Deviant xulq – ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida.
Oila bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
Reja:
1. Ijtimoiy pedagogik nuqtai nazardan oila turlari.
2. Ijtimoiy pedagogning oilalar bilan olib boradigan ishlari shakl, metod va
vositalari.
3. Bola asrab olgan oila bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
5. Me’yor va me’yordan og‘ish: tushuncha va tavsif. Me’yordan og‘ish
turlari.
6. O‘smirlarda deviant xulq-atvorning kelib chiqish sabablari.
7. Reabilitatsion ijtimoiy pedagogik texnologiyalar
Oila va uning asosiy vazifalari Jamiyatda oilaning roli o‘zining kuchi
bo‘yicha boshqa hech bir institutlar bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Aynan oilada
insonning shaxsi shakllanadi va rivojlanadi bola jamiyatda qiyinchiliklarsiz
moslashib ketishi uchun u ijtimoiy vazifalarini egallaydi. Oila birinchi tarbiyaviy
institut sifatida ishtirok etadi, u bilan bog‘liqlikni inson o‘zining butun hayoti
davomida xis etadi. Oilada insonning ma’naviyligiga asos solinadi xulqi
qoidalari yuzaga keltiriladi shaxsning ichki dunyosi va individual sifatlari ochib
beriladi. Statistika ko‘rsatishicha, xo‘jalik yuritish bozor siyosatiga o‘tish
ijtimoiy institut sifatida oila holatiga ancha yomon og‘ir ta’sir ko‘rsatdi.
Demograflar tug‘ilish kamayganini qayd etadilar sotsiologlar asotsial oilalar
sonini o‘sib borishini qayd etadilar va turmush darajasining pasayishini taxmin
qiladilar.
Hamma davrlarda ham oila o‘zining farzandlarini tarbiyalashda yordam
olishga talabni xis etgan. Tarix ko‘rsatishicha, odamlar katta oilalar bilan
yashaganlarida oilaviy hayotning zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalari avloddan
avlodga tabiiy ravishda va oddiy kundalik o‘tib kelgan. Zamonaviy industrial
jamiyatda avlodlar o‘rtasidagi oilaviy aloqalar buzilmoqda. Shuning uchun,
jamiyat oila tashkil etish va bolalarni tarbiyalash haqidagi zarur bilimlarni
yetkazish bo‘yicha ishlarni o‘z zimmasiga oladi. Hozirgi paytda ota-onalarga
mutaxassis psixologlar, ijtimoiy ishlar xodimlari, ijtimoiy pedagoglar va
bolalarni tarbiyalash bo‘yicha boshqa mutaxassislarning yordamlari zarur. Ana
shu mutaxassislarning yordamiga faqatgina notinch, yomon oilalar emas,
bugungi kunda tinch yaxshi oilalar ham muhtojlar.
Oila haqida bir necha xil tushunchalar mavjud:
Birinchidan, oila – bu nikoh va (yoki) qonqarindoshchilikka asoslangan
kichik ijtimoyi gurux, uning a’zolari birgalikda yashaydilar va uy ishlarini
bajaradilar, bir-biriga nisbatan o‘zaro majburiyatlar bilan birlashganlar.
Ikkinchidan, oila – bu ijtimoiy institut bo‘lib, unda odamlar o‘rtasida o‘zaro
munosabatlar barqaror mustahkam shaklda bo‘ladi. Ana shu o‘zaro
munosabatlar doirasida odamlarning kundalik hayoti asosiy qismi amalga
oshiriladi: jinsiy munosabatlari, farzand ko‘rish, bolalaning boshlang‘ich
ijtimoiylashishi, tarbiyalash, ta’lim berish, tibbiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar.
Oila-nikoh munosabatlari insoniyatga qadim davrlardan ma’lum. Neolit
davridayoq (15-20 ming yil ilgari) ongli inson paydo bo‘lganda, odamlar
jamoasi mavjud bo‘lgandayoq ularning birgalikda xo‘jalik yuritishdagi va bola
tarbiyalashdagi vazifalari tabiiy jinsiyligi, yoshiga qarab (erkak, ayol)
ajratilishiga asoslangan. Tarixda qayd etilgan oilaviy munosabatlarda farqlar
bo‘lishiga qaramay, hamma oilalarni birlashtiradigan qandaydir umumiylik bor.
Bu oilaviy tarzda hayot kechirishdir, bunda insoniyat yashashning yagona
imkoniyatini topgan. Olimlar oilaning turli vazifalarini ko‘rsatadilar. Biz birinchi
navbatda, bolani tarbiyalash va rivojlantirishga taalluqlilarinigagina to‘xtalib
o‘tamiz. Reproduktiv vazifasi (productio lot, so‘zidan - o‘zini qayta ishlab
chiqish, ko‘payish, avlod ishlab chiqarish) inson zotini davom ettirish
zaruriyatini sababini asoslaydi.
Oxirgi paytlarda 2-3 odamdan tashkil topgan oilalar soni ortib bormoqda.
Bunday oilalarning aytishlaricha bolalar ota-onalarning erkinliklarini cheklaydi:
ta’lim olishda, ishda, malakasini oshirishda, o‘zining qobiliyatlarini amalga
oshirishda. Bola ko‘rmaslik afsuski faqatgina mavjud bo‘lmay, ular bolaga ega
bo‘lish yoshidagi er-xotinlar orasida keng tarqalmoqda, bu evropa davlatlari
uchun xosdir. Oila kattaligini qisqarishi quyidagi omillar sababli sodir
bo‘lmoqda: tug‘ilishning kamayishi, yosh oilalarning ota-onalaridan ajralib
chiqishlari, ajralishlarning o‘sib borishi natijasida bir ota yoki onalik oilalar soni
ortib bormoqda. Aholining sog‘lig‘i sifati va mamlakatda sog‘liqni saqlash
rivojlanish darajasi. Ekspertlarning baholashlari bo‘yicha yomon ekologik
sharoit, axloqsiz hayot kechirishi, kasalligi yomon ovqatlanish va boshqalar
sababli yoshi katta aholining 10-15% sog‘lig‘i holati sababli bolaga ega bo‘lishi
mumkin emas. Iqtisodiy va xo‘jalik-turmush vazifalari azaldan oilasi har doim
jamiyatning xo‘jalik boshlang‘ich tashkiloti bo‘lib kelgan. Ov qilish va don
etishtirish, hunarmandchilik va savdo oilada har doim vazifalar taqsimlangan
bo‘lgani uchun mavjud bo‘la olgan. Azaldan ayollar butun uy ishlari bilan
mashg‘ul bo‘lganlar, erkaklar kasb-hunar bilan shug‘ullanganlar.
Ilmiy texnik revolyusiya asriga kelib odamlar hayoti yumushlarining
ko‘plari (ovqat tayyorlashq Kir yuvish, uy tozalash, kiyim tikish va boshqalar)
qisman maishiy xizmat sohasiga yuklatildi. Iqtisodiy vazifasi oila a’zolari uchun
boylik to‘plash bilan bog‘liq bo‘lgan: kelin uchun sovg‘alar, kuyov uchun qalin,
avlodlarga qoldiriladigan buyumlar, to‘yga, voyaga etish yoshiga sug‘o‘rta
qilish, pul mablag‘lari to‘plash. Bizning jamiyatimizda sodir bo‘layotgan
ijtimoiyiqtisodiy o‘zgarishlar oilaning mol-mulk to‘plash, xususiy mulkka ega
bo‘lish, turar joyini xususiylashtirish, meros qilib qoldirish va shu kabi
masalalardagi iqtisodiy vazifasi yana faollashib bormoqda.
Boshlang‘ich ijtimoiylashtirish vazifasi Oila bolaning shaxsi shakllanishiga
faol ta’sir ko‘rsatadigan birinchi va asosiy ijtimoiy guruxdir. Oila ijtimoy
mikromuhitdir. Ijtimoiy ta’sir ko‘rsatish omillaridan biridir. U bolaning
jismoiny, psixik va ijtimoiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Oilaning vazifasi
bolani u dunyoga kelgan mamlakat madaniyatiga va bola tabiatiga mos ravishda
rivojlanib borishi uchun uni astasekin jamiyatga kiritib borishdan iboratdir.
Insoniyat to‘plagan ijtimoiy tajribalariga, u tug‘ilib o‘sayotgan mamalakat
madaniyatiga, uning ma’naviy-axloq qoidalariga, xalq an’analariga bolani
o‘rgatish – ota-onalarning majburiy vazifasidir.
Tarbiyaviy vazifa Boshlang‘ich ijtimoiylashish jarayonida bolani oilada
tarbiyalash muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Ota-onalar bolaning birinchi
tarbiyachilari bo‘lganlar va shunday bo‘lib qoladilar. Bolani oilada tarbiyalash
murakkab ijtimoiy-pedagogik jarayondir. Oiladagi muhit va sharoit bolaning
shaxsi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ota va ona o‘z bolasini ardoqlaydi,
erkalaydi, tashvishini qiladi, hayot tashvish va qiyinchiliklaridan asraydi. Ota-
onalarning shaxsiy ibratlari – bolaning tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatish muhim
vositasidir. Uning tarbiyaviy ahamiyati bolaning taqlid etishga qiziqishi, havas
qilishiga asoslangan. Bilim va tajribalarga ega bo‘lmay bola kattalar qilganini
takrorlaydi, ularning harakatlariga taqlid qiladi. Ba’zan bolaning oilada olgan
tajribasi bolaning atrof dunyoga, odamlarga nisbatan yagona o‘lchov belgisi
bo‘lib qoladi. To‘g‘ri ba’zi oilalarda ota-onalari bemor bo‘lganida, buzuq axloqli
hayot kechirganlarida, pedagogik madaniyatga ega bo‘lmaganlarida va shu
kabilarda tarbiya buzilishi mumkin.
Albatta, bola shaxsi tarbiyasiga shunchaki o‘zining borligi bilan ta’sir
ko‘rsatmaydi, balki qulay ma’naviy-psixologik muhiti, uning a’zolari o‘rtasidagi
sog‘lom munosabatlar bilan ta’sir ko‘rsatadi.
Rekeatsion (qayta tiklash) va psixoterapevtik vazifalari Buning mazmuni
oila inson o‘zini to‘la himoyalangan deb xis etadigan, to‘la qabul qilingan, uning
mavqei, tashqi ko‘rinishi, hayotdagi muvaffaqiyatlaridan moddiy ahvolidan
qat’iy nazar, oila uni qabul qiladigan boshpana bo‘lishidan iboratdir. “Mening
uyim – mening qasrim” iborasi sog‘lom, tinch oila – dunyodagi hamma
notinchliklardan vaqtinchalik bo‘lsa ham yashirinishga, dam olib o‘z kuchlarini
to‘plab olishga eng ishonchli va eng yaxshi boshpana degan ma’noni yaxshi
ifoda etib beradi. Rafiqasi o‘z uyida o‘zining hokimining hamma kamsitishlari
va jahllariga indamay chidab kelgan an’anaviy modeli endi o‘tmishda qolib
ketmoqda. Ko‘pchilik ayollar ham endi ishga boradilar va uyga charchab, toliqib
qaytadilar. Oilaviy sharoitda, yaqinlari bilan munosabatlarda, bolalari bilan
bo‘lganida kuchlari ancha yaxshi tiklanadi. Oilaning ijtimoiy mavqei va uning
turlari Oila yaxlit sistemali tashkilotdir. Hozirgi zamonda oila oldida to‘rgan
muammolardan biri – bu oilaning jamiyatda moslashishidir (lotincha adapto -
moslashtiraman), ya’ni oilaning zamonaviy muhitda (jamiyatda) hayot
sharoitlariga moslashishi hisoblanadi. Moslashish jarayonining asosiy
xarakteristikasi bo‘lib, ijtimoiy mavqei ishtirok etadi, ya’ni oilaning jamiyatda
moslashish jarayonidagi holati. Oilaning ijtimoiy mavqeini aniqlash uchun uning
bir qator tuzilish – funksional xarakteristikalarini hamda oila a’zolarining
individual xususiyatlarini bilish kerak.
Oilaning tuzilish xarakteristikalari
1. Nikohli sheriklarning mavjudligi (to‘la, rasman to‘la, to‘la emas).
2. Oilaning hayotiy sikli bosqichi (yosh, etuk, qari).
3. Nikoh tuzish tartibi (birinchi, takroriy).
4. Oiladagi avlodlar soni (bitta yoki bir necha avlodlar).
5. Bolalar soni (ko‘p bolalik, kam bolalik).
Oila a’zolarining individual xususiyatlari Ularga ijtimoiy-demografik,
fiziologik, psixologik, oila katta a’zolarining patologik odatlari kiradi va
bolaning xarakteristikalari kiradi:
- yoshi, bola yoshiga munosib nutqi rivojlanganligi, jismoniy, psixologik
rivojlanish darajasi; uning qiziqishlari va qobiliyatlari;
- u boradigan ta’lim tashkilotlari, munosabat va o‘qitish muvaffaqiyatlari;
- o‘zini to‘tishda chetlanishlar, patologik odatlari, nutqiy va psixik
buzilishlar mavjudligi.
Oila a’zolarining individual xususiyatlari uning tuzilish va funksional
ko‘rsatkichlari bilan birgalikda kompleks xarakteristikalarni tashkil etadi – oila
mavqeini (lotincha status-holati, vaziyati). O‘smirlik yoshida deviatsiya
(me’yordan og‘ishlik) holatlari.
Deviatsiya tiplari O‘smirlik davrini o‘tish bosqichi deb ataydilar. Bolalar
yosh ko‘rsatkichlari davrida o‘tish bosqichi eng qiyin va murakkab davrdir. Bu
davrni yana shu sababli ham o‘tish davri deb hisoblaydilarki, bu o‘sish
bosqichida inson bolalikdan kattalik davriga, bola xarakteridan, etuk inson bo‘lib
shakllanadigan bir, o‘ziga xos jarayonlar davriga o‘tiladi. O‘smirlik yoshida
o‘smirning yaxlit hayoti va faoliyati jiddiy o‘zgaradi va uning psixikasi qayta
shakllanishiga olib keladi, o‘z tengdoshlari bilan o‘zaro faoliyatda,
munosabatlarining yangi shakllari vujudga keladi.
O‘smirning jamiyatdagi mavqei, jamoadagi vaziyati, holati almashinadi,
unga kattalar yuqoriroq talablar qo‘ya boshlaydilar. Bu yosh davrida jinsiy
etilish faollashadi, biroq ijtimoiy shakllanishi orqada qoladi. Bu esa jinsiy
tarbiyada ijtimoiypsixologik muammolarni vujudga keltiradi. O‘smirlik yoshida
bolada o‘z-o‘zini anglashga ehtiyoj paydo bo‘ladi. “Men kimman?”- savoliga
javob berish uni tez-tez bezovta qiladi. Unda o‘z-o‘ziga qiziqish paydo bo‘ladi.
U yoki bu faktlarga unda shaxsiy qarash, mulohaza yuritish, o‘z bahosini berish
kabi xususiyatlar shakllanadi. Bu yoshda vaqtinchalik oila va maktabdan
psixologik uzoqlashish holatlari bo‘lib turadi.
O‘smir shaxsining shakllanishida tengdoshlarining ta’siri kuchayib e’tibor
maktab, oilaning ahamiyatiga kamaygandek bo‘ladi. Ko‘pincha, o‘smir haqiqiy
rasmiy jamoa va norasmiy guruh bilan muloqot qilishning qay biri afzal ekanligi
to‘g‘risidagi tanlov oldida turadi. O‘smir o‘zini erkin sezadigan, uni hurmat
qiladigan insonlar bo‘lgan guruh va muhitni ko‘proq xush ko‘radi. Bunday
muhit va jamoaga sport seksiyalari va texnikaga oid to‘garaklar bo‘lishi yoki
o‘smirlar yig‘ilib, muloqot qiladigan, chekadigan va ichadigan va h.k erto‘lalar
ham bo‘lishi mumkin. Bu yoshda ayrim o‘smirlarning kattalar, ayniqsa ota-
onalari bilan muammoli vaziyatda bo‘ladilar. Ota-onalar ularga yosh bolaga,
go‘dakka g‘amxo‘rlik qilgandek, munosabatda bo‘lishni davom ettiradilar.
O‘smir esa bu sharoitdan chiqib ketishga intiladi. Shu sababli kattalar bilan
o‘zaro munosabatda janjalli vaziyatlar ko‘payadi.
O‘smirda kattalik hissi shakllanadi. Bu yoshda o‘smir mustaqil, erkin
harakat qiladi, kattalarning “o‘rgatish”lariga qarshi e’tiroz paydo bo‘ladi. O‘smir
bu yoshda kumir (havas qiladigan insoni), ya’ni film 39 qahramonlari, kuchli
katta yoshdagi inson, ko‘rsatuv qahramoni, mashhur sportchi va boshqalarga
taqlid qilib: uning tashqi qiyofasi, xulq-atvoriga o‘xshashlik uchun harakat
qilishi holatlari ko‘p uchraydi. Tashqi qiyofa o‘smir uchun katta ahamiyat kasb
etadi. Ajoyib soch turmagi, ba’zan ikki yoki uch ziraklar, yirtiq jinsi, jidu yorqin
rangdagi kosmetika va boshqa vositalar o‘smirga o‘zini boshqalardan ajralib
turishiga imkon beradi hamda bolalar guruhlarida o‘zini tan olishlariga harakat
qiladi. Shu tariqa, o‘smirlik yoshida ajralib turadigan xarakter xususiyatlari
haqida quyidagilarni aytish mumkin; hissiy noetuklik o‘z shaxsiy xulq atvorini
etarli darajada nazorat qila olmaslik, o‘z ehtiyojlarini qondirish imkoniyati va
istaklarini taqqoslay olmasligi, yuqori ta’sirchanligi, o‘zini tan olishlariga
bo‘lgan istaklari va kattalar kabi o‘zini to‘tish.
O‘smir – bu etarli darajada etilmagan va etuk aqlga ega bo‘lmagan ijtimoiy
inson. Bu bosqich bolalik va o‘spirinlikning chegarasidir. Katta deb hisoblanishi
uchun etarli darajada rivojlanmagan, biroq shu bilan bir vaqtda atrofdagilar bilan
ongli ravishda muloqotga kirisha oladigan hamda o‘z xulq-atvori va harakatlari
jamiyat me’yor va qoidalariga javob berishida katta e’tibor talab etadigan
bosqich o‘smir shaxsidir. Qonun bu yoshdagi bolalarni voyaga etmagan, biroq
o‘z xulq-atvori va hattiharakatlariga axloqiy hamda huquqiy jihatdan
mas’uliyatli bo‘lishga layoqatli deb hisoblaydi. Shu sababli o‘smirlar uchun o‘z
hatti-harakati va xulq-atvoriga cheklangan huquqiy javobgarlik o‘rnatilgan.
Deviatsiya tiplari me’yordan og‘ish jamiyatda qabul qilingan qoida va xulq-
atvor me’yorlaridan og‘ishgan o‘smirlar og‘ir tarbiyalilar deb ataladi. Og‘ir
tarbiyali o‘smir jamiyatda o‘rnatilgan qoida va me’yorlarga rioya qilmaydi.
Bunday holat ilmda deviatsiya deyiladi (lotin tilida deviation - og‘ishlik).
Masalan, fizikada kompas magnit strelkasining og‘ishi, biologiyada organizm
rivojlanishida og‘ishlik uchraydi. Deviyasiya (og‘ishlik) – bir tomondan uni
o‘rab to‘rgan inson va atrofmuhitga xos bo‘lgan o‘zgaruvchanlik hodisasidir.
O‘zgaruvchanlik ijtimoiy muhitda inson xulq-atvori bilan bog‘liq. Ilgari aytib
o‘tilgandek, xulq me’yordagidek yoki og‘ishgan bo‘lishi mumkin.
Me’yoriy xulq o‘smirning rivojlanishidagi ehtiyojlari va imkoniyatlari,
uning ijtimoiylashuviga to‘la javob beruvchi, unga adekvat monand keluvchi
mikrosotsium bilan uning o‘zaro faoliyatidir. Agar bolaning atrofidagi muhit
o‘smirning u yoki bu xususiyatlari, uning xulq-atvoriga doimo (yoki deyarli
doim) o‘z vaqtida va adekvat (monand) bo‘lsa, o‘smirda xulq-atvor me’yoriy
bo‘ladi. Bu fikrdan xulqi og‘ishganlikning tavsifi ham kelib chiqadi, biroq
bolaning mikrosotsium bilan o‘zaro faoliyati sifatida uning rivojlanishini
buzuvchi va ijtimoilashuvida va yuzaga keluvchi xulqi, jamiyatda o‘rnatilgan
axloqiy hamda huquqiy og‘ishganlik ijtimoiy dezadaptatsiyaning (bola uchun
ijtimoiy muhit sharoitlariga moslashishga to‘siqlik qiladigan hodisa)
ko‘rinishlaridan biridir.
Bolalik - o‘smirlik dezadaptatsiyada quyidagi patologiyalar o‘z tasdig‘ini
topgan: Maktab yoshidagi bolalar, maktabga bormaydilar, Yetim-bolalar,
ijtimoiy Yetimlar, giyohvandlik va zaharli (toksinli) vositalarni qabul qiluvchi
o‘smirlar; jinsiy ahloqsiz o‘smirlar, huquqbuzarlik faoliyatlariga berilgan
o‘smirlar.
Deviatsiyaning tarkibiga deviantlik, delinkvent va kriminal xulq-atvorlilar
kiradi. Deviant xulq-atvor-xulqiy og‘ishganlikning bir turi bo‘lib, o‘smirning
yoshiga muvofiq bo‘lmagan ijtimoiy xulq-atvor me’yor va qoidalarining
buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan mikrosotsium munosabatlar (oilaviy, maktabdagi)
va kichik jinsiy yosh ijtimoiy guruhlari uchun xarakterli bo‘ladi. Ya’ni xulq-
atvorning bu tipini intizomsizlik deb atash mumkin. Deviant xulq-atvor
ko‘rinishlariga o‘smirning namoyishkorlik, agressvilik, o‘ziga erk berish, o‘qish
va mehnat faoliyatidan tizimli og‘ishlik, uydan ketib qolish, daydilik,
ichkilikbozlikka berilish, alkogolizmga berilish, giyohvandlik va u bilan bog‘liq
assotsial faoliyatlar, jinsiy xarakterdagi jamiyatga qarshi faoliyatlar, suitsid9 .
Delinkvent xulq-atvori – deviantlikdan farqli ravishda bolalar va o‘smirlarning
assotsial xulq-atvori bilan xarakterlanadi. Bu xulqiy harakatlarda huquqiy
me’yorlarni bola buzib o‘tsada, biroq huquqiy, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.
Sababi cheklangan ijtimoiy xavfli yoki bola jinoiy javobgarlikka tortilish
yoshiga etmagan hisoblanadi. Delinkvent xulq-atvorda: asosan inson shaxsiga
qarshi agressiv-zo‘ravonlik xulqi, haqorat, janjalkashlik, o‘t qo‘yish, sadistlik
harakatlari ajralib turadi. Delinkvent (lotin tilidan delinqveng-huquqbuzar)-
xulqiy og‘ishgan sub’ekt, o‘z harakatlarida jinoiy jazolanadigan faoliyatlarni
amalga oshiradi. - arazli xulq-atvor, o‘zida mayda o‘g‘rilik, bosqinchilik,
talonchilik, avtotransportni o‘g‘irlash va boshqalarni amalga oshirib, moddiy
manfaat ko‘rinishning ilinjida mulkiy tajovuz qilishdan iborat. - Giyohvand
moddalarni tarqatish va sotish. Kriminal (jinoiy) xulq-atvor (lotin tilidan,
criminalis-jinoyatchilik) huquqbuzarlik harakati bo‘lib, jinoiy javobgarlik
yoshiga etguncha, jinoiy ish ochishda asos bo‘lib xizmat qiluvchi va Jinoyat
kodeksining belgilangan moddalari 161 bilan asoslanadigan xulq-atvor. Nazorat
uchun savollar: 1. Oilaning ijtimoiy mavqei va uning turlarini xaqida nimalarni
bilasiz? 2. Diviatsiya tiplari deganda nimani tushunasiz? 20 – mavzu: Pedagogik
mahorat haqida tushuncha, uning o‘
Reabilitatsion ijtimoiy pedagogik texnologiyalar
Deviant xulq-atvorga ega o‘smirlar bilan ishlashning reabilitatsiya
dasturlarini tuzishda quyidagilar inobatga olinadi:
1. Voyaga yetmagan bolaning ijobiy hislatlariga suyanish. Ijtimoiy pedagog
deviant xulq-atvorga ega bolani qoralay olmaydi. U uchun muvaffaqiyat vaziyatini
yaratish orqali uning xulq-atvorida ijobiy hislatlarni topish kerak va ijtimoiy
pedagog faoliyatini shunga muvofiq tashkil qilish lozim.
2. Hayotiy intilishlarni shakllantirish. Odatda maktabdagi surunkali
muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng o‘smirlar umidsizlikka tushishadi, o‘z kuchlariga
ishonch yo‘qoladi. Bunday o‘smir uchun keyingi kasbiy o‘z-o‘zini anglab olish
muhim bo‘lib, bu holatda ijtimoiy pedagogning psixolog bilan hamkorlikdagi
faoliyati uning kelajakdagi kasbiy o‘z-o‘zini anglab olish muhimi bo‘lib bu holatda
ijtimoiy pedagogning psixolog bilan hamkorlikdagi faoliyati uning kelajakdagi
kasbini aniqlashga qaratiladi.
3. Uning keyingi kasbiy taqdiri bilan bog‘liq faoliyatdan tashqari deviant
xulq-atvorli bolani u uchun ahamiyatli bo‘lgan ijtimoiy faoliyatga jalb qilish ham
lozimdir. Bu murakkab vazifa hisoblanadi, chunki odatda bu holatda nafaqat u yoki