DIKTANT VA UNING TURLARI. DIKTANTGA QO‘YILADIGAN TALABLAR. BAYON VA UNING TURLRI. BAYON HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT.
Yuklangan vaqt
2024-05-25
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
15
Faytl hajmi
72,0 KB
Ilmiybaza.uz
DIKTANT VA UNING TURLARI. DIKTANTGA QO‘YILADIGAN
TALABLAR. BAYON VA UNING TURLRI. BAYON HAQIDA
UMUMIY MA’LUMOT.
Reja:
1. Diktant va uning turlari.
2. Diktantga qo‘yiladigan talablar.
3. Bayon va uning turlri.
4. Bayon haqida umumiy ma’lumot.
Ilmiybaza.uz
BAYON
Matnlar uslub jihatidan rang-barangdir. Ona tili mashg‘ulotlarida
badiiy, publitsistik, ilmiy va rasmiy-idoraviy matnlardan foydalaniladi.
Har bir uslub o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ma’lum bir me’yorni
talab etadi.
Maktab ona tili ta’limining asosiy maqsadiga ko‘ra dars
mashg‘ulotlari ta’lim oluvchida ijodiylik, mustaqil fikrlash malakalarini
chuqurlashtirib, ijodiy fikr mahsulini nutq vaziyatiga mos ravishda
og‘zaki va yozma shakllarda, to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini
shakllantirishga va rivojlantirishga qaratilmog‘i kerak. Bu muhim
vazifani amalga oshirishda ona tili ta’limi jarayonida tashkil etiladigan
turli yozma ishlar, xususan, bayonning o‘ziga xos o‘rni bor.
Bayon diktant va insho oralig‘idagi yozma ish turlaridan biridir.
Bayon matn mazmunini, shuningdek, uning badiiy-uslubiy xususiyatlarini
yetkazish, qabul qilish, fahmlashga qaratilgan yozma ish turidir.
Bayon arabcha “aniqlik”, “ravshanlik’, “tavsiflash”, “ifodalash”
ma’nosidagi so‘z bo‘lib, o‘qib yoki aytib berilgan biror matn asosida
yozib chiqilgan ish; yozma ish (o‘quvchilar bilimini baholashning yozma
shakllaridan biri)ni ifoda etadi. (O‘TIL, I, 138)
Bayon nazoratning yozma turlaridan biri bo‘lib, asar yoki undan
olingan parcha mazmunini izchil, savodli, qayta bayon etishdan iboratdir.
Ma’lumki, bayon yozish malakasi boshlang‘ich sinfdan shakllantirib
boriladi.
Yuqori
sinflarda
esa
bu
ko‘nikma
va
malakalar
takomillashtiriladi.
Mavjud metodik adabiyotlarda bayon, asosan, ikki shaklda: og‘zaki
va yozma bo‘lishi; yozma bayon o‘z navbatida, ta’limiy hamda tekshiruv
tarzida o‘tkazilishi haqida ma’lumot beriladi.
Ilmiybaza.uz
O‘quvchilarda yozma nutq malakalarini tarkib toptirish, mustaqil
ijodiy fikrlash hamda o‘zbek tilining boy ifoda vositalaridan o‘rinli va
unumli foydalana olish ko‘nikmalarini hosil qilish; ularning lisoniy
savodxonligini oshirish, tanlangan matnni adabiy-badiiy jihatdan aniq va
puxta, mantiqiy izchil, ijtimoiy hayot va voqelik bilan bog‘liq holda
yoritishga o‘rgatish maqsadida tez-tez bayon o‘tkazib turish maqsadga
muvofiqdir.
Bayon – yozma ishlarning asosiy turlaridan biri bo‘lib,
o‘quvchining matn mazmunini o‘z so‘zi bilan yozma ravishda qayta
bayon etishdan iborat ijodiy ishidir. Berilgan matndagi asosiy omillarga
diqqat qilish, matnni qisqartirish yo‘llarini bilish bayonning muhim
xususiyatlaridan biridir. Ba’zi o‘rinlarni kengaytirib yozish vaqtida qisqa
gaplar tuzish, zarur sitatalar keltirish malakasi paydo bo‘ladi. Bunday ish
turi o‘quvchilarni insho yozishga tayyorlaydi, matnlarga ijodiy
munosabatni rivojlantiradi.
Bayon yozish jarayonida o‘quvchilar asarning mavzusi, mazmuni
hamda asosiy g‘oyasini chuqur tushunib oladilar. Bu esa nutq malakasini
takomillashtirishga ham yordam beradi. O‘quvchilar grammatika va imlo
yuzasidan olgan bilimlarini amaliyotga tatbiq etadilar, materialni mustaqil
va izchil bayon etish qobiliyatiga ega bo‘ladilar, ularning nutqida yangi-
yangi so‘z va iboralar paydo bo‘ladi. Shu jihatdan bayon o‘quvchilarda
yozma nutq malakasini hosil qilishda muhim o‘rin tutadi.
Yuqorida qayd etilganidek, amaldagi Davlat ta’lim standartining
bosh maqsadiga ko‘ra o‘quvchilarni ijodiylikka, mustaqil fikrlashga
o‘rgatishda bayonning o‘rni beqiyosdir.
Ta’limiy bayonning murakkab turlaridan biri – ijodiy bayon
tanlangan matn mazmuniga o‘quvchining ijodiy yondashishi jihatidan
bayonning boshqa turlaridan farq qiladi. Bunda o‘quvchi matnga tasvir
unsurlarini qo‘shib yoki lisoniy hamda imloviy topshiriqlar asosida
Ilmiybaza.uz
kiritilgan yoxud o‘qituvchi boshlab bergan hikoyani davom ettirgan holda
bayon yozishi mumkin. Ona tili ta’limi metodikasida ijodiy bayonning
shaxsini o‘zgartirib yozish, lisoniy topshiriqli bayon, tasvir unsurlarini
kiritib bayon yozish, boshlab berish yo‘li bilan bayon yozish turlari
mavjudligi ta’kidlanadi.
Tasvir unsurlaridan foydalanib bayon yozishda o‘quvchi matn
mazmuniga
bog‘lab,
mustaqil
ravishda
ayrim
predmet,
voqea
Ilmiybaza.uz
- nutqning ifoda shakli va uslubini to‘g‘ri tanlash: hikoya qilish,
tavsiflash, muallif uslubiga xos belgilarga asosan muhokama qilish;
- aniq faktlarni eslab qolish, ularning bayonda berilish
ketma ketligiga amal qilish;
- mavzuni tushunish, eshitganlarni nutq uslublarini hisobga olgan
holda qayta yaratish;
- bayonni boshlanish va tugallanishiga ega bo‘lgan alohida matn
sifatida shakllantirish;
- bayonni berilgan matnda aks etgan asosiy fikrga tayangan holda
takomillashtirish.
Matnning qayta yoritilish hajmiga ko‘ra bayonlar batafsil,
ixchamlashtirilgan yoki tanlama ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Batafsil bayonlar xotira mashqida yordam beradi, bayon matni
detallariga
va
matn
izchilligiga
rioya
qilishni
talab
etadi.
Ixchamlashtirilgan
bayon
matndagi
muhim
o‘rinlarni
konspektlashtirishga o‘rgatadi.
Matnda qo‘llangan nutq tiplariga ko‘ra bayon quyidagilarga
ajratiladi: Ma’lumot xarakteridagi bayon – bayonning bu turida
o‘quvchilardan,
eng
avvalo,
matnning
asosiy
voqealari
yoki
voqea hodisalar ketma-ketligini to‘g‘ri bayon qilish talab qilinadi.
Tavsif xarakteridagi bayon – yozma ishning nisbatan murakkab
bo‘lgan ko‘rinishi. Bunday matnlar qiyin o‘zlashtiriladi va matnni qayta
tiklashda obrazli tasvir vositalaridan unumli foydalanishni taqozo qiladi.
Muhokama bayon – bu o‘rinda matnning asosiy tezislarini ilg‘ab olish
va qayta hikoya qilishda mantiqiy jihatdan asoslash va fikrlar o‘rtasidagi
oraliq ifodani yetkazib berish talab etiladi.
Batafsil bayon – yozuvchi uslubiga xos xususiyatlarni: xarakterli
tasviriy vositalar, detallar, uslubiy-sintaktik xususiyatlarni, iboralarni
saqlagan holda to‘liq bayon etishni nazarda tutadi.
Ilmiybaza.uz
Odatda matnlarda bir necha tiplarning qorishiq holati ko‘zga
tashlanadi. Ma’lumotnoma xarakteridagi bayonlarda tavsifiy xususiyatlar,
tavsifiy matnlarda muhokama, muhokama bayonlarda esa o‘z navbatida
tavsif va ma’lumot, xabar uchraydi.
Matnlar orasidan har biri o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan
bayonning u yoki bu tipini ajratib olish muhimdir.
Xabar, ma’lumot mazmunidagi yoki syujetli bayon – yozma
ishning oddiy ko‘rinishidir. Unda sodir bo‘lgan voqea-hodisalar, xalq
hayoti yoki mamlakatlar, shaharlar, qaysidir faoliyat turi haqida so‘z
borishi mumkin. Xabar odatda badiiy shaklda bo‘ladi, sof informatsion
xarakterda bo‘lishi ham mumkin. Xabar mazmunidagi bayonlarda
asosiysi voqea-hodisalarning galma-gal o‘rin almashishidir.
Xabarning tipik xususiyati – bir xil tipdagi voqelikni aks ettirgan
matnning ifoda etilishidir. Voqea-hodisani bayon qilishda va shaxsni
tavsiflashda so‘zlar takroriga yo‘l qo‘ymaslikka e’tibor qaratish lozim
bo‘ladi. Fe’l shakllarining qo‘llanishidagi aniq qonuniyatga amal qilish
lozim. Voqea-hodisalarni berishda ketma-ketlikka, izchillikka amal qilish,
zamon tasvirlarini muvofiq ravishda berish talab etiladi. Darak gap
mazmunidagi matnlarni to‘liq bayon qilish uchun uning mavzusi va
asosiy mazmunini aniqlash zarurdir (ba’zan mavzu va mazmun, g‘oya
matn sarlavhasida ko‘zga tashlanadi). So‘ng kichik mikromavzularni
ajratish va ularni nomlash talab qilinadi.
O‘quvchi quyidagilarga e’tibor qaratsa, bayon ustida ishlash tizimli
holatda namoyon bo‘ladi:
1. Har bir ma’lumot bo‘lagidagi asosiy jihatlarni esda olib qolish
kerak.
2.Voqea-hodisa rivojida, asosiy mazmunni yoritishda muhim o‘rin
tutadigan detallarga ahamiyat berish lozim.
3.Har bir lavhada keltirilgan fikrni ifodalashga harakat qilish kerak.
Ilmiybaza.uz
4.Muallifning qahramonlarga bo‘lgan munosabatini aniqlay bilish
talab etiladi.
5.Asar qahramonlaridan hal qiluvchi obrazni ajratib tahlil qilish
lozim.
6.Bosh qahramonning matn syujetidagi o‘rnini yoritish maqsadga
muvofiq.
Syujet bayoni o‘quvchi fikrini tartibga soladi, faktlarning
berilishiga e’tiborini qaratadi, yuz berayotgan voqea-hodisaning sababini
aniqlashga, asosiy fikrni ikkinchi darajalidan farqlashga, badiiy asar
kompozitsiyasi va g‘oyasini yoritishga xizmat qiladi.
Tavsifiy bayon — nisbatan murakkab yozma ish turi. Tavsifiy
bayonlarda narsa-buyum (hodisa, holat, shaxsning tashqi qiyofasi) va
belgilarining to‘liq tasviri aks etadi. Bu tipdagi bayon turini yozishda
umumiy kartinani tashkil etuvchi har bir predmet, kichik detalni ham
ko‘zdan qochirmaslik kerak.
Narsa-buyum tavsifi bilan bog‘liq matnni o‘zlashtirishda
o‘quvchi quyidagilarga ahamiyat berishi lozim:
1. Narsa-buyum
qanday detallardan iborat ekanligini va
narsa buyumni tavsiflashda nega aynan shu belgilar tanlanganligini
izohlay olishi kerak.
2. Bu detalning matnda aks etgan belgilarini tavsiflash talab
qilinadi.
3. Bu belgilarning guruhlanishiga e’tibor qaratish lozim.
4. Qaysi til vositalaridan foydalanilganligini tahlil qila bilishi kerak.
Bu talablarga javob berish tavsifiy bayonga tayyorgarlikni ifoda
etadi. Bu tayyorgarlikda mavjudlik va mavjud emaslikni farqlash; ularni
butun kartinani tasvirlash jarayonida tavsiflash kerak bo‘ladi. Masalan,
kitoblarni, kartinalarni, markalar kolleksiyasini, nishonlarni yig‘ish,
kutubxona, muzey, ona yurtning diqqatga sazovor joylarini tavsiflash
Ilmiybaza.uz
jarayonida xotira pand bersa, matn to‘lig‘icha esda qolmasa, eruditsiya
yordamga kelishi mumkin: bu sohadagi shaxsiy taassurotlar va
qo‘shimcha bilim bayon yozishda asqotadi.
Muhokama bayon o‘quvchilardan ko‘proq bilim va ko‘nikmaga
ega bo‘lishni talab etadi. Bu o‘rinda tafakkurning tahlil qilinishi, “Nima
va qayerda sodir bo‘lyapti?” savoligagina emas, “Nima sababdan yuz
beryapti?”, “Sodir bo‘lish manbai nimada?”, “Kelajakdagi rejalar
qanday?” kabi savollarga ham javob berish talab qilinadi.
Bayon yozish uchun o‘qilgan matndagi asosiy fikrni aniqlash;
- faktik materialni o‘ziga xos tartibda keltirish;
- til vositalarini saralash;
- matnni uchinchi shaxs tilidan bayon qilish.
- o‘qib eshittirilgan matndan ma’lum xulosalar bilan asoslangan
mustaqil fikr, mulohazalarni to‘g‘ri tartiblash kerak bo‘ladi.
Muhokama bayon mantiqiy tafakkurni o‘stirishda, matndan qisqa
xulosa chiqarishda, tezislarga ajratib tahlil qilishda ahamiyatlidir.
Agar o‘quvchining xotirasi mustahkam bo‘lsa, berilgan matndagi
faktik materialni, asosiy mantiqni, mazmunni, xulosani ajrata olsa,
og‘zaki va yozma nutq me’yorlarini puxta o‘zlashtirgan bo‘lsa, batafsil
bayon matnini yarata oladi. O‘quvchi asosiy fikr bilan ikkinchi darajali
ahamiyatga ega bo‘lgan mulohazani ajrata olmasa, xotirasi kuchsiz bo‘lsa,
o‘qilgan matnning barcha qirralarini yorita olmasa, matnning mohiyati
qolib keraksiz ma’lumotlarni keltirsa, bayon matnini qisqa yozgani
ma’qul.
Sinov maqsadida o‘tkazilgan bayonlarda matnni imkon qadar aniq,
ravon uslubda, izchil, mantiqiy jihatdan muvofiq tarzda, tavsiflangan
voqea-hodisaning muhim elementlarini tushirib qoldirmasdan, kamida
ikki-uch standart sahifa hajmida yozish talab qilinadi.
Ilmiybaza.uz
Bayon o‘tkazishda uning barcha turlari (ijodiy, saylanma, ixcham,
matnga yaqinlashtirilgan bayon, qisqartirilgan bayon, tekshiruv-
sinov bayoni)da o‘quvchilar matnni qanday tushunganliklari, o‘z fikr va
tushunchalarini qanday ifodalaganliklari, nutq malakasi va savodxonligini
sinab ko‘rish talab etiladi. Bayon nazorat shaklida o‘tkaziladi.
BAYON YOZISH UCHUN TAVSIYALAR
1. Matnni diqqat bilan o‘qib chiqing (eshiting).
2. Siz uchun tushunarsiz bo‘lgan so‘zlar ma’nosini aniqlang.
3. Matnning asosiy mazmunini anglab oling. Mazmunni yoritish
uchun muhim bo‘lgan so‘z, so‘z birikmasi va gap (jumla)ni toping.
4. Matnni qismlarga bo‘ling va ularga sarlavha qo‘ying.
5. Tinish belgilarining o‘rni va vazifalarini anglab oling.
6. Matnni yozishdan oldin yana bir bor o‘qib chiqing (yoki
eshiting).
BAYONNI BAHOLASH MEZONI
Bayon va insho uchun baho me’yor va mezonini alohida-alohida
belgilash muhim amaliy va didaktik ahamiyat kasb etadi. Chunki bayon
va insho tabiatan bir-biridan farqlanadi.
Bayonni baholash uchun quyidagi me’yor va mezonga asoslanish
ma’qul. Bayon vaqti – 2 soat; matndagi so‘zlar miqdori 5- sinf uchun
100-150, 6-sinf uchun 150-200, 7-sinf uchun 250-300, 8- sinf uchun 300-
350, 9-sinf uchun 350-400 atrofida bo‘ladi.
T/r
Bilim, ko‘nikma, malakalar
Maksimall ball
1.
Reja mavzuga muvofiq bo‘lsa; asar
voqeasi to‘g‘ri bayon qilingan, matn
mantiqiy muvofiq tarzda va izchil ravishda
Ilmiybaza.uz
ifodalangan, so‘z boyligi, ifoda qurilishi va
uslubi adabiy til talablariga mos, mazmun
va ifodadagi nuqsonlar juz’iy bo‘lsa;
savodxonlikda qo‘pol bo‘lmagan bitta imlo
yoki ikkita punktuatsion xatosi bo‘lsa;
uslubiy xato bo‘lmasa –
5 ball
2.
Matn reja asosida yoritilib, kichik
nuqsonlarga yo‘l qo‘yilgan, fikr bayonida
izchillik qisman buzilgan bo‘lsa; so‘z
tanlashda va ifoda qurilishida har xillik
bo‘lsa; mazmun va ifodada ayrim
nuqsonlarga yo‘l qo‘yilgan, savodxonlikda
ikkita imlo, ikkita punktuatsion va
ikkitagacha uslubiy xato mavjud bo‘lsa –
4 ball
3.
Mavzu to‘liq yoritilmagan; mavzudan
qisman chetga chiqilgan; aniq voqealar
izohida nuqsonlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa;
so‘z boyligi va ifoda tuzilishida nochorlik
sezilib tursa; savodxonlikda uchtagacha
imlo, to‘rttagacha punktuatsion,
uchtagacha uslubiy xatoga yo‘l qo‘yilgan
bo‘lsa –
3 ball
4.
Asar voqeasi mantiqan to‘liq
ifodalanmagan bo‘lsa; ish rejaga mos
bo‘lmasa, fikr bayoni va qurilishida
nomuvofiqlik bo‘lsa, fikrlar bir-biriga
bog‘lanmasa; so‘z boyligi talab darajasida
bo‘lmasa; mazmun va ifodada besh-
2 ball