DIDAKTIKANING MAQSAD VA VAZIFALARI. TA’LIM MAZMUNI (Didaktikaning ijtimoiy va fiziologik asoslari)
Yuklangan vaqt
2024-04-21
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
49
Faytl hajmi
96,0 KB
Ilmiybaza.uz
DIDAKTIKANING MAQSAD VA VAZIFALARI. TA’LIM MAZMUNI
REJA:
1. Didaktikaning ijtimoiy va fiziologik asoslari.
2. O’rta Osiyoda jadidchilarning ta’limni yangilashdagi o’rni hamda ularning
ta’limni tashkil etishdagi qarashlari (M. Abdurashidxonov, A.Fitrat, S.Mirjalilov,
A.Avloniy).
3. Ta’limning rivojlanish yo’nalishlari: uzluksiz ta’lim konsepsiyasi,
texnologiya ta’lim paradigmalari.
4. Ta’limning maqsad va vazifalari.
5. Ta’lim mazmunini tuzilishi.
Ilmiybaza.uz
Tayanch
tushunchalar:didaktika,
o’qitish,
o’qitish
jarayoni,
didaktikaning asosiy kategoriyalari, ta’lim paradigmalari. Ta’limning maqsad va
vazifalari ,Ta’lim mazmunini tuzilishi.
1.1. Didaktikaning ijtimoiy va fiziologik asoslari.
Didaktika pedagogika nazariyasining nisbatan mustaqil qismi bo’lib, unda
o’qitish jarayonining umumiy qonuniyatlari ochib beriladi. Didaktikaning so’zma-
so’z tarjimasi «ta’lim nazariyasi» ma’nosini anglatadi. Didaktika «yunoncha»
so’zdan olingan bo’lib, «didacticos» – o’rgatish, o’qitish ma’nosini bildiradi.
Bu atamani nemis pedagogi V.Ratke (1571-1635) fanga kiritgan, deb
hisoblanadi. Didaktika nomi ostida fanni nazariy va metodologik asoslarini tadqiq
qiladigan ilmiy fanni tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor
Ya.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan. 1657-yilda u chex tilida «Buyuk
didaktika» asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy «hammani hamma narsaga
o’rgatish san’ati» deb tushuntirdi.
Didaktika pedagogikaning “Nima uchun o‘qitish kerak”, “Nimani o‘qitish
kerak”, “Qanday o‘qitish kerak”, “Qanday hajmda o‘qitish kerak”, “Kimlarni
o‘qitish kerak”, “Qaerda o‘qitish kerak”, “Nimadan foydalanib o‘qitish kerak” kabi
savollariga javob izlaydi. Umumiy didaktika o‘z navbatida ayrim fanlarga oid
usullar bilan juda mustahkam bog‘langan bo‘lib, ularga oid ma’lumotlariga tayanib
o‘qitishning umumiy qonuniyatlarini ochib beradi va ayni vaqtda har bir o‘quv
fanini o‘qitish usullari uchun umumiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Didaktika o‘z oldiga
o‘qitishning o‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi
umumiy qonuniyatlarni bilib olish vazifasini qo‘yadi.
Didaktika – ta’lim jarayoni, mazmuni, qonuniyat va tamoyillari, shakl, metod va vositalarini ilmiy
asoslab beruvchi ta’lim nazariyasi, pedagogikaning alohida sohasi.
«Didaktika» atamasi ilk bor nemis pedagogi Volfgang Ratkening «Didaktika yoki ta’lim san’ati»
(1613-yil) deb nomlangan ma’ruzasida qo’llanilgan.
Ilmiybaza.uz
Didaktikada ta’limni tashkil etishning umumiy masalalari, o‘qitish
jarayonining mohiyati, ta’limning mazmuni, o‘qitish qonuniyatlari, o‘qitish
tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi. O‘qitish jarayoni
pedagogning o‘rgatuvchilik faoliyatini va ta’lim oluvchilarning maxsus tashkil
etilgan bilish faoliyatini o‘z ichiga oladi. Shu o‘rinda bu jarayonlarning tahliliga
e’tibor qarataylik. Ta’limda o‘qituvchining boshqaruvchilik roli o‘z kasbining
ijtimoiy asoslaridan kelib chiqib, ajdodlarining boy tajribasini, insoniyatning asrlar
davomidagi bilish, mehnat, muloqot, umumiy aloqalar, estetik hamda axloqiy
qarashlar jarayonida qo‘lga kiritgan yutuqlarni egallashni shart qilib ko‘yadi.
Didaktika va metodika mustahkam aloqa hamda o‘zaro bog‘liqliklikda joylashadi.
Didaktika o‘qitishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Aniq bir predmetni
o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari xususiy metodikalarda ishlab chiqiladi.
Xususiy didaktika – muayyan o‘quv fanlarini o‘qitish qonuniyatlari, usullari,
vositalari, shakllari va yo‘llarini o‘rgatuvchi metodika (tadris) fanlari ham
pedagogika fanlari turkumining asosiy sohalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. U
umumiy didaktika yutuqlari asosida rivojlanadi va uning nazariy umumlashmalariga
asoslangan holdagina takomillashib boradi. Muayyan bir fanga tadbiq etilgan
didaktik qonuniyatlar, o‘sha predmetning umumiy jihatlarini qonunlashtiradi va
ularda o‘qitishning universal jihatlari namoyon bo‘ladi.
Didaktikada ta’limni tashkil etishning umumiy masalalari, o’qitish
jarayonining mohiyati, ta’limning mazmuni, o’qitish qonuniyatlari, o’qitish
tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi.
Didaktika “nimaga o‘qitish?”, “nimani o‘qitish?” “qanday o‘qitish?” “qayerda o‘qitish” kabi savollarga
javob izlaydi.
Didaktikaning ob’yekti – o’sib kelayotgan avlodga ijtimoiy tajribalarni, milliy va umuminsoniy
madaniyatni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyatning asosiu turi hisoblangan ta’lim berishdir.
Didaktikaning predmeti sifatida o’rgatish (o’qituvchi faoliyati) va o’rganish (o’quvchilarning bilish
faoliyati), ularning o’zaro harakati aks etadi.
Ilmiybaza.uz
O’qitish jarayoni pedagogning o’rgatuvchilik faoliyatini va o’quvchilarning
maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o’z ichiga oladi. Shu o’rinda bu
jarayonlarning tahliliga e’tibor qarataylik. Ta’limda o’qituvchining boshqaruvchilik
roli o’z kasbining ijtimoiy asoslaridan kelib chiqib, ajdodlarining boy tajribasini,
insoniyatning asrlar davomidagi bilish, mehnat, muloqot, umumiy aloqalar, estetik
hamda axloqiy qarashlar jarayonida qo’lga kiritgan yutuqlarni egallashni shart qilib
qo’yadi.
Bularning barchasi o’qituvchining ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi
vazifalarini amalga oshirishida o’z aksini topmog’i lozim. Ana shu asosdan kelib
chiqib aytish mumkinki, ta’lim jarayonida o’qituvchi o’quvchilariga qo’lga
kiritilgan bilimlarni o’rgatadi. O’quv faoliyatida ularni ko’nikma va malakalar bilan
qurollantiradi. Shu bilan bir paytda u o’quvchilarda dunyoqarash va axloq
normalarini hosil qiladi, qiziqish va qobiliyatlarni shaklantiradi, ularning bilish
faolligini oshiradi. O’qituvchining faoliyati o’quvchi shaxsining maqsadga muvofiq
shakllanishiga katta imkoniyatlar ochib beradi. Yanada aniq qilib aytsak, butun
o’quv jarayonini rejalashtiradi, ushbu jarayonda o’quvchilar bilan birgalikdagi
faoliyatni tashkil etadi. O’quvchilarga qiyinchiliklarni yengib o’tishda yordam
beradi hamda ularning bilimlarini va butun ta’lim jarayonini tashxis qiladi. O’z
navbatida o’quvchilarning faoliyati o’quv jarayonida o’rganishga, bilim, ko’nikma
hamda malakalarni egallashga, o’zini jamiyatga foydali faoliyatga tayyorlashga
yo’naltiradi. Ta’lim jarayonida o’quvchilarning faoliyati ko’p qirrali yo’nalgan
harakatni ifodalaydi va bu harakat bilishga doir vazifalarni hal qilishda ularga katta
yordam beradi.
Didaktika ilmiy bilimlar tizimi sifatida birinchi marta chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning
«Buyuk didaktika» (1657-yil) asarida ochib berilgan.
Ilmiybaza.uz
Didaktika va metodika mustahkam aloqa va o’zaro bog’liqlikda joylashadi.
Didaktika o’qitishning umumiy qonuniyatlarini o’rganadi. Aniq bir predmetni
o’qtishning o’ziga xos xususiyatlari xususiy metodikalarda ishlab chiqiladi.
Muayyan fanga xos bo’lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy
taraqqiyot jarayonida to’plangan bilimlar aks etadi.
O’rgatish – o’qitish maqsadini amalga oshirish bo’yicha pedagogning
tartiblangan faoliyati.
O’rganish – anglash, mashq qilish, va egallangan tajribalar asosida xulq-atvor
va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni, oldin egallanganlari o’zgaradi.
O’qitish – qo’yilgan maqsadga erishishga yo’naltirilgan pedagog bilan
o’quvchilarning tartiblangan o’zaro harakati.
Ta’lim – o’qitish jarayonida egallanadigan bilim, ko’nikma, malakalar,
kompetensiya va fikrlash usullari tizimi.
Bilim – ma’lum bir fanni nazariy o’zlashtirishni aks ettiradigan inson g’oyalari
yig’indisi;
Ko’nikma – egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi ifodasi,
o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo’llash usullarini egallash.
Malaka – avtomatlashgan, biror bir usul bilan bexato bajarish, ko’nikmaning
takomillashgan darajasi.
Kompetensiya – egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik va kasbiy
faoliyatda qo’llay olish layoqati.
Maqsad – o’qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari kelgusida qay
yo’sinda safarbar etilishi.
Mazmun – o’qitish jarayonida egallanishi lozim bo’lgan ilmiy bilim, amaliy
ko’nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari tizimi.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: o’rgatish, o’rganish, o’qitish, ta’lim,
bilim, ko’nikma, malaka, kompetensiya, maqsad, mazmun, tashkil etish, shakl, metod, vosita, natija.
Ilmiybaza.uz
Tashkil etish – qo’yilgan maqsadni samarali amalga oshirish uchun unga
zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo’yicha tartiblangan didaktik
jarayon.
Shakl – o’quv jarayonining tashqi ifodasi, uning ichki mohiyati, mantig’i,
mazmuni uchun qobiq.
Metod – o’qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga oshirish) yo’li.
Vosita – o’quv jarayonining predmetli qo’llab-quvvatlanishi, yangi materialni
o’zlashtirish jarayonida o’qituvchi va talabalar tomonidan foydalaniladigan ob’yekt.
Natija – o’quv jarayonining so’nggi mahsuli, belgilangan maqsadlarning
amalga oshganlik darajasi.
1.2.O’rta Osiyoda jadidchilarning ta’limni yangilashdagi o’rni hamda
ularning ta’limni tashkil etishdagi qarashlari (M. Abdurashidxonov, A.Fitrat,
S.Mirjalilov, A.Avloniy).
Turkistonda jadidchilik harakati. Yangi usul maktablarining
ochilishi
Jadidlar harakat ijtmoiy-tarbiyashunoslik tafakkurining alohida bir oqimi
sifatda Turkistonda yashovchi xalqlar orasida shakllandi. Turkistondagi jadid (jadid
so’zi arabcha “yangi usul”, “yangilik”, demakdir) maktablarining yuzaga kelishi
mashhur qrim-tatar arbobi Ismoilbek Gaspirali nomi bilan bevosita bog’liqdir.
1851-yilda tavallud topgan Ismoilbek Gaspirali ilg’or demokratk g’oyalarni
musulmonchilikning diniy asoslari bilan birlashtrish yo’lida qizg’in kurash olib
bordi. Turkiy xalqlarning milliy mustaqilligi uchun kurashgan Ismoilbek Gaspirali
o’z navbatda jadidchilik oqimining asoschisi sifatida dunyoga tanildi. Ko’p
yurtlarda safarda bo’lgan Ismoilbek Gaspirali xalq taraqqiyoti birinchi navbatda
maorifga bog’liq ekanligini anglab etb, jamiyatdagi tub o’zgarishlarni amalga
oshirishni yangi usuldagi maktab tuzishdan boshladi. Gaspirali tomonidan o’hilgan
yangi usuldagi maktab tez orada shuhrat qozondi. Jadid maktablarining ommaviy
tus olishiga asosiy sabab I.Gaspirali tomonidan 1883-yildan boshlab nashr etla
boshlangan “Tarjimon” gazetasi bo’ldi. Shu bilan birga Ismoilbek Gaspirali o’zi
tashkil maktab uchun bir qator darsliklar va o’quv qo’llanmalari ham yaratdi. Uning
Ilmiybaza.uz
yangi usuldagi maktab hayotga bag’ishlangan asarlari jumlasiga “Hujai Subyona”,
“Qirsat turki”, “Rahbari muallimin” kabi darslik va o’quv qo’llanmalarini kiritsa
bo’ladi. Gaspiralining ushbu asarlari o’quv jarayonini tashkil etsh, darsliklarga
qo’yiladigan talablar, musulmon o’quv adabiyotda qo’llaniladigan didaktk va
metodik ko’rsatmalar bilan jadid maktablari taraqqiyotga ulkan hissa qo’shdi.
I.Gaspirali boshqa turkiy xalqlar qatori o’zbek millatdagi ijtmo’ly fikrlar
taraqqiyoti va shu jumladan, haqiqiy vatanparvar o’zbek ziyolilari, pedagoglarining
kamol topishida ham o’chmas iz qoldirdi.
1893-yili Ismoil Gaspirali Turkistonga kelib, chor huqumat amaldorlarini va
Buxoro amiri Abdulahadni musulmon maktablarini isloh qildirishga ko’ndirmoqchi
bo’ladi.
Ismoil Gaspirali Buxorodan so’ng poezdda Samarqandga borgan, undan
Toshkentga kelib, Turkiston general-gubernatorligidagi, amaldorlar bilan o’z niyat-
maqsadlarini o’rtoqlashgan. Biroq, Toshkentda uni yaxshi kutb olishmadi, loyihasi
esa etborsiz qoldi rildi. 1893-yil 8-iyunda u yana Samarqand orqali Buxoroga qaytb
borgan va amir bilan uchrashib, E.J.Laxzarining ko’rsatishicha, uni yangi usuldagi
bir maktab o’hishga ko’ndirgan. Ikkinchi usuli jadid maktabini 1898 yilda Qo’qonda
Salohiddin domla ochdi. Shu yili To’qmoqda ham yangi usul maktabi paydo bo’ldi.
1899-yili Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori yangi usul
maktabini ochdilar. 1903 yilda, umuman, Turkistonda 102 ta boshlang’ich va 2 ta
o’rta jadid maktabi bor edi. Bulardan 6 tasi Buxoro amirligida va 8 tasi Xiva xonligi
hududida edi.
Turkistondagi jadidchilik xarakati bu bir tasodif xodisa bo’lmay, balki
xayotimizdagi ijtimoiy-siyosiy ziddiyotlar maxsuldir.
Jadidchilik oqimini ijtimoiy-siyosiy va ma’rifiy tomonlarini professor
B.qosimov o’z tadqiqotida batafsil bayon etgan.
XIX asrning boshlaridan Buxorodagi ma’rifatparvar musulmon ruxoniylari va
ziyolilari orasida madrasa va maktablar tizimiga xamda islom diniga kirib qolgan
bid’atlarni islox qilish fikri paydo bo’la boshlaydi. SHunday islohot tarafdorlarini
jadidchilar, ya’ni yangilik tarafdorlari deb atay boshlaydilar. Jadidizm (arabcha
Ilmiybaza.uz
«jadid» so’zidan olingan bo’lib «yangi» degan ma’noni bildiradi). O’sha davrlardan
boshlab bunga qarama-qarshi turgan oqim, ya’ni feodal-o’rta asrchilik, diniy
fanatizm ruxida bo’lgan kishilarni esa qadimistlar, deb atay boshladilar. XIX asr
boshlarida bir qancha ma’rifatparvar mudarrislar Buxoro shaxridagi 200 ga yaqin
madrasani islox qilish g’oyasi bilan chiqdilar. Bu xarakat boshida madrasa mudarrisi
Abu Nasr Al Kursaviy turgan edi. qadimistlar esa ularni kofirlik va xudosizlikda
aybladilar. Buxoro amiri Xaydar esa Kursaviyni zindonga tashlatib, o’lim jazosiga
xukm qiladi. Ammo uning tarafdorlari uni zindondan qochiradilar. Kursaviy
qozonda o’z faoliyatini davom ettirib, 1813 yilda vafot etadi. XIX asrning 50-60 –
yillarida diniy islohotchilik xarakati yanada kengaya boshlaydi. Endi bu xarakat
boshida buxorolik mudarris va tarixchi olim Marjoniy (1818-1889), g’ijduvonlik
domla Fozil, Mo’minjon Vobkandiy, mulla Xudoyberdi Boysuniy va boshqa
mudarrislar turar edilar. Ular madrasa va maktablarni islox qilishni emas, balki
ortiqcha darslarni olib tashlash tarafdori ekanliklarini yozadilar. Islohotchilar
raxnamosi Marjoniy o’zining dasturida quyidagi olti asosiy masalalarni qo’yadi:
qur’ondagi xar qanday diniy masala yuzasidan kishilar bilgan xolda o’zlari
erkin fikr yuritsinlar.
Birovning birovga ko’r-ko’rona ergashishi qat’iy mann qilinsin.
Madrasalarda o’qitiladigan xoshiya va shrq kabi quruq mazmunga ega bo’lgan
va madrasa o’quvchilari uchun foydasiz bo’lgan xamda ularning 8-10 daqiqa vaqtini
bekorga oluvchi darslar dars jadvallaridan olib tashlansin.
Madrasalarda qur’oni Karim, Xadisi SHarif, ularning tarjimalari va islom tarixi
kabi darslar o’tilsin.
Arifmetika, tarix, jo’g’rofiya, tabobat, xandasa, mantiq, falsafa va boshqa
dunyoviy fanlarni o’qishga qarshilik ko’rsatilmasin.
Xar bir ishda musulmonchilikni Muxammad alayxissalom davridagi qadimiy
islom madaniyatiga qaytarish ko’zda tutilsin.
Marjoniy va uning tarafdorlari bo’lgan o’sha davrning jadidlari musulmon
taraqiyparvarlaridan edilar, ular madrasalarda diniy darslar bilan bir qatorda qadimiy
islom madaniyati davridagidek dunyoviy darslarni o’qitishni shart qilib qo’ydilar.
Ilmiybaza.uz
Biroq, qadimistlar va amirning reaktsion siyosati natijasida ta’qibga uchragan
Marjoniy Buxorodan chiqib ketishga majbur bo’ldi. Uning maslakdoshlaridan
ko’pchiligi zindonga tashlanib, orqalariga 75 darra urilgach, ular tavba qilib, qaytib
bunday ishlarni qilmaslikka va’da berdilar
XIX asr oxiri – XX asrning boshlarida Turkistonda chor mustamlakachiligining
kuchayishi natijasida Markaziy Osiyoning ko’p joylarida jadidchilik xarakati
kuchayib ketdi. Bu xarakat mavjud jamiyatning ijtimoiy-madaniy asoslarini qayta
qurishga qaratilgani sababli eski tuzum, eski turmush, eski maktab tarafdorlarining
kuchli qarshiligiga duch keldi. Bu qarshi kuch vakillari qadim yo qadimchilar deb
atalgan bo’lsa, yangi xayot shabadalarini olib kelishga uringan kishilar esa jadid
yoki jadidchilar degan nom oldilar. SHu tarzda asrimiz boshlarida jadidlar va
jadidchilik xarakati yuzaga keldi. Yangi asrning boshlanishi bilan avvalgidek
ijtimoiy xorlik, iqtisodiy va madaniy qoloqlik sharoitida yashash mumkin emasligi
ular uchun oydek ravshan edi. Nafaqat Markaziy Osiyo, balki Rossiyada yashovchi
xalqlar xam o’z taqdirlarini o’zgartiribgina, feodal tuzumning negizlarini
parchalabgina yangi xayotga qadam qo’yishlari mumkin edi. Oq podsho idora qilgan
mamlakatdagi ana shu og’ir vaziyat tufayli 1905 yil to’ntarishi sodir bo’ldi. Bu
to’ntarishdan maqsad jamiyatni demakratlashtirish, sakkiz soatlik ish kunini joriy
etish, dvoryanlar ixtiyoridagi katta yer-mulkni olib, dexqonlarga bo’lib berish va
xokazolar edi. Birinchi rus to’ntarishining bu dasturi bilan tanishgan Markaziy
Osiyolik taraqiyparvar ziyolilar tatar qardoshlari ortidan borib, jadidchilik
xarakatiga kelib qo’shildilar. 1907 yil Eron burjua to’ntarishi, 1908 yil Turkiya
burjua to’ntarishi, Markaziy Osiyoda jadidchilik xarakatining rasmiylashuvi va
kuchga kirishida katta axamiyat kasb etdi. Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy islohotlar
yo’li bilan xalq va jamiyat xayotini yaxshilashga, madaniy yuksaklikka olib
chiqishga qaratilgan dasturni bajarishga kirishdilar. Ular ta’sirida o’zbek zaminining
boshqa go’shalarida xam jadidchilik xarakati avj oldi.
Jadidchilik jamiyati to’ntarish yo’li bilan emas, islohotlar yo’li bilan
rivojlantirishni o’zining asosiy vazifasi deb belgiladi. U o’zining bu vazifasini ado
etishda, faqat bir sinfga – proletariatgagina tayanmadi. Umuman jadidchilik
Ilmiybaza.uz
insoniyatni sinflarga bo’lib tashlash tarafdori emas. Jadidlar xatto qadimchilar bilan
xam ittifoq tuzib, xalq va kelajak manfaati yo’lida baqamti ishlash, bugungi ifoda
bilan aytganimizda turli siyosiy qarashlarga ega bo’lgan xalq qatlamlarining tinch-
totuv yashashi va ishlashi g’oyasini ko’tarib chiqdilar. Bexbudiy ana shu «muttaxid»
front tuzish g’oyasini bayon qilar ekan, «ulamo yoki ziyoli va taraqiyparvarlarimiz
boy va avomimiz birlashib, din va millat va vatanning rivoji uchun xizmat etsak»2,
deb yozgan. Jadidlarning bunday muttaxid frontni tuzishga intilganlarining boisi
turli sharoit bilan belgilangandi. Avom xam, boylar xam, ulamo xam, ziyolilar xam
chor xukumati qaramog’ida bo’lgan mustamlakaning biri oz, ikkinchisi ko’p
siquvda bo’lgan kishilar edilar. Markaziy Osiyo bozorlarida rus savdo va sanoat
burjuaziyasi xukmron bo’lib, maxalliy burjuaziya vakillari sina boshlagan edilar.
Boshqacha aytganda, mustamlakachilik azobini maxalliy boylar va savdogarlar xam
seza boshladilar. Ana shunday tarixiy sharoitda, jadidlarning fikr-muloxazalariga
ko’ra, oddiy xalqning iqtisodiy-madaniy xayotini yaxshilash qanday zarur bo’lsa,
chet el kapitali iskanjasidan, mustamlakachilik kishanlaridan qutilish xam
shunchalik kechiktirib bo’lmas vazifa edi.
Jadidlar 1906 yildayoq «Taraqiy» deb nomlangan gazeta nashr ettirib, o’z
g’oyalarini tarqata boshladilar, oradan ko’p o’tmay, «Xurshid», «SHuxrat» singari
yangi gazetalar dunyo yuzini ko’rdi. Markaziy Osiyoning turli shaxarlarida jadid
maktablari bodroqdek ochilib, ularda diniy ilmlar bilan birgalikda dunyoviy bilimlar
xam keng targ’ib qilindi. «Jadidlar nima xaqida gapirishmasin, xammasi yangi
nafas, yangi g’oya edi, proletar mafkurasi xam, ishchilar sinfi xam yo’q edi, tabiat
birlamchi deguvchilarning mafkurasini deyarli xech kim tushunmas, biladiganlar esa
juda ozchilikni tashkil qilar edi. SHuning uchun jadidchilikning yangi g’oyalar bilan
paydo bo’lib, ruxoniylarga, xukmron sinflarga qarshi turishi, madaniyatni yaratishi,
bir so’z bilan aytganda, yangilik edi, «jadid» jumlasining ma’nosi xam «yangi»
demakdir».
Agar lo’nda qilib aytsak, jadidlarning xarakat dasturi quyidagi masalalarni xal
qilishga qaratilgan:
Diniy taassuf va fanatizmga qarshi kurash.
Ilmiybaza.uz
Diniy aqidalarga asoslangan o’rta asr maktablari o’rniga Ovro’po qabiladagi
dunyoviy ilmlarni ona tilida o’qitishga moslangan yangi usuldagi maktablarni
tashkil etish, feodal davri maorif tizimini islox qilish.
Jadidchilik g’oyalarini keng xalq ommasiga yetkazish niyatida yangi o’zbek
adabiy tilini ishlab chiqish, matbuot xurligi uchun kurash, xalq ommasiga tushunarli
adabiyot va teatrni yaratish.
Xotin-qizlarni paranjidan chiqarish va jadid maktablariga qatnashlarini
ta’minlash yo’li bilan ular taqdirini o’zgartirish va oilada islohot o’tkazish.
Maxalliy boylar va savdogar axlining siyosiy va iqtisodiy jixatdan rus
burjuaziyasi bilan bir xuquqda bo’lishi, maxalliy amaldorlarning chor xukmdorlari
tomonidan siquvga olishiga qarshi kurash. SHu yo’l bilan mustamlakachilik
siyosatini islox qilish.
Asosiy talablari ana shundan iborat bo’lgan jadidlar uchun ilm va ma’rifat
yagona qurol bo’lib, ular shu qurol yordami bilan o’lkada ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy taraqiyot uchun kurashmoqchi bo’ldilar.
MUNAVVAR QORI ABDURASHIDXON O’GLI (1878—1931)
Munavvar qori Abdurashidxon o’g’li Turkiston tarixida milliy maorif va
madaniyat, ijtimoiy-siyosiy soxada tub burilish yasagan, jadidchilik xarakatining
tashkilotchilaridan biri bo’lgan.
U o’z millati fidoyisi sifatida Turkiston musulmon xalqlari milliy-ozodlik
xarakatining
Toshkentdagi
“SHo’roi
Islomiya”,
qo’qondagi
“Turkiston
muxtoriyati” tashkilotlariga raxbarlik qilgan.
Abdurashidxon Sotiboldixon olim o’g’li Munavvar qori 1878 yilda Toshkent
shaxrining markaziy daxasi — SHayx Xolvand Taxurning Darxon maxallasida
mudarris Abdurashidxon va Xosiyat otin oilasida dunyoga keladi. U yetti yoshida
otasidan ajraydi. Dastlabki ta’limni onasi Xosiyat otindan oladi, xat-savodi
chiqgach, o’sha davrdagi yirik maktabdorlardan biri — Usmon domlada o’qiydi,
so’ng Toshkentdagi Yunusxon madrasasida taxsil ko’radi. Biroq, o’sha davrda O’rta
Osiyoda ilm markazi Buxoro edi. SHuning uchun u 1898 yilda Buxoroga borib,
madrasalardan birida taxsil ola boshlaydi. Ammo ko’p o’tmay, moddiy
Ilmiybaza.uz
qiyinchiliklar tufayli Toshkentga qaytib keladi va Darxon masjidida imomlik qiladi.
SHu davrda Toshkentda xam jadidchilik xarakati kuchayib boradi. Munavvar qori
xam taraqiyparvarlar safiga qo’shilib, tezda uning yo’lboshchisiga aylanadi. U
ayniqsa Ismoilbek /aspiralining “usuli savtiya” maktabiga, chor xukumati
mustamlaka o’lkalardagi axolini qanday ma’naviy-madaniy uzlatda saqlagani va
undan qutulish choralari xaqidagi fikrlariga xavas va ixlos bilan qaraydi. CHunki,
bu davrda birinchidan, eski arab va fors maktabi uslubida faoliyat ko’rsatuvchi
ibtidoiy maktablaru madrasalarning o’quv pedagogika ishlari ancha eskirib qolgan
edi. Ikkinchidan, chor xukumati Turkiston o’lkasida maorifni rivojantirmaslik uchun
astoydil xarakat boshlab yuborgan edi. O’lka axolisini ruslashtirish siyosati birinchi
o’rinda turar edi.
SHunday qilib, Munavvar qori 1901—1904 yillarda qrimlik do’sti Rasm
Keshod yordamida Toshkentda “usuli savtiya” maktabini ochadi, ayni vaqtda
maktabda imomlik xam qiladi. 1906 yilda esa yangi usul maktabi soxasidagi
faoliyatini o’z uyining tashqari xovlisida davom ettiradi, oradan ko’p vaqt o’tmay
maktab uchun ikki xonalik qo’shimcha bino qurdiradi. qisqa muddat ichida bu
maktab dovrug’i ortadi, bolalar soni ko’payib ketadi. Natijada qori akaga
xammaxalla bo’lgan Buvaxon to’ra Poshshaxon o’g’lining tashqi xovlisida
maktabning ikki sinfli sho’’basi ochiladi. Bu yerda 1, 2-sinflarni bitrgan bolalar
o’qishni Munavvar qori xovlisida davom ettirganlar.
1913—14 o’quv yilida maktabda yuqori sinflar (5 va 6-sinflar) ochila
boshlaydi. To’rtinchi sinfdan rus tili xam o’quv fani sifatida o’rgatiladi. U maktabni
islox qilmay turib, odamlarning ongida o’zgarish yasab bo’lmasligini yaxshi
tushunib yetgan edi. U “Bizni jaxolat-jaxl murakkab” maqolasida “Turkistonda
maktab va madrasa yo’q emas, bor, ammo ular benizom va beusuldir... Turkistonlik
yoshlarning tarbiyasi va ta’lim olishiga jiddiy e’tibor berilmayapti, millatning
istiqboliga loqayd va beparvo qaralmoqda”, deb tanqid qilardi. Munavvar qori
farzandlarining taqdiri uchun otalar zimmasida katta mas’uliyat borligini
ta’kidlaydi. U kuyinib yozadi: “... ilm berishni o’ylamay, jonidan shirish bolalarini
ko’cha-bako’cha kezdirib, bechora mas’umni aziz umrini jaxolat otashila
Ilmiybaza.uz
yondig’uvchi bexamiyat va bediyonat otalar xam oramizda oz emasdur.” “...
Boshqalari o’z farzandlarini aslo maktabga bermay, orqalaridan ergashturub ruslar
eshikida o’zlari kabi xizmatchilikg’a o’rgatub dunyoi va oxiratni saodati o’lg’on ilm
va maorifdin maxrum qo’ymoqdin xech bir ibo qilmaslar. Ba’zi azizlarimiz
bordurki, o’g’lini qo’lidin tutub maktabg’a olib borur. Muallimdan talab qilurki,
“Taqsir, shu o’g’limning go’shti sizniki, ustuxoni bizniki, bir iloj qilub tezlik ila
naqd va nasiya yozmoqni o’rgatib berursiz” der. Mana, otalarning farzandlari
taqdiriga, istiqboliga bo’lgan munosabati.
Munavvar qori maktab o’qituvchilarining (domlalarning) xam qiyofasini
tavsiflab, aksar o’qituvchilar — badxulq, zolim, bolalarni kaltaklashadi, ya’ni
“Muallim afandi qo’lida zo’r bir tayoq, qaysi bolani boshi xarakatdan qolsa, ushbu
tayoq shu bolani boshida o’lur. Ammo o’qug’on-o’qumag’on ila xech kimni ishi
yo’q. Boshni qimirlatib o’tursa, kifoya qilur. Xattoki o’tgan yillarda bu tariqa zolim
muallimlarni tayoqini ostida vafot qilmoq xam voqe’ o’ldi. Bu tariqa zolim va
badxulq, joxil muallimlarni tarbiyasida o’skan bollardan nima umid qilmoq kerak”...
Munavvar qori o’qitishning bunday yaramas usuli qanday oqibatlarga olib kelishi
xaqida kuyunib yozadi: “... boshqa viloyatlarda xat bilmayturg’on kishi yuzdin o’n
bo’lsa, Turkiston viloyatida yuzdin to’qsondir”1. Bunga bois maktabda o’qitiladigan
dars va kitoblarning usul (metodika) jixatidan maqsadga muvofiq emasligi,
muallimlarni pedagogik talablarga javob berolmasligi kabilardir deydi.
Munavvar qori 1909 yili Ubaydulla Xo’jaev, Abdullo Avloniy, Toshpo’latbek
Norbo’tabekov, Karim Norbekov va boshqalar bilan xamkorlikda toshkentlik bir
boyning raisligida “Jamiyati xayriya” tashkil etadi. Bu jamiyat orqali qashshoq va
kasalmand kishilarga, o’quvchilarga yordam ko’rsatadi va bu bilan cheklanmaydi, u
Rossiya va Turkiyadagi oliy o’quv yurtlariga talabalar yuborish bilan xam
shug’ullandi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda shu jamiyatning yordami bilan
Mirmuxsin SHermuxammedov Ufadagi “Oliya” madrasasida o’qigan. Munavvar
qori 1906 yil sentyabrida “Xurshid” jurnalini nashr ettirib, o’zi muxarrirlik qiladi.
Bu jurnal o’zbek xalqining ko’zini ochishga, fikriy uyg’onishga, o’z xaq-xuquqini
1 Мунаввар Қори. («Тараққиёт» газетаси, 1906 йил, 14 июнь, №1.)
Ilmiybaza.uz
tanishiga xizmat qilgani uchun oq poshsho malaylari tomonidan tezda yopib
qo’yildi. Keyinroq u “Najod”, “Surat”, “Xaqiqat”, “Turon”da bosh muxarrir bo’lib
ishladi. U matbuotni elni g’aflat uyqusidan uyg’otuvchi buyuk kuch, madaniyat va
ma’rifatga chorlovchi qudratli vosita, xaqiqat ko’zgusi, deb qaradi. U Turkistonning
mustamlakaga aylanishi, millatning inqirozga uchrashi sabablarini ochib beradi: “Bu
zamondan yuz yildan ziyodroq muqaddam zamondan boshlab oxista-oxista millat
devorlarining xar tarafiga raxna paydo bo’ldi.
Munavvar qori fors, arab, rus, turk tillarini mukammal bilgan, u ko’p ulug’
adiblarning asarini mutolaa qilgan. Munavvar qori o’lkaning qoloqligi sababini
axtarar ekan: “Bizning Turkiston mamlakati tuproq, suv va xavo jixatidan eng boy
mamlakatlardan bo’la turib, na uchun o’zimiz bundan foydalana olmaymiz?” deb
afsus-nadomatlar qiladi. “Mana, ket-baket yetgan bunday savollarga javob bermak
uchun nodonlik va olamdan xabarsizlik, demakdin boshqa chora yo’qdir. Bu
nodonlik va dunyodan xabarsizlik balosidan qutilmak uchun avval oramizda xukm
surgan buzuq odatlarning buzuqlig’ini bilmak va o’rganmak kerakdir”, deydi u.
Ma’lumki, zolim Nikolay II ning 1916 yil 25 iyunda «Front orqasidagi
xizmatlar uchun Turkiston, Sibirь va Kavkaz inonarodetslaridan o’n to’qizdan 31
yoshgacha er kishilardan mardikorlikka olish xaqida 1526 raqamli farmoni e’loni
qilinadi. Bu noqonuniy farmonni o’lka qonini so’rib yotgan gubernatorlar bosh-
boshdoqlik bilan amalga oshiradilar. Oqibatda, Turkistonning ko’pgina viloyat va
shaxarlarida axoli o’rtasida norozilik tug’ilib rasmiy isyonlar boshlanib ketadi.
Isyonlar shafqatsizlik bilan bostiriladi. Ana shu pallada toshkentlik taraqiyparvar
kishilar sukut saqlamay, axoliga yordam berishga kirishadilar. Ushbu xarakat
natijasida «Turkiston mardikorlikka olish qo’mitasi» tashkil etiladi. Munavvar qori
shu qo’mita raisining o’rinbosari etib saylanadi. U chor xukumati olib borayotgan
bu siyosatning noto’g’riligini xalqa tushuntiradi va bu masalada Peterburgga vakil
yuborishni tashkil etish ishlarida faol qatnashadi.
O’zbek xalqini ma’rifatli qilishga intilgan buyuk murabbiy 1918 yil may oyida
Toshkent shaxrida “Turk o’chog’i” ilmiy-madaniy jamiyati tuzadi. U bu jamiyatni
Turkiston turklarini milliy tug’ ostiga to’plab, alarga rux va ma’rifatlarimizni, tijorat,
Ilmiybaza.uz
ziroat va san’atimizni rivojlantirib, chin madaniyat vujudga keltirmak va shu tariqa
millatimizni ruxiy va jismoniy quvvatini orttirish maqsadida tashkil etgan edi.
Munavvar qori ana shu g’oya asosida ish olib boradi.
U insonning ma’rifatli bo’lib, ko’zi ochilmaguncha vijdon uyg’onmasa na
o’zini, na xalqining erkini muxofaza qilaolishini, bu imonsizlik ekanini
mutafakkirona noziklik bilan o’z asarlarida ifoda etadi. “So’nggi ikki yil ichida, —
deydi u, — Turkiston xalqining boshina kelgan falokatlar xar biri yolg’iz nodonlik
va maorifsizlik orqasidangina bo’lganligi xar kimga ma’lumdir. Kelajakda bunday
falokatlardan qutulmoq va Turkiston xalqi tilagan ravishda idora qilmoq va
dushmanlardan saqlamoq yolg’iz maorif vositasi ilagina mumkindir”, deydi u.
Xa, bu Munavvar qorining imon-e’tiqodidan, vijdonidan dalolat edi. Zero,
toshkentlik jadidlar — taraqiyparvarlar millatni illatdan, asoratdan ma’rifatgina
qutqaza olish xaqidagi xulosaga keladilar.
Umuman, Munavvar qori Abdurashidxon o’g’li ma’rifatparvar inson, istiqlol
uchun kurashgan, pedagogik fikr rivojiga munosib xissa qo’shgan mutafakkir olim
sifatida shuxrat qozondi.
O’z xalqini, vatanini joni-dilidan sevgan Munavvar qori Abdurashidxonov
shaxsga sig’inishning dastlabki qurbonlaridan biri bo’ldi. U avval Toshkentda, so’ng
Moskvada tergov qilinib, otib o’ldirishga xukm etiladi. Bu ulug’ insonning ismi
sharifi xalq yodidan xech qachon o’chmaydi.
ABDURAUF FITRATNING TA’LIMIY-TARBIYAVIY QARASHLARI
(1886—1938)
«O, yer yuzida yurgan ne-ne kimsalarni biz tirik sanaymiz, aslida
ular o’lik.
Er ostida yotgan ne-ne zotlarni o’lik sanaymiz, aslida ular tirik!»
Abulxasan Xaraqoniy
Ma’naviyatimizning ilk namoyandalaridan biri Abdurauf Fitrat garchand
qatag’on qurboni bo’lib, jismonan oramizda bo’lmasa xam u xamisha tirik. qismati
og’ir bo’lgan ulug’ siymolar qatori Fitrat butun kuch-qudratini xalqa bag’ishladi.
Ilmiybaza.uz
Abdurauf Abduraxim o’g’li Fitrat 1886 yili Buxoro shaxrida tug’iladi. «Fitrat»
Abduraufning adabiy taxallusi bo’lib, bu so’z tug’ma tabiat, tug’ma iste’dod degan
ma’noni anglatadi. Uning otasi o’zbek, onasi tojik bo’lgan. Fitratning otasi
savdogarchilik bilan shug’ullangan, dindor, o’qimishli shaxs bo’lib, olam kezishni,
tijoratni yaxshi ko’rgan.
Fitratning onasi Mustafbibi nozikta’b, savodli ayol bo’lib, farzandlari ta’lim-
tarbiyasi bilan asosan u shug’ullangan. Oilada Abduraufdan tashqari yana ikki
farzand — ukasi Abduraxmon va singlisi Madbuba bo’lgan. Mustafbibi bolalarining
savodli, bilimdon kishilar bo’lib yetishishlarini uchun xarakat qilgan. Abdurauf
dastlab eski maktabda so’ngra Buxorodagi Mirarab madrasasida taxsil ko’radi. U
arab, fors-tojik, turk adabiyotlarini, falsafani, sharq xalqlari tarixi va madaniyatini
chuqur o’rganadi.
XX asr boshida butun SHarqda bo’lgani kabi Buxoroda xam ijtimoiy fikr
taraqiyotida jiddiy uyg’onish boshlanib, jadidchilik xarakati keng yoyiladi.
Buxorodagi jadidchilikning o’ziga xos tomonlari bor edi. F.Xo’jaev Turkiston
jadidlari bilan Buxoro jadidlarini farqlamoq kerakligini uqtirib o’tgan edi: «Bu farq
rus Turkistoni bilan yarim mustaqil Buxoroda vujudga kelgan xo’jalik va siyosiy
munosabatlar o’rtasidagi farqdan kelib chiqadi»1. Turkiston jadidlari oshkora ish
olib bordilar. Amir istibdodining og’irligi Buxoro jadidlarini maxfiy jamiyat
tuzishga majbur qildi. Maxfiy to’garaklar ochib, to’garaklarga nisbatan faolroq ish
olib bordi.
Buxoroda jadidlar «Yosh buxoroliklar» nomi bilan ish olib bordi.
Fitrat mana shu xarakatning raxbarlaridan biri edi. Yosh buxoroliklar o’z
faoliyatlarini boshlarida (birinchi yashirin jamiyat Buxoroda 1908 yilda tuzilgan)
yangi usuldagi maktablar ochib, ularda boy xamda kambag’allarning bolalarini
o’qitdilar.
Jadidlar Orenburg, qozon, Ufa, Istambul kabi musulmon madaniyati
markazlarining bilim yurtlari orqali kadrlar tayyorlashga aloxida e’tibor beradilar.
SHu maqsadda 1909 yil 18 iyunda Buxoro yoshlari «Tarbiyai atfol» («Bolalar
1 Ф.Хўжаев. Танланган асарлар, 1-том, 82-бет, Т., 1976 й.
Ilmiybaza.uz
tarbiyasi») nomli xayriya jamiyati tuzadilar. S.Ayniyning yozishicha «...
jamiyatning birinchi maqsadi Istambulga o’quvchilar yubormoq chorasiga
kirishmoq edi. Ikmoli taxsil uchun Usmonxo’ja Po’latxo’ja o’g’li (1878—1968),
uning birodari Atom Xo’ja (1894—1938), Mazxar Maxzum Burxon Maxzum o’g’li,
Abdurauf Fitrat, Muqimbek Istambulga safar qildilar. Fitrat mazkur talabalarning
eng iste’dodlisi va eng fozili edi».
SHunday qilib Fitrat 1909 yili 25 yoshida «Jamiyati xayriya»ning ko’magida
Turkiyaga o’qishga ketadi.
Istambuldagi barcha buxorolik va turkistonlik o’quvchilar bu jamiyatga a’zo
bo’lib, Buxoro ma’rifatparvarlarining bir qismi xam unga sirtdan a’zo bo’lgan
edilar.
Jadidlar o’z g’oyalarini matbuot orqali targ’ib qilishga intildilar. Ular
«Ma’rifat» shirkatlarini tashkil etib, bunda o’zbek va tojik tillarida darsliklar nashr
ettiradilar. Tojik tilida «Buxoroyi SHarif», o’zbek tilida «Turon» gazetalarini
chiqaradilar, kutubxonalar ochadilar.
Fitrat xam barcha jadidlar qatori xalqni ilmli qilib, xayotni, jamiyatni
yangilashga intiladi. U xam ilmiy va badiiy ijod soxasidagi dastlabki qadamlarini
ma’rifat izlash va xammani ma’rifatga da’vat etishdan boshlaydi.
Abdurauf Fitrat ma’rifatparvar adib sifatida «Munozara»da Buxoro amirligi
idorasida muayyan isloxot-o’zgarish kiritish g’oyasini ilgari surgan bo’lsa, «Xind
sayyoxi qissasi»da yangicha g’oyani — muayyan darajada Buxoro amirligiga
nisbatan o’z e’tiroznomasini bayon etadi. U isloxot g’oyalaridan voz kechmaydi,
biroq Buxoro davlatining madaniyati, tabobati, sanoati va xatto yer osti
boyliklaridan xalq manfaati yo’lida foydalanish xaqida qayg’uradi.
1913 yil 4 yillik o’qishdan so’ng Fitrat ilg’or qarashlar bilan Turkiyadan
Buxoroga qaytib keladi. U endi faqat ma’rifat va madaniyat tarqatish g’oyasi
bilangina yashay olmasdi. Endi uning jadidlar xarakatidagi siyosiy jixatdan
aralashuvi faollashadi.
Ilmiybaza.uz
Fitrat 1916 yili «Oila» nomli falsafiy asarini yozadi. Bu asar fors tilida yozilib,
S.Ayniyning aytishicha Mirza Abdulvoxidning xarajatlari xisobidan nashr etiladi.
Asarda oilaviy xayotning isloxotidan baxs yuritilib, adib najot yo’llarini axtaradi.
1917 yili esa Bokudagi maorifchi do’stlari yordamida o’zining ibtidoiy
maktablarning so’nggi sinflari uchun mo’ljallab yozilgan, o’zbek tilidagi «O’quv»
nomli kitobini nashr ettiradi. Bu kitob o’sha yillarda Buxorodagina emas,
Samarqand, Toshkentda xam M.Bexbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov o’quv
kitoblari singari yangi usul maktablari uchun juda kerakli tarbiya kitobi bo’lib
qolgan edi.
Abdurauf Fitrat o’zining ma’rifatparvarlik yo’lini keyin xam davom ettirib
boradi. U boshqa ma’rifatparvar yozuvchilar: Vasliy, Bexbudiy, Siddiqiy,
S.Alizoda, Xoji Mo’yin kabi o’zbek va tojik ziyolilari bilan xamkorlikda
Samarqandda «Xurriyat» gazetasida ishlaydi, gazetaga muxarrirlik qiladi (gazeta
1917 y. aprelda chiqa boshlagan).
1922—1923 yillarda Fitrat Buxoro Xalq Respublikasining maorif noziri
sifatida barcha o’zbek, tojik va boshqa millatlarning bolalari uchun maktablar
ochish, o’quvchilarga metodik qo’llanmalar tayyorlash soxasida katta ishlar olib
bordi. Xotin-qizlar maktablarini ko’paytirishga, xotin-qizlarni ma’rifatga tortishga
aloxida e’tibor berdi.
Fitrat o’sha yillarda Buxoro Xalq Respublikasidan Germaniyaga, Turkiyaga
talabalar yuborish, u yerdagi ilg’or Yevropa ta’lim-tarbiyasi, ilm-fan, texnika
sirlarini o’rganish, yangi Buxoro Xalq Respublikasi va Turkistonda maorif va
madaniyatni rivojlantiruvchi maxalliy milliy kadrlar tayyorlash tashabbuskori va
tanlovchilaridan biri bo’ldi. Ayni chog’da Buxoro Xalq Respublikasi raisi Fayzulla
Xo’jaev xam Turkiston SHo’rolar Respublikasi raxbarlari Turor Risqulov, Abdullo
Raximboev, Nazir To’raqulovlar bilan birga Buxoro va Toshkent, Samarqand va
Farg’ona, Xo’jand va Xivadan Sattor Jabbor, Sayidali Xo’ja, Maryam
Sultonmurodova, Xayriniso Majidxonova, Saida SHeraxmad qizi Axmad SHukriy,
Axmadjon Ibroximov kabi o’nlab maxalliy millat o’g’il va qizlarini Germaniyaga
o’qishga yuboradi. Ularning axvoli, moddiy va ma’naviy, tarbiyaviy ishlaridan
Ilmiybaza.uz
xabardor bo’lib turadi. Germaniyadagi o’zbek talabalar «Ko’mak» nomli o’zbekcha
jurnal chiqarishadi. Fitratning «Xind istilochilari» saxna asarini, Sadriddin
Ayniyning «qiz bola yoki Xolida» o’quv kitobini nashr etishadi. Bu asar Buxoro va
Turkistondagi milliy zexnlilar orasida keng tarqaladi va sevib o’qiladi.
Fitrat 1923—1924 yillarda Moskva va Leningradda yashab ijod qiladi.
Leningrad Davlat dorilfununi 1924 yili Fitratga o’zbek va tojik mumtoz
adabiyotlari namoyandalari to’g’risidagi tadqiqotlari uchun professorlik unvonini
beradi. Fitrat O’rta osiyoning birinchi professori bo’lib tarixga kiradi. U «O’zbek
adabiyotidan namunalar» kitobida o’nlab mumtoz adabiyotimiz vakillari xaqida
ma’lumot beradi.
1925 yildan Fitrat turli madaniy-oqartuv, maorif va ilmiy-tadqiqot institutlarida
ishlaydi. O’zbekistonda birinchi tashkil bo’lgan Samarqand Pedakademiyasida,
Fanlar komiteti qoshidagi Til va adabiyot institutida, keyinchalik Toshkent Davlat
pedagogika institutlarida sharq adabiyoti va tili, tarixidan yuksak saviyada dars
beradi.
Professor Fitrat o’sha yillardayoq dunyoga mashxur bo’lgan olimlar akademik
A.Samoylovich, S.Malov, Ye.E.Bertelьslar bilan xamkorlikda o’zbek, tojik va
boshqa millat sharqshunos, adabiyotshunos, turkolog olim, muallimlar tayyorlash
ishiga xam yaqindan yordam beradi. Bu soxada Fitrat to 1937 yil qatag’onga
uchragunga qadar Yaxyo /ulomov, Ibroxim Mo’minov, Oybek, Xodi Zarifov, Izzat
Sulton, Xomil Yoqubov, Raxim Xoshim kabi markaziy Osiyoning bo’lg’usi taniqli
olimlariga bevosita yoki bilvosita murabbiylik xam qilgan edi,
1934 yil O’zbekiston Fanlar komiteti qoshida tuzilgan mustaqil ilmiy-tadqiqot
institutlariga aylangan ilmiy muassasalarda o’sha davrda taniqli olimlardan Otajon
Xoshim, /ozi Yunusov va boshqalar bilan birga yosh adabiyotshunos xamda
tilshunos olimlarga o’zbek adabiyoti tarixi va fors tilidan dars beradi. SHarq
adabiyoti, tili, tarixining katta bilimdoni sifatida shuxrat topadi va shogirdlari
qalbida o’chmas iz qoldiradi.
Fitratning ijodiy va ijtimoiy faoliyatini nisbi ravishda ikki davrga ajratish
mumkin. Faoliyatining birinchi davrini 1908—1918 yillarda yozgan «Raxbari
Ilmiybaza.uz
najot», «Munozara», «Sayyoxi xindi bayonoti», «Oila» singari asarlari tashkil etib,
bular yosh buxoroliklar xarakatining g’oyaviy dasturi bo’lib xizmat qilgan edi.
Bu davrda Fitratning «Sayxa» she’rlar to’plami, «Begijon», «Mavludu sharif»,
«Abomuslim», «Temur sag’anasi», «CHin sevish» kabi dramatik asarlari xamda
«Siyosiy xollar», «Turkiston muxtoriyati» kabi publitsistik maqolalari xam
yaratiladi.
Fitrat ana shu dastlabki asarlari bilan o’zi yashab turgan jamiyatning g’oyaviy
asoslarini larzaga keltiradi.
Fitratning dastlabki asarlarida vatanparvarlik mavzusi asosiy o’rinni egallaydi.
U vatani bilan faxrlanadi, lekin vatanining xoli xarobligidan aziyat chekadi. Vatani
uchun najot yo’lini qidiradi va bu najot yo’lini ma’rifatda deb biladi. SHuning uchun
o’z xalqiga madaniyat va ma’rifat berish uchun tinimsiz mexnat qiladi.
Fitrat ijodiy va ijtimoiy faoliyatining ikkinchi davri 1918—1924 yillarni o’z
ichiga oladi.
Bu davrda Fitratning «Uchqun» she’rlar to’plami (1912 y.), «qiyomat»
xikoyasi, «O’g’uzxon», «qon», «CHin sevish», «Xind ixtilochilari», «Abulfayzxon»
drama va asarlari xamda bir qancha publitsistik maqolalari maydonga keladi.
Abdurauf Fitratning ta’lim-tarbiya xaqidagi qarashlari
Abdurauf Fitrat zullisonayn yozuvchi sifatida Abduraxmon Jomiy va
Alisher Navoiy an’analarini davom ettirib, o’zbek va tojik tillarida birday
mukammal asarlari yarata oldi.
Fitratning «Raxbari najot» asari to’la ravishda ta’lim-tarbiya masalalariga
bag’ishlanadi. Ayniqsa, asarning uchinchi bobi oila, bola tarbiyasi, axloq-odob
mavzulariga bag’ishlangan bo’lib, bu masalalar xozirgi davrda xam katta ma’rifiy
axamiyatga egadir.
Fitrat ota-onaning vazifasi o’z bolalarini yetuk kishilar qilib tarbiyalashlari
zarurligi, bunda ayniqsa, uch tarbiyaga: 1. Jismoniy tarbiya — salomatlik, 2. Aqliy
tarbiya — sog’lom fikrlilik, 3. Axloqiy tarbiya — axloqiy sano, ya’ni axloqiy
poklikka e’tibor berish kerakligi ta’kidlanadi.
Asarning «Bola tarbiyasi» masalalari bobida quyidagilar ko’rsatib o’tiladi.
Ilmiybaza.uz
Tarbiyai avlod
«Oila vazifalaridan biri avlodni tarbiyalashdan iboratdir. Yosh avlodni
tarbiyalash xayotiy vazifalardan bo’lib xisoblanadi. Ma’lumki, dunyo kurashning
umumiy maydoniga o’xshaydi va bu maydonning paxlavonlari insonlardir. Xar bir
kishi barkamollik yoshiga yetgach, u o’z saodati ta’mini uchun shu maydonga
kirmasdan iloji yo’qdir. Bu kurashda g’olib chiqish uchun uch xil o’lchov quroli
(saloxi massex)ga ega bo’lish kerak. 1. Salomatlik; 2. Sog’lom fikr (nuqsonsiz fikr,
ya’ni yuqori iste’dod); 3. Axloqi sano (oliy darajali axloq, ya’ni axloqi poklik).
Fitrat «Xar bir kishi shu uch quroldan birisisiz maydonga kirsa, albatta mag’lub
bo’lishi tabiiydir, deb aytib, bu bilan uch tarbiyani doimo qo’shib olib borish
kerakligini, agar bu tarbiyalarning birontasi kam bo’lsa, yetuk kishi tarbiyalab
bo’lmasligini ko’rsatmoqchi bo’ladi. Yana aytadiki: «Agar xar bir ota o’z
farzandining badbaxt bo’lishini xoxlamasa, uni bu maydonning g’olibi qilib
tayyorlashi kerak. Farzandingizni jismoniy, aqliy, ruxiy tomondan barkamollikka
yetkazing va jamiyatning qobil a’zosiga aylanishi uchun g’amxo’rlik qiling».
U bola tarbiyasi faqat oiladagina olib borilmasdan, bu ish bilan keng
jamoatchilik, davlat xam shug’ullanishi kerakligini, chunki davlatning kelajagi
mana shu yoshlar qo’lida bo’lishini ta’kidlab o’tadi. «Bolalarni barkamol qilib
yetkazish uchun uning tarbiyasiga faqat oilagina javobgar bo’lmasdan, butun qavm
a’zolari javobgardirlar, chunki yoshlar xar tomonlama yetuk inson bo’lib
tarbiyalansa, qavmning kelgusi taraqiyotida katta axamiyatga ega bo’ladi».
Tarbiyai badaniya
Fitrat jismoniy tarbiyaga, kishining salomat va baquvvat bo’lib tarbiyalanishiga
aloxida e’tibor beradi: «Badan tarbiyasiga qadim zamonlardan boshlab katta
axamiyat berilgan. Insonning butun a’zosi salomat va quvvatga ega bo’lmasa, unda
inson uzoq yashamaydi. Agar insonning tanasidagi a’zolaridan biriga xalal tegsa, u
kishi ishdan qo’lini tortib, boshqalarning muxtojiga aylanadi. Bizning
farzandlarimiz ilm olish bilan birga, ularning badan tarbiyasiga axamiyat berishimiz
lozimdir».
Ilmiybaza.uz
Fitrat bolalarning toza xavoda bo’lishlari, atrof, tabiat go’zalliklaridan estetik
zavq ola bilishlariga axamiyat beradi va deydi: «Xavo inson uchun ovqatdan xam
muximdir. Besh-olti soat ovqatsiz turish mumkin, bir daqiqa xavosiz turish mumkin
emas. SHuning uchun go’daklarni xamma vaqt sof xavoga, bog’-chorbolarga olib
chiqish lozimdir. Farangdagi shaxarlarning xar taraflarida bolalar uchun
chorbog’lar, xavo maydonchalar yaaratilgan. Bulardan tashqari, ularning
maktablarida bolalar tanaffus vaqtlarida maxsus maydonchalarda turli o’yinlar
o’ynaydilar.
Fitrat bolalarning jismoniy tarbiyasida turli xarakatli o’yinlar katta o’rin
tutishini xam aytib o’tadi. Ota-onalariga o’z bolalarining shunday o’yinlar bilan
mashg’ul bo’lishlarini ta’min etishlarini maslaxat beradi: Xarakat xar bir kishi
uchun, ayniqsa bolalar uchun xam zarurdir. SHuning uchun bolalarni jismoniy
chiniqtirishda ularni ayrim o’yinlar bilan mashg’ul qilish foydalidir. Bolalarni
o’yindan man etishning foydasi yo’qdir. Ularning doimo bir joyda o’tirishlari,
xarakat qilmasliklari ularni badanlarini zaif bo’lishlariga olib keladi. Ota-onalar
doim o’z bolalarini o’yinga tashviq va targ’ib qilishlari lozimdir. Ammo bolalarning
o’yinlari odob va axloq doirasidan tashqari chiqmasligi kerak. Fitrat bu xarakatli
o’yinlar bolaning aqli, farosati, ilmini rivojlanishiga va to’g’ri axloqiy tarbiya
topishiga yordam berishi kerak, deb xisoblaydi. U bu o’yinlar orqali bolaga xayotni
o’rgatish, aqliy va axloqiy tarbiya xam berish mumkin, asosiysi bolani jismonan
chiniqtiradi, deb biladi».
Fitrat yana bolalarning sog’lom, jismonan yetuk bo’lishlari uchun tozalikning
axamiyati juda kattaligini tushuntirib o’tadi: «Nazofat (tozalik) va pokizalik kattalar
uchun qanchalik lozim bo’lsa, kichik bolalarga ulardan ko’ra o’n baravar zarurdir.
Uning zarurligining ikki jixati bor. Avval bolalar kattalarga nisbatan oldinroq
xastalik qobiliyatiga ega. SHuning uchun ifloslik xar qanday bemorlikni keltirib
chiqaradigan manba bo’lib, ifloslik kattalarga nisbatan bolalarga o’n barobar ziyon
yetkazadi.
Ikkinchidan, ular yoshlikdan boshlab pokizalikka o’rgatilsa, pokizalik bora-
bora ularning odatiga aylanadi. Aksincha, yoshlikdan ifloslikka o’rgatilsa, katta
Ilmiybaza.uz
bo’lganda xam shunday odatga o’rganadilarki, bu kishilarning nafratiga sazovor
bo’ladi».
Muallif bolalarga shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishni o’rgatishni aloxida
ta’kidlab o’tadi: «Ota-onalar va muallimlar bolalarni xar kuni yuzlarini sovunlab
yuvdirsinlar, og’iz va tishlarini tozalab yuvsinlar, doimo liboslarini nazorat qilsinlar,
mumkin qadar bolalarni chivin va pashshalar bo’lmagan joylarga o’tkazsinlar,
chunki bu xasharotlar turli kasalliklarni tarqatuvchidirlar».
Keyinroq Fitrat fikr — aql tarbiyasi to’g’risida, ya’ni aql rivojlanishida
muxokamaning roli xaqida gapirib beradi.
Tarbiyai fikriya
Fikr va aql insonni kamolotga yetkazadi va o’qish, o’rganish qobiliyati uni
saodatmand qiladi. Insonning komil aqli yaxshilik muxokamasidir. Muxokama
nima? Muxokama ikki qismga bo’linadi: birinchisi Kaziyyatxoi ma’lum (ma’lum
bo’lgan xukm, voqea va xodisalar), ikkinchisi Kaziyatxoi majxul (noma’lum voqea
va xodisalar)dan xulosa chiqarilishidir.
Masalan, «Vatan xizmati vojibdir»(shartdir). Bu xukm noma’lum (majxul)dir.
Bu xukmga yana boshqa ikki ma’lum xukm lozimdir, ya’ni «Vatan bizning
valine’matimizdir» (saxovatmandimiz, ne’matlar bilan ta’minlovchimizdir). «Xar
bir valine’mat (oliy ximmat inson)ning Vatan uchun xizmati vojibdir», bas «Vatan
xizmati vojibdir» degan xukm yuqoridagi ikki ma’lum kazi(y)yatlar bilan ochiladi.
Demak, muxokama uch qismdan tashkil topib, avvalgi xukm noma’lum bo’lib,
qolgan ikki qismi avvalgisini to’ldiradi va kazi(y)yati ma’lum deb, ataladi. Demak,
inson muxokama orqali kamolotga yetadi. Muxokamani aniq va ravshan bo’lishi
uchun uch narsa zarur bo’lib xisoblanadi.
1. Isobot. 2. Istiqomat. 3. Sur’at.
Isobot ma’lum kaziyyati xukmning to’g’riligiga, bexatoligiga aytiladi.
Istiqomat ma’lum voqea-xodisalarning xukmning barqarorligi, sur’at esa to’xtovsiz,
tezlik bilan tartib berilishi demakdir.
Avvalo, bolalarni Isobot soxibi bo’lishlarida, bir voqea va xodisa ustidan fikr
yuritganlarida ularga to’g’ri, bexato ma’lumotlar beraylik, chunki xato fikrlar ularni
Ilmiybaza.uz
xatolarga, xatarli yo’llarga olib borishi tabiiydir. Asossiz muxokama bolalar
tarbiyasiga katta ziyon yetkazadi. Keyin bolalarni istiqomat soxibi qilib fikr
yuritishlariga axamiyat berishimiz kerak, ularni ma’lum kaziyyatlarni noma’lum
kaziyyatlardan to’g’ri, aniq ajrata oladigan xolatda tarbiyalash lozim, ya’ni xar bir
masala soxasidagi ma’lumotlarni g’alati tushunmasliklari uchun bolalarni
muxokama qilishga odatlantirish kerak. Yomonning yomonligini, yaxshining
yaxshiligini muxokama orqali tushuntiring, doimo shunga diqat qilingki, bolalar
xech narsani ko’r-ko’rona taqlid sifatida qabul qilmasinlar. Madaniyatli akvomlar
(qavmlar, xalqlar) o’z maktablarida xisob, tarix, madaniyat, fizika, jo’g’rofiya,
ashyoviy darsi va boshqa maxsus fanlarni yuqoridagi ikki maqsad — (Isobot va
Istiqomat maqsadlari)ga jalb qilish uchun o’qitadilar.
Fitrat bu fikrlari bilan bolaga to’liq aqliy ta’lim berish uchun mana shu
yuqoridagi ijtimoiy, ilmiy, dunyoviy fanlarni maktab dasturlariga kiritish kerak
degan xulosaga keladi. Va jadidlar bilan ochgan yangi usul maktablarida iloji
boricha shu fanlarni xam bolalarga o’rgatadilar.
Fitrat maktablarda bolalarga nisbatan qo’llaniladigan tan jazolarini butunlay
qoralaydi, unga qarshi chiqadi. Bolani tayoq zarbi bilan yaxshi inson qilib tarbiyalab
bo’lmasligini tushuntirib beradi.
Fitrat o’quvchi shaxsini xurmat qilish zarurligini, unga nisbatan insoniy
munosabatda bo’lish, qilgan gunoxlarini o’ziga to’g’ri, yaxshi so’z bilan tushuntirish
kerakligini, shunda u xam o’qituvchini xurmat qilishini uqtiradi.
Fitrat yana bolaga beriladigan bilim uning yoshi va bilish darajasiga mos
bo’lishi, bolaga qiyinlik qilmasligini, agar beriladigan bilim bolaga juda oson yojuda
qiyinlik qilsa u bilim olishdan bezib qolishini uqtiradi.
Fitrat o’sha vaqtdagi Samarqanddagi ibtidoiy maktablar ishiga yaxshi baxo
beradi, ayniqsa SHakuriy maktabiga. «Samarqandliklar ikki-uch ibtidoiy maktabga
ega, ularning eng yaxshisi SHakuriy maktabi. Garchi bu maktab unchalik taraqiy
etgan bo’lmasa-da, xar xolda mudir va muallimlarning olijanob ximmatlari soyasida
qisqa vaqt ichida rivoj topib, kamolotga yetishiga umid bog’lasa bo’ladi».
Ilmiybaza.uz
Fitrat inson kamolotiga erishish uchun doimo intilishi, xarakat qilishi lozimligi,
doimo oldiga maqsadlar qo’yishi va unga yetishish uchun kurashishi kerakligini,
xech bir baxt yoki boylik xam inson intilmasa o’z-o’zidan kelmasligini uqtirib o’tadi
va bu o’rinda qur’oni Karimdan quyidagi parchani keltiradi: «Inson xar nima
topmasin, o’zining intilishidan topadi, intilmas ekansiz, xech narsaga erisha
olmaysiz».
Fitrat bilim va iqtidor inson uchun eng zarur ekanligini, u mana shu bilimi va
aqli bilan dunyodagi barcha maxluqlardan xam ustun turishini, shuning uchun inson
doimo bilim olishga va o’z bilimini yanada oshirib borishga intilishi kerak.
Fitrat deydi: Parvardigorimiz insonlarga «Sizlarni olamning eng oliy maxluqi
qilib yaratdim», — der ekan, shuni yaxshi bilish kerakki, biz ko’z va qoshlarimiz
evaziga e’tiborli maxluqa aylanganimizcha yo’q, balki e’tiborligimiz va
ustunligimiz bilimimiz va iqtidorimizdan foydalanmasak, nainki, e’tiborli balki eng
yomon va past maxluqlardan xam pastroq va yomonroq bo’lib qolishimiz aniqdir.
Fitrat pedagog olim sifatida maktablar, oliy o’quv yurtlari uchun bir qancha
darslik va amaliy o’quv qo’llanmalarini xam yozadi. Bular 1917 yilgi ibtidoiy
o’zbek maktablarining so’nggi sinflari uchun yozilgan «O’quv» nomli kitobi, 1918
yili SH.Raximiy va Ramazon bilan xammualliflikda yozgan «Ona tili» darsligi,
1919 yilda yozgan «Imlo masalalari», 1925 yilda yozgan «O’zbek tilining sarfi»,
«Tojik tilining sarfi», 1927 yilda yozgan «O’zbek tilining naxvi», 1926 yilda yozgan
«Adabiyot qoidalari», 1927 yilda yozgan «Eski turk adabiyoti namunalari» va
boshqa ko’plab qo’llanmalar shular jumlasidandir.
Fitrat yirik olim sifatida adabiyot nazariyasiga, o’zbek adabiyoti va san’at
tarixiga juda katta xissa qo’shdi. U yaratgan ilmiy ishlar: «qutadg’u bilig»,
«Adabiyot qoidalari», «Axmad Yassaviy xikmatlari», «Axmad Yassaviy maktabi
shoirlari to’g’risida tekshirishlar», «XVI asrdan so’nggi o’zbek adabiyotiga umumiy
bir qarash», «Muxammad Solix», «Aruz xaqida», «Abulqosim Firdavsiy», «Ertaklar
va xaqiqatlar», «O’zbek shoiri Turdi», «Tilimiz», «O’zbek tili saboqlari», «O’zbek
musiqasi to’g’risida», «O’zbek mumtoz musiqasi va uning tarixi», «SHarqda
shaxmat» va boshqalar. Alisher navoiy, Yusuf Xos Xojib, Axmad Yugnakiy,
Ilmiybaza.uz
Muxammad Solix, Turdi, Mashrab kabi ijodkorlarning badiiy meroslariga oid ilmiy
ishlari. Bu ishlarning nomidanoq ko’rinib turibdiki, adabiyotimiz, san’atimizning
bugungi kunda biz tadqiq etishga kirishmoqchi bo’lib yurgan muammolarini Fitrat
bundan 60—70 yil ilgari xal qilib bergan. U yana fors-tojik shoirlari Firdavsiy, Umar
Xayyom, Bedil ijodi xaqida xam tadqiqotlar olib boradi. Uning bu ilmiy ishlari
xozirgi kunda xam o’z axamiyatini yo’qotmagan.
Abdurauf Fitrat axloqiy qarashlarining o’ziga xosligi
Abdurauf Fitrat kishining xar tomonlama barkamol inson bo’lib yetishishida
axloqiy tarbiyaning o’rni juda katta ekanligini xar bir asarida va tadqiqot ishlarida
takror-takror uqtirdi. SHuning uchun u o’zining qarashlarida fikriy va jismoniy
tarbiyalar bilan birga axloqiy tarbiyaga xam juda katta e’tibor bilan qaradi. U
o’zining «Raxbari najot» asarida axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifasi, uni
amalga oshirish yo’llari xaqida to’xtalib o’tadi. Uning fikricha axloqiy
tarbiyaning vazifasi «insonni axloqiy barkamollikka yetkazish va uni jamiyatga
foydali inson qilib tarbiyalashdan iboratdir. Bu maqsadni amalga oshirish uchun
avvalo bolalarni jismoniy va fikriy tarbiyaga da’vat qiling, keyin axloqiy
quvvatlarni muxokama orqali tushuntiring, ularni yaxshi ishlarga odat qildiring,
yomon ishlardan nafratlantiring».
Fitrat axloqiy tarbiyani bolalar eng avvalo o’zi yashayotgan atrof-muxit va
ko’chadagi bolalardan olishlarini ta’kidlab o’tadi. Fitrat ijtimoiy muxitning bola
tarbiyasidagi axamiyati juda katta ekanligini ko’rsatib beradi.
U bolalarni suvga o’xshatib: «Suv qaysi rangdagi idishda bo’lsa, o’sha rangda
tovlangani kabi, bolalar xam qanday muxitda bo’lsalar, o’sha muxitning xar qanday
odat va axloqini qabul qiladilar. Axloqiy tarbiyaning eng buyuk sharti shundan
iboratki, bolalar ko’proq yaxshi va yomon axvolni o’z uylaridan, ko’chadagi
o’rtoqlaridan, maktabdagi o’quvchilardan qabul qiladilar». Bu fikrlar bilan Fitrat
yana bola tarbiyasi bilan faqat maktab emas, balki avvalo oila va jamoatchilik xam
shug’ullanishi kerakligi ko’rsatadi. Ayniqsa axloq tarbiyasida oilaning, ota-onaning
roli juda katta ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi.
Ilmiybaza.uz
Fitrat bolaning axloqiy tarbiyasida maktabdagi boshqa bolalarning juda katta
ta’siri borligini ko’rsatib, maktabdagi axloqi yomon bolalarni tezda tuzatish
choralarini ko’rish lozimligini «maktablardagi badaxloqlikda mashxur bo’lgan
bolalarni, agar ularni tuzatish iloji bo’lmasa, maktabdan chetlashtirish maqsadga
muvofiqligini ta’kidlab o’tadi. CHunki, u bola o’zining yomon axloqiy sifatlarini
boshqa bolalarga xam o’tkazmasligi uchun shunday chorani ko’rish lozim», deb
xisoblaydi Fitrat.
U axloqi buzuq kishilarni maktabda muallimlik vazifasigagina emas, balki
maktab qorovulligiga xam yaqinlashtirmasliklarini juda to’g’ri xarakat, deb biladi.
Yana u bolalar axloqiga zararli bo’lgan, yoshiga mos kelmaydigan kitoblarni xam
bolalarni o’qishlariga ruxsat bermaslikni maslaxat beradi.
Fitrat «Raxbari najot» asarida maktablarda beriladigan axloqiy tarbiya darajasi
qandayligini o’z xayotidagi voqea misolida ko’rsatib beradi:
«Men maktabda o’qib yurgan vaqtlarimda, kunlardan bir kuni maktab ta’tilidan
so’ng uyga kelayotgan edim, bir erkak kishini ko’rdim, u telbalarcha so’kinib,
kalovlanib zo’rg’a yurar, xamma joyi loyga belangan. Rais mulozimlaridan ikki
kishi kelib olib ketdilar. Men bu kim deb so’rasam, ichib mast bo’libdi, dedilar. Men
bu voqeani dadamga aytsam: «Sen nega mastning orqasidan bording»—deb
dashnom berdilar...»
Fitrat o’z asarlarida vatanparvarlik, insonparvarlik, mexnatsevarlik, ozodlik,
maqsad sari intilish, insonlarga mexr-shafqatli bo’lish, o’z manfaatidan xalq
manfaatini yuqori qo’yish g’oyalarini ulug’laydi. Vijdonsizlik, poraxo’rlik,
ikkiyuzlamachilik, boshqalarni ezish evaziga boylik to’plash, xalqa zulm o’tkazish
kabi sifatlar esa qoralanadi.
Abdurauf Fitrat o’zining butun xayoti davomida milliy mustaqillikka erishish
va mustamlakachilikka qarshi kurash, Ovrupa ilmi, texnikasi, madaniyatidan
o’rganish muammolarini tinimsiz targ’ib qilgan siymolardan biri sifatida barcha
kishilarga, eng avvalo yoshlarimizga ibratdir.
U 1905—1906 yillarda jadidchilik oqimining ko’zga ko’ringan tarafdori
sifatida, so’ngra o’zining «Xind sayyoxi», «Raxbari najot» singari asarlari orqali
Ilmiybaza.uz
ma’rifatparvar va yozuvchi sifatida musulmonlarni, eng avval yoshlarni g’aflat
uyqusidan uyg’otishga, eng muximi o’zligini tanishga, fan-texnikani rivojlantirish
uchun g’ayrat bilan o’qish-o’rganishga undaydi.
Ko’rinib turibdiki, Fitrat yoshlarni yangi jamiyat qurishga da’vat etadi. El-
yurtning baxti, saodati, istiqloli uchun kurashishga da’vat etadi. U «Xalq baxti uchun
kurashmagan yoshlarni bo’shang, jasoratsiz», deb tushunadi.
Mustaqillik, demokratiya, ozodlik g’oyalari Fitratning butun faoliyati va barcha
asarlari va maqolalarida bosh maqsad bo’lib qolganligi bilan xozirgi yoshlarimizga,
ularning mustaqil O’zbekistonning rivojlantirishlarida ibrat-namunadir.
Abdurauf Fitrat maorif soxasida ishlagan kishilarning boshini silagan, maorifni
rivojlantirishga katta xissa qo’shgan, xammaga birdek ozodlik yo’lini ko’rsatgan.
Ozodlikni tezlikda ro’yobga chiqarishga xarakat qilgan atoqli ma’rifatparvar
o’qituvchi bo’lishi bilan birga ularning ustozi xamdir.
ABDULLA AVLONIY (1878—1934)
Taniqli ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniy pedagogik fikr
taraqiyotiga salmoqli xissa qo’shgan, o’z asarlarida o’zbek xalqining eng yaxshi
an’analarini, ta’lim-tarbiyaga oid muxim xayotiy masalani aks ettirgan pedagog,
olimdir.
Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulda Toshkent shaxrining Mergancha
maxallasida, mayda xunarmand-to’quvchi oilasida dunyoga keldi. Ota-onasi savodli
kishilar bo’lganlar. Abdulla Avloniy eski usul maktabini tamomlagandan keyin 12
yoshida madrasaga o’qishga kiradi. U yozda ishlab ota-onasiga yordam qilar, boshqa
vaqtlarda o’qir edi. O’ta iqtidorli bo’lgan Abdulla Avloniy 15 yoshida she’rlar yoza
boshladi. Dastlabki she’rlarida va «Xijron» degan maqolasida xalqni yangi usul
maktablarida o’qib-o’rganishga targ’ib qildi. Avbdulla Avloniy 1907 yilda
«SHuxrat», «Osiyo» nomli yangi gazetalar chiqara boshladi, lekin Chor amaldorlari
tez orada gazetalarni yoptirib qo’yadi. Abdulla Avloniy keyinroq «Sadoyi
Turkiston» (1914—1915), «Turon» (1917), «Ishtirokiyun» (1918) gazetalarida,
«Kasabachilik xarakati» (1921) jurnalida muxarrir bo’lib ishlaydi. SHundan so’ng,
Ilmiybaza.uz
u o’zbek matbuotning zabardast vakili, o’zbek matbuotning asoschilaridan biri
sifatida taniladi.
Abdulla Avloniy xalq orasida ilg’or fikrlarni tarqatishda, ilm va ma’rifatni
tashviq qilishda gazeta, jurnallarning roli g’oyat katta ekanligini yaxshi bilar edi. U
1907 yili «SHuxrat», «Osiyo» nomli gazetalar chiqarib unga muxarrirlik qiladi.
Gazetaning birinchi sonida matbuotning roli, gazetaning vazifasi xaqida fikr yuritib,
«Matbuot xar insonga o’z xolini ko’rsatuvchi, axvol olamdan xabar beruvchi,
qorong’i kunlarni yorituvchi, xalq orasida ilm, ittifoq, ximmat g’oyalari»ni
yoyuvchidir deb, baliqning suvsiz yashamog’i mumkin bo’lmagani kabi insonning
xam ilmsiz yashamog’i mumkin emasligini uqtiradi.
XX asr boshlarida O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy xayotida pedagogik
fikrlarning rivojida Abdulla Avloniy aloxida o’rin egalladi, butun faoliyati davrida
u o’z xalqiga xizmat qiladigan komil insonni yetishtirish, uning ma’naviyatini
shakllantirishga aloxida e’tibor berdi.
Abdulla Avloniy o’zbek xalqning san’ati va adabiyoti xamda milliy
madaniyatini, xalq ta’limi ishlarini yo’lga qo’yishda katta xizmatlar qilgan adib,
jamoat arbobi va iste’dodli pedagogdir.
Abdulla Avloniy o’zbek ziyolilari ichida birinchilardan bo’lib, o’zbek xalq
teatrini professional teatrga aylantirish uchun 1913 yilda «Turon» nomi bilan teatr
truppasini tashkil qiladi. Biroq bu truppaning professonal teatrga aylanishi uchun
katta to’siqlar bor edi. Chor xukumatining mustamlakachilik siyosati xalqning
ijtimoiy ongining uyg’onishiga yordam ko’rsatuvchi teatrlarning barcha shakllariga
qarshi edi. Teatrga ana shunday salbiy munosabatda bo’lgan bir paytda Avloniyning
teatr truppasini tashkil qilish va ijtimoiy mazmundagi pьesalarni saxnalashtirishi
uning xalq ma’rifati yo’lidagi zo’r jasorati edi. Teatrshunos M.Raxmonov
Avloniyning teatrchilik faoliyati xaqida shunday yozadi:
«Avloniy truppa uchun «Advokatlik osonmi?», «Pinak», «Ikki muxabbat»,
«Portug’aliya inqilobi» kabi dramalar yozdi, «qotili Karima», «Uy tarbiyasining bir
shakli», «Xiyonatkor oilasi», «Badbaxt kelin», «Jaxolat», «O’liklar» kabi saxna
Ilmiybaza.uz
asarlarini tatarcha va ozarbayjonchadan tarjima qiladi»1. Ammo bu asarlar nashr
qilinmadi.
1916 yili ozarbayjonlik mashxur aktyor Sidqiy Ruxillo Toshkentga kelib,
«Turon» truppasi bilan birga «Layli va Majnun» spektaklini qo’yadi. Avloniy bu
spektaklda qaysning otasi rolini ijro etadi. Truppa a’zolari bilan Avloniy 1914—
1916 yillari Farg’ona vodiysida gastrollarda bo’ladi.
Abdulla Avloniy 1917 yil to’ntarishiga qadar Turkistonda juda katta ijtimoiy-
ma’rifiy ishlarni amalga oshirgan jadidlar xarakatining ko’zga ko’ringan
namoyandalaridan edi. Abdulla Avloniy ilg’or ziyoli kishilar bilan xamkorlikda teatr
tomoshalari va matbuotdan tushgan mablag’larga dunyoviy ilmlarni o’qitadigan
«Usuli jadid», ya’ni yangicha ilg’or usuldagi maktablar ochdilar va bu maktablarda
xalq bolalarini o’qitdilar. Ular o’z millatlaridan yetuk olimlar, bilimdon
mutaxassislar, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod, Vatanni ozod,
farovon etishlarini orzu qildilar va bu yo’lda fidoyilik ko’rsatdilar.
Abdulla Avloniy 1907 yilda Toshkentning Mirobod maxallasida, keyinchalik
Degrez maxallasida yangi usuldagi maktablar ochdi. Maktablardagi o’quv asbob-
jixozlarini o’zgartirdi, o’z qo’li bilan parta va doskalar yasadi. Maktabga qabul
qilingan bolalarning asosiy qismi kambag’al kishilarning bolalari bo’lganligi uchun
ularni kiyim-kechak, oziq-ovqat, daftar-qalam bilan ta’minlash maqsadida,
do’stlarining ko’magida «Jamiyati xayriya» tashkil etadi va bu jamiyatga o’zi raislik
qiladi. «Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» nomli kitob
do’konini ochdi. Avloniyning maktabi o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalariga
ko’ra mashg’ulotlarni sinf-dars tizimi asosida o’z ona tilida olib borilishi bilan eski
usul maktablaridan farq qiladi. U o’z maktabida bolalarga geografiya, tarix,
adabiyot, til, xisob, xandasa, xikmat kabi fanlardan muayyan ma’lumotlar beradi.
Abdulla Avloniyning ilk o’quvchilardan biri, Toshkent Davlat universitetida
uzoq yillar dars bergan taniqli pedagog, marxum Yusuf Toxiriy Avloniy Mirobodda
tashkil qilgan maktab xaqidagi xotiralarida shunday deb yozgan edi:
1 М.Раҳмонов. Ўзбек театри тарихи (XVIII asrdan XX аср аввалигача), «Фан», Т., 1968 йил, 333-бет.
Ilmiybaza.uz
«SHaxarning qarama-qarshi chekkasida, temir yo’l ishchilari istiqomat
qiladigan Mirobodda yangi tipdagi maktab ochilganligi xaqida eshitib qoldik. Tez
orada bu maktabning fazilatlari xaqidagi shov-shuvlar, uning muallimi Avloniyning
dovrug’i butun shaxarga tarqaldi. Xammaning tilida: «Miroboddagi maktab 6 oyda
o’qish-yozishni o’rgatarmish, jo’g’rofiya, xisob, tabiatni o’rganish degan darslar
o’qitilarmish», — degan gap yurardi. Bizga juda sirli tuyulgan bu maktabni va uning
donishmand muallimini ko’rishga oshiqardik. Nixoyat bir kuni uch-to’rttamiz
borishga jazm qildik.
Maktab pastakkina, nim qorong’u bo’lib, masjid yo’lagiga joylashgan edi.
Xonaning tepasida yorug’lik uchun qoldirilgan tuynukdan qish va baxorda qor bilan
yomg’ir xam tushib turardi. Lekin xonada o’quvchilar va domlaning shogirdlari ko’p
edi. Xayolimizda domlaning allaqanday bir sirli tomoni bor edi. Bizni qotmagina,
kichik jussali, qorachadan kelgan, istarasi issiq, cho’qi soqol bir kishi kutib oldi. Bu
nomi tilga tushgan muallim Avloniy edi. O’qishga qabul qilindik. Ko’p o’tmay ko’z
oldimizda yangi bir dunyo ochilganiga to’la ishonch xosil qildik. Bolalarimizning
oldi bir necha yildan beri maktabga qatnab yurgan bo’lsalar xam mirobodliklar
oldida uyalib qoldik. Ular o’qish-yozishda, xisob masalalarini xal etishda, tabiat
xodisalaridan xabarlari bilan xammamizni lol qoldirishdi. Ayni zamonda bizning
eski maktabimiz bo’shab, Miroboddagi Abdulla Avloniy maktabi bizdan borgan
bolalar bilan liq to’ldi. SHu tariqa bu maktab tobora shuxrat topib bordi1».
Abdulla Avloniy «Usuli jadid» maktablari uchun to’rt qismdan iborat
«Adabiyot yoxud milliy she’rlar» xamda «Birinchi muallim» (1912), «Turkiy
guliston yoxud axloq» (1913), «Ikkinchi muallim» (1915), «Maktab gulistoni»
(1917) kabi darslik va o’qish kitoblari yaratdi. Bu asarlarida xamda publitsistik
maqolalarida dunyo xalqlari madaniyatini, ilm-fanni, maktab va maorifni ulug’lab,
o’z xalqini ilmli, madaniyatli bo’lishga chaqiradi.
XX asr boshlarida yangi maktablar uchun yozilgan alifbelar anchagina edi.
SHular orasida Avloniyning «Birinchi muallim»i xam o’ziga xos o’ringa ega;
«Birinchi muallim» 1917 yil to’ntarishiga qadar 4 marta nashr etilgan. Avloniy uni
1 Ю.Тоҳирий. Доно Мураббий. «Тошкент оқшоми» газетаси, 1966 йил 10 ноябрь.
Ilmiybaza.uz
yozishda mavjud darsliklarga, birinchi navbatda Saidrasul Aziziyning «Ustozi
avval»iga suyanadi (dars berish jarayonida orttirgan tajribalaridan samarali
foydalanadi).
Avloniyning «Ikkinchi muallim» kitobi «Birinchi muallim» kitobining uzviy
davomidir. Biz birinchi kitobini, shartli ravishda, alifbe deb, ikkinchi kitobini
xrestomatiya deb atasak joiz bo’lar, desak xato bo’lmas.
Bu she’rda Avloniy maktabni insonning najot yo’li, xayotning gulshani,
kishilarni kamolot sari safarbar qiluvchi kuch, deb maqtaydi.
Kitobdagi dastlabki berilgan ikki xikoya «Saxiylik» va «Baxillik» deb
nomlangan. Birinchi xikoyada o’sha davr turmushiga xos bo’lgan voqea
tasvirlanadi. Said ismli bolaning otasi xar kuni o’g’li maktabga ketishi oldidan unga
10 tiyin ovqat puli berardi. Bir kuni Said maktab yo’lida faqir kishini uchratadi.
«O’g’lim ikki kundan beri ochman, taom olib yey desam ustimdagi yirtiq
choponimdan boshqa xech narsam yo’q»,— deydi u. Said qo’lidagi 10 tiyinni beradi
va o’sha kunni ovqatlanmasdan o’tkazadi. Otasi o’g’lonning olijanobligidan
mamnun bo’ladi, «Saxiy Saidim» deb olqishlaydi. Ertasiga 20 tiyin berib yuboradi.
«Baxillik» xikoyasida bir badavlat kishi misolida uning baxilligi, xasisligi,
ziqnaligi va pastkashligi ko’rsatiladi.
Abdulla Avloniyning pedagogikaga oid asarlari ichida «Turkiy guliston yoxud
axloq» asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqiyotini o’rganish soxasida
katta axamiyatga molikdir.
«Turkiy guliston yoxud axloq» asari axloqiy va ta’limiy tarbiyaviy asardir.
Asarda insonlarni «yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlardan qaytaruvchi» bir ilm-
axloq xaqida fikr yuritiladi. SHu jixatlardan qaraganda bu asar Yusuf Xos Xojibning
«qutadg’u bilig», Nosir Xisravning «Saodatnoma», Sa’diyning «Guliston» va
«Bo’ston», Jomiyning «Baxoriston», Navoiyning «Maxbub ul-qulub», Axmad
Donishning «Farzandlarga vasiyat» asarlari shaklidagi o’ziga xos tarbiyaviy asardir.
Abdulla Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi to’rt bo’limga
ajratadi: 1. «Tarbiyaning zamoni». 2. «Badan tarbiyasi». 3. «Fikr tarbiyasi». 4.
«Axloq tarbiyasi» xaqida xamda uning axamiyati to’g’risida fikr yuritadi.
Ilmiybaza.uz
«Tarbiyaning zamoni» bo’limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu
ishga xammani: ota-ona, muallim, xukumat va boshqalarning kirishishi kerakligini
ta’kidlaydi.
«Al-xosil tarbiya bizlar uchun yo xayot—yo mamot, yo najot—yo xalokat, yo
saodat—yo falokat masalasidur» deb uqtiradi, Avloniy.
Tarbiya xususiy ish emas, milliy, ijtimoiy ishdir. Xar bir xalqning taraqiy
qilishi, davlatlarning qudratli bo’lishi avlodlar tarbiyasiga ko’p jixatdan bog’liq, deb
xisoblaydi adib.
Tarbiya zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umrning oxiriga qadar davom
etadi. U bir qancha bosqichdan — uy, bog’cha, maktab va jamoatchilik tarbiyasidan
tashkil topgan. Avloniy tarbiyaning doirasini keng ma’noda tushunadi. Uni birgina
axloq bilan chegaralab qo’ymaydi. U birinchi navbatda bolaning sog’ligi xaqida
g’amxo’rlik qilishi lozimligini uqtiradi.
Avloniyning fikricha, sog’lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma’rifatga ega bo’lish
uchun badanni tarbiya qilish zarur. «Badanning salomat va quvvatli bo’lmog’i
insonga eng kerakli narsadur. CHunki o’qumoq, o’qutmoq, o’rganmoq va o’rgatmoq
uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir».
Abdulla Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog’lom qilib o’stirishda
ota-onalarga murojaat qilsa, bolani fikr tomondan tarbiyalashda o’qituvchilarning
faoliyatlariga aloxida e’tibor beradi.
Bolalarda fikrlash qobiliyatini o’stirish va bu tarbiya bilan muntazam
shug’ullanishi benixoya zarur va muqaddas bir vazifa. Binobarin, u muallimlarning
«diqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas vazifadur... Negaki
fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bog’liqdur»1.
Ayni zamonda muallif ta’lim va tarbiya uzviy bog’liq ekanini xam ta’kidlaydi:
«Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo’lsa xam, ikkisi bir-biridan
ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur»2— deydi.
2 Ўша китоб, 15-бет.
Ilmiybaza.uz
Abdulla Avloniyning fikricha, inson butun borliqning ko’rki va sharafidir.
Inson o’z go’zalligi va murakkabligi bilan koinotdagi barcha maxluqotlardan
afzaldir. Butun mavjudot insonga xizmat qilishi kerak, chunki inson uning soxibidir.
CHunki insonning aqli bor. U shu aql yordamida ilm egallaydi, ilm tufayli dunyoni
boshqaradi.:
«Aql, — deydi Avloniy, — insonlarning piri komili, murshidi yagonasidur, rux
ishlovchi, aql boshlovchidur. ...insonni xayvonlardan so’z va aql ila ayirmishdur.
Lekin inson aql va idroki soyasida o’ziga keladirgan zarar va zulmlardan saqlanur.
Yer yuzidagi xayvonlarni asir qilib, bo’ynidan boylab, iplarining uchini qo’llariga
bergan insonlarning aqlidur». Avloniy insonga va uning aqliga ana shunday yuksak
baxo beradi. «Ilm insonlarning madori, xayoti, raxbari najotidur. Agar aqlingni qo’li
nafsingni jilovini ushlasa, sani yomoni yo’llarga kirmoqdan saqlar. Xar narsa ko’p
bo’lsa, baxosi arzon bo’lur, ammo aql esa ilm va tajriba soyasida qancha ko’paysa,
shuncha qimmatbaxo bo’lur».
«Turkiy guliston yoxud axloq» kitobi ma’rifatparvarlik g’oyalarini targ’ib
qiladi. Abdulla Avloniy kitobda ilm to’g’risida bunday deydi: «Ilm dunyoning
izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm inson uchun g’oyat oliy, muqaddat bir fazilatdur.
Zeroki, ilm bizga o’z axvolimizni, xarakatimizni oyina kabi ko’rsatur. Zexnimizni,
fikrimizni qilich kabi o’tkur qilmoq, ... Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur...».
Avloniy ilmni umuman emas, balki uning amaliy va xayotiy foydalarini aytib,
«Bizlarni jaxolat, qorong’ulikdan qutqarur. Madaniyat insoniyatni ma’rifat
dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan, buzug’ ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va
odob soxibi qilur... Alxosil butun xayotimiz, salomatimiz, saodatimiz, sarvatimiz,
maishatimiz, ximmatimiz, g’ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilma bog’lidur»2.
Abdulla Avloniy mexnatsiz kun kechirishni barcha yomon sifatlarning ibtidosi,
deb xisoblaydi. SHuning uchun xam u, mexnatni ulug’laydi, mexnat kishining eng
go’zal fazilatidir, deydi. Bu jixatdan uning «Aqlli bog’bon» xikoyasi xarakterlidir.
1919—1920 yillarda Avloniy Afg’onistonning Xirot shaxrida Sovet
elchixonasida bosh konsul bo’lib ishladi. Xalqimiz o’rtasida birodarlikni