DIDAKTIKA TA’LIM NAZARIYaSI SIFATIDA. TA’LIM MAZMUNI, DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI.
Yuklangan vaqt
2024-10-17
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
35
Faytl hajmi
237,0 KB
DIDAKTIKA TA’LIM NAZARIYaSI SIFATIDA. TA’LIM MAZMUNI,
DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI.
Reja:
1.Didaktika haqida tushuncha
2.O‘qitish qonuniyatlari va prinsiplari
3.Ta’lim mazmuni mohiyati va tarixiy xususiyatlari
4.Davlat ta’lim standartlari
Tayanch iboralar!
Didaktika, ta’lim, o‘qitish, ditaktika kategoriyalari, o‘qitish qonuniyatlari,
o‘qitish prinsiplari, ta’lim mazmuni, o‘quv reja, o‘quv dasturi, darslik, davlat
ta’lim standartlari.
1. Didaktika haqida tushuncha.
Didaktikaning predmeti va vazifalari. Didaktikaning tashkil topishi va
rivojlanishi. Ta’lim barcha davrlarda ham ijtimoiy hodisa sanaladi. Uning
yordamida shaxs va ijtimoiy muhitning o‘zaro ta’siri mustahkamlanadi. Ta’lim
shaxs tomonidan ijtimoiy tajribalarning o‘zlashtirilish jarayonini tezlashtiradi, uni
zarur ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradi.
Дидактика (таълим назарияси: юнонча “didaktikos” ўргатувчи, “didasko” эса
ўрганувчи) таълимнинг назарий жиҳатлари (таълим жараёнининг моҳияти,
тамойиллари, қонуниятлари, ўқитувчи ва ўқувчи фаолияти мазмуни, таълим мақсади,
шакл, метод, воситалари, натижаси, таълим жараёнини такомиллаштириш йўллари ва
ҳоказо муаммолар)ни ўрганувчи фан
Bu tushunchani buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670
yillar) “Buyuk didaktika” (1657 yil) nomli mashhur asarida tilga oladi. Ayni
o‘rinda pedagog “didaktika bu faqat ta’limgina emas, balki tarbiyalash ham”
ekanligini alohida qayd etadi.
Didaktikaning predmeti, funksiyalari va vazifasi. Didaktika predmetini
aniqlash bo‘yicha turli qarashlar ilgari surilgan. Ko‘pchilik olimlar ta’lim ob’ekti
deb o‘qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va
tamoyillarini ko‘rsatadilar.
Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e’tirof etiladi.
Ta’limiy faoliyatni tashkil etishda o‘qituvchi – o‘quvchi, o‘quvchi – o‘quv
materiali, o‘quvchi – boshqa o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlar yuzaga
keladi.O‘qish, o‘rganish ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ijtimoiy
tajribani o‘rgatish jarayoni sifatida ta’lim ikki shaxs (o‘quvchi va o‘qituvchi)
o‘rtasidagi munosabatlarga asoslanadi.
Didaktikaga ta’limning mazmunli va jarayonli jihatlarini birgalikda
o‘rganish xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini
nazarda tutgan holda didaktika ta’limni faqatgina o‘rganish ob’ekti sifatidagina
emas, balki ilmiy asoslangan loyihalashtirish ob’ekti sifatida qaraydi.
Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat:
Дидактика (таълим назарияси)нинг предмети ўқитиш (ўқитувчи фаолияти) ва
билим олиш (ўқувчининг ўрганиш фаолияти)нинг ўзаро боғлиқлиги ва алоқадорлиги
жиҳатларини ўрганишдан иборат
Вазифалар
Таълим жараёнлари ва уларни амалга
ошириш шартларини таърифлаш ва
тушунтириш
Таълим жараёнини янада мукаммал
ташкил этиш, таълим тизимлари ва
технологияларини ишлаб чиқиш
Таълим жараёни учун хос бўлган умумий
қонуниятларни аниқлаш, омилларини таҳлил
қилиш ва таърифлаш
Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini
o‘rganish, uning turli jihatlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar, ularning mohiyatini ochib
berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir.
O‘zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yo‘naltirish, ta’limni
jamiyat tomonidan qo‘yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga
imkon beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va
vositalarini qo‘llash me’yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me’yoriy
hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari va didaktik tushunchalar tizimi.
Muayyan fanga xos bo‘lgan tushunchalarda ijtimoiy taraqqiyot jarayonida
to‘plangan bilimlar aks etadi. Mavjud ilmiy tushunchalar ikki asosiy guruhga
ajratiladi:
1) falsafiy tushunchalar;
2) xususiy ilmiy, ya’ni, muayyan fangagina xos bo‘lgan tushunchalar.
Didaktika uchun “umumiy”, “alohida”, “mohiyat”, “hodisa”, “qarama-
qarshilik”, “bog‘liqlik” kabi falsafiy tushunchalar ham muhim ahamiyatga ega.
Didaktikada qo‘llaniladigan umumiy-ilmiy tushunchalar orasida “tizim”,
“tuzilma”, “vazifa”, “element” kabilar alohida o‘rin tutadi. Pedagogikaga xos
didaktik tushunchalar sirasiga quyidagilar kiradi:
Таълим ўқувчиларга назарий билимларни бериш асосида уларда амалий кўникма ва
малакаларни
шакллантириш,
уларнинг
билиш
қобилиятларини
ўстириш
ва
дунёқарашларини тарбиялашга йўналтирилган жараён
Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat:
Билим шахснинг онгида тушунчалар, схемалар, маълум образлар кўринишида акс
этувчи борлиқ ҳақидаги тизимлаштирилган илмий маълумотлар мажмуи
Кўникма олинган билимларга асосланиб қўйилган вазифалар ва шартларга
биноан бажариладиган ҳаракатлар йиғиндиси
Малака онгли хатти-ҳаракатнинг автоматлаштирилган таркибий қисми
Таълим тизими ёш авлодга таълим-тарбия бериш йўлида давлат тамойиллари асосида
фаолият юритаётган барча турдаги ўқув-тарбия муассасалари мажмуи
Таълимни
бошқариш
таълим
муассасаларининг
фаолиятини
йўлга
қўйиш,
бошқариш, назорат қилиш ҳамда истиқболларини белгилаш
Таълим мақсади (ўқиш, билим олиш мақсади) таълимнинг аниқ йўналишини
белгилаб берувчи етакчи ғоя
Таълим тизими ёш авлодга таълим-тарбия бериш йўлида давлат тамойиллари асосида
фаолият юритаётган барча турдаги ўқув-тарбия муассасалари мажмуи
Таълим жараёнини ташкил этиш ўқитувчи ва ўқувчилар ўртасида ташкил этилувчи
ҳамда илмий билимларни ўзлаштиришга йўналтирилган педагогик жараённинг
ташкилий-методик жиҳатдан тўғри уюштирилиши
Таълим турлари мазмуни, ташкил этилиш ўрни, босқичи, қўлланиладиган асосий
воситалари ва жалб этиладиган таълим олувчиларнинг ёшига кўра фарқланувчи
таълим кўринишлари
Таълим шакли таълим жараёнининг ташкилий қурилиши
Таълим методлари таълим жараёнида қўлланилиб, унинг самарасини таъминловчи
услублар мажмуи
Таълим тамойилларли таълим назариясининг асосий етакчи қоидалари
Таълим воситалари таълим самарадорлигини таъминловчи объектив (дарслик, ўқув
қўлланмалари, ўқув қуроллари, харита, диаграмма, плакат, расм, чизма, диопроектор,
магнитафон, видеомагнитафон, ускуна, телевизор, радио, компьютер ва бошқалар) ва
субъектив (ўқитувчининг нутқи, намунаси, муайян шахс ҳаёти ва фаолиятига оид
мисоллар ва ҳоказолар) омиллар
Таълим натижаси (таълим маҳсули) таълим якунининг моҳиятини қайд этувчи
тушунча; ўқув жараёнининг оқибати; белгиланган мақсадни амалга ошириш даражаси
Asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta’limning didaktik tizimi va ta’lim
texnologiyasi kabi tushunchalarni ham qayd etish mumkin.
Didaktik nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari. Ta’lim
jarayoni psixologik-pedagogik konsepsiyalar (ular aksariyat hollarda didaktik
tizimlar ham deb ataladi) asosida tashkil etiladi.
Didaktik tizim ta’limning maqsadi, tamoyillari, mazmuni, shakli, metod va
vositalarining birligi asosida tashkil etilgan tuzilmalarning ichki yaxlitligini
ifodalaydi. Didaktik konsepsiya (tizim)lar quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1)
an’anaviy; 2) progressiv; 3) zamonaviy.
Zamonaviy pedagogikada ta’lim paradigma (modeli)lari. Pedagogik
paradigma (yunoncha “paradeigma” – misol, namuna) – pedagogika fani
rivojining ma’lum bosqichida ta’limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish
namunasi (modeli, standarti) sifatida e’tirof etilgan nazariy va metodologik
ko‘rsatmalar to‘plami bo‘lib, u ta’limning konseptual modeli sifatida qo‘llaniladi.
Ayni vaqtda ta’limning quyidagi paradigmalari keng tarqalgan:
1. An’anaviy-konservativ paradigma (bilim paradigmasi)ga ko‘ra
ta’limning asosiy maqsadi “qanchalik qiyin bo‘lmasin bilim olish”. Ya’ni yosh
avlodga individual rivojlanishi hamda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yordam
Дидактик тизим (юнонча “systema” – яхлит қисмлардан ташкил топган,
бирлаштириш) маълум мезонлар асосида таълим жараёнининг яхлит ҳолатини
белгилаш, ажратиб кўрсатиш
Парадигмалар
Анъанавий-консерватив
парадигма (билим парадигмаси)
Таълим парадигмалари
Рационалистик (бихевиористик)
парадигма
Гуманистик (феноменологик)
парадигма
Технократик
парадигма
Эзотерик
парадигма
Ноинституционал
парадигма
beruvchi madaniy meroslarning muhim elementlari – bilim, ko‘nikma va
malakalar, ilg‘or g‘oyalar va qadriyatlarni saqlab qolish, ularni yoshlarga yetkazish
zarur degan g‘oya ilgari suriladi.
2. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma negizida ta’lim mazmuni emas,
balki o‘quvchilar tomonidan turli bilimlarni o‘zlashtirilishini ta’minlovchi samarali
usullari yotadi. Ta’lim muassasalarining vazifasi o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy
me’yorlar, ijtimoiy talablar va ko‘zlagan maqsadlariga mos keladigan xulq-atvor
ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
3. Gumanistik (fenomenologik) paradigmaga ko‘ra ta’lim oluvchi erkin
shaxs,
ijtimoiy
munosabatlar
sub’ekti
sifatida
o‘ziga
xos
rivojlanish
imkoniyatlariga
ega.
Ta’limning
fenomenologik
(fenomen
yunoncha
“phainomenon” – hisoblangan, ya’ni, mashhur, alohida nodir odam) modeli
o‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olib, ularning talab
va qiziqishlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni ko‘zda tutadi. Gumanistik
paradigma doirasida faoliyat olib boruvchi har bir ta’lim tizimi ijodiy rivojlanadi
va o‘quvchi hamda o‘qituvchining erkinligi va ijodkorligini yoqlaydi.
Gumanistik paradigma g‘oyalari 1991 yildan keyin respublika uzluksiz ta’lim
tizimiga joriy etila boshlandi. Paradigmaning diqqat markazida o‘quvchining
barkamol rivojlanishi, uning intellektual ehtiyojlari, “erkin fikrlaydigan shaxsni
tarbiyalash” masalasining ijobiy hal etilishi yotadi. Ayni vaqtda respublika ta’lim
muassasalarida qo‘yidagi g‘oyalarga amal qilinmoqda: “Demokratik jamiyatda
bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar
erkin fikrlashga o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. ...
Mustaqil fikrlash – ham katta boylikdir”.
4. Ezoterik paradigma (yunoncha “esoterikos” ichki, sirli, yashirin)
mohiyati haqiqat abadiy va o‘zgarmas, doimiy ekanligini ta’kidlashdan iborat.
Paradigma tarafdorlari haqiqatni bilib bo‘lmasligi, unga faqatgina fahmlash asosida
erishish mumkinligini ta’kidlaydilar.
Каримов И.А. Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Тошкент,
Шарқ нашриёт-матбаа концерни, 1997, 9-бет
5. Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning asosiy maqsadi amaliyotni
takomillashtirish asosida ta’lim oluvchilarga “aniq” ilmiy bilimlarni berish va
ularning o‘zlashtirilishini ta’minlashdir. Bilim - kuchdir, shu bois shaxs qimmati
uning o‘rganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shaxs muayyan
(o‘rtacha, standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi bo‘lsagina qadriyat
sifatida e’tirof etiladi degan g‘oya ushbu paradigmaning asosini tashkil etadi.
6. Noinstitutsional paradigma ta’limni ijtimoiy institutlar, ya’ni, maktab va
oliy ta’lim muassasalaridan tashqarida tashkil etish g‘oyasini ilgari suradi. Bu
ta’lim Internet va kompyuterlar vositasida ta’lim dasturlariga (masofadan o‘qitish)
muvofiq o‘qitishni samarali deya hisoblaydi.
Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim tushunchasi va mohiyati.
Ta’lim tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Ta’limga ikki
tomonlama aloqa (ta’lim olish va ta’lim berish), shaxsni har tomonlama
rivojlantirish va boshqa xususiyatlar xosdir. Ta’lim, shuningdek, o‘ziga xos
xususiyatlar ham ega. Ta’lim o‘qituvchi tomonidan boshqariluvchi o‘ziga xos
anglash jarayonidir. O‘qituvchining yo‘naltiruvchi sifatidagi roli o‘quvchilarning
aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlovchi bilim, ko‘nikma va
malakalarni to‘liq o‘zlashtira olishlarida ko‘rinadi.
Ta’lim o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi. U
o‘quvchilarga o‘quv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar
beradi, ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yo‘l
qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta ko‘rsatadi. Har
qanday ta’lim o‘zida o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati, ya’ni, o‘qituvchining
o‘rgatish hamda o‘quvchining o‘rganishga yo‘naltirilgan faoliyati, boshqacha
aytganda to‘g‘ridan to‘g‘ri, bevosita va nisbiy munosabat aks etadi.
Ta’lim jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi. Ta’lim jarayonining
“yaxlitligi” “tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish mumkin emas.
Дьяченко В.Д. Оганизационная структура учебного процесса и его развитие. – Москва,
Педагогика, 1984. – с. 44-45
Biroq, ta’lim jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bog‘liq.
Ta’lim yaxlit tizim sifatida ko‘plab o‘zaro bog‘liq quyidagi elementlarni o‘z
ichiga oladi: ta’lim maqsadi, o‘quv axborotlari, o‘qituvchi va o‘quvchilarning
ta’limiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek,
ta’lim jarayonini boshqarish usullari.
Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida quyidagicha namoyon bo‘ladi:
Ta’lim jarayonining negizini o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy
faoliyatlari tashkil etadi.
Ta’lim
funksiyalari.
“Funksiya”
tushunchasi
“ta’lim
vazifalari”
tushunchasiga yaqindir. Ta’lim funksiyasi ta’lim jarayoni mohiyatini ifoda etadi,
vazifasi esa ta’limning komponentlaridan biri hisoblanadi.
Didaktika (ta’lim jarayoni)ning quyidagi uchta funksiyasini ajratib ko‘rsatadi:
ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash.
Ta’lim natijasi sifatida bilimlarning to‘laligi, chuqurligi, tizimliligi,
anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu
kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganligini
ifodalaydi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy
bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko‘nikma va malakalarning shakllanishi
ham alohida ahamiyatga ega.
Umumiy ko‘nikma va malakalarga og‘zaki va yozma nutqni bilish, axborot
materiallaridan foydalana olish, o‘qish, manbalar bilan ishlash, referat yozish,
mustaqil ishni tashkil etish kabilar kiradi.
Тизим (мустақил тушунча сифатида) ўзаро боғланган кўплаб элементлар (таркибий
қисмлар) ўртасидаги мустаҳкам бирлик ва ўзаро яхлитликдир
Таълим жараёнининг таълим бериш функцияси ўқувчиларда билим, кўникма ва
малакаларни шакллантиришдан иборат
Таълимнинг
ривожлантирувчи
функцияси
таълим
жараёнида
билимларни
ўзлаштириш жараёнида ўқувчининг ривожланиши содир бўлишини ифодалайди
Rivojlanish quyidagi yo‘nalishlarda sodir bo‘ladi: nutq, fikrlash, sensorli-
harakatli va hissiy-irodaviy sohalarning rivojlanishi. To‘g‘ri tashkil etilgan
ta’lim shaxsni har doim rivojlantiradi. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchini har
tomonlama rivojlantirish, birinchi navbatda, aqliy rivojlantirish (analiz qilish,
taqqoslash, turlarga ajratish, xulosa chiqarish, ob’ektlarning muhim belgilarini
ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni o‘rgatish, natijalarni
tekshirish malakasini rivojlantirishga e’tibor qaratish lozim.
Ta’lim jarayoni tarbiyalovchi xususiyatga ham ega. Tarbiya va ta’lim
o‘rtasidagi bog‘liqlik ob’ektiv va qonuniy hisoblanadi. Biroq shaxsni ta’lim
jarayonida tarbiyalash tashqi omillar (oila, mikromuhit va boshqalar)ning ta’siri
tufayli qiyin kechadi.
Ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-
atvori va dunyoqarashi shakllantiriladi.
Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati, eng avvalo, ta’lim mazmunida aks
etadi. Biroq, barcha o‘quv fanlari ham birdek tarbiyalovchilik imkoniyatiga ega
emas. Gumanitar va estetik fanlarning bu boradagi imkoniyatlari yuqori.
Ta’lim jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o‘qituvchi va o‘quvchilarning
munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o‘qish jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro
munosabatlari, o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o‘qituvchining rahbarligi
hisoblanadi.
O‘qituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi. Ta’lim muassasasida tashkil
etiladigan ta’lim jarayonida o‘quvchining faoliyati o‘qituvchi rahbarligi ostida
kechadi. O‘qituvchi faoliyatining vazifasi o‘quvchilarning ijtimoiy borliqni ongli
va faol idrok etishga yo‘naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan iboratdir.
Таълимнинг тарбиялаш функцияси турли ижтимоий тузум ҳамда шароитда ҳам
яққол намоён бўлиб, таълим мазмуни, шакли ва методларининг моҳияти билан
белгиланади ва ўқитувчи ҳамда ўқувчилар ўртасидаги муносабатларни ташкил этиш
жараёнида етакчи ўрин тутади
Ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat:
O‘qituvchi faoliyatini rejalashtirish bosqichi kalendar-tematik yoki darslar
rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar yoki konspektlarni
tuzish uchun uzoq, jiddiy ishlash kerak bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning
tayyorliklari darajasi, ularning o‘quv imkoniyatlari, moddiy baza holati, shaxsiy
(kasbiy) imkoniyatlarini o‘rganib chiqishi, o‘quv materiali mazmunini tanlab
olishi, dars olib borish shakli va metodini o‘ylab chiqishi kerak bo‘ladi.
O‘quvchilar faoliyatini tashkil etish o‘quvchilar oldiga o‘quv masalalarini
qo‘yishni va uni bajarish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat bo‘ladi.
Ta’lim
jarayonida
o‘quvchilar
faoliyatini
boshqarish
ularni
to‘g‘ri
yo‘naltirishni nazarda tutadi. Nazorat qilish esa o‘quvchilar faoliyatining maqsadga
muvofiq, samarali tashkil etilishini ta’minlaydi. Natijalarni baholash va tahlil qilish
ta’lim jarayonining qanday kechganligini bilish, yutuqlar omillarini o‘rganish va
yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini belgilashda muhim
ahamiyatga
ega.
Bujarayonlarning
barchasi
shaxsni
shakllantirish
va
rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faoliyati. Bilim olish faoliyatning o‘ziga
xos ko‘rinishi sifatida muayyan tuzilish, rivojlanish va faoliyat qonuniyatlariga
ega.
Билим олиш борлиқни идрок этиш, ўрганиш, машқ қилиш ва муайян тажриба асосида
хулқ-атвор ҳамда фаолият кўникма, малакаларининг мустаҳкамланиб, мавжуд
билимларнинг такомиллашиб, бойиб бориш жараёни
Босқичлар
Режалаштириш
Таълим жараёнини бошқариш босқичлари
Ташкил этиш
Бошқариш (рағбатлантириш)
Назорат
Натижаларни баҳолаш ва таҳлил қилиш
Bilim olishning muhim komponenti motiv, ya’ni, ta’limiy xarakterdagi
harakat, faoliyatni tashkil etishga nisbatan rag‘batni his etish, ehtiyojning yuzaga
kelishidir.
O‘qishning keyingi komponenti o‘quv harakatlari (operatsiyalari) sanalib,
ular anglangan maqsadga binoan amalga oshiriladi. O‘quv harakatlari o‘quv
jarayonini tashkil etishning barcha bosqichlarida namoyon bo‘ladi. Harakatlar
tashqi (kuzatiladigan) va ichki (kuzatilmaydigan) ko‘rinida bo‘lishi mumkin.
Tashqi o‘quv harakatlariga predmetli harakatlar (yozish, rasm chizish, tajribalar
o‘tkazish); perseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, kuzatish, sezish) hamda nutqdan
foydalanish kiradi.
Ichki (mnemonik, yunonchadan “mnemonikon” eslab qolish madaniyati)
harakatlarga materialni eslab qolish, uni tartibga solish va tashkil etish,
shuningdek, tasavvur va fikrlash harakatlari kiradi.
Har qanday bilimni o‘zlashtirishda o‘quvchilardan idrok etish madaniyatiga
ega bo‘lish va o‘quv materialini anglab yetish talab etiladi. Pedagogik jarayonda
o‘quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning ma’nosini yetarli darajada tushunmay,
faqat tovushlar birligi sifatida qabul qilinishi va yodlab olinishi xavfilidir.
Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining tuzilishi. O‘quvchilarning o‘quv
faoliyatlarini samarali boshqarish uchun bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining
mohiyati hamda bilimlarning egallash bosqichlaridan yetarlicha xabardor bo‘lish.
Bilimlarning egallash quyidagi bosqichlarda kechadi:
Босқичлар
Идрок этиш
Билимларни эгаллаш босқичлари
Ўқув материалини англаб етиш
Билимларни мустаҳкамлаш
Билимларни амалиётда қўллаш
Bilimlarni egallashda o‘zlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar bosqichma-bosqich
boyib va mustahkamlanib boradi. Bu holat bilimlarni egallashning dinamik
xarakterini ifodalaydi. Jarayonni sxema yordamida quyidagicha ifodalash mumkin:
Birinchi bosqich idrok etish hisoblanadi. Idrok etish aniq maqsadga
yo‘naltirilgan anglash jarayoni bo‘lib, u tanlash xususiyatiga ega. Shu bois
o‘quvchilarga mavzuni, ya’ni, ularning nimani o‘rganishlari (masalani qo‘yish)ni
tushuntirib berish orqali o‘quv materiali bilan dastlabki tanishish amalga oshiriladi.
Mazkur bosqich o‘quvchi qaysi hodisa va voqealarni, predmetlarni o‘rganish
haqida yetarlicha tasavvurga ega bo‘lganida va o‘quv masalasini tushunib yetganda
yakunlanadi.
Ikkinchi bosqich o‘quv materialini anglab yetish bo‘lib, u ma’lumotlarning
nazariy jihatlarini ajratib olish va tahlil qilishdan iborat. Bunda asosiy mazmunni
topish, tushunchani ajratib olish, ularning belgilarini asoslab berish, tushuntirish
materialning xususiyatini aniqlab olish, misollar va tushuntiruvchi dalillar
to‘plamini o‘rganib chiqishi kerak. O‘quvchi eng asosiy, ikkinchi darajali hamda
qo‘shimcha, tushuntiruvchi elementlarni ajrata olishi lozim. O‘quvchi o‘quv
masalasini yechish usulini tushunsa, bilimlar o‘rtasidagi tizimni anglab yetsa ushbu
bosqich yakunlangan sanaladi.
Uchinchi bosqich – eslab qolish va mustahkamlash bo‘lib, o‘zlashtirilgan
bilimlarni uzoq vaqt davomida saqlab qolishdan iborat. Unda idrok etish faoliyati
ko‘proq mashqlar, mustaqil va ijodiy masalalar xususiyatiga ega bo‘ladi. Nazariy
material, tushuncha, qoida, isbotlar turli mashqlarda takrorlanadi. O‘qituvchi
o‘quvchilarning topshiriqlarni tushunib bajarishlarini kuzatib borishi kerak.
O‘quvchilar matnlarni mexanik ko‘chirib olishlari, topshiriqlarni bajarishlari, qoida
va tushunchalarni chuqur anglab yetmay bajarishlari mumkin. Bosqich yakunida
o‘quvchilar nazariy materiallarni biladilar va ulardan mashqlarni bajarish, masalani
yechish, teoremani isbotlashda foydalanishni biladilar. Ularda o‘quv malakalari va
ko‘nikmalari shakllantirilgan bo‘ladi.
To‘rtinchi bosqich bilimlarni amaliyotda qo‘llashdan iborat. Bilimlarni
qo‘llash o‘rganilayotgan materialning mazmuni xususiyatiga qarab faoliyat turli
shakllari va ko‘rinishlarida amalga oshirilishi mumkin. Bu o‘quv mashqlari,
laboratoriya ishlari, tadqiqot topshiriqlari, maktab yer maydonidagi ishlar bo‘lishi
mumkin.
Ta’limning gnoseologik asoslari. O‘quv jarayonini mantiqiy qurilishi ta’lim
mazmunining gnoseologik xususiyatlariga bog‘liq.
Muhammad al-Xorazmiy (IX asr) bilish nazariyasi rivojlanishiga katta
hissasini qo‘shgan. U birinchi bo‘lib koinot ob’ektlarining harakatlari hamda
yerdagi nuqtalarining joylashishini jadval ko‘rinishida aks ettirib, tajriba-kuzatish
va tadqiqotlar metodlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, yagonalikning birligi
tamoyili, alohida va umumiy, induksiya va deduksiyalarning mohiyatini
aniqlashtirdi; matematik masalalarni yechishning algoritmik metodini ishlab
chiqdi. Bu metoddan bugungi kunda ham foydalanib kelinmoqda.
Al-Kindiy (IX asr) ilmiy bilishning uch bosqichli konsepsiyasini ilgari suradi.
Alloma insonning bilishini: sezgiga oid va ratsional bilish tarzida ikkiga ajratadi.
Sezib bilishning predmeti va ob’ekti barcha jism va moddiy narsalar hisoblanadi.
Kindiyning fikricha, sezib bilish aql uchun muhim materialni beradi.”Faqatgina aql
tashqi dunyo haqida haqiqiy bilim va tushunchani ishlab chiqishga qodir”, - deb
hisoblaydi Kindiy.
Abu Nasr Forobiy (X asr) Kindiy g‘oyalarining mohiyatini aniqlashtiradi.
Гносеология (юнонча – “gnosis” (“gnoseos”) – билим, онг, ўрганиш, логия – фан,
таълимот) билиш, илмий билимларнинг шаклланиши, хусусиятлари, қонуниятлари,
услублари, илмий тафаккур шакллари, шунингдек, инсонга хос бўлган борлиқни
англаш қобилияти ҳақидаги назария, таълимот
Biror narsani bilishga intilgan inson avvalo uning ma’lum holatini o‘rganadi,
mavjud bilimlarini o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilimlarga yo‘naltiradi. Alloma
fanlar klassifikatsiyasi, bilish faoliyatini tashkil etishga oid tavsiyalarni ishlab
chiqadi. “Yaxshi nazariyotchi bo‘lish uchun deydi, - Abu Nasr Forobiy, - qaysi fan
bilan shug‘ullanishidan qat’iy nazar quyidagi uchta shartga amal qilish kerak: 1)
fan asosida yotuvchi barcha tamoyillarni yaxshi bilishi; 2) ushbu tamoyil va
ma’lumotlar asosida zarur xulosani chiqarishi, ya’ni, mulohaza yuritish
qoidalarini bilishi kerak; 3) xato nazariyalarni isbotlab berish va boshqa
mualliflar fikrlarini tahlil qilishni, shuningdek, haqiqatni yolg‘ondan ajratish
va xatoni tuzatishni bilishi zarur.
Abu Rayhon Beruniy Beruniy (XI asr) bilishni uzluksiz, to‘xtovsiz davom
etadigan jarayon sifatida tushunadi. Allomaning fikricha, insoniyat borliqning
haqiqiy mohiyati, hozircha noma’lum bo‘lgan jihatlarini kelajakda bilib oladi.
Abu Ali ibn Sinoning (XI asr) bilish nazariyasida sabab haqidagi ta’limot
alohida o‘rin oladi. U sabablarni aniq, sezish asosida anglanadigan va yashirin,
tashqi holatlarini tahlil etish asosida tushuniladigan sabablarga ajratadi va
hodisaning mohiyati uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash yo‘li bilan anglanishi
mumkin deb hisoblaydi.
Chex pedagogi Ya.A.Komenskiy XVII asrda ta’lim jarayonining mohiyatini
ilmiy asoslashga urindi. Alloma bolaning aqliy, jismoniy o‘sishini tabiiy
qonuniyatga muvofiq kelishi g‘oyasini asoslangan holda ta’lim jarayoni, uning
tuzilishi, tamoyil va metodlari belgilaydi. Ya.A.Komenskiy ushbu g‘oyasi G‘arb
olimlarining ta’lim jarayonining gnoseologik asoslarini ko‘rsatish, o‘quv
jarayoniga tabiiy va ijtimoiy qonuniyatlar ta’sirini yoritishga urinishlaridan biridir.
XVIII asrda fransuz olimi Jan Jak Russo ham insonning tabiat va jamiyatdagi
o‘rni haqidagi falsafiy g‘oyalar asosida ta’lim mohiyatini ochib berishga uringan.
Uning fikricha, ta’lim jarayonining mohiyati bolaning atrof-muhitni bilishiga
asoslanadi.
Hozirda ta’lim mohiyatini tushunishga turlicha yondashuv mavjud. Ya’ni:
1. Sotsiologik yondashuvga ko‘ra ta’limning mohiyati ijtimoiy tajribalarni
yoshlarga yetkazishdan iborat. O‘quvchilar insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi
natijalari bo‘lgan bilimlarni o‘rganadilar. Ta’limning mazmuni o‘quvchilarga
ajdodlar tajribasini o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi jarayonini tashkil etishdan
iborat. Bu qoida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning muhim omili – shaxs kamolotini
tushunishga ilmiy yondashishni anglatadi.
2. Xususiy pedagogik yoki didaktik yondashuv yaxlit ta’lim jarayonining
borishini belgilab beruvchi bilim olish bosqichlari (o‘quv materialini o‘rganishni,
uni anglab yetish, mustahkamlash, amaliy faoliyatda bilimlarini qo‘llash)ni
ifodalaydi. Mazkur yondashuvga ko‘ra ta’lim mazmuni o‘quvchilar tomonidan
bilim egallash bosqichlarining ketma-ketligiga amal qilish asosida faoliyatni
tashkil etishdan iborat.
3. Psixologik yondashuv L.S.Vыgotskiyning (1896-1934 yillar) ta’limning
shaxs rivojlanishida asosiy omil bo‘lishi haqidagi “yaqin rivojlanish zonasi” deb
yuritiluvchi qarashining yaratilishi bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, ta’lim faqat yaqin
zonada qurilganda, hali to‘la shakllanmagan, lekin o‘quv jarayonini qurishga asos
bo‘la oladigan mexanik harakatlar asoslangandagina mazmunga ega bo‘ladi.
4. Dialektik yondashuv tabiat, jamiyat va fikrlashning harakatlanishi hamda
rivojlanishi borasidagi umumiy qonunlarni yorituvchi falsafiy ta’limotga
asoslanadi. Unga ko‘ra ta’lim jarayoni inson ongining borliqni aks ettira olishiga
imkon berishi zarur. Haqiqatni bilish murakkab jarayon. Dialektik yondashish
g‘oyasiga ko‘ra rivojlanishning asosi qarama-qarshilik hisoblanadi. Rivojlanish
qarama-qarshi kuchlar kurashidir.
Dialektik yondashishga binoan ta’lim jarayonining asosiy qarama-
qarshiliklari quyidagilar sanaladi:
1. Ijtimoiy-tarixiy (ilmiy) bilimlar hajmi va o‘quvchi o‘zlashtirgan
bilimlar hajmi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilik ta’lim
jarayonini harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. U ta’lim mazmunini doimiy
takomillashtirishga olib keladi. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limini ijtimoiy-texnik taraqqiyot darajasiga yaqinlashtirish zaruriyati ta’lim
mazmunini tubdan yangilash, uni yangi tamoyil, shakl, metod va vositalarini
izlashni muhim ijtimoiy vazifa qilib qo‘ymoqda.
2. O‘quvchining bilimi va u egallab olishi kerak bo‘lgan shakl, metod va
vositalari) darajasi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilikni hal
etish o‘quvchining intellektual rivojlanishi sur’ati va darajasiga bog‘liq. Bir xil
mazmun va hajmdagi o‘quv materiali ham aqliy rivojlanishning turli
ko‘rsatkichlari orqali namoyon bo‘lishi mumkin.
3. O‘quvchining mavjud rivojlanish darajasi bilan ijtimoiy buyurtmada
ko‘zda tutiluvchi rivojlanish darajasi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Agarda
ijtimoiy talab bolaning idrok etish imkoniyatidan yuqori bo‘lsa, unda jiddiy
qiyinchilik yuzaga keladi.
4. Aksiologik (yunoncha “axios” – qimmatli, logiya – fan) yondashuv –
qadriyatlar haqidagi falsafiy ta’limot bo‘lib, unga ko‘ra ta’lim jarayonida o‘quvchi
hayot, sog‘liq, muhabbat, oila, ta’lim, mehnat, tinchlik, ishonch, go‘zallik, ijod,
insoniylik va shu kabi qadriyatlar bilan tanishtirib borilishi lozim.
2. Ta’lim qonuniyatlari va prinsiplari. O‘quv jarayonida amal qiluvchi
barcha qonuniyatlar umumiy va xususiy xarakter kasb etishiga ko‘ra ikki guruhga
ajratiladi. Amal qilinishiga ko‘ra yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan
qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga ko‘ra faqat alohida tarkibiy qismlariga
tegishli bo‘lgan qonuniyatlar esa xususiy deb ataladi.
Ta’lim qonuniyatlari quyidagilardan iborat: 1) ta’lim omillari, shart-sharoitlari
va natijalari o‘rtasida o‘zaro aloqadorlikning mavjudligi; 2) ta’lim jarayonining
ijtimoiy omillar va jamiyat ehtiyojlari bilan bog‘liqligi; 3) ta’lim, rivojlanish va
tarbiyaning o‘zaro birligi; 4) har qanday ta’lim jarayonida o‘qituvchi, o‘quvchi va
o‘rganilayotgan ob’ektlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning talab etilishi; 5) ta’lim
jarayoni samaradorligining o‘quvchilar tomonidan ko‘rsatiladigan o‘quv faolligi
asosida ta’minlanishi; 6) malakalarning muayyan operatsiya va harakatlarning
muntazam, ko‘p bora takrorlanishi natijasida hosil bo‘lishi; 7) o‘zlashtirishning
puxtaligi takrorlashning izchilligiga bog‘liq ekanligi; 8) o‘quvchilar tomonidan
o‘zlashtirilgan murakkab faoliyat usullarining o‘qituvchi tomonidan ularga eng
oddiy faoliyat usullarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishi natijasi ekanligi.
Ta’lim qonuniyatlari asosida unga qo‘yiladigan talablar – ta’lim tamoyillari
aniqlanadi.
Ta’lim jarayonida quyidagi tamoyillar ustuvor xarakter kasb etadi: ijtimoiy-
g‘oyaviylik; onglilik va faollik; ilmiylik va tushunarlilik; ko‘rgazmalilik;
mustahkamlik; tarbiyalovchi xarakterga egalik; fundamentallik va amaliy
yo‘nalganlik (ta’limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi);
tabiat bilan uyg‘unlik; madaniy taraqqiyot bilan uyg‘unlik; ta’limning o‘quvchilar
yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi; insonparvarlik; oqilona
talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning muvofiqliligi; pedagogik
hamkorlik.
3. Ta’lim mazmuni, mohiyati va tarixiy xususiyatlari. Ta’lim
o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish qobiliyatlarini
o‘stirish, ularning amaliy ko‘nikma, malakalari va dunyoqarashini shakllantirishga
yo‘naltirilgan jarayon bo‘lib, ushbu tushuncha negizida shaxsning tanqidiy
fikrlashi, yaratishi, borliqda sodir bo‘layotgan hodisalarni o‘zaro aloqadorlik
nuqtai nazaridan baholay olishi ham aks etadi.
Ta’lim tushunchasi, shuningdek, ajdodlar tomonidan to‘plangan ijtimoiy
ahamiyatli tajribalarning avlodlarga doimiy uzatilishini ta’minlovchi tizimli
jarayoni ham sanaladi. «...ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini bugungi kun
talablari nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish zarur», - deydi yurtboshimiz.
Shaxsni ijtimoiylashtirish uni jamiyat tomonidan tan olingan xulq-atvor
me’yorlari, bilim hamda qadriyatlar tizimini o‘zlashtirishdan iborat ijtimoiy
hayotga jalb etish jarayonidir.
Ta’lim mazmuni tizimlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar, qarashlar,
Таълим принциплари ўқитиш асосида ётадиган, таълим ва уни ташкил этиш
жараёнини ташкил этиш мазмуни, шакл, метод ва воситаларини танланишини
белгилайдиган бошланғич асослардир
ishonchlar to‘plami, o‘quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish natijasida erishilgan
amaliy tayyorgarlikning ma’lum darajasi bilan belgilanadi.
Ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan bilimlar
muhim ijtimoiy qadriyat ham sanaladi. U individning ijtimoiylashishi, odamning
sotsium (ijtimoiy muhit)ga kirishiga yordam beradi. O‘tgan asrda ta’lim
mazmunini siyosiylashtirishga, urinishga qaratilgan harakatlarning yuzaga
kelganligi uning mazmunini belgilashda ekstensiv yondashish (miqdoriy – sonini
ko‘paytirish) yetakchi o‘rin egalladi. Natijada ta’lim mazmuni o‘quv fanlari
sonining doimiy ortib borish hisobiga kengaytirildi, ta’lim jarayonida tayyor
bilimlarni berish asosida, o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarini
shakllantirishga e’tibor qaratilib, o‘quvchi shaxsini rivojlantirish masalasi o‘z
yechimini topmadi.
Shaxsga yo‘naltirilgan yondoshishga muvofiq ta’lim mazmuni mohiyatini
aniqlashda asosiy qadriyat bilim emas, balki odamning o‘zi hisoblanadi. Bunday
yondoshuv shaxsning ta’lim olish, ma’naviy, madaniy va hayotiy talab-
ehtiyojlarini qondirish, rivojlanayotgan shaxsga nisbatan samimiy munosabatida
bo‘lishi ta’lim mazmunini erkin tanlash imkonini beradi.
An’anaviy pedagogika deyarli faqat odamning ijtimoiy mohiyatini tan
olganligi bois, ta’limning maqsadi insonning jamiyat a’zosi sifatida rivojlanishi,
unda ijtimoiy ahamiyatli sifatlarining shakllanishi hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida, O‘zbekiston Respublikasida ta’lim jamiyat va
davlatning ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy rivojlanishi asosi deb e’lon
qilindi. Ta’limning maqsadi mustaqil fikrlaydigan, ma’naviy-axloqiy jihatdan
yetuk, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limning umumiy vazifalari quyidagilardan
iborat:
- aholi milliy-madaniy ehtiyojlarini qoniqtirish, jismoniy va ma’naviy
sog‘lom avlodni tarbiyalash;
- o‘quvchilar tomonidan ijtimoiy va ishlab chiqarish talablari bilan
belgilanadigan bilimlar tizimini o‘zlashtirilishini ta’minlash;
- ularda ilmiy dunyoqarash, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy madaniyat, ijodiy,
erkin fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning mustaqil bilimlarini oshirib
borishi;
- yoshlarda Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, fuqarolik dunyoqarashi,
insoniy qadr-qimmat, demokratik o‘zini boshqarishda ishtirok etish, shuningdek,
o‘z harakatlari uchun javobgarligini yuzaga keltirish.
Ana shu umumiy vazifalar bir qator alohida masalalardan iborat bo‘ladi.
Ular o‘quv fanlari mazmunida uyg‘unlashtiriladi.
Ta’lim turlari va ko‘rinishlari. Yevropa va Sharq, Osiyo va Amerika
mamlakatlarida ta’lim turlari tarixiy taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan. Birinchi
turi mifologik ta’lim bo‘lib, unda dunyoning mohiyati ertak, afsona, doston, qissa
hamda qo‘shiqlar shaklida o‘rganilgan.
Keyingi tarixiy turi sxolastik ta’lim bo‘lgan. Uning mohiyatiga ko‘ra
ta’limda matn madaniyati va yer, osmon haqidagi bilimlar so‘z bilan ifodalanib,
xotira va irodani mashq qildirish asosida yosh avlodga inson mavjudligi va u
tomonidan tashkil etiladigan faoliyat mazmuni haqida bilimlar berilgan,
savodxonlik va nutq madaniyatiga o‘rgatilgan.
Ta’limning uchinchi tarixiy turi - ma’rifatparvarlik bo‘lib, u dunyoviy
bilimlar yaratilgan davrda yuzaga kelgan. XX asrdan boshlab esa turli ta’lim
paradigma (model)lari, turlari va ko‘rinishlarining rivojlanish jarayoni kuzatildi.
Bugungi kunda asoslariga ko‘ra ta’limning quyidagi turlari, ko‘rinishlari
mavjud:
1.
ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishi turi va sifatiga ko‘ra (biologik,
matematik, fizik, iqtisodiy, filologik ta’lim va shu kabi);
2.
ustuvor mazmunga ko‘ra (nazariy va amaliy, gumanitar va boshqalar);
3.
ijtimoiy faoliyatlarni egallashi turi va mahoratiga ko‘ra (musiqiy,
badiiy, texnik, texnologik, pedagogik-tibbiy ta’lim va shu kabilar);
4.
madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirishiga ko‘ra (an’naviy ta’lim,
badiiy-estetik, diniy ta’lim va boshqalar);
5.
kishilik jamiyatining madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirish ko‘lamiga
ko‘ra (milliy, yevropa, xalqaro, global ta’lim va boshqalar);
6.
ta’lim tizimi turiga ko‘ra (universitet, akademik, gimnaziya, litsey
ta’limi va boshqalar);
7.
ta’lim mazmuni yo‘nalishining ustuvorligiga ko‘ra (formal va moddiy,
ilmiy va elementar, gumanitar va tabiiy fanlar, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-
hunar, oliy va boshqalar);
8.
ta’lim darajasiga ko‘ra (boshlang‘ich, to‘liqsiz o‘rta, umumiy o‘rta,
o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim.
Hozirgi zamon bosqichida ta’lim mazmunini belgilovchi muhim
g‘oyalar (asoslar). Ta’lim mazmuni – bu jamiyatning shaxsni ma’naviy
rivojlanishi darajasiga qo‘yilgan talablar, jamiyatning ijtimoiy tajriba va
madaniyatini aks ettirgan ijtimoiy buyurtmasi modelidir.
Ijtimoiy tajriba quyidagi to‘rt element bilan tavsiflanadi:
-inson tabiat, jamiyat haqidagi bilimlari
-faoliyatning ko‘nikma, malaka va usullari;
-yangi vazifalarni hal etish bo‘yicha ijodiy faoliyat tajribasi;
-atrofdagilar bilan o‘zaro emotsional (hissiy) – qadriyatli munosabatlar
tajribasi.
Shularga
muvofiq
zamonaviy
didaktika
g‘oyalariga
ko‘ra
ta’lim
mazmunining tarkibida quyidagilar o‘z aksini topadi: 1) olam haqidagi bilimlar; 2)
faoliyatni amalga oshirish usullari tajribasi; 3) ijodiy faoliyat tajribasi; 4) atrof-
muhitga hissiy-qadriyatli munosabat tajribasi.
Ilmiy asoslangan ta’lim mazmunini qanday aniqlash mumkin? Ta’lim
mazmuniga nima ta’sir ko‘rsatadi? U nimaga bog‘liq bo‘ladi?
Ta’lim mazmunini aniqlovchi asosiy omillar quyidagilardan iborat bo‘ladi:
1.
fan, texnika, madaniyatning jamiyatda rivojlanganligi darajasi;
2.
ta’limning maqsad va vazifalari;
3.
o‘quvchilarning yoshi xususiyatlari;
4.
o‘quvchi shaxsining ehtiyojlari.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim mazmuni o‘quvchilarda atrof-muhit
haqida umumiy tasavvurlarni hosil qilishi, ularni o‘zlarining amaliy faoliyatlari
uchun zarur bo‘lgan bilimlarni izlashg va bu bilimlarni hayotiy muammolarni hal
etishda qo‘llashga o‘rgatishi kerak. Ta’lim mazmuni o‘quv rejalari, o‘quv
dasturlarida, darsliklarda aks ettiriladi. «Shuni unitmasligimiz kerakki, kelajagimiz
poydevori bilim dargohlarida yaratiladi», - deb ta’kidlaydi Prezidentimiz.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim mazmunini tanlab olish tamoyil
va mezonlari. Maktab ta’limi mazmunini shakllantirish quyidagi umumiy
tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi:
1. Ta’lim mazmunining barcha elementlari barcha bosqichlarda jamiyat, fan,
madaniyat va shaxs rivojlanishi talablariga mos bo‘lishi tamoyili. Bu tamoyil
ta’lim mazmuniga an’anaviy bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan birga
jamiyatning rivojlanganligi, ilmiy bilim, madaniy hayot darajasi va shaxsning
rivojlanish imkoniyatlarini aks ettiruvchi fanlarni kiritishni talab etadi.
2. Ta’limning yagona mazmunli va protsessual tomoni tamoyili. Bu tamoyil
ta’lim mazmunini tanlashda bir tomonlama ilmiy yo‘nalishni rad etadi. U aniq bir
o‘quv jarayonini amalga oshirish bilan bog‘liq pedagogik haqiqatni hisobga olishni
ko‘zda tutadi. Bu umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim mazmunini
loyihalashtirishda uni berish va o‘zlashtirish tamoyillari hamda texnologiyasi,
o‘zlashtirish darajasi va u bilan bog‘liq harakatlarni hisobga olish kerakligini
anglatadi.
3. Ta’lim mazmunining yaxlit tuzilishi tamoyili. Bu tamoyil ta’lim
tizimining turli bosqichlarida nazariy bilimlarning berilishi, o‘quv fani, o‘quv
materiali, pedagogik faoliyat, o‘quvchi shaxsi kabi tashkil etuvchilarining o‘zaro
mosligini ko‘zda tutadi.
Oxirgi
yillarda
ta’lim
mazmunini
tanlash
gumanitarlashtirish
va
fundamentallashtirish kabi tamoyillar yetakchi o‘rin egallamoqda. Bu umumiy
o‘rta
va
o‘rta
maxsus
ta’lim
shaxsning
insonparvarlik
madaniyatini
shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishini anglatadi. Insonparvarlik madaniyati
birinchi navbatda bilim, hissiyotlar madaniyati, muomala va ijodiy harakatlar
uyg‘unligidir.
4. Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili. Bu tamoyil birinchi
navbatda o‘quvchilarning umuminsoniy va milliy madaniyatni faol ijodiy va
amaliy o‘zlashtirishlari uchun sharoitlar yaratish bilan bog‘liqdir. Buning uchun
gumanitar g‘oyalar umumiy ta’lim mazmuniga singdirilishi kerak. Bu esa o‘z
navbatida gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlarning o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro
munosabatlari tamoyilining o‘zgartirilishini talab etadi, uning asosini shaxsga
e’tibor qaratish tashkil etishi zarur.
5.
Ta’lim
mazmunini
fundamentallashtirish
tamoyili
ta’limni
gumanitarlashtirishdagi
to‘siqlarni
yo‘qotishga
imkon
beradi
(an’anaviy
pedagogikada uni ilmiylik, tushunarlilik va tarixiylik tamoyili sifatida qaraladi). U
gumanitar va tabiiy-ilmiy bilimlarni birlashtirish, ketma-ketlikni o‘rnatish va
fanlararo aloqalarni o‘quvchilarning idrok etish va amaliy faoliyat metodologiyasi
mohiyatini anglab yetishlariga tayanishni talab etadi.
6. Ta’lim mazmunining ketma-ketligi tamoyili, bu tamoyil ta’lim mazmunini
o‘sib boruvchi yo‘nalishda rejalashtirishdan iborat bo‘lishini anglatadi, bunda
birinchi navbatda har bir yangi bilim avvalgisiga tayanadi va undan kelib chiqadi.
7.
Ta’limning
mazmuni
muntazamligi
tamoyili,
ushbu
tamoyil
o‘rganilayotgan bilimlar va shakllantirilayotgan malakalarni yagona tizimdagi
o‘rni, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim, barcha o‘quv kurslari va yaxlit
mazmunning bir-biriga hamda umuminsoniy, milliy madaniyat tizimiga kiruvchi
tizim sifatida ko‘rishni ko‘zda tutadi.
8. Ta’lim mazmunining o‘quvchilar yoshlari imkoniyatlariga mosligi
tamoyili o‘quvchilarning yosh darajasi va tayyorgarligini ko‘zda tutadi. Ularga
o‘zlashtirish uchun u yoki bu bilimlar va malakalar tizimi o‘zlashtirish uchun taklif
etiladi.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning mazmunini shakllantirish ko‘rib
chiqilgan tamoyillarini zamonaviy o‘rta maktablar va akademik litseylari uchun
tanlab olish quyidagi mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
-
erkin fikrlovchi shaxsning rivojlanishi va uning madaniyatini
shakllantirish masalalari mazmunini yaxlit aks ettirish;
-
ilmiy va amaliy ahamiyati;
-
ta’lim mazmunining murakkabligi, o‘quvchilar imkoniyatlarining
mavjud o‘quv dasturlariga mosligi;
-
ta’lim hajmining uni o‘rganishga ajratiladigan vaqtga mosligi;
-
maktab hamda litseylar bazasining zamonaviy talablarga javob berishi;
-
umumiy o‘rta ta’lim mazmunini qurishda xalqaro tajribalarni hisobga
olish.
Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar. Ilmiy pedagogik
adabiyotlarda ta’lim mazmunini shakllantirishning quyidagi uch bosqichi
ko‘rsatiladi:
-
umumiy nazariy bosqich;
-
o‘quv bosqichi;
-
o‘quv materialini o‘zlashtirish bosqichi, ya’ni, ta’lim mazmunining
o‘quv rejasi, o‘quv dasturi va darsliklar kabi me’yoriy hujjatlarda o‘z ifodasini
topishi.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmuni davlat ta’lim
standarti,
o‘quv
rejalari
mazmunida
namoyon
bo‘ladi.
O‘quv
rejalari
quyidagilardan iborat: tayanch, namunaviy va maktab o‘quv rejasi.
Umumiy o‘rta hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari
(akademik litsey va kasb-hunar kollejlari) uchun tayanch o‘quv rejasi davlat ta’lim
standartining tashkiliy qismi hisoblangan asosiy me’yoriy hujjat bo‘lib, u
namunaviy va amaliy o‘quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat
qiladi. Tayanch o‘quv rejasi davlat ta’lim standarti tarkibiy qismi sifatida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining namunaviy o‘quv
rejalari tayanch o‘quv rejasi asosida tuziladi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq
ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi. Bu
reja uzoq muddatga mo‘ljallab tuziladi va uning asosida mavjud sharoitlarni
hisobga olib ishchi o‘quv rejalari ishlab chiqiladi.
O‘quv rejasi – me’yoriy hujjat hisoblanib (ta’lim muassasasi sertifikati)