DEFEKTOLOGIYA ASOSLARI FANINING UMUMII MASALALARI.
.
Reja:
1.Defektologiya fani va uning vazifalari.
2.Defektologiya faning rivojlanish bosqichi.
3.Maxsus yordamga muhtoj bolalarga differensial va integratsiyalashgan ta’limni
tashkil etish.
4.Defektologiya fanining tarmoqlari.
Tayanch iboralar:
Korreksiya- tuzatish, nuqsonni ta’lim- tarbiya orqali bilinmaydigan holga
keltirish (yumshastish)
Kompensatsiya-yuklash, o’rnini qoplash. Biror psixik funksiya qisman yoki
to’la ishdan chiqqanda, uning vazifasini boshqa kuchli rivojlangan sog’ funksiyalar
bajaradi.
Defekt – nuqson , kamchilik.
Jamiyatimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biri buyuk Vatanimizning
kelajagini yaratuvchi yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib
tarbiyalashdir. Bu ishni amalga oshirishda, ya’ni sog’lom avlodni shakillantirish
ishlarida ta’lim-tarbiya asosiy o’rinni egallaydi.
O’zbekiston Respublikasining nogironlarga nisbatan olib boriladigan davlat
siyosati “O’zbekiston Respublikasida nogironlarining ijtimoiy himoyalanishi
to’g’risidagi”gi qonuni bilan belgilandi. Bu qonun aholining mazkur guruhi boshqa
fuqarolar bilan teng asosda to’la qonli hayot kechirish, jamiyat fuqorolik
majburiyatlarini bajarishga yordam beradigan imkoniyat va shart-sharoitlar
yaratish maqsadida huquq va manfaatlarini himoya qilish bo’yicha tadbirlar
tizimini ko’zda tutadi. Bu qonun aholi sog’ligini himoya qilish, nogironlikning
oldini olish va nogironlarning jamiat hayotiga singib ketishi uchun shart-sharoitlar
yaratishga safarbar qilingan ijtimoiy jamiatlar o’rtasidagi munosabatlarni yo’lga
qo’yadigan dastlabki jiddiy huquqiy hujjatlardan biri hisoblanadi.
Nogironlikni oldini olish maqsadlarining ijobiy hal qilinishi nogironlarning
ijtimoiy tiklash bo’yicha Davlat dasturini ishlab chiqish va hayotga tadbiq qilish
bilan chambarchas bog’liqdir.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11- noyabrdagi
433-son qarori bilan nogironlar ijtimoiy tiklanishining 1996- 2000 yilgacha
mo’ljallangan Davlat dasturi qabul qilindi, ayni vaqtda shu maqsad bilan “Sog’lom
avlod” , “Ulug’bek”, “ Bolalik”, “Ekosan” va shu kabi jamg’armalar tashkil etildi.
“Oila” ilmiy amaliy markazi o’z dasturlarini ishlab chiqdi. Uning maqsadi
nogiron bolalarning ota-onalariga va ularning farzandlariga ilmiy amaliy yordam
ko’rsatishni o’z dasturiga kiritdi.
Bular qo’yidagilardan iborat:
- muhtoj oilalarni qo’llab quvvatlash, ya’ni ota - onalarning bolalar oldidagi asosiy
majburiyatlarini amalga oshirishda yordam berish;
-
bolalarga g’axo’rlik qiluvchi ommaviy tadbirlarni yana ham samarali
o’tkazish ishlarini amalga oshirish;
-
bolalar imkoniyatlarini samarali va muvoffaqiyatli rivojlantirish maqsadida
dasturlar , tavsiyalar , qo’llanmalar yaratish;
-
bolalarni ta’minlash tizimida iqtisodiy o’zgarishlarni aniqlash bo’yicha
boshqaruv tashkilotlar bilan ishlash.
1989- yil bolalar Konvensiyasi BMT tomonidan qabul qilingan.
1992- yil O’zbekiston bolalar Konvensiyasini tan oldi. Konvensiyada kichik
yoshdagi bolalar bilan ishlash 3 bo’limni o’z ichiga oladi;
-
bolalarning yashash va rivojlanishi asosiy huquqidir; ( 6 modda )
-
ota onalarning bolalarni tarbiyalash va g’amxo’rlik qilish majburiyatlarini
taqsimlashni tushunish (18 modda);
-
har bir tadbirning asosiy prinsipi bolalar qiziqishlari bo’lishi shart. (3
modda).
Shuningdek bu Konvensiyada nogiron va yordamga muhtoj bolalarning
yashash, rivojlanish , ta’lim olish, hayotga moslashish, sog’lom o’sish huquqlariga
egaligi ko’rsatilgan.
Defektologiya jismoniy va ruhiy kamchiliklari bor bolalarning
psixofiziologik rivojlanishdagi xususiyatlarini o’rganadigan, ularning ta’lim -
tarbiyasi bilan shug’llanadigan fandir.
“Defekt” - lotincha kamchilik, nuqson, yunoncha, “logos”- ta’limot, fan ,
o’rganish degani .
Defektologiyaning vazifasi anomaliyalarning kelib chiqish sabablari, turlarini,
anomal bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini o’rganish,
ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanishdir.
Defektologiya fanining maqsadi - nomal bolalarning psixofiziologik
kamchiliklarini iloji boricha bartaraf etish, tuzatish yoki bilinmaydigan holga
keltirish usullarini belgilash va amaliyotga tadbiq etish yo’llarini tarbiyachi hamda
o’qituvchilarga ko’rsatib berishdan iborat.
Defektologiya fanining mavzusi, bahsi anomal bolalardir. Anomaliyalar har xil
bo’ladi. Ularning ba’zilari batamom bartaraf etiladi, ba’zilari bir qadar tuzatiladi,
korreksiyalanadi, boshqalari esa bilinmaydigan holga keltiriladi, ya’ni
kompensatsiyalanadi. Bola nutqida qo’pol kanchiliklar bo’lsa, to’g’ri tashkil
etilgan logopedik choralarni o’z vaqtida ko’rish yo’li bilan batamom bartaraf etish
mumkin. Boladagi nuqson organik kamchiliklar natijasida paydo bo’lsa, (masalan:
oligofreniya shunday nuqson jumlasiga kiradi) uni to’liq bartaraf etib bo’lmasa
ham, biroq qisman tuzatish mumkin. Defektologiya amaliyotida yana shunday
anomaliyalar uchraydiki, ularni tuzatib ham korreksiyalab ham bo’lmaydi.
Masalan: tug’ma ko’rlik yoki karlik. Bunda ko’rish analizatorining vazifasini sezgi
organlariga, eshitish analizatorining vazifasini esa ko’rish analizatoriga yuklash
ya’ni kompensatsiyalash, o’rnini bosish mumkin. Ko’rish qobiliyati zaif bolalar
sezgi organlariga tayangan holda barmoqlari bilan Brayl shriftidan foydalaniladi.
Bunda harf 6 ta nuqta konbinatsiyasi bilan belgilanadi. Eshitish qobiliyati zaif
bolalar esa imo-ishora ya’ni daktil nutqidan , barmoqlar harakati bilan
anglatiladigan nutqdan foydalanadilar.
DEFEKTOLOGIYANING RIVOJLANISH TARIXI.
Nuqsonli bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanadigan muassasalar
tarmoqlari 1920-yillardan keyin rivojlandi. Ko’rlar, karlar aqli zaiflar, nutqi
buzilganlar uchun maxsus , alohida maktablar ochila boshlandi. Maxsus o’quv
rejalari, dasturlar, darsliklar, uslubiy adabiyotlar yaratildi. Aqliy va jismoniy
rivojlanishida kamchiliklari bo’lgan bolalarni o’qitish, tarbiyalash va ishga
joylashtirish haqidagi qarordan keyin turli nuqsonli bolalarga bo’lgan munosabot
birmuncha kuchaydi.
Pedagok L.I. Navoselova 20-yilda Toshkentda 18 ta o’quvchisi bo’lgan ko’r
va karlar boshpanasini ochdi. Keyinchalik ayrim umumiy maktablar huzurida aqli
zaif bolalar sinflari ochildi.
1929-yil Yo’ldosh Ohunboboyev tashabbusi bilan nogiron bolalar uchun
alohida maktab ochildi. 1931-yilda nuqsonli bolalarni majburiy ta’limga jalb etish
haqidagi qaror qabul qilindi. Tashkentda 3-pedagogika bilim yurtida o’zbek tilida
maxsus mutaxasislar tayyorlana boshlandi. Hozirgi kunda Respublikamizning
barcha viloyatlarida maxsus yordamga muhtoj bolalar maktabgacha ta’lim
muassasalari, maktab internatlari faoliyat ko’rsatmoqda.
O’zbekistonda defektologiya fanining rivojlanishi 1967-yildan boshlab
tezlashdi. Nizomiy nomli Toshkent Davlat Pedagogika institutining pedagogika va
psixologiya fakulteti qoshida oligofrenopedagogika bo’limi tashkil etildi. 1973-yili
surdopedagogika bo’limi qo’shildi. 1984-yili mustaqil fakultet bo’ldi. Hozirgi
kunda Toshkent Davlat Pedagogika Universitetida defektologiyaning barcha
yo’nalishlari bo’yicha mutaxasislar tayyorlanayapti. Bugungi kunda jamiatda
nuqsonli bolalarni maxsus o’qitish, tarbiyalash, kamchliklarini korreksiyalash,
psixologik- pedagogik reabilitasiya, ijtimoiy mehnatga moslashtirish va
integratsiyalash , yaxshi sharoitlar yaratish muhum vazifalar sanaladi. Korreksion
ta’lim va tarbiya sistemasini tashkil etish O’zbekistonda dolzarb va murakkab
muammolardan iboratdir, maqsad-integratsiyalashgan o’qitishni rivojlantirish;
bolalarni jamiyatga erta ijtimoiy adaptatsiyalash; psixofiziologik nuqsonli bolalar