Dispers sistemalar fizik-kimyosi. Kolloid zarrachalarning tuzilishi. Kolloid eritmalarni hosil qilish va tozalash usullari
Yuklangan vaqt
2024-09-14
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
338,9 KB
Dispers sistemalar fizik-kimyosi. Kolloid zarrachalarning tuzilishi.
Kolloid eritmalarni hosil qilish va tozalash usullari
Darsning maqsadi: Talabalarga dispers sistemalar, kolloid zarrachalarning
tuzilishi, kolloid eritmalarni hosil qilish va tozalash usullari, izotonik, gipotonik va
gipertonik eritmalar eritmalar haqida tushuncha berish
Eritmalar osmotik bosim qiymatiga koʻra:
Standart qilib olingan eritma osmotik bosimiga teng osmotic bosimli eritmalar
–izotonik, osmotik bosimi standart eritmanikidan yuqori boʻlgan eritmalar–
gipertonik, kamlari gipotonik eritmalar deyiladi.
Osmos uzluksiz jarayondir, chunki, biologik sistemalarda membranalar
yarimoʻtkazuvchan tabiatiga ega boʻladi. Organizm biologik suyuqliklaridan qon,
toʻqima suyuqligi, limfa va plazma ma’lum bir osmotik bosim qiymatiga ega.
Tibbiyotda qoʻllaniladigan koʻpgina tomir orqali yuboriladigan eritmalar
izotonik eritmalardir. Ularning osmotik bosimi organizm biosuyuqliklarining
osmotik bosimiga (masalan, qon osmotik bosimiga) teng boʻladi. Tibbiyotda katta
ahamiayt kasb etadigan izotonik eritmalar bu 0,86% NaCl eritmasi va 5% glukoza
eritmasi. Bu eritmalarning osmotik bosimi qon osmotik bosimiga teng. Ularning
tarkibida bir xil zarrachalar boʻlmasada (Na+ va Cl- ionlari yoki glukoza
molekulalari), 0,86% NaCl eritmasi hamda 5% glyukoza eritmalari oʻzaro izotonik
boʻladi. Biologik sistemalarda standart eritma sifatida osmotik bosimi 740–780 kPa
boʻlgan hujayra ichi suyuqligi (qon) qabul qilingan.
Inson normal fziologik holatda boʻlganda undagi suyuqliklardagi kationlar va
anionlarning umumiy miqdori oʻzaro teng boʻladi (2-jadval). Shu bilan birga turli
biosuyuqliklardagi kationlar va anionlar oʻzaro miqdori jihatidan farqlanadi.
Odam organizmidagi elektrolit ionlarining miqdoriy oʻzgarishlari qator koʻngilsiz
natijalarga olib keladi. Masalan, organizmdagi natriy ionlarining kamayishi qon
quyilishi kasalligini keltirib chiqaradi. Natijada qon qovushqoqligi ortib trombozlar
kelib chiqadi, arterial bosim tushib ketadi, yurak ishi buziladi (taxikardiya), silliq
mushaklar tortiladi, MNS faoliyati buziladi. Natriy ionlarining kamayishi kislotali
muhitning kuchayishiga (atsidoz) olib keladi.
Natijada yosh organizmning oʻsish va rivojlanish jarayonlari sekinlashadi.
Natriy ionlarining koʻp miqdorda ortishi hujayralardagi suvning hujayralararo
suyuqlik tarkibiga koʻplab oʻtishini keltirib chiqaradi.
Natijada hujayra funksiyalari buziladi, teri ostida suv yigʻilib organizm shishib
ketadi. Shu bilan bir vaqtda arterial bosim ortib ketadi (gipertoniya), nerv
toʻqimalaridan impuls oʻtishi toʻxtaydi.
2-jadval
Fiziologik suyuqliklardagi asosiy kation va anionlarning
oʻrtacha miqdorlari (mmol/l)
Gemoliz va plazmoliz
Qizil qon tanachalarni izotonik eritmaga tushirilsa, eritmadagi hujayra oʻz
hajmini oʻzgartirmaydi, chunki, hujayradan qancha suv eritmaga chiqsa, shuncha
suv hujayraga kiradi.
Agar eritrotsit gipotonik (hypo – “nisbatan kam“) (osmotik bosimi kichik
boʻlgan) eritmaga tushirilsa, osmos jarayoniga koʻra, eritrotsit ichiga suv kirib,
eritrotsit shishadi (hujayra yorilishi mumkin).
Bu jarayon gemoliz (2-rasm) deb ataladi. Xuddi shunday holat suvsizlangan
oziqa, masalan, mayizni yoki quritilgan mevalarni suvga solinganda yuz
beradi. Suv quritilgan mevalarni ichiga kirib, u shishadi. Agar qizil qon tanachalari
gipertonik (hyper “nisbatan yuqori“) (osmotik bosimi yuqori boʻlgan) eritmaga
tushirilsa, suv membranadan hujayra tashqarisiga oʻtib, hajmi kichiklashadi va
siqiladi. Ushbu jarayon plazmoliz deb ataladi. Bunday holat tuzlamalar tayyorlashda
kuzatiladi, gipertonik eritma vazifasini tuz eritmasi bajaradi. Masalan, bodring
gipertonik eritmaga solinsa tarkibidagi suvni yoʻqotib bujmayadi. Odam va
hayvonlar organizmiga koʻp miqlorda faqat izotonik eritmani kiritsh mumkin, bunda
organizmdagi osmotik bosim oʻzgarmaydi. Gipertonik eritmalarning kiritilishi
hujayraning siqilishiga olib keladi, bu jarayon shishgan hujayralar (shamollagan va
namligi oshgan) uchun foydalidir. Shuning uchun, dorivor preparatlar sifatida
yalligʻlanish jarayonlariga qarshi tomir orqali 20 ml yoki 10 ml 40% (mass)
glyukoza eritmasi, CaCl2 va boshqalar yuboriladi. Odam organizmiga koʻp
miqdorda gipertonik eritmalarning yuborilishi izoosmiyaning buzilishiga olib
keladi, hujayralar siqilib plazmoliz yuz beradi. Gipotonik eritmalarning kiritilishi
hujayralarning shishib yorilishiga olib keladi, ya’ni gemoliz kuzatiladi. Plazmoliz
va gemoliz oqibatida hujayralar halok boʻladi.