DAVLVT XOKIMIYATINING TASHKIL ETILISHI. SAYLOV TIZIMI SUD HOKIMIYATI. PROKURATURA. MOLIYA PUL VA BANK TIZIMI. MUDOFAA VA HAVFSIZLIK
Yuklangan vaqt
2025-03-18
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
31
Faytl hajmi
35,8 KB
DAVLVT XOKIMIYATINING TASHKIL ETILISHI. SAYLOV TIZIMI
SUD HOKIMIYATI. PROKURATURA. MOLIYA PUL VA BANK TIZIMI.
MUDOFAA VA HAVFSIZLIK
1. Saylov tizimi.
2. Sud hokimiyati.
3. Advokatura.
4. Prokuratura
5.Moliya pul va bank tizimi.mudofaa va havfsizlik
Saylov tizimi
Saylov tizimi-demokratik davlatning asosiy belgisi. Saylov demokratik
davlatning asosiy belgilaridan biri bo‘lib, u orqali mamlakatning taraqqiyoti va
istiqboli namoyon bo‘ladi. Bu xalqning o‘z xohish-irodasini bildirishi, fuqarolarning
davlat ishlarini boshqarishda bevosita ishtirok etishining asosiy shaklidir. O‘z
navbatida, saylovda qatnashish asosida faol fuqarolik pozitsiyasini ilgari surish
xalqimizning yuksalib borayotgan siyosiy tafakkurini, ijtimoiy faolligi va elektoral
madaniyatini namoyon qiladi. Yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladigan
saylovlarda saylovchilar o‘z tanlovlarini berilgan varaqaga yozib, saylov qutisiga
tashlashadi.
Saylov — ovoz berish orqali davlat organlari, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish
organlari va boshqa tuzilmalarni tashkil yetish vositasi. Fuqarolarning o‘z saylov
huquqini amalga oshirishi — ularning davlatni boshqarishda ishtirok yetishining eng
muhim shakllaridan biri. Saylov o‘tkazish tartibi va qoidalari, odatda, har bir
davlatning
konstitutsiyasi
va
boshqa
konstitutsiyaviyhuquqiy
hujjatlarda
belgilanadi. Saylov turli ko‘rinishda bo‘ladi. Unda aholi qatnashishi yoki ularning
vakillarigina ishtirok yetishi mumkin. Saylov ochiq yoki yashirin ovoz berish yo‘li
bilan o‘tkaziladi. Qaysi organ saylanayotganligiga qarab parlamentga yoki
prezidentlikka saylash, parlamentning umumiy yoki bir qismi uchun saylov
o‘tkazilishiga qarab yalpi yoki qisman saylov bo‘lishi mumkin. Hududiga qarab
umumdavlat yoki mahalliy; o‘tkazilish vaqtiga qarab navbatdagi yoki muddatdan
oldingi; bir partiyali, ko‘p partiyali yoki partiyasiz; muqobillik asosida va nomuqobil
(agar yagona nomzod ko‘rsatilsa); to‘g‘ri yoki ko‘p bosqichli; asosiy yoki
qo‘shimcha saylov o‘tkazilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan, mamlakat Prezident
saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar
davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishlicha ularning konstitutsiyaviy
vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabr oyi 3-o‘n kunligining 1-yakshanbasida
o‘tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida
yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi (yana qarang Saylov tizimi, Saylov
huquqi) .
2021-yil 8-fevral kuni qabul qilingan "Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish
va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonunga binoan saylovlar oktyabr oyida
o‘tkazilishi belgilandi. Ya’ni Prezidentlikka saylov, Oliy Majlisning Qonunchilik
palatasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar,
tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha
ularning konstitusiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — oktyabr oyi uchinchi
o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi (ilgari dekabr oyida
edi) . Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tayyorlangan qonunning konsepsiya
variantida saylovlarni mart oyiga ko‘chirish haqidagi taklif ham bo‘lgan. Fuqarolar
bilan o‘tkazilgan semenar tadbirlarda hamda ommaviy axborot vositalari orqali kelib
tushgan takliflarda ham mart, may, avgust va sentabr oylari qayd yetilgan. Biroq
saylovlarni oktabr oyida o‘tkazish bo‘yicha 70 foizdan ortiq taklif fuqarolardan
kelganligi bois shu oyga ko‘chirilgan .
Aslida saylov tizimi – jamiyatda davlatning vakillik organlarini saylash yo‘li
bilan yuzaga keluvchi davlat siyosiy munosabatlari tizimidir. Saylov tizimi iborasi,
shuningdek, deputatlik mandatlariga nomzodlar ko‘rsatish, deputatni saylash uchun
yetarli bo‘lgan saylovchilar ovozining miqdori, deputatlik mandatlarining nomzod
ko‘rsatgan siyosiy partiyalar o‘rtasida qanday taqsimlanishi, saylov natijalarini
aniqlash tartibi kabi omillar yig‘indisini ham bildiradi.
Saylov tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: saylanadigan organlarni
shakllantirishda ishtirok etish tamoyillari va shartlari; saylovlarni tashkil etish va
o‘tkazish tartibi. Saylov tizimining quyidagi turlari mavjud: 1. Mojaritar saylov
tizimi. 2. Proporsional saylov tizimi. 3. Aralash saylov tizimi.
Majoritar saylov tizimida saylov okrugida ko‘pchilik ovoz olgan siyosiy
partiyadan yoki tashabbuskor guruhdan bo‘lgan bir nomzod (bir mandatli okrugda)
yoki bir necha nomzodlar (ko‘p mandatli okrugda) saylangan hisoblanadi. Ozchilik
ovoziga ega bo‘lgan siyosiy partiya va tashabbuskor guruhlar nomzodlari
belgilangan o‘rinlarga saylana olmaydi. Majoritar saylov tizimi ko‘pchilik ovozi
prinsipiga asoslanadi. Ushbu saylov tizimida aksariyat hollarda nisbatan va mutlaq
ko‘pchilik ovozlarning saylovlarda yutib chiqish qoidasi asos qilib olingan bo‘ladi.
Respublikamizda ham ushbu saylov tizimidan bevosita saylovlar amaliyotida
qo‘llaniladi.
Proporsional saylov tizimi ko‘ppartiyaviylikka asoslanadi. Bu saylov tizimida
har bir saylov okrugidagi mandatlarga ularning har birida to‘plangan ovozlar
bevosita ta’sir qiladi. Odatda, bu tizimdagi saylovlarda xorijiy mamlakatlar
tajribasida ovozlarning me’yoriy qismi belgilanadi. Bunga asosan u yoki bu siyosiy
partiyaning nomzodlari ana shu belgilangan ovozlarni olgandan keyingina
mandatlarni taqsimlashda qatnashadi. Bunday tizimda saylovchi amalda nomzod
uchun emas, balki siyosiy partiya uchun ovoz beradi.
Aralash saylov tizimida saylovchilar deputatlarning ayrim mikdorini majoritar
saylov tizimi asosida, ayrimlarini esa proporsional saylov tizim asosida saylaydilar.
Aralash tizimning qo‘llanilishi ikki turdagi deputatlarning saylanishiga olib keladi.
Birinchisi, saylov okrugidagi saylovchilar bilan ancha bog‘liq bo‘lgan deputat
bo‘lib, u saylovchilari oldida o‘z ma’suliyatini sezadi. Ikkinchisi, partiya ro‘yxati
vositasida saylangan deputat bo‘lib, u ma’lum okrug saylovchilariga uncha tanish
bo‘lmasligi mumkin, chunki saylovchi ovoz berganda alohida nomzod uchun emas,
balki partiya ro‘yxati uchun ovoz beradi. Natijada, saylangan deputat o‘zini
muayyan saylov okrugi saylovchilari oldida emas, balki uni ro‘yxatga kiritgan
partiya rahbarlari oldida hisobdor sezadi.
Saylov tizimining o‘ziga xos jihatlari. Saylovlar umumiy, teng va to‘g‘ridan-
to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Umumiy saylov huquqi prinsipi. Bu prinsipga ko‘ra, fuqarolar jinsi, irqiy va
milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy
va ijtimoiy mavqei, ma’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar
saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egadir. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat
tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida o‘n yil O‘zbekiston hududida
muqim yashagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga yigirma besh yoshga
to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim
yashayotgan fuqarolar egadirlar. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar
Kengashlariga, saylov kunigacha yigirma bir yoshga to‘lgan O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolari saylanish huquqiga egadirlar. Sud tomonidan muomalaga
layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum
etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovlarda
qatnashmaydilar.
Teng saylov prinsipi. Har bir fuqaro – saylovchi bir ovozga ega. Har bir
saylovchining tegishli saylov uchastkasida ro‘yxatga olinishi va shu yerdagina ovoz
berishi mumkinligining o‘rnatilishi teng saylov huquqini kafolatlaydi. Tenglik
saylashda ham, saylanishda ham bevosita ta’minlanadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov prinsipi. Bu davlat hokimiyati vakillik organlariga
saylov to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazilishini bildiradi. Saylovchilar nomzodlarga saylov
vaqtida bevosita ijobiy yoki qarshi ovoz berishlari mumkin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri
saylov huquqlarining amalga oshirilishi saylovchilarning deputat bilan bevosita
aloqasini kuchaytiradi.
Yashirin ovoz berish prinsipi. O‘zbekiston Respublikasida Prezident saylovi,
hokimiyatning vakillik organlariga saylovlar yashirin ovoz berish yo‘li bilan
o‘tkaziladi. Yashirin ovoz berish saylovchining o‘z irodasini bildirish ustidan
nazorat qilishga yo‘l qo‘yilmaslikni nazarda tutadi.
Saylov jarayonlarini amalga oshirishda quyidagi asosiy huquqiy manbalardan
foydalaniladi. Bular “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi,
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovi to‘g‘risida”gi, ”Xalq deputatlari
viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston
Respublikasi “Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi , ”Fuqarolar saylov
huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlardir .
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga va boshqa vakillik organlariga saylovlarni tayyorlash va ularni o‘tkazish
ochiq va oshkoralik asosida amalga oshiriladi. Saylovlarning oshkoralik prinsipi
asosida o‘tkazilishini ta’minlab beruvchi muhim bir jarayon – saylovchilarning
respublika Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni va hokimiyatning vakillik
organlariga ko‘rsatilgan nomzodlarni yoqlab yoki ularga qarshi tashviqot yuritish
huquqiga egaligidir.
O‘zbekistonda siyosiy, davlat va huquqiy sohalarning izchil, bosqichma-
bosqich modernizatsiya qilinishi natijasida eng yuksak demokratik talablarga javob
beradigan saylov tizimi yaratildi. Xususan, so‘nggi besh yilda saylov qonunchiligini
izchil takomillashtirish hamda saylov o‘tkazish amaliyoti sifat jihatidan yangi
bosqichga ko‘tarildi.
Bunda saylov qonunchiligi xalqaro umume’tirof etilgan tamoyillar, nufuzli
xalqaro tashkilotlar tavsiyalari va xalq fikri asosida takomiliga yetkazildi hamda
mamlakatdagi demokratik islohotlar bilan uyg‘unlashtirildi.
Yangilangan Konstitutsiyamizning XXII bobida saylov tizimiga oid asosiy
qoidalar mustahkamlandi. Xususan, Bosh qonunimizga ko‘ra, O‘zbekiston
Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va
saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi,
o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
Endilikda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar,
shuningdek, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga
ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok
etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum
etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmasligi qonstitutsion norma
sifatida belgilandi.
Konstitutsiyaning takomillashtirilishi asosida saylov jarayonlari bilan bog‘liq
bunday normalar mustahkamlanishi saylovning qonuniylik, ochiqlik va oshkoralik
tamoyillari asosida, jahonda umume’tirof etilgan demokratik standartlarga mos
holda o‘tishini, fuqarolarning saylov huquqi kafolatlarini hamda davlat va jamiyat
boshqaruvidagi ishtirokini yanada kengroq ta’minlashga xizmat qiladi.
Milliy saylov qonunchiligini kodifikatsiyalashtirilishining ahamiyati.Milliy
saylov qonunchiligimizning o‘ziga xos jihati saylov jarayonlariga oid barcha
normalarning kodifikatsiyalashtirilganidir.
Saylov kodeksi va saylov tizimidagi islohotlar. Xususan, Saylov kodeksi
saylov huquqiga oid ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va huquqiy kafolatlar
tizimini mustahkamlash bilan birga fuqarolarning saylov huquqini amalga oshirishni
ta’minlovchi shart-sharoit va mexanizmlarni yaratishga oid huquqiy normalarni
o‘zida aks ettiradi.
Saylov qonunchiligi kodeks shakliga keltirilgunga qadar mazkur tizimda bir
vaqtning o‘zida beshta qonun parallel ravishda amal qilardi. Ushbu normativ-
huquqiy hujjatlarning ayrim normalari bir-biriga zid bo‘lib, turli huquqiy kolliziya
mavjud edi.
Mazkur holat esa saylov komissiyalari, ayniqsa, chekka joylardagi uchastka
saylov komissiyalari a’zolari muayyan vaziyatda qanday yo‘l tutishni bilmay, turli
noaniqliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.
Kodeks qabul qilingach, milliy saylov qonunchiligi va amaliyotida ayrim
bo‘shliqlar va yechimini kutayotgan muammolar hamda turli noaniqlik va
ovoragarchiliklar barham topganini nafaqat milliy saylov amaliyotchilari, balki
xalqaro ekspertlar ham keng e’tirof etdi.
Milliy
saylov
tizimimiz
umumjahon
talablari
va
tendensiyalariga
muvofiqlashtirildi. Kodeks kuchga kiritilishi munosabati bilan o‘ttizga yaqin qonun
bekor qilindi hamda qonunosti hujjatlarga keyinchalik kiritilgan o‘zgartish va
qo‘shimchalar, shuningdek, ba’zi hujjatlar o‘z kuchini yo‘qotdi.
Chunonchi,
Yangi
Konstitutsiyaning
128-moddasida
keltirilganidek:
“O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga
saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz
berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan
kafolatlanadi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
saylovi,
O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati
vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati
tugaydigan yilda — oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida
o‘tkaziladi, bundan ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan muddatidan ilgari saylov
o‘tkazish hollari mustasno. Saylovlar umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov
huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston
Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga ega.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
muddatidan
ilgari
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlashga haqli. O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi,
viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining
tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so‘ng bir oy ichida
ular orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar.
Tabiiyki, 129-moddada qayd etilganidek: “O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, viloyatlar, tumanlar,
shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarni, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasining referendumini tashkil etish va o‘tkazish uchun
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan faoliyatining asosiy prinsiplari
mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat bo‘lgan
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylov komissiyalari
tizimiga boshchilik qiladi, o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi hamda o‘z
faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga amal
qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zolari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va
Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan komissiya a’zolari orasidan besh
yillik muddatga komissiya majlisida saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki
muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi
etib saylanishi mumkin emas”.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb
topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida
saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir
va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan
mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan
faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin.
Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki
bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bir
vaqtning o‘zida ikkidan ortiq davlat hokimiyati vakillik organining deputati bo‘lishi
mumkin emas.Saylov o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi”.
Xalqaro saylov standartlariga mos, puxta, ixcham va yaxlit shaklda qabul
qilingan
bunday
mukammal
Saylov
kodeksidan
shu
paytgacha
milliy
saylovchiligimizda bo‘lmagan o‘nlab yangi norma va qoida joy oldi, amaldagi ayrim
byurokratik tartib-qoidalar bekor qilindi.
Har bir saylovchi – diqqat-e’tiborda.Mamlakatimizda davlat siyosatining
o‘ziga xos jihati O‘zbekiston fuqarolarining qaerda yashab turganidan qat’i nazar,
davlat himoyasida bo‘lishi, huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini
ta’minlashga yo‘naltirilganidir. Aynan 2019 yildagi saylovda xorijda istiqomat qilib
turgan saylov yoshidagi barcha vatandoshlarimiz uchun ilk bor ovoz berish
imkoniyati yaratilgani ana shunday yuksak e’tiborning amaldagi ifodasi bo‘ldi.
Avvallari bunday siyosiy tadbirlarda faqat konsullik vakolatxonalaridan
rasman ro‘yxatdan o‘tgan o‘zbekistonliklar qatnashgan.
Saylov kodeksida ilk bor chet davlatlarda yashab turgan O‘zbekiston
fuqarolarini diplomatik vakolatxonalarning konsullik hisobida bo‘lishi yoki
bo‘lmasligidan qat’i nazar, saylovchilar ro‘yxatiga kiritish tartibi, xorijiy
mamlakatlarda saylovchilar yashayotgan yoki ishlayotgan joyida ko‘chma qutilar
orqali ovoz berishning huquqiy asoslari mustahkamlandi.
Vatandoshlarimiz uchun chet eldagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik
muassasalari huzurida tashkil etiladigan saylov uchastkalarining saylovchilar
ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha elektron murojaat qilish imkonini beruvchi
saylov.mfa.uz kommunikatsion tizimi ishga tushdi .
Saylov jarayonida suiiste’molchilik, tanish-bilishchilik kabi salbiy holatlarning
oldini olish maqsadida qonunchilikda “uchastka saylov komissiyasi a’zolarining
yarmidan ko‘pi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emas”ligi alohida qayd
etilgan.
Biroq shifoxonalar, dam olish uylari, harbiy qismlar, chet ellardagi diplomatik
vakolatxonalar kabi muassasalarda, ularning qat’iy ichki tartib-qoidalari talablaridan
kelib chiqib, saylov uchastkasi a’zolarini bunday tartibda tuzish qiyinligi amaliyotda
muammolarni keltirib chiqarar edi.
Shu sababli, kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, mazkur qoida endilikda chet
davlatlardagi diplomatik muassasalar huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda va
dam olish uylarida, kasalxonalarda hamda boshqa statsionar davolash
muassasalarida va ozodlikdan mahrum qilish joylarida tashkil qilingan saylov
uchastkalariga tatbiq qilinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy
saylov komissiyasi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlarni,
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va o‘tkazish
uchun tuziladi hamda o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi. Markaziy
saylov komissiyasining tarkibi Oliy Majlis palatalari tomonidan tuziladi.
Saylov jarayonlarida okrug saylov komissiyasining hamda uchastka saylov
komissiyasining faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Okrug saylov komissiyasi
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida
tuziladi. Uchastka saylov komissiyasi saylovga qirq kun qolganida okrug saylov
komissiyasi tomonidan tuziladi. Saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik ko‘rish
va uni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yuzasidan davlat hamda jamoat
birlashmalari organlariga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, mansabdor
shaxslarga murojaat qilish huquqiga ega hamda uch kun ichida murojaatga javob
qaytarishlari shart.
Saylovoldi tashviqoti nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan
ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran boshlanadi. Nomzodlarga Markaziy saylov
komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalaridan
foydalanishda teng huquq beriladi. Mahalliy hokimiyat organlari va jamoat
tashkilotlari, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
nomzodlarga yig‘ilishlar o‘tkazish uchun jihozlangan binolar ajratishlari,
nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishni tashkil etishda, zarur
ma’lumot va axborot materiallari olishda yordam ko‘rsatishlari shart.
Siyosiy partiyalar va tashabbuskor guruhlar nomzodlarining dasturlari
davlatning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan bo‘lmasligi,
ularda urush, milliy, irqiy va diniy adovat targ‘iboti, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik
bilan o‘zgartirishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini
kamsituvchi xatti-harakatlarga da’vat bo‘lmasligi kerak. Nomzod qilib ro‘yxatga
olingan shaxs saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, televidenie ko‘rsatuvlari va
radio eshittirishlarida qatnashish huquqiga ega.
Bundan tashqari, Saylov kodeksi imkoniyati cheklangan shaxslarning ovoz
berish yo‘li bilan mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida ishtirok etish huquqlarini
amalga oshirishi uchun barcha mexanizmlarni o‘zida mujassam etdi. Ya’ni saylov
kuni ovoz berish binolaridagi texnologik jihozlar — jadvallar, kabinalar va ovoz
berish qutilari nogironlar aravachasidan foydalanuvchilar ehtiyojlarini hisobga
olgan holda o‘rnatilishi lozimligi mustahkamlandi.
Shu bilan birga, agar sog‘lig‘i yoki nogironligi tufayli saylovchi o‘z xohish-
irodasini erkin ifoda etish uchun saylov uchastkasining ovoz berish xonasiga kela
olmasa, unga ovoz berish xonasidan (saylov uchastkasidan) tashqarida, yashash
joyida ovoz berish huquqidan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Yangilangan Konstitutsiya saylov tizimida yangi bosqich. Bu, o‘z navbatida,
zamonaviy saylov qonunchiliging muhim jihati ko‘rinishida jamiyatimizning a’zosi
sifatida nogironligi mavjud fuqarolarimiz ham boshqalar bilan teng ravishda siyosiy
va ijtimoiy hayotda bevosita yoki erkin saylangan vakillari orqali samarali va har
taraflama ishtirok etishi, jumladan, saylash va saylanish huquqlariga oid
imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta’minlaydi.
Saylov qonunchiligimizda har bir saylovchining huquq va erkinliklari inobatga
olingani jarayonlarda siyosiy huquqga ega har bir shaxsning o‘z saylov huquqlarini
hech to‘sqinliksiz amalga oshirishi, ularning davlat boshqaruvidagi ishtirokining eng
muhim kafolatlaridan biridir.
Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati Saylovning ko‘ppartiyaviylik va
muqobillik, oshkoralik va transparentlik tamoyillari asosida, demokratik saylov
talablariga muvofiq o‘tishini ta’minlash zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan
holda jarayonlarni raqamlashtirish masalalariga bog‘liqdir.
Jumladan, Saylov kodeksida respublika miqyosida saylovchilarning ro‘yxati
elektron tarzda tuzilishi belgilab qo‘yilgan. Mazkur ro‘yxatni tuzish, unga
o‘zgartishlar kiritish va yangilab turish saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi
yordamida amalga oshiriladi.
O‘z navbatida, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati vakolatli davlat
organlarining axborot bazalariga muvofiq saylovchi fuqarolar, ularning doimiy va
vaqtincha yashash joylari manzillari haqidagi axborotni o‘z ichiga olgan davlat
axborot resursi hisoblanadi.
Aynan saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati va Saylov jarayonini
boshqarish axborot tizimini yanada takomillashtirish orqali fuqarolarning doimiy va
vaqtinchalik yashash joylari, hududlar, ko‘chalar, uylar va xonadonlarning nomlari
hamda raqamlarining elektron shaklda aniq-ravshan belgilanishiga imkon yaratiladi.
Bu shunchaki saylovchilar haqidagi ma’lumotlar bazasi emas, balki saylovning
tenglik prinsipini ta’minlashga xizmat qiladigan vosita hamdir. Chunki mazkur
axborot tizimi va saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati orqali fuqarolarning
faqat bir marotaba ovoz berganini nazoratga olish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Ayniqsa, yuqori migratsiya sharoitida saylovchining tegishli saylov okrugiga
biriktirish va “bir saylovchi – bir ovoz” qoidasini amalda qo‘llashni ta’minlovchi
tizimni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tartibotga ko‘ra, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati barcha saylov
uchastkalari kesimida tegishli uchastka komissiyalariga onlayn tarzda yetkaziladi.
Shunday bo‘lsa-da, har bir uchastka saylov komissiyasi uchastka hududida
yashovchi aholini uyma-uy aylanib chiqish yo‘li bilan ro‘yxatga aniqlik kiritadi.
Qonunga muvofiq, saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga
to‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan paytda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki
vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatiga
kiritiladi. Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin
bo‘ladi.
Bunday tizim o‘rnatilmasidan avval bir saylovchining ham doimiy ro‘yxatda,
ham vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidan turib ovoz berish holatlari natijasida
fuqarolarning teng saylov huquqi, ya’ni saylovda bitta ovozga egaligi tamoyilining
buzilish holatlari kuzatilishi mumkin edi.
Shu asosda saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati fuqarolarning teng
saylov huquqi prinsipini ro‘yobga chiqarib fuqarolarimizga davlat boshqaruvida
saylov orqali ishtirok etishdek siyosiy huquqlaridan foydalanishda aniqlik va
qulaylikni ta’minlaydi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonning zamonaviy saylov qonunchiligi
demokratik tamoyillar, umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga, erkin va adolatli
saylov mezonlariga muvofiqdir.Zero, mamlakatimiz saylov tizimi huquqiy asoslari
milliy qadriyatlarimizga tayanilgan holda xalqaro tamoyillar, ilg‘or xorijiy
mamlakatlar qonunchiligi va amaliyotini o‘rganish hamda mustaqillik yillarida
mamlakatimizda o‘tkazilgan saylovlar tajribasining tahlili natijasida tadrijiy
takomillashtirilib borilmoqda.
Sud hokimiyati.
Mamlakatimizda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq
va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta'minlash hamda odil sudlovga erishish
darajasini oshirish – sud-huquq tizimini isloh qilish borasida davlat siyosatining
ustuvor yo'nalishi hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasini rivojlanishida sud hokimiyatining chinakam
mustaqilligini ta'minlash, sud tizimini demokratlashtirish hamda fuqarolarning
huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish,
qonuniylikni mustahkamlash mazkur sohadagi islohotlarning ustuvor yo'nalishi etib
belgilandi. Bu chuqur ramziy ma'noga ega. Chunki, sud hokimiyati davlat
hokimiyatining alohida mustaqil tarmog'i bo'lib, u jamiyat hayotida odil sudlovni
amalga oshirishga safarbar etilgan. Odil sudlov o'z mohiyatiga ko'ra, davlat faoliyati
hisoblanadi, bunda vakolatli sud muassasasi huquq normalari talablarini buzish
oqibatida kelib chiquvchi nizoli holatlarni muhokama etib, tegishli huquqiy yechim
topadi. Demokratik huquqiy davlatda qonun davlat idoralari, fuqarolarning turli-
tuman uyushmalari va alohida shaxslar o'rtasidagi munosabatlarning mezonidir.
Mazkur munosabatlarning qonun doirasida kechishini va hal etilishini ta'minlash sud
hokimiyati zimmasiga yuklatilgan. Odil sudlovning oliy maqsadi: kuch va
zo'ravonlik g'oyasini – huquq va adolat g'oyalari bilan almashtirishdan iborat.
130-modda. O‘zbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan
amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi
hokimiyatdan, siyosiy partiyalardan, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan
mustaqil holda ish yuritadi.
Sud – bu davlat tomonidan o'rnatilgan qonunlarning buzilishiga qarshi yuridik
sanksiyalar qo'llash yordamida jazo tayinlaydigan davlat organidir. Shu sababdan
sud hokimiyati mustaqilligini ta'minlash, uni fuqarolar huquq va erkinliklarini
ishonchli himoya qila oladigan mustaqil davlat institutiga aylantirish erkin fuqarolik
jamiyati qurishning eng muhim shartlaridan biri sanaladi.
Davlatchilikning muhim atributi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan sudlar
bundan 3-3,5 ming yil avval ham mavjud bo'lgani manbalarda keltirilgan. Biroq,
uning tarixi qanchalik ko'hna bo'lmasin, zamon talablariga muvofiq takomillashib
borishi zarur.
Sud hokimiyati davlat hokimiyati bo'linishiga ko'ra, qonun chiqaruvchi va ijro
etuvchi hokimiyatlardan alohida faoliyat yuritadi. Sud orqali inson huquq va
erkinliklarini ishonchli himoya qilishga asoslangan konstitusiyaviy prinsipga qat'iy
rioya etilishi sud-huquq islohotlarida markaziy o'rinni egallaydi.
Demokratik jamiyatda sud davlat hokimiyatining to'laqonli, teng huquqli
subyektidir. Sud – adolat, adliya etuvchi ijtimoiy institut. Sud – insoniyat aql
zakovatining butun sivilizasiya tarixi davomida yaratgan eng buyuk yutug'idir. Zero,
sud ijtimoiy nizolarni o'rnatilgan qonun-qoidalar asosida xolis va oshkora
muhokama tarzida hal etishni ta'minlaydi. Sud – qonuniylik va huquqiy tartibotni
o'rnatishning o'ta nozik sayqal topgan, eng takomiliga yetgan vositasidir.
131-modda. O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi va sudlar faoliyatining
tartibi qonun bilan belgilanadi. Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
2021-yil 28-iyulda yangi tahrirda qabul qilingan “Sudlar to’g’risida”gi
Qonunning 2-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
harbiy sudlar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar
ma’muriy sudlari;
fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari;
jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari;
tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari;
tumanlararo ma’muriy sudlardan iboratdir.
O‘zbekiston
Respublikasida
ishlarning
toifalariga
ko‘ra
sudlarning
ixtisoslashuvi amalga oshirilishi mumkin.
Mazkur Qonunning 4-moddasida esa sudning asosiy vazifalari belgilab
berilgan. Ya’ni sudning asosiy vazifalari fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va boshqa qonunlari, xalqaro shartnomalarida, shuningdek inson
huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda kafolatlangan huquqlari hamda
erkinliklarini, davlat va jamoat manfaatlarini, yuridik shaxslar hamda yakka
tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini
himoya qilishdan iborat. Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni,
fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir.
132-modda.
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyaviy
sudi
qonun
chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi
to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi. Konstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan siyosat
va huquq sohasidagi mutaxassislar orasidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakilini
qo‘shgan holda saylanadi. Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish
huquqisiz o‘n yillik muddatga saylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy
sudi o‘z tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisini va
uning o‘rinbosarini besh yillik muddatga saylaydi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi tarixiga nazar soladigan
bo'lsak, davlatimiz mustaqillikni qo'lga kiritgan davrlardan boshlab faoliyat yuritib
kelmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudining faoliyatini tartibga solishga
qaratilgan, dastlabki qonun 1993 yil 6 may kuni qabul qilinib, bu qonun
«O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi to'g'risida» deb nomlandi.
«O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi to'g'risida»gi qonunining
keyingi tahrirlari 1995 yil 30 avgust hamda 2017 yil 31 mayda qabul qilingan.
Konstitusiyaviy
sudning
faoliyatini
tartibga
soluvchi
«O'zbekiston
Respublikasining Konstitusiyaviy sudi to'g'risida»gi qonunning yangi tahriri 2021
yil 27 aprel kuni qayta qabul qilindi va o'z-o'zidan avval qabul qilingan qonunlar o'z
kuchini yo'qotdi. Konstitusiyaviy qonunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng
qamrovli demokratik islohotlarga hamoxang tarzda, inson huquqlari va
qonunchilikni liberallashtirish g'oyalari ilgari surilgan bo'lib, unda bir qator
prinsipial yangiliklar, xususan yangi konstitusiyaviy shikoyat instituti joriy qilindi.
Konstitutsiyaning 133-moddasida Konstitusiyaviy sudning vakolatlari belgilab
berilgan:
133-modda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi:
1) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari,
qarorlari va farmoyishlarining, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari
qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa
majburiyatlarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini
aniqlaydi;
2) O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar
— O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, ratifikatsiya qilish
to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari O‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar — O‘zbekiston Respublikasi xalqaro
shartnomalarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini
aniqlaydi;
3) referendumga chiqarilayotgan masalalarning O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi;
4)
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
Konstitutsiyasining
O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarining
O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi;
5) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga
sharh beradi;
6) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qo‘llanilishi lozim
bo‘lgan
normativ-huquqiy
hujjatlarning
O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida sudlar tashabbusi bilan kiritilgan
murojaatini ko‘rib chiqadi;
7) konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish
natijalari yuzasidan har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentiga
mamlakatdagi
konstitutsiyaviy
qonuniylikning holati to‘g‘risida axborot taqdim etadi;
8) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan
vakolati doirasida boshqa ishlarni ko‘rib chiqadi.
Fuqarolar va yuridik shaxslar, agar sud orqali himoya qilishning boshqa barcha
vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, sudda ko‘rib chiqilishi tugallangan
muayyan ishda sud tomonidan o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan qonunning
Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi shikoyat bilan O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilishga haqli.
Konstitutsiyaviy sudning qarori rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga
kiradi.
Konstitutsiyaviy sudning qarori qat’iy va uning ustidan shikoyat qilinishi
mumkin emas.
Konstitutsiyaviy sudni tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan
belgilanadi.
134-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va
ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy
hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida bajarilishi
majburiydir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan
nazorat olib borish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning o‘rinbosarlari
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
taqdimiga
binoan
O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan besh yillik muddatga saylanadi.
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy
sudining raisi, rais o‘rinbosari etib saylanishi mumkin emas.
Mamlakatda mustaqil sud hokimiyatini shakllantirish va uning nufuzini
oshirish yuzasidan qator islohotlar amalga oshirilayotganligini sud hokimiyatiga
tegishli yangi normalar yangi tahrirda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga kiritilganligidan ham kuzatishimiz mumkin.
Kun sayin amaliyotda yangidan yangi ijtimoiy munosabatlar paydo bo'layotgan
bir davrda sudyalardan yuqori ko'nikma, bilim, mantiqiy fikrlash qobiliyati, keng
dunyoqarash va qobiliyatlarni talab etmoqda. Sud'yalik lavozimi O'zbekiston
Respublikasida yuqori lavozimlardan biri ekanligini inobatga olib, tizim
rahbarlarining almashinuv tendensiyasi orqali rivojlantirish bugungi kunda yuqori
natijalarni berib kelmoqda. Mazkur lavozimdagi shaxslarning o'zgarib turishi
birinchi navbatda
xolislikni ta'minlashga
xizmat
qiladi.
Shunga
ko'ra,
Konstitusiyaga ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O'zbekiston
Respublikasi Oliy sudi raisi va o'rinbosari lavozimiga saylanishi mumkin emasligi
haqidagi qoida kiritilganligi xalqaro amaliyotga ham mos keladi. Ko'plab
rivojlangan davlatlar Konstitusiyalarida shu kabi qoida mavjud.
2021-yil 28-iyulda yangi tahrirda qabul qilingan “Sudlar to’g’risida”gi
Qonunning 18-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining
vakolatlari belgilab berilgan. Unga ko’ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud
hokimiyatining oliy organidir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning
sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi:
o‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi, apellatsiya va kassatsiya instansiyasi
sudi sifatida, shu jumladan kassatsiya instansiyasi sudida takroran, shuningdek yangi
ochilgan holatlar bo‘yicha ko‘rib chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumida sud amaliyotining dolzarb
masalalarini
ko‘rib
chiqadi
va
qonunchilikning
qo‘llanilishi
yuzasidan
tushuntirishlar beradi;
harbiy sudlarning, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va
Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining,
viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar
sudlarining tashkiliy faoliyatini o‘rganadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar
tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
sud amaliyoti va sud statistikasining tizimli tahlilini amalga oshiradi;
sudyalarning va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha
ishlarni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham
amalga oshirishi mumkin.
135-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar
hamjamiyatining mustaqil organi bo‘lib, u sudyalar korpusining shakllantirilishini,
sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini
ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi va uning o‘rinbosari
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
taqdimiga
binoan
O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan besh yillik muddatga saylanadi.
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar
oliy kengashining raisi, rais o‘rinbosari etib saylanishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning
faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.
Sudyalar oliy kengashiga konstitusiyaviy maqom berilganligi unga yuklatilgan
vazifalarni mustaqil va samarali amalga oshirilishining muhim konstitusiyaviy
kafolati hisoblanadi. Qayd etish joizki xalqaro standartlarda bunday vazifani amalga
oshiruvchi organ maqomi konstitusiyaviy tartibga solinishi yuksak e'tirof etiladi.
Shuning uchun ham ko'pgina rivojlangan demokratik davlat konstitusiyalari bunday
vazifani amalga oshiruvchi organlar faoliyatini tartibga soluvchi normalarni o'zida
ifodalagan. Bu yerda yana bir e'tiborli jihati shundaki, mazkur organni tashkil etish
va uning faoliyati avvaligdek davlat boshlig'i farmoyishi bilan tasdiqlangan nizom
asosida emas, balki qonun bilan belgilanishidir. Biz bilamizki, qonunlar eng muhim
va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, oliy davlat vakillik organi
tomonidan deputatlar va senatorlar ishtirokida bir necha va davomli
muhokamalardan, turli ekspertizalardan o'tib qabul qilinadi hamda Prezident
tomonidan imzolanib, matbuotda e'lon qilingachgina kuchga kiradi. 2017-yil 6-
aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi
to’g’risida”gi Qonun bevosita O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining
faoliyatini tartibga solishga qaratilgan. Mazkur Qonunning 4-moddasida Kengash
faoliyatining asosiy prinsiplari o’z aksini topgan:
Kengash faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, mustaqillik, kollegiallik,
xolislik, o‘z a’zolarining teng huquqliligi va ochiqlikdan iboratdir.
Kengash va uning a’zolari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga rioya etishi hamda ularni bajarishi shart.
Kengash o‘z faoliyatini faqat qonunga bo‘ysungan holda, davlat organlari va
boshqa tashkilotlardan, shuningdek mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda
amalga oshiradi. Kengashning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday
aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Kengash qarorlari uning majlisida kollegial ravishda qabul qilinadi.
Kengash a’zolari qarorlar qabul qilishda siyosiy qarashlardan va boshqa tashqi
ta’sirlardan xoli bo‘lgan o‘z nuqtai nazarini ifodalaydi.
Kengashning barcha a’zolari teng huquqlidir va uning vakolatiga kiradigan
masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishda bittadan ovozga egadir.
Kengash o‘z faoliyatini ochiq tarzda, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar, shuningdek ommaviy axborot
vositalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
136-modda. Sudyalar mustaqildirlar, faqat Konstitutsiya va qonunga
bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga har
qanday tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq
javobgarlikka sabab bo‘ladi. Sudyalar muayyan ishlar bo‘yicha hisobdor bo‘lmaydi.
Sudyalar daxlsizdir.
Davlat sudyaning va uning oila a’zolarining xavfsizligini ta’minlaydi.
Sudyani
muayyan
ishning
muhokamasidan
chetlashtirishga,
uning
vakolatlarini bekor qilishga yoki to‘xtatib turishga, boshqa lavozimga o‘tkazishga
faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Sudning qayta
tashkil etilishi yoki tugatilishi sudyani lavozimidan ozod etish uchun asos bo‘lib
xizmat qilishi mumkin emas.
Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi
mumkin emas.
Sudyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok
etishi, shuningdek ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan
boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Mazkur Konstitutsiyaviy normada Sudyalar daxlsizligini ta'minlashga oid
masalaga e’tibor kuchaytirilganligini ko’rishmiz mumkin. Agarda sudya o'zini tinch
va xotirjam his qilmasa, uning xolisligiga putur yetishi mumkin. Shu maqsadda
bugungi kunda Sudyalar daxlsizligini ta'minlash va korrupsiyaning oldini olish
bo'yicha sud inspeksiyasi tashkil etildi.
Sudyalarning yaqin qarindoshlariga bosim o'tkazishni oldini olish maqsadida
Konstitusiyada nafaqat sudyalarning, qolaversa oilasi daxlsizligi ham alohida
Konstitutsiyaviy norma sifatida belgilab qo’yildi. Bu esa o’z navbatida sudyalar
faoliyatining qonun doirasida bo’lishining yana bir kafolatidir.