Didaktika - pedagogik ta’lim nazariyasi. O’qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida. O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi mazmuni. Davlat ta’lim standarti
Yuklangan vaqt
2024-10-17
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
30
Faytl hajmi
45,9 KB
Didaktika - pedagogik ta’lim nazariyasi. O’qitish jarayoni yaxlit tizim
sifatida. O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi mazmuni. Davlat ta’lim
standarti
Reja:
1. Didaktika tushunchasi, mazmuni va uning mohiyati.
2. O‘qitish jarayoni. Didaktikaning asosiy kategoriyalari.
3. Zamonaviy ta’lim paradigmalari.
4. O‘qitish jarayoni bosqichlari va uning vazifalari.
5. Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari.
Didaktikaning tashkil topishi va rivojlanishi. Insonning faoliyatida o'qitish
har doim juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Ta'lim tasodifiy, intuitiv xususiyatga
ega bo’lganda ham va asosan tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan
iborat bo'lganda ham shunday bo'lgan; keyinchalik ham, ta'lim maqsadga muvofiq
muntazam va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo'lganida ham
shunday bo'lgan. Biroq uzoq vaqt davomida ta'limni nazariy tahlil qilish va o'rganish
ishlari olib borilmadi, shuning uchun o'z nazariyasiga ega bo'lmadi. Faqatgina XVII
asr bu sohada muhim o'zgarishlar olib keldi: aynan o'sha paytda ta'lim alohida nom
oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi.
Didaktika (ta'lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos» «o'rgatuvchi», «didasko» esa -
«o'rganuvchi» ma'nosini bildiradi) ta'limning nazariy jihatlari (ta'lim jarayonining
mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o'qituvchi va o'quvchi faoliyati mazmuni, ta'lim
maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta'lim jarayonini takomillashtirish yo'llari
va hokazo muammolar)ni o'rganuvchi fan.
Bu tushunchani buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592— 1670-
yillar) «Buyuk didaktika» (1657-yil) nomli mashhur asarida tilga oladi. Lekin
Komenskiy «didaktika bu faqat ta'limgina emas, balki tarbiyalash ham», deb
ta'kidlaydi. Mazkur asarda olim ta'lim nazariyasining muhim masalalari: ta'lim
mazmuni, ta'limning ko'rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi
borasida so'z yuritadi.
Didaktikaning predmeti, funksiyalari va vazifasi. Pedagogika fani ta'lim va
tarbiya jarayonini ularning yaxlitligi va birligi asosida o'rganadi.
Ikki faoliyatning har birining mohiyatini aniq bayon etish uchun didaktika (ta'lim
nazariyasi) va tarbiya nazariyasini ajratib ko'rsatadilar. Hozirgi davrda didaktika
o'qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi
pedagogika sohasi sifatida tushuniladi.
Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo'yicha
ta'lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud.
Ularning mazmuni ta'limning ma'lum bosqichlarida u yoki bu fanlarni o'rganish va
ta'lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi. Har bir o'qituvchi didaktika asoslarini
puxta bilishi va ularga tayangan holda faoliyatni tashkil etishi zarur.
Didaktika predmetini aniqlash bo'yicha turli qarashlar ilgari surilgan. Qarashlarning
turlicha bo'lishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq ajratilmaganligi
bilan bog’liq.
Ko'pchilik olimlar ta'lim obyekti deb o'qitish jarayonining maqsadi, mazmuni,
qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko'rsatadilar.
Didaktika ta'limni ijtimoiy tajriba berish vositasi sifatida e'tirof etadi. Ta'lim
yordamida yoshlarni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Ta'limiy faoliyatni
tashkil etishda o'qituvchi - o'quvchi, o'quvchi -o'quv materiali, o'quvchi — boshqa
o'quvchilar o'rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi.
Pedagogik adabiyotlarda ulardan qaysi biri didaktika uchun asosiy hisoblanishi
kerakligi borasida ham turli fikrlar keltiriladi hamda o'quvchining o'quv materialiga
bo'lgan munosabati, ya'ni, bilimlarni o'rganish munosabatini asosiy deb e'tirof
etuvchi qarashlar soni nisbatan ko'p.
Darhaqiqat, o'qish, o'rganish ta'lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ta'limga
psixologiya nuqtayi nazaridan yondashilsa, ushbu munosabatning ustuvorligiga
shubha qolmaydi. Biroq, ta'limga pedagogik, ya'ni, ijtimoiy tajribani berish,
o'rgatish nuqtayi nazaridan qaralsa faoliyat uchun asosiy sanaluvchi munosabat -
ikki shaxs (o’quvchi va o'qituvchi) o'rtasidagi munosabatlar yetakchi o'rin egallashi
lozim ekanligi anglanadi.
Didaktika predmetining mohiyatini ochishga xizmat qiluvchi yana bir qarash
ta'lim-tarbiya jarayonini yaxlit o'rganish zarurligini ilgari suradi. Ta'limning
tarbiyaviy vazifalari o'quvchining bilimni o'zlashtirishlarini ta'minlabgina qolmay,
shaxs xususiyati, uning rivojlanishi, ma'lum ma'naviy-axloqiy sifatlarni o'zlashtirishi,
fe'1-atvori, xulqini tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitni yaratishdan iborat.
Didaktikaga ta'limning mazmunli va jaravonli jihatlarini birgalikda o'rganish
xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda
tutgan holda didaktika ta'limni faqatgina o'rganish obyekti sifatidagina emas, balki
ilmiy asoslangan loyihalashtirish obyekti sifatida qaraydi.
Umumiy didaktikaning predmeti dars o'tish (o'qituvchi faoliyati) va bilim olish
(o'quvchining o'rganish faoliyati)ning o'zaro bog'liqligi va aloqadorligi hisoblanadi.
Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat:
—ta'lim jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta'riflash va tushuntirish;
—ta'lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya'ni, ta'lim tizimlari va
texnologiyalarini ishlab chiqish;
—ta'lim jarayoni uchun xos bo'lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini
tahlil qilish va ta'riflash.
Didaktika nazariy va bir vaqtning o'zida me'yoriy-amaliy fan. Didaktikaning ilmiy-
nazariy vazifasi ta'limning mavjud jarayonlarini o'rganish, uning turli jihatlari
o'rtasidagi bog'liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari
va kelajagini aniqlashdan iboratdir.
O'zlashtirilgan nazariy bilimlar ta'lim amaliyotini yo'naltirish, ta'limni jamiyat
tomonidan qo'yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon
beradi. Ta'lim mazmunini anglab olish, ta'lim tamoyillari, ta'lim metod va
vositalarini qo'llash me'yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me'yoriy hamda
tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari va didaktik tushunchalar tizimi.
Muayyan fanga xos bo’lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy
taraqqiyot jarayonida to'plangan bilimlar aks etadi. Mavjud ilmiy tushunchalar ikki
asosiy guruhga ajratiladi:
1) falsafiy tushunchalar;
2) xususiy ilmiy, ya'ni, muayyan fangagina xos bo'lgan tushunchalar. Didaktika
uchun «umumiy va alohida», «mohiyati va hodisa», «qarama-qarshilik»,
«bog'liqlik» kabi falsafiy tushunchalar ham muhim ahamiyatga ega.
Didaktikada qo'llaniladigan umumiy-ilmiy tushunchalar orasida «tizim»,
«tuzilma», «vazifa», «element» kabilar alohida o'rin tutadi. Pedagogikaga xos
didaktik tushunchalar sirasiga quyidagilar kiradi:
ta'lim — o'quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko'nikma va
malakalarni
shakllantirish,
ularning
bilish
qobiliyatlarini
o'stirish
va
dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo'naltirilgan jarayon;
dars — bevosita o'qituvchi rahbarligida muayyan o'quvchilar guruhi bilan olib
boriladigan ta'lim jarayonining asosiy shakli;
bilim olish — idrok etish, o'rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-
atvor hamda faoliyat ko'nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud
bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;
ta'lim jarayoni — o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy
bilimlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon.
o'quv fani - ta'lim muassasalarida o'qitilishi yo'lga qo'yilgan hamda o'zida muayyan
fan sohasi bo'yicha umumiy yoki mutaxassislik bilim asoslarini jamlagan manba.
ta'lim mazmuni — davlat ta'lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda
ma'lum sharoitda muayyan fanlar bo'yicha o'zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy
bilimlar mohiyati.
Didaktikada «idrok etish», «o'zlashtirish», «mahorat», «rivojlanish» va boshqalar
(psixologiya) hamda «boshqarish», «qayta aloqa» (kibernetika) kabi turdosh
fanlarga xos bo'lgan tushunchalar ham qo'llaniladi.
Didaktikaning tushunchali-terminologik tizimi muntazam yangilanib va
to'ldirilib borilmoqda. Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat:
dars, bilim olish, ta'lim, bilim, ko'nikma, malaka, ta'lim maqsadi, ta'lim mazmuni,
ta'lim jarayoni, ta'lim jarayonini tashkil etish, ta'lim turlari, shakllari, metodlari va
vositalari, ta'lim natijasi.
So'nggi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta'limning didaktik tizimi va
ta'lim texnologiyasi kabi tushunchalarni ham kiritish taklifi ilgari surilmoqda.
bilim — shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma'lum obrazlar ko'rinishida aks
etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma'lumotlar majmui; bilim olish -
idrok etish, o'rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda
faoliyat
ko'nikma,
malakalarining
mustahkamlanib,
mavjud
bilimlarning
takomillashib, boyibborish jarayoni;
ko'nikma - olingan bilimlarga asoslanib qo'yilgan vazifalar va shartlarga binoan
bajariladigan harakatlar yig'indisi;
malaka - ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi;
ta'lim - o'quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko'nikma va
malakalarni
shakllantirish,
ularning
bilish
qobiliyatlarini
o'stirish
va
dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo'naltirilgan jarayon;
ta'lim metodlari - ta'lim jarayonida qo'llanilib, uning samarasini ta'minlovchi
usullar majmui;
ta'lim mazmuni - shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama
rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik
darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati;
ta'lim vositalari - ta'lim samaradorligini ta'minlovchi obyektiv (darslik, o'quv
qoilanmalari, o'quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproektor,
magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, komputer va boshqalar) va
subyektiv (o'qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid
misollar va hokazolar) omillar;
ta'lim iarayoni - o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy
bilimlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan pedagogic jarayon;
ta'lim mazmuni - davlat ta'lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma'lum
sharoitda muayyan fanlar bo'yicha o'zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar
mohiyati;
ta'lim maqsadi (o'qish. bilim olish maqsadi) - ta'limning aniq yo'nalishini belgilab
beruvchi yetakchi g'oya;
ta'lim natijasi (ta'lim mahsuli) - ta'lim yakunining mohiyatini qayd etuvchi
tushuncha; o'quv jarayonining oqibati; belgilangan maqsadni amalga oshirish
darajasi;
ta'limni boshqarish - ta'lim muassasalarining faoliyatini yo'lga qo'yish, boshqarish,
nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash;
ta'lim tizimi — yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish yo'lida davlat tamoyillari asosida
faoliyat yuritayotgan barcha turdagi o'quv-tarbiya muassasalari majmui.
Didaktik nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari.
Ta'lim jarayoni psixologik-pedagogik konsepsiyalar (ular aksariyat hollarda
didaktik tizimlar ham deb ataladi) asosida tashkil etiladi.Didaktik tizim (yunoncha
«systema» — yaxlit qismlardan tashkil topgan, birlashtirish) — ma'lum mezonlari
asosida ta'lim jarayonining yaxlit holatini belgilash, ajratib ko'rsatish demakdir. U
ta'limning maqsadi, tamoyillari, mazmuni, shakli, metod va vositalarining birligi
asosida tashkil etilgan tuzilmalarning ichki yaxlitligini ifodalaydi. Tadqiqotchilar
mavjud didaktik konsepsiya (tizim)larni umumlashtirib quyidagi guruhlarga
ajratadilar: an'anaviy; progressiv; zamonaviy.
An'anaviy didaktik tizimning yaratilishi nemis faylasufi, psixolog va
pedagog I.F.Gerbart (1776-1841-yillar) nomi bilan bog'liq. U Ya.A.Komenskiyning
sinf-dars an'anaviy tizimini tanqidiy nuqtayi nazardan qayta asoslab, etika va
psixologiyaning nazariy yutuqlariga tayangan holda ta'lim tizimini yaratdi.
I.F.Gerbart ta'lim tizimining asosiy belgisi quyidagilardan iborat: o'quvchilarning
intellektual rivojlanishini ta'minlash maktabning asosiy vazifasi; bolani tarbiyalash
esa oilaning vazifasidir.
Progressiv (pedosentrik) tizim bolaning bilim olishida faoliyatining asosiy rol
o'ynashini e'tirof etadi. Mazkur tizim asosini D.Dyui tizimi, G.Kershteynning
mehnat maktabi, V.Lay nazariyalari tashkil etadi.
Zamonaviy didaktik tizim. XX asrning 50-yillarida psixolog va pedagog B.Skinner
qismlarga bo'lingan axborotlarni yetkazish, bu jarayonni muntazam nazorat qilish
asosida materialni o'zlashtirishda samaradorlikka erishish g'oyasini ilgari suradi.
Mazkur g'oya keyinchalik dasturiy ta'lim deb ataladi. Keyinchalik N.Krauder
nazorat natijalariga qarab o'quvchiga mustaqil ishlash uchun turli materiallarni taklif
etadigan tarmoqlashtirilgan dasturlarni yaratdi.
D.Dyuining nazariy g'oyalari muammoli ta'limning asosi bo'lib qoldi. Bugungi
kunda muammoli ta'lim deb nomlanuvchi, ushbu g'oya o’qituvchi rahbarligi ostida
muammoli vaziyatni yaratish va ularni hal etishda o'quvchilarning faollik va
mustaqilliklarini ta'minlashga enshishni nazarda tutadi. Muammoli ta'limning
vazifasi faol o'rganish jarayonini rag'batlashtirish, o'quvchilarda fikrlash,
tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
L.V.Zankovning (1901 —1977-yillar) rivojlantiruvchi ta'lim konsepsivasi XX
asrning 50-yillarida keng tarqaldi. Uning g'oyalarini amalga oshirish ta'lim
jarayoniga insonparvarlik g'oyasini singdirish, shaxsni barkamol rivojlanishi uchun
zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi.
Zamonaviy pedagogikada ta'lim paradigma (modeli)lari. Pedagogik
paradigma (yunoncha «paradeigma» — misol, namuna) — pedagogika fani
rivojining ma'lum bosqichida ta'limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish
namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy pedagogik hamjamiyat tomonidan e'tirof
etilgan nazariy hamda metodologik ko'rsatmalar to'plami bo'lib, u ta'limning
konseptual modeli sifatida qo'llaniladi. Bugungi kunda ta'limning quyidagi
paradigmalari keng tarqalgan:
1. An'anaviy — konservativ paradigma (bilim paradigmasi).
2. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma.
3. Fenomenologik (gumanistik) paradigma.
4. Texnokratik paradigma.
5. Ezoterik paradigma.
Ayni vaqtda ta'lim paradigmalarini belgilashga nisbatan uch xil yondashuv mavjud:
1. Qadriyatli
(aksiologik)
yondashuv-madaniyat
inson
hayotining
mazmuni sifatida tushuniladi.
2. Faoliyatli yondashuv asosan madaniyat moddiy va ma'naviy boyliklarini
yaratishga yo'naltirilgan faoliyatning sinalgan usullari sifatida talqin etiladi.
3. Shaxsiy yondashuv — madaniyat muayyan shaxs timsolida namoyon bo'ladi.
Madaniyatga nisbatan turli yondashuvlarning mavjudligi bir qator paradigmalarning
yaratilishiga zamin yaratadi. Har bir paradigma muayyan ta'limiy muammolarni hal
etishga yo'naltiriladi. Xususan:
—ijtimoiy institut sifatida o'quv muassasalarining vazifalari;
—ta'limning samarali tizimi;
—o'quv yurtlari oldida turgan eng muhim, ustuvor masala;
—ta'limning ijtimoiy ahamiyatli maqsadlari;
—muayyan bilim, ko'nikma va malakalarning qimmatli hisoblanishi.
Ayni vaqtda quyidagi paradigmalar mavjud:
1.
Bilim olishning an'anaviy paradigmasi (modeli) (J.Majo, L.Kro,
J.Kapel va boshqalar) Unga ko'ra ta'limning asosiy maqsadi — «Bilim, qanchalik
qiyin bo'lmasin bilim olish». An'anaviy paradigma maktabning maqsadi yosh
avlodga individual rivojlanishi hamda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yordam
beruvchi madaniy meroslarning muhim elementlari — bilim, ko'nikma va
malakalar, ilg'or g'oyalar va qadriyatlarni saqlab qolish hamda ularni yoshlarga
yetkazish muhim ekanligini yoritadi. Bilim olish paradigmasining asosiy maqsadi:
ta'lim olish, taraqqiyot va madaniyatning eng muhim elementlarini avloddan-
avlodga yetkazish.
2. Ratsionalistik (bixevioristik') paradigma (P.Blum, R.Gane, B.Skinner va
boshqalar). Ratsionalistik paradigma diqqat markazida ta'lim mazmuni emas, balki
o'quvchilar tomonidan turli bilimlarning o'zlashtirilishini ta'minlovchi samarali
usullari yotadi. Ta'limning ratsionalistik modeli asosini B.Skinnerning ijtimoiy
injeneriya bixevioristik (inglizcha behavior — xulqi) konsepsiyasi tashkil qiladi.
Maktabning maqsadi — o'quvchilarda g'arb madaniyati ijtimoiy qoidalari,
talablari va ko'zlagan maqsadlariga mos keladigan moslashtiruvchi «xulqiy
repertuar»ni shakllantirishdir. Shu bilan bir vaqtda, «xulqi» atamasi bilan «insonga
xos hamma ta'sirlanishlar — uning fikrlari, sezgi va harakatlari» ifodalanadi
(R.Tayler).
Bunda ta'limning asosiy metodlari, o'rgatish, trening, test sinovlari, individual
ta'lim, tuzatishlari bo'lib qoladi. Buning oqibatida, ta'limninggina emas, balki dars
berishning ham ijodiy xarakterini aniqlash muammosi muhokama qilinmaydi.
P.Blum barcha o'quvchilar faqat o'zlashtiribgina qolmay, balki muvaffaqiyatli
o'qishlari mumkin deb hisoblaydi. O'quvchining optimal qobiliyatlari ma'lum
sharoitlarda, o'quvchiga ta'lim berish natijasi uning sur'ati bilan aniqlanadi. Olimning
fikricha, ta'lim oluvchilarning 95 foizi ta'lim muddatlariga bo'lgan cheklashlar olib
tashlanganda o'quv kursining butun mazmunini o'zlashtirib olishga qodirlar.
3. Gumanistik (fenomenologik-) paradigmaga ko'ra (A.Maslou, A.Kombs,
K.Rodjers, L.S.Vigotskiy va boshqalar) ta'lim oluvchi erkin shaxs, ijtimoiy
munosabatlar subyekti sifatida o'ziga xos rivojlanish imkoniyatlariga ega. Ular
bolani rivojlantirish maqsadida uni shaxslararo munosabatlar jarayoniga yo'naltiradi.
Ta'limning fenomenologik (fenomen yunoncha «phainomenon» — hisoblangan,
ya'ni, mashhur, alohida nodir odam) modeli o'quvchilarning individual-psixologik
xususiyatlarini hisobga olib, ularning talab va qiziqishlariga hurmat bilan
munosabatda bo'lishni ko'zda tutadi. Uning vakillari o'quvchini nodir shaxs deb
hisoblaydilar. Gumanistik paradigma doirasida faoliyat olib boruvchi har bir ta'lim
tizimi ijodiy rivojlanadi va o'quvchi hamda o'qituvchining erkinligi va ijodkorligini
yoqlaydi.
Gumanistik paradigma g'oyalari 1991-yildan keyin respublika uzluksiz ta'lim
tizimiga joriy etila boshlandi. Paradigmaning diqqat markazida o'quvchining
barkamol rivojlanishi, uning intellektual ehtiyojlari, «erkin fikrlaydigan shaxsni
tarbiyalash» masalasining ijobiy hal etilishi yotadi. Ayni vaqtda, respublika ta'lim
muassasalarida quyidagi g'oyalarga amal qilinmoqda: «Demokratik jamiyatda
bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar
erkin fikrlashga o'rganmasa, berilgan ta'lim samarasi past boiishi muqarrar. Mustaqil
fikrlash ham katta boylikdir».
Ezoterik paradigma (yunoncha «esoterikos» ichki, sirli, yashirin, faqatgina
biluvchilar uchun mo'ljallangan insonning dunyo bilan o'zaro aloqalari yuksak
darajalarini aks ettiradi). Modelning mohiyati haqiqat abadiy va o'zgarmas, doimiy
ekanligini ta'kidlashdan iborat. Paradigma tarafdorlari haqiqatni bilib bo'lmasligi,
unga faqatgina fahmlash asosida erishish mumkinligini ta'kidlaydilar. Pedagogik
faoliyatning oliy maqsadi koinot bilan muloqot, o'quvchining tabiiy kuchlarini ozod
etish va rivojlantirishdan iborat. Shu bilan birga, o'qituvchining himoyalash vazifasi
muhimdir, u o'quvchining mavjud imkoniyatlarini uni ma'naviy, jismoniy, psixik
jihatdan rivojlantirishga yo'naltiradi.
Texnokratik paradigmaning asosiy maqsadi amaliyotni takomillashtirish
asosida ta'lim oluvchilarga «aniq» ilmiy bilimlarni berish va ularning
o'zlashtirilishini ta'minlashdir. Bilim kuchdir, shu bois shaxs qimmati uning
o'rganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shaxs muayyan (o'rtacha,
standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi bo'lsagina qadriyat sifatida e'tirof
etiladi degan g'oya ushbu paradigmaning asosini tashkil etadi.
Noinstitutsional paradigma rivojlana boshladi. U ta'limni ijtimoiy
institutlar, ya'ni, maktab va oliy ta'lim muassasalaridan tashqarida tashkil etish
g'oyasini ilgari suradi. Bu ta’lim «tabiatda» — Internet, «ochiq maktablar» -
komputerlar vositasida ta'lim dasturlariga (masofadan o'qitish) muvofiq o'qitish
samarali deya hisoblaydi.
Ta'lim qonuniyatlari va tamoyillari. O'quv jarayonida amal qiluvchi barcha
qonunivatlar umumiv va xususiv tarziga ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga
ko'ra yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga
ko'ra faqat alohida tarkibiy qismlariga taalluqli bo’lgan qonuniyatlar esa xususiy
(aniq) deb ataladi.
I.P.Podlasiy1 ta'lim jaravonining quvidagi umumiy qonuniyatlarini ajratib
ko'rsatadi:
1. Ta'lim maqsadi quyidagilarga bog'liq: jamiyatning rivojlanish sur'ati va
darajasi, jamiyatning talablari va imkoniyatlari hamda pedagogika fani va
amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasi.
2. Ta'lim mazmuni quyidagilarga bog'liq: ta'limning ijtimoiy ehtiyojlari va
maqsadlari, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur'ati, o'quvchilaming yoshi
imkoniyatlari, ta'lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi, shuningdek,
o'quv yurtining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniyatlari.
3. Ta'lim sifati (samaradorligi) quyidagilarga bog'liq: avvalgi bosqich
mahsuldorligi va mazkur bosqichda erishilgan natijalar, o'rganilayotgan material
xususiyati va hajmi, o'quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta'sir ko'rsatish hamda
o'quvchilaming bilim olishga qobiliyatlari va ta'lim vaqti.
4. Ta'lim metodlari samaradorligi quyidagilarga bog'liq: metodlarni qo'llashda
bilimlari va ko'nikmalari, ta'lim maqsadi, ta'lim mazmuni, o'quvchilaming yoshi,
ta'lim olish imkoniyatlari, moddiy-texnik ta'minot hamda o'quv jarayonini tashkil
etish. Ta'limni boshqarish mahsuldorligi quyidagilarga bog’liq: ta'lim tizimida qayta
aloqalarning intensivligi va tuzatish, ta'sir ko'rsatishlarning asoslanganliligi.
5. Ta'limni rag'batlantirish samaradorligi quyidagilarga bog'liq: ta'limning
ichki rag'batlari (sabablari) hamda tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) rag'batlari.
Zamonaviy fanga aniq qonuniyatlarning ko'plab soni ma'lumdir. Ular qatoriga
quyidagilar kiradi:
1. Didaktik qonuniyatlar.
2. Gnoseologik qonuniyatlar.
3. Psixologik qonuniyatlar.
4. Kibernetik qonuniyatlar.
5. Sotsiologik qonuniyatlar.
6. Tashkiliy qonuniyatlar.
Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o'quv jarayonining umumiy
maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini
belgilovchi boshlang'ich qoidalardir.
Tamoyil (yunoncha «prinsipium») - biror-bir nazariyaning asosi, negizi,
asosiy boshlang'ich qoidasi; boshqaruvchi g'oya, faoliyatning asosiy qoidasi;
umumlashtirilgan talab.
Ta'lim qonuniyatlari va tamoyillarining shakllanish tarixi. Ibtidoiy
jamiyatda insoniyat o'sib kelayotgan avlodga mavjud bilimlarni uzatish asosida
amaliy bilimlari asta-sekin shakllangan. O'sha davrdayoq ta'lim amaliy qoidalari
ishlab chiqilgan va avloddan-avlodga uzatib kelingan.
Antik davrda asosan ajdodlar tajribasi an'analar tarzida umumlashtirilib,
amaliy ta'lim masalalari hal etilgan. Platon va Aristotellar tavsiya hamda qoidalar
to'plami ko'rinishida amaliyotiy ta'lim mohiyatini umumlashtirishga uringanlar.
Sharqdagi Uyg'onish davrida (IX-XI asrlar) arab, musulmon madaniyatining
Yaqin va Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy va ma'naviy madaniyati bilan
birlashishi asosida alohida sinkretik (yunoncha svnkretismos - birlashish. yaxlitlik.
qo'shilish) madanivat birlashgan turi yuzaga kelgan. Allomalar Muhammad al-
Xorazmiy (787-850-yillar), Abu Nasr Forobiy (870-950-yillar), Al-Kindiy (800-
870-yillar), Abu Rayhon Beruniy (973—1050-yillar), Abu Ali ibn Sino (980—
1037-yillar) va boshqalar uning asoschilari sifatida mashhur bo'ldilar. Bu
madaniyatning asosiy markazlari Suriya, Eron, Markaziy Osiyo hududlarida
joylashgan. Sharq mutafakkirlari o'z asarlarida ta'lim usullari, qoidalari, tamoyillari,
metodlari va shakllari asosida ta'lim amaliyotining mohiyatini ifoda etadilar. Biroq
ta'lim masalalari bilan ular maxsus va izchil shug'ullanmaganliklari bois maxsus
didaktik nazariya yaratilmadi. Ta'limni ular fan sifatida emas, boshqa fanlarga
o'rgatish san'ati, hunarmandchilik sifatida tushundilar. Sharq allomalari tomonidan
ilgari surilgan qoida, usul va tamoyillarning aksariyati zamonaviy maktablarda ham
qo'llanilmoqda.
Quyidagi jadvaldan Sharq allomalari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr
Forobiy, Al-Kindiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muslihiddin Sa'diy,
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar ham ta'limning ilmiyligi. ongliligi.
ko'rgazmaliligi, tushunarliligi, ketma-ketligi, muntazamligi. moslashuvchanligi va
mustaqilligi,
shuningdek.
bolaning
individual
xususiyatlari,
lavoqati
va
qobiliyatlarini hisobga olish, ta'limni insonparvarlashtirish kabi qoida va
tamoyillarni ifoda etib berganlari anglanadi.
XVII asrda, pedagogika amaliy tabiatshunoslik sifatida biologiya
qonuniyatlariga bo'ysunishi e'tirof etilgan. Pedagogikani tubdan qayta qurishni chex
olimi Ya.A.Komenskiy va ingliz pedagogi Djon Lokk amalga oshirdilar.
Ular pedagogik qonunlarining quyidagi uch jihatiga ko'ra guruhlaganlar:
1. Itimoiy-tarixiy.
2. Tabiiy-tarixiy.
3. Psixologik.
Keyinchalik bir guruh ilg'or pedagoglar umumiy tamoyillar bilan
qanoatlanmay, didaktik qonuniyatlarini ifoda etishga uringanlar. Xususan,
Ya.A.Komenskiy didaktikaning tematik belgilariga ko'ra guiuhlangan quyidagi
qoidalar tizimini ilgari surdi:
1.«Ta'lim va oson o'qishning asosiy qoidalari» («Buyuk didaktika» -XVII
bob);
2.«Tabiiy o'qish va ta'limning asosiy qoidalari»; «Fanlarga o'qitish san'atining
to'qqiz qoidasi» (XX bob) va boshqalar. Dsterveg tomonidan asoslangan qoidalar soni
33 ta bo'lib, ular muayyan loyihalarga taalluqli ekanligiga ko'ra guruhlarga ajratadi
(birinchi guruh - o'qituvchiga nisbatan, ikkinchisi - dars tashkil etilayotgan fanga
nisbatan, uchinchisi — o'quvchiga nisbatan va hokazolar tarzida). Shu bilan birga
Disterveg mazkur qoidalarning ayrimlarini qonunlar ham deb ataydi.
Ta'lim tamoyillari. Didaktik tamoyillar (didaktika tainoyillari) o'quv
jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga ko'ra tashkil etiluvchi ta'lim
jarayonining tashkiliy shakl va metodlari, asosiy qoidalari mohiyatini belgilovchi
mazmundir. Ta'lim tamoyillarida ta'limning aniq, tarixiy tajribaga asoslanuvchi
me'yoriy asoslari (qoidalari) o'z ifodasini topgan. Ta'lim tamoyillarini bilish o'quv
jarayonini uning qonuniyatlari asosida tashkil etish, uning maqsadlarini asosli
ravishda belgilash va o'quv materialining mazmunini tanlab olish, maqsadga
muvofiq ta'lim shakli va metodlarini tanlash imkonini beradi. Shu bilan birga bu
tamoyillar o'qituvchilar va o'quvchilarga yaxlit jarayonning bosqichlariga amal
qilish, o'zaro aloqalar va hamkorlikni amalga oshirishga imkon beradi.
Ta'lim tamoyillari o'zida tarixiylik xususiyatini namoyon etadi. Ta'lim
nazariyasi va amaliyoti rivojlanib borgani, ta'lim jarayonining yangi qonuniyatlari
kashf etilishi bilan ta'limning yangi tamoyillari ham shakllanadi, eski ko'rinishlari
o'zgaradi. Bu ishlar bugungi kunda ham davom etadi. O'qitish va tarbiyalash
qonuniyatlarini aks ettiradigan yaxlit pedagogik jarayonning umumiy tamoyillarini
keltirib chiqarishga urinishlar ko'zga tashlanmoqda.
Tamoyillar ta'lim jarayonining mohiyati, qoidalar esa uning alohida
tomonlarini aks ettiradi.
Ta'limni mazmunli va tashkiliy-netodik tamoyillaridan tashkil topgan tizim
sifatida e'tirof etish mumkin:
I. Ta'limninfi mazmunli tamoyillari. Ular ta'lim mazmunini tanlash bilan
bog'liq bo'lgan qonuniyatlarni aks ettiradi va quyidagi g'oyalarni ifodalaydi:
—fuqarolik;
—ilmiyligi;
—tarbiyalovchi ta'lim;
—fundamentalligi va amaliy yo'nalganligi (ta'limning hayot bilan,
nazariyaning amaliyot bilan bog'liqligi);
—tabiat bilan uyg'unligi;
—madaniyat bilan uyg'unligi;
—insonparvarligi.
Fuqarolik tamoyili. Unga ko'ra ta'lim mazmunini, shaxsning subyektivligini
rivojlantirish, lining ma'naviyligi va ijtimoiy yctukligiga yo'naltirishda namoyon
bo'lishi kerak. U ta'lim mazmunini insonparvarlashtirishni nazarda tutadi va
fuqarolikni anglash, O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va siyosiy tuzilishi
haqidagi tasavvurlar tizimi, o'zbek xalqi madaniyati psixologik xususiyatlari, lining
mentalitet xususiyatlari, milliy siyosati va madaniyati kabi dolzarb masalalar haqidagi
tasavvurlarining shakllanishi bilan bog'liq.
Ta'limning ilmivligi tamoyili ta'lim mazmunini zamonaviy fan va texnika
rivojlanish darajasi, jahon sivilizatsiyasi to'plagan tajribaga mos kelishini ifodalaydi.
Bu tamoyil ta'lim vaqtida va o'qishdan tashqari vaqtda amalga oshiriladigan ta'lim
mazmuni o'quvchilarni obyektiv ilmiy dalillar, hodisalar, qonunlar, zamonaviy
yutuqlar va rivojlanish istiqbollarini ochib berishga yaqinlashtirib, u yoki bu sohaning
asosiy nazariya yoki konsepsiyalari bilan tanishtirishga yo'naltirilgan bo'lishini talab
etadi.
Ta'limning; tarbivalovchilik tamoyili yaxlit pedagogik jarayonda ta'lim va
tarbiyaning birligi qonuniyatlariga tayanadi. Bu tamoyil ta'lim jarayonida barkamol
rivojlangan shaxsni shakllantirishni ko'zda tutadi. Ta'lim jarayonida tarbiyalashning
samarali
kechishi
shaxsning
intellektual
rivojlanishi,
birinchi
navbatda,
o'quvchilarning qiziqishlari, idrok etish hamda individual qobiliyatlarining hisobga
olinishi bilan bog'liq.
Ta'limning fundamentalligi va amaliy vo'nalganligi tamovili umumiy o'rta
ta'lim maktablaridayoq o'quvchilar chuqur nazariy va amaliy tayyorgarlikdan
o'tadilar. Mazkurholat an'anaviy didaktikada ta'limning havot bilan, nazarivaning
amalivot bilan bog'liqligi kabi ifoda etiladi.
O'qishda fundamentallik bilimlarning ilmiyligi, to'la va chuqur bo'lishini
ko'zda tutadi. U odamdan yuksak intellektual salohiyat, fikrlash layoqatining
tadqiqotchilik ko'rinishda bo'lishi, bilimlarini doimiy ravishda to'ldirib borish istagi
va maiakaiarini talab etuvchi zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyotga asoslangan.
Fundamental bilimlar aniq bilimlarga qaraganda sekin eskiradi, shuningdek, inson va
xotirasiga emas, ko'proq uning fikrlash layoqatiga bog'liq bo'ladi. Ta'limning
fundamentalligi bilimlar mazmunining muntazamligi, nazariy va amaliy jihatdan
o'zaro nisbatda boiishni talab etadi.
Ta'limning tabiat bilan uvg'unligi tamovili. Ya.A.Komenskiy o'zining tabiatga
uyg'un bo'lish g'oyasini ifoda etib, tabiatda hayot bahordan boshlangani kabi ta'lim
olish jarayoni uchun eng qulay davr bolalik ekanligini ta'kidlaydi. Ertalabki soatlar
mashg'ulotlarni bajarish uchun juda qulay hisoblanadi. O'quvchilarga ularning yosh
davrlarini inobatga olgan holda bilimlarning berilishi ushbu bilimlarning ular uchun
tushunarli bo'lishini ta'minlaydi. Demak, tabiat bilan uyg'unlik g'oyasi asta-sekinlik,
ketma-ketlik va mustaqil faoliyat kabi ta'lim tamoyilining asosi hisoblanadi.
Ta'limda insonparvarlik tamoyilini bolaning shaxs sifatidagi qadr-qimmati,
uning erkinligi hamda baxtli hayot kechirishini ta'minlash, uni rivojlantirishi, ijodiy
imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi, unga hayotda o'z o'rnini topishda yordam
ko'rsatishi va hokazolarni nazarda tutadi.
«Insonparvarlik» va «odamiylik» so'zlari yunoncha humanus «odamiylik» bir
so'zdan kelib chiqqan. Insonparvarlik, odamiylik ma'naviy-axloqiy tushunchalardir.
Insonparvarlik g'oyasi antik davr faylasuflari (Suqrot, Aflotun, Arastu va boshqalar)
qarashlarida ilk bor ko'zga tashlanadi. Markaziy Osiyoda insonparvarlik g'oyalari
Sharq Uyg'onish davrida keng rivojlandi. Abu Nasr Forobiyning fikricha, bolani eng
avval o'qimishli, saxovatli inson qilib tarbiyalash kerak, zero, salbiy nuqsonlar
bolalikdan paydo bo'ladi. Shu bois oilada tarbiyani yo'lga qo'yishda xato qilmaslik
zarur.
O'zbekiston Respublikasida huquqiy, demokratik jamiyat barpo etilayotgan
mavjud sharoitda uzluksiz ta'lim tizimi oldida barkamol, hartomonlama rivojlangan,
erkin, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalash vazifasi turibdi. Mazkur vazifa ta'lim
va tarbiya jarayonida bolalarga nisbatan insonparvarlik munosabatida bo'lish orqali
ijobiy hal etiladi. Bolalarga nisbatan insonparvaiiik munosabatida bo'lish ularning
taqdiri haqida qayg'urish, Lining qobiliyatini ko'ra olish, unga ishonish,
sliuningdek, bolaning xatoga yo'l qo'yish, shaxsiy nuqtayi nazarga ega bo'lish
huquqini qadrlashni nazarda tutadi.
Ta'limning tashkiliy-metodik tamoyillari. Ta'limni tashkil etish metodikasi
ta'Iim mazmunini shakllantirish kabi erkin tanlanishi mumkin emas. Bu borada
muayyan ijtimoiy, psixologik va pedagogik talablarni inobatga olish zarur. Bunday
talablar ta'limning tashkiliy-metodik tamoyillari deb yuritiluvchi tamoyillar
mazmunida o'z ifodasini topgan:
—ta'limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi;
—ta'limda onglilik va ijodiy faollik;
—ta'limda ko'rgazmalilik;
—ta'limning samaradorligi va ishonchliligi (mustahkamligi);
—ta'limning tushunarliligi;
—guruhli va individual ta'Iim birligi;
—ta'limning o'quvchilar yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi;
—oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning muvofiqliligi;
—pedagogik hamkorlik.
Ta'limning
izchilligi,
tizimliligi,
ketma-ketligi
tamovili
bilish
bosqichlarining obyektivligini anglatadi.
Izchillik ta'Iim mazmuni, lining shakli va usullari, o'quv jarayoni
ishtirokchilari bo'lgan subyektlarning o'zaro munosabatlariga taalluqli. U alohida
partsial (yunoncha partialis — qisman) va xususiy o'quv vaziyatlari, predmet va
hodisalar o'rtasidagi bog'liqlik, aloqadorlik qonuniyatlarini asta-sekin o'zlashtirish
asosida ularni yagona yaxlit o'quv jarayoniga birlashtirishga imkon beradi.
Izchillik ta'Iim jarayonining ma'lum tizim va ketma-ketlik asosida bo'lishini
nazarda tutadi, zero, murakkab masalalarni oddiy masalalarni o'rganmay turib hal
etib bo'lmaydi.
Muntazamlik va ketma-ketlik u yoki bu o'quv materialini o'zlashtirish sur'ati,
Lining elementlari o'rtasidagi o'zaro mosligini tahlil qilishga imkon beradi.
Ta'limning muntazamliligi va ketma-ketligi ma'lum fanlar bo'yicha bilim, ko'nikma
va malakalarini shakllantirish, borliqni yaxlit idrok etish o'rtasidagi qarama-
qarshilikni hal etishga imkon beradi. Ushbu holatlar birinchi navbatda dastur va
darsliklarni muayyan tizimda yaratish, fanlararo hamda fanlar ichidagi bog'liqlikni
ta'minlash evaziga namoyon boiadi.
Onglilik va iiodiv faollik tamovili. Uning asosini fanni o'rganishda muhim
ahamiyatga ega bo'luvchi qoidalar majmuini shakllantirish tashkil etadi. Bilimlarni
ongli ravishda o'zlashtirish quyidagi omil va shartlarga bogiiq: ta'Iim motivlari,
o'quvchilarning faollik darajasi, o'quv-tarbiyaviy jarayonning samarali tashkil
etilishi, o'qituvchi tomonidan qo'llanuvchi ta'Iim metodlari va vositalarining
samaradorligi va boshqalar. O'quvchilarning faolliklari reproduktiv va ijodiy
xarakterga
ega
bo'lishi
mumkin.
Mazkur
tamoyil
o'quvchilarning
tashabbuskorliklari va mustaqil faoliyatlarini nazarda tutadi.
Ko'rgazmalilik tamovili ta'Iim jarayonini tashkil etish asosida yotuvchi
muhim qoidalardan biri hisoblanadi. Ya.A.Komenskiy uni didaktikaning «oltin
qoidasi» deb atagan. Unga binoan ta'limda inson sezgi organlaridan foydalanish
kerak. «Agarda biz o'quvchilarda haqiqiy va aniq bilimlar paydo qilishni istasak,
unda biz umuman hamma narsaga shaxsiy kuzatish va sezib ko'rish bilan ta'limga
intilishimiz kerak - deb ta'kidlaydi u — agarda qandaydir predmetni baravariga bir
necha sezgi organlari bilan qabul qilish mumkin bo'lsa, mayli ular baravariga bir
necha sezgilari bilan o'rganilsin.
Tajribalar asosida o'rganilayotgan narsani namoyish etish va jarayon
mohiyatini hikoya qilib berish o'zlashtirish darajasini birmuncha oshiradi. Xususan,
axborotlarni eshitib qabul qilish samarasi 15 foiz, ko'rib qabul qilish esa — 25 foizni
tashkil etadi. Ta'Iim jarayonida, ularni bir vaqtda ishtirok etishi natijasida
ma'lumotlarni qabul qilish samaradorligi 65 foizgacha ortadi.
Ko'rgazmalilikdan o'quv jarayoni barcha bosqichlarida foydalanish mumkin:
yangi materialni o'zlashtirish, uni mustahkamlash, mashqlarni tashkil qilish hamda
o'quvchilarning dastur materiallarini o'zlashtirishlarini tekshirish va baholashda.
Ta'limning samaradorligi va ishonchliligi tamoyili. An'anaviy didaktikada u
mustahkamlik tamovili kabi ifoda etiladi. Agarda o'qitish jarayoni ta'Iim
maqsadlariga erishishni ta'minlamasa, u holda ushbu jarayonni tashkil etish
zaruriyati yuzaga kelmaydi. Shu bois ta'Iim samarali, shuningdek, rivojlantiruvchi
va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo'lishi kerak.
Ta'limning ishonchliligi va mustahkamliligini ta'minlash uchun o'quvchilar
o'qish jarayonida o'quv-o'rganish harakatlarining quyidagi to'la siklini o'zlashtira
olishlari zarur: o'rganilayotgan materiallarni dastlabki qabul qilish, uni chuqurroq
anglab vetish, eslab qolish, o'zlashtirilgan bilimlarini qo'llash bo'yicha ma'lum
faoliyatni amalga oshirish. ularni takrorlash va tizimlashtirish.
Ta'limning chuqurligi va mustahkamligi talabi didaktikada an'anaviy
hisoblanadi va u yuzakilikka qarama-qarshi qo'yiladi. Chuqur, mustahkam bilimning
asosiv belgisi eng fundamental g'oyalar, qoidalar, tushuncha, kategoriyalarni
tushunish, chuqur o'zlashtirish, o'rganilayotgan materiallar mazmunini puxta
anglashdan iborat.
Ta'limning tushunarliligi tamovili o'quvchilarning mavjud imkoniyatlarini
hisobga olish, jismoniy va psixik sog'lig'iga yomon ta'sir etuvchi intellektual va
emotsional qiyinchiliklardan voz kechishni talab etadi. Ta'limning tushunarli bo'lishi
o'quvchilarning yoshi, bilish imkoniyatlarini hisobga olib o'qishning mazmunini
to'g'ri aniqlash demakdir, ya'ni, har bir o'quv fani bo'yicha o'quvchilar egallab olishi
zarur bo'lgan bilim, amaliy ko'nikma va malakalari hajmini to'g'ri aniqlashdir. Bu
tamoyil o'quv jarayonini o'quvchilarda qiyinchiliklarni yengish istagini hosil qiluvchi
va shaxsiy muvaffaqiyatlarining natijalaridan quvonish tuyg'usini yuzaga keltirishga
yo'naltirilganligini ifodalaydi. Bu bolalarda ko'zga tashlanuvchi qattiq hayajonlanish,
shuningdek, o'quv masalalarini yechishdagi ishonchsizlikni yo'qotishga yordam
beradi.
Guruhli va individual ta'limning birligi tamovili shaxsning, bir tomondan
atrofdagilar bilan munosabatda boiish, ijtimoiy aloqalarni yo'lga qo'yishga intilishi,
ikkinchi tomondan esa, yakka holda ta'lim olishga bo'lgan xohishini aks ettirishga
xizmat qiladi. Muomala faoliyatning alohida turi bo'lib, uni tashkil etish jarayonida
boshqalar haqidagi tasavvur va tushuncha yuzaga keladi. Atrofdagilar bilan
munosabatni yo'lga qo'yish o'zaro aloqalarning hosil bo'lishi va rivojlanishini,
alohida bo'lish esa shaxsning ijtimoiylashuvi hamda rivojlanishini ta'minlaydi.
An'anaviy ta'lim o'z mohiyatiga ko'ra guruhli hisoblanadi, zero, u 30-40 nafar
o'quvchilardan iborat o'quv guruh (yoki sinf)larida tashkil etiladi. 100-200 nafar
talabalardan iborat kurslarda esa ta'limga sarflanadigan harakatlarni kamaytirish
maqsadida ma'ruzalar o'qish tashkil etiladi. Guruhli ta'lim munozara, muzokara
tashkil etish uchun qulay sharoitga ega bo'lib, o'quv masalalarini yechishning eng
samarali yo'llarini birgalikda izlashni ta'minlaydi, o'zaro yordam ko'rsatish uchun
sharoit yaratadi, o'quvchilarning mas'uliyat hissini oshiradi. O'quv muvssasalarida
guruhli ta'limni tashkil etish jamoani shakllantirishning asosiy shakli sanaladi.
Ta'limning o'quvchilarning voshi va individual xususivatlariga mos kelishi tamoyiii
o'quvchilarning yoshiga ko'ra va individual yondashuvni anglatadi.
Yoshiga muvofiq vondashish o'quvchilarning psixik xususiyatlari, shaxsiy
rivojlanganlik darajasi, ma'naviy-axloqiy sifatlari, ijtimoiy yetukligini baholay olishni
nazarda tutadi. Agarda qo'yilayotgan talablar yoki ta'limning tashkiliy tuzilishi
o'quvchilarning yoshi imkoniyatlaridan ortda qolsa yoki ilgarilab ketsa, o'quv
faoliyatining samarasi pasayadi. Individual yondashish o'quvchilarning murakkab
ichki dunyosini o'rganish, yuzaga kelgan munosabatlar tizimini tahlil qilish va shaxs
shakllanishi sodir bo'ladigan ko'p turdagi sharoitlarni aniqlashni talab etadi.
Oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning birgaligi tamovili
pedagog tarbiyalanuvchini shaxs sifatida hurmat qilishi zarur. Oqilona talabchanlik
maqsadga muvofiq bo'lsa, ta'lim-tarbiya jarayoni, shaxsning to'liq va barkamol
rivojlanishini ta'minlay olsa samarasi ancha yuqori bo'ladi. O'quvchilarga nisbatan
talabchanlik ularni tartibli, intizomli bo'lish, burchlarni o'z vaqtida bajarish
ko'nikmalariga ega bo'lishlarini ta'minlashi lozim. Shaxsga hurmat insondagi ijobiy
xislatlarga tayanishni ko'zda tutadi.
Hamkorlik tamovili ta'lim jarayonida shaxsning ustuvor mavqeini ta'minlash,
uning o'z-o'zini anglashini anglatadi. Bu tamoyil o'zaro munosabatlar jarayonida
subyektlar o'rtasidagi aloqalarning dialog shakli, shaxslararo munosabatlar
mazmunida esa empatiya (yunoncha «empathlia» — birgalikda tashvishlanish, ya'ni,
boshqa odamning tashvishlarini tushunish)ning ustunligiga erishishni talab etadi.
Ta'lim nazariya (konsepsiya)lari mazmuni. An'anaviy pedagogikada formal
va moddiy ta'lim nazariyasi keng tanilgan. Bu nazariyalarning mohiyati nima va o'rta
ta'lim mazmuniga qanday ta'sir etadi?
Formal ta'lim nazariyasiga Djon Lokk (XVII asr), Pestalotsi, Kant va Gerbart
(XVIII-XIX asrlar) asos solganlar. XVIII asrning oxirlarida didaktik formalizm
nazariyasi
(konsepsiyasi)
vujudga
keldi
(bu
nom
E.Shmit
va
A.A.Nemeyerning«npHHij,Hnbi BocnuraHMH H o6yiieHHH» asarida tilga olinadi).
Konsepsiya tarafdorlari ta'limni o'quvchilarning iqtidori va qiziqishlarini
rivojlantiruvchi vositasi sifatida e'tirof etadilar. Keyinchalik bu ta'limot formal ta'lim
nazariyasi sifatida shakllantirildi. Didaktik formalizm tarafdorlarining asosiy g'oyasi
qadimiy olim Geraklit tomonidan aytilgan (ko'p bilim aqlni kuchaytirmaydi)
fikrlariga asoslanadi. Keyinchalik bu g'oyani I.Kant va I.G.Pestalotsilar
rivojlantirishdi. Ular o'qitishning asosli maqsadi, eng avvalo, o'quvchining iqtidorini
rivojlantirish o'quvchining to'g'ri tafakkur yuritishini kuchaytirish bo'lishi shart deb
hisoblaydilar. Ushbu nazariya tarafdorlari falsafiy ratsionalizm (lotinchada
«rationalts» - aqlli)ga tayanadilar va bilim manbayi aqldir, bilim faqat aqlning
mustaqilligida tug'iladi, shu bois ta'lim o'quvchilarning ma'lum bilimlarni egallab
olishlari emas, balki ularning aqlini o'stirish, ya'ni, analiz, sintez, mantiqiy fikrlash
layoqatlarini rivojlantirish kabi vazifani hal etishi zarur deb hisoblaydilar. Ularning
fikricha, fikrlashni rivojlantirish vositasi tillar, ayniqsa, qadimiy yunon va lotin tili,
shuningdek, matematikani o'rganish lozim. Formal ta'lim elementlaridan hozirgi
kunda ham foydalaniladi. Angliyadagi grammatik maktablarda, ushbu nazariya
g'oyalari asosida ish ko'riladi.
XVII asr oxiri — XIX asr boshlarida moddiy ta'lim nazarivasi jadal rivojlandi.
Nazariyaning paydo bo'lishiga sanoat va uning ilmiy-texnik asoslari rivojlanishi
asos bo'lib xizmat qildi. Binobarin, sanoatning jadal rivojlanishi tabiiy fan, texnik va
amaliy tayyorgarlikka ega bo'lgan odamlarni tayyorlash masalasini kun tartibiga olib
chiqdi. Pedagogika tarixida bu nazariya (konsepsiya) didaktik materializm nazariyasi
sifatida ham mashhurdir. Ushbu nazariya tarafdorlari (ularni «ensiklopedistlar» deb
ham ataganlar), xususan, ingliz shoiri va tarixchisi Dj.Milton, nemis pedagogi
N.B.Besedovlar maktabning asosiy maqsadi o'quvchilarga bilimlar berish deb
hisoblaganlar hamda o'zlari o'qitadigan fanga iloji boricha ko'proq materiallarni
kiritishga intilganlar. Maktab ta'Iimi mazmunini shakllantirishga bunday
yondashishning samarasi kam bo'lib chiqdi, chunki o'quvchilarga juda ko'p
axborotlar beriladi. Natijada axborotlar qisman va yuzaki o'zlashtiriladi.
XX asr boshlarida, chet el va ayniqsa amerika pedagogikasida maktab ta'Iimi
masalalari bo'yicha pragmatik (yunoncha «pragma» - harakat, amaliyot) g'oyasi
keng tarqaldi. Pedagogikada mashhur pragmatizm tarafdori Djon Dyun (1859—
1952-yillar) maktab ta'limining o'z konsepsiyasini yaratishga ko'p urindi. Bu
yo'nalishlar vakillari (Dj.Dyun, G.Kershenshteyner) o'qitish bu o'quvchining
«tajribasini qayta tashkil etish» uzluksiz jarayoni deb hisoblaydiiar.
O'qitishni Dyun kundalik hayotdan olingan amaliy masalalarni hal etishga oid
bolalar faoliyatini tashkil etish sifatida tushunadi. Bu nazariyaning asosiy
boshlang'ich qoidalari quyidagilardan iborat deb hisoblangan: «Oldindan tuzilgan
o'quv kurslari kerak emas», «0'qitish materiallarini bolaning tajribasidan olish
kerak», «Bola o'qitishning sifati kabi miqdorini ham belgilashi kerak», «Bajarish
yordamida o'qitish - maktabda asosiy metod». Shunday qilib, Dyun maktabda ta'lim
va alohida fanlar aniq belgilangan mazmuni zarurligini rad etadi, ilmiy ta'limni tan
olmaydi va o'qishni tor hamda o'quvchilarning qiziqishlariga asoslangan
praktitsizmidan iborat deb hisoblaydi.
Mazkur nazariya asosida uning izdoshi Uilyam Kilpatrik 20-yillarda
«o'qitishning loyihali tizimi» (yoki loyihalar metodoni ishlab chiqdi, uning mazmuni
o'z qiziqishlaridan kelib chiqib bolalar o'qituvchi bilan birga qandaydir amaliy
masalaning yechimini loyihalashtirishlaridan iborat. Misol uchun, o'yinchoq
uychaning qurilishi amaliy faoliyatga kiritiladi va uning davomida til, matematika,
boshqa fanlar bo'yicha u yoki bu ma'lumotlarni bilib oladilar. Bu nazariya ommaviy
maktabda ta'lim darajasini pasaytirishi mumkinligini tushunish qiyin emas.
Amerikalik pedagoglar I.Adler, Dj.Brunner va boshqalar Dyun nazariyasi
amerika maktablari rivojlanishini ortga tortganini aytadilar va ta'limni
modernizatsiyalashtirish hamda takomillashtirish yo'llarini izlaydilar.
Ko'plab pedagoglar - A.Disterveg, K.D.Ushinskiy, M.Behbudiy va
A.Avloniylar maktab ta'limiga taalluqli ko'plab qimmatli g'oyalarni ilgari surganlar.
Ular xalq maktablari, yangi usulli maktabda ta'lim darajasini oshirish, tabiiy-ilmiy
fanlar va gumanitar fanlar birligi tarafdori edilar.
Bugungi kunda turli ta'lim konsepsiyalari mavjud. Konsepsiyalardan biri ta'lim
mazmunini ta'lim muassasalarida o'rganiladigan fanning pedagogik moslashtirilgan
asoslari sifatida talqin qiladilar. Bu yerda shaxsning ijodga qobiliyati, erkin tanlashni
amalga oshira bilishi, odamlarga haqqoniy munosabatlarda bo'lishi kabi sifatlari
chetda qolib ketadi. Ushbu yondashish o'quvchilarni fan va ishlab chiqarishga jalb
etishga qaratilgan, lekin demokratik jamiyatda mustaqil hayotga yo'naltirishga emas.
Amalda odam bu yerda ishlab chiqarish omili sifatida ishtirok etadi (avtoritarizm).
Boshqa bir konsepsiya ta'lim mazmunini o'quvchi o'zlashtirishi kerak bo'lgan bilim,
ko'nikma va malakalar majmui sifatida qaraydi. Bu konsepsiya mualliflari bilim va
malakalarni egallab olish odamga zamonaviy jamiyatda mos ravishda hayot
kechirishga imkon beradi deb hisoblaydilar. Odamdan faqatgina u bilishi va bajara
olishini talab etish yetarli. Bunday holatda ta'limga talablar ham quyidagicha bo'ladi:
o'sib kelayotgan avlodga ona tili, matematika, fizika va boshqa fanlar bo'yicha bilim
va malakalar berish zarur.
Hozirgi zamon bosqichida ta'lim mazmunini belgilovchi muhim g'oyalar
(asoslar). Ta'lim mazmuni bu jamiyatning shaxsni ma'naviy rivojlanishi darajasiga
qo'yilgan talablar, jamiyatning ijtimoiy tajriba va madaniyatini aks ettirgan ijtimoiy
buyurtmasi modelidir.
Ijtimoiy tajriba quyidagi to'rt element bilan tavsiflanadi:
—inson tabiat, jamiyat haqidagi bilimlari;
—faoliyatning ko'nikma, malaka va usullari;
—yangi vazifalarni hal etish bo'yicha ijodiy faoliyat tajribasi;
—atrofdagilar bilan o'zaro emotsional (hissiy) — qadriyatli munosabatlar
tajribasi.
Shularga muvofiq zamonaviy didaktika g'oyalariga ko'ra ta'lim mazmunining
tarkibida quyidagilar o'z aksini topadi: 1) olam haqidagi bilimlar; 2) faoliyatni
amalga oshirish usullari tajribasi; 3) ijodiy faoliyat tajribasi; 4) atrof-muhitga hissiy-
qadriyatli munosabat tajribasi.
Bilim va ko'nikmalar ijodiy faoliyat asosi bo'lib qolishi mumkin, lekin
faoliyatga tayyorlik uchun kafolat bo'la olmaydi. Atrof-muhitga hissiy munosabatda
bo'lish u haqida bilish, lekin ularga to'g'ridan to'g'ri bog'liq bo'lmaslikni nazarda
tutadi. Shaxsda atrof-muhitga hissiy munosabatni rivojlantirish uchun ta'lim
jarayonida muntazam ravishda majmuaviy tadbirlarni tashkil etish zarur.
Ilmiy asoslangan ta'lim mazmunini qanday aniqlash mumkin? Ta'lim
mazmuniga nima ta'sir ko'rsatadi? U nimaga bog'liq bo'ladi?
Ta'lim mazmunini aniqlovchi asosiy omillar quyidagilardan iborat bo'ladi:
- fan, texnika, madaniyatning jamiyatda rivojlanganligi darajasi;
- ta'limning maqsad va vazifalari;
- o'quvchilarning yoshi xususiyatlari;
- o'quvchi shaxsining ehtiyojlari.
Umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim mazmuni o'quvchilarda atrof-muhit
haqida umumiy tasavvurlarni hosil qilishi, ularni o'zlarining amaliy faoliyatlari
uchun zarur bo'lgan bilimlarni izlash va bu bilimlarni hayotiy muammolarni hal
etishda qo'llashga o'rgatishi kerak. Ta'lim mazmuni o'quv rejalari, o'quv dasturlarida,
darsliklarda aks ettiriladi.
XX asr 80-yillarida amaliy qo'llanilgan o'rta umumta'lim maktabi namunaviy
o'quv rejalari maktabni yangilash vazifalariga, o'quv-tarbiyaviy jarayonni hozirgi
zamon talablari asosida tashkil qilishga mos kelmas edi. Bu o'quv rejasining eng
asosiy kamchiligi — uni shakllantirishning haddan tashqari markazlashtirilishidir,
bu esa maktablarning hammasi bir xil bo’lishi, taklif etilayotgan ta'lim idealining bir
xilligiga olib keladi, unda shaxs, jamiyat va davlatning turli ta'limiy talablari
hisobga olinmaydi; ko'p predmetlilik. o'quvchilarga vazifalar ortiqchalik, og'irlik
qiladi va ta'lim mazmunining sun'iy qisqaligi, aralashligi yuzaga keladi; bu ta'limning
texnokratik yo'nalishi uning insonparvarlik va madaniy, badiiy-yaratuvchilik rolini
yo'qotishiga olib keladi. O'quv rejasining ana shu va boshqa ko'plab kamchiliklari
didakt olimlar va amaliyotchilar tomonidan keskin va haqli ravishda tanqid qilindi.
1991-yilda O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, uzluksiz
ta'lim tizimini takomillashtirishga kirishildi. Bunday sharoitlarda ta'lim, yangi
demokratik davlat barpo etish, madaniy va ma'naviy tiklanish, demokratik jamiyat
va bozor munosabatlari shakllanishi, milliy fan vatexnikaning rivojlanishini dunyo
standartlari talablari darajasiga ko'tarishning asosi bo'lib qolishi kerak.
Umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi mazmuniga talablar
ta'limni rivojlantirish davlat strategiyasi bilan belgilanadi. Bu strategiya
respublikaning «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan (1997-yil),
ta'limni tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuqori
malakali kadrlar tayyorlash bo'yicha milliy tizimni yaratish hisoblanadi. Ta'lim
mazmunida quyidagi ikki jihat ko'zga tashlanadi; milliylik va umuminsoniylik.
Hozirgi sharoitda o'rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun
ta'lim mazmuni (o'quv rejalari)ni ishlab chiqishda ta'lim mazmunida quyidagi
g'oyalar yetakchi o'rin tutadi:
1) insoniylashtirish;
2) insonparvarlashtirish;
3) integratsiyalashtirish;
4) standartlashtirish;
5) ko'p bosqichlilikka asoslanish;
6) amaliylashtirish;
7) axborotlashtirish;
8) individuallashlirish;
9) uzluksizlik.
Ta'lim mazmunini insoniylashtirish ta'lim jarayonida o'quvchi shaxsining
ustuvor o'rin tutishi, uning shaxsi, xohish-istak va qiziqishlarini hurmat qilish,
birinchi navbatda ularning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil hayotda o'z
yo'Ilarini topib olishlari uchun sharoit yaratishni ko'zda tutadi. Insoniylashtirish
gumanitar va tabiiy fanlarni optimal nisbatlarda bo'lishi, matematik, biologik, texnik
kurslar mazmunini insoniylik haqidagi bilimlar bilan boyitishni ko'zda tutadi. Ta'lim
mazmunida insonparvarlik g'oyalarining aks etishi o'quvchilarda fikrlash
layoqatining shakllanishiga yordam beradi.
Ta'limni insoniylashtirish bu ta'lim tizimi va butun ta'lim jarayonini har bir
inson huquqlarini hurmat qilish, pedagoglar o'rtasida o'zaro hurmatga asoslangan
munosabatlarni rivojlantirish, ularning sog'liqlarini saqlash va rnustahkamlash,
shaxsiy qadr-qimmatlarining his etishlarini ta'minlash va shaxsiy imkoniyatlarini
rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ta'limni insonparvarlashtirish yangi tayanch o'quv rejasining ikkinchi muhim
g'oyasidir. Ta'limni gumanitarlashtirish birinchi navbatda tayanch o'quv rejasida
gumanitar fanlar hajmini oshirishda o'z ifodasini topadi (50 % dan ko'proq). Bu
xususan estetik tarbiyani tashkil etishga o'quv vaqtini ikki barobar ko'paytirishga
imkon beradi. Gumanitarlashtirish — bu ta'limning bosqichi va turidan qat'i nazar
asosiy ijtimoiy muammo — inson farovonligi muammosini hal etishga imkon
beruvchi ta'lim mazmunini o'zlashtirishga yo'naltirishdir.
1997-yilda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi XI sessiyasida O'zbekiston
Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi»ning qabul qilinishi ta'lim tizimini rivojiantirishda yangi bosqich bo'ldi.
Davlat ta'lim standartlari talablaridan kelib chiqib ta'lim dasturlarining yangi avlodi
ishlab chiqildi.
Kurslarni integratsiyalashtirish ta'limning yangi mazmunini ishlab chiqishga
qaratilgan yana bir g'oya o'quvchilarda, dunyoni yaxlit tasavvur qilish layoqatini
rivojiantirishda umumlashtiruvchi, dunyoqarashni shakllantirish imkonini beruvchi
integrativ fanlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta'lim mazmunini belgilovchi me'yoriy hujjatlar. Ilmiy pedagogik
adabiyotlarda ta'lim mazmunini shakllantirishning quyidagi uch bosqichi ko'rsatiladi:
1) umumiy nazariy bosqich;
2) o'quv bosqichi;
3) o'quv materialini o'zlashtirish bosqichi, ya'ni, ta'lim mazmunining o'quv
rejasi, o'quv dasturi va darsliklar kabi me'yoriy hujjatlarda o'z ifodasini topishi.
Umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi mazmuni davlat ta'lim
standart, o'quv rejalari mazmunida namoyon bo'ladi. O'quv rejalari quyidagilardan
iborat: tayanch, namunaviy va maktab o'quv rejasi.
Umumiy o'rta hamda o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari (akademik
litsey va kasb-hunar kollejlari) uchun tayanch o'quv rejasi davlat ta'lim standartining
tashkiliy qismi hisoblangan asosiy me'yoriy hujjat bo'lib, u namunaviy va amaliy
o'quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Tayanch o'quv rejasi
davlat ta'lim standarti tarkibiy qismi sifatida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining namunaviy o'quv
rejalari tayanch o'quv rejasi asosida tuziladi va O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi
hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi. Bu reja uzoq
muddatga mo'ljallab tuziladi va uning asosida mavjud sharoitlarni hisobga olib
ishchi o'quv rejalari ishlab chiqiladi.
O'quv rejasi — me'yoriy hujjat hisoblanib (ta'lim muassasasi sertifikati)
quyidagilarni belgilaydi:
—o'quv yili, chorak (semestr)lar va ta'tillarning davomiyligi;
—ushbu ta'lim muassasasida o'rganiladigan o'quv fanlari tartibi;
—o'qish yillari bo'yicha fanlarni taqsimlash;
—har bir fan bo'yicha yaxlit ta'lim davri va har bir sinf (kurs)da fanlarni
o'rganishga ajratilgan soatlar hajmi;
—har bir fanni o'rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi;.
—praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar hamda shu
kabilarning davomiyligi.
O'quv rejasida, yana shuningdek, aniq bir o'quv muassasasi xususiyatlarini aks
ettiruvchi, o'quvchilarning erkin tanlovi bo'yicha fakultativ va majburiy
mashg'ulotlar aks ettiriladi.
O'quv dasturi - muayyan o'quv fani bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalar
mazmuni, umumiy vaqtni muhim bilimlarni o'rganilishi bo'yicha taqsimlash,
mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning o'rganilish darajasini
yorituvchi me'yoriy hujjat.
O'quv dasturlari namunaviv. ishchi va mualliflik bo'lishi mumkin.
Namunaviv o'quv dasturi u yoki bu ta'lim sohasiga nisbatan davlat ta'lim
standartlari talablari asosida ishlab chiqiladi. O'quv dasturlari quyidagilardan iborat
bo'ladi:
—ushbu fanni o'rganish maqsadlari, o'quvchilarning bilim va malakalariga
asosiy talablar, o'qitish tavsiya etiladigan shakl va metodlari haqidagi tushuntirish
xati;
—o'rganilayotgan materialning tematik mazmuni;
—kursning alohida savollarini o'rganishga o'qituvchi sarflaydigan taxminiy
soatlari hajmi;
—dunyoqarashni shakllantiruvchi asosiy savollari ro'yxati;
—fanlararo va kurslararo bog'liqlikni amalga oshirish bo'yicha ko'rsatmalar;
—o'quv uskunalari va ko'rgazmali qo'llanmalar ro'yxati;
—tavsiya etiladigan adabiyotlar.
Namunaviy o'quv dasturlari Xalq ta'limi hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim
vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi, tavsiyanoma xususiyatiga ega bo'ladi.
Namunaviy dastur asosida maktab, akademik litsey pedagogik kengashi tomonidan
ishchi o'quv dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Namunaviy dasturdan farqli
ravishda ishchi dasturda regional komponenti ta'riflanadi, o'quv jarayonini metodik,
informatsion, texnik ta'minlash imkoniyati, o'quvchilarning tayyorgarligi darajasi
hisobga olinadi.
O'quv fani ta'lim muassasalarida o'quvchilarning yosh, idrok etish
imkoniyatlariga muvofiq ularga muayyan fan sohasi bo'yicha umumiy yoki
mutaxassislik bilimlarini berish, ko'nikma va malakalarni shakllantirishni
ta'minlovchi manbadir.
Ta'lim mazmuni va o'quv daslurlari o'quv adabiyotlarida loyihalashtiriladi.
Bunday adabiyotlar sirasiga darsliklar va o'quv qo'llanmalari kiradi.
O'quv adabiyotlari orasida darslik alohida o'rin tutadi. Darslik muayyan o'quv
fani bo'yicha ta'lim maqsadi, o'quv dasturi va didaktik talablarga muvofiq
belgilangan ilmiy bilimlari to'g'risidagi ma'lumotlarni beruvchi manba bo'lib, u
mazmuni va tuzilishiga ko'ra fan bo'yicha yaratilgan o'quv dasturiga mos keladi.
Namunaviy o'quv dasturlari asosida yaratilgan darsliklar maqsadga muvofiq holda
Respublika Xalq ta'limi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirliklari tomonidan barcha
maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun tavsiya etiladi.
Darslik o'quvchilarning ta'lim jarayonida, ongli ravishda va faol ishtirok
etishlari, o'quv materialini to’la o'zlashtirishlarini ta'minlashi kerak. Ana shu
masalalarni hal etish yo'lida darsliklar quyidagi vazifalarni bajaradi:
1) motivatsion vazifa — bu vazifa o'quvchilarni ushbu fanni o'rganishga
yo'naltiradigan, ularda ishga pozitiv munosabati va qiziqishini shakllantiruvchi
rag'bat (sabab)larni hosil qilishdan iborat;
2) axborot vazifasi o'quvchilarga axborotlarni yetkazish, samarali usullar
yordamida ularning bilimlari hajmini kengaytirishga imkon beradi;
3) nazorat-tuzatish (mashq qilish) vazifasi — ta'lim jarayoni, uning natijalarini
tekshirish, o'quvchilarda o'zini baholash va tuzatish layoqati hamda zarur bo'lgan
ko'nikma, malakalarni shakllantirish uchun o'rganish mashqlarini tavsiya etishni
nazarda tutadi.
4) muvofiqlashtirish vazifasi material ustida ishlash jarayonida ta'limning
boshqa vositalari (xaritalar, ko'rgazmali materiallar, diapozitiv va boshqalar)ni jalb
etishni ifodalaydi;
5) rivoilantiruvchi
—
tarbiyalovchi
vazifasi
darslik
mazmunining
o'quvchilarga ma'naviy-axloqiy ta'sir ko'rsatishi, kitoblar bilan ishlash jarayonida
ulardan
mehnatsevarlik,
faol
fikrlash,
ijodiy
qobiliyat
kabi
sifatlarni
shakllantirishdan iborat;
6) o'qitish vazifasi darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish uchun zarur
bo'lgan konspekt yozish, umumlashtirish, asosiysini ajratib ko'rsatish, mantiqiy
eslab qolish kabi malaka va ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam berishida ko'zga
tashlanadi.
Ta'lim mazmuni o'quv materiali darajasida darsliklar bilan bir qatorda turli xil
o'quv qo'llanmalari: adabiyot va tarix xrestomatiyalari, spravochniklar, matematika,
fizika, ximiya bo'yicha masalalar to'plamlari, georafiya, biologiya bo'yicha atlaslar,
til bo'yicha mashqlar to'plamlari va boshqalarda ochib beriladi. O'quv qo'llanmalari
darslikning ba'zi tomonlarini kengaytiradi va aniq masalalarni hal etish maqsadiga
ega bo'ladi (axborot, mashq qilish, tekshirish).
Davlat ta'lim standart. Ta'lim mazmunining rivojlanishida ko'zga
tashlanayotgan zamonaviy tendensiyalaridan biri uni standartlashtirish (davlat
miqyosida yagona qoidalar va talablar o'rnatilishi) hisoblanadi. Standartlashtirishda
quyidagi ikki omil muhim ahamiyatga ega:
1) Turli ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning umumiy o’rta, o'rta
maxsus, kasb-hunar bilimlar hajmining bir xillik darajasini ta'minlovchi mamlakatda
yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi;
2) O'zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasida xalqaro
ta'lim amaliyotida umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi mazmunini
rivojlanishi tendensiyalarining hisobga olinishi.
Davlat ta'lim standard:
1) ta'lim olish shaklidan qat'iy nazar bitiruvchilar erishishlari kerak bo'lgan
ta'lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat;
2)o'quv fani bo'yicha yakuniy ta'limning yakuniy natijalarini belgilovchi
asosiy hujjat;
3) ta'lim dasturlari mazmunining minimumi, o'quvchilar tomonidan
bajariladigan o'quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning
tayyorgarlik darajalariga qo'yiluvchi talablarni belgilaydi.