Mavzu: DENGIZ YO’LLARINING KASHF ETILISHI
Darsning maqsadi
Ta`limiy maqsad:- O`quvchilarga dengiz yo’llarining kashf etilishi haqida ma’lumot
berish
Tarbiyaviy maqsad: - O`quvchilarni o’zlikni anglash, mustaqillikni qadrlash , uni asrab-
avaylash ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini,
shakllantirish.
Tayanch kompetentsiyalar:
Kommunikativlik
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib
chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;
Milliy va umummadaniy
umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy
madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;
o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va
marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odob axloq qidalariga rioya qilish
O‘z-o‘zini rivojlantirish
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga
intilish;
o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi
sifatlarga ega bo‘lish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda
foydalanish
tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida
yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.
miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha
oladi.
Fanga oid kompetensiyalar:
Tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish
kompetensiyasi.
tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;
mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid
tarixiy atamalar mazmunini biladi;
Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida
ma’lumot bera oladi
Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.
Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata
oladi.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: iqtisodiy hayot, ichki va tashqi savdo, pul
muomalasi, yer egaligining shakllari, Somoniylar hokimiyatining inqirozi.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars metodi: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” ,
“Tadqiqotlar yoki loyiha texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”
Dars jihozi: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy
xarita,tarqatma,rasmli
ko`rgazma,slayd,kompyuter.
Darsning blok sxemasi:
№ Darsning qismlari
Belgilangan vaqt.
1.
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2.
O`tilgan mavzuni takrorlash
12 daqiqa
3.
Yangi mavzu bayoni
14 daqiqa
4.
Mustahkamlash
12 daqiqa
5.
Baholash
2 daqiqa
6.
Uyga vazifa
2 daqiqa
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, davomat aniqlanadi , sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar
bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash:
O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi, savollar beriladi.
1.Tangalar haqida qaysi fan o’rganadi?
2Savdo yo’llari qachon paydo bo’lgan?
3. Buyuk ipak yo’li qachon vujudga keldi?
4. Ayting-chi, nega “Buyuk ipak yo’li “ dgan nom berilgan?
5.Buyuk ipak yo’li uzunligi qancha ?
Yangi mavzuning bayoni: DENGIZ YO’LLARINING KASHF ETILISHI
Reja:
Dengiz savdo yo‘llariga ehtiyojning o‘sishi.
Yangi dengiz yo‘llarining ochilishi.
Hindistonga va boshqa o‘lkalarga boriladigan dengiz yo‘llarining ochilishi.
Jahon savdo aloqalari.
Dengiz savdo yo‘llariga ehtiyojning o‘sishi. Milodning XV asri oxiri vaXVI asr
boshlarida Yevropa qit’asi davlatlarida yangi dengiz savdo yo‘llariga ehtiyoj yanada
kuchaygan. Bunga nimalar sabab bo‘lgan edi?
Birinchidan, XV asr oxiri - XVI asr boshlarida Yevropada tovar ishlab chiqarish yuqori
sur’atlarda o‘sa boshlagan. Bu esa turli xomashyolarga bo‘lgan talabni oshirib yuborgan.
Biroq Yevropa qit’asining o‘zida xomashyo kam edi. Shu tufayli uning miqdori talabni
qondiraolmagan.
Bundan tashqari, Yevropada savdo-sotiqning rivojlanishi pulga bo‘lgan talabni ham
oshirib yuborgan. Ko‘p miqdorda pul zarb etish uchun esa ko‘plab oltin va kumush
kerak edi. Yevropada esa bunday nodir metallar kam edi. Shu tufayli у evropaliklar
ularni boshqaqit’a mamlakatlaridan olib kelishni o‘ylay boshlaganlar. Ulaming ongini
o‘zga o‘lkalar xalqlarining oltin-kumushlarini va boshqa boyliklarini egallash fikri
chulg‘ab olgan.
Biroq yevropaliklar Buyuk Ipak yo‘lidan va O‘rta dengiz orqali o‘tadigan dengiz savdo
yo‘lidan foydalanaolmas edilar. Chunki bu yo‘llar yevropaliklarning o‘sha davrdagi asosiy
raqibiga aylangan Turkiya davlati qo‘liga o‘tib ketgan edi. Binobarin, bu yo‘ liar
yevropaliklar uchun xatarli bo4lib qolgan. Bunday mushkul vaziyatdan qutulish uchun
yangi dengiz savdo yo‘llarini ochish zarur edi. Bu davrda yevropaliklarda yangi dengiz
savdo yo‘llarini ochishga imkon beruvchi qudratli kemalar hamda harbiy qurollar mavjud
edi. Bundan tashqari, ular dengizda kompas va astrolabiyadan foydalanishni bilar edilar.
Yangi dengiz yo‘IIarining ochilishi. Portugaliya va Ispaniya dengizchilari yangi dengiz
yo‘llari
ochilishining
tashabbuskorlari
bo‘lishdi.
Yangi
dengiz
yollari
ochish
dengizchilardan dovyxiraklikni ham talab etgan, albatta.
Yangi dengiz savdo yo‘li ochishga birinchi bo4lib Ispaniya qirolligiga xizmat qilgan dengiz
sayyohi admiral Xristofor Kolumb rahbarlik qilgan. U o‘z oldiga Yevropadan Atlantika
okeani orqali Hindistonga boradigan dengiz yo‘li ochishni maqsad qilib qo’ygan.
Nihoyat, 1492-yilning yozida X.Kolumb bosh- chiligidagi 3 ta kema Atlantika okeani orqali
harakatni boshladi. Shu yilning oktabr oyida sayohatchilar quruqlikka kelib tushdilar.X.
Kolumb ochgan o'lkalar Ispaniyaqirolligi mulkiga aylangan.
X.Kolumb Amerikaga 4 marta dengiz
ekspeditsiyasini uyushtirdi
Birinchi eks-ya
1492-1493
Ikkinchi eks-ya
1492-1493
Uchinchi eks-ya
1492-1493
To’rtinchi eks-ya
1492-1493
San-Salvador
Dominika
Trinidad
Martiniki
Kuba
Gvadelupa
Karib dengizi
orqali Gaitiga
o’tildi
Gonduras
Gaiti
Kichik Antil
Nikaragua
Puerto-Riko
Yamayka
Kosta-Riko
Panama
Hindistonga va boshqa o‘lkalarga boriladigan dengiz yo‘llarining ochilishi. 1498-yilda
Atlantika okeani orqali Hindistonga boriladigan dengiz yo'l ini portugaliyalik sayyoh Vasko
da Gama ochishga muvaffaq bo'lgan. Vasko da Gama Portugaliyaning Hindistonda egallab
olgan hududlariga qirol o'rinbosari etib tayinlangan. Mashhur sayyoh Hindistonda vafot
etgan.Keyinchalik yevropalik boshqa sayyohlar Avstraliya (Janubiy yer) qit’asini ham kashf
etishdi.Odamlar uchun o'zlari yashagan davrgachanoma’lum bo'lgan yangi yerlaming izlab
topilganligiga buyuk geografik kashfiyotlar deyilgan.
Jahon savdo aloqalari. Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli yangi savdo yo llari
ochilgan. Bu yo‘llaming ochilishi, o‘z navbatida, jahon savdosini vujudga keltirgan.
Natijada kishilikjamiyati rivoji yanada tezlashgan.
Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin Angliya davlati eng muhim dengiz savdo yo‘llari
ustidagi davlatga aylandi. Bu esa unga jahon savdosida yetakchilikni qo‘lga kirita borishga
imkoniyat yaratdi. Davlat poytaxti London shahri savdo kemalari to'xtaydigan yirik port
shahriga aylandi.
Atamalar mazmunini bilib oling
Admiral (dengiz hukmdori) - harbiy dengiz floti qo'mondonlariga beriladigan oliy
harbiy unvon.
Astrolabiya - biror joyning geografik joylashuv holatini, vaqtini, yalduzlaming
chiqish va botish paytini aniqlovchi asbob.
Kompas - dunyoning tomonlarini aniqlaydigan, mili doimo shimolni ko'rsatib
turadigan asbob.
Port - dengiz yoki daryo qirg‘og‘ida kema turadigan va ta’mirlanadigan, yuk ortish
va
tushirishga
mo'ljallangan
hamdayo'lovchilargaxizmatqiladigan
maxsus
jihozlanganjoy.
Tovar - sotish uchun ishlab chiqariladigan mahsulot.
IV. Mustahkamlash:
Tushuncha
Mazmuni
Admiral
Astrolabiya
Kompas
Port
Tovar
Savol va topshiriqlar
1. Qanday omillar yevropaliklar oldiga yangi dengiz yo ‘llari ochish vazifasini
ko'ndalang qilib qo'ygan?
2. Yangi dengiz yo'Uarining ochilishida X.Kolumb qanday rol o'ynadi?
3. Portugaliyalik dengiz sayyohlari yangi dengiz yo‘llari ochilishiga qanday hissa
qo'shganlar?
4. Buyuk geografik kashfiyotlar deb nimaga aytilgan va uning tarixiy ahamiyati
nimalardan iborat bo'lgan?
V.O’quvchilarni baholash:Darsda faol o’quvchilarni rag’batlantirish va baholash.
VI.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib atamalarni va tarixiy sanalarni yodlash, savollarga javob
yozish.