DISPERS SISTEMALARNING FIZIK KIMYOSI.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

7

File size

Fayl hajmi

29,0 KB


DISPERS SISTEMALARNING FIZIK KIMYOSI.
Asosiy qism.
Dispers sistemalar
 Bir modda maydalangan holatda ikkinchi moddaning butun hajmi bo‘ylab
taqsimlanishi  natijasida  hosil  bo‘lgan  ikkita  yoki  bir  nechta  moddadan  iborat
sistemalar deb ataladi.  Dispers sistemalarda maydalangan modda dispers faza deb,
muhitni  tashkil  etuvchi  modda  esa  dispers  muhit  deb  ataladi.   Masalan,
loyqalangan suvni dispers sistema desak, undagi loy zarrachalari dispers faza va
suv dispers muhitdan iboratdir.
Dispers fazainng agregat holatiga qarab 8 xil dispers sistemani yozish mumkin:
1) G – S
3)  K – K 
6)  S – G
2)  G – K
4)  K – G 
7)  S – K
5)  K – S 
8)  S – S 
Dispers sistemaning barqarorligi dispers faza dispersion muhit zarrachalarining
katta-kichikligiga (disperslik darajasiga) bog‘liq bo‘ladi.  Barcha dispers sistemalar
zarrachalarning katta-kichikligiga qarab uch sinfga bo‘linadi:
1. Dag‘al dispers sistemalar.  Bunda dispers fazaning zarrachalarining razmeri 100
mmk (millimikron)dan katta bo‘ladi.
2. Kolloid sistemalar.  Bunda dispers fazaning zarrachalarining razmeri 1-100
mmk gacha bo‘ladi.
3. CHin eritmalar.  Bunda dispers faza zarrachalarinnig o‘lchami 1 mmk dan
kichik bo‘ladi.
4. Kolloid sistemalardagi zarrachani odatdagi mikroskop bilan ko‘rib bo‘lmaydi.
Ularni maxsus optik asboblar bilan ko‘rish mumkin.
5. Ular oddiy filtr qog‘oz teshiklaridan o‘tib ketadi, lekin o‘simlik yoki hayvon
organizmidagi membranalardan o‘tmaydi.  Kolloid sistemaning dispers fazalari
Logotip
DISPERS SISTEMALARNING FIZIK KIMYOSI. Asosiy qism. Dispers sistemalar Bir modda maydalangan holatda ikkinchi moddaning butun hajmi bo‘ylab taqsimlanishi natijasida hosil bo‘lgan ikkita yoki bir nechta moddadan iborat sistemalar deb ataladi. Dispers sistemalarda maydalangan modda dispers faza deb, muhitni tashkil etuvchi modda esa dispers muhit deb ataladi. Masalan, loyqalangan suvni dispers sistema desak, undagi loy zarrachalari dispers faza va suv dispers muhitdan iboratdir. Dispers fazainng agregat holatiga qarab 8 xil dispers sistemani yozish mumkin: 1) G – S 3) K – K 6) S – G 2) G – K 4) K – G 7) S – K 5) K – S 8) S – S Dispers sistemaning barqarorligi dispers faza dispersion muhit zarrachalarining katta-kichikligiga (disperslik darajasiga) bog‘liq bo‘ladi. Barcha dispers sistemalar zarrachalarning katta-kichikligiga qarab uch sinfga bo‘linadi: 1. Dag‘al dispers sistemalar. Bunda dispers fazaning zarrachalarining razmeri 100 mmk (millimikron)dan katta bo‘ladi. 2. Kolloid sistemalar. Bunda dispers fazaning zarrachalarining razmeri 1-100 mmk gacha bo‘ladi. 3. CHin eritmalar. Bunda dispers faza zarrachalarinnig o‘lchami 1 mmk dan kichik bo‘ladi. 4. Kolloid sistemalardagi zarrachani odatdagi mikroskop bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Ularni maxsus optik asboblar bilan ko‘rish mumkin. 5. Ular oddiy filtr qog‘oz teshiklaridan o‘tib ketadi, lekin o‘simlik yoki hayvon organizmidagi membranalardan o‘tmaydi. Kolloid sistemaning dispers fazalari
dispersion muhitdan ma’lum sirtlar bilan ajralgan mustaqil fazani tashkil etadi.
SHuning uchun kolloid sistemalar mikrogeterogen sistemalar deb qaraladi.
Kolloid eritmalar va ularning klassifikatsiyasi   
1861 yilda T. Grem moddalarning permanganat qog‘oz orqali suvga o‘tish
(diffuziyalanish)  holatini,  hodisasini  tekshirib,  kristall  moddalarning (osh  tuzi,
shakar) eritmalari yaxshi diffuziyalanib, lekin moddalarning (osh tuzi, shakar)
eritmalari yaxshi diffuziyalanib, lekin Al(OH)3, Zn(OH)2, Fe(OH)3, elim, albumin,
jelatina,  kraxmal  kabi  moddalar  juda  kam  diffuziyalanishini  aniqladi.   Grem
eritmalari yaxshi diffuziyalangan moddalarni kristalloidlar deb atadi.  Eritmalari
yomon diffuziyalangan, kristall tuzilishga ega bo‘lmagan moddalarni kolloidlar
deb  ataladi.   Gremning  fikricha,  kristalloidlar  suvda  eriganda  chin  eritmalar,
kolloidlar eriganda esa kolloid eritmalar hosil bo‘ladi.
Keyinchalik rus olimi P. P. Veymarn Gremning fikrlari tor ma’noga ega
ekanligini isbotladi.  Veymarn bita moddadan erituvchini o‘zgartirish bilan ham
kolloid ham chin eritma olish mumkinligini isbotladi.  Masalan, osh tuzi suvda
eriganda chin eritma hosil qiladi, lekin osh tuzini benzolda eritsak kolloid eritma
hosil bo‘ladi.  Sovun suvda eritilsa, kolloid eritma hosil bo‘ladi, lekin spirtda
eritsak chin eritma hosil bo‘ladi.  SHunday qilib, barcha moddalarni kolloidlar va
kristalloidlarga bo‘lish noto‘g‘ri eknaligi isbotlandi.
Kolloid eritmalar odatda zol deb ataladi.  Masalan, kumushning kolloid
eritmasi kumush zoli deb, temir (III)-gidroksidining kolloid eritmasi temir (III)-
gidroksid zoli deyiladi.
Dispers  fazaning  dispersion  muhitga  bo‘lgan  munosabatigaqarab  kolloid
eritmalar 2 ga bo‘linadi.
Liofil kolloid eritmalar va liofob kolloid eritmalar 
Liofil kolloidlar shu bilan xarakterlanadiki, bu moddalar dispersion muhit
bilan  kuchli  bog‘lanadi  va  Ayni  suyuqlikda  mustaqil  ravishda  (hech  qanday
uchinchi moddaning ishtirokisiz eriy oladi.
Liofil  kolloidlarga  oqsil,  jelatina,  pepsin  va  molekulyar  massalari  juda  katta
bo‘ladigan yuqori molekulyar moddalarning eritmalari misol bo‘ladi.
Logotip
dispersion muhitdan ma’lum sirtlar bilan ajralgan mustaqil fazani tashkil etadi. SHuning uchun kolloid sistemalar mikrogeterogen sistemalar deb qaraladi. Kolloid eritmalar va ularning klassifikatsiyasi 1861 yilda T. Grem moddalarning permanganat qog‘oz orqali suvga o‘tish (diffuziyalanish) holatini, hodisasini tekshirib, kristall moddalarning (osh tuzi, shakar) eritmalari yaxshi diffuziyalanib, lekin moddalarning (osh tuzi, shakar) eritmalari yaxshi diffuziyalanib, lekin Al(OH)3, Zn(OH)2, Fe(OH)3, elim, albumin, jelatina, kraxmal kabi moddalar juda kam diffuziyalanishini aniqladi. Grem eritmalari yaxshi diffuziyalangan moddalarni kristalloidlar deb atadi. Eritmalari yomon diffuziyalangan, kristall tuzilishga ega bo‘lmagan moddalarni kolloidlar deb ataladi. Gremning fikricha, kristalloidlar suvda eriganda chin eritmalar, kolloidlar eriganda esa kolloid eritmalar hosil bo‘ladi. Keyinchalik rus olimi P. P. Veymarn Gremning fikrlari tor ma’noga ega ekanligini isbotladi. Veymarn bita moddadan erituvchini o‘zgartirish bilan ham kolloid ham chin eritma olish mumkinligini isbotladi. Masalan, osh tuzi suvda eriganda chin eritma hosil qiladi, lekin osh tuzini benzolda eritsak kolloid eritma hosil bo‘ladi. Sovun suvda eritilsa, kolloid eritma hosil bo‘ladi, lekin spirtda eritsak chin eritma hosil bo‘ladi. SHunday qilib, barcha moddalarni kolloidlar va kristalloidlarga bo‘lish noto‘g‘ri eknaligi isbotlandi. Kolloid eritmalar odatda zol deb ataladi. Masalan, kumushning kolloid eritmasi kumush zoli deb, temir (III)-gidroksidining kolloid eritmasi temir (III)- gidroksid zoli deyiladi. Dispers fazaning dispersion muhitga bo‘lgan munosabatigaqarab kolloid eritmalar 2 ga bo‘linadi. Liofil kolloid eritmalar va liofob kolloid eritmalar Liofil kolloidlar shu bilan xarakterlanadiki, bu moddalar dispersion muhit bilan kuchli bog‘lanadi va Ayni suyuqlikda mustaqil ravishda (hech qanday uchinchi moddaning ishtirokisiz eriy oladi. Liofil kolloidlarga oqsil, jelatina, pepsin va molekulyar massalari juda katta bo‘ladigan yuqori molekulyar moddalarning eritmalari misol bo‘ladi.
Liofob kolloidlar shu bilan xarakterlanadiki,  bu sistemalarda dispers faza
dispersion muhit bilan kuchli bog‘lanmaydi.   SHu  sababli  liofob  zollarning
zarrachalari alohida molekulalardan iborat bo‘lmay, balki qancha molekulalarning
agregatini (uyumini) tashkil qiladi.  Bu sistemalarda kolloid zarrachalarning katta-
kichikligi dispersion muhit molekulalarining katta-kichikligiga qaraganda bir necha
marta ortiq bo‘lganligi uchun kolloid zarracha bilan suyuqlik orasida chegara sirt
paydo bo‘ladi.  SHu sababli ular mikrobstrogen sistemalardir.  Liofob kolloid
eritma  hosil  bo‘lishi  uchun  eruvchi  va  erituvchidan  tashqari  uchinchi  modda
(stabilizator) bo‘lishi kerak.
Agarda erituvchi modda suv bo‘lsa, kolloid eritma gidrofob kolloid eritma deb
ataladi.  Bunga As2S3 AgCl va metallarning zollari kiradi.
Kolloid eritmalarni olish usullari
Kolloid  eritmalarni  molekulyar,  ion  dispers  sistemalardan  va  dag‘al  dispers
sistemalardan  kolloid  sistemalarni  olishda  molekula  va  ionlarni  kolloid
zarrachalarga qadar birikish (yiriklashish) jarayonlarini yaratish zarur.  Dag‘al
dispers sistemalardan kolloid eritmalar olish uchun zarrachalarni kolloid holatga
qadar maydalash jarayonini amalga oshirish kerak.
SHunga asoslanib, kolloid eritmalarni olish metodlarini 2 ta guruhga kondensatsiya
va dispergatsiya metodlariga bo‘lish mumkin.
Dispergatsiya metodlari  
I.
Mexanik usul.  Bu  usulda  dag‘la  dispers  sistemadagi  dispers  fazaning
o‘lchami kolloid zarracha holatigacha v(1 mmk-100 mmk) maydalanadi.  Bu
usulda oklloid zarrachalarni hosil qilishda tegirmonlardan foydalaniladi.
 
Kolloid tegirmonining ishlashi quyidagi ikki prinsipga asoslangan:
1. Moddani juda ham maydalash uchun tez-tez beriladigan engil   zarblar
yaxshi ta’sir etadi.  
2.  Kolloid  tegirmonda  beriladigan  zarb  maydalanadigan  moddaning
bevosita o‘ziga emas, balki suyuqlik orqali beriladi.  Kolloid eritmasi
tayyorlanadigan modda avval maydalanadi, suyuqlik (dispersion muhit)
va  stabilizator  bilan  aralashtiriladi  va  kolloid  eritma  hosil  bo‘ladi.
Kolloid  tegirmon  yordami  bilan  bo‘yoq  oltingugurt,  grafit,  kvars  va
Logotip
Liofob kolloidlar shu bilan xarakterlanadiki, bu sistemalarda dispers faza dispersion muhit bilan kuchli bog‘lanmaydi. SHu sababli liofob zollarning zarrachalari alohida molekulalardan iborat bo‘lmay, balki qancha molekulalarning agregatini (uyumini) tashkil qiladi. Bu sistemalarda kolloid zarrachalarning katta- kichikligi dispersion muhit molekulalarining katta-kichikligiga qaraganda bir necha marta ortiq bo‘lganligi uchun kolloid zarracha bilan suyuqlik orasida chegara sirt paydo bo‘ladi. SHu sababli ular mikrobstrogen sistemalardir. Liofob kolloid eritma hosil bo‘lishi uchun eruvchi va erituvchidan tashqari uchinchi modda (stabilizator) bo‘lishi kerak. Agarda erituvchi modda suv bo‘lsa, kolloid eritma gidrofob kolloid eritma deb ataladi. Bunga As2S3 AgCl va metallarning zollari kiradi. Kolloid eritmalarni olish usullari Kolloid eritmalarni molekulyar, ion dispers sistemalardan va dag‘al dispers sistemalardan kolloid sistemalarni olishda molekula va ionlarni kolloid zarrachalarga qadar birikish (yiriklashish) jarayonlarini yaratish zarur. Dag‘al dispers sistemalardan kolloid eritmalar olish uchun zarrachalarni kolloid holatga qadar maydalash jarayonini amalga oshirish kerak. SHunga asoslanib, kolloid eritmalarni olish metodlarini 2 ta guruhga kondensatsiya va dispergatsiya metodlariga bo‘lish mumkin. Dispergatsiya metodlari I. Mexanik usul. Bu usulda dag‘la dispers sistemadagi dispers fazaning o‘lchami kolloid zarracha holatigacha v(1 mmk-100 mmk) maydalanadi. Bu usulda oklloid zarrachalarni hosil qilishda tegirmonlardan foydalaniladi. Kolloid tegirmonining ishlashi quyidagi ikki prinsipga asoslangan: 1. Moddani juda ham maydalash uchun tez-tez beriladigan engil zarblar yaxshi ta’sir etadi. 2. Kolloid tegirmonda beriladigan zarb maydalanadigan moddaning bevosita o‘ziga emas, balki suyuqlik orqali beriladi. Kolloid eritmasi tayyorlanadigan modda avval maydalanadi, suyuqlik (dispersion muhit) va stabilizator bilan aralashtiriladi va kolloid eritma hosil bo‘ladi. Kolloid tegirmon yordami bilan bo‘yoq oltingugurt, grafit, kvars va
boshqa moddalarning kolloid eritmalari tayyorlanadi.  Kolloid oltingugurt
meditsinada dori sifatida va qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi
kurashda ishlatiladi.
II.
Peptizatsiya usuli.  Quyuq yoki yarim quyuq kolloid eritmalarni zollarga
aylantirish usuliga peptizatsiya deyiladi.  Masalan, yangi tayyorlangan berlin
lazuriga  peptizator  sifatida  (NH4)C2O4 qo‘shib  berlin  lazuri  zolini  olish
mumkin.
                                                                 (NH4)2C2O4  
                        4FeCl3 + 3K4[Fe(CN)6]                         Fe4[Fe(CN6)]3 + 12KCl
Peptizatorni  stabilizator  deb  atash  ham  mumkin.   Satbilizator  kolloid
eritmaga turg‘unlik, qarorlilik beradi.
III.  Breding usuli (metallarni elektr yordamida changlatish).  Bu usulda Ag, Au,
Pt, Cd, Zn va boshqa metallarning zollarini olish mumkin.  Buning uchun kolloid
eritma olinishi kerak bo‘lgan metallardan elektrodlab tayyorlanib, unga elektr toki
yuboriladi va elektrodlar bir-biriga tutashtiriladi.  Buning natijasida yuqori harorat
hosil bo‘ladi va metall kukunlari erituvchiga tutashadi va kolloid eritma hosil
qiladi.  Kolloid eritma hosil bo‘ladigan idish sovutgichga tushirib qo‘yiladi.
Kondensatsiya usullari
Kondensatsiya  usullarining  negizida  turgan  kimyoviy  reaksiya  (oksidlanish-
qaytarilish reaksiyalari, gidroliz va almashinib parchalanish) yotadi.
   
Oksidlash usuli
Oksidlash reaksiyasi natijasida S ning kolloid eritmasini olish mumkin.
2H2S * O2        2[S] + 2H2O 
Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan erkin S atomlari o‘z-o‘zidan kondensatsiyaga
uchraydi va S ning kolloid zarrachasi hosil bo‘ladi.
    
 Qaytarilish usuli
Bu usulda dispers faza chin eritmadan biror qaytaruvchi modda yordami bilan
qaytariladi.  Misol tariqasida H[AuCl4] eritmasining N2O2 yoki formalin bilan
qaytarish va kumush oksidini vodorod bilan qaytarish reaksiyalarini ko‘rsatish
mumkin.  
2H[AuCl4] + 3H2O2 = 2[Au] + 8HCl + 3H2O
Ag2O + H2        2[Ag] + H2O
Logotip
boshqa moddalarning kolloid eritmalari tayyorlanadi. Kolloid oltingugurt meditsinada dori sifatida va qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi. II. Peptizatsiya usuli. Quyuq yoki yarim quyuq kolloid eritmalarni zollarga aylantirish usuliga peptizatsiya deyiladi. Masalan, yangi tayyorlangan berlin lazuriga peptizator sifatida (NH4)C2O4 qo‘shib berlin lazuri zolini olish mumkin. (NH4)2C2O4 4FeCl3 + 3K4[Fe(CN)6] Fe4[Fe(CN6)]3 + 12KCl Peptizatorni stabilizator deb atash ham mumkin. Satbilizator kolloid eritmaga turg‘unlik, qarorlilik beradi. III. Breding usuli (metallarni elektr yordamida changlatish). Bu usulda Ag, Au, Pt, Cd, Zn va boshqa metallarning zollarini olish mumkin. Buning uchun kolloid eritma olinishi kerak bo‘lgan metallardan elektrodlab tayyorlanib, unga elektr toki yuboriladi va elektrodlar bir-biriga tutashtiriladi. Buning natijasida yuqori harorat hosil bo‘ladi va metall kukunlari erituvchiga tutashadi va kolloid eritma hosil qiladi. Kolloid eritma hosil bo‘ladigan idish sovutgichga tushirib qo‘yiladi. Kondensatsiya usullari Kondensatsiya usullarining negizida turgan kimyoviy reaksiya (oksidlanish- qaytarilish reaksiyalari, gidroliz va almashinib parchalanish) yotadi. Oksidlash usuli Oksidlash reaksiyasi natijasida S ning kolloid eritmasini olish mumkin. 2H2S * O2 2[S] + 2H2O Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan erkin S atomlari o‘z-o‘zidan kondensatsiyaga uchraydi va S ning kolloid zarrachasi hosil bo‘ladi. Qaytarilish usuli Bu usulda dispers faza chin eritmadan biror qaytaruvchi modda yordami bilan qaytariladi. Misol tariqasida H[AuCl4] eritmasining N2O2 yoki formalin bilan qaytarish va kumush oksidini vodorod bilan qaytarish reaksiyalarini ko‘rsatish mumkin. 2H[AuCl4] + 3H2O2 = 2[Au] + 8HCl + 3H2O Ag2O + H2 2[Ag] + H2O