DOIMIY KATTA OZIQ TISHLARNING ANATOMIYASI: UMUMIY TASNIFI, CHIQISH VAQTI, XAR BIR TISH TUZILISHINING XUSUSIYATLARI. TOJ QISMINING TASNIFI: YUZALARI, RELEFI, SHAKLI, O‘LCHAMLARI. TOJ BO‘SHLIG‘I, ILDIZ KANALLARI
DOIMIY KATTA OZIQ TISHLARNING ANATOMIYASI: UMUMIY
TASNIFI, CHIQISH VAQTI, XAR BIR TISH TUZILISHINING
XUSUSIYATLARI. TOJ QISMINING TASNIFI: YUZALARI, RELEFI,
SHAKLI, O‘LCHAMLARI. TOJ BO‘SHLIG‘I, ILDIZ KANALLARI.
Yuqori va pastki jag‘dagi molyar tishlarning o‘zaro farqlari, tishlarning
rivojlanish anomaliyalari.
Katta oziq tishlar (molyarlar) –dentes molaris - har bir jag‘ suyagida
oltitadan bo‘ladi. Molyarlar premolyarlarga nisbatdan distal joylashgan. CHaynash
jarayonida asosiy bosim shu tishlarga tushadi, shuning uchun chaynov Yuzalari
to‘rturchak shakliga ega, uch va undan ortiq do‘mboqcha (bo‘rtiq)si bo‘ladi. Bu
tishlar ko‘p ildizli. YUqori jag‘dagi katta oziq tishlarda uchta ildiz bo‘lsa, pastki
jag‘da joylashgan katta oziq tishlarda ikkitadan ildiz bo‘ladi.
Yuqorgi katta oziq tishlarning chaynov Yuzasida qo‘yidagi dumboqlarni
farqlash mumkin:
-
lunj-mezial dumbog‘i yoki parakonus (cuspis mesiobuccalis);
-
tanglay-mezial dumbog‘i yoki protokonus (cuspis mesiopalatinalis);
-
lunj-distal dumbog‘i yoki metakonus (cuspis distobuccalis).
-
tanglay-distal dumboq yoki gipokonus (cuspis distopalatinalis).
Yoridagi 3ta dumboqlar trigonum xosil qiladi. Lunj-distal dumbog‘i yoki
metakonus eng o‘zgaruvchang dumboq bo‘lib xisoblanadi.
Yuqorgi birinchi katta oziq tish eng katta tish xisoblanadi. Katta oziq
tishlarining chaynov Yuzasi rombsimon yoki to‘rturchak shaklda bo‘lib, uch va
undan ortiq dumboqlar mavjud. Dumboqlarni “N” shaklidagi egatlar bo‘ladi, o‘z
navbatida egatlar chaynov Yuzasi markazida botiqni (markaz chuqurchasi – fossa
centalis) hosil qiladi.
Dumboqlardan eng kattasi - tanglay-mezial (protokonus), eng kichik esa -
tanglay-distal dumboq (gipokonus) xisoblanadi. Tanglay-mezial dumbog‘ida
qo‘shimcha dumboq – tuberculum anomale carabelli (Karabel dumbog‘i) paydo
bo‘lishi mumkin.
Vestibulyar (lunj) Yuzasi ikkinchi premolyarga o‘xshash, to‘rtburchak
shaklda, o‘rtasidan uni medial va lateral qismlarga bo‘ladigan markaziy egat
o‘tgan. Bu egat tishning ildiz qismigacha davom etadi. Vestibulyar (lunj) Yuzasida
2ta dumboqni ko‘rishimiz mumkin: parakonus (medial) va metakonus (lateral),
ular belbog‘ – cingulum orqali tutashgan. Tanglay Yuzasini xuddi lunj Yuzasiga
uxshab markaziy egat 2 ta dumboqqa (protokonus va gipokonus) bo‘ladi. Kontakt
Yuzalari lunj va tanglay Yuzalariga nisbatan kengroq. YUqorgi birinchi molyar
tishda toj qismida egrilik belgisi aniq.
Bu tish uchta ildizli: 1ta tanglay ildizi - radix palatinalis va 2 ta lunj –
oldingi, lunj-mezial - radix mesiobuccalis va orqa, lunj-distal - radix
buccodistalis ildizlari bor. Lunj-mezial tish ildizi eng katta va uzun, ba’zida 2 ta
kanalli bo‘lish mumkin. Tish ildiz belgisi yaqqol ko‘rinadi. Tishning umumiy
uzunligi- 21-22 mm, toj qismi uzunligi – 6-8 mm, ildiz uzunligi – 13-16 mm,
medio-distal kesimi kengligi – 11 mm, vestibulo-tanglay kesimi – 11-13 mm.
YUqorgi ikkinchi katta oziq tish birinchi molyar tishiga o‘xshash, faqat
umumiy tish xajmi nisbatan kichikroq. Toj qismi meziodistal yo‘nalishida bir
muncha toraygan. Lunj Yuzasi birinchi oziq tishining Yuzasiga o‘xshaydi. 50 %
xollarda chaynov Yuzasida 4ta dumboqni ko‘rishimiz mumkin, faqat tanglay-
distal dumbog‘i (gipokonus) ancha kichikroq (reduksiya xolati). 30-40% xollarda
chaynov Yuza 3ta dumboqli (gipokonus to‘liq reduksiyaga uchraydi). Ba’zi
xollarda chaynov Yuzasi kompression shaklida, 2ta dumboqli bo‘lishi mumkin,
bunda bu tish 2chi premolyarga o‘xshash bo‘ladi. Dumboqlar orasida tanglay-
mezial (protokonus) eng katta bo‘lib xisoblanadi, ammo Karabelli dumbog‘i bu
tishda yo‘q. Bu tishning ham toj qismida egrilik belgisi aniq. Ikkinchi katta oziq
tishining 3ta ildiz bor: lunj-mezial, lunj-distal va tanglay. Ularning joylashuvi,
shakli, o‘lchamlari va tish kanallari birinchi molyarga o‘xshash. Ba’zi xolatlarda
qo‘shimcha ildiz (radix accesoria) paydo bo‘lishi yoki ildizlar qo‘shilib ketishi
mumkin. Tish ildiz belgisi aniqlanadi. Tishning umumiy uzunligi- 21,3 mm, toj
qismi uzunligi – 6-7 mm, ildiz uzunligi – 12-15 mm, medio-distal kesimi kengligi
– 8-10 mm, vestibulo-tanglay kesimi – 10-12 mm.
Yuqorgi uchinchi katta oziq tishi - juda kech chiqqanligidan, bu tishni "aql"
tishi - dens serotinus - deb ataladi. SHakl va o‘lchamlariga ko‘ra eng
o‘zgaruvchan tish xisoblanadi. Tish toj qismi kalta, toj burchak belgisi
aniqlanmydi. CHaynov Yuzasidagi dumboqlarning soni o‘rtacha 3ta: 2ta lunj va 1
ta tanglay. Ba’zi xolatlarda dumboqlarning soni ko‘payishi mumkin (5-8ta gacha).
CHaynov Yuzasidagi barcha dumboqlar reduksiyaga uchrashi mumkin, umumiy
bir do‘mboq paydo bo‘ladi – shtiftsimon tish nomini oladi. Bu tish 3ta ildizi
mavjud. Ba’zi xolatlarda barcha ildizlar qo‘shilib ketadi. Bunga qaramasdan tish
kanali 3ta bo‘ladi, faqat shtiftsimon tish bir ildizli va bitta kanalga ega. Tishning
umumiy uzunligi 13-16 mm, toj qismi uzunligi – 5-6 mm, ildiz uzunligi – 9-10
mm.
Pastki katta oziq tishlarning
toj qismi kubsimon shaklida, chaynov Yuzasi assimetrik, 4-5 ta do‘mboq
joylashadi. Odatda bu tishlar ikkita (medial va distal) ildizi bor.
Birinchi pastki katta oziq tishi – tish qatorida eng katta, chaynov Yuzasi
assimetrik to‘rtburchak shaklda, 5 ta do‘mboq farqlanadi. Lunj qismida 3ta
do‘mboq:
- lunj-mezial do‘mbog‘i yoki protokonid (cuspis mesiobuccalis);
- lunj-distal do‘mbog‘i yoki gipokonid (cuspis distobuccalis);
- distal do‘mboq yoki mezokonid (cuspis distalis).
CHaynov Yuzasining til qismida 2ta do‘mboq ko‘rishimiz mumkin:
- til-mezial do‘mbog‘i yoki metakonid (cuspis mesiolingualis);