DIDAKTIKA – TA’LIM NAZARIYASI.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

18

File size

Fayl hajmi

34,4 KB


DIDAKTIKA – TA’LIM NAZARIYASI.
REJA:
1.Didaktika – pedagogik ta’lim nazariyasi.O‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida.
2.O‘qitish jarayonining bosqichlari. 
3.Ta’lim jarayoni qonuniyatlari.
   Tayanch tushunchalar: didaktika, o’qitish, o’qitish jarayoni, didaktikaning asosiy
kategoriyalari, ta’lim paradigmalari, ta’lim qoninuyatlari, ta’lim tamoyillari.
   Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi  sifatida. Didaktika pedagogika
nazariyasining  nisbatan  mustaqil  qismi  bo’lib,  unda  o’qitish  jarayonining
umumiy qonuniyatlari ochib beriladi. Didaktikaning so’zma-so’z tarjimasi «ta’lim
nazariyasi»  ma’nosini  anglatadi.  Didaktika  «yunoncha»  so’zdan  olingan  bo’lib,
«didacticos» – o’rgatish, o’qitish ma’nosini bildiradi. Bu atamani nemis pedagogi
V.Ratke (1571-1635) fanga kiritgan, deb hisoblanadi. Didaktika nomi ostida fanni
nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi. Didaktikaning
fundamental ilmiy asoslari ilk bor Ya.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan. 1657-
yilda  u  chex  tilida  «Buyuk  didaktika»  asarini  yozdi.  Didaktikani  Komenskiy
«hammani hamma narsaga o’rgatish san’ati» deb tushuntirdi.
      Didaktikada ta’limni tashkil etishning umumiy masalalari, o’qitish jarayonining
mohiyati, ta’limning mazmuni, o’qitish qonuniyatlari, o’qitish tamoyillari, metodlari,
uning  tashkiliy  shakllari  yoritiladi.  O’qitish  jarayoni  pedagogning  o’rgatuvchilik
faoliyatini va o’quvchilarning maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o’z ichiga oladi.
Shu o’rinda bu jarayonlarning tahliliga e’tibor qarataylik. Ta’limda o’qituvchining
Logotip
DIDAKTIKA – TA’LIM NAZARIYASI. REJA: 1.Didaktika – pedagogik ta’lim nazariyasi.O‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida. 2.O‘qitish jarayonining bosqichlari. 3.Ta’lim jarayoni qonuniyatlari. Tayanch tushunchalar: didaktika, o’qitish, o’qitish jarayoni, didaktikaning asosiy kategoriyalari, ta’lim paradigmalari, ta’lim qoninuyatlari, ta’lim tamoyillari. Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida. Didaktika pedagogika nazariyasining nisbatan mustaqil qismi bo’lib, unda o’qitish jarayonining umumiy qonuniyatlari ochib beriladi. Didaktikaning so’zma-so’z tarjimasi «ta’lim nazariyasi» ma’nosini anglatadi. Didaktika «yunoncha» so’zdan olingan bo’lib, «didacticos» – o’rgatish, o’qitish ma’nosini bildiradi. Bu atamani nemis pedagogi V.Ratke (1571-1635) fanga kiritgan, deb hisoblanadi. Didaktika nomi ostida fanni nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor Ya.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan. 1657- yilda u chex tilida «Buyuk didaktika» asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy «hammani hamma narsaga o’rgatish san’ati» deb tushuntirdi. Didaktikada ta’limni tashkil etishning umumiy masalalari, o’qitish jarayonining mohiyati, ta’limning mazmuni, o’qitish qonuniyatlari, o’qitish tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi. O’qitish jarayoni pedagogning o’rgatuvchilik faoliyatini va o’quvchilarning maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o’z ichiga oladi. Shu o’rinda bu jarayonlarning tahliliga e’tibor qarataylik. Ta’limda o’qituvchining
boshqaruvchilik roli o’z kasbining ijtimoiy asoslaridan kelib chiqib, ajdodlarining boy
tajribasini, insoniyatning asrlar davomidagi bilish, mehnat, muloqot, umumiy aloqalar,
estetik hamda axloqiy qarashlar jarayonida qo’lga kiritgan yutuqlarni egallashni shart
qilib qo’yadi.Bularning barchasi o’qituvchining ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi
vazifalarini amalga oshirishida o’z aksini topmog’i lozim. Ana shu asosdan kelib
chiqib aytish mumkinki, ta’lim jarayonida o’qituvchi o’quvchilariga qo’lga kiritilgan
bilimlarni  o’rgatadi.  O’quv  faoliyatida  ularni  ko’nikma  va  malakalar  bilan
qurollantiradi. Shu bilan bir paytda u o’quvchilarda dunyoqarash va axloq normalarini
hosil qiladi, qiziqish va qobiliyatlarni shaklantiradi, ularning bilish faolligini oshiradi. 
     O’qituvchining faoliyati o’quvchi shaxsining maqsadga muvofiq shakllanishiga
katta imkoniyatlar ochib beradi. Yanada aniq qilib aytsak, butun o’quv jarayonini
rejalashtiradi, ushbu jarayonda o’quvchilar bilan birgalikdagi faoliyatni tashkil etadi.
O’quvchilarga  qiyinchiliklarni  yengib  o’tishda  yordam  beradi  hamda  ularning
bilimlarini va butun ta’lim jarayonini tashxis qiladi. O’z navbatida o’quvchilarning
faoliyati o’quv jarayonida o’rganishga, bilim, ko’nikma hamda malakalarni egallashga,
o’zini  jamiyatga  foydali  faoliyatga  tayyorlashga  yo’naltiradi.  Ta’lim  jarayonida
o’quvchilarning faoliyati ko’p qirrali yo’nalgan harakatni ifodalaydi va bu harakat
bilishga doir vazifalarni hal qilishda ularga katta yordam beradi. Didaktika va metodika
mustahkam aloqa va o’zaro bog’liqlikda joylashadi. Didaktika o’qitishning umumiy
qonuniyatlarini o’rganadi. Aniq bir predmetni o’qtishning o’ziga xos xususiyatlari
xususiy metodikalarda ishlab chiqiladi.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari.  Muayyan fanga xos bo’lgan tushunchalarda
insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to’plangan bilimlar aks etadi. 
O’rgatish  – o’qitish maqsadini amalga oshirish bo’yicha pedagogning tartiblangan
faoliyati.
O’rganish –  anglash, mashq qilish, va egallangan tajribalar asosida xulq-atvor va
faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni, oldin egallanganlari o’zgaradi.
O’qitish  –
 qo’yilgan  maqsadga  erishishga  yo’naltirilgan  pedagog  bilan
o’quvchilarning tartiblangan o’zaro harakati.
Ta’lim – o’qitish jarayonida egallanadigan bilim, ko’nikma, malakalar, kompetensiya
va fikrlash usullari tizimi.
Logotip
boshqaruvchilik roli o’z kasbining ijtimoiy asoslaridan kelib chiqib, ajdodlarining boy tajribasini, insoniyatning asrlar davomidagi bilish, mehnat, muloqot, umumiy aloqalar, estetik hamda axloqiy qarashlar jarayonida qo’lga kiritgan yutuqlarni egallashni shart qilib qo’yadi.Bularning barchasi o’qituvchining ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi vazifalarini amalga oshirishida o’z aksini topmog’i lozim. Ana shu asosdan kelib chiqib aytish mumkinki, ta’lim jarayonida o’qituvchi o’quvchilariga qo’lga kiritilgan bilimlarni o’rgatadi. O’quv faoliyatida ularni ko’nikma va malakalar bilan qurollantiradi. Shu bilan bir paytda u o’quvchilarda dunyoqarash va axloq normalarini hosil qiladi, qiziqish va qobiliyatlarni shaklantiradi, ularning bilish faolligini oshiradi. O’qituvchining faoliyati o’quvchi shaxsining maqsadga muvofiq shakllanishiga katta imkoniyatlar ochib beradi. Yanada aniq qilib aytsak, butun o’quv jarayonini rejalashtiradi, ushbu jarayonda o’quvchilar bilan birgalikdagi faoliyatni tashkil etadi. O’quvchilarga qiyinchiliklarni yengib o’tishda yordam beradi hamda ularning bilimlarini va butun ta’lim jarayonini tashxis qiladi. O’z navbatida o’quvchilarning faoliyati o’quv jarayonida o’rganishga, bilim, ko’nikma hamda malakalarni egallashga, o’zini jamiyatga foydali faoliyatga tayyorlashga yo’naltiradi. Ta’lim jarayonida o’quvchilarning faoliyati ko’p qirrali yo’nalgan harakatni ifodalaydi va bu harakat bilishga doir vazifalarni hal qilishda ularga katta yordam beradi. Didaktika va metodika mustahkam aloqa va o’zaro bog’liqlikda joylashadi. Didaktika o’qitishning umumiy qonuniyatlarini o’rganadi. Aniq bir predmetni o’qtishning o’ziga xos xususiyatlari xususiy metodikalarda ishlab chiqiladi. Didaktikaning asosiy kategoriyalari. Muayyan fanga xos bo’lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to’plangan bilimlar aks etadi. O’rgatish – o’qitish maqsadini amalga oshirish bo’yicha pedagogning tartiblangan faoliyati. O’rganish – anglash, mashq qilish, va egallangan tajribalar asosida xulq-atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni, oldin egallanganlari o’zgaradi. O’qitish – qo’yilgan maqsadga erishishga yo’naltirilgan pedagog bilan o’quvchilarning tartiblangan o’zaro harakati. Ta’lim – o’qitish jarayonida egallanadigan bilim, ko’nikma, malakalar, kompetensiya va fikrlash usullari tizimi.
Bilim –  ma’lum bir fanni nazariy o’zlashtirishni aks ettiradigan inson g’oyalari
yig’indisi; 
Ko’nikma –  egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi ifodasi, o’zlashtirilgan
bilimlarni amaliyotga qo’llash usullarini egallash.
Malaka  –  avtomatlashgan,  biror  bir  usul  bilan  bexato  bajarish,  ko’nikmaning
takomillashgan darajasi.
Kompetensiya –  egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik va kasbiy
faoliyatda qo’llay olish layoqati.
Maqsad – o’qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari kelgusida qay yo’sinda
safarbar etilishi.
Mazmun – o’qitish jarayonida egallanishi lozim bo’lgan ilmiy bilim, amaliy ko’nikma
va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari tizimi. 
Tashkil etish –  qo’yilgan maqsadni samarali amalga oshirish uchun unga zaruriy
shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo’yicha tartiblangan didaktik jarayon.
Shakl – o’quv jarayonining tashqi ifodasi, uning ichki mohiyati, mantig’i, mazmuni
uchun qobiq.
Metod – o’qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga oshirish) yo’li.
Vosita  –  o’quv  jarayonining  predmetli  qo’llab-quvvatlanishi,  yangi  materialni
o’zlashtirish jarayonida o’qituvchi va talabalar tomonidan foydalaniladigan ob’yekt.
Natija –  o’quv jarayonining so’nggi mahsuli, belgilangan maqsadlarning amalga
oshganlik darajasi.
Zamonaviy ta’lim paradigmalari. Paradigma (grekcha, paradeigma) so’zining
o’zi keng ma’noda turmush va fikrlashining biror sohasining fundamental asoslarini
aniqlab beruvchi o’ziga xos tuzilishga ega nazariya deb izohlanadi.
     Ta’limning  yangi  paradigmasining  paydo  bo’lishi  faqat  ijtimoiy-iqtisodiy
o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lmasdan, u butun madaniy rivojlanish jarayonida yuzaga
kelgan. Uning shakllanishida insonparvarlik falsafasi va psixologiyasi asosiy o’rin
egallaydi.  Mazkur  konsepsiyaning  asosiy  nuqtai  nazari  –  har  bir  alohida  inson
hayotining o’ziga xosligi, har bir shaxs noyob, individual, shartsiz qadriyat ekanligini
e’tirof etish. Insonparvar falsafa va psixologiya o’z-o’zini realizatsiyalash, o’z-o’zini
rivojlantirish ehtiyojini insonning yuksak ehtiyoji deya e’tirof etib, insonning o’z
noyobligini asrash va rivojlantirish, insonning erkinlikka erishish mexanizmi sifatida
Logotip
Bilim – ma’lum bir fanni nazariy o’zlashtirishni aks ettiradigan inson g’oyalari yig’indisi; Ko’nikma – egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi ifodasi, o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo’llash usullarini egallash. Malaka – avtomatlashgan, biror bir usul bilan bexato bajarish, ko’nikmaning takomillashgan darajasi. Kompetensiya – egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik va kasbiy faoliyatda qo’llay olish layoqati. Maqsad – o’qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari kelgusida qay yo’sinda safarbar etilishi. Mazmun – o’qitish jarayonida egallanishi lozim bo’lgan ilmiy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari tizimi. Tashkil etish – qo’yilgan maqsadni samarali amalga oshirish uchun unga zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo’yicha tartiblangan didaktik jarayon. Shakl – o’quv jarayonining tashqi ifodasi, uning ichki mohiyati, mantig’i, mazmuni uchun qobiq. Metod – o’qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga oshirish) yo’li. Vosita – o’quv jarayonining predmetli qo’llab-quvvatlanishi, yangi materialni o’zlashtirish jarayonida o’qituvchi va talabalar tomonidan foydalaniladigan ob’yekt. Natija – o’quv jarayonining so’nggi mahsuli, belgilangan maqsadlarning amalga oshganlik darajasi. Zamonaviy ta’lim paradigmalari. Paradigma (grekcha, paradeigma) so’zining o’zi keng ma’noda turmush va fikrlashining biror sohasining fundamental asoslarini aniqlab beruvchi o’ziga xos tuzilishga ega nazariya deb izohlanadi. Ta’limning yangi paradigmasining paydo bo’lishi faqat ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lmasdan, u butun madaniy rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan. Uning shakllanishida insonparvarlik falsafasi va psixologiyasi asosiy o’rin egallaydi. Mazkur konsepsiyaning asosiy nuqtai nazari – har bir alohida inson hayotining o’ziga xosligi, har bir shaxs noyob, individual, shartsiz qadriyat ekanligini e’tirof etish. Insonparvar falsafa va psixologiya o’z-o’zini realizatsiyalash, o’z-o’zini rivojlantirish ehtiyojini insonning yuksak ehtiyoji deya e’tirof etib, insonning o’z noyobligini asrash va rivojlantirish, insonning erkinlikka erishish mexanizmi sifatida
individual shaxsiy tanlovni amalga oshirishni o’zida namoyon etish, qilingan tanlov
uchun javobgarlikni bo’yniga olishda ularni amalga oshirishning muhim shartini
ko’radi. Shuning uchun shaxsning rivojlanishi va insonning shakllanishi boshqalar
bilan 
hamjihatlikda,  ishonch,  oshkoralik,  sevgiga  asoslangan  insonparvar
munosabatlarni  o’rnatish  jarayonida  sodir  bo’ladi.Asosida  ta’limga  yangicha
yondashuv  yotadigan  g’oyalarning  rivojlanishida  psixologlar  ham  muhim  hissa
qo’shishgan: yaqin zonadan rivojlanish va inson rivojlanishida birgalikdagi faoliyatni
roli haqidagi ta’limot, shaxsning hayotiy faoliyatdagi vazifalari, fikriy soha, insonning
reflektiv  imkoniyatlarining  rivojlanishi,  o’quv  faoliyati  jarayonida  uning  psixik
rivojlanish  qonuniyatlari  haqidagi  tadqiqotlar,  shular  jumlasidandir.Zamonaviy
pedagogik fanlardagi maqsadiga (ta’limiy, tarbiyaviy), ta’limning bosh maqsadi –
madaniyatga yondashuvga, o’quv-tarbiya jarayoni doirasida hal etiladigan vazifalariga,
pedagog  va  talabalar  orasidagi  o’zaro  ta’sir  etish  tavsifiga  ko’ra  paradigmalar
farqlanadi.
      An’anaviy  (bilimga  yo’naltirilgan)  paradigma.  Bilimga  yo’naltirilgan
paradigmada ta’limning bosh maqsadi: «Istalgan qiymatdagi bilim, bilim va yana
bilimdir». Shuning uchun ta’lim muassasasining roli insoniyat sivilizatsiyasi madaniy
merosining ko’proq mavjud unsurlari – ham individual, xuddi shunday ijtimoiy tartibni
saqlab qoluvchi, individual rivojlanishga imkon beradigan zaruriy, xilma-xil, muhim
bilim, ko’nikma va malakalar, bundan tashqari ideal va qadriyatlarni uzatish va
saqlashda namoyon bo’ladi. Shuning uchun o’quv dasturlari mazmuni tayanch, asosiy,
bilim,  ko’nikma  va  malakalarni  egallash  vaqtida  sinovdan  o’tuvchi,  shaxsning
funksional savodxonligi va ijtimoiyligini ta’minlashga asoslanadi.
      Bixevioristik (ratsionalistik) paradigma. Ratsionalistik paradigma an’anaviy
paradigmaga qarama-qarshi  o’laroq,  o’zining  diqqat  markazida  mazmunni  emas,
o’quvchilarning turli turdagi bilimlarni o’zlashtirishining samarali usullarini qo’yadi.
Ratsionalistik ta’lim paradigmasi asosida ijtimoiy injeneriya bixevioristik konsepsiyasi
turadi. Ta’lim muassasasining maqsadi – ta’lim oluvchilarda ijtimoiy me’yorlar, milliy
madaniyat  talablari  va  natijalariga  muvofiq,  moslashuvli  «xulq-atvor  majmui»ni
shakllantiradi. Suning uchun «xulq-atvor» atamasi “barcha turdagi reaksiyalar, insoniy
xususiyatlar – uning fikrlashi, his-tuyg’usi va harakati»ni bildiradi.
Logotip
individual shaxsiy tanlovni amalga oshirishni o’zida namoyon etish, qilingan tanlov uchun javobgarlikni bo’yniga olishda ularni amalga oshirishning muhim shartini ko’radi. Shuning uchun shaxsning rivojlanishi va insonning shakllanishi boshqalar bilan hamjihatlikda, ishonch, oshkoralik, sevgiga asoslangan insonparvar munosabatlarni o’rnatish jarayonida sodir bo’ladi.Asosida ta’limga yangicha yondashuv yotadigan g’oyalarning rivojlanishida psixologlar ham muhim hissa qo’shishgan: yaqin zonadan rivojlanish va inson rivojlanishida birgalikdagi faoliyatni roli haqidagi ta’limot, shaxsning hayotiy faoliyatdagi vazifalari, fikriy soha, insonning reflektiv imkoniyatlarining rivojlanishi, o’quv faoliyati jarayonida uning psixik rivojlanish qonuniyatlari haqidagi tadqiqotlar, shular jumlasidandir.Zamonaviy pedagogik fanlardagi maqsadiga (ta’limiy, tarbiyaviy), ta’limning bosh maqsadi – madaniyatga yondashuvga, o’quv-tarbiya jarayoni doirasida hal etiladigan vazifalariga, pedagog va talabalar orasidagi o’zaro ta’sir etish tavsifiga ko’ra paradigmalar farqlanadi. An’anaviy (bilimga yo’naltirilgan) paradigma. Bilimga yo’naltirilgan paradigmada ta’limning bosh maqsadi: «Istalgan qiymatdagi bilim, bilim va yana bilimdir». Shuning uchun ta’lim muassasasining roli insoniyat sivilizatsiyasi madaniy merosining ko’proq mavjud unsurlari – ham individual, xuddi shunday ijtimoiy tartibni saqlab qoluvchi, individual rivojlanishga imkon beradigan zaruriy, xilma-xil, muhim bilim, ko’nikma va malakalar, bundan tashqari ideal va qadriyatlarni uzatish va saqlashda namoyon bo’ladi. Shuning uchun o’quv dasturlari mazmuni tayanch, asosiy, bilim, ko’nikma va malakalarni egallash vaqtida sinovdan o’tuvchi, shaxsning funksional savodxonligi va ijtimoiyligini ta’minlashga asoslanadi. Bixevioristik (ratsionalistik) paradigma. Ratsionalistik paradigma an’anaviy paradigmaga qarama-qarshi o’laroq, o’zining diqqat markazida mazmunni emas, o’quvchilarning turli turdagi bilimlarni o’zlashtirishining samarali usullarini qo’yadi. Ratsionalistik ta’lim paradigmasi asosida ijtimoiy injeneriya bixevioristik konsepsiyasi turadi. Ta’lim muassasasining maqsadi – ta’lim oluvchilarda ijtimoiy me’yorlar, milliy madaniyat talablari va natijalariga muvofiq, moslashuvli «xulq-atvor majmui»ni shakllantiradi. Suning uchun «xulq-atvor» atamasi “barcha turdagi reaksiyalar, insoniy xususiyatlar – uning fikrlashi, his-tuyg’usi va harakati»ni bildiradi.
      Mazkur paradigma ta’lim muassasasiga ta’lim oluvchilarning maqbul xulq-atvorini
shakllantirish maqsadida bilimlarni o’zlashtirish yo’li sifatida qaraydi, ya’ni har qanday
ta’lim  muassasasi  – bu yashash  muhitiga moslashtirishning ta’limiy mexanizmi.
Bunday o’qitishning asosiy metodlariga o’rgatish, trening, test nazorati, individual
o’qitish, korrektsiyalash kiradi. 
Insonparvarlik  (fenomenologik)  paradigmasining  diqqat  markazida  o’z-o’zini
rivojlantirish ehtiyojiga ega bo’lgan, hayot sub’ekti, shaxs erkinligi va ma’naviyati
sifatidagi ta’lim oluvchi turadi. U bolaning ichki dunyosini rivojlantirish, shaxslararo
muloqot, ijod, dialog, shaxs o’sishi uchun yordamga yo’naltirilgan. Insonparvarlik
paradigmasi vakillari yagona qarash bilan ajralib turmaydi. Uning doirasida ta’limning
xilma-xil modeli amalga oshadi. Ularni bola va inson hayotining tengsiz davri sifatida
bolalikka qadriyatli munosabat, ya’ni ta’lim muassasasining bosh vazifasi bolani
rivojlantirish  (aqliy,  axloqiy,  jismoniy,  estetik)  ekanligini  e’tirof  etish  yagona
yo’nalishda birlashtiriladi. Insonparvarlik paradigmasi doirasida harakatlanuvchi har
bir ta’lim tizimi ijodiy izlanishga asoslanib, ta’lim va tarbiyaning sof mazmuni, metod
va  vositalaridan  joy  oladi.  Insonparvarlik  paradigmasi  ham  o’qituvchi,  ham
o’quvchilarning erkinligi va ijodkorligini talab etadi.
Pedagogik faoliyatning insonparvarlik tamoyiliga asoslanuvchi paradigmasi quyidagi
mezonlarga tayanadi:
-
ta’limning  ijtimoiylashuvi  –  o’qituvchilarn  tayyorlash  jarayoniga  nisbatan
texnokratik yondashuvdan voz kechish, ular tomonidan nisbatan o’zlashtiriladigan
bilimlar majmuasining pedagogik hamda psixologik xususiyat kasb etishini ta’minlash,
o’qituvchilarda umuminsoniy, umummadaniy qadriyatlar mazmunida ilgari surilgan
g’oyalarga asoslangan ijtimoiy tafakkurni shakllantirish;
-
milliy hamda jahon madaniyati asoslari va ularning mohiyatidan xabardor bo’lish;
-
ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishda milliy istiqlol g’oyalariga asoslanish;
-
shaxsning  o’z-o’zini  rivojlantirish  hamda  mustaqil  ta’lim  olishga  bo’lgan
layoqatiga tayanish va uni takomillashtirish;
-
o’qituvchilarning  kasbiy  jihatdan  shakllantirish  jarayonida  o’qituvchi  hamda
talabalarning o’zaro hamkorlikda faoliyat olib borishlariga erishish;
Logotip
Mazkur paradigma ta’lim muassasasiga ta’lim oluvchilarning maqbul xulq-atvorini shakllantirish maqsadida bilimlarni o’zlashtirish yo’li sifatida qaraydi, ya’ni har qanday ta’lim muassasasi – bu yashash muhitiga moslashtirishning ta’limiy mexanizmi. Bunday o’qitishning asosiy metodlariga o’rgatish, trening, test nazorati, individual o’qitish, korrektsiyalash kiradi. Insonparvarlik (fenomenologik) paradigmasining diqqat markazida o’z-o’zini rivojlantirish ehtiyojiga ega bo’lgan, hayot sub’ekti, shaxs erkinligi va ma’naviyati sifatidagi ta’lim oluvchi turadi. U bolaning ichki dunyosini rivojlantirish, shaxslararo muloqot, ijod, dialog, shaxs o’sishi uchun yordamga yo’naltirilgan. Insonparvarlik paradigmasi vakillari yagona qarash bilan ajralib turmaydi. Uning doirasida ta’limning xilma-xil modeli amalga oshadi. Ularni bola va inson hayotining tengsiz davri sifatida bolalikka qadriyatli munosabat, ya’ni ta’lim muassasasining bosh vazifasi bolani rivojlantirish (aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik) ekanligini e’tirof etish yagona yo’nalishda birlashtiriladi. Insonparvarlik paradigmasi doirasida harakatlanuvchi har bir ta’lim tizimi ijodiy izlanishga asoslanib, ta’lim va tarbiyaning sof mazmuni, metod va vositalaridan joy oladi. Insonparvarlik paradigmasi ham o’qituvchi, ham o’quvchilarning erkinligi va ijodkorligini talab etadi. Pedagogik faoliyatning insonparvarlik tamoyiliga asoslanuvchi paradigmasi quyidagi mezonlarga tayanadi: - ta’limning ijtimoiylashuvi – o’qituvchilarn tayyorlash jarayoniga nisbatan texnokratik yondashuvdan voz kechish, ular tomonidan nisbatan o’zlashtiriladigan bilimlar majmuasining pedagogik hamda psixologik xususiyat kasb etishini ta’minlash, o’qituvchilarda umuminsoniy, umummadaniy qadriyatlar mazmunida ilgari surilgan g’oyalarga asoslangan ijtimoiy tafakkurni shakllantirish; - milliy hamda jahon madaniyati asoslari va ularning mohiyatidan xabardor bo’lish; - ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishda milliy istiqlol g’oyalariga asoslanish; - shaxsning o’z-o’zini rivojlantirish hamda mustaqil ta’lim olishga bo’lgan layoqatiga tayanish va uni takomillashtirish; - o’qituvchilarning kasbiy jihatdan shakllantirish jarayonida o’qituvchi hamda talabalarning o’zaro hamkorlikda faoliyat olib borishlariga erishish;
-
ta’lim  (xususan,  kasbiy  ta’limi)  jarayonida  o’quv  dasturlarining  talabalar
qobiliyati  hamda  qiziqishlariga  ko’ra  tanlab  olinishi  borasidagi  imkoniyatning
mavjudligi;
-
pedagogik  ta’limning  fundamental  xususiyat  kasb  etishi,  ya’ni,  talabalar
tomonidan o’zgaruvchan sharoitlarda shaxs ijodiy rivoji asosini ta’minlovchi invariant
bilimlarning o’zlashtirilishiga erishish;
-
mehnat bozori hamda ijtimoiy jarayonlarda yuzaga keluvchi hamda doimiy
ravishda  o’zgarib  turuvchi  ehtiyojlarga  to’laqonli  javob  bera  oladigan  ta’limni
shakllantirish shu asosda kasbiy moslashuvchan mutaxassislarni tarbiyalash;
-
ta’limning uzluksizligi, ta’limning har bir jarayon bosqichining natijalanishini
ta’minlovchi kasbiy ta’lim (kadrlar malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash)
dasturlarining tizimining yaratish va rivojlantirish, muayyan dasturni ta’limning u yoki
bu bosqichida o’qitilishi yoki o’qishni boshqa tipdagi o’quv muassasida davom ettira
olish imkoniyatini bera olishi;
-
ta’limning ekvivalentligi, ya’ni uning davlat ta’lim standarti, milliy madaniyati va
mentalitet, shuningdek, xalqaro me’yorlarga muvofiq darajasi. 
Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning bosh maqsadi amaliy takomillashtirish uchun
zarur «aniq» ilmiy bilimlarni uzatish va o’zlashtirishdan kelib chiqadi. «Bilim – kuch»,
shuning uchun inson qadr-qimmatini uning bilish imkoniyatlari aniqlab beradi. Inson
o’zini  o’zicha  emas,  faqat  aniq  belgilangan  etalon  (o’rtacha  namuna,
standartlashgan)dagi bilish yoki xulq-atvor sohibi sifatidagina baholaydi. Texnokratik
paradigma sharoitida o’quv-tarbiya jarayonining istalgan natijasi «ha – yo’q», «biladi –
bilmaydi», «tarbiyali – tarbiyasiz», «egallagan – egallamagan» tizimida baholanishi
mumkin. Bu yerda tayyorgarlik, ma’lumotlilik, tarbiyalanganlik darajasi tekshirib
aniqlanadigan qandaydir etalon, ideal mavjud bo’ladi.
    Ezoterik  paradigma.  Bu  bizning  sayyoramizdagi  eng  qadimiy  ta’limiy
paradigmalardan biri. Mazkur so’zning yunonchadan so’zma-so’z tarjimasi «sirli»,
«yashirin» ma’nolarini bildiradi. Uning mohiyatini abadiy va o’zgarmas Haqiqatga
munosabat  tashkil  etadi.  Ushbu  paradigma  tarafdorlarining  fikricha,  haqiqatni
shunchaki bilish mumkin emas, unga vijdon pokligi orqali erishish mumkin. Pedagogik
faoliyatning  oliy  maqsadi  o’quvchining  tabiiiy  kuch  va  imkoniyatlarini  yuqori
darajadagi  ongga  ega  bo’lish,  Kosmos  bilan  muloqot  uchun  sarf  etish  va
Logotip
- ta’lim (xususan, kasbiy ta’limi) jarayonida o’quv dasturlarining talabalar qobiliyati hamda qiziqishlariga ko’ra tanlab olinishi borasidagi imkoniyatning mavjudligi; - pedagogik ta’limning fundamental xususiyat kasb etishi, ya’ni, talabalar tomonidan o’zgaruvchan sharoitlarda shaxs ijodiy rivoji asosini ta’minlovchi invariant bilimlarning o’zlashtirilishiga erishish; - mehnat bozori hamda ijtimoiy jarayonlarda yuzaga keluvchi hamda doimiy ravishda o’zgarib turuvchi ehtiyojlarga to’laqonli javob bera oladigan ta’limni shakllantirish shu asosda kasbiy moslashuvchan mutaxassislarni tarbiyalash; - ta’limning uzluksizligi, ta’limning har bir jarayon bosqichining natijalanishini ta’minlovchi kasbiy ta’lim (kadrlar malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash) dasturlarining tizimining yaratish va rivojlantirish, muayyan dasturni ta’limning u yoki bu bosqichida o’qitilishi yoki o’qishni boshqa tipdagi o’quv muassasida davom ettira olish imkoniyatini bera olishi; - ta’limning ekvivalentligi, ya’ni uning davlat ta’lim standarti, milliy madaniyati va mentalitet, shuningdek, xalqaro me’yorlarga muvofiq darajasi. Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning bosh maqsadi amaliy takomillashtirish uchun zarur «aniq» ilmiy bilimlarni uzatish va o’zlashtirishdan kelib chiqadi. «Bilim – kuch», shuning uchun inson qadr-qimmatini uning bilish imkoniyatlari aniqlab beradi. Inson o’zini o’zicha emas, faqat aniq belgilangan etalon (o’rtacha namuna, standartlashgan)dagi bilish yoki xulq-atvor sohibi sifatidagina baholaydi. Texnokratik paradigma sharoitida o’quv-tarbiya jarayonining istalgan natijasi «ha – yo’q», «biladi – bilmaydi», «tarbiyali – tarbiyasiz», «egallagan – egallamagan» tizimida baholanishi mumkin. Bu yerda tayyorgarlik, ma’lumotlilik, tarbiyalanganlik darajasi tekshirib aniqlanadigan qandaydir etalon, ideal mavjud bo’ladi. Ezoterik paradigma. Bu bizning sayyoramizdagi eng qadimiy ta’limiy paradigmalardan biri. Mazkur so’zning yunonchadan so’zma-so’z tarjimasi «sirli», «yashirin» ma’nolarini bildiradi. Uning mohiyatini abadiy va o’zgarmas Haqiqatga munosabat tashkil etadi. Ushbu paradigma tarafdorlarining fikricha, haqiqatni shunchaki bilish mumkin emas, unga vijdon pokligi orqali erishish mumkin. Pedagogik faoliyatning oliy maqsadi o’quvchining tabiiiy kuch va imkoniyatlarini yuqori darajadagi ongga ega bo’lish, Kosmos bilan muloqot uchun sarf etish va
rivojlantirishda namoyon bo’ladi. Shuning uchun o’qituvchining muhim muhofaza
qiluvchi funktsiyasi ta’lim oluvchilarning axloqiy, jismoniy, psixik tayyorgarligini
amalga oshirish va mavjud kuchlarini rivojlantirishdir.
      O’qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari. O’qitish – o’qituvchi va
o’quvchilarning  maqsadga  qaratilgan  birgalikdagi  faoliyati  jarayoni  bo’lib,  bu
jarayonda o’quvchilarni rivojlantirishni amalga oshiradigan bilim, ko’nikma, malaka
va kompetensiyalar yuzaga chiqadi.O’qitish jarayoni uchta vazifani bajaradi: ta’limiy,
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi.O’qitish jarayonining ta’limiy vazifasi o’quvchilarda
bilim,  ko’nikma,  malaka  va  kompetentsiyalarni  shakllantirishdan  iborat.  O’qitish
natijasi  sifatida  bilimlarining  to’liqligi,  chuqurligi,  tizimliligi,  anglanganligi,
mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim
jarayonining metodik jihatdan to’g’ri tashkil etilganligini ifodalaydi. Ta’lim jarayonida
o’quvchilarda ular tomonidan o’zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan
amaliy ko’nikma va malakalar hamda kompetensiyaning shakllanishi ham alohida
ahamiyatga ega. 
      O’qitishning tarbiyaviy vazifasi ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va
estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantirilishida o’z ifodasini topadi.
Ta’limning tarbiyaviy xususiyati, eng avvalo, ta’lim mazmunida aks etadi. O’qitish
jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o’qituvchi va o’quvchilarning munosabatlari,
sinfdagi psixologik muhit, o’qish jarayoni ishtirokchilarining o’zaro munosabatlari,
o’quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o’qituvchining rahbarligi hisoblanadi. 
     O’qitishning rivojlantiruvchi vazifasi o’quvchi nutqining, fikrlashi, shaxsning
sensorli  va  harakatlanish  sohalari,  emotsional-irodaviy,  intellectual  sohalarini
rivojlantirishda o’z aksini topadi. O’qitish jarayonida o’quvchini aqliy rivojlantirish,
aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, tasniflash, kuzatish, xulosa chiqarish,
ob’yektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni
bilishga o’rgatish, uning natijalarini tekshirishni malakasini rivojlantirishga erishiladi.
      O’qitish jarayonining bosqichlari. O’qitish o’qituvchi rahbarligida o’quvchining
o’quv  materiallarini  rejali  ravishda  bilib  olish  jarayonidir.  Bu  jarayonni  bilish
bosqichidan iborat bo’lgan tarkibiy qismlarga (yoki komponentarga) ajratish mumkin.
O’quvchi bilmaslikdan bilish, uddasidan chiqa olmaslikdan uddulay olish, malakalar
hosil qilish yo’lidan borib, ushbu bosqichlardan o’tishi kerak.
Logotip
rivojlantirishda namoyon bo’ladi. Shuning uchun o’qituvchining muhim muhofaza qiluvchi funktsiyasi ta’lim oluvchilarning axloqiy, jismoniy, psixik tayyorgarligini amalga oshirish va mavjud kuchlarini rivojlantirishdir. O’qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari. O’qitish – o’qituvchi va o’quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati jarayoni bo’lib, bu jarayonda o’quvchilarni rivojlantirishni amalga oshiradigan bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalar yuzaga chiqadi.O’qitish jarayoni uchta vazifani bajaradi: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi.O’qitish jarayonining ta’limiy vazifasi o’quvchilarda bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirishdan iborat. O’qitish natijasi sifatida bilimlarining to’liqligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to’g’ri tashkil etilganligini ifodalaydi. Ta’lim jarayonida o’quvchilarda ular tomonidan o’zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko’nikma va malakalar hamda kompetensiyaning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega. O’qitishning tarbiyaviy vazifasi ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantirilishida o’z ifodasini topadi. Ta’limning tarbiyaviy xususiyati, eng avvalo, ta’lim mazmunida aks etadi. O’qitish jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o’qituvchi va o’quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o’qish jarayoni ishtirokchilarining o’zaro munosabatlari, o’quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o’qituvchining rahbarligi hisoblanadi. O’qitishning rivojlantiruvchi vazifasi o’quvchi nutqining, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional-irodaviy, intellectual sohalarini rivojlantirishda o’z aksini topadi. O’qitish jarayonida o’quvchini aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, tasniflash, kuzatish, xulosa chiqarish, ob’yektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o’rgatish, uning natijalarini tekshirishni malakasini rivojlantirishga erishiladi. O’qitish jarayonining bosqichlari. O’qitish o’qituvchi rahbarligida o’quvchining o’quv materiallarini rejali ravishda bilib olish jarayonidir. Bu jarayonni bilish bosqichidan iborat bo’lgan tarkibiy qismlarga (yoki komponentarga) ajratish mumkin. O’quvchi bilmaslikdan bilish, uddasidan chiqa olmaslikdan uddulay olish, malakalar hosil qilish yo’lidan borib, ushbu bosqichlardan o’tishi kerak.
O’qitish jarayoni 4 ta asosiy bosqichdan iborat: 
1) o’zlashtirilishi lozim bo’lgan materialni idrok etish;
2) uni fahmlab olish, tushunchalarning hosil bo’lishi;
3) bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish, ko’nikma va malakalarning hosil
bo’lishi;
4) hosil qilingan ko’nikma va malakalarni amaliyotda qo’llash (kompetentsiyalarni
tarkib toptirish).
Har  bir  bosqich  uchun  o’quvchilarning  muayyan  xarakterdagi  bilish  faoliyati
xarakterlidir. Bu faoliyat o’qituvchi tomonidan alohida rahbarlikni talab etadi.
       O’rganilayotgan materialni idrok qilish. O’quvchilarning o’rganilayotgan (yoki
o’rganilishi lozim bo’lgan) materialni idrok qilishini tashkil etar ekan, o’qituvchi
ularning hayotiy tajribasi va tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda material
to’g’risida umumiy tasavvur hosil qilib, oldindan uni butunligicha tushuntiradi va
ko’rsatadi.  O’rganilayotgan  materialni  fahmlab  olish.  O’rganilayotgan  ob’yekt
haqidagi  umumiy  tasavvur  asosida  uni  tushunishni  ta’minlovchi,  asta-sekin
chuqurlashib boruvchi anglash jarayoni davom etadi. O’qitishning bu zvenosining
maqsadi ilmiy tushunchalarni tarkib toptirishdir. 
      Bilimlarni mustahkamlanishi, ko’nikma va malakalarnining hosil bo’lishi. O’quv
materialini  idrok etish va faqmlab olish jarayonida o’zlashtirish keyinchalik uni
mustahkamlash va takomillashtirishni talab etadi. Bilim, ko’nikma va malakalarni
amalda  qo’llay  olish  (kompetentsiyalarni  shakllantirish).  Bilim,  ko’nikma  va
malakalarni amalda qo’llash jarayoni ta’limning yakuniy mustaqilligini asta-sekin va
izchillik bilan oshirib borish. 
       O’qitish va o’qish jarayonlari tavsifi, o’quv jarayonida ularning o’zaro bog’liqligi.
Inson faoliyatining hamma asosiy turlari (mehnat, fan, san’at, o’yin, sport) uning
tevarak-atrof olamni va o’z-o’zini bilish bilan bog’langan. O’qish tevarak-atrofdagi
olamni bilishning maxsus tashkil etilgan va o’qituvchi rahbarlik qiladigan alohida
turidir. Bu jarayonning mohiyati – bilim, ko’nikma malaka va kompetentsiyalarni hosil
qilish, o’quv fanlari mazmunini o’zlashtirib olish va bilish kuchlarini rivojlantirishdir.
       O’rgatuvchilik faoliyati  yoki  o’qitish,  o’quvchilarning o’quv faoliyatini
boshqarishdan iborat bo’ladi va ularni mashg’ulotlar uchun uyushtirishda, ularning
diqqati, tafakkuri, hatti-harakati va hokazolariga rahbarlik qilishda, ular oldiga ularning
Logotip
O’qitish jarayoni 4 ta asosiy bosqichdan iborat: 1) o’zlashtirilishi lozim bo’lgan materialni idrok etish; 2) uni fahmlab olish, tushunchalarning hosil bo’lishi; 3) bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish, ko’nikma va malakalarning hosil bo’lishi; 4) hosil qilingan ko’nikma va malakalarni amaliyotda qo’llash (kompetentsiyalarni tarkib toptirish). Har bir bosqich uchun o’quvchilarning muayyan xarakterdagi bilish faoliyati xarakterlidir. Bu faoliyat o’qituvchi tomonidan alohida rahbarlikni talab etadi. O’rganilayotgan materialni idrok qilish. O’quvchilarning o’rganilayotgan (yoki o’rganilishi lozim bo’lgan) materialni idrok qilishini tashkil etar ekan, o’qituvchi ularning hayotiy tajribasi va tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda material to’g’risida umumiy tasavvur hosil qilib, oldindan uni butunligicha tushuntiradi va ko’rsatadi. O’rganilayotgan materialni fahmlab olish. O’rganilayotgan ob’yekt haqidagi umumiy tasavvur asosida uni tushunishni ta’minlovchi, asta-sekin chuqurlashib boruvchi anglash jarayoni davom etadi. O’qitishning bu zvenosining maqsadi ilmiy tushunchalarni tarkib toptirishdir. Bilimlarni mustahkamlanishi, ko’nikma va malakalarnining hosil bo’lishi. O’quv materialini idrok etish va faqmlab olish jarayonida o’zlashtirish keyinchalik uni mustahkamlash va takomillashtirishni talab etadi. Bilim, ko’nikma va malakalarni amalda qo’llay olish (kompetentsiyalarni shakllantirish). Bilim, ko’nikma va malakalarni amalda qo’llash jarayoni ta’limning yakuniy mustaqilligini asta-sekin va izchillik bilan oshirib borish. O’qitish va o’qish jarayonlari tavsifi, o’quv jarayonida ularning o’zaro bog’liqligi. Inson faoliyatining hamma asosiy turlari (mehnat, fan, san’at, o’yin, sport) uning tevarak-atrof olamni va o’z-o’zini bilish bilan bog’langan. O’qish tevarak-atrofdagi olamni bilishning maxsus tashkil etilgan va o’qituvchi rahbarlik qiladigan alohida turidir. Bu jarayonning mohiyati – bilim, ko’nikma malaka va kompetentsiyalarni hosil qilish, o’quv fanlari mazmunini o’zlashtirib olish va bilish kuchlarini rivojlantirishdir. O’rgatuvchilik faoliyati yoki o’qitish, o’quvchilarning o’quv faoliyatini boshqarishdan iborat bo’ladi va ularni mashg’ulotlar uchun uyushtirishda, ularning diqqati, tafakkuri, hatti-harakati va hokazolariga rahbarlik qilishda, ular oldiga ularning
faoliyatini tobora murakkablashtirilgan vazifalarni izchillik bilan qo’yib borishda,
ularni tekshirib borish kabilarda o’z ifodasini topadi.
      O’quv faoliyati yoki o’qish bilim, ko’nikma va malakalarni egallab olishning
murakkab jarayoni bo’lib, o’quvchilarning intellektual, irodaviy va jismoniy kuch-
g’ayratini talab etadi hamda ularning rivojlanishini rag’batlantiradi. O’qituvchining
oqilona  biror  maqsadga  qaratilgan  rahbarligi  va  o’quvchilarning  esa  faol  ongli
ishtirokisiz,  ta’lim  jarayonida  ijobiy  natijalar  bo’lishi  mumkin  emas.  Ta’lim
jarayonining bu ikki tomoni (o’qitish va o’qish) bir maqsad: ta’limning xilma-xil
vositalari va metodlaridan foydalangan holda o’quv materialni egallab olish maqsadi
bilan birlashgandir.
      O’quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi. Ma’lumki, bilish faoliyatining
sub’yekti  o’quvchi  sanaladi.  Shu  bois  ijtimoiy-pedagogik  asoslarga  ega  ta’lim
markazida uning shaxsi, ongi, ham o’rganilayotgan olamga, ham bilish faoliyatidagi
hamkorlariga: o’quvchilar va uning ta’lim olishini tashkil etuvchi va yo’naltiruvchi
o’qituvchilar munosabati yotadi. Bu masala barcha davrlarda birdek ahamiyat kasb etib
kelgan.
        Ta’limda o’quvchilarning faoliyati haqida gap borganda o’quvchining bilish
faolligi tushunchasi alohida ahamiyat kasb etadi. O’kuvchining bilish faolligi uning
bilish  jarayonidagi  intellektual  mulohazasida,  umumiy  va  alohida  topshiriqlarni
bajarishida  namoyon  bo’ladi.  Bu  xususiyatlar  o’quvchilarning  faqatgina  yuqori
darajadagi  bilim  olishini  kafolatlab  qolmay,  balki  uning hayotiy  faoliyati,  ya’ni
o’quvchi shaxsining shakllanishi, uning amaliyotga, hayotga bo’lgan faol munosabati
uchun harakterlidir. SHu sababli bilish faolligini oshirish insonning faol hayotiy
qarashlarini  shakllantirish  deb  bemalol  aytish  mumkin.O’quvchining  bilish
faoliyatining yana bir farqli xususiyati uning kechish xarakteridir. O’quvchining bilish
faoliyati  maqsadi  ham,  mazmuni  ham,  usullari  ham  dasturga  kiritilganligi  bois,
o’quvchi jalb etilayotgan ta’lim jarayoni turlicha kechishi; sub’yekt (o’quvchi) kuchi
faolligi, mustaqilligi, turlicha sarf etilishi bilan borishi mumkin. Ayrim hollarda uning
jarayoni taqlidiy reproduktuv, boshqalarda izlanishli, uchinchisida ijodiy xarakterga
ega bo’lishi mumkin. Aynan faoliyat jarayonining kechish xarakteri – uning oxirgi
natijasi egallangan bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalari xarakteriga ta’sir
etadi. 
Logotip
faoliyatini tobora murakkablashtirilgan vazifalarni izchillik bilan qo’yib borishda, ularni tekshirib borish kabilarda o’z ifodasini topadi. O’quv faoliyati yoki o’qish bilim, ko’nikma va malakalarni egallab olishning murakkab jarayoni bo’lib, o’quvchilarning intellektual, irodaviy va jismoniy kuch- g’ayratini talab etadi hamda ularning rivojlanishini rag’batlantiradi. O’qituvchining oqilona biror maqsadga qaratilgan rahbarligi va o’quvchilarning esa faol ongli ishtirokisiz, ta’lim jarayonida ijobiy natijalar bo’lishi mumkin emas. Ta’lim jarayonining bu ikki tomoni (o’qitish va o’qish) bir maqsad: ta’limning xilma-xil vositalari va metodlaridan foydalangan holda o’quv materialni egallab olish maqsadi bilan birlashgandir. O’quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi. Ma’lumki, bilish faoliyatining sub’yekti o’quvchi sanaladi. Shu bois ijtimoiy-pedagogik asoslarga ega ta’lim markazida uning shaxsi, ongi, ham o’rganilayotgan olamga, ham bilish faoliyatidagi hamkorlariga: o’quvchilar va uning ta’lim olishini tashkil etuvchi va yo’naltiruvchi o’qituvchilar munosabati yotadi. Bu masala barcha davrlarda birdek ahamiyat kasb etib kelgan. Ta’limda o’quvchilarning faoliyati haqida gap borganda o’quvchining bilish faolligi tushunchasi alohida ahamiyat kasb etadi. O’kuvchining bilish faolligi uning bilish jarayonidagi intellektual mulohazasida, umumiy va alohida topshiriqlarni bajarishida namoyon bo’ladi. Bu xususiyatlar o’quvchilarning faqatgina yuqori darajadagi bilim olishini kafolatlab qolmay, balki uning hayotiy faoliyati, ya’ni o’quvchi shaxsining shakllanishi, uning amaliyotga, hayotga bo’lgan faol munosabati uchun harakterlidir. SHu sababli bilish faolligini oshirish insonning faol hayotiy qarashlarini shakllantirish deb bemalol aytish mumkin.O’quvchining bilish faoliyatining yana bir farqli xususiyati uning kechish xarakteridir. O’quvchining bilish faoliyati maqsadi ham, mazmuni ham, usullari ham dasturga kiritilganligi bois, o’quvchi jalb etilayotgan ta’lim jarayoni turlicha kechishi; sub’yekt (o’quvchi) kuchi faolligi, mustaqilligi, turlicha sarf etilishi bilan borishi mumkin. Ayrim hollarda uning jarayoni taqlidiy reproduktuv, boshqalarda izlanishli, uchinchisida ijodiy xarakterga ega bo’lishi mumkin. Aynan faoliyat jarayonining kechish xarakteri – uning oxirgi natijasi egallangan bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalari xarakteriga ta’sir etadi.
      O’quvchining bilishi xuddi etuk ilmiy bilish yo’li kabi haqiqat o’qituvchi
tomonidan fandagi  faktlar, ilmiy kashfiyotlarni  o’rganish  ularning tarixiy yo’lini
o’zlashtirish yordamida kechadi.Insonning asl ijtimoiy mulki sifatida faoliyatining
muhim  belgisi  faoliyat  sub’yektining  atrof-muhit  bilan  o’zaro  ta’siri  va  muhim
boyliklar yaratuvchi faoliyatining qayta yaratuvchi xarakteridir. O’quvchilarning ta’lim
muassasasidagi bilish faoliyatining xarakteri shundaki, uning natijasi hamma vaqt ham
moddiylashgan mahsulga ega emas va o’quvchining o’zi hamma vaqt ham his etmaydi
– javobi uchun yomon baho olgan o’quvchining xafa bo’lib, «men o’qidim, o’rgandim!
Adolatdan  emas»  degan  fikrni  qat’iy  takrorlashi  bejiz  emas.  Bilishga  qiziqish
o’qishning eng muhim va eng qimmatli motivi sifatida bolani maktabga, darslarga, o’z
bilish faoliyatiga nisbatan ijodiy munosabatiga ko’maklashadi. 
      O’quvchilarning bilishga qiziqishi motiv sifatida rivojlanishi o’ziga xos uzoq
yo’liga  ega  bo’lishi  mumkin.  Ayrim  o’quv-harakatlari  ta’sirchisidan  to  butun
faoliyatning ustuvor motivigacha. Hatto o’qishning etakchi motivlaridan biriga aylanib,
qiziqish shaxsning ma’naviy boyishiga ko’maklashuvchi umumiy yo’nalganligining
ahamiyatli qismiga aylanishi mumkin. Har qanday motiv singari bilishga qiziqish
ajralgan holda rivojlanmaydi, uning tiklanishi boshqa motivlar (axloqiy, ijtimoiy, o’quv
va h.k.) bilan birga kechadiki, qiziqish ular bilan boyiydi va ularga ijobiy ta’sir etadi.
Ma’lumki, o’quv jarayoni modeli o’zida uch tarkibiy qismni aks ettiradi: o’qituvchi
faoliyati, o’quvchi faoliyati hamda o’qituvchi va ta’lim oluvchilarning jadal o’zaro
faoliyati. O’qituvchining o’quvchilar bilan o’zaro harakatini konstruktiv pedagogika
nuqtai nazaridan qator belgilariga ko’ra tasnif etish mumkin: yo’nalganligiga ko’ra
(qayta aloqalar bilan yoki qayta aloqalarsiz); axborot jarayonining turiga ko’ra (o’zaro
harakatni tashkil etishda axborot jarayonining yo’nalganlik darajasi); boshqarish va
axborotlarni uzatish vositalari turiga ko’ra. 
       O’quvchilar bilimlarni o’zlashtirish jarayonida turli darajadagi faollikni namoyon
etishadi. Ana shu sababli, o’quvchilarga bilimlarni sust ravishda qabul qiladi kabi
nuqtai nazardan qarash to’g’ri bo’lmaydi. Shu sababli bilish faoliyatiga quyidagicha
yondashish zarur: o’quv faoliyatining inkor etilmagan tavsifi asosida unga munosabat
o’zgaradigan  bilishning  quyi  darajasi;  quyidan  mo’tadillashgan  bosqichga  o’tish
sifatidagi vaziyatli faoliyat; o’quv jarayonida ijro etuvchilik faoliyati; o’quvchining
sub’yektiv  nuqtai  nazarini  maksimal  darajada  ochishga  imkon  beruvchi
Logotip
O’quvchining bilishi xuddi etuk ilmiy bilish yo’li kabi haqiqat o’qituvchi tomonidan fandagi faktlar, ilmiy kashfiyotlarni o’rganish ularning tarixiy yo’lini o’zlashtirish yordamida kechadi.Insonning asl ijtimoiy mulki sifatida faoliyatining muhim belgisi faoliyat sub’yektining atrof-muhit bilan o’zaro ta’siri va muhim boyliklar yaratuvchi faoliyatining qayta yaratuvchi xarakteridir. O’quvchilarning ta’lim muassasasidagi bilish faoliyatining xarakteri shundaki, uning natijasi hamma vaqt ham moddiylashgan mahsulga ega emas va o’quvchining o’zi hamma vaqt ham his etmaydi – javobi uchun yomon baho olgan o’quvchining xafa bo’lib, «men o’qidim, o’rgandim! Adolatdan emas» degan fikrni qat’iy takrorlashi bejiz emas. Bilishga qiziqish o’qishning eng muhim va eng qimmatli motivi sifatida bolani maktabga, darslarga, o’z bilish faoliyatiga nisbatan ijodiy munosabatiga ko’maklashadi. O’quvchilarning bilishga qiziqishi motiv sifatida rivojlanishi o’ziga xos uzoq yo’liga ega bo’lishi mumkin. Ayrim o’quv-harakatlari ta’sirchisidan to butun faoliyatning ustuvor motivigacha. Hatto o’qishning etakchi motivlaridan biriga aylanib, qiziqish shaxsning ma’naviy boyishiga ko’maklashuvchi umumiy yo’nalganligining ahamiyatli qismiga aylanishi mumkin. Har qanday motiv singari bilishga qiziqish ajralgan holda rivojlanmaydi, uning tiklanishi boshqa motivlar (axloqiy, ijtimoiy, o’quv va h.k.) bilan birga kechadiki, qiziqish ular bilan boyiydi va ularga ijobiy ta’sir etadi. Ma’lumki, o’quv jarayoni modeli o’zida uch tarkibiy qismni aks ettiradi: o’qituvchi faoliyati, o’quvchi faoliyati hamda o’qituvchi va ta’lim oluvchilarning jadal o’zaro faoliyati. O’qituvchining o’quvchilar bilan o’zaro harakatini konstruktiv pedagogika nuqtai nazaridan qator belgilariga ko’ra tasnif etish mumkin: yo’nalganligiga ko’ra (qayta aloqalar bilan yoki qayta aloqalarsiz); axborot jarayonining turiga ko’ra (o’zaro harakatni tashkil etishda axborot jarayonining yo’nalganlik darajasi); boshqarish va axborotlarni uzatish vositalari turiga ko’ra. O’quvchilar bilimlarni o’zlashtirish jarayonida turli darajadagi faollikni namoyon etishadi. Ana shu sababli, o’quvchilarga bilimlarni sust ravishda qabul qiladi kabi nuqtai nazardan qarash to’g’ri bo’lmaydi. Shu sababli bilish faoliyatiga quyidagicha yondashish zarur: o’quv faoliyatining inkor etilmagan tavsifi asosida unga munosabat o’zgaradigan bilishning quyi darajasi; quyidan mo’tadillashgan bosqichga o’tish sifatidagi vaziyatli faoliyat; o’quv jarayonida ijro etuvchilik faoliyati; o’quvchining sub’yektiv nuqtai nazarini maksimal darajada ochishga imkon beruvchi
ijodiylik.Yuqorida  aytilganlarni  umumlashtirib, bilish  faolligi  ko’rsatkichi  sifatida
mo’tadillik, ishtiyoq, o’rganishning anglanganligi, ijodiy namoyon bo’lishi, nostandart
o’quv  vaziyatlaridagi  xulq-atvor,  o’quv  vazifasini  hal  etishdagi  mustaqillik  va
boshqalarni aytib o’tish mumkin (4-rasm).O’quvchilarning o’quv jarayonidagi ishtiroki
va faolligining namoyon bo’lishi – bu rivojlanib boruvchi, o’zgaruvchan jarayon.
O’qituvchi yordamida o’quvchilarning bilish faolligi quyi darajadan vaziyatli-faollikka,
undan faol ijrochilikka o’tib boradi. Ko’p jihatdan o’quvchining bilish faolligi ijodiylik
darajasiga  ko’tarilishi  yoki  ko’tarilmasdan  qolishi  o’qituvchiga  bog’liq.
O’quvchilarning bilish faoliyati ko’rsatkichlari
Didaktlarning ishlarida shu narsa yaqqol ko’rinadiki, o’quv jarayonida o’qituvchi va
o’quvchilar  orasidagi  munosabat  sub’yekt-sub’yekt  tavsifiga  ega  bo’lishi  zarur.
Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, ta’lim – bu keng tarzda sotsiumning bo’lajak
a’zosini umumiy mehnat, hamkorlikka o’rgatish uchun zarur bo’lgan birgalikdagi
faoliyat.
      Hamkorlikdagi faoliyatga tayyorlash nuqtai nazaridan zamonaviy ta’lim
jarayonini ko’rib chiqish asosida o’quvchilarning rollar orqali namoyon bo’lishi
quyidagicha ko’rinish kasb etadi:
•
o’quv jarayoni bilan dastlab tanishishda tomoshabin, kuzatuvchi;
•
guruhli faoliyatning ishtirokchisi;
•
namuna bo’yicha uy vazifasini mustaqil bajargandan so’ng faoliyat egasi;
•
faoliyatning shaxsiy namunasini yaratishda faoliyat egasi + fikr egasi;
•
o’z faoliyati natijasida yuzaga keladigan o’z-o’zining faoliyati egasi.
Ta’lim jarayoni qonuniyatlari. Pedagogikada qonuniyatlar – bu qonunlarning aniq
sharoitldaridagi harakat ifodasi. Ularning asosiy xususiyati qonuniyatlar pedagogikada
ehtimoliy-statistik xarakter berishida aks etadi, qonunlarni esa ta’lim jarayonida amalga
oshirishni hamma holatlarda ham aniq ko’rib bo’lmaydi.
Ta’limninig umumiy qonuniyatlariga quyidagilar kiradi:
-ta’limning maqsadi jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi; jamiyatning talablari va
imkoniyatlari; pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari bilan
bog’liqlikda aniqlashtiriladi;
-ta’lim mazmunini belgilashda ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari;
- ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati; 
Logotip
ijodiylik.Yuqorida aytilganlarni umumlashtirib, bilish faolligi ko’rsatkichi sifatida mo’tadillik, ishtiyoq, o’rganishning anglanganligi, ijodiy namoyon bo’lishi, nostandart o’quv vaziyatlaridagi xulq-atvor, o’quv vazifasini hal etishdagi mustaqillik va boshqalarni aytib o’tish mumkin (4-rasm).O’quvchilarning o’quv jarayonidagi ishtiroki va faolligining namoyon bo’lishi – bu rivojlanib boruvchi, o’zgaruvchan jarayon. O’qituvchi yordamida o’quvchilarning bilish faolligi quyi darajadan vaziyatli-faollikka, undan faol ijrochilikka o’tib boradi. Ko’p jihatdan o’quvchining bilish faolligi ijodiylik darajasiga ko’tarilishi yoki ko’tarilmasdan qolishi o’qituvchiga bog’liq. O’quvchilarning bilish faoliyati ko’rsatkichlari Didaktlarning ishlarida shu narsa yaqqol ko’rinadiki, o’quv jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar orasidagi munosabat sub’yekt-sub’yekt tavsifiga ega bo’lishi zarur. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, ta’lim – bu keng tarzda sotsiumning bo’lajak a’zosini umumiy mehnat, hamkorlikka o’rgatish uchun zarur bo’lgan birgalikdagi faoliyat. Hamkorlikdagi faoliyatga tayyorlash nuqtai nazaridan zamonaviy ta’lim jarayonini ko’rib chiqish asosida o’quvchilarning rollar orqali namoyon bo’lishi quyidagicha ko’rinish kasb etadi: • o’quv jarayoni bilan dastlab tanishishda tomoshabin, kuzatuvchi; • guruhli faoliyatning ishtirokchisi; • namuna bo’yicha uy vazifasini mustaqil bajargandan so’ng faoliyat egasi; • faoliyatning shaxsiy namunasini yaratishda faoliyat egasi + fikr egasi; • o’z faoliyati natijasida yuzaga keladigan o’z-o’zining faoliyati egasi. Ta’lim jarayoni qonuniyatlari. Pedagogikada qonuniyatlar – bu qonunlarning aniq sharoitldaridagi harakat ifodasi. Ularning asosiy xususiyati qonuniyatlar pedagogikada ehtimoliy-statistik xarakter berishida aks etadi, qonunlarni esa ta’lim jarayonida amalga oshirishni hamma holatlarda ham aniq ko’rib bo’lmaydi. Ta’limninig umumiy qonuniyatlariga quyidagilar kiradi: -ta’limning maqsadi jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi; jamiyatning talablari va imkoniyatlari; pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari bilan bog’liqlikda aniqlashtiriladi; -ta’lim mazmunini belgilashda ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari; - ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati;
-o’quvchilarning yoshi imkoniyatlari; ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish
darajasiga asoslaniladi;
-ta’limning  sifati  avvalgi  bosqich  mahsuldorligi  va  hozirgi  bosqichda  erishilgan
natijalar;
- o’rganilayotgan material xususiyati va hajmi; 
-o’quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko’rsatish:  o’quvchilarning bilim olishga
qobiliyatlari va ta’lim vaqtiga bog’liq;
-ta’lim metodlari samaradorligi ta’lim maqsadiga;
- o’quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlariga; ta’lim muassasasining moddiy-
texnik ta’minotiga bog’liq;
-ta’limni boshqarish samaradorligi ta’lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va
korrektsiyaga, ta’sir ko’rsatishning asoslanganligiga bog’liq;
-ta’limda  rag’batlantirish  samaradorligi  ichki  va  tashqi  stimullarning  o’zaro
uyg’unligiga bog’liq. Shuningdek, pedagogikada ta’limning xususiy qonuniyatlari ham
mavjud:
-
gnoseologik: ta’lim natijalari o’quvchilarning o’zlashtirish ko’nikmalariga; ta’lim
samaradorligi o’quvchilarning o’quv faoliyati hajmiga; 
-bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish samaradorligi ularning amalda qo’llanilishiga; -
o’quvchilarning aqliy rivojlanishi o’zaro aloqador bilim, ko’nikma va malakalarning
o’zlashtirilish hajmiga to’g’ridan to’g’ri bog’liq;
-
psixologik: ta’lim samaradorligi o’quvchilarning o’quv faoliyatiga qiziqishiga;
fikrlash darajasi, kuchi, jadalligi va o’ziga xosligiga; 
xotiraning rivojlanganlik darajasiga; bilish faolligi darajasiga bevosita bog’liq;
-
kibernetik: ta’lim samaradorligi qayta aloqalarning tezligi va hajmiga; 
-bilimlarning sifati nazoratning to’g’ri olib borilishiga; 
-ta’lim sifati o’quv jarayonini boshqarish sifatiga; 
-boshqaruvning  samaradorligi  boshqaruvga  doir  axborotlarning  soni  va  sifatiga
bevosita bog’liq;
-
sotsiologik: individning rivojlanishi u bevosita va bilvosita muloqotda bo’ladigan
individlarning rivojlanishiga; 
-ta’lim  samaradorligi  “intellektual  muhit”ning  mavjud  holatiga,  o’zaro  bir-biriga
o’rgatishning jadalligiga;
Logotip
-o’quvchilarning yoshi imkoniyatlari; ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasiga asoslaniladi; -ta’limning sifati avvalgi bosqich mahsuldorligi va hozirgi bosqichda erishilgan natijalar; - o’rganilayotgan material xususiyati va hajmi; -o’quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko’rsatish: o’quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqtiga bog’liq; -ta’lim metodlari samaradorligi ta’lim maqsadiga; - o’quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlariga; ta’lim muassasasining moddiy- texnik ta’minotiga bog’liq; -ta’limni boshqarish samaradorligi ta’lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va korrektsiyaga, ta’sir ko’rsatishning asoslanganligiga bog’liq; -ta’limda rag’batlantirish samaradorligi ichki va tashqi stimullarning o’zaro uyg’unligiga bog’liq. Shuningdek, pedagogikada ta’limning xususiy qonuniyatlari ham mavjud: - gnoseologik: ta’lim natijalari o’quvchilarning o’zlashtirish ko’nikmalariga; ta’lim samaradorligi o’quvchilarning o’quv faoliyati hajmiga; -bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish samaradorligi ularning amalda qo’llanilishiga; - o’quvchilarning aqliy rivojlanishi o’zaro aloqador bilim, ko’nikma va malakalarning o’zlashtirilish hajmiga to’g’ridan to’g’ri bog’liq; - psixologik: ta’lim samaradorligi o’quvchilarning o’quv faoliyatiga qiziqishiga; fikrlash darajasi, kuchi, jadalligi va o’ziga xosligiga; xotiraning rivojlanganlik darajasiga; bilish faolligi darajasiga bevosita bog’liq; - kibernetik: ta’lim samaradorligi qayta aloqalarning tezligi va hajmiga; -bilimlarning sifati nazoratning to’g’ri olib borilishiga; -ta’lim sifati o’quv jarayonini boshqarish sifatiga; -boshqaruvning samaradorligi boshqaruvga doir axborotlarning soni va sifatiga bevosita bog’liq; - sotsiologik: individning rivojlanishi u bevosita va bilvosita muloqotda bo’ladigan individlarning rivojlanishiga; -ta’lim samaradorligi “intellektual muhit”ning mavjud holatiga, o’zaro bir-biriga o’rgatishning jadalligiga;