DONLI EKINLAR

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

7

File size

Fayl hajmi

22,4 KB


DONLI EKINLAR
   Reja.
1. Donli o‘simliklarning morfologik belgilari.
2. Donli ekinlarning o‘sish va rivojlanish fazalari.
3. G‘alla ekinlari donining kimyoviy tarkibi.
Donli ekinlar butun Yer sharidagi insonlarning asosiy oziq-ovqat manbayi
hisoblanadi. Ulardan non va turli tuman taomlar, qishloq xo‘jalik hayvonlari uchun
to‘yimli  yem-xashak  tayyorlanadi.  Donli  ekinlaridan  sanoatda  ham  ko‘p
foydalaniladi.  Ularning  donidan  piva  tayyorlanadi,  kraxmal,  spirt  va  boshqa
mahsulotlar olinadi. Don va uni qayta ishlashdan oziq-ovqat mahsulotlari olinadi
hamda, qog‘oz ishlab chiqarish sanoatida va boshqa tarmoqlar uchun xom-ashyo
bo‘lib xizmat qiladi. Donli ekinlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning asosini
tashkil etadi.
Ekin  maydoni  bo‘yicha  don  ekinlari  yer  yuzida  birinchi  o‘rinda  turadi.
Dunyo bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladigan maydon bir milliard gektar
bo‘lib,  shundan  700  mln.  gadan  ortiq  maydonga  don  ekinlari  ekiladi.
O‘zbekistonda  ham  don  ekinlarining  ekin  maydoni  kengayib  hozirgi  kunda
sug‘oriladigan yerlarda boshoqli ekinlar 1 mln. ga, sholi 137 ming. ga, lalmi
yerlarda 300 ming.ga yerga don ekinlari ekilmoqda.
Donli  ekinlar  morfologik  va  biologik  belgilariga  qarab  3  ta  biologik
guruhlarga bo‘linadi.
1. Birinchi  guruhga  haqiqiy don  ekinlari-qo‘ng‘irboshlilar  (Roaseaye)  oilasiga
mansub  bo‘lgan  bahorgi  (bug‘doy,  arpa,  javdar,  suli  va  tretikale)  va  kuzgi
(bug‘doy, arpa, javdar, suli) don ekinlari kiradi.
Logotip
DONLI EKINLAR Reja. 1. Donli o‘simliklarning morfologik belgilari. 2. Donli ekinlarning o‘sish va rivojlanish fazalari. 3. G‘alla ekinlari donining kimyoviy tarkibi. Donli ekinlar butun Yer sharidagi insonlarning asosiy oziq-ovqat manbayi hisoblanadi. Ulardan non va turli tuman taomlar, qishloq xo‘jalik hayvonlari uchun to‘yimli yem-xashak tayyorlanadi. Donli ekinlaridan sanoatda ham ko‘p foydalaniladi. Ularning donidan piva tayyorlanadi, kraxmal, spirt va boshqa mahsulotlar olinadi. Don va uni qayta ishlashdan oziq-ovqat mahsulotlari olinadi hamda, qog‘oz ishlab chiqarish sanoatida va boshqa tarmoqlar uchun xom-ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Donli ekinlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi. Ekin maydoni bo‘yicha don ekinlari yer yuzida birinchi o‘rinda turadi. Dunyo bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladigan maydon bir milliard gektar bo‘lib, shundan 700 mln. gadan ortiq maydonga don ekinlari ekiladi. O‘zbekistonda ham don ekinlarining ekin maydoni kengayib hozirgi kunda sug‘oriladigan yerlarda boshoqli ekinlar 1 mln. ga, sholi 137 ming. ga, lalmi yerlarda 300 ming.ga yerga don ekinlari ekilmoqda. Donli ekinlar morfologik va biologik belgilariga qarab 3 ta biologik guruhlarga bo‘linadi. 1. Birinchi guruhga haqiqiy don ekinlari-qo‘ng‘irboshlilar (Roaseaye) oilasiga mansub bo‘lgan bahorgi (bug‘doy, arpa, javdar, suli va tretikale) va kuzgi (bug‘doy, arpa, javdar, suli) don ekinlari kiradi.
 Bu guruhning asosiy belgilari :
-donida uzunasiga ketgan egatcha bo‘ladi
-bir nechta (3-8) boshlang‘ich murtak ildizcha chiqarib unadi 
-boshig‘ining pastki gullari juda kuchli rivojlangan
-gul to‘plami boshoq yoki ro‘vakdan iborat
-issiqlikka talabchan emas
-uzun kunli o‘simliklari 
-namga o‘ta talabchan
-dastlabki fazalarida tez rivojlanadi
-kuzgi va bahorgi shakllari bor
2. Ikkinchi  guruhga-tariqsimon  ekinlar  kiradi.  Roaseaye  oilasiga  kiradigan
ekinlardan  makkajo‘xori,  jo‘xori  (oq  jo‘xori),  tariq,  sholi  va  Rolygonaceae
(marjumakdoshlar) oilasiga mansub marjumak(grechixa) kiradi.
   Bu guruhning asosiy belgilari:
-donida uzunasiga ketgan egatcha bo‘lmaydi, 
-doni bittadan boshlang‘ich murtak ildiz chiqaradi 
-gul to‘plami ro‘vak yoki so‘tadan iborat 
-boshog‘ining yuqorigi gullari yaxshiroq rivojlangan
-faqat bahorgi navlari bo‘ladi
-issiqqa talabchan
-qurg‘oqchilikka chidamli (sholidan tashqari).
-qisqa kun o‘simligi
-dastlabki fazalarida sekinroq rivojlanadi
 3.  Uchinchi  guruh-dukkakli-don  ekinlari.  Bu  guruh  vakillari  dukkaklilar
(Fabaceae) oilasiga mansubdir. Bularga-loviya, soya, no‘xat, ko‘k no‘xat, yasmiq,
burchoq, mosh, soya ekinlari kiradi. Bu ekinlarning hammasi o‘q ildizli, bargi
murakkab, mevasi dukkak, urug‘ida oqsil modda ko‘p bo‘ladi. Biologik jihatidan
dukkakli ekinlar xilma-xil bo‘ladi.
Donli o‘simliklarning morfologik belgilari
Donli ekinlar morfologik belgilari jihatidan bir-biriga juda o‘xshash bo‘lib,
bir yillik o‘tsimon o‘simlik hisoblanadi. 
Logotip
Bu guruhning asosiy belgilari : -donida uzunasiga ketgan egatcha bo‘ladi -bir nechta (3-8) boshlang‘ich murtak ildizcha chiqarib unadi -boshig‘ining pastki gullari juda kuchli rivojlangan -gul to‘plami boshoq yoki ro‘vakdan iborat -issiqlikka talabchan emas -uzun kunli o‘simliklari -namga o‘ta talabchan -dastlabki fazalarida tez rivojlanadi -kuzgi va bahorgi shakllari bor 2. Ikkinchi guruhga-tariqsimon ekinlar kiradi. Roaseaye oilasiga kiradigan ekinlardan makkajo‘xori, jo‘xori (oq jo‘xori), tariq, sholi va Rolygonaceae (marjumakdoshlar) oilasiga mansub marjumak(grechixa) kiradi. Bu guruhning asosiy belgilari: -donida uzunasiga ketgan egatcha bo‘lmaydi, -doni bittadan boshlang‘ich murtak ildiz chiqaradi -gul to‘plami ro‘vak yoki so‘tadan iborat -boshog‘ining yuqorigi gullari yaxshiroq rivojlangan -faqat bahorgi navlari bo‘ladi -issiqqa talabchan -qurg‘oqchilikka chidamli (sholidan tashqari). -qisqa kun o‘simligi -dastlabki fazalarida sekinroq rivojlanadi 3. Uchinchi guruh-dukkakli-don ekinlari. Bu guruh vakillari dukkaklilar (Fabaceae) oilasiga mansubdir. Bularga-loviya, soya, no‘xat, ko‘k no‘xat, yasmiq, burchoq, mosh, soya ekinlari kiradi. Bu ekinlarning hammasi o‘q ildizli, bargi murakkab, mevasi dukkak, urug‘ida oqsil modda ko‘p bo‘ladi. Biologik jihatidan dukkakli ekinlar xilma-xil bo‘ladi. Donli o‘simliklarning morfologik belgilari Donli ekinlar morfologik belgilari jihatidan bir-biriga juda o‘xshash bo‘lib, bir yillik o‘tsimon o‘simlik hisoblanadi.
Ildiz tizimi. Ildizi popuksimon bo‘lib, asosiy qismi yerning haydalma qatlamida
joylashib,   yerga  100-120  sm  va  undan  ham  chuqurroq  kirib  boradi.  Biroq
ildizning asosiy qismi yerning haydalma qatlamida joylashgan. Ildiz ikki xil;
murtak yoki birlamchi ildizlardan iborat. Murtak ildizi urug‘ unib chiqish davrida
hosil bo‘lib, birinchi guruh donli o‘simliklarda uchtadan sakkiztagacha, ikkinchi
guruh donli o‘simliklarda faqat bitta bo‘ladi. Asosiy ildizlar keyinroq poyaning yer
ostki  bo‘g‘imlaridan  vujudga  keladi.  Bundan  tashqari,  baland  poyali  donli
o‘simliklarda  (makkajo‘xori,  jo‘xori)  poyaning  yer  ustki  bo‘g‘imlaridan  ham
ildizlar paydo bo‘ladi. Bular tayanch yoki havoyi ildizlar deb ataladi.
Poyasi. Murtak ildizchalar paydo bo‘lgandan so‘ng, poyacha o‘sa boshlaydi,
u ham donning po‘stini yorib, tuproq betiga yorug‘likka chiqadi, qobig‘li donlarda
(arpa, suli) poyacha oldin donni o‘rab turgan qobig‘ ostidan o‘tib, donning uchidan
yer betiga chiqadi, qobig‘siz donlarda poyacha donning ostki qismida murtak
joylashgan yerdan shakllanadi.
Poyasi poxol, somon, xas bo‘lib ichi bo‘sh yoki g‘ovak parenxima bilan
to‘la bo‘ladi. Past bo‘yli donli o‘simliklar 6-7, baland poyali donli o‘simliklar esa
20-25 ta bo‘g‘im oraliqlariga egadir. Poyaning balandligi o‘simlik turiga va naviga
qarab har xil bo‘ladi.
Bargi. Sodda barg, lentasimon shaklda, barg shapalog‘i va barg qinidan
iborat;  barg  qinini  barg  shapalog‘iga  o‘tar  yerida  ikkita  barg  quloqchasi  va
ichkarisida  barg  tilchasi  joylashgan.  Barg  qinini  barg  shapalog‘iga  o‘tadigan
joyida yupqa rangsiz parda hosil bo‘ladi, u tilcha deb ataladi. Barg novining
asosida uning ikkala tomonida mayda o‘siqchalar-quloqchalar joylashgan, ular
poyani o‘rab olib, barg novini unda tutib turadi. Donli o‘simliklarning tilchasi
bilan quloqchalari har xil tuzilgan va rivojlangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkichlar birinchi
guruh donli o‘simliklarda bir-biridan farq qilganligi bois muhim sistematik belgi
hisoblanadi. Barg tilchalari kalta yoki uzun bo‘lishi mumkin. Barg quloqchalari
esa mayda, yirik, uzun yaxshi rivojlangan, ularda kiprikchalar bo‘lishi mumkin.
Gul to‘plami. Donli o‘simliklarning gul to‘plami bug‘doy, arpa, javdarda
boshoqsimon, suli, jo‘xori, tariq, sholida, supurgisimon makkajo‘xorida esa gul
to‘plam ikki xil; supurgisimon va so‘tasimon. 
Donli ekinlarning o‘sish va rivojlanish fazalari
Logotip
Ildiz tizimi. Ildizi popuksimon bo‘lib, asosiy qismi yerning haydalma qatlamida joylashib, yerga 100-120 sm va undan ham chuqurroq kirib boradi. Biroq ildizning asosiy qismi yerning haydalma qatlamida joylashgan. Ildiz ikki xil; murtak yoki birlamchi ildizlardan iborat. Murtak ildizi urug‘ unib chiqish davrida hosil bo‘lib, birinchi guruh donli o‘simliklarda uchtadan sakkiztagacha, ikkinchi guruh donli o‘simliklarda faqat bitta bo‘ladi. Asosiy ildizlar keyinroq poyaning yer ostki bo‘g‘imlaridan vujudga keladi. Bundan tashqari, baland poyali donli o‘simliklarda (makkajo‘xori, jo‘xori) poyaning yer ustki bo‘g‘imlaridan ham ildizlar paydo bo‘ladi. Bular tayanch yoki havoyi ildizlar deb ataladi. Poyasi. Murtak ildizchalar paydo bo‘lgandan so‘ng, poyacha o‘sa boshlaydi, u ham donning po‘stini yorib, tuproq betiga yorug‘likka chiqadi, qobig‘li donlarda (arpa, suli) poyacha oldin donni o‘rab turgan qobig‘ ostidan o‘tib, donning uchidan yer betiga chiqadi, qobig‘siz donlarda poyacha donning ostki qismida murtak joylashgan yerdan shakllanadi. Poyasi poxol, somon, xas bo‘lib ichi bo‘sh yoki g‘ovak parenxima bilan to‘la bo‘ladi. Past bo‘yli donli o‘simliklar 6-7, baland poyali donli o‘simliklar esa 20-25 ta bo‘g‘im oraliqlariga egadir. Poyaning balandligi o‘simlik turiga va naviga qarab har xil bo‘ladi. Bargi. Sodda barg, lentasimon shaklda, barg shapalog‘i va barg qinidan iborat; barg qinini barg shapalog‘iga o‘tar yerida ikkita barg quloqchasi va ichkarisida barg tilchasi joylashgan. Barg qinini barg shapalog‘iga o‘tadigan joyida yupqa rangsiz parda hosil bo‘ladi, u tilcha deb ataladi. Barg novining asosida uning ikkala tomonida mayda o‘siqchalar-quloqchalar joylashgan, ular poyani o‘rab olib, barg novini unda tutib turadi. Donli o‘simliklarning tilchasi bilan quloqchalari har xil tuzilgan va rivojlangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkichlar birinchi guruh donli o‘simliklarda bir-biridan farq qilganligi bois muhim sistematik belgi hisoblanadi. Barg tilchalari kalta yoki uzun bo‘lishi mumkin. Barg quloqchalari esa mayda, yirik, uzun yaxshi rivojlangan, ularda kiprikchalar bo‘lishi mumkin. Gul to‘plami. Donli o‘simliklarning gul to‘plami bug‘doy, arpa, javdarda boshoqsimon, suli, jo‘xori, tariq, sholida, supurgisimon makkajo‘xorida esa gul to‘plam ikki xil; supurgisimon va so‘tasimon. Donli ekinlarning o‘sish va rivojlanish fazalari
 
Urug‘  ekilgandan  to  hosil  yetilgungacha  o‘simlik  hayotida  keskin
o‘zgarishlar  ro‘y  beradi-o‘simlik  o‘sadi  va  rivojlanadi.  Maysalar  ko‘rina
boshlangandan to urug‘ pishguncha o‘tgan davr o‘suv (vegetatsion) davri deyiladi.
Don ekinlari o‘zining individual taraqqiyotida unib chiqish, tuplanish, nay
o‘rash, boshoqlanish (ro‘vaklanish), gullash va pishish yoki yetilish fazalarini
o‘tadi.
Unib chiqish fazasi. Urug‘ unib chiqishi uchun namlik, issiqlik va havo
zarur. Urug‘ o‘ziga nam tortgandan keyin bo‘rtadi va murtagining nafas olishi
kuchayadi. Tarkibidagi fermentlar ta’sirida zahira moddalari (kraxmal, oqsil va
yog‘lar) murtak uchun zarur bo‘lgan holatga o‘tadi. Murtak oziqlana boshlashi
bilan urug‘ una boshlaydi. Donli ekinlar urug‘ining bo‘rtishi va ko‘karib chiqishi
uchun talab qilinadigan suv miqdori har xil bo‘lishi mumkin. Bug‘doy 47-48,
javdar 58-65, arpa 48-57, suli 60-76, makkajo‘xori 37-47, tariq va jo‘xori urug‘
vazniga nisbatan 25-38% namlikni talab qiladi. Donli ekinlar juda past haroratda
ham unib chiqa oladi, bu harorat bug‘doy va arpa uchun 1-30 iliq, makkajo‘xori va
tariq  uchun  8-100,  jo‘xori  va  sholi  uchun  esa  10-120 ni  tashkil  etadi.  Donli
ekinlarning  tez  ko‘karib  chiqishi  uchun  harorat  10-210 bo‘lishi  kerak.  Oldin
ildizchalar o‘sa boshlaydi, ulardan keyin poya o‘sadi. Poyasining ustki qismi
yupqa parda bilan qoplagan bo‘lib, u nihollarni mexanikaviy ta’sirlardan saqlaydi.
Tuproqni ustki qismida 1 chi yashil bargning hosil bo‘lishi unib chiqish fazasi
deyiladi. Sharoit qulay bo‘lsa, urug‘ ekilgandan keyin 5-7 kun o‘tgach, maysalar
unib chiqadi. Unib chiqish davri 10-12 kun davom etadi. Maysalarning rangi
o‘simlik turlariga qarab har xil bo‘ladi: bug‘doyda -yashil, javdarda-binafsha,
sulida-och yashil, arpada-ko‘kish kul rang, tariqsimon ekinlarda-yashil  rangda
bo‘ladi.  Bu  davrning  oxiriga  kelib  o‘simlikda 2-4 ta chinbarg  rivojlanadi  va
murtak ildizining uzunligi 30-35 sm ga yetadi.
Tuplanish fazasi. Yangi qo‘shimcha poyalarning paydo bo‘lishi tuplanish
davrining boshlanishini bildiradi. 3-4 ta yashil barglarning hosil bo‘lishi bilan, yer
ostki bo‘g‘imidan yangi poya va ikkilamchi  ildizlar hosil bo‘ladi. Ikkilamchi
ildizlar  va  yangi  poyalar  yer  ostki  bo‘g‘imlarining  yuqorisidan  hosil  bo‘ladi,
odatda yer betidan 1-3 sm pastda bo‘ladi. Ana shu yuqorigi bo‘g‘im tuplanish
bo‘g‘imi  deyiladi. Dala  sharoitida  kuzgi  g‘alla  ekinlari  o‘rtacha  5-6 tagacha;
Logotip
Urug‘ ekilgandan to hosil yetilgungacha o‘simlik hayotida keskin o‘zgarishlar ro‘y beradi-o‘simlik o‘sadi va rivojlanadi. Maysalar ko‘rina boshlangandan to urug‘ pishguncha o‘tgan davr o‘suv (vegetatsion) davri deyiladi. Don ekinlari o‘zining individual taraqqiyotida unib chiqish, tuplanish, nay o‘rash, boshoqlanish (ro‘vaklanish), gullash va pishish yoki yetilish fazalarini o‘tadi. Unib chiqish fazasi. Urug‘ unib chiqishi uchun namlik, issiqlik va havo zarur. Urug‘ o‘ziga nam tortgandan keyin bo‘rtadi va murtagining nafas olishi kuchayadi. Tarkibidagi fermentlar ta’sirida zahira moddalari (kraxmal, oqsil va yog‘lar) murtak uchun zarur bo‘lgan holatga o‘tadi. Murtak oziqlana boshlashi bilan urug‘ una boshlaydi. Donli ekinlar urug‘ining bo‘rtishi va ko‘karib chiqishi uchun talab qilinadigan suv miqdori har xil bo‘lishi mumkin. Bug‘doy 47-48, javdar 58-65, arpa 48-57, suli 60-76, makkajo‘xori 37-47, tariq va jo‘xori urug‘ vazniga nisbatan 25-38% namlikni talab qiladi. Donli ekinlar juda past haroratda ham unib chiqa oladi, bu harorat bug‘doy va arpa uchun 1-30 iliq, makkajo‘xori va tariq uchun 8-100, jo‘xori va sholi uchun esa 10-120 ni tashkil etadi. Donli ekinlarning tez ko‘karib chiqishi uchun harorat 10-210 bo‘lishi kerak. Oldin ildizchalar o‘sa boshlaydi, ulardan keyin poya o‘sadi. Poyasining ustki qismi yupqa parda bilan qoplagan bo‘lib, u nihollarni mexanikaviy ta’sirlardan saqlaydi. Tuproqni ustki qismida 1 chi yashil bargning hosil bo‘lishi unib chiqish fazasi deyiladi. Sharoit qulay bo‘lsa, urug‘ ekilgandan keyin 5-7 kun o‘tgach, maysalar unib chiqadi. Unib chiqish davri 10-12 kun davom etadi. Maysalarning rangi o‘simlik turlariga qarab har xil bo‘ladi: bug‘doyda -yashil, javdarda-binafsha, sulida-och yashil, arpada-ko‘kish kul rang, tariqsimon ekinlarda-yashil rangda bo‘ladi. Bu davrning oxiriga kelib o‘simlikda 2-4 ta chinbarg rivojlanadi va murtak ildizining uzunligi 30-35 sm ga yetadi. Tuplanish fazasi. Yangi qo‘shimcha poyalarning paydo bo‘lishi tuplanish davrining boshlanishini bildiradi. 3-4 ta yashil barglarning hosil bo‘lishi bilan, yer ostki bo‘g‘imidan yangi poya va ikkilamchi ildizlar hosil bo‘ladi. Ikkilamchi ildizlar va yangi poyalar yer ostki bo‘g‘imlarining yuqorisidan hosil bo‘ladi, odatda yer betidan 1-3 sm pastda bo‘ladi. Ana shu yuqorigi bo‘g‘im tuplanish bo‘g‘imi deyiladi. Dala sharoitida kuzgi g‘alla ekinlari o‘rtacha 5-6 tagacha;