoyalangan 
holati hisoblanadi. 
Davlatning iqtisodiy xavfsizligi mamlakatdagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning 
hamda ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish darajasi, fan-texnika 
taraqqiyoti va uning yutuqlaridan milliy iqtisodiyotda foydalanish hamda hozirgi 
vaqtda innovatsion rivojlanish yo‘liga qay darajada va ko‘lamda o‘tganligi bilan 
belgilanadi. Shu boisdan davlat iqtisodiy xavfsizligining moddiy asosi 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni, aholi turmush darajasi va sifatini oshirib 
borishni, shuningdek, davlatning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini ta’minlashga 
qodir bo‘lgan rivojlangan ishlab chiqaruvchi kuchlar tashkil etadi. 
Bizningcha, davlatning iqtisodiy xavfsizligi mamlakat iqtisodiyotining ustuvor 
ravishda ichki imkoniyatlar va manbalar asosida har qanday holatlarda, shu 
jumladan, noxush holatlarda ham o‘z-o‘zidan rivojlanishga va ijtimoiy-iqtisodiy 
Ilmiybaza.uz DAVLATNING IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH Reja: Davlatning milliy iqtisodiy xavfsizligi va uning tarkibiy elementlari Davlat iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir etuvchi tahdidlar va omillar 18.1. Davlatning milliy iqtisodiy xavfsizligi va uning tarkibiy elementlari Davlatning iqtisodiy xavfsizligi - mamlakat iqtisodiyotining har qanday noxush vaziyatlarda ham jamiyatning uzluksiz va barqaror rivojlanishini, uning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlashga qodir bo‘lgan hamda ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanganlik holatidir. Davlatning iqtisodiy xavfsizligi uning milliy manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan ishonchli tarzda himoyalangan holati hisoblanadi. Davlatning iqtisodiy xavfsizligi mamlakatdagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning hamda ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish darajasi, fan-texnika taraqqiyoti va uning yutuqlaridan milliy iqtisodiyotda foydalanish hamda hozirgi vaqtda innovatsion rivojlanish yo‘liga qay darajada va ko‘lamda o‘tganligi bilan belgilanadi. Shu boisdan davlat iqtisodiy xavfsizligining moddiy asosi kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni, aholi turmush darajasi va sifatini oshirib borishni, shuningdek, davlatning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini ta’minlashga qodir bo‘lgan rivojlangan ishlab chiqaruvchi kuchlar tashkil etadi. Bizningcha, davlatning iqtisodiy xavfsizligi mamlakat iqtisodiyotining ustuvor ravishda ichki imkoniyatlar va manbalar asosida har qanday holatlarda, shu jumladan, noxush holatlarda ham o‘z-o‘zidan rivojlanishga va ijtimoiy-iqtisodiy
Ilmiybaza.uz 
 
barqarorlikni ta’minlashga qodirligini hamda zarar va yo‘qotishlarni qoplaydigan 
kompensatsion salohiyatga egaligini ifodalaydi. Davlatning iqtisodiy xavfsizligi 
tushunchasi keng qamrovli va murakkab jihatlarga ega bo‘lganligi tufayli iqtisodiy 
adabiyotlarda turli yondashuvlar asosida ta’riflanadi (qarang: 18.1.1-rasm). 
 
 
 
 
 
 
 
18.1.1-rasm. Davlatning iqtisodiy xavfsizligi tushunchalarining mazmuni1. 
Davlat iqtisodiy xavfsizligining ob’ekti davlat, mamlakatning tabiiy va milliy 
boyligi, jamiyatning barcha institutlari, aholi, shaxs, mamlakat iqtisodiyotining 
barcha darajalaridagi xo‘jalik sub’ektlari, shuningdek, uning muhim iqtisodiy 
manfaatlari hisoblanadi 
Davlat iqtisodiy xavfsizligining sub’ektlarini qonunchilik, ijro, sud hokimiyati 
organlari orqali o‘zining vazifalarini amalga oshiruvchi davlat va u bilan o‘zaro 
aloqadorlikda faoliyat yurituvchi fuqarolik jamiyati institutlari bo‘lgan jamoat, 
nodavlat notijorat tashkilotlari, iqtisodiyotning barcha darajalaridagi xo‘jalik 
sub’ektlari, uy xo‘jaliklari hamda alohida shaxslar tashkil etadi. Davlat mamlakat 
miqyosida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy sub’ekti hisoblanadi. U 
barcha xavfsizlik sub’ektlari faoliyatini umummilliy maqsadlarga erishishga 
yo‘naltiruvchi, tartibga soluvchi va boshqaruvchi vazifasini bajaradi. 
Davlat iqtisodiy xavfsizligi tizimi ishlab chiqarishni moddiy ta’minlash, ishchi 
kuchining holati, asosiy ishlab chiqarish kapitalining (fondining) zamonaviyligi, 
ilmiy tadqiqotlar, texnologik yangiliklar va innovatsion ishlanmalar sohasining 
rivojlanganligi, ichki va tashqi bozorlarda milliy tovar va xizmatlarning 
                                                           
1 Сушность экономической безопасности государства/ Гордиенко Д.В. Основн экономической безопасности государства. 
Аналитический доклад.-М., 2009.-С.7 асосида муаллиф томонидан тузилган. 
Davlatning iqtisodiy xavfsizligi tushunchasiga ta’riflar 
Davlatning iqtisodiy xavfsizligi mamlakat iqtisodiyotining noxush omillarga 
barqarorlik holati 
Davlatning iqtisodiy xavfsizligi milliy manfaatlarining himoyalanaganlik holati 
Davlatning iqtisodiy xavfsizligi iqtisodiyotning mamlakat va jamiyat ehtiyojlarini 
qondirishga qodirligi 
Davlatning iqtisodiy xavfsizligi mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish holati 
Davlatning iqtisodiy xavfsizligimamlakat iqtisodiyotining barqaror faoliyati holati 
Ilmiybaza.uz barqarorlikni ta’minlashga qodirligini hamda zarar va yo‘qotishlarni qoplaydigan kompensatsion salohiyatga egaligini ifodalaydi. Davlatning iqtisodiy xavfsizligi tushunchasi keng qamrovli va murakkab jihatlarga ega bo‘lganligi tufayli iqtisodiy adabiyotlarda turli yondashuvlar asosida ta’riflanadi (qarang: 18.1.1-rasm). 18.1.1-rasm. Davlatning iqtisodiy xavfsizligi tushunchalarining mazmuni1. Davlat iqtisodiy xavfsizligining ob’ekti davlat, mamlakatning tabiiy va milliy boyligi, jamiyatning barcha institutlari, aholi, shaxs, mamlakat iqtisodiyotining barcha darajalaridagi xo‘jalik sub’ektlari, shuningdek, uning muhim iqtisodiy manfaatlari hisoblanadi Davlat iqtisodiy xavfsizligining sub’ektlarini qonunchilik, ijro, sud hokimiyati organlari orqali o‘zining vazifalarini amalga oshiruvchi davlat va u bilan o‘zaro aloqadorlikda faoliyat yurituvchi fuqarolik jamiyati institutlari bo‘lgan jamoat, nodavlat notijorat tashkilotlari, iqtisodiyotning barcha darajalaridagi xo‘jalik sub’ektlari, uy xo‘jaliklari hamda alohida shaxslar tashkil etadi. Davlat mamlakat miqyosida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy sub’ekti hisoblanadi. U barcha xavfsizlik sub’ektlari faoliyatini umummilliy maqsadlarga erishishga yo‘naltiruvchi, tartibga soluvchi va boshqaruvchi vazifasini bajaradi. Davlat iqtisodiy xavfsizligi tizimi ishlab chiqarishni moddiy ta’minlash, ishchi kuchining holati, asosiy ishlab chiqarish kapitalining (fondining) zamonaviyligi, ilmiy tadqiqotlar, texnologik yangiliklar va innovatsion ishlanmalar sohasining rivojlanganligi, ichki va tashqi bozorlarda milliy tovar va xizmatlarning 1 Сушность экономической безопасности государства/ Гордиенко Д.В. Основн экономической безопасности государства. Аналитический доклад.-М., 2009.-С.7 асосида муаллиф томонидан тузилган. Davlatning iqtisodiy xavfsizligi tushunchasiga ta’riflar Davlatning iqtisodiy xavfsizligi mamlakat iqtisodiyotining noxush omillarga barqarorlik holati Davlatning iqtisodiy xavfsizligi milliy manfaatlarining himoyalanaganlik holati Davlatning iqtisodiy xavfsizligi iqtisodiyotning mamlakat va jamiyat ehtiyojlarini qondirishga qodirligi Davlatning iqtisodiy xavfsizligi mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish holati Davlatning iqtisodiy xavfsizligimamlakat iqtisodiyotining barqaror faoliyati holati
Ilmiybaza.uz 
 
raqobatbardoshligi hamda sotilishi imkoniyatlari kabi tarkibiy elementlarning 
yig‘indisini ifodalaydi. 
Umuman, davlat iqtisodiy xavfsizligining asosiy komponentlari quyidagilardan 
iborat: 
- 
sonoatning salohiyati; 
- 
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning rivojlanganlik darajasi; 
- 
tabiiy resurslarning zahiralari; 
- 
mamlakatning geografik joylashuvi; 
- 
ijtimoiy-demografik rivojlanish darajasi; 
- 
davlatning iqtisodiyotni boshqarish, tartibga solish darajasi va samaradorligi2. 
Davlat iqtisodiy xavfsizligining tarkibiy elementlariga texnologik, texnik-ishlab 
chiqarish, valyuta-kredit, xomashyoviy, energetik, ekologik, axborot xavfsizliklari 
kiradi. 
Davlat iqtisodiy xavfsizligining texnologik tarkibiy qismi mamlakatning ilmiy-
texnologik holatini ifodalaydi. Mamlakatning ilmiy-texnologik salohiyati fuqarolik 
va harbiy-mudofaaviy ishlab chiqarish sohalarida qisqa davr mobaynida eng yangi 
texnologik ishlanmalarni mustaqil ravishda yaratish imkoniyatiga ega bo‘lishini 
ifodalaydi. 
Davlatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning texnik -ishlab chiqarish 
tarkibiy qismi tashqi iqtisodiy aloqalar buzilganda va ichki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat 
yomonlashgandagi salbiy oqibatlar, zarar va yo‘qotishlarning o‘rnini qoplash hamda 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash, ijtimoiy, shu jumladan 
mudofaaviy ehtiyojlarni qondirish imkoniyatiga ega bo‘lgan industriya, ya’ni sanoat 
va qurilish-tiklash salohiyatini ifodalaydi. 
Valyuta-kredit tarkibiy qismi davlatning xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb 
qilish hamda ularni qaytara olish, o‘zining moliya va milliy valyuta tizimining 
barqarorligini ta’minlash hamda noxush tashqi va ichki iqtisodiy vaziyatlarda ham 
moliya va pul resurslariga bo‘lgan talab-ehtiyojlarni qondira olish imkoniyatidir. 
Oziq-ovqat va xomashyoviy tarkibiy qismi mamlakat iqtisodiyotining samarali 
                                                           
2 Гордиенко Д.В. Основн экономической безопасности государства. Аналитический доклад.-М., 2009.-С.7. 
Ilmiybaza.uz raqobatbardoshligi hamda sotilishi imkoniyatlari kabi tarkibiy elementlarning yig‘indisini ifodalaydi. Umuman, davlat iqtisodiy xavfsizligining asosiy komponentlari quyidagilardan iborat: - sonoatning salohiyati; - qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning rivojlanganlik darajasi; - tabiiy resurslarning zahiralari; - mamlakatning geografik joylashuvi; - ijtimoiy-demografik rivojlanish darajasi; - davlatning iqtisodiyotni boshqarish, tartibga solish darajasi va samaradorligi2. Davlat iqtisodiy xavfsizligining tarkibiy elementlariga texnologik, texnik-ishlab chiqarish, valyuta-kredit, xomashyoviy, energetik, ekologik, axborot xavfsizliklari kiradi. Davlat iqtisodiy xavfsizligining texnologik tarkibiy qismi mamlakatning ilmiy- texnologik holatini ifodalaydi. Mamlakatning ilmiy-texnologik salohiyati fuqarolik va harbiy-mudofaaviy ishlab chiqarish sohalarida qisqa davr mobaynida eng yangi texnologik ishlanmalarni mustaqil ravishda yaratish imkoniyatiga ega bo‘lishini ifodalaydi. Davlatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning texnik -ishlab chiqarish tarkibiy qismi tashqi iqtisodiy aloqalar buzilganda va ichki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat yomonlashgandagi salbiy oqibatlar, zarar va yo‘qotishlarning o‘rnini qoplash hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash, ijtimoiy, shu jumladan mudofaaviy ehtiyojlarni qondirish imkoniyatiga ega bo‘lgan industriya, ya’ni sanoat va qurilish-tiklash salohiyatini ifodalaydi. Valyuta-kredit tarkibiy qismi davlatning xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilish hamda ularni qaytara olish, o‘zining moliya va milliy valyuta tizimining barqarorligini ta’minlash hamda noxush tashqi va ichki iqtisodiy vaziyatlarda ham moliya va pul resurslariga bo‘lgan talab-ehtiyojlarni qondira olish imkoniyatidir. Oziq-ovqat va xomashyoviy tarkibiy qismi mamlakat iqtisodiyotining samarali 2 Гордиенко Д.В. Основн экономической безопасности государства. Аналитический доклад.-М., 2009.-С.7.
Ilmiybaza.uz 
 
faoliyatini tashkil etish va aholi ehtiyojlari uchun zarur hajmlarda oziq-ovqat va 
xomashyo bilan ta’minlanganligini ifodalaydi. Mamlakatning oziq-ovqat va 
xomashyo resurslari importiga o‘ta darajada bog‘liq emasligi, o‘zini-o‘zi ta’minlash 
imkoniyatiga egaligi, bu borada mustaqilligini va iqtisodiy jihatdan xavfsizligini 
ifodalaydi. 
Davlat iqtisodiy xavfsizligining energetik tarkibiy qismi iqtisodiyotning 
energiya tashuvchilari bilan ichki iste’molini o‘zi qondira olishini, milliy 
iqtisodiyotning energiya resurslariga jahon narxlari o‘zgarishlariga moslasha 
olishini ta’minlaydi. Ekologik tarkibiy qism milliy iqtisodiyotning shunday holatiki, 
unda davlatning iqtisodiy salohiyati ekologik muammolarni o‘z vaqtida hal etish, 
tashqi atrof muhitning salbiy ta’sirini yumshatish, ekologik nazoratning samarali 
tizimini shakllantirish va amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Davlat iqtisodiy xavfsizligining axborot tarkibiy qismi mamlakat milliy 
iqtisodiyoti va xorijiy hamkorlar bilan ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, tijorat 
ma’lumotlarini almashish hamda ishlab chiqarishning texnologik va tijorat sirlarini 
himoyalashning samarali tizimining shakllanganligini anglatadi. 
Davlatning iqtisodiy xavfsizligi uning harbiy-iqtisodiy xavfsizligi bilan bevosita 
bog‘liqdir. Davlatning harbiy iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash maqsadida 
mamlakatda harbiy iqtisodiyot va harbiy iqtisodiy resurslar ham tashkil etiladi. 
Harbiy iqtisodiyot - 1) davlat mudofaasi ehtiyojini ta’minlovchi xalq xo‘jaligining 
maxsus qismi; 2) ushbu ta’minotning qonuniyatlari to‘g‘risidagi nazariy fanlar 
tizimi. Harbiy-iqtisodiy resurslar - mamlakatni tashqi tajovuzkor kuchlardan 
mudofaa qilish manfaatlarida qo‘llaniladigan moddiy, mehnat, ijtimoiy va 
moliyaviy resurslar bo‘lib, ulardan harbiy iqtisodiyot doirasida amalda 
foydalaniladi. Har bir davlat resurslari cheklanganligidan harbiy iqtisodiy resurslarni 
taqsimlash ilmiy asoslangan bo‘lishi shart, ba’zan muayyan chegaradan chiqishi, 
tarqalishi aks natijaga olib kelishi mumkin (mamlakat iqtisodiyotining butunlay 
kuchsizlanishi). Harbiy iqtisodiy resurslarni samarali qo‘llashda uning taqsimlanishi 
bo‘yicha ilmiy asoslangan qarorning mavjudligi muhim vositadir. 
Harbiy-iqtisodiy xavfsizlik - iqtisodiy xavfsizlikning davlat mudofaasini 
Ilmiybaza.uz faoliyatini tashkil etish va aholi ehtiyojlari uchun zarur hajmlarda oziq-ovqat va xomashyo bilan ta’minlanganligini ifodalaydi. Mamlakatning oziq-ovqat va xomashyo resurslari importiga o‘ta darajada bog‘liq emasligi, o‘zini-o‘zi ta’minlash imkoniyatiga egaligi, bu borada mustaqilligini va iqtisodiy jihatdan xavfsizligini ifodalaydi. Davlat iqtisodiy xavfsizligining energetik tarkibiy qismi iqtisodiyotning energiya tashuvchilari bilan ichki iste’molini o‘zi qondira olishini, milliy iqtisodiyotning energiya resurslariga jahon narxlari o‘zgarishlariga moslasha olishini ta’minlaydi. Ekologik tarkibiy qism milliy iqtisodiyotning shunday holatiki, unda davlatning iqtisodiy salohiyati ekologik muammolarni o‘z vaqtida hal etish, tashqi atrof muhitning salbiy ta’sirini yumshatish, ekologik nazoratning samarali tizimini shakllantirish va amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Davlat iqtisodiy xavfsizligining axborot tarkibiy qismi mamlakat milliy iqtisodiyoti va xorijiy hamkorlar bilan ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, tijorat ma’lumotlarini almashish hamda ishlab chiqarishning texnologik va tijorat sirlarini himoyalashning samarali tizimining shakllanganligini anglatadi. Davlatning iqtisodiy xavfsizligi uning harbiy-iqtisodiy xavfsizligi bilan bevosita bog‘liqdir. Davlatning harbiy iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash maqsadida mamlakatda harbiy iqtisodiyot va harbiy iqtisodiy resurslar ham tashkil etiladi. Harbiy iqtisodiyot - 1) davlat mudofaasi ehtiyojini ta’minlovchi xalq xo‘jaligining maxsus qismi; 2) ushbu ta’minotning qonuniyatlari to‘g‘risidagi nazariy fanlar tizimi. Harbiy-iqtisodiy resurslar - mamlakatni tashqi tajovuzkor kuchlardan mudofaa qilish manfaatlarida qo‘llaniladigan moddiy, mehnat, ijtimoiy va moliyaviy resurslar bo‘lib, ulardan harbiy iqtisodiyot doirasida amalda foydalaniladi. Har bir davlat resurslari cheklanganligidan harbiy iqtisodiy resurslarni taqsimlash ilmiy asoslangan bo‘lishi shart, ba’zan muayyan chegaradan chiqishi, tarqalishi aks natijaga olib kelishi mumkin (mamlakat iqtisodiyotining butunlay kuchsizlanishi). Harbiy iqtisodiy resurslarni samarali qo‘llashda uning taqsimlanishi bo‘yicha ilmiy asoslangan qarorning mavjudligi muhim vositadir. Harbiy-iqtisodiy xavfsizlik - iqtisodiy xavfsizlikning davlat mudofaasini
Ilmiybaza.uz 
 
ta’minlash muommolari bilan bog‘liq qismi. Harbiy iqtisodiy xavfsizlik keng 
ma’noda - davlatning milliy manfaatlari himoyasini kafolatlash va iqtisodiy, harbiy 
agressiya sharoitida xalq xo‘jaligining barqaror faoliyatini ta’minlash darajasida 
milliy xavfsizlikning iqtisodiy va harbiy sohalari o‘rtasida muayyan muvozanatni 
ushlab turishdir. Tor ma’noda - harbiy-iqtisodiy qarama-qarshilik sharoitida 
barqaror faoliyat va uning mustaqilligini kafolatlovchi hamda harbiy iqtisodiy 
ehtiyojlarni qondirish maqsadida mudofaa-xo‘jalik majmuasining rivojlanishini 
anglatadi. Harbiy iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash o‘zaro bog‘liq ikki jihat - himoya 
va hujumkorlikni qamrab olishi zarur. Ular harbiy iqtisodiy xavfsizlik strategiyasini 
ishlab chiqishda muhim omil hisoblanadi3. 
Harbiy-iqtisodiy 
xavfsizlikni 
ta’minlashdagi 
himoya 
jihati 
- 
milliy 
iqtisodiyotning asosiy yo‘nalishlarida import tovarlarning o‘rniga mahalliy 
mahsulot bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘yish va shu orqali, chet el mahsulotlariga 
tobelik 
darajasini 
pasaytirish 
hisoblanadi. 
Harbiy-iqtisodiy 
xavfsizlikni 
ta’minlashda hujumkorlik jihati - davlatning eksport potensiali sifatini yaxshilash va 
oshirish, ba’zi sohalarda boshqa davlatlarga nisbatan harbiy iqtisodiy jihatdan 
ustunligini ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar yig‘indisi bo‘lib, boshqa 
davlatlar tomonidan tashqi iqtisodiy aloqalardan tazyiq usuli sifatida foydalanishni 
to‘xtatuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi4. 
Harbiy iqtisodiy xavfsizlik quyidagi komponentlarni o‘z ichiga oladi: 
harbiy iqtisodiy o‘ziga yetarlilik, ya’ni davlatning tinchlik va harbiy harakatlar 
sharoitida asosiy harbiy ehtiyojlarini o‘zi qondirishga qodirligi; 
- 
iqtisodiyot harbiy sektori faoliyatining ishonchligi va barqarorligi; 
- 
harbiy 
iqtisodiyotning 
ilmiy-texnik 
imkoniyatlarini 
barcha 
turdagi 
resurslardan minimal xarajat qilish asosida joriy va istiqbolli davrda harbiy iqtisodiy 
ehtiyojlarini qondiradigan darajada rivojlantirish; 
- 
harbiy ishlab chiqarishni kengaytirish uchun mobilizatsion (safarbarlik) 
                                                           
3 Abulqosimov H.P., Abulqosimov M.H. Iqtisodiyotga oid atama va tushunchalarning izohli lug‘ati.- T.: “ABU MATBUOT-
KONSALT”,2017.- 617-618-betlar. 
4 Abulqosimov H.P., Abulqosimov M.H. Iqtisodiyotga oid atama va tushunchalarning izohli lug‘ati.- T.: “ABU MATBUOT-
KONSALT”,2017.- 618-bet 
Ilmiybaza.uz ta’minlash muommolari bilan bog‘liq qismi. Harbiy iqtisodiy xavfsizlik keng ma’noda - davlatning milliy manfaatlari himoyasini kafolatlash va iqtisodiy, harbiy agressiya sharoitida xalq xo‘jaligining barqaror faoliyatini ta’minlash darajasida milliy xavfsizlikning iqtisodiy va harbiy sohalari o‘rtasida muayyan muvozanatni ushlab turishdir. Tor ma’noda - harbiy-iqtisodiy qarama-qarshilik sharoitida barqaror faoliyat va uning mustaqilligini kafolatlovchi hamda harbiy iqtisodiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida mudofaa-xo‘jalik majmuasining rivojlanishini anglatadi. Harbiy iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash o‘zaro bog‘liq ikki jihat - himoya va hujumkorlikni qamrab olishi zarur. Ular harbiy iqtisodiy xavfsizlik strategiyasini ishlab chiqishda muhim omil hisoblanadi3. Harbiy-iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashdagi himoya jihati - milliy iqtisodiyotning asosiy yo‘nalishlarida import tovarlarning o‘rniga mahalliy mahsulot bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘yish va shu orqali, chet el mahsulotlariga tobelik darajasini pasaytirish hisoblanadi. Harbiy-iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda hujumkorlik jihati - davlatning eksport potensiali sifatini yaxshilash va oshirish, ba’zi sohalarda boshqa davlatlarga nisbatan harbiy iqtisodiy jihatdan ustunligini ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar yig‘indisi bo‘lib, boshqa davlatlar tomonidan tashqi iqtisodiy aloqalardan tazyiq usuli sifatida foydalanishni to‘xtatuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi4. Harbiy iqtisodiy xavfsizlik quyidagi komponentlarni o‘z ichiga oladi: harbiy iqtisodiy o‘ziga yetarlilik, ya’ni davlatning tinchlik va harbiy harakatlar sharoitida asosiy harbiy ehtiyojlarini o‘zi qondirishga qodirligi; - iqtisodiyot harbiy sektori faoliyatining ishonchligi va barqarorligi; - harbiy iqtisodiyotning ilmiy-texnik imkoniyatlarini barcha turdagi resurslardan minimal xarajat qilish asosida joriy va istiqbolli davrda harbiy iqtisodiy ehtiyojlarini qondiradigan darajada rivojlantirish; - harbiy ishlab chiqarishni kengaytirish uchun mobilizatsion (safarbarlik) 3 Abulqosimov H.P., Abulqosimov M.H. Iqtisodiyotga oid atama va tushunchalarning izohli lug‘ati.- T.: “ABU MATBUOT- KONSALT”,2017.- 617-618-betlar. 4 Abulqosimov H.P., Abulqosimov M.H. Iqtisodiyotga oid atama va tushunchalarning izohli lug‘ati.- T.: “ABU MATBUOT- KONSALT”,2017.- 618-bet
Ilmiybaza.uz 
 
imkoniyatlarining mavjudligi5. 
Sanoatni mobilazatsion (safarbarligini) kengaytirish imkoniyatlarini vujudga 
keltirish uchun quyidagi tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshiriladi: 
- 
sanoat korxonalarining bo‘shagan ishlab chiqarish quvvatlarining bir qismini 
konservatsiya qilish; 
- 
konservatsiya qilingan korxona omborlarida qurol va harbiy texnika ishlab 
chiqarishga yaroqli bo‘sh turgan maxsus asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarni 
saqlashni tashkil etish; 
- 
sanoat korxonalarida “ikkiyoqlama” texnologiyalarni, ya’ni fuqarolik 
mahsulotlari ishlab chiqarishda hamda xavf tug‘ilgan sharoitda harbiy texnika ishlab 
chiqarishga ixtisoslashtirish mumkin bo‘lgan texnika va texnologiyalarni joriy etish; 
- 
harbiy va fuqarolik ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsiyalarni joriy etish 
va boshqalar6. 
Harbiy iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning muhim yo‘nalishlaridan biri harbiy 
kontrabandaning oldini olish va unga qarshi samarali choralarni qo‘llash 
hisoblanadi. Harbiy kontrabanda - betaraf davlat yoki uning fuqarolari tomonidan 
jang qilayotgan taraf olib o‘tilishi ta’qiqlangan material va predmetlar bilan qarama-
qarshi jang qilayotgan tarafning ta’minlanishi. Xalqaro huquqqa muvofiq, u mutlaq 
va nisbiy bo‘ladi. Mutlaq harbiy kontrabandani faqat harbiy maqsadda 
qo‘llaniladigan material va predmetlar tashkil etadi: qurollar, o‘q-dorilar, portlovchi 
moddalar, harbiy aslaha-anjomlar va uning qismlari, qurol-yarog‘larni ishlab 
chiqarish yoki ta’mirlash uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar va boshqalar. Nisbiy 
harbiy kontrabandaga nafaqat harbiy, balki tinch maqsadda foydalanish mumkin 
bo‘lgan material va predmetlar ham kiradi: kiyim-kechaklar, poyafzal va 
materiallar; oltin, kumush, qog‘oz pullar, kema, qayiq va uning qismlari; temir 
yo‘llar, aloqa vositalari uchun materiallar; havoda uchuvchi apparatlar va uning 
ehtiyot qismlari; yonilg‘i, moylash materiallar va boshqalar. Harbiy maqsadda 
ishlatilmaydigan material va predmetlarni harbiy kontrabanda deyish ta’qiqlangan 
                                                           
5 Гордиенко Д.В. Основн экономической безопасности государства. Аналитический доклад.-М., 2009.-С.14-15. 
6 Гордиенко Д.В. Основн экономической безопасности государства. Аналитический доклад.-М., 2009.-С.15. 
Ilmiybaza.uz imkoniyatlarining mavjudligi5. Sanoatni mobilazatsion (safarbarligini) kengaytirish imkoniyatlarini vujudga keltirish uchun quyidagi tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshiriladi: - sanoat korxonalarining bo‘shagan ishlab chiqarish quvvatlarining bir qismini konservatsiya qilish; - konservatsiya qilingan korxona omborlarida qurol va harbiy texnika ishlab chiqarishga yaroqli bo‘sh turgan maxsus asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarni saqlashni tashkil etish; - sanoat korxonalarida “ikkiyoqlama” texnologiyalarni, ya’ni fuqarolik mahsulotlari ishlab chiqarishda hamda xavf tug‘ilgan sharoitda harbiy texnika ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish mumkin bo‘lgan texnika va texnologiyalarni joriy etish; - harbiy va fuqarolik ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsiyalarni joriy etish va boshqalar6. Harbiy iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning muhim yo‘nalishlaridan biri harbiy kontrabandaning oldini olish va unga qarshi samarali choralarni qo‘llash hisoblanadi. Harbiy kontrabanda - betaraf davlat yoki uning fuqarolari tomonidan jang qilayotgan taraf olib o‘tilishi ta’qiqlangan material va predmetlar bilan qarama- qarshi jang qilayotgan tarafning ta’minlanishi. Xalqaro huquqqa muvofiq, u mutlaq va nisbiy bo‘ladi. Mutlaq harbiy kontrabandani faqat harbiy maqsadda qo‘llaniladigan material va predmetlar tashkil etadi: qurollar, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar, harbiy aslaha-anjomlar va uning qismlari, qurol-yarog‘larni ishlab chiqarish yoki ta’mirlash uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar va boshqalar. Nisbiy harbiy kontrabandaga nafaqat harbiy, balki tinch maqsadda foydalanish mumkin bo‘lgan material va predmetlar ham kiradi: kiyim-kechaklar, poyafzal va materiallar; oltin, kumush, qog‘oz pullar, kema, qayiq va uning qismlari; temir yo‘llar, aloqa vositalari uchun materiallar; havoda uchuvchi apparatlar va uning ehtiyot qismlari; yonilg‘i, moylash materiallar va boshqalar. Harbiy maqsadda ishlatilmaydigan material va predmetlarni harbiy kontrabanda deyish ta’qiqlangan 5 Гордиенко Д.В. Основн экономической безопасности государства. Аналитический доклад.-М., 2009.-С.14-15. 6 Гордиенко Д.В. Основн экономической безопасности государства. Аналитический доклад.-М., 2009.-С.15.
Ilmiybaza.uz 
 
bo‘lib, bunga avvalo, yarador va kasallar parvarishi uchungina zarur bo‘lgan tibbiy 
yordam vositalari kiradi. Harbiy kotrabanda predmetlari musodara qilinadi7. 
Xulosa qilib aytganda, davlatning iqtisodiy xavfsizligi jamiyatning iqtisodiy va 
siyosiy barqarorligini, davlat va uning sarhadlari butunligini, ichki va tashqi 
tahdidlarga qarshi turish imkoniyatlarini hamda mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy 
vaziyatning barqarorligini ta’minlashda o‘z ifodasini topadi. 
18.2. 
Davlat iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir etuvchi tahdidlar va omillar 
Davlat iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir etuvchi tahdidlar ichki va tashqi tahdidlar 
guruhiga ajratiladi. Davlat iqtisodiy xavfsizligiga tashqi tahdidlarga quyidagilar 
kiradi: 
milliy iqtisodiyot va uning eng muhim sohalarining global tashqi iqtisodiy 
kon’yunktura o‘zgarishlariga, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar hamda 
xorijiy mamlakatlarning integratsion guruhlari tomonidan qabul qilingan qarorlarga 
o‘ta darajada bog‘liqligi; 
- 
xorijiy mamlakatlarning siyosiy va iqtisodiy tazyiqlari; 
- 
mamlakatning asosiy turdagi iste’mol va oziq-ovqat, mashinasozlik 
mahsulotlari hamda ularning ehtiyot qismlari importiga bog‘liqligi; 
- 
xorijiy korxonalarning mamlakat milliy korxonalarini ichki va tashqi 
bozorlardan siqib chiqarishga urinishlari; 
- 
rivojlangan mamlakatlar va ularni uyushmalarining tashqi iqtisodiy 
munosabatlarda mamlakatga nisbatan diskriminatsion choralarni qo‘llashlari; 
- 
tashqi qarz miqdorining oshib borishi; 
- 
mamlakatda eksport-import, valyuta va bojxona nazoratining yetarli darajada 
tashkil etilmaganligi; 
- 
eksport-import 
operatsiyalarining 
transport 
infratuzilmasining 
rivojlanmaganligi8. 
Davlat iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir etuvchi ichki tahdidlar birinchi navbatda 
                                                           
7 Abulqosimov H.P., Abulqosimov M.H. Iqtisodiyotga oid atama va tushuncha- larning izohli lug‘ati.- T.: “ABU MATBUOT-
KONSALT”,2017.- 619-bet. 
8 Экономическая безопасность: учебник для вузов/под обш. ред.Л.П. Гончаренко.-2-е изд., перраб.и доп.-М.: Издательство 
Юрайт, 2018.-С.23. 
Ilmiybaza.uz bo‘lib, bunga avvalo, yarador va kasallar parvarishi uchungina zarur bo‘lgan tibbiy yordam vositalari kiradi. Harbiy kotrabanda predmetlari musodara qilinadi7. Xulosa qilib aytganda, davlatning iqtisodiy xavfsizligi jamiyatning iqtisodiy va siyosiy barqarorligini, davlat va uning sarhadlari butunligini, ichki va tashqi tahdidlarga qarshi turish imkoniyatlarini hamda mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning barqarorligini ta’minlashda o‘z ifodasini topadi. 18.2. Davlat iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir etuvchi tahdidlar va omillar Davlat iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir etuvchi tahdidlar ichki va tashqi tahdidlar guruhiga ajratiladi. Davlat iqtisodiy xavfsizligiga tashqi tahdidlarga quyidagilar kiradi: milliy iqtisodiyot va uning eng muhim sohalarining global tashqi iqtisodiy kon’yunktura o‘zgarishlariga, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar hamda xorijiy mamlakatlarning integratsion guruhlari tomonidan qabul qilingan qarorlarga o‘ta darajada bog‘liqligi; - xorijiy mamlakatlarning siyosiy va iqtisodiy tazyiqlari; - mamlakatning asosiy turdagi iste’mol va oziq-ovqat, mashinasozlik mahsulotlari hamda ularning ehtiyot qismlari importiga bog‘liqligi; - xorijiy korxonalarning mamlakat milliy korxonalarini ichki va tashqi bozorlardan siqib chiqarishga urinishlari; - rivojlangan mamlakatlar va ularni uyushmalarining tashqi iqtisodiy munosabatlarda mamlakatga nisbatan diskriminatsion choralarni qo‘llashlari; - tashqi qarz miqdorining oshib borishi; - mamlakatda eksport-import, valyuta va bojxona nazoratining yetarli darajada tashkil etilmaganligi; - eksport-import operatsiyalarining transport infratuzilmasining rivojlanmaganligi8. Davlat iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir etuvchi ichki tahdidlar birinchi navbatda 7 Abulqosimov H.P., Abulqosimov M.H. Iqtisodiyotga oid atama va tushuncha- larning izohli lug‘ati.- T.: “ABU MATBUOT- KONSALT”,2017.- 619-bet. 8 Экономическая безопасность: учебник для вузов/под обш. ред.Л.П. Гончаренко.-2-е изд., перраб.и доп.-М.: Издательство Юрайт, 2018.-С.23.
Ilmiybaza.uz 
 
fuqarolik jamiyatiga ta’sir etuvchi omillar, ya’ni aholi turmush darajasi va sifatining 
pasayishi, iqtisodiy va moliyaviy inqirozlar, jinoyatchilik darajasining o‘sishi, 
millatlararo nizolar sababli vujudga keladi. Bizning fikrimizcha, davlat iqtisodiy 
xavfsizligiga ichki tahdidlarni quyidagilar tashkil etadi: 
- 
iqtisodiy o‘sish sur’atlari va rivojlanishning pasayishi; 
- 
iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining deformatsiyalashuvi; 
- 
iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun 
budjet-moliyaviy salohiyatning yetarli emasligi; 
- 
moliya-bank tizimining yetarli darajada rivojlanmaganligi; 
- 
aholining bank tizimiga ishonchining pasayishi; 
- 
investitsiyaviy va innovatsiyaviy faollikning pasayishi, ilmiy-texnika 
salohiyatining past darajadaligi; 
- 
mamlakatdan valyuta resurslarining chiqib ketishining kuchayishi; 
- 
inflyatsiyaning yuqori sur’atlarda o‘sishi; 
- 
iqtisodiyot raqobatbardoshligining pasayishi; 
- 
iqtisodiyotning haddan tashqari ochiqligi; 
- 
iqtisodiyotning kriminallashuvi, korrupsiya, iqtisodiy jinoyatchilik va 
huquqbuzarliklarning kuchayishi; 
- 
jamiyatda aholi mulkiy tabaqalanishining kuchayishi; 
- 
aholi va mehnat resurslari sonining qisqarishi, aholi tarkibida qariya va 
pensionerlar ulushining kattaligi, demografik yuklamaning o‘sib borishi; 
- 
ijtimoiy soha rivojlanishi sur’atlarining pasayishi, ta’lim va sog‘liqni saqlash 
xizmatlari sifatining yomonligi; 
- 
uy-joy sharoitlarining yomonlashuvi, oziq-ovqat bilan ta’minlanishning 
yetarli emasligi; 
- 
huquqiy, mehnat, moliyaviy, shartnomaviy intizomning pastligi; 
- 
soliq yukining yuqoriligi tufayli aholi o‘rtasida daromadlarni yashirish va 
soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning kuchayishi va h.k. 
Davlat iqtisodiy xavfsizligini ichki omillari iqtisodiy, tashkiliy, huquqiy va 
ijtimoiy omillar guruhlariga ajratiladi (qarang: 18.2.1-rasm). 
Ilmiybaza.uz fuqarolik jamiyatiga ta’sir etuvchi omillar, ya’ni aholi turmush darajasi va sifatining pasayishi, iqtisodiy va moliyaviy inqirozlar, jinoyatchilik darajasining o‘sishi, millatlararo nizolar sababli vujudga keladi. Bizning fikrimizcha, davlat iqtisodiy xavfsizligiga ichki tahdidlarni quyidagilar tashkil etadi: - iqtisodiy o‘sish sur’atlari va rivojlanishning pasayishi; - iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining deformatsiyalashuvi; - iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun budjet-moliyaviy salohiyatning yetarli emasligi; - moliya-bank tizimining yetarli darajada rivojlanmaganligi; - aholining bank tizimiga ishonchining pasayishi; - investitsiyaviy va innovatsiyaviy faollikning pasayishi, ilmiy-texnika salohiyatining past darajadaligi; - mamlakatdan valyuta resurslarining chiqib ketishining kuchayishi; - inflyatsiyaning yuqori sur’atlarda o‘sishi; - iqtisodiyot raqobatbardoshligining pasayishi; - iqtisodiyotning haddan tashqari ochiqligi; - iqtisodiyotning kriminallashuvi, korrupsiya, iqtisodiy jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning kuchayishi; - jamiyatda aholi mulkiy tabaqalanishining kuchayishi; - aholi va mehnat resurslari sonining qisqarishi, aholi tarkibida qariya va pensionerlar ulushining kattaligi, demografik yuklamaning o‘sib borishi; - ijtimoiy soha rivojlanishi sur’atlarining pasayishi, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlari sifatining yomonligi; - uy-joy sharoitlarining yomonlashuvi, oziq-ovqat bilan ta’minlanishning yetarli emasligi; - huquqiy, mehnat, moliyaviy, shartnomaviy intizomning pastligi; - soliq yukining yuqoriligi tufayli aholi o‘rtasida daromadlarni yashirish va soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning kuchayishi va h.k. Davlat iqtisodiy xavfsizligini ichki omillari iqtisodiy, tashkiliy, huquqiy va ijtimoiy omillar guruhlariga ajratiladi (qarang: 18.2.1-rasm).
Ilmiybaza.uz 
 
Omillar 
guruhi 
Omillar mazmuni 
Iqtisodiy 
omillar 
milliy iqtisodiyot tarkibi 
iqtisodiyotning monopollashuv darajasi 
ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi 
iqtisodiyotning raqobatbardoshligi 
sanoat ishlab chiqarishining texnologik bazasi 
moliyaviy tizimning holati 
davlatning investitsiya siyosati 
Tashkiliy 
omillar 
milliy iqtisodiyoni boshqarish tizimi holati va samaradorligi 
infratuzilma ob’ektlarining holati 
iqtisodiy resurslarni xo‘jalik oborotiga jal etish samaradorligi 
mineral xomashyo bazasini razvedka-qidiruvni tashkil etish darajasi 
ilmiy-texnika taraqqiyotini istiqbolli yo‘nalishlarda rivojlantirishni 
tashkil etish 
oqilona boshqarish qarorlarini qabul qilish 
Huquqiy 
omillar 
huquqiy-me’yoriy qonunchilikni takomillashtirish 
iqtisodiyotdagi monopolizmga barham berish, tartibga solish 
huquqiy va ijrochilik intizom 
iqtisodiyotdagi korrupsiyaga va jinoyatchilikka qarshi kurash holati 
moliyaviy mablag‘lar harakatini nazorat qilish va boshqalar 
Ijtimoiy 
omillar 
aholining katta qismi uchun maqbul hayot va inson shaxsini 
rivojlantirish sharoitlarini ta’minlash 
fuqarolarning 
daromadlar 
bo‘yicha 
haddan 
tashqari 
tabaqalanishining oldini olish 
daromadlarni yashirish va soliqlardan bo‘yin tovlashga yo‘l 
qo‘ymaslik 
ijtimoiy ziddiyotlarning vujudga kelishining potensial tahdidlarini 
bartaraf etish 
Ilmiybaza.uz Omillar guruhi Omillar mazmuni Iqtisodiy omillar milliy iqtisodiyot tarkibi iqtisodiyotning monopollashuv darajasi ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi iqtisodiyotning raqobatbardoshligi sanoat ishlab chiqarishining texnologik bazasi moliyaviy tizimning holati davlatning investitsiya siyosati Tashkiliy omillar milliy iqtisodiyoni boshqarish tizimi holati va samaradorligi infratuzilma ob’ektlarining holati iqtisodiy resurslarni xo‘jalik oborotiga jal etish samaradorligi mineral xomashyo bazasini razvedka-qidiruvni tashkil etish darajasi ilmiy-texnika taraqqiyotini istiqbolli yo‘nalishlarda rivojlantirishni tashkil etish oqilona boshqarish qarorlarini qabul qilish Huquqiy omillar huquqiy-me’yoriy qonunchilikni takomillashtirish iqtisodiyotdagi monopolizmga barham berish, tartibga solish huquqiy va ijrochilik intizom iqtisodiyotdagi korrupsiyaga va jinoyatchilikka qarshi kurash holati moliyaviy mablag‘lar harakatini nazorat qilish va boshqalar Ijtimoiy omillar aholining katta qismi uchun maqbul hayot va inson shaxsini rivojlantirish sharoitlarini ta’minlash fuqarolarning daromadlar bo‘yicha haddan tashqari tabaqalanishining oldini olish daromadlarni yashirish va soliqlardan bo‘yin tovlashga yo‘l qo‘ymaslik ijtimoiy ziddiyotlarning vujudga kelishining potensial tahdidlarini bartaraf etish
Ilmiybaza.uz 
 
terrorizmga qarshi kurash 
18.2.1- rasm. Davlat iqtisodiy xavfsizligini taminlashning ichki omillari9 
 
Davlat ichki xavfsizligiga tahdidlar jumlasiga yana quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
- 
aholi, shu jumladan, mehnatga layoqatli aholi, mehnat resurslari sonining 
o‘sish sur’atlarining asosiy fondlar, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlarining o‘sish 
sur’atlariga nisbatan yuqori darajada bo‘lishi kelgusida ishsizlar, daromad olish 
imkoniyatiga ega bo‘lmagan kishilar sonining o‘sishiga olib kelishi mumkin; 
- 
ish haqining aholi, shu jumladan, yollanma ishchi va xizmatchilarning oila 
daromadlaridagi ulushining kamayishi, ish haqining rag‘batlantiruvchanlik 
ahamiyatining pasayishi; 
- 
aholi tarkibida keksa nafaqa yoshdagi kishilar ulushining ko‘payishi kelgusida 
ularning ijtimoiy ta’minoti masalalarida muaamolarni tug‘diradi; 
- 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi 
omillarning ko‘payishi; 
- 
soliq yukining og‘irligi tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga to‘sqinlik 
qiluvchi omil hisoblanadi. 
Bu omillar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik 
qilib, ijtimoiy ziddiyatlarni va tahdidlarni vujudga keltirishga imkoniyat yaratadi. 
Soliq yukining og‘irligi turli huquqbuzarliklarning kelib chiqishiga sabab 
bo‘lishi mumkin. Soliqqa oid huquqbuzarliklarni vujudga keltiruvchi sabablarni uch 
guruhga ajratish mumkin: 
- 
qonunchilik normalarining takomillashmaganligi. Bunda tez-tez o‘zgartirish 
va tuzatishlar kiritilishi; 
- 
soliq stavkalarining aholi va korxona daromadlari darajasi hamda real holatni 
hisobga olmasdan yuqori qilib belgilanganligi; 
- 
ma’naviy-ahloqiy sabablar. Bu sabablar soliq to‘lovchi shaxslar, ishlab 
                                                           
9 Гордиенко Д.В. Основн экономической безопасности государства. Аналитический доклад.-М., 2009.-С.11-12 fikrlari 
asosida muallif tomonidan tuzilgan 
Ilmiybaza.uz terrorizmga qarshi kurash 18.2.1- rasm. Davlat iqtisodiy xavfsizligini taminlashning ichki omillari9 Davlat ichki xavfsizligiga tahdidlar jumlasiga yana quyidagilarni kiritish mumkin: - aholi, shu jumladan, mehnatga layoqatli aholi, mehnat resurslari sonining o‘sish sur’atlarining asosiy fondlar, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlarining o‘sish sur’atlariga nisbatan yuqori darajada bo‘lishi kelgusida ishsizlar, daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan kishilar sonining o‘sishiga olib kelishi mumkin; - ish haqining aholi, shu jumladan, yollanma ishchi va xizmatchilarning oila daromadlaridagi ulushining kamayishi, ish haqining rag‘batlantiruvchanlik ahamiyatining pasayishi; - aholi tarkibida keksa nafaqa yoshdagi kishilar ulushining ko‘payishi kelgusida ularning ijtimoiy ta’minoti masalalarida muaamolarni tug‘diradi; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi omillarning ko‘payishi; - soliq yukining og‘irligi tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omil hisoblanadi. Bu omillar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilib, ijtimoiy ziddiyatlarni va tahdidlarni vujudga keltirishga imkoniyat yaratadi. Soliq yukining og‘irligi turli huquqbuzarliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Soliqqa oid huquqbuzarliklarni vujudga keltiruvchi sabablarni uch guruhga ajratish mumkin: - qonunchilik normalarining takomillashmaganligi. Bunda tez-tez o‘zgartirish va tuzatishlar kiritilishi; - soliq stavkalarining aholi va korxona daromadlari darajasi hamda real holatni hisobga olmasdan yuqori qilib belgilanganligi; - ma’naviy-ahloqiy sabablar. Bu sabablar soliq to‘lovchi shaxslar, ishlab 9 Гордиенко Д.В. Основн экономической безопасности государства. Аналитический доклад.-М., 2009.-С.11-12 fikrlari asosida muallif tomonidan tuzilgan
Ilmiybaza.uz 
 
chiqarish, moliyaviy korxona va tashkilotlarning madaniy xulq-atvori, xususiy 
manfaatlarini ustun qo‘yish.Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash usullari quyidagilardan 
iborat: 
- 
soliq turi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar daromadlarni, soliqqa tortish 
ob’ektini yashirish, soliq hajmini kamaytirish, soliq imtiyozlaridan noqonuniy 
foydalanish; 
- 
joriy soliqlarni to‘lamaslik maqsadida yoki soliqdan qarz bo‘la turib 
mablag‘larni soliq to‘lashdan yashirish; 
- 
foyda solig‘ini kamaytirib ko‘rsatish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan 
bo‘yin tovlash, jismoniy shaxslar daromad solig‘i to‘lashdan bo‘yin tovlash. 
Soliq qonunchiligi sohasidagi kamchiliklar sababli soliqlarning yig‘ilishida 
kamayish sodir bo‘ladi. Bu hol iqtisodiyotning xufyona sektori bilan ham bog‘liq 
bo‘lishi mumkin. Xufyona iqtisodiyot bilan bog‘liq soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash 
holatlari buxgalteriya hisobida daromadlarni soliqqa tortish ob’ektlaridan to‘liq 
ravishda chiqarish, aylanma mablag‘larni bir qismini yashirishda o‘z ifodasini 
topadi. Ushbu salbiy jarayonlar, qonunbuzarliklarning oldini olish uchun soliq va 
fuqarolik jinoyat-protsessual kodekslarini takomillashtirish lozim bo‘ladi. 
Davlat iqtisodiy xavfsizligiga kishilar o‘rtasidagi noformal, iqtisodiy aloqa va 
munosabatlar ham tahdid soladi. Bu tahdidga sabab bo‘luvchi holatlarni kassa 
nazoratidan tashqaridagi hisob-kitoblar, maishiy xizmatlar ko‘rsatish, uy joylarni 
ijaraga berishda, naqd pul aylanmasidagi noformal munosabat va aloqalarda ko‘rish 
mumkin. 
Xufyona iktisodiyot sektorining mavjudligi mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga 
jiddiy tahdid soladi. Xufyona iqtisodiyotning eng xavfli faoliyat sohalariga 
narkobiznes kiritiladi. Xufyona iqtisodiyot iqtisodiy qonunbuzarliklar, terroristik 
jinoyatlar bilan ham qo‘shilib ketmoqda. 
Davlat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga ta’sir etuvchi omillar guruhiga 
savdo-iqtisodiy, valyuta-moliyaviy va marketing omillari kiradi (qarang: 18.2.2-
rasm). 
Omillar guruhi 
Omillar mazmuni 
Ilmiybaza.uz chiqarish, moliyaviy korxona va tashkilotlarning madaniy xulq-atvori, xususiy manfaatlarini ustun qo‘yish.Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash usullari quyidagilardan iborat: - soliq turi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar daromadlarni, soliqqa tortish ob’ektini yashirish, soliq hajmini kamaytirish, soliq imtiyozlaridan noqonuniy foydalanish; - joriy soliqlarni to‘lamaslik maqsadida yoki soliqdan qarz bo‘la turib mablag‘larni soliq to‘lashdan yashirish; - foyda solig‘ini kamaytirib ko‘rsatish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan bo‘yin tovlash, jismoniy shaxslar daromad solig‘i to‘lashdan bo‘yin tovlash. Soliq qonunchiligi sohasidagi kamchiliklar sababli soliqlarning yig‘ilishida kamayish sodir bo‘ladi. Bu hol iqtisodiyotning xufyona sektori bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Xufyona iqtisodiyot bilan bog‘liq soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlari buxgalteriya hisobida daromadlarni soliqqa tortish ob’ektlaridan to‘liq ravishda chiqarish, aylanma mablag‘larni bir qismini yashirishda o‘z ifodasini topadi. Ushbu salbiy jarayonlar, qonunbuzarliklarning oldini olish uchun soliq va fuqarolik jinoyat-protsessual kodekslarini takomillashtirish lozim bo‘ladi. Davlat iqtisodiy xavfsizligiga kishilar o‘rtasidagi noformal, iqtisodiy aloqa va munosabatlar ham tahdid soladi. Bu tahdidga sabab bo‘luvchi holatlarni kassa nazoratidan tashqaridagi hisob-kitoblar, maishiy xizmatlar ko‘rsatish, uy joylarni ijaraga berishda, naqd pul aylanmasidagi noformal munosabat va aloqalarda ko‘rish mumkin. Xufyona iktisodiyot sektorining mavjudligi mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi. Xufyona iqtisodiyotning eng xavfli faoliyat sohalariga narkobiznes kiritiladi. Xufyona iqtisodiyot iqtisodiy qonunbuzarliklar, terroristik jinoyatlar bilan ham qo‘shilib ketmoqda. Davlat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga ta’sir etuvchi omillar guruhiga savdo-iqtisodiy, valyuta-moliyaviy va marketing omillari kiradi (qarang: 18.2.2- rasm). Omillar guruhi Omillar mazmuni