DIQQAT VA XOTIRA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA (Diqqat haqida tushuncha, Diqqatning nerv-fiziologik asoslari, xususiyatlari va qonuniyatlari, Xotira haqida tushuncha, Xotira turlari)
Yuklangan vaqt
2024-04-11
Yuklab olishlar soni
5
Sahifalar soni
52
Faytl hajmi
92,6 KB
DIQQAT VA XOTIRA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Reja:
1. Diqqat haqida tushuncha.
2. Diqqatning nerv-fiziologik asoslari, xususiyatlari va qonuniyatlari.
3. Xotira haqida tushuncha.
4. Xotira turlari.
Tayanch so`z va iboralar:
Bilish jarayaoni Diqqat, to`planganlik, yo’nalganlik, fiziologik asos, optimal
qo`zg`alish o`chog`i, refleks, diqqat turi: ixtiyorsiz, ixtiyoriy, ixtiyoriydan so`nggi
diqqat, diqqat xususiyati: kuchi, bo`linishi, ko`lami, taqsimlanishi, xotira, xotira
jarayoni: esda olib qolish, esda saqlash, unutish, qayta esga tushirish, xotira turi:
ko`rish, eshitish, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, so`z-mantiq, emotsional obrazli, mexanik,
kasbiy,fenomenal.
1. Diqqat haqida tushuncha
Odamga har bir daqiqada atrof-muhitdan juda ko’p narsa va hodisalar ta’sir etib
turadi. Lekin odamga ta’sir etayotgan bu narsa va hodisalarning hammasi bir xil
aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari aniq yaqqol aks ettirilsa, boshqa birlari
shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana shu
odamga ta’sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada qaratilishiga bog’liqdir.
Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va hodisalar aniq va to’la aks ettiriladi.
Diqqat tushunchasiga olimlar tomonidan bir qator ta’riflar keltirilganligini
ta’idlash mumkin.
P.I.Ivanov tomonidan diqqat deb - ongni bir nuqtaga to’plab muayyan bir
ob’ektga aktiv qaratilishga aytiladi.
F.N.Dobrinin, N.V.Kuzьmina, I.V.Straxov, M.V.Gamezo, N.F.Gonobolin va
boshqalarning fikricha, diqqatning vujudga kelishi ongning bir nuqtaga to’planishi
ong doirasining torayishini bildiradi, guyoki ong doirasi bir muncha tig’izlanadi.
E.B.Pirogovaning ta’kidlashicha, tomonidan diqqat individning hissiy, aqliy
yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqazo etadigan tarzda
ongning yo’naltirilganligi va biror narsaga qaratilganligidir.
Diqqat shunday muhim jarayondirki, u odamning barcha faoliyatlarida albatta
ishtirok qiladi. Eng sodda faoliyatdan tortib eng murakkab faoliyatni ham diqqatning
ishtirokisiz bajarish mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun diqqatning inson
hayotidagi roli benihoya kattadir. Jumladan, frantsuz olimi Kyuve geniallikni
chidamli diqqat deb ta’riflashi, Nyutonning kashfiyot fikrni doimo shu masalaga
qaratilish jarayoni, deyishi, K.D.Ushinskiyning «diqqat ruhiy hayotimizning
shunday yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu
eshik orqali o’tib kiradi» degan fikrlari uning ahamiyatini bildiradi. Haqiqatdan
ham diqqat eshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga yetib bormaydi.
Diqqat psixik faoliyatning yo’naltirilishi va shaxs uchun ma’lum ahamiyatga
ega bo’lgan ob’ekt ustida to’planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo’naltirish
deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik tabiati, ob’ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy
tanlash tushuniladi. O’quvchi maktabda o’qituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib
o’tirganda mana shu eshitib o’tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning
diqqati ongli ravishda qo’zg’algan shu maqsadga bo’ysundirilgan bo’ladi.
O’quvchining biror boshqa narsaga chalg’imasdan o’quv materialining mazmuniga
zehn qo’yib o’tirishida uning psixik faoliyatining yo’nalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yo’naltirilishi deganda ana shu tanlashgina tushunilib
qolmay, balki ana shu tanlanganni saqlash va qo’llab-quvvatlash tushuniladi.
Diqqatning bilish jarayoni uchun ahamiyatini alohida ta’kidlab o’tish lozimdir.
Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har
doim ishtirok etadi. Diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy
yo’ldoshidir. Diqqat barcha psixik jarayonlarimizda qatnashsa ham, lekin diqqatning
o’zi hech narsani aks ettirmaydi.
Odam biror narsaga zo’r diqqat bilan kirishgan paytida uning tashqi qiyofasida
ayrim o’zgarishlar ko’zga tashlanadi. Demak, diqqat odatda o’zining sirtqi ya’ni
tashqi alomatlariga egadir.
Birinchidan, diqqat qaratilgan narsani yaxshi idrok qilish uchun unga
muvofiqlashishga urinishdan iborat harakatlar (tikilib qarash, quloq solish) qilinadi.
Ikkinchidan, ortiqcha harakatlar to’xtaydi. Jiddiy diqqatning xususiyatlaridan
biri qimirlamasdan jim turishdir. Masalan, auditoriya va teatr zalidagi jimlik diqqat
vaqtidagi harakatsizlik natijasi bo’lib, bu jimlik odamlar ma’ruzachini yoki artistni
zo’r e’tibor bilan tinglashayotganini anglatadi.
Uchinchidan, kuchli diqqat paytida kishining nafas olishi sekinlashib va
pasayib qoladi.
Demak, diqqat paytida organizm retseptorlarimiz alohida holatda bo’ladi.
Ammo bu holat diqqatning faqat tashqi ifodasi bo’libgina qolmay, balki uning
ma’lum yo’nalishi va barqarorligini saqlab turuvchi shartlardan biri hamdir.
SHuning uchun ko’pincha biror ishni bajarishdan avval organizmimizni shu ishga
moslab muayyan bir holatda tutib olamiz.
Diqqatning tashqi ifodalanishiga rassomlarning rasmlari, turli jurnallardan
olingan suratlar eng yaxshi illustrativ material hisoblanadi. Ular yordamida kishi
diqqatining tashqi ifodasiga xos bo’lgan mimika va pantomimikani ko’rsatish
mumkin.
2. Diqqatning nerv-fiziologik asoslari
Odamga har bir daqiqada ta’sir qilib turadigan qo’zg’atuvchilar turlicha
reflekslarga sabab bo’ladi. Chunki har qanday refleks organizmning tashqi ta’sirotga
beradigan qonuniy javob reaktsiyasidir.
Diqqatning nerv-fiziologik asosida orietirovka yoki tekshirish deb ataladigan
maxsus refleks yotadi. Bunday refleksni akademik I.P.Pavlov maxsus ibora bilan
«bu nima gap refleksi» deb ham ataydi. Ana shu refleks odatda organizmga to’satdan
birorta yangi narsaning ta’siri yoki haddan tashqari kuchli ta’sirot orqali hosil
bo’ladi. Orientirovka yoki tekshirish refleksi diqqatning fiziologik asosi hisoblanadi,
chunki bu refleks bosh miya yarim sharlarining po’stida kuchli qo’zg’alish
jarayonidan iborat bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda har bir daqiqada organizmga
turli narsalarning ta’siridan hosil bo’lgan qo’zg’alishlarga nisbatan orientirovka yoki
tekshirish refleksi ayni chog’da nisbatan kuchli (ya’ni optimal) qo’zg’alish manbaini
yuzaga keltiradi.
Bosh miya yarim sharlarining po’stida paydo bo’ladigan kuchli qo’zg’alish
manbai nisbatan uzoqroq saqlanib turadigan mustahkam qo’zg’alish bo’ladi. Ana
shu nuqtai- nazardan akademik I.P.Pavlov “diqqatning fiziologik asosini bosh miya
po’sti qismidagi optimal qo’zg’alish manbai tashkil qiladi”, deb ta’kidlagan. Buni
biz akademik I.P.Pavlovning quyidagi so’zlaridan ochiq oydin ko’rishimiz mumkin.
«Miya yarim sharlarining optimal qo’zg’alishga ega bo’lgan qismida –deydi
I.P.Pavlov,-
yangi
shartli
reflekslar
yengillik
bilan
hosil
bo’ladi
va
differentsirovkalar muvaffaqiyatli ravishda paydo bo’ladi. Shunday qilib, optimal
qo’zg’alishga ega bo’lgan joy ayni chog’da bosh miya yarim sharlarining ijodga
layoqatli qismi desa bo’ladi. Miya yarim sharlarining sust qo’zg’algan boshqa
qismlari bunday xususiyatga qobil emas. Ularning ayni chog’da funktsiyasi juda nari
borganda tegishli qo’zg’ovchilar asosida ilgaridan hosil qilingan reflekslarni qayta
tiklashdan iboratdir».
I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv jarayonlarining induktsiya qonuni
diqqatning fiziologik asoslarini tushunib olish uchun ahamiyatga egadir. Mana shu
qonunga muvofiq, bosh miya po’stining bir joyida maydonga kelgan qo’zg’alish
jarayonlari bosh miya po’stining boshqa joylarida tormozlanish jarayonlarini yuzaga
keltiradi. Bosh miya po’stining ayrim bir joyida yuzaga kelgan tormozlanish
jarayoni bosh miya po’stining boshqa joylarida kuchli qo’zg’alish jarayonlarini
paydo bo’lishiga olib keladi. Ayni shu paytda har bir onida miya po’stida qo’zg’alish
jarayoni uchun optimal, ya’ni nihoyatda qulaylik bilan harakatlanuvchi biror bir
kuchli qo’zg’alish manbai mavjud bo’ladi. «Agar bosh suyagiga qarash imkoni
bo’lganda, degan edi I.P.Pavlov, uning ichidagi miya ko’rinadigan bo’lsa, agar miya
yarim sharlarida optimal kuchli qo’zg’alish uchun eng yaxshi sharoit tug’ilgan
nuqtasi miltillab ko’rinadigan bo’lsa, yangi sog’lom bir narsani o’ylab turgan
odamning miyasiga qaraganimizda uni miyasini katta yarim sharlarida juda g’alati
jimjimador shakli, surati va hajmi har damda bir o’zgarib, turlanib, jimir-jimir qilib
turgan yorug’ narsani u yoqdan bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim
sharining bu yorug’ narsa atrofidagi boshqa yerlarni bir muncha xira tortib turganini
ko’rardik».
A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik tamoyili ham
diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantlik
tamoyiliga muvofiq miyada qo’zg’alishning har doim ustun turadigan hukmron
o’chog’i mavjud bo’ladi, bu hukmron qo’zg’alish o’chog’i aynan shu damda miyaga
ta’sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo’zg’alishlarni qandaydir ravishda
o’ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo’zg’alishlarga nisbatan uning
hukmronligi yanada oshib boradi. Nerv tizimi faoliyatining tabiati qo’zg’alishning
hukmron bo’lishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi.
Bu hol psixologik jihatdan biror qo’zg’atuvchilarga diqqatning qaratilishi va
ayni chog’da ta’sir qilib turgan boshqa qo’zg’atuvchilardan diqqatning chalg’ishida
ifodalanadi.
Jiddiy diqqat, odatda o’ziga xarakterli bo’lgan tashqi ifodalari bilan bog’liq
bo’ladi. Narsani yaxshilab idrok qilishga qaratilgan harakatlar bilan (tikilib qarash
bilan eshitish) ortiqcha harakatlarni to’xtatish, nafas olishni sekinlashtirish, diqqat
uchun xos bo’lgan yuz harakatlari bilan bog’liq bo’ladi.
Diqqat turlari
Odam ayrim narsalarga o’z diqqatini ongli ravishda o’zi hohlab qaratsa,
boshqa bir narsalar diqqatni beixtiyor ya’ni bizning hohishimizdan tashqari jalb
qiladi. Odam psixik faoliyatining muayyan ob’ektga yo’naltirilishi va to’planishida
ifodalanadigan diqqat quyidagi turlarga bo’linadi.
Diqqatning aktivligiga qarab – ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan so’nggi
diqqat.
Diqqatning ob’ektiga qarab – tashqi va ichki diqqat.
Diqqatning faoliyat turlariga qarab – individual, guruhiy va jamoaviy
diqqat
Ayrim adabiyotlarda diqqatning ikkita va ayrimlarida uchta deb ko’rsatiladi.
Ular ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat va ixtiyoriydan so’nggi diqqat turlaridan
iboratdir.
Ixtiyorsiz
Ixtiyoriy
yoriydan songi
Tashqi
Ichki
Individual
Guruhli
jamoa
Diqqat turlari
Aktivlashga qarab
Obyektivga qarab
Faoliyat formasiga
qarab
Diqqat turlari
Maqsad
Irodaviy zo’r berish
Ixtiyorsiz
Ixtiyoriy
Ixtiyoriydan so’nggi
-
q
q
-
q
-
Ixtiyorsiz diqqat deb to’satdan ta’sir qilgan biror sabab tufayli bizning
hohishimizdan tashqari hosil bo’ladigan diqqatga aytiladi.
Odamning ko’z o’ngida paydo bo’ladigan juda yorqin rangli narsalar, o’zining
tashqi ko’rinishi jihatidan odatdagi narsalardan keskin farq qiluvchi predmetlar,
to’satdan paydo bo’lgan qattiq tovush, biror narsaning keskin harakati va shu kabilar
ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablar bo’lishi mumkin. Masalan, hikoya
o’qish mashg’uloti paytida to’satdan uchib o’tgan reaktiv samolyotning qattiq va
bahaybat tovushi hammaning diqqatini beixtiyor o’ziga jalb qiladi.
Ixtiyorsiz diqqat odamning har turli ehtiyojlari va qiziqishi bilan bevosita
bog’liq bo’lgan diqkatdir. Shuning uchun ham ayni chog’dagi ehtiyojlarimiz,
qiziqishlarimiz bilan bog’liq bo’lgan narsalarning ta’siri ixtiyorsiz diqqatga sabab
bo’ladi. Masalan, erkin o’yin paytida zaldan eshitib qolgan bolani qiziqtirgan
musiqa ovozi uning diqqatini o’yindan darhol o’ziga jalb qilib oladi.
Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini orientirovka yoki bu nima?
refleksi tashkil qiladi. Chunki tevarak-atrofimizdagi narsalarning salgina o’zgarishi
bizda darhol orientirovka refleksini yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda,
«nima gap» degan ma’noda atrofimizga razm sola boshlaymiz.
Ixtiyoriy diqqat deb, oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida va ongli
ravishda diqqatimizni ma’lum bir narsa va hodisalarga qaratishimizga aytiladi.
Odamning ko’pchilik faoliyatlari asosan ixtiyoriy diqkatning ishtiroki bilan
amalga oshiriladi. Shuning uchun barcha faoliyat turlarida, ya’ni o’qish, o’yin va
mehnat faoliyatlarida ixtiyoriy diqqatning roli juda kattadir. Ixtiyoriy diqqat
ixtiyorsiz diqqatga nisbatan uzoq vaqt mobaynida davom etadigan diqqat turi bo’lib,
u zo’r berishlikni, ya’ni irodaviy kuch sarf qilishlikni talab etadi.
Ixtiyoriy diqqatning nerv fiziologik asosida miya yarim sharlarining po’stida
vujudga keladigan optimal qo’zg’alish manbai bilan ikkinchi signallar sistemasining
faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelishida nutqning roli g’oyat kattadir.
Chunki ko’pchilik hollarda hoh ta’lim jarayonida bo’lsin, hoh mehnat jarayonida
bo’lsin nutq orqali turli vazifalar qo’yish bilan ixtiyoriy diqqat ishga solinadi.
Shuni aytish lozimki, ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilan
almashinib turadi. Ixtiyoriy diqqat vaqtida odam tez charchaydi, chunki ixtiyoriy
diqqat odamdan hamma vaqt iroda kuchini sarflashni talab etadi. Iroda kuchini
sarflash orqali, ya’ni odam o’zini majbur qilish orqali diqqatni safarbar qilishi
odamni charchatadi. Ixtiyorsiz diqqatda esa hech qanday iroda kuchini ishga solish
talab etilmaydi. Shuning uchun ixtiyorsiz diqqatda odam charchamaydi. Ana shu
jihatdan olganda ta’lim va mehnat jarayonida ixtiyoriy diqqatning vaqti-vaqti bilan
ixtiyorsiz diqqatga o’tib turishi yaxshi bo’ladi.
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatdan tashqari uning yana bir alohida turini
ixtiyoriydan so’nggi diqqatni ko’rsatib o’tish mumkin. Bu tushuncha psixologiyaga
N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan.
Agar maqsadga qaratilgan faoliyatda shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy
to’planganidagi kabi faqat faoliyat natijasi emas, balki uning mazmuni va
jarayonning o’zi qiziqarli va ahamiyatli bo’lsa ixtiyoriydan so’nggi diqqat deb
tushunish mumkin. Bu holda faoliyat kishini shu qadar qiziqtirib yuboradiki, u
diqqatni ob’ektga qaratish uchun sezilarli irodaviy kuch-g’ayrat sarflamasa ham
bo’laveradi. Shunday qilib, ixtiyoriydan so’nggi diqqat ixtiyoriy diqqatdan keyin
namoyon bo’lgan holda shuning o’zidangina iborat deb hisoblash mumkin emas.
Masalan, yuqori sinf o’quvchisi imtihonga tayyorlanayotib qiyin kitobni qisqacha
mazmunini yozib chiqar ekan, oldiniga o’zini diqqat-e’tiborli bo’lishga,
chalg’imaslikka majbur qiladi. Lekin keyinchalik u ishga shunday qiziqib ketadiki,
oqibatda uni kitobdan chalg’itish qiyin bo’ladi. Dastavval irodaviy kuch-g’ayratlar
madadiga tayangan diqqat ixtiyoriydan so’nggi diqqatga aylanadi. Ixtiyoriydan
so’nggi diqqat biror narsaga uzoq vaqt davomida juda ham barqaror qaratilishi bilan
belgilanadi, ko’proq yuqori darajadagi jadal va unumli aqliy faoliyatning barcha
turdagi mehnatning yuksak unumdorligini asosli ravishda ana shunday diqqat turi
bilan bog’liq deb hisoblaydilar
Diqqat xususiyatlari
Odamning diqqati bir qancha xususiyatlarga ega bo’lib, ulardan asosiylari –
diqqatning kuchi va barqarorligi, diqqatning ko’lami, diqqatning bo’linuvchanligi
va diqqatning ko’chuvchanligidan iboratdir. Diqqatning mazkur xususiyatlari
quyidagi jadvalda to’liq aks ettirilgan va shunga muvofiq har biriga qisqacha ta’rif
berib o’tamiz.
Diqqatning kuchi va barqarorligiga ko’ra odamlarning diqqatlari o’zining kuchi
va barqarorligi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ayrim odamlarning diqqati kuchli
va barqaror bo’lsa, boshqa bir odamlarning diqqati kuchsiz va beqaror bo’ladi.
Diqqatning kuchi va barqarorligi deb, odam o’z diqqatini biror narsa yoki
hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning
kuchi va barqarorligi inson hayotida juda katta ahamiyatga ega. Chunki diqqatni
ma’lum muddat biror narsaga muttasil, ya’ni uzluksiz tarzda qarata odam ishlay ham
olmaydi, o’qiy ham olmaydi va hatto o’ynay ham olmaydi.
Diqqatning kuchli va barqaror bo’lishi bir qancha sabablarga bog’liqdir.
Birinchidan, diqqatimiz qaratilgan narsaning xususiyatlari, biz uchun bo’lgan
ahamiyatiga, ikkinchidan diqqatimiz qaratilgan narsa bilan amalga oshiriladigan
faoliyatlarimizga, uchinchidan nerv sistemasining ayrim xususiyatlariga bog’liqdir.
Bularning hammasi ob’ektiv, ya’ni bizning irodamiz bilan bog’liq bo’lmagan
sabablardir. Diqqatning kuchi va barqarorligi albatta sub’ektiv, ya’ni odamning ayni
chog’dagi holati bilan ham bog’liq. Masalan, ayni chog’da betobroq bo’lib turgan
odamning yoki boshiga bir og’ir tashvish tushgan odamning diqqati kuchli va
barqaror bo’la olmaydi.
Odamlar o’z diqqatlarining ko’lami jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar.
Ayrim odamlar diqqatining ko’lami keng bo’lsa, boshqa bir odamlar diqqatining
ko’lami torroq bo’ladi. Diqqatning ko’lami ayni bir vaqtda odamning idrokiga
sig’ishi mumkin bo’lgan narsalar miqdori bilan belgilanadi. Boshqacharoq qilib
aytganda, idrok qilish jarayonida diqqatimiz qaratilgan narsalardan qanchasini
ongimizga sig’dira olishimiz diqqatning ko’lamini tashkil etadi.
Diqqat ko’lamini tajriba yo’li bilan aniqlash qiyin emas. Buning uchun
diqqatning ko’lamini aniqlayotgan odamga ayni bir vaqtning o’zida bir necha o’zaro
bog’lanmagan harflarni, raqamlarni va turli geometrik shakllarni ko’rsatish yo’li
bilan aniqlash mumkin. Bunda odam ko’rsatilayotgan narsalardan ayni vaqtda
qanchalik ko’pini birdaniga idrok eta olsa, uning diqqati shunchalik keng bo’ladi.
Diqqatning ko’lami odatda taxistoskop degan maxsus asbob bilan aniqlanadi.
Bu asbob yordamida ayni bir vaqtning o’zida idrok ettiriladigan narsalar juda tez
ko’rsatiladi. Bunda odam o’z diqqati doirasiga qancha narsa sig’dira olsa, ana
shunga qarab diqqatning keng yoki torligi aniqlanadi. O’tkazilgan tajribalarning
ko’rsatishicha, katta yoshli odamlarda o’z diqqat doiralariga ayni bir vaqtda 3 tadan
6 tagacha bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan narsalarni sig’dira oladilar.
Diqqat ko’lamining keng bo’lishi odam idrok qilayotgan narsalarini atroflicha
va chuqur aks ettirishi, binobarin bilish jarayonning sifatli bo’lishi uchun juda katta
ahamiyatga egadir.
Odamning diqqati bir vaqtda faqat bitta narsagagina emas, balki ikkita yoki
uchta narsaga ham birdaniga qaratilishi mumkin. Ana shunday paytlarda diqqatning
bo’linishi talab qilinadi. Demak, diqqatning bo’linishi deganda biz ayni bir vaqtda
diqqatimizni ikki yoki uch narsaga qaratishimizga aytamiz. Agar diqqatimiz bitta
narsaga qaratilgan bo’lsa, ya’ni diqqatimiz bitta narsa ustida to’plangan bo’lsa, uni
kontsentratsiyalashgan (to’plangan) diqqat deb yuritiladi. Buning aksincha agar
diqqatimiz ayni bir vaqtda bir necha narsaga qaratilgan bo’lsa, buni bo’lingan, diqqat
deb yuritiladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, aslini olganda diqqatning ayni bir chog’da ikki yoki
undan ortiq narsaga qaratilishi, ya’ni bir necha narsalarga bo’linishi amaliy jihatdan
mumkin emas. Shuning uchun diqqatning bo’linishi, ya’ni ayni bir vaqtda ikki yoki
uch narsaga birdaniga qaratilishi o’z mohiyati jihatidan diqqatning bir narsadan
boshqa bir narsaga nihoyatda tezlik bilan bo’linishini talab qilgan vaqtda diqqatimiz
bir narsadan ikkinchi narsaga shu qadar tezlik bilan ko’chadiki, buni biz payqay
olmaymiz. Natijada diqqatimiz ayni bir vaqtning o’zida bir necha narsalarga
birdaniga qaratilayotgandek bo’lib ko’rinadi.
Diqqatning ana shunday bo’linuvchanlik xususiyati hayotda juda katta
ahamiyatga ega. Chunki bir qancha mehnat turlari diqqatning bo’linuvchanlik
xususiyatiga ega bo’lishlikni talab qiladi. Bunday xususiyat pedagoglar uchun juda
zarur bo’lgan xususiyatdir. Masalan, tarbiyachi bolalar bilan biror mashg’ulot yoki
suhbat o’tkazayotgan paytida diqqatni bir necha narsalarga, ya’ni gapirayotgan
gapiga, bolalarni quloq solib o’tirishlariga va bundan so’ng nimalar haqida
gapirishga qarata olishi lozim. Ana shundagina tarbiyachi suhbat yoki mashg’ulot
paytida guruhni boshqara oladi.
Diqqatning bo’linishi har kimda har xil bo’ladi. Buning sababi shundaki
diqqatning yengillik bilan bo’linishi diqqatimiz qaratilgan narsalarning ilgaridan
bizga qanchalik tanishligi bilan bog’liqdir. Agar diqqatimiz qaratilgan narsalarning
ayrimlari bizga yaxshi tanish bo’lsa ya’ni biz ularni ilgaridan yaxshi bilsak faoliyat
jarayonida bir necha ishlarni birdaniga ya’ni birga qo’shib bajara olamiz. Masalan,
yozish harakati ilgaridan bizga yaxshi tanish bo’lgani uchun darsda ham eshitib, ham
yozib o’tira olamiz. Shunday qilib, diqqatning bo’linuvchanligi juda ko’p
faoliyatlarimiz uchun zarur bo’lgan xususiyatdir.
Diqqatning ko’chuvchanligi odamning diqqati har doim bir narsadan ikkinchi
bir narsaga, bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga ko’chib turadi. Diqqatning ana
shunday xususiyatini diqqatning ko’chuvchanligi deb yuritiladi. Diqqatning
ko’chuvchanligi diqqatning bo’lunuvchanligi bilan bog’liq xususiyatdir. Yuqorida
aytib o’tganimizdek, diqqatning ayni bir vaqtda birdaniga bir necha narsaga
qaratilishi, ya’ni diqqatning bo’linishi o’z mohiyati jihatidan diqqatning bir narsadan
ikkinchi narsaga juda tez ko’chishidan iboratdir. Ana shu jihatdan olganda
diqqatning ko’chuvchanlik xususiyati juda ko’p faoliyat va uning turlari uchun zarur
bo’lgan xususiyatdir. Masalan, hikoya o’qib berish mashg’ulotida bolalar o’z
diqqatlarini hikoya eshitishdan surat ko’rishga, undan so’ng yana eshitishga bemalol
ko’chira olishlari kerak. Agar maktab o’quvchilariga nisbatan oladigan bo’lsak,
o’quvchilar o’z diqqatlarini bir dars predmetidan boshqa bir dars predmetiga
bemalol ko’chira olishlari kerak. Aks holda o’quvchilar o’tgan dars ta’sirida o’tirib,
yangi darsning mazmunini sifatli o’zlashtira olmaydilar.
Diqqat hamma vaqt ham bir narsadan ikkinchi narsaga, bir faoliyat turidan
boshqa bir faoliyat turiga osonlik bilan ko’cha bermaydi. Ba’zan qiyinchiliklarga
to’g’ri kelib qoladi. Albatta buning o’z sabablari bordir. Masalan, bunday
sabablardan biri - diqqatimiz ko’chirilishi lozim bo’lgan narsalar yoki harakatlar
o’rtasida bog’lanish bor yoki yo’qligiga bog’liq. Agarda diqqatimiz ko’chirilishi
lozim bo’lgan narsalar o’rtasida ma’lum jihatdan mazmuniy bog’liqlik bo’lsa,
diqqatimiz osonlik bilan ko’chadi. Odamning qiziqishlari va ehtiyojlari bilan bog’liq
bo’lgan narsalarga ham diqqat yengillik bilan ko’chadi.
Shunday qilib, diqqatning ana shu yuqorida ko’rib o’tgan asosiy xususiyatlari
odamning barcha turdagi faoliyatlari uchun juda kerakli xususiyatlardir. Diqqatning
ana shu xususiyatlari tufayli odam atrofidagi muhitga, undagi turli tuman
o’zgarishlarga tez moslasha oladi. Diqqatning bu asosiy xususiyatlari odamga
tug’ma ravishda, ya’ni irsiy yo’l bilan berilmaydi. Bu xususiyatlar odamning yoshlik
chog’idan boshlab turli faoliyatlar o’yin, o’qish va mehnat faoliyatlari jarayonida
tarkib topib boradi.
Diqqat borasidagi psixologik nazariyalar
Psixologiya fanining aksariyat manbalarida diqqat deb psixik faoliyatning
yo’naltirilishi va shaxs uchun ma’lum darajada ahamiyatga ega bo’lgan ob’ektning
ustida to’planishi tushuniladi. Diqqat shunday muhim bir psixik jarayonki, u
insonning jamiki faoliyatlarida bevosita ishtirok etadi. I.P.Pavlovning oliy nerv
faoliyati haqidagi ta’limoti va A.A.Uxtomskiylar tomonidan ilgari surgan
dominantlik tamoyili va ularning zamondoshlari tadqiqotlarida diqqatning fiziologik
asoslari va mexanizmlarini ilmiy nuqtai nazardan tushuntirish imkonini yaratdi.
Diqqatning psixologik tabiati to’g’risidagi 20-30 yillarda boshlangan ilmiy
bahslar, to hozirgi kungacha davom etib kelmoqda. Ilmiy munozaralarning zamirida
asosiy fikr diqqatning bitta ob’ektga qaratilishidir. Bu ilmiy model ong ob’ekt
tarzida ifodalanadi. Bu g’oyani yirik psixolog P.P.Blonskiy ilgari surgan va
asoslagan. Uning fikricha, odamning ongi bitta ob’ektga qaratilgandan keyin u
atrofdagi narsa va hodisalarni ko’rmaydi. Ko’pchilik psixologlar P.P.Blonskiyning
bu
fikriga
qo’shilmaydilar.
Jumladan,
atoqli
psixolog
S.L.Rubinshteyn
mulohazasiga ko’ra diqqat ongga ham, ob’ektning xususiyatlariga ham bog’liq
emas. Buning ahamiyatli tomoni diqqatning ob’ektga yo’naltirilishidadir. Mazkur
yo’naltirishning asosiy sabablari sifatida shaxs, ehtiyoj, maqsad ko’rsatiladi.
Demak, diqqat odamning munosabati orqali ifodalanadi, ya’ni diqqat-munosabatdir.
Bu yerda diqqat psixik jarayon emas, balki shaxs xususiyatini belgilab beryapti.
Diqqat qaralgan tashqi ifodaga ega bo’lgan ob’ektni sezish, idrok qilishdan
iboratdir. Shu o’rinda qarama-qarshilik vujudga keladi, chunki ob’ektning
yo’qolishi bilan diqqat ham o’z funktsiyasini tugatadi. A.N.Leontev mulohazasiga
ko’ra, bu orientir faoliyati emas, chunki ob’ektning paydo bo’lishi bilan diqqat ham
namoyon bo’ladi, ob’ekt yo’q bo’lsa, demak diqqat ham bo’lmaydi, deb ta’kidlaydi.
P.Ya.Galperin esa ob’ektning paydo bo’lishi bilan diqqat yuzaga keladi. Obyekt
yo’qolgandan keyin esa psixik qism bo’lgan tekshirish, nazorat qilish jarayoni
boshlanadi. Demak, diqqat ongning bir ob’ektga yo’naltirilishi va ongli holatni
nazorat qiluvchi jarayondan iboratdir.
Psixologiyada
diqqatni
«yo’naltirish»
deganda,
psixik
faoliyatning
tanlovchanligi va ixtiyoriy hamda ixtiyorsizligi tushuniladi.
20-yillarda bir qancha psixologlar diqqat muammosini ustanovka bilan bog’lab
tushuntirishga harakat qiladilar. Buning yaqqol isboti sifatida K.N.Kornilov tahriri
ostida 1926 yilda chop qilingan psixologiya darsligidagi bir mavzu «Ustanovka va
diqqat» deb atalganligi bilan izohlash mumkin. Darslikda yozilishicha, qator
ob’ektlardan bir ob’ektni ajratish diqqatning sub’ektiv kechinmasidir va buni
ob’ektiv hodisalar bilan taqqoslash, sezgi organlarining ustanovkasidan, ishlash
vaziyatidan iboratdir.
Shunga o’xshash g’oya L.S.Vigotskiyning dastlabki tadqiqotlarida ham ko’zga
tashlanadi. L.S.Vigotskiy diqqat bilan aloqador bo’lgan ikkita ustanovka turini
ajratib ko’rsatadi, ular:
a) sensor ustanovka - tayyorgarlikda idrokning ustunligi qobiliyati .
b) motor ustanovka - tayyorgarlikda harakatning ustunligi qobiliyati.
Sensor ustanovkada idrok, motor ustanovkada esa harakat ustunligi sezilib
turadi. L.S.Vigotskiy unga misol qilib jismoniy tarbiya mashg’ulotida komanda
(buyruq) berishni misol keltiradi. Safda turganlarga qarab «O’ng» deb aytamiz. Shu
zahotiyoq saflanganlar buyruq oxirini aytishga sensor ustanovka qo’zg’aydi «ga!»
deyish oyoqlarni aylantirishga moslashish bilan bog’liq motor ustanovka komanda
oxirini eshitishni ta’minlaydi.
Bu yillarda psixologlar ustanovkani kishining ijtimoiy tajribasi bilan bog’liq
ravishda tadqiqot qilishga harakat qilganlar. P.P.Blonskiyning mulohazasicha,
diqqatning asosida kishining ijtimoiy qiziqishlari yotadi. Psixologlar orasida
diqqatni tushuntirishda turli qarashlar, nazariyalar vujudga keladi. Vaholanki,
P.P.Blonskiy diqqat bilan qo’rquv, vahimani bir narsa deb qaraydi. Qo’rquv – bu
diqqatning intensivroq namoyon bo’lishi, ya’ni maksimal darajada aks etishi deb
tushuntiradi.
Bu
yerda
psixik
faoliyatning
ma’nosi
butunlay
yo’qotib
ko’rsatilgandek tuyuladi va diqqat biologik nuqtai nazardan qaraganga o’xshab
ketadi. Biologik pozitsiyada diqqat bosh miya yarim sharlari faoliyati bilan emas,
balki vegetativ nerv tizimi bilan bog’liqlikda tushuntiriladi.
Taniqli psixolog D.N.Uznadzening diqqatni ustanovka bilan bog’lash
nazariyasiga N.F.Dobrinin qarshi chiqdi. N.F.Dobrinin fikricha, diqqatni ustanovka
bilan bog’lovchi nazariya quyidagi jihatlarni hisobga olmagan. Diqqat haqiqatdan
ma’lum moslashuvchi harakatlar bilan birga bo’ladi, lekin bu harakatlarga borib
yetmaydi. Agar tomoshabin sahnadan o’girilsa, ko’zini yumadi, qulog’ini berkitadi,
u sahnada nima bo’layotganiga diqqat qilolmaydi. Sahnaga qarash va eshitish uchun
boshqa hamma narsalardan chalg’ish kerak va idrokni sahnada bo’layotgan
hodisalarga qaratish lozim. Qarab turib ko’rmaslik, tinglab turib eshitmaslik
mumkin. Diqqat shundan iboratki, u nimaga qaratilgan bo’lsa uni ko’rish demakdir.
Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda N.F.Dobrinin diqqatni kishi psixik
faoliyatini biron-bir ob’ektga yo’naltirish va to’plash bilan boshqa ob’ektlardan
chalg’ish orqali tushuntiradi.
Diqqat psixik faoliyatning qandaydir ob’ektga yo’nalishi va to’planishi orqali
o’rganishni qator mualliflar tanqid qiladilar. Ana shulardan biri S.L.Rubinshteyndir.
S.L.Rubinshteyn diqqatni alohida mazmunga ega emasligiga qo’shiladi, lekin uning
guvohlik berishicha, diqqatni biror ob’ektga tanlab yo’nalishi uning fenomenologik
xarakteridir. Bunday fenomenologik tavsifnomada ham diqqatning tabiati va
xususiyatlari ochilmay qolaverar ekan.
Psixolog G.S.Bakradze diqqatning ob’ektda to’planishi faoliyatning roli haqida
qiziqarli ilmiy tekshirish tajribasini o’tkazgan. Agarda diqqatni zaifligini
tekshiruvchi o’z vaqtida payqab, unga nisbatan qandaydir muskul harakatini amalga
oshirsa, u yana tiklanadi. Bulardan tashqari diqqat barqarorligini faoliyatning
xarakteriga, shaxsning o’ziga bog’liqligi bir qancha psixologlar tomonidan
isbotlangan.
Jumladan, A.P.Gazova diqqatning bo’linuvchanligini ko’p stanokda ishlovchi
to’quvchilarda o’rganib, juda qimmatli materiallar yig’adi. Uning fikricha, diqqat bu
kasbdagi odamlarda ixtiyorsiz va ixtiyoriy muvozanatlashgan bo’lishi mumkin. Bir
necha stanokda ishlash malakalari hosil bo’lishi natijasida bularda ixtiyoriy
muvozanatlashgan diqqat turi vujudga keladi.
Diqqatning bo’linuvchanligi ustida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki,
ikkita yoki uchta ishni birdaniga bajarish mumkin, bunda I.P.Pavlov ko’rsatganidek,
ulardan biri tanish (ishlash oldin bajarilganligini eslatuvchi) va bosh miya yarim
sharlar po’stlog’ida «navbatchi punktlar» mavjud bo’lsa amalga oshiriladi. Ikkita
faoliyatni bir davrning o’zida bajarish uchun faoliyatning biri diqqatni talab
qilmaydigan yoki avtomatlashgan bo’lishi talab qilinadi. Kishida bunday imkoniyat
faqat mashq qilish orqaligina yuzaga kelishi mumkin.
N.F.Dobrinin o’zi va shogirdlari o’tkazgan tekshirishlariga asoslanib, bunday
tipologiya diqqatning mohiyatini ochishga yetarli emas deb hisoblaydi. Turmushda
shunday odamlar uchraydiki, ular ob’ektni ko’p, ham aniq idrok qila oladilar. Yana
shunday toifadagi kishilar mavjudki, ular narsalarni ham kam, ham noaniq idrok
qiladilar, o’zlaridan ko’p narsalarni qo’shib yuboradilar.
Tadqiqotchi Y.B.Pirogova o’quvchilarda eshitish va ko’rish diqqatini o’rganib,
eshitish diqqatining ko’lami ko’rish diqqatidan bir necha bor kichikligini ta’kidlab
o’tadi.
Diqqat muammosini o’rganuvchi olimlar uning boshqa psixik jarayonlar bilan
bog’liqligi va roli masalalarini o’rganganlar. Jumladan, N.N.Lange, A.R.Luriya va
boshqalarning tadqiqotlarida ko’rishimiz mumkin.
N.N.Lange diqqatning iroda, reflektiv, instinktiv, pertseptiv holatlar bilan
bog’liqligini o’zining «Irodaviy diqqat nazariyasi» asarida ko’rsatib beradi.
A.R.Luriyaning fikricha, kichik yoshdagi bolalarda diqqatning bu holatini ko’rish
oson. Birinchi bosqichda u beqarorligi va ko’lamining torligi uchun qo’zg’atuvchilar
qurshovidagi diqqat bo’lolmaydi.
Rus pedagogi K.D.Ushinskiy ishlarida diqqat to’g’risida bir qator fikrlar
aytilgan. Diqqat ob’ektni to’la va aniq idrok qilish qobiliyatiga ega. Ziyraklikning
qator sabablariga oldin idrok qilingan ob’ekt izlarining ahamiyatidan tashqari K.D.
Ushinskiy «ta’sirotning kuchi va to’plangan aktlarni boshqara olishni ko’rsatadi».
Bolaning rivojlanishi uchun diqqatini to’g’ri yo’naltira olish muhimligini ko’rsatib
o’tadilar. Diqqatning to’laligi barqarorligini ta’minlovchi to’planishning psixologik
mexanizmlarini muhokama qilish ham K.D. Ushinskiyning asarlarida uchraydi. U
diqqatning asosiy omili irodaviy boshqarish deb hisoblaydi. Shuning uchun diqqatni
maqsadga
yo’naltirib,
boshqara
olish
qiyin
va
murakkab
jarayondir.
K.D.Ushinskiyning ko’rsatishicha, kishi o’z hissiyotlarini diqqat orqali boshqaradi,
bunda u ixtiyoriy yoki faol turlarga ajratadi. Uningcha, ixtiyoriy diqqat bizning
tomonimizdan zo’r berish orqali o’ziga predmet tanlaydi. Ixtiyoriy diqqatni
ob’ektivlashtirish faol xarakteridan biridir. Chunki u kishining o’zi orqali
qo’zg’atiladi va qo’llaniladi.
K.D.Ushinskiyning aytishicha, ixtiyorsiz diqqat tashqi va ichki sabablarga
ko’ra hosil bo’ladi. Tashqi sabablar qo’zg’atuvchining kuchiga organizmning ayni
vaqtdagi holatiga bog’liq. Passiv diqqatning ichki sabablari sezgilarimiz izlarining
bog’lanishidir. Idrok qilingan ob’ektning yangiliklar bosqichini diqqatning istovchi
omili ekanligini muallif farqlaydi. Diqqat qaratilayotgan ob’ekt ma’lum o’lchovda
bo’lishi kerak.
Diqqatning psixologik tahlilini K.D.Ushinskiy tarbiya muammosi bilan
bog’lab, diqqatni boshqara bilishni aqliy rivojlanish va amaliy faoliyat uchun asosiy
omil deb hisoblaydi. Diqqatning maqsadga muvofiq boshqarish yoki idrok qilish
paytida asosiy ishdan tashqaridagilarga chalg’imaslik tushuniladi. Tarbiyachining
vazifasi bolalarning faol diqqatini to’g’ri yo’nalishda ko’rish va ularning diqqatini
o’zlari boshqarishga o’rgatishdan iboratdir.
K.D.Ushinskiy tomonidan yechilgan muammolar o’tkazilgan tekshirishlar
shuni ko’rsatadiki, u ongning to’planish qobiliyatini diqqat deb tushundi, shu bois
diqqatni o’rganishda shaxs psixologiyasidan kelib chiqib yondashdi va tabiiy-ilmiy
jihatlarini tushuntirishda o’z davrining fiziologik bilimlaridan unumli foydalandi.
40-yillarda psixologiya fani bir qator muvaffaqiyatlarga erishdi. Psixologiya
fani nazariya va tajribaga asoslangan holda juda ko’p muammolarni yechishga
muvaffaq bo’ldi. Nazariy jihatdan katta o’rin olgan masalalardan biri «oliy psixik
funktsiyalarning rivojlanishi va strukturasi» to’g’risidagi L.S.Vigotskiy ilgari
surgan kontseptsiyadir. Buning asosida ikkita faraz yotadi:
A) psixik faoliyatning xarakteri haqidagi;
B) birlamchi tashqi va ichki faoliyatdan ichki psixik jarayonlarning namoyon
bo’lishi haqidagi.
L.S.Vigotskiy psixik funktsiyalar rivojlanishini o’rgana borib, ular ichiga
ixtiyoriy diqqatni ham kiritadi. Uning fikricha, bola diqqatining tarixi - bu bola
hulqining paydo bo’lishi tarixidir. L.S.Vigotskiy ishlarining xarakterli tomoni kishi
psixikasini tushunishda tarixiy va genetik yondashishdir. Buni u diqqatni
o’rganishga ham tadbiq qilgan va diqqatning rivojlanishini ko’rsata olgan. Muallif
diqqat rivojlanishining ikkita yo’nalishini ko’rsatadi.
1. Diqqatning natural (tabiiy) rivojlanishi. Bunda muallif umumorganik
rivojlanishini tushuntiradi, ya’ni markaziy nerv tizimining strukturaviy va fuktsional
jihatdan o’sishini ko’rsatadi. Bu rivojlanish butun hayot davomida bo’ladi, ammo
bunda «sekinlashgan» va «bir oz pasaytirilgan» ko’rinishlari mavjud.
2. Diqqatning madaniy rivojlanishi. Bunda ixtiyoriy diqqatning namoyon
bo’lish xususiyati madaniy kontseptsiya bilan bog’liq deb tushuntiriladi. Katta
yoshdagi odamlar diqqatining psixologik mexanizmi haqida gapirib, tashqi
operatsiya organizm xulqini ichki operatsiyasiga aylanadi, deydi. Madaniy
rivojlanish bola tashqi muhit bilan aloqa qila boshlagandan o’sa boshlaydi.
L.S.Vigotskiyning ilmiy yutug’i shundan iboratki, u diqqat muammosini
o’rganishda ijtimoiy va genetik nuqtai nazardan yondashdi. Ixtiyoriy diqqatni tashqi
stimullar vositasida nutq funktsiyasini yo’naltirish deb tushuntira oldi.
L.S.Vыgotskiy ishlarini A.N.Leontev o’z tadqiqotlarida davom ettirib,
ixtiyoriy diqqatning rivojlanishini o’rgandi. U ixtiyoriy diqqat xatti-harakatni
boshqarishning oliy shakli va tarixiy rivojlanish mahsuli deb tushundi. Bolalarda
diqqat shaklarini tahlil qilib 3 ta bosqich mavjudligini ko’rsatdi.
1. Natural bevosita, to’g’ridan-to’g’ri aktlardan iborat.
Bunda to’planish ixtiyorsiz namoyon bo’lib, asosan maktabgacha bo’lgan
bolalarda vujudga keladi. Ya’ni bu bolalar o’z xulq - atvorlarini o’zlari boshqara
boshlaydilar.
2. Tashqi belgining ahamiyatini egallash, tushuna bilishlari turadi. Bu bosqich
boshlang’ich ta’limda asosiy rolь o’ynaydi.
3. Tashqi taassurotlarning ichki ta’sirlarga aylanish jarayoni bilan bog’liq
bo’lib, bu asosan katta yoshdagi kishilarda bo’ladi.
Uzoq vaqt A.N.Leontev maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatini tekshiradi.
Chunonchi, idrok bilan diqqat aloqasini o’rgandi. Diqqat hodisasi shunday hodisaki,
u idrokning qanday kechishi bilan belgilanadi, deb tushuntirdi. A.N.Leontev keyingi
ishlarini o’quvchilar diqqatini rivojlantirish va ularda idrokni boshqarish, ko’rish,
eshitish, qo’yilgan topshiriqni tushunish kabilarni egallash muhim rol o’ynashini
ko’rsatdi.
N.F.Dobrinin diqqatni kishi psixik faoliyatini biror bir ob’ektga yo’naltirish va
to’plash bilan boshqa ob’ektlardan chalg’ishi orqali tushuntiradi. Agar yo’nalish va
to’planish ixtiyorsiz bo’lsa ixtiyorsiz diqqat vujudga keladi. Agar ong qo’yilgan
maqsadga muvofiq bo’lsa, u holda ixtiyoriy diqqat namoyon bo’ladi. Bular qatorida
N.F.Dobrinin diqqatning uchta turini ajratadi. Uning fikricha, diqqatning uchinchi
turi «ixtiyoriydan keyingi diqqat» deb ataladi. Bu ixtiyoriy diqqat kabi maqsadga
qaratilgan bo’lib, irodaviy zo’r berishni talab qilmaydi. Bular to’g’risida
N.F.Dobrinin shunday deydi. «Ixtiyoriy diqqatda qiziqishga intilishga o’rin bor,
lekin bu qiziqish faoliyatning natijasiga qiziqishdir. Faoliyatning o’zi esa
qiziqarsizdir. Kishi psixik faoliyatining ajoyib xususiyati shundan iboratki, natijaga
qiziqish jarayonga qiziqishga aylanadi. Bu ixtiyoriy diqqat ixtiyoriydan so’nggi
diqqatga aylanganda bo’ladi».
B.G.Ananev «O’quvchilarda diqqatni tarbiyalash» nomli asarida diqqatni
hamma vaqt tekshirish, tadqiq qilish kerak deydi. Buning uchun mana bunday
vaziyatlarga e’tibor qilishni ko’rsatib o’tadi, darsni to’g’ri tashkil qilish, ta’limning
puxtaligi, o’qituvchining pedagogik mahorati, o’quvchilarning darsdagi faoliyatini
to’g’ri tashkil qila bilish kabilarni ta’kidlaydi. B.G.Ananev bu bilan diqqatning uzoq
vaqt bir ob’ekt ustida to’play bilish kerakligini uqtiradi.
Diqqat muammosini tadqiq qilish I.V.Straxov asarlarida o’z aksini topgan.
Uning qarashlariga ko’ra, kishi diqqati kelib chiqishiga va ishlash uslubiga qarab
ijtimoiy tabiatga ega. U kishilarning mehnat faoliyatiga sabab bo’ladi va mehnat
jarayonining asosiy psixologik komponentlaridan biri bo’lib sanaladi. Diqqatning
muhim belgisi faoliyat jarayonida va atrofdagilar bilan aloqada kishi psixikasining
to’planishidir.
Qator munosabatlarda to’planish ikki xil xarakterda bo’ladi, u predmet va
hodisalarga tanlab yo’naltiriladi, ya’ni diqqat ob’ektini ongli ajratish, bu vaqtda
boshqa ko’p ob’ektlardan chalg’ish vositasi bilan aktlar tizimini tashkil qiladi,
to’planish mehnat predmetiga yo’naltiriladi, lekin uning jarayoni ham diqqat ob’ekti
hisoblanadi. To’planish faoliyat ob’ektiga va u bilan harakatga yo’naltiradi.
Diqqat psixikaning alohida tomoni va shakli hisoblanmaydi va qandaydir
birorta funktsiyani bajarishga o’z-o’zidan ko’chmaydi. Maqsadga yo’nalgan,
intensiv-psixik
faoliyatning
strukturaligi
funktsional
asosini
o’zgarishga,
mahsuldorligining oshishiga va miyaning barqaror ishlashiga olib keladi.
Kishi diqqati mehnat faoliyatiga, faoliyat jarayoniga, mehnat qurollariga
yo’naltiriladi. Diqqat predmetlari bir xil emas, balki har xil faoliyat turlarida turlicha
bajariladigan mehnat operatsiyalari va vositalari kishi mehnat predmetiga ta’sir
qiladi. Bularga bog’liq ravishda diqqatni faoliyat turlarida o’rganish psixologik
muammolari vujudga keladi. O’tkazilgan tekshirishlar asosida I.V.Straxov diqqat
ko’p funktsiyali jarayondir, degan xulosaga keladi. Bu funktsiyalarni amaliy bajarish
– mehnat, o’qish, ilmiy va boshqa faoliyat turlaridan birortasining shart-sharoiti
mahsuldorligini belgilaydi. Faoliyatning har bir turi diqqatga alohida ma’suliyat
yuklaydi. SHuning uchun uning funktsiyasi faoliyatning shu turiga to’g’ri kelishi
muhimdir.
Diqqatning nazorat qilish-tuzatish funktsiyasi ham kam ahamiyatli emas.
Uning shakllari mehnat va o’quv faoliyatining har xil davrlarida bir xil bo’lmaydi.
Diqqat alohida kishilarning munosabatlarida jamoada o’ziga xos funktsiyani
bajaradi. Kishilarning kuzatuvchanligida, boshqa odamlarning psixik holatini
tushunishda, ziyraklikning faol shakllarida aks etadi. Ziyraklik mehnatda va kishi
bilan munosabatida ahloqiy-psixologik ahamiyatga ega bo’ladi. Shunga muvofiq
ziyraklikning motivatsiyasi o’rganilib, uning aks etishining shakllari va ularni
tarbiyalash masalasi ko’rib chiqiladi. Ziyraklikning bunday o’rganilishi uning
tahlilida va shaxs psixologiyasida yangi yo’nalishdir. Ular o’z ishlarida diqqatning
o’rganilishi ko’rsatilgan aspektlarini sintez qilishga harakat qiladilar.
Yuqorida bayon etilan fikrlardan ko’rinib turibdiki, I.V.Straxov diqqatning
bilish jarayonidagi ahamiyatiga uning faol psixologik aks ettirish imkoniyatiga
alohida e’tibor beradi. Shuningdek, diqqat bilish faoliyatining borliq bilan aloqasida,
uni keng va chuqur aks etishida muhim mexanizm bo’lib hisoblanadi.
Diqqat shaxsning yo’nalishida to’plangan jarayon sifatida ishlaydi. Keng
ma’noda bu so’z asosida ehtiyoj, qiziqish, qarash, ideal kabi tarkibiy qismlar
mavjud. Diqqat psixik jarayonlar tuzilishida ko’rsatilgan omillardan hosil qilingan
hodisa sifatidagina qatnashmay, balki u shaxsning boshqa xususiyatlariga
munosabatda tayanch xususiyat sifatida qatnashadi. Diqqat va ziyraklikning
pedagogik takt(odob)ning shakllanishidagi psixologik shart-sharoit ekanligi bunga
misol bo’ladi.
I.V.Straxov «Diqqat va nutq» muammosi bo’yicha tadqiqot ishlarini olib
borgan. U nutq shakllari va funktsiyalarini hamda tasviriy faoliyatni tahlil qiladi. U
o’quvchilarda sport gimnastikasi darslarini psixologik tahlil qiladi va o’rganadi.
Muallifning ta’kidlashicha, diqqatni nutqiy boshqarish quyidagi omillarda,
ya’ni predmetni nomlashda, yoki maqsadli harakatlarga to’plashda, faoliyatni
rejalashtirishda diqqatni ilgarilab ketish aktlarida, qidirish faoliyatlarida, diqqatni
ko’chish jarayonining verbalizatsiyasida, diqqatni nazorat qilish funktsiyasini
aktivlashtirishda, ziyraklikning aks etishida va uning ahloqiy psixologik
ahamiyatida namoyon bo’ladi.
Diqqat va butun faoliyat jarayonini boshqarish nutqning ichki va tashqi turlari
orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, bu boshqarishda muallif fikricha, integral
(yuqoridagi ikki nutq oralig’idagi) nutq ishtirok etadi. Bularni tadqiq qilish shuni
ko’rsatadiki, grafik harakatlarni amalga oshirish aqliy - nutqiy jarayonlar ularni
anglash va yo’naltirish bilan birga boradi.
Shunday qilib, diqqatni boshqarish va uni tarbiyalash, o’quvchilarda
rivojlantirish masalasi I.V.Straxov tomonidan atroflicha o’rganilgan.
Psixolog N.V.Kuzminaning fikricha, o’qituvchilarning dars davomida
berilayotgan bilimini qanchalik o’zlashtirishi unda asosiy va yetakchi rolni diqqat
o’ynaydi. Shuning uchun ham ta’lim – tarbiya jarayonida hammadan avval
tarbiyachi o’quvchining diqqatini torta bilish uning asosiy maqsadi bo’lishi kerak.
Bu esa o’tilgan materialni o’quvchi puxta bilishni talab qiladi. Bundan kelib
chiqadiki, diqqatning tarbiyalanishi va shakllanishi ham vujudga keladi.
F.N.Gonobolin, M.R.Rahmonova D.B.Elkonin, V.V.Repkin va boshqa qator
tadqiqotchilar tomonidan ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchilarda diqqatning
namoyon bo’lishi, kechishi, rivojlanishining o’ziga xos xossalari, individualligi kabi
jihatlari o’rganilgan.
Diqqatning buzilishi
Diqqatning salbiy jihatlaridan biri parishonxotirlikdir. Parishonxotirlik
diqqatni uzoq vaqt davomida biron ishga layoqatsizlikda diqqatning osongina va tez-
tez bo’linib turishida namoyon bo’lishi mumkin. Parishonxotirlikning bu ko’rinishi
ko’pincha ish qobiliyati susayib ketishining va xulq-atvordagi uyushmaganlikning
sabablaridan biri hisoblanadi.
Parishonxotirlikning sabablari har xildir. Parishonxotirlik shaxsning barqaror
xislati sifatida ixtiyoriy diqqatning sustligi ko’rsatkichi hisoblanadi va noto’g’ri
tarbiya
natijasi(bolaning
erkalatib
yuborilishi,
jazolanmasdan
qolishi,
taassurotlarning har xilligiga odatlanish va boshqalar) bo’lishi mumkin. Bu xildagi
parishonxotirlikka qarshi avvalo shaxsda irodaviy sifatlarni shakllantirish yo’li bilan
kurash olib borish kerak. Parishonxotirlikni bola salomatligining yaxshi emasligi,
nerv tizimining umuman buzilganligi bilan izohlash mumkin. Parishonxotirlik
haddan tashqari hissiy hayajonlanish, yoxud charchash oqibati sifatida qisqa
muddatli bo’lishi ham mumkin. So’nggi holatda u ko’pincha o’qish kuni va
haftasining oxirida namoyon bo’ladi. Pedagogik ish tajribasida diqqatni tarbiyalash
maqsadida parishonxotirlikning barcha sabablari va xususiyatlari inobatga olinishi
shart.
Qachonki, kishi ishga berilib ketib o’z xayollari, kechinmalari bilan bo’lib,
mashg’ul bo’lgan ishidan boshqa hech narsani ko’rmayotgan va eshitmayotgan
hollarda ham «parishonxotirlik» haqida so’z yuritiladi. U masalan tevarak-
atrofdagilarga e’tibor bermaydi, o’ziga qaratilgan savollarga parvo qilmaydi.
Bunday «parishonxotirlik» diqqatning yorqin ifodalagan holdagi tanlanganligidan,
uning behad jamlanganligi va jadalligidan hosil bo’ladi. Diqqatni eng ko’p darajada
jamlanganligi yuqorida qayd qilib o’tilganidek, faoliyatda muvaffaqiyat
qozonishning muhim sharti bo’lib hisoblanadi. Lekin diqqatning faqat bir ob’ektga
qaratilganligi uning taqsimlanishi va ko’chirilishida qiyinchiliklar tug’dirishi
mumkin. Bu xildagi parishonxotirlik kundalik hayotda amaliy faoliyatda kishining
tevarak-atrofdagi olam bilan munosabatini mushkullashtirib qo’yadi va shuning
uchun ham unga diqqatning nuqsoni sifatida qaraladi.
Maktab hayotidagi parishonxotirlik «qoidaga sig’maydigan» deb atalmish
xatolarda dars paytida o’quvchida tegishli maktab anjomlari yo’qligining ma’lum
bo’lishida, o’quvchining dars jarayoniga yetarlicha jalb etilmaganligida va shu kabi
boshqa hollarda namoyon bo’ladi. Bolalarda, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalarda
parishonxotirlik juda ko’p uchraydi.
Diqqatning parishonxotirlikdan tashqari boshqa xildagi buzilishlari ham borligi
e’tirof etiladi. Diqqatning haddan tashqari harakatchanligi bir ob’ektdan va faoliyat
turidan boshqalariga doimiy ravishda o’tib turishi, yoki aksincha harakatsizligi,
diqqatning sust harakat qilishi, uning tor doiradagi tasavvurlar va fikrlarga patologik
tarzda qayd etilishi shular jumlasiga kiradi. Diqqatning bu xildagi buzilishlari
miyaning ba’zi bir organik kasalliklari eng avvalo uning peshona qismidagi
kasalliklari yuz bergan paytlarda kuzatiladi.
Diqqatning fazilatlari bilan bir qatorda uning buzilishi va nuqsonlari bo’lishi
mumkinligini psixologik jihatdan asoslangan tarzda hisobga olish diqqatni o’zida
aks ettiradigan bilish jarayonlarini tadqiq etishning zarur shartidir.
Ayrim ruhiy kasallik holatlarida diqqatning inertligi (sustligi) yoki mutlaqo
harakatsizligi, qandaydir biron ob’ekt ustida to’xtab qolish holatlarini kuzatish
mumkin. Bola hayotining bir oylik davrlarida uning uchun faqat ixtiyorsiz diqqat
xos bo’ladi. Bu davrda bola dastavval tashqi qo’zg’atuvchilardan, ularning keskin
o’zgarishlaridan ta’sirlanadi. Masalan, to’satdan paydo bo’ladigan qattiq ovozlardan
harakatning o’zgarishidan va boshqa narsalardan ta’sirlanadi. Ixtiyoriy diqqatning
alomatlari odatda bola yoshiga to’lgandan so’ng yoki ikki yoshga qadam qo’ygan
davrda paydo bo’la boshlaydi. Ixtiyoriy diqqat tarbiya jarayonida yuzaga keladi,
bolaning atrofidagi odamlar nima qilish lozimligini asta-sekin o’rgatadilar. Bolalar
o’z diqqatlarini rivojlantirishda ulardan talab qilinayotgan harakatlarni bajarishga
o’zlarining bevosita moyillaridan voz kechishlariga to’g’ri keladi. Bolada, albatta
juda sodda go’daklik shakli bo’lsa ham onglilik namoyon bo’ladi. Bolani
ozodalikka, tartiblilikka, ma’lum intizomlilikka, jamoat qoidalariga rioya qilishga
o’rgatar ekanmiz, buning bilan biz bolada ixtiyoriy diqqatni rivojlantiramiz.
Bog’cha yoshidagi davrda bolaning ixtiyoriy diqqatini rivojlantirish uchun o’yin
katta ahamiyatga egadir. Bog’cha yoshidagi bolalar diqqati juda barqaror bo’ladi.
Mashq qilish usuli bilan o’z diqqatini to’plash qobiliyati asta-sekin rivojlanadi.
O’quv jarayonida ixtiyoriy diqqatni tarbiyalash alohida ahamiyatga egadir.
Maktab mashg’ulotlarini intizomlashtiruvchi ta’siri, dars davomida sinfda o’tirish,
o’quvchilarning so’zlarini eshitish zaruriyati, chalg’imaslik bularning hammasi
ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashda katta rolь o’ynaydi. Har turli ta’lim ishlari
maktabdagi o’quv mashg’uloti ustida ongning yo’nalganligi va to’planganligini
saqlab turishni talab qiladi. Bolalarning hissiyotlari ko’pincha kuchli bo’ladi.
Shuning uchun ularning diqqatlari qisqa vaqt ichida davom etsa ham kuchli bo’ladi.
Maktab yoshidagi bolalarning hissiyotlari ancha barqaror bo’la boshlaydi.
Shuning uchun pedagog o’qish materialini hissiy momentlar bilan boyitar ekan,
buning bilan diqqatning barqarorligi va kuchini saqlab turilishiga yordam beradi.
Biror narsaga qiziqib kelgan maktab yoshidagi o’quvchi uzoq vaqt diqqatli bo’lishi
mumkin. Ammo kattalarning nazorati pasayib qolsa, u zarur vazifani bajarishdan
chalg’ib boshqa narsaga kirishib ketishi mumkin. Masalan: adabiyotni
o’rganayotgan o’quvchi kino yoki biror o’qigan asari haqida xayol surib ketishi
mumkin. Ayrim bolalar jismoniy mehnat darslarida diqqat bilan o’tirsalar boshqalari
aqliy mehnatda kuchli diqqat bilan o’tiradilar. O’zi yoqtirgan darslarda kuchli diqqat
bilan o’tirgan o’quvchilar boshqa darslarda o’qituvchilarni ancha tashvishga solib
qo’yishlari mumkin.
O’quvchilarning o’quv predmetiga munosabati, unga diqqat bilan qarash ko’p
jihatdan darsda o’quvchining o’quv materialini jonli, emotsional, qiziqarli,
tushunarli, shu bilan birga to’liq va chuqur o’qita bilishga bog’liq. Bu talablarga
rioya qilmaslik darsda o’quvchilarning parishonligiga yoki ikkinchi darajali
qiziqishlarning paydo bo’lishiga olib keladi. O’smirlarda chuqur, barqaror qiziqishni
tarbiyalash, o’qitishning mazmunini jiddiy o’ylab ko’rilganligi ularda diqqatni
tarbiyalashning zaruriy sharti hisoblanadi.
Bu shart-sharoitlarga rioya qilinsa, o’smir diqqatini boshqarishga halal
beradigan ba’zi impulьsiv (ixtiyorsiz) harakatlarga qaramay, o’z diqqatini ixtiyoriy
ravishda boshqarish va to’xtab turish mumkinligini tezda egallab oladi. U o’zi uchun
qiziqarsiz va qiyin ishni diqqat bilan bajarish zarur bo’lsa, o’zini bu ishga majbur
eta oladi. Masalan, hamma predmetlardan beriladigan vazifalarga nisbatan
o’smirlarda kichik maktab yoshidagi bolaga qaraganda diqqatning tashqi ifodasi
ham o’zgaradi. Agar kichik yoshdagi maktab o’quvchining yuz ifodasi va gavda
holati uning qanchalik diqqatliligini aniq belgilab bersa, o’smir esa o’zining
diqqatsizligini yashira oladi. Faqat o’qituvchining kuzatuvchanligi orqali buni
aniqlashi mumkin.
3. Xotira haqida tushuncha
Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni
yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir. Biz har kuni
yangi narsalarni bilamiz, kun sayin bilimlarimiz boyib boradi. Xotira faoliyatida
shaxsning g’oyaviy yo’nalishi katta o’rin egallaydi. Bu yo’nalish uning faoliyatini
hayot sharoiti ta’sirida shakllantiradi. Kishi o’zining shu faoliyati uchun muhim
bo’lgan voqea, hodisalarni yaxshi eslab qoladi. Aksincha, kishi uchun kam
ahamiyatga ega bo’lgan narsalar yomon esda qoldiriladi va tezda unutib yuboriladi.
Shu o’rinda xotira borasidagi ta’riflarga qaytsak, ko’pgina adabiyotlarda xotira
tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi. «Indvidning o’z tajribasida esda olib qolishi,
esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi». Lekin
mazkur ta’riflarni tahlil qilgan professor E.G’oziev tomonidan xotira tushunchasiga
quyidagicha ta’rif beriladi. «Xotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va
bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va faol holda, reproduktiv va
produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks
ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish hamda tanish
hissidan iborat psixik jarayon. Alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy
hodisa barcha taassurotlarni ijobiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mnemik
faoliyatdir».
Shuni ta’kidlash joizki, keltirilgan mazkur ta’rif xotiraning murakkab, keng
qamrovli jihatlarini to’la ta’kidlash imkoniyatiga ega.
Shaxsning yo’nalishi uning qiziqishida ifodalanadi. Kishining qiziqishi
xotiraga aniq va kuchli ta’sir ko’rsatadi, ya’ni yaxshi esda olib qolishni ta’minlaydi.
Biz ko’pincha u yoki bu narsa va hodisalarni yomon esda qoldiramiz. Bu xotirani
yomonligini emas, balki ularga qiziqish yo’qligini ko’rsatadi. Masalan, o’quvchilar
hamma fanlarni bir xil o’zlashtira olmaydilar. Bu ularning har xil xotiraga ega
ekanliklar bilan emas, balki o’qitilayotgan fanga qiziqishning har xilligi bilan
tushuntiriladi. Esda olib qolishga kishining emotsional munosabati ham katta ta’sir
ko’rsatadi. Kishi uchun yaqqol hayajonli reaktsiya vujudga keltiruvchi narsalar
ongda chuqur iz qoldirib, puxta va uzoq yodda saqlanadi. Biz bir narsadan
ta’sirlansak, o’sha uzoq vaqt esda saqlanadi. Samarali xotira kishining iroda
sifatlariga ham bog’liqdir. Kuchsiz, irodasiz, ishyoqmas kishilar har doim yuzaki,
yomon xotirlaydilar. Aksincha, irodali, materialni o’zlashtirishga astoydil
kirishadigan kishilar puxta va chuqur eslab qoladilar. Samarali xotira kishining
umumiy madaniyatiga, uning aqliy saviyasiga, bilimiga, uquviga fikrlash
qobiliyatiga, ko’nikmaa va odatlariga ham bog’liqdir. Shunday qilib, xotiraning
tabiati va uning samaraliligi shaxsning xususiyatlari bilan bog’liqdir. Shaxs o’z
oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalari asosida o’zining xotirlash jarayonini ongli
ravishda tartibga soladi va boshqaradi.
Xotira sohasida quyidagi asosiy jarayonlar: esda olib qolish, esda saqlash, esga
tushirish va unutish bir-biridan farq qilinadi. Bu jarayonlar faoliyatda tarkib topadi
va belgilanadi. Ma’lum materialni esda olib qolish hayot faoliyati davomida
individual, ya’ni shaxsiy tajribani to’plash bilan bog’liqdir. To’plangan tajribadan
keyingi faoliyatda foydalanish qayta esga tushirishni talab qiladi. Ma’lum
materialning faoliyatda qatnashmay qolishi yoddan chiqarishga olib keladi.
Xotiraning nerv fiziologik asoslari
Esda olib qolish nerv tizimining egiluvchan, ya’ni o’zgaruvchanlik,
qo’zg’atuvchilar ta’sirida o’zida go’yo bir iz qoldirish, saqlash imkoniyati tufayli
yuzaga keladi. Har qanday insonning miyasi egiluvchanlik xususiyatiga ega bo’lib,
uning darajasi har xil bo’ladi. Shaxs xotirasining sifati miyaning faolligi va turli
faoliyatga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq ravishda rivojlanadi. Atrofni o’rab olgan
borliqni faol biluvchi kishi o’z miyasi faoliyatini to’xtovsiz kuchaytiradi. Shu bilan
birga uning egiluvchanlik darajasini oshiradi. Miya egiluvchanligi vaqtincha
pasayishi, xotira samarasining susayishi, ba’zi paytda odamning toliqishiga sabab
bo’ladi. Dam olgandan keyin yana tiklanadi. Odatda miya egiluvchanligi yosh
o’tishi bilan susayadi. Masalan, keksa kishilar gaplaridan adashib ketadi, ilgari
gapirganlari esdan chiqib, o’sha gapni takrorlayveradilar. Miya egiluvchanligining
ko’rsatkichi bosh miya po’stlog’ida muvaqqat nerv aloqalarini tezlikda vujudga
kelishi, davomli saqlanishi va ularning tez, oson jonlantirilishi hisoblanadi.
Muvaqqat nerv aloqalari assotsiatsiyalarni hosil qiluvchi fiziologik mexanizmdir.
Assotsiatsiya bizning xotiramizda mustahkamlangan va ongimizda qayd qilingan
ayrim voqea hodisalarning o’zaro bog’lanishidir. Biror buyumni esda olib qolish,
boshqa buyumlar bilan bog’lash orqali amalga oshiriladi. Bu o’rinda akademik
I.P.Pavlovning quyidagi so’zlari juda xarakterlidir. «Muvaqqat nerv bog’lanishlari
– deb yozadi I.P. Pavlov hayvonot olamida va bizning o’zimizda ham bo’ladigan
eng umumiy fiziologik hodisadir. Shu bilan birga u psixik hodisa hamdir, turli-
tuman harakat, taassurot bo’lmasa harflar, so’zlar va fikrlar o’rtasida paydo
bo’ladigan bog’lanishlar-ki, bu bog’lanishlarni psixologlar assotsiatsiyalar deb
ataydilar».
Xotira, ya’ni esda olib qolish, idrok qilinayotgan narsalardan hosil bo’lgan
obrazlar o’rtasida assotsiatsiyalarning yuzaga kelishidan iboratdir. Shu bois inson
xotirasidagi assotsiatsiyalar 3 turga ajratiladi. Bular yondoshlik assotsiatsiyasi,
o’xshashlik assotsiatsiyasi va qarama-qarshilik assotsiatsiyalaridan iboratdir.
Yondoshlik assotsiatsiyasining asosida vaqt va fazoviy munosabatlar yotadi.
Boshqacha qilib aytganda, yondoshlik assotsiatsiyasi bir necha narsa yoki
hodisalarni ayni bir vaqtda yoki ketma-ket idrok qilishdan hosil bo’ladi.
Masalan, bog’chada bolasi har kuni o’zining tarbiyachi opasi va
tarbiyalanayotgan guruhini idrok qiladi. Keyinchalik, ya’ni katta bo’lgandan so’ng
bog’chasini eslasa tarbiyachi opasi va aksincha, tarbiyachi opasini eslasa, bog’cha
guruhi ko’z o’ngida gavdalanadi.
Hozirgi paytda idrok qilinayotgan narsa bilan ilgari idrok qilingan narsa
o’rtasida ma’lum o’xshashlik bo’lsa, bu narsalar o’rtasida o’xshashlik assotsiatsiyasi
hosil bo’ladi. Masalan, bola dastavval bog’chaga kelgan paytida bog’cha
mudirasining tashqi ko’rinishi, ovozi va munosabatlarini o’z onasiga o’xshatishi
mumkin. Keyinchalik bola onasini ko’rganda, mudira opasini va aksincha mudira
opasini ko’rganda onasini eslaydigan bo’lib qoladi. Bu ikkala odamning bola
tasavvuridagi obrazlari o’rtasida assotsiatsiya hosil bo’ladi.
Hozirgi idrok qilinayotgan narsalar bilan ilgari idrok qilinayotgan narsalar
o’rtasida qarama-qarshi belgilar va xususiyatlar bo’lsa, bunday narsalar o’rtasida
qarama-qarshilik assotsiatsiyasi yuz beradi. Masalan yoz-qish, issiq-sovuq kabi
narsalar o’rtasida qarama-qarshilik assotsiatsiyalari hosil bo’ladi.
Shunday qilib, xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya po’stida hosil
bo’ladigan shartli reflekslar, turli assotsiativ bog’lanishlar yotadi. Lekin, odam esda
olib qolish paytida assotsiatsiyalar hosil bo’lganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil
assotsiatsiyalarning hosil bo’lganini odam keyinchalik biror narsani esga tushirish
paytida bo’ladi.
Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida to’xtalar ekanmiz, so’nggi
yillarda texnikaning g’oyat tez rivojlanishi natijasida turli esda olib qoluvchi
apparatlarga bo’lgan ehtiyoj benihoya ko’payib ketganligini ta’kidlash joiz. Bu o’z
navbatida xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlarini psixolog va fiziologlardan
tashqari injenerlar, bioximiklar, genetiklar hamda kibernetiklar tomonidan
o’rganilishiga olib keldi. Natijada xotiraning nerv fiziologik mexanizmlarini
tushuntiruvchi bir qancha yangi nazariyalar maydonga keldi. Ana shunday
nazariyalardan eng muhimi molekulalarning o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan
bioximik nazariyadir. Bu nazariyaga ko’ra biror narsani esda olib qolish va esda
saqlab turish maxsus tuzilishni o’zgarishi bilan bog’liqdir. O’tkazilgan
tekshirishlarga ko’ra, biror narsa esda olib qolinganda, asosan nerv hujayralarining
(neyronlarning) dendrit shoxlari tarkibida o’zgarish yuzaga keladi. Ular qandaydir
boshqacharoq tuzilishga kirib oladilar. Dendritlar tuzilishidagi hosil bo’lgan
o’zgarish darrov o’tib ketadigan bo’lmay, ancha mustahkam bo’ladi. Shu sababli
esda olib qolgan narsa uzoq vaqt xotirada saqlanib turadi.
4. Xotira turlari
Xotira insonning holati va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi tufayli
uning namoyon bo’lish shakllari, holatlari, shart-sharoitlari, omillari ham xilma-xil
ko’rinishga egadirlar. Odatda xotirani muayyan turlarga ajratishda eng muhim asos
qilib uning tavsifnomasi sifatida esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish,
unutish singari jarayonlarni amalga oshiruvchi faoliyatining xususiyatlariga
bog’liqligi olinadi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, ayrim darsliklarda xotira turlari
turlicha klassifikatsiya qilinadi. Jumladan, A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan
«Umumiy psixologiya» darsligida quyidagi klassifikatsiya uchraydi:
Faoliyatda ko’proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab:
harakat, emotsional, obrazli va so’z mantiq xotira.
Faoliyatning maqsadlariga ko’ra: ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotira.
Materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko’ra:
qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotira.
M.G.Davletshin tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» o’quv
qo’llanmasida quyidagi xotira klassifikatsiyasi qayd qilinadi:
Psixik faolligiga ko’ra: ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira.
Faoliyat maqsadiga ko’ra: harakat, emotsional, obraz va so’z-mantiq
xotirasi.
Muddatiga ko’ra: uzoq muddatli, qisqa muddatli va operativ xotira.
E.G’oziyev tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» o’quv qo’llanmasida
xotira turlari quyidagicha klassifikatsiya qilingan.
1. Ruhiy faoliyatning faolligiga ko’ra:
a) harakat yoki motor harakat xotirasi;
b) obrazli xotira;
v) his-tuyg’u yoki hissiyot xotirasi;
g) so’z-mantiq xotira.
2. Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan:
a) ixtiyorsiz;
b) ixtiyoriy;
v) mexanik.
3. Ruhiy faoliyatning davomiyligiga ko’ra:
a) qisqa muddatli xotira;
b) uzoq muddatli xotira;
v) operativ (tezkor) xotira.
4. Ruhiy faoliyat qo’zg’atuvchisining sifatiga ko’ra:
a) musiqiy;
b) eshitish xotirasi;
5. Ruhiy faoliyatning inson yo’nalishiga qarab:
a) fenomenal;
b) kasbiy.
Keltirilgan xotira turlarini umumiy tarzda quyidagicha ifodalash mumkin.
Psixik aktivligiga ko’ra
Materiyalning
davomiyligiga ko’ra
Faoliyat maqsadiga
kop’ra
Harakat
Obraz
Emotsional
Qisqa muddatli
Uzoq muddatli
Operativ
Xotira turlari
Harakat xotirasi - inson faoliyatining har bir turida ruhiy faollikning u yoki
bu ko’rinishlarini ustunlik qilishida kuzatiladi. Masalan, harakat, hissiyot, idrok, aql-
zakovat kabi ruhiy faoliyatning ko’rinishlari mavjuddir. Ana shu ruhiy faollik
turlarining har biri tegishli harakatlarda va ularning mahsulotlarida o’z ifodasini
topib harakatlarda, hissiy kechinmalarda, tuyg’ularda, obrazlarda, timsollarda, fikr
va mulohazalarda aks etadi.
Turli harakatlar va ularning bajarilishi tartibi, tezligi, sur’ati, izchilligi va
boshqalarni esda qoldirish, mustahkamlash, esga tushirishdan iborat xotira turi
harakat xotirasi deb ataladi.
Xotiraning boshqa turlariga qaraganda, harakat xotirasi ba’zi odamlarda aniq
ravshan ustunlik qilishi uchrab turadi. Psixologiya fanida klassik misolga aylanib
qolgan ushbu holatni keltirib o’tish maqsadga muvofiqdir: bir musiqa ishqibozi
musiqalarni xotirasida mutlaqo qayta tiklay olmas ekan, lekin u yaqindagina
eshitgan operani faqat pantomimika tarzidagina qayta tiklash imkoniyatiga ega
bo’lgan. Turmushda shunday odamlar uchraydiki, ular o’zlarida harakat xotirasining
borligini umuman payqamaydilar. Mazkur xotira turining g’oyat ahamiyati shundan
iboratki, u yurish, yozish, ifodali harakat malakalari bilan bir qatorda har xil amaliy
mehnat malakalarini tarkib toptirishning asosini tashkil qiladi. Agar insonda harakat
xotirasi bo’lmaganda edi, o’zini har gal «boshdan boshlab» o’rganar edi. Figurali
uchish, langar bilan sakrash, gimnastika, chopish, xatti-harakatlar, badiiy gimnastika
bilan shug’ullanish harakat xotirasini taqozo etadi. Jismoniy chaqqonlik, mehnat
mahorati, «oltin qo’llar», ziyrak ko’zlar, egiluvchanlik va kuzatuvchanlikka ega
bo’lish yuksak, barqaror harakat xotirasi mavjudligining alomati bo’lib hisoblanadi.
His-tuyg’u yoki hissiyot xotirasi. Bu xotira his-tuyg’ular, ruhiy kechinmalar,
hissiyotlar, ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan,
atrofimizdagi narsa va hodisalarning xususiyatiga nisbatan munosabatimiz qay
tarzda amalga oshirilayotganligidan doimo xabar berib turish imkoniyatiga ega.
Shuning uchun har bir kishining hayoti va faoliyatida hissiy xotira turi juda katta
ahamiyat kasb etadi.
Voqelikdagi
narsa
va
hodisalardan,
o’z-o’zimizga
bo’lgan
munosabatlarimizdan kelib chiqadigan yoqimli hamda yoqimsiz kechinmalarni esda
qoldirish, esda saqlash, esga tushirishdan iborat xotira turi hissiy xotira turi deb
ataladi. Boshimizdan kechirgan va xotiramizda saqlanib qolgan hissiyotlar
harakatga undovchi va o’tmishda salbiy kechinmalarga ega bo’lgan harakatlardan
saqlanib qoluvchi signal tarzida namoyon bo’ladi.
Hissiy xotira o’zining vujudga kelish xususiyati, tezligi, dinamikasi,
davomiyligi bilan xotiraning boshqa turlaridan ma’lum ma’noda ajralib turadi. Har
bir odamga o’z turmush tajribasidan ma’lumki, ko’pincha, qachonlardir o’qigan
kitoblar, tomosha qilgan kinofilьmlar faqat «taassurotlar», bog’lanishlar zanjirini
yechishning dastlabki tuguni sifatida namoyon bo’ladi. Shuning uchun hissiy xotira
ijtimoiy ahamiyat kasb etib, umumiylik alohida olingan odamlar kayfiyatlari bir-
birlariga o’xshashligi, iliq ruhiy muhitni vujudga keltirish yoki noxush kechinmalar
to’lqinini barpo etish ehtimoli to’g’risida mulohaza yuritilayotgan alomati ostida
ijtimoiy guruhiy, jamoaviy, barqaror va beqaror kayfiyatni vujudga keltiradi.
Obrazli xotira - tasavvurlar va turmush manzaralari, shuning bilan birga,
tovushlar, ta’mlar, ranglar shakllar, bilan bog’liq bo’lgan xotira turidir. Obraz
xotirasi deb yaqqol mazmunni, binobarin, narsa, hodisalarning aniq obrazlarini,
ularning xususiyatlari va bog’lanishlarini esda qoldirish, ongda mustahkamlash
hamda zaruriyat tug’ilganida esga tushirishdan iborat xotira turiga aytiladi.
Psixologiya fanida obrazli xotiraning bir necha turlari ajratib ko’rsatiladi va
ular quyidagilardan iborat.
Izchil obrazlar sensor xotiraning eng sodda ko’rinishi yoki shakli izchil
obrazlardan iboratdir. Izchil obrazlarning namoyon bo’lish hodisasi quyidagilardan
tuziladi: agar sub’ektga bir necha daqiqa oddiy qo’zg’atuvchi yuborilsa, jumladan
10-15 sekund yorqin qizil kvadratga qarab turish taklif etilsa, so’ng tekshiruvchi
oldidan kvadrat olib quyilsa, u qizil kvadrat o’rnida xuddi shunday geometrik shakl
izini ko’rishda davom etadi. Asosan bu shakl ko’pligi rangda tovlanadi. Mazkur iz
o’sha zahoti, ba’zan bir necha sekunddan keyin paydo bo’lib, 15 sekunddan to 45-
60 sekundgacha o’sha ob’ektda saqlanib turadi, shundan so’ng asta-sekin oqara
boshlaydi. Natijada o’zining aniq qon turini yo’qotadi, keyinchalik mutlaqo yo’qolib
ketadi. Goho butunlay yo’qolishi uchun qaytadan paydo bo’lishi mumkin.
Odamlarning individual psixologik xususiyatlariga qarab, izchil obrazlarning
aniqligi va davomiyligi turlicha bo’lishi ko’zga tashlanadi.
O’zining kelib chiqishi, kuchliligi jihatidan izchil obrazlar salbiy va ijobiy
turlarga bo’linadi. Agar kuchli ravishda odam qizil rangga qarab turib, so’ngra
nigohini oq qog’ozga ko’chirsa, u holda ob’ektda ko’k-yashil rang paydo bo’lganday
ko’rinadi. Izchil obrazlarning ushbu turi salbiy, izchil obrazlar deb ataladi. Bu
holatni yana bir misol orqali tushuntirilsa, quyidagi ketma-ketlik hodisasi namoyon
bo’ladi. Qorong’u xonada ko’z oldida bir narsaga, masalan, qo’l yaqinlashtirilsa
so’ngra qisqa muddatli (0,5 sek) elektr chirog’i yoqilsa, bu holda chiroq o’chgandan
keyin odam bir necha daqiqa davomida narsalarning aniq obrazini ko’rishda davom
etadi. Mazkur obraz o’z rangida bir qancha muddat saqlanib, so’ng ko’zdan
yo’qoladi.
Izchil obrazlar xotira jarayonining sodda izlariga misol bo’la oladi. Chunonchi,
hodisalarga qarab uzaytirish ixtiyoriy ravishda qayta tiklash mumkin emas.
Binobarin, izchil obrazlar ushbu xotiraning murakkabroq turlaridan ana shu jihatlari
bilan farqlanadi.
Izchil obrazlarning eshitish turi orqali sezishda kuzatish mumkin, lekin bu
vaziyatda izchil obrazlar kuchliroq namoyon bo’lishini va qisqa muddat davom
etishi kuzatiladi.
Eydetik obrazlar psixologiyada izchil obrazlardan eydetik obrazlarni farqlash
an’ana tusiga kirgan bo’lib, “eydos” yunoncha “obraz” degan ma’noni anglatadi.
Xotiraning bu turi, ya’ni eydetik obrazlar o’z vaqtida nemis psixolgiya maktabining
namoyondalari aka-uka Yenishlar nomidan ta’riflab berildi. Ba’zi odamlar shu
davrlarda kuzatilgan narsa yoki suratlar ko’z o’ngidan olib qo’yilsa ham surat
siymosi uzoq vaqt saqlanish xususiyatiga ega.
Mazkur narsa va jismlarning aniq obrazlari, tasvirlarni kuzatish mumkin.
Bu hodisa jahon psixologiya fanida tajribada tekshirib ko’rilgan. Tajribada
tekshiriluvchiga 3-4 minut davomida rasm ko’rsatilgan va tasvir olib qo’yilgandan
so’ng uning tarkibiy qismlari, tuzilishi haqida qatnashchilarga savollar berilgan. Bu
jarayonlarda tekshiruvchilar birorta savolga javob bera olmagan bo’lsalar, aniq
texnik obrazga ega bo’lgan ishtirokchilar esa rasmni davom etishgandek har bir
savolga aniq javob berishga erishganlar.
Tajribalarning ko’rsatishicha, eydetik obrazlar uzoq vaqt inson ongida
saqlanishi mumkin. Mabodo ularning yo’llari yopilib qolgan bo’lsa ham, lekin hech
qanday qiyinchiliklarsiz ularning siymosi qayta tiklanishi mumkin.
Rus psixologiyasida eydetik obrazlarning namoyon bo’lish hodisasi A.R.
Luriya tomonidan ko’p yillar davomida o’rganilgan va shunga ko’ra eydetik
xotiraning individual tipologik xususiyatlari chuqur ta’riflab berilgan. Eydetik
obrazlar harakatlanish xususiyatiga ega bo’lib, sub’ektlarning oldiga qo’yilgan
vazifa va uning tasavvurlari ta’siri ostida o’zgartirish mumkin.
Aka-uka Yenishlar tomonidan o’tkazilgan oddiy tajribada eydetik xotiraga ega
bo’lgan tekshiruvchiga olma va undan sal uzoqroqda joylashgan irmoq tasvirlangan
rasm ko’rsatilgan. Rasm o’rtasidan bo’lib, qo’yilgandan keyin tekshiruvchida
olmani olib qo’yish istagi kuchayib borayotgani so’ralgan. Muayyan yo’l-yo’riq
berilgandan keyin tekshiruvchi mana bunday holatni tasvirlab beradi: irmoq olmaga
yaqinlashib, uni iladi va ixtiyorsiz ravishda qatnashchi tomon tortadi. Xullas, eydetik
obrazlar harakatchan bo’lib, sub’ektning ruhiy ko’rsatmasi ostida sifat va miqdor
o’zgarishiga yuz tutadi.
Ilmiy tekshirishlarning ko’rsatishicha, eydetik obrazlar bolalik va o’spirinlik
davrlarida muayyan muddat xukm suradi va vaqtning o’tishi bilan asta-sekin so’na
boradi.
Psixofarmokologik
tadqiqotlarining
ko’rsatishicha,
eydetik
obrazlarni
kuchaytiruvchi kaliy ionlari va shuningdek uning kuchsizlantiruvchi kaltsiy ionlari
moddalari mavjuddir. Ilmiy izlanishlardan olingan miqdoriy materiallar eydetik
obraz paydo bo’lishining psixologik ildizlarini chuqurroq ochishga xizmat qiladi.
Tasavvur obrazlari xotiraning yanada murakkabroq turi bo’lib hisoblanadi va
ularning xususiyatlari haqida tasavvurga egamiz. Inson daraxt, meva, gul to’g’risida
tasavvurga ega ekanligi shuni ko’rsatadiki, uning ilgarigi tajribalari sub’ektning
ongida shu obrazlarning izlarini qoldirgan. Ilmiy tushunchalar talqin qilinganda
tasavvur obrazlari eydetik obrazlarga juda yaqindek tuyuladi. Lekin eydetik obrazlar
haqidagi psixologik tahlil shuni ko’rsatadiki, tasavvur obrazlari unga qaraganda
ancha boy bo’lib, o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Tasavvur
obrazlarining eydetik obrazlaridan ajratuvchi farq tasavvur obrazlarining
polimodallik xususiyatidir. Buning asosiy mohiyati tasavvur obrazlari ko’rish,
eshitish, teri orqali sezish izlarining tarkibiy qismlarini birlashtiradi. Masalan, meva
to’g’risidagi tasavvur obrazi uning tashqi ko’rinishi, mazasi, og’irligi, vaznini o’zaro
birlashtirib aks etadi.
Tasavvur obrazlarining eydetik obrazlaridan asosiy farqi shundan iboratki, u
narsa va hodisa haqidagi tasavvurlarni aqliy jihatdan qayta ishlashni o’z tarkibiga
kiritadi va jismlarning asosiy xususiyatlari ajratilib, ma’lum kategoriyaga
birlashtiriladi. Inson gul obrazini faqatgina esga tushirmaydi, balki uni muayyan bir
so’z yoki tushuncha bilan aytadi, nomlaydi, xususiyatlarni ajratib ko’rsatadi, aniq
bir kategoriya mohiyatiga kiritadi.
Demak, tasavvur obrazlarida odamning xotirasi idrok qilingan narsalarning
izini sust ravishda saqlab balki, bir qator tasavvur bilan boyitadi, narsa mazmuni va
mohiyatini tahlil qilib, u haqida o’z bilimlari, tushunchalari kabilarni tajriba bilan
bog’lovchi ijodiy sermahsul faoliyatni amalga oshiradi. Bularning barchasi irodaviy
sifatlar, aqliy zo’riqish, asabiy taranglashuv natijasida ruyobga chiqishidan dalolat
beradi.
Tasavvur obrazlari xotiraning murakkab faoliyati mahsuli bo’lib, ular izchil
yoki eydetik obrazlarga nisbatan murakkab psixologik hodisadir. Tasavvur obrazlari
xotira izlarining murakkab turi bo’lib uning aqliy jarayon bilan yaqinligi inson bilish
faoliyatini muhim tarkibiy qismidan iborat ekanligidan dalolat beradi.
So’z-mantiq xotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda
xulosa chiqarishlar tashkil etadi. Insonda fikr va mulohaza turli xil shakllar
yordamida ifodalanganligi tufayli ularni ifodalash faqat o’zlashtirilayotgan
materiallarning asosiy ma’nosini izohlash, talqin qilib berish yoki ularni so’zma-
so’z ifodalanishini aynan aytib berishga qaratilgan bo’lishi mumkin. Agar ma’lumot,
axborot, xabar, material ma’no jihatidan qayta ishlanmasa, u holda materialni
so’zma-so’z o’zlashtirish, mantiqiy o’rganish bo’lmasdan, balki aksincha mexanik
esda olib qolishga aylanib qoladi.
So’z-mantiq xotirasining vujudga kelishida birinchi signal bilan bir qatorda
ikkinchi signallar tizimi asosiy hisoblanadi. Chunki so’z mantiq xotirasi faqat
insongagina xos bo’lgan xotiraning maxsus turi hisoblanib, bu xotira turi o’zining
sodda shakllari bilan hayvonlarga ham taalluqli bo’lgan harakat, his-tuyg’u va
obrazli xotiralardan sifat, ham miqdor jihatdan keskin farq qiladi. Ana shu boisdan
so’z-mantiq xotirasi bir tomondan xotiraning boshqa turlari taraqqiyotiga
asoslanadi, ikkinchidan ularga nisbatan yetakchilik qiladi. Shu bilan birga, boshqa
turlarning rivojlanishi so’z mantiq xotirasining takomillashuviga uzviy bog’liqdir.
So’z-mantiq xotirasining o’sishi qolgan xotira turlarining barqarorlashuvini
belgilaydi.
Xotira turlariga nisbatan boshqacha tarzda yondashish hollari ham uchraydi.
Shu bois xotira faoliyatini amalga oshirayotgan faollik xususiyatlari bilan uzviy
bog’liq ravishda turlarga ajratiladi. Masalan, faoliyat maqsadiga ko’ra xotira
ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo’linadi.
Ixtiyoriy xotira deganda ma’lum maqsadni ro’yobga chiqarish uchun
muayyan davrlarda aqliy harakatlarga suyangan holda amalga oshirilishidan iborat
xotira jarayoni tushuniladi. Bu faoliyatni odam ongi bevosita boshqaradi. Ko’pincha
psixologiya fanida ixtiyoriy xotiraga ixtiyorsiz esda olib qolish qarshi qo’yiladi. Bu
jarayon ma’lum kerakli topshiriq yoki vazifa qo’yilsa, esda olib qolishga yetaklovchi
faoliyat biron-bir maqsadni ro’yobga chiqarishga yo’naltirilgan taqdirda yuzaga
keladi. Biz matematik topshiriqlarini yechayotganimizda masaladagi sonlarni esda
olib qolishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ymaymiz. Mazkur so’z mantiq xotirada
asosiy maqsad faqat masala yechishga qaratiladi. Buning natijasida sonlarni esda
saqlashga, hech qanday o’rin ham qolmaydi. Shunga qaramay, biz ularni qisqa
muddat bo’lsa-da, esda saqlashga intilamiz. Bu holat faoliyat yakunlangunga qadar
davom etadi.
Esda olib qolishni maqsad qilib qo’yish esda olib qolishning asosiy sharti
hisoblanadi. Serb psixologi Radosavlevich o’z tadqiqotida quyidagi hodisani bayon
etadi.
Tajribada
tekshiriluvchidan
biri
sinovda
qo’llanilayotgan
tilni
tushunmaganligi tufayli uning oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarmagan. Buning
oqibatida uncha katta bo’lmagan tadqiqot materiali 46 marta o’qib berilganiga
qaramay, esda olib qolinmagan. Tajribaning keyingi bosqichida vazifa
tekshiriluvchiga tushuntirib berilgandan so’ng u material bilan olti marta o’qib,
tanishib, uni takrorlab, qismga ajratib esga qayta tushirishga erishgan.
Xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari xotira taraqqiyotining ikkita ketma-ket
bosqichlarini tashkil etadi.
Ixtiyorsiz xotiraning turmushda va faoliyatda katta o’rin egallashini har kim
o’z shaxsiy tajribasidan biladi. Ixtiyorsiz xotiraning muhim xususiyatlaridan biri
ma’lum maqsadsiz aqliy, asabiy, irodaviy zo’r berishsiz hayotiy ahamiyatga ega
bo’lgan keng ko’lamdagi ma’lumot, xabar, axborot, ta’surotlarning ko’pchilik
qismini aks ettirishdir. Shunga qaramasdan inson faoliyatining turli jabhalarida o’z
xotirasini boshqarish zarurati tug’ilib qolishi mumkin. Xuddi mana shunday
sharoitlar, holatlar, vaziyatlarda esda saqlash, esga tushirish yoki eslash
imkoniyatini yaratadigan xotiraning mazkur turi katta ahamiyatga egaligi shubhasiz.
So’ngi
paytlarda
rus
va
xorij
psixologiyasida
xotira
borasidagi
tadqiqotchilarning e’tiborini esda olib qolishning dastlabki, boshlang’ich
daqiqalarida vujudga keladigan holatlar, jumladan tashqi taassurot izlarining
mustahkamlanishigacha bo’lgan jarayonlar, holatlar, mexanizmlar, shuningdek,
ularning mustahkamlanish muddatlarini ham o’ziga jalb qilib kelmoqda.
Masalan, biror material xotirada mustahkam joy olish uchun uni sub’ekt
tomonidan tegishli ravishda qayta ishlab chiqish zarur va materialni bunday ishlab
chiqish uchun ma’lum darajada muddat talab etish tabiiydir. Ana shu muddat
xotirada qayta tiklanilayotgan izlarni mustahkamlash deb qabul qilingan. Mazkur
jarayon inson tomonidan yaqindagina bo’lib o’tgan hodisalarning aks sadosi sifatida
kechiriladi va takomillashadi. Inson muayyan daqiqalarda, lahzalarda, ayni paytda
bevosita idrok qilinayotgan narsalarni go’yo ko’rishda, eshitishda davom
etayotgandek tuyuladi. Ushbu jarayon kelib chiqishi jihatidan beqaror, hatto
o’zgaruvchan, lekin ular shu qadar maxsus tajriba orttirish mexanizmlarining
faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ularning roli shu qadar
ahamiyatli-ki, bu jarayonlarda esda olib qolish, esda saqlash, axborotlar,
maьlumotlar, xabarlarni qayta esga tushirishning alohida turi sifatida qaraladi.
Ushbu jarayon odatda psixologiya fanida qisqa muddatli xotira deb ataladi.
Juda ko’p qaytarishlar va qayta tiklashlar natijasida materialni uzoq muddat
davomida esda saqlanib qolishi xarakterli bo’lgan uzoq muddatli xotiradan farq
qilgan holda, qisqa muddatli xotira bir marta hamda juda qisqa vaqt oralig’ida idrok
qilish va shu ondayoq qayta tiklashdan so’ng qisqa muddatli esda olib qolish bilan
xarakterlanadi.
Hozir ilmiy adabiyotlarda qisqa muddatli xotirani quyidagi atamalar bilan
nomlash uchraydi: «bir lahzalik», «dastlabki», «qisqa muddatli» va boshqalar.
Operativ xotira inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol tezkor
harakatlar, usullar uchun xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holat
operativ xotira deb ataladi. Hozirgi zamon psixologiyasida ushbu holatni namoyon
qilish uchun ushbu misol keltiriladi. Matematik amalni bajarishga kirishar ekanmiz,
biz uni muayyan bo’laklarga ajratib hal qilishni maqsad qilib qo’yamiz. Shu boisdan
oraliq natijalarni yodda saqlashga intilamiz, nihoyasiga yaqinlashgan sari ayrim
materiallar esdan chiqa boshlaydi.
Mazkur holat matnni talaba yoki o’quvchi tomonidan o’qishda, uni ko’chirib
yozishda, ijodiy fikr yuritishda, aqliy faoliyatni amalga oshirishda yaqqol ko’zga
tashlanadi.
Xotira jarayonlari
Xotira faoliyati esda qoldirishdan boshlanadi. Esda qoldirish idrok qilingan
narsa va hodisalarni miya po’stida iz hosil qilishdir. Uning fiziologik asosi miya
po’stida muvaqqat nerv bog’lanishining vujudga kelishidir. Esda qoldirish o’zining
faolligi jihatidan ikkiga bo’linadi:
a) ixtiyoriy esda qoldirish;
b) ixtiyorsiz esda qoldirish.
Ixtiyorsiz esda qoldirishda oldindan maqsad quyilmaydi, mavzu tanlanmaydi
va iroda kuchi sarflanmaydi. O’zining go’zalligi, hissiy ta’sirchanligi, hajmi,
harakatchanligi, tezligi, shakli va boshqa xossalari bilan farq qiladigan narsa va
hodisalar ixtiyorsiz esda qoladi. Masalan, tasodifiy hodisalar, karnay-surnay ovozi
ixtiyorsiz esda qoladi.
Ixtiyoriy esda qoldirishda esa oldindan maqsad qo’yib mavzu belgilanadi.
Masalan, dars materiallarini esda olib qolish, imtihonga tayyorlanish va boshqalar.
Ixtiyoriy esda qoldirishda quyidagi turli usullardan foydalaniladi:
maqsad qo’yish, masalan, institutga kirish oldidagi maqsad;
o’quv materiallarini tushunib esda qoldirish;
esda qoldirishning ratsional usullaridan foydalanish, masalan, esga
tushirish yo’li bilan esda qoldirish.
Beixtiyor esda qoldirishda qiziqish katta rolь o’ynaydi. Bizning oldingi
tajribamiz bilan bog’liq narsa va hodisalar beixtiyor oson esda qoladi. Biz ba’zi bir
faktlarni bilsak, ular haqida tushunchaga ega bo’lsa, shu faktlarga tegishli bo’lgan
hamma narsalar oson esda qoladi.
Ixtiyorsiz esda qoldirish inson hayotida katta ahamiyatga ega bo’lib, undan
ortiqcha harakat talab qilmagan holda hayotiy tajribalarni kengaytiradi va boyitadi.
Biroq ixtiyorsiz esda qoldirish tez bo’lsa ham ko’pincha noaniq bo’ladi, bunday esda
olib qolingan narsa va hodisalar keyinchalik yanglish esga tushiriladi.
Ixtiyoriy esda qoldirish ko’zda tutilgan maqsadga muvofiq tanlangan
materialni esda qoldirishdir. Kishi ixtiyoriy esda qoldirish uchun esda saqlashning
maxsus usullarini saqlagan holda materialni puxta esda qoldirish uchun o’zining
kerakli kuchini sarf qiladi. Ammo mexanik esda saqlanishni ma’noli esda saqlash
bilan qo’llanilishi foydalidir.
Psixologiya fanida esda olib qolishning quyidagi turlari mavjud:
Ma’lumot, xabar, taassurot, axborot va materiallarni eshitish orqali idrok
qilish hamda esda olib qolish.
Egallash yoki o’zlashtirish zarur bo’lgan materiallarni ko’rib idrok qilish
yordamida esda olib qolish.
Materiallarni harakat yordamida va eshitish orqali idrok qilish hamda esda
olib qolish.
Aralash holatda esda olib qolish, eshitish, ko’rish, harakat kabilar orqali
idrok qilish va esda olib qolish yoki bir nechta ta’sir etuvchilar yordamida aks
ettirish.
Mana
shu
yo’llar
orqali
eshitish,
ko’rish,
eshitish
harakat,
kombinotorlashtirilgan (aralash) turlari yordamida xotiraning qaysi turi ustunroq
yoki qaysi biri bo’sh ekanligini aniqlash mumkin.
Esda olib qolishda assotsiatsiyalarning ahamiyati muhimdir. Buning uchun
esda olib qolish jarayonining bog’lanishlari paydo bo’lish sur’atini aniqlash
maqsadida ular xususiyatlariga binoan quyidagi:
Sabab oqibat bog’lanish.
Bo’lak va yaxlit munosabati.
Qarama-qarshilik munosabati.
Inkor etish holati.
Adekvat yoki aniqlik turlarga ajratiladi.
Esda olib qolish inson faoliyatining xususiyatiga bevosita bog’liqdir.
A.A.Smirnov, P.I.Zinchenko tajribalari shuni ko’rsatadiki, esda olib qolish u yoki
bu faoliyatdagina samarali bo’lishi mumkin. A.A.Smirnovning tajribalarida
tekshirishlarga qaraganda ikki xil faoliyat taklif qilinsa, birinchi holda ular ma’noli
matnni esda olib qolish nazarda tutiladi. Sinaluvchilar matnni yodlar ekanlar,
materiallar ustida hech qanday faol ish olib bormaganlar. Ikkinchi holda esa esda
olib qolish vazifasi qo’yilmaydi-yu, lekin matn ustida muayyan ish olib borish unda
uchraydigan ma’noviy xatolarni aniqlash taklif etiladi. Ikkinchi holda esda olib
qolish ancha samarali bo’lganligi aniqlangan.
Maxsus vositalar va oqilona usullarni qo’llash orqali esda olib qolish
sohasidagi yondashishdan iborat tashkiliy faoliyat alohida ahamiyatga ega.
A.A.Smirnov o’tkazgan tajribasida shuni ko’rsatadiki, matnni maxsus tuzib
chiqilgan rejaga asoslangan holda yodlash rejasi, pala-partish esda olib qolishdan
ikki barobar samaraliroq ekan, psixolog olimlarning tavsiyasiga binoan yodlash
jarayonida materialni takrorlash bilan uni faol esga tushirishni o’zaro almashtirib
turish yuqori natijalar beradi. Kuzatishlar va tajribalar shuni ko’rsatadiki,
o’quvchilar va talabalar bu usullarni mustaqil ravishda egallay olmaydilar, odatda
ularni muallimning rahbarligida egallashadi. Aks holda o’quv faoliyati
ishtirokchilari materialni bevosita ixtiyorsiz esda olib qolish bosqichida qotib qolishi
mumkin, bu hol aqliy o’sishga qarama-qarshidir.
Shu narsani alohida ta’kidlab o’tish kerakki, o’quv materiallarining ma’nosiga
tushunib esda olib qolish yo’li oqilona yo’l bo’lib qolmasdan, balki u mexanik esda
olib qolish jarayonidan o’zining samaradorligi bilan keskin darajada ajralib turadi.
Esda olib qolish jarayoni deganda sezgi, idrok, tafakkur, ichki kechinmalarni
xotirada saqlanish xususiyati tushuniladi. Kundalik hayotimizda kitob, jurnal, gazeta
o’qiyotganimizda materialni esda olib qolish uchun shu materialning ma’nosiga
tushunib olishga harakat qilamiz. Jamiki narsa insonga yetarli darajada tushunarli
bo’lmasa, u taqdirda ularni esda olib qolish jarayoni juda qiyin kechadi.
O’rganilayotgan materialning mazmuni va ma’nosiga tushunib olish uchun odam
uni tahlil qilishga, umumlashtirishga harakat qiladi. A.A.Smirnov ta’kidlaganidek,
materialni o’zlashtirib olish xuddi shu jarayonga yaqqol misoldir. Mualliflarning
shaxsiy fikriga ko’ra o’zlashtirayotgan materiallarni esda olib qolish qiyinligi
sababli ularni tushuna olmaslikdir. Tushunib olishning esda olib qolishdagi
ahamiyati xuddi shu bilan tavsiflanadi.
Jahon psixologiya fani to’plagan ma’lumotlarga qaraganda o’zlashtirilayotgan
materialni mexanik tarzda egallashga nisbatan uning ma’nosini tushunib
o’zlashtirish bir necha marta mahsuldordir.
Esda olib qolish jarayonida o’zlashtirilayotgan materialning ma’noga ega
bo’lishi yoki bo’lmasligi muhimdir. Assotsiativ psixologiya maktabining vakili,
taniqli psixolog G.Ebbingauz jahon psixologiyasida birinchi bo’lib 1885 yilda oliy
ruhiy jarayon bo’lgan xotirani, 1888 yilda intellektni ilmiy tajriba metodi negizida
tekshirdi va keng ko’lamda turmushga tatbiq etdi. U xotira jarayonini tajriba orqali
tekshirishning asosiy yo’nalishini ishlab chiqdi. Xotirani «sof» ko’rinishda
o’rganishga harakat qilib ma’no kasb etmaydigan bo’g’inlardan foydalandi. Uning
bu tadqiqoti kishining mantiqiy xotirasi emas, balki mexanik xotirasiga nisbatan
qo’llanishiga xos to’g’ri yo’nalishdir.
G.Ebbingauzning bu tadqiqoti psixologiyada introspektiv (o’z-o’zini kuzatish
yoki ichki kuzatish) metodiga qarama-qarshi qo’yilgan ilmiy tajribaviy metod
yutug’i sifatida ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir. U xotira jarayonini tekshirishda o’z
oldiga 38 ta ma’no anglatmaydigan bo’g’inlardan tuzilgan materialni esda olib
qolishni maqsad qilib qo’ygan. Bu materialni o’zlashtirish o’rtacha 55 marta
takrorlashni talab qiladi. Esda olib qolish uchun 38-40 so’zdan, 11 ta so’z o’zaro
bog’liq bo’lmagan so’zlardan foydalangan. Bu materialni o’zlashtirish 6-7 marotaba
takrorlashni talab etgan, umumiy hisob esa 91 nisbatga to’g’ri keladi.
Rus psixologlari tadqiqotlarining natijalari ma’noga ega bo’lgan materialni
o’zlashtirishda esda olib qolish uchun turli xil yo’nalish, ko’rsatma berish muhim
ahamiyat kasb etadi, degan fikrni tasdiqlaydi. A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn,
P.A.Ribnikov va boshqalar bolalarning xotira faoliyatini o’rganganlar. SHuningdek,
ular o’qish faoliyatiga asoslangan holda maktab o’quvchilarida tekshirish ishlarini
olib borganlar.
I.P.Zinchenko, M.N.Shardakov, A.I.Lipkinalar tadqiqot ishlarining aksariyati
shunga bag’ishlangan bo’lib, turli materialni esda olib qolishda tushinishning
ahamiyati muhimligini tasdiqlashga intilgan. Bu materialni esda olib qolishga to’g’ri
yo’nalish berilishining natijasida material mazmunini tushunib olgan hamda esda
olib qolish tezligi, aniqligi, mustahkamligi va to’liqligi ta’minlanadi.
A.A.Smirnovning ta’kidlashicha, shu davrgacha hech kim hech bir ilmiy
adabiyotlarda bolalarga va quyi sinf o’quvchilariga ahamiyatli bo’lgan materialni
mexanik tarzda esda olib qolishlari ko’rsatilmagan.
Nemis psixologi Vilyam Shtern (1871-1938) fikricha, bolalarda ham katta
yoshdagi odamlarda ham ma’nosiga tushunib o’zlashtirishga nisbatan mexanik
egallash kam miqdordir. Bu mulohaza haqiqatdan ham to’g’ri, Meymon fikriga
ko’ra, inson ulg’ayishi bilan ma’nosiz materialni esda olib qolish kamayib boradi va
kam samara beradi, lekin ma’noga ega bo’lgan bilimlarni esda olib qolishi esa
sezilarli darajada rivojlanib boradi. Shunga o’xshash omillar boshqa psixologlar
tomonidan ham to’plangan bo’lib, bu haqda boy materiallar umumiy psixologiya
xrestomatiyalarida o’z aksini topgan.
A.A.Smirnov ma’no anglatmaydigan bo’g’inlarda va ma’no kasb etuvchi
so’zlardan tuzilgan material asosida tekshirish o’tkazgan. Katta va kichik yoshdagi
ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolishni alohida tekshirish har ikkala yosh davrida
mazmunli va mazmunsiz materiallarni esda olib qolishning munosabatini tekshirish
maqsad qilib qo’yilgan.
Ma’no kasb etgan materialni esda olib qolish yosh bolalarga nisbatan kattalarda
ustunligi lekin, ma’nosiz materialni esda olib qolish kichik yoshdagi bolalarga
qaraganda kam samara bermasligi aniqlangan. Ma’nosiz bo’g’inlar nafaqat kichik
yoshdagi bolalarda, balki katta yoshdagilarda ham yaxshi o’zlashtiriladi.
A.N.Leontev tadqiqot ishlarida katta yoshdagilarning ma’nosiz bo’g’inlardan
tuzilgan materialni yaxshi, puxta esda saqlab qolishi ta’kidlangan. Katta yoshdagilar
ma’nosiz bo’g’inlarni qandaydir mazmun bilan tez va oson bog’lay oladilar.
SHuning uchun ularda bolalarga nisbatan kuchliroq ma’no kasb etadi. SHuningdek,
ma’no anglatmaydigan materialni o’zlashtirish jarayoni tez ko’chadi, mahsuldorroq
bo’ladi. Ma’nosiz materiallarni egallash uchun iroda kuchi, irodaviy sifatlar muhim
ahamiyatga egadir.
Esda olib qolishga hech qanday yo’nalish berilmay,, materialni yaxshi olib
qolinishi kishining jadal faoliyati bilan bog’liq. Ixtiyorsiz esda olib qolish faol
irodaviy kuch sarflash hisobiga amalga oshadi. A.A.Smirnov ma’noli materialni
esda olib qolishning bolalar uchun yengil ko’chishi ularning yosh xususiyatlariga
bog’liq narsa emasligini ta’kidlab o’tadi. Chunki bolalar hali tushunib olmagan
materialni go’yo ma’nosi yashirinib yotgandek qabul qiladilar. Matn ma’nosining
noma’lumligi unga nisbatan qiziqish, bilishga intilish mazmunini izlashga
talabchanlikni uyg’otadi. Odatda ma’nosiz so’zlarni laboratoriya sharoitiga
qaraganda kundalik turmushda puxtaroq eslab qolinadi.
Qator psixolog olimlarning mulohazalariga binoan: 1) materialni esda olib
qolish darajasi yosh davrlari xususiyatiga ega emas, balki uning yakkahol shaxsiy
xususiyatlariga bog’liqdir; 2) mexanik esda olib qolishning odat tusiga kirib qolishi
ham yosh davrlarining xususiyati emasdir; 3) so’z esda olib qolish, mexanik esda
olib qolishning biron-bir xususiyatidir.
Esga tushirish va uning turlari.
O’tmishda idrok qilingan narsalar, his-tuyg’u, fikr va ish-harakatlarning
ongimizda qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning nerv-
fiziologik asoslari bosh miya po’stida ilgari hosil bo’lgan nerv bog’lanishlarning
qo’zg’alishidir. Esga tushirishning tanish, eslash, bevosita eslash, oradan ma’lum
vaqt o’tkazib eslash, ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlari mavjud.
Tanish ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni takror idrok qilish natijasida u
yoki bu hodisani esga tushirishdir. Tanish aniq va noaniq bo’lishi mumkin. Noaniq
tanishda biz bu narsani notanish emasligini his qilamiz, xolos. Masalan, bir odam
ko’zimizga issiq ko’rinadi, lekin uni qaerda ko’rganimizni eslay olmaymiz. To’liq,
aniq tanishda esa idrok qilinayotgan narsaning nomi katta rolь o’ynaydi. Masalan,
biz bir kishini ko’rib, uni taniy olmasak, uning familiyasini yoki ismini eshitsak,
darrov kim ekanligini bilamiz.
Eslash narsa va hodisalarni, uni ayni paytda idrok qilmay esga tushirishdir.
Masalan, bo’lib o’tgan voqea va hodisalarni, bilib olgan ishlarimizni bemalol esga
tushirishimiz mumkin. Eslash ham aniq va noaniq bo’ladi. Masalan, biz she’rni
yoddan aytib bersak ham uni qaerda va qachon o’qiganimizni eslay olmaymiz. Esga
tushirish avval tanishdan boshlanadi. Masalan, imtihonga kirganda biletni ko’rib,
uning savolini o’qib taniymiz. Demak, bunda predmetning nomi muhim rolь o’ynar
ekan. Bevosita esga tushirish materialni idrok qilish ketidanoq esga tushirishdan
iborat. Masalan, she’rni yod olganimizda bir necha satrni o’qigan kitobga
qaramasdan takrorlaymiz, ya’ni bevosita esga tushiramiz. Bir karra ko’zdan
kechirilgan materialni bevosita esga tushirilgan miqdoriga qarab, xotiraning ko’lami
aniqlanadi.
Materialning ko’p qismini bevosita esga tushira oladigan kishining xotira
ko’lami keng hisoblanadi. Masalan, artistlarda so’z va iboralarni esda tutib qolish
xotirasining ko’lami keng bo’ladi. Hisob-kitob ishlarini yuritadigan xodimlarda
sonlarni esda tushirish xotirasining ko’lami keng bo’ladi.
Vaqt o’tkazib esga tushirish esda olib qolingan narsani oradan bir qancha vaqt
o’tkazib esga tushirishdirki, bunda shu orada ongimizda boshqa jarayonlar
o’tgandek bo’ladi. Masalan, yoshligimizdagi voqea va hodisalarni shu tariqa
eslaymiz.
Idrok qilingan narsalar miyamizda o’rnashib qolishi, esimizda turishi tufayli
turli usulda esimizga tushishi mumkin.
Esda saqlash deganda ilgari tug’ilgan taassurot, fikr, his-tuyg’u va ish-
harakatlarning takrorlanishiga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishi
tushuniladi. Bunga sabab asab tizimining egiluvchanligidir. Shuning uchun asab
tizimi ilgari bo’lib o’tgan taassurotlarni takrorlashga tayyor turadi. Faqat esga
tushirish uchun qulay sharoit bo’lsagina esga tushadi. Bunday sharoit bo’lmaganda
zarur materialni ixtiyoriy eslash jarayoni qiyinlashadi.
Shunday qilib, esga tushirishda ana shu tariqa qiynalib qolib, zarur bo’lgan
narsani shu onda esga tushira olmaymiz.
Unutilgan narsalarni yana xotirada qaytadan tiklanishi reministsentsiya
hodisasi (xira esga keltirish) deyiladi. Bu hodisaning sababi shuki, uzoq vaqt bir ish
bilan mashg’ul bo’lganda miya charchashi yuz beradi. Charchash haddan tashqari
oshishi natijasida nerv xujayralarida tormozlanish yuz beradi. Materialni esda
qoldirilgandan keyin 12 soat ichida esga tushirilsa, materialning ko’p qismi
unutiladi. Materialni o’qib o’rganib olingandan keyinoq uni yaxshi xotirlay olmay,
ammo oradan bir necha vaqt o’tgandan keyin uni to’la xotirlay olishlikning sababi
materialni o’qib, o’rganib olishda ro’y beradigan charchashdir.
Materialni eslash uchun bo’lgan kuchli xohish natijasida tormozlanish yuzaga
keladi, bu esa materialni qayta esga tushirishdagi qiyinchilikni kuchaytirib yuborishi
mumkin. Vaqt o’tishi bilan ishga chalg’ib ketgan insonlarda tormozlanish tarqab
ketadi. Shunda esga tushirish lozim bo’lgan narsa xotiraga kiradi. Materialni
mustahkamlashga bo’lgan qiziqishning bo’lishi materialni uzoqroq esda saqlashga
olib keladi. Unutish vaqtga bog’liq bo’ladi. Bu G.Ebbingauz tomonidan aniqlangan
bo’lib, unutish materialni yod olingandan keyin darhol ayniqsa tez ro’y beradi,
undan keyin esa unutish ancha sekinlashadi.
G.Ebbingauz unutishning vaqtga bog’liqligini tajriba orqali aniqlagan.
To’plangan natijalarning ko’rsatishicha, materialni yod olgandan so’ng unutish
sur’ati tez keyinchalik esa u birmuncha sekinlashadi. Bu qonuniyat ma’nosiz ayrim
bo’g’inlarni unutish ustida olib borilgan ishlarida tasdiqlangan. Tajribalarning
ko’rsatishiga qaraganda, o’rganilgan narsalar bir soatdan keyin unutiladi. Materialni
o’zlashtirish jarayoni maboynida xotirlash natijasida unutish sekinlashib boradi.
Muvaqqat asab bog’lanishlari susayishi natijasida qachonlardir sodir bo’lgan narsa
va hodisalarning o’zaro aloqalari xotirada asta-sekin yo’qolib boradi. Vaqtning
o’tishi bilan birmuncha unutilib ketilayotgan vaqtli bog’lanishlarni, ya’ni
assotsiatsiyalarni qaytadan tiklash jarayoni kuch-quvvat, xatti-harakatlarni talab
qiladi.
G.Ebbingauzning izdoshlari va shogirdlari tomonidan o’tkazilgan juda ko’p
tadqiqotlarning ko’rsatishicha, unutish sur’ati materialning ma’noli yoki
ma’nosizligiga, uning qanchalik anglanilganligiga bog’liqdir. Material qanchalik
mazmundor anglanilgan tushunib olingan bo’lsa, u holda unutish ham shunchalik
sekin kechadi. Lekin ma’noli materialga nisbatan ham unutish avval tez sur’atda
bo’lib, keyinchalik esa u sekinlashadi. Biron-bir materialni o’zlashtirish yoki esda
olib qolish insonning ehtiyojlari, qiziqishi, faoliyatning maqsadi bilan bog’liq
bo’lsa, bu material sekin unutiladi.
Unutishning tezligi esda olib qolingan materialning mustahkamligiga teskari
proportsional xususiyat kasb etadi. Demak, esda olib qolishning mustahkamligiga
o’zlashtirilayotgan materialning ma’noga ega yoki ega emasligiga bog’liqlikdan
tashqari yana bir nechta omillar o’z ta’sirini ko’rsatadi va uning faoliyat mazmuniga
aylanishiga ham bog’liq. Shuningdek, ular shaxsning shaxsiy, individual
xususiyatlariga ham bevosita bog’liqdir.
Xotiradagi individual farqlar
Xotira jarayonlaridagi individual farqlar esda qoldirishning tezligida,
aniqligida, mustahkamligida va qayta esga tushirishga tayyorligida ifodalanadi. Bu
farqlar maьlum darajada nerv faoliyati tiplarining xususiyatlari Bilan, qo’zg’alish va
tormozlanish jarayonlarining kuchi va harakatchanligi bilan bog’liqdir. Individual
farqlar yana shunday hollarda namoyon bo’ladiki, ba’zi odamlar obrazli
materiallarni, rang, tasvir, narsa, tovushlarni samarali va mustahkam esda olib
qoladilar.
Boshqa bir odamlar so’zlarni yaxshi eslab qoladilar. Uchinchi bir toifa
odamlarda esa maьlum bir materialni esda olib qolishda yaqqol ustunlik sezilmaydi.
Shunga muvofiq psixologiyada xotiraning quyidagi tiplari farqlanadi: ko’rgazmali
obrazli xotira, so’z mantiqiy xotira va oraliq tipdagi xotira. Masalan, ko’rgazmali
obrazli xotira tipi ko’proq rassomlarda, so’z mantiqiy tipi nazariyotchi olimlarda
uchraydi. Bundan tashqari xotirlash va esda qoldirish jarayonlarida analizatorlarning
qatnashishiga qarab, xotira quyidagi tiplarga ajraladi:
a) ko’rish; b) eshitish; v) harakat; g) aralash xotira.
Bir xil kishilar ko’rish orqali, ikkinchi xillari eshitish orqali, uchinchi xillari
harakat yordamida, to’rtinchi xillari esda qoldirishning birga qo’shilgan usulida
yaxshi esda qoldiradilar. Xotiraning aralash tiplari eng ko’p tarqalgan.
Xotiraning individual farqlari kishi faoliyatining xususiyatiga bog’liqdir. Esda
olib qolish va unutish tezligiga ko’ra xotiraning quyidagi tiplari mavjud:
1) tez esda qoldirib, sekin unutish;
2) tez esda qoldirib, tez unutish;
3) sekin esda qoldirib, sekin unutish;
4) sekin esda qoldirib, tez unutish
Xotira tasavvurlari
Ilgari idrok qilingan narsa va hodisalar obrazlarining ongimizda qaytadan
gavdalanishiga xotira tasavvurlari deyiladi.
Esda olib qolish va qayta esga tushirish tasavvur obrazlari orqali amalga
oshiriladi. Xotira va xayol tasavvurlari bir-biridan farq qiladi. Xotira tasavvurlari
ilgari idrok qilingan, ammo hozir ko’z o’ngimizda bo’lmagan narsalarning
obrazlarini ongimizda gavdalanishdan iborat. Masalan, yoshlik vaqtimizdagi
hodisalarni eslashimiz, ongimizda qayta tiklashimiz xotira tasavvurlari bo’ladi.
Xayoliy tasavvur xotira tasavvuriga qaraganda murakkab bo’lib, ongimizdagi
bilimlar tajribalarimiz asosida ilgari idrok qilinmagan, shu paytgacha uchramagan
narsalarning obrazlarini yaratishdan iboratdir. Xayoliy tasavvur ijod qilish bilan
bog’liq.
Masalan: ertaklar, romanlar umuman biror asarni o’qiyotganimizda undagi
qahramonlarning ko’z o’ngimizda gavdalanishi xayoliy tasavvurdir.
Tasavvurlar paydo qilishda so’zning ahamiyati katta. So’z bilan nomlash
tegishli obrazning yaratilishiga yordam beradi. Masalan, «ildiz», «o’t» so’zlarini
to’rt kishiga berib, qanday tasavvur qilishlarini so’rasak, ularning tasavvurlari bir-
biridan farq qilishini ko’ramiz, chunki, har bir kishi tajribasiga ko’ra, kasbiga ko’ra
tushunadi. Masalan, matematik ildizni sonning ildizi deb, botanik o’simlik qismini,
uning ildizini, tish doktori esa tish ildizini tushunadi. Tasavvur qilishning fiziologik
asosi shartli reflekslarning hosil bo’lishi, bosh miya po’stida paydo bo’lgan izlarning
jonlanishidir.
Tasavvur birorta turtki ta’sirida jonlanadi, masalan, biror odam haqida
tasavvurlarning tug’ilishi uchun birorta so’z yoki hodisa turtki bo’ladi. Asosan,
maxsus qo’zg’ovchi so’zdir, shuning uchun so’z bilan tasvirlash orqali tasavvurlar
tug’iladi.
Xotira borasidagi nazariyalar
Inson xotirasining qonuniyatlarini o’rganish psixologiya fanining markaziy
masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Ma’lumki, insonning har qanday kechinma,
xatti–harakatlari uzoq muddat ongda saqlanib, ma’lum bir sharoitda qayta namoyon
bo’luvchi izlar qoldiradi. Shuning uchun, xotira deganda, inson tabiat, jamiyat,
koinot to’g’risida ma’lumot, xabar va taassurot to’plash imkoniyatini beradigan
hamda ilgarigi tajriba izlarini esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish,
unutishni tushuniladi.
Bunga bog’liq ravishda psixologiya fani oldida xotira jarayonlarini o’rganish
bilan aloqador bo’lgan qator murakkab muammolar masalalarini tadqiq qilish
masalasi turibdi. Bular quyidagilardan iborat: izlarni esda olib qolishning fiziologik
mexanizmlari qanday, esda olib qolishga qanday ob’ektiv (tashqi), sub’ektiv (ichki),
tabiiy, biologik va ijtimoiy, psixologik sharoitlar ta’sir qiladi, ularning chegaralari
qanday kabi masalalarga qaratilgan.
Hozirgi zamon xotirani tadqiq qilish bilan bog’liq tadqiqotlarda markaziy o’rin
xotira jarayonining asoslariga ajratilgan. Xotira jarayonining asoslari 3 yo’nalishda
o’rganilgan: psixologik, neyrofiziologik, bioximik.
Xotiraning psixologik nazariyalari inson faolligi bilan bog’liq bo’lgan xotira
jarayonlarini shakllantirishni tadqiq etadi. Ulardan birinchisi assotsiativ nazariyadir.
Ma’lum bir bilimlar inson ongida birin ketin o’rin olishi tufayli ularda assotsiativ
bog’liqlikni yuzaga keltiradi va ushbu bog’liqlikda biror bir narsa esga tushiriladi.
Ushbu assotsiatsiyalarni 3 turga bo’lish mumkin, ya’ni ob’ektlarning fazoviy
bog’liqligi, bir- biriga mosligi va qarama-qarshiligidir. Bundan 3 ta assotsiatsiya
kelib chiqadi: bir-biriga bog’liqlik, o’xshashlik va qarama-qarshilik. Assotsiatsiya
nazariyasi bo’yicha xotira assotsiativ bog’lanishlar asosida mavjud ma’lumotni
saqlash va qayta tiklash imkoniyatiga ega.
Ikkinchi psixologik nazariya xotiraning geshtalt nazariyasidir. Ushbu
nazariyaning asosiy ta’limoti narsaning negizi, yaxlitligi, yig’indisidir. Ushbu
nazariyaga asosan xotira yaxlit hodisa sifatida tahlil etiladi.
Bixeviorizm – inson xotirasida, esda olib qolishda takrorlashning ahamiyatiga
diqqatni qaratadi.
Freydizm xotirani emotsiyalar, motivlar va ehtiyojlar bilan bog’laydi.
Xotiraning mantiqiy nazariyasi A.Bine va Byullerlar tomonidan ilgari surilib,
ular xotiradagi materialni xotiraning mantiqiy esda olib qolinishi bilan bog’laydi.
A.N.Leontev, N.I.Zinchenko, A.A.Smirnovlar tomonidan faoliyat nazariyasi
ilgari surilib, turli tasavvurlar orasidagi bog’liqlik esda olib qolingan materialning
qandayligiga emas, balki odamning u bilan nima qilishiga bog’liqdir.
Bioximik nazariya tashqi ta’sir ostida nerv hujayralarida yuz beradigan
o’zgarishlarni qayd qilish va xotira jarayonida DNK va RNK ahamiyatini aniqlashga
qaratilgandir. DNK xotirani genetik tug’ma tashuvchi sifatida, RNK esa individual
xotiraning ontogenetik asosi sifatida qabul qilinadi. Kibernetik nazariya bo’yicha
xotira ma’lumotni qabul qilib olish, qayta esga tushirish va unutishdir.
Adabiyotlarda keltirilishicha, navbatdagi nazariya xotira jarayonlari asoslari
haqidagi fiziologik nazariyadir. Vaqt oralig’ida esda olib qolish, saqlash va esga
tushirish xotiraning asoslari fiziologik nazariyasini tashkil qiladi. Har qanday tashqi
ta’sir nerv tizimida izsiz o’tmaydi va qandaydir «iz» qoldiradi. «Iz»ning fizik ta’siri
qayta impulьs harakatini yengillashtiradi. Vaqtinchalik nerv munosabatlarining
yuzaga kelishi, ularning izini va keyinchalik faollashtirilishini xotira jarayonlari
asoslari nazariyasi sifatida ko’rib chiqiladi.
80-yillarda nemis psixologi German Ebbingauz o’z «sof» xotira qonunlarini
o’rganish imkonini beruvchi, boshqacha so’z bilan aytganda, tafakkurga bog’liq
bo’lmagan holda izlarning esda qolish jarayoni tadqiq etishning yangi uslubini taklif
qilgan, ya’ni ma’nosiz bo’g’inlarni yod olishdan iborat bo’lgan bu uslub
Ebbingauzga materialni esda olib qolishning egri chizig’iga oid qonunni kashf
qilishga, uning asosiy qoidalarini bayon etishga va ana shularning asosida izlarni
xotirada saqlanish muddatini hamda asta-sekin so’nish holatini tekshirishga
imkoniyat yaratgan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Amerikalik psixolog Eduard
Torndaykning tekshirishlari paydo bo’ldi. U birinchi bo’lib tekshirish predmeti
sifatida hayvonlarda ko’nikmalarni paydo bo’lish jarayonini tanlagan edi.
XX asrning birinchi 10 yilida xotirani tekshirish yangi ilmiy talqinga ega
bo’ldi, uning moddiy asosi to’g’risidagi muammolarga mohiyati jihatidan mutlaqo
boshqacha yondoshish ro’yobga chiqdi.
Xuddi shu davr xotira psixologiyasida keskin burilish nuqtasini vujudga
keltiradi. Akademik I.P.Pavlov shartli reflekslarni o’rganishning ilmiy metodini
taklif etadi, bu narsa o’z navbatida bosh miya yarim sharlarida yangi bog’lanishlar
paydo bo’lishiga va mustahkamlanishning asosiy fiziologik mexanizmlarini
tekshirish imkoniyatlarini tug’dirdi. Ana shunday qilib, ushbu bog’lanishlar paydo
bo’lishiga va saqlab qolishga yordam beradigan shart-sharoitlar, shuningdek,
bog’lanishlarning saqlanishiga ta’sir qiluvchi holatlar, omillar va mexanizmlar
tasvirlab berildi. I.P.Pavlov oliy asab faoliyati ta’limoti va uning asosiy qonunlari
xotiraning fiziologik mexanizmlariga oid bilimlarning asosiy manbasiga aylanib
qoladi.
Bolalarda xotiraning yuksak (yuqori) shakllarini birinchi marta tadrijiy
ravishda tadqiq qilish taniqli psixolog L.S.Vigotskiyga nasib etgan. U 20-yillarning
oxirlarida maxsus tekshirishlarning predmeti qilib, xotiraning yuksak shakllarining
rivojlanishi muammosini tanlagan va u o’z shogirdlari A.N.Leontev (1905-1979) va
A.V.Zankov bilan birgalikda xotiraning yuksak shakllari ruhiy faoliyatning
murakkab shakli ekanligini, kelib chiqish jihatidan ijtimoiyligini ko’rsatadi. Shuning
bilan birga u murakkab, mohiyatiga ko’ra esda olib qolishning asosiy bosqichlari
rivojlanishini isbotlab berdi.
Psixologlardan A.A.Smirnov, P.I.Zinchenkolar ham xotira bo’yicha ilmiy
tekshirish ishlarini olib bordilar, uning yangi qonunlari va mexanizmlarini ochdilar.
Esda olib qolishning faoliyat maqsadiga bog’liqligini yoritdilar, murakkab
materialni esda olib qolishning oqilona usullarini ko’rsatib berishga muvofiq
bo’ladilar.
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinadiki, psixolog olimlar tomonidan xotira borasida
qator ilmiy izlanishlar olib borilgan va borilmoqda.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
1. Diqqat haqida tushuncha
2. Diqqatning nerv fiziologik asosi
3. Xotira deb nimaga aytiladi?
4. E.G`.G`oziyev bo`yicha xotira turlari?
5. Xotira nazariyalarini bilasizmi?
6. Xotira tushunchasining mazmuni nimalarda ko’rinadi?
7. Xotiraning nerv-fiziologik asosini nimalar tashkil qiladi?
8. Xotira turlarining mohiyatini ko’rsating?
9. Xotira jarayonlari mohiyatini izo?lang?
10. Xotira tasavvurlarining o’rnini qanday izohlaysiz?
11. Xotira borasidagi tadqiqotlarga misol keltiring?