Do‘l. Jala yomg‘irlar.
Do‘lning hosil bo‘lish sabablari. O‘zbekistonda do‘l hodisalari
Do‘l va jala yomg‘irlar ham qishloq xo‘jaligiga noqulay meteorologik hodisalar
qatoriga kiradi. Do‘l yog‘ishidan qishloq xo‘jalik ekinlari, do‘lning kattaligi va
yog‘ish jadalligiga hamda yog‘ish davomiyligiga qarab oz yoki ko‘p darajada
shikastlanadi.
Do‘l yog‘ishi SHimoliy Kavkaz va O‘rta Osiyo respublikalari, Qrim va
Moldaviyaning tog‘li va tog‘ oldi hududlarida ko‘p kuzatiladi. Do‘l yilning iliq,
havoning issiqlik konveksiyasi kuchaygan vaqtlarda, odatda tushki paytdan keyin
vujudga keladi. Masalan, Toshkent viloyatida do‘l ko‘pincha may oyida kuzatiladi,
chunki bu vaqtga kelib kunlar birmuncha isigan bo‘ladi.
Agar do‘l kuchli yog‘sa o‘sib turgan ekinlarni payhon qilishi, meva barglarini
to‘kib, shoxlarini sindirishi mumkin. Jala yomg‘irlar esa don ekinlarining yotib
qolishiga, tuproqning suv eroziyasiga uchrashiga, tuproq yuzida qatqaloq hosil
bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Do‘l yilning iliq davrida kuchli yomg‘irli to‘p-to‘p bulutlardan yog‘adigan
atmosfera yog‘ini bo‘lib, sferik yoki noto‘g‘ri shaklli muz bo‘lakchalari tarzida
yog‘adi. Do‘l donalarining kattaligi har xil.
O‘zbekiston hududlarida yoqqan do‘lning diametri 5 dan 50 mm gacha etadi.
Ba’zan ayrim erlarga kattaligi tuxumday keladigan do‘l yoqqanligi ham
kuzatilgan. Masalan, 1966 yil 6 may kuni Tojikistonning Hisor vodiysi sharqida
ro‘y bergan do‘l yog‘ishida osmondan tushgan do‘lning diametri 110-120 mm ga,
og‘irligi esa 700 g ga teng bo‘lgan. Mazkur do‘l yog‘ishidan daladagi ekinlar va
bog‘lar vayron bo‘lgan, natijada qishloq xo‘jaligiga katta moddiy zarar etgan.
H.A. Imomjonov, B.A. Kamolovlarning yozishicha, O‘zbekis-tonda eng katta
o‘lchamdagi do‘l yog‘ishi 1981 yilning 20 avgustida Namangan shahrining
1
shimolida kuzatilgan bo‘lib, unda 1 ta do‘lning kattaligi 6 sm, og‘irligi esa 125 g
gacha etgan. Ularning ko‘rsatishicha, dunyoda eng katta do‘l 1981 yili Xitoyda
kuzatilgan bo‘lib, uning og‘irligi 7 kg ga etgan. Endi do‘lning hosil bo‘lishini
qaraymiz.
Do‘l havoning issiqlik konveksiyasi sababli vujudga keladigan kuchli
ko‘tarilma harakat hisobiga tik yo‘nalishda katta rivojlangan yomg‘irli to‘p-to‘p
bulutlarda hosil bo‘ladi. Bunday bulutda, ko‘tarilayotgan oqim tezligi bulutning
pastki sathida odatda 3-5 m/s ga, bulutning o‘rta qismida 15-20 m/s gacha ortadi,
undan yuqorida esa kamayadi.
SHunday qilib, yomg‘irli to‘p-to‘p bulutlar ichida havoning ko‘tarilma
harakati tezligi balandlik bo‘yicha ortadi, uning tezligi taxminan bulutning o‘rta
qismida eng katta bo‘ladi, undan yuqorida bulut cho‘qqisiga tomon esa kamaya
boradi.
Havoning maksimal tezlikdagi ko‘tarilma harakati sathi ustida yirik tomchilar
to‘planadigan zona vujudga keladi.
Bu zonaning suvliligi juda katta bo‘lib, 20-30 g/m3 gacha etadi. Oddiy
bulutlarda 1 m3 havoda 1 g suv bo‘lsa, do‘lli bulutlarda esa 4-5 g suv bo‘ladi,
havoning maksimal tezlikli ko‘tarilma harakati ustida hosil bo‘lgan yirik tomchilar
to‘planadigan zonada esa namlik eng katta bo‘lib, 20-30 g/m3 gacha etadi. Bu zona
tik yo‘nalishda 3 km gacha cho‘ziladi.
Agar bulutda nolinchi izoterma sathidan yuqorida havoning ko‘tarilma harakati
tezligi 10 m/s dan ortiq, bulutning cho‘qqisi kristallanish sathidan yuqorida va
harorati -20…-25°S bo‘lsa, bu bulutda do‘l hosil bo‘lishi mumkin.
Havoning ko‘tarilma harakati bilan bulutning yuqori qismiga olib chiqilgan yirik
tomchilar muzlab do‘l o‘zaklarini hosil qiladi, ular havoning ko‘tarilma harakatida
olib chiqilgan boshqa o‘ta sovigan tomchilar bilan koagullanib (qo‘shilib) tez o‘sadi.
Do‘l o‘zaklarining o‘sishi, ularning pastga tushish tezligi, havoning ko‘tarilma
harakati maksimal tezligidan katta bo‘lguncha davom etadi va shundan keyin pastga
tusha boshlaydi. Do‘lning asosiy o‘sishi ro‘y beradigan bulut qismi do‘l o‘chog‘i
deyiladi.
Havoning tik yo‘nalishdagi ko‘tarilma oqimlari tezligi qanchalik katta va ular
2
qanchalik ko‘p vaqt davom etsa do‘l shunchalik katta bo‘ladi.
Do‘l odatda jala yomg‘irlar bilan birgalikda yog‘adi, ba’zida shiddatli shamollar
va momaqaldiroq bilan birga vujudga keladi
Ko‘p hollarda do‘llar 1-2 sm o‘lchamda sferik yoki ellipsoid shakllarda
bo‘ladi.
Ammo ba’zan mazkur mavzu boshida ko‘rsatganimizdek, katta o‘lchamli
do‘llar yog‘ishi ham uchrab turadi.
O‘zbekiston tekisliklarida do‘l kam kuzatiladi: 10 yilda 1 kundan 6-7 kungacha
do‘l kuzatilishi mumkin. Tog‘ oldi zonalarida yil davomida 1-2 kun do‘l yog‘ishi
kuzatiladi. Past tog‘li (1000-2000 m) joylarda yiliga o‘rtacha 3-5 kun do‘l yog‘ishi
ro‘y beradi.
Tekisliklarda va tog‘ oldi hududlarda do‘l yog‘ishi odatda 15 minutdan ortiq
davom etmaydi, ammo 45 minut davomida do‘l yog‘ishi ham kuzatilgan. Tog‘li
joylarda do‘l yog‘ishning o‘rtacha davomiyligi 1 soat, ba’zan undan ko‘proq ham
davom etishi mumkin.
Do‘l yog‘ishi va qishloq xo‘jalik ekinlarini do‘l urishi O‘zbekistonning barcha
hududarida kuzatiladi. Bu hodisalar ayniqsa SHarqiy O‘zbekistonda, tog‘ oldi va
tog‘li hududlarda har yili bir necha martadan kuzatiladi.
SHarqiy O‘zbekiston hududi do‘l hodisalarining takroriyligi bo‘yicha MDH
mamlakatlarining do‘l yog‘ishi eng ko‘p kuzatiladigan hududlari qatoriga kiradi.
H.A. Imomjonov, B.A. Kamolovlar ko‘rsatishicha MDH davlatlarining do‘l
ko‘p kuzatiladigan hududlari o‘rtacha yillik do‘lli kunlar soni Armanistonda 0,4-
4,0; Moldaviyada 0,8-2,7; Kabardino-Balkariya va SHimoliy Osetiyada 0,1-3,0;
SHimoliy Kavkazda 0,3-13,3; Gruziyada 0,4-3,9; SHarqiy O‘zbekistonda esa 0,1-
7,6 kunga teng.
SHarqiy O‘zbekistonda do‘lli kunlar ko‘p bo‘lishi uning hududi relefining
murakkabligi, soy va daryo o‘zanlari bilan o‘yilganligi, tog‘ tizimlarining havo
oqimlariga nisbatan yo‘nalishlari sabab bo‘ladi.
O‘zbekistonda do‘l yog‘ishi Namangan viloyatining CHust, Kosonsoy,
YAngiqo‘rg‘on va CHortoq tumanlarida eng ko‘p kuzatiladi. Bu hududlarda bir
yilda o‘rtacha do‘lli kunlar soni 7 kunga etishi mumkin. Bu tumanlarning
3
hududlarida bir yilda o‘rtacha do‘l yog‘ishidan zarar ko‘rgan ekin maydonlari 12-
15 ming gektarga, ba’zi yillari esa 60 ming gektarga etishi mumkin.
Ekinlarga zarar etkazadigan do‘l yog‘ishi do‘l urishi deb yuritiladi.
O‘zbekiston Respublikasida do‘lga qarshi kurash ishlari birinchi bo‘lib Namangan
viloyatining yuqorida ko‘rsatilgan tumanlarida boshlangan. Toshkent viloyatining
Ohangaron va Bo‘stonliq tumanlarida ham do‘l ko‘p kuzatiladi. Respublikaning
boshqa viloyatlarida ham do‘lli kunlar ko‘p kuzatiladigan joylar bor.
O‘zbekistonda ekinlarni do‘l urishi may oyida eng ko‘p kuzatiladi. Farg‘ona
vodiysida esa do‘l urishi iyun va iyul oyining birinchi yarmida eng ko‘p bo‘ladi.
Do‘l yog‘ishi ekinlarning unib chiqishidan, mevali daraxtlarning gullashidan
boshlab to hosil etilguncha davom etadi.
Do‘l ozgina vaqt yog‘sa ham, o‘simlik shoxlarini sindiradi, bargi, guli
mevalarini to‘kadi. Natijada hosil kamayib, sifati buziladi.
O‘zbekistonda do‘l yog‘ishi ko‘pincha tok o‘simligi avj olib o‘sayotgan davr
(aprel, may) ga to‘g‘ri keladi. Do‘l, ayniqsa tok yoki novdalari jadal o‘sayotgan,
tok gullayotgan, g‘ujumlar rivojlanayotgan davrda xavflidir. Do‘l ta’sirida tokning
naysimon - o‘tkazuvchan tizimi hamda moddalar almashinishi jarayoni
(metabolizm) buziladi.
May oyida yoqqan do‘l g‘o‘za maysalari uchun o‘ta xavfli, undan g‘o‘za
nihollari jiddiy shikastlanadi.
Do‘l urish darajasiga qarab, chigitni qayta ekish yoki xatolariga ekish tadbirlari
qo‘llanadi.
Respublikamizning do‘l yog‘ishi eng ko‘p takrorlanadigan hududlarida qishloq
xo‘jalik ekinlarini do‘ldan himoyalash ishlari amalga oshirilmoqda.
H.A. Imomjonov, B.A. Kamolovlarning yozishicha, O‘zbekis-tonda do‘ldan
himoya qilinadigan umumiy er maydoni 1999 yilda 739 ming gektarni tashkil
qilgan. Bu maydonning 235 ming gektari haydaladigan er, 58 ming gektardan
ko‘prog‘i bog‘ va uzumzorlar bo‘lib, umuman qishloq xo‘jaligida foydalanadigan
qismi 462 ming gektarga teng. Haydaladigan 235 ming gektar erning 102,75 ming
gektarida don ekinlari, 81,03 ming gektarida paxta, II ming gektardan ko‘prog‘ida
sabzavot etishtiriladi. Ekinlarning do‘l urishidan zararlanishini kamaytirish uchun
4
do‘lga qarshi kurash ishlari amalga oshiriladi. Do‘lga qarshi kurashish uchun
bulutlardagi do‘l hosil bo‘lish jarayonlariga ta’sir qilish kerak.
Respublikamizda ob-havoga ta’sir etish ishlari avval O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining
Gidrometeorologik jarayonlarga ta’sir etish harbiylashgan boshqarmasi (GJTEB)
da olib borilgan, hozir esa bu ishlarni Mudofa Vazirligi huzuridagi
Gidrometeorologik jarayonlarga ta’sir etish harbiylashgan boshqarmasi (GJTEB)
olib borishmoqda.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda do‘lga qarshi kurash ishlari Namangan
viloyatining CHust, Kosonsoy, YAngiqo‘rg‘on va CHortoq tumanlarida,
Qashqadaryo viloyatining SHahrisabz, Kitob va YAkkabog‘ tumanlarida,
Samarqand viloyatining Samarqand va Toyloq tumanlarida, Surxondaryo
viloyatining Uzun, Sariosiyo va Denov tumanlarida, Andijon viloyatining
Jalolquduq va Qo‘rg‘ontepa tumanlari hududlarida olib borilmoqda.
Ekinlarni do‘l urishidan himoya qilish
Biz oldingi mavzuda yomg‘irli to‘p-to‘p bulutlarning yuqori qismiga havoning
ko‘tarilma harakati bilan olib chiqilgan yirik suv tomchilari muzlab do‘l
o‘zaklarini hosil qiladi va bu muz o‘zaklar havoning ko‘tarilma harakati bilan olib
chiqilayotgan boshqa o‘ta sovigan suv tomchilarini o‘ziga qo‘shib olib tez
kattalashadi deb aytganmiz.
Do‘lning ekinlar uchun xavfli darajada kattalashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun
bunday bulutlarda biror usul bilan do‘l o‘chog‘ini qo‘shimcha ko‘p sonli muz
zarrachalari bilan boyitish kerak. Bunday qilinganda do‘l o‘chog‘ida namlikning
qayta taqsimlanishi ro‘y berib, suv tomchilarining ko‘p qismi kiritilgan muz
tomchilariga yopishib qoladi va yirik do‘l o‘zaklarining kattalashuvi to‘xtaydi va
ekinlar uchun xavfli o‘lchamlargacha o‘smaydi.
Endi yuqoridagi g‘oyaning amalda qanday bajarilayotganligini qaraylik.
Keyingi yillarda ekinlarni do‘l urishga qarshi kurash ishlarini bulutlardagi do‘l
hosil bo‘lish jarayonlariga ta’sir qilish yo‘li bilan amalga oshirilmoqda. Do‘lli
bulutlarga sun’iy ta’sir qilish natijasida yirik do‘llar hosil bo‘lishiga yo‘l
5
qo‘yilmaydi. SHu maqsadda do‘lli bulutlar rivojlana boshlaganidan 15-20 minut
o‘tgach do‘l hosil bo‘ladigan bulutlarda ko‘p sonli mayda muz kristallarini hosil
qilish uchun ularga maxsus meteorologik raketa yoki zenit to‘p snaryadlari bilan
yodli kumush va yodli qo‘rg‘oshindan bir turini olib chiqiladi va sochiladi.
Bulutdagi do‘l o‘chog‘iga sochilgan reagent zarralari kuchli sovib juda ko‘p sonli
kristallanish yadrolarini vujudga keltiradi. Bunda 1 g reagentdan 1012 taga yaqin
kristallanish yadrolari hosil bo‘ladi va ularning sirtiga suv bug‘ining sublimatsiyasi
boshlanadi. Bunda suv bug‘lari o‘ta sovigan tomchilardan kristallanish yadrolariga
o‘tadi. Natijada do‘l o‘zaklarining kattalashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. Mayda do‘llar
esa pastga tushishida havoning iliq qatlamlarida erib yomg‘ir yog‘ishini yuzaga
chiqaradi. Do‘lga qarshi kurashning bu usuli yaxshi samara berishi uchun raketa
yoki snaryadga joylashtirilgan reagentni bulutdagi do‘l o‘chog‘iga etkazish va
sochish kerak. Do‘lga qarshi kurashda avval PGI-M rusumli raketalardan va
«Elbrus-2» rusumli artilleriya snaryadidan foydalanilgan. Bu snaryadni 100 mm li
to‘p yordamida otilgan. Bu zenit quroli 14 km radiusli masofagacha samarali ta’sir
ko‘rsatadi. Bu snaryad yordamida ekinlarni himoya qilish kamchiligi shuki, u bir
nuqtada yorilgani uchun bulutning kichik qismigagina reagent sochadi. Raketalar
esa reagentni uchish yo‘li bo‘ylab sochadi va bulutning ancha qismini reagent
bilan ta’minlaydi.
Keyingi yillarda O‘rta Osiyoning do‘lga qarshi kurash bo‘linmalarini
artilleriya va raketa uskunalarining ikkalasi bilan ham ta’minlanib, 80-100 ming
gektar maydonni 5-10 ta punktdan do‘ldan himoya qilish yo‘liga o‘tilgan. 90-
yillarning boshlaridan beri «Elbrus» rusumli snaryadlarni chiqarish to‘xtatilgan.
Reagentlarni olib chiqadigan raketalar esa takomillashtirilmoqda.
Do‘lga qarshi kurash ishlarida keyingi yillarda «Alazan-CHM 15A» va
«Alazan-5» rusumli raketalar yordamida amalga oshirilayotir.
O‘zbekistonda do‘lga qarshi kurash ishlarini olib borishda O.J. Jo‘raev, N.N.
Butov, V.P. Kurbatkin, H.A. Imomjonov, B.A. Kamolov, B.SH. Qodirov va
boshqa olimlarimizning xizmatlari katta.
Jala yomg‘irlar. Tuproqning suv eroziyasi va
6
unga qarshi kurash tadbirlari
Jala - yomg‘irli to‘p-to‘p bulutlardan yog‘adigan, jadalligi (mm/min) biror
aniq qiymatdan kam bo‘lmagan kuchli yomg‘irdir. Jalaning davomiyligi qancha
katta bo‘lsa, jala jadalligi shuncha kichik bo‘ladi. Masalan, davomiyligi 5 minut
bo‘lgan yomg‘irni, uning jadalligi 0,5 mm/min dan katta bo‘lsa jala deb
hisoblanadi. Davomiyligi 1 soatdan oshiq bo‘lgan yomg‘irni jala deb atalishi
uchun uning jadalligi 0,2 mm/min dan katta bo‘lishi kerak. Jalaning bunday
minimal jadalligida 1 soatda 12 mm qalinlikdagi yog‘in yog‘adi yoki 1 gektar
maydonga 120 tonna suv to‘g‘ri keladi. Kuchli jalada 1 soatda 30 mm gacha
yomg‘ir yog‘adi. Moskva shahrida jala yuzaga keltirgan yog‘inning sutkalik eng
katta miqdori 66 mm ga (1953 yil iyul) etgan, Kiev shahrida 1936 yili
yog‘inlarning sutkalik yig‘indisi 100 mm dan oshib ketgan. Hozirgi vaqtgacha eng
kuchli jadallikdagi jala 1955 yilning iyul oyida AQSH ning Ayova shtatida
yoqqan, uning jadalligi 1 minut 24 sekund davomida 17,5 mm/min ga etgan.
O.I. Subbotinaning yozishicha, 1967 yilning 27-29 aprelida O‘rta Osiyo
hududlarida ancha kuchli yomg‘ir yog‘ishi qayd etilgan. Bunda yarim sutka (12
soat) davomida CHorvoqda – 48 mm, Toshkentda – 35 mm, Ashgabadda – 29
mm, Bishkekda –26 mm yomg‘ir yoqqan. Tog‘larda va tog‘ oldi hududlarda
yog‘in suvlarining pastga oqishida to‘planib daryolarga qo‘shilgan va ularning
suvlari ko‘tarilib to‘siqlar va ko‘priklarni buzgan, paxta maydonlaridagi g‘o‘za
nihollariga kuchli zarar etkazgan.
A. Xisomovning yozishicha 1963 yil 4-5 may kunlari Toshkentda va Toshkent
viloyatida kuchli jala kuzatilgan. 4 may kuni kunduzi jala paytida 10 mm dan,
kechasi esa 16 mm dan oshiq miqdorda yomg‘ir yoqqan. Bunday jala yog‘ishi 5
may kuni kechqurun ham takrorlangan. Odatda Toshkent viloyatida may oyida
o‘rta hisobda 20-40 mm yog‘in tushishini e’tiborga olsak, bu ikki kun mobaynida
yoqqan yog‘in, uning oylik miqdoridan ham ortib ketgan.
Bu misollardan ko‘rinadiki, O‘zbekiston hududlarida yog‘inlarning maksimal
miqdori bahor oylariga to‘g‘ri keladi.
Umuman olganda, katta hududda 12 soat yoki undan kam muddatda 15 mm
dan ortiq yomg‘ir, 7 mm dan ortiq qor yog‘ishi xavfli hodisa hisoblanadi. SHu
7