Didaktik tadqiqot metodlari. O’quvchi bilimini tekshirish va baholash
texnologiyasi
Ta’lim metodlari: ,,Metod” so’zining yunoncha tarjimasi ,,tadqiqot, usul,
maqsadga erishish yo’li” kabi ma’nolarni anglatadi. Filofosiya lug’atida ushbu
tushuncha umumiy tarzda ,,maqsadga erishish usullari” deya sharhlangan.
Ayni vaqtda pedagogik manbalarda ,,ta’lim metodi” tushunchasiga berilgan
ta’riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo’lish mumkin. Mazkur o’rinda ularning
ayrimlarini keltiramiz:
Ta’lim metodi - zamonaviy darajada o’quv-tarbiyaviy maqsadlarga
erishishga yo’naltirilgan pedagog va o’quvchilarning o’zaro bog’liq faoliyat
usullaridir (V.I.Zagvyazinskiy).
Ta’lim metodlari - o’quv jarayonining murakkab tarkibiy unsuri
(komponenti) bo’lib, o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining barcha yo’nalishlarini
yoritishga xizmat qiladi, ular o’rtasida ko’p sonli aloqa va bog’lanishlarni yuzaga
keltiradi (G.I.Shukina).
Ta’lim metodlari deganda o’qituvchining o’rgatuvchanligi va
o’quvchilarning o’quv materialini egallashga yo’naltirilgan turli didaktik masalalar
yechimini topishga oid o’quv-bilish faoliyatlarini tashkil etish usullari tushuniladi
(I.F.Xarlamov).
Ta’lim
metodi-belgilangan
maqsadga
erishishni
ta’minlovchi
algoritmlashtirilgan, muayyan mazmunga ega harakatlar tizimidir).
“Ta’lim metodi” tushunchasining mohiyatini ѐrituvchi qarashlar, shuningdek,
ta’lim metodlarining o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro hamkorlikdagi tartibli
faoliyatlari usullari ekanligi to’g’risidagi fikrlar ham mavjud.
“Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo’nalishdagi
faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo’ladi. Mazkur loyiha
amaliyotga o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining o’zaro tutashuvi, o’qitish va
o’qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy
etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo’lmaydi, buning boisi ta’lim metodi
o’zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi”.
Qayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to’laqonli ѐrituvchi ta’rifni
aniqlashga bo’lgan urinish bugun ham davom etyapti, yangi-yangi ta’riflar ilgari
surilmoqda. Biroq, ”Ta’lim metodi” tushunchasi mohiyatini yoritishga nisbatan
turlicha qarashlarning mavjudligiga qaramay, ularni o’zaro yaqinlashtiruvchi
umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar “Ta’lim metodlari o’quvchilarning o’quv-
bilish faoliyatini tashkil etish usullari” degan qarashga yon bosadilar. Demak,
ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi
usullar majmuidir.
Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida
ta’lim mazmunini o’zlashtirish yo’llari ifoda etiladi, o’qituvchi va o’quvchilarning
o’zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi.
Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon
bo’lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o’qish faoliyatini amalga oshirish sharti
hisoblanadi.
Ta’lim metodlari doimo u yoki bu o’qish vositalari yordamida joriy etiladi,
shu bois ularning o’zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz. Tabiiyki, umumiy holda
erishilgan natija har doim ham o’qituvchining dars boshida belgilagan maqsadiga
mos kelavermaydi. Ta’lim maqsadi o’qituvchi va o’quvchilar faoliyati asosida,
shuningdek, ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jaraѐnda aniq
maqsadga yo’naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta’lim tizimlari maqsadga
erishish jarayonida bosh xalqa aynan qanday va qaysi mexanizm asosida hamda
mavjud . Ta’lim metodlari:
1.Motivatsiyali.
2.Rivojlantiruvchi.
3.Tashkiliy.
4.Tarbiyaviy.
5.Ta’limiy.
Tarbiya metodlarining asosiy funktsiyalari.
Bu funktsiyalar ta’lim metodini qo’llash jarayonida bir-biridan ajratilgan
holda yoki ketma-ket joriy etilmaydi, aksincha bir-biriga o’zaro singib ketadi.
Misol uchun, tashhisli funktsiya o’qituvchining bir qator metodlardan yaxlit
foydalanishi evaziga bajariladi.
,,Ta’lim metodi” atamasi bilan birga ko’p hollarda “Metodik usul”
(sinonimlari -pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham qo’llaniladi. U ta’lim
metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida
qadam sifatida ta’riflanadi. Har bir ta’lim metodi muayyan ta’lim usullarini
chog’ishtirish orqali joriy etiladi. Metodik usullarni xilma-xilligi ularni tasniflashga
imkon bermaydi, biroq o’qituvchi faoliyatida tez-tez qo’llaniladigan usullarni
ajratib ko’rsatish mumkin:
1.Metodik usullar.
2.Masalani o’rganish.
3.Namoyish (ko’rgazmali, ob’ektiv -tajriba, amaliy va aqliy harakatni
namoyish etish, hokazolar).
4.Yo’l-yo’riq ko’rsatish.
5.Topshiriq berish.
Metodik usullarning turlari. Har bir metod ma’lum ta’limiy vazifani
muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari esa birmuncha samarasiz bo’lishi mumkin.
Universal ta’lim metodlari mavjud emas, shu bois darsda turli ta’lim metodlaridan
yoki ularning majmuasidan foydalanish mumkin.
Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlari asosida aniqlanadi:
- didaktik maqsad asosida;
- ta’lim mazmuni asosida;
- o’quvchilarning o’quv ko’nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi
asosida;
- o’qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.
O’qituvchi tomonidan qo’llanilaѐtgan ta’lim metodlari majmuasi
boshlang’ich sinflardan yuqori sinflarga o’tish asosida o’zgarib hamda murakkab
xususiyat kasb eta boradi. Ushbu jarayonda ayrim metodlarni qo’llash chastotasi
oshsa, ayrim metodlarni qo’llashga bo’lgan ehtiyoj kamayadi. Ta’lim metodlaridan
foydalanish ko’lami, holati o’qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati
darajasiga bog’liq holda o’zgaradi.
Didaktikada munozaralarga sabab bo’layotgan yana bir muhim ob’ekt ta’lim
metodlarining tasnifidir. ,,Ta’lim metodlari tasnifi ularning ma’lum belgilari
bo’yicha tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o’nlab ta’lim metodlari
ma’lum”, - ekanligini ta’kidlagan holda I.P.Podlasy fikrini quyidagicha davom
ettiradi, - ,,Biroq bugungi kunda yetakchi sanaluvchi didaktik g’oya yagona va
o’zgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga
ѐrdam beradi. O’qitish -favqulodda harakatchan, dialektik jarayon. Metodlar tizimi
ham bu harakatlanishni aks ettiradigan darajada jo’shqin bo’lishi, metodlarni
qo’llash amaliyotidagi doimiy o’zgarishlarni hisobga olishi kerak”.
Ta’lim metodlarini tanlash muammosi uzoq davrdan buyon tadqiq qilib
kelinmoqda. Biroq tadqiqotlar soni ko’p bo’lsada, bu borada yagona to’xtamgan
kelinmagan. Ushbu o’rinda ta’lim amaliyotida qo’llanilib kelayotgan metodlar
tizimi (tasnifi)ga to’xtalib o’tamiz.
Ta’lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo’yicha
tizimlashtiriladi.
M.A.Danilov va B.P.Esipovlarning qarashlariga ko’ra:
1. Bilimlarni egallash metodlari.
2. Ko’nikma va malakalarni shakllantirish metodlari.
3. Bilimlarni qo’llash metodlari.
4. Nazorat (bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash va tekshirish)
metodlari
1. Materialni og’zaki baѐn qilish (hikoya, tushuntirish, maktab ma’ruzasi).
O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish o’qituvchining tushuntirishini faol
qabul qilish va puxta o’ylash evaziga amalga oshiriladi. Bilimlarni uzatish vositasi
sifatida o’qituvchi nutqi muhim ahamiyatga ega. Bu o’rinda o’qituvchining
o’quvchilar faoliyatiga rahbarligi mavzuni qo’yish, rejani e’lon qilish, o’quvchilar
faoliyatini boshqarishdan iborat bo’ladi.
2. Suhbat. O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish jarayoni: ular
e’tiboriga havola etilayotgan savolning mohiyatini anglash, mavjud bilimlar va