Didaktika - pedagogik ta’lim nazariyasi. O’qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida. O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi mazmuni. Davlat ta’lim standarti.
Yuklangan vaqt
2024-09-27
Yuklab olishlar soni
5
Sahifalar soni
44
Faytl hajmi
77,0 KB
Ilmiybaza.uz
Didaktika - pedagogik ta’lim nazariyasi. O’qitish jarayoni yaxlit tizim
sifatida. O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi mazmuni. Davlat ta’lim
standarti.
Reja:
1.
Ta’lim nazariyasi (didaktika) pedagogikaning tarkibiy qismi
sifatida.
2.
Didaktikaning maqsad va vazifalari. Ta’lim jarayonining
mohiyati.
3.
O’qitish va o’rganish jarayonlari tavsifi, o’quv jarayonida
ularning o’zaro bog’liqligi.
4.
O’quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi. Ta’lim
tamoyillari va qonuniyatlari.
5.
Ilmiy-texnik jarayon va ta’lim mazmuni.
6.
Hozirgi vaqtda ta’lim mazmunini belgilashga doir asosiy
g’oyalar.
7.
Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlar. Davlat
ta’lim standarti.
Tayanch iboralar: didaktika, ta’lim nazariyasi, o’qish, o’qitish, tizim, dars,
bilim, malaka, ko’nikma, ta'lim metodlari, paradigm, an'anaviy, konservativ,
ezoterik, ratsionalistik, fenomenologik, texnokratik. ta’lim mazmuni, bilim,
mifologik ta'lim, sxolastik ta'lim, ma'rifatparvarlik, formal va moddiy ta'lim,
pragmatic, davlat ta'lim standart, o'quv reja, o’quv dasturi.
Didaktikaning tashkil topishi va rivojlanishi. Insonning faoliyatida o'qitish
har doim juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Ta'lim tasodifiy, intuitiv xususiyatga
Ilmiybaza.uz
ega bo’lganda ham va asosan tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan
iborat bo'lganda ham shunday bo'lgan; keyinchalik ham, ta'lim maqsadga muvofiq
muntazam va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo'lganida ham
shunday bo'lgan. Biroq uzoq vaqt davomida ta'limni nazariy tahlil qilish va o'rganish
ishlari olib borilmadi, shuning uchun o'z nazariyasiga ega bo'lmadi. Faqatgina XVII
asr bu sohada muhim o'zgarishlar olib keldi: aynan o'sha paytda ta'lim alohida nom
oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi.
Didaktika (ta'lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos» «o'rgatuvchi», «didasko»
esa - «o'rganuvchi» ma'nosini bildiradi) ta'limning nazariy jihatlari (ta'lim
jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o'qituvchi va o'quvchi faoliyati
mazmuni, ta'lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta'lim jarayonini
takomillashtirish yo'llari va hokazo muammolar)ni o'rganuvchi fan.
Bu tushunchani buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592— 1670-
yillar) «Buyuk didaktika» (1657-yil) nomli mashhur asarida tilga oladi. Lekin
Komenskiy «didaktika bu faqat ta'limgina emas, balki tarbiyalash ham», deb
ta'kidlaydi. Mazkur asarda olim ta'lim nazariyasining muhim masalalari: ta'lim
mazmuni, ta'limning ko'rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi
borasida so'z yuritadi.
Didaktika pedagogikaning “Nima uchun o‘qitish kerak”, “Nimani o‘qitish
kerak”, “Qanday o‘qitish kerak”, “Qanday hajmda o‘qitish kerak”, “Kimlarni
o‘qitish kerak”, “Qaerda o‘qitish kerak”, “Nimadan foydalanib o‘qitish kerak” kabi
savollariga javob izlaydi.
Umumiy didaktika o‘z navbatida ayrim fanlarga oid usullar bilan juda
mustahkam bog‘langan bo‘lib, ularga oid ma’lumotlariga tayanib o‘qitishning
umumiy qonuniyatlarini ochib beradi va ayni vaqtda har bir o‘quv fanini o‘qitish
usullari uchun umumiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Didaktika o‘z oldiga o‘qitishning o‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalash
maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarni bilib olish vazifasini qo‘yadi.
Didaktikada ta’limni tashkil etishning umumiy masalalari, o‘qitish
jarayonining mohiyati, ta’limning mazmuni, o‘qitish qonuniyatlari, o‘qitish
tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi.
Ilmiybaza.uz
O‘qitish jarayoni pedagogning o‘rgatuvchilik faoliyatini va ta’lim
oluvchilarning maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o‘z ichiga oladi. Shu o‘rinda
bu jarayonlarning tahliliga e’tibor qarataylik. Ta’limda o‘qituvchining
boshqaruvchilik roli o‘z kasbining ijtimoiy asoslaridan kelib chiqib,
ajdodlarining boy tajribasini, insoniyatning asrlar davomidagi bilish, mehnat,
muloqot, umumiy aloqalar, estetik hamda axloqiy qarashlar jarayonida qo‘lga
kiritgan yutuqlarni egallashni shart qilib ko‘yadi.
Didaktika va metodika mustahkam aloqa hamda o‘zaro bog‘liqliklikda
joylashadi. Didaktika o‘qitishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Aniq bir
predmetni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari xususiy metodikalarda ishlab
chiqiladi.
Xususiy didaktika – muayyan o‘quv fanlarini o‘qitish qonuniyatlari,
usullari, vositalari, shakllari va yo‘llarini o‘rgatuvchi metodika (tadris) fanlari
ham pedagogika fanlari turkumining asosiy sohalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
U umumiy didaktika yutuqlari asosida rivojlanadi va uning nazariy
umumlashmalariga asoslangan holdagina takomillashib boradi. Muayyan bir
fanga tadbiq etilgan didaktik qonuniyatlar, o‘sha predmetning umumiy
jihatlarini qonunlashtiradi va ularda o‘qitishning universal jihatlari namoyon
bo‘ladi.1
Didaktikaning predmeti, funksiyalari va vazifasi. Pedagogika fani ta'lim va
tarbiya jarayonini ularning yaxlitligi va birligi asosida o'rganadi.
Ikki faoliyatning har birining mohiyatini aniq bayon etish uchun didaktika
(ta'lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasini ajratib ko'rsatadilar. Hozirgi davrda
didaktika o'qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab
beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi.
Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar
bo'yicha ta'lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud.
Ularning mazmuni ta'limning ma'lum bosqichlarida u yoki bu fanlarni o'rganish
va ta'lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi. Har bir o'qituvchi didaktika
asoslarini puxta bilishi va ularga tayangan holda faoliyatni tashkil etishi zarur.
1Pertti Kansanen & Matti Meri Didactic relation in the teaching-studying-learning process
Abstract. 2-bet
Ilmiybaza.uz
Didaktika predmetini aniqlash bo'yicha turli qarashlar ilgari surilgan.
Qarashlarning turlicha bo'lishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq
ajratilmaganligi bilan bog’liq.
Ko'pchilik olimlar ta'lim obyekti deb o'qitish jarayonining maqsadi, mazmuni,
qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko'rsatadilar.
Didaktika ta'limni ijtimoiy tajriba berish vositasi sifatida e'tirof etadi. Ta'lim
yordamida yoshlarni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Ta'limiy faoliyatni
tashkil etishda o'qituvchi - o'quvchi, o'quvchi -o'quv materiali, o'quvchi — boshqa
o'quvchilar o'rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi.
Pedagogik adabiyotlarda ulardan qaysi biri didaktika uchun asosiy hisoblanishi
kerakligi borasida ham turli fikrlar keltiriladi hamda o'quvchining o'quv materialiga
bo'lgan munosabati, ya'ni, bilimlarni o'rganish munosabatini asosiy deb e'tirof
etuvchi qarashlar soni nisbatan ko'p.
Darhaqiqat, o'qish, o'rganish ta'lim jarayonining ajralmas xususiyatidir.
Ta'limga psixologiya nuqtayi nazaridan yondashilsa, ushbu munosabatning
ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, ta'limga pedagogik, ya'ni, ijtimoiy tajribani
berish, o'rgatish nuqtayi nazaridan qaralsa faoliyat uchun asosiy sanaluvchi
munosabat - ikki shaxs (o’quvchi va o'qituvchi) o'rtasidagi munosabatlar yetakchi
o'rin egallashi lozim ekanligi anglanadi.
Didaktika predmetining mohiyatini ochishga xizmat qiluvchi yana bir qarash
ta'lim-tarbiya jarayonini yaxlit o'rganish zarurligini ilgari suradi. Ta'limning
tarbiyaviy vazifalari o'quvchining bilimni o'zlashtirishlarini ta'minlabgina qolmay,
shaxs xususiyati, uning rivojlanishi, ma'lum ma'naviy-axloqiy sifatlarni o'zlashtirishi,
fe'1-atvori, xulqini tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitni yaratishdan iborat.
Didaktikaga ta'limning mazmunli va jaravonli jihatlarini birgalikda o'rganish
xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda
tutgan holda didaktika ta'limni faqatgina o'rganish obyekti sifatidagina emas, balki
ilmiy asoslangan loyihalashtirish obyekti sifatida qaraydi.
Umumiy didaktikaning predmeti dars o'tish (o'qituvchi faoliyati) va bilim olish
(o'quvchining o'rganish faoliyati)ning o'zaro bog'liqligi va aloqadorligi hisoblanadi.
Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat:
—ta'lim jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta'riflash va tushuntirish;
Ilmiybaza.uz
—ta'lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya'ni, ta'lim tizimlari va
texnologiyalarini ishlab chiqish;
—ta'lim jarayoni uchun xos bo'lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini
tahlil qilish va ta'riflash.
Didaktika nazariy va bir vaqtning o'zida me'yoriy-amaliy fan. Didaktikaning
ilmiy-nazariy vazifasi ta'limning mavjud jarayonlarini o'rganish, uning turli jihatlari
o'rtasidagi bog'liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari
va kelajagini aniqlashdan iboratdir.
O'zlashtirilgan nazariy bilimlar ta'lim amaliyotini yo'naltirish, ta'limni jamiyat
tomonidan qo'yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon
beradi. Ta'lim mazmunini anglab olish, ta'lim tamoyillari, ta'lim metod va vositalarini
qo'llash me'yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me'yoriy hamda tashkiliy-
texnologik vazifani bajaradi.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari va didaktik tushunchalar tizimi.
Muayyan fanga xos bo’lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy
taraqqiyot jarayonida to'plangan bilimlar aks etadi. Mavjud ilmiy tushunchalar ikki
asosiy guruhga ajratiladi:
1) falsafiy tushunchalar;
2)xususiy ilmiy, ya'ni, muayyan fangagina xos bo'lgan tushunchalar. Didaktika uchun
«umumiy va alohida», «mohiyati va hodisa», «qarama-qarshilik», «bog'liqlik» kabi
falsafiy tushunchalar ham muhim ahamiyatga ega. Didaktikada qo'llaniladigan
umumiy-ilmiy tushunchalar orasida «tizim», «tuzilma», «vazifa», «element» kabilar
alohida o'rin tutadi. Pedagogikaga xos didaktik tushunchalar sirasiga quyidagilar
kiradi:
1) ta'lim — o'quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko'nikma
va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o'stirish va
dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo'naltirilgan jarayon;
2) dars — bevosita o'qituvchi rahbarligida muayyan o'quvchilar guruhi bilan olib
boriladigan ta'lim jarayonining asosiy shakli;
3) bilim olish — idrok etish, o'rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida
xulq-atvor hamda faoliyat ko'nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud
bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;
Ilmiybaza.uz
4) ta'lim jarayoni — o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida tashkil etiluvchi hamda
ilmiy bilimlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon.
5) o'quv fani - ta'lim muassasalarida o'qitilishi yo'lga qo'yilgan hamda o'zida
muayyan fan sohasi bo'yicha umumiy yoki mutaxassislik bilim asoslarini jamlagan
manba.
6) ta'lim mazmuni — davlat ta'lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda
ma'lum sharoitda muayyan fanlar bo'yicha o'zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy
bilimlar mohiyati.
Didaktikada «idrok etish», «o'zlashtirish», «mahorat», «rivojlanish» va
boshqalar (psixologiya) hamda «boshqarish», «qayta aloqa» (kibernetika) kabi
turdosh fanlarga xos bo'lgan tushunchalar ham qo'llaniladi.
Didaktikaning tushunchali-terminologik tizimi muntazam yangilanib va
to'ldirilib borilmoqda.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: dars, bilim olish,
ta'lim, bilim, ko'nikma, malaka, ta'lim maqsadi, ta'lim mazmuni, ta'lim jarayoni,
ta'lim jarayonini tashkil etish, ta'lim turlari, shakllari, metodlari va vositalari, ta'lim
natijasi.
So'nggi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta'limning didaktik
tizimi va ta'lim texnologiyasi kabi tushunchalarni ham kiritish taklifi ilgari
surilmoqda.
1) bilim — shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma'lum obrazlar
ko'rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma'lumotlar majmui;
bilim olish - idrok etish, o'rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-
atvor hamda faoliyat ko'nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning
takomillashib, boyibborish jarayoni;
2) ko'nikma - olingan bilimlarga asoslanib qo'yilgan vazifalar va shartlarga binoan
bajariladigan harakatlar yig'indisi;
3) malaka - ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi;
4) ta'lim - o'quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko'nikma va
malakalarni
shakllantirish,
ularning
bilish
qobiliyatlarini
o'stirish
va
dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo'naltirilgan jarayon;
5) ta'lim metodlari - ta'lim jarayonida qo'llanilib, uning samarasini ta'minlovchi
Ilmiybaza.uz
usullar majmui;
6) ta'lim mazmuni - shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama
rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik
darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati;
7) ta'lim vositalari - ta'lim samaradorligini ta'minlovchi obyektiv (darslik, o'quv
qoilanmalari, o'quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproektor,
magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, komputer va boshqalar) va
subyektiv (o'qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid
misollar va hokazolar) omillar;
9) ta'lim iarayoni - o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida tashkil etiluvchi hamda
ilmiy bilimlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan pedagogic jarayon;
10) ta'lim mazmuni - davlat ta'lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda
ma'lum sharoitda muayyan fanlar bo'yicha o'zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy
bilimlar mohiyati;
11) ta'lim maqsadi (o'qish. bilim olish maqsadi) - ta'limning aniq yo'nalishini
belgilab beruvchi yetakchi g'oya;
12)ta'lim natijasi (ta'lim mahsuli) - ta'lim yakunining mohiyatini qayd etuvchi
tushuncha; o'quv jarayonining oqibati; belgilangan maqsadni amalga oshirish
darajasi;
13)ta'limni boshqarish - ta'lim muassasalarining faoliyatini yo'lga qo'yish,
boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash;
14) ta'lim tizimi — yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish yo'lida davlat tamoyillari
asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi o'quv-tarbiya muassasalari majmui.
Harve Greenning fikricha ta’lim tizimi bu biror xaridor uchun qilingan
xizmat emas, ammo ba’zi o‘quvchilar o‘zlarini ta’lim olishga qiziqishlarini
yo‘qligi va sustligi bilan ta’lim sifatini tubdan o‘zgartirib yuboradi.2
Didaktik nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari.
Ta'lim jarayoni psixologik-pedagogik konsepsiyalar (ular aksariyat hollarda
didaktik tizimlar ham deb ataladi) asosida tashkil etiladi.
Didaktik tizim (yunoncha «systema» — yaxlit qismlardan tashkil topgan,
2Joyce, B., Calhoun, E., Hopkins, D «Pedagogy, Teaching Practices» 2004.
Ilmiybaza.uz
birlashtirish) — ma'lum mezonlari asosida ta'lim jarayonining yaxlit holatini
belgilash, ajratib ko'rsatish demakdir. U ta'limning maqsadi, tamoyillari, mazmuni,
shakli, metod va vositalarining birligi asosida tashkil etilgan tuzilmalarning ichki
yaxlitligini ifodalaydi. Tadqiqotchilar mavjud didaktik konsepsiya (tizim)larni
umumlashtirib quyidagi guruhlarga ajratadilar:
1) an'anaviy;
2) progressiv;
3) zamonaviy.
Ta'lim nazariyasida Ya.A.Komenskiy, I.Pestallotsi va I.Gerbartlarning didaktik
konsepsiyalari muhim ahamiyatga ega.
An'anaviy didaktik tizimning yaratilishi nemis faylasufi, psixolog va pedagog
I.F.Gerbart (1776-1841-yillar) nomi bilan bog'liq. U Ya.A.Komenskiyning sinf-dars
an'anaviy tizimini tanqidiy nuqtayi nazardan qayta asoslab, etika va psixologiyaning
nazariy yutuqlariga tayangan holda ta'lim tizimini yaratdi.
I.F.Gerbart
ta'lim
tizimining
asosiy
belgisi
quyidagilardan
iborat:
o'quvchilarning intellektual rivojlanishini ta'minlash maktabning asosiy vazifasi;
bolani tarbiyalash esa oilaning vazifasidir.
Progressiv (pedosentrik) tizim bolaning bilim olishida faoliyatining asosiy rol
o'ynashini e'tirof etadi. Mazkur tizim asosini D.Dyui tizimi, G.Kershteynning
mehnat maktabi, V.Lay nazariyalari tashkil etadi.
Zamonaviy didaktik tizim. XX asrning 50-yillarida psixolog va pedagog
B.Skinner qismlarga bo'lingan axborotlarni yetkazish, bu jarayonni muntazam
nazorat qilish asosida materialni o'zlashtirishda samaradorlikka erishish g'oyasini
ilgari suradi. Mazkur g'oya keyinchalik dasturiy ta'lim deb ataladi. Keyinchalik
N.Krauder nazorat natijalariga qarab o'quvchiga mustaqil ishlash uchun turli
materiallarni taklif etadigan tarmoqlashtirilgan dasturlarni yaratdi.
D.Dyuining nazariy g'oyalari muammoli ta'limning asosi bo'lib qoldi. Bugungi
kunda muammoli ta'lim deb nomlanuvchi, ushbu g'oya o’qituvchi rahbarligi ostida
muammoli vaziyatni yaratish va ularni hal etishda o'quvchilarning faollik va
mustaqilliklarini ta'minlashga enshishni nazarda tutadi. Muammoli ta'limning
vazifasi faol o'rganish jarayonini rag'batlashtirish, o'quvchilarda fikrlash,
tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
Ilmiybaza.uz
L.V.Zankovning (1901 —1977-yillar) rivojlantiruvchi ta'lim konsepsivasi
XX asrning 50-yillarida keng tarqaldi. Uning g'oyalarini amalga oshirish ta'lim
jarayoniga insonparvarlik g'oyasini singdirish, shaxsni barkamol rivojlanishi uchun
zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi.
Psixolog L.S.Vigotskiy (1896-1934-yillar) tomonidan 30-yillarda ilgari
surilgan «Yaqin rivojlanish zonasi» g'oyasi ham muhim ahamiyatga ega. Unga ko'ra
bola kattalar yordamida bilim olib, o'zi mustaqil bajara olmagan ishlarni bajara
boshlaydi.
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunida ta'lim va
tarbiyani insonparvarlik, demokratik g'oyalarga muvofiq tashkil etilishi e'tirof
etilgan.
Ta'limni insonparvarlashtirish ta'lim jarayonida o'quvchi shaxsini hurmat qilish,
uning sha'ni, obro'si, qadr-qimmatini poymol etmaslik, mavjud iste'dodini
rivojlantirishni nazarda tutadi. Demokratlashtirish esa pedagogik jarayonda
rasmiyatchilikka yo'l qo'ymaslik, ta'lim dasturlarini tanlashda o'quvchilarning
fikrlarini inobatga olishni ifodalaydi. Respublika uzluksiz ta'lim tizimi ijtimoiy
buyurtmani bajarishga xizmat qiladi, barkamol shaxs va yetuk mutaxassisni tarbiyalash
vazifasini bajaradi.
Zamonaviy pedagogikada ta'lim paradigma (modeli)lari.
Paradigma – (yunoncha. Paradigma – namuna – o‘rnak ma’nolarini
anglatadi) – ilmiy muammolarni hal etish namunasi sifatida qabul qilingan
nazariya. Masalan, tug‘ilish nazariyasiga tegishli muammolarni aksariyat
hollarda differensial tenglamalar nazariyasi yutuqlari orqali hal qilinadi yoki
talaba – yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalash milliy g‘oyalar asosida hal
etiladi va hakoza.
Pozitivist R.Berkman ilmiy metodologiyadagi me’yorni tavsiflash uchun
birinchi bo‘lib paradigma tushunchasini qo‘lladi. Lekin amerikalik olim fan
tarixchisi G.Kun o‘zining “Ilmiy revelyusiyalar strukturasi” asarini e’lon
qilganidan so‘ng paradigma tushunchasi yangicha mazmun va ahamiyat kasb
etdi. G.Kun ilmiy revelyusiya nazariyasini ishlab chiqish jarayonida qator
tushunchalarni taklif etdi va bunda paradigma deganda, ma’lum davr ichida
ilmiy jamoatchilik ilmiy muammoni qo‘yish va hal etish namunasi bo‘lib
Ilmiybaza.uz
xizmat qiladigan va ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan ilmiy nazariyani
tushundi.
G.Kunning fikricha paradigmalarning almashinuvi ilmiy revelyusiyaga
olib keladi va u ilmiy jamoatchilik birligini ta’minlaydi. Shu sababli ham ilmiy
jamoat ma’lum paradigmani e’tirof etgan olimlardan tashkil topadi.
Paradigma u yoki bu fan sohasining asosiy muammosini tashkil etib, darsliklar
va olimlarning mumtoz (klassik) asarlarida o‘z ifodasini topadi. G.Kun bunga
misol qilib Aristotel dialektikasini, Ptalemey astronomiyasi va Nyuton
mexanikasini qayd etadi.3
Bugungi kunda ta'limning quyidagi paradigmalari keng tarqalgan:
1. An'anaviy — konservativ paradigma (bilim paradigmasi).
2. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma.
3. Fenomenologik (gumanistik) paradigma.
4. Texnokratik paradigma.
5. Ezoterik paradigma.
Ayni vaqtda ta'lim paradigmalarini belgilashga nisbatan uch xil yondashuv
mavjud:
1.
Qadriyatli (aksiologik) yondashuv-madaniyat inson hayotining
mazmuni sifatida tushuniladi.
2. Faoliyatli yondashuv asosan madaniyat moddiy va ma'naviy boyliklarini
yaratishga yo'naltirilgan faoliyatning sinalgan usullari sifatida talqin etiladi.
3. Shaxsiy yondashuv — madaniyat muayyan shaxs timsolida namoyon bo'ladi.
Madaniyatga
nisbatan
turli
yondashuvlarning
mavjudligi
bir
qator
paradigmalarning yaratilishiga zamin yaratadi. Har bir paradigma muayyan ta'limiy
muammolarni hal etishga yo'naltiriladi. Xususan:
—ijtimoiy institut sifatida o'quv muassasalarining vazifalari;
—ta'limning samarali tizimi;
—o'quv yurtlari oldida turgan eng muhim, ustuvor masala;
3 Joyce, B., Calhoun, E., Hopkins, D «Pedagogy, Teaching Practices» 2004. 40-44 b
Ilmiybaza.uz
—ta'limning ijtimoiy ahamiyatli maqsadlari;
—muayyan bilim, ko'nikma va malakalarning qimmatli hisoblanishi.
Ayni vaqtda quyidagi paradigmalar mavjud:
1.
Bilim olishning an'anaviy paradigmasi (modeli) (J.Majo, L.Kro,
J.Kapel va boshqalar) Unga ko'ra ta'limning asosiy maqsadi — «Bilim, qanchalik
qiyin bo'lmasin bilim olish». An'anaviy paradigma maktabning maqsadi yosh
avlodga individual rivojlanishi hamda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yordam
beruvchi madaniy meroslarning muhim elementlari — bilim, ko'nikma va malakalar,
ilg'or g'oyalar va qadriyatlarni saqlab qolish hamda ularni yoshlarga yetkazish
muhim ekanligini yoritadi. Bilim olish paradigmasining asosiy maqsadi: ta'lim olish,
taraqqiyot va madaniyatning eng muhim elementlarini avloddan-avlodga yetkazish.
2. Ratsionalistik (bixevioristik') paradigma (P.Blum, R.Gane, B.Skinner va
boshqalar). Ratsionalistik paradigma diqqat markazida ta'lim mazmuni emas, balki
o'quvchilar tomonidan turli bilimlarning o'zlashtirilishini ta'minlovchi samarali
usullari yotadi. Ta'limning ratsionalistik modeli asosini B.Skinnerning ijtimoiy
injeneriya bixevioristik (inglizcha behavior — xulqi) konsepsiyasi tashkil qiladi.
Maktabning maqsadi — o'quvchilarda g'arb madaniyati ijtimoiy qoidalari,
talablari va ko'zlagan maqsadlariga mos keladigan moslashtiruvchi «xulqiy
repertuar»ni shakllantirishdir. Shu bilan bir vaqtda, «xulqi» atamasi bilan «insonga
xos hamma ta'sirlanishlar — uning fikrlari, sezgi va harakatlari» ifodalanadi
(R.Tayler).
Bunda ta'limning asosiy metodlari, o'rgatish, trening, test sinovlari, individual
ta'lim, tuzatishlari bo'lib qoladi. Buning oqibatida, ta'limninggina emas, balki dars
berishning ham ijodiy xarakterini aniqlash muammosi muhokama qilinmaydi.
P.Blum barcha o'quvchilar faqat o'zlashtiribgina qolmay, balki muvaffaqiyatli
o'qishlari mumkin deb hisoblaydi. O'quvchining optimal qobiliyatlari ma'lum
sharoitlarda, o'quvchiga ta'lim berish natijasi uning sur'ati bilan aniqlanadi. Olimning
fikricha, ta'lim oluvchilarning 95 foizi ta'lim muddatlariga bo'lgan cheklashlar olib
tashlanganda o'quv kursining butun mazmunini o'zlashtirib olishga qodirlar. Ana shu
nuqtayi nazardan o'quvchilar tomonidan bilimlarning muvaffaqiyatli o'zlashtirishini
ta'minlovchi metodika ishlab chiqiladi, uning mohiyati quyidagichadir:
1. Butun sinf yoki kurs uchun to'la o'zlashtirish etaloni, mezonini aniq belgilab olish
Ilmiybaza.uz
asosida, o'qituvchi ta'lim yakunida erishilishi kerak bo'lgan aniq natijalarning
ro'yxati va unga muvofiq keluvchi testlarni tuzadi.
2. O'quv birliklari, ya'ni, o'quv materiallarining yaxlit bo'limlari ko'rsatiladi, ularni
o'zlashtirish natijalari aniqlanadi, yakuniy bahoga ta'sir ko'rsatmaydigan navbatdagi
testlartuziladi. Bu testlarning vazifalari — tuzatish, korreksiyalashdan iborat.
3. To'la o'zlashtirishga yo'naltirilgan har bir o'quv kurs materiallarini o'zlashtirish
darajasini baholash uchun test sinovlarini o'tkazish. Bu o'rinda har bir o'quvchiga
baho va ta'lim maqsadlarining ahamiyatini tushuntirish muhim.
Predmetlarni bo'sh va o'rtacha o'zlashtiruvchi o'quvchilarning qobiliyatlarini
jadal rivojlantirish P.Blum konsepsiyasining asosiy mazmunini tashkil etadi.
Turli mamlakatlarning (Avstriya, Belgiya, AQSH va boshqalar) ta'lim tizimlari
tajribasi ratsionalistik (bixevioristik) paradigma g'oyalariga muvofiq ish ko'rilganda
70 % o'quvchilar yuqori natijalarni qayd etganliklarini ko'rsatadi.
Yuqorida qayd etilgan ta'lim yo'nalishlari o'zida insonparvarlik g'oyalarini ifoda
etmagan, ular bola dunyoqarashining rivojlanishi, shaxsning rivojlanishida
shaxslararo munosabatlarning muhim o'rin tutishini nazarda tutmaydi.
3. Gumanistik (fenomenologik-) paradigmaga ko'ra (A.Maslou, A.Kombs,
K.Rodjers, L.S.Vigotskiy va boshqalar) ta'lim oluvchi erkin shaxs, ijtimoiy
munosabatlar subyekti sifatida o'ziga xos rivojlanish imkoniyatlariga ega. Ular
bolani rivojlantirish maqsadida uni shaxslararo munosabatlar jarayoniga yo'naltiradi.
Ta'limning fenomenologik (fenomen yunoncha «phainomenon» — hisoblangan,
ya'ni, mashhur, alohida nodir odam) modeli o'quvchilarning individual-psixologik
xususiyatlarini hisobga olib, ularning talab va qiziqishlariga hurmat bilan
munosabatda bo'lishni ko'zda tutadi. Uning vakillari o'quvchini nodir shaxs deb
hisoblaydilar. Gumanistik paradigma doirasida faoliyat olib boruvchi har bir ta'lim
tizimi ijodiy rivojlanadi va o'quvchi hamda o'qituvchining erkinligi va ijodkorligini
yoqlaydi.
Gumanistik paradigma g'oyalari 1991-yildan keyin respublika uzluksiz ta'lim
tizimiga joriy etila boshlandi. Paradigmaning diqqat markazida o'quvchining
barkamol rivojlanishi, uning intellektual ehtiyojlari, «erkin fikrlaydigan shaxsni
tarbiyalash» masalasining ijobiy hal etilishi yotadi. Ayni vaqtda, respublika ta'lim
muassasalarida quyidagi g'oyalarga amal qilinmoqda: «Demokratik jamiyatda
Ilmiybaza.uz
bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar
erkin fikrlashga o'rganmasa, berilgan ta'lim samarasi past boiishi muqarrar. Mustaqil
fikrlash ham katta boylikdir».
Ezoterik paradigma (yunoncha «esoterikos» ichki, sirli, yashirin, faqatgina
biluvchilar uchun mo'ljallangan insonning dunyo bilan o'zaro aloqalari yuksak
darajalarini aks ettiradi). Modelning mohiyati haqiqat abadiy va o'zgarmas, doimiy
ekanligini ta'kidlashdan iborat. Paradigma tarafdorlari haqiqatni bilib bo'lmasligi,
unga faqatgina fahmlash asosida erishish mumkinligini ta'kidlaydilar. Pedagogik
faoliyatning oliy maqsadi koinot bilan muloqot, o'quvchining tabiiy kuchlarini ozod
etish va rivojlantirishdan iborat. Shu bilan birga, o'qituvchining himoyalash vazifasi
muhimdir, u o'quvchining mavjud imkoniyatlarini uni ma'naviy, jismoniy, psixik
jihatdan rivojlantirishga yo'naltiradi.
Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning asosiy maqsadi amaliyotni
takomillashtirish asosida ta'lim oluvchilarga «aniq» ilmiy bilimlarni berish va
ularning o'zlashtirilishini ta'minlashdir. Bilim kuchdir, shu bois shaxs qimmati uning
o'rganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shaxs muayyan (o'rtacha,
standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi bo'lsagina qadriyat sifatida e'tirof
etiladi degan g'oya ushbu paradigmaning asosini tashkil etadi.
So'nggi yillarda noinstitutsional paradigma rivojlana boshladi. U ta'limni
ijtimoiy institutlar, ya'ni, maktab va oliy ta'lim muassasalaridan tashqarida tashkil
etish g'oyasini ilgari suradi. Bu ta’lim «tabiatda» — Internet, «ochiq maktablar» -
komputerlar vositasida ta'lim dasturlariga (masofadan o'qitish) muvofiq o'qitish
samarali deya hisoblaydi.
Ta'lim qonuniyatlari va tamoyillari. O'quv jarayonida amal qiluvchi barcha
qonunivatlar umumiv va xususiv tarziga ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga
ko'ra yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga
ko'ra faqat alohida tarkibiy qismlariga taalluqli bo’lgan qonuniyatlar esa xususiy
(aniq) deb ataladi.
I.P.Podlasiy ta'lim jaravonining quvidagi umumiy qonuniyatlarini ajratib
ko'rsatadi:
1. Ta'lim maqsadi quyidagilarga bog'liq: jamiyatning rivojlanish sur'ati va
darajasi, jamiyatning talablari va imkoniyatlari hamda pedagogika fani va
Ilmiybaza.uz
amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasi.
2. Ta'lim mazmuni quyidagilarga bog'liq: ta'limning ijtimoiy ehtiyojlari va
maqsadlari, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur'ati, o'quvchilaming yoshi
imkoniyatlari, ta'lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi, shuningdek,
o'quv yurtining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniyatlari.
3. Ta'lim sifati (samaradorligi) quyidagilarga bog'liq: avvalgi bosqich mahsuldorligi
va mazkur bosqichda erishilgan natijalar, o'rganilayotgan material xususiyati va
hajmi, o'quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta'sir ko'rsatish hamda o'quvchilaming
bilim olishga qobiliyatlari va ta'lim vaqti.
4. Ta'lim metodlari samaradorligi quyidagilarga bog'liq: metodlarni qo'llashda
bilimlari va ko'nikmalari, ta'lim maqsadi, ta'lim mazmuni, o'quvchilaming yoshi,
ta'lim olish imkoniyatlari, moddiy-texnik ta'minot hamda o'quv jarayonini tashkil
etish. Ta'limni boshqarish mahsuldorligi quyidagilarga bog’liq: ta'lim tizimida qayta
aloqalarning intensivligi va tuzatish, ta'sir ko'rsatishlarning asoslanganliligi.
5. Ta'limni rag'batlantirish samaradorligi quyidagilarga bog'liq: ta'limning ichki
rag'batlari (sabablari) hamda tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) rag'batlari.
Zamonaviy fanga aniq qonuniyatlarning ko'plab soni ma'lumdir. Ular qatoriga
quyidagilar kiradi:
1. Didaktik qonuniyatlar.
2. Gnoseologik qonuniyatlar.
3. Psixologik qonuniyatlar.
4. Kibernetik qonuniyatlar.
5. Sotsiologik qonuniyatlar.
6. Tashkiliy qonuniyatlar.
Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o'quv jarayonining umumiy
maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini
belgilovchi boshlang'ich qoidalardir.
Tamoyil (yunoncha «prinsipium») - biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy
boshlang'ich
qoidasi;
boshqaruvchi
g'oya,
faoliyatning
asosiy
qoidasi;
umumlashtirilgan talab.
Ta'lim qonuniyatlari va tamoyillarining shakllanish tarixi. Ibtidoiy jamiyatda
insoniyat o'sib kelayotgan avlodga mavjud bilimlarni uzatish asosida amaliy bilimlari
Ilmiybaza.uz
asta-sekin shakllangan. O'sha davrdayoq ta'lim amaliy qoidalari ishlab chiqilgan va
avloddan-avlodga uzatib kelingan.
Antik davrda asosan ajdodlar tajribasi an'analar tarzida umumlashtirilib, amaliy
ta'lim masalalari hal etilgan. Platon va Aristotellar tavsiya hamda qoidalar to'plami
ko'rinishida amaliyotiy ta'lim mohiyatini umumlashtirishga uringanlar.
Sharqdagi Uyg'onish davrida (IX-XI asrlar) arab, musulmon madaniyatining
Yaqin va Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy va ma'naviy madaniyati bilan
birlashishi asosida alohida sinkretik (yunoncha svnkretismos - birlashish. yaxlitlik.
qo'shilish) madanivat birlashgan turi yuzaga kelgan. Allomalar Muhammad al-
Xorazmiy (787-850-yillar), Abu Nasr Forobiy (870-950-yillar), Al-Kindiy (800-
870-yillar), Abu Rayhon Beruniy (973—1050-yillar), Abu Ali ibn Sino (980—
1037-yillar) va boshqalar uning asoschilari sifatida mashhur bo'ldilar. Bu
madaniyatning asosiy markazlari Suriya, Eron, Markaziy Osiyo hududlarida
joylashgan. Sharq mutafakkirlari o'z asarlarida ta'lim usullari, qoidalari, tamoyillari,
metodlari va shakllari asosida ta'lim amaliyotining mohiyatini ifoda etadilar. Biroq
ta'lim masalalari bilan ular maxsus va izchil shug'ullanmaganliklari bois maxsus
didaktik nazariya yaratilmadi. Ta'limni ular fan sifatida emas, boshqa fanlarga
o'rgatish san'ati, hunarmandchilik sifatida tushundilar. Sharq allomalari tomonidan
ilgari surilgan qoida, usul va tamoyillarning aksariyati zamonaviy maktablarda ham
qo'llanilmoqda.
Quyidagi jadvaldan Sharq allomalari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr
Forobiy, Al-Kindiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muslihiddin Sa'diy,
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar ham ta'limning ilmiyligi. ongliligi.
ko'rgazmaliligi, tushunarliligi, ketma-ketligi, muntazamligi. moslashuvchanligi va
mustaqilligi,
shuningdek.
bolaning
individual
xususiyatlari,
lavoqati
va
qobiliyatlarini hisobga olish, ta'limni insonparvarlashtirish kabi qoida va
tamoyillarni ifoda etib berganlari anglanadi.
XVII
asrda,
pedagogika
amaliy
tabiatshunoslik
sifatida
biologiya
qonuniyatlariga bo'ysunishi e'tirof etilgan. Pedagogikani tubdan qayta qurishni chex
olimi Ya.A.Komenskiy va ingliz pedagogi Djon Lokk amalga oshirdilar.
Ular pedagogik qonunlarining quyidagi uch jihatiga ko'ra guruhlaganlar:
1. Itimoiy-tarixiy.
Ilmiybaza.uz
2. Tabiiy-tarixiy.
3. Psixologik.
Keyinchalik bir guruh ilg'or pedagoglar umumiy tamoyillar bilan
qanoatlanmay, didaktik qonuniyatlarini ifoda etishga uringanlar. Xususan,
Ya.A.Komenskiy didaktikaning tematik belgilariga ko'ra guiuhlangan quyidagi
qoidalar tizimini ilgari surdi:
1.«Ta'lim va oson o'qishning asosiy qoidalari» («Buyuk didaktika» -XVII bob);
2.«Tabiiy o'qish va ta'limning asosiy qoidalari»; «Fanlarga o'qitish san'atining to'qqiz
qoidasi» (XX bob) va boshqalar. Dsterveg tomonidan asoslangan qoidalar soni 33 ta
bo'lib, ular muayyan loyihalarga taalluqli ekanligiga ko'ra guruhlarga ajratadi
(birinchi guruh - o'qituvchiga nisbatan, ikkinchisi - dars tashkil etilayotgan fanga
nisbatan, uchinchisi — o'quvchiga nisbatan va hokazolar tarzida). Shu bilan birga
Disterveg mazkur qoidalarning ayrimlarini qonunlar ham deb ataydi.
Ta'lim tamoyillari. Didaktik tamoyillar (didaktika tainoyillari) o'quv
jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga ko'ra tashkil etiluvchi ta'lim
jarayonining tashkiliy shakl va metodlari, asosiy qoidalari mohiyatini belgilovchi
mazmundir. Ta'lim tamoyillarida ta'limning aniq, tarixiy tajribaga asoslanuvchi
me'yoriy asoslari (qoidalari) o'z ifodasini topgan. Ta'lim tamoyillarini bilish o'quv
jarayonini uning qonuniyatlari asosida tashkil etish, uning maqsadlarini asosli
ravishda belgilash va o'quv materialining mazmunini tanlab olish, maqsadga
muvofiq ta'lim shakli va metodlarini tanlash imkonini beradi. Shu bilan birga bu
tamoyillar o'qituvchilar va o'quvchilarga yaxlit jarayonning bosqichlariga amal
qilish, o'zaro aloqalar va hamkorlikni amalga oshirishga imkon beradi.
Ta'lim tamoyillari o'zida tarixiylik xususiyatini namoyon etadi. Ta'lim
nazariyasi va amaliyoti rivojlanib borgani, ta'lim jarayonining yangi qonuniyatlari
kashf etilishi bilan ta'limning yangi tamoyillari ham shakllanadi, eski ko'rinishlari
o'zgaradi. Bu ishlar bugungi kunda ham davom etadi. O'qitish va tarbiyalash
qonuniyatlarini aks ettiradigan yaxlit pedagogik jarayonning umumiy tamoyillarini
keltirib chiqarishga urinishlar ko'zga tashlanmoqda.
Tamoyillar ta'lim jarayonining mohiyati, qoidalar esa uning alohida
tomonlarini aks ettiradi.
Ta'limni mazmunli va tashkiliy-netodik tamoyillaridan tashkil topgan tizim
Ilmiybaza.uz
sifatida e'tirof etish mumkin:
I. Ta'limninfi mazmunli tamoyillari. Ular ta'lim mazmunini tanlash bilan
bog'liq bo'lgan qonuniyatlarni aks ettiradi va quyidagi g'oyalarni ifodalaydi:
—fuqarolik;
—ilmiyligi;
—tarbiyalovchi ta'lim;
—fundamentalligi va amaliy yo'nalganligi (ta'limning hayot bilan, nazariyaning
amaliyot bilan bog'liqligi);
—tabiat bilan uyg'unligi;
—madaniyat bilan uyg'unligi;
—insonparvarligi.
Fuqarolik tamoyili. Unga ko'ra ta'lim mazmunini, shaxsning subyektivligini
rivojlantirish, lining ma'naviyligi va ijtimoiy yctukligiga yo'naltirishda namoyon
bo'lishi kerak. U ta'lim mazmunini insonparvarlashtirishni nazarda tutadi va
fuqarolikni anglash, O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va siyosiy tuzilishi
haqidagi tasavvurlar tizimi, o'zbek xalqi madaniyati psixologik xususiyatlari, lining
mentalitet xususiyatlari, milliy siyosati va madaniyati kabi dolzarb masalalar haqidagi
tasavvurlarining shakllanishi bilan bog'liq.
Ta'limning ilmivligi tamoyili ta'lim mazmunini zamonaviy fan va texnika
rivojlanish darajasi, jahon sivilizatsiyasi to'plagan tajribaga mos kelishini ifodalaydi.
Bu tamoyil ta'lim vaqtida va o'qishdan tashqari vaqtda amalga oshiriladigan ta'lim
mazmuni o'quvchilarni obyektiv ilmiy dalillar, hodisalar, qonunlar, zamonaviy
yutuqlar va rivojlanish istiqbollarini ochib berishga yaqinlashtirib, u yoki bu sohaning
asosiy nazariya yoki konsepsiyalari bilan tanishtirishga yo'naltirilgan bo'lishini talab
etadi.
Ta'limning; tarbivalovchilik tamoyili yaxlit pedagogik jarayonda ta'lim va
tarbiyaning birligi qonuniyatlariga tayanadi. Bu tamoyil ta'lim jarayonida barkamol
rivojlangan shaxsni shakllantirishni ko'zda tutadi. Ta'lim jarayonida tarbiyalashning
samarali
kechishi
shaxsning
intellektual
rivojlanishi,
birinchi
navbatda,
o'quvchilarning qiziqishlari, idrok etish hamda individual qobiliyatlarining hisobga
olinishi bilan bog'liq.
Ta'limning fundamentalligi va amaliy vo'nalganligi tamovili umumiy o'rta ta'lim
Ilmiybaza.uz
maktablaridayoq o'quvchilar chuqur nazariy va amaliy tayyorgarlikdan o'tadilar.
Mazkurholat an'anaviy didaktikada ta'limning havot bilan, nazarivaning amalivot
bilan bog'liqligi kabi ifoda etiladi.
O'qishda fundamentallik bilimlarning ilmiyligi, to'la va chuqur bo'lishini ko'zda
tutadi. U odamdan yuksak intellektual salohiyat, fikrlash layoqatining tadqiqotchilik
ko'rinishda bo'lishi, bilimlarini doimiy ravishda to'ldirib borish istagi va
maiakaiarini talab etuvchi zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyotga asoslangan.
Fundamental bilimlar aniq bilimlarga qaraganda sekin eskiradi, shuningdek, inson va
xotirasiga emas, ko'proq uning fikrlash layoqatiga bog'liq bo'ladi. Ta'limning
fundamentalligi bilimlar mazmunining muntazamligi, nazariy va amaliy jihatdan
o'zaro nisbatda boiishni talab etadi.
Ta'limning tabiat bilan uvg'unligi tamovili. Ya.A.Komenskiy o'zining tabiatga
uyg'un bo'lish g'oyasini ifoda etib, tabiatda hayot bahordan boshlangani kabi ta'lim
olish jarayoni uchun eng qulay davr bolalik ekanligini ta'kidlaydi. Ertalabki soatlar
mashg'ulotlarni bajarish uchun juda qulay hisoblanadi. O'quvchilarga ularning yosh
davrlarini inobatga olgan holda bilimlarning berilishi ushbu bilimlarning ular uchun
tushunarli bo'lishini ta'minlaydi. Demak, tabiat bilan uyg'unlik g'oyasi asta-sekinlik,
ketma-ketlik va mustaqil faoliyat kabi ta'lim tamoyilining asosi hisoblanadi.
O'zbek pedagogi Abdulla Avloniy ham (1878—1934-yillar) ta'lim va tarbiyani
yo'lga qo'yishda tabiatga uyg'un bo'lish g'oyasining davomchisi bo'lgan. O'zining
«Turkiy guliston yohud axloq» nomli asarida bola shaxsining tabiiy
mukammalligiga ishonch bildiradi. A.Avloniy bola tabiatan go'zallik va
mehribonlik bilan uyg'unlikda tug'iladi deb yozadi. Allomaning fikricha, ta'lim va
tarbiyaning vazifasi bola shaxsining rivojlanishi uchun yordam beruvchi sharoitlarni
yaratishdan iborat.
Abdulla Avloniy bolani milliy madaniyat, vatanga muhabbat asosida tarbiyalash
g'oyasining tarafdori bo'lgan, bu xususida allomaning asarlarida quyidagi fikrlar o'z
ifodasini topgan: «.... odam tug'ilgan va o'sib ulg'aygan shaharni va shu shahar
joylashgan mamlakatni bu odamning Vatani deb aytadilar. Biz turkistonliklar
o'zimizning quyoshli diyorimizni jonimizdan ham ortiq yaxshi ko'rishimiz kabi
arablar o'z Arabistonini, ... eskimoslar esa o'zlarining Shimolini yaxshi ko'radilar»
deb yozadi. A.Avloniyning fikricha, xalqparvarlikka asoslangan ta'lim va tarbiya
Ilmiybaza.uz
yoshlarga vatanparvarlik namunalarini ko'rsatishga undashi kerak.
Ta'limda insonparvarlik tamoyilini bolaning shaxs sifatidagi qadr-qimmati,
uning erkinligi hamda baxtli hayot kechirishini ta'minlash, uni rivojlantirishi, ijodiy
imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi, unga hayotda o'z o'rnini topishda yordam
ko'rsatishi va hokazolarni nazarda tutadi.
«Insonparvarlik» va «odamiylik» so'zlari yunoncha humanus «odamiylik» bir
so'zdan kelib chiqqan. Insonparvarlik, odamiylik ma'naviy-axloqiy tushunchalardir.
Insonparvarlik g'oyasi antik davr faylasuflari (Suqrot, Aflotun, Arastu va boshqalar)
qarashlarida ilk bor ko'zga tashlanadi. Markaziy Osiyoda insonparvarlik g'oyalari
Sharq Uyg'onish davrida keng rivojlandi. Abu Nasr Forobiyning fikricha, bolani eng
avval o'qimishli, saxovatli inson qilib tarbiyalash kerak, zero, salbiy nuqsonlar
bolalikdan paydo bo'ladi. Shu bois oilada tarbiyani yo'lga qo'yishda xato qilmaslik
zarur.
O'zbekiston Respublikasida huquqiy, demokratik jamiyat barpo etilayotgan
mavjud sharoitda uzluksiz ta'lim tizimi oldida barkamol, hartomonlama rivojlangan,
erkin, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalash vazifasi turibdi. Mazkur vazifa ta'lim
va tarbiya jarayonida bolalarga nisbatan insonparvarlik munosabatida bo'lish orqali
ijobiy hal etiladi. Bolalarga nisbatan insonparvaiiik munosabatida bo'lish ularning
taqdiri haqida qayg'urish, Lining qobiliyatini ko'ra olish, unga ishonish,
sliuningdek, bolaning xatoga yo'l qo'yish, shaxsiy nuqtayi nazarga ega bo'lish
huquqini qadrlashni nazarda tutadi.
Ta'limning tashkiliy-metodik tamoyillari. Ta'limni tashkil etish metodikasi
ta'Iim mazmunini shakllantirish kabi erkin tanlanishi mumkin emas. Bu borada
muayyan ijtimoiy, psixologik va pedagogik talablarni inobatga olish zarur. Bunday
talablar ta'limning tashkiliy-metodik tamoyillari deb yuritiluvchi tamoyillar
mazmunida o'z ifodasini topgan:
—ta'limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi;
—ta'limda onglilik va ijodiy faollik;
—ta'limda ko'rgazmalilik;
—ta'limning samaradorligi va ishonchliligi (mustahkamligi);
—ta'limning tushunarliligi;
—guruhli va individual ta'Iim birligi;
Ilmiybaza.uz
—ta'limning o'quvchilar yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi;
—oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning muvofiqliligi;
—pedagogik hamkorlik.
Ta'limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi tamovili bilish bosqichlarining
obyektivligini anglatadi.
Izchillik ta'Iim mazmuni, lining shakli va usullari, o'quv jarayoni
ishtirokchilari bo'lgan subyektlarning o'zaro munosabatlariga taalluqli. U alohida
partsial (yunoncha partialis — qisman) va xususiy o'quv vaziyatlari, predmet va
hodisalar o'rtasidagi bog'liqlik, aloqadorlik qonuniyatlarini asta-sekin o'zlashtirish
asosida ularni yagona yaxlit o'quv jarayoniga birlashtirishga imkon beradi.
Izchillik ta'Iim jarayonining ma'lum tizim va ketma-ketlik asosida bo'lishini
nazarda tutadi, zero, murakkab masalalarni oddiy masalalarni o'rganmay turib hal
etib bo'lmaydi.
Muntazamlik va ketma-ketlik u yoki bu o'quv materialini o'zlashtirish sur'ati,
Lining elementlari o'rtasidagi o'zaro mosligini tahlil qilishga imkon beradi.
Ta'limning muntazamliligi va ketma-ketligi ma'lum fanlar bo'yicha bilim, ko'nikma
va malakalarini shakllantirish, borliqni yaxlit idrok etish o'rtasidagi qarama-
qarshilikni hal etishga imkon beradi. Ushbu holatlar birinchi navbatda dastur va
darsliklarni muayyan tizimda yaratish, fanlararo hamda fanlar ichidagi bog'liqlikni
ta'minlash evaziga namoyon boiadi.
Onglilik va iiodiv faollik tamovili. Uning asosini fanni o'rganishda muhim
ahamiyatga ega bo'luvchi qoidalar majmuini shakllantirish tashkil etadi. Bilimlarni
ongli ravishda o'zlashtirish quyidagi omil va shartlarga bogiiq: ta'Iim motivlari,
o'quvchilarning faollik darajasi, o'quv-tarbiyaviy jarayonning samarali tashkil
etilishi, o'qituvchi tomonidan qo'llanuvchi ta'Iim metodlari va vositalarining
samaradorligi va boshqalar. O'quvchilarning faolliklari reproduktiv va ijodiy
xarakterga
ega
bo'lishi
mumkin.
Mazkur
tamoyil
o'quvchilarning
tashabbuskorliklari va mustaqil faoliyatlarini nazarda tutadi.
Ko'rgazmalilik tamovili ta'Iim jarayonini tashkil etish asosida yotuvchi
muhim qoidalardan biri hisoblanadi. Ya.A.Komenskiy uni didaktikaning «oltin
qoidasi» deb atagan. Unga binoan ta'limda inson sezgi organlaridan foydalanish
kerak. «Agarda biz o'quvchilarda haqiqiy va aniq bilimlar paydo qilishni istasak,
Ilmiybaza.uz
unda biz umuman hamma narsaga shaxsiy kuzatish va sezib ko'rish bilan ta'limga
intilishimiz kerak - deb ta'kidlaydi u — agarda qandaydir predmetni baravariga bir
necha sezgi organlari bilan qabul qilish mumkin bo'lsa, mayli ular baravariga bir
necha sezgilari bilan o'rganilsin.
Tajribalar asosida o'rganilayotgan narsani namoyish etish va jarayon mohiyatini
hikoya qilib berish o'zlashtirish darajasini birmuncha oshiradi. Xususan,
axborotlarni eshitib qabul qilish samarasi 15 foiz, ko'rib qabul qilish esa — 25 foizni
tashkil etadi. Ta'Iim jarayonida, ularni bir vaqtda ishtirok etishi natijasida
ma'lumotlarni qabul qilish samaradorligi 65 foizgacha ortadi.
Ko'rgazmalilikdan o'quv jarayoni barcha bosqichlarida foydalanish mumkin:
yangi materialni o'zlashtirish, uni mustahkamlash, mashqlarni tashkil qilish hamda
o'quvchilarning dastur materiallarini o'zlashtirishlarini tekshirish va baholashda.
Ta'limning samaradorligi va ishonchliligi tamoyili. An'anaviy didaktikada u
mustahkamlik tamovili kabi ifoda etiladi. Agarda o'qitish jarayoni ta'Iim
maqsadlariga erishishni ta'minlamasa, u holda ushbu jarayonni tashkil etish
zaruriyati yuzaga kelmaydi. Shu bois ta'Iim samarali, shuningdek, rivojlantiruvchi
va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo'lishi kerak.
Ta'limning ishonchliligi va mustahkamliligini ta'minlash uchun o'quvchilar
o'qish jarayonida o'quv-o'rganish harakatlarining quyidagi to'la siklini o'zlashtira
olishlari zarur: o'rganilayotgan materiallarni dastlabki qabul qilish, uni chuqurroq
anglab vetish, eslab qolish, o'zlashtirilgan bilimlarini qo'llash bo'yicha ma'lum
faoliyatni amalga oshirish. ularni takrorlash va tizimlashtirish.
Ta'limning chuqurligi va mustahkamligi talabi didaktikada an'anaviy
hisoblanadi va u yuzakilikka qarama-qarshi qo'yiladi. Chuqur, mustahkam bilimning
asosiv belgisi eng fundamental g'oyalar, qoidalar, tushuncha, kategoriyalarni
tushunish, chuqur o'zlashtirish, o'rganilayotgan materiallar mazmunini puxta
anglashdan iborat.
Ta'limning tushunarliligi tamovili o'quvchilarning mavjud imkoniyatlarini
hisobga olish, jismoniy va psixik sog'lig'iga yomon ta'sir etuvchi intellektual va
emotsional qiyinchiliklardan voz kechishni talab etadi. Ta'limning tushunarli bo'lishi
o'quvchilarning yoshi, bilish imkoniyatlarini hisobga olib o'qishning mazmunini
to'g'ri aniqlash demakdir, ya'ni, har bir o'quv fani bo'yicha o'quvchilar egallab olishi
Ilmiybaza.uz
zarur bo'lgan bilim, amaliy ko'nikma va malakalari hajmini to'g'ri aniqlashdir. Bu
tamoyil o'quv jarayonini o'quvchilarda qiyinchiliklarni yengish istagini hosil qiluvchi
va shaxsiy muvaffaqiyatlarining natijalaridan quvonish tuyg'usini yuzaga keltirishga
yo'naltirilganligini ifodalaydi. Bu bolalarda ko'zga tashlanuvchi qattiq hayajonlanish,
shuningdek, o'quv masalalarini yechishdagi ishonchsizlikni yo'qotishga yordam
beradi.
Guruhli va individual ta'limning birligi tamovili shaxsning, bir tomondan
atrofdagilar bilan munosabatda boiish, ijtimoiy aloqalarni yo'lga qo'yishga intilishi,
ikkinchi tomondan esa, yakka holda ta'lim olishga bo'lgan xohishini aks ettirishga
xizmat qiladi. Muomala faoliyatning alohida turi bo'lib, uni tashkil etish jarayonida
boshqalar haqidagi tasavvur va tushuncha yuzaga keladi. Atrofdagilar bilan
munosabatni yo'lga qo'yish o'zaro aloqalarning hosil bo'lishi va rivojlanishini,
alohida bo'lish esa shaxsning ijtimoiylashuvi hamda rivojlanishini ta'minlaydi.
An'anaviy ta'lim o'z mohiyatiga ko'ra guruhli hisoblanadi, zero, u 30-40 nafar
o'quvchilardan iborat o'quv guruh (yoki sinf)larida tashkil etiladi. 100-200 nafar
talabalardan iborat kurslarda esa ta'limga sarflanadigan harakatlarni kamaytirish
maqsadida ma'ruzalar o'qish tashkil etiladi. Guruhli ta'lim munozara, muzokara
tashkil etish uchun qulay sharoitga ega bo'lib, o'quv masalalarini yechishning eng
samarali yo'llarini birgalikda izlashni ta'minlaydi, o'zaro yordam ko'rsatish uchun
sharoit yaratadi, o'quvchilarning mas'uliyat hissini oshiradi. O'quv muvssasalarida
guruhli ta'limni tashkil etish jamoani shakllantirishning asosiy shakli sanaladi.
Ta'limning o'quvchilarning voshi va individual xususivatlariga mos kelishi tamoyiii
o'quvchilarning yoshiga ko'ra va individual yondashuvni anglatadi.
Yoshiga muvofiq vondashish o'quvchilarning psixik xususiyatlari, shaxsiy
rivojlanganlik darajasi, ma'naviy-axloqiy sifatlari, ijtimoiy yetukligini baholay olishni
nazarda tutadi. Agarda qo'yilayotgan talablar yoki ta'limning tashkiliy tuzilishi
o'quvchilarning yoshi imkoniyatlaridan ortda qolsa yoki ilgarilab ketsa, o'quv
faoliyatining samarasi pasayadi. Individual yondashish o'quvchilarning murakkab
ichki dunyosini o'rganish, yuzaga kelgan munosabatlar tizimini tahlil qilish va shaxs
shakllanishi sodir bo'ladigan ko'p turdagi sharoitlarni aniqlashni talab etadi.
Oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning birgaligi tamovili
pedagog tarbiyalanuvchini shaxs sifatida hurmat qilishi zarur. Oqilona talabchanlik
Ilmiybaza.uz
maqsadga muvofiq bo'lsa, ta'lim-tarbiya jarayoni, shaxsning to'liq va barkamol
rivojlanishini ta'minlay olsa samarasi ancha yuqori bo'ladi. O'quvchilarga nisbatan
talabchanlik ularni tartibli, intizomli bo'lish, burchlarni o'z vaqtida bajarish
ko'nikmalariga ega bo'lishlarini ta'minlashi lozim. Shaxsga hurmat insondagi ijobiy
xislatlarga tayanishni ko'zda tutadi.
Hamkorlik tamovili ta'lim jarayonida shaxsning ustuvor mavqeini ta'minlash,
uning o'z-o'zini anglashini anglatadi. Bu tamoyil o'zaro munosabatlar jarayonida
subyektlar o'rtasidagi aloqalarning dialog shakli, shaxslararo munosabatlar
mazmunida esa empatiya (yunoncha «empathlia» — birgalikda tashvishlanish,
ya'ni, boshqa odamning tashvishlarini tushunish)ning ustunligiga erishishni talab
etadi.
Ta'lim tushunchasining mazmuni, mohiyati va tarixiy xususiyatlari.
Ta'lim o'quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish
qobiliyatlarini o'stirish, ularning amaliy ko'nikma, malakalari va dunyoqarashini
shakllantirishga yo'naltirilgan jarayon bo'lib, ushbu tushuncha negizida shaxsning
tanqidiy fikrlashi, yaratishi, borliqda sodir boiayotgan hodisalarni o'zaro aloqadorlik
nuqtayi nazaridan baholay olishi ham aks etadi.
Ta'lim tushunchasi, shuningdek, ajdodlar tomonidan to'plangan ijtimoiy
ahamiyatli tajribalarning avlodlarga doimiy uzatilishini ta'minlovchi tizimli jarayoni
ham sanaladi..
Shaxsni ijtimoiylashtirish uni jamiyat tomonidan tan olingan xulq-atvor
me'yorlari, bilim hamda qadriyatlartizimini o'zlashtirishdan iborat ijtimoiy hayotga
jalb etish jarayonidir.
Ta'lim mazmuni tizimlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalar, qarashlar,
ishonchlar to'plami, o'quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish natijasida erishilgan
amaliy tayyorgarlikning ma'lum darajasi bilan belgilanadi.
Ta'lim mazmunining asosiy tarkibiy qismlaridan bin bo'lgan bilimlar muhim
ijtimoiy qadriyat ham sanaladi. U individning ijtimoiylashishi, odamning sotsium
(ijtimoiy muhit)ga kirishiga yordam beradi. O'tgan asrda ta'lim mazmunini
siyosiylashtirishga, urinishga qaratilgan harakatlarning yuzaga kelganligi uning
mazmunini belgilashda ekstensiv vondashish (miqdoriy — sonini ko'paytirish)
yetakchi o'rin egalladi. Natijada ta'lim mazmuni o'quv fanlari sonining doimiy ortib
Ilmiybaza.uz
borish hisobiga kengaytirildi, ta'lim jarayonida tayyor bilimlarni berish asosida,
o'quvchilarda bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirishga e'tibor qaratilib,
o'quvchi shaxsini rivojlantirish masalasi o'z yechimini topmadi.
So'nggi yillarda, ta'limni insonparvarlashtirish yo'lida, ta'lim mazmunini
aniqlashda shaxsga-yo'naltirilgan yondashuv asosiy o'rinni egallay boshladi. Bunday
yondashish V.V.Krayevskiy, I.Ya.Lerner, M.N.Skatkin (Rossiya); M.Ochilova,
N.N.Azizxo'jayeva,
N.Sayidahmedov,
F.R.Yuzlikayev
(O'zbekiston)larning
ishlarida o'z aksini topdi.
Masalan, V.V.Krayevskiy, I.Ya.Lernerlar ta'lim mazmuni deganda shaxsni har
tomonlama rivojlantirishni ta'minlovchi pedagogik bilim, ko'nikma va malakalar
to'plami, ijodiy faoliyat tajribasi hamda emotsional-irodaviy munosabat tajribasini
tushunadilar.
Demak, shaxsga yo'naltirilgan yondashishga muvofiq ta'lim mazmuni
mohiyatini aniqlashda asosiy qadriyat bilim emas, balki odamning o'zi hisoblanadi.
Bunday yondashuv shaxsning ta'lim olish, ma'naviy, madaniy va hayotiy talab-
ehtiyojlarini qondirish, rivojlanayotgan shaxsga nisbatan samimiy munosabatda
bo'lishi ta'lim mazmunini erkin tanlash imkonini beradi.
An'anaviy pedagogika deyarli faqat odamning ijtimoiy mohiyatini tan olganligi
bois, ta'limning maqsadi insonning jamiyat a'zosi sifatida rivojlanishi, unda ijtimoiy
ahamiyatli sifatlarining shakllanishi hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida, O'zbekiston Respublikasida ta'lim jamiyat va davlatning
ma'naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy rivojlanishi asosi deb e'lon qilindi. Ta'limning
maqsadi mustaqil fikrlaydigan, ma'naviy-axloqiy jihatdan yetuk, har tomonlama
rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limning umumiy vazifalari quyidagilardan
iborat:
—
aholi milliy-madaniy ehtiyojlarini qoniqtirish, jismoniy va ma'naviy
sog'lom avlodni tarbiyalash;
—o'quvchilar tomonidan ijtimoiy va ishlab chiqarish talablari bilan belgilanadigan
bilimlar tizimini o'zlashtirilishini ta'minlash;
—ularda ilmiy dunyoqarash, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy madaniyat, ijodiy, erkin
fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish, ularning mustaqil bilimlarini oshirib borishi;
Ilmiybaza.uz
—yoshlarda Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, fuqarolik dunyoqarashi,
insoniy qadr-qimmat, demokratik o'zini boshqarishda ishtirok etish, shuningdek, o'z
harakatlari uchun javobgarligini yuzaga keltirish.
Ana shu umumiy vazifalar bir qator alohida masalalardan iborat bo'ladi. Ular
o'quv fanlari mazmunida uyg'unlashtiriladi.
Ta'lim turlari va ko'rinishlari. Yevropa va Sharq, Osiyo va Amerika
mamlakatlarida ta'lim turlari tarixiy taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan. Birinchi turi
mifologik ta'lim bo’lib, unda dunyoning mohiyati ertak, afsona, doston, qissa hamda
qo'shiqlar shaklida o'rganilgan.
Keyingi tarixiy turi sxolastik ta'lim bo'lgan. Uning mohiyatiga ko'ra ta'limda
matn madaniyati va yer, osmon haqidagi bilimlar so'z bilan ifodalanib, xotira va
irodani mashq qildirish asosida yosh avlodga inson mavjudligi va u tomonidan
tashkil etiladigan faoliyat mazmuni haqida bilimlar berilgan, savodxonlik va nutq
madaniyatiga o'rgatilgan.
Ta'limning uchinchi tarixiy turi — ma'rifatparvarlik bo’lib, u dunyoviy bilimlar
yaratilgan davrda yuzaga kelgan. XX asrdan boshlab esa turli ta'lim paradigma
(model)lari, turlari va ko'rinishlarining rivojlanish jarayoni kuzatildi.
Bugungi kunda asoslariga ko'ra ta'limning quyidagi turlari, ko’rinishlari
mavjud:
—ilmiy bilimlarni o'zlashtirilishi turi va sifatiga ko'ra (biologik, matematik, fizik,
iqtisodiy, filologik ta'lim va shu kabi);
—ustuvor mazmunga ko'ra (nazariy va amaliy, gumanitar va boshqalar);
—ijtimoiy faoliyatlarni egallashi turi va mahoratiga ko'ra (musiqiy, badiiy, texnik,
texnologik, pedagogik-tibbiy ta'lim va shu kabilar);
—madaniy qadriyatlarni o'zlashtirishiga ko'ra (an'naviy ta'lim, badiiy-estetik, diniy
ta'lim va boshqalar);
—kishilik jamiyatining madaniy qadriyatlarni o'zlashtirish ko'lamiga ko'ra (milliy,
yevropa, xalqaro, global ta'lim va boshqalar);
—ta'lim tizimi turiga ko'ra (universitet, akademik, litsey, gimnaziya ta'limi va
boshqalar);
—ta'lim mazmuni yo'nalishining ustuvorligiga ko'ra (formal va moddiy, ilmiy va
elementar, gumanitar va tabiiy fanlar, umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar, oliy
Ilmiybaza.uz
va boshqalar);
—ta'lim darajasiga ko'ra (boshlang'ich, to'liqsiz o'rta, umumiy o'rta, o'rta maxsus,
kasb-hunar, oliy ta'lim).
Ta'limning tarixiy xususiyatlari. Ta'lim mazmuni tarixiy xususiyatga ega,
chunki u jamiyat rivojining u yoki bu bosqichida ustuvor o'rin tutuvchi ijtimoiy
maqsad va vazifalar bilan belgilanadi. Bu ta'lim mazmunining ijtimoiy hayot, ishlab
chiqarish va ilmiy bilimlarning rivojlanish darajasi talablari ta'siri ostida o'zgarib
borishini anglatadi. Ta'lim ijtimoiy hodisa sifatida odamlarning bilimlarni
o'zlashtirishga bo'lgan pragmatik (amaliy) ehtiyojlari negizida shakllangan va u
odamlarga hayot faoliyatlarini yo'lga qo'yish uchun zarur. Bilimlarni to'plash va
chuqurlashtirish, jamiyat madaniyatining o'sib borishi bilim tomonidan tashkil
etiluvchi funksiyalari ko'lamini oshishini ta'minlaydi. Mazkur yondashuvlar
(pragmatik va madaniy) kishilik jamiyatining turli bosqichlarida ta'lim mazmuni
yo'nalishlarini belgilab keladi.
O'rta asrda, Yaqin va O'rta Sharqda diniy o'quv muassasalari — madrasalar
ta'lim va fan markazlari bo'lgan. O'zbekistonlik, Rossiyalik va chet el sharqshunos
tadqiqotchilari tomonidan madrasa turidagi o'quv muassasalari aynan Markaziy
Osiyoda yuzaga kelgani va shu yerdan boshqa mamlakatlarga tarqalgani isbotlangan.
Somoniylar davrida (X asr) faqat Samarqandning o'zida 20 ga yaqin madrasalar
mavjud bo'lgan. Abu Ali ibn Sino (980—1037) o'zining «Donishnoma» («Bilimlar
kitobi») nomli asarida mazkur madrasalarda faqat musulmonchilikka oid bilimlar
berilibgina qolmay, balki dunyoviy ilmlar ham o'rganilganligi, ilmiy tadqiqotlar olib
borilganligi, ularning negizida ilmiy maktablarning yuzaga kelganligi qayd etiladi.
O'z davrida madrasalarda o'qitilishi yo'lga qo'yilgan fanlarni Abu Ali ibn Sino
quyidagi
tizimlar
bo'yicha
ajratadi:
odob
(xulq
etikasi),
astronomiya,
tibbiyotshunoslik, til va tilning grammatikasi, fiqh (musulmon qoninchiligi).
Alloma tomonidan taklif etilgan tarbiya turlari esa quyidagilardan iborat: 1)
aqliy tarbiya; 2) jismoniy sog'lomlashtirish; 3) estetik tarbiya; 4) ma'naviy tarbiya; 5)
hunarga o'rgatish. Abu Ali ibn Sino tomonidan taklif etilgan tarbiya turlari Markaziy
Osiyoda, Uyg'onish davrida (IX— X asr) ta'limning insonparvarlik va shaxsning
barkamol rivojlanishi borasidagi g'oyalarga asoslangan edi deyishga imkon beradi.
Sharqdagi Uyg'onish davri Sharq mutafakkirlari — Muahammad Muso al-
Ilmiybaza.uz
Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylar o'zlarining
ta'limiy qarashlarida birinchi o'ringa inson shaxsini qo'yadilar hamda bolalarni har
tomonlama, jismoniy va estetik kamolotga erishishlari, shuningdek, tillarni
bilishlarini zarur deb hisoblaydilar. Aqliy ta'limni tashkil etuvchi fanlar sirasiga
matematika, astronomiya, mexanika va tabiatshunoslik kabi tabiiy-ilmiy fanlarni
kiritadilar.
Allomalar bolaga hurmat bilan munosabatda bo'lish g'oyasini ilgari suradilar,
sxolastik o'qitish va qat'iy intizomga qarshi chiqadilar. Ularning fikricha, o'qish
bolada bilimlarga qiziqishni uyg'otishi kerak.
Muhammad Tarag'ay Ulug'bekning (1394—1449-yillar) Samarqanddagi
faoliyati XlV-XVasrlarda madrasalarning fanlar rivojini ta'minlovchi markazlari
vazifasini bajarganligini ko'rsatadi. Muhammad Tarag'ay Ulug'bek Samarqandning
hukmdori bo'lishi bilan birga astronom, matematik va tarixchi sifatida mashhur
bo'lgan. Shuningdek, allomaning mohir pedagog ham bo'lganligini tarixiy dalillar
qayd etadi. Chunonchi, alloma ko'plab iste'dodli yoshlarni tarbiyalagan. U odamlar,
ayniqsa yoshlarning ilmiy bilimlarni o'rganishlariga katta ahamiyat bergan.
Alloma o'z davlatida ta'lim sohasida jiddiy islohotlarni tashkil etdi. U
madrasaiarni davlat ta'minotiga o'tkazdi, mudarris (o'qituvchi)larga oylik ish haqi
belgilagan, shogird (talaba)larga stipendiya ajratgan.
Muhammad Tarag'ay Ulug'bek madrasa o'quv rejasiga quyidagi fanlar: arab tili,
adabiyot, Qur'on, Hadis, ritorika, mantiq, falsafa, fiqh (qonunchilik), metafizika,
matematika, astronomiya, tibbiyot, geografiya, tarix kabi fanlarni kiritadi.
Mutafakkir tomonidan barpo etilgan hamda o'zi bevosita ta'lim bergan
madrasalarda o'qish quyidagi bosqichlardan iborat bo'lgan:
1. «Anda» (kichik) — o'qish muddati 2 yil.
2. «Aust» (o'rta) — o'qish muddati 3 yil.
3. «A'lo» (oliy) — o'qish muddati 3 yil.
Bunday yondashuvda, bugungi kun nuqtayi nazaridan aytganda bakalavriat va
magistratura ko'zga tashlanadi. Ayni vaqtda ular o'rta asr yevropa universitetlari
uchun ham xos bo'lgan.
Buyuk iste'dod egasi sifatida alloma o'z davridan bir necha asrlarga o'zib
ketgan. Deyarli 600 yil avval Muhammad Tarag'ay Ulug'bek quyidagi aksiomani
Ilmiybaza.uz
ilgari surgan: bilim olishga intilish davlat ravnaqiga yo'l demakdir. Iqtisodiy
rivojlangan mamlakatlarning hozirgi tajribasi mazkur fikrni to'la tasdiqlaydi.
Yevropa uyg'onish davri (XIV—XVI asrlar) ma'rifatparvarlari XVIII—XIX
asrlarda ham shaxsning barkamol rivojlanishi g'oyalarini ilgari surganlar. Misol
uchun, Italiya ma'rifatparvari V. De Feltre (XV asr) «Quvonch maktabi»ni tashkil
etadi. Bu maktabda bolaga erkin jismoniy va aqliy rivojlanish imkoni berilgan.
J.J.Russoning erkin tarbiya nazariyasi, I.G.Pestalotsining odamni faol hayotiy
faoliyatga jalb etish yo'li bilan uni rivojlantirish haqidagi g'oyasi XX asr
pedagogikasining rivojiga o'z ta'sirini ko'rsatdi.
Ta'lim nazariya (konsepsiya)lari mazmuni. An'anaviy pedagogikada formal va
moddiy ta'lim nazariyasi keng tanilgan. Bu nazariyalarning mohiyati nima va o'rta
ta'lim mazmuniga qanday ta'sir etadi?
Formal ta'lim nazariyasiga Djon Lokk (XVII asr), Pestalotsi, Kant va Gerbart
(XVIII-XIX asrlar) asos solganlar. XVIII asrning oxirlarida didaktik formalizm
nazariyasi
(konsepsiyasi)
vujudga
keldi
(bu
nom
E.Shmit
va
A.A.Nemeyerning«npHHij,Hnbi BocnuraHMH H o6yiieHHH» asarida tilga olinadi).
Konsepsiya tarafdorlari ta'limni o'quvchilarning iqtidori va qiziqishlarini
rivojlantiruvchi vositasi sifatida e'tirof etadilar. Keyinchalik bu ta'limot formal ta'lim
nazariyasi sifatida shakllantirildi. Didaktik formalizm tarafdorlarining asosiy g'oyasi
qadimiy olim Geraklit tomonidan aytilgan (ko'p bilim aqlni kuchaytirmaydi)
fikrlariga asoslanadi. Keyinchalik bu g'oyani I.Kant va I.G.Pestalotsilar
rivojlantirishdi. Ular o'qitishning asosli maqsadi, eng avvalo, o'quvchining iqtidorini
rivojlantirish o'quvchining to'g'ri tafakkur yuritishini kuchaytirish bo'lishi shart deb
hisoblaydilar.
Ushbu nazariya tarafdorlari falsafiy ratsionalizm (lotinchada «rationalts» -
aqlli)ga tayanadilar va bilim manbayi aqldir, bilim faqat aqlning mustaqilligida
tug'iladi, shu bois ta'lim o'quvchilarning ma'lum bilimlarni egallab olishlari emas,
balki ularning aqlini o'stirish, ya'ni, analiz, sintez, mantiqiy fikrlash layoqatlarini
rivojlantirish kabi vazifani hal etishi zarur deb hisoblaydilar. Ularning fikricha,
fikrlashni rivojlantirish vositasi tillar, ayniqsa, qadimiy yunon va lotin tili,
shuningdek, matematikani o'rganish lozim. Formal ta'lim elementlaridan hozirgi
kunda ham foydalaniladi. Angliyadagi grammatik maktablarda, ushbu nazariya
Ilmiybaza.uz
g'oyalari asosida ish ko'riladi.
XVII asr oxiri — XIX asr boshlarida moddiy ta'lim nazarivasi jadal rivojlandi.
Nazariyaning paydo bo'lishiga sanoat va uning ilmiy-texnik asoslari rivojlanishi asos
bo'lib xizmat qildi. Binobarin, sanoatning jadal rivojlanishi tabiiy fan, texnik va
amaliy tayyorgarlikka ega bo'lgan odamlarni tayyorlash masalasini kun tartibiga olib
chiqdi. Pedagogika tarixida bu nazariya (konsepsiya) didaktik materializm nazariyasi
sifatida ham mashhurdir. Ushbu nazariya tarafdorlari (ularni «ensiklopedistlar» deb
ham ataganlar), xususan, ingliz shoiri va tarixchisi Dj.Milton, nemis pedagogi
N.B.Besedovlar maktabning asosiy maqsadi o'quvchilarga bilimlar berish deb
hisoblaganlar hamda o'zlari o'qitadigan fanga iloji boricha ko'proq materiallarni
kiritishga intilganlar. Maktab ta'Iimi mazmunini shakllantirishga bunday
yondashishning samarasi kam bo'lib chiqdi, chunki o'quvchilarga juda ko'p
axborotlar beriladi. Natijada axborotlar qisman va yuzaki o'zlashtiriladi.
Bu nazariyaning boshqa tarafdorlari empirizm g’oyalarini ilgari suradilar
(lotincha «empiria» - tajriba). Faylasuf-empiristlar, xususan ingliz faylasufi
G.Spenser (1820-1903-yillar) bilish tajriba chegarasidan chiqa olmaydi va bilim
manbayi faqat tajriba hisoblanadi, deya ta'kidlaydilar. Bundan quyidagi pedagogik
xulosalar chiqariladi: o'quvchilarni asosan tabiiy-ilmiy bilimlar bilan qurollantirish
kerak, ta'lim materiallarini tanlash uchun esa hayotga, kelajakda o'quvchilarning
amaliy faoliyatlari uchun zarur bo'lgan bilimlarga murojaat qilish kerak. Moddiy
ta'lim nazariyasi real vo'nalish deb ataluvchi maktab ta'Iimi asosini tashkil etadi.
Masalan, XIX asr oxirlari XX asr boshlarida Rossiya va Turkistonda real gimnaziya
va real bilim yurtlarida o'qitish qadimgi va g'arbiy Yevropa tillarini o'rganishga emas,
balki tabiiy-ilmiy fanlar (matematika, fizika, ximiya va boshqalar) hamda amaliy
xususiyatli fanlarni o'zlashtirishga asoslangan.
Formal va moddiy ta'lim nazariyalarini K.D.Ushinskiy va A.Avloniylar juda
asosli tanqid qiladilar. K.D.Ushinskiy bilimlarni o'zlashtirishdan uzoq bo'lgan
formal deb ataluvchi rivojlanish o'ylab topilgan yolg'on deb aytadi. Har bir fan biror-
bir boshqa narsa bilan emas, balki o'zining mazmuni bilan rivojlantirishini
ta'kidlaydi. Shunday ekan, maktab faqatgina rivojlantiribgina qolmay, balki ularning
keyingi faoliyatlarida foydali bo'ladigan bilimlarni ham berishi kerak. O'zbek
pedagogi Abdulla Avloniy ham (1878—1934-yillar) ana shunday fikrni bildirgan. U
Ilmiybaza.uz
o'zining «Turkiy guliston yoxud axloq» nomli asarida «... bilim bizning aqlimizni va
bizning xotiramizni qilich kabi o'tkir qiladi. Bilim, fanni egallash taraqqiyot yo'lida
bizning ilgari qadam tashlashimiz shartidir.... Bilimsiz odam bu mevasiz daraxtga
o'xshaydi» deb yozadi. Shu bilan bir vaqtda A. Avloniy fanni o'zlashtirishga
faqatgina xayoliy amaliyoti uchun utilitar (foydali) yaroqliligi nuqtayi nazaridan
yondashish mumkin emas deb hisoblaydi. U hayot bilan to'g'ridan to'g'ri bog'liq
bo'lmagan bilimlar ham bor va ular amaliy bilimlardan kam bo'lmagan ahamiyatga
ega deb hisoblaydi. Misol uchun qadimgi tarixdan amaliy faoliyatda foydalanib
bo'lmaydi, lekin uni o'rganish kerak va foydalidir: uni (tarixni) bilish o'quvchilarning
bilimlarini kengaytiradi, dunyoqarashini shakllantiradi.
XX asr boshlarida, chet el va ayniqsa amerika pedagogikasida maktab ta'Iimi
masalalari bo'yicha pragmatik (yunoncha «pragma» - harakat, amaliyot) g'oyasi keng
tarqaldi. Pedagogikada mashhur pragmatizm tarafdori Djon Dyun (1859— 1952-
yillar) maktab ta'limining o'z konsepsiyasini yaratishga ko'p urindi. Bu yo'nalishlar
vakillari (Dj.Dyun, G.Kershenshteyner) o'qitish bu o'quvchining «tajribasini qayta
tashkil etish» uzluksiz jarayoni deb hisoblaydiiar.
O'qitishni Dyun kundalik hayotdan olingan amaliy masalalarni hal etishga oid
bolalar faoliyatini tashkil etish sifatida tushunadi. Bu nazariyaning asosiy
boshlang'ich qoidalari quyidagilardan iborat deb hisoblangan: «Oldindan tuzilgan
o'quv kurslari kerak emas», «0'qitish materiallarini bolaning tajribasidan olish
kerak», «Bola o'qitishning sifati kabi miqdorini ham belgilashi kerak», «Bajarish
yordamida o'qitish - maktabda asosiy metod». Shunday qilib, Dyun maktabda ta'lim
va alohida fanlar aniq belgilangan mazmuni zarurligini rad etadi, ilmiy ta'limni tan
olmaydi va o'qishni tor hamda o'quvchilarning qiziqishlariga asoslangan
praktitsizmidan iborat deb hisoblaydi.
Mazkur nazariya asosida uning izdoshi Uilyam Kilpatrik 20-yillarda
«o'qitishning loyihali tizimi» (yoki loyihalar metodoni ishlab chiqdi, uning mazmuni
o'z qiziqishlaridan kelib chiqib bolalar o'qituvchi bilan birga qandaydir amaliy
masalaning yechimini loyihalashtirishlaridan iborat. Misol uchun, o'yinchoq
uychaning qurilishi amaliy faoliyatga kiritiladi va uning davomida til, matematika,
boshqa fanlar bo'yicha u yoki bu ma'lumotlarni bilib oladilar. Bu nazariya ommaviy
maktabda ta'lim darajasini pasaytirishi mumkinligini tushunish qiyin emas.