DEVIANT XULQ -IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA.
Reja:
1.
Deviatsiya va uning turlari.
2.
O‘smirlarning deviant xulq-atvori sabablari.
3.
Deviant xulq-atvorli bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik amaliyot
yuritish.
4.
Deviatsiya kontseptsiyasida reabilitatsiya, profilaktika va korrektsiya
masalalari.
Tayanch tushunchalar: Deviatsiya, anotomik-fiziologik tuzilishi, xulq-
atvor, ijtimoiy dezadaptatsiya, mikro ijtimoiy munosabatlar, Biologik omillar,
psixopatiya, o‘quv dekompensatsiyasi, Profilaktika.
Odatda deviatsiyalar o‘spirinlik davrida yuzaga keladi. O‘spirinlik davri
yoshlik davrlari ichida eng murakkabidir. Uni o‘tish davri ham deb atashadi,
chunki bu davr mobaynida bolalikdan yigitlikka o‘tish ro‘y beradi va bu jarayon
o‘smir rivojlanishining barcha jihatlari-anotomik-fiziologik tuzilishi, aqliy, axloqiy
rivojlanishida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. O‘smirlik davrida o‘smir hayoti va
faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi, bu esa o‘z navbatida ruhiyatning qayta
shakllanishiga, tengdoshlari bilan munosabatlarning yangi shakllari paydo
bo‘lishiga olib keladi. O‘smirning ijtimoiy maqomi o‘zgaradi. Unga nisbatan
kattalar tomonidan yanada jiddiyroq talablar qo‘yila boshlaydi.
Deviatsiya turlari Jamiyatda qabul qilingan qoidalar, xulq-atvor
normalaridanchetga chiqqan o‘smirlarni qiyin o‘smir yoki qiyin tarbiyalanadigan
o‘smir deyishadi. Qiyin tarbiyalanish deganda pedagogik ta’sirga qarshilik
ko‘rsatish tushuniladi. O‘smirning qiyin tarbiyalanishi, u tomonidan qabul qilingan
norma va qoidalarga amal qilinmasligini fanda deviatsiya hodisasi orqali
o‘rganiladi.
Deviatsiya (og‘ish) ham insonga, ham uni o‘rab turgan olamga xos bo‘lgan
o‘zgaruvchanlik hodisasining jihatlaridan biri hisoblanadi. ijtimoiy sohada
o‘zgaruvchanlik hodisasining jihatlaridan biri hisoblanadi. ijtimoiy sohada
o‘zgaruvchanlik faoliyatga bog‘liq va insonning atrofdagilar bilan o‘zaro
munosabatini aks etadigan xulq-atvorida o‘z ifodasini topadi. Avval aytib
o‘tganimizdek, xulq-atvor norma va chetga chiqqan bo‘ladi.
O‘smirning normal xulq-atvori uning bilan ijtimoiylashuvi rivojlanishi
ehtiyojlariga mos tuShuvchi mikrosotsium o‘zaro munosabati. Agar bolani
atrofdagilari o‘smirning u yoki bu xususiyatlariga o‘z vaqtida e’tibor qaratishsa
uning xulq-atvori doimo normal bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, me’yordan chetga
chiqqan xulq-atvorni jamiyat rivoji va svilizatsiyasini bola shaxsiyatining
xususiyatlarini inobatga olmaslik oqibatida buzilishiga olib keluvchi bolaning
jamiyat bilan munosabati sifatida tuShunsak bo‘ladi. Aftida chetga chiquvchi xulq-
atvor ijtimoiy dezadaptatsiya ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi.
Bolalar va o‘smirlar dezadaptatsiyasi haqida gapirganda bu jarayonga
giriftor bo‘lgan bolalar toifalarini aniqlab olish lozim:
-maktabga qatnamaydigan maktab yoshidagi bolalar,
-etim bolalar,
- ijtimoiy yetimlar, bolalar uylarida joylar yetishmasligi sababli ular oylab
o‘z navbatlarini ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota-onalari bilan yashagan
holda kutishadi. Shu bilan birga ular tuzuk ovqatlanishmaydi, jismoniy, ruhiy,
jinsiy qiynoqlarga duchor bo‘lishadi.
-giyohvand va toksin moddalar iste’mol qiluvchi bolalar,
-jinsiy intizomsiz bolalar,
-g‘ayrihuquqiy hatti-harakatlar sodir etgan bolalar. Rasmiy ma’lumotlarga
ko‘ra ularning soni kattalarga qaraganda ikki hissa tez oshmoqda.
Deviatsiya deviant, delikvent va jinoiy xulq-atvordan iborat.
Deviant xulq-atvor - mikro ijtimoiy munosabatlar (oilaviy, maktabdagi
munosabatlar) va kichik ijtimoiy guruhlarga xos bo‘lgan ijtimoiy normalar va xulq-
atvor qoidalarini buzish bilan bog‘liq me’yordan og‘uvchi xulq-atvor turlaridan
biridir. Bu xulq-atvorni g‘ayriintizomiy deb atasak ham bo‘ladi.
Deviant xulq-atvorning yorqin namoyon bo‘lishiga namoyish, agressiya,
chaqiruv, o‘qishdan qochish va daydilik, boalar va o‘smirlarning aroqxo‘rlik,
giyohvandlik va u bilan bog‘liq g‘ayriijtimoiy harakatlar, jinsiy xarakterdagi
g‘ayriijtimoiy hatti-harakatlar, o‘zigo‘ suiqasd qilishga urinishlarni misol qilib
keltirsak bo‘ladi.
Delinkvent xulq-atvor deviantdan farqli ravishda bolalar va o‘smirlarning
takrorlanib turuvchi g‘ayriijtimoiy hatti-harakatlar sifatida xarakterlanadi. Bu
harakatlar huquqiy normalarni buzuvchi, biroq ijtimoiy xavf darajasiga ko‘ra jinoiy
javobgarlikni keltirib chiqarmaydigan muayyan harakatlar majmuasiga aylanadi.
Delikvent xulq-atvorning quyidagi turlari mavjud:
-agressiv xulq-atvor, bunga haqoratlash, sadistik harakatlar, o‘t
qo‘yish kabilar kiradi;
- g‘arazli xulq-atvor: kichk o‘g‘riliklar, ta’magirlik, avtoulovlarni olib
qochish va moddiy daromad olish maqsadidagi boshqa mulkiy tajovuzlar;
-giyohvand moddalarni yetishtirish va tarqatish.
Delikvent xulq-atvor nafaqat tashqi jihatdan, balki ichki-shaxsiy xulq-
atvorda ham namoyon bo‘ladi. Ya’ni bunda o‘smirda ichki tartibga solish tizimini
nazorat qilishni susayishiga olib keluvchi qadriyatlarning o‘zgarishi ro‘y beradi.
Jinoiy hatti-harakat jinoiy javobgarlikka tortishga, ma’lum yoshga
yetganda jinoiy ish qo‘zg‘ashga sabab bo‘luvchi va jinoyat kodeksining muayyan
moddalarida nazarda tutilgan g‘ayrihuquqiy hatti-harakatlar hisoblanadi.
Deviatsiyaning salbiy turlari ijtimoiy potologiya hisoblanadi. Bularga
aroqxo‘rlik, toksikomaniya, giyohvandlik, fohishabozlik, o‘z joniga qasd qilish,
huquqbuzarlik va jinoyatchilikni kiritsak bo‘ladi. Ular tizimni barbod etishadi,
uning asoslariga putur yetkazishadi va anchagina zarar keltirishadi.
O‘smirlarning deviant xulq-atvori sabablari me’yordan chetga chiquvchi xulq-atvor
murakkab tabiatga ega bo‘lib, turli xil omillar bilan izohlanadi.
Voyaga yetmaganlarning deviant xulq-atvorini keltirib chiqaruvchi
omillar quyidagilardir:
1. Biologik omillar bola organizmida uning ijtimoiy adaptatsiyasini
qiyinlashtiruvchi fiziologik yoki anotomik xususiyatlarning borligida o‘z ifodasini
topadi. Ularga quyidagilar kiradi:
-irsiy xsusiyatlar;
-aqliy rivojlanishning buzilishi, eshitish va ko‘rishning susayishi, asab
tizimining zararlanishi va boshqalar;
-organizmga psixofiziologik zo‘r berish, nizoli holatlar, atrof-muhitning
kimyoviy tarkibi, turli somatik, allergik, toksik kasallanishlarga olib keluvchi,
ya’ni quvvat manbalari bilan bog‘liq bo‘lgan psixofiziologik xususiyatlar.
2. Psixologik omillar. Bularga bolada psixopatalogiya yoki xarakterining
aksetkatsiyasining borligi kiradi. Bu me’yordan chetga chiqishlar asab kasalliklari,
psixopatiya, nevrosteniya va bolada g‘ayriadekvant reaksiyalarni paydo qiluvchi
boshqa omillarda namoyon bo‘ladi. Yorqin namoyon bo‘lgan psixopatiyaga
(tentaklik) ega bolalar psixiatrlar yordamiga muhtojlar. Ruhiy me’yorning eng
keskin varianti hisoblanmish aksentuatsiyaga ega bolalar psixologik ta’sirlar uchun
nihoyatda qaltis hisoblanadilar va ijtimoiytibbiy reabilitatsiyaga ehtiyoj sezadilar.
Bola rivojlanishining har bir davrida shaxsiyat va xarakterning ba’zi ruhiy
hislatlari shakllanadi. O‘smirda ruhiyat rivojlanishining ikki bosqichi kuzatiladi:
yoki u yashaydigan ijtimoiy muhitdan bezib qoladi, yoki ko‘nikib ketadi. Agar
oilada bola ota-onasi tomonidan yetarli mehr his qilmasa unda bu holatda uning
himoya vositasi vazifasini begonalashuv bajaradi. Bu begonalashuv asabiy
reaksiyalar, atrofdagilar bilna munosabatlarning buzilishi, emotsional sovuqlik,
psixik rivojlanishning to‘xtab qolishi, turli ruhiy patalogilarda namoyon bo‘ladi.
O‘smirlarga xos bo‘lga rad etish, qarshi chiqish kabi hislatlar odatda bir-
biriga emotsional bog‘liq bo‘lgan oilaviy munosabatlarning oqibati hisoblanadi.
O‘smir axloqiy qadriyatlari tizimining shakllanmaganligi holatida uning
qiziqishlari g‘arazli xarakter kasb eta boshlaydi. Bunaqa o‘smirlarga infantilizm,
ko‘ngilochar hikoyalar xosdir.
3. Ijtimoiy-pedagogik omillar maktab, oila va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida
namoyon bo‘lib, uning asosida yoshlik chog‘ida salbiy tajriba to‘planishligi bilan
bolaning erta ijtimoiylashuvidagi og‘ishlarga olib keluvchi yosh, jinsiy va
individual hususiyatlar yotadi. Bunaqa bolalar avvalambor maktabda yomon
tayyorlanishgan bo‘lishadi, uy vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan qarashadi,
maktab baholariga befarqliklarini bildirishadi. Bu esa ularning o‘quv
dezadaptatsiyasidan dalolat beradi.
Maktab o‘qo‘vchisining dezadaptatsiyasi o‘z rivojlanishida quyidagi
bosqichlardan o‘tadi:
-o‘quv dekompensatsiyasi-bola bir yoki bir nechta fanlarni o‘zlashtirishida
qayinchiliklra paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadigan holat;
-maktab dezadaptatsiyasi –o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar bilan bir
qatorda o‘qituvchilar, sinfdoshlar bilan nizolashishda namoyon bo‘ladigan, xulq-
atvor buzilishi bilan xarakterlanadigan bola holati;
-ijtimoiy dezadaptatsiya-bu holatda o‘qishga, maktab jamoasiga qiziqish
batamom so‘nadi, giyohvandlik, spirtli ichimliklarga qiziqish kuchayadi;
-bo‘sh vaqtni o‘tkazish muhitining kriminallashuvi.
Bolaning psixo ijtimoiy rivojidagi me’yordan chiqishning yana bir muhim
omili noxush oila hisoblanadi. Voyaga yetmagan bolalarda g‘ayriijtimoiy xulq-
atvorni shakllanishiga olib keladigan oilaviy munosabatlar turlarini ajratib
ko‘rsatish ham muhim ahamiyatga ega. Ular:
-o‘zida bir tomondan bola xohishlariga erk berish, boshqa tomondan esa
bolani nizoli vaziyatlarga undashni yoki oilada ikki axloq-oila uchun yurish-turish
qoidalari, jamiyat uchun umuman boshqa qoidalarni mujassam etgan tariyaviy
munosabatlar turi;
-to‘liqsiz oilada, bolalar va ota-onalarning uzoq muddat ayri yashashlari
sharoitida tarbiyaviy ta’sirlarning beqaror turi;
-spirtli ichmliklar, giyohvand moddalar iste’moli, g‘ayriaxloqiy hayot tarzi,
ota-onalarning jinoiy xulq-atvori bilan bog‘liq a ijtimoiy munosabatlar turi.
Shavqatsiz muomula (haqorat) deb bolaga g‘amxo‘rlik qiluvchi yoki unga
vasiylik qiluvchilar tomonidan unga zarar keltiruvchi harakatlarga aytiladi.
Bolaning ruhiy-ijtimoiy rivojlanishiga oila va uning ta’sirini tahlil qilish Shuni
ko‘rsatadiki, aksariyat bolalarda ijtimoiylashuv shartlari buziladi. Ularning bir
qismi deviatsiya holatiga olib boruvchi turli jismoniy va ruhiy xavflar ostida
yashashadi, boshqalari esa jinoiy faoliyatlarga aralashib qolishgan.
4. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ijtimoiy tengsizlik, jamiyatning boylar va
kambag‘allarga sinflashishi, axoli ko‘p qismining kambag‘allashib ketishi,
ishsizlik, inflyatsiya, daromad olish usullarining cheklab qo‘yilishidan iborat.
5. Axloqiy omillar bir tomondan zamonaviy jamiyatning past axloqiy
darajasida, qadriyatlarning yo‘qolib ketishida namoyon bo‘lsa, boshqa tomondan
esa jamiyatning deviant xulq-atvorning namoyon bo‘lishiga befarq qarashida o‘z
aksini topadi.
Deviant xulq-atvorli bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik amaliyot yuritish.
O‘smirlar deviant xulq-atvorining profilaktikasi. O‘smirlik yoshida deviatsiya
namoyon bo‘lishining tinimisiz oshib borishi ijtimoiy pedagog oldida bu o‘smirlar
bilan ishlashning yangi usullari, texnologiyalarini izlash va ularga tadbiq etish
vazifasini qo‘yadi. Ilmiy nazariy va amaliyotda ikki asosiy texnologiya-profilaktika
va reabilitatsiya keng tarqalgan.
Profilaktika-o‘smirlar xulq-atvorida ijtimoiy normalardan og‘ishning turli
shakllarini keltirib chiqaruvchi asosiy sabab va sharoitlarni bartaraf etishga
qaratilga ijtimoiy, tibbiy, tashkiliy, tarbiyaviy va davlat tadbirlarining majmuasidir.
U asosan bolani o‘rab turuvchi muhitga bog‘liq bo‘ladi.
Profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirayotganda ijtimoiy pelagog
quyidagi qoidalarga suyanadi:
1. Ijtimoiy madaniy normani o‘zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida
amalga oshadi. Qadriyatlar, g‘oyalar va boshqa ramqiy tizimlar majmuasini
o‘zlashtirmay inson jamiyatning to‘la qonli a’zosi sifatida faoliyat yurita olmaydi.
2. Ijtimoiy madaniy normaning muxolifi bolalarning ijtimoiy madaniy va
pedagogik qarovsizligi bo‘lib, u nafaqat bola rivojining g‘ayrinormal alomati balki
uning zimmasiga anomal ijtimoiy holatlarni yuklatishning natijasi sifatida qaraladi.
3. Bolalar qarovsizligining profilaktikasi nafaqat mavhum ijtimoiy madaniy
normadan balki muayyan sharoitda yashashga majbur bo‘lgan boladan kelib
chiqishi lozim.
4. Bola reabilitatsiyasi faoliyat sub’ekti, ijtimoiy sub’ekt va shaxs
darajasida amalga oshirilishi kerak.
“Profilaktikasi” atamasi o‘zi noxush oqibatlarni keltirib chiqaruvchi
sabablarni bartaraf etish ma’nosini bildiradi. Ijmimoiy og‘ishlar turli sabab va
holatlardan kelib chiqishini inobatga olsak, profilaktik chora-tadbirlarning bir
nechta turlarini ajratsa bo‘ladi:
-neytrallashtiruvchi,
-o‘rnini to‘ldiruvchi,
- ijtimoiy og‘ishlarga sabab bo‘luvchi holatlarni yuzaga kelishidan
ogohlantiruvchi,
-bu holatlarni bartaraf etuvchi,
-o‘tkaziladigan profilaktika ishlarini nazorat qiluvchi.
Ijtimoiy pedagogning o‘smirlar bilan profilaktika ishlari olib borishiga bir
nechta yondashuvlar mavjud:
Informatsion yondashuv - voyaga yetmagan shaxslar ularga davlat va
jamiyat tomonidan axloqiy normalarni bajarishga taqdim etilgan huquq va
majburiyatlardan xabardor qilinadilar.
Ijtimoiy profilaktik yondashuv. Bunda asosiy maqsad negativ hodisalarni
aniqlash, bartaraf etish va neytrallashtirishdir. Bu yondaShuning mohiyati davlat,
jamiyat, muayyan ijtimoiy pedagogik muassasa, ijtimoiy pedagog tomonidan
deviant xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etishga qaratilgan
ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, tashkiliy, huquqiy va tarbiyaviy chora
tadbirlarni o‘tkazishdan iborat.
Tibbiy-biologik yondashuvning mohiyati esa ijtimoiy normalardan
ehtimoliy og‘ishlarni turli ruhiy anomaliyalar bilan aziyat chekuvchi shaxslarga
nisbatan davlat profilaktik xarakterdagi choralar vositasida oldini olish hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogik yondaShuv deviant xulq-atvorga ega o‘smirning ijobiy
hislatlarini tiklashda namoyon bo‘ladi.
Deviant xulq-atvorga ega bolalarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiyasi
Ijtimoiy pedagogning dezadaptatsiya bo‘lgan o‘smirlar bilan ishlashining boshqa
bir texnologiyasi ularning reabilitatsiyasi hisoblanadi. Reabilitatsiya keng turdagi
vazifalar, elementar ko‘nikmalardan tortib insonning jamiyatda to‘liq
integratsiyalaShuvigacha bo‘lgan masalalarni hal qilishga qaratilgan chora-
tadbirlar tizimi sifatida qaralishi mumkin.
Reabilitatsiya ob’ektlari quyidagilar:
1. Ijtimoiy va pedagogik qarovsiz bolalar. Tavakkal guruhidagi bolalarning
eng tarqalgan toifasi bo‘lib, ularning qiyin tarbiyalanishi ruhiy pedagogik sabablar
bilan izohlanadi. Qarovsizlikning asosiy belgilari deb yetakchilik faoliyatidagi
kamchiliklar, xulq-atvorda chetga og‘ish, ijtimoiy adaptatsiya qiyinchiliklarini
aytsak bo‘ladi. Bu bolalar va o‘smirlar faoliyatning to‘la qonli sub’ekti
bo‘lmaganliklar uchun ularga asosiy yordamni pedagog, psixolog va ota-onalar
ko‘rsatishlari mumkin.
2. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar, yetim bolalar, xulq-atvorida chetga
og‘ish bo‘lgan o‘smirlar. Bu toifaga avvlambor ijtimoiy adaptatsiyada, ijtimoiy
rollarni egallashda yordam ko‘rsatish lozim.
Reabilitatsiyaning asosiy sub’ekti ijtimoiy pedagog bo‘lib, u yuqorida
sanab o‘tilga funksiyalarni bajara olishi, o‘smirlar va bolalarga psixologik yordam
ko‘rsata olishi lozim.
3. Psixosomatik va nerv-psixologik sog‘ligi buzilgan va funksional
og‘ishlarga ega bolalar.
a) surunkali somatik kasalliklar,
b) funksional buzilishlar,
v) asab-ruhiy hastaliklar,
g) aqliy qoloqlik,
d) nogironlik.
Bu toifa bolalar avvalambor tibbiy va ruhiy reabilitatsiyaga ehtiyoj
sezadilar. Uning sub’ektlari shifokorlar va psixologlar bo‘lib, ular Shuningdek
pedagog va ijtimoiy ishchilar bilan hamkorlikda kompleks reabilitatsiyani ham
o‘tkazishlari mumkin. Reabilitatsion yordam xarakteri:
-kechikkan yordamdan profilaktik yordamga o‘tish,
-jazolovchi yordamdan ayovchi yordamga o‘tish,
-tasodifiy yordamdan kafolatlangan va kompleks yordamga o‘tish,
-anonim yordamdan shaxsiy yordamga o‘tish.
Adaptatsiyadan farqli o‘laroq reabilitatsiya tiklanish, faollashtirish sifatida
tushuniladi. Reabilitatsiya jarayonida o‘rnini to‘ldiruvchi mexanizm mavjud
nuqsonni yengib o‘tish uchun qo‘llanadi, adaptatsiya jarayonida esa u mavjud
nuqsonga ko‘nikish maqsadida qo‘llanadi. Demak, reabilitatsiya bu bolani
jamiyatdagi faol hayotga va ijtimoiy foydali mehnatga qaytarish maqsadidagi
chora-tadbirlar tizimidir.
Reabilitatsiyaning bir qancha turlari mavjud: tibbiy, psixologik, pedagogik,
ijtimoiy-iqtisodiy, kasbiy, maishiy.
Tibbiy reabilitatsiya bola organizmining u yoki bu yo‘qotilgan funksiyasini
o‘rnini to‘ldirish yoki to‘liq va qisman tiklashga qaratilgan bo‘ladi.
Ruhiy reabilitatsiya o‘smirning ruhiy sohasiga qaratilgan bo‘lib, uning
maqsadi deviant xulq-atvorli bola ongida uning hech kimga kerakmasligi haqidagi
tasavvurni yengib o‘tishdir.
Kasbiy reabilitatsiya o‘smirni biror-bir kasbga o‘rgatish, u uchun
yengillashtirilgan sharoitli va qisqartirilgan ish kuniga ega ish joylarini qidirishdan
iborat.
Maishiy reabilitatsiya o‘smir uchun normal yashash sharoitlarini yaratishga
qaratiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy reabilitatsiya deganda esa o‘smir huquq va manfaatlarini
himoya qilish, unga tegishli bo‘lgan moddiy mulklar, to‘lovlar bilan ta’minlashga
qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi.
Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya-bola hayotiy faoliyatida muhim
ahamiyatga ega shaxsiy hislatlarni, uning jamiyat integratsiyasiga yordamyordam
beruvchi faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, ijobiy rollarni, jamiyatda yurish-
turish qoidalarini o‘zlashtirishi, kerakli ma’lumot olishga qaratilgan tarbiyaviy
xarakterdagi chora-tadbirlardir.